logo

MUSTAQIL O‘ZBEKISTONDA TARIX FALSAFASI.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

42.494140625 KB
MUSTAQIL O‘ZBEKISTONDA TARIX FALSAFASI.
REJA.
1. Buyuk davlat va siyosat arbobi  I.A.Karimovning asarlari. Barkamol insonni
shakllantirishda tarixning tutgan o‘rni.
2. . Tarixning milliy g‘oya va milliy mafkuraning shakllanishida tutgan o‘rni.
Tarix va milliy taraqqiyot masalalari. 
3. Mustaqillik   va   tarixga   yangicha   nazar.   Tarixni   xolisona   o‘rganish
masalalari. Milliy istiqlol  va g‘oyaviy-siyosiy dunyoqarash.  Vatanparvarlik
g‘oyasi va tarix. 
4. Milliy   o‘zlikni   anglashda   tarixni   tutgan   o‘rni.   Tarixiy   va   falsafiy   merosni
o‘rganish masalalari.  XX a s rning so‘nggi   o‘ n yilligi  insoniyat  tarixida yangi  davrni  boshlab berdi.
Totalitarizm,   ma’muriy-buyruqbozlik   va   zo‘ravonlik   g‘oyalariga   tayangan
sotsializm   barbod   b o‘ld i.   G‘ ayriinsoniy   g‘oyalar   tashvi q otchisi   bo‘lgan   kommu -
nizm   mafkurasi   inqirozga   uchrab,   mustamlakachilikning   so‘nggi   qo‘ r g‘ onlari
q uladi.   Bashariyat   taqdirida   inson   va   jamiyatni   ozod   etishning   yangi   bosqichi,
yalpi   yangilanishlar   jarayoni   boshlandi.   Bunday   tarixiy   o‘zgarishlar   dunyo
iqtisodiy,   ma’naviy   h amda   ijtimoiy-siyosiy   jarayonla - rining   ilgari   misli
k o‘ rilmagan   keng   mi q yosli   yangilanishlar   pallasiga   kirganligining   ravshan
ifodasidir.
Umumjahoniy   yangilanishlar   jarayoni   avval   muayyan   mamlakat,   keyin   bir
guru h   davlatlar,   oxir-oqibatda   barcha   mamlakatlar   taqdiriga,   jamiyatlar   va
jamoalar,   alohida   insonlar   hayotiga   bevosita   va   bilvosita   ta’sir   ko‘rsata   boshladi.
Dunyo   yangilanishlari   jarayoniga   h ar   bir   davlat   o‘ z   taraqqiyot   k o‘ lami,   ilmiy-
ma’rifiy   va   ma’naviy   sa viyasi,   kamoloti   darajasidan   kelib   chiqqan   h olda   kutila
boshladi.
O‘zbekiston umumplanetar o‘zgarishlar jarayonlari o q imida  o‘ zining betakror
ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy yangilanishlari dasturiga ega bo‘lgan mamlakat sifatida
o‘ ziga   xos   va   o‘ ziga   mo s   mav q e   egalladi.   Yangi   sivilizatsiya   va   insoniyat
taraqqiyotiga kuchli  ta’sir   o‘ tkazishga   qodir   bo‘lgan davlat  sifatida   o‘ zining keng
imkoniyatlarini namoyon eta boshladi.
O‘zbekistonda   amalga   oshirilgan   fav q ulodda   keng   k o‘ lamdagi   ishlar   hozirgi
zamon jahon sivilizatsiyasi bilan mushtarak ekanligi alohida  q ayd etilishi lozim.
O‘zbekistonda milliy, regional va umumplanetar m o‘ ljallar doirasida izchil va
tadrijiy   kechayotgan   yalpi   o‘ zgarishlarni   o‘ z   vaqtida   o‘ rganish,   amalga
oshirilayotgan   ij timoiy-siyosiy   jarayonlarni   ta hl il   etish,   ba l olash   h amda   ilmiy-
nazariy   umumlashmalar   qilish   asnosida   bu   jara yo n - larni   ma q sadli   bosh q arish
O‘zbekistondagi   yangilanishlar   rivoji   o‘ ziga   xos   kechayotganligini   ifoda   etadi.
Ijtimoiy-i qt isodiy,   ma’naviy   hayotni   maqsadli   takomillashtirish,   bu   muhitni
umuminsoniy   va   milliy   tamoyillar   uyg‘unligi   ruhida   rivojlantirish,   siyosiy
plyuralizmga   shart-sharoitlar   yaratish,   liberalizm   muhitini   har   tomonlama kengaytirishga   da’vat   etish   orqali   mamlakatimizda   yalpi   yangilanishlar   jarayoni
boshlanishiga nazariy poydevor qo‘yildi. Davlat tuzumi, jamiyat qurilishi va shaxs
ma’naviy   dunyosini   tubdan   isloh   qilish   yangilangan   davlat,   o‘zgargan   jamiyat   va
komil   shaxsni   yara tish   imkonini   berdi.   Davlat,   jamiyat   va   shaxsni   yangilash
jarayonlari,   bu   jarayonlarni   maqsadli   boshqarish   nechog‘li   aqliy   shijoat,   dono
siyosat   hamda   matonatni   talab   etganligiga   bugungi   kunda   amin   bo‘lib   turibmiz.
Zero,   bu   boshqaruv   sermashaqqat   va   murakkab   kechuvchi   ijtimoiy-siyosiy
voqealar,   mafkuraviy   ta’sir   va   tazyiqlar,   maxsus   yuzaga   keltirilgan   moddiy-
moliyaviy tangliklar holatlari sharoitida amalga oshirildi.
O‘zbekiston   yalpi   yangilanishlar   jarayonini   ikki   o‘zaro   uzviy   bog‘langan
yo‘nalishlarda   amalga   oshirishga   kirishdi.   Birinchisi,   mamlakatning   ichki
dunyosida,   ya’ni   iqtisodiyot,   ma’naviyat,   siyosat,   turmush   tarzida,   xalq   xarakteri
va mentalitetida rejaviy asoslarda amalga oshirilayotgan yangilanishlar majmuidan
iborat   bo‘lsa,   ikkinchi   yo‘nalish   –   xalqaro   ijtimoiy   muhit   manzarasini
takomillashtirish,   ya’ni   qarama-qarshi   kuchlar   o‘rta sidagi   ziddiyatlarni
barqarorlashtirish,   kolliziya   muhitidan   murosa,   hamkorlik   munosabatlari,   tinchlik
madaniyatiga   o‘tish,   millatlararo,   davlatlararo,   konfessiyalararo   tolerantlik
munosabatlarini   chuqurlash-tirish,   insoniyatga   umumiy   xavf   tug‘diruvchi
terrorizm,   narko biznes,   ekstremizmga   qarshi   xalqaro   tashkilot   tuzilmalariga   asos
solish va boshqa faoliyatlar majmuidan tashkil topadi.
O‘zbekistonda yalpi yangilanishlar jarayoni mamlakatimiz birinchi Prezidenti
Islom   Karimovning   qonunlar   o‘zgarishlar   jarayonlaridan   avval   yurishi   kerak,
degan metodolo gik ko‘rsatmasi asosida amalga oshirila boshladi.
Dastavval,   O‘zbekiston   mustaqill igi nin g   huquqiy - me’yoriy   asoslari   yaratildi.
Mamlakatning istiqlol Konstitutsiyasi qabul qilindi. Milliy davlat tizimi an’anaviy
davlatchilik. g‘oyalari  va  jahon davlatchiligi   ilg‘or  tajribalarining sintezi  shaklida
barpo   etildi.   Boshqaruvda   yangi   usullar   qaror   topdi.   Mahalliy   davlat   hokimiyati
tizimida tub o‘zgarishlar yasaldi. Nodavlat tuzilmalar, jamoat tashkilotlari va o‘z-
o‘zini boshqarish organ- larining vakolatlari kengaytirildi. K o‘ p   partiyaviylik   tizimi   tarkib   topishiga   keng   sha roit   yaratildi.   Jamiyat
hayotida   sog‘lom   demokratik   jara yonlar   muhiti   vujudga   keldi   va   chuqurla sh di.
Inson   haq- huqu ql ari   va   erkinliklarini   ta’minlashning   huquqiy   asoslari   vujudga
kelmo q da.   Sud   hokimiyati   mustaqillik   mohiyati   va   hozirgi   zamon   xalqaro   huquq
tamoyillari negizida tubdan isloh qilindi.
Millatlararo   totuvlikni   ta’minlash   choralari   k o‘ rildi.   Milliy   xavf s izlik
konsepsiyasi   ishlab   chiqildi.   Mamlakat   h ududiy   yaxlitligini   va   tinchligini
ta’minlashga  q odir bo‘lgan zamonaviy  q urolli kuchlar tizimi yaratildi.
Bozor   iqtisodiyotiga   o‘tishning   asosiy   tamoyillari   doirasida   aholini   kuchli
ijtimoiy himoyalash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi qilib belgilandi.
Iqtisodiy islohotlarning «O‘zbek modeli» vujudga keldi.   Makroiq-tisodiyotni
barqarorlashtirish,   pul-kre dit   siyosati   tamoyillari   ishlab   chiqildi.   Mulkchilik,
mulkka   egalik   tushunchalari   shakllandi.   Mulkdorlar   tabaqasi   vujudga   keldi.
Xususiy mulkka egalikning yangi tizimi barpo etildi.
O‘zbekistonda ma’naviy-ruhiy poklanish, milliy qadriyatlarni tiklash, vorislik
an’analariga   sadoqatli   avlodni   tarbiyalash   va   amaliyotga   joriy   etish   konsepsiyasi
ishlab   chiqildi.   Mamlakatimizni   ozod   va   obod   jamiyatga   aylantiruvchi,   vatan
ravnaqini ma’naviy ta’minlab beruvchi milliy istiqlol g‘oyasi shakllandi.
Milliy istiqlol mohiyati va mustaqillik g‘oyalarini anglashda tarixiy shaxslar,
buyuk   allomalar   va   sarkardalar,   xususan,   Ahmad   Farg‘oniy,   Burhoniddin
Marg‘inoniy,   At-Termiziy,   Imom   Buxoriy,   Al-Moturidiy,   Jaloliddin   Manguberdi,
Amir   Temur,   Ulug‘bek,   Alisher   Navoiy,   Bobur   va   boshqa   ulug‘   ajdoddarimiz
haqidagi ta rixiy haqiqatning ro‘yobga chiqishi katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
Milliy   urf-odatlar,   qadriyatlar   va   an’analarning   tiklanishi,   yangi   jamiyat
qurishda ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot va ta’lim-tarbiyaning roli oshirildi. Bu sohani
tubdan isloh qilish va yangilash jarayonlari izchil amalga oshirilmoqda.
Mustaqil O‘zbekiston jahon hamjamiyatining teng   huquqli   va faol sub’ektiga
aylandi.   U   Mustaqil   Davlatlar   Hamdo‘stligida   o‘ziga   xos   va   o‘ziga   mos   o‘ringa
ega   bo‘lib,   mintaqa   taraqqiyotida   muhim   rol   o‘ynay   boshladi.   Markaziy   Osiyo davlatlari   bilan   o‘zaro   hamkorlik   va   qardoshlik   munosabatlarini   yanada
rivojlantirishning strategik yo‘nalishlari ishlab chiqildi.
Bunday   keng   ko‘lamdagi   o‘zgarishlar   va   yangilanishlar   jarayoni   chuqur
asoslangan   ilmiy-nazariy   tahlilni,   nazariy   umumlashmalar,   xulosalar   chiqarishni,
amaliy   tavsiyalar   ishlab   chiqishni   ijtimoiy-gumanitar   fanlar   oldiga   dolzarb
muammo sifatida qo‘ymoqda.
Darhaqiqat, yalpi o‘zgarishlar jarayonlarining pirovard natijasida ijtimoiy ong
mazmunida   o‘zgarishlar   yuz   bera   boshladi.   Odamlar   tafak-kurida,   fe’l-atvorida,
sa’y-harakatlarida   yangi   qadriyatlar   qaror   topdi.   Hayotga   munosabatlar   tizimi
o‘zgardi. O‘zbek mentaliteti, milliy xa rakter mazmunida yangi jihatlar tarkib topa
boshladi.   Bu   bevosita   siyosiy,   iqtisodiy,   huquqiy   va   ma’naviy   sohada   tub
yangilanishlarga, o‘zgarishlarga ma’naviy asos bo‘lib xizmat qildi
Mamlakatda   huquqiy   demokratik   davlat   kurish   va   fuqarolik   jamiyatini
shakllantirishning o‘zbekona tamoyillari vujudga keldi. Siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy
barqarorlikka erishildi. Ma’naviy-ruhiy poklanish, milliy qadriyatlarning tiklanishi
orqali  istiqlol  davri  fuqarosi  vujudga keldi.
Xullas,   O‘zbekistonning   jahon   hamjamiyatida   o‘ziga   xos   va   o‘ziga   mos
o‘ringa ega bo‘lganligi, YUrtboshimizning dunyo muammolarini hal etishda, jahon
ijtimoiy-siyosiy   jarayonlarini   umuminsoniy   tamoyillar   va   umu man   yaxshilik   sari
burishda faol sa’y-harakatlar zarurligini asoslab  berayotganligi mamlakatimizning
jahon  hamjamiyatining  faol sub’ektiga aylanayotganidan dalo lat beradi.
O‘zbekistonning   ko‘hna   dunyoni   isloh   qilish,   uni   yangi   g‘oyalar   asosida
o‘zgartirish   konsepsiyalari   dunyo   jamoatchiligi   tomonidan   to‘la   ma’qul-lanib,
qo‘llab-quvvatlanayotganligi   o‘zbek   xarakteri   o‘zgarganligidan,   xalq   ongi,
ruhiyati, mentaliteti yangilanayotganligidan dalolat be radi. Ana shunday sharoitda,
ya’ni, istiqlol davri fuqarosi tarkib topganligi va yangilanishlar jarayonining uzviy-
uzluksiz   rivoj   topayotganligi   hamda   ma’naviyat   mamlakatimiz   ijtimoiy-iqtisodiy,
ma’naviy-intellektu al   taraqqiyotining   harakatlantiruvchi   kuchi   bo‘lib
borayotganligi   bu   masalalarni   ilmiy-nazariy   asoslash   zaruriyatini   kun   tartibiga
qo‘ymoqda. Shu   boisdan   ham   ozod   va   obod   jamiyat   qurish   nazariyasi,   kuchli   davlatdan
kuchli   jamiyatga   o‘tish   tamoyillari   asoslab   berilganligi,   erkinlashtirish   siyosati
ijtimo iy   hayotning   hamma   sohalarida   amal   qila   boshlaganligi   iqtisodiyot,
ma’naviyat,   ma’rifat   borasida   tub   o‘zgarishlar   konsepsiyasida   o‘z   ifodasini
topganligi   va   amaliyotda   faol   qo‘llanila   boshlaganligi   masalalarini   ilmiy-   nazariy
tadqiq etish maqsadidamiz.
Istagimiz   –   istiqlol   davri   tarixiy   jarayonlarini   o‘rganish,   uni   ilmiy-nazariy
mushohada   qilish,   voqelikni   anglashdan   iborat.   Bu   masala   esa   ijtimoiy   ong,   xalq
tabiati, orzu-o‘ylari, intilishlari, maslak va e’tiqod-laridagi o‘zgarishlar jarayonlari
bilan   uzviy   bog‘liqdir.   SHu   nuqtai   nazardan   qaraganda   fuqarolar   ongi   va
tafakkurini o‘zgartirmasdan turib islohotlar mohiyatini anglash va samaradorligini
oshirish mumkin emas.
Jumladan,   birinchi   Prezident   Islom   Karimov   «Jamiyatni   ma’naviy
yangilashdan ko‘zlangan bosh maqsad – yurt tinchligi, Vatan ranaqi, xalq erkinligi
va   farovonligiga   erishish,   komil   insonni   tarbiyalash,   ijtimoiy   hamkorlik   va
millatlararo   totuvlik,   diniy   bag‘rikenglik   kabi   ko‘p-ko‘p   muhim   masalalardan
iborat” 1
,   -   degan   edi.   Bu   bevosita   jamiyatni   tubdan   yangilashni,   insonni
“yangilash”, inson tafakkuri, ruhiyati, kayfiyati va ongini isloh qilish orqali amalga
oshirishni taqozo etadigan hodisadir.
Istiqlol   evolyusiyasi   bevosita   odamlar   tafakkuri,   ularning   siyosiy,   iqtisodiy,
huquqiy va ijtimoiy ongining takomillashish jarayonlari bilan bog‘liqdir. SHuning
uchun ham risolada O‘zbekistonda keng miqyosli islohotlarni  inson ongi va qalbi
orqali   o‘tkazish,   bu   jarayonlarni   har   tomonlama   ijtimoiy   faol   fuqaroni
shakllantirish   ishi   bilan   uyg‘un   holda   olib   borilganligi   ilmiy   tahlil   va   tasnif
qilinadi,   nazariy   umumlashmalar   ilgari   suriladi,   amaliy   sa’y-harakatlar   tizimi
alohida-alohida sohalar bo‘yicha qiyosiy o‘rganiladi. Jumladan,
davlatchilik sohasida:
- d avlatning yalpi islohotlar o‘tkazishda tashabbuskorligi, aholi bunyodkorlik
va yaratuvchanlik faoliyatlarining rag‘batlantirilishi;
1
  И.Каримов. Озод ва обод Ватан, эркин ва фаровон турмуш – пировард мақсадимиз. Т., “Ўзбекистон”, 2000,
499-бет. - h uquqiy demokrat i k davlat   q urishda milliy va umum insoniy tamoyillarning
uy g‘ unlashtirilishi;
-   qonun   oldida   aholi   barcha   qatlamlari   tengligining   ta’minlanishi,   qonun
ustuvorligi   tamoyillarining   umumjamiyat   tomonidan   qabul   qilingan   voqelikka
aylantirilishi;
- jamiyat a’zolari moddiy, ma’naviy va ijtimoiy imkoniyatlarining mamlakatni
ozod va obod o‘lkaga aylantirish g‘oyalariga safarbar etilishi;
-   aholining   mulkdorlar   qatlamini   shakllantirish   borasidagi   sa’y-harakatlar,
aholi   turli   tabaqalari   tur mush   tarzida   haddan   tashqari   farqlar   yuzaga   kelib
qolishining oldini olish;
-   xalqaro   iqtisodiy   hamkorlikning   yanada   takomillashtirilishi,   bir   mamlakat
bilan   yaqinlashuv   boshqa   davlatlar   bilan   uzoqlashuv   holatiga   olib   kelmasligi
tamoyilining izchil amalga oshuvi.
Siyosiy sohada:
-   xalqning   ham   bevosita,   ham   bilvosita,   ya’ni   o‘z   vakillari   orqali   davlat
hokimiyatini boshqarishda to‘liq ishtirok etishi lozimligining asoslanishi;
-   hokimiyatning   umume’tirof   etilgan   qonun   chiqaruvchi,   ijro   etuvchi   va   sud
hokimiyatiga   bo‘linish   tamoyilini   joriy   etish   asosida   demokratik   boshqaruv
tizimlarining   amal   qila   boshlashi,   milliy   davlatchilik   tuzil-   malarining   barpo
qilinishi;
- jamiyat siyosiy tizimida plyuralistik yondashuvlar tizimining yuzaga kelishi,
ko‘p variantli baholash maydonlarining tarkib toptirilishi;
-   bir   mafkuraning,   bir   dunyoqarashning   yakkahokimligidan   voz   kechish,
siyosiy   tashkilotlar,   mafkuralar   va   fikrlar   xilma-xilligini   tan   olishning   ijtimoiy
zarurligi tamoyilining ishlab chiqilishi;
- fuqarolarning jamoa, jamiyat va davlat oldida hamda davlat va jamiyatning
shaxs   oldidagi   mas’uliyati   masalalarida   adolatli   muvozanat   konsepsiyasining
yaratilishi;
- O‘zbekistonda tug‘ilib, uning zaminida yashayotgan, mehnat qilayotgan har
bir   kishi,   milliy   mansubligi   va   diniy   e’tiqodidan   qat’i   nazar,   mamlakatning   teng huquqli fuqarosi bo‘lishi uchun   huquqiy,  siyosiy va ma’ naviy shart-sharoitlarning
amal qilishiga erishilishi.
Iqtisodiy sohada:
- yurt tinchligi, xalq farovonligini ta’minlaydigan barqaror rivojlanib boruvchi
iqtisodiyotning barpo etilishi;
-   ijtimoiy   yo‘naltirilgan   bozor   munosabatlariga   bosqichma-bosqich,
evolyusion   o‘tish   nazariyasining   asos lanishi   va   amaliyotda   muvaffaqiyatli
qo‘llanilishi;
-   mulk   egalari   huquqlarining   himoya   qilinishi   va   mulkchilikning   barcha
shakllari   huquqiy  tengligini mustahkam qaror toptirilishi;
-   iqtisodiyotni   davlat   tomonidan   bevosita   boshqarilishi   tizimidan   voz
kechilishi,   korxonalar   va   tashkilotlar   mustaqilligining   kengaytiri-lishi,
muassasalarning xo‘jalik faoliyatiga aralashuv amaliyotiga barham berilishi.
Ijtimoiy va ma’naviy sohada:
-   umuminsoniy   tamoyillar,   ezgulik   g‘oyalariga   sodiqlik,   inson   hayoti   va
shaxsiy   daxlsizligi,   ozodligi,   qadr-qimmati,   kasb-kor   va   yashash   joylarini   erkin
tanlash huquqlarining ta’minlanishi;
- hu rfikrlilik, vijdon va din erkinligining qaror toptirilishi;
-   ijtimoiy   adolat   qoidalarining   ro‘yobga   chiqarilishi,   aholining   himoyaga
ehtiyojmand   qatlamlari   –   keksalar,   nogironlar,   ko‘p   bolali   oilalar,   o‘quvchi-
yoshlarning davlat tomonidan ijtimoiy va ma’naviy muhofaza etilishi;
-   fuqarolarning   o‘z   intilishlari,   imkoniyatlari   va   qobiliyatlarini   namoyon
qilishlari uchun zarur shart-sharoitlarning yaratilishi.
O‘zbekiston   Respublikasi   birinchi   Prezidenti   Islom   Karimovning   kitoblari,
risolalari,   nutqlari   va   ma’ruzalarida   ijtimoiy   voqelikni   yalpi   yangilash,   ijtimoiy
o‘zgarishlar   mantig‘ini   shaxs   manfaatlariga   yo‘naltirish,   komil   insonni   tarkib
toptirish,   jamiyatning   yuksak   ma’naviy-axloqiy   qiyofa   kasb   etishiga   doir
konsepsiyalar   majmui,   ularning   ijtimoiy   muhitda   amal   qilish   jarayonlari   chuqur
asoslangan. Shuningdek,   insoniyatning   ongli   ko‘p   ming   yillik   ta rixi   mobaynida   amalga
oshirilgan   o‘zgarishlar   jarayonlari,   bu   o‘zgarishlar   jarayonlariga   asos   solgan   va
boshqargan ulug‘ shaxslar, hukmdorlar, prezidentlar, alloma va mutafakkirlarning
nazariy mushohadalari ham bizga tarixiy saboq vazifasini o‘taydi.
O‘zbekistonda   ijtimoiy   o‘zgarishlar   va   yangilanishlar   konsepsiyasini
o‘rganish   asnosida   SHarq   va   Fap6   mutafakkirlari,   antik   davr   olimlari,   xususan,
Platon,   Aristotel,   Fukidid,   Laersiy,   Spinoza,   Zardusht,   Imom   Buxoriy,   Forobiy,
Marg‘inoniy,   Yusuf   Xos   Xojib,   Mahmud   Qoshg‘ariy,   Beruniy,   Amir   Temur
singari   mutafakkirlar   va   davlat   arboblarining   asarlari,   Gegel,   Freyd,   Berdyaev,
Toynbi,   Popper,   YAspers,   Xomans,   Neru,   Gubman   va   boshqa   olimlarning   ilmiy-
nazariy qarashlari ham jiddiy e’tiborga loyiqdir.
Ijtimoiy   ong   mazmunining   tobora   insoniy   mohiyat   kasb   eta   borishi,   shaxs
haq-huquqlari   barqarorlashayotganligi,   xalqaro   makonda   mehr-shafqat,
bag‘rikenglik,   odamiylikka   doir   umumplanetar   maylning   kuchayishi   jamiyat,
jamoa   va   shaxs   ma’naviyatida   yangilanish   jarayonlarini   amalga   oshirish   bilan
bevosita   bog‘liqdir.   XX   asr   so‘ngiga   kelib   insoniyat   o‘z   qazosi   ham,   o‘z   davosi
ham   o‘z   qo‘lida,   real   sa’y-harakatlarida,   tafakkur   tarzida   ekanligini   to‘la   anglab
etdi. Dunyo o‘z-o‘zini asrash instinktini ishga solish taraddudini ko‘rmoqda.
Ana   shu   jarayonlarda   markaziy   masalalardan   biri   hamma   sa’y-harakatlarni
insonga,   uning   real   manfaatlariga,   ruhiy   intellektual   sog‘lomligiga,   ma’naviy
tarbiyasiga   qaratish   vazifasidir.   Birinchi   Prezident   Islom   Karimov   yalpi
yangilanishlar   va  tub   o‘zgarishlar   mohiyatini   xuddi   ana   shu   omillarda  kashf   etib,
islohotlar barcha jabhalarini ayni inson orqali amalga oshirish nazariyasini asoslab
berdi.
Yangilanish   jarayonlarining   pirovard   natijalari   ham   inson   imkoniyatlarini
to‘laroq   yuzaga   chiqishiga,   shaxs   potensiali,   salohiyat   zahiralari   namoyon
bo‘lishiga keng yo‘l ochishdan iboratdir.
Qizil imperiya va xalqaro kommunistik mafkura XX asrning 80-yillariga kelib
tanazzulga   yuz   tuta   boshladi.   Totalitar   rejim   inqirozi   dastavval   qizil   mafkura
tanazzulidan boshlandi. Sobiq   ittifoq   hududida   demokratik   jarayonlarning   chuqurlashishi,   aniqroq
qilib   aytganda,   «demokratiya   o‘yin»larining   avj   olishi   butun   mamlakat   hududida
siyosiy   jarayonlarni   faollashtirishgan   bo‘lsa,   muayyan   guruhlarning   manfaatlari,
ayrim   shaxslarning   siyosiy   mavqe   uchun   intilish-lari   beqaror   siyosiy   muhitni
vujudga   keltirdi.   Xalq   deputatlari   s’ezdlari   va   kommunistik   partiyaning   nufuzli
yig‘ilishlarida   siyosiy   mojarolar,   o‘zaro   tortishuvlar,   shaxsiy   adovat   va
manfaatning   keskinlashuv   holatlari   yuzaga   keldi.   O‘zaro   to‘qnashuvlar   avj   olib,
mam lakat   oliy   rahbariyati   o‘rtasida   parokandalik,   o‘zaro   kelishmovchiliklar,
tarafkashlik   va   guruhbozlik   kuchaydi,   siyosiy   mavqeini   yo‘qotayotgan   rahbar
shaxslar o‘rtasi dagi kurashlar mamlakatni fojiali oqibat girdobiga torta boshladi.
Kremldagi   bunday   kelishmovchiliklar,   o‘zaro   ichki   ziddiyatlar   Markaz   bilan
ittifoqdosh respublikalar o‘rtasidagi munosabatlarning keskinla-shuviga ham sabab
bo‘ldi.   Asabiy   kayfiyat,   ruhiy   beqarorlik,   ma’naviy   ozurdalik   tufayli   hatto
Rossiyaning  o‘zida  –  Moskvada,  Leningradda  (hozirgi  Sankt-Peterburg)  Kremlga
ishonchsizlik   bildirishlar,   mamlakat   rahbariyatiga   ta’na-dashnomlar   yog‘dirishlar
avj   olib   ketdi.   Dastlab,   siyosiy   ano miya   holati   vujudga   keldi.   Umumdavlat
manfaatiga   xiz mat   qiladigan   g‘oyalar   atrofida   aholini   zo‘rlab   birlashtirish   uchun
endi   avvalgi   qudratli   tazyiq   mashinasi   ish   bermay   qo‘ygan   edi.   Ana   shunday
ijtimoiy-siyosiy,   ma’naviy-ruhiy   va   iqtisodiy   beqarorlikdan   talvasaga   tushgan
mamlakat   rahbariyati   fuqarolarni   chalg‘itish   yo‘li   bilan   davlatning   hududiy
yaxlitligini saqlab qolishga intila boshladi. O‘ z maqsadlariga erishish uchun   h atto
turli milliy va millatlararo mojarolarni uyushtirishdan  h am toyishmadi.
Sobiq   ittifoqda   qonunchilik   hokimiyati   y o‘q ligi   bois,   siyosiy   hukm   -   tazyiq
o‘ tkazish   orqali   boshqarish   vazifasi   q izil   mafkura   zimmasiga   yuklatilgan   edi.
Mafkuraviy   ta’sirning   bar h am   topishi,   huquqiy   doktrina   y o‘ql igi,   ma’muriy-
buyruqbozlik   tizimi   tobora   chuqurlashganligi,   boz   ustiga   bozor   iqtisodiyoti
elementlarining   paydo   b o‘ la   boshlashi,   milliy   ong   va   milliy   uyg‘onish
jarayonlarining   kuchayishi   mamlakatda   umumiy   xaos   holatini   tarkib   toptirdi.
Ijtimoiy   tartibsizliklar,   milliy,   jamoaviy,   mintaqaviy   va   shaxslararo   q arama-
qa rshiliklar   kuchayib,   bunday   vaziyat   jamiyatdagi   de struktiv   holatlarni chuqurlashtira   boshladi.   Siyosiy   ano miya   doiralari   kengayib,   iqtisodiyot   va
ijtimoiyotning   barcha   sohalarini   q amrab   oldi.   Natijada   totalitarizm   bilan
demokratiya, kommunistik mafkura bilan umumin soniy qadriyatlar o‘rtasida jiddiy
to‘qnashuvlar   sodir   bo‘ldi.   Bu   Gruziyada   Tbilisi   voqealari,   Ozarboyjon   va
Armanistonda Tog‘li   Qorabog‘ ,   Qi r g‘ izistonda   O‘ sh,   O‘ zbekistonda   esa   «paxta
ishi»,   «O‘zbeklar   ishi»,   s o‘ ngro q   Far g‘ ona,   Andijon,   Guliston,   B o‘ ka   va   Parkent
voqealari shaklida yuzaga keldi.
O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy muhit ta hl ikali va zid d iyatli tu s  oldi. YA’ni:
bir i nchidan,  «paxta ishi» va «O‘zbeklar ishi» degan ayblovlar bilan yangi  q ata g‘ on
dav ri   boshlandi.   K o‘ zga   k o‘ ringan   tajribali   ra h barlarning   asosiy   q ismi   jinoiy
javobgarlikka   tortildi.   Oqibatda   butun   mamlakatda   parokandalik,   loqaydlik   va
ishonchsizlik kayfiyati chuqurlashdi.
Ikkinchidan,   Fap6 demokratiyasiga  taqlid   qil ib, unga k o‘ r-k o‘ rona ergashgan
soxta   demokratlar   ijtimoiy   fikrni   chal g‘ itib   xal q ni   maydonlarga   chorlay
boshladilar.   Minglab   odamlarni   o‘ zlariga   ergashtirib   norozilik   mi-   tinglarini
uyushtirdilar. Fuqarolik urushi xavfi yuzaga keldi.
Uchinchidan,   respublikada   norozilikni   kuchaytirish,   odamlarni   chal g‘it ish,
millatni bo‘lib tashlash maqsadida tumanlar, viloyatlar va turli vazirliklar   qo‘ shib
yuborildi.
Tuman va viloyatlarning  qo‘ shib yuborilishi mamlakat iqtisodiy taraqqiyotiga
keskin zarba berish bilan birga odamlar kayfiyatiga  h am salbiy ta’sir ko‘rsatdi.
T o‘ rtinch i dan,   aholi   ti g‘ iz   joylashgan,   ijtimoiy   muammolar   keskin - lashgan,
moddiy   jihatdan   q iynalib   q ol ga n   mintaqalarda   millatlararo   nizolarni   keltirib
chi q arishdi   va   shu   y o‘ l   bilan   aholini   mustaqillikka   erishishdan   iborat   asosiy
maqsad   va   yo‘nalishlardan   chal g‘ itishga   intildilar.   Natijada   Far g‘ ona,   Andijon,
Guliston, B o‘ ka, Parkentda  qo nli to‘qnashuvlar vujudga keldi.
Beshinch id an,   kommunistik   mafkuraning   «din   –   af’yundir»   degan   da h riylik
shiori   odamlar   qalbini   jaro h atladi.   Jamiyatda   yuz   bergan   parokandalik   va
tartibsizlik   paytida islom dinidan  o‘ z manfaati y o‘ lida foydalanu v chi aqidaparastlar
paydo   bo‘lib,   d iniy   partiyalar   atrofida   birlashib,   hokimiyat   uchun   kurashni   avj oldirdilar. Islom Karimov ana shunday muammolar   q alashib ketgan murakkab va
zildiyatli paytda hokimiyat tepasiga keldi.
Respublikadagi   yalpi   anomiya   holatini   tartibga   tu sh irish,   axloqiy- m eyoriy
muvozanatnn   qaror   topt i r i sh,   ma’naviy   b o‘ shli q ,   ijtimoiy   hayotdagi
parokandalikni   bartaraf   etish   zarur   edi.   Ma’muriy   tizimning   b o‘ shligi,   mahalliy
hokimiyat organlari faoliyatining sustlashganligi, tartibsizlikning avj olganligi kabi
jamiyat   va   odamlar   hayotida   xavf   tu g‘ diruvchi   holatni   bartaraf   etish   lozim   edi.
Birinchi   Prezident   Islom   Karimov   Respublika   ra g‘ bari   sifatida   faoliyat   ko‘rsata
boshlagan   dastlabki   kunla-   ridano q   O‘zbek   xalqi   manfaatlari,   sha’ni   va   g‘ ururini
himoya   qilishga   kirishdi.   Yurtboshimiz   O‘zbeklar   sha’niga   yo g‘ dirilgan
b o‘ xtonlarga   javoban:   «O‘zbek   xalqining   vijdoni   pok.   Far g‘ ona   voqealari   o‘zbek
xalqining   irodasi   bilan   sodir   bo‘lmadi.   Bu   voqealarga   tuturu q siz   va   g‘ ara z li
maqsaddarni   k o‘ zlab,   kim   qanday   bu yoq   bermasin,   tarix   albatta   o‘ zining   adolatli
hukmini   chiqaradi.   Baynalminalchilik,   me h mond o‘ stlik,   yaxshilik,   qalb   saxovati
h amisha O‘zbek xalqiga xos fazilatlar bo‘lib keldi. Xalqimiz hech qachon boshqa
xal ql arga   nisbatan   dushmanlik   kayfiyatida   b o‘ lmagan.   Bu   qa dimiy   va   hozirgi
tariximizdan olingan k o‘ pgina misollar bilan isbot qilingan» 2
, degan nu q tai nazarni
qat’iyat bilan ilgari surdi va mavjud tasav vurlar mazmunini o‘zgartira bildi.
Jamiyatda   mavjud   xaos   va   anomiya   holatlariga   barham   berildi.   «Paxta   ishi»
bilan   bog‘liq   ommaviy   q ata g‘ on   ishlariga   nuqta   qo‘ yildi.   Viloyatlar,   tumanlar
ma’muriy-iqtisodiy   hududlari   qaytadan   k o‘ rib   chiqildi.   Millatlararo
munosabatlarni   barqarorlashtirishning   yangi   konsepsiyalari   ishlab   chiqildi.   Dinga
munosabat   o‘zgartirilib,   islom   dinining   ma’naviy,   ma’rifiy   va   tarbiyaviy
g‘oyalaridan   keng   foydalanish   choralari   k o‘ rildi.   Ma’naviy   va   ruhiy
yangilanishlarning   amaliy   yakuni   sifatida   birinchi   Prezident   Islom   Karimov
«Barcha   masalalarni   h al   etish   uchun   siyosiy   sistemani   isloh   qilish   zarur» 3
,   degan
masalani o‘rtaga  qo‘ ydi.
Ana   shunday   g‘oyalar   va   islo h otlarga   tayyorgarlik   kon sepsiyasi
mustamlakachilikdan   ozod   bo‘lish,   mustaqillikka   erishish   g‘oyalari   bilan   ulanib
2
 “Совет Ўзбекистони” газетаси. 1989 йил 20 август.
3
  “Совет Ўзбекистони” газетаси. 1989 йил 20 август. ketdi.   Mamlakat   rahbari   Islom   Karimov   o‘ zining   strategik   maqsadini   aniq   va
ravshan   o‘ rtaga   tashladi:   «Mamlakat   katta   falokat   yo q asiga,   jar   yo q asiga   kelib
q olganini   k o‘ rib   turibmiz.   Xalq   o‘ zi ning  ertangi   kuniga   ishonchini   kundan-kunga
y o‘q otyapti.   Odamlar   o‘ zlarining,   oilasining,   bola-cha q asining   tinchligiga   kafolat
istaydi. T o‘ kis, xotirjam   hayo t talab   q ilyapti. Bu istaklar, bu talablar safsatabozlik
va va’dabozlik ostida k o‘ milib ketyapti.
O‘zbekiston   rahbariyati   he ch   qachon,   qanday   ittifoq   b o‘ lmasin,   kim   bilan
ittifoq b o‘ lmasin, qanday sharoit b o‘ lmasin, ikkinchi darajali rolga rozi bo‘lmaydi,
bun ga y o‘ l  h am  qo‘ ymaydi» 4
.
Birinchi   Prezident   Islom   Karimov  siyosiy   aldovlar   va  va’dalarga   ishonmadi,
xalqimiz   uchun   ikkinchi   y o‘ l   qa ramlmk   va   mutelik   ekanligini   anglash   zarur ligini
ijtimoiy   siyo sat   darajasiga   k o‘ tardi.   Q addi   va   q albi   zabun   xa lq imiz   uchun   faqat
bitta y o‘ l  –  mustaqillik y o‘ li bor, degan ishonch bilan qat’iy harakat qildi, Ana shu
siyosiy   qat’iyat,   kuch li   g‘oyaviy   e’tiqod   va   shaxsiy   iroda   kuchi   jarga   q ula yo tgan
respublikani asrab, uni mu qa rrar ijtimoiy falokat va halokatdan sa ql adi. Jamiyatda
asta-sekinlik   bilan,   bos q ichma-bosqich   barqaror   ma’naviy-ruhiy,   siyosiy-ijtimoiy
muhit vujudga kela boshladi.
O‘zbekistonning   butun   uch   ming   yillik   tarixi   mobay nida   biror-bir   millat
nomiga qo‘yilgan davlat yoxud im periya amal qilmagan. Movarounnahr va uning
atrofini   qamrab   olgan   katta   geopolitik   makonda   faqat   sulolaviy   yoxud   jug‘rofiy
nomlanishlarda   saltanatlar,   davlatlar   xalqlarni   siyosiy   jihatdan   uyushtirib   kelgan.
Hozir   biz   guvohi   bo‘lib   turgan   O‘zbekiston   davlati   xalqimizning   asriy   orzu-
umidlarini,   ilk   mustaqil   davdatchiligi-mizni   ifodalovchi   ulug‘   voqelik,   tengi   yo‘q
buyuk qadriyatdir. Islom Karimov esa shu ulug‘ voqelikning ijodkoridir.
Ma’lumki,   O‘rta   Osiyo   xalqlari   o‘zining   ming   yilliklar   mobaynida
shakllangan boshqaruv siyosati, serqirra hamda teran ildizli davlatchilik an’analari
bi lan   jahon   davlatchiligi   taraqqiyotiga   kuchli   ta’sir   ko‘rsatib   keldi.   SHarq
davlatchiligi   tarixida   chuqur   iz   qoldirgan   Afrosiyob,   Somoniylar,   Qoraxoniylar,
Muhammad   Xorazmshoh   tomonidan   adolat   va   insonparvarlikka   tayangan   davlat
4
 “Халқ сўзи” газетаси. 1991 йил 1 сентябрь. tizimlarining   shakllantirilishi,   sohib-qiron  Amir   Temurning   markazlashgan   davlat
tuzishi   va   millat   iftixori   uchun   kurashishi,   salkam   500   yil   amal   qilgan   buyuk
temuriylar   saltanatiga   asos   solishi,   Mirzo   Ulug‘bekning   fan   va   madaniyat
ravnaqiga,   Husayn   Boyqaroning   adabiyot   va   san’at,   ilm   ravnaqiga   yo‘l   berishi,
hunar   ahliga   rahnamoligi,   Zahiriddin   Muhammad   Bobur,   Humoyun,   Akbar   shoh,
SHox   Jahonlarning   turli   din   va   mazhabdagi   xalqlarni   birlashtirib,   odil   va
insonparvar   davlat   tarkib   toptirish   yo‘lidagi   tajribalari   kishilikning   ijtimoiy,
ma’muriy birlashuv jarayonlari tarixidagi muhim bosqich sifatida tan olingan.
Jahon siyosatdonlari  mamlakatimizda erkinlik tamoyillari  ijtimoiy muhitning
barcha jabhalarida amal qila boshlaganligini, qonunga hurmat bilan qarash, qat’iy
intizom   turmush   tarziga   singib   borayotganligi,   umum   tomonidan   qabul   qilingan
odatiy   holatlarga   aylanib   borayotganligini   e’tirof   etmoqdalar.   Islom   Karimov
milliy   davlatchilik   poydevorlarini   tiklash   asnolarida   yuzaga   kelgan   muammoviy
vaziyatlarni   xal   etish   hamda   ijtimoiy   voqelik  jarayonlariga   yondashishda   ana   shu
ta rixiy tajribalar va fuqarolar ma’naviy-ruhiy ehtiyojlaridan kelib chiqadi.
Nemis faylasufi Gegel iborasi bilan aytganda, «har bir davlat qurilishi ma’lum
xalq   milliy-ma’naviy   mahsuli,   o‘zligini.   namoyon   etish   va   ma’naviy-onglilik
taraqqiyotining   pillapoyasidir.   Bu   taraqqiyot   zinani   qadam-baqadam   bosib,   bir
me’yordagi harakatni, vaqtdan uzib ketmaslikni taqozo etadi. Vaqt hamma narsaga
qodir. Unda tafakkur, falsafa... hamma narsa mujassam» 5
.
Davlat   tizimining   tarkib   topish   evolyusiyasi,   uning   o‘ziga   xos   qonuniyatlari,
murakkabliklari   va   talablari   xususida   gapirar   ekan,   Gegel   ijtimoiy   o‘zgarishlarni
inqilobiy usullarda amalga oshirish nechog‘li zararliligi xususida alohida to‘xtalib,
yangiliklarni   inqilobiy   tarzda   joriy   etish   hamma   vaqt   vayronagarchiliklarga   olib
kelishini,   yangi   shakllarni   esa   faqat   tadrijiy   tartibotlarda   sekinlik   bilan   amalga
oshirish zarurligini uqtiradi. Davlat qurilishi jonli hodisa sifatida doimiy harakatda,
o‘zgarishlar asnosidadir 6
, degan fikrni asoslaydi.
O‘zbek   milliy   davlatchiligi,   uning   shakllanish   jarayo ni   xususida   gap   borar
ekan, shu o‘rinda, Gegel falsafa si va uning evolyusion qonuniyat-laridan farq qilib,
5
  Гегель. Философия права. М., 1990. стр. 469.
6
  Гегель. Философия права. М., 1990. стр. 469. Birinchi   Prezident   Islom   Karimov   ishlab   chiqqan   davlat   qurili shi   va   amaliyotiga
doir konsepsiyaning yangi davr shart- sharoitlarini puxta hisobga oluvchi mantiqiy
tizim   si fatida   muhimligi   va   ijtimoiy   qimmatiga   ko‘ra   mukam mal   nazariya
ekanligiga   amin   bo‘lish   mumkin.   Gegel   ta’limotida   urg‘u   berilmagan   bir   muhim
jihat   –   mahalliy   shart-sharoitlar,   milliy   ruh,   mintaqadagi   ijtimoiy-tarixiy
tajribalarning o‘rni va roli Islom Karimov asarlarida chuqur ilmiy-nazariy asoslab
beriladi   va   ama-   liyot   orqali   sinovdan   muvaffaqiyatli   o‘tkaziladi.   Darhaqiqat,
milliy mentalitet o‘ziga xosligiga, dunyoqarash, an’analar va ehtiyojlar mantig‘iga
asoslanmagan   g‘ar   qanday   davlat   tizimi   uzoq   yashay   olmaganligi   tarixiy   taj-
ribalardan ma’lumdir.
Jahon   davlatchiligi   tarixi   ijtimoiy   tuzumning   bir   holatdan   ikkinchi   holatga
o‘tishi kabi inqilobiy o‘zgarishlar jarayonini ko‘p ko‘rgan. Ana shunday murakkab
sha roitda   turli   davlatlar   turlicha   yo‘l   tutishgan.   Biroq,   taj riba   shuni   ko‘rsatadiki,
tub burilishlar paytida kuchli ijro hokimiyatini vujudga keltirish, qat’iy tartibotlar,
huquqiy boshqaruv tizginini mahkam tutish o‘ta  zarurdir. 
Mamlakatda   qonun   ustuvorligiga   erishish,   butun   boshqaruv   tizimida   ijro
intizomi   mavqeini   oshirish,   qonun ga   bo‘ysunib   yashashni   aholining   turmush
tarziga   aylantirish   demokratik   davlatning   sifat   ko‘rinishi,   fuqaro lik   jamiyatining
xususiyatlaridir.   Biroq   mamlakatda   ana   shunday   holatni   barqaror   ta’minlashning
Uo‘ziga xos murakkab tomonlari bor. Bular:
-   birinchidan,   aholi   dunyoqarashi,   huquqiy ,   siyosiy   va   iqtisodiy   bilimlar
darajasini doimiy va   izchil   yuksaltirish bilan bog‘liq muammolar;
-   ikkinchidan,   ma’naviy   va   axloqiy   barkamollikka   intilishni   hayotiy   zarurat
darajasiga   chiqarish,   xhar   bir   fuqaroning   o‘zini   o‘zi   boshqarishi   va   o‘zini   o‘zi
nazoratga   olishi   kabi   murakkab,   vaqt   talab   etadigan   ma’naviy-   ruhiy   o‘zgarishlar
bilan bog‘liq muammolar;
-   uchinchidan,   ijtimoiy   adolat   tamoyillarini   davlat   va   jamiyat   tizimida   hal
qiluvchi qoidalar darajasiga yuksaltirish bilan bog‘liq muammolardir.
Inson   ruhiyati,   ongi   va   dunyoqarashida   jiddiy   tadri jiy   o‘zgarishlar   yuz
berayotgan,   vaqt   va   sabr   talab   etadi gan   murakkab   jarayonlar   amalga   oshayotgan, kuchli ijroiya hokimiyatiga ehtiyoj kuchaygan tarixiy sharoitlarda mamlakatimieda
mavjud   vaziyat   taqozosiga   ko‘ra   mantiqan   to‘g‘ri   yo‘l   tutildi.   Ammo   bu   borada
qilingan   sa’y-harakatlar,   ya’ni   rahbarning   shaxsiy   mas’ulligi   va   javobgarligi
masalalariga, qat’iy tartibotlarga ko‘proq ypg‘y berilayotganligi, davlat boshqaruv
organlarining   ba’zi   bo‘g‘inlarini   o‘z   vakolatiga   ola   boshlaganligi   ayrim
siyosatchilar chiqishlarida bir muncha tanqid qilina boshlandi.
Ammo   yuqorida   aytilgani   kabi,   o‘tish   davrida   boshqaruv   jarayonlariga
yondashuv   o‘zgacha   bo‘lishi,   uning   xaotik   holatlarda   kechishiga   yo‘l   qo‘ymaslik
muhim   ahamiyatga   egadir.   2002   yil   27   yanvarda   o‘tkazilgan   umumxalq
referendum   natijalariga   ko‘ra   O‘zbekiston   Respublikasi   Konstitutsiyasiga
qo‘shimcha   va   o‘zgartishlar   kiritilgach,   prezident   vakolatlarining   bir   qismi   ijro
hokimiyatiga va qonunchilik hokimiyatiga berildi.
Parlamentar-respublika   boshqaruvi   joriy   etilishi   tarafdorlari   tarixiy   tajribani
bilmasliklari va eng muhimi, mamlakatimizdagi tinchlik va barqarorlikka g‘arazli
qarashlari   oqibatida   boshqaruvning   prezvdentlik-respublika   shakli   totalitar
tuzumga olib kelishi mumkin-ligini ro‘kach qilmoqdalar.
Aslida   esa   prezidentlik   –   respublika   boshqaruvida   hokimiyatni   demokratik
negizlarda   bo‘linishini   adolatli   tarzda   amalga   oshirish   imkoni   bor.   Yani   qonun
chiqaruvchi,   ijro   va   sud   hokimiyati   bir-biriga   daxlsiz   holda   ish   olib   boradi.
Prezidentlik   –   respublika   boshqaruvida   ijro   hokimiyati   Prezident   qo‘ lida   bo‘ladi.
Bu usul imko niyatlarini xalqaro hamjamiyat allaqachon tan olgan.
Boshqaruvning   parlamentar   –   respublika   usulida   Prezident   parlament
yi g‘i lishida,   uning   a’zolari   tomoni dan   saylanadi.   Prezidentlik   –   respublika
boshqaruvida   esa   u   umumxalq   saylovi   y o‘ li   bilan   barcha   fuqarolarning   ovoz
berishi   asosida   saylanadi.   Bunda   Prezident   o‘ z   vakolatini   parlamentning   sano ql i
a’zolaridan   emas,   balki   keng   xalq   ommasidan   ola d i.   Q olaversa,   buning   siyosiy,
huquqiy,   ma’naviy   va   demokratik   mazmuni   kengrok   ekan ligi   k o‘ pgina
siyosatshunos olimlar tomonidan e’tirof etilgan.
Mutaxassislarning   fikricha,   keyingi   yillarda   dav lat   boshqaruvining
parlamentar   —   respublika   va   monarxiya   shakli   o‘ rnatilgan   mamlakatlarda   h am hukumat   —   oliy   ijro   organi   asosiy   o‘ rinni   egallamoqda.   Masalan,   Olmoniya,
Buyuk Britaniya, Italiya, Yaponiya va boshqa mam lakatlarda ana shunday hodisa
yuz bermoqda.
Umuman   olganda,   birinchi   Prezident   Islom   Karimovning   boshqaruv
faoliyatida   qat’iylik,   ijro   intizomidagi   sobitlik   xususiyatlari   diktatura   k o‘ rinishi
yoki   davlat   q urilishidagi   nu q son   emas,   aksincha,   yuksak   talabchanlik   va   katta
mas’uliyatni   chuqur   h is   etish   ifodasidir.   Buni   birinchi   Prezident   Islom
Karimovning   «Komsomolskaya   pravda»   gazetasi   muxbiri   savollariga   bergan
javoblarida   ya qq ol   k o‘ rish   mumkin.   Jumladan,   u   shunday   deydi:   «Muxoliflarim
meni   diktator   q ilib   ko‘rsatishni   juda   xo hl aydilar.   Tan   olaman:   e ht imol   mening
h arakatlarimda   avtoritarizm   nisho nal ari   bordir.   Ammo   men   buni   faqat   bir   narsa
bilan   izo h layman:   tarixning   muayyan   davrlarida,   huquqiy   davlatchilik   qa ror
to p ayotgan   paytda,   ayni q sa   bir   tizimdan   ikkinchisiga   o‘ tish   davrida,   h ar h olda
kuchli   h okimiyat   zarur.   Q on   t o‘ k ili shiga   va   q arama-qarshilikka   y o‘ l   qo‘ ymaslik,
mintaqada millatlararo va fuqarolarning totuvligi, tinchligi va barqarorlikni sa ql ash
uchun shunday bo‘lishi zarur. Bu y o‘ lda men jonimni fido qilishga tayyorman» 7
.
Davlat   boshqaruvining   prezidentlik   –   respublika   shaklida   diktatura
chuqurlashadi, totalitarizm ga keng y o‘ l ochiladi, degan nu qt ai nazar asosan davlat
boshqaruvi bilan siyosiy rejim o‘rtasidagi farqni ajrata bilmaslik o q ibatida yuzaga
kelgandir.   CHunki   bir   qator   mamlakatlarda   bosh q aruv   turlicha   bo‘lgani   bilan
siyosiy rejim bir xilligicha   q olishi mumkin. YOki aksincha, masalan, Olmoniyada
–   davlat   boshqaruvining   parlament a r   –   respublika,   Fransiyada   esa   dualistik   –
respublika shakllari mavjud. Biroq ularning barchasida bir xil siyosiy tar g‘ ibotlar  -
demo k ratik   rejim   amal   q iladi.   Shunday   ekan,   O‘zbekistonda   h am   davlat
boshqaruvining qaysi usuli amal   q ilmasin, pirovard maqsad va intilishlarimiz xalq
h okimiyati   asosidagi   fuqarolik   jamiyati   q urish   ekan,   demokratik   rejim   h ayot
tarziga aylanishi  h ayot ta q ozosidir.
Umuminsoniy   tamoyillar   ustuvorligini   tan   olmaydigan,   pirovard   maqsadlari
mav h um,   jamoatchilik   fikrini   chal g‘ itadigan,   bir-biriga   antogonistik   g‘oyalar   va
7
 И.Каримов. Ўзбекистон: миллий истиқлол, иқтисод, сиёсат, мафкура. Т., “Ўзбекистон”, 19893, 141-бет. q arashlar amal qiladigan davlat tuzumi  h ech qachon uzo qq a bora olmaydi. Siyosiy
y o‘ nalishlari   va   tamoyillari   tez-   tez   o‘ zgarib   turadigan,   aniq   pozitsiyaga   ega
bo‘lmagan   bosh q aruv   tizimida   parokandalik   yuz   beradi.   Buni   Yugoslaviya,
Indoneziya, Filippin, Ukraina va MD H   tarkibidagi k o‘ pgina mamlakatlar misolida
ya qq ol k o‘ rishimiz mumkin.
Davlat   tizimini   izchil   mustahkamlab   borish,   boshqaruv   jilovini   ma h kam
tutish,   qonun   ustuvorligiga   eri shish   siyosiy   va   ijtimoiy   zarurat   ekanligini   buyuk
faylasuf   Abu   Nasr   Forobiy   h am   ta’kidlagan   edi.   Forobiy   ma’naviy   kamolotga
erishish shaxslarning  o‘ z- o‘ ziga bo‘lgan mas’ulligi, insoniy intizomining necho g‘ li
yuksakligiga   bog‘liqligini   asoslab   beradi.   Ulu g‘   mutafakkir   kamo lotga   erishish
y o‘ lini   h ar   bir   kishi   o‘ zi   uchun   mu q addas   suluk,   ilo h iy   qonun   darajasida
anglamo g‘ i zarurligini ta’kidlaydi. U ilohiy qonunni idrok etish uchun ikki narsaga
e’tibor   berishni   tavsiya   qiladi:   «Birinchisi,   sa’y-harakati,   h unari   va   maqsadlari
hokimga   (davlat   ra h bariga   -   N.   J.)   qarshi   bo‘lgan   yovuz   niyatli   odamlardan
shaxarni   (mamlakatni   -   N. J.)   tozalashdir.   Boshqa   bir   g‘oya   –   pand-nasi h at   yo‘li
bilan farovonlikka  intilish  va odamlarning  ilohiy  qonunni  osonlikcha  va  quvonch
bilan qabul qilishlarini ta’minlashdir» 8
.
O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi e’lon qilin - ganidan keyingi
tarixiy   vaziyat   shunday   ediki,   endi   davlatimiz   mustaqil   b o‘l di,   xalq   esa   o‘ z
ta q dirini   o‘ zi   belgilaydi,   deb   e’lon   qilishning   o‘ zigina   kifoya   emas   edi.
Mamlakatda davlat mustaqilligi bilan bog‘liq qonunlar tizimini yaratish zarur edi.
Ayni paytda isti ql ol g‘oyasini   h am faqat bir tomonlama -   h avoyi va yuzaki tal q in
qilib   b o‘ lmas   edi.   Binobarin,   erishilgan   mustaqillikni   sobit q adamlik   bilan
mustahkamlash   yo‘lida   izchil   kurashishga   da’vat   etadigan,   millat   sha’ni   va
oriyatini   qo‘ z g‘ gatadigan   kuchli   milliy   isti ql ol   g‘oyasini   yaratish   va   xalq   ongiga
singdirish lozim edi.
O‘zbekiston   mustaqil   davlat   deb   e’lon   qilingan   kunning   o‘ zidayo q
davlatchilik   atributlarini   joriy   qilish   yuzasidan   amaliy   choralar   k o‘ rila   boshlandi.
O‘zbekiston   Respublikasining   Davlat   bayro g‘ i,   gerbi   va   mad h iyasining   matni   va
8
 Форобий Абу Наср. Фозил одамлар шаҳри. Т., А.Қодирий номидаги халқ мероси нашриёти, 1993, 37-бет. musi q iy   bayoni   haqida   maxsus   q aror   qabul   qilindi.   Unda   Konstitutsiya
komissiyasining   ekspert   guru h iga   Davlat   bayro g‘ ining   variantlari   ustida   ishlashni
davom ettirish, Oliy Kengashning tegishli   qo‘ mitalari ga Konstitutsiya komissiyasi
ijodiy   guruhi   bilan   h amkorlikda   Davlat   bayro g‘i ,   mad h iyasini   taqlim   etish
topshirildi.
Istiqlol yo‘limizni  q onunlar bilan mustahkamlash, uning jahon  h amjamiyatida
tan   olinishi   O‘zbekistonning   xalqaro   ijtimoiy-siyosiy   muhitda   e’tirof   etilishining
muhim yo‘llaridan biri sifatida  qa raldi. Bir  qator  yosh mustaqil mamlakatlarda turli
siyosiy   kolliziyalar   avj   olib,   fikrlar   chuvalashib,   «kalavaning   uchi   topilmay
q olgan»   bir   paytda   O‘zbekiston   o‘ zining   h ar   bir   kuniga   va   olis   isti q boliga   qat’iy
ishonch   bilan   qa radi.   SHu ning   uchun   h am   u,   eng   avvalo,   davlat   ramzlarini,
isti q lolimiz   atributlarini   qabul   qilish,   mamlakatning   h u q u q iy   poydevorini   tiklash
yo‘lidan bordi.
O‘zbekistonning   davlat   mustaqilligiga   ega   bo‘lganli gi   buyuk   tarixiy
a h amiyatga   ega   voqea   hisoblanishi   q uyidagi   omillarga   k o‘ ra   yanada
ravshanlashadi.
Birinchidan,   o‘zbek   xalqi   uch   ming   yillik   tarixi   mo baynida   ilk   bor   o‘ z
ta q d i rini   o‘ zi  belgilash  huquqiga ega   b o‘ld i, sermusibat  xalqimiz mustaqil  davlat
hokimiyatining birdan-bir so h ibiga aylandi.
Ikkinch id an,   O‘zbekiston   mustaqilligi   mamlakatda   adolatli,   demokratik,
insonparvar jamiyat  q uri sh  uchun yo‘l ochib berdi,  o‘ z milliy davlatchilik tizimini
barpo qilishga imkoniyat yaratdi.
Uchinchidan,   mustaqillik   tufayli   O‘zbekiston   xalqaro   miqyoslarda   o‘ zini
tanitish,   ayni   cho g‘ da   xalqaro   huquq   me’yorlari   asosida   jahondagi   barcha
davlatlar  bilan  teng   h amkorlik   qilish   imkoniyatini   qo‘ lga  kiritdi.  Jahon   xaritasida
O‘zbekiston t o‘ la huquq l i mustaqil davlat sifatida  o‘ z  o‘ rniga ega bo‘ldi.
T o‘ rtinch i dan, iqtisodiyotda tub o‘zgarishlar  q il i sh uchun imkoniyat  yaratildi.
YA’ni   jahon   amaliyoti   isbotlagan   bozor   iqtisodiyotiga   o‘ tish   uchun  sharoit   barpo
etdi.   Mulkka   munosabat   tubdan   o‘zgarib,   jamiyatda   mulkdorlar   sinfini
shakllantirish uchun imkon ochi l di. Beshinch i dan,   mustaqillik   xalqiing   ma’naviy   uyg‘onishi   uchu n   imkoniyat
sifatida   yuzaga   kelib,   boy   madaniy   me rosga   egalik,   vorislik   an’analari   amal   q ila
boshladi.   YUrt   tarixi,   q adimiy   madaniyat   tiklana   boshlandi.   Xal q ning   azaliy   urf-
odatlari,   ma’naviy   qadriyatlari   uning   o‘ ziga   qa ytari ld i.   Dinga   munosabat   ijobiy
tomonga o‘zgardi. Adabiyotlar:
1. O’zb e kiston R e spublikasining Konstitutsiyasi. – T.: O’zb e kiston, 2011.
2. Davlat tili haqida (yangi tahriri). O’zbekiston Respublikasining qonuni. – T.:
O’zbekiston, 1997. – 22 b.
3. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. – T.: Sharq, 1997. – 63 b.
4. Ta'lim to’g’risida. O’zbekiston Respublikasining qonuni. – T.: O’zbekiston, 
1989. – 30 b.
5. Mirziyoev  SH.M.  Erkin  va  farovon,  demokratik  O‘zbekistan davlatini 
birgalikda barpo etamiz. - Toshkent.O‘zbekiston, 2016.  -53 b.
6. Mirziyoev SH.M.  Buyuk  kelajagimizni  mard  va olijanob  xalqimiz bilan 
quramiz. - Toshkent.O‘zbekiston, 2017  -484 b.
7. Mirziyoev  SH.M.  Qonun  ustuvorligi  va  inson  manfaatlarini ta’minlash-
yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi.  - Toshkent. 2017.  - 28 b.
8. Konstitutsiya – erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni yanada taraqqiy
ettirishning mustahkam poydevoridir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
SHavkat Mirziyoevning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul 
qilinganligining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimidagi 
ma’ruzasi.   http://uza.uz .
9. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti SH.M.Mirziyoevning 2017 yil 19 
sentyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkilot Bosh Assambleyasining 72-
sessiyasida so‘zlagan nutqi.  http://uza.uz .  
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning Oliy Majlisga 
murojaatnomasi//22.12.2017.  http://uza.uz .
11. Karimov  I.A.  Asarlar  to‘plami.  1-24  jildlar. - Toshkent. O‘zbekiston, 
1996-2016.
12. Karimov  I.A.  Yuksak  ma’naviyat  -  engilmas  kuch.  2-nashr  - 
Toshkent.Ma’naviyat, 2016. -176 b.
13. Ahmedova M. tahriri ostida.Falsafa. -T.: OFMJ, 2006
14. Shermuhamedova N. A. Falsafaga kirish -T.: -Noshir, 2013. 460 b
15. Qo‘shoqov SH.S. Dialektika rivojlanish konsepsiyasi.  –  S., 2000. –B. 8 6 .
16. R.G.Collingwood. The Idea of History. Oxford University Press, England, 
1994.
17. Ivin A.A. Vvedenie v filosofiyu istorii. M., 1997.
18. Barg M.A. Epoxi i idei. Stanovlenie istorizma. M., 1987.
19. Jo‘raev N. Tarix falsafasining nazariy asoslari.  - T., Ma’naviyat, 2008.
20. A.Beruniy. Tanlangan asarlar. – T., Fan, 1968.
21. Berdyaev N.A. Smыsl istorii. M., 1990.
22. Blok M. Apologiya istorii ili remeslo istorika. M., 1986.
23. Veber M. Izbrannыe proizvedeniya. M., 1990.
24. Gegel G.V.F. Filosofiya istorii. Sochinenie 8-mi tomax. M.-L. 1932-1959.

MUSTAQIL O‘ZBEKISTONDA TARIX FALSAFASI. REJA. 1. Buyuk davlat va siyosat arbobi I.A.Karimovning asarlari. Barkamol insonni shakllantirishda tarixning tutgan o‘rni. 2. . Tarixning milliy g‘oya va milliy mafkuraning shakllanishida tutgan o‘rni. Tarix va milliy taraqqiyot masalalari. 3. Mustaqillik va tarixga yangicha nazar. Tarixni xolisona o‘rganish masalalari. Milliy istiqlol va g‘oyaviy-siyosiy dunyoqarash. Vatanparvarlik g‘oyasi va tarix. 4. Milliy o‘zlikni anglashda tarixni tutgan o‘rni. Tarixiy va falsafiy merosni o‘rganish masalalari.

XX a s rning so‘nggi o‘ n yilligi insoniyat tarixida yangi davrni boshlab berdi. Totalitarizm, ma’muriy-buyruqbozlik va zo‘ravonlik g‘oyalariga tayangan sotsializm barbod b o‘ld i. G‘ ayriinsoniy g‘oyalar tashvi q otchisi bo‘lgan kommu - nizm mafkurasi inqirozga uchrab, mustamlakachilikning so‘nggi qo‘ r g‘ onlari q uladi. Bashariyat taqdirida inson va jamiyatni ozod etishning yangi bosqichi, yalpi yangilanishlar jarayoni boshlandi. Bunday tarixiy o‘zgarishlar dunyo iqtisodiy, ma’naviy h amda ijtimoiy-siyosiy jarayonla - rining ilgari misli k o‘ rilmagan keng mi q yosli yangilanishlar pallasiga kirganligining ravshan ifodasidir. Umumjahoniy yangilanishlar jarayoni avval muayyan mamlakat, keyin bir guru h davlatlar, oxir-oqibatda barcha mamlakatlar taqdiriga, jamiyatlar va jamoalar, alohida insonlar hayotiga bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsata boshladi. Dunyo yangilanishlari jarayoniga h ar bir davlat o‘ z taraqqiyot k o‘ lami, ilmiy- ma’rifiy va ma’naviy sa viyasi, kamoloti darajasidan kelib chiqqan h olda kutila boshladi. O‘zbekiston umumplanetar o‘zgarishlar jarayonlari o q imida o‘ zining betakror ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy yangilanishlari dasturiga ega bo‘lgan mamlakat sifatida o‘ ziga xos va o‘ ziga mo s mav q e egalladi. Yangi sivilizatsiya va insoniyat taraqqiyotiga kuchli ta’sir o‘ tkazishga qodir bo‘lgan davlat sifatida o‘ zining keng imkoniyatlarini namoyon eta boshladi. O‘zbekistonda amalga oshirilgan fav q ulodda keng k o‘ lamdagi ishlar hozirgi zamon jahon sivilizatsiyasi bilan mushtarak ekanligi alohida q ayd etilishi lozim. O‘zbekistonda milliy, regional va umumplanetar m o‘ ljallar doirasida izchil va tadrijiy kechayotgan yalpi o‘ zgarishlarni o‘ z vaqtida o‘ rganish, amalga oshirilayotgan ij timoiy-siyosiy jarayonlarni ta hl il etish, ba l olash h amda ilmiy- nazariy umumlashmalar qilish asnosida bu jara yo n - larni ma q sadli bosh q arish O‘zbekistondagi yangilanishlar rivoji o‘ ziga xos kechayotganligini ifoda etadi. Ijtimoiy-i qt isodiy, ma’naviy hayotni maqsadli takomillashtirish, bu muhitni umuminsoniy va milliy tamoyillar uyg‘unligi ruhida rivojlantirish, siyosiy plyuralizmga shart-sharoitlar yaratish, liberalizm muhitini har tomonlama

kengaytirishga da’vat etish orqali mamlakatimizda yalpi yangilanishlar jarayoni boshlanishiga nazariy poydevor qo‘yildi. Davlat tuzumi, jamiyat qurilishi va shaxs ma’naviy dunyosini tubdan isloh qilish yangilangan davlat, o‘zgargan jamiyat va komil shaxsni yara tish imkonini berdi. Davlat, jamiyat va shaxsni yangilash jarayonlari, bu jarayonlarni maqsadli boshqarish nechog‘li aqliy shijoat, dono siyosat hamda matonatni talab etganligiga bugungi kunda amin bo‘lib turibmiz. Zero, bu boshqaruv sermashaqqat va murakkab kechuvchi ijtimoiy-siyosiy voqealar, mafkuraviy ta’sir va tazyiqlar, maxsus yuzaga keltirilgan moddiy- moliyaviy tangliklar holatlari sharoitida amalga oshirildi. O‘zbekiston yalpi yangilanishlar jarayonini ikki o‘zaro uzviy bog‘langan yo‘nalishlarda amalga oshirishga kirishdi. Birinchisi, mamlakatning ichki dunyosida, ya’ni iqtisodiyot, ma’naviyat, siyosat, turmush tarzida, xalq xarakteri va mentalitetida rejaviy asoslarda amalga oshirilayotgan yangilanishlar majmuidan iborat bo‘lsa, ikkinchi yo‘nalish – xalqaro ijtimoiy muhit manzarasini takomillashtirish, ya’ni qarama-qarshi kuchlar o‘rta sidagi ziddiyatlarni barqarorlashtirish, kolliziya muhitidan murosa, hamkorlik munosabatlari, tinchlik madaniyatiga o‘tish, millatlararo, davlatlararo, konfessiyalararo tolerantlik munosabatlarini chuqurlash-tirish, insoniyatga umumiy xavf tug‘diruvchi terrorizm, narko biznes, ekstremizmga qarshi xalqaro tashkilot tuzilmalariga asos solish va boshqa faoliyatlar majmuidan tashkil topadi. O‘zbekistonda yalpi yangilanishlar jarayoni mamlakatimiz birinchi Prezidenti Islom Karimovning qonunlar o‘zgarishlar jarayonlaridan avval yurishi kerak, degan metodolo gik ko‘rsatmasi asosida amalga oshirila boshladi. Dastavval, O‘zbekiston mustaqill igi nin g huquqiy - me’yoriy asoslari yaratildi. Mamlakatning istiqlol Konstitutsiyasi qabul qilindi. Milliy davlat tizimi an’anaviy davlatchilik. g‘oyalari va jahon davlatchiligi ilg‘or tajribalarining sintezi shaklida barpo etildi. Boshqaruvda yangi usullar qaror topdi. Mahalliy davlat hokimiyati tizimida tub o‘zgarishlar yasaldi. Nodavlat tuzilmalar, jamoat tashkilotlari va o‘z- o‘zini boshqarish organ- larining vakolatlari kengaytirildi.

K o‘ p partiyaviylik tizimi tarkib topishiga keng sha roit yaratildi. Jamiyat hayotida sog‘lom demokratik jara yonlar muhiti vujudga keldi va chuqurla sh di. Inson haq- huqu ql ari va erkinliklarini ta’minlashning huquqiy asoslari vujudga kelmo q da. Sud hokimiyati mustaqillik mohiyati va hozirgi zamon xalqaro huquq tamoyillari negizida tubdan isloh qilindi. Millatlararo totuvlikni ta’minlash choralari k o‘ rildi. Milliy xavf s izlik konsepsiyasi ishlab chiqildi. Mamlakat h ududiy yaxlitligini va tinchligini ta’minlashga q odir bo‘lgan zamonaviy q urolli kuchlar tizimi yaratildi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning asosiy tamoyillari doirasida aholini kuchli ijtimoiy himoyalash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi qilib belgilandi. Iqtisodiy islohotlarning «O‘zbek modeli» vujudga keldi. Makroiq-tisodiyotni barqarorlashtirish, pul-kre dit siyosati tamoyillari ishlab chiqildi. Mulkchilik, mulkka egalik tushunchalari shakllandi. Mulkdorlar tabaqasi vujudga keldi. Xususiy mulkka egalikning yangi tizimi barpo etildi. O‘zbekistonda ma’naviy-ruhiy poklanish, milliy qadriyatlarni tiklash, vorislik an’analariga sadoqatli avlodni tarbiyalash va amaliyotga joriy etish konsepsiyasi ishlab chiqildi. Mamlakatimizni ozod va obod jamiyatga aylantiruvchi, vatan ravnaqini ma’naviy ta’minlab beruvchi milliy istiqlol g‘oyasi shakllandi. Milliy istiqlol mohiyati va mustaqillik g‘oyalarini anglashda tarixiy shaxslar, buyuk allomalar va sarkardalar, xususan, Ahmad Farg‘oniy, Burhoniddin Marg‘inoniy, At-Termiziy, Imom Buxoriy, Al-Moturidiy, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Bobur va boshqa ulug‘ ajdoddarimiz haqidagi ta rixiy haqiqatning ro‘yobga chiqishi katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an’analarning tiklanishi, yangi jamiyat qurishda ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot va ta’lim-tarbiyaning roli oshirildi. Bu sohani tubdan isloh qilish va yangilash jarayonlari izchil amalga oshirilmoqda. Mustaqil O‘zbekiston jahon hamjamiyatining teng huquqli va faol sub’ektiga aylandi. U Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligida o‘ziga xos va o‘ziga mos o‘ringa ega bo‘lib, mintaqa taraqqiyotida muhim rol o‘ynay boshladi. Markaziy Osiyo

davlatlari bilan o‘zaro hamkorlik va qardoshlik munosabatlarini yanada rivojlantirishning strategik yo‘nalishlari ishlab chiqildi. Bunday keng ko‘lamdagi o‘zgarishlar va yangilanishlar jarayoni chuqur asoslangan ilmiy-nazariy tahlilni, nazariy umumlashmalar, xulosalar chiqarishni, amaliy tavsiyalar ishlab chiqishni ijtimoiy-gumanitar fanlar oldiga dolzarb muammo sifatida qo‘ymoqda. Darhaqiqat, yalpi o‘zgarishlar jarayonlarining pirovard natijasida ijtimoiy ong mazmunida o‘zgarishlar yuz bera boshladi. Odamlar tafak-kurida, fe’l-atvorida, sa’y-harakatlarida yangi qadriyatlar qaror topdi. Hayotga munosabatlar tizimi o‘zgardi. O‘zbek mentaliteti, milliy xa rakter mazmunida yangi jihatlar tarkib topa boshladi. Bu bevosita siyosiy, iqtisodiy, huquqiy va ma’naviy sohada tub yangilanishlarga, o‘zgarishlarga ma’naviy asos bo‘lib xizmat qildi Mamlakatda huquqiy demokratik davlat kurish va fuqarolik jamiyatini shakllantirishning o‘zbekona tamoyillari vujudga keldi. Siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy barqarorlikka erishildi. Ma’naviy-ruhiy poklanish, milliy qadriyatlarning tiklanishi orqali istiqlol davri fuqarosi vujudga keldi. Xullas, O‘zbekistonning jahon hamjamiyatida o‘ziga xos va o‘ziga mos o‘ringa ega bo‘lganligi, YUrtboshimizning dunyo muammolarini hal etishda, jahon ijtimoiy-siyosiy jarayonlarini umuminsoniy tamoyillar va umu man yaxshilik sari burishda faol sa’y-harakatlar zarurligini asoslab berayotganligi mamlakatimizning jahon hamjamiyatining faol sub’ektiga aylanayotganidan dalo lat beradi. O‘zbekistonning ko‘hna dunyoni isloh qilish, uni yangi g‘oyalar asosida o‘zgartirish konsepsiyalari dunyo jamoatchiligi tomonidan to‘la ma’qul-lanib, qo‘llab-quvvatlanayotganligi o‘zbek xarakteri o‘zgarganligidan, xalq ongi, ruhiyati, mentaliteti yangilanayotganligidan dalolat be radi. Ana shunday sharoitda, ya’ni, istiqlol davri fuqarosi tarkib topganligi va yangilanishlar jarayonining uzviy- uzluksiz rivoj topayotganligi hamda ma’naviyat mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-intellektu al taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchi bo‘lib borayotganligi bu masalalarni ilmiy-nazariy asoslash zaruriyatini kun tartibiga qo‘ymoqda.