O‘SIMLIKLARNI O‘ZARO VA BOSHQA ORGANIZMLAR BILAN MUNOSABATI
O‘SIMLIKLARNI O‘ZARO VA BOSHQA ORGANIZMLAR BILAN MUNOSABATI Reja : 1. O‘ simliklarga biotik omillarning ta’siri. 2. O‘ simliklararo o‘ zaro fiziologik munosabatlari. 3. Viruslar va ularning x o‘ jainlari bilan munosabatlari. 4. O‘ simliklar va mikroorganizmlarning simbiotik munosabatlari. 5. O‘ simliklar o‘ sishi va rivojlanishida mikrob o‘ simlik munosabatlari. 6. O‘ simliklarni zamburu g‘ lar bilan munosabati.
O‘simliklarda biotsenoz komponentlari bilan chambarchas o‘zaro bog‘lik kuzatiladi. Ularga biotik omillar ta’sir etadi. Biotik omillarga o‘simliklar, xayvonlar, mikroorganizmlar kiradi. Ular o‘simliklarga turlicha ta’sir etilishi mumkin. Biotik omillar o‘simliklarni tuzilishini va hayotiy faoliyatini belgilaydi, ekosisitema darajasida moddalar va energiya almashinuvini yunaltiradi. Hayvonlarning o‘simliklarga ta’siri o‘simliklarni oziqa sifatida iste’mol qilinishi. O‘simlikxo‘r hayvonlar ma’lum o‘simliklarning bir turi yoki guruhlari bilan oziqlanadi. Hayvonlar asosan daraxtlar yoki butalarning yosh novdalarini iste’mol qiladi. Bunday shikastlanishlar natijasida o‘simliklar muhim organlarini yuqotadilar, o‘sishi susayadi, o‘sish va shoxlanishi o‘zgaradi. Agar o‘simliklarni hayvonlar ko‘p miqdorda shikastlasaularda ma’lum himoya moslashuvlar va reaksiyalar hosil bo‘ladi. Himoya vositalari bo‘lib mustahkam qoplag‘ich va mexanik to‘qimalar hisoblanadi, turli tikanlar, tukchalar, o‘smalar. O‘simliklarning himoya reaksiyalaridan biri teztiklanish qobiliyati bo‘lib hisoblanadi. Fitomassani ko‘p miqdorda hosil bo‘lishi – o‘simliklarni hasharotlardan va boshqa fitofaglardan himoya qiladi. Yana bir himoya vazifasi- iste’mol qilinmagan barglarning fotosintetik faoliyatini ko‘tarilish, buning natijasida fotosintezning umumiy mahsuldorilgi saqlanadi. Shikastlanishni yo‘qotadigan yo‘llar – himoya to‘qimalarni hosil bo‘lishi, smola va kamedlarni ajratilishi. Ko‘pgina hasharotlar smolaga cho‘kadi. Himoya vositasi bo‘lib o‘simliklar to‘qimalarini fitofag orqalif oydalanmaslik hisoblanadi. O‘simliklar orqali ikkilamchi kimyoviy birikmalar sintezlanib metabolizmga ishtiroq etmaydi, lekin zaharli bo‘lib hisoblanadi. Bir qator alkaloidlar, glyukozidlar, zaharli moddalar o‘simliklarga achchiq ta’m beradi. Hayvonlar o‘simliklarni shikastlanish va iste’mol qilinishidan tashqari uya qurilishida ham ulardan foydalanadi. Hayvonlar o‘simliklarni iste’mol qilganda ularni mexanik shikastlaydi. Hayvonlar tuproqni kovlashda o‘simliklarga zarar yetqazadi, yer ustkiqismlarini ko‘madi, yerostki zahira organlarini va ildiz sistemalarini shikastlaydi, buning natijasida o‘simliklar quriydi, tuproq strukturasi o‘zgaradi.
Fitogenomillar. Xar bir o‘simlikga yonda o‘sadigan o‘simliklar xar tomonlama ta’sir etadi. Bu o‘zaro ta’sirlarning shakllari turli bo‘ladi va o‘simliklarni munosabat darajasi bilan bog‘langan bo‘ladi. Mexanik o‘zaro bog‘liq birgalikda o‘sganda kuzatiladi. Masalan – ninali daraxtlarga yonida o‘sadigan bargli daraxtlarning novdalarining ta’siri. O‘zaro bosim va novdalarning bir-biriga birikishi tuproqning kam hajmida kuzatiladi. Mexanik munosabatni yana bir shakli – bitta o‘simlik boshqasini substrat sifatida ishlatadi. Bir xil o‘simliklar tuproq bilan bog‘lanmay boshqa o‘simliklarda o‘sadilar. Bunda ular mustaqil avtotrof organizm sifatida rivojlanadilar. Yer ostidagi epifitlar suv va mineral moddalarni yutilishiga qiynaladi, chunki ular tuproq bilan bog‘lanmagan. Ular havodan suyuq tomchili va bug‘simon namni yutib, ularda havoli ildizlar rivojlanadi. Epifitlarda bromeliy voronkalar barglar orqali hosil bo‘lib, ularda yomg‘ir suvlari to‘planadi, barglarning ichki qismida joylashgan tukchalar suvni so‘radi. Epifitlarda suvni tejamkorlik bilan sarf etilishi uchun kserofil belgilar hosil bo‘ladi masalan orxideyalarni barglari qalin, kutikulasi zich bo‘ladi, ayrim paytda tukchalar rivojlanib barglar reduksiyaga uchraydi. Epifitlarni mineral oziqlanishi atmosfera changi orqali va o‘simliklar qoldig‘ini parchalanishi natijasida o‘tadi. Epifitizm ekologik nuqtai nazardan qalin tropik o‘rmonlarda yoruyolik rejimiga moslashishi bilan bog‘langan: o‘rmonning yuqorigi yaruslari yorug‘likga chiqishiga intiladi va o‘sishga moddalarni ko‘p miqdorda sarflamaydi. Epifitlar asosan yorug‘lik uchun kurashadi. O‘simliklar orasida fiziologik munosabatlar mavjud ularga simbioz, parazitizm, saprofitizm kiradi. Suvo‘t bilan zamburug‘ni simbiozi lishaynikni tashkil etadi. Lishaynikda fotosintezlovchi suvo‘tlar zamburug‘larni karbon suvlar va boshqa organik moddalar bilan ta’minlaydi. Zamburug‘lar suvo‘tlarni suv va mineral moddalar bilan ta’minlaydi. Agar yorug‘lik yetishmasa va fotosintezni susaytirgan noqulay sharoitda suvo‘tlar zamburug‘lardan substratdan yutilgan organik moddalardan foydalanadilar.
Simbiozni boshqa misoli – yuqori o‘simliklarni bakteriyalar bilan yashashi hisoblanadi. Tuganak bakteriyalar bilan simbiozi – azotofiksatorlar bilan. O‘simliklar bakteriya va aktinomitsetalar orqali sintez qilgan azotli moddalarni ist’mol qiladi va karbon suvlar bilan ta’minlaydi. Ko‘p miqdorda mikroriza uchraydi. Mikotrof o‘simlik zamburug‘ bilan yashaganda foyda qiladi – ildizning yutadigan sathi rivojlanadi. Mikotrof o‘simliklarning ildiz sistemasi yaxshi rivojlanmaydi. Zamburug‘- simbiontlar yuqori o‘simliklar ist’emol qila olmaydigan ayrim murakkab organik moddalarni parchalaydi, ildizlarni rivojlantiruvchi vitaminlar va ustiruvchi moddalarni ajratadi. Zamburug‘lar ildizdan ayrim oziqa moddalarni yutadi. Parazitizm – o‘simliklar boshqa o‘simliklar hisobidan yashaydi, lekin bundan tashqari ayrimlari hayvonlar, odamlarda, chivinda parazitlik qilishi mumkin. O‘simliklar parazit shaklda bo‘lganida ularda qator fiziologik vazifalar va maxsus organlar reduksiya bo‘ladi, ildizlari bo‘lmaydi. Fotosintez qobiliyati yo‘qolishi xlorofillning bo‘lmasligiga keltirdi. Parazit o‘simliklarda parazitik xususiyat kuchayganda fermentli appparati qisqaradi, xo‘jayinga parazitlikga yordam beradigan maxsus fermentlar qoladi. Haqiqiy parazitlar avtotrof o‘simliklarga aylanishi mumkin. O‘rtad ayarim parazitlar joylashadi–ular tuproqdan suv va mineral moddalarni yutilishini qisman yoki umuman yo‘qotgan, lekin xlorofill saqlanib mustaqil fotosintez o‘tadi. Yarimparazitlarning xo‘jainiga mineral oziqlanishni ko‘pgina qismi yetmaydi. Ularni to‘qimalarini tarkibiga o‘simlik xo‘jainga nisbatan kuproq qo‘ lli elementlar kiradi. Yarim parazitlarda osmotik bosim kuchi yuqori bo‘ladi, buning natijasida yutilish jarayoni oson o‘tadi va bargni transpiratsiya sathi rivojlanadi, ular xujainni quritadi. O‘simliklarning viruslari va ularning xo‘jaini bilan munosabatlari. Viruslarni xo‘jaini bilan munosabatiga juda katta e’tibor qaratilgan. Eng avvalo o‘simliklar hujayralarining protoplastlari olinib ularga viruslar ta’sir etilgan. Hasharotlar organizmlari viruslarni o‘tkazuvchisi bo‘lib hisoblanadi va o‘simliklarga kasal keltiruvchi bo‘lib hisoblanadi. Tamokidan xo‘jayralar ajratilib
ularga virus ta’sir etilgan va kupayishi o‘rganilgan. Virus hujayraga kirgandan so‘ng RNK juda tez oqsildan ajratiladi, bunda hujayralarning ekstrakti infeksionligi pasadi. RNK viriondan ajralib, oqsil qobigini shikastlamaydi. Virusning yetilishi 4g‘5 soatdan so‘ng kuzatiladi. Virusning RNK molekula sisintezlanib juda tez kapsida qoplaydi. O‘simliklar viruslari keltiradigan ko‘pgina kasalliklarda zararlangan hujayralarda virus ko‘payishini davom etadi. Shuning uchun o‘simliklar hujayralarida virusning konsentratsiyasi juda baland bo‘ladi. Infeksiya hujayradan hujayrga o‘tadi, virionlar plazmodesmalar orqali harakatlanadi. O‘simliklar va mikro organizmlarni o‘zaro simbiotik munosabatlari. O‘simliklar va mikroorganizmlarning o‘zaro munosabatlari planetadagi hayotni asosi bo‘lib hisoblanadi. O‘simliklar odam, hayvon va mikroorganizmlar uchun kislorod va oziqa moddalarni yetqazadi. Mikroorganizmlar nobud bo‘lgan o‘simliklarga ta’sir etib ularni parchalaydi va oziqa moddalarni yana o‘simlikga qaytaradi. Umuman o‘simliklar va mikroorganizmlar bir biri bilan yashaydi. Misol bo‘lib o‘simliklari ldizida Rhizobium avlodiga kiradigan mikroorganizmni rivojlanishi bo‘lib hisoblanadi. Mikrob o‘simlikni o‘zaro munosabatlari Mikrob va o‘simliklar orasidagi munosabat maxsus, evolyutsion boglangan va nomaxsus, vaqtinchalik bo‘ladi. Ular yer ustki qismda va tuproq orasida o‘zaro munosabatda bo‘ladi. Tabiatda tuproq orasida ham o‘zaro ta’sirlar kuzatiladi. Mikroorganizmlar evolyutsiya nuqtai nazardan eng qadimgi organizmlar bo‘lib hisoblanadi. Bakteriyalar 3,5 mlrd yil oldin paydo bo‘lgan, bir hujayrali o‘simliklar va suvo‘tlari 1,6 mldr. Yil oldin, birinchi mikroskopik suvo‘tlar esa 0,6-0,5 mlrd yil avval. Yuksak o‘simliklar 0,4 mlrd yil oldin paydo bo‘lib, xilma- xil bo‘ladi, ularda ildizlar bo‘lgan. Zamburug‘lar 0,6 mlrd yil avval paydo bo‘lgan. O‘simliklar bakteriyalardan keyin paydo bo‘lib, ularning o‘zaro munosabatlari asta-sekin rivojlangan. O‘simliklar mikroorganizmlar bilan yashash sharoiti uchun konkurensiya qiladi, mikroorganizmlar tarqalgan joylarni egallaydi va mikroorganizmlardan foydalanadi. O‘z navbatida mikroorganizmlar o‘simliklardan o‘zining o‘sishi, rivojlanishi va tarqalishi uchun foydalanadilar. O‘simliklar tuban