O’ZBEKISTONDA FUQAROLIK JAMIYATI INSTITUTLARINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI
O’ZBEKISTONDA FUQAROLIK JAMIYATI INSTITUTLARINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI 1. O’zbekistonda ko’ppartiyaviylikning rivojlanishi 2. Siyosiy partiyalar huquqiy maqomi va vazifalari 3. Demokratik institutlar tasnifi 4.Nodavlat notijorat tashkilotlar va ularning fuqarolik jamiyatidagi o’rni. 5. .O’zbekistonda NNTning huquqiy asoslarini demokratlashtirish jarayoni. 6.O’zbekistonda NNTning fuqarolik jamiyati instituti sifatida rivojlanishi
O’zbekistonda ko’ppartiyaviylikning rivojlanishi Ko’ppartiyaviylik zamonaviy demokratik jamiyatlar siyosiy hayotini tashkil qilishning asosiy konstitusiyaviy tamoyillaridan biri hisoblanadi. Aynan ko’ppartiyaviylik tufayli demokratiyaning siyosiy plyuralizm, qonun ustuvorligi, imkoniyatlar tengligi kabi asoskor tamoyillarini o’zida mujassam etgan siyosiy partiyalar va ularning vakillari o’rtasida doimiy muloqot ta’minlanadi. Mamlakat siyosiy hayotining barcha sohalarini, davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirishda, fuqarolarning siyosiy, iqtisodiy faolligini kuchaytirish va insonning o’z qobiliyatini to’la ro’yobga chiqarishi uchun tegishli shart-sharoit yaratishda, odamlarning o’z xohish-irodasini erkin ifoda etish, o’z manfaatlarini ro’yobga chiqarish va himoya qilish huquqini rivojlantirish va amalda namoyon qilishda, jamiyatimizda mavjud bo’lgan turli manfaatlarini ro’yobga chiqarish va himoya qilish huquqini rivojlantirish va amalda namoyon qilishda, jamiyatimizda mavjud bo’lgan turli manfaatlar, qarama-qarshi kuchlar va harakatlar o’rtasidagi muvozanatni ta’minlaydigan samarali mexanizmni shakllantirishda ko’ppartiyaviylik tizimi muhim rol o’ynaydi. Ko’ppartiyaviylik tizimini yanada mustahkamlash va partiyalararo raqobatni rivojlantirish uchun partiya o’z elektoratiga ega bo’lmog’i, “davlat va jamiyat qurilishining asosiy masalalari, mamlakatda yuritilayotgan ichki va tashqi siyosat bo’yicha aniq-ravshan pozisiyasi bilan, saylovda mazkur partiya uchun ovoz beradigan odamlar manfaatlarini qat’iy himoya qilishga qodirligi bilan saylovchilar o’rtasida obro’” 1 qozonmog’i eng muhim shartlardan hisoblanadi. Shuningdek, mamlakatimiz birinchi Prezidenti Islom Karimovning O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining 21 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida ta’kidlanganidek, “ijtimoiy- siyosiy va iqtisodiy taraqqiyotning aniq ustuvor yo’nalishlarini belgilab 1 И.А.Каримов. Амалга ошираётган ислоҳотларимизни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамияти қуриш – ёруғ келажагимизнинг асосий омилидир. Президент Ислом Каримовнинг Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинганининг 21 йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги маърузаси. Т., “Узбекистан”, 2013
olishda siyosiy partiyalarning rolini keskin kuchaytirish, mamlakatimizni isloh etish va modernizasiya qilish bo’yicha strategik vazifalarni hal etishda ularning ishtirokini kengaytirish” 2 izchil amalga oshirilayotgandemokratik yangilanishlarning muhim omili hisoblanadi. “Partiya” so’zi lotincha “part” so’zidan kelib chiqqan bo’lib, “ish”, “qism” degan ma’nolarni anglatadi. Siyosiy partiya — aholining, sinfning, ijtimoiy qatlam yoki qatlamlarning bir qismi. Ilmiy nuqtai nazardan siyosiy partiyalar uchun berilgan quyidagi ta’rifni asos sifatida qabul qilish mumkin: siyosiy partiya – fuqarolarning eng faol, mushtarak mafkura asosida bog’langan, davlat hokimiyatini qo’lga kiritish, uni saqlab qolish va amalga oshirishga intiluvchi qismi, ixtiyoriy ittifoqi. Siyosiy partiyalar jamoat birlashmasi shaklida tashkil etiluvchi va faoliyat yurituvchi fuqarolik jamiyatining o’ziga xos instituti bo’lib, u muhim ijtimoiy-siyosiy va vakillik vazifalarini amalga oshiradi. Zamonaviy siyosatshunoslikda siyosiy partiyaning o’ziga xosligini ifodalovchi quyidagi bir qator jihatlari ajratib ko’rsatiladi: - har qanday partiya aholi guruhlari va aniq ijtimoiy qatlamning manfaat va intilishlarini ifoda etuvchi mafkura egasi va uning targ’ibotchisi hisoblanadi; - siyosiy partiya – kishilarning tartibli va davomli birlashuvini ta’minlovchi respublika, viloyat, tuman va shahar darajasida faoliyat yurituvchi tashkilotdir; - siyosiy partiyaning maqsadi – o’zining elektorati manfaatlarini ifodalovchi dasturiy maqsadlarini ilgari surish imkoniyatiga ega bo’lish uchun davlat hokimiyati vakillik organlarida ko’pchilik o’rinni egallash hisoblanadi; - har bir siyosiy partiya o’zining xayrixohlari safini kengaytirishga harakat qiladi, ya’ni saylovlar davrida imkon qadar ko’proq saylovchilarni o’z tomoniga og’dirish bo’yicha ish olib borsa, saylovlar oralig’ida esa partiyaga tarafdorlarni 2 И.А.Каримов. Амалга ошираётган ислоҳотларимизни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамияти қуриш – ёруғ келажагимизнинг асосий омилидир. Президент Ислом Каримовнинг Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинганининг 21 йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги маърузаси. Т., “Узбекистан”, 2013 Сиёсий партия жамоат бирлашмаси шаклида ташкил этилувчи ва фаолият юритувчи фуқаролик жамиятининг ўзига хос институти бўлиб, у муҳим ижтимоий-сиёсий ва вакиллик вазифаларини амалга оширади.
jalb qilish hamda ularning tarkibidan partiya a’zolari va faollarini tanlash hamda tayyorlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi 3 . 1. Siyosiy partiyalar huquqiy maqomi va vazifalari O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida siyosiy partiyalarning maqomini , ularning fuqarolik jamiyati hayotidagi roli va o’rnini belgilab beruvchi quyidagi eng muhim me’yorlarni ajratib ko’rsatish mumkin: - fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o’z vakillari orqali ishtirok etish huquqi 4 ; - fuqarolarning kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqi 5 ; - demokratik prinsiplar asosida siyosiy partiyalarni tashkil etish va faoliyat yuritish kafolati 6 ; - siyosiy partiyalarning turli tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalashi va o’zlarining demokratik yo’l bilan saylab qo’yilgan vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etishi 7 ; - partiya faoliyatidagi cheklovlar: konstitusiyaviy tuzumni zo’rlik bilan o’zgartirishni maqsad qilib qo’yuvchi, respublikaning suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqarolarning konstitusiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ’ib qiluvchi, xalqning sog’lig’i va ma’naviyatiga tajovuz qiluvchi, shuningdek harbiylashtirilgan birlashmalarning, milliy va diniy ruhdagi siyosiy partiyalarning hamda jamoat birlashmalarining tuzilishi va faoliyati ta’qiqlanadi 8 ; 3 аранг: Lapalombara J., Weiner M. Origin and Development Political PartiesҚ / J.Lapolambara, M.Weiner (eds.) PoliticalPartiesandPoliticalDevelopment.Princeton; N.Y., 1966.P. 33-40. 4 Ўзбекистон Республикаси Конституцияси, 32-модда, 1- исм. қ 5 Ўзбекистон Республикаси Конституцияси , 34-модда, 1- исм қ . 6 Ўзбекистон Республикаси Конституцияси , 56- ва 58-моддалар . 7 Ўзбекистон Республикаси Конституцияси , 60-модда . 8 Ўзбекистон Республикаси Конституцияси , 57-модда .
- siyosiy partiyalar saylovlarda ishtirok etishi va saylovchilarning xohish- irodasini shakllantirishda ko’maklashadi. Ko’pgina boshqa demokratik mamlakatlar singari O’zbekistonda ham siyosiy partiyalar deputatlikka nomzodlarni ilgari suruvchi, saylov yakunlari bo’yicha parlamentda va mahalliy hokimiyat vakillik organlarida o’z vakillariga ega bo’luvchi hamda ularga partiyaning doimiy elektorati manfaatlarini ifoda etish va dasturiy ustuvorliklarini amalga oshirish uchun amaliy imkoniyatlar yaratuvchi asosiy institut hisoblanadi. Shunday ekan, fuqarolik jamiyati instituti hisoblanuvchi siyosiy partiya, birinchi navbatda, vakillik demokratiyasining muhim bo’g’ini bo’lib, quyidagi vazifalarni amalga oshiradi: - saylovlarda fuqarolarning ongli va faol ishtirokini ta’minlash; - turli ijtimoiy guruhlar manfaatlarini ifoda etishda davlat hokimiyati va fuqarolik jamiyati institutlari o’rtasida vositachilik qilish; - o’z elektoratining tegishli manfaatlarini himoya qiluvchi konsepsiya, loyiha va dasturlarni ishlab chiqish va ilguri surish. Mazkur vazifalarni amalga oshirishlari uchun partiyalarga qonunchilikda quyidagi huquqlar belgilangan: - o’z faoliyati to’g’risidagi axborotni erkin tarqatish, o’z g’oyalari, maqsadlari va qarorlarini targ’ib qilish; - saylab qo’yiladigan davlat organlaridagi o’z vakillari orqali tegishli qarorlarni tayyorlashda ishtirok etish; - qonunda belgilab qo’yilgan tartibda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, davlat hokimiyati organlari saylovlarida ishtirok etish; - partiya faoliyati bilan bog’liq yig’ilishlar, konferensiyalar va boshqa tadbirlarni o’tkazish; - qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ommaviy axborot vositalari ta’sis etish va boshqa ommaviy axborot vositalaridan foydalanish;