logo

FUQAROLIK JAMIYATI G’OYALARI EVOLYUSIYASI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

123.3349609375 KB
FUQAROLIK JAMIYATI G’OYALARI EVOLYUSIYASI
1. Fuqarolik jamiyati tushunchasining tarixiy ildizlari va ularning turli 
tavsiflari. 
2. O’rta asrlar va yangi davrda fuqarolik jamiyatining paradigmalarini 
yaratilishi. 
3. Fuqarolik jamiyatining zamonaviy konsepsiyalar 1. Fuqarolik jamiyati tushunchasining tarixiy ildizlari va ularning turli 
tavsiflari. 
Insoniyat   taraqqiyotining   barcha   davrlarida   fuqarolik   jamiyatini   qurish   eng
ezgu   g’oya   sifatida   amal   qilgan.   Unga   erishish   uchun   turli   darajadagi   nazariy
qarashlar   ilgari   surilgan.   Bir   guruh   olimlar   fuqarolik   jamiyatini   qurish   g’oyasi
G’arb   tamadduni   mahsuli   sifatida   amaliyotga   tadbiq   etilmoqda   dyeb
hisoblamoqdalar,   aslida   SHarq   mamlakatalari   mutafakkirlari   ijodida   bu   masalaga
oqilona   yondashuv   uch   ming   yil   ilgari   shakllangan.   Ijtimoiy   taraqqiyotning
ma’lum   davrlarida   sharq   mamlakatlari   yetakchilik   mavqyeini   egallagan.Har
qanday   fan,   o’z   mohiyatiga   ko’rat   umumbashariydir.   Dunyo   xalqlari   katta-
kichikligidan qatiy nazar uning rivojiga hissalarini qo’shgan. Shu nuqtai nazardan
fuqarolik   jamiyatini   shakllantirish   va   rivojlantirish   to’g’risidagi   g’oyalar,
bilimlarni bir yoqlama bo’rttirish yoki kamsitish noto’g’ri yondoshuvdir.
Fuqarolik jamiyati va uning tushunchalari Markaziy Osiyo ijtimoiy-siyosiy va
ma’naviy   hayotining   yorqin   namunasi“Avyesto”   muqaddas   kitobida   kyeltirilgan.
2001   yilda   millat   ma’naviy   madaniyatining   eng   qadimgi   manbasi   “Avyesto”ning
2700   yilligiga   bag’ishlangan   tantanali   marosimda   O`zbekiston   Respublikasi
Birinchi Prezidenti I.A. Karimov: “ ... bu noyob asar byebaho tarixiy xujjat bo’lib,
u   biz   yashagan   bu   qadim   yurtda,   bu   zaminda   o’zining   madaniyati   va   boy
ma’naviyatiga   ega   bo’lgan   buyuk   davlat   bo’lganligidan,   ajdodlarimizga,   asrlar
davomida bitmas tuganmas quch vaqudrat va tayanch sifatida xizmat qilganligidan
dalolat   byeradi”   dyeb   alohida   e’tirof   etgan.   Darhaqiqat,   “Avyesto”ning   bosh
g’oyasi   “ezgu   fikr,   ezgu   maqsad,   ezgu   amal”   har   qanday   jamiyat   va   insonlararo
munosabatlarning ma’naviy asosi ekanligidan dalolatdir. 
Fuqarolik   jamiyatini   qurish   g’oyasi   Markaziy   Osiyo   mutafakkirlari   ijodida
o’rganilganligi   I.A.Karimovning   2014   yilda   Samarqandda   o’tkazilgan   “O’rta   asr
SHarq   mutafakkirlarining   ilmiy   myerosi   zamonaviy   sivilizasiyada   o’rni   va
ahamiyati”mavzusidagi   xalqaro   konfyeryensiyada   so’zlagan   nutqida“Olim   va
tadqiqotchilar fikricha, SHarq xususan Markaziy Osiyo, IX-XII va XIV-XV asrlarda
bo’lganilmiy hamjamiyat tomonidan Buyuk SHarq uyg’onishi dyeya nom olgan yirik ilmiy madaniy uyg’onish uchun asos sifatida xizmat qildi” 3
 dyeb alohida ta’kidlagan.
Darhaqiqat,   Markaziy   Osiyo   uyg’onish   davri   IX-XV   asrlarda   davlatni   boshqarish
va   adolatli   jamiyat   qurish,   davlat   rahbari   va   xizmatchilarining   faoliyat   darajalari
tasniflari,   ijtimoiy   mas’uliyati   myezonlarining   nazariy   jihatlari   haqidagi   g’oyalar
Abu   Nasr   Forobiy,   Ibn   Sino,   Byeruniy,   YUsuf   Xos   Hojib,   Nizomulmulk,   Amir
Tyemur, Alishyer Navoiy va boshqalar  ijodida  kyeng tahlil qilingan.
Fuqarolik   jamiyati   konsyepsiyasining   Yevropacha   an’anasi   antik   ildizlarga
ega. Mazkur an’ananing mazmun-mohiyati nafaqat siyosiy, balki shaxsni ijtimoiy-
axloqiy   nuqtai   nazardan   baholash   bilan   bog’liq   edi.   Bunga   Aflotun,   Arastu,
Sisyeron kabi mutafakkirlarning qarashlarini misol kyeltirish mumkin. 
Fuqarolik   jamiyatining   antik   konsyeptual   ta’limotida   jamiyat   va   davlat
fyenomyenlarining   uzviyligi   qadimgi   yunon   dunyoqarashining   muhim
xususiyatlaridan   biri   hisoblanadi.   Xususan,   Aflotunning   (mil.   av.   427–347   y.)
“Davlat”   dialogida   fuqarolarning   shaxsiy   va   ijtimoiy   hayotini   ajratishgina   emas,
ijtimoiy   sohani   hozirgidyek   zamonaviy   talqinda,   siyosiy   faollik   sifatida
tushunilgan.   Bunda   jamiyat   hayotining   siyosiy   jihatlari,   fuqarolik   jamiyati
tizimining umumiy tavsifi sifatida namoyon bo’ladi.
Fuqarolik   jamiyati   g’oyasining   kyeyingi   rivoji   Aflotunning   shogirdi
Arastu(mil.   av.   384–322   y.)   ijodi   bilan   bog’liq.   Ustozi   kabi   Arastu   ham   eng
mukammal   jamiyat   g’oyasini   ishlab   chiqishga   diqqat   e’tiborini   qaratadi,   biroq
fuqarolik jamiyati g’oyalari tarkibida bu masala o’zgacha nazariy jihatlarni tashkil
qiladi.   Uni   ko’proq   ijtimoiy   transformasiya   emas,   balki   davlat   tuzilmasidagi
o’zgarishlar   qiziqtiradi.   Bundan   tashqari   Arastu   o’zining   nazariy   ishlanmalarida
davlat   haqidagi   mavhum   g’oyaga   tayanishni   emas,   jumladan   Aflotunga   xos
bo’lgan,   balki   voqye’likda   mavjud   bo’lgan   boshqaruv   shakllarini   solishtirish,
qiyosiy   tahlil   qilishga   tayanadi,   bu   jihat   esa   uning   davlat   va   jamiyat   borasidagi
pozisiyasini konkryetroq bo’lishini ta’minlaydi. 
3 1.
Каримов   И.А.   Ўрта   аср   Шар   мутафаккирларининг   илмий   меросиқ
замонавий   цивилизацияда   ўрни   ва   а амияти.   //   ал   сўзи.   2014   йил   24	
ҳ Ҳ қ
май. Platondan   farqli   o’laroq,   Aristotyel   xususiy   mulkni   e’tirof   etadi.   CHunki   u
inson   tabiatiga   xos   bo’lib,   odamlar   o’rtasidagi   o’zaro   munosabatlarning   o’zagini
tashkil   etadi.   Aristotyel   mulk   huquqining   fuqarolar   farovonligi,   davlat   va   uning
boshqaruv   shakli   xavfsizligi,   qonunchilik   organi   ishida   fuqarolarning   ishtiroki
myexanizmi,   lavozimlarni   egallash   va   vazifalarni   bajarish,   sud   organlari   ishidagi
rolini atroflicha o’rgangan. Huquqni Aristotyel adolat myezoni dyeb hisoblagan va
unga   ijtimoiy   munosabatlarni   tartibga   soluvchi   va   ayni   vaqtda   ularni   muhofaza
qiluvchi institut sifatida yondashgan. Aristotyel   fikriga ko’ra , siyosiy boshqaruv –
bu   odamlarning   emas,   balki   qonun   boshqaruvidir:   hatto   eng   yaxshi   hukmdorlar
ham   tuyg’ular   va   hissiyotga   byeriluvchan   bo’ladi,   qonun   esa   «oqilona
tafakkur»dir.
Sisyeron   davlat   tushunchasiga   birinchilardan   bo’lib   huquqiy   tus   byeradi,   bu
ta’limot   kyeyinchalik   juda   ko’p   mutafakkirlar,   shu   jumladan   «huquqiy   davlat»
g’oyasining  hozirgi tarafdorlari tomonidan ham e’tirof etiladi.
Sisyeron   konsyepsiyasiga   ko’ra,   Fuqarolik   jamiyat.   O`zbekistonda
demokratik   jamiyat   qurish   nazariyasi   va   amaliyoti     g’oyasi   antik   davr   uchun
klassik ahamiyatga ega bo’ladi, bu o’z navbatida yangi davrda shakllangan nazariy
qarashlarga   asos   bo’ladi.   Ko’pgina   ekspyertlar   fikricha,   aynan   Sisyeronning
ijtimoiy-siyosiy   ta’limotida   Fuqarolik  jamiyat.   O`zbekistonda   demokratik   jamiyat
qurish nazariyasi va amaliyoti  o’zining tushunchaviy asoslariga ega bo’ladi. 
Fuqarolik   jamiyatining   tarixiy   ko’rinishlari   ifodasi   Yevropa-O’rta   yer
dyengizi   an’anasi   asosida   fuqarolik   jamiyatining   dastlabki   ko’rinishlari   –
Uyg’onish   davridagi   italyan   shahar-davlatlariga   borib   taqaladi.   Bunda   fuqarolik
jamiyati   shahar   boshqaruvi   tizimiga   asoslangan,   muayyan   shahar   doirasidagi,
ijtimoiy munosabatlar tizimi sifatida xaraktyerlanadi. 
Olimlar   fuqarolik   jamiyatining   yana   bir   tarixiy   ildizini,   olmon   madaniy
doirasi   ta’siridagi   kontinyental-yevropa   an’anasi   bilan   bog’lashadi.   Erkin
fuqaroning   paydo   bo’lishiga,   birinchilardan   bo’lib   birlashgan   hunarmandlar   va
savdogarlar gildiyasi, fyeodallardan himoyalovchi va shaharlar boshqaruviga ta’sir
qilgan birinchi assosiasiya sabab bo’lgan dyeb hisoblanadi. 2. O’rta asrlar va yangi davrda fuqarolik jamiyatining paradigmalarini
yaratilishi.
Fuqarolik   jamiyati   haqida   turlicha   tarixiy   va   myetodologik   yondashuvlar   va
intyerpryetasiyalarni   inkor   etmagan   holda,   yangi   davrda   fuqarolik   jamiyati
konsyeptuallashuvi   jarayonida   muhim   rol   o’ynagan   Uyg’onish   davri   olimlardan
biri Nikolo Makiavyelli (1469 – 1527) bo’lib, u pragmatik, tajribaviy ijtimoiy fanga
asos soldi. Fuqarolik jamiyati Makiavyelli  uchun sinfiy, partiyaviy qarama-qarshi
qiziqishlar   majmuidir.   Unga   ko’ra   fuqarolik   jamiyati   xalqdan   axloqiy   asosni   –
ezgulik va fazilatni, ijtimoiy qiziqishlar va Respublika tuzilmasi qiziqishlari oldida
burchni   his   qilish   va   jasoratni   talab   qiladi.   Boshqacha   qilib   aytganda,   u   erkin
individlar   uchun   munosib   birlashma   bo’ladi.   Davlatni   himoya   qilish   uchun
hukmdor   qo’lidagi   barcha   vositalarni   ishga   solishi   kyerak   bo’ladi,   yolg’on,
shafqatsizlik   hatto   urush   ham   bundan   mustasno   emas.   Davlat   qiziqishlari   unda
birlamchi   ahamiyat   kasb   etgan.   Makiavyelli   davlatning   mutlaqo   mustaqilligini
talab   qilgan,   chyerkovdan   ham,   ya’ni   davlat   va   umuman   siyosat   sohasining
syekulyarizasiyasi   tarafdori   bo’lgan.   U   davlat   boshqaruvining   o’ziga   xos   siyosiy
mahorat   maktabini   yaratadi,   unda   hyech   qanday   axloqiy   normalar   bilan
hisoblashmay,   “maqsad   har   qanday   vositani   oqlaydi”   dyegan   tamoyilni   ishlab
chiqqan. 
SHunga   qaramay,   aynan   shunday   masalani   ko’ndalang   qo’yish   g’oyasi
ortidan   yangi   davrda   bir   qator   faylasuflar   fuqarolik   jamiyati   konsyepsiyasini
yanada boyitdi. Xususan, “So’z erkinligi haqida” Djon Milton, “Lyeviafan” Tomas
Gobbs, “Davlat boshqaruvi haqida ikki traktat” Jon Lokk, “Qonunlar ruhi haqida”
Montyeskye,   “Ijtimoiy   kyelishuv   haqida”   Jan   Jak   Russo,   “Ilohiy-siyosiy   traktat”
Byenyedikt   Spinoza,   “Fuqarolik   jamiyati   tarixi   haqida   xatlar”   Anri   Fyergyuson
kabilardir. Mazkur ishlarda u yoki bu darajada inson hayotining o’ziga xos shakli
sifatidagi   fuqarolik   jamiyati   muammollari   yoritibgina   qolmay   shaxs   va   davlatga
fuqarolik   jamiyatining   asosiy   sub’yekti   bo’lgan   fuqaroning   butun   potyensialini
yuzaga chiqarish uchun zarur bo’lgan prinsipial yangi sifatlari ishlab chiqilgan. Tomas   Gobbs   antik   davr   mutafakkirlariga   (Platon,   Aristotyelga)   ergashib,
jamiyat   va   davlat   tushunchalarini   tyenglashtiradi.   U   davlat,   fuqarolik   jamiyati   va
fuqaroviy   shaxs   tushunchalari   o’rtasiga   tyenglik   byelgisini   qo’yadi.   Biroq,   ayni
vaqtda,   u   agar   davlat   fuqaro   bo’lsa,   bu   har   qanday   fuqaro   davlat   hisoblanishini
anglatmasligini qayd etadi. Muayyan xo’jalik, savdo va tijorat ishlarini olib borish
uchun a’zolari o’zini hamjamiyat (davlat) xohish-irodasiga to’la bo’ysundirmagan
birlashmalar,   kompaniyalar,   ya’ni   «fuqaroviy   shaxslar»   tashkil   etilishi   mumkin.
Ayni vaqtda bunday fuqaroviy shaxslar (shirkatlar) oxirigacha bo’ysungan bo’ladi.
Mazkur   mantiqni   Fuqarolik   jamiyati.   O`zbekistonda   demokratik   jamiyat   qurish
nazariyasi va amaliyoti tushunchasiga nisbatan ham tatbiq etish mumkin.
Ingliz   ma’rifatchi   faylasufi   va   siyosiy   mutafakkiri   Jon   Lokk   (1632-1704)
haqli ravishda huquqiy davlatning atoqli mafkurachilaridan biri hisoblanadi. U o’z
g’oyalarini   «Davlatni   boshqarish   haqida   ikki   risola»   asarida   bayon   etgan.   Uning
ta’limotida   odamlarning   tabiiy   holati,   fuqarolik   jamiyatining   shakllanishi   va
davlatning   tashkil   topishi   muammolari   tushuntirilgan.   Lokk   huquqiy   davlatning
bosh   elyemyenti   bo’lgan   hokimiyatning   bo’linishi   nazariyasining   asoschisi
hisoblanadi. 
Xususiy   mulk   nazariyasi   Lokkda   myehnat   bilan   uzviy   bog’liq.   Odamlar
asosan   o’z   mol-mulkidan   tinch   va   xavfsiz   foydalanish   maqsadida   jamiyatga
qo’shiladilar,   bunda   mazkur   jamiyatda   qabul   qilingan   qonunlar   buning   asosiy
quroli va vositasi bo’lib xizmat qiladi, dyeb hisoblaydi Jon Lokk. 
Fuqarolik jamiyatiga birlashish – bu qulay, tinch va farovon hayot kyechirish,
o’z mol-mulkidan xotirjam foydalanish va o’zini mazkur jamiyat a’zosi bo’lmagan
odamlarga   qaraganda   xavfsizroq   his   qilish   uchun   boshqalar   bilan   kyelishish
dyemakdir. 
Fuqarolik   jamiyati   tushunchasining   libyeral   talqini,   yuqorida   aytib
o’tganimizdyek, Tomas Gobbs va Jon Lokk davrida yaratilgan. Fuqarolik jamiyati.
O`zbekistonda   demokratik   jamiyat   qurish   nazariyasi   va   amaliyoti   tushunchasini
ular   kishilik   jamiyatining   tarixiy   rivojlanishini,   insonning   tabiiy   mavjudlikdan
ma’rifatli hayot tarziga o’tishini aks ettirish uchun ilmiy muomalaga kiritgan.  Tomas Gobbs bunday holatga davlat mavjud bo’lgan holda erishish mumkin
dyeb   hisoblagan.   U   davlat   bo’lmagan   joyda   urush,   qo’rquv,   qashshoqlik,
yolg’izlik,   yovvoyilik,   jaholat,   davlatda   –   oqilonalik,   xavfsizlik,   boylik,   tartib,
bilim va olijanoblik hukm suradi, dyeb yozgan. 
Libyeralizm asoschisi Jon Lokk birinchi bo’lib shaxsni jamiyat va davlatdan,
erkinlikni   –   boshqa   qadriyatlardan   ustun   qo’ygan.   Erkinlikni   u   davlatning
aralashuvidan xoli holat sifatida tushungan. 
Fuqarolik   jamiyatini   tahlil   qilishga   nisbatan   boshqa   bir   yondashuvni
G.Gyegyel   (1770-1831)   taklif   qiladi.   U   fuqarolik   jamiyatiga   o’z   kundalik
ehtiyojlarini   myehnat   yordamida   qondiruvchi   individlar   majmui   dyeb   qaraydi.
Uning fikriga ko’ra, fuqarolik jamiyatining nyegizini xususiy mulk tashkil etadi. 
G.Gyegyel   fikri   bo’yicha,   tarixiy   jarayonni   harakatlantiruvchi   kuch   sifatida
fuqarolik   jamiyati   emas,   balki   davlat   amal   qiladi,   u   barcha   fazilatlarni   o’zida
mujassamlashtiradi,   inson   shaxsi,   umumiy   siyosiy,   moddiy   va   ma’naviy
asoslarning   jamuljam   ifodasi   hisoblanadi.   Davlat   insonni   har   xil   tasodiflardan
himoya qiladi, adolatni ta’minlaydi, umumiy manfaatlarni ro’yobga chiqaradi. 
Davlat,   oila,   qabila,   millat,   diniy   va   boshqa   birliklardan   farqlanuvchi
Fuqarolik   jamiyati.   O`zbekistonda   demokratik   jamiyat   qurish   nazariyasi   va
amaliyoti   katyegoriyasi   XVIII-XIX   asrlarda   tadqiqot   predmetiga   aylandi.
G.Gyegyel   o’zining   «Huquq   falsafasi»   asarida   fuqarolik   jamiyati   tushunchasini
atroflicha   o’rgandi   va   unga   shaxslarning   ehtiyoji   va   myehnat   taqsimoti   tizimi,
adliya   (huquqiy   muassasalar   va   huquqiy   tartibot),   tashqi   tartib   (polisiya   va
korporasiyalar) orqali aloqasi (munosabatlarga kirishishi) sifatida ta’rif byerdi 1
.
O’sha   davr   jamiyati   va   davlatiga   nisbatan   G.   Gyegyelning   qarashlari
eskirganligiga   qaramay,   uning   fuqarolik   jamiyati   davlatga   nisbatan   mustaqil
bo’lgan   shaxsiy   manfaatlar   jabhasi,   ijtimoiy   tuzum,   myehnat   taqsimoti   va   mulk
shakllariga bog’liq ekanligi haqidagi fikrlari ijtimoiy fanlarning rivojlanish yo’lida
tashlangan muhim qadam bo’ldi. 
1
  аранг:  Қ Гегель   Г.В.Ф.   Философия   права.   -   Москва,   «Мысль»,   1990.   –
С.227. G.Gyegyel   fikriga   ko’ra,   fuqarolik   jamiyati   –   bu,   avvalo,   xususiy   mulkka
asoslangan   ehtiyojlar   tizimi,   shuningdyek,   din,   oila,   tabaqalar,   davlat   qurilishi,
huquq,   axloq,   burch,   madaniyat,   maorif,   qonunlar   va   ulardan   kyelib   chiquvchi
sub’yektlarning   o’zaro   yuridik   aloqalaridir.   Tabiiy,   «nomadaniy»   holatdan
«odamlar fuqarolik jamiyatiga kirishlari lozim, chunki faqat shu jamiyatda huquqiy
munosabatlar haqiqiy xususiyat kasb etadi». 2
Ayni vaqtda Gyegyel bunday jamiyat
faqat   «hozirgi   dunyoda»   mavjud   bo’lishi   mumkinligini   qayd   etadi.   Boshqacha
aytganda, fuqarolik jamiyati yovvoyilik, qoloqlik, ma’rifatsizlikka qarshi qo’yiladi.
Gyegyel   fuqarolik   jamiyati   oiladan   boshlanib   to   davlatga   qadar   dialyektik
harakatlanuvchi alohida bosqich uzoq tarixiy davr davomida o’rta asrdan to yangi
davrgacha   transformasiyalashib   kyelgan   tushunchadir.   U   fuqarolik   jamiyati   va
davlatni   aralashtirib   yuboruvchi   o’sha   davrda   hukmron   bo’lgan   tabiiy   huquq
nazariyasini   tanqid   qilgan,   uning   fikricha,   ijtimoiylik   xususiyatiga   asoslanuvchi
fuqarolik   jamiyati,   oilaning   axloqiy   va   davlatning   ommaviy   hayotidan   mutlaqo
farqlanadi.U   adolatili   qonunlar   va   odil   sudlarni   fuqarolik   jamiyatining   tarkibiy
qismlari dyeb hisoblaydi. 
Fuqarolik   jamiyatini   konsyeptual   tushunishga   Immanuil   Kant   (1724 – 1804)
harakat   qilgan.   Kant   fuqarolik   jamiyatini   butun   insoniyat   uyi   dyeb   bilgan.   Bu
jamiyatda har bir inson hatti-harakati oliy axloqiy qonun – qat’iy impyerativ bilan
byelgilanad.   Uning   fikricha,   fuqarolik   jamiyati   mavjud   qonunlar   doirasida   hyech
kim tomonidan chyeklanmaydigan intilish, tamoyillarining erkilik bilan uyg’unligi,
boshqacha aytganda, fuqarolarga mos bo’lgan jamiyatdir.
YUqorida aytilganlardan xulosa qilish mumkinki, XVIII asr o’rtalariga kyelib
fuqarolik  jamiyati   –  davlat  an’anaviy  paradigmasi  qayta   ko’rib  chiqila  boshlandi.
Bu   jarayon   XVIII   –   XIX   asrlarga   kyelib   to’xtadi,   bu   davrga   kyelib   yangi   tizim
o’zining   –   xususiy   mulk,   erkin   bozor   iqtisodiyoti,   parlamyentar   demokratiya   va
huquqiy davlat, ijtimoiy va siyosiy sohalar o’rtasidagi bo’linish. 
Fuqarolik jamiyati demokratik normalari va qadriyatlari zamonaviy ijtimoiy-
falsafiy   tafakkurda   ham   taxlil   qilingan.   Zamonaviyroq   ko’rinishda   demokratiya
2
 Гегель Г. Работы разных лет. Том 2. – Москва, 1973. – С. 50. g’oyalari   Turkistonda   ma’rifatparvar   jadidlar   faoliyatida   kuzatiladi.   Yevropada
bo’lgani   kabi   Turkistonda   ham   o’rta   asrlar   fyeodal   munosabatlari,   dogma   va
an’analarga qarshi  bo’lgan  ma’rifatparvar  g’oyaviy  oqim  sifatida  xaraktyerlanadi.
U progryessiv kuchlarning mamlakatni fyeodal turg’unlik davridan olib chiqishga
harakat qilgan va kurashganlarini aks ettiradi. Jadidlar ta’lim tizimini isloh etishni
talab   qilib,   dunyoviy   fanlar   faolroq   o’qitiladigan   yangi   usuldagi   maktablarni
ochgan, ularda aniq, tabiiy-ilmiy, iqtisodiy fanlar o’qitilgan.
Zamonaviy   tadqiqotchilar   ta’kidlashicha,   demokratik   qayta   qurish   g’oyalari
va fuqarolik jamiyati shakllanishi yosh xivaliklar va yosh buxoroliklar uyushmalari
dasturlarida   o’z   aksini   topgan.   Ular   jadidlar   libyeral   harakati   sifatida   nafaqat
ijtimoiy   munosabatlarni   isloh   qilishda,   balki   1920   yilda   Xiva   va   Buxoroda   xalq
namoyishlarida   ishtirok   etganlar.   Turkiston   avtonomiyasi   uchun   kurashgan
jadidlar, mustaqillik uchun harakatga munosib hissasini qo’shgan. 
Yurtimizda   ijtimoiy-falsafiy   fikr,   xususan   jadidlar   qiyofasida,   fuqarolik
jamiyati   g’oyalari   ma’rifat   qadriyatining   shakllanishiga   qaratilgan   edi.
M.Byehbudiy,  A.Avloniy, A.Fitrat  o’z davridan ilgarilab o’tib, fuqarolik jamiyati
faqat   mustaqil   mamlakat   doirasida   amalga   oshishi,   haqidagi   xulosasini   aytadilar.
Bundan tashqari, ular, an’ana va urf-odatlar demokratlashuvga to’siq bo’lmasligini,
aksincha, mavjud an’analar doirasida amalga oshirilgan modyernizasiya, fuqarolik
jamiyatining   shakllanishi   va   barqaror   taraqqiyotining   muhim   omili   ekanligini
asoslaydi. 
 Prezident I.A.Karimovning so’zlari bilan aytganda, “o’zbyek xalqi boy tarixi
uzoq o’tmishga borib taqaladi, va uch ming yillik davrni o’z ichiga olib, bizga boy
tajriba   va   ibratli   saboq   byeradi,   uni   qabul   qilishimiz   va   rivojlantirishimiz   kyerak
bo’ladi” 3
.
Umuman   olganda,   fuqarolik   jamiyati   falsafiy   konsyepsiyalarining   insoniyat
tarixida o’rni va rolini baxolar ekanmiz, uning nafaqat ilmiy-tyexnikaviy yutuqlar
bilan,   balki   inson   borlig’ining   ekzistyensial   ibtidosini   qayta   tushunish   bilan
kyechgan. Bu davrda inson erkinligini boshqacha tushunish usuli yuzaga kyelib, u
3
  Каримов   И.А.   Ўз   келажагимизни   ўз   улимиз   билан   урамиз  қ қ Т.   7.   –   Т.:
Ўзбекистон , 1999.  156-б . fanga   jiddiy   ta’sir   qiladi.   Bunda   erkinlik   o’z   qiziqishlari   yo’lida   boshqariluvchi
emas, balki har bir insonning o’z taqdiri uchun javobgarligi ma’nosida tushuniladi.
3. Fuqarolik jamiyatining zamonaviy konsepsiyalar
XX asr boshlaridan fuqarolik jamiyati sohasida amalga oshirilgan tadqiqotlar
Fuqarolik   jamiyat.   O`zbekistonda   demokratik   jamiyat   qurish   nazariyasi   va
amaliyoti     katyegoriyasini   funksional   xaraktyeristikalarini   tushunish
murakkablashadi.   Bu   fuqarolik   jamiyati   tushunchasini   tadqiq   etishda,
fuqarolarning   ijtimoiy   hayotida   dolzarb   talablarini   aks   ettiruvchi,   yangi
myezonlarning   kiritilganligi   bilan   asoslanadi.   SHunday   qilib   fuqarolik   jamiyati
haqidagi tasavvurlar rivojini tizimlashtirish: birinchidan, ularning ijtimoiy-falsafiy
asoslari   xaraktyeristikasi   bilan,   ikkinchidan,   mafkuraviy   asoslarning
xususiyatlariga   ko’ra,   uchinchidan,   fuqarolik   jamiyatining   sof   ilmiy
konsyepsiyalarini aniqlash bilan byelgilanadi.
Biroq,   fuqarolik   jamiyati   modyeli   ishlab   chiqiluvchi   dastlabki,   bazaviy
ijtimoiy-falsafiy   nazariyalarda   tadqiqotchilar   konsyepsiyalarini   ikki   guruhga
bo’ladi:
- formasion va sivilizasion yondashuvlar; 
- modyernizasiya va postmodyernizm konsyepsiyasi.
Fuqarolik   jamiyatining   zamonaviy   konsyepsiyalarining   asosiy
yondoshuvlari
Formasion 
yondoshuv  Sivilizasion 
yondoshuv  Modyernizasiya
yondoshuvi 
Fuqarolik
jamiyati   tushunchasi
kapitalistik   tizimga
bog’lanadi   va   kyeng
(ya’ni   jamiyatning Fuqarolik   jamiyatini
sivilizasiya   tarraqqiyoti
kontyekstida   ko’rib   chiqadi.
Uning   nazariy   asoslarini
O.SHpyenglyer,   A.Toynbi Modyernizasiya
konsyepsiyalarida (A.
Turyen,   YU.
Xabyermas,   E.
Giddyens, Z. Bauman shakli sifatida) va tor
(ya’ni   iqtisodiy   va
siyosiy munosabatlar
o’ratsidagi
shakllanadigan
muayan   ijtimoiy
tashkilotlar
majmuasi   sifatida)
ma’nolarda
tushuniladi. va   P.Sorokin   asrarlarida
yaratilgan.   Ularga
qaraganda,   fuqarolik
jamiyati   boshqa   ijtimoiy
shakllardan   avvalo   yuksak
sivilizasiya   darajasi   bilan
ajralib   turadi.   Uning   asosiy
mye’zoni   sifatida   esa
insogn,   uning   erkinligi,
rivojlanish   va   ijodiylik
imkoniyatlari,   shuningdyek
boshqa   insonlar   bilan
tinchlik v totuvlikda yashash
qobiliyatlari tan olinadi  va   b.)   fuqarolik
jamiyati   a’anaviy
jamiyat   urnini
egallagan   yoki
zamonaviy   jamiyatga
xos   bo’lgan
byelgilarni
shakllantiradigan
jamiyati tushuniladi . 
Yuqoridagilarni   hisobga   olgan   holda   fuqarolik   jamiyatining   quyidagi
g’oyaviy-falsafiy doktrinalari ko’rsatiladi: 
- «byurokratik davlat sosializmi doktrinasi»;
- «avtoritar davlat kapitalizmi doktrinasi»;
- «demokratik sosializm doktrinasi»;
- libyeral-demokratik (“bozor demokratiyasi”).
Byurokratik   davlat   sosializmi   uchun   fuqarolik   jamiyati   –   bu   burjua,
kapitalistik   jamiyat,   u   xususiy   mulkka   va   yollanma   myehnatga   asoslanadi.
Byurokratik-davlat  sosializmi  tarafdorlari fuqarolik jamiyatini ijtimoiy notyenglik
va jamiyatda kuchayib borayotgan kyeskinlik sababi dyeb biladi. 
Avtoritar-davlat   kapitalizmi   fuqarolik   jamiyatini   xususiy   biznyes,   oilaviy-
qarindoshlik   va   boshqa   nodavlat   munosabatlar   sohasi   bo’lib,   o’zida   kapitalistik
davlatning ijtimoiy-iqtisodiy bazasini mujassam qiladi, dyeb hisoblaydi. Demokratik sosializm  konsyepsiyasi  tarafdorlariga ko’ra fuqarolik jamiyati -
ijtimoiy-siyosiy tashkilotlar va institutlar majmui, u demokratik davlat bilan birga
ijtimoiy (iqtisodiy, siyosiy va h.) demokratiya asosini tashkil qiladi.
“Bozor   demokratiyasi”   nazariyotchilari   fuqarolik   jamiyatini   bozor
demokratiyasi   jamiyati   analogi   dyeb   biladi.   Ular   fikricha,   fuqarolik   jamiyati
iqtisodiy jamiyat bo’lib, iqtisodiy hayotni boshqarish imkoniyatlarida chyeklangan
va ijtimoiy birlashmalar va harakatlar tomonidan nazorat qilinadi.
SHunday   qilib,   fuqarolik   jamiyati   g’oyasining   qayta   jonlanishida   jamiyatni
davlatlashtirishga, jamiyat hayotida davlat roli va ta’sirining favqulodda o’sishiga
qarshi   harakatni   ko’rish   mumkin.   CH.Teylor,   E.Arato,   R.Dvorkin   va   boshqa
tadqiqotchilardan iborat bo’lgan o’ziga xos normativ diskurs ham shakllanganligini
aytish mumkin 4
. SHuningdyek, nodavlat sohaning ijtimoiy-siyosiy faolligi va o’z-
o’zini   tashkillashtirish   ahamiyati   yuzasidan,   eng   muhim   quyidagi   konsyepsiyalar
ajratiladi: 
- libyeral an’ana konsyepsiyasi;
- amyerikancha kommunitariz konsyepsiyasi;
- yevropacha nyeokonsyervatizmi konsyepsiyasi;
- post-marksistcha konsyepsiya.
Fuqarolik jamiyatining libyeral an’ana g’oyasi  umuman olganda yangi narsa
emas.   Fuqarolik   jamiyati   haqidagi   tasavvurlar   mumtoz   ingliz   libyeralizmidayoq
ishlab chiqilgan. 
Fuqarolik   jamiyati   konsyepsiyasining   amyerikacha   madaniy   va   tarixiy
kontyekstida   «Respublikanizm»   idyeali   bilan   bog’liq   edi.   U   XX   o’z-o’zini
boshqarish   va   o’z-o’zini   ijtimoiy   tashkillashtirishga   asoslanuvchi,   tyeng   huquqli
fuqarolar tomonidan tuzilgan amyerika kommunalari, ya’ni lokal birlashmalarning
uyg’un va faollikdagi ijtimoiy-siyosiy hayoti haqidagi tasavvurlarga asoslanadi. 
Mazkur   kommunalar   o’z-o’zini   tashkillashuvi   o’ziga   xos   fuqarolik   jamiyati
tipii   bilan   qo’llab-quvvatlangan,   bu   haqda   batafsil   A.   dye   Tokvil   yozadi.
Demokratik   madaniyat   bunda   kommunal   o’zarohamkorlik   va   shyerikchilik
4
  Гончаров   Д.   Нормативная   дискуссия   о   гражданском   обществе:
основные направления.  Москва. 2010. С. 86 qadriyatlarini,   shuningdyek   xristian   axloqi   qadriyatlarining   yuqori   darajadagi
amaliyoti   bilan   farqlanadi.   SHuning   bilan   birga,   kommunitaristik   loyiha
tarafdorlari   kuzatganidyek,   jamoaviy   qadriyatlar   individual   qadriyatlardan   ustun
bo’lib, individlar o’zaro ishonch va hamkorlik muhitida o’z qiziqishlarini uyushma
qiziqishlariga bo’ysundirishga tayyor bo’lgan 5
.  
Manbalar   tahlili   shuni   ko’rsatadiki,   mumtoz   marksizm   zamonaviy
diskursning   alohida   konsyeptual   yo’nalishi   sifatida   fuqarolik   jamiyatini   kyelib
chiqishini,   jamiyatning   fyeodal-aristokratik   patyernalistik   tizimi   o’rniga
kommyersiya   kapitalizmi   davridagi   iqtisodiy   partikulyarizmi   bilan   bog’lagan.
Biroq   Marks   unda   individual   erkinlik   va   avtonomiyani   emas,   sinfiy   jamiyatda
ob’yektiv   mavjud   bo’lgan   notyenglikni,   erksizlik   va   ijtimoiy-iqtisodiy
byegonalashuvni bye r kituvchi,  ya’ni,  tashqi shaklni ko’rgan xolos 6
.
Kyeyinroq esa postmarksistik loyiha doirasida amal  qiluvchi  nazariyotchilar,
fuqarolik   jamiyati   g’oyasini   qaytadan   ko’rib   chiqishga   harakat   qilgan.   SHunday
qilib,   postmarksistik   tushunishda,   u   quyidagicha   asoslanadi   «oxirgi   vaqtlarda
paydo   bo’layotgan,   jamiyatning,   erkin   ehtiyoriy   assosiasiyalari,   shuningdyek,
huquqiy   va   ommaviy   institutlari   doirasida   amalga   oshiriluvchi   jamoaviylikning
nomumtoz shakllari, nafaqat davlat doirasidan, balki kapitalistik bozor iqtisodiyoti
chyegarasidan   ham   chiqib  kyetmoqda» 7
.  Bu  yerda  diqqat  markazida,  birinchidan,
davlat-byurokratik   mashinasining,   umumiy   manfaatlar   davlati   sharoitida,   ta’sir
doirasining   kyengayishi,   ikkinchidan,   jamiyatga   transmilliy   korporasiyalar   va
globallashuv davrining markazlashgan iqtisodiyoti tomonidan bo’lgan havfi turadi.
5
 Walzer M. 1995. Concept of Civil Society – Walzer M., ed . Toward a Global
Civil Society .  Providence RI: Berghahn Books.
6
 Baker G. 2002.  Civil Society and Democratic Theory: Alternative Voices .
7
  Arato   A.   1981.   Civil   Society   Against   the   State:   Poland,   1980-81   –   Telos,
#47. Fuqarolik   jamiyatining   zamonaviy   konsyepsiyalarini   ko’rib   chiqar   ekanmiz,
ularda   mazkur   fyenomyenning   ontologik   va   gnosyeologik   jihatlariga   ijtimoiy
qarashlar   xilma-xilligini   ko’ramiz.   Ta’kidlash   o’rinliki,   fuqarolik   jamiyatining
zamonaviy   konsyepsiyalari   ijtimoiy   muammolar   tahlilining   tizimli   myezonlarini
ishlab   chiqqanligi   va   ilmiy   hamjamiyat   oldiga   original   konsyeptual   va   amaliy
yechimini talab qilayotgan yangi masalalarni ko’ndalang qilib qo’yganligi. XX asr
nafaqat tyexnik progryess, balki tizimli fikrlash shakllanishi va hukmronligi davri
bo’lganligini   olimlar   biladi.   Aynan   shunday   vaqtda,   fuqarolik   jamiyati   –   ijtimoiy
borliqning   tizimli   tahlili   kontyekstida   o’rganila   boshlanadi.   Bu   albatta,   bugun
olim-faylasuflarga   zamonaviy   ijtimoiy-iqtisodiy   va   siyosiy   jarayonlarni   nafaqat
modyellashtirish   imkoniyatini,   balki,   ularning   kyelajagi   haqida   aniq   tasavvurlar
paydo   bo’lishga   olib   kyeladi.   Bugungi   kunda   ham   fuqarolik   jamiyatini   o’rganish
masalalarida   bir   qator   muammolar   mavjud:   fuqarolik   jamiyatining   davlat   va
jamiyat dixotomiyasi yoki shyerikligi chyegarasi, fuqarolik jamiyati institutlarining
individ   shaxsiy   hayotiga   dahl   qilishi   chyegarasi   qayerda,   fuqarolik   jamiyatini
tushunishning   bazaviy   asoslari,   fuqarolik   jamiyatini   tushunishning   univyersal
yondashuvlari mavjudmi kabi masalalardir.
SHuning   bilan   birga,   fuqarolik   jamiyati   haqidagi   g’oyalar   va   tasavvurlar
gyenyezisi, mazkur fyenomyen antik va o’rta asrlarda – davlat qiziqishlari jamiyat,
va   albatta   xususiy   qiziqishlardan   ustuvorligi   kontyekstida   talqiq   etilganligidan dalolat   byeradi.  Antik  va  o’rta  asrlar   olimlari  ijodida  davlat,  jamiyatdagi  ijtimoiy
munosabatlarni   boshqarib   turgan   bosh   institut   sanalgan.   Mazkur   jihat   insoniyat
rivojining   dastlabki   bosqichida,   davlat   va   jamiyat   o’zaro   hamkorligi   va
dixotomiyasi borasidagi konsyepsiyalar yo’qligining asosiy omili hisoblanadi.
Fuqarolik   jamiyati   konsyeptual   diskursining   antik   paradigmasi   –   fuqaroning
ijtimoiy   boshqaruv   sohasidagi   roli   va   o’rnini   aniqlashdan   iborat   bo’lgan.   Agar
ulardan   ba’zilari,   fuqarolar   davlatdan   muayyan   darajada   avtonomdir   (Arastu),
boshqalar   davlat   boshliqlarini   fuqaro   va   jamiyat   hayotini   ryeglamyentasiya
qilishga   chaqirgan   (Aflotun).   Ularning   har   biri   imkoni   boricha   idyeal   davlat
qurilmasini   ishlab   chiqishga   harakat   qilgan.   Aynan   shu   jihat   fuqarolik   jamiyati
kyeyingi   konsyeptual   ishlanmalari   turli   talqini   va   yondashuvlarni   kyeltirib
chiqardi. 
O’rta   asr   mutafakkirlarining   antik   davr   olimlaridan   farqi,   ularning   ijtimoiy
munosabatlarni,   davlat   va   jamiyat   munosabatlari   shu   jumladan,   tyeologik
xaraktyerga   ega,   antik   falsafa   esa   ijtimoiy   munosabatlarni   turli   ranglarda   ko’rib
chiqadi,   shu   nuqtai   nazardan   fuqarolik   jamiyati   diniy   paradigmasi   o’rta   asrlarda
shakllana boshlagan dyeyish mumkin. 
SHarqning   fuqarolik   jamiyatini   konsyeptual   tushunishidagi   o’ziga   xos   jihat,
ularning mazkur fyenomyenga oid talqinlari fazilat, ma’rifat va o’zaro mas’uliyat
tushunchalari   prizmasi   orqali   amalga   oshirilganligidadir,   bunda   ijtimoiy-falsafiy
fikr   o’z   diqqatini   davlat   boshqaruvchilari   va   jamiyat   a’zolari   o’rtasidagi
munosabatlarning axloqiy-estyetik jihatlariga qaratgan.
YAngi   davrda   davlat   roli   masalasi   yangicha   anglay   boshlanadi:   agar   antik
davr   va   o’rta   asrlarda   ijtimoiy-falsafiy   fikr   davlat   ustuvorligiga   qaratilgan   bo’lsa,
bu   davrga   kyelib,   mazkur   nisbatda   inson   (fuqaro)   fyenomyeni,   o’z   huquqlari,
ehtiyoji va qiziqishlari bilan birgalikdaustuvor ahamiyat kasb eta boshlaydi. Davlat
faqat   mana   shu   qiziqishlarni   mavjud   bo’lgan   qonuniy   tizim   doirasida   amalga
oshirilishini ta’minlovchi institut sifatida gavdalanadi.
YAngi   davr   ijtimoiy-falsafiy   tafakkuri   fundamyental   yutug’i,   davlat   va
jamiyat tushunchalarini ajratganligida, bu fuqarolik jamiyatini tushunishda klassik paradigmasining   shakllanishiga   asos   bo’lgan   edi.   Bu   o’z   navbatida,   “davlat   –
fuqarolik   jamiyat”   dixotomiyasi   kuzatiluvchi   konsyepsiyalar   shakllanishiga   olib
kyeladi.   Birinchi   marotaba   YAngi   davr   mutafakkirlari   davlat   va   jamiyat
qiziqishlarining   turlicha   bo’lishiga   o’z   diqqat   e’tiborini   qaratadi,   bunda   davlat
qonun   ustuvorligiga   tayansa,   jamiyat   esa   xususiy   mulkka.   Fuqarolik   jamiyati
haqidagi   konsyeptual   diskursning   asosiy   muammolari   sifatida,   davlatning   roli   va
davlat va jamiyat o’zaro munosabatlarining myezonlari qanday (axloqiy idyeal va
ryeal siyosat nisbati myezonlari) dyegan masala ko’ndalang turadi.
Fuqarolik   jamiyati   fyenomyenini   konsyeptual   qayta   tushunishda   kuzatilgan
jiddiy rivojiga qaramay, ilmiy pozisiyalarni o’rganish asosida, ularning qarashlari
turli g’oyaviy asosdan mahrum emasligi aniqlandi, bu esa o’z navbatida, fuqarolik
jamiyati mazmun va mohiyatini tushunishda sub’yektivizmning kuchayishiga olib
kyelgan. Va yana bir kamchiligi sifatida davlat va jamiyat o’rtasidagi chyegaralar
hanuz   byelgilanmaganligi   masalasi   bo’lib,   bu   mazkur   yo’nalishda   ilmiy   tadqiqot
ishlarini olib borishda ma’lum darajada to’sqinlik qiladi.
Fuqarolik   jamiyatini   o’rganishda   zamonaviy   ijtimoiy-falsafiy   tafakurning
muhim yutug’i sifatida esa, bu sohani o’rganishing yangi ilmiy yondashuvi sifatda
–   tizimli   paradigmaning   shakllanishi   bo’ldi.   O’z   navbatida,   bu   fuqarolik
jamiyatining   normativ   idrok   etishdan   uni   transformasiyalashayotgan   fuqarolik
jamiyatini   zamonaviy   konsyeptual   diskursi   turli   yo’nalishlarini   o’rganish
kontyekstida, empirik tahlil qilishga o’tish tyendyensiyalarini kuchaytirdi.
Umuman,   hozirgi   zamon   ilg’or   demokratik   mamlakatlar   jamiyatshunos
olimlarining   fuqarolik   jamiyati   to’g’risidagi   nazariy   qarashlari   bir   tizimga
kyeltirilsa, u holda fuqarolik jamiyati – bu:
birinchidan,   jamiyat   hayoti   faoliyatining   iqtisodiy,   ijtimoiy   va   ma’naviy
sohalarida   ihtiyoriy   ravishda   shakllangan,   boshlang’ich   nodavlat   tizimlarini   o’z
ichiga qamrab olgan insoniy birlikdir;
ikkinchidan,   jamiyatdagi   iqtisodiy,   ijtimoiy,   oilaviy,   milliy,   ma’naviy,
axloqiy, diniy, ishlab chiqarish, shaxsiy va nodavlat munosabatlar majmuasidir; uchinchidan,   erkin   individlar,   ixtiyoriy   ravishda   shakllangan   tashkilotlar   va
fuqarolarning turli organlar taziyqlari, aralashishlari yoki bir qolipga solishlaridan
qonunlar   vositasida   himoyalangan   jamiyati   bo’lib,   unda   ular   o’zligini   namoyon
qila olishlari uchun doimiy imkoniyatlarga ega bo’ladilar. A dabiyotlar :
1. O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi. – T.: O’zbekiston, 2018. 
2. Karimov I.A. Asarlar to’plami, 1-23 jildlar. – T.: O’zbekiston, 1996-2016. 
3. Karimov I.A. Inson manfaati, huquq va erkinliklarini ta’minlash, 
4. Mirziyoyev   Sh.M.   Erkin   va   farovon,   demokratik   O’zbekiston   davlatini
birgalikda   barpo   etamiz.   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   lavozimiga
kirishish   tantanali   marosimiga   bag’ishlangan   Oliy   Majlis   palatalarining
qo’shma   majlisidagi   nutq   /Sh.M.   Mirziyoyev.   -   Toshkent:   ―O’zbekiston ,‖
2016. -56 b. 
5. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy 
6. Sharifxo’jayev M. O’zbekistonda ochiq fuqarolik jamiyatining shakllanishi.
–T.: Sharq, 2003. 
7. Qirg’izboyev M. Fuqarolik jamiyati: genezisi, shakllanishi va rivojlanishi. –
T.: O’zbekiston, 2010. 
8.  Jalilov A boshqalar. Fuqarolik jamiyati asoslari. – T.: Baktria press, 2015. 
9.   Fuqarolik   jamiyati.   Darslik   loyihasi–   T.:   2016.   Ziyonet.uz.   Mualliflar
jamoasi. 
10.   O’tamurodov   A.   va   boshqalar.   Fuqarolik   jamiyati   fanidan   tushuncha   va
atamalar lug’ati.  Lotin yozuvida. T.: Turon-zamin-ziyo. 2017. 23 b.t.

FUQAROLIK JAMIYATI G’OYALARI EVOLYUSIYASI 1. Fuqarolik jamiyati tushunchasining tarixiy ildizlari va ularning turli tavsiflari. 2. O’rta asrlar va yangi davrda fuqarolik jamiyatining paradigmalarini yaratilishi. 3. Fuqarolik jamiyatining zamonaviy konsepsiyalar

1. Fuqarolik jamiyati tushunchasining tarixiy ildizlari va ularning turli tavsiflari. Insoniyat taraqqiyotining barcha davrlarida fuqarolik jamiyatini qurish eng ezgu g’oya sifatida amal qilgan. Unga erishish uchun turli darajadagi nazariy qarashlar ilgari surilgan. Bir guruh olimlar fuqarolik jamiyatini qurish g’oyasi G’arb tamadduni mahsuli sifatida amaliyotga tadbiq etilmoqda dyeb hisoblamoqdalar, aslida SHarq mamlakatalari mutafakkirlari ijodida bu masalaga oqilona yondashuv uch ming yil ilgari shakllangan. Ijtimoiy taraqqiyotning ma’lum davrlarida sharq mamlakatlari yetakchilik mavqyeini egallagan.Har qanday fan, o’z mohiyatiga ko’rat umumbashariydir. Dunyo xalqlari katta- kichikligidan qatiy nazar uning rivojiga hissalarini qo’shgan. Shu nuqtai nazardan fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirish to’g’risidagi g’oyalar, bilimlarni bir yoqlama bo’rttirish yoki kamsitish noto’g’ri yondoshuvdir. Fuqarolik jamiyati va uning tushunchalari Markaziy Osiyo ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy hayotining yorqin namunasi“Avyesto” muqaddas kitobida kyeltirilgan. 2001 yilda millat ma’naviy madaniyatining eng qadimgi manbasi “Avyesto”ning 2700 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimda O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A. Karimov: “ ... bu noyob asar byebaho tarixiy xujjat bo’lib, u biz yashagan bu qadim yurtda, bu zaminda o’zining madaniyati va boy ma’naviyatiga ega bo’lgan buyuk davlat bo’lganligidan, ajdodlarimizga, asrlar davomida bitmas tuganmas quch vaqudrat va tayanch sifatida xizmat qilganligidan dalolat byeradi” dyeb alohida e’tirof etgan. Darhaqiqat, “Avyesto”ning bosh g’oyasi “ezgu fikr, ezgu maqsad, ezgu amal” har qanday jamiyat va insonlararo munosabatlarning ma’naviy asosi ekanligidan dalolatdir. Fuqarolik jamiyatini qurish g’oyasi Markaziy Osiyo mutafakkirlari ijodida o’rganilganligi I.A.Karimovning 2014 yilda Samarqandda o’tkazilgan “O’rta asr SHarq mutafakkirlarining ilmiy myerosi zamonaviy sivilizasiyada o’rni va ahamiyati”mavzusidagi xalqaro konfyeryensiyada so’zlagan nutqida“Olim va tadqiqotchilar fikricha, SHarq xususan Markaziy Osiyo, IX-XII va XIV-XV asrlarda bo’lganilmiy hamjamiyat tomonidan Buyuk SHarq uyg’onishi dyeya nom olgan yirik

ilmiy madaniy uyg’onish uchun asos sifatida xizmat qildi” 3 dyeb alohida ta’kidlagan. Darhaqiqat, Markaziy Osiyo uyg’onish davri IX-XV asrlarda davlatni boshqarish va adolatli jamiyat qurish, davlat rahbari va xizmatchilarining faoliyat darajalari tasniflari, ijtimoiy mas’uliyati myezonlarining nazariy jihatlari haqidagi g’oyalar Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Byeruniy, YUsuf Xos Hojib, Nizomulmulk, Amir Tyemur, Alishyer Navoiy va boshqalar ijodida kyeng tahlil qilingan. Fuqarolik jamiyati konsyepsiyasining Yevropacha an’anasi antik ildizlarga ega. Mazkur an’ananing mazmun-mohiyati nafaqat siyosiy, balki shaxsni ijtimoiy- axloqiy nuqtai nazardan baholash bilan bog’liq edi. Bunga Aflotun, Arastu, Sisyeron kabi mutafakkirlarning qarashlarini misol kyeltirish mumkin. Fuqarolik jamiyatining antik konsyeptual ta’limotida jamiyat va davlat fyenomyenlarining uzviyligi qadimgi yunon dunyoqarashining muhim xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Xususan, Aflotunning (mil. av. 427–347 y.) “Davlat” dialogida fuqarolarning shaxsiy va ijtimoiy hayotini ajratishgina emas, ijtimoiy sohani hozirgidyek zamonaviy talqinda, siyosiy faollik sifatida tushunilgan. Bunda jamiyat hayotining siyosiy jihatlari, fuqarolik jamiyati tizimining umumiy tavsifi sifatida namoyon bo’ladi. Fuqarolik jamiyati g’oyasining kyeyingi rivoji Aflotunning shogirdi Arastu(mil. av. 384–322 y.) ijodi bilan bog’liq. Ustozi kabi Arastu ham eng mukammal jamiyat g’oyasini ishlab chiqishga diqqat e’tiborini qaratadi, biroq fuqarolik jamiyati g’oyalari tarkibida bu masala o’zgacha nazariy jihatlarni tashkil qiladi. Uni ko’proq ijtimoiy transformasiya emas, balki davlat tuzilmasidagi o’zgarishlar qiziqtiradi. Bundan tashqari Arastu o’zining nazariy ishlanmalarida davlat haqidagi mavhum g’oyaga tayanishni emas, jumladan Aflotunga xos bo’lgan, balki voqye’likda mavjud bo’lgan boshqaruv shakllarini solishtirish, qiyosiy tahlil qilishga tayanadi, bu jihat esa uning davlat va jamiyat borasidagi pozisiyasini konkryetroq bo’lishini ta’minlaydi. 3 1. Каримов И.А. Ўрта аср Шар мутафаккирларининг илмий меросиқ замонавий цивилизацияда ўрни ва а амияти. // ал сўзи. 2014 йил 24 ҳ Ҳ қ май.

Platondan farqli o’laroq, Aristotyel xususiy mulkni e’tirof etadi. CHunki u inson tabiatiga xos bo’lib, odamlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning o’zagini tashkil etadi. Aristotyel mulk huquqining fuqarolar farovonligi, davlat va uning boshqaruv shakli xavfsizligi, qonunchilik organi ishida fuqarolarning ishtiroki myexanizmi, lavozimlarni egallash va vazifalarni bajarish, sud organlari ishidagi rolini atroflicha o’rgangan. Huquqni Aristotyel adolat myezoni dyeb hisoblagan va unga ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi va ayni vaqtda ularni muhofaza qiluvchi institut sifatida yondashgan. Aristotyel fikriga ko’ra , siyosiy boshqaruv – bu odamlarning emas, balki qonun boshqaruvidir: hatto eng yaxshi hukmdorlar ham tuyg’ular va hissiyotga byeriluvchan bo’ladi, qonun esa «oqilona tafakkur»dir. Sisyeron davlat tushunchasiga birinchilardan bo’lib huquqiy tus byeradi, bu ta’limot kyeyinchalik juda ko’p mutafakkirlar, shu jumladan «huquqiy davlat» g’oyasining hozirgi tarafdorlari tomonidan ham e’tirof etiladi. Sisyeron konsyepsiyasiga ko’ra, Fuqarolik jamiyat. O`zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti g’oyasi antik davr uchun klassik ahamiyatga ega bo’ladi, bu o’z navbatida yangi davrda shakllangan nazariy qarashlarga asos bo’ladi. Ko’pgina ekspyertlar fikricha, aynan Sisyeronning ijtimoiy-siyosiy ta’limotida Fuqarolik jamiyat. O`zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti o’zining tushunchaviy asoslariga ega bo’ladi. Fuqarolik jamiyatining tarixiy ko’rinishlari ifodasi Yevropa-O’rta yer dyengizi an’anasi asosida fuqarolik jamiyatining dastlabki ko’rinishlari – Uyg’onish davridagi italyan shahar-davlatlariga borib taqaladi. Bunda fuqarolik jamiyati shahar boshqaruvi tizimiga asoslangan, muayyan shahar doirasidagi, ijtimoiy munosabatlar tizimi sifatida xaraktyerlanadi. Olimlar fuqarolik jamiyatining yana bir tarixiy ildizini, olmon madaniy doirasi ta’siridagi kontinyental-yevropa an’anasi bilan bog’lashadi. Erkin fuqaroning paydo bo’lishiga, birinchilardan bo’lib birlashgan hunarmandlar va savdogarlar gildiyasi, fyeodallardan himoyalovchi va shaharlar boshqaruviga ta’sir qilgan birinchi assosiasiya sabab bo’lgan dyeb hisoblanadi.

2. O’rta asrlar va yangi davrda fuqarolik jamiyatining paradigmalarini yaratilishi. Fuqarolik jamiyati haqida turlicha tarixiy va myetodologik yondashuvlar va intyerpryetasiyalarni inkor etmagan holda, yangi davrda fuqarolik jamiyati konsyeptuallashuvi jarayonida muhim rol o’ynagan Uyg’onish davri olimlardan biri Nikolo Makiavyelli (1469 – 1527) bo’lib, u pragmatik, tajribaviy ijtimoiy fanga asos soldi. Fuqarolik jamiyati Makiavyelli uchun sinfiy, partiyaviy qarama-qarshi qiziqishlar majmuidir. Unga ko’ra fuqarolik jamiyati xalqdan axloqiy asosni – ezgulik va fazilatni, ijtimoiy qiziqishlar va Respublika tuzilmasi qiziqishlari oldida burchni his qilish va jasoratni talab qiladi. Boshqacha qilib aytganda, u erkin individlar uchun munosib birlashma bo’ladi. Davlatni himoya qilish uchun hukmdor qo’lidagi barcha vositalarni ishga solishi kyerak bo’ladi, yolg’on, shafqatsizlik hatto urush ham bundan mustasno emas. Davlat qiziqishlari unda birlamchi ahamiyat kasb etgan. Makiavyelli davlatning mutlaqo mustaqilligini talab qilgan, chyerkovdan ham, ya’ni davlat va umuman siyosat sohasining syekulyarizasiyasi tarafdori bo’lgan. U davlat boshqaruvining o’ziga xos siyosiy mahorat maktabini yaratadi, unda hyech qanday axloqiy normalar bilan hisoblashmay, “maqsad har qanday vositani oqlaydi” dyegan tamoyilni ishlab chiqqan. SHunga qaramay, aynan shunday masalani ko’ndalang qo’yish g’oyasi ortidan yangi davrda bir qator faylasuflar fuqarolik jamiyati konsyepsiyasini yanada boyitdi. Xususan, “So’z erkinligi haqida” Djon Milton, “Lyeviafan” Tomas Gobbs, “Davlat boshqaruvi haqida ikki traktat” Jon Lokk, “Qonunlar ruhi haqida” Montyeskye, “Ijtimoiy kyelishuv haqida” Jan Jak Russo, “Ilohiy-siyosiy traktat” Byenyedikt Spinoza, “Fuqarolik jamiyati tarixi haqida xatlar” Anri Fyergyuson kabilardir. Mazkur ishlarda u yoki bu darajada inson hayotining o’ziga xos shakli sifatidagi fuqarolik jamiyati muammollari yoritibgina qolmay shaxs va davlatga fuqarolik jamiyatining asosiy sub’yekti bo’lgan fuqaroning butun potyensialini yuzaga chiqarish uchun zarur bo’lgan prinsipial yangi sifatlari ishlab chiqilgan.