O’zbekiston Respublikasining hozirgi zamon arxiv tizimi
O’zbekiston Respublikasining hozirgi zamon arxiv tizimi REJA: 1. Idoraviy arxivlar 2. Davlat arxivlari 3. Fuqarolarning shaxsiy arxivlari
O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng xalqimizning haqiqiy tarixiga bo’lgan qiziqishi beqiyos darajada o’sdi, ma’naviy qadriyatlarni qayta tiklash hayotiy zaruratga aylandi. Bu esa xalq tarixiy xotirasining ajralmas qismi bo’lmish arxivlar faoliyatini tubdan yaxshilash vazifasini kun tartibiga qo’ymoqda. Respublikamizda o’tgan davrlarda shakllangan va o’z samaradorligini amalda isbotlagan arxiv tizimi asosan saqlanib qoldi. Bu urushdan keyin shakllanib, asosan davlat arxivlari, idoraviy arxivlar va shaxsiy arxivlarni o’z ichiga olgan tizimdir. Mustaqillik yillarida faqatgina sobiq partiya (KPSS) arxivlari qayta tuzildi. Toshkentdagi sobiq O’zkompartiya Markaziy Komiteti arxivi va viloyatlar partiya komitetlari arxivlari negizida Prezident Devoni arxivi va uning viloyatlardagi bo’limlari tashkil etildi. Mustaqillik yillarida respublika arxivlari faoliyatida chuqur sifat o’zgarishlari ro’y berdi. Eng avvalo 1999 15 aprelda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan “Arxivlar to’g’risida”gi Qonunni eslab o’tish joizdir. Bu qonun arxivlar faoliyatining huquqiy negizidir. Mazkur qonunda Dalvat arxiv fondi, hujjatlariga bo’lgan mulkdorlik, hujjatlarni saqlash tartibi, davlat arxivlarini moliyalash, arxivlarni yangi hujjatlar bilan to’ldirish, hujjatlardan foydalanish kabi masalalar o’z yechimini topgan. Qonunda O’zbekiston Respublikasining hozirgi zamon arxiv tizimi o’z aksini topdi. Idoraviy arxivlar O’zbekistonning hozirgi zamon arxiv tizimi idoraviy arxivlar, davlat arxivlari va shaxsiy arxivlardan iborat. O’zbeiston Respublikasida davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar qoshida hujjatlarni vaqtincha saqlash, ulardan xizmat, ishlab Му ам м ол и савол : Ўз бе к истон архив тиз им и қ андай тарк ибий қ исм л ардан иборат?
chiqarish, ilmiy va boshqa maqsadlarda foydalanish maqsadida idoraviy arxivlar tashkil etilgan. Qonunda belgilanganidek, zarurat tug’ilganda idoraviy arxiv o’rniga birlashgan idoraviy yoki idoralararo arxivlar ham tuzilishi mumkin. Idoraviy arxivlarda hujjatlar vaqtincha saqlanadi. Belgilangan muddatdan so’ng idoraviy arxivlarning hujjatlari davlat arxiviga topshiriladi. Hujjatlarni idoraviy arxivlarda saqlash, ulardan foydalanish va o’z vaqtida davlat arxivlariga topshirish uchun mazkur idora yoki muassasa rahbarlari javobgardirlar. Idoraviy arxivlarning faoliyati, hujjatlarni idoraviy arxivlardan davlat arxivlariga o’tkazish tartibi “Arxivlar to’g’risida”gi Qonun va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh Arxiv boshqarmasi tasdiqlagan nizomlar asosida amalga oshiriladi. Idoraviy arxivlarda hujjatlar nizomlarda belgilangan muddat davomida saqlanadi. Bu muddatning qancha davom etishi u yoki bu muassasaning ish faoliyati xususiyatlari bilan bog’liqdir. Shahar, tuman va qishloqlar muassasalarning idoraviy arxivlarda hujjatlar 5 yil davomida saqlanadi. Viloyat muassasalari va tashkilotlari hujjatlari ularning arxivlarida 10 yil davomida saqlanishi mumkin. O’zbekiston Respublikasi oliy davlat va hokimiyat boshqaruv organlarining hujjatlari idoraviy arxivlarda 15 yil davomida saqlanadi. Tashqi ishlar vazirligi hujjatlari 30 yil davomida, fuqarolik holatlarini qayd etish (ZAGS) hujjatlari esa 75 yil davomida idoraviy arxivlarda saqlanishi nazarda tutilgan. Mavjud nizomlarga binoan shaxsiy tarkibga doir hujjatlar idoraviy arxivlarda 40 yil davomida saqlanishi kerak. Idoraviy arxivlar davlat arxivlarini yangi hujjatlar bilan to’ldirib boruvchi asosiy manbadir. Davlat arxivlar O’zbekiston Respublikasining hozirgi zamon davlat arxiv tizimi respublikaning siyosiy-ma’muriy tuzilishi negizida tashkil etilgan.
Respublika davlat arxiv tizimiga quyidagi arxivlar kiradi: 1. Qoraqalpog’iston Respublikasi markaziy davlat arxivi, viloyat davlat arxivlari va ularning filiallari, Toshkent shahar davlat arxivi; 2. Respublika Markaziy davlat arxivlari Hozirgi kunda Qoraqalpog’iston Respublikasi markaiy davlat arxivi, Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent, Farg’ona, Xorazm viloyatlari davlat arxivlari hamda Toshkent shahar davlat arxivi faoliyat ko’rsatmoqda. Joylarda ularning 55 filiali mavjud. Viloyat arxivlarida asosan Oktyabr to’ntarishidan keyingi davrda joylardagi siyosiy ahvol, mintaqalar hamda viloyatlarning iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga oid hujjatlar saqlanmoqda. Masalan, Farg’ona viloyat davlat arxivi fondlari Farg’ona viloyati va Farg’ona shahri tarixini, qisman bir vaqtlar Farg’ona viloyat tarkibiga kirgan Andijon va Namangan viloyatlari tarixini ham aks ettiradi. Farg’ona viloyat ishchi, soldat va dehqon deputatlari Sovetining fondi (121-f.) vodiyda Sho’rolar hokimiyatining o’rnatilishi, ocharqilik va ishsizlikka qarshi kurash, istiqlolchilik harakati, ayollarni ozodlikka chiqarish kabi masalalarni yoritadi. Arxiv fondlaridagi hujjatlari viloyatda sanoat korxonalarining bunyod etilishi, sug’orish shoxobchalari, jumladan, Katta Farg’ona kanalining qurilishi, maorif va madaniyatning rivojlanishi haqida batafsil ma’lumotlar beradi. Farg’ona viloyat davlat arxivida fotosuratlar fondi ham mavjud bo’lib, bu rasmlarda ishga tushirilgan korxonalar, sug’orish inshootlari, bunyod etilgan qasaba (posyolka) larning umumiy ko’rinishi aks ettirilgan. Deputatlar, faxriylar, ishlab chiqarish ilg’orlarining ham suratlari saqlanadi. Marg’ilon va Qo’qon shaharlarida Farg’ona viloyat davlat arxivining filiallari faoliyat ko’rsatmoqda. Respublika markaziy davlat arxivlari tizimiga quyidagi arxivlar kiradi:
1. O’zbekiston Respublikasi markaziy davlat arixivi (O’zR MDA); 2. O’zbekiston Respublikasi ilmiy-texnikaviy va medisina hujjatlari markaziy davlat arxivi; 3. O’zbekiston Respublikasi kinofotofonohujjatlar markaziy davlat arxivi. Shuningdek respublika arxiv tizimida Prezident Devoni arxivi va uning viloyatlardagi filallari ham muhim o’rin tutadi. Tarixiy hujjatlarni saqlashda O’zbekiston Respublikasi markaziy davlat arxivi (O’zR MDA) yetakchi rolp o’ynaydi. Mazkur arxivda Turkiston va O’zbekiston tarixiga oid nodir hujjatlar jamlangan. Bu yerdagi hujjatlar asosan O’rta Osiyoning Rossiya tomonidan istilo qilishidan to hozirgi kungacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Turkiston viloyat harbiy gubernatori va qo’shin qo’mondoni fondi (336-f.) va Viloyat markazi aholisini boshqaruvchisi fondida (450-f.) 1865- 1868 yillarga mansub hujjatlar jamlangan bo’lib, ularda Turkiston viloyatining chegaralari, ma’muriy tuzilishi va aholisi xususida ma’lumotlar keltiriladi. Turkiston general-gubernatori mahkamasi fondi (1-f.), Turkiston general-gubernatori xuzuridagi diplomatik amaldor fondi (2-f.), Buxorodagi Rossiya siyosiy agentligi fondida (3-f.), Rossiyaning G’arbiy Xitoy, Afg’oniston, Eron, Xiva va Buxoro bilan diplomatik aloqalariga doir materiallar to’plangan. Hujjatlar Turkiston o’lkasi va alohida mintaqalarning ma’muriy tuzilishi haqida, shaharlar boshqaruvi va shahar nizomining joriy etilishi to’g’risida, madrasa va masjidlarning miqdori va ahvoli haqida ma’lumot beradi. Turkiston general-gubernatori mahakamasi fondida, Turkiston rayon muxofaza bo’limi fondida (461-f.), viloyatlar boshqaruvi, uyezd boshliqlari, sud orgnalari fondlarida O’rta Osiyo xalqlarining milliy-ozodlik harakati o’z