logo

O’zbekiston Respublikasining Markaziy Osiyo davlatlari bilan ijtimoiy-iqtisodiy siyosiy hamkorligi

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

29.7294921875 KB
Mavzu:   O’zbekiston   Respublikasining   Markaziy   Osiyo   davlatlari   bilan
ijtimoiy-iqtisodiy siyosiy hamkorligi
Reja:
1.   Markaziy Osiyo – O`zbe`kiston tashqi siyosatining asosiy ustuvor yo`nalishi 
2.   O‘zbekiston   va   Markaziy   Osiyo   davlatlari   o‘rtasida   mintaqalararo
hamkorlikni amalga oshirishning ijobiy jihatlari
3.   O‘zbekistonning   Markaziy   Osiyo   mamlakatlari   bilan   mintaqalararo
hamkorligini   mustahkamlash   masalalarini   mamlakat   va   uning   mintaqalari   iqtisodiy
o‘sishining muhim manbai sifatida talqini 1.   Markaziy   Osiyo   –   O`zbe`kiston   tashqi   siyosatining   asosiy   ustuvor
yo`nalishi
Aynan   shu   mavzu   2017-yil   11-avgust   kuni   poytaxtimizda   o‘tkazilgan   xalqaro
anjuman   ishtirokchilarining   diqqat   markazida   bo‘ldi.   Anjuman   O‘zbekiston
Respublikasi   Tashqi   ishlar   vazirligi   tomonidan   Xalqaro   munosabatlar   axborot-tahlil
markazi,   BMT   Taraqqiyot   dasturining   mamlakatimizdagi   vakolatxonasi   hamda
Yevropada   xavfsizlik   va   hamkorlik   tashkiloti   (EXHT)   loyihalari   koordinatori   ofisi
bilan   hamkorlikda   tashkil   etildi.   Tadbirni   kirish   so‘zi   bilan   ochgan   O‘zbekiston
Respublikasi   tashqi   ishlar   vaziri   Abdulaziz   Komilov   davlatimiz   rahbari   Shavkat
Mirziyoyev tomonidan Markaziy Osiyoning mamlakatimiz tashqi siyosatining asosiy
ustuvor   yo‘nalishi   sifatida   belgilangani   davlatimizning   yaqin   qo‘shnilar   bilan
do‘stlik,   o‘zaro   manfaat   va   yaxshi   qo‘shnichilik   tamoyillariga   asoslangan
munosabatlar   o‘rnatishga   samimiy   intilishi   ekanini   alohida   ta’kidladi.   Markaziy
Osiyoning   barcha   davlatlari   bilan   umumiy   chegaraga   ega   O‘zbekiston,   shubhasiz,
mintaqani   barqarorlik,   izchil   taraqqiyot   va   yaxshi   qo‘shnichilik   hududiga
aylantirishdan manfaatdor. 
Mamlakatimiz   taraqqiyotining   chegaralarimiz   xavfsizligidan   tortib   suv
resurslarini oqilona taqsimlashgacha bo‘lgan barcha muhim hayotiy masalalarini hal
etish   mintaqamiz   bilan   chambarchas   bog‘liq.   Iqtisodiy   jihatdan   taraqqiy   etgan,
xavfsizligi   ta’minlangan   Markaziy   Osiyo   O‘zbekiston   uchun   eng   asosiy   maqsaddir.
Transport-kommunikatsiya   va   energetika   sohalaridagi   yirik   mintaqaviy   loyihalarni
qo‘shni   mamlakatlar   bilan   faol   hamkorlik   qilmasdan,   ularning   yuksak   darajada
integratsiyalashuvini   ta’minlamasdan   amalga   oshirib   bo‘lmaydi.   Bundan   tashqari,
Markaziy Osiyo nafaqat geografik va geosiyosiy, balki qadriyatlari mushtarak yagona
madaniy   makondir.   Mintaqada   istiqomat   qilayotgan   xalqlarni   umumiy   ma’naviy
qadriyatlar   va   o‘tmish,   o‘xshash   milliy   an’ana   va   urf-odatlar,   asrlar   davomida
shakllangan mentalitet birlashtirib turadi. 
Ushbu   mushtaraklik   mintaqaviy   hamkorlik   uchun   mustahkam   va   ishonchli
poydevordir. Anjumanda so‘zga chiqqan BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv
diplomatiya   bo‘yicha   mintaqaviy   markazi   (MOPDMM)   rahbari   P.Draganov O‘zbekiston   rahbariyatining   umumiy   rivojlanish   va   taraqqiyot   yo‘lida   Markaziy
Osiyoning   barcha   mamlakatlarini   o‘zaro   yaqinlashtirishga   qaratilgan   tashabbuslari
BMTning asosiy maqsad va vazifalariga hamohang ekanini qayd etdi. 
Shu   munosabat   bilan   MOPDMM   O‘zbekistonning   bu   boradagi   takliflarini
qo‘llashga  tayyor.  BMT  Bosh  kotibi   A.Guterrishning   joriy  yil   iyun  oyida  Markaziy
Osiyoga   tashrifi   tashkilot   mintaqadagi   hamkorlikni   qo‘llab-quvvatlayotganining
yaqqol   ifodasi   bo‘ldi.   BMT   rezident-koordinatori,   BMT   Taraqqiyot   dasturining
mamlakatimizdagi doimiy vakili X.Freyzer O‘zbekistonda qabul qilingan 2017-2021-
yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasi  va unga muvofiq qo‘shni  mamlakatlar
bilan   aloqalarni   mustahkamlash   bo‘yicha   amalga   oshirilayotgan   tashqi   siyosat
kelgusida   nafaqat   O‘zbekistonning,   balki   butun   Markaziy   Osiyoning   yanada
farovonlashuvi   va   barqaror   rivojlanishining   kafolati   ekanini   ta’kidladi.   Shu
munosabat   bilan   BMT   O‘zbekistonning   mintaqaviy   hamkorlikni   mustahkamlash
yo‘lidagi   sa’y-harakatlarini   to‘liq   qo‘llab-quvvatlaydi.   EXHTning   Toshkent
shahridagi   loyihalari   koordinatori   vazifasini   bajaruvchi   X.Im   ta’kidlaganidek,
anjumanda Markaziy Osiyo mamlakatlari va diplomatik korpusning yuqori martabali
vakillari   ishtirok   etgani   xalqaro   hamjamiyatda   rasmiy   Toshkentning   Markaziy
Osiyoda   o‘zaro   hamkorlikni   mustahkamlash   bo‘yicha   olib   borayotgan   mintaqaviy
siyosatiga   qiziqish   ortib   borayotganidan   dalolat   beradi.   Anjumanda   Markaziy
Osiyoning   barcha   mamlakatlari   –   Qozog‘iston,   Qirg‘iziston,   Tojikiston   va
Turkmanistondan nufuzli ekspert va diplomatlar ishtirok etdi. 
Muhokamalarda qo‘shni davlatlarning O‘zbekistondagi elchilari ham qatnashdi.
Xorijlik   ishtirokchilar   tomonidan   O‘zbekistonning   yangi   mintaqaviy   siyosati
Markaziy   Osiyodagi   siyosiy   muhitni   tubdan   o‘zgartirish,   samarali   mintaqaviy
hamkorlik   uchun   mustahkam   asos   yaratgani   alohida   ta’kidlandi.   Ishtirokchilarning
chiqishlari   va   fikr-mulohazalari   xalqaro   hamkorlik   va   mintaqaviy   xavfsizlik
borasidagi   dolzarb   masalalar   bo‘yicha   barcha   Markaziy   Osiyo   davlatlari   pozitsiyasi
yaqin   va   o‘xshash   ekanini   ko‘rsatdi.   Anjumanda   Markaziy   Osiyoda   hamkorlikni
kengaytirish   va   mustahkamlash   bo‘yicha   ilgari   surilgan   g‘oya   va   takliflar   BMT
shafeligida   O‘zbekiston   tomonidan   2017-yil   noyabr   oyida   Samarqand   shahrida tashkil   etilishi   rejalashtirilayotgan   Markaziy   Osiyoda   xavfsizlik   va   barqaror
taraqqiyotni   ta’minlash   bo‘yicha   xalqaro   anjumanda   o‘z   amaliy   ifodasini   topishiga
ishonch   bildirildi.   Mazkur   xalqaro   konferensiya   yakunlari   bo‘yicha   BMT   Bosh
Assambleyasiga   Markaziy   Osiyoda   tinchlik,   xavfsizlik   va   barqaror   taraqqiyotni
ta’minlashga   qaratilgan   rezolutsiyani   qabul   qilishga   da’vat   etilgan   tegishli
kommyunikeni ma’qullash ko‘zda tutilgan.
2.   O‘zbekiston   va   Markaziy   Osiyo   davlatlari   o‘rtasida   mintaqalararo
hamkorlikni amalga oshirishning ijobiy jihatlari quyidagilardan iborat:
- yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish, hududiy klaster, savdo zonalarni
tashkil etish;
-   yuqori   texnologiyali   faoliyat   turlarini   (mashinasozlik,   farmatsevtika,
asbobsozlik, axborotlashtirish va aloqa) rivojlantirish va amalga oshirishda tuman va
shaharlarda sanoatni rivojlantirish maqsadida hududlarga investitsiya resurslarini jalb
qilish;
- mahalliy mahsulotlar, masalan, to‘qimachilik mahsulotlari uchun o‘z brendini
shakllantirish, Markaziy Osiyoda savdo uylari va markazlarini tashkil etish;
-   mahalliy   mahsulotlarning   tashqi   bozorlarga,   xususan,   Markaziy   Osiyo
mamlakatlariga,   erkin   savdo   zonalari   to‘g‘risidagi   bitimlarni   amalga   oshirish
doirasida chiqarish;
-   ta’lim,   sog‘liqni   saqlash,   biznesni   rivojlantirish   va   investitsion   jozibadorlikni
oshirish   sohasida   tajriba   almashish,   ilg‘or   texnika   va   texnologiyalar   ishlab
chiqarishga jalb etish;
- mahalliy quvvatlar va resurslarga asoslangan qo‘shma loyihalar orqali uzoq va
chegara hududlarini (qishloq joylarini) rivojlantirish va boshqalar.
Prognozlashtirish   va   makroiqtisodiy   tadqiqotlar   instituti   tomonidan   tadqiqot
ishlari   doirasida   o‘tkazilgan   mintaqalarning   tabiiy-iqtisodiy   salohiyatini   baholash
O‘zbekistonning   Markaziy   Osiyo   mamlakatlari   bilan   ko‘p   tomonlama   hamkorligi
uchun istiqbolli yo‘nalishlarni aniqlash imkonini berdi [4]
.
Birinchidan,  ishlab chiqarishni joylashtirish (paxta-to‘qimachilik va agrosanoat
klaster)   zamonaviy   shakllarini   joriy   etish   asosida   qayta   ishlab   chiqarishni chuqurlashtirishga   qaratilgan   davlat   sanoat   siyosati   iqtisodiyotning   xomashyoga
yo‘naltirilgan   ixtisoslashuvini   kamaytirish   va   tayyor   mahsulotlar   (qishloq   xo‘jaligi
mahsulotlari,   tayyor   meva   va   sabzavot,   go‘sht   va   sut   mahsulotlari,   to‘qimachilik,
farmatsevtika,   va   hokazo)   eksport   salohiyatini   oshirish   uchun   zaxira   ekanligini
ta’kidlash   lozim.   Shu   munosabat   bilan   mintaqalararo   loyihalarni   amalga   oshirishda
xorijiy   investitsiyalarni   jalb   etish,   to‘plangan   tajribani   (masalan,   Farg‘ona
vodiysining yerga ishlov berish, qurilish ishlari bo‘yicha tajribasi va boshqalar) joriy
etish,   tovarlar   va   xizmatlarni   sotishga   yordam   berish   uchun   qo‘shni   mamlakatlarda
biznes markazlari va savdo uylari yaratish mumkin.
Ikkinchidan,   O‘zbekiston   yo‘lovchilar   va   yuklarni   transchegaraviy   tashishni
yanada   rivojlantirish   uchun   yetarli   darajada   rivojlangan   transport   infratuzilmasiga
ega.  Markaziy  Osiyo  davlatlarini   birlashtiruvchi   va  tashqi   bozorlarga  chiquvchi  eng
muhim transport yo‘laklarini barpo etish va modernizatsiya qilish loyihalarini amalga
oshirish,   transport   logistikasini   rivojlantirish   xarajatlarni   kamaytiradi,   mamlakatlar
o‘rtasidagi   savdoni   oshiradi   va   Buyuk   ipak   yo‘li   bo‘ylab   turizmni   rivojlantirish
istiqbollarini ochadi.
Bundan   tashqari,   O‘zbekiston   chegara   hududlari   bilan   qo‘shni   davlatlarning
tegishli   chegara   hududlari   o‘rtasidagi   iqtisodiy   hamkorlikni   mustahkamlashga
qaratilgan   transchegaraviy   savdoni   tashkil   etish   nuqtai   nazaridan   yagona   yo‘lak
yaratish maqsadga muvofiqdir.
Uchinchidan,   aholi   nisbatan   zich   joylashgan   hudud   va   mehnat   resurslarining
mavjudligi   bilan   ajralib   turadigan   O‘zbekiston   uchun   aholining   faol   mehnat
migratsiyasi dolzarb muammo bo‘lib qolmoqda. Tashqi mehnat migratsiyasi - mehnat
va   malakali   kadrlarning   mamlakat   hududlaridan   iqtisodiy   jihatdan   nisbatan
rivojlangan   mamlakatlarga   chiqishi   bilan   izohlanadi.   O‘zbekiston   aholisining
Markaziy   Osiyo   davlatlari   bilan   bandligini   ta’minlash   bo‘yicha   mintaqalararo
hamkorlikni  tashkil  etish doirasida barcha tomonlar  uchun qulay bitimlarga erishish
mumkin.   Bu   yo‘nalishda   ta’lim   va   sog‘liqni   saqlash   sohasini   kengaytirish,
keyinchalik aholi bandligini ta’minlash imkoniyatlari ham mavjud. To‘rtinchidan,   Markaziy   Osiyo   mintaqalarining   umumiy   muammosi   suv-
energetika   resurslaridan   oqilona   foydalanish   va   ekologik   vaziyatni
barqarorlashtirishdir .
Yagona   energetika   tizimining   qayta   tiklanishi   O‘zbekiston,   Turkmaniston,
Qozog‘iston,   Tojikiston   va   Qirg‘izistonga   umumiy   quvvatlardan   foydalanish   va
energiya ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish imkonini beradi. Yagona
elektr energiyasi bozori iste’molchilarga oshkora narxlar belgilash imkonini beradi va
a’zo davlatlarning iqtisodiy o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Markaziy   Osiyo   mintaqalaridagi   ekologik   vaziyatni   barqarorlashtirish   bo‘yicha
birgalikdagi   sa’y-harakatlar   doirasida   “suvning   quyi   qismi”dagi   davlatlarda
(Qozog‘iston, O‘zbekiston va Turkmaniston) suv tanqisligini bartaraf etish, “suvning
yuqori   qismi”dagi   mamlakatlarni   (Qirg‘iziston   va   Tojikiston)   esa   gidroelektr
stansiyalaridan   elektr   energiyasi   bilan   ta’minlash,   shuningdek,   qishloq   xo‘jaligini
intensivlashtirish   orqali   suv   sarfini   kamaytirish   bo‘yicha   chora-tadbirlar   o‘tkazish
maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Shunday   qilib,   mintaqaviy   va   mintaqalararo   iqtisodiy   munosabatlarni   yanada
kuchaytirish   Markaziy   Osiyo   davlatlari   uchun   yagona   iqtisodiy   bozorni   yaratish,
mintaqaviy   va   jahon   bozorlarida   mahsulotning   raqobatbardosh-ligini   oshirish,
mavjud   resurslardan   samarali   foydalanish,   innovatsion   jarayonlarni   jadallashtirish,
yagona   ilmiy   va   ta’lim   salohiyatini   shakllantirish,   ishlab   chiqarish   xarajatlarini
kamaytirish orqali ularning taraqqiyotiga sezilarli ijobiy turtki beradi.
3.   O‘zbekistonning   jahon   iqtisodiy   tizimiga   integratsiyalashuvini   kengaytirish
iqtisodiyotda   davom   etayotgan   tarkibiy   o‘zgarishlarning   muhim   elementi   bo‘lib,
barqaror iqtisodiy rivojlanish uchun muhim zamin bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbekiston
Respublikasini   yanada  rivojlantirish  strategiyasida  mamlakat   va uning  mintaqalarini
eksportga yo‘naltirilgan rivojlanish modeliga o‘tish, jumladan, hududlarning eksport
salohiyatini   oshirish   va   qo‘llab-quvvatlash,   ichki   bozordagi   tovar   va   xizmatlarni
jahon bozorlariga kiritish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishi zarurligi bayon
etilgan. Shu   tufayli   davlatimiz   rahbari   BMT   bosh   Assambleyasining   72-sessiyasida
Markaziy   Osiyo   davlatlari   o‘rtasida   mintaqalararo   hamkorlikni   kuchaytirish
muhimligini   ta’kidlab,   Markaziy   Osiyo   mintaqasida   tinchlik   va   xavfsizlikni
mustahkamlash, barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo‘lida qator konstruktiv g‘oya
va tashabbuslarni ilgari surganligi bejiz emas.
Demak,   O‘zbekiston   va   xorijiy   davlatlar   o‘rtasidagi   mintaqalararo   hamkorlikni
mustahkamlash   bo‘yicha   chora-tadbirlarni   amalga   oshirish   bugungi   kunda   dolzarb
vazifa   hisoblanadi.   Shularni   inobatga   olgan   holda,   mualliflar,   O‘zbekiston   bilan
Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi mintaqalararo hamkorlikni mustahkamlash
masalalarini mamlakat va uning mintaqalari iqtisodiy o‘sishining muhim manbai, deb
hisoblashadi.
O‘zbekiston   bilan   Markaziy   Osiyo   davlatlari   o‘rtasida   mintaqalararo
hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berish ishning asosiy vazifalari: tashqi
savdo   aylanmasini   baholash,   mamlakatning   raqobat   ustunliklari   va   salohiyati,
O‘zbekiston   mintaqalararo   hamkorligining   tamoyillari   va   asosiy   yo‘nalishlarini
belgilash hisoblanadi.
Tajriba   shuni   ko‘rsatadiki,   mintaqalararo   iqtisodiy   hamkorlik   faoliyat   turlarini
diversifikatsiya   qilish,   ishlab   chiqarish   kuchlarini   joylashtirishning   zamonaviy
shakllarini   joriy   etish   hamda   mahalliy   mahsulot   va   xizmatlarni   sotish,   xomashyo
sotib   olish,   mamlakatlar   mintaqalari   o‘rtasida   investitsiya   va   mehnat   resurslari
harakatida kuzatiladigan to‘siqlarni bartaraf etishga ko‘maklashadi.
2017-2019   yillar   bo‘yicha   “Tovar   va   xizmatlar   eksport,   import”   O‘zbekiston
Respublikasi   Statistika   davlat   qo‘mitasining   statistik   byulletenlari   axborot   bazasi
bo‘lib   xizmat   qildi.   Shuningdek   bu   jarayonni   qiyosiy   baholash,   guruhlash,   tizim   va
tizimli tahlil usullaridan foydalanildi.
2016   yilda   boshlangan   yangi   iqtisodiy   siyosatda   iqtisodiyotdagi   tarkibiy
o‘zgarishlarning   eng   muhim   elementlaridan   biri   O‘zbekistonning   jahon   iqtisodiy
tizimiga   integratsiyalashuvining   sezilarli   darajada   faollashuvi   bo‘ldi.   Mamlakat   va
uning   mintaqalaridagi   mavjud   tabiiy-iqtisodiy   salohiyatdan   samarali   foydalanish Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan tashqi savdo hajmini bosqichma-bosqich oshirish
imkonini berdi.
2017-2019   yillarda   O‘zbekiston   tashqi   iqtisodiy   faoliyatini   rivojlantirishning
asosiy   yo‘nalishlari   eksport   salohiyatini   oshirish,   xorijiy   investitsiyalarni   jalb   qilish
ko‘lamini   kengaytirish   va   import   o‘rnini   bosuvchi   ishlab   chiqarish   jarayonlarini
chuqurlashtirish   bo‘ldi.   Tahlil   qilingan   davrda   O‘zbekistonning   Markaziy   Osiyo
mamlakatlari   bilan   tashqi   savdo   aylanmasi   2,9   barobar   oshdi,   bu   mamlakat   savdo
aylanmasining   umumiy   qiymati   o‘sishidan   yuqori   (O‘zbekiston   tashqi   savdo
aylanmasining umumiy hajmi shu davr mobaynida 1,5 barobar oshdi) bo‘ldi. Natijada
Markaziy Osiyo  davlatlarining tashqi  savdodagi  hissasi  2017 yilda 10,2%  dan 2019
yilda   19,1%   gacha   oshgan   bo‘lib,   bu   mintaqalararo   iqtisodiy   hamkorlikni
mustahkamlashdan dalolat beradi .
Shuni ta’kidlash joizki, ayrim iqtisodiy faoliyat turlarida o‘ziga xos xususiyatlar
va   raqobat   ustunliklariga   ega   bo‘lgan   O‘zbekiston   tovar   va   xizmatlarni   eksport
qilishda munosib o‘rin egallaydi (2019 yilda mamlakat tovar va xizmatlarini eksport
qilishda Markaziy Osiyo mamlakatlarining ulushi 14,5% ni tashkil etdi, bu esa 2017
yilga nisbatan yuqoridir).
Shu bilan birga, mintaqa mamlakatlari  orasida asosiy  importchilar Qozog‘iston
(umumiy   eksportning   8,0%)   va   Qirg‘iziston   (3,8%)   hisoblanadi,   Tojikiston   va
Turkmaniston esa o‘rtacha ko‘rsatkichlarga ega (1,9% va 0,8%, mos ravishda).
Tovarlar   va   xizmatlar   eksport   tarkibining   tahlili   shuni   ko‘rsatdiki,   O‘zbekiston
kimyo   mahsulotlari   va   undan   olinadigan   mahsulotlar,   mashina   va   uskunalar,   oziq-
ovqat   mahsulotlari   (Qozog‘iston,   Qirg‘iziston,   Tojikiston,   Turkmanistonga),
shuningdek,   qora   metallar   (Qozog‘iston,   Qirg‘iziston,   Tojikistonga   eksport)   ishlab
chiqarish va eksport qilishda raqobat ustunligiga ega
Shu bilan birga, O‘zbekiston Markaziy Osiyodan energiya va neft mahsulotlari,
rangli va qora metallar va boshqa mahsulotlarning asosiy importyori hisoblanadi.
Umuman   olganda,   bugungi   kunga   kelib,   Markaziy   Osiyo   hukumatlari
tomonidan   sanoat   va   ilmiy-texnikaviy   hamkorlik,   mintaqalararo   hamkorlik,
sarmoyalarni   o‘zaro   rag‘batlantirish   va   himoya   qilish,   ta’lim-tarbiya   hujjatlarini o‘zaro   tan   olish   to‘g‘risida   shartnomalar   imzolandi.   O‘zbekiston   mashinasozlik,
elektr,   to‘qimachilik   va   oziq-ovqat   sanoati   sohalarida   ishlab   chiqarishni
mahalliylashtirish hamkorlik uchun yaxshi istiqbollarni ko‘rmoqda.
Qozog‘iston,   Qirg‘iziston,   Tojikiston   va   Turkmaniston   iqtisodiy   mintaqalararo
rivojlanish va mintaqada ekologik xavfsizlikni ta’minlash borasida ham O‘zbekiston
uchun   muhim   hamkorlardir.   Bu   mamlakatlar   o‘rtasidagi   munosabatlar   xalqlarning
tarixiy yaqinligi va o‘zaro siyosiy va iqtisodiy manfaatlarga asoslanadi.
Hamkorlikni  kengaytirishning muhim  omili  qo‘shma  va xorijiy korxonalarning
muvaffaqiyatli   faoliyat   yuritishidir.   Hozirgi   kunda   O‘zbekistonda   qozoq   sarmoyasi
ishtirokida   tuzilgan   200   dan   ortiq   korxona   (83%   qo‘shma   korxona   va   100%   qozoq
sarmoyasi   bilan   17%   korxona)   va   qirg‘iz   sarmoyadorlari   ishtirokida   tuzilgan   96   ga
yaqin   kompaniya   mavjud.   O‘z   navbatida,   Qozog‘iston   hududida   150   ga   yaqin
korxona,   Qirg‘izistonda   esa   keng   turdagi   tovar   va   xizmatlar   ishlab   chiqarishga
ixtisoslashgan   200   dan   ortiq   qo‘shma   qirg‘iz   –   o‘zbek   korxonalari   faoliyat
ko‘rsatmoqda.
Savol va topshiriqlar.
1.   O zbekiston   va   Markaziy   Osiyo   mintaqasi   munosabatlarining   mushtaraklikʻ
jihatlari nimadan iborat?
2.  Markaziy Osiyo qanday mintaqa hisoblanadi?
3.  Markaziy Osiyoning tashqi ustuvor yo`nalishi nimadan iborat?
4.   Mintaqaviy   hamkorligining   davlatlar   xavfsizligi   va   barqarorligini
ta minlashning asosiy masalalari haqida ma`lumot bering.	
ʼ
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2017   yil   7   fevraldagi
“O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi
to‘g‘risida”gi   PF-4947-son   Farmoni.   O‘zbekiston   Respublikasi   qonun   hujjatlari
to‘plami, 2017y., 6-son, 70-modda.
2.   Lukin   Ye.V.   Mejregionalnoye   sotrudnichestvo   kak   faktor   regionalnogo
razvitiya. J.: Rossiya: tendensii i perspektiva razvitiya, 2016 g. 3.   O‘zbekiston   Respublikasi   Davlat   statistika   qo‘mitasi   tomonidan
tayyorlangan 2019 yil bo‘yicha “Eksport, import” statistik to‘plami.
4.   Ishlab   chiqarishni   oqilona   joylashtirish   va   mintaqalar   iqtisodiyotini
diversifikatsiyalashning  metodologik asoslarini  takomillashtirish mavzusidagi  ilmiy-
tadqiqot   ishlari   bo‘yicha   hisobot,   Prognozlashtirish   va   makroiqtisodiy   tadqiqotlar
instituti, 2017 y.
5.   Ekologicheskiye   problemi   Sentralnoy   Azii.   Elektronniy   istochnik:
https://ural-eurasia.ru/pro-zasedaniya/news/159-ekologicheskie-problemy-tsentralnoj-
azii.

Mavzu: O’zbekiston Respublikasining Markaziy Osiyo davlatlari bilan ijtimoiy-iqtisodiy siyosiy hamkorligi Reja: 1. Markaziy Osiyo – O`zbe`kiston tashqi siyosatining asosiy ustuvor yo`nalishi 2. O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida mintaqalararo hamkorlikni amalga oshirishning ijobiy jihatlari 3. O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan mintaqalararo hamkorligini mustahkamlash masalalarini mamlakat va uning mintaqalari iqtisodiy o‘sishining muhim manbai sifatida talqini

1. Markaziy Osiyo – O`zbe`kiston tashqi siyosatining asosiy ustuvor yo`nalishi Aynan shu mavzu 2017-yil 11-avgust kuni poytaxtimizda o‘tkazilgan xalqaro anjuman ishtirokchilarining diqqat markazida bo‘ldi. Anjuman O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Xalqaro munosabatlar axborot-tahlil markazi, BMT Taraqqiyot dasturining mamlakatimizdagi vakolatxonasi hamda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (EXHT) loyihalari koordinatori ofisi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Tadbirni kirish so‘zi bilan ochgan O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan Markaziy Osiyoning mamlakatimiz tashqi siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilangani davlatimizning yaqin qo‘shnilar bilan do‘stlik, o‘zaro manfaat va yaxshi qo‘shnichilik tamoyillariga asoslangan munosabatlar o‘rnatishga samimiy intilishi ekanini alohida ta’kidladi. Markaziy Osiyoning barcha davlatlari bilan umumiy chegaraga ega O‘zbekiston, shubhasiz, mintaqani barqarorlik, izchil taraqqiyot va yaxshi qo‘shnichilik hududiga aylantirishdan manfaatdor. Mamlakatimiz taraqqiyotining chegaralarimiz xavfsizligidan tortib suv resurslarini oqilona taqsimlashgacha bo‘lgan barcha muhim hayotiy masalalarini hal etish mintaqamiz bilan chambarchas bog‘liq. Iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan, xavfsizligi ta’minlangan Markaziy Osiyo O‘zbekiston uchun eng asosiy maqsaddir. Transport-kommunikatsiya va energetika sohalaridagi yirik mintaqaviy loyihalarni qo‘shni mamlakatlar bilan faol hamkorlik qilmasdan, ularning yuksak darajada integratsiyalashuvini ta’minlamasdan amalga oshirib bo‘lmaydi. Bundan tashqari, Markaziy Osiyo nafaqat geografik va geosiyosiy, balki qadriyatlari mushtarak yagona madaniy makondir. Mintaqada istiqomat qilayotgan xalqlarni umumiy ma’naviy qadriyatlar va o‘tmish, o‘xshash milliy an’ana va urf-odatlar, asrlar davomida shakllangan mentalitet birlashtirib turadi. Ushbu mushtaraklik mintaqaviy hamkorlik uchun mustahkam va ishonchli poydevordir. Anjumanda so‘zga chiqqan BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi (MOPDMM) rahbari P.Draganov

O‘zbekiston rahbariyatining umumiy rivojlanish va taraqqiyot yo‘lida Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlarini o‘zaro yaqinlashtirishga qaratilgan tashabbuslari BMTning asosiy maqsad va vazifalariga hamohang ekanini qayd etdi. Shu munosabat bilan MOPDMM O‘zbekistonning bu boradagi takliflarini qo‘llashga tayyor. BMT Bosh kotibi A.Guterrishning joriy yil iyun oyida Markaziy Osiyoga tashrifi tashkilot mintaqadagi hamkorlikni qo‘llab-quvvatlayotganining yaqqol ifodasi bo‘ldi. BMT rezident-koordinatori, BMT Taraqqiyot dasturining mamlakatimizdagi doimiy vakili X.Freyzer O‘zbekistonda qabul qilingan 2017-2021- yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasi va unga muvofiq qo‘shni mamlakatlar bilan aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan tashqi siyosat kelgusida nafaqat O‘zbekistonning, balki butun Markaziy Osiyoning yanada farovonlashuvi va barqaror rivojlanishining kafolati ekanini ta’kidladi. Shu munosabat bilan BMT O‘zbekistonning mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi sa’y-harakatlarini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi. EXHTning Toshkent shahridagi loyihalari koordinatori vazifasini bajaruvchi X.Im ta’kidlaganidek, anjumanda Markaziy Osiyo mamlakatlari va diplomatik korpusning yuqori martabali vakillari ishtirok etgani xalqaro hamjamiyatda rasmiy Toshkentning Markaziy Osiyoda o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha olib borayotgan mintaqaviy siyosatiga qiziqish ortib borayotganidan dalolat beradi. Anjumanda Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlari – Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistondan nufuzli ekspert va diplomatlar ishtirok etdi. Muhokamalarda qo‘shni davlatlarning O‘zbekistondagi elchilari ham qatnashdi. Xorijlik ishtirokchilar tomonidan O‘zbekistonning yangi mintaqaviy siyosati Markaziy Osiyodagi siyosiy muhitni tubdan o‘zgartirish, samarali mintaqaviy hamkorlik uchun mustahkam asos yaratgani alohida ta’kidlandi. Ishtirokchilarning chiqishlari va fikr-mulohazalari xalqaro hamkorlik va mintaqaviy xavfsizlik borasidagi dolzarb masalalar bo‘yicha barcha Markaziy Osiyo davlatlari pozitsiyasi yaqin va o‘xshash ekanini ko‘rsatdi. Anjumanda Markaziy Osiyoda hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash bo‘yicha ilgari surilgan g‘oya va takliflar BMT shafeligida O‘zbekiston tomonidan 2017-yil noyabr oyida Samarqand shahrida

tashkil etilishi rejalashtirilayotgan Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqaror taraqqiyotni ta’minlash bo‘yicha xalqaro anjumanda o‘z amaliy ifodasini topishiga ishonch bildirildi. Mazkur xalqaro konferensiya yakunlari bo‘yicha BMT Bosh Assambleyasiga Markaziy Osiyoda tinchlik, xavfsizlik va barqaror taraqqiyotni ta’minlashga qaratilgan rezolutsiyani qabul qilishga da’vat etilgan tegishli kommyunikeni ma’qullash ko‘zda tutilgan. 2. O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida mintaqalararo hamkorlikni amalga oshirishning ijobiy jihatlari quyidagilardan iborat: - yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish, hududiy klaster, savdo zonalarni tashkil etish; - yuqori texnologiyali faoliyat turlarini (mashinasozlik, farmatsevtika, asbobsozlik, axborotlashtirish va aloqa) rivojlantirish va amalga oshirishda tuman va shaharlarda sanoatni rivojlantirish maqsadida hududlarga investitsiya resurslarini jalb qilish; - mahalliy mahsulotlar, masalan, to‘qimachilik mahsulotlari uchun o‘z brendini shakllantirish, Markaziy Osiyoda savdo uylari va markazlarini tashkil etish; - mahalliy mahsulotlarning tashqi bozorlarga, xususan, Markaziy Osiyo mamlakatlariga, erkin savdo zonalari to‘g‘risidagi bitimlarni amalga oshirish doirasida chiqarish; - ta’lim, sog‘liqni saqlash, biznesni rivojlantirish va investitsion jozibadorlikni oshirish sohasida tajriba almashish, ilg‘or texnika va texnologiyalar ishlab chiqarishga jalb etish; - mahalliy quvvatlar va resurslarga asoslangan qo‘shma loyihalar orqali uzoq va chegara hududlarini (qishloq joylarini) rivojlantirish va boshqalar. Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti tomonidan tadqiqot ishlari doirasida o‘tkazilgan mintaqalarning tabiiy-iqtisodiy salohiyatini baholash O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan ko‘p tomonlama hamkorligi uchun istiqbolli yo‘nalishlarni aniqlash imkonini berdi [4] . Birinchidan, ishlab chiqarishni joylashtirish (paxta-to‘qimachilik va agrosanoat klaster) zamonaviy shakllarini joriy etish asosida qayta ishlab chiqarishni

chuqurlashtirishga qaratilgan davlat sanoat siyosati iqtisodiyotning xomashyoga yo‘naltirilgan ixtisoslashuvini kamaytirish va tayyor mahsulotlar (qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, tayyor meva va sabzavot, go‘sht va sut mahsulotlari, to‘qimachilik, farmatsevtika, va hokazo) eksport salohiyatini oshirish uchun zaxira ekanligini ta’kidlash lozim. Shu munosabat bilan mintaqalararo loyihalarni amalga oshirishda xorijiy investitsiyalarni jalb etish, to‘plangan tajribani (masalan, Farg‘ona vodiysining yerga ishlov berish, qurilish ishlari bo‘yicha tajribasi va boshqalar) joriy etish, tovarlar va xizmatlarni sotishga yordam berish uchun qo‘shni mamlakatlarda biznes markazlari va savdo uylari yaratish mumkin. Ikkinchidan, O‘zbekiston yo‘lovchilar va yuklarni transchegaraviy tashishni yanada rivojlantirish uchun yetarli darajada rivojlangan transport infratuzilmasiga ega. Markaziy Osiyo davlatlarini birlashtiruvchi va tashqi bozorlarga chiquvchi eng muhim transport yo‘laklarini barpo etish va modernizatsiya qilish loyihalarini amalga oshirish, transport logistikasini rivojlantirish xarajatlarni kamaytiradi, mamlakatlar o‘rtasidagi savdoni oshiradi va Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab turizmni rivojlantirish istiqbollarini ochadi. Bundan tashqari, O‘zbekiston chegara hududlari bilan qo‘shni davlatlarning tegishli chegara hududlari o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan transchegaraviy savdoni tashkil etish nuqtai nazaridan yagona yo‘lak yaratish maqsadga muvofiqdir. Uchinchidan, aholi nisbatan zich joylashgan hudud va mehnat resurslarining mavjudligi bilan ajralib turadigan O‘zbekiston uchun aholining faol mehnat migratsiyasi dolzarb muammo bo‘lib qolmoqda. Tashqi mehnat migratsiyasi - mehnat va malakali kadrlarning mamlakat hududlaridan iqtisodiy jihatdan nisbatan rivojlangan mamlakatlarga chiqishi bilan izohlanadi. O‘zbekiston aholisining Markaziy Osiyo davlatlari bilan bandligini ta’minlash bo‘yicha mintaqalararo hamkorlikni tashkil etish doirasida barcha tomonlar uchun qulay bitimlarga erishish mumkin. Bu yo‘nalishda ta’lim va sog‘liqni saqlash sohasini kengaytirish, keyinchalik aholi bandligini ta’minlash imkoniyatlari ham mavjud.