logo

O’zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy o’zgarishlar

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

42.255859375 KB
Mavzu :  O’zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy o’zgarishlar
Reja:
1. Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish.
2. Aholini   ijtimoiy   himoya   qilish   va   sog’likni   saqlash   tizimini
takomillashtirish, xotin-kizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish
3. Aholining hayot sharoitlarini yaxshilash borasidagi islohotlar.
4. Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish.
5. Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish. Aholi  bandligi   va real   daromadlarini  izchil  oshirish.  Samarali  mehnat   uchun
zarur   sharoitlar,   munosib   ish   haqi,   zamonaviy   uy-joylar,   sifatli   ta’lim   va   tibbiy
yordam,   dam   olish   va   hordiq   chiqarish   uchun   keng   imkoniyatlar   yaratish   -
bularning   barchasi   iqtisodiy   sohadagi   islohotlarimiz   mohiyati   va   mazmunini
belgilab   beradigan   muhim   omillardir.   SHu   borada   nafaqat   eng   kam   oylik   ish
haqini,   balki   byudjet   tashkilotlarida   ham,   xo’jalik   yurituvchi   subektlarda   ham
o’rtacha   ish   haqi   mikdorini,   pensiya,   stipendiya   va   ijtimoiy   nafaqalar   hajmini
bosqichma- bosqich ko’paytirish maqsadga muvofiq.
2017-2021   yillarda   O’zbekiston   Respublikasini   rivojlantirishning   bepgga
ustuvor   yo’nalishi   bo’yicha   Harakatlar   strategiyasida   ham   byudjet   muassasalari
xodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmini inflyasiya
suratlaridan yuqori miqdorda izchil oshirish ham ustuvor vazifa qilib qo’yilgan.
Mamlakatimizda   aholi   bandligini   taminlash   ijtimoiy-iqtisodiy   taraqqiyotning
ustuvor   yo’nalishlaridan   biri,   xalq   turmush   darajasi   va   sifatini   yuksaltirishning
muhim sharti sifatida belgilangan.
Binobarin,   yurtimizda   har   yili   milliy   iqtisodiyotni   barqaror   rivojlantirish,
hududlar   bo’yicha   mehnat   resurslaridan   yanada   to’liq   va   oqilona   foydalanish,
aholining   ijtimoiy   muhofazasini   taminlashga   qaratilgan   tegishli   dasturlar   qabul
qilinyapti.
Milliy mehnat bozorining etiborga molik o’ziga xos xususiyatlari quyidagilar
hisoblanadi:   aholining   asosiy   qismini   Yoshlar   tashkil   etishi   (har   yili   yarim
milliondan   ortiq   bitiruvchilar   ishga   joylashish   bo’yicha   ko’makka   muxtoj);   700
mingdan ortiq ishsizlarning, shuningdek, ishchi kuchining talab va taklifi bo’yicha
nomutanosiblikning   mavjudligi,   ayrim   tumanlarda   ishsizlik   va   norasmiy   sektorda
ish bilan bandlikning yuqori darajasi kuzatiladi. 
«Aholini   ish   bilan   taminlash   biz   uchun   nafaqat   iqtisodiy,   ayni   paytda   katta
ijtimoiy   ahamiyatga   egadir.   Hokimliklar,   vazirlik   va   idoralar,   ish   beruvchi
tashkilotlar   bilan   bir   qatorda   bank   muassasalarini   ham   bu   ishga   yanada   faol   jalb
etishi   kerak.   Aholi   bandligini   hal   etishda   turizmni   rpvojlantirish   bo’yicha   katta
imkoniyatlarni  ishga  solishimiz  lozim». Shavkat  Mirziyoev   Yurtimizda yiliga 1,5 million   odamni   ishga   joylashtirishga   ehtiyoj   bulsa-da,   o’tgan   yili   (2016   yil)
Bandlikka ko’maklashish markazlari atigi 248 ming kishini yoki 16,5 foizini ishga
joylashtirgan.   Buning   asosiy   sabablari   ish   faoliyatidagi   eskirgan   shakl   va   usullar
hamda   bandlik   muammolarini   hal   etishdagi   rasmiyatchilik   bilan   bog’liq.   Bunday
holat   bandlikka   ko’maklashishning   faol   siyosat   choralarini   amalga   oshirish,   yani
ish   o’rinlarini   yaratish,   avvalo   Yoshlarni   va   ijtimoiy   himoyaga   muhtoj   aholi
toifalarini   ish   bilan   taminlash,   tadbirkorlik   faolligini   rag’batlantirish   chorasini
ko’rishga zaruriyatini keltirib chiqaradi. Yangi ish o’rinlarini tashkil etishda erkin
iqtisodiy   zonalarning   ham   o’rni   katta.   Xususai,   mamlakatimizda   «Navoiy»
«Angren»   va   «Jizzax»   erkin   iqtisodiy   zonalari   tashkil   etilgan.   Shuningdek,
O’zbekiston Resiublikasi Prezidentining 2017 yil 12 yanvardagi 4931-son farmoni
bilan   «Urgut»,   «G’ijduvon»,   «Qo’qon»   va   «Xazorasp»   erkin   iqtisodiy   zonalari
tashkil   etildi2.   Bu   iqtisodiy   zonalarda   meva-sabzavot   va   qishloq   xo’jaligi
mahsulotlarini   chuqur   qayta   ishlash,   saqlash   va   qadoqlash,   to’qimachilik,   gilam
to’qish,   poyabzal   va   charm-galantereya,   ekologik   jihatdan   xavfsiz   kimyo,
farmatsevtika,   oziq-ovqat,   elektrotexnika   sanoati,   mashinasozlik   va
avtomobilsozlik,   qurilish   materiallari   ishlab   chiqarish   va   boshqa   yo’nalishlarda
yangi zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish yangi ish o’rinlarining
yaratilishiga zamin yaratadi.
2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini   rivojlantirishning   beshta
ustuvor   yo’nalishi   bo’yicha   Harakatlar   strategiyasida   mehnat   bozori   talablariga
asosan,   professional   kadrlarni   qayta   tayyorlash   yuzasidan   qisqa   muddatli   trening
va   o’kuv   kurslarini   o’tkazish   bo’yicha   nodavlat   ta’lim   muassasalari   faoliyatini
rag’batlantirish,   nodavlat   ta’lim   muassasalari   faoliyatini   litsenziyalash   tartibini
soddalashtirish, davlat akkreditatsiyasiga ega bo’lgan nodavlat ta’lim muassasalari
uchun   davlat   namunasidagi   hujjatlarni   berish   bo’yicha   mavjud   cheklovlarni
bartaraf etish nazarda tutilgan.Shuningdek, Harakatlar strategiyasida o’rta maxsus
va   kasb-hunar   ta’limi   muassasalarida   kerakli   talabdan   ortiq   hajmda
tayyorlanayotgan   gumanitar   ta’lim   yo’nalishlarini   qisqartirishni   va   mos   ravishda
agrar sektor, kurilish va ishlab chiqarish sohasi, uy-joy kommunal xo’jaligi sohasi mutaxassislari   tayyorlashni   kengaytirishni   ko’zda   tutuvchi   o’rta   maxsus   va   kasb-
hunar   ta’lim   mutaxassislik   yo’nalishlarini   qayta   ko’rib   chiqish   rejalashtirilgan.
Joriy   va   istiqboldagi   kadrlarga   bo’lgan   ehtiyojdan   kelib   chiqqan   holda
mutaxassislarni tayyorlash, agrar sektor, qurilish va ishlab chiqarish sohasi, uy-joy
kommunal   xo’jaligini   malakali   mutaxassislar   bilan   hamda   bitiruvchilarni
kafolatlangan   ish   bilan   taminlash   imkonini   beradi.   Hududlarda   aholi   bandligini
taminlash   hamda   qo’shimcha   daromad   manbaini   yaratish   maqsadida   tijorat
banklari   tomonidan   mikrokreditlar   ajratish   xajmini   yan   ada   oshirish   ham   bu
muammoni   hal   qilinishiga   yordam   beradi.   Aholini   ijtimoiy   himoya   qilish   va
sog’liqni   saqlash   tizimini   takomillashtirish,   xotin-qizlarning   ijtimoiy-siyosiy
faolligini oshirish. Chorak asrlik mustaqil taraqqiyotimiz davrida mamlakatimizda
inson   hayotini   yaxshilash,   uning   qulay   turmush   sharoitlarini   yaratish   maqsadida
ulkan ishlar  amalga oshirildi. Demokratik fuqarolik jamiyatini barpo etish, bunda
aholini   ijtimoiy   himoya   qilish,   uning   sog’ligini   kafolatlash   yo’nalishida   jahon   va
milliy  tajribaga  asoslangan  holda  yaxlit  tizim  yaratildi.Ayni   vaqtda zamon  talabi,
mamlakatimiz   bosib   o’tgan   taraqqiyot   yo’lining   chuqur   tahlili,   aholini   ijtimoiy
himoyalash va sog’likni saqlash tizimini takomillashtirish uchun mutlaqo yangicha
yondashuv   hamda   tamoyillarni   ishlab   chiqish   va   amalga   oshirishni   taqozo
etmoqda.
Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning
har   tomonlama   jadal   rivojlanishi   uchun   shart-sharoitlar   yaratish,   mamlakatimizni
modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo’yicha
ustuvor   yo’nalishlarni   amalga   oshirish   maqsadida   ishlab   chiqilgan   Xdrakatlar
strategiyasida   Aholini   ijtimoiy   himoya   qilish   va   sog’likni   saqlash   tizimini
takomillashtirish,   xotin-qizlarning   ijtimoiy-siyosiy   faolligini   oshirish   ustuvor
yo’nalishlardan biri sifatida belgilandi. O’tgan davr mobaynida O’zbekiston sobiq
Ittifokdan   meros   bo’lib   qolgan   tizimlashmagan,   umumiy   shaklga   ega   bo’lgan
ijtimoiy himoya tizimini tubdan yaxshilab, tizimli, manzilli harakterga ega bo’lgan
va   ko’lami   bo’yicha   aholining   barcha   katlamlarini   har   tomonlama   himoyalashni
tashkil etishga qaratilgan takomillashgan tizimni joriy etdi va bugungi kunga kelib aholiga   ijtimoiy   kafolatlarni   taminlamoqda.Bugungi   kunda   Davlat   byudjetining
qariyb   60   foizi   ijtimoiy   sohani   rivojlantirishga   yo’naltirilmoqda.   1991   yilga
taqqoslaganda, aholining real daromadlari 12 barobardan ziyod ko’paydi, ish haqi,
pensiya   va   ijtimoiy   nafakdlar   salmoqli   darajada   oshdi.   Iste`mol   tovarlari   ishlab
chiqarishni   jadal   suratlar   bilan   oshirish   va   aholining   ularga   bo’lgan   talabini
qondirish   taminlanmoqda.Taraqqiyotimizning   bugungi   bosqichida   ijtimoiy
sohaning   aholiga   majburiy   ijtimoiy   kafolatlarni   taminlash,   aholining   ehtiyojmand
qatlamlarining   ijtimoiy   himoyasini   hamda   keksalar   va   imkoniyati   cheklangan
shaxslarni   davlat   tomonidan   qo’llab-quvvatlashni   kuchaytirish,   ijtimoiy   xizmat
ko’rsatishni   yaxshilash,   aholiga   ijtimoiy   xizmatlar   ko’rsatishda   davlat-xususiy
sherikligini   rivojlantirish   masalalariga   e`tibor   qaratilmoqda.Sog’liqni   saqlash
tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish borasida 2017-2021 yillarda barcha
tuman,   shahar   tibbiyot   birlashmalari   va   oilaviy   poliklinikalar,   onkologik
muassasalar, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, Davlat
sanitariya   epidemiologiya   nazorat   markazlarini,   Respublika   ilmiy   shoshilinch
tibbiy   yordam   markazi,   tibbiyot   oliy   ta’lim   muassasalarining   klinikalari   va
respublika   klinik   shifoxonalarini   hamda   to’rtinchi   darajali   ko’p   tarmoqdi   bolalar
tibbiyot   markazlarining   moddiy-texnik   bazasi   mustahkamlanadi   va   aholiga
ko’rsatilayotgan tibbiy yordam sifati oshiriladi.
Aholining hayot sharoitlarini yaxshilash borasidagi  islohotlar. O’zbekistonda
mustaqillikning   dastlabki   yillaridan   boshlab   amalga   oshirilgan   islohotlar
jarayonida aholining turmush farovonligini hamda hayot sifatini oshirish yuzasidan
katta   yaratuvchilik   ishlari   amalga   oshirildi.   Bugungi   kunda   Davlat   byudjetining
kariyb   60   foizi   ijtimoiy   sohani   rivojlantirishga   yo’naltirilmoqda.   Bu   aholining
hayot   sifati   yaxshilanishiga   xizmat   qilmoqda.   Shu   bilan   birga   aholini,   ayniqsa
qishloq   aholisini   yangi,   shinam   uy-joylar   bilan   ta`minlash   borasida   katta   ishlar
amalga   oshirilmoqda.   Aholi   daromadlari   ko’payishi   esa   ularning   hayot
farovonligini   yuksaltirishga   asos   bo’lmoqda.   Shu   bilan   birga   «Republikamizda
jadal   suratlar   bilan   zamonaviy   yo’l-transport   va   muxandislik-kommunikatsiya
infratuzilmasi tashkil kilinmosda. Jumladan, Qamchiq dovonidan o’tadigan, noyob tog’   tunelini   o’z   ichiga   olgan   Angren   -   Pop   temir   yo’l   tarmog’i,   Toshg’uzor-
Boysun-Qumqurgon   temir   yo’li   qurildi.   Toshkentdan   Samarkand,   Qarshi   va
Buxoroga   yo’lovchi   tashiydigan   yuqori   tezlikdagi   temir   yo’l   qatnovi   ochildi.
Xalqaro   aeroportlar   modernizatsiya   qilindi,   Navoiy   aeroporti   negizida   xalqaro
logistika   markazi   tashkil   qilindi   va   O’zbekiston   milliy   avtomagistrali   barpo
etildi»20.   Erishilgan   yutuqlar   bilan   birga   aholining   o’sib   borayotgan   talab-
ehtiyojlarini   to’laroq   qondirish,   ularning   samarali   ishlashi   hamda   hayoti   uchun
munosib sharoitlar yaratish xalqimiz farovonligini taminlashda muhim zaruriyatga
aylanmokda   va   bu   O’zbekistonni   yanada   rivojlantirishning   ustuvor
yo’nalishlaridan   biri   hisoblanadi.   Shularni   hisobga   olib,   2017-2021   yillarda
O’zbekiston   Respublikasini   rivojlantirishning   beshta   ustuvor   yo’nalishi   bo’yicha
Harakatlar   strategiyasida   ijtimoiy   sohani   rivojlantirishning   ustuvor   yo’nalishlari
bo’yicha quyidagi vazifalarni amalga oshirish belgilab berilgan:
-   aholi,   eng   avvalo,   Yosh   oilalar,   eskirgan   uylarda   yashab   kelayotgan
fuqarolar va uy- joy sharoitini yaxshilashga muxtoj boshqa fuqarolarning yashash
sharoitini   imtiyozli   shartlarda   ipoteka   kreditlari   ajratish   hamda   shahar   va   qishloq
joylarda arzon uylar qurish orqali yanada yaxshilash;
-   aholining   kommunal-maishiy   xizmatlar   bilan   taminlanish   darajasini
oshirish, eng avvalo, yangi ichimlik suvi tarmoqdarini qurish, tejamkor va samarali
zamonaviy texnologiyalarni bosqichma-bosqich joriy etish orqali qishloq joylarda
aholini toza ichimlik suvi bilan ta`minlashni tubdan yaxshilash;
- odamlarning   ekologik   xavfsiz   muxitda   yashapshni   taminlash,   maishiy
chikindilarni   qayta   ishlash   komplekslarini   qurish   va   modernizatsiya   qilish,
ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, chiqindilarni yo’q qilish bo’yicha
zamonaviy obektlar bilan taminlash;
- aholiga   transport   xizmati   ko’rsatishni   tubdan   yaxshilash,   yo’lovchi   tashish
xavfsizligini oshirish va atrof muhitga zararli moddalar chiqishini kamaytirish, har
tomonlama   qulay   yangi   avtobuslarni   sotib   olish,   avtovokzal   va   avtostansiyalarni
qurish hamda rekonstruksiya qilish; - yo’l infratuzilmasi qurilishi va rekonstruksiya qilinishini davom etgirish, eng
avvalo,   mintaqaviy   avtomobil   yo’llarini   rivojlantirish,   xo’jaliklararo   qishloq
avtomobil yo’llarini, aholi punkti ko’chalarini kapital va joriy ta`mirlash;
- yangi   elektr   energiya   ishlab   chiqarish   quvvatlarini   qurish   va   mavjudlarini
modernizatsiya   qilish,   past   kuchlanishli   elektr   tarmoqlari   va   transformator
punktlarini   yangilash   asosida   aholini   elektr   energiyasi   hamda   boshqa   yoqilg’i-
energiya   resurslari   bilan   taminlashni   yaxshilash,   shuningdek,   qayta   tiklanadigan
energiya   manbalaridan   foydalanishni   kengaytirish   bo’yicha   chora-tadbirlarni
amalga oshirish;
- teatr   va   tomosha   maskanlarini,   madaniy-marnfiy   tashqilotlar   va   muzeylar
faoliyatini rivojlantirish hamda takomillashtirish, ularning moddiy-texnik bazasini
mustahkamlash.
Ta’lim   va   fan   sohasini   rivojlantirish.   Uzluksiz   ta’lim   tizimini   yanada
takomillashtirish, malakali kadrlar tayyorlash siyosatini rivojlantirish hamda ta’lim
moddiy-texnik bazasini mustahkamlashdagi chora-tadbirlar tizimi.
Ta’lim   va   fan   sohasini   rivojlantirish   davlat   siyosati   ma`no-   mazmunidan   va
uning dolzarbligidan kelib chiqib, uni quyidagicha izohlash mumkin: birinchidan,
yangi   ta’lim   tizimi,   barkamol   avlod   kadrlarini   tayyorlashdagi   o’zgarishlar   va
yangicha yondashuvlar, zamonaviy kasb sohalarining paydo bo’lgani hamda uning
mamlakatimiz sharoiti bilan bog’liqligidir; ikkinchidan, ta’lim jamiyatning ijtimoiy
tajribasini   keyingi   bosqichga   uzatadi;   uchinchidan,   ta’lim   inson   shaxsining
intellektual-ma`naviy   qirralarini   shakllantirish,   uning   jamiyat   ishlab   chiqarishi   va
ijtimoiy,   siyosiy,   madaniy,   ma`rifiy   hayotida   faol   va   muvaffaqiyatli   ishtirokini
ta`minlashga   qaratilgan   harakatlar   yig’indisi   bo’lib,  marifat   hamda   bilim   berishni
anglatadi;   to’rtinchidan,   fan   jamiyatning   ijtimoiy   institutlaridan   biri   bo’lib,   tabiat
va   jamiyat   hayotini   aks   ettiruvchi   ijtimoiy   ong   shakli.   U   katta   ilmiy   salohiyatni,
ijodiy   kuch-quvvatni   birlashtirib,   ma`naviy   barkamol   insonni   tarbiyalashga,
mamlakatda qudratli ilmiy salohiyatni yaratishga xizmat qiladi. Harakatlar   strategiyasida   maktabgacha   ta’lim   muassasalarining   qulayligini
taminlash,   umumiy   o’rta,   o’rta   maxsus   va   oliy   ta’lim   sifatini   yaxshilash   hamda
ularni rivojlantirish chora-tadbirlari belgilangan.
Uzluksiz ta’lim tizimining faoliyat olib borishi ta’lim dasturlarining izchilligi
asosida ta`minlanadi va quyidagi ta’lim turlarini o’z ichiga oladi:
1. Maktabgacha ta’lim. 5. Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim.
2. Umumiy o’rta ta’lim. 6. Kadrlar malakasini oshirish va
3. O’rta maxsus, kasb-hunar ularni qayta tayyorlash ta’limi.
4. Oliy ta’lim. 7. Maktabdan tashqari ta’lim.
Shuni   alohida   ta`kidlash   kerakki,   rivojlangan   mamlakatlarda   ta’lim
samaradorligi, taraqqiyotning 16 foizi  - moddiy-texnik bazaga, 20 foizi  -  axborot
resurslarnga,   64   foizi   -   inson   omiliga   bog’liq.   Bu   uchala   omil   bir-biri   bilan
chambarchas   bog’liq   bo’lib,   ta’lim-tarbiyaning   moddiy-   texnik   bazasi,   mavjud
resurslaridan, imkoniyatlaridan oqilona foydalanish inson mafaatiga xizmat qiladi
va   uning   ratsional   rnvojlanishini   belgilab   beradi.Bugungi   kunda   ta’lim   davlat
siyosatining   eng   ustuvor   yo’nalishiga   aylandi.   Davlat   byudjetidan   ta’lim   va   ilm-
fanni rivojlantirishga 34,3 foiz mablag’ sarflanadi. Ta’limga ajratilgan mablag’lar
byudjet   harajatlar   qismining   33,7   foizi   darajasida   rejalashtirilib   ta’lim   sohasiga
yo’naltirilayotgan   harajatlar   xajmi   mamlakatimiz   YaIM   tarkibida   10-12   foizni
tashkil   etadi.   Holbuki,   jahon   tajribasida   bu   ko’rsatkich   3-5   foizdan   oshmaydi.
Qariyb   9,5   ming   yoki   mamlakatimizda   faoliyat   ko’rsagayotgan   maktablarning
deyarli   barchasida   qurilish,   kapital   rekonstruksiya   va   tamirlash   ishlari   amalga
oshirildi.   O’quv   maskanlarining   zamonaviy   o’quv   laboratoriya,   mebel   jihozlari
bilan taminlangani ta’lim sifati va mazmuniga yuksak etibor qaratilmoqda.
Bugungi   kunda   aksariyat   maktabgacha   ta’lim   muassasalarining   moddiy-
texnik   bazasi   zamon   talablariga   javob   bermaydi.   Bolalarni   maktabgacha   ta’limga
qamrab olish ko’rstagichi hamon pastligicha qolmoqda. SHu boisdan ham 2200 ta
maktabgacha ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun
jami   2,2   trillion   sum   mablag’   ajratish   ko’zda   tutilgan.2016   yilda   maktabgacha
ta’lim muassalariga bolalarni kamrab olish 27 foizni tashkil etgan, kelajakda uni 80 foizga   etkazish   rejalashtirilgan.   Shuningdek,   qarorda   qishloq   joylarda   yangi
maktabgacha   ta’lim   muassasalarini   kurish,   ularni   zamonaviy   talablarga   javob
beradigan   jihozlar,   o’quv-metodik   qo’llanmalar   va   multimedia   vositalari   bilan
taminlash nazarda tutilgan.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 12 yanvardagi PQ-4942-son
qaroriga muvofiq, Toshkent shahrida Sankt-Peterburg davlat universitetining filiali
tashkil   etildi.   Natijada   yurtimizdagi   oliy   ta'lim   muassasalari   soni   130   taga   yetdi.
Bugungi   kunda   respublikada   130   ta   OTM   faoliyati   yo'lga   qo'yilgan:-   davlat   oliy
ta'lim muassasalari – 96 ta; - nodavlat oliy ta'lim muassasalari – 9 ta;
- xorijiy OTMlar va ularning filiallari – 25 ta.
2017-2021   yillarda   O’zbekiston   Respublikasida   oliy   ta’lim   tizimini   tubdan
takomillashtirish borasida quyidagilar rejalashtirilgan:
- akademik soha, o’quv dasturlari ishlab chiqilib, tasdiqlash;
- o’quv jarayonini tashkil etish;
- pullik   xizmatlar   ko’rsatish   va   moliyalashtirishning   qo’shimcha   manbalarini
izlashda   oliy   o’quv   yurtlari   vakolatlarini   kengaytirish   yo’li   bilan   ularning
mustaqilligi bosqichma-bosqich rivojlantirish.
- milliy kadrlarning raqobatdoshligini oshirish;
- Boloniya jarayoni ishtirokchi mamlakatlari diplomlarini o’zaro tan olish;
- o’qituvchi   va   talabalar   bilan   almashuv   dasturlarini   amalga   oshirishga
ko’maklashuvchi   1999   yil   19   iyundagi   Boloniya   deklaratsiyasiga   qo’shilish
masalasi ko’rib chiqish.
- Ilm-fan   taraqqiyotining   yangi   bosqichi:   fan,   ilmiy-tadqiqot,   innovatsion
yutuqlarni   rag’batlantirish   va   ularni   amaliyotga   joriy   etishning   samarali
mexanizmlarini   yaratish   hamda   ixtisoslashgan   laboratoriya,   yuqori   texnologiya
markazlari va texnologiyalarni joriy etish.
- fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini yanada takomillashtirish;
- jahonning   etakchi   universitetlari,   ilmiy   markazlari   va   fanlar   akademiyalari
bilan ilmiy hamkorlikni yanada mustahkamlash; - yangi   fan,   ilmiy   tadqiqot,   innovatsion   yutuqlarni   rag’batlantirish   va   ularni
amaliyotga   joriy   etishning   samarali   mexanizmlari   yaratilmoqda.Yoshlarga   oid
davlat siyosatini takomillashtirish. 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning   beshta   ustuvor   yo’nalishi   bo’yicha   Harakatlar   strategiyasida
«Yoshlarga oid davlat siyosatini takomkomilashtirish» deb nomlaigai alohida band
(4.5-band)   kiritilgan.   U   ijtimoiy   sohani   rivojlantirishning   beshta   ustuvor
yo’nalishlaridan   birining   tarkibida   o’z   ifodasini   topdi.   Unda   jismonan   sog’lom,
ruhan   va   aqlan   rivojlangan,   mustaqil   fikrlaydigan,   Vatanga   sodiq   qatiy   hayotiy
nuqtai nazarga ega Yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish
va   fuqarolik   jamiyatini   rivojlantirish   jarayonida   ularning   ijtimoiy   faolligini
oshirish, o’rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga
joylapggirish   hamda   xususiy   tadbirkorlik   sohasiga   jalb   etish,   Yosh   avlodning
ijodiy va intellektual salohiyatini qo’llab-quvvatlash va ruyobga chiqarish, bolalar
va Yoshlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya
va   sportga   keng   jalb   etish,   Yoshlarni   ijtimoiy   himoya   qilish,   Yosh   oilalar   uchun
munosib   uy-joy   va   ijtimoiy-maishiy   sharoitlarni   yaratish,   Yoshlarga   oid   davlat
siyosatini   amalga   oshirishda   davlat   hokimiyati   na   boshqaruvi   organlari,   ta’lim
muassasalari,  Yoshlar  va boshqa tashkilotlarning samarali  faoliyatini  tashkil  etish
vazifalari   belgilab   berilgan.   Ma`lumki,   2016   yilning   14   sentyabrida   O’zbekiston
Respublikasining 33 moddadan iborat «Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida»gi
O’RQ-406-son   Qonuni   qabul   qilindi.   Mazkur   Qonunning   qabul   qilinishi
munosabati   bilan   O’zbekiston   Respublikasining   1991   yil   20   noyabrda   qabul
qilingan«O’zbekiston   Respublikasida   Yoshlarga   oid   davlat   siyosatining   asoslari
to’g’risida»gi   429-XII-son   Qonuni   o’z   kuchini   yo’qotdi.   Qonunlarni   qabul   qilish
masalaning   bir   jihati   bo’lsa,   ularni   amalga   oshirishga   qaratilgan   chora-tadbirlarni
ko’rish   uning   boshqa   bir   jixatidir.   Shu   o’rinda   «Yoshlarga   oid   davlat   siyosati»
tushunchasi nimani anglatishini bilib olishimiz lozim. Yoshlarga oid davlat siyosati
deganda,   davlat   tomonidan   amalga   oshiriladigan   hamda   Yoshlarni   ijtimoiy
jihatdan   shakllantirish   va   ularning   intellektual,   ijodiy   va   boshqa   yo’nalishdagi
salohiyatini   kamol   toptirish   uchun   shart-sharoitlar   yaratilishini   nazarda   tutadigan ijtimoiy-   iqtisodiy,   tashkiliy   va   huquqiy   chora-tadbirlar   tizimi   tushuiiladi.
O’zbekiston   Respublikasining   «Yoshlarga   oid   davlat   siyosati   to’g’risida»gi
Qonuni 6-moddasining 1-qismida «Yoshlarga oid davlat siyosati davlat dasturlari,
xududiy   va   boshqa   dasturlar   asosida   amalga   oshirilishi   mumkin»,   deb   belgilab
qo’yilgan.   O’sha   moddaning   ikkinchi   qismida   «Davlat   dasturlari,   xududiy   va
boshqa   dasturlar   Yoshlarni   ijtimoiy   qo’llab-   quvvatlash,   Yosh   fuqorolarning
shaxsiy,   siyosiy,   iqtisodiy,   ijtimoiy   hamda   madaniy   xuquqlari,   erkinliklari   va
qonuniy manfaatlarini  himoya qilish va  ro’yobga chiqarishni  taminlaydigan zarur
shart-sharoitlarni   yaratish,   jamiyat   hayotida   ularning   o’rni   va   faolligini   oshirish,
sog’lom va barkamol Yosh avlodni tarbiyalash maqsadida ishlab chiqiladi hamda
amalga   oshiriladi»,   deyiladi.   Shu   o’rinda   «Yoshlar»   tushunchasining   yuridik
mazmuniga   to’xtalib   o’taylik.   Xush,   Yoshlar   deganda   qonun   hujjatlari   kimni
nazarda   tutadi?   «Yoshlarga   oid   davlat   siyosati   to’g’risida»gi   Qonunning   3-
moddasiga muvofiq,
«Yoshlar   (Yosh   fuqorolar)   -   o’n   to’rt   Yoshga   to’lgan   va   o’ttiz   Yoshdan
oshmagan shaxslar»dir. Yosh oila deganda, er-xotinniig ikkisi ham o’ttiz Yoshdan
oshmagan   oila   yoxud   farzand   (bola)   tarbiyalab   voyaga   etkazayotgan   o’ttiz
Yoshdan, oshmagan yo’lg’iz otadan yoki yo’lg’iz onadan iborat bo’lgan oila, shu
jumladan, nikohdan ajralgan, beva erkak (beva ayo’l) tushuniladi. Yosh mutaxassis
deganda, oliy yoki O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini  bitirgan, ta’lim
muassasasini   bitirganidan   so’ng   olgan   ixtisosligi   bo’yicha   uch   yil   ichida   ishga
kirgan   va   malumoti   to’g’risidagi   hujjatda   ko’rsatilgan   ixtisosligi   bo’yicha
ishlayotganiga   uch   yildan   ko’p   bo’lmagan   o’ttiz   Yoshdan   oshmagan   xodim
tushuniladi. Yoshlar tadbirkorligi deganda esa, yuridik shaxs tashkil etmagan holda
Yosh fuqarolar tomonidan, shuningdek, tasischilari Yosh fuqarolar bo’lgan yuridik
shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyati tushuniladi.
«Yoshlarga   oid   davlat   siyosati   to’g’risida»gi   Qonunning   5-moddasida
Yoshlarga   oid   davlat   siyosatining   asosiy   yo’nalishlari   belgilab   berilgan.   Ana
shunday   yo’nalishlardan   biri   sifatida   Yosh   oilalarni   manaviy   va   moddiy   jihatdan
qo’llab-quvvatlash,   ular   uchun   munosib   uy-joy   va   ijtimoiy-maishiy   sharoitlarni yaratish   bo’yicha   kompleks   chora-tadbirlar   tizimini   amalga   oshirish   vazifasi
belgilangan.
Qonunning 9-moddasida Yoshlarga oid davlat siyosatini ruyobga chiqarishda
ishtirok   etuvchi   organlar   va   muassasalar   tizimiga   ta’limni   davlat   tomonidan
boshqarish   organlari   va   ta’lim   muassasalari,   davlat   sog’liqni   saqlash   tizimini
boshqarish organlari va sog’likni saqlash muassasalari, madaniyat va sport ishlari
bo’yicha   organlar,   mehnat   organlari,   prokuratura   organlari,   ichki   ishlar   organlari,
adliya   organlari,   mudofaa   ishlari   bo’yicha   organlar   kirishi   bilan   bir   qatorda,   bu
borada   boshqa   organlar   va   muassasalar   ham   qonun   hujjatlariga   muvofiq   ishtirok
etishi mumkinligi belgilab berilgan. Shundan kelib chiqib, Yosh oilalarni qo’llab-
quvvatlash va uy-joy bilan taminlash maqsadida hududlarda
«Kamolot» uylarini qurish va imtiyozli kredit asosida faol Yoshlarga taqdim
etish   vazifasi   belgilandi.   Bunday   uylar   loyiha-smeta   hujjatlari   asosida   tijorat
banklari   kreditlari   evaziga   quriladi.   Mamlakatning   ijtimoiy   hayotida   faol
qatnashayottan   Yosh   oilalarni   yanada   qo’llab-quvvatlash   maqsadida   ular
zamonaviy uy-joylar  bilan taminlanadi  va ularga uzoq muddatli  ipoteka kreditlari
ajratiladi.
O’zbekiston   Prezidentining   xalqimiz   o’rtasida,   ayniqsa   Yoshlar   orasida
kitobxonlik an`anasini yanada jonlantirish, kitob mutolaasiga keng e`tibor qaratish
bo’yicha   amalga   oshirayotgan   say-harakatlari   diqqatga   sazovordir.   O’quvchi
Yoshlarning   mafkuraviy   immunitetini   mustahkamlash   maqsadida   ta’lim
muassasalarida   «Men   sevib   o’qigan   kitob»   va   «Eng   yaxshi   kitobxon»   tanlovlari
tashkil etilmoqda. Bunday tadbirlar vositasida o’quvchi Yoshlar turli yot g’oya va
mafkuralardan himoya qilinadi, ularning  mafkuraviy immuniteti mustahkamlanadi
hamda   jamiyatda   yuksak   manaviyatni   qaror   toptirishga   hissa   qo’shiladi.   Har   bir
tuman markazida kitob do’konlari ochildi va ular yangi asarlar bilan boyitildi. 40
ga   yaqin   nomdagi   o’zbek   mumtoz   va   hozirgi   zamon   adabiyoti,   jahon   mumtoz
adabiyoti   durdonalari   nashr   etildi   va   hududlarda,   xususan,   respublika   axborot-
resurs   markazlarida   ularning   takdimoti   o’tkaziladi.   Bunday   ezgu   ishlarni   amalga
oshirishdan   adabiyot   orqali   xalq   manaviyatini   yuksaltirish,   oilaviy   kitob   o’qish ananalarini   keng   torg’ib   qilish,   yozuvchi   va   kitobxon   o’rtasidagi   muloqotni
kuchaytirish,   Yoshlarni   intellektual   rivojlangan   va   manan   barkamol   qilib   voyaga
etkazishda   kitobning   o’rni   va   ahamiyatiga,   kitob   mutolaasi   madaniyatiga   bo’lgan
etiborni   kuchaytirsh   maqsad   qilib   olingan.   O’sib   kelayotgan   avlodning   kitob   va
boshqa bosma mahsulotlarga qiziqishini o’stirish maqsadida O’zbekiston xalqining
madaniy- marifiy merosi, tarixi bo’yicha adabiyotlar chiqaruvchi nashriyot uylari,
bosmaxonalar, asar mualliflariga soliq va boshqa preferensiyalar taqdim etilmoqda,
iqtisodiy rag’batlantirish choralari ko’rilmoqda.
Harakatlar   strategiyasiga   asosan   oliy   o’quv   yurtlari   kirish   sinovlarida   chin
etim, etim va nogironlarga imtiyozlar yaratilgan. Davlat taminotidagi etim bolalar,
ota-ona   qarovisiz   qolgan   bolalar   hamda   1-   guruh   ko’zi   ojiz   nogironlarga   ta’lim
olishda   keng   imkoniyatlar   yaratilgan.   Ularga   oliy   ta’lim   muassasalariga   qabul
qilishda   alohida   davlat   granti   ajratgan   holda,   imtiyozlar   belgilangan,   hududlarda
ayrim yo’nalishlar bo’yicha maqsadli qabul kvotalari tasdiqlangan.
Alohida   ta`kidlash   lozimki,   uyushmagan   Yoshlarning   sport   bilan   muntazam
shug`ullanishi   uchun   yetarli   shart-sharoitlar   yaratilishi   kerak.   Bu   maqsadda
mahallalarda  zamonaviy  sport  maydonchalarini  barpo  etish,  uyushmagan  Yoshlar
o’rtasida   musobaqalar   tashkil   etish   (street   sport)   lozim.   Agar   jamiyat   azolarining
barcha qatlamlari, ayniqsa Yoshlar sport bilan muntazam shug’ullansa, bu sog’lom
avlod to’g’risidagi maqsadlarimiz va intilishlarimizning hayotiy ifodasi demakdir.
Barchamizga   yaxshi   malumki,   mamlakatimizda   sog’lom   turmush   tarzini
targ’ib   qilishga,   Yoshlarning   sportga   bo’lgan   qiziqishlarini   oshirishga
yo’naltirilgan   uch   bosqichli   sport   musobaqalari   («Umid   nihollari»,«Barkamol
avlod», «Universiada») yo’lga qo’yilgan. Shu munosabat bilan sport musobaqalari
final   bosqichi   o’tkaziladigan   ta’lim   muassasalari   tamirlanadi   va   jihozlanadi.
Buning   natijasida   o’quvchi   Yoshlarning   sog’lom   va   barkamol   bo’lishlari   uchun
tegishli   sharoitlar   yaratiladi.   Oliy   ta’lim   muassasalarining   bakalavr   yo’nalishida
to’lov-shartnoma   asosida   tahsil   olayotgan   chin   etim,   Mexribonlik   uyida
tarbiyalangan   va   ota-   onasi   ota-onalik   huquqidan   maxrum   qilingan,   kam
taminlangan   oilalardagi   iqtidorli   talabalarni   rag’batlantirish   maqsadida   «Ta’lim granti»,   «Kasaba   uyushmalari   stipendiyasi»   loyihalari   asosida   sti-   pendiyalar
to’lash   amalga   oshirib   boriladi.   Ushbu   ishlarni   tashkil   etish   natijasida   ijtimoiy
himoyaga   muxtoj,   iqtidorli   talabalarga   oliy   ta’lim   muassasasida   ta’limni   davom
ettirish   uchun   imkoniyat   yaratiladi   hamda   ularning   harakati   bilimi   va   intilishi
moddiy-ma`naviy jihatdan rag’batlantiriladi. Iqtidorli Yoshlarni izlab topish, ularni
rag’batlantirish,   ijodiy   salohiyatini   yuksaltirish   va   katta   sahnalarga   olib   chiqish,
Yoshlar   etiborini   musiqa   va   sanatga   qaratish,   bo’sh   vaqtlarini   mazmunli
o’tkazishni tashkil etish, Yosh iqtidorli ijodkorlarni izlab topish va ularning ijodini
rag’batlantirish,   Yoshlarni   Vatanga   muhabbat,   mustaqillik   g’oyalariga   sadoqat   va
fidoyilik   ruhida   tarbiyalashga   xizmat   qiluvchi   qator   festivallar,   ko’rik   tanlovlar
o’tkazilmoqda,   davlat   mukofotlari   joriy   etilgan.   Masalan,   istedodli   Yoshlarni
ruyobga   chiqarish,   kashf   etish,   san`at   olamiga   kirib   kelayotgan   Yoshlarni   har
tomonlama   qo’llab-   quvvatlash   maqsadida   «Nihol»   mukofoti,   iqtidorli   qizlar
orasida «Zulfiya» mukofotlari joriy etilgan.
Turli   sohalarda   mehnat   kilib,   xalqimiz   hurmat-etiboriga   sazovor   bo’lgan
zamon   qahramonlari   faoliyati   to’g’risida   hujjatli   filmlar   yaratish,   ular   bilan
muntazam ravishda adabiy kechalar o’tkazishga doimo e`tibor berib kelingan. O’z
kasbi   bo’yicha   yuksak   natijalarga   erishgan   turli   soha   vakillari   faoliyatini   targ’ib
qilish   mamlakatimizda   amalga   oshirilayotgan   islohotlarni   yoritish,   ularni
Yoshlarga namuna sifatida etkazish va keng targ’ib qilish muhim ahamiyatga ega.
Yoshlar o’rtasida tibbiy madaniyatni oshirish, ularga tibbiy ko’rikdan doimiy
o’tishining   ijobiy   tomonlarini   tushuntirish   maqsadida   ta’lim   muassasalari,
mahallalar   hamda   tibbiyot   punktlarida   «Salomatlik   kunlari»ni   tashkil   etish
belgilangan.   Bu   tadbirlarning   amalga   oshirilishi   aholi,   ayniqsa,   Yoshlar   orasida
sog’lom   turmush   tarzi   shakllantirilishiga,   ularning   tibbiy   madaniyati
yuksaltirilishiga   hissa   qo’shadi,   Yosh   avlodni   sog’lom   va   barkamol   qilib   voyaga
etkazishda   o’zining   ijobiy   natijasini   ko’rsatadi.   Ota-onalarning   pedagogik
madaniyatini,   farzand   tarbiyasi   borasidagi   burch   va   mas   uliyatini   oshirish
maqsadida   fuqarolar   yig’ini   huzurida   «Ota-   onalar   universiteti»   faoliyatida
foydalanish   uchun   uslubiy   qo’llanma   va   ko’rgazmali   materiallar   ishlab chiqilmoqda, fuqarolar yig’ini xodimlari va faollari uchun «Yosh avlod tarbiyasida
ota-onalar   masuliyatini   oshirish»   mavzusida   respublika   ilmiy-amaliy
konferensiyasini   o’tkazish   choralari   belgilangan.   Ushbu   chora-tadbirlar   barkamol
avlodni   huquqiy,   ma`naviy-   axloqiy   jixatdan   tarbiyalashda   ota-onalarning
savodxonligini   oshirish,   namunali,   ibratli   oilalar   tajribasini   ommalashtirishni,
mavjud ibratli anana va kadriyatlarni saqlash va rivojlantirishni ko’zda tutadi.
Yoshlarimiz   o’rtasida   mamlakatimizda   amalga   opgarilayotgan   islohotlarga
daxldorlik   tuyg’usini   shakllantirish,   axloqiy   va   media   madaniyatni   oshirishga
qaratilgan   uchrashuvlar,   davra   suhbatlari,   treninglar,   viktorinalar,   tushuntirish
tadbirlarini   o’tkazish,   mahallalarda   aholi   va   Yoshlar   bilan   terrorizm   va   diniy
ekstremizmga   qarshi   kurashishga   bag’ishlangan   uchrashuvlar   o’tkazish   muhim
ahamiyat kasb etadi va bu borada ham tegishli vazifalar belgilandi.
Notinch   oilalar   farzandlari,   uyushmagan   Yoshlar,   ish   bilan   band   bo’lmagan,
«ommaviy   madaniyat»   tasiriga   tushib   qolgan   yigit-qizlarning   xatti-harakatlarini
nazoratga   olishda   ota-onalarning   masuliyatini   oshirish,   kashandalik,   alkogolli
ichimliklar   istemol   qilish   va   boshqa   illatlar   profilaktikasiga   oid   tadbirlar,
seminarlar o’tkazish, buklet, plakat, ko’rgazmali ko’llanmalar chop etish, ko’rsatuv
va   eshittarishlar   tashkil   qilish   Yoshlarning   «ommaviy   madaniyat»   tasiriga   qarshi
immunitetani   mustahkamlash,   ma`naviy-axloqiy   madaniyatini   oshirish,   sog’lom
turmush   tarziga,   sog’lom   oila   qurishga   intilishlarini   rag‘batlantirishni   ko‘zda
tutadi.
А dabiyotlar ro yxati:ʼ
1.Mirziyoev   Sh.M.   Milliy   taraqqiyot   yo limizni   qat iyat   bilan   davom   ettirib,	
ʼ ʼ
yangi bosqichga ko taramiz. T. 1. - Toshkent: O zbekiston.. 201.	
ʼ ʼ
2.Mirziyoev   Sh.M.   Buyuk   kelajagimizni   mard   va   oliyjanob   xalqimiz   bilan
birga quramiz. - Toshkent: O zbekiston. 2017.	
ʼ
3.Mirziyoev   Sh.M.   Qonun   ustuvorligi   va   inson   ma nfaatlarini   ta minlash   –	
ʼ ʼ
yurt   taraqqiyoti   va   xalq   farovonligining   garovi.   O zbekiston   Respublikasi
ʼ
Konstitutsiyasi   qabul   qilinganining   24   yiligiga   bag ishlangan   tantanali	
ʼ
marosimidagi ma ruzasi. - Toshkent: O zbekiston. 2017.	
ʼ ʼ 4.Mirziyoev   Sh.M.   Erkin   va   farovon,   demokratik   O zbekiston   davlatiniʼ
birgalikda barpo etamiz. - Toshkent: O zbekiston. 2017.	
ʼ
5.Murtazaeva   R.H.   O zbekistonda   millatlararo   munosabatlar   va   tolerantlik.	
ʼ
Darslik. - Toshkent: Mumtoz so z, 2019.	
ʼ
6.Yunusova   X.   O zbekistonda   millatlararo   munosabatlar   va   ma naviy	
ʼ ʼ
jarayonlar (XX asr 80-yillari misolida). - Toshkent:  А bu matbuot-konsalt, 2009.
7.Bobojonova D. O zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar (70 80-yillar
ʼ
misolida). Qo llanma. – Toshkent: Sharq, 1999.	
ʼ

Mavzu : O’zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy o’zgarishlar Reja: 1. Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish. 2. Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog’likni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-kizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish 3. Aholining hayot sharoitlarini yaxshilash borasidagi islohotlar. 4. Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish. 5. Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish.

Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish. Samarali mehnat uchun zarur sharoitlar, munosib ish haqi, zamonaviy uy-joylar, sifatli ta’lim va tibbiy yordam, dam olish va hordiq chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratish - bularning barchasi iqtisodiy sohadagi islohotlarimiz mohiyati va mazmunini belgilab beradigan muhim omillardir. SHu borada nafaqat eng kam oylik ish haqini, balki byudjet tashkilotlarida ham, xo’jalik yurituvchi subektlarda ham o’rtacha ish haqi mikdorini, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmini bosqichma- bosqich ko’paytirish maqsadga muvofiq. 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning bepgga ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida ham byudjet muassasalari xodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmini inflyasiya suratlaridan yuqori miqdorda izchil oshirish ham ustuvor vazifa qilib qo’yilgan. Mamlakatimizda aholi bandligini taminlash ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning ustuvor yo’nalishlaridan biri, xalq turmush darajasi va sifatini yuksaltirishning muhim sharti sifatida belgilangan. Binobarin, yurtimizda har yili milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, hududlar bo’yicha mehnat resurslaridan yanada to’liq va oqilona foydalanish, aholining ijtimoiy muhofazasini taminlashga qaratilgan tegishli dasturlar qabul qilinyapti. Milliy mehnat bozorining etiborga molik o’ziga xos xususiyatlari quyidagilar hisoblanadi: aholining asosiy qismini Yoshlar tashkil etishi (har yili yarim milliondan ortiq bitiruvchilar ishga joylashish bo’yicha ko’makka muxtoj); 700 mingdan ortiq ishsizlarning, shuningdek, ishchi kuchining talab va taklifi bo’yicha nomutanosiblikning mavjudligi, ayrim tumanlarda ishsizlik va norasmiy sektorda ish bilan bandlikning yuqori darajasi kuzatiladi. «Aholini ish bilan taminlash biz uchun nafaqat iqtisodiy, ayni paytda katta ijtimoiy ahamiyatga egadir. Hokimliklar, vazirlik va idoralar, ish beruvchi tashkilotlar bilan bir qatorda bank muassasalarini ham bu ishga yanada faol jalb etishi kerak. Aholi bandligini hal etishda turizmni rpvojlantirish bo’yicha katta imkoniyatlarni ishga solishimiz lozim». Shavkat Mirziyoev Yurtimizda yiliga 1,5

million odamni ishga joylashtirishga ehtiyoj bulsa-da, o’tgan yili (2016 yil) Bandlikka ko’maklashish markazlari atigi 248 ming kishini yoki 16,5 foizini ishga joylashtirgan. Buning asosiy sabablari ish faoliyatidagi eskirgan shakl va usullar hamda bandlik muammolarini hal etishdagi rasmiyatchilik bilan bog’liq. Bunday holat bandlikka ko’maklashishning faol siyosat choralarini amalga oshirish, yani ish o’rinlarini yaratish, avvalo Yoshlarni va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi toifalarini ish bilan taminlash, tadbirkorlik faolligini rag’batlantirish chorasini ko’rishga zaruriyatini keltirib chiqaradi. Yangi ish o’rinlarini tashkil etishda erkin iqtisodiy zonalarning ham o’rni katta. Xususai, mamlakatimizda «Navoiy» «Angren» va «Jizzax» erkin iqtisodiy zonalari tashkil etilgan. Shuningdek, O’zbekiston Resiublikasi Prezidentining 2017 yil 12 yanvardagi 4931-son farmoni bilan «Urgut», «G’ijduvon», «Qo’qon» va «Xazorasp» erkin iqtisodiy zonalari tashkil etildi2. Bu iqtisodiy zonalarda meva-sabzavot va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, saqlash va qadoqlash, to’qimachilik, gilam to’qish, poyabzal va charm-galantereya, ekologik jihatdan xavfsiz kimyo, farmatsevtika, oziq-ovqat, elektrotexnika sanoati, mashinasozlik va avtomobilsozlik, qurilish materiallari ishlab chiqarish va boshqa yo’nalishlarda yangi zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish yangi ish o’rinlarining yaratilishiga zamin yaratadi. 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida mehnat bozori talablariga asosan, professional kadrlarni qayta tayyorlash yuzasidan qisqa muddatli trening va o’kuv kurslarini o’tkazish bo’yicha nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini rag’batlantirish, nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash tartibini soddalashtirish, davlat akkreditatsiyasiga ega bo’lgan nodavlat ta’lim muassasalari uchun davlat namunasidagi hujjatlarni berish bo’yicha mavjud cheklovlarni bartaraf etish nazarda tutilgan.Shuningdek, Harakatlar strategiyasida o’rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalarida kerakli talabdan ortiq hajmda tayyorlanayotgan gumanitar ta’lim yo’nalishlarini qisqartirishni va mos ravishda agrar sektor, kurilish va ishlab chiqarish sohasi, uy-joy kommunal xo’jaligi sohasi

mutaxassislari tayyorlashni kengaytirishni ko’zda tutuvchi o’rta maxsus va kasb- hunar ta’lim mutaxassislik yo’nalishlarini qayta ko’rib chiqish rejalashtirilgan. Joriy va istiqboldagi kadrlarga bo’lgan ehtiyojdan kelib chiqqan holda mutaxassislarni tayyorlash, agrar sektor, qurilish va ishlab chiqarish sohasi, uy-joy kommunal xo’jaligini malakali mutaxassislar bilan hamda bitiruvchilarni kafolatlangan ish bilan taminlash imkonini beradi. Hududlarda aholi bandligini taminlash hamda qo’shimcha daromad manbaini yaratish maqsadida tijorat banklari tomonidan mikrokreditlar ajratish xajmini yan ada oshirish ham bu muammoni hal qilinishiga yordam beradi. Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog’liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish. Chorak asrlik mustaqil taraqqiyotimiz davrida mamlakatimizda inson hayotini yaxshilash, uning qulay turmush sharoitlarini yaratish maqsadida ulkan ishlar amalga oshirildi. Demokratik fuqarolik jamiyatini barpo etish, bunda aholini ijtimoiy himoya qilish, uning sog’ligini kafolatlash yo’nalishida jahon va milliy tajribaga asoslangan holda yaxlit tizim yaratildi.Ayni vaqtda zamon talabi, mamlakatimiz bosib o’tgan taraqqiyot yo’lining chuqur tahlili, aholini ijtimoiy himoyalash va sog’likni saqlash tizimini takomillashtirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va amalga oshirishni taqozo etmoqda. Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo’yicha ustuvor yo’nalishlarni amalga oshirish maqsadida ishlab chiqilgan Xdrakatlar strategiyasida Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog’likni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish ustuvor yo’nalishlardan biri sifatida belgilandi. O’tgan davr mobaynida O’zbekiston sobiq Ittifokdan meros bo’lib qolgan tizimlashmagan, umumiy shaklga ega bo’lgan ijtimoiy himoya tizimini tubdan yaxshilab, tizimli, manzilli harakterga ega bo’lgan va ko’lami bo’yicha aholining barcha katlamlarini har tomonlama himoyalashni tashkil etishga qaratilgan takomillashgan tizimni joriy etdi va bugungi kunga kelib

aholiga ijtimoiy kafolatlarni taminlamoqda.Bugungi kunda Davlat byudjetining qariyb 60 foizi ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo’naltirilmoqda. 1991 yilga taqqoslaganda, aholining real daromadlari 12 barobardan ziyod ko’paydi, ish haqi, pensiya va ijtimoiy nafakdlar salmoqli darajada oshdi. Iste`mol tovarlari ishlab chiqarishni jadal suratlar bilan oshirish va aholining ularga bo’lgan talabini qondirish taminlanmoqda.Taraqqiyotimizning bugungi bosqichida ijtimoiy sohaning aholiga majburiy ijtimoiy kafolatlarni taminlash, aholining ehtiyojmand qatlamlarining ijtimoiy himoyasini hamda keksalar va imkoniyati cheklangan shaxslarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashni kuchaytirish, ijtimoiy xizmat ko’rsatishni yaxshilash, aholiga ijtimoiy xizmatlar ko’rsatishda davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish masalalariga e`tibor qaratilmoqda.Sog’liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish borasida 2017-2021 yillarda barcha tuman, shahar tibbiyot birlashmalari va oilaviy poliklinikalar, onkologik muassasalar, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, Davlat sanitariya epidemiologiya nazorat markazlarini, Respublika ilmiy shoshilinch tibbiy yordam markazi, tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining klinikalari va respublika klinik shifoxonalarini hamda to’rtinchi darajali ko’p tarmoqdi bolalar tibbiyot markazlarining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanadi va aholiga ko’rsatilayotgan tibbiy yordam sifati oshiriladi. Aholining hayot sharoitlarini yaxshilash borasidagi islohotlar. O’zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab amalga oshirilgan islohotlar jarayonida aholining turmush farovonligini hamda hayot sifatini oshirish yuzasidan katta yaratuvchilik ishlari amalga oshirildi. Bugungi kunda Davlat byudjetining kariyb 60 foizi ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo’naltirilmoqda. Bu aholining hayot sifati yaxshilanishiga xizmat qilmoqda. Shu bilan birga aholini, ayniqsa qishloq aholisini yangi, shinam uy-joylar bilan ta`minlash borasida katta ishlar amalga oshirilmoqda. Aholi daromadlari ko’payishi esa ularning hayot farovonligini yuksaltirishga asos bo’lmoqda. Shu bilan birga «Republikamizda jadal suratlar bilan zamonaviy yo’l-transport va muxandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi tashkil kilinmosda. Jumladan, Qamchiq dovonidan o’tadigan, noyob