Arxiv kataloglari
Arxiv kataloglari REJA 1. Kataloglar haqidagi tushuncha 2. Arxiv hujjatlarini kataloglashtirish 3. Kataloglarning turlari 4. Kataloglashtirish uchun hujjatlarni tanlab olish va axborotni bayoni qilish usuli
Kataloglar haqidagitushuncha Katalog arxiv ma’lumotnomalarining bir turidir. Unda hujjatlar haqidagi (kartochkalarga yozilgan) axborotlar mavzular, tarmoqlar bo’yicha guruhlashtirilgan bo’ladi. Kataloglar alohida bir fondga, arxivning barcha fondiga, bir necha arxivlarga va xatto respublika davlat arxiv fondiga tuzilishi mumkin. Katalog fondlararo, arxivlararo ma’lumotnoma hisoblanadi. U arxiv ma’lumotnomalari orasida muhim o’rin tutadi. Kataloglar bir arxivning fondlari to’risida, shuningdek bir necha arxivlarda saqlanayotgan hujjatlar tarkibi va mazmuni haqida to’la ma’lumotlar olish imkonini beradi. Arxivlarda kataloglar arxiv ilmiy ma’lumotnoma apparatining tarkibiy qismi hisoblanadi. Arxiv hujjatlarini kataloglashtirish Xar bir davlat arxivida hujjatlarni kataloglashtirish ishlari amalga oshiriladi. Arxiv hujjatlarini kataloglashtirish deganda kataloglar tuzish jarayonida bajariladigan barcha ishlar, ya’ni kataloglarni tuzish tarh (sxema) larini ishlab chiqish, hujjatlarni topish, tanlab olish, bayon qilish, shuningdek kataloglar turlarini, ularni tuzish usullarini aniqlash ishlari nazarda tutiladi. Muammoli savol: Arxiv hujjatalrini kataloglashtirishning asosiy qoidalari nimalardan iborat? Kataloglar o’ziga xos tuzilishga egadir. Odatda kataloglar tuzish jarayonida hujjatlar haqidagi ma’lumotlar, tarmoqlar, mavzular, familiyalar yoki sanalar bo’yicha joylashtirilib, ularning har biri katalogning alohida bo’limi yoki bo’lagini tashkil etadi. Kataloglar tuzilishini hujjatlar haqidagi axborotlar turkumi tarhlari belgilaydi. Hujjatlar xakidagi axborotlarni turkumlash tarhi yozma yoki grafikali hujjatdir. Tarh ma’lum mantiq bilan joylashtirilgan va hujjatlardan
olingan axborotlarni shu bo’laklar bo’yicha joylashtirishga muljallangan katalogning turkum bo’laklari ro’yxatidir. Mana shu tarh orkali hujjatlarni o’rganish, kartochkalarga bayon qilish va kartochkalarni katalogda joylashtirish amalga oshiriladi. Katalogning turkum tarhi hujjatlarni topish, bayon qilish ishlaridan oldin tuziladi. Tarh bo’laklari ma’lumotnoma tuzuvchilar, mutaxassislar ishtirokida aniqlanadi va belgilanadi. Turkum tarhi qancha to’la, mukammal, chuqur ishlangan bo’lsa, hujjatlar mazmunini shuncha aniq ochib berish imkoni tugiladi. Hujjatlar haqidagi axborotlar katalogda kartochkalarga yozilib, joylashtiriladi. Kartochkalarda bayon qilingan axborotlar ayrim hujjat, bitta yig’ma jild yoki bir-biriga o’xshash bir guruh yig’majildlarga tegishli ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. Shu bilan katalog kartochkalaridagi ma’lumotlar yig’majildlar ro’yxatidagi ma’lumotlardan farq qiladi. Ma’lumki, ro’yxatda bitta yig’majildga tegishli ma’lumot beriladi. Katalog yig’majildning ichidagi ayrim hujjatlar to’g’risida ham ma’lumot beradi. Katalogning ro’yxatdan ustun tomoni ham shundadir. Katalogning asosiy bulagi rubrika - sarlavha qismidir. Bu qismda aniq masalaning nomi, shaxsning familiyasi, sana to’g’risida hujjatdagi ma’lumotlar bo’ladi. Katalog kartochkasida shu hujjatning manzili ham yozilgan bo’ladi. Tadkiqotchini shu masala yoki familiya qiziqtirsa, hujjat manzilini yozib olib, arxivdan tezda topib foydalanishi va tadqiq qilishi mumkin bo’ladi. Kataloglarningturlari Arxiv kataloglari tuzilish qoidalariga ko’ra ikkiga bo’linadi: mantiqiy tuzilishdagi kataloglar va alfavit tuzilishidagi kataloglar. Birinchi tur kataloglarda arxiv hujjatlari haqidagi ma’lumotlar mantiqiy uzaro bog’liq holda bo’ladi. Ikkinchi tur kataloglarda esa hujjatlar haqidagi ma’lumotlar o’zaro bog’lanmagan holda, ya’ni alfavit bo’yicha joylashgan bo’ladi.
Mantiqiy tuzilishdagi kataloglar qatoriga sistematik, xronologik, mavzuiy asoslarda tuzilgan kataloglar kiradi. Alfavit tuzilishli kataloglar tarkibiga – ismlar katalogi, geografik nomlar katalogi va boshqa shunga o’xshash kataloglar kiradi. Muammoli savol: Davlat arxivlarida kataloglarning qanday turlaridan foydalaniladi? Sistematik katalog arxiv kataloglari turlaridan biridir. Bunda hujjatlar haqidagi ma’lumotlar bilim sohalari yoki ijtimoiy faoliyat sohalari bo’yicha guruhlashtiriladi. Keyin mantiqiy bog’langan holda ketma-ket joylashtiriladi. Sistematik katalog umumiy va ayrim tushunchalarning o’zaro bog’liqligi va munosabati asosida tuziladi. Masalan, «Din» umumiy tushunchasiga quyidagi ayrim tushunchalar kiradi: «Islom», «Xristianlik», «Induizm», «Iudaizm» (yaxudiylik), «Buddaviylik». O’z navtabida «Islom» ham umumiy tushuncha bo’lib, ayrim tushunchalarga bo’linadi. Bunday bo’linish «oliydan oddiyga», «umumiydan ayrimga» tamoyili bo’yicha davom etadi. Barcha turkum tarhlari ichida sistematik kataloglar tarhlari eng murakkabidir. Hozir butun dunyo kutubxona va arxivlarida, shuningdek O’zbekiston Respublikasida «Universal o’nlik turkumi (klassifikasiyasi)» sistematik kataloglar uchun keng foydalaniladi. Bu turkum asosida davlat arxivlarida sistematik kataloglar uchun turkum tarhi ishlab chiqilgan. «O’nlik turkumi (klassifikasiyasi)»ning mohiyati shundaki, bitta umumiy tushunchaga bo’ysungan, bog’langan bir guruh predmetlar bir deb qabul qilingan. Umumiy tushunchalar ayrim tushunchalarga bo’lingan. Bu tizimga binoan arxivdagi barcha ma’lumotlar 10 klassga (1 dan 9 gacha, 0 - umumiy) bo’lingan. Ular o’z navbatida yuzdan, ming-dan bir qism va boshqa mayda bo’laklarga bo’linadi.
«Universal o’nlik turkumi (klassifikasiyasi)»ning asosiy bo’limlari quyidagilar: 0. Umumiy bo’lim. 1. Falsafa. 2. Din. 3. Ijtimoiy fanlar. 4. Filologiya. Tilshunoslik. 5. Matematika. Tabiiy fanlar. 6. Amaliy bilimlar. Tibbiyet. Texnika. 7. San’at. Fotografiya. Tomoshalar. 8. Adabiyot. Adabiyotshunoslik. 9. Ulkashunoslik. Geografiya. Biografiyalar. Tarix. «Universal o’nlik turkumi (klassifikasiyasi)» kutubxona kitoblari uchun ishlab chiqilgan bo’lsa-da, undan ish yuritish va arxiv materiallarini turkumlash uchun ham foydalansa bo’ladi. Mavzuiy kataloglar . Davlat arxivlarida sistematik kataloglar 60- yillardan keng tarqala boshlagan. Unga qadar arxivlarda asosan mavzular bo’yicha kataloglar tuzilgan. Hozir ham mahalliy shahar, viloyat davlat arxivlarida - sistematik kataloglar tuzish imkoni bo’lmaganligi sababli mavzu bo’yicha kataloglar asosiy ma’lumotnomalardan biri hisoblanadi. Bunday kataloglarda mavzu yana kichik mavzuchalarga bo’linadi. Ular o’z navbatida yana mayda bo’laklarga bo’linadi. Masalan, Turkiston general- gubernatorligida milliy-ozodlik harakati mavzusi bo’yicha katalogda quyidagi kichik mavzular bo’lishi mumkin: Po’latxon qo’zg’oloni, 1898 yilgi Andijon qo’zg’oloni, 1916 yilgi xalq qo’zg’oloni va hokazo. Bularning har biri yana mayda bo’laklarga bo’linishi mumkin. Xronolog katalog . Bunday katalog turkumi tarhi davrlar, asrlar, yillar kabi bo’laklarga bo’linadi. Masalan, MDAda saqlanayotgan vaqfnomalar