logo

Markaziy Osiyo sivilizatsiyasi.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

25.5703125 KB
Markaziy Osiyo sivilizatsiyasi. 
Reja:
1. Markaziy   Osiyoda   dastlabki   sivilizatsiya   o‘choqlari.   Ilk
davlat birlashmalari.
2. Qadimgi va ilk o‘rta asrlarda Markaziy Osiyo.
3. Markaziy Osiyoda birinchi va ikkinchi renesans davri. Markaziy Osiyo mintaqasi qadimdan dehqonchilik uchun qulay bo‘lib,
eng qadimgi davrlardan bu yer iqlimi yovvoyi boshoqli ekinlar o‘sishi uchun
qulay joy bo‘lgan. Ayniqsa, uning janubi-g‘arbi Kopetdog‘ atroflari bahorgi
yog‘ingarchilik natijasida katta-kichik soylarning quyi qismida boy, serunum,
loyqa tuproqli jilg‘alar hosil qilgan. Natijada eng qadimgi davrlarda miloddan
avv.   VI-IV   asrlardayoq   bu   hududda   ilk   dehqonchilik   manzilgohlari   yuzaga
kelgan. 1952 yil arxeologlar Ashxoboddan 40 km uzoqlikda Chaqmoqli deb
nomlangan   joydan   dastlabki   dehqonchilik   manzilgohini   topadi.   Neolit
davriga oid bu joyning Chaqmoqli deb atalishiga sabab, cho‘ponlar bu yerdan
chaqmoqtosh terishar ekan. Bu joyning ikkinchi nomi Joytun bo‘lib, bahorgi
yomg‘irdan   so‘ng   ko‘lmaklar   hosil   bo‘lib,   oydin   kechada   ular   qop-qora
bo‘lib   ko‘rinishidan   cho‘ponlar   shunday   nom   qo‘yganlar.   Joytun
yodgorligidan   qistirma   o‘roq   (mis   va   toshdan   ishlangan),   pichoq,   suyakdan
ishlangan   igna,   bigiz   va   boshqa   qurollar   topilgan.   Olimlarning   fikricha
Joytun   yodgorligi   bundan   VII-VI   ming   yil   burun   shakllangan.   Keyinchalik
shakllangan   va   III-II   ming   yilliklarga   oid   bo‘lgan   Oltintepa   yodgorligi   ham
(janubi-sharqiy   Turkmaniston)   Markaziy   Osiyodagi   bronza   davri
yodgorliklardan biri bo‘lib hisoblanadi. Oltintepa yodgorligida dastlabki xom
g‘ishtdan   va   paxsadan   qurilgan   turar   joylar,   bronza   qurollar   topilishi   bilan
birga Markaziy Osiyoning Hindiston va Mesopotamiya bilan bog‘lab turgan
la]l   yo‘lining   muhim   tuguni   bo‘lgan.   Bu   yerdan   oltin   va   qimmatbaho
metallardan   ishlangan   buyumlar   ko‘plab   topilgan.   Oltintepa   aholisida   narigi
dunyoga   ishonch   bo‘lganligi,   kinotaft   (mayitsiz   qabr)   qabrlarini   ham
o‘rgatish   mumkin.   Mil.avv.   III   ming   yillik   oxiri   II   ming   yillik   boshlarida
Jarqo‘ton,   Sopolitepa   yodgorliklari   vatanimizdagi   ilk   qishloq   va   shahar
tipidagi manzilgohlarning vujudga kelishi bronza davridayoq boshlanganidan
dalolatdir.   Mil.avv.   I   ming   yillik   boshlarida   ajdodlarimiz   temir   qurollardan
foydalana   boshladilar.   Shu   davrdan   boshlab   tog‘   jinslarini   qayta   ishlash (masalan:   temir,   oltin,   qalay,   qo‘rg‘oshin   va   b.)   ulardan   mehnat   va   jang
qurollari   tayyorlash,   to‘quvchilik,   quruvchilik,   zargarlik   va   boshqa   sohalar
rivoj   topadi.   Temir   qurollardan   foydalanish   mil.avv.   VII-VI   asrlardayoq
ulkan   sug‘orish   tizimlari   qurilishiga   sabab   bo‘ladi.   Ortiqcha   mahsulot   va
sinfiy   tabaqalanish   vujudga   keladi.   “Avesto”da   mil.avv.   II   ming   yillik
boshlarida   kohinlar,   harbiylar,   dehqon   va   hunarmandlardan   iborat   tabaqalar
tilga olinadi. Bu davrda shahar va shaharsozlik madaniyati ham taraqqiy eta
boradi. Natijada jamiyatda davlat, davlatchilik an’analari ham mil.avv. VIII-
VII  asrlarda shakllana boshladi deb aytishimiz mumkin. 
Avestoda   Katta   Xorazm   (Aryonam   Vayjo)   tilga   olingan   bo‘lib   u
dastlabki   davlat   birlashmalaridan   biri   edi.   Kopetdog‘,   Marv   (Avestoda
Mouru)   Kaspiy   va   Orol   dengizigacha   bo‘lgan   hududlarni   Daxyu   –   Sastar
boshqargani   eslatiladi.   Bu   mil.avv.   VII   asrda   yashagan   miletlik   Gekatey
ma’lumotlari   bilan   aynan   o‘xshashdir.   Yana   bir   antik   muarrix   Eron
ahamoniylari saroyida tabib bo‘lib ishlagan Ktesi ma’lumotlari ham  mil.avv.
(III asr) Katta Xorazmni yuqoridagi kabi tasvirlaydi. Demak, mil.avv.1 ming
yillik   boshlarida   vujudga   kelgan   Katta   Xorazm   davlati   mil.avv.   VI-IV
asrlarda   ham   bir   qadar   mustaqilligini   saqlab   qolgan.   Aldeksandr
Makedonskiy   yurishlari   davrida   Xorazm   hukmdori   Farasmanning   tilga
olinishi   esa   yunon-makedon   istilosi   davrida   ham   Xorazm   o‘z   mustaqilligini
saqlab   qolganini   ko‘rsatadi.   Yana   bir   davlat   birlashmasi   bo‘lgan   Baqtriya
ham   mil.avv.   I   ming   yillik   boshlarida   paydo   bo‘ladi.   Avestoda   Baqtriya
(Baxdi) tilga olinib, baland bayroqli o‘lka sifatida ta’riflanadi. Knidlik Ktesi
Ossuriya   podshosi   Nin   Bolid   va   uning   xotini   Semiramidaning   yurishlari
haqida   ma’lumot   keltiradi.   Qizig‘i   shundaki,   Nin   Bolid   afsonaviy   podsho
bo‘lib,   Semiramida   tarixiy   shaxs   u   mil.avv.   VIII   asr   boshlarida   yashagan.
Bundan tashqari Ossur podshosi Sargon II yozuvlarida ham Baqtriyadan ikki
o‘rkachli tuyalarda la’l olib kelinishi haqidagi ma’lumotlar mavjud. Demak, Baqtriya davlati ham mil.avv. VIII-VII asrlardayoq mavjud bo‘lgan. Baqtriya
mil.avv.   VI-IV   asrlarda   ahamoniylar   keyin   Aleksandr   Makedonskiy   davlati,
mil.avv. IV-III asr o‘rtalarida salavkiylar davlati tarkibiga kiradi. 
Markaziy Osiyo xalqlari mil.avv.6-4 asrlarda Eron ahamoniylari va IV-
III   asrlarda   yunon-makedonlarga   qaram   bo‘lib   qoladi.   Mil.   avv.   III   asr
o‘rtalarida   mustaqil   davlatlar   tashkil   topadi.   Shulardan   biri   Yunon-Baqtriya
davlati   bo‘lib,   u   mil.avv.   250   yillar   atrofida   tashkil   topadi.   Taxminan   120
yillik   ushbu   davlat   siyosiy   tarixidagi   o‘zgarishlar   uning   madaniy,   xo‘jalik
taraqqiyotiga   ham   ta’sir   qiladi.   Bu   davrda   tovar-pul   munosabatlari   yaxshi
yo‘lga   qo‘yiladi.   Baqtriyada   zarb   qilingan   oltin,   kumush,   nikel   tangalar
Xorazm,   Sug‘diyona,   Farg‘ona,   Hindiston   hududlaridan   topilishi   Baqtriya
tangalari   xalqaro   savdoda   ekvivalent   bo‘lganini   ko‘rsatadi.   Yunon-
Baqtriyada rasmiy til yunon tili bo‘lib hisoblangan. Panjobda yuzaga kelgan
kxoroshti   yozuvi   ham   kirib   kela   boshlagan.   Budda   dinining   mil.avv.   II-I
asrlarda   kirib   kela   boshlashi   bilan   budda   yozuvi   ham   qo‘llanilgan.   Nihoyat
baqtriyaliklar   yunon   yozuvi   asosida   o‘zining   kvadratsimon   yozuvlarini   ham
yaratganlar.   Musiqa   va   san’at   sohasida   Baqtriya   o‘sha   davr   sharq
mamlakatlari   ichida   oldingi   o‘rinlarda   turgan.   Aniq   va   tabiiy   fanlar   falsafa
rivoj   topgan.   Hind   donishmandi   Nagarjuna   Yunon-Baqtriya   podshosi
Menandr   bilan   falsafa   borasida   suhbatlashgach,   unga   atab   Milinda   panxa
(Menandr donishmandligi) nomli asar yozadi. Mil.avv. II asrning o‘rtalarida
Yunon-Baqtriya siyosiy jihatdan inqirozga yuz tutadi. Mil.avv. 140 yilda bu
davlat   saklar,   yuechjilar   zarbasi   ostida   qoladi.   Bu   hududga   ko‘chib   kelgan
yuechjilar   taxminan   I   asrda   Kushon   davlatiga   asos   soladi.   Dalvat   asoschisi
Kudjula   Kadfiz   Surxondaryo   viloyati   Sho‘rchi   tumanidagi   Dalvarzintepani
davlat   poytaxtiga   aylantiradi.   Kushon   davlati   tezda   Markaziy   Osiyodagi
qudratli   davlatga   aylanadi.   Kushonlar   davrida   mintaqada   quruvchilik,
haykaltaroshlik,   rassomchilik,   naqqoshlik   kabi   sohalarda   ulkan   yutuqlarga erishildi.   Kushonlar   davri   madaniy   hayotining   o‘ziga   xos   xususiyatlaridan
yana   biri   mintaqada   hind   madaniyatining   yanada   chuqur   ildiz   otishidir.   Bu
davrda Budda dini (Kanishka 77-138 yy.) davlat dini darajasiga ko‘tarilishi,
tasviriy san’at, tangalar zarb qilish, arxitektura qurilishida, ma’naviy hayotda
hind   an’analari   yanada   chuqur   ildiz   otdi.   Shu   bilan   birga   matematika,
astronomiya,  musiqa,  gramatika,  metrologiya,   ximiya,  falsafa,  dorishunoslik
kabi   fanlar   sohasida   ham   ko‘plab   yutuqlar   qo‘lga   kiritiladi.   Xitoy
manbalarida   Baqtriyadan   borgan   Budda   rohibi   77   tilni   bilishi,   yana   bir
rohibning astrologiya sohasidagi bilimlari benazir ekanligi va boshqa shunga
o‘xshash   misollarni   ko‘plab   keltirish   orqali   yuqoridagi   fikrlarni   isbotlash
mumkin.   Kushon   madaniyati   yodgorliklari  yurtimiz  janubida  Dalvarzintepa,
Ayritom, Qoratepa va boshqa joylardan topib o‘rganilgan. Madaniyat yuksak
darajaga   rivojlanishiga   mil.avv.   II   asr   oxiridan   boshlab   shakllangan   buyuk
ipak   yo‘li   bo‘ylab   xalqaro   aloqalarning   yo‘lga   qo‘yilishi   ham   muhim
ahamiyat   kasb   etadi.   Bu   yo‘l   orqali   mintaqamiz   sharqu-g‘arbni   bog‘lab
ularning   madaniyatlarini   bir-biriga   tanishtirish   va   targ‘ib   etish   orqali   o‘zlari
ham   yuksak   madaniyat   yaratdilar.   Yurtimiz   hududiga   V   asrda   Eftalit
qabilalari kirib keladi. Eronda tashkil topgan sosoniylar davlati bilan eftalitlar
V   asrning   30   yillaridayoq   kurash   olib   bora   boshlaydilar.   Ayniqsa,   Eron
sosoniy   hukmdori   Pero‘z   (459-484   y.)   davrida   o‘zaro   kurashlar   avj   oladi.
Tarixiy   manbalarda   Xo‘rmuzd   (420-457   y.)   va   Pero‘z   (459-484   y.)ni
sosoniylar   taxtiga   chiqishiga   eftaliylarning   harbiy   yordam   bergani
ta’kidlanadi.   Bunga   buyuk   ipak   yo‘lida   mintaqadagi   savdo   iqtisodiy
doiralarining manfaatdor bo‘lganlari sabab bo‘lgan desak xato bo‘lmaydi. 
Mintaqa   shaharlari   tarixida   V   asr   oxiri-VI   asr   boshlari   katta   jonlanish
yillari   bo‘lgani   ma’lum.   Ayniqsa,   kichik   shaharlarning   tezlik   bilan   o‘sib
borishi   hashamatli   binolari   bo‘lgan   alohida-alohida   qo‘rg‘onlarning   yuzaga
kelishi   Xorazm,   Sug‘diyona,   Shosh   va   Baqtriya   viloyatlarida   keng   qilib qurish, uy devorlarini naqqoshlik va tasviriy san’at namunalari bilan bezash
bu davr uchun xarakterlidir. Diniy inshootlar qurilishiga ham alohida e’tibor
berilib,   ichik   bezash   ishlarida   qimmatbaho   toshlar,   oltin   bilan   bezash   keng
tarqalgan.   Eftalitlar   davrida   mintaqada   so‘g‘dcha,   xorazmcha,   kxaroshti,
eftalitcha   yozuvlar   ma’lum   bo‘lgan.   Eftalitlar   yozuvi   haqida   Syuan   Szyan:
“Yozuvlaridagi   asosiy   harflar   25   ta   bo‘lib,   ular   yordamida   iboralar,   so‘zlar
yasaydilar.   Sahifaga   xatni   eniga   tushiradilar,   chapdan   o‘ngga   qarab
o‘qiydilar”–deb   yozgan.   Eftalitlar   davrida   yurtimiz   aholisi   zardushtiylik,
moniylik,   buddaviylik   va   qam   (shamanlik)   diniga   sig‘ingan.   Bu   davrda
Erondan   xristian   va   mazdak   qarashlari   ham   kirib   kela   boshlagan.   VI   asr
ikkinchi yarmidan boshlab turk hoqonligi Markaziy Osiyo hududini istilo qila
boshlaydi.   568   yilgi   eftalitlar   bilan   urushdan   so‘ng   turk   hoqonligi
hukmronligi   to‘liq   o‘rnatiladi.   Turk   hoqonligi   davrida   ham   eftalitlar
davridagi iqtisodiy-ijtimoiy va madaniy yuksalish davom etdi. Bug‘doy, arpa,
sholi,   mosh,   tariq,   no‘xat,   qovun,   paxtachilik,   pillachilik,   bog‘dorchilik,
uzumchilik   taraqqiy   etadi.   Qazilma   boyliklardan   oltin,   temir,   navshadil,
kumush,   qo‘rg‘oshin,   mis,   margimush,   tuzning   bir   necha   turlari   qazib
olingan.   Natijada   metalga   ishlov   berish,   shishasozlik,   zargarlik,   kulolchilik,
duradgorlik,   qurolsozlik,   to‘qimachilik   kabi   sohalar   rivojlangan.   Yozma
manbalar   va   devoriy   suratlar   o‘lkamizda   bu   davrda   musiqa,   raqqoslik,
teatrshunoslik   kabi   sohalar   rivojlanganidan   dalolat   beradi.   Musiqa
asboblaridan  katta  va  kichik chirmanda, besh  torli  ud,  do‘mbira,  nay, rubob
qabilar   mavjud   bo‘lgan.   Qo‘g‘irchoq   teatri   Xitoyga   yurtimizdan   tarqalgan
hisoblanadi. 
Ma’lumki,   bronza   davridayoq   savdo   yo‘llari   vujudga   kela   boshlagan.
Mil.avv. II asr oxiridan boshlangan buyuk ipak yo‘li savdosida ham yurtmiz
aholisi   Eron,   Vizantiya,   Hindiston,   Xitoy   va   boshqa   ko‘plab   davlatlar   va
mintaqalar bilan aloqalar olib borganlar. Ilk o‘rta asrlar davrida so‘g‘dlarning ipak   yo‘lidagi   ustun   mavqega   ega   bo‘lganlarni   ko‘rish   mumkin.   so‘g‘d
savdogarlari   o‘zlarining   ustunliklarini   Sharqiy   Turkistonda,   Yettisuvda,
Oltoydan   Yeniseygacha,   Shimoliy   Xitoydan   Mo‘g‘uliston   va   Tinch
okeanining   sharqiy   sohillarigacha   bo‘lgan   hududlardagi   koloniyalari
mavjudligi orqali ta’minlaganlar.
Mazdakiylik   zardushtiylik   dinidagi   qarashlardan   o‘sib   chiqadi.
Shuningdek,   xristianlik,   moniylik,   ellinizm   falsafiy   qarashlarni   ham   o‘zidan
mujassamlashtirgan.   Mazdakchilikning   ijtimoiy   konsepsiyasida:   dunyoda
tengsizlik,   adolatsizlik   mavjud,   bu   esa   yovuzlikning   tug‘ilishiga   sabab
bo‘ladi.   Aql   va   odillik   umumiy   tenglik   va   barcha   odamlarning   barcha
narsalariga   teng   egalik   qilishini   ta’minlovchi   dunyo   yaratishi   lozim.
Gunohkorlarning qonini to‘kish mumkin degan g‘oyalar mavjud bo‘lgan. Bu
harakat   Eronda   496-529   yillarda   keng   tarqaldi.   Eronda   mag‘lubiyatga
uchragach, mazdak g‘oyalari tarafdorlaridan bir qismi O‘rta Osiyoga qochadi
va bu hududlarga ham Mazdak g‘oyalarini targ‘ib qiladilar. Ma’lumki, O‘rta
Osiyo   hududida   zardushtiylik   dini   mil.avv.   I   ming   yillik   boshlarida
shakllangan.   Zardushtiylik   asosan   dualizm   yorug‘lik,   yaxshilik
(Axuramazda)   va   yomonlik,   zulmat   (Axriman)   o‘rtasidagi   kurashga
asoslanadi.   Inson   esa,   ezgu   so‘z,   ezgu   fikr,   ezgu   amali   bilan   yaxshilikka
xizmat   qilishi   lozim   deb   o‘rgatadi.   Lekin   zardushtiylikda   Migra-quyosh
xudosi,   Anaxita-tabiat,   yaxshilik   homiysi,   Veretragna-podsho   taxti   homiysi,
Agni-olov,   Faro-baxt,   omad,   Vaxsh-daryo   suvlari   homiysi   kabi   ko‘plab
xudolar   mavjud   bo‘lib,   ular   insonlar   hayotida   muhim   o‘rin   tutadi   deb
hisoblaganlar. Islom dinining kirib kelishi bilan nafaqat zardushtiylik, balki,
boshqa dinlar ham asta-sekin ijtimoiy hayotdan chiqib ketadi. 
Arablar   O‘rta   Osiyoni   istilo   qilishi   tarixda   ikki   qismga,   ya’ni   651
yildan   704   yilgacha,   harbiy   razvedka   davri   va   704-715   yillar   istilo   davriga bo‘lamiz.   Arablar   O‘rta   Osiyoni   istilo   qilgach,   zo‘rlik   yo‘li   va   islomga
kirmagan (juzya solig‘i-iqtisodiy yo‘l), shuningdek, islomni qabul qilganlarni
2   dirhamdan   berish   kabi   vositalardan   ham   foydalandilar.   Arablar   zulmiga
qarshi bir necha bor qo‘zg‘olonlar ko‘tarilsada bular muvaffaqiyat keltirmadi.
VIII   asr   boshlarida   Markaziy   Osiyo   aholisi   arablar   bosqini   natijasida
og‘ir qiyinchiliklarga duchor bo‘ldi va istiloga qarshi ko‘p yillik kurash olib
bordi. Abu Rayhon Beruniy asosli ravishda arablar zarbasi oqibatida So‘g‘d
va Xorazmning boy madaniyati barbod bo‘ldi, deb afsuslangan edi. Shu bilan
birga   arab   xalifaligida   ham   katta   o‘zgarishlar   yuz   berdi.   Umaviylar
sulolasidan   hokimiyat   abbosiylarga   o‘tganligi   muhim   voqea   bo‘ldi.   Yangi
sulola   benihoya   katta   saltanatni   idora   qilishda,   uning   taraqqiyotini
ta’minlashda   ilmu-fanning   ahamiyatini   chuqurroq   angladi.   Xalifa   Xorun   ar-
Rashid   (786-809   yy.)dan   so‘ng   uning   o‘g‘li   Ma’mun   o‘z   tasarrufidagi
o‘lkalardan   olimlarni   xalifalikning   yangi   poytaxti   Bag‘dodga   taklif   etadi,
ularning samarali ishlashlari uchun sharoit yaratadi.
O‘lkamizda   islom   dinining   tarqalishi,   uning   mahalliy   odat   udumlar
bilan  tez  orada  uyg‘unlashuvi  ahamiyatlidir.  Islomda  ilm  olmoq  farz,  degan
hikmat   mavjud.   Madaniy   sohada   xususan,   islomning   axloqiy   tariqatlari,
shuningdek,   IX-X   asrdagi   dunyoviy   ilmlaning   rivoji   arab   dunyosidagi
ijtimoiy-ma’naviy   vaziyatni   anchagina   o‘zgartirdi.   Shu   bilan   birga,   arab
(islom)   sivilizatsiyaning   shakllanishida   Hindiston,   Eron,   Yunoniston,
Markaziy   Osiyo   va   Kavkaz   xalqlarining   madaniyati   ta’siri   katta   bo‘lgan.
Mintaqamizda   qadimdan   sivilizatsiya   asoslari,   moddiy   va   ma’naviy
madaniyatning chuqur ildizlari mavjud edi. VII asr oxirlari-IX asr boshlarida
Markaziy   Osiyoda   ijtimoiy   va   siyosiy   vaziyat   anchagina   barqarorlashdi.
Bunday sharoitda mintaqada ilm-fan, umuman madaniyatning keng ko‘lamda
rivojlanishini   taqozo   qilardi.   Xususan,   Buxoro,   Samarqand,   Marv,   Xiva, Termiz,   Farg‘ona,   Xo‘jand,   Qo‘qon   madaniyat   o‘choqlariga   aylanadi.
Xorazmda esa Ma’mun akademiyasi tashkil topdi. 
Bu   ilk   uyg‘onish,   birinchi   renesans   davri   edi.   Markaziy   Osiyodagi
olimlari   o‘sha   paytda   ma’lum   bo‘lgan   barcha   ilm   sohalari   bilan   qiziqdilar,
dunyoviy va diniy fanlar rivojiga o‘zlarining salmoqli hissalarini qo‘shdilar.
Bu haqda M.Xayrullaevning “O‘rta Osiyoda ilk uyg‘onish davri madaniyati”
(Fan   1994).   F.Sulaymonovning   “Sharq   va   G‘arb”   (O‘zbekiston   1997)
shuningdek,   “Buyuk   siymolar,   allomalar”   (Meros   1995,   96).   Asar   va
to‘plamlarida   sermazmun   va   boy   ma’lumotlar,   ishonarli   misol   va   dalillar
keltirilgan.   Bu   nashrlarda   nafaqat   Al-Xorazmiy,   Al-Farg‘oniy,   Forobiy,
Beruniy   va   Ibn   Sinolarning   ko‘p   qirralari   faoliyati   xususida,   balki   ularning
yuzlab izdoshlari va shogirdlari haqida ham qimmatli ma’lumotlar bor. Ular
lotin,   arab   boshqa   ko‘plab   tillarni   bilishgan.   Jahon   sivilizatsiyasi   yaratgan
aniq   va   gumanitar   fanlar   bo‘yicha   o‘z   mustaqil   mulohazalariga   ega
bo‘lganlar, qisqasi bu siymolar chinakkam qomusiy donishmand bo‘lganlar.
Markaziy   Osiyo   madaniyatining   rivojlanishida   M.Qoshg‘ariy,   Yusuf
Xos   Hojib,   A.Yugnakiy,   A.Firdavsiy,   Rudakiy,   M.Narxashiy   kabi
arboblarning   hissasi   kattadir.   Imom   Al-Buxoriy,   Al-Termiziy   kabi   buyuk
muhandislarning   butun   islom   dunyosi   bugun   ham   ehtirom   bilan   tilga
olinmoqda. O‘lkamizda yuz bergan ilm fan, madaniyat va san’at sohalaridagi
o‘zgarishlar,   yangiliklarning   asosiy   xislatlaridan   biri   insonparvarlik
g‘oyasining   doimo   ustun   bo‘lganligidadir.   Markaziy   Osiyodagi
uyg‘onishning   muhim   belgisi-bu   dunyoviy   ilmlarga   intilish,   hamda   din   va
diniy bilimlarni jamiyat, inson manfaatidan kelib chiqib talqin etish bo‘lgan,
odamzod ma’naviyatini boyitishi esa asosiy mezon bo‘lgan.
G‘arb   olimlarining   e’tiroficha,   antik   sivilizatsiya   bilan   Yevropa   to
uyg‘onish davriga qadar, ya’ni XVI asrgacha arab tilida bitilgan asrlar bilan tanishgan.   G.Gegel   o‘zining   “Tarix   falsafasida”,   “Fan   va   bilimlar   ayniqsa
falsafa G‘arbga arablardan o‘tgan” – dedi. Yurtdosh donishmandlarimizning
ko‘pchiligi   zamon   taqozosiga   ko‘ra   o‘z   asarlarining   ko‘pchiligini   o‘sha
paytlarda xalqaro tilga aylangan arab tilida yozganlar. Shu boisdan aksariyat
G‘arb olimlari kzpchilik Sharq olimlarini arab deb faraz qilganlar.
Al-Xorazmiyning   arifmetikaga   bag‘ishlangan   kitobi   XII   asrda
Ispaniyada lotinchaga tarjima qilingan. O‘sha paytlarda ko‘chirilgan lotincha
nusxasi   hozir   ham   Kemberjda   saqlanmoqda.   Bu   asar   bir   necha   asrlar
davomida   Yevropa   universitetida   “Algoritm   kitobi”   nom   bilan   mashhur
bo‘lgan. Rim papasi Silvesto Rim raqamlari o‘rniga Xorazmiy ishlab chiqqan
arab   raqamlarini   Yevropada   iste’molga   kiritish   to‘g‘risida   farmon   berdi.
“Algebra”,   “Algoritm”   atamalarining   dunyo   miqyosida   tarqalishiga   ham
vatandoshimizning   nomi   sababchi   bo‘lgan.   Al-Xorazmiyning   geografiya
xususidagi   asari   1037   yilda   ko‘chirilgan   nusxasi   Strasburg   kutubxonasida
mavjud.
Al-Farg‘oniyning astronomik asari Yevropada XII asrda lotin tiliga ikki
marta va XIII asrda boshqa Yevropa tillariga tarjima etilgandan so‘ng, uning
nomi   “Alfraganus”   shaklda   G‘arbda   bir   necha   asr   davomida   keng   tarqaldi.
Farg‘onalik donishmand nomini Dante ( XV   asr) Sheller ( XVIII   asr) ehtirom
bilan   tilgan   olganlar.   Farg‘oniy   yaratgan   asarlardan   birining   qo‘lyozmasi
Prinston (AQSh) universitetida saqlanmoqda.
Abu Nasr Farobiy asarlari XII-XIII asrlardayoq lotin, qadimiy yahudiy,
fors,   fransuz,   rus,   ingliz   tillarida   chop   etilgan.   Ibn   Sino   asarlari   o‘sha
paytlardan boshlab ko‘p tillarga ag‘darilgan. Faqat “Tib qonunlari”ning o‘zi
lotinchada  30   martadan  ortiq   nashr  qilingan.   Abu   Rayhon   Beruniy  yaratgan
durdonalar turli asarlarda lotin, arab, sanokrid, fransuz, italyan, nemis, ingliz,
yahudiy,   rus,   fors,   turk   va   boshqa   ko‘p   tillarda   chop   etilgan.   Amerikalik professor   J.Sartoen   Beruniy   merosiga   yuksak   baho   berish   bilan   birga,   uni
“O‘z   davridagi   jahonning   birinchi   donishmandi”   deb   ataydi.   O‘tmish
sivilizatsiyamiz   haqida   birinchi   Prezidentimiz:   “Markaziy   Osiyo   tarixida
siyosiy aql-idrok bilan ma’naviy jasoratni, diniy dunyoqarash bilan qomusiy
bilimdonlikni   o‘zida   mujassam   etgan   buyuk   arboblar   ko‘p   bo‘lgan”   deb
ta’kidlaydi.   Ularinng   jahon   sivilizatsiyasi   taraqqitiga   qo‘shgan   hissalarini
o‘sha davrlardan buyon butun dunyo tan olmoqda.
XIII   asr   boshlaridagi   mo‘g‘ullar   bosqini   natijasida   o‘lkamizda
madaniyat o‘qochlari barbod bo‘ldi, san’at obidalari vayron etildi, mamlakat
og‘ir   tushkunlikka   uchradi.   XV   asr   o‘rtalaridan   boshlab   Movarounnahrda
moddiy  va  madaniy  tiklanish  boshlandi. Bu  jarayon  Amir  Temur hokimiyat
tepasiga   kelib   markazlashgan   davlat   tashkil   topgan   davrda   kuchaydi.
Sivilizatsiya   yangi   bosqichga   ko‘tarildi.   Avvalo   davlatchilik   qonuni   qonun-
qoidalari   puxta   shakllandi.   Sohibqiron   fan,   madaniyat,   san’at,
me’morchilikning   ibratli   homiysi   bo‘lgan.   Temuriylar   sulolasi   madaniy
yuksalishga katta hissa qo‘shib kelgan. Samarqandda katta rasadxona bunyod
etildi,   ko‘plab   madrasalar,   maktablar   ochildi,   san’at,   adabiyot   sohasida   ham
katta   o‘sish   yuz   berdi.   Bu   davrlarda   Mirzo   Ulug‘bek,   Jamshid   al-Koshiy,
Rumiy,   Ali   Qushchi   kabi   olimlar   astronomiya,   matematika   va   boshqa   aniq
fanlar sohasida muhim kashfiyotlar qildilar. Xususan Ulug‘bekning yulduzlar
jadvali   jahon   astronomlari   tomonidan   ehtirom   bilan   tan   olindi,   u   ko‘p
madaniy markazlarida xususan Londonda keyin Parij va Dansigda 1917 yili
Vashingtonda va boshqa shaharlarda chop etildi va qanchadan-qancha ilmiy
izohlar bitildi. 
Alishekr   Navoiy,   A.Jomiy,   Sakkokiy,   Lutfiy,   X.Koshifiy,   K.Bekzod
kabi   nodir   va   nozik   iste’dod   egalari   yuksak   gumanistik   asarlar   yaratdilar.
N.Jomiy,   Sh.Ali-Yazdiy,   X.Abru,   Mirxond,   Xondamir   kabi   tarixchilar   ijod etdilar.   Amir   Temur   va   Temuriylar   davridagi   moddiy   va   ma’naviy
yuksalishning   ahamiyatini   inobatga   olib   ko‘pchilik   tarixchi   olimlar   bu
jarayonni ikkinchi renesans (uyg‘onish) davri deb talqin etmoqdalar.
I.Karimov   “Tafakkur”   jurnali   savollariga   javob   bera   turib,   IX-XV
asrlarda   ma’rifatli   dunyo   yurtimiz   donishmandlarini   qanchalik   izzat-ikrom
qilgan   bo‘lsa,   XXI   asrda   biz   xalqimiz,   millatimizga   nisbatan   ana   shu
ehtiromni   tiklashimiz,   qaytdan   qo‘lga   kiritishimiz   kerak   deb   ulkan   vaziani
oldinga surdi. Bu borada astoydil harakat intilish Mustaqil O‘zbekiston uchun
uchinchiuyg‘onish renessansga aylansa ajab emas. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Boynazarov   F.A.   Qadimgi   dunyo   tarixi.   O‘quv   qo‘llanma.   T.:“A.Qodiriy
nomidagi xalq merosi nashriyoti”, 2004 y.
2.   Mualliflar   guruhi.     Jahon   tarixi.   Qadimgi   va   o‘rta   asrlar   davri.   Darslik.   T.:
TDPU., 2013.
3.   Rajabov   R.   Qadimgi   dunyo   tarixi.   O‘quv   qo‘llanma.   T.:“Fan   va   texnika
nashriyoti”, 2009 .
4.   Nuriddinov   E.,   Lafasov   M.,   Kichilov   X.   Eng   yangi   tarix   (1918-1945).
Darslik.  T., Nasaf, 2010
5.   Mirziyoyev  SH.M.   Buyuk  kelajagimizni  mard   va   olijanob   xalqimiz  bilan
birga quramiz. - Toshkent, О‘zbekiston, 2017.  - 488 b.
6.   Mirziyoyev   SH.M.   Erkin   va   farovon,   demokratik   О‘zbekiston   davlatini
birgalikda barpo etamiz. - Toshkent, О‘zbekiston, 2016.  - 56 b.
7.   Mirziyoyev   SH.M.   Qonun   ustuvorligi   va   inson   manfaatlarini   ta’minlash-
yurt   taraqqiyoti   va   xalq   faravonligining   garovi.   -Toshkent,   О‘zbekiston,
2017.- 48 b.
8.   Mirziyoyev   SH.M.   Tanqidiy   taxlil,   qat’iy   tartib   intizom   va   shaxsiy
javobgarlik   -   har   bir   rahbar   faoliyatining   kundalik   qoidasi   bо‘lishi   kerak.   -
Toshkent, О‘zbekiston, 2017. - 104 b.
9.   2017-2021   yillarda   О‘zbekiston   Respublikasini   rivojlantirishning   beshta
ustuvor yо‘nalishi bо‘yicha Harakatlar strategiyasi. О‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947 sonli Farmoni.
10.  Gulyamov X.G., Tatiboеv A.S. «O‘rta Osiyo va jahon tarixi» 
      T., 1993. 
11. Jo‘raеv U., Saidjonov Y. Dunyo dinlari tarixi. T., “Sharq”, 1998.
12. Малявин В. «Конфуции» М., 1994.

Markaziy Osiyo sivilizatsiyasi. Reja: 1. Markaziy Osiyoda dastlabki sivilizatsiya o‘choqlari. Ilk davlat birlashmalari. 2. Qadimgi va ilk o‘rta asrlarda Markaziy Osiyo. 3. Markaziy Osiyoda birinchi va ikkinchi renesans davri.

Markaziy Osiyo mintaqasi qadimdan dehqonchilik uchun qulay bo‘lib, eng qadimgi davrlardan bu yer iqlimi yovvoyi boshoqli ekinlar o‘sishi uchun qulay joy bo‘lgan. Ayniqsa, uning janubi-g‘arbi Kopetdog‘ atroflari bahorgi yog‘ingarchilik natijasida katta-kichik soylarning quyi qismida boy, serunum, loyqa tuproqli jilg‘alar hosil qilgan. Natijada eng qadimgi davrlarda miloddan avv. VI-IV asrlardayoq bu hududda ilk dehqonchilik manzilgohlari yuzaga kelgan. 1952 yil arxeologlar Ashxoboddan 40 km uzoqlikda Chaqmoqli deb nomlangan joydan dastlabki dehqonchilik manzilgohini topadi. Neolit davriga oid bu joyning Chaqmoqli deb atalishiga sabab, cho‘ponlar bu yerdan chaqmoqtosh terishar ekan. Bu joyning ikkinchi nomi Joytun bo‘lib, bahorgi yomg‘irdan so‘ng ko‘lmaklar hosil bo‘lib, oydin kechada ular qop-qora bo‘lib ko‘rinishidan cho‘ponlar shunday nom qo‘yganlar. Joytun yodgorligidan qistirma o‘roq (mis va toshdan ishlangan), pichoq, suyakdan ishlangan igna, bigiz va boshqa qurollar topilgan. Olimlarning fikricha Joytun yodgorligi bundan VII-VI ming yil burun shakllangan. Keyinchalik shakllangan va III-II ming yilliklarga oid bo‘lgan Oltintepa yodgorligi ham (janubi-sharqiy Turkmaniston) Markaziy Osiyodagi bronza davri yodgorliklardan biri bo‘lib hisoblanadi. Oltintepa yodgorligida dastlabki xom g‘ishtdan va paxsadan qurilgan turar joylar, bronza qurollar topilishi bilan birga Markaziy Osiyoning Hindiston va Mesopotamiya bilan bog‘lab turgan la]l yo‘lining muhim tuguni bo‘lgan. Bu yerdan oltin va qimmatbaho metallardan ishlangan buyumlar ko‘plab topilgan. Oltintepa aholisida narigi dunyoga ishonch bo‘lganligi, kinotaft (mayitsiz qabr) qabrlarini ham o‘rgatish mumkin. Mil.avv. III ming yillik oxiri II ming yillik boshlarida Jarqo‘ton, Sopolitepa yodgorliklari vatanimizdagi ilk qishloq va shahar tipidagi manzilgohlarning vujudga kelishi bronza davridayoq boshlanganidan dalolatdir. Mil.avv. I ming yillik boshlarida ajdodlarimiz temir qurollardan foydalana boshladilar. Shu davrdan boshlab tog‘ jinslarini qayta ishlash

(masalan: temir, oltin, qalay, qo‘rg‘oshin va b.) ulardan mehnat va jang qurollari tayyorlash, to‘quvchilik, quruvchilik, zargarlik va boshqa sohalar rivoj topadi. Temir qurollardan foydalanish mil.avv. VII-VI asrlardayoq ulkan sug‘orish tizimlari qurilishiga sabab bo‘ladi. Ortiqcha mahsulot va sinfiy tabaqalanish vujudga keladi. “Avesto”da mil.avv. II ming yillik boshlarida kohinlar, harbiylar, dehqon va hunarmandlardan iborat tabaqalar tilga olinadi. Bu davrda shahar va shaharsozlik madaniyati ham taraqqiy eta boradi. Natijada jamiyatda davlat, davlatchilik an’analari ham mil.avv. VIII- VII asrlarda shakllana boshladi deb aytishimiz mumkin. Avestoda Katta Xorazm (Aryonam Vayjo) tilga olingan bo‘lib u dastlabki davlat birlashmalaridan biri edi. Kopetdog‘, Marv (Avestoda Mouru) Kaspiy va Orol dengizigacha bo‘lgan hududlarni Daxyu – Sastar boshqargani eslatiladi. Bu mil.avv. VII asrda yashagan miletlik Gekatey ma’lumotlari bilan aynan o‘xshashdir. Yana bir antik muarrix Eron ahamoniylari saroyida tabib bo‘lib ishlagan Ktesi ma’lumotlari ham mil.avv. (III asr) Katta Xorazmni yuqoridagi kabi tasvirlaydi. Demak, mil.avv.1 ming yillik boshlarida vujudga kelgan Katta Xorazm davlati mil.avv. VI-IV asrlarda ham bir qadar mustaqilligini saqlab qolgan. Aldeksandr Makedonskiy yurishlari davrida Xorazm hukmdori Farasmanning tilga olinishi esa yunon-makedon istilosi davrida ham Xorazm o‘z mustaqilligini saqlab qolganini ko‘rsatadi. Yana bir davlat birlashmasi bo‘lgan Baqtriya ham mil.avv. I ming yillik boshlarida paydo bo‘ladi. Avestoda Baqtriya (Baxdi) tilga olinib, baland bayroqli o‘lka sifatida ta’riflanadi. Knidlik Ktesi Ossuriya podshosi Nin Bolid va uning xotini Semiramidaning yurishlari haqida ma’lumot keltiradi. Qizig‘i shundaki, Nin Bolid afsonaviy podsho bo‘lib, Semiramida tarixiy shaxs u mil.avv. VIII asr boshlarida yashagan. Bundan tashqari Ossur podshosi Sargon II yozuvlarida ham Baqtriyadan ikki o‘rkachli tuyalarda la’l olib kelinishi haqidagi ma’lumotlar mavjud. Demak,

Baqtriya davlati ham mil.avv. VIII-VII asrlardayoq mavjud bo‘lgan. Baqtriya mil.avv. VI-IV asrlarda ahamoniylar keyin Aleksandr Makedonskiy davlati, mil.avv. IV-III asr o‘rtalarida salavkiylar davlati tarkibiga kiradi. Markaziy Osiyo xalqlari mil.avv.6-4 asrlarda Eron ahamoniylari va IV- III asrlarda yunon-makedonlarga qaram bo‘lib qoladi. Mil. avv. III asr o‘rtalarida mustaqil davlatlar tashkil topadi. Shulardan biri Yunon-Baqtriya davlati bo‘lib, u mil.avv. 250 yillar atrofida tashkil topadi. Taxminan 120 yillik ushbu davlat siyosiy tarixidagi o‘zgarishlar uning madaniy, xo‘jalik taraqqiyotiga ham ta’sir qiladi. Bu davrda tovar-pul munosabatlari yaxshi yo‘lga qo‘yiladi. Baqtriyada zarb qilingan oltin, kumush, nikel tangalar Xorazm, Sug‘diyona, Farg‘ona, Hindiston hududlaridan topilishi Baqtriya tangalari xalqaro savdoda ekvivalent bo‘lganini ko‘rsatadi. Yunon- Baqtriyada rasmiy til yunon tili bo‘lib hisoblangan. Panjobda yuzaga kelgan kxoroshti yozuvi ham kirib kela boshlagan. Budda dinining mil.avv. II-I asrlarda kirib kela boshlashi bilan budda yozuvi ham qo‘llanilgan. Nihoyat baqtriyaliklar yunon yozuvi asosida o‘zining kvadratsimon yozuvlarini ham yaratganlar. Musiqa va san’at sohasida Baqtriya o‘sha davr sharq mamlakatlari ichida oldingi o‘rinlarda turgan. Aniq va tabiiy fanlar falsafa rivoj topgan. Hind donishmandi Nagarjuna Yunon-Baqtriya podshosi Menandr bilan falsafa borasida suhbatlashgach, unga atab Milinda panxa (Menandr donishmandligi) nomli asar yozadi. Mil.avv. II asrning o‘rtalarida Yunon-Baqtriya siyosiy jihatdan inqirozga yuz tutadi. Mil.avv. 140 yilda bu davlat saklar, yuechjilar zarbasi ostida qoladi. Bu hududga ko‘chib kelgan yuechjilar taxminan I asrda Kushon davlatiga asos soladi. Dalvat asoschisi Kudjula Kadfiz Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanidagi Dalvarzintepani davlat poytaxtiga aylantiradi. Kushon davlati tezda Markaziy Osiyodagi qudratli davlatga aylanadi. Kushonlar davrida mintaqada quruvchilik, haykaltaroshlik, rassomchilik, naqqoshlik kabi sohalarda ulkan yutuqlarga

erishildi. Kushonlar davri madaniy hayotining o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri mintaqada hind madaniyatining yanada chuqur ildiz otishidir. Bu davrda Budda dini (Kanishka 77-138 yy.) davlat dini darajasiga ko‘tarilishi, tasviriy san’at, tangalar zarb qilish, arxitektura qurilishida, ma’naviy hayotda hind an’analari yanada chuqur ildiz otdi. Shu bilan birga matematika, astronomiya, musiqa, gramatika, metrologiya, ximiya, falsafa, dorishunoslik kabi fanlar sohasida ham ko‘plab yutuqlar qo‘lga kiritiladi. Xitoy manbalarida Baqtriyadan borgan Budda rohibi 77 tilni bilishi, yana bir rohibning astrologiya sohasidagi bilimlari benazir ekanligi va boshqa shunga o‘xshash misollarni ko‘plab keltirish orqali yuqoridagi fikrlarni isbotlash mumkin. Kushon madaniyati yodgorliklari yurtimiz janubida Dalvarzintepa, Ayritom, Qoratepa va boshqa joylardan topib o‘rganilgan. Madaniyat yuksak darajaga rivojlanishiga mil.avv. II asr oxiridan boshlab shakllangan buyuk ipak yo‘li bo‘ylab xalqaro aloqalarning yo‘lga qo‘yilishi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu yo‘l orqali mintaqamiz sharqu-g‘arbni bog‘lab ularning madaniyatlarini bir-biriga tanishtirish va targ‘ib etish orqali o‘zlari ham yuksak madaniyat yaratdilar. Yurtimiz hududiga V asrda Eftalit qabilalari kirib keladi. Eronda tashkil topgan sosoniylar davlati bilan eftalitlar V asrning 30 yillaridayoq kurash olib bora boshlaydilar. Ayniqsa, Eron sosoniy hukmdori Pero‘z (459-484 y.) davrida o‘zaro kurashlar avj oladi. Tarixiy manbalarda Xo‘rmuzd (420-457 y.) va Pero‘z (459-484 y.)ni sosoniylar taxtiga chiqishiga eftaliylarning harbiy yordam bergani ta’kidlanadi. Bunga buyuk ipak yo‘lida mintaqadagi savdo iqtisodiy doiralarining manfaatdor bo‘lganlari sabab bo‘lgan desak xato bo‘lmaydi. Mintaqa shaharlari tarixida V asr oxiri-VI asr boshlari katta jonlanish yillari bo‘lgani ma’lum. Ayniqsa, kichik shaharlarning tezlik bilan o‘sib borishi hashamatli binolari bo‘lgan alohida-alohida qo‘rg‘onlarning yuzaga kelishi Xorazm, Sug‘diyona, Shosh va Baqtriya viloyatlarida keng qilib