logo

O’zbekistonda demokratik tamoyillar asosida milliy davlat boshqaruv tizimining yaratilishi, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

34.5439453125 KB
O’zbekistonda demokratik tamoyillar asosida milliy davlat boshqaruv
tizimining yaratilishi, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati  
Reja:
1. O`zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyatining qaror topishi. O`zbekistonda
hokimiyatlar bo`linishining prinsiplari.
2. Davlat boshqaruvida sudlarning roli, ular faoliyatidagi yangi islohotlar.
3. O`zbekistonda inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlanishi .
4. Mustaqillik   yillarida   O`zbekistonda   fuqarolarning   o`zini-o`zi   boshqarish
organlarining tashkil etilishi.
5. O`zbekistonda demokratiyaning yanada chuqurlashtirish. Ko`ppartiyaviylik.
6. Mustaqillik yillarida O`zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati va uning 
ahamiyati. O`zbekiston Respublikasida Ommaviy axborot vositalari (OAV) ning 
roli va ahamiyati . 1.O`zbekistonda fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurish murakkab sinovlardan
o`tdi. Chunki mamlakatda sobiq Ittifoq tuzumidan qolgan meros saqlanib
qolmoqda edi, yangi jamiyat qurish uchun tajriba yetishmas edi.Odamlarda
fuqarolik jamiyati to`g`risidagi tasavvurlar juda past edi .
O`zbekistonda yangi jamiyat qurishda adolat va haqiqat g`oyasiga asoslanadi.
Unda   odamlar   o`z   qobiliyati,   ehtiyojlarini   to`la   namoyon   qiladi,   uning   uchun
mamlakatda huquqiy mexanizm yaratiladi. Fuqarolik jamiyati iborasining mazmun
mohiyati-jamiyatning   ijtimoiy-iqtisodiy,   siyosiy,   huquqiy   va   ma’naviy   jihatdan
yuqori darajada kamol topganini anglatadi.
Fuqarolik   jamiyati,   u   qanday   jamiyat?   Bu   jamiyat   har   bir   inson   manfaatini
ustuvor   biluvchi,   huquqiy   an’ana   va   qonunlarga   hurmat   bilan   qarovchi,
umuminsoniy   qadriyatlar   e’zozlangan,   davlat   hokimiyati   boshqaruvida
jamoatchilik   nazorati   o`rnatilgan,   insoniy   munosabatlar   chuqur   ildiz   otgan   erkin,
demokratik jamiyatdir.
Fuqarolik   (erkin   inson)   degan   sifat   belgisida   komillik   cho`qqiga   chiqqan
jamiyat   yotadi.   Bu   jamiyatda-erkinlik,  qonun   oldida  barcha   insonlarning   tengligi,
ijtimoiy   adolatning   ta’minlanganligi,   barcha   fuqarolrning   ijodiy   salohiyati   va
istedoddi ro`yobga chiqadi ю
Ma’lumki   fuqarolik   jamiyatidagi   o`zini-o`zi   boshqarishning   4   ta   asosiy
mexanizmi   mavjud:   Ular   quyidagilar :   1-Erkin   bozor   (iqtisodiy   mexanizm),   2-
Siyosiy   mexanizm   (siyosiy   erkinlik   va   demokrtiya),   3-Ma’naviy-axloqiy   soha
(ma’naviy-ruhiy   mexanizm)   4-Nizolarni   odil   sudlov   vositasida   hal   etish(Sud-
huquqiy mexanizm).
Fuqarolik jamiyatining qaror topishi prinsiplari quyidagilar:
- Iqtisodiy   erkinlik,   turli   mulk   shakllari   va   bozor   munosabatlarining
mavjudligi;
- Inson va fuqarolarning tabiiy hududlarini muhofaza qilish, tabiatni sevish;
- Huquqiy davlatning mavjudligi
- Barchaning   qonun   oldida   tengligi,   insonlarning   yuridik   jihatdan   muhofaza
qilinganligi; - Siyosiy va mafkuraviy legal muholifatning mavjudligi;
- So`z va matbuot erkinligi;
- Davlatning fuqarolar hayotiga aralashmasligi;
- Ijtimoiy hamkorlik va milliy totuvlik;
- Insonlarning   munosib   hayot   kechirishi   uchun   samarali   ijtimoiy   siyosatni
amalga oshirish va boshqalar.
Ma’ruzaning   shu   yerida   tariximizga,   o`tmishimizga   nazar   tashlasak,
O`zbekiston   kuhna   va   boy   tarixga   ega   bo`lib,   o`zbek   davlatchiligi   3000   yillik
tarixga   ega.   Ulug`   ajdodlarimiz,   olimlarimiz,   davlat   arboblari   fuqarolik   jamiyati
qurishga   alohida   e’tibor   berishgan.   Masalan,   Abu   Nasr   Farobiy   o`zining
“Madaniyatli   shahar   aholisining   qarashlari”   asarida   shunday   yozadi:   “   Fozil
jamiyat   adolat   va   saodatli   bo`lib   ,   u   jamiyat   bilimdon   hukmdor   tomonidan
boshqarilsa, tartib-qoida o`rnatilsa jamiyat a’zolari orasida bir biriga hurmat bo`lsa,
unday jamiyat   barqaror   va gullab  yashnaydi   ”  deb ta’kidlaydi. Buyuk  mutafakkir
Alisher Navoiy o`z davrida – insonlarning ijtimoiy kelib chiqishi, o`rni, mansabi,
mavqeidan   qat’iy   nazar,   qonun   oldida   teng   bo`lishni   ta’kidlagan   va   o`zi   ham
shunday   jamiyatni   orzu   qilgan.   Demak   mamlakatda   qonun   ustuvorligi-   fuqarolik
jamiyatining xususiyatlaridan biridir.
Davlat   boshqaruvida   1990-yil   24-martdan   O`zbekistonda   Prezidentlik
lavozimi   joriy   etildi.   1991-yil   29-dekabr   va   2000-yil   9-yanvarda   Prezident
saylovlari bo`lib o`tdi va unda I.Karimov O`zbekistonning birinchi Prezidenti etib
saylandi.   Prezident   atamasi   lotincha   so`zdan   olingan   bo`lib   “oldinda   o`tiruvchi”
degan ma’noni anglatadi. Hozirgi kunda dunyodagi 130 dan ziyod mamlakatlarda
Prezidentlik boshqaruvi joriy etilgan.
Mustaqil   O`zbekistonda   hokimiyatning   bo`linishi   O`zbekiston
Konstitutsiyasining 11-  moddasiga  binoan-  Qonun chiqaruvchi  (Oliy Majlis), Ijro
etuvchi   (Vazirlar   mahkamasi)   va   sud   hokimiyatiga   bo`linadi.   Shu   yerda   Oliy
Majlis   va   uning   faoliyatiga   to`xtalsak.   O`zbekiston   parlamenti   tarixiga   nazar
tashlasak, 1990-1994-yillarda mamlakatimiz Parlamenti Oliy Kengash nomi bilan
atalgan.   Unda   jami   150   ta   deputat   faoliyat   ko`rsatgan.   1995-2004-yillarda parlament   Oliy   Majlis   deb   atalib,   unda   250   ta   deputat   bo`lib,   bu   parlament   bir
palatali edi.
2002-yil   27-yanvar   kuni   O`zbekistonda   ikki   palatali   Parlament   tuzish
masalasiga   bag`ishlangan   umumxalq   Referendumi   bo`lib   o`tdi.   Unga   qatnashgan
saylovchilarning   93,65   foizi   mamlakatda   ikki   palatali   parlament   tuzishga   rozi
ekanligini bildirdi.
2002-yil 24-aprelda Oliy Majlisning VIII sessiyasida “Referendum yakunlari
hamda davlat  hokimiyati tashkil  etilishining asosiy prinsiplari  to`g`rida”gi Qonun
qabul qilindi. Unda Parlamentimiz nomi Oliy Majlis deb atalib, u ikki palatadan: 1-
Quyi   palata-Qonunchilik   palatasi;   2-Yuqori   palata-Senat   deb   atalishi   va   ularning
vakolatlari   5   yil   deb   ko`rsatildi.   Shu   qonunga   muvofiq   O`zbekiston   Respublikasi
Konstitutsiyasining   XVIII,   XIX,   XX,   XXIII   boblariga   tuzatish   va   qo`shimchalar
kirgizildi.
2002-yil 12-13-dekabr kunlari Oliy Majlisning X sessiyasi  bo`lib o`tdi va bu
sessiyada   ikkita   qonun:   “O`zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisi   Qonunchilik
palatasi”   va   “O`zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisining   Senati”   to`g`risidagi
qonunlar   qabul   qilindi.   Bu   qonunlarda   Qonunchlik   palatasida   120   ta   deputat   va
Senat a’zolarining soni 100 nafar bo`lishi nazarda tutildi.
2004-yil   dekabr   oyida   O’zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisi   Qonunchilik
Palatasiga,   Xalq   deputatlari   viloyat,   tuman,   va   shahar   kengashlariga   saylovlar
bo`lib o`tdi. Shu yili 17-20-yanvar kunlari Senat ham shakillantirildi.
2009-yilda   saylov   qonunchiligida   o`zgarishlar   sodir   bo`ldi   unda   Oliy
Majlisning Qonunchilik palatasida deputatlar soni 120 tadan 150 tagacha yetkazish
nazarda   tutildi,   ularning   135   tasi       siyosiy   partiya   vakillaridan,   15   tasi   Ekologik
harakatdan saylanadigan bo`ldi.
2009-yil   27-dekabrda   Oliy   Majlis   Qonunchilik   palatasi,   Xalq   deputatlari
viloyat,   tuman   va   shahar   Kengashlariga   saylovlar   bo`lib   o`tdi.   Saylovlarda
Qonunchilik   palatasiga   150   deputat   va   100   ta   Senatorlar   shakllantirildi.   2010-yil
20-22-yanvar   kunlari   senat   a’zolari   saylandi   va   barcha   Oliy   Majlis   deputatlari 2014-yilning oxiriga qadar faoliyat ko`rsatdi. Ushbu davrda ular tomonidan yuzdan
ortiq normativ hujjatlar qabul qilindi.
2014-yil   21-dekabrda   oshkoralik   sharoitida     O`zbekiston   Respublikasi
Qonunchilik   palatasi,   xalq   deputatlari   viloyat,   tuman,   shahar   Kengashlariga
saylovlar bo`lib o`tdi. Saylovda jami 18 mln. 500 ming saylovchilarning 88,9 foizi
saylovlarda faol  ishtirok etdi  va unda Qonunchilik palatasiga  jami-150 ta  deputat
saylandi: Xususan O`zLDPdan-52 nafar, Milliy tiklanish Demokratik partiyasidan-
36   nafar,   O`zXDPdan-27   nafar,   O`zASDP   dan-20   nafar,   2008-yil   2-avgustda
tashkil topgan O`zbekiston Ekologik harakatidan- 15 ta deputat saylandi.
2019-yil   22-dekabrda   O`zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisi   Qonunchilik
palatasi,   xalq   deputatlari   viloyat,   tuman,   shahar   Kengashlariga   saylovlar   bo`lib
o`tdi.   Saylovda   5   ta   siyosiy   partiyadan   nomzodlar   qatnashdi.     O`zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylangan 150 ta deputatning 48
tasini, ya’ni 32 % ni xotin-qizlar, 9 tasini, ya’ni 6 % ni yoshlar, 39 nafari, 26 % i
oldindan quyi palata deputati bo’lgan kishilar tashkil qildi.
Saylov   yakunlari   bo’yicha   O’zLiDeP   dan   53   ta,   O’zbekiston   “Milliy
tiklanish” demokratik partiyasidan 36 ta, O’zbekiston “Adolat” sotsial demokratik
partiyasidan 24 ta, O’zXDP dan 22 ta, Ekologik partiyadan 15 ta deputat saylandi.
O`zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisi   Qonunchilik   palatasining   Spikeri
Ismoilov   Nurdinjon   Mo’ydinxonovich.   Bugungi   kunda   O`zbekiston   Respublikasi
Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida 5 ta siyosiy partiya fraksiyasi, 12 ta qo’mita, 5
ta komissiya faoliyat yuritmoqda.
O`zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisi   Qonunchilik   palatasida   qonun
loyihalarini   xalqaro   shartnomalarga,   O’zbekistonning   xalqaro   reytinglardagi
o’rnini yaxshilash bo’yicha tavsiyalarga mosligini o’rganish amaliyoti joriy qilindi.
Qonunchilik   palatasi   tomonidan   2020-yilda   149   ta   qonun   loyihasi   ko’rib
chiqilib,   shundan   62   tasi   alohida   qonun   sifatida,   49   tasi   esa   10   ta   Qonunga
birlashtirilib, jamlanma Qonunlar tariqasida qabul qilindi. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan qabul
qilingan Qonunlar 2016-yilda 21 ta, 2017-yilda 45 ta, 2018-yilda 55 ta, 2019-yilda
90 ta, 2020-yilda 72 tani tashkil qildi.
O`zbekiston   Respublikasida   saylovlarning   huquqiy   asoslari   O’zbekiston
Respublikasining   Saylov   Kodeksida   o’z   aksini   topgan.   Bu   kodeks   2019-yil   25-
iyunda   qabul   qilindi,   18   ta   bob,   103   ta   moddadan   iborat.   Ushbu   Saylov   kodesi
qabul qilingandan so’ng, uning ikkinchi moddasiga binoan 1991-yil 18-noyabrdagi
”O`zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   saylovi   to`g`risida”gi   Qonun,   1993-yil   28-
dekabrdagi   “O`zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisiga   saylov   to`g`ridagi”   Qonun,
1994-yil   5-maydagi   “Xalq   deputatlari   viloyat,   tuman   va   shahar   Kengashiga
Saylovlar   to`g`rida”gi   Qonun,   1994-yil   5-maydagi   “Fuqarolar   saylov
huquqlarining   kafolatlari   to`g`risida”gi   va   “O’zbekiston   Respublikasi   Markaziy
saylov komissiyasi to’g’risida”gi Qonunlar o’z kucnini yo’qotgan deb hisoblandi.
Saylov   kodeksiga   ko`ra   18   yoshga   to`lgan   O’zbekiston   Respublikasi
fuqarolari   saylov   huquqiga   va   har   bir   saylovchi   bitta   ovoz   berish   huquqiga,   25
yoshga   to`lgan   fuqaro   Oliy   Majlis   deputati   bo`lishga,   21   yoshga   yetgan   fuqaro
viloyat, tuman va shahar Kengashi  deputatligiga hamda 35 yoshga to`lgan, 10 yil
O’zbekistonda   muqim   yashagan,   oliy   ma’lumotli   fuqarolar   O`zbekiston
Respublikasi       Prezidenti   lavozimiga   saylanishi   mumkin.   Fuqaro   bir   vaqtning
o`zida ikkitadan ortiq vakillik organlarining deputati bo`lishi mumkin emas. 
Saylov   kodeksiga   asosan   Qonunchilik   palatasida   Ekoharakat   vakillari   uchun
kvota   ajratish   instituti   tugatildi.   Saylovchilarning   yagona   elektron   ro’yxatini
yuritish   tartibi   qonunan   tartibga   solindi.   Saylovlarda   ovoz   berish   vaqti   8:00   dan
20:00 gacha qilib belgilandi.
Oliy   Majlisning   yuqori   palatasi   Senatdir.Senat   so`zi   lotincha   so`z   bo`lib
“Senatus”,   yoki   “Senix”   so`zlaridan   olingan   bo`lib   uning   ma’nosi   o`zbekchada
“oqsoqol”   yoki   “mo`ysafit”   degan   ma’nolarni   bildiradi.Senat   hududiy   vakillik
palatasi   hisoblanib   12   ta   viloyatdan   6   ta   jami   72   ta,   Toshkent   shahri   va
Qoraqalpog`iston   Respublikasidan   12   ta   deputat   saylanadi,   jami   84   ta   va
a’zolarning  16 tasi  fan,  adabiyot, san’at,  ishlab  chiqarish  sohadagi  katta  tajribaga ega   bo`lgan,   alohida   qilgan   xizmatlari   uchun   eng   obro`yli   fuqarolar   orasidan
O`zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   tomonidan   tayinlanadi.   Shunday   qilib   Senat
a’zolarining jami soni 100 tani tashkil etadi. Senatni shakillashtirish tartibi Saylov
kodeksining   14-bobida   o’z   aksini   topgan.   Senatning   vakolat   muddati   besh   yil.
Senat raisi bugungi kunda Narbayeva Tanzila Kavalovnadir.
Hokimiyat   bo`linishining   ikkinchi   bo`lagi   ijro   etuvchi   hokimiyat   ya’ni
Vazirlar   Mahkamasi   hisoblanadi.   Bu   hokimiyat-iqtisodiyot,   ijtimoiy   va   ma’naviy
sohaga rahbarlik qiladi, O`zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari,
prezident   farmonlari,   qarorlari,   farmonlar   ijrosini   ta’minlovchi-ijro   etuvchi
hokimiyatdir.
Vazirlar   Mahkamasi   tarkibi   qonun   bilan   belgilangan.   Uning   tarkibiga-Bosh
vazir, uning birinchi o`rin bosari va o`rin bosarlari, Vazirlar, davlat qo`mitalarining
raislari (12 ta), davlat va xo`jalik boshqaruvi organlarining rahbarlari kiradi .
Vazirlar   Mahkamasining   tarkibi   Prezident   tomonidan   shakllantiriladi.
Vazirlar   Mahkamasi   faoliyatini   Bosh   vazir   tashkil   etadi   va   unga   rahbarlik   qiladi,
uni samarali ishlash uchun shaxsan Bosh vazir javobgar.
Bosh   vazir   nomzodini-saylovlarda   eng   ko`p   ovoz   olgan   partiya   vakillari
ko`rsatadi.   2019-yil   dekabr   oyida   bo`lib   o`tgan   saylovlarda   eng   ko`p   ovoz
to`plagan   O`zbekiston   Ishbilarmonlar   va   Tadbirkorlar   partiyasi   O`zLDP   Abdulla
Oripov nomzodini ko`rsatgan edi.
Prezident   Bosh   vazir   nomzodini   ko`rib   chiqish   va   tasdiqlash   uchun   Oliy
Majlis   palatalariga   taqdim   etadi.   Bu   masala   dastlab   Qonunchilik   palatasida,
so`ngra Senatda ko`rib chiqiladi.
Bosh   vazirni   lavozimidan   olish   O`zbekiston   Respublikasi   Prezidenti
vakolatiga kiradi. Vazirlar Mahkamasining majlislarida-davlat boshqaruvi, xo`jalik
va   ijtimoiy-madaniy   qurilishning   eng   muhim   masalalari   ko`rib   chiqiladi   va   hal
etiladi.   Majlislar   har   chorakda   bir   marta   o`tkaziladi.   Majlislarda   vazirlar,   davlat
qo`mitalari   rayislari,   idoralar,   kompaniya   va   koorporasiya   rahbarlari,   konsern   va
uyushma   rahbarlari,   Qoraqalpog`iston   Vazirlar   Mahkamasi   Kengashining   rayisi, viloyat   va   Toshkent   shahar   hokimlari,   ular   bo`lmasa   ularning   birinchi   o`rin
bosarlari ishtirok etadi.
2-masala
Davlat   boshqaruvida   Sudlarning   faoliyatini   ko`rib   chiqamiz.   Bu   hokimiyat
bo`linishidagi   uchinchi   bo`linish   hisoblanadi.   To`rtinchi   hokimiyat   Ommaviy
Axborot Vositalari bo`lib u hali mustaqil hokimiyat bo`lgani yo`q. Mustaqillikning
dastlabki   kunlaridan   boshlab   demokratik   jamiyatga   xos   sud   hokimiyatini
shakllanishiga   kirishildi   .   Sud   hokimiyati-   O`zbekiston   Respublikasi
Konstitutsiyasining   XXII   bobi   106-moddasiga   ko`ra   Qonun   chiqaruvchi,   ijro
etuvchi, siyosiy partiyalardan, jamoat tashkilatlaridan mustaqil holda ish yuritadi .
Hozirgi   kunda   O`zbekiston   Respublikasida   Sud   tizimi   O`zbekiston
Respublikasi  Konstitutsiyasining 107-moddasi hamda 2000-yil 14-dekabrda qabul
qilingan   “Sudlar   to`g`risida”gi   qonunga   ko`ra   (1-moddasiga)   quyidagilardan
iborat:
1. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsion sudi
2. O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi
3. Harbiy sud
4. Qoraqalpog`iston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari bo`yicha sudlar
5. Fuqarolik va jinoyat ishlari bo`yicha viloyatlar Toshkent shahar sudlari
6. Iqtisodiy va ma’muriy sudlar 
7. Jinoyat ishlari bo`yicha tuman va shahar sudlari va boshqalarga bo`linadi.
O`zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2005-yil   1-avgustdagi   Farmoniga
ko`ra   2008-yilning   1-yanvaridan   boshlab   yurtimizda   o`lim   jazosi   bekor   qilindi,
uning   o`rniga   qastdan   odam   o`ldirish,   terrorizm   jinoyatini   sodir   etganligi   uchun
umrbot qamoq jazosi joriy etildi.
2005-yil   5-avgustdan   Prezident   Farmoni   bilan   qamoqqa   olishga   sanksiya
berish huquqi prokurordan sudlarga o`tkazildi.
Bugunga   qadar   sudlarning   odilligini   ta’minlovchi   yangi   qonunlar   yaratildi,
ular  asosida   qonunchilik,  demokratiya,  oshkoralik,   odillik,  insonparvarlik,  jinoyat
qilgani   uchun   javobgarlik   muqarrar   ekanligi   masalalari   aytib   o`tildi.   Lekin   bizda professional   sudyalar   korpusi   tayyorlanmadi.   Chunki   bu   sohada   ishga
joylashishida qarindosh-urug`chilik, korrupsiya holatlari va pora brish holatlari avj
oldi, hatto tanish bilishchilik avj olib bu sohaga mansabdor saxslar ham aralashdi.
Shu sababli bizda-sudyalar mustaqil va adolatli sud hokimiyatiga ko`tarila olmadi.
Keyingi yillarda odamlarning sudga bo`lgan ishonchi kamaya boshlagan edi.
Aslida   O`zbekistonda   amalga   oshirilgan   sud-huquq   islohotlarining   asosiy
maqsadi-mustaqil, kuchli sud hokimiyatini vujudga keltirishdan iboratdir.
Sud-odil   sudlovning   oliy   nuqtasi   va   uning   rolini   oshirish,   huquqiy   davlat
barpo   etish   yo`lidagi   qonuniy   jarayondir.   Bu   sohada   ko`plab   yechimini   kutib
turgan muammolar mavjud. Ular quyidagilar:
- Sudlarning haqiqiy mustaqilligini va erkinligini ta’minlash;
- Sud   ishlarida   adolatli   qarorlar   qabul   qilishga   qodir-yuksak   malakali   halol,
pok, vijdonli sud xodimlarini korpusini shakllantirish; 
- Sudlarda ishlarni ko`rib chiqish sifatini yanada oshirish lozim;
O`zbekistonda   mustaqil,   adolatli   sud   hokimiyatini   qaror   topdirish-davlat
siyosatining   ustuvor   yo`nalishi   bo`lib   u   mamlakatimiz   Prezidentining   doimiy
diqqat markazidadir.
  2020-yil   24-iyulda   qabul   qilingan   “Sudlar   faoliyatini   yanada
takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo`shimcha chora
tadbirlar” to`g`risidagi Prezident Farmonida-odil sudlovni tashkil etishning ustuvor
yo`nalishlari ko`rsatib o`tildi, ular quyidagilardan iborat:
1. Xolis,   adolatli   va   qonuniy   sud   qarorlarini   qabul   qilish   uchun   bu
tizimda tashkiliy tuzilmaviy o`zgarishlar amalga oshiriladi;
2. Viloyat   va   unga   tenglashtirilgan   fuqarolik   ishlari   bo`yicha,   jinoyat
ishlari   bo`yicha,   iqtisodiy   sudlar   negizida   sudyalarning   qat’iy   ixtisoslashuvini
saqlab   qolgan   holda   Qoraqalpog`iston   Respublikasi,   viloyatlar,   Toshkent   shahar
umumyurisdeksiya sudlari tashkil etiladi;
3. Sud   ishlarini   nazorat   tartibida   ko`rish   instituti   tugatiladi,   ya’ni   sud
ishlarini   qayta   qayta   bir   necha   bor   nazorat   tartibida   ko`rilshi-fuqarolarning   ovora bo`lishiga   sabab   bo`lmaoqda,   sudlarda   ish   hajmining   asossiz   maqsadsiz   ortib
borishiga sabab bo`lmoqda, bunga ham barham beriladi;
4. Prokurorning sudga ishtirok etishi tartibi ilg`or xorijiy tajriba xalqaro
standartlarga moslashtiriladi;
5. O`zbekiston   Respublikasi     Oliy   sudi   tuzilmasida   Jamoatchilik   va
Ommaviy   Axborot   Vositalari     bilan   hamkorlik   boshqarmasi,   viloyat   va   unga
tenglashtirilgan   sudlar   tuzilmasida   Matbuot   xizmatlari   tashkil   etiladi.   Bu   esa   sud
organlari faoliyati ochiqlik, shaffoflik, adolatni taminlashga olib keladi.
2020-yil   29-dekabrdagi   Oliy   Majlis   Murojatnomasida   Prezidentimiz   sud
sohasidagi o`z fikirlarini bildirib uning oldiga quyidagi vazifalarni qo`ydi:
-Bu sohada  keyingi 4 yilda 40 dan ortiq Qonunlar va Farmonlar qabul qilindi.
-Adolat va qonun ustuvorligini ta’minlashimizda sud hokimiyati hal qiluvchi
o`rinni egallaydi.
-2020-yil   1-yanvardan   boshlab   “bir   sud-bir   istansiya   “   tamoyili   amalga
oshiriladi.   Bu   sudlar   tizimida   adolatni   ta’minlashda   bosh   me’zondir.   Sud
bosqichlari   bekor   qilinadi,   chunki   bu   holat   aholini   ovora   qilmoqda   va   vaqtini
olayapti;
-Endi 3 ta sud-fuqarolik, iqtisodiy, jinoyi ishlar bo`yicha sudlar birlashtiriladi;
-Endi investrlar nizoni hal qilish uchun to`g`ridan-to`g`ri Oliy sudga murojaat
qilishi mumkin; 
-Sud   tizimida   raqamlashtirish   joriy   etiladi,   chunki   inson   endi   sud   binosiga
kelmasdan “onlayn” tartibda murojaat qilishi mumkin bo`ladi; 
-Jazoni   ijro   etish   tizimida   25   ta   manzil-kaloniyalar   bosqichma   bosqich-
qisqartiriladi;
-Shartli   ozod   etish   (maxbuslarni)   endi   yangi   tashkil   etilgan   “Insonparvarlik
komissiyasi” ga o`tkaziladi;
- Maxbuslarga nisbatan turli xil og`ir qiynoqlarni oldi olinadi
-   15   yil   O`zbekistonda   muqim   yashagan   kishilarga   O`zbekiston   fuqaroligi
beriladi. 2020 yilda O`zbekistonda 50 ming fuqaro fuqarolik pasportini oldi, yana
bu yil ya’ni 2021-yilda yana 20 ming odam shunday huquqni oladi; 3-masala
O zbekiston   Mustaqillikka   erishgach   inson   huquqlari   va   erkinliklari   to'laʻ
to'kis kafolati uchun shart-sharoitlar yaratildi. 
O zbekistonda   qisqa   vaqt   ichida   O zbekiston   Respublikasi   Konstitutsiyasi
ʻ ʻ
asosida   insonning   huquq   va   erkinliklari   to g risidagi   milliy   qonunchilik   tizimi	
ʻ ʻ
shakllantirildi.   Konstitutsiyamizning   13-moddasida   "O zbekiston   Respublikasida	
ʻ
demokratiya-umuminsoniy   prinsiplarga   asoslanadi,   ularga   ko ra   inson,   uning	
ʻ
hayoti,   erkinligi,   sha'ni,   qadr-qimmati   oliy   qadriyat   hisoblanadi"   deb   belgilandi.
Shu davrda fuqarolarning huquqlarini aks ettirgan 300 dan ortiq Qonun va qarorlar
qabul qilindi.
O zbekiston Respublikasida ushbu davrda inson huquqlarini himoya qiluvchi	
ʻ
xalqaro hujjat qabul qilindi. Ular Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi (1948
-   yil   10-   dekabrda   tashkil   topgan)   va   unga   O zbekiston   a zo   bo ldi.   “Iqtisodiy,	
ʻ ʼ ʻ
ijtimoiy   va   ma'naviy   huquqlar   to'g'risidagi   Xalqaro   Pakt   (1996-yil   19   -   dekabrda
qabul   qilingan)   hamda   30   dan   ortiq   Pakt   va   Konvensiyalarga   O zbekiston   a zo	
ʻ ʼ
bo lib kirgan	
ʻ
O zbekistonda   yagona   fuqarolik   qabul   qilingan   unga   ko'ra   Qoraqalpog'iston	
ʻ
fuqarosi   O zbekiston   fuqarosi   hisoblanadi.   O zbekiston   Birlashgan   Millatlar	
ʻ ʻ
Tashkilotining   20   dan   ortiq   inson   huquqlari   bo'yicha   pakt   va   konvensiyalariga
qo'shilgan.
O zbekiston   Respublikasi   Konstitutsiyasining   "   Shaxsiy   huquq   va	
ʻ
erkinliklari"   deb   nomlangan   VII   bobida   Respublika   fuqarolarining   shaxsiy
huquqlari   va   erkinliklari   quyidagicha   ta'riflangan   -   yashash   huquqi,   erkinlik   va
shaxsiy   daxlsizlik   huquqi,   uy-joy   daxlsizligi,   fikrlash   va   so z   hamda   e'tiqod	
ʻ
erkinligi,   fuqarolarning   o z   huquqiga   daxldor   hujjatlar   bilan   tanishish   huquqi,	
ʻ
vijdon   erkinligi   Konstitutsiyamizning   31-moddasida   "Hamma   uchun   vijdon
erkinligi   kafolatlanadi.   Har   bir   inson   hohlagan   diniga   e'tiqod   qilishi   yoki   hech
qanday   dinga   e tiqod   qilmaslik   huquqiga   egadir".   Diniy   qarashlarni   majburan	
ʼ
singdirish   mumkin   emas.   1998-   yil   yangi   tahrirdagi   "Vijdon   erkinligi   va   diniy
tashkilotlar   to'g'risida"gi   Qonun   qabul   qilindi.   Ushbu   Qonunda   O zbekiston	
ʻ Respublikasida   din   davlatdan   ajratilgan.   Hech   bir   dinga   imtiyoz   yoki   cheklashlar
belgilanmaydi   yoki   davlat   diniy   tashkilotlar   zimmasiga   o zining   hech   qandayʻ
vazifasini bajarishini hohlamaydi. Diniy tashkilotlar davlat vazifalarini bajarmaydi.
Davlat   diniy   tashkilot   hamda   dahriylik   targ ibotiga   oid   faoliyatini   mablag'   bilan	
ʻ
ta'minlanamaydi.   Demak,   insonlarning   shaxsiy   huquqlari   shulardan   iborat   bo'lib
ularni inson mustaqil amalga oshiradi, ular davlat tomonidan himoya qilinadi. Bu
huquqlar O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining VIII bobining 32,33,34,35-
moddalarida himoyalangan va o z aksini topgan.	
ʻ
        O zbekiston   Respublikasining   Konstitutsiyasining   "Fuqarolarning	
ʻ
burchlari" deb nomlangan XI bobida insonlarning burchlari va majburiyatlari aytib
o tilgan. Ular quyidagilardan iborat:	
ʻ
- Konstitutsiya va Qonunlarga rioya etish;
- Boshqa kishilarning huquqlari va majburiyatlarini hurmat qilishi;
- O zbekiston aholisi xalqning tarixiy va madaniy merosini avaylab asrashga	
ʻ
majburdirlar;
- Fuqarolar Qonun bilan belgilangan turli xil soliqlar va mahalliy yig inlarni	
ʻ
to'lashga majburdir;
-   O zbekiston   Respublikasini   himoya   qilish   -   Respublikadagi   har   bir	
ʻ
fuqaroning burchidir;
4-masala
O`tgan   ma’ruzada   Biz   siz   bilan   O`zbekistonda   demokratik,   fuqarolik
jamiyatining   qaror   topishi,   O`zbekistonda   hokimiyat   tizimining   bo`linishi
masalalari hamda davlat boshqaruvida sudlarning o`rni , roli, ahamiyati, hamda bu
sohadagi yangi islohotlar haqida gaplashgan edik
Endigi  ma’ruzada Mustaqillik yillarida O`zbekistonda fuqarolarni o`zini-o`zi
boshqarish   organlarining,   ya’ni-mahallalarning   tashkil   topishi   ,   ularning   faoliyati
haqida   suhbatlashamiz.   Tariximizdan   ma’lumki   mamlakatimizda   mahallalarning
tashkil   topishi   uzoq   o`tmishga   borib   taqaladi.   Manbalarning   guvohlik   berishicha
o`lkamizda   dastlabki   mahallalar   IX-X   asrlarda   paydo   bo`lgan.   Bu   haqda   Abu
Rayhon Beruniy o`z asarlarida yozib qoldirgan. O`zbekistonda   yangi   jamiyat   qurish-adolat   va   haqiqat   g`oyasiga   asoslanadi.
Bunda insonlar o`z qobiliyatini, ehtiyojlarini to`la namoyon qiladi. Buning uchun
jamiyatda   uni   amalga   oshirish   uchun   to`la   huquqiy   mexanezim   yaratilishi   lozim.
Bu tizim huquqiy jihatdan kafolatlanishi kerak. Shu sababli Respublikada mahalla
institutlarini   joriy   etishda   1993-yil   2-sentabrda   qabul   qilingan   “Fuqarolarning
o`zini-o`zi organlari to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi.
Mahalla mexanizmi shu Qonun asosida joylarda tashkil etila boshladi.
O`zbekiston   Respublikasi   Konstitutsuyasining     105-moddasida   “Shaharcha,
qishloq   va   ovullarda,   uning   tarkibidagi   mahallalarda   fuqarolarning   o`zini-o`zi
boshqarish organlari bo`lib, ularning rayisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari 2,5
yil muddatga saylanadi ” deyilgan.
Mahallaning   huquqiy   asoslari   1993-yil   2-sentabrdagi   qabul   qilingan   Qonun
bilan   mustahkamlangan.   Ushbu   Qonun   yuqorida   nomi   keltirilgan.   Bu   Qonunda
mahallaning   vazifalari,   vakolatlari   hamda   oqsoqolning   vazifalari   qat’iy
belgilangan.   1999-yil   14-aprelda   29   moddadan   iborat   ushbu   Qonunning   yangi
tahriri chiqdi.
Qonunning   7-moddasi,   Konstitutsiyaning   105-moddasiga   moslashtirildi   va
unda   fuqarolarning   o`zini-o`zi   boshqarish   organlari   tushunchasi   quyidagicha
konkretlashtirildi:   “Shaharchalar,   qishloqlar   va   ovullar,   shuningdek   shaharlar,
shaharchalar   qishloqlar   va   ovullardagi   mahallalar   fuqarolar   yig`inlari
Fuqarolarning o`zni-o`zi boshqarish organlari”dir deyildi.
2013-yil 22-aprelda O`zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o`zini-o`zi
organlari   to`g`rida”gi   Yangi   tahrirdagi,   hamda   “Fuqarolar   yig`ni   rayisi   va   uning
maslahatchilari saylovi to`g`risidagi Qonunlar qabul qilindi”
2017-yil 3- fevralda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyevning
“Mahalla   institutini   yanada   takomillashtirish   chora-tadbirlari   to`g`risida”gi
Farmoni qabul qilindi. Ushbu Farmonda MFY oldiga quyidagi vazifalar qo`yildi:
- Jamiyat hayotidagi ularning mavqeyi belgilandi;
- Ular   joylarda   xalqning   chinakam   maslakdoshi   va   kumakdoshi   bo`lishi
lozim; - Yoshlarni tarbiyalovchi asosiy o`choq vazifasini bajaruvchi;
- Hududlarda ma’naviy hayotning sog`lomlashtiruvchi asosiy bo`g`in bo`lishi
va boshqa vazifalar belgilab berildi.
2018-yil   15-oktabrda   O`zbekiston   Respublikasining   “Fuqarolar   yig`inlari
rayisi  (oqsoqoli)  saylovi  to`g`risida  ”  Yangi  Qonun  qabul   qilindi.  Qonunga ko`ra
mahalla   oqsoqollari   rayislarini   saylovi   har   3   yilda  bo`lib  o`tadigan   bo`ldi.   Ushbu
Qonun asosida O’zbekiston Respublikasining Kostitutsiyasining 105-moddasining
birinchi qismiga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi.
2019-yilda   Respublika   Fuqarolar   yig`inlari   rayislarining   navbatdagi   sayovi
bo`lib   o`tdi,   unda   Respublikadagi   10   000   ga   yaqin   MFY   rayislari   navbatdagi
muddatga saylandi.
Bu   masala   2020-yil   29-dekabrdagi   O`zbekiston   Respublikasi   Prezidentining
xalqimizga   va   Oliy   Majlisga   Murojaatnomasida   ham   ko`rib   chiqildi.   Ma’ruzada
qayd etilishicha so`ngi uch yilda “Obod qishloq”, “Obod mahalla” Davlat  dasturi
doirasida 5 mln. aholi  yashaydigan 1200 ta mahalla va qishloqlar qiyofasi tubdan
o`zgardi. Bu ishlar pandemiya sharoitida vaqtincha to`xtab qoldi. Xalqaro Moliya
institutlari   bu   Dastur   doirasida   ishtirok   etish   uchun   270   mln.   AQSH   dollari
miqdorida   mablag`   yo`naltirishga   tayyor   ekanligi   bildirilmoqda.   Bu   ishlar   2021-
yilda ham davom etishini Muhtaram Prezidentimiz ta’kidlab o`tdilar.
5-masala
Endigi masala- O`zbekistonda demokratiyaning yanada chuqurlashuvi hamda
ko`ppartiyaviylikning qaror topishiga to`xtalamiz.
Mustaqillik sharofati bilan yakka partiyaviylikga barham berildi. Sobiq ittifoq
davrida   kommunistik   partiya   yakka   hukmron   partiya   edi.   Uning   g`oyasiga   ko`ra,
har   bir   insonning   dunyo   qarashi   kommunistik   mafkurada   shakllanishi   lozim   edi.
Kommunistlar   tub   aholining   mafaati,   mentaliteti   hamda   davlatchilik   tarixi   bilan
umuman   hisoblashmas   edi.   Ularda   fikrlar   xilma-xilligiga   yo`l   qo`yilmas,   jamoat
birlashmalariga aralashishlik partiya ishining asosi edi. 
Siyosiy   partiyalarning   erkin   faoliyat   ko`rsatishishi-   demokratik   huquqiy
davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etishning asosiy garovidur. Mamlakatimiz   birinchi   Prezidenti   Islom   Karimov   ta’kidlaganidek:   “Partiya
degani-   bu   mansab   uchun,   lavozim   uchun   kurash   emas,   balki   muayyan   g`oya
uchun uni jamiyatda ustuvor bo`lishi va ro`yobga chiqishi uchun kurash demakdir.
Agar   partiya   ma’nosini   mana   shu   nuqtayi   nazardan   tushunar   ekanmiz   ,   qancha
partiya bo`lsa bo`laversin, ularni faoliyatiga tegishli sharoit yaratib beriladi ” degan
edi.
Hozirgi   kunda   Respublikamizda   5   ta   siyosiy   partiya   mvjud   va   2   ta   ijtimoiy
harakat   faoliyat   ko`rsatmoqda.   1997-yil   14-   sentabrda   O`zbekiston   Kommunistik
partiyasining   oxirgi   XXIII   se’yzdi   bo`lib   o`tdi,   unda   bu   partiya   KPSS   tarkibidan
chqib yangi siyosiy tashkilot- O`zbekiston XDP tuzish haqida Bayonot qabul qildi
va   shu   yili   1-   noyabrda   partiyaning   ta’sis   Qurultoyida   O`zbekiston   Xalq
Demokratik partiyasiga asos solindi. Bu partiyaning “O`zbekiston ovozi”, “Голос
Узбекистана” gazetalari bor. 
“Vatan taraqqiyoti” partiyasi 1992-yil 24-may kuni tashkil topgan. Bu partiya
2000-yil   14-aprelda   Fidokorlar   Milliy   demokratik   partiyasi   bilan   qo`shildi   va
“Fidokorlar Milliy Demokratik Partiyasi” nomini oldi. 
O`zbekiston   “Adolat”   sotsial   demokratik   partiyasi   1992-   yil   18-   fevralda
bo lib o tgan I ta'sis Qurultoyida tashkil topdi. Partiyaning dasturi va nizomi e'lonʻ ʻ
qilindi. Partiyaning "Adolat" nomli gazetasi bor.
“Milliy   Tiklanish   Demokratik   Partiyasi”   1995-   yil   1-   iyunda   tashkil   topdi.
Dasturi va nizomi qabul qilindi.
"   Milliy   tiklanish"   nomli   haftalik   gazetasi   bor,   hozirgi   kunda   Oliy   Majlis
qonunchilik   Palatasida   36   ta   deputat   faoliyat   ko'rsatmoqda.   O zbekiston   Leberal	
ʻ
Demokratik   Partiyasi   2003-yil   15-noyabrda   tashkil   topgan   bo lib,   bu   partiya	
ʻ
Respublikadagi Ishbilarmon va Tadbirkorlarni himoya qiluvchi partiyalardir. 
2015-   yilgi   saylovlarda   O zLeDeP   Oliy   Majlis   qonunchilik   palatasida   eng	
ʻ
ko'p,   52   nafar   deputat   etib   saylandi.   2019   -   yil   yanvarda   Respublikamizda   yosh
partiya “O’zbekiston Ekologiya partiyasi” tashkil topdi. Xalq   deputatlari   viloyat   kengashiga   60   ta   dan   ko’p   bo’lmagan,   tuman   va
shahar   kengashlariga   esa   30   ta   dan   ko’p   bo’lmagan   deputatlar   guruhi
shakillantiriladi.
6- masala
Endigi   masalada   davlatimizning   yoshlarga   bo'lgan   e'tibori   masalasi   haqida
gaplashamiz. Bu masala fuqarolik jamiyati talabiga muvofiq qayta ko rib chiqildi.ʻ
2016-   yil   14   -   sentyabrda   "   Yoshlarga   oid   davlat   siyosati   asoslari   to`g`risida"   gi
Qonunning yangi tahriri qabul qilindi.
       2017 - yil 30- iyunda “Kamolat” yoshlar  ittifoqi ijtimoiy harakatining IV
Qurultoyida yangi vazifalar o rtaga tashlandi. O zbekiston Respublikasi Prezidenti	
ʻ ʻ
Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan " Kamolat “zaminida " Yoshlar ittifoqi"
tashkil   topdi.   Yoshlar   masalasi   davlat   siyosatining   ustuvor   yo'nalishiga   aylandi.
30- iyun Respublikamizda “Yoshlar kuni” deb e'lon qilindi.
        2017-   yil   5-   iyulda   O zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   “Yoshlarga
ʻ
oid   davlat   siyosatining   samaradorligini   oshirish   va   O zbekiston   Yoshlar   ittifoqi	
ʻ
faoliyatini   qo'llab   quvvatlash   to`g`risida”gi   Farmon   qabul   qilindi.   Unga   ko'ra
“Mard   o g lon”   medali   ta'sis   etildi.   2018-   yil   27-   iyunda   "   Yoshlar   kelajagimiz"	
ʻ ʻ
Davlat   dasturi   qabul   qilindi.   2018-   yil   avgustda   “O zbekiston   Yoshlar   ittifoqi”	
ʻ
huzurida,   “Yoshlar   kelajagimiz”   jamg'armasi   va   uning   hududiy   bo limlari   ish	
ʻ
boshladi. 
  2020-yil   29-dekabrda   Mamlakatimiz   Prezidentining   Oliy   Majlisga
Murojaatnomasida bu masala ham atroflicha ko`rib chilqildi. Unga ko`ra 2021-yil
“Yoshlarni   qo`llab   quvvatlash   va   aholi   salomatligini   mustahkamlash”   yili   deb
e`lon qilindi. Shu masalada Prezidentimiz Yoshlarni qo`llab quvvatlash maqsadida
kelgusi yilda amalga oshirilishi lozim bo`lgan asosiy vazifalarni ta’kidlab o`tdi.
Ommaviy   axborot   vositalari   xalqga   ilmiy,   huquqiy,   siyosiy,   iqtisodiy
madaniyat   tarqatuvchi   “To`rtinchi   hokimiyatdir”.   U   boshqaruv   organlarining
kamchiliklarini,   xatolarini   tanqid   qiladi.   Uning   huquqiy   asoslari   hujjatlarda   o`z
aksini topdi:   1.   O`zbekiston   Respublikasi   Konstitutsiyasining   67-   moddasida   yoki   29-
moddasida-har   kim   o`zi   hohlagan   axborotni   olish   va   uni   tarqatish   huquqiga   ega
diyelgan;
  2.   1997-yil   27-aprelda   “Ommaviy   Axborot   Vositalari   to`g`risida”   Qonun
qabul   qilindi.   Endi   ular   erkin   faoliyat   yuritishi   mumkin,   chunki   qabul   qilingan
qonun bor;
3.   2017-uilning   11-   fevralida   O`zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Shavkat
Mirziyoyevning:   “Matbuot   va   axborot   sohasida   boshqaruvni   yanada
takomillashtirish   to`g`risidagi   Farmoni   e`lon   qilindi.   Unga   ko`ra   Respublikada
“Matbuot   va   Axborot   Agentligi”   tashkil   etildi.   Mustaqillik   yillarida   Respublika
ommaviy axborot vositalari, noshirlik, matbaachilik faoliyatini rivojlantirish, so`z
va   axborot   erkinligini   ta’minlash   borasida   O`zbekiston   Respublikasining   10   dan
ortiq Qonunlari, 150 dan ortiq qonun osti hujjatlari qabul qilindi.
2020-yil   29-dekabrdagi   O`zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Oliy   Majlisga
Murojaatnomasida   Ommaviy   axborot   vositalari   faoliyatiga   ham   baho   berib   o`tdi:
“Oshkoralik   va   so`z   erkinligi   bu-davr   talabi,   bu-O`zbekistondagi   islohatlarning
talabi .   Xolis   va   adolatli   jurnalis   va   blogerlarning     tanqidiy   chiqishlari   yaxshi,
ularning bu chiqishlari rahbarlarga yoqmaydi. Ammo, bu ishlarni 2021-yilda ham
yanada   jonlantirish   kerak.   Uning   uchun   tashkil   etilgan   “Axborot   va   Ommaviy
Kommunikatsiyalar   Agentligini”,   uning   faoliyatini   tanqidiy   ko`rib   chiqish   kerak
deb ta’ kidladi Respublikamiz Prezidenti Shavat Mirziyoyev.    ADABIYOTLAR:
1. O’zbekiston Respublikasining Kostitutsiyasi.T.,”O’zbekiston”, 2019.
2.Mirziyoev Sh.M. Biz milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom  ettiramiz
va uni yangi bosqichga ko'taramiz. T. 1. - Toshkent: O'zbekiston .. 2017 yil.
3. Mirziyoev Sh.M.Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda
barpo etamiz. T.”O’zbekiston”, 2016. 
4.Mirziyoev   Sh.M.Tanqidiy   tahlil,   qat’iy   tartib-   intizom   va   shaxsiy   javobgarlik   –
har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lish kerak.T.”O’zbekiston”, 2017.
5.O’zbekiston   Respublikasining   Saylov   kodeksi.   T.”Adolat”   huquqiy   axborot
markazi. 2019. 
6. “Ommaviy Axborot Vositalari to`g`risida”gi Qonun. T.”O’zbekiston”,1997.
7 . Jo’rayev   N.   Mustaqil   O`zbekiston   tarixi.   T.   G`afur   G`ulom   nomidagi   nashriyot
matbaa ijodiy uyi. 2013.
8.Xoliqulov   R.,G`aniyev   K.,   Nasrullayev   M.   O`zbekiston   tarixi   (nomutaxassis
yo`nalish talabalari uchun). C.2019.266-274-betlar.
  9.   O'zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Shavkat   Mirziyoyevning   Oliy   Majlisga
Murojaatnomasi. Zarafshon gazetasi, 2020 yil 31 dekabr, 155-156 sonlari

O’zbekistonda demokratik tamoyillar asosida milliy davlat boshqaruv tizimining yaratilishi, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati Reja: 1. O`zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyatining qaror topishi. O`zbekistonda hokimiyatlar bo`linishining prinsiplari. 2. Davlat boshqaruvida sudlarning roli, ular faoliyatidagi yangi islohotlar. 3. O`zbekistonda inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlanishi . 4. Mustaqillik yillarida O`zbekistonda fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish organlarining tashkil etilishi. 5. O`zbekistonda demokratiyaning yanada chuqurlashtirish. Ko`ppartiyaviylik. 6. Mustaqillik yillarida O`zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati va uning ahamiyati. O`zbekiston Respublikasida Ommaviy axborot vositalari (OAV) ning roli va ahamiyati .

1.O`zbekistonda fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurish murakkab sinovlardan o`tdi. Chunki mamlakatda sobiq Ittifoq tuzumidan qolgan meros saqlanib qolmoqda edi, yangi jamiyat qurish uchun tajriba yetishmas edi.Odamlarda fuqarolik jamiyati to`g`risidagi tasavvurlar juda past edi . O`zbekistonda yangi jamiyat qurishda adolat va haqiqat g`oyasiga asoslanadi. Unda odamlar o`z qobiliyati, ehtiyojlarini to`la namoyon qiladi, uning uchun mamlakatda huquqiy mexanizm yaratiladi. Fuqarolik jamiyati iborasining mazmun mohiyati-jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, huquqiy va ma’naviy jihatdan yuqori darajada kamol topganini anglatadi. Fuqarolik jamiyati, u qanday jamiyat? Bu jamiyat har bir inson manfaatini ustuvor biluvchi, huquqiy an’ana va qonunlarga hurmat bilan qarovchi, umuminsoniy qadriyatlar e’zozlangan, davlat hokimiyati boshqaruvida jamoatchilik nazorati o`rnatilgan, insoniy munosabatlar chuqur ildiz otgan erkin, demokratik jamiyatdir. Fuqarolik (erkin inson) degan sifat belgisida komillik cho`qqiga chiqqan jamiyat yotadi. Bu jamiyatda-erkinlik, qonun oldida barcha insonlarning tengligi, ijtimoiy adolatning ta’minlanganligi, barcha fuqarolrning ijodiy salohiyati va istedoddi ro`yobga chiqadi ю Ma’lumki fuqarolik jamiyatidagi o`zini-o`zi boshqarishning 4 ta asosiy mexanizmi mavjud: Ular quyidagilar : 1-Erkin bozor (iqtisodiy mexanizm), 2- Siyosiy mexanizm (siyosiy erkinlik va demokrtiya), 3-Ma’naviy-axloqiy soha (ma’naviy-ruhiy mexanizm) 4-Nizolarni odil sudlov vositasida hal etish(Sud- huquqiy mexanizm). Fuqarolik jamiyatining qaror topishi prinsiplari quyidagilar: - Iqtisodiy erkinlik, turli mulk shakllari va bozor munosabatlarining mavjudligi; - Inson va fuqarolarning tabiiy hududlarini muhofaza qilish, tabiatni sevish; - Huquqiy davlatning mavjudligi - Barchaning qonun oldida tengligi, insonlarning yuridik jihatdan muhofaza qilinganligi;

- Siyosiy va mafkuraviy legal muholifatning mavjudligi; - So`z va matbuot erkinligi; - Davlatning fuqarolar hayotiga aralashmasligi; - Ijtimoiy hamkorlik va milliy totuvlik; - Insonlarning munosib hayot kechirishi uchun samarali ijtimoiy siyosatni amalga oshirish va boshqalar. Ma’ruzaning shu yerida tariximizga, o`tmishimizga nazar tashlasak, O`zbekiston kuhna va boy tarixga ega bo`lib, o`zbek davlatchiligi 3000 yillik tarixga ega. Ulug` ajdodlarimiz, olimlarimiz, davlat arboblari fuqarolik jamiyati qurishga alohida e’tibor berishgan. Masalan, Abu Nasr Farobiy o`zining “Madaniyatli shahar aholisining qarashlari” asarida shunday yozadi: “ Fozil jamiyat adolat va saodatli bo`lib , u jamiyat bilimdon hukmdor tomonidan boshqarilsa, tartib-qoida o`rnatilsa jamiyat a’zolari orasida bir biriga hurmat bo`lsa, unday jamiyat barqaror va gullab yashnaydi ” deb ta’kidlaydi. Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy o`z davrida – insonlarning ijtimoiy kelib chiqishi, o`rni, mansabi, mavqeidan qat’iy nazar, qonun oldida teng bo`lishni ta’kidlagan va o`zi ham shunday jamiyatni orzu qilgan. Demak mamlakatda qonun ustuvorligi- fuqarolik jamiyatining xususiyatlaridan biridir. Davlat boshqaruvida 1990-yil 24-martdan O`zbekistonda Prezidentlik lavozimi joriy etildi. 1991-yil 29-dekabr va 2000-yil 9-yanvarda Prezident saylovlari bo`lib o`tdi va unda I.Karimov O`zbekistonning birinchi Prezidenti etib saylandi. Prezident atamasi lotincha so`zdan olingan bo`lib “oldinda o`tiruvchi” degan ma’noni anglatadi. Hozirgi kunda dunyodagi 130 dan ziyod mamlakatlarda Prezidentlik boshqaruvi joriy etilgan. Mustaqil O`zbekistonda hokimiyatning bo`linishi O`zbekiston Konstitutsiyasining 11- moddasiga binoan- Qonun chiqaruvchi (Oliy Majlis), Ijro etuvchi (Vazirlar mahkamasi) va sud hokimiyatiga bo`linadi. Shu yerda Oliy Majlis va uning faoliyatiga to`xtalsak. O`zbekiston parlamenti tarixiga nazar tashlasak, 1990-1994-yillarda mamlakatimiz Parlamenti Oliy Kengash nomi bilan atalgan. Unda jami 150 ta deputat faoliyat ko`rsatgan. 1995-2004-yillarda

parlament Oliy Majlis deb atalib, unda 250 ta deputat bo`lib, bu parlament bir palatali edi. 2002-yil 27-yanvar kuni O`zbekistonda ikki palatali Parlament tuzish masalasiga bag`ishlangan umumxalq Referendumi bo`lib o`tdi. Unga qatnashgan saylovchilarning 93,65 foizi mamlakatda ikki palatali parlament tuzishga rozi ekanligini bildirdi. 2002-yil 24-aprelda Oliy Majlisning VIII sessiyasida “Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to`g`rida”gi Qonun qabul qilindi. Unda Parlamentimiz nomi Oliy Majlis deb atalib, u ikki palatadan: 1- Quyi palata-Qonunchilik palatasi; 2-Yuqori palata-Senat deb atalishi va ularning vakolatlari 5 yil deb ko`rsatildi. Shu qonunga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XVIII, XIX, XX, XXIII boblariga tuzatish va qo`shimchalar kirgizildi. 2002-yil 12-13-dekabr kunlari Oliy Majlisning X sessiyasi bo`lib o`tdi va bu sessiyada ikkita qonun: “O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi” va “O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati” to`g`risidagi qonunlar qabul qilindi. Bu qonunlarda Qonunchlik palatasida 120 ta deputat va Senat a’zolarining soni 100 nafar bo`lishi nazarda tutildi. 2004-yil dekabr oyida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasiga, Xalq deputatlari viloyat, tuman, va shahar kengashlariga saylovlar bo`lib o`tdi. Shu yili 17-20-yanvar kunlari Senat ham shakillantirildi. 2009-yilda saylov qonunchiligida o`zgarishlar sodir bo`ldi unda Oliy Majlisning Qonunchilik palatasida deputatlar soni 120 tadan 150 tagacha yetkazish nazarda tutildi, ularning 135 tasi siyosiy partiya vakillaridan, 15 tasi Ekologik harakatdan saylanadigan bo`ldi. 2009-yil 27-dekabrda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylovlar bo`lib o`tdi. Saylovlarda Qonunchilik palatasiga 150 deputat va 100 ta Senatorlar shakllantirildi. 2010-yil 20-22-yanvar kunlari senat a’zolari saylandi va barcha Oliy Majlis deputatlari

2014-yilning oxiriga qadar faoliyat ko`rsatdi. Ushbu davrda ular tomonidan yuzdan ortiq normativ hujjatlar qabul qilindi. 2014-yil 21-dekabrda oshkoralik sharoitida O`zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylovlar bo`lib o`tdi. Saylovda jami 18 mln. 500 ming saylovchilarning 88,9 foizi saylovlarda faol ishtirok etdi va unda Qonunchilik palatasiga jami-150 ta deputat saylandi: Xususan O`zLDPdan-52 nafar, Milliy tiklanish Demokratik partiyasidan- 36 nafar, O`zXDPdan-27 nafar, O`zASDP dan-20 nafar, 2008-yil 2-avgustda tashkil topgan O`zbekiston Ekologik harakatidan- 15 ta deputat saylandi. 2019-yil 22-dekabrda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylovlar bo`lib o`tdi. Saylovda 5 ta siyosiy partiyadan nomzodlar qatnashdi. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylangan 150 ta deputatning 48 tasini, ya’ni 32 % ni xotin-qizlar, 9 tasini, ya’ni 6 % ni yoshlar, 39 nafari, 26 % i oldindan quyi palata deputati bo’lgan kishilar tashkil qildi. Saylov yakunlari bo’yicha O’zLiDeP dan 53 ta, O’zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan 36 ta, O’zbekiston “Adolat” sotsial demokratik partiyasidan 24 ta, O’zXDP dan 22 ta, Ekologik partiyadan 15 ta deputat saylandi. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri Ismoilov Nurdinjon Mo’ydinxonovich. Bugungi kunda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida 5 ta siyosiy partiya fraksiyasi, 12 ta qo’mita, 5 ta komissiya faoliyat yuritmoqda. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida qonun loyihalarini xalqaro shartnomalarga, O’zbekistonning xalqaro reytinglardagi o’rnini yaxshilash bo’yicha tavsiyalarga mosligini o’rganish amaliyoti joriy qilindi. Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yilda 149 ta qonun loyihasi ko’rib chiqilib, shundan 62 tasi alohida qonun sifatida, 49 tasi esa 10 ta Qonunga birlashtirilib, jamlanma Qonunlar tariqasida qabul qilindi.