logo

O’zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi. Davlat arxiv fondi hujjatlarini turkumlashtirish

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

32.8876953125 KB
O’zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi. Davlat arxiv fondi
hujjatlarini turkumlashtirish
REJA:
1. O’zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi
2. Davlat arxiv fondi hujjatlarini turkumlashtirish O’zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi(O’zR MAF) Hujjatlarida O’zbekiston xalqlarining
moddiy   va   ma’naviy   hayoti   aks  ettirilgan   barcha   arxiv   fondlarining   majmui
O’zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hisoblanadi.
O’zR MAF davlat va nodavlat arxiv fondlaridan tashkil topadi. Davlat
arxivlarida   va   davlatning   boshqa   hujjatxonalarida   doimiy   saqlanayotgan
hujjatlar,   shuningdek   davlat   hokimiyati   va   boshqaruv   organlarida,
prokuraturalarda,   sudlar,   davlat   korxonalari,   muassasalari   va   tashkilotlarida,
banklarda,   O’zR   vakolatxonalari   va   konsullik   muassasalarida   vaqtincha
saqlanayotgan hujjatlari davlat davlat arxiv fondini tashkil qiladi.
Nodavlat   yuridik   shaxslarning   faoliyati   natijasida   to’plangan   arxiv
hujjatlari,  shuningdek  fuqarolarning  shaxsiy  arxivlari   nodavlat   arxiv   fondini
tashkil etadi.
Hujjatlarni   O’zR   MAFga   kiritish   yoki   hujjatlarni   undan   chiqarish
ekspert komissiyasining xulosasi asosida amalga oshiriladi.
Hujjatlarning   qimmatliligini   aniqlash   mezonlarini,   ekspert
komissiyalarini tuzish va ularning faoliyat ko’rsatish tartibini O’zR Vazirlar
Mahkamasi huzuridagi Bosh Arxiv Boshqarmasi (BAB) belgilaydi.
Hujjatlarni O’zR MAFga kiritish masalasini hal qilish uchun yuridik va
jismoniy   shaxslar   davlat   arxiv   muassasasining   talabiga   binoan   hujjatlarni
ekspertizaga taqdim etishlari shart.
Davlat   arxiv   fondlarining   hujjatlari   davlat   mulkidir   va   ularni   davlat
tasarrufidan   chiqarish   va   xususiylashtirish,   sotish   va   sotib   olish   mumkin
emas.   DAF   hujjatlari   muassasa   va   tashkilotlarga,   yuridik   va   jismoniy Му ам м ол и савол : Ў з Р Мил л ий А рхив Ф онди ва давл ат
архив ф онди ў ртасида қ андай у м у м ийл ик  ва  shaxslarga belgilangan tartibda faqat vaqtincha foydalanish uchun beriladi.
Nodavlat arxiv fondlarining hujjatlari nodavlat yuridik shaxslar – fond
egalarining mulki hisoblanadi.
Jismoniy   shaxslarning   arxiv   hujjatlari   shu   shaxslarning   xususiy
mulkidir.
Vafot   etgan   fuqarolarning   hujjatlari   ularning   merosxo’rlari   tasarrufiga
o’tadi.   Qonun   bo’yicha   yoki   vasiyatnoma   bo’yicha   merosxo’rlar   bo’lmasa,
shuningdek   arxivning   egasini   aniqlashning   imkoni   bo’lmasa,   bu   holda
hujjatlar davlat mulkiga o’tadi.
DAF hujjatlarini turkumlashtirish Davlat   arxiv   fondini   turkumlashtirish   deganda
ularni   eng   muhim   belgilariga   qarab   guruhlarga   bo’lish   tushuniladi.
Hujjatlarni   turkumlashtirish   arxiv   ishini   to’g’ri   tashkil   etish   hamda   ulardan
hartomonlama foydalanish uchun zarurdir.
DAF   hujjatalrining   turkumlashtirish   uch   bosqichda   amalga   oshiriladi:
1) DAF hujjatlarini umumiy tarzda turkumlash; 2) hujjatlarni arxiv doirasida
turkumlash; 3) hujjatlarni arxiv fondi doirasida turkumlash.
Birinchi   bosqchida   DAFning   barcha   hujjatlari   turkumlanadi   va   qaysi
hujjat qaysi arxivda saqlanishi aniqlanadi. Ikkinchi bosqichda har bir arxivga
taalluqli   hujjatlar   turkumlanib,   har   bir   hujjatning   qaysi   fondda   saqlanishi
aniqlanadi.   Uchinchi   bosqichda   har   bir   fondga   taalluqli   hujjatlar
turkumlanadi va ularning fond ichida saqlanish tartibi belgilanadi.
DAF   hujjatlarini   umumiy   tarzda   turkumlash     ularni   davlat   arxivlariga
to’g’ri taqsimlash maqsadida amalga oshiriladi. Arxivshunoslikda hujjatlarni
umumiy tarzda turkumlash chog’ida quyidagi asosiy belgilar hisobga olinadi:
1. hujjatlarning ma’lum bir davrga mansubligi;
2. hujjatlarning   respublika   yoki   mahalliy   muassasalar   faoliyati   bilan
bog’liqligi; 3. hujjatlarning   davlat   va   jamiyat   hayotining   ma’lum   sohasiga
mansubligi;
4. hujjatlarning yaratilish uslubi va texnikasi.
Hujjatlarning   tarixiy   davrlarga   mansubligini   e’tiborga   olib,   ularni   uch
guruhga – 1917 yildan oldingi hujjatlar, sovet davri hujjatlari va mustaqillik
davri hujjatlariga bo’lish mumkin.
DAF hujjatlari turli idora va muassasalarda yaratilgan. Shuni e’tiborga
olgan   holda   ularni   umumdavlat   (respublika)   va   mahalliy   (viloyat,   tuman   va
shaharlar)   ahamiyatiga   molik   hujjatlar   guruhiga   bo’lish   mumkin.   Respulika
idoralari   hujjatlari   markaziy   davlat   arxivlarida,   viloyat   ahamiyatiga   ega
hujjatlar viloyat davlat arxivlari va ularning filiallarida saqlanadi.
Hujjatlarning   davlat   va   ijtimoiy   faoliyatning   ayrim   sohalariga
mansubligi   ularning   mazmunini   tahlil   qilish   yo’li   bilan   amalga   oshiriladi.
Lekin O’zbekistonda davlat va jamoat faoliyatining ayrim sohalariga tegishli
davlat   arxivlari   yo’q.   Boshqa   davlatlarda   bunday   arxivlar   mavjud.   Masalan,
Rossiya   federasiyasida   Xalq   xo’jaligi   arxivi,   Xarbiy-tarixiy   arxiv,   Adabiyot
va san’at arxivlari bor.
Hujjatlarning yaratilish uslubi va texnikasini hisobga olib, ularni yozma
hujjatlar,   ilmiy-texnikaviy   hujjatlar,   kinofotofonohujjatlar   va   boshqa
guruhlarga   bo’lish   mumkin.   Shundan   so’ng   ularning   qaysi   arxivda   saqlash
masalasi hal etiladi. Hujjatlarning har bir guruhi alohida saqlash ish rejimini
talab   qiladi,   ulardan   foydalanish   esa   maxsus   bilimlar,   texnikaviy   vositalarni
taqozo etadi. Shuning uchun ham O’zbekiston Respublikasi ilmiy-texnikaviy
va medisina hujjatlari markaziy davlat arxivi, kinofotofonohujjatlar markaziy
davlat arxivi kabi arxiv muassasalari tashkil etilgan.
Yuqorida   ta’kidlab   o’tilgandek,   ikkinchi   bosqichda   hujjatlar   arxiv
doirasida   turkumlashtiriladi.   Bu   bosqichda   arxiv   hujjatlari   fondlarga
bo’linadi.   Arxiv   fondi   –   bu   ma’lum   tashkilot,   muassasa,   korxona   yoki shaxsning   faoliyati   davomida   vujudga   kelgan   hujjatlar   majmuidir.   Har   bir
arxiv fondi o’z tartib raqamiga ega bo’ladi.
Hujjatlarni arxiv miqyosida turkumlash chog’ida arxiv fondining birligi
va yaxlitligini saqlash lozim. Masalan, Farg’ona viloyat Sovetining hujjatlari
bu   tashkilotning   tashkil   topishidan   to   hozirgi   kuniga   qadar   yaxlit   holda
yagona   fondda   saqlanishi   zarur.   Bitta   muassasaning   hujjatlarini   ikkita   yoki
undan ortiq fondlarga bo’lib tashlash mumkin emas.
Arxivshunoslikda   tarixan   shakllangan   arxiv   fondlari   majmuasini   ham
birga   saqlash   nazarda   tutilgan.   Masalan,   Farg’ona   viloyatidagi   rayonlar
ijroiya   qo’mitalarining   hujjatlari   yagona   majmuani   tashkil   etadi.   Shunday
ekan, ularni boshqa-boshqa arxivlarga bo’lib yubormaslik kerak.
Arxivlarda   arxiv   fondlaridan   tashqari   arxiv   kolleksiya   (to’plam)   lari
ham   bo’lishi   mumkin.   Kolleksiyalarga   alohida   fondlarni   tashkil   etish   uchun
yetarli   bo’lmagan   ayrim   hujjatlar   kiritiladi.   Masalan,   «Farg’onalik
jangchilarning     frontdan   yozgan   maktublari»,   «Inqilobiy   varaqalar»,
«Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining hujjatlari» kabi arxiv kolleksiyalari
bo’lishi mumkin.
Uchinchi   bosqichda   hujjatlar   arxiv   fondi   miqyosida   alohida
yig’majildlarga   bo’lingan   holda   turkumlanadi.   Har   bir   yig’majild   (yedinisa
xraneniye, delo = saqlov birligi) bitta yoki ko’pini shakl va mazmun jihatidan
o’zaro   yaqin   bo’lgan   bir   necha   hujjatlardan   iborat   bo’ladi.   Soddaroq   qilib
aytganda,   yig’majild   biron   bir   tashkilot   yoki   muassasaning   bitta   papkaga
tikilgan hujjatlaridir.
Arxiv fondini tashkil etish ishi odatda idoraviy arxivdan boshlanadi. Bu Му ам м ол и савол :  Д А Ф  ҳ у ж ж атл арини у ч босқ ичда
ту рк у м л аштириш тў ғ рим и? Ўз  ф ик рингиз ни асосл аб  yerda   ish   yuritish   jarayonida   hujjatlar   alohida   yig’majildlarga   tiqiladi,
keyinchalik   ma’lum   muddatdan   so’ngdavlat   arxiviga   topshiriladi.   Davlat
arxivlarida odatda shaxsiy arxivlardan qabul qilingan hujjatlargina fondlar va
yig’majildlarga bo’linadi.
Har bir yig’majild o’z tartib raqamiga ega bo’ladi.
Yig’majildlar eng avvalo strukturaviy va xronologik tamoyillar asosida
tuziladi. Ayrim hollarda tarmoq, funksional, nominal, mavzuiy, jug’rofiy va
boshqa tamoyillar ham qo’llanilishi mumkin (Mazkur tamoyillarning amalda
qo’llanilishi 1-4-ilovalarda ko’rsatilgan).
Yig’majildlarning ma’lum guruhlari ro’yxatga birlashtiriladi. Masalan,
Farg’ona   viloyat   Sovetining   1917-1920-yillarga   taalluqli   hujjatlar
yig’majildlari   121-fondning   1-ro’yxatini,   1920-1925   yillarga   mansub
yig’majildlari fondning 2-ro’yxatini va h. tashkil etishi mumkin.
Shunday   qilib,   DAF   hujjatlarini   turkumlashtirish   jarayonida   har   bir
hujjatning qaysi arxivda saqlanishi aniqlanadi, hujjatlar o’z fondi, ro’yxati va
yig’majildiga ega bo’ladi. Manbalar va adabiyotlar
Arxivlar   to’g’risida:   O’zbekiston   Respublikasining   1999   yil   15   aprelp
Qonuni // O’zbekistonning yangi qonunlari. 21-son. Toshkent, 1999.
Teoriya i praktika arxivnogo dela v SSSR.  Moskva, 1980.
Alimov I va b. Arxivshunoslik: O’quv qo’llanma.  Toshkent, 1997.

O’zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi. Davlat arxiv fondi hujjatlarini turkumlashtirish REJA: 1. O’zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi 2. Davlat arxiv fondi hujjatlarini turkumlashtirish

O’zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi(O’zR MAF) Hujjatlarida O’zbekiston xalqlarining moddiy va ma’naviy hayoti aks ettirilgan barcha arxiv fondlarining majmui O’zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hisoblanadi. O’zR MAF davlat va nodavlat arxiv fondlaridan tashkil topadi. Davlat arxivlarida va davlatning boshqa hujjatxonalarida doimiy saqlanayotgan hujjatlar, shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida, prokuraturalarda, sudlar, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarida, banklarda, O’zR vakolatxonalari va konsullik muassasalarida vaqtincha saqlanayotgan hujjatlari davlat davlat arxiv fondini tashkil qiladi. Nodavlat yuridik shaxslarning faoliyati natijasida to’plangan arxiv hujjatlari, shuningdek fuqarolarning shaxsiy arxivlari nodavlat arxiv fondini tashkil etadi. Hujjatlarni O’zR MAFga kiritish yoki hujjatlarni undan chiqarish ekspert komissiyasining xulosasi asosida amalga oshiriladi. Hujjatlarning qimmatliligini aniqlash mezonlarini, ekspert komissiyalarini tuzish va ularning faoliyat ko’rsatish tartibini O’zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh Arxiv Boshqarmasi (BAB) belgilaydi. Hujjatlarni O’zR MAFga kiritish masalasini hal qilish uchun yuridik va jismoniy shaxslar davlat arxiv muassasasining talabiga binoan hujjatlarni ekspertizaga taqdim etishlari shart. Davlat arxiv fondlarining hujjatlari davlat mulkidir va ularni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, sotish va sotib olish mumkin emas. DAF hujjatlari muassasa va tashkilotlarga, yuridik va jismoniy Му ам м ол и савол : Ў з Р Мил л ий А рхив Ф онди ва давл ат архив ф онди ў ртасида қ андай у м у м ийл ик ва

shaxslarga belgilangan tartibda faqat vaqtincha foydalanish uchun beriladi. Nodavlat arxiv fondlarining hujjatlari nodavlat yuridik shaxslar – fond egalarining mulki hisoblanadi. Jismoniy shaxslarning arxiv hujjatlari shu shaxslarning xususiy mulkidir. Vafot etgan fuqarolarning hujjatlari ularning merosxo’rlari tasarrufiga o’tadi. Qonun bo’yicha yoki vasiyatnoma bo’yicha merosxo’rlar bo’lmasa, shuningdek arxivning egasini aniqlashning imkoni bo’lmasa, bu holda hujjatlar davlat mulkiga o’tadi. DAF hujjatlarini turkumlashtirish Davlat arxiv fondini turkumlashtirish deganda ularni eng muhim belgilariga qarab guruhlarga bo’lish tushuniladi. Hujjatlarni turkumlashtirish arxiv ishini to’g’ri tashkil etish hamda ulardan hartomonlama foydalanish uchun zarurdir. DAF hujjatalrining turkumlashtirish uch bosqichda amalga oshiriladi: 1) DAF hujjatlarini umumiy tarzda turkumlash; 2) hujjatlarni arxiv doirasida turkumlash; 3) hujjatlarni arxiv fondi doirasida turkumlash. Birinchi bosqchida DAFning barcha hujjatlari turkumlanadi va qaysi hujjat qaysi arxivda saqlanishi aniqlanadi. Ikkinchi bosqichda har bir arxivga taalluqli hujjatlar turkumlanib, har bir hujjatning qaysi fondda saqlanishi aniqlanadi. Uchinchi bosqichda har bir fondga taalluqli hujjatlar turkumlanadi va ularning fond ichida saqlanish tartibi belgilanadi. DAF hujjatlarini umumiy tarzda turkumlash ularni davlat arxivlariga to’g’ri taqsimlash maqsadida amalga oshiriladi. Arxivshunoslikda hujjatlarni umumiy tarzda turkumlash chog’ida quyidagi asosiy belgilar hisobga olinadi: 1. hujjatlarning ma’lum bir davrga mansubligi; 2. hujjatlarning respublika yoki mahalliy muassasalar faoliyati bilan bog’liqligi;

3. hujjatlarning davlat va jamiyat hayotining ma’lum sohasiga mansubligi; 4. hujjatlarning yaratilish uslubi va texnikasi. Hujjatlarning tarixiy davrlarga mansubligini e’tiborga olib, ularni uch guruhga – 1917 yildan oldingi hujjatlar, sovet davri hujjatlari va mustaqillik davri hujjatlariga bo’lish mumkin. DAF hujjatlari turli idora va muassasalarda yaratilgan. Shuni e’tiborga olgan holda ularni umumdavlat (respublika) va mahalliy (viloyat, tuman va shaharlar) ahamiyatiga molik hujjatlar guruhiga bo’lish mumkin. Respulika idoralari hujjatlari markaziy davlat arxivlarida, viloyat ahamiyatiga ega hujjatlar viloyat davlat arxivlari va ularning filiallarida saqlanadi. Hujjatlarning davlat va ijtimoiy faoliyatning ayrim sohalariga mansubligi ularning mazmunini tahlil qilish yo’li bilan amalga oshiriladi. Lekin O’zbekistonda davlat va jamoat faoliyatining ayrim sohalariga tegishli davlat arxivlari yo’q. Boshqa davlatlarda bunday arxivlar mavjud. Masalan, Rossiya federasiyasida Xalq xo’jaligi arxivi, Xarbiy-tarixiy arxiv, Adabiyot va san’at arxivlari bor. Hujjatlarning yaratilish uslubi va texnikasini hisobga olib, ularni yozma hujjatlar, ilmiy-texnikaviy hujjatlar, kinofotofonohujjatlar va boshqa guruhlarga bo’lish mumkin. Shundan so’ng ularning qaysi arxivda saqlash masalasi hal etiladi. Hujjatlarning har bir guruhi alohida saqlash ish rejimini talab qiladi, ulardan foydalanish esa maxsus bilimlar, texnikaviy vositalarni taqozo etadi. Shuning uchun ham O’zbekiston Respublikasi ilmiy-texnikaviy va medisina hujjatlari markaziy davlat arxivi, kinofotofonohujjatlar markaziy davlat arxivi kabi arxiv muassasalari tashkil etilgan. Yuqorida ta’kidlab o’tilgandek, ikkinchi bosqichda hujjatlar arxiv doirasida turkumlashtiriladi. Bu bosqichda arxiv hujjatlari fondlarga bo’linadi. Arxiv fondi – bu ma’lum tashkilot, muassasa, korxona yoki

shaxsning faoliyati davomida vujudga kelgan hujjatlar majmuidir. Har bir arxiv fondi o’z tartib raqamiga ega bo’ladi. Hujjatlarni arxiv miqyosida turkumlash chog’ida arxiv fondining birligi va yaxlitligini saqlash lozim. Masalan, Farg’ona viloyat Sovetining hujjatlari bu tashkilotning tashkil topishidan to hozirgi kuniga qadar yaxlit holda yagona fondda saqlanishi zarur. Bitta muassasaning hujjatlarini ikkita yoki undan ortiq fondlarga bo’lib tashlash mumkin emas. Arxivshunoslikda tarixan shakllangan arxiv fondlari majmuasini ham birga saqlash nazarda tutilgan. Masalan, Farg’ona viloyatidagi rayonlar ijroiya qo’mitalarining hujjatlari yagona majmuani tashkil etadi. Shunday ekan, ularni boshqa-boshqa arxivlarga bo’lib yubormaslik kerak. Arxivlarda arxiv fondlaridan tashqari arxiv kolleksiya (to’plam) lari ham bo’lishi mumkin. Kolleksiyalarga alohida fondlarni tashkil etish uchun yetarli bo’lmagan ayrim hujjatlar kiritiladi. Masalan, «Farg’onalik jangchilarning frontdan yozgan maktublari», «Inqilobiy varaqalar», «Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining hujjatlari» kabi arxiv kolleksiyalari bo’lishi mumkin. Uchinchi bosqichda hujjatlar arxiv fondi miqyosida alohida yig’majildlarga bo’lingan holda turkumlanadi. Har bir yig’majild (yedinisa xraneniye, delo = saqlov birligi) bitta yoki ko’pini shakl va mazmun jihatidan o’zaro yaqin bo’lgan bir necha hujjatlardan iborat bo’ladi. Soddaroq qilib aytganda, yig’majild biron bir tashkilot yoki muassasaning bitta papkaga tikilgan hujjatlaridir. Arxiv fondini tashkil etish ishi odatda idoraviy arxivdan boshlanadi. Bu Му ам м ол и савол : Д А Ф ҳ у ж ж атл арини у ч босқ ичда ту рк у м л аштириш тў ғ рим и? Ўз ф ик рингиз ни асосл аб