IJTIMOIY INNOVASIYALARNING FUQAROLIK JAMIYATI SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHIGA TA’SIRI
IJTIMOIY INNOVASIYALARNING FUQAROLIK JAMIYATI SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHIGA TA’SIRI Y E JA: 1. Ijtimoiy innovasiya iborasining mazmun-mohiyati 2. Ijtimoiy innovasiyalar fuqarolik jamiyati rivojlanishining omili sifatida 3. Virtual borliq tyexnologik innovasiyalarning g’oyaviy asosi 4. Fuqarolik jamiyati rivojlanishiga axborot-kommunikasion tyexnologiyalarning ta’siri
1. Ijtimoiy innovasiya iborasining mazmun-mohiyati Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida mustahkam iqtisodiy asosga ega bo’lgan, demokratik qadriyatlar qaror topgan, ma’naviy- ma’rifiy yuksaklikka erishgan va boshqaruvning demokratik uslublari shaklaangan davlat jamoat va nodavlat notijorat tashkilotlari hal qiluvchi o’rin tutadigan jamoatchilik fikri, tashabbusi va davlat idoralari ustidan nazorati ustuvor ahamiyat kasb etadigan, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish idoralarining roli muttasil oshib borayotganligi,jamiyatda ijtimoiy innovasiyalarning roli va ahamiyatini oshirib bormoqda. Ijtimoiy innovasiyalar – bu jamiyatning har qanday ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan yangi strategiya, konsyepsiya, g’oya va tashkilotlar majmuasini o’z ichiga qamrab olib, jamiyatda ijtimoiy o’zgarishlarga olib kyeladi. Ijtimoiy innovasiya nima? Fuqarolik jamiyatini mustahkamlashda yordam byeradigan yangi strategiyalar, konsyepciyalar va g’oyalarni yoxud Oksford univyersityeti qoshidagi Ijtimoiy tadbirkorlik markazi tadqiqotchilariga asosan, sodda qilib aytganda «ish byeradigan yangi g’oyalar»ni ijtimoiy innovasiya dyeb atash mumkin . Ushbu olimlar tarafidan kyeltirilgan ma’lumotga ko’ra, iqtisodchilar iqtisodiy o’sishning 50-80 foizi innovasiya va yangi bilimlardan kyeladi dyeb taxmin qilishadi. Ijtimoiy innovasiyalar xususidagi qarashlar XX asrning 60 yillarida Pityer Drukyer va Maykl YAng singari olimlarning qarashlarida muhokama qilina boshlandi. 70 yillarga kyelib esa ushbu tyermin fransuz olimlarining ilmiy-ijodiy ishlarida ham ishlatila boshlangan. SHunday bo’lsada ijtimoiy innovasiya xususidagi qarashlar va uning konsyepsiyalari ushbu olimlarning ilmiy ishlaridan birmuncha oldin tadqiq etila boshlagan. Jumladan, Byenjamin Franklin kundalik muammolarni hal qilishda yordam byeradigan kichik ijtimoiy tashkilotlarning o’rni muhim ekanligini ta’kidlab o’tgan bo’lsa, kasaba uyushmalarining asoschisi va ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan yangiliklrni rag’batlantirish tarafdori Robyert Ovyen, Karl Marks, Maks Vyebyer va boshqa shu kabi ijtimoiy soha
vakillari ijtimoiy yangiliklar jamiyat tarraqqiyotining muhim omili ekanligini ta’kidlab o’tganlar. XX asrning ijtimoiy yangiliklar asri bo’lganligini hisobga oladigan bo’lsak, insonlar ishlash sharoitlarining takomillashishi, jamiyat oldida turgan muammolarga yangidan-yangi yechim topish imkoniyatlarining kyengayishi ijtimoiy innovasiyalarning butun dunyo bo’ylab taqsimlanishiga turtki bo’ldi. Ijtimoiy innovasiyalar, ijtimoiy tadqiqot tashkilotlarida, kompaniyalar yoki har tomonlama mustaqil tashkilotlarda barqaror jamiyat sari birgalikda faoliyat yuritish shiori ostida rivojlanib kyelmoqda. Ijtimoiy innovasiya g’oyasi rivojlangan davlatlarning ijtimoiy yo’naltirilgan davlat siyosatida muhim o’rin egallaydi. Ularda davlat hamda xususiy syektor hamkorlikda ijtimoiy mas’uliyat, ijtimoiy tadbirkorlik kabi yo’nalishlarni rivojlantirib kyelmoqda. Ijtimoiy innovasiyalar paydo bo’lishi yoki qo’llanilishiga, ijtimoiy sohadagi ayrim jarayonlar sabab bo’ladi, jumladan: - mavjud ijtimoiy muammolarni jadallashishi, ushbu muammo yechimini yangicha usulda hal qilishni taqozo etadi; ushbu jarayonlarga misol tariqasida mamlakatimiz mustaqillikka erishganda yurtimizda o’ta qaltis ijtimoiy vaziyat vujudga kyelgan edi. Aholining o’sish sur’atlari o’rtacha sobiq ittifoq ko’rsatkichdan uch barobar yuqori edi. Buning ustiga, myehnat ryesurslari aholining o’rtacha o’sish ko’rsatkichidan ikki barobar tyez o’sayotgandi. Oxir- oqibatda ishsizlik darajasi ortib, axoli daromadlari kyeskin tushib bormokda edi. 1 Bu jarayon o’ziga xos yangicha ijtimoiy siyosatni amalga oshirishni o’sha davr talabi darajasiga olib chiqqan edi. - ijtimoiy sohani rivojlantirish uchun ryesurslarning yetishmasligi, bu sohada yanada samaralirok vositalardan foydalanishga olib kyeladi; Bunday holatda ijtimoiy munosabatlarni yanada takomillashtirishda nafaqat tabiy ryesurslar balukim inson omili, yetarlicha mablag’ bilan ta’minlanish holati, vaqtning 1 Тара иётнинг “Ўзбек модели” // Хал сўзи. – 2013. - 26 июль.ққ қ
chyegaralanganligi va masofa hamda transport omillarining yetishmasligi sabab bo’ladi. - ijtimoiy sohada ko’rsatilayotgan xizmatlar sifatiga bo’lgan talabning oshib borishi, yoki xalqaro mye’yorlarga moslashtirish. Ijtimoiy sohadagi xizmat ko’rsatish talablarining oshib borishi innovasion xaraktyerga ega bo’lgan xizmat sohalariga bo’lgan extiyojlarni oshirib boradi Bugungi kunda ijtimoiy innovasiyalarga bo’lgan talab va extiyojlardan kyelib chiqib, ijtimoiy innovasiyalar quyidagicha tasniflanadi: Birinchidan: ijtimoiy innovasiyalar ijtimoiy omillarning qamrovi bo’yicha:komplyeks va mahalliy ijtimoiy innovasiyalarga bo’linadi. Bu yo’nalishda ijtimoiy omillar hududlaridagi ko’lamidan yelib chiqib byelgilanadi. Misol uchun qaysidir viloyatda uchrayotgan ijtimoiy muammo butun Respublikaga tyegishli bo’masligi mumkin yoki butun Respublikada shu muammo mavjud bo’lishi mumkin. Ikkinchidan: jamiyat hayotining sohalari bo’yicha:siyosiy, iqtisodiy, madaniy ma’naviy va ijtimoiy sohalarda innovasiyalarniqo’llash orqali amalga oshiriladi. Uchinchidan: amalga oshirish davri bo’yicha innovasiyalar stratyegik hamda taktik usulda bajariladi. To’rtinchidan:tashkilotda ijtimoiy yo’nalishni shakllantirish bo’yicha, xodimlarningmyehnat sharoitlari, madaniy saviyasi hamdakorxonadagi mavjud ijtimoiy infratuzilma orqali amalga oshiriladi. Byeshinchidan: amalga oshirish holati bo’yicha, ichki hamda tashqi ijtimoiy muammolarni bartaraf etishga qaratilgan ijtimoiy innovasiyalar. Oltinchidan: amalga oshirish shakli bo’yicha, moddiy, tashkiliy va madaniy ijtimoiy innovasiyalar. Yettinchidan: ishlatilish ko’lami bo’yicha, alohida ob’yektga qaratilgan bir martalik ijtimoiy innovasiyalar va bir qancha ob’yektga qaratilgan kyeng tarqalgan ijtimoiy innovasiyalar.
Sakkizinchidan:maqsadi bo’yicha, faoliyat tamoyilini yangilashga qaratilgan innovasiyalar va yangi maxsulot faoliyatini tashkil etishga qaratilgan innovasiyalarga bo’linadi. Ijtimoiy innovasiyalarning yuqoridagi struktura bo’yicha tasniflanishi o’z navbatida ularning qo’llanish sohalarini ham alohida namoyon etadi. SHunday ekan, ijtimoiy innovasiyalar qo’yidagi ijtimoiy sohalarda ko’llaniladi. Birinchidan: aholining yashash sharoiti, bandligi va daromadlarini oshirishga qaratilgan sohalarda; ikkinchidan: sog’liqni saqlash tizimi sohasida; uchinchidan: ta’lim sohasida; to’rtinchidan: aholi madaniy saviyasini oshirishga qaratilgan sohalarda;byeshinchidan: aholini ijtimoiy himoya qilishga qaratilgan sohalarda; oltinchidan:aholini turar joy bilan ta’minlashga qaratilgan sohalarda; yettinchidan: jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida; sakkizinchidan: atrof muhitni muhofaza qilish sohasida; to’qqizinchidan: aloqa xizmatlari sohasida; o’ninchidan: kam ta’minlangan oilalar, qariyalar, himoyaga muhtoj bolalar va nogironlarni qo’llab quvvatlash sohalarida qo’llanadi. “Hozirgi vaqtda demokratik siyosiy tizimning eng muhim sub’yekti bo’lmish davlatchilikni isloh qilishda yangi vazifalar ko’ndalang turibdi. Bu, avvalambor, hozirgi bosqichda siyosiy institutlarning va nodavlat ijtimoiy uyushmalarning xilma-xilligi hamda ularning roli mustahkamlanishi, shuningdyek, aholining siyosiy faolligi oshishi asosida jamiyat hayotini yanada demokratlash vazifalari muhim va dolzarb bo’lib qolganligi bilan izohlanadi” 2 .O`zbekistonda ulkan o’zgarishlar – huquqiy demokratik davlat va ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin va adolatli fuqarolik jamiyati rivojlanish bosqichi kyechmoqda. Jamiyat hayotining demokratlashuvi sharoitida demokratik tartibot, barqaror rivojlanish muammolariga e’tibor oshishi tabiiy. Zyero bu jarayon siyosatdan tortib ma’naviyatgacha, ish haqidan tortib davlat boshqaruvigacha bo’lgan sohalarning barchasida tub o’zgarishlarni, zamonga mos yangiliklar qilishni talab etadi. Bu talablar bajarish mustaqilligimizning ilk yillaridanoq davlatimiz siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan bo’lib kyelmoqda. 2 Каримов И.А. Хавфсизлик ва бар арор тара иёт йўлида. Т.6. – Т.: қ ққ “Ўзбекистон”, 1998, 141-бет