logo

HARBIY XIZMAT OTLARINING ORGANIZMIDA MASHQ QILDIRISH VA MUSOBAQA PAYTIDA PAYDO BO’LADIGAN O’ZGARISHLAR

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

491.5498046875 KB
HARBIY XIZMAT  OTLARINING ORGANIZMIDA
MASHQ QILDIRISH VA MUSOBAQA PAYTIDA
PAYDO BO’LADIGAN O’ZGARISHLAR
Reja: 1. Sport otlarining shikastlanishlari .
2. Trening davri kasalliklari .
3. Zoogigiyenik   talablarni   bajarmaslikdan
kelib chiqadigan kasalliklar .
4. Mashq   vaqtida   shikastlanishlarga   karshi
qo’llaniladigan  moslamalar  
5. Sport  otlarining toliqishi va zo’riqishi .
6. Mikrotravma,   bo’g’im   va   paychalarning
zararlanishi
7. Otlarni   h addan   ziyod   mashq   qildirish
xolati.  Travmatik shok  
8. Davolovchi reabilita t siya 1 .  Sport otlarining shikastlanishlari
Sport   otlarda   shikastlanishlar   asosan   mashq   qildirish   jarayonini   va
musobaqalarni   yomon   tashkillashtirishdan   kelib   chiqadi.   Undan   tashqari,   ko’p
hollarda sportda yuqori  natijalarning orqasidan  quvib otlarning fiziologik holati va
ko’nikmalik   tayyorgarligi   xisobga   olinmaydi.   Trener   va   chavandoz   otning   kuchini
va   chidamliligini   oshirish   o’rniga   organizmning   anatomik   va   fiziologik
xususiyatlarini   inobatga   olinmasdan   mashq   qildirish   (trening)   usullarini
belgilaydilar.  Ayrim hollarda shikastlar sportchi va xizmatkorlarning otga nisbatan
bo’lgan   noto’g’ri   va   qo’pol   munosabatlaridan   kelib   chiqishi   mumkin.   Mashqda
birin   –   ketinlik,   ehtiyotkorlik   va   individual   yondoshish   prinsiplariga   ahamiyat
bermaslik otning xolsizlanishi va shikastlanishiga olib keladi.
  Shikastlar   ko’pincha   ot   to’siqdan   sakrab   o’tishda,   yiqilganida,   mashq
qilinadigan   joyning   yaxshi   tayyorlanmasligida,   sport   inventarining   nosozligida,
taqaning   tishlari   bo’lmaganida   paydo   bo’ladi.   Otlarni   noto’g’ri   egarlash   yag’rin,
yelka,   orqa   va   ko’krak   devorining   jarohatlanishiga   olib   kelishi   mumkin.
Hayvonning   haddan   ziyod   charchashi     harakat   koordinasiyasi   va   ishlab
chiqilayotgan   reflekslar   buzilishiga   sabab   bo’ladi.   Shuning   uchun   yaxshi
tayyorlangan   ot   ham   charchagan   holida   shikastga   olib   boruvchi   hatolarga   yo’l
qo’yishi   mumkin.   Tayanch   –   harakat   apparati   tomonidan   bir   xil   takrorlanadigan
harakatlarni bajarish muskul va paylarning mikrouzilishlariga olib keladi. 
Sport   otlari   shikastlarining   profilaktikasida   og’ir   ishdan   so’ng   ot
ishchanligini   yuqori   darajada   va   tez   tiklashga   qaratilgan   sharoitlarni   yaratish   va
otda   jarohat   hamda   boshqa   kasalliklar   paydo   bo’lganda   uning   funksional
xususiyatlarini   stimulyasiya   qilish   kabi   choralar   katta   rol   o’ynaydi.   Bu   yerda   ot
organizmi   fiziologik   funksiyalarining   o’z   –   o’zidan   tiklanishida   biologik   omillar
katta   ahamiyatga   ega.   Bunday   omillarga   quyidagilar   kiradi:   otga   yaxshi   asrash
sharoitlarini   tashkillashtirish   ya’ni   toza   havo   kiradigan,   yoruq,   to’shamali   polga
ega dennikda dam oldirish; otni to’liq rasion bilan ta’minlash;  rasional  treninngni
tashkil qilish.
2 .  Trening davri kasalliklari Ot   sportining   oliy   turlarini   (vыyezdka)   bajaradigan   otlarda   quyidagi   asosiy
shikastlar   kuzatiladi:   tushoq   va   yelka   –   kurak   bo’g’imlar   bog’lamlarining
cho’zilishi, yelka kamari muskullarining yallig’lanishi, tuyoq kaftining lat yeyishi,
tuyoq   aylanasining   jarohatlari.   Zararlanishlarning     hosil   bo’lish   mexanizmida   ot
oliy   maktab   turlarining   elementlarini   bajarishi   paytida   oyoq   bo’g’imlari   va
muskullariga   tushadigan   katta   zo’rlanishlar,   otni   uzoq   vaqt   mobaynida   minish
elementlarini   bajarishga   undaydigan   chavandozning   malakasizligi,   oyoqlarning
tug’ma   noto’g’ri   bosilishi,   mashq   bajariladigan   yerning   haddan   ziyod   qattiqligi
yoki yumshoqligi va notekisligi, manej yuzasida mayda toshchalarning mavjudligi
va boshq. ishtiroq etadilar. Konkur musobaqasida qatnashadigan otlarda ko’pincha
oyoq   apparatining   muskul   va   paylari   zararlanadi,   xususan   shikastga   barmoq
bukuvchi   yuza   payi   va   oldingi   oyoqlarning   o’rta   suyaklararo   muskullar,   yelka   –
bosh,   kurakning   o’simta   oldi   va   deltasimon   muskullari   chalinadi.   Qattiq   yerda
mashq   qilishda   oldingi   oyoqlarning   kaftida   lat   yeyishlar   hosil   bo’ladi.   Undan
tashqari   konkurda   qatnashadigan   otlarda   kaft   suyaklarining   periostiti   ham
kuzatiladi (to’siqqa urib olish natijasida).
  Uch   kurashda   qatnashadigan   otlarda   shikastlanishlar   darajasi   va   og’irligi
bo’yicha birinchi o’rinda turadi. Viyezdkada, dala musobaqalarida va to’siqlardan
o’tishda   oyoqlarning  pastki   qismlarida  lat  yeyishlar,  tirnalishlar,  jarohatlar,  pay  –
bog’lam  apparati va muskullarning cho’zilishi, ko’krak va qorin devorlarining lat
yeyishi va jarohatlari, tos, yag’rin va orqa sohalarining lat yeyishlari va jarohatlari,
oyoq suyaklari va bo’yin umurtqalarining sinishlari kuzatiladi.
 Besh kurashda qatnashadigan otlarda ko’pincha oyoqlar jarohatlari; bog’lam
va pay cho’zilishlari, bilakuzuk bo’g’imining cho’zilishlari kuzatiladi.  
       Aytib o’tilgan shikastlanishlarni  oldini olish uchun sportchilar mashqiga
ko’proq e’tibor berish, besh kurash uchun mahsus otlarni ajratish va tayyorlash va
ularning ishlarini doim kuzatib turish maqsadga muvofiq bo’ladi.
3.  Zoogigiyenik talablarni bajarmaslikdan kelib chiqadigan kasalliklar
Otlar   viyezdkasida   shikastlanishlarni   oldini   olish   ko’nikmalariga   to’la   ega
bo’lmagan   chavandozlar   harakatlari   ustidan   veterinariya   nazorati   o’rnatiladi. Mashq oldidan va undan keyin ot yag’rin va orqasining terisi yaxshilab uqalanadi.
Jarohatlar   va   teri   epidermisi   zararlanishida   ot   mashqqa   qo’yilmaydi.   Tuyoq
aylanasi sohasidagi jarohatlarning oldini olish maqsadida tuyoqqa mahsus himoya
moslamasi (napyatnik) kiygiziladi.
Konkurda qatnashadigan otlarning shikastlanishlarini oldini olish maqsadida
trening   qoidalariga   qat’iy   rioya   qilish   zarur.   Yugurish   va   sakrash   maydonchalari
ravon, tekis, yaxshi tayyorlangan, sakrashdan keyin kelib tushadigan joy yumshoq
bo’lishlari   lozim.   Yomg’ir   va   qor   yoqqanlarida   yer   sirpanchoq   bo’lishi   sababli
tuyoqlarga   mahsus   tishli   taqalar   biriktiriladi.   Tuyoq   kafti   pastga   bo’rtib   chiqqan
otlar   tuyog’ini   taqalashda   tuyoq   ostiga   kigizdan   tayyorlangan   mahsus   taglik
qo’yiladi.   Mashg’ulot   va   musobaqa   davrida   bint,   nogavka,   tizani   himoya   etuvchi
nakolenniklar kiygiziladi.
Uchkurashda   qatnashadigan   otlarning   shikastlanishlarini   oldini   olish   uchun
ot abzallari yaxshi sifatli va to’g’ri taqilgan bo’lishlari lozim. Hayvonlarni taqalash
xususiyatlari   musobaqa   turi   va   ob   –   havo   sharoitiga   bog’liq.   Oyoqlarni
shikastlanishdan   ximoya   qilish   uchun   turli   ximoya   moslamalari   qo’llanadi   (bint,
nakolennik,  nogavka,   bersovka,   napyatnik).    Potnik           quruq,  toza,   va   yetarlicha
qalin bo’lishi lozim.     
Dala   musobaqalari   va   konkurdan   keyin     birinchi   navbatda   oyoqlarda
sovituvchi   muolajalar   bajarilishi   kerak,   keyinchalik   esa   oyoq   paylariga     yengil
qo’zg’atuvchi malhamlar suriladi va ular issiq o’raladi; otning tanasi iliq suv bilan
yuviladi   va   quritiladi;   3   –   4   soatdan   so’ng   u   yengil   qo’zg’atuvchi   malham   bilan
massaj qilinadi va 3 – 4 soatga iliq  poponaga     o’rab qo’yiladi. Otga qand beriladi,
u sug’oriladi va ohirida albatta yayratilishi lozim .
4 .  Mashq vaqtida shikastlanishlarga karshi  qo’llaniladigan  moslamalar
Transport   nogavkalar   uzoq   yurishlarda   tinchlantiruvchi   xususiyatga   ega.
Nogavkalar   bilan   ximoyalangan   oyoqlar   bo’shagan   holatda   bo’ladi.     Nogavkalar
old va orqa oyoqlar uchun mo’ljallanadi. Transport nogavkalar
Ot bo’ynini qishda yoping`ich bilan sovuqdan saqlash, bahor va kuzning iliq
kunlarida   esa   shamoldan,   xasharotlardan   va   ifloslanishdan   saqlash   uchun   maxsus
kapor  qo’llanadi. 
K apor
Ot   oyoqlarini   cho’zilishlardan   va   zarbalardan   saqlash   uchun
kombina t siyalashtirilgan   bintlar   qo’llanadi.   Kombinasiyalashtirilgan   bintlar   ot oyoqlari bilan to’g’ridan to’g’ri kontakta bo’ladi. Oddiy bintlar esa o’ralganda juda
kuchli yoki aksincha yetarlicha emas o’ralishi mumkin. 
K ombinasiyalashgan bintlar
Orqa   oyoq   saqrash   bo’g’imini   shikastlanishlardan   ximoya   qilish   uchun,
mexanik   zarbalardan   kelib   chiqqan   kasalliklarini   esa   tezroq   tuzatishda,
kompresslarni qo’yishda maxsus  nakolennik  xizmat qiladi.
N akolennik
Oldingi   oyoqning   bo’g’imlarini   shikastlanishlardan   va   paylarni
cho’zilishdan va zo’riqishdan saqlash uchun old oyoqlar  nogavkalari   qo’llanadi.  Oldingi oyoqlar uchun nogavkalar
Otning   orqasi   va   beli   muskullari   va   paylari   elastikligini   yaxshilash   uchun
valtrap   qo’llanadi.
V altrap
F li t s   bint lari   issiqlikni   infraqizil   nurlari   shaklida   qaytarib,   muskul   va
paylarga yaxshi ta’sir etadi.   Tunda ularni yechish lozim chunki qoldirilgan bintlar
oyoqni siqib, qon aylanishini buzishi mumkin. F li t s bint lari
Otni   sovuqdan   saqlash,   mashqdan   so’ng   muskullar   tez   oldingi   xolatiga
kelishi   uchun,   shikastlanishning   oldini   olish,   davolash   muolajalarini   samarali
o’tkazish   uchun   maxsus   yopinchiq   qo’llanadi.   Zamonaviy   yopinchiq   qon
aylanishini   yaxshilaydi,   yallig’lanish   va   qo’zg’alishni   yumshatadi,   musobaqalar
orasida   tiklanish   davrini   qisqartadi,   liniment   va   bug’lamalar   qo’llanmaydi,
shikastlanishlarning   oldini   oladi,   shikastlangan   otlardagi   bitishni   tezlashtiradi,
musobaqa oldidan muskullarni bo’shashtiradi, asov otlarni tinchlantiradi va boshq.
Yopinchiq (yoping`ich)
5 .  Sport  otlarining toliqishi va zo’riqishi
Toliqish .   Ot   og’ir   va   uzoq   davom   etadigan   ishni   bajarganda   toliqishi
mumkin. Bunda hayvonda umumiy charchash belgilari, ishtahaning bo’lmasligi va
mashqni davom ettirishga moyilligi yo’qligi kuzatiladi. Hayvonga dam bergandan so’ng   yuqorida   qayd   etilgan   holatlar   yo’qoladi   va   otni   qayta   treninnga   qo’yish
mumkin bo’ladi. 
Zo’riqish.   Otlar   qisqa   vaqt   ichida   fiziologik   imkoniyatlardan   ham   yuqori
bo’lgan juda og’ir ishni bajarganda zo’riqadilar. Zo’riqish natijasida muskul, pay,
bog’lamlarning cho’zilishi va yallig’lanishlari hosil bo’ladi va miokard distrofiyasi
rivojlanadi.   Odatda   zo’riqish   yaxshi   tayyorlanmagan   otlarda   ko’p   marotaba
takrorlanadigan   og’ir   ishlarni   bajarishda   kuzatiladi   ya’ni   bunday   holat   katta
musobaqalar   va   noto’g’ri   tashkillashtirilgan   mashqlarni   bajarishda   hosil   bo’ladi.
Zo’riqish ot kuchining pasayib ketishiga, o’pka va yurak faoliyatining buzilishiga
olib keladi. Hayvon tez ishdan chiqadi va hatto o’lishi mumkin.
Ot   zo’riqishida   quyidagi   belgilar   kuzatiladi:   uning   yurak   urishi   tezlashadi,
nafas   olishi   qiyinlashadi,   burun   kataklari   kengayadi,   teri   osti   venalar   to’lishgan
bo’lib     yaqqol   ko’rinadi;   burun   shilliq   pardasi   ko’kimtir   rangda,   kon’yunktivasi
shishgan,   giperemiyaga   uchragan   bo’lib,   sarg’ish   tusga   kiradi.   Ot   terlaydi   uning
oyoqlari   kaltiraydi,boshi   pastga   ham   turadi,   muskulaturasi   bo’shashgan   bo’ladi.
Hayvon suvni kam ichadi va ozuqani iste’mol qilmaydi.
Sport otining ishchanligini tiklash uchun unga V
1 , V
2 , V
12    vitaminlar bilan
glyukoza,   kalsiy   gliserofosfati,   natriy   xloridi,   natriy   bikarbonati   eritmalari
yuboriladi.   Otni     har   kungi   mashqlardan   ozod   qilib  unga   to’lig’icha   tinch   sharoit
yaratish   lozim.   Ot   oyoqlarining   paylarida   sovuq   muolajalar   va   massaj   bajariladi
keyin paxta – dokali bog’lam qo’yiladi. Oyoqlardan ter artib tashlangandan so’ng
muskullariga mentol emulsiyasi surtiladi va keyin murakkab malham suriladi. Otga
yangi o’rilgan o’t  va sabzi berish, aktiv harakatlarni bajartirish tavsiya etiladi.
Issiq   urish.   Otlar   issiq   havoda   ishlab     zo’riqqanda   ularni   issiq   urishi
mumkin,   ayniqsa   bunday   hol   dala   musobaqalarida   uch   kurashda   qatnashadigan
otlarda   ko’p   uchraydi.   Issiq   urishning   asosiy   belgilari:   noaniq   va   ishonchsizlik
bilan     qadam   bosilishi,   kuchli   terlash,   tez   nafas   olinishi,   yurakning   tez,
taqqillaydigan   lekin   kuchsiz   urishi.   Hayvon   atrof   ta’sirlarga   reaksiya   qilmaydi,
ko’z qorachiqlari kengaygan bo’ladi. Davolash.   Yengil isiq urishda chanqash, tana harorati  1–2   °C  ga ko’tarilishi ,
bezovtalanish,   qo’zg’olish   va   keyinchalik   holsizlanish ,   harakatlar   barqarorsizligi,
shartli reflekslar kuchsizlanishi ,   kuchli terlash, puls va nafas olishning tezlashashi
kuzatiladi. Birinchi navbatda organizm isib ketishini chaqiradigan sabablar bartaraf
etiladi:   otxona   derazalari   ochiladi,   hayvon   istagancha   ichimlik   suv   bilan
ta’minlanadi,   bosh,   ko’krak   sohalariga   sovuq   suv   quyiladi,   to’g’ri   ichakka   20–
25   °C   haroratda   5–10   l   suv   kiritiladi,   venaga   300   ml   20   %   li   glyukoza   eritmasi
bilan   3   g   kofein,   teri   ostiga   –   yurak   faoliyatini   yaxshilovchi   vositalar   (kordiamin
10–20   ml dan, aminazin – 1–5   mg/kg hisobidan) yuboriladi.
6 .  Mikrotravma, bo’g’im va  paychalarning  zararlanishi
Mikrotravmalar .   Yaqqol   namoyon   bo’ladigan   shikastlardan   tashqari   otda
musobaqa   va   mashq   davrida   orttirilgan   kichik,   birinchi   paytlarda   xavf
keltirmaydigan   shikastlar   ham   uchrab   turadi.   Ammo   tez–tez   takrorlanadigin
mexanik   ta’sirlarda   bu,   birinchi   ko’rinishda   yengil   shikastlar   keyinchalik
qaytalaydigan     patologik   jarayonlarga   aylanishlari   mumkin.   Bunday   shikastlarga
bilakuzuk,   tushoq   sohalaridagi   shikastlanishlar,   alohida   muskul   guruhlari,   pay   va
bog’lamlarning zo’riqishi kiradi.
Mikrotravmalardan kelib chiqadigan asoratlar quyidagicha kechadi: 
a)   ko’pincha   barmoq   bukuvchi   yuza   payi   va   ko’krak   oyoqlarining   o’rta
suyaklararo   muskul   paylarining   cho’zilishlari   kuzatilati.   Cho’zilishlar   har   xil
kattalikdagi   to’qimalarning   zichlashishi   bilan   kechadi.   Mahalliy   harorat   oshadi,
og’riq va oqsash alomatlari paydo bo’ladi.
b)   bo’g’imlar   cho’zilishi   ko’pincha   bilakuzuk,   tushoq   va   sakrash
bo’g’imlarida   paydo   bo’ladi.   Bo’g’im   atrofi   shishadi,   shakli   buziladi,   mahalliy
harorati   oshadi,   og’riq   seziladi   va   bo’g’im   harakatchanligi   susayadi.   Odatda,
davolash ishlari kechiktirilsa jarayon gemartrozga aylanadi.
7.  Otlarni  h addan ziyod mashq qildirish xolati.  Travmatik shok.
Otlarni   xaddan   ziyod   mashq   qildirish   h olati.   Otlarda   bunday   holat
musobaqalar   va   mashqlar   birin   –   ketin,   tanafussiz   davom   etganda   hosil   bo’ladi.
Natijada   otning   nerv   –   muskul   apparatining   toliqishi   rivojlanadi.   Haddan   ziyod mashq   qildirish   holati   quyidagi   belgilar   bilan   namoyon   bo’ladi:   otning   harakat
koordinasiyasi   buziladi   (noaniq   bo’ladi),   hayvon   oriqlaydi,   tez   toliqadi   va
sakrashni   xoxlamaydi.   Haddan   ziyod   mashq   qildirilgan   otni   aniqlash   maqsadida
asosan   yurak   –   qon   tomir   tizimi   faoliyatini   tekshirishga   qaratilgan   muolajalar
qo’llanadi.   Bunday   holatlarda   pulsning   tiklanishi   susayadi,   ishdan   so’ng   arterial
bosim   normaga   sekin   qaytadi;   yurakda   sistolik   shovqin   va   o’pka   arteriyasida
ikkinchi tonning kuchayishi aniqlanadi. 
Otda haddan ziyod mashq qildirish holati hosil bo’lganda birinchi navbatda
trening   rejimi   va   uslubini   o’zgartirish   lozim:   mashq   kunlarini   kamaytirish;
mashqdagi belgilangan intensiv usullardan vaqtincha voz kechish. Mashq kildirish
joyini ham o’zgartirish tavsiya etiladi.  
Travmatik   shok.   Shokga   yirik   shikastlanish   yoki   qattiq   yiqilishlar     sabab
bo’lishi mumkin.  Shokda  5–7 ml  2 % li  promedol  eritmasi va 10 ml 
20   %   li   kofein,   20   ml   kamfora   qo’llanadi.   Chuqur   shok   belgilarida   vena
ichiga  40  %   li  glyukoza   eritmasi   bilan  (200–300  ml)   askorbin  kislotasi,   500–600
ml Petrov suyuqligi, 500–600 ml natriy bikarbonati, Kadikov suyuqligi yuboriladi.
8 .   Davolovchi reabilita t siya
Yuklatilgan   ishning   optimal   miqdorida   sog’lom   ot   organizmidagi   biologik
jarayon   nerv   va   endokrin   sistemalar   hisobidan   o’z–o’zidan   tiklanadi.   Ammo   ot
sportida   organizm   funksiyalarining   tiklanishi   ko’pincha   cho’zilib   ketadi,   shuning
uchun tiklanishni tezlashtiradigan   chora–tadbirlar keng qo’llanadi. Shu maqsadda
M.Yu. Alekseyev quyidagilarni tavsiya qiladi:
a)   toliqtiradigan   mashq   va   musobaqalarda   hamda   haddan   ziyod   mashq
qildirilish   alomatlarida   tiklanish jarayonlarini  tezlashtirish  maqsadida  og’iz  orqali
yantar va glutamin kislotalari 30–40 grammdan 4 kun mobaynida beriladi.
b)   mashq   yuklamasiga   ot   organizmining   reaksiyasini   kuchaytirish   uchun
startdan oldin 20–25 ml 1% li ATF inyeksiyalari qilinadi.
v)   mashq   jarayonida   zo’riq i shni   aniqlash   maqsadida   ishdan   oldin   va   1
soatdan keyin qonda (limfositlarda) glutamat degidrogenazasi va laktat miqdorlari
aniqlanadi. Foydalanilgan adabiyotlar:1.  
Dorosh   M    .   V    .   Bolezni   loshadey.   Veche ,   2007   g.   http://www.e–
reading.club/book.php?book=83010
2.   Kalashnik   I.A.,   Logvinov   D.D.,   Smirnov   S.I.   va   boshq.   Nezaraznыye
bolezni loshadey. M.; Agropromizdat, 1990
3. Tashtemirov R. M., 	Narziyev B.D., 3. 	Uzakova D.P. 	Ot treningi asoslari	.	
O’
quv qo’llanma. Samarqand, 2009

HARBIY XIZMAT OTLARINING ORGANIZMIDA MASHQ QILDIRISH VA MUSOBAQA PAYTIDA PAYDO BO’LADIGAN O’ZGARISHLAR Reja: 1. Sport otlarining shikastlanishlari . 2. Trening davri kasalliklari . 3. Zoogigiyenik talablarni bajarmaslikdan kelib chiqadigan kasalliklar . 4. Mashq vaqtida shikastlanishlarga karshi qo’llaniladigan moslamalar 5. Sport otlarining toliqishi va zo’riqishi . 6. Mikrotravma, bo’g’im va paychalarning zararlanishi 7. Otlarni h addan ziyod mashq qildirish xolati. Travmatik shok 8. Davolovchi reabilita t siya

1 . Sport otlarining shikastlanishlari Sport otlarda shikastlanishlar asosan mashq qildirish jarayonini va musobaqalarni yomon tashkillashtirishdan kelib chiqadi. Undan tashqari, ko’p hollarda sportda yuqori natijalarning orqasidan quvib otlarning fiziologik holati va ko’nikmalik tayyorgarligi xisobga olinmaydi. Trener va chavandoz otning kuchini va chidamliligini oshirish o’rniga organizmning anatomik va fiziologik xususiyatlarini inobatga olinmasdan mashq qildirish (trening) usullarini belgilaydilar. Ayrim hollarda shikastlar sportchi va xizmatkorlarning otga nisbatan bo’lgan noto’g’ri va qo’pol munosabatlaridan kelib chiqishi mumkin. Mashqda birin – ketinlik, ehtiyotkorlik va individual yondoshish prinsiplariga ahamiyat bermaslik otning xolsizlanishi va shikastlanishiga olib keladi. Shikastlar ko’pincha ot to’siqdan sakrab o’tishda, yiqilganida, mashq qilinadigan joyning yaxshi tayyorlanmasligida, sport inventarining nosozligida, taqaning tishlari bo’lmaganida paydo bo’ladi. Otlarni noto’g’ri egarlash yag’rin, yelka, orqa va ko’krak devorining jarohatlanishiga olib kelishi mumkin. Hayvonning haddan ziyod charchashi harakat koordinasiyasi va ishlab chiqilayotgan reflekslar buzilishiga sabab bo’ladi. Shuning uchun yaxshi tayyorlangan ot ham charchagan holida shikastga olib boruvchi hatolarga yo’l qo’yishi mumkin. Tayanch – harakat apparati tomonidan bir xil takrorlanadigan harakatlarni bajarish muskul va paylarning mikrouzilishlariga olib keladi. Sport otlari shikastlarining profilaktikasida og’ir ishdan so’ng ot ishchanligini yuqori darajada va tez tiklashga qaratilgan sharoitlarni yaratish va otda jarohat hamda boshqa kasalliklar paydo bo’lganda uning funksional xususiyatlarini stimulyasiya qilish kabi choralar katta rol o’ynaydi. Bu yerda ot organizmi fiziologik funksiyalarining o’z – o’zidan tiklanishida biologik omillar katta ahamiyatga ega. Bunday omillarga quyidagilar kiradi: otga yaxshi asrash sharoitlarini tashkillashtirish ya’ni toza havo kiradigan, yoruq, to’shamali polga ega dennikda dam oldirish; otni to’liq rasion bilan ta’minlash; rasional treninngni tashkil qilish. 2 . Trening davri kasalliklari

Ot sportining oliy turlarini (vыyezdka) bajaradigan otlarda quyidagi asosiy shikastlar kuzatiladi: tushoq va yelka – kurak bo’g’imlar bog’lamlarining cho’zilishi, yelka kamari muskullarining yallig’lanishi, tuyoq kaftining lat yeyishi, tuyoq aylanasining jarohatlari. Zararlanishlarning hosil bo’lish mexanizmida ot oliy maktab turlarining elementlarini bajarishi paytida oyoq bo’g’imlari va muskullariga tushadigan katta zo’rlanishlar, otni uzoq vaqt mobaynida minish elementlarini bajarishga undaydigan chavandozning malakasizligi, oyoqlarning tug’ma noto’g’ri bosilishi, mashq bajariladigan yerning haddan ziyod qattiqligi yoki yumshoqligi va notekisligi, manej yuzasida mayda toshchalarning mavjudligi va boshq. ishtiroq etadilar. Konkur musobaqasida qatnashadigan otlarda ko’pincha oyoq apparatining muskul va paylari zararlanadi, xususan shikastga barmoq bukuvchi yuza payi va oldingi oyoqlarning o’rta suyaklararo muskullar, yelka – bosh, kurakning o’simta oldi va deltasimon muskullari chalinadi. Qattiq yerda mashq qilishda oldingi oyoqlarning kaftida lat yeyishlar hosil bo’ladi. Undan tashqari konkurda qatnashadigan otlarda kaft suyaklarining periostiti ham kuzatiladi (to’siqqa urib olish natijasida). Uch kurashda qatnashadigan otlarda shikastlanishlar darajasi va og’irligi bo’yicha birinchi o’rinda turadi. Viyezdkada, dala musobaqalarida va to’siqlardan o’tishda oyoqlarning pastki qismlarida lat yeyishlar, tirnalishlar, jarohatlar, pay – bog’lam apparati va muskullarning cho’zilishi, ko’krak va qorin devorlarining lat yeyishi va jarohatlari, tos, yag’rin va orqa sohalarining lat yeyishlari va jarohatlari, oyoq suyaklari va bo’yin umurtqalarining sinishlari kuzatiladi. Besh kurashda qatnashadigan otlarda ko’pincha oyoqlar jarohatlari; bog’lam va pay cho’zilishlari, bilakuzuk bo’g’imining cho’zilishlari kuzatiladi. Aytib o’tilgan shikastlanishlarni oldini olish uchun sportchilar mashqiga ko’proq e’tibor berish, besh kurash uchun mahsus otlarni ajratish va tayyorlash va ularning ishlarini doim kuzatib turish maqsadga muvofiq bo’ladi. 3. Zoogigiyenik talablarni bajarmaslikdan kelib chiqadigan kasalliklar Otlar viyezdkasida shikastlanishlarni oldini olish ko’nikmalariga to’la ega bo’lmagan chavandozlar harakatlari ustidan veterinariya nazorati o’rnatiladi.

Mashq oldidan va undan keyin ot yag’rin va orqasining terisi yaxshilab uqalanadi. Jarohatlar va teri epidermisi zararlanishida ot mashqqa qo’yilmaydi. Tuyoq aylanasi sohasidagi jarohatlarning oldini olish maqsadida tuyoqqa mahsus himoya moslamasi (napyatnik) kiygiziladi. Konkurda qatnashadigan otlarning shikastlanishlarini oldini olish maqsadida trening qoidalariga qat’iy rioya qilish zarur. Yugurish va sakrash maydonchalari ravon, tekis, yaxshi tayyorlangan, sakrashdan keyin kelib tushadigan joy yumshoq bo’lishlari lozim. Yomg’ir va qor yoqqanlarida yer sirpanchoq bo’lishi sababli tuyoqlarga mahsus tishli taqalar biriktiriladi. Tuyoq kafti pastga bo’rtib chiqqan otlar tuyog’ini taqalashda tuyoq ostiga kigizdan tayyorlangan mahsus taglik qo’yiladi. Mashg’ulot va musobaqa davrida bint, nogavka, tizani himoya etuvchi nakolenniklar kiygiziladi. Uchkurashda qatnashadigan otlarning shikastlanishlarini oldini olish uchun ot abzallari yaxshi sifatli va to’g’ri taqilgan bo’lishlari lozim. Hayvonlarni taqalash xususiyatlari musobaqa turi va ob – havo sharoitiga bog’liq. Oyoqlarni shikastlanishdan ximoya qilish uchun turli ximoya moslamalari qo’llanadi (bint, nakolennik, nogavka, bersovka, napyatnik). Potnik quruq, toza, va yetarlicha qalin bo’lishi lozim. Dala musobaqalari va konkurdan keyin birinchi navbatda oyoqlarda sovituvchi muolajalar bajarilishi kerak, keyinchalik esa oyoq paylariga yengil qo’zg’atuvchi malhamlar suriladi va ular issiq o’raladi; otning tanasi iliq suv bilan yuviladi va quritiladi; 3 – 4 soatdan so’ng u yengil qo’zg’atuvchi malham bilan massaj qilinadi va 3 – 4 soatga iliq poponaga o’rab qo’yiladi. Otga qand beriladi, u sug’oriladi va ohirida albatta yayratilishi lozim . 4 . Mashq vaqtida shikastlanishlarga karshi qo’llaniladigan moslamalar Transport nogavkalar uzoq yurishlarda tinchlantiruvchi xususiyatga ega. Nogavkalar bilan ximoyalangan oyoqlar bo’shagan holatda bo’ladi. Nogavkalar old va orqa oyoqlar uchun mo’ljallanadi.

Transport nogavkalar Ot bo’ynini qishda yoping`ich bilan sovuqdan saqlash, bahor va kuzning iliq kunlarida esa shamoldan, xasharotlardan va ifloslanishdan saqlash uchun maxsus kapor qo’llanadi. K apor Ot oyoqlarini cho’zilishlardan va zarbalardan saqlash uchun kombina t siyalashtirilgan bintlar qo’llanadi. Kombinasiyalashtirilgan bintlar ot