logo

O’zbekiston respublikasining ta’lim to’g’risidagi qonuni

Yuklangan vaqt:

19.11.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

38.5 KB
O’zbekiston respublikasining ta’lim to’g’risidagi
qonuni
Reja:
1. «Uzluksiz  ta’lim»  tushunchasi.   Uzluksiz  ta’lim   tuzulishi.  Uzluksiz  ta’lim   tizimi
va turlari.
2.  Kasbiy ta’lim turi va tizimi. Kasbiy ta’lim rivojlanishining asosiy omillari.
3  Uzluksiz,  kasb-hunar ta’limi tizimida O’rta maxsus ta’limining o’rni va ahamiyati. Uzluksiz ta’lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, O’zbekiston Respublikasining
ijtimoiy-iqtisodiy   taraqqiyotini   tahminlovchi,   shaxs,   jamiyat   va   davlatning
iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini  qondiruvchi  ustuvor
soha boiib, ijodkor, ijtimoiy faol, mahnaviy boy shaxsning shakllanishi  va yuqori
malakali   raqobatbardosh   kadrlarning   jadal   tayyorlanishi   uchun   zarurshart-
sharoitlarni yaratadi.  
Uzluksiz ta’lim  jarayoni shaxsning  har tomonlama qaror topishi  uchun eng qulay
davrsanaladi. Mazkur davrda shaxs fan asoslari hamda kasb-hunar mahlumotlarini
o’zlashtiradi,   yuksak   mahnaviy-axloqiy   sifatlarga   ega   shaxs   va   malakali   kadr
sifatida kamol topib boradi. Unda muayyan dunyoqarash shakllanadi.
Uzluksiz ta’lim quyidagi ta’lim turlarini o’z ichiga oladi: 
maktabgacha ta’lim;
umumiy o’rta ta’lim;
o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi;
oliy ta’lim; 
oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim;
kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;
maktabdan tashqari ta’lim.
Maktabgacha   ta’lim   bolaning   sog’lom,   hartomonlama   kamol   topib   shakllanishini
tahminlaydi, unda o’qishga intilish hissini uyg’otadi, uni muntazam ta’lim olishga
tayyorlaydi hamda bola olti-etti yoshga yetguncha davlat va nodavlat maktabgacha
ta’lim muassasalari va oilalarda amalga oshiriladi. Bu kabi ta’lim muassasalarining
faoliyatini   tashkil   etishda   mahallalar,   jamoat   va   xayriya   tashkilotlari,   xalqaro
fondlar faol ishtirok etadi.
Keyingi   yillarda   maktabgacha   ta’lim   muassasalarining   yangi   tarmog’i   shakllanib
bormoqda.   Bu   o’rinda   «Xonadon   bog’chasi»   hamda   «Bolalar   bog’chasi   -
boshlang’ich   maktab»   majmualarini   misol   qilib   keltirish   mumkin.   Maktabgacha
ta’lim   muassasalarida   bolalarga   tasviriy   sanhat,   musiqa,   til   va   komputer
savodxonligini   o’rgatuvchi   guruhlar   tashkil   etilmoqda.   Bu   kabi   harakatlar maktabgacha   ta’lim   yoshidagi   bolalarning   «Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturi»
talablari asosida mahnaviy-axloqiy tarbiyalashga xizmat qiladi. 
Umumiy   o’rta   ta’lim   to’qqiz   yillik   majburiy   xarakterdagi   umumiy   hamda   uch
yillik   majburiy-ixtiyoriy   xarakterdagi   o’rta   maxsus,   kasb-hunar   ta’limidan   iborat.
Umumiy o’rta ta’lim  boshlang’ich ta’limni ham qamrab oladi. Mazkur  bosqichda
o’quvchilarning   fanlar   asoslari   bo’yicha   muntazam   bilim   olishlari,   ularda   bilim
olish   chtiyojining   yuzaga   kelishi,   asosiy   o’quv-ilmiy   va   umummadaniy
bilimlarning   o’zlashtirishlari,   milliy   va   umumbashariy   qadriyatlarga   asoslangan
mahnaviy-axloqiy   fazilatlar,   mehnat,   ijodiy   fikrlash,   atrof-muhitga   ongli
munosabatda   bo’lish,   shuningdek,   kasb   tanlash   ko’nikmalarining   shakllanishi
uchun   pedagogik   shart-sharoit   yaratiladi.   Davlat   tomonidan   tasdiqlangan
namunadagi   attestat   o’quvchilarning   umumiy   o’rta   va   o’rta   maxsus,   kasb-hunar
mahlumotiga egaliklarini belgilaydi.
O’quvchilarni   kasb-hunarga   yo’naltirish   vazifasi   maktab   jamoasi   va   ota-onalar
hamkoriigida   o’quvchilarni   kasb-hunarga   yo’naltirish   va   psixologik-pedagogik
tashhis markazlari rahbarligida amalga oshiriladi.
O’qish muddati uch yil bo’lgan maiburiv o’rta maxsus. kasb-hunar ta’limi uzluksiz
ta’lim tizimining mustaqil turi sanalib, umumiy o’rta ta’lim negizida tashkil etiladi.
O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining ikki muhim yo’nalishi bo’lgan — akademik
litsey   yoki   kasb-hunar   kollejida   ta’lim   olish   o’quvchilar   tomonidan   ixtiyoriy
ravishda tanlanadi.  
Akademik   litsev   o’quvchilarning   imkoniyatlari   va   qiziqishlarini   hisobga   olgan
holda   ularning   jadal   intellektual   rivojlanishi   chuqur,   sohalashtirilgan,
tabaqalashtirilgan,   kasbga   yo’naltirilgan   ta’lim   olishlarini   tahminlash   maqsadida
davlat   ta’lim   standartlariga   muvofiqo’rta   maxsus   ta’lim   beruvchi,   yuridik
maqomga ega ta’lim muassasasidir.
Akademik litseylarda o’quvchilar o’zlari tanlab olgan ta’lim yo’nalishi (gumanitar,
texnika,   agrar   va   boshqa   sohalar)   bo’yicha   bilim   saviyalarini   oshirish   hamda
o’zlarida   fanni   chuqur   o’rganishga   qaratilgan   maxsus   kasb-hunar   ko’nikmalarini
shakllantirish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Akademik   litseylar   asosan   oliy   o’quv   yurtlari   qoshida   tashkil   etiladi.   Kasb-hunar
kollejlari   esa   o’quvchilarning   muayyan   kasb-hunarga  moyilligi,  layoqatlari,   bilim
va   ko’nikmalarini   chuqur   rivojlantirish,   ularning   tanlangan   yo’nalishlar   bo’yicha
bir yoki bir necha zamonaviy kasb sirlarini egallash imkonini beradi.
Kasb-hunar   kolleji   o’quvchilarning   kasb-hunarga   moyilligi,   bilim   va
ko’nikmalarini   chuqur   rivojlantiruvchi,   tanlab   olingan   kasb-hunar   bo’yicha   bir
yoki bir necha ixtisosni egallash imkonini yaratish maqsadida tegishli davlat ta’lim
standartlari   doirasida   o’rta   maxsus,   kasb-hunar   ta’limini     beruvchi,     yuridik
maqomga  ega  ta’lim muassasasidir.
Kasb-hunar   kollejlari   yangi   tipdagi   ta’lim   muassasalari   bo’lib,   ularning
jihozlanganlik   darajasi,   pedagogik   tarkibning   puxta   tanlanganligi,   shuningdek,
o’quv jarayonining zamonaviy texnika va texnologiyalar yordamida tashkil etilishi
alohida ehtiborga loyiq.
Akademik   litsey   va   kasb-hunar   kollejlarining   bitiruvchilariga   davlat   tomonidan
tasdiqlangan   namunadagi   diplomlar   beriladi.   Ushbu   diplomlar   asosida
bitiruvchilarta’limning   keyingi   bosqichlarida   o’qishni   davom   ettirish   yoki
egallangan   ixtisos   va   kasb-hunar   bo’yicha   mehnat   faoliyati   bilan   shug’ullanish
huquqini qo’lga kiritadilar.
Oliy   ta’lim   o’rta   maxsus,   kasb-hunar   ta’limi   negiziga   asoslanib,   ikki   bosqich
(bakalavriat   hamda   magistratura)da   tashkil   etilib,   mutaxassisliklar   yo’nalishlari
bo’yicha   xalq   xo’jaligining   turli   sohalariga   oliy   mahlumotli   mutaxassislarni
tayyorlaydi.   Oliy   ta’lim   muassasalariga   talabalar   qabul   qilish   davlat   grantlari
negizida va pullik-shartnomaviy asosda amalga oshiriladi.
Bakalavriat   —   mutaxassisliklar   yo’nalishi   bo’yicha   fundamental   va   amaliy   bilim
beradigan,   ta’lim   olish   muddati   kamida   to’rt   yil   davom   etadigan   tayanch   oliy
ta’lim.
Bakalavr   darajasiga   ega   bo’lgan   shaxs   oliy   ta’lim   tizimi   yo’nalishidagi   o’zi
tanlagan   soha   bo’yicha   oliy   mahlumotli   mutaxassis   hisoblanadi   va   davlat
klassifikatorida belgilangan lavozimda ishlash huquqiga ega bo’ladi. Magistratura aniq mutaxassislik bo’yicha fundamental va amaliy bilim beradigan,
bakalavriat   negizida   ta’lim   muddati   kamida   ikki   yil   davom   etadigan   oliy   ta’lim
boiib,   magistraturadagi   tahsil   yakuniy   klassifikatsion   davlat   attestatsiyasiga
muvofiq olib boriladi.
Magistr   bakalavr   darajasidagi   mutaxassisdan   farqli   mahlum   ixtisoslik   bo’yicha
ta’lim   olgan   yuqori   malakali   mutaxassis   hisoblanib,   u   ilm-fan   sohasida,   ishlab
chiqarishning mashuliyatli lavozimlarida faoliyat ko’rsatadi. U aspiranturaga kirish
huquqiga ega.
O’zbekiston   Respublikasida   quyidagi   turdagi   oliy   ta’lim   muassasalari   faoliyat
ko’rsatadi:  
Oliv   o’quv   yurtidan   keyingi   ta’lim   iamivatning   oliy   malakali   ilmiy   va   ilmiy
pedagog kadrlarga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish, shaxsning ijodiy ta’lim — kasb-
hunar   manfaatlarini   qanoatlantirishga   qaratilib,   oliy   o’quv   yurtlari   va   ilmiy-
tadqiqot   muassasalarida   aspirantura,   adhyunktura   va   doktoranturada   ta’lim   olish,
shuningdek,   mustaqil   tadqiqotchilik   faoliyatini   tashkil   etish   asosida   amalga
oshiriladi.   Oliy   o’quv   yurtidan   keyingi   ta’lim   nomzodlik   yoki   doktorlik
dissertatsiyalarining   himoyasi   bilan   yakunlanadi.   O’zbekiston   Respublikasi   Oliy
Attestatsiya   Komissiyasi   tomonidan   olib   borilgan   yakuniy   davlat   attestatsiyasi
natijalari tegishli ravishda fan nomzodi va fan doktori ilmiy darajasi hamda davlat
tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplomga ega bo’lish huquqini beradi.
Har   ikki   (aspirantura,   doktorantura)   darajada   ham   maqsad   muayyan
mutaxassisliklar   bo’yicha   oliy   toifali   ilmiy-pedagogik   kadrlarni   shakllantirishdan
iborat. 
Kadrlar   malakasini   oshirish   va   ularni   qayta   tayyorlash   jarayonida   asosiy   ehtibor
mutaxassislarning   kasb   bilimlari   va   ko’nikmalarini   yangilash   hamda
chuqurlashtirishga   qaratiladi.   Kadrlar   malakasini   oshirish   va   ularni   qayta
tayyorlash   ana   shu   yo’nalishda   faoliyat   yurituvchi   ta’lim   muassasalarida   amalga
oshiriladi.   Bu   muassasa   tinglovchilari   o’qish   natijalariga   ko’ra   davlat   tomonidan
tasdiqlangan namunadagi guvohnoma yoki sertifikatga ega bo’ladilar. Maktabdan   tashqari   ta’lim   maktabdan   tashqari   davlat   va   nodavlat   ta’lim
muassasalarida davlat  organlari, jamoat tashkilotlari, yuridik va jismoniy shaxslar
tomonidan   madaniy-estetik,   ilmiy,   texnikaviy,   sport   va   boshqa   yo’nalishlarda
yo’lga   qo’yilib,   bolalar   hamda   o’smirlarning   taiimga   bo’lgan,   yakka   tartibdagi,
ortib   boruvchi   talab-ehtiyojlarini   qondirish,   ularningbo’sh   vaqti   va   dam   olishini
tashkil etish maqsadida olib boriladi.
1- Fan yuqori malakali mutaxassisni tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg’or
pedagogik   va   axborot   texnologiyalarini   ishlab   chiqaruvchi   bo’lib,   «kadrlar
tayyorlash  milliy tizimida  tabiat  va jamiyat  taraqqiyoti  qonuniyatlari  to’g’risidagi
yangi fundamental  va amaliy bilimlardan foydalanishni, yuqori  malakali  ilmiy va
ilmiy-pedagog   kadrlar   tarkibini   shakllantirishni,   ulardan   ta’lim   tizimida   unumli
foydalanishni,   shuningdek,   kadrlar   tayyorlash   jarayonining   ilmiy   tadqiqotlar
infrastrukturasini   yaratish,   ta’limning   axborot   tarmoqlarida   foydalanish   uchun
bilimning   turli   sohalari   bo’yicha   axborot   bazasini   shakllantirishni   hamda   ilmiy
tadqiqotlar   darajasiga   yangicha   qarashlar   zamirida   yosh   olimlarning,   ilmiy-
pedagogik xodimlarning ijtimoiy mavqeyi va obro’sini oshirishni va shu kabilarni
qamrab oladi». 
Kadrlar   tayyorlash   milliy   modelining   tarkibiy   qismlaridan   biri   sifatida   fan,   yana
shuningdek,   «ta’lim   mazmunini   tubdan   yangilashda:   ta’lim   standartlari,   ta’lim
dasturlari,   o’quv   darsliklari   va   qo’llanmalar   tayyorlashda,   ilmiy-metodik
tahminotni amalga oshirishda bevosita va bilvosita ishtirok etadi».
2.   Ishlab   chiqarish   -   kadrlarga   bo’lgan   ijtimoiy   ehtiyojni   shuningdek,   ularning
tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo’yiladigan talablarni belgilovchi asosiy
buyurtmachi,   kadrlar   tayyorlash   tizimini   moliyaviy   va   moddiy-texnika   jihatdan
tahminlash jarayonining qatnashchisi. 
«Ishlab   chiqarishning   talab-ehtiyojlari   kadrlar   tayyorlash   tizimining   yo’nalishi,
darajasi   va miqyoslarini   shakllantiradi, kasb   tayyorgarligining maqsadi,  vazifalari
va   mazmunini   belgilaydi,   malaka   talablarini   ilgari   suradi,   ta’limning   zamonaviy
texnologiyalari   va   shakllarini   tanlashni   taqozo.etadi.   Ishlab   chiqarish   pirovard
natijada kadrlarning sifati va raqobatbardoshligiga baho beradi».  Ishlab   chiqarish   muassis,   homiy   va   boshqa   sifatlarda   alohida   mutaxassislarni
tayyorlashni,   guruhlarni   va   o’quv   yurtlarini   moliyalash   jarayonida   ishtirok   etib,
mutaxassislarning   kasbiy   rivojlanishi   va   shaxsiy   faolligini   rag’batlantiradi,   ularni
moddiy va mahnaviy jihatdan qo’llab-quvvatlashda bevosita ishtirok etadi». 
Avvallari   ishlab   chiqarish   tayyor   kadrlar   kuchi   va   salohiyatidan   foydalanuvchi
istehmolchi   sifatidagina   faoliyat   olib   borgan   bo’lsa,   bugungi   kunda   ushbu
faoliyatning   mazmuni   tubdan   o’zgardi.   Endilikda   ishlab   chiqarish   kadrlarni
tayyorlash sifati va saviyasiga nisbatan o’z talablarini qo’ya oladi. SHu bilan birga
sifatli   hamda   yuksak   saviyali   mutaxassisni   tayyorlab   yetishtirish   yo’lida   uzluksiz
ta’lim   hamda   fan   tarmoqlarining   moliyaviy,   moddiy-texnik   jihatdan   qo’llab-
quvvatlash   majburiyatini   o’z   zimmasiga   oladi.   SHu   asosida   kadrlar   tayyorlash
tizimining faol ishtirokchisiga aylandi. 
Milliy model Konsepsiyasining mazmuni o’zbek xalqining milliy turmush tarzi va
mahnaviy-axloqiy   anhanalari   bilan   hamnafasdir.   Zero,   xalq   orasida   qadimdan
«mahrifatli inson» tushunchasi qo’llanilib kelingan bo’lib, u o’zida keng mahnoni
ifoda   etadi.   Bilim   olishga   intilish,   mahrifatli   bo’lish   o’zbek   xalqi,   millatining
ruhiyatida ustuvor o’rin tutuvchi omil sanaladi. Mahrifatlilik — faqatgina bilim va
malakaga   ega   bo’lish   emas,   ayni   vaqtda   chuqur   mahnaviy   axloq  hamdir.  Bilimli,
komil inson qiyofasida ana shunday xislatlarga ega shaxslar namoyon bo’ladi.
SHuning uchun  ham  kadrlar  tayyorlash  milliy modelining butun  mohiyati  o’zbek
xalqining milliy tarixi va hayot tarzi bilan bog’lanib ketgan. 
Mustaqil O’zbekiston Respublikasida o’ziga xos, takrorlanmas, tarixiy anhanalarga
asoslangan   hamda   bugungi   kun   talablariga   to’la   javob   bera   oiadigan   kadrlar
tayyorlash milliy modeli yaratildi.
bob va necha moddadan iborat. Adabiyotlar ro’yxati:
1.  Barkamol avold orzusi,  T., 1999.
2.  Barkamol avlod- o’zbekiston taraqqiyotining poydevori , T., 1998.
3. O’zbekiston  respublikasining  konstituttsiyasi , T., 1992.

O’zbekiston respublikasining ta’lim to’g’risidagi qonuni Reja: 1. «Uzluksiz ta’lim» tushunchasi. Uzluksiz ta’lim tuzulishi. Uzluksiz ta’lim tizimi va turlari. 2. Kasbiy ta’lim turi va tizimi. Kasbiy ta’lim rivojlanishining asosiy omillari. 3 Uzluksiz, kasb-hunar ta’limi tizimida O’rta maxsus ta’limining o’rni va ahamiyati.

Uzluksiz ta’lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini tahminlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor soha boiib, ijodkor, ijtimoiy faol, mahnaviy boy shaxsning shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarning jadal tayyorlanishi uchun zarurshart- sharoitlarni yaratadi. Uzluksiz ta’lim jarayoni shaxsning har tomonlama qaror topishi uchun eng qulay davrsanaladi. Mazkur davrda shaxs fan asoslari hamda kasb-hunar mahlumotlarini o’zlashtiradi, yuksak mahnaviy-axloqiy sifatlarga ega shaxs va malakali kadr sifatida kamol topib boradi. Unda muayyan dunyoqarash shakllanadi. Uzluksiz ta’lim quyidagi ta’lim turlarini o’z ichiga oladi: maktabgacha ta’lim; umumiy o’rta ta’lim; o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi; oliy ta’lim; oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim; kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash; maktabdan tashqari ta’lim. Maktabgacha ta’lim bolaning sog’lom, hartomonlama kamol topib shakllanishini tahminlaydi, unda o’qishga intilish hissini uyg’otadi, uni muntazam ta’lim olishga tayyorlaydi hamda bola olti-etti yoshga yetguncha davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari va oilalarda amalga oshiriladi. Bu kabi ta’lim muassasalarining faoliyatini tashkil etishda mahallalar, jamoat va xayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar faol ishtirok etadi. Keyingi yillarda maktabgacha ta’lim muassasalarining yangi tarmog’i shakllanib bormoqda. Bu o’rinda «Xonadon bog’chasi» hamda «Bolalar bog’chasi - boshlang’ich maktab» majmualarini misol qilib keltirish mumkin. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga tasviriy sanhat, musiqa, til va komputer savodxonligini o’rgatuvchi guruhlar tashkil etilmoqda. Bu kabi harakatlar

maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida mahnaviy-axloqiy tarbiyalashga xizmat qiladi. Umumiy o’rta ta’lim to’qqiz yillik majburiy xarakterdagi umumiy hamda uch yillik majburiy-ixtiyoriy xarakterdagi o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limidan iborat. Umumiy o’rta ta’lim boshlang’ich ta’limni ham qamrab oladi. Mazkur bosqichda o’quvchilarning fanlar asoslari bo’yicha muntazam bilim olishlari, ularda bilim olish chtiyojining yuzaga kelishi, asosiy o’quv-ilmiy va umummadaniy bilimlarning o’zlashtirishlari, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan mahnaviy-axloqiy fazilatlar, mehnat, ijodiy fikrlash, atrof-muhitga ongli munosabatda bo’lish, shuningdek, kasb tanlash ko’nikmalarining shakllanishi uchun pedagogik shart-sharoit yaratiladi. Davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi attestat o’quvchilarning umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar mahlumotiga egaliklarini belgilaydi. O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish vazifasi maktab jamoasi va ota-onalar hamkoriigida o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik tashhis markazlari rahbarligida amalga oshiriladi. O’qish muddati uch yil bo’lgan maiburiv o’rta maxsus. kasb-hunar ta’limi uzluksiz ta’lim tizimining mustaqil turi sanalib, umumiy o’rta ta’lim negizida tashkil etiladi. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining ikki muhim yo’nalishi bo’lgan — akademik litsey yoki kasb-hunar kollejida ta’lim olish o’quvchilar tomonidan ixtiyoriy ravishda tanlanadi. Akademik litsev o’quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning jadal intellektual rivojlanishi chuqur, sohalashtirilgan, tabaqalashtirilgan, kasbga yo’naltirilgan ta’lim olishlarini tahminlash maqsadida davlat ta’lim standartlariga muvofiqo’rta maxsus ta’lim beruvchi, yuridik maqomga ega ta’lim muassasasidir. Akademik litseylarda o’quvchilar o’zlari tanlab olgan ta’lim yo’nalishi (gumanitar, texnika, agrar va boshqa sohalar) bo’yicha bilim saviyalarini oshirish hamda o’zlarida fanni chuqur o’rganishga qaratilgan maxsus kasb-hunar ko’nikmalarini shakllantirish imkoniyatiga ega bo’ladilar.

Akademik litseylar asosan oliy o’quv yurtlari qoshida tashkil etiladi. Kasb-hunar kollejlari esa o’quvchilarning muayyan kasb-hunarga moyilligi, layoqatlari, bilim va ko’nikmalarini chuqur rivojlantirish, ularning tanlangan yo’nalishlar bo’yicha bir yoki bir necha zamonaviy kasb sirlarini egallash imkonini beradi. Kasb-hunar kolleji o’quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, bilim va ko’nikmalarini chuqur rivojlantiruvchi, tanlab olingan kasb-hunar bo’yicha bir yoki bir necha ixtisosni egallash imkonini yaratish maqsadida tegishli davlat ta’lim standartlari doirasida o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limini beruvchi, yuridik maqomga ega ta’lim muassasasidir. Kasb-hunar kollejlari yangi tipdagi ta’lim muassasalari bo’lib, ularning jihozlanganlik darajasi, pedagogik tarkibning puxta tanlanganligi, shuningdek, o’quv jarayonining zamonaviy texnika va texnologiyalar yordamida tashkil etilishi alohida ehtiborga loyiq. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplomlar beriladi. Ushbu diplomlar asosida bitiruvchilarta’limning keyingi bosqichlarida o’qishni davom ettirish yoki egallangan ixtisos va kasb-hunar bo’yicha mehnat faoliyati bilan shug’ullanish huquqini qo’lga kiritadilar. Oliy ta’lim o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi negiziga asoslanib, ikki bosqich (bakalavriat hamda magistratura)da tashkil etilib, mutaxassisliklar yo’nalishlari bo’yicha xalq xo’jaligining turli sohalariga oliy mahlumotli mutaxassislarni tayyorlaydi. Oliy ta’lim muassasalariga talabalar qabul qilish davlat grantlari negizida va pullik-shartnomaviy asosda amalga oshiriladi. Bakalavriat — mutaxassisliklar yo’nalishi bo’yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, ta’lim olish muddati kamida to’rt yil davom etadigan tayanch oliy ta’lim. Bakalavr darajasiga ega bo’lgan shaxs oliy ta’lim tizimi yo’nalishidagi o’zi tanlagan soha bo’yicha oliy mahlumotli mutaxassis hisoblanadi va davlat klassifikatorida belgilangan lavozimda ishlash huquqiga ega bo’ladi.

Magistratura aniq mutaxassislik bo’yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, bakalavriat negizida ta’lim muddati kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’lim boiib, magistraturadagi tahsil yakuniy klassifikatsion davlat attestatsiyasiga muvofiq olib boriladi. Magistr bakalavr darajasidagi mutaxassisdan farqli mahlum ixtisoslik bo’yicha ta’lim olgan yuqori malakali mutaxassis hisoblanib, u ilm-fan sohasida, ishlab chiqarishning mashuliyatli lavozimlarida faoliyat ko’rsatadi. U aspiranturaga kirish huquqiga ega. O’zbekiston Respublikasida quyidagi turdagi oliy ta’lim muassasalari faoliyat ko’rsatadi: Oliv o’quv yurtidan keyingi ta’lim iamivatning oliy malakali ilmiy va ilmiy pedagog kadrlarga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish, shaxsning ijodiy ta’lim — kasb- hunar manfaatlarini qanoatlantirishga qaratilib, oliy o’quv yurtlari va ilmiy- tadqiqot muassasalarida aspirantura, adhyunktura va doktoranturada ta’lim olish, shuningdek, mustaqil tadqiqotchilik faoliyatini tashkil etish asosida amalga oshiriladi. Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim nomzodlik yoki doktorlik dissertatsiyalarining himoyasi bilan yakunlanadi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasi tomonidan olib borilgan yakuniy davlat attestatsiyasi natijalari tegishli ravishda fan nomzodi va fan doktori ilmiy darajasi hamda davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplomga ega bo’lish huquqini beradi. Har ikki (aspirantura, doktorantura) darajada ham maqsad muayyan mutaxassisliklar bo’yicha oliy toifali ilmiy-pedagogik kadrlarni shakllantirishdan iborat. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash jarayonida asosiy ehtibor mutaxassislarning kasb bilimlari va ko’nikmalarini yangilash hamda chuqurlashtirishga qaratiladi. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ana shu yo’nalishda faoliyat yurituvchi ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi. Bu muassasa tinglovchilari o’qish natijalariga ko’ra davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi guvohnoma yoki sertifikatga ega bo’ladilar.