logo

Rivojlangan o'rta asrlarda markaziy Osiyo falsafasi

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

53 KB
Rivojlangan o'rta asrlarda markaziy Osiyo falsafasi
Reja:
1. Markaziy Osiyodagi eng qadimgi falsafiy qarashlar. 
3. Tasavvuf falsafasi.So’fizm.
4. IX –XII asr o’ygonish davri falsafasi vf uning jahon madaniyatida tutgan o’rni. Tarixni bilish, undan tug’ri va holis hulosalar chiqara olish inson ma`naviy
kamoloti   uchun   nihoyatda   muhim.   Tarix   —   buyuk   muallim,   o’tmishdan   saboq
beradigan   tarbiyachidir.   Gap   eng   qadimgi   davr   falsafasi   haqida   borar   ekan,   bu
haqiqat   yanada   katta   ahamiyat   kasb   etadi.   Ayrimlar   «Bizga   ming   yillar   qa`rida
yotgan   madaniyat   va   falsafadan   nima   foyda,   yahshisi,   bugunning   gapidan
gapiring?",   «O’tmish   qa`ridan   tashbeh   izlagandan   ko’ra,   bugungi   muammolar
ustida   bosh   qotirgan   ma`qul   emasmi?»   degan   hayollarga   borishi   mumkin.   Bir
qarashda   ularning   gapida   ham   jon   borga   o’xshaydi.   Ammo   bir   narsa   aniq:
o’tmishni   bilmasdan   turib,   kelajakni   tug’ri   tasavvur   etish   mumkin   emas.   Zero,
o’tmishsiz kelajak yo’q.
Shu   ma`noda,   biz   falsafa   tarixini   azbaroyi   o’tmishga   qiziqqanimiz   uchun
o’rganmayapmiz.   Biz   uni   turli   zamonlarda   ro’y   bergan   hilma-hil   voqea   va
hodisalarning   falsafiy   fikr   va   ongida   qanday   aks   etgani,   ularni   qanday
G’oyalarning tug`ilishiga sabab bo’lgani, qaysi ta`limotlar insoniyat taraqqiyotiga
qanday   ta`sir   ko’rsatgani,   qaysi   mafkura   odamzodni   ko’proq   rivojlanish   yoki
tanazzul tomon etaklagani kabi haqiqatlarni bilib olish uchun o’rganamiz. Tarixni
o’rganmoq   va   undan   saboq   olmoq   har   bir   inson   uchun   zarurdir.   Bu   —   falsafa
bilan   shug`ullanayotgan   mutahassis   uchun   ham,   uni   o’rganayotgan   talaba   uchun
ham birdek muhim ahamiyatga ega. Tarihni falsafasiz tug’ri tushunib bo’lmagani
kabi, falsafani ham tarih haqiqatisiz tug’ri anglab bo’lmaydi.
Shularni   nazarda   tutib,   quyida   biz   mamlakatimiz   tarixida   muayyan   iz   qoldirgan
ayrim falsafiy qarashlar va ta`limotlar haqida qisqacha to’htalib o’tamiz
Zardo’shtiylik ta`limoti. Eramizdan avvalgi X asrdan eramizning VII asrlarigacha
bo’lgan davr mahsuli bo’lgan diniy-falsafiy ta`limotlardan biri zardo’shtiylikdir.
Bu ta`limotga kim asos solgan?
Bu   ta`limotga     Zardo’sht   asos   solgan   bo’lib,   Sharq   va   g’arbda   Zaratushtra,
Zaroastr   nomlari   bilan   mashhurdir.   Manbalarga   ko’ra,   Zardo’sht   eramizdan avvalgi VI asrning birinchi yarmida yashagan. Lekin uning tarixiy yoki afsonaviy
shahs ekanli  haqida aniq bir to’htamga kelingani yo’q. U o’zini payg’ambar deb
e`lon   qilgan.   Lekin   uning   payg’ambarligi   ilohiy   asosga   ega   emas.   Ya`ni   bu
haqiqat ilohiy kitoblarda o’z tasdig’ini topmagan.
Keyingi   yillarda   olib   borilgan   tadqiqotlar   shuni   ko’rsatmoqdaki,   bu   ta`limot
Vatanimiz   hududida,   hususan,   Horazm   zaminida   paydo   bo’lgan.   U   o’z   davrida
halqni   ezgulik   va   adolat   G’oyalariga   da`vat   etish,   hayotbahsh   an`analarni
shakllantirish,   dehqonchilik   va   shahar   madaniyatini   rivojlantirishda   muhim
ahamiyatga   ega   bo’lgan,   uning   G’oyalari   bilan   bog’liq   qadriyatlar   bugungi
kungacha   yashab   kelmoqda   va   halqimiz   turmush   tarzining   o’ziga   hos
hususiyatlarini belgilashda ulkan qimmat kasb etmoqda.
Zardo’shtiylikning   bosh   kitobi   «Avesto»dir.   Unda   qadimgi   halqlarning   dunyo
tug’risidagi   tasavvurlari,   o’ziga   hos   qadriyat   va   urf-odatlari   aks   etgan.   Unda
olamning   azaliy   qarama-qarshi   kuchlari-   yahshilik   va   yomonlik,   yorug’lik   va
zulmat,   issiqlik   va   sovuqlik,   hayot   va   o’lim   borasidagi   qarashlar   o’z   ifodasini
topgan.   «Avesto»da,   shuningdek,   tabiat   falsafasi,   tarih,   etika,   tibbiyotga   oid
ma`lumotlar ham berilgan.
Falsafa   tarixida   makedoniyalik   Aleksandr   (eski   o’zbek   tilida   Iskandar   deyilgan)
istilosi   va   Grek-Baqtriya   davri   falsafasi   ham   halqimizning   taraqqiyot   tarixida
muhim   o’rin   tutgan.   Manbalarda   Aleksandr   qo’shini   mahalliy   halqlarning   qattiq
qarshiligiga   uchragani,   u   «Avesto»ning   ko’pgina   qismini   yondirib   yuborgani
haqida   ma`lumotlar   bor.   Bugungi   kungacha   ham   ayrim   tarihchilar   Aleksandr
«Avesto»ning   tilini   bilmagani,   uni   o’qiy   olmagani   sababli   bu   kitobning   qadr-
qimmatini tushunmagan va uni yoqish tug’risida ko’rsatma bergan, degan fikrlarni
bayon   etadilar.   Aslida   unday   emas.   Bu   —   tarixiy   haqiqatni,   garchand   u   kimlar
uchundir achchiq va kimlar uchundir ibratli bo’lsa-da, haspo’shlashga urinishdan
boshqa   narsa   emas.   Negaki,   Aleksandr   o’z   zamonida   fanlarning   otasi   deb   nom olgan falsafani fan darajasiga ko’targan, buyuk donishmand sifatida yetti iqlimda
tan olingan Arastudan 20 yil mobaynida muttasil ta`lim olgan edi.
Binobarin,   Shoh   Filippning   o’g’li   Aleksandrni   savodsiz,   kitobning   qadrini
tushunmaydigan bir kimsa deb ta`riflash tarih haqiqatiga tug’ri kelmaydi.
Tug’ri,   u   «Avesto»ni   o’tda   kuydirgan   bo’lishi   mumkin.   Lekin   buni   kitobning
qadrini   tushunmagani   uchunmas,   balki   erli   halqlarni   birlashishga   da`vat   etib
turuvchi,   ular   e`tiqod   qo’ygan   milliy   g’oyalar   timsoli   bo’lgan   va   o’z   saltanatiga
qarshi   muttasil   kurash   olib   boruvchi   vatanparvarlarni   tarbiyalaydigan   manba
ekanini nazarda tutib, shu ishni amalga oshirgan. Qolaversa, o’zini dunyodagi eng
rivojlangan   hudud   madaniyatini   jahonga   yoyish   uchun   mas`ul   deb   bilgan,
tug’rirog’i, o’sha madaniyatdan boshqasini  tan olmagan mashhur jahongir uchun
zabt   etilgan   halqning   «Avesto»dek   buyuk   kitobi   bo’lishi   kutilmagan   hol   edi.   U,
yuqorida   ta`kidlanganidek,   mazkur   kitob   omon   tursa,   u   ushbu   zamin   farzandlari
uchun   o’zlikni   anglash,   binobarin,   kuch-qudrat   manbai   bo’lib   qolaverishini
nihoyatda   yahshi   tushungan.   Aleksandrdan   keyin   yashagan   Rim   imperatorlari
ham Misr  va Vizantiyaga qarshi  urush qilib, yahudiylarning erini  bosib olganida
tub   aholining   madaniy   boyliklarini   yo’q   qilgani,   «Zabur»   va   «Tavrot»ning
qadimgi   nusxalarini   kuydirib   yuborgani   yuqoridagi   misolning   tasodifiy
emasligidan dalolat beradi.
Umuman,   har   qanday   sharoitda   ham   istilochilarning   birinchi   ishi   halq   va
millatlarni   zo’rlik   bilan   bosib   olish,   boyliklarini   talash   bo’lsa,   keyingi   asosiy
faoliyat bui — millatni o’z tarixi va an`analaridan uzib qo’yish, madaniy merosini
talon-taroj   qilish,   uning   ma`naviyatini   yo’qotishdan   iborat   bo’ladi.   Tarihning   bu
achchiq sabog’i mustamlakadan ozod bo’lgan, o’z mustaqilligini saqlab qolish va
mustahkamlashga   intiladigan   har   qanday   halq   taraqqiyoti   uchun   eng   muhim
hulosa bo’lib hizmat qiladi. Iskandarga   qarshi   kurashda   halqimizning   milliy   qahramoni   Spetamen   beqiyos
mardlik   va   jasorat   ko’rsatadi.   U   Iskandarga   qarshi   ayovsiz   qarshilik   ko’rsatgan
vatanparvar lashkarboshilardan biridir. Aslida, uning qahramonligi millatimizning
o’sha   davrdagi   o’z   davlatchiligini,   o’zi   yashaydigan   hudud   dahlsizligini   saqlab
qolish uchun olib borilgan kurashning yaqqol timsolidir. Albatta, bu lashkarboshi
ortidan   halq   ergashsa,   elning   ozodlik   va   mustaqillikka   intilish   tuyg’usi   kuchli
bo’lmasa, Spetamenning nomi bu qadar mashhur bo’lib ketmas edi. Negaki, inson
naqadar kuchli, tadbirkor va omadli bo’lmasin, agar halq bilan birga bo’lib, uning
dardlariga darmon izlamasa, hurriyat G’oyalarini bayroq qilib ko’tarmasa, haqiqiy
milliy   qahramon   bo’lolmaydi.   Spetamen   esa   o’sha   halqimizning   ruhi,   orzu-
umidlari,   mustamlakachilarga   qarshi   matonati   ramzi   sifatida   tariximiz   qatiga
mangu muhrlanib qolgan.
Markaziy   Osiyoda   buddaviylik   ham   o’z   o’rniga   ega.   U   diniy-falsafiy   ta`limot
sifatida   qadimgi   Hindistonda   eramizdan   avvalgi   VI   asrning   ohiri   va   V   asr
boshlarida   vujudga   kelgan.   U   jahonda   keng   tarqalgan   dinlardan   biridir.   Bu
ta`limotga   asos   solgan   donishmand   Sidharta   urug’idan   chiqqan   Gautama
hisoblanadi. Keyinchalik u «Budda», ya`ni nurlangan degan laqabga ega bo’lgan.
Buddaviylik islomga qadar O’rta Osiyoda tarqalgan qadimgi dinlar orasida mavqe
jihatidan juda katta o’rin tutadi. Bu ta`limot O’rta Osiyoga eramizdan avvalgi II-I
asrlarda   kirib   kelgan.   Tarixiy   manbalarga   ko’ra,   uni   Toharistonga   balhlik
savdogarlar   olib   kelishgan.   Kushonlar   davrida   buddaviylik   dini   hukmron   dinga
aylangan   edi.   «Halqchil   bo’lganligi   uchun   O’rta   Osiyoga   keng   yoyilgan.
Buddaviylikning O’rta Osiyoga yoyilishi quyidagi to’rt bosqichdan iborat.
Birinchi bosqich. Kushonlardan oldingi davr. Bu eramizdan avvalgi I asrga tug’ri
keladi. Bu davrga oid yozma manbalar bizgacha etib kelmagan.
Ikkinchi   bosqich.   Kushonlar   davri   (eramizning   II-IV   asrlari)   Bu   davrda
buddaviylik   O’rta   Osiyoga   keng   tarqalgan   edi.   Ayniqsa,   uning   ahloqqa   oid masalalar,   halq   ommasini   sabr-qanoat   va   bardoshga   da`vat   etuvchi   G’oyalarni
ilgari surganligi muhim ahamiyat kasb etgan.
Uchinchi bosqich. Bu davrda O’rta Osiyoda buddaviylik ta`limotining manbalari
yoyilgan.
To’rtinchi bosqich. (IX-XIV asrlar) islom O’rta Osiyoda hukmron dinga aylanishi
bilan bu din siqib chiqarilgan va juda zaiflashib ketgan.
Buddaviylikning   O’zbekiston   va   Hindiston   halqi   o’rtasida   o’z   davrida   ma`naviy
ko’prik   bo’lib   hizmat   qilganligi   aniq.   Halqlarimiz   orasidagi   do’stlik   va
birodarlikning   ildizlari   ham   o’sha   davrga   borib   taqaladi   va   bugungi   kunda
aksariyat   kishilar,   ayniqsa,   yoshlarimizning   hind   halqi,   uning   madaniyati   va
san`atiga qiziqishi tasodifiy emas.
Moniy   ta`limoti   yurtimizda   buddaviylikdan   keyin   keng   tarqalgan   edi.   u
zardo’shtiylik   va   xristianlikning   sintezlashuvi   natijasida   vujudga   kelgan.   Moniy
fors   va   arab   tillarida   bir   necha   risolalar   yozgan.   Lekin   ular   bizgacha   etib
kelmagan.   Moniy   hatto   «Moniylik   yozuvi»   nomli   alifbo   ham   tuzgan.   uning
ta`limoticha,   hayotda   dastavval   nur   dunyosi   –   yahshilik   va   zulmat   dunyosi-
yovuzlik bo’lgan. Ular o’rtasida abadiy kurash boradi, inson ikki unsurdan (ruh —
nur farzandi, jism — zulmat mahsuli) iborat. Moniylik halq ommasi manfaatlarini
himoya   qiluvchi   ta`limot   bo’lgani   sababli   hukmron   mafkura   qarshiligiga   duch
kelgan.
Moniylik  ta`limoti  asosida  Mazdak   ta`limoti  yuzaga  kelgan.  U  eramizning  V-VI
asrlarida   keng   tarqalgan   edi.   Uning   asoschisi   Mazdak   (470-529   yillar)   bo’lgan.
Mazdak   va   uning   maslakdoshlari   o’z   qarashlarida   halq   ommasiga   suyangan.
Halqning   ozodlik,   erkinlik,   hurlik   yo’lida   olib   borgan   harakatlariga   rahnamolik
qilgani   uchun   tez   fursatda   ularning   maslakdoshlari,   izdoshlari   ko’payib   ketgan.
Mazdakiylik   ijtimoiy   tengsizlikni   bartaraf   etish   yo’lida   kurashga   da`vat   etuvchi
mafkura   sifatida   hizmat   qilgan.   Unda   asosiy   yovuzlik-boylikka   hirs   qo’yish   va o’ta   kambag’allik   qoralanadi.   Bu   insonparvar   harakatdan   cho’chigan   shoh
Mazdakni   turli   hiylalar   bilan   o’limga   mahkum   etadi.   Mazdakiylar   harakati,
eramizning   VI   asrida   bostirilganiga   qaramay,   turli   mamlakatlarda   muayyan
darajada   davom   etgan.   O’rta   Osiyoda   Muqanna,   Ozarbayjonda   Bobak   boshliq
dehqonlar va shahar  kambag’        allarining zulmga qarshi kurashlari bunga misol
bo’ladi.
Markaziy Osiyoda vujudga kelgan qadimgi falsafiy ta`limotlar, ular ilgari surgan
G’oyalar   bugungi   kunda   ham   muhim   ahamiyatiga   ega.   Sanab   o’tilgan   qadimgi
diniy-falsafiy   ta`limotlar,   ya`ni   zardo’shtiylik,   uning   bosh   kitobi   —   «Avesto»,
Moniy   ta`limoti,   «Moniy   yozuvi»,   mazdakiylik   harakati   jamiyatda   adolat,
erkinlik,   teng   huquqlilik   tamoyillarini   qaror   toptirishiga   da`vat   etgan.   Vatan
ozodligi   yo’lida   jon   fido   etgan   Muqanna   boshchiligidagi   harakat   nafaqat   O’rta
Osiyoda, balki jahonning boshqa o’lkalarida ham aks-sado bergan. Vatanimizning
o’sha  davrda shakllangan va rivojlangan boy madaniyati, milliy ma`naviyatimiz,
falsafamiz jahon sivilizasiyasiga katta ta`sir ko’rsatgan.
Sirasini aytganda, mamlakatimiz tarixi islom dini yurtimizga kirib kelgan davrdan
boshlanmaydi.   U   islomga   qadar   ham   ming   yillar   mobaynida   rivojlanib   kelgan
shonli   tarixiga   ega.   Lekin,   afsuski,   Vatanimizning   ana   shu   davr   tarixi   nihoyatda
kam   o’rganilgan.   Bu   davrga   oid   manbalarning   aksariyati   esa   yo’q   qilib
yuborilgan.   Bu   vayronkorlikning   boshida   miloddan   avval   makedoniyalik
Aleksandr turgan bo’lsa, mamlakatimizni zabt etgan keyingi bosqinchilar ham ana
shu   yo’ldan   borgan.   Ular   halq   ongidan   mustaqillik   va   erkin   hayot   tug’risidagi
maqsad-muddaolarni butunlay yo’qotib yuborishga urinishgan. Buning natijasida
ma`naviy   qashshoq   va   tarixiy   hotirasiz   kishilar   tarbiyalanishi   lozim   edi.
Bosqinchilar   Movarounnahrda   nihoyatda   boy   madaniyat   shakllanganini   e`tirof
etgan.   Ammo   uning   bosqinchilik   G’oyalariga   mos   kelmaydigan   juda   ko’p
namunalarini   ayovsiz   yo’q   qilishgan.   Ayniqsa,   ma`naviy   qadriyat   va   madaniy
boyliklarni shafqatsizlarcha Qorat qilish asosiy o’rinda turgan. Yurtimizda arablar istilosiga   qadar  ustuvor  bo’lgan  ma`naviy  va  madaniy  durdonalar   qadrini  yahshi
anglaydigan   va   ularning   ahamiyatini   tug’ri   tushunadigan   kishilar   birinchi
navbatda   yo’q   qilib   yuborilgan.   Bu   tug’rida   Abu   Rayhon   Beruniy   «Qadimgi
halqlardan qolgan yodgorliklar» asarida quyidagilarni yozgan: «Qutayba Horazm
hatini   yahshi   biladigan,   ularning   habar   va   rivoyatlarini   o’rgangan   va   bilimini
boshqalarga o’rgatadigan kishilarni halok etib va butkul yo’q qilib yuborgan edi.
Shuning   uchun   u   (habar   va   rivoyatlar)   islom   davridan   keyin   haqiqatni   bilib
bo’lmaydigan   darajada   yashirin  qoldi»   .  Ushbu   asarning   boshqa   sahifasida   uluQ
vatanparvar olim yuqoridagiga o’xshash yana bir fikrni quyidagicha ifoda etgan:
«Qutayba horazmliklarning kotiblarini halok etib, bilimdonlarini o’ldirib, kitob va
daftarlarini   kuydirgani   sababli   ular   savodsiz   bo’lib,   o’z   ehtiyojlarida   yodlash
quvvatiga suyanadigan bo’ldilar» .
Beruniy   zamonida   islom   yagona   hukmron   diniy   mafkura   bo’lib   turganini
e`tiborga olsak, zikr etilgan asar va undagi teran fikrlarni bunday o’ktamlik bilan
aytish   G’oyat   ulkan   jasoratni   talab   etgani   ayon   bo’ladi.   Istilochilarning   bunday
vayronkor   siyosati   keyin   ham   davom   etgan.   Hususan,   mustabid   sho’rolar
mafkurasi hukmronlik qilgan davrda ham ana shunday hol ro’y bergan. Nihoyatda
boy qadriyatlarimiz, falsafiy ta`limotlarimiz, umuman o’z merosimizdan bebahra
bo’lib qoldik.
Istiqlol   tufayli   ajdodlarimiz   yaratgan   boy   va   o’lmas   madaniy   merosni   o’rganish
imkoni   tug’ildi.   Tarixiy   hotirani   tiklash,   halqimiz   qalbida   milliy   qadriyatlarga
sodiqlik,   vatanparvarlik   tuyg’ularini   shakllantirish   hozirgi   kunda   ma`naviy
hayotning ustuvor yo’nalishiga aylandi.
Mazkur   mavzuga   asos   bo’lgan   davr   falsafasi   arab   istilosi   va   mamlakatimizda
islom   dinining   taraqqiy   etishi   bilan   uzviy   bog’liqdir.   Bu   falsafa,   ba`zi   chet   ellik
mutahassislar   aytgani   kabi,   faqat   arablar   madaniyatining   bir   qismi   emas.   Balki
bizning   Vatanimiz   farzandlari   ulug’   bobokalonlarimizning   islom   diniga,   islom falsafasiga,   butun   arab   dunyosi   va   jahon   sivilizasiyasiga   katta   ta`sir   ko’rsatgan
ta`limotlari dunyoga kelgan davr falsafasi hamdir.
Shu bilan birga, bu ajdodlarimizning bosqinchilarga qarshi kurashini aks ettirgan,
halqimiz   madaniyati   va   ma`naviyati   nihoyat   darajada   rivojlanganini   butun
jahonga yaqqol namoyon qilgan davr falsafasidir.
Bu   Muqanna   kabi   milliy   qahramonlarimiz   keng   halq   ommasiga   bosh   bo’lib
ozodlik   kurashi   olib   borgan   paytlarda   elning   ruhini   ko’tarib,   ilhomlantiruvchi
ezgu g’oyalar shakllangan davr falsafasidir.
Bu   Amu   va   Sirdaryo   bo’ylarida   yashagan   halqning   dahosi   eng   yuksak   darajaga
ko’tarilgan, uning atoqli namoyandalari jahon madaniyati sahifalariga o’zlarining
o’chmas nomlarini muhrlab ketgan davr falsafasidir. Bu falsafaning hususiyatlari
o’sha   davrda   kechgan   ijtimoiy-siyosiy   jarayonlarning   o’ziga   hosligi   bilan
belgilanadi.
Mazkur mavzuni o’rganishdan maqsad, Prezidentimiz Islom Karimov ta`biri bilan
aytganda,   yosh   avlod   qalbida   mafkuraviy   immunitetni   shakllantrish,
«Yoshlarimizning   iymon-e`tiqodini   mustahkamlash,   irodasini   baquvvat   qilish,
ularni   o’z   mustaqil   fikriga   ega   bo’lgan   barkamol   insonlar   etib   tarbiyalash.
Ularning   tafakkurida   o’zligini   unutmaslik,   ota-bobolarning   muqaddas
qadriyatlarini   asrab-avaylash   va   hurmat   qilish   fazilatini   qaror   toptirish»dan
iborat .
Arab   bosqini   va   islom   dini.   Movarounnahr   arablar   tomonidan   zabt   etilishi
arafasida  Turk  xoqonoti   tizimiga  kirar  edi.  U  mayda   amirliklardan  iborat  bo’lib,
ular o’rtasida tinimsiz to’qnashuvlar ro’y berib turar edi. Ayniqsa, Turk xoqonoti
bilan sosoniylar Eroni o’rtasidagi to’qnashuvlar o’ta shiddatli tusda yuz berar edi.
XII  asrning  ohiri   va  XIII   asrning  boshlarida  bu  hudud  arab  halifaligi  tomonidan
bosib olindi. Bunga Movarounnahr  hududida yashovchi  halqlar, ijtimoiy kuchlar orasida   siyosiy   hamjihatlikning   yo’qligi,   o’zaro   qirg’in-barotlarning   avj   olishi
sabab bo’ldi.
Movarounnahrga   arablar   bosqini   bilan   birga   islom   dini   ham   kirib   keldi.   Islom
so’zi arabcha tangriga o’zini topshirish, itoat, bo’ysunish, tinchlik kabi ma`nolarni
anglatadi.   Islom   dini   bayrog’i   ostida   keng   hududda   arab   qabilalari   birlashgan,
mavjud tarqoqlikka chek qo’yilgan, yagona markazlashgan arab halifaligi tashkil
topgan.
Qur`on   va   hadislarda   islomiy   ta`limotning   asosi   bayon   qilingan.   Qur`on   —
muqaddas kitob. Unda islom qonun-qoidalari, iymon-e`tiqod talablari, huquqiy va
ahloqiy me`yorlar o’z ifodasini topgan. U 114 sura va ular tarkibidagi oyatlardan
tashkil topgan.
«Sunna»   esa   hadislar   majmui   bo’lib,   Qur`ondan   keyin   turadi   va   uni   to’ldiradi.
Unda   Muhammad   payg’ambarning   so’zlari,   hatti-harakatlari   naqllar   va   hadis
shaklida jamlangan.
Tasavvufda kubraviya, yassaviya, naqshbandiya tariqat-suluklari keng tarqalgan.
Diniy   bag’rikenglik   va   dunyoviy   bilimlar   takomili.   Musulmon   Sharqi,   jumladan
islom   joriy   etilganidan   keyin   Vatanimiz   hududidan   etishib   chiqqan   buyuk
mutafakkirlar   ijodida   Olloh,   inson   va   tabiat   masalalari   ilohiyot   va   dunyoviy
falsafaning   muhim   muammolaridan   biri   bo’lib   kelgan.   Bironta   buyuk   alloma   va
mutafakkir islomiy qadriyatlar mavzuini chetlab o’tmagan.
Diniy ilmlar sohalarida imom Buhoriy, imom Termiziy, imom Abu Hanifa, imom
Moturidiy va imom Burhoniddin Marg’inoniylar peshqadamlik qilganlar.
Imom   Buhoriy   (810-870yillar)   yirik   ilohiyotchi,   muhaddis   sifatida   60   mingga
yaqin   hadis   to’plagan,   ulardan   ishonchli   deb   topganlirini   mahsus   to’plam   holiga
keltirgan. Bu to’plam «Sahihi Buhoriy» nomi bilan mashhurdir. Imom   iso   Termiziydan   (824-892)   «Payg’ambarning   alohida   fazilatlari»,
«Hadislardagi  ihtilof va bahslar  haqida risola», «Tarih» va boshqa asarlar meros
bo’lib   qolgan.   Imom   Termiziy   hadislarni   muntazam   ravishda   to’plab,   muayyan
tartibga solgan va yahlit bir kitob shakliga keltirgan.
Muhammad   al-Horazmiy   (783-850)   va   Ahmad   al-Farg’oniy   (tahm.   797-865)
butun   musulmon   Sharqi   va   jahonda   tabiiy   va   aniq   fanlar   rivojiga   salmoqli   hissa
qo’shgan   buyuk   allomalardir.   Muhammad   al-Horazmiy   arab   halifaligining
poytaxti   Bag’dodda   «Donishmandlik   maskani»   («Bayt   ul-hikma»)   ga   rahbarlik
qilgan.   Uning   «Astronomiya   jadvali»,   «Hind   hisobi   tug’risida   risola»,   «Quyosh
soati   tug’risida   risola»,   «Musiqa   haqida   risola»,   «Tiklash   va   qarshi   qo’yish
hisobiga oid muhtasar kitob» kabi asarlarida algebra sohasiga asos solindi.
Sharq xalqlari orasida «Buyuk matematik» unvoniga sazovor bo’lgan Ahmad al-
Farg’oniy   (tahm.   798   y.   da   Quvada   tug’ulgan)   astronomiya   va   matematika
sohalarida   nom   taratdi.   Uning   «Samoviy   jismlar   harakati   va   yulduzlar   fanining
majmuasi   haqida   kitob»,   «Astronomiya   asoslari»,   asarlarida   koinot   haritasi
tuzildi.   Er   va   fazoviy   sayyoralar   hajmi,   iqlimlar,   jo’g’rofiy   kengliklar   tug’risida
kuzatuvchilar   orqali   asoslangan   yangi   ma`lumotlar   berilgan,   ilm-fanning   yangi
yo’nalishlariga   asos   solingan.   Qo’lga   kiritilgan   ma`lumotlarni   umumlashtirish,
tadqiqotda   hissiy   va   aqliy   mushohada   mushtarakligi   allomaga   xos   hususiyatlar
sifatida   dunyoqarashni   shakllantirishning   muhim   omillari   bo’lib   keldi   va   undan
keyin yashagan ilm ahliga ta`siri sezilib turdi.
Falsafa,   tabiatshunoslik   va   tibbiyot   tarixini   Forobiy,   Beruniy   va   Ibn   Sinosiz
tasavvur   qilib   bo’lmaydi.   Abu   Nasr   Forobiy   (873-950)   –   musulmon   Sharqida
Arastudan keyin «ikkinchi ustoz» unvoniga muyassar bo’lgan yirik mutafakkir va
alloma. Uning  qalamiga  160 dan  ziyod asar  mansub  bo’lib, ular  asosan  qadimgi
yunon olimlari asarlaridagi  tabiiy-ilmiy va falsafiy muammolar sharhlash  hamda
bu   sohalarning   dolzarb   masalalarini   tahlil   qilishga   bag’ishlangan.   Mutafakkir olamni   ikki   ko’rinishda:   «Vujudu   vojib»   (olloh)   va   «vujudi   mumkin»   (barcha
moddiy   va   ruhiy   narsalar)   misolida   talqin   qiladi,   barcha   narsalar   «vujudi   vojib»
tufayli   yashash   huquqiga   ega   bo’ladi.   Ular   o’zaro   bir-biri   bilan   sababiy   tarzda
bog’lanadi. Sababsiz oqibat bo’lmaganidek, oqibatsiz sabab ham bo’lmaydi, deydi
Forobiy.
Abu   Rayhon   Beruniy   (973   —   1048)   deyarli   barcha   fan   sohalarida   ijod   etgan
buyuk qomusiy alloma va mashhur  mutafakkirdir. U yaratgan 152 ta asardan  28
tasi   bizgacha   etib   kelgan.   Uning   tabiatni   o’rganishdagi   hizmati   kattadir.   Alloma
jismlarning o’zaro tortishuvi, Quyosh va Oyning tutilishi, zarra, inersiya va sun`iy
tanlanish, rivojlanish anomaliyasi, Er qa`rida ro’y beradigan geotektonik siljishlar,
Er   qiyofasining   tadrijiy   tarzda   o’zgarib   turishi,   hilma   —   hil   olamlar   tug’risida
ilmiy bashoratlarni ilgari surgan. Uning falsafiy qarashlari tabiiy-ilmiy qarashlari
ta`sirida   shakllandi.   U   modda   va   zamon,   qonuniyat,   zaruriyat   va   tasodifiyat,
harakat va rivojlanish, ziddiyat, sabab va oqibat kabi falsafiy muammolarga katta
e`tibor bergan.
Beruniyning   asarlarida   bilish   masalalari   muhim   maqomga   egadir.   Bilishga
bo’lgan   qiziqishning   ikkita   sababi   bor.   Birinchidan,   bu   o’ziga   hos   lazzatdir.
Ikkinchidan,   bilishdan   maqsad   odamlar  ehtiyojlarini   qondirishdir.  Bilish   sezgilar
etkazib bergan ma`lumotlardan boshlanadi. Ular bilishning yuqori bosqichi  aqliy
bilish uchun o’ziga hos ko’makchi va asos bo’lib hizmat qiladi. Bilimning chinligi
kuzatuv   va   sinov   —   tajriba   orqali   belgilanadi.   Ular   tufayli   ashyolarning   muhim
jihatlari   o’rganiladi,   ularning   miqdoriy   tomonlari   aniqlanadi,   bilish   jarayonining
samaradorligi oshib boradi.
Beruniyga   ko’ra,   inson   qiyofasi   tabiat   ta`sirining   natijasidir.   Uning   ichki
qiyofasiga kelsak, uni inson cheksiz sa`y-harakatlar oqibatida tubdan o’zgartirishi
mumkin. Har bir kishi o’z hulq-atvorining sohibidir. Jamiyat tadrijiy o’zgarishlar orqali rivojlanib boradi. Adolat, fuqaro uchun g’amho’rlik, zulmni bartaraf etish,
jamiyatni aql va adolat tuQi ostida boshqarish mutafakkirning idealidir.
Abu Ali ibn Sino (980-1037) buyuk alloma va mutafakkir. U Buhoro yaqinidagi
Afshona qishlog’ida tug’ilib, Hamadon shahrida vafot etgan. Ibn Sinodan qolgan
ma`naviy   me`ros   tahminan   280   nomdan   ziyodroqdir.   Ular   tibbiyot,   falsafa,
mantiq,   psihologiya,   ahloq,   musiqa,   farmakologiya   va   boshqa   sohalarga
bag’ishlangan.   Olimning   «Shifo   kitobi»   «Tib   qonunlari»,   «Bilimlar   kitobi»,
«Tabiat   durdonasi»   kabi   asarlari   mashhurdir.   Borliqni   talqin   etishda   Ibn   Sino
Forobiy   izidan   borib,   uni   «vujudi   vojib»   va   «vujudi   mumkin»dan   iborat,   deb
e`tirof etadi. «Vujudi vojib» birinchi sabab vazifasini bajaradi. «Vujudi mumkin»
esa   uning   oqibatidir.   Yaratilishi   doimiy   bo’lganligi   uchun   yaratilgan   «vujudi
mumkin»   ham   abadiydir.   Olimning   sababiyatga   oid   mulohazalari   e`tiborga
molikdir.   Unga   ko’ra,   sabablar   moddiy   (muayyan   holatni   keltirib   chiqaruvchi
sabab),   faol   (muayyan   holatni   o’zgartiruvchi   sabab),   shakliy   (turli   hil   quvvatlar
bilan   bog’langan   sabab)   va   tugallovchi   (barcha   sabablarning   pirovard   maqsadi)
sabablardan iboratdir.
Ibn   Sino   Zakariyo   ar-Roziy   va   Beruniy   kabi   jahon   falsafiy   tafakkuri   tarixida
birinchilardan bo’lib kuzatuv va tajribaga muhim e`tibor qaratdi. Masalan, alloma
ular ko’magida hastaning holati, kelajakda kutilayotgan kayfiyati, dori-darmonlar
tarkibi, inson va atrof-muhit o’zaro munosabati muammolarini hal etishga urinadi.
Mutafakkir   o’z   asarlarida   ilm   va   ahloq-odob   uyg’unligi,   inson   kamoloti,   baht-
saodat,   ijtimoiy   adolat,   kishilarning   o’zaro   hamkorligi,   hukmdorning   burchi
tug’risida qiziqarli G’oyalarni ilgari surgan. Uning ta`kidlashicha, barchani bir hil
ijtimoiy mavqega erishtirib bo’lmaydi. Aslida ular uchun muayyan sharoit yaratib
bermoq lozim. Barchaning boy va mansabdor bo’lishi yoki hammaning qashshoq
bo’lishi   jamiyatning   tanazzuli   va   inqirozidir.   Lekin   inson   o’zgalarga   mehr- oqibatli,   g’amho’r   bo’lmog’i,   kerak   vaqtda   sahovat   va   muruvvat   qo’lini
nochorlarga uzatishi zarurdir.
Markaziy   Osiyoda   ilk   o’rta   asrlar   davrida   keng   tarqalgan   tasavvuf   ta`limotidagi
komil inson maqomi, nafsni tiyish, bag’rikenglik, diniy donishmandlik, Muso al-
Horazmiy   va   Ahmad   al-Farg’oniy   tadqiqotlarida   ilgari   surilgan   tabiiy-ilmiy
G’oyalar,   Forobiy,   Beruniy   va   Ibn   Sinoning   tabiiy-ilmiy   va   falsafiy   qarashlari,
fandagi   yangi   yo’nalishlar   birinchi   galda   musulmon   Sharqi,   qolaversa,   butun
jahon   tabiiy-ilmiy   va   falsafiy   tafakkurining   ravnaqiga   hayotbahsh   ta`sir   o’tkazib
keldi.

Rivojlangan o'rta asrlarda markaziy Osiyo falsafasi Reja: 1. Markaziy Osiyodagi eng qadimgi falsafiy qarashlar. 3. Tasavvuf falsafasi.So’fizm. 4. IX –XII asr o’ygonish davri falsafasi vf uning jahon madaniyatida tutgan o’rni.

Tarixni bilish, undan tug’ri va holis hulosalar chiqara olish inson ma`naviy kamoloti uchun nihoyatda muhim. Tarix — buyuk muallim, o’tmishdan saboq beradigan tarbiyachidir. Gap eng qadimgi davr falsafasi haqida borar ekan, bu haqiqat yanada katta ahamiyat kasb etadi. Ayrimlar «Bizga ming yillar qa`rida yotgan madaniyat va falsafadan nima foyda, yahshisi, bugunning gapidan gapiring?", «O’tmish qa`ridan tashbeh izlagandan ko’ra, bugungi muammolar ustida bosh qotirgan ma`qul emasmi?» degan hayollarga borishi mumkin. Bir qarashda ularning gapida ham jon borga o’xshaydi. Ammo bir narsa aniq: o’tmishni bilmasdan turib, kelajakni tug’ri tasavvur etish mumkin emas. Zero, o’tmishsiz kelajak yo’q. Shu ma`noda, biz falsafa tarixini azbaroyi o’tmishga qiziqqanimiz uchun o’rganmayapmiz. Biz uni turli zamonlarda ro’y bergan hilma-hil voqea va hodisalarning falsafiy fikr va ongida qanday aks etgani, ularni qanday G’oyalarning tug`ilishiga sabab bo’lgani, qaysi ta`limotlar insoniyat taraqqiyotiga qanday ta`sir ko’rsatgani, qaysi mafkura odamzodni ko’proq rivojlanish yoki tanazzul tomon etaklagani kabi haqiqatlarni bilib olish uchun o’rganamiz. Tarixni o’rganmoq va undan saboq olmoq har bir inson uchun zarurdir. Bu — falsafa bilan shug`ullanayotgan mutahassis uchun ham, uni o’rganayotgan talaba uchun ham birdek muhim ahamiyatga ega. Tarihni falsafasiz tug’ri tushunib bo’lmagani kabi, falsafani ham tarih haqiqatisiz tug’ri anglab bo’lmaydi. Shularni nazarda tutib, quyida biz mamlakatimiz tarixida muayyan iz qoldirgan ayrim falsafiy qarashlar va ta`limotlar haqida qisqacha to’htalib o’tamiz Zardo’shtiylik ta`limoti. Eramizdan avvalgi X asrdan eramizning VII asrlarigacha bo’lgan davr mahsuli bo’lgan diniy-falsafiy ta`limotlardan biri zardo’shtiylikdir. Bu ta`limotga kim asos solgan? Bu ta`limotga Zardo’sht asos solgan bo’lib, Sharq va g’arbda Zaratushtra, Zaroastr nomlari bilan mashhurdir. Manbalarga ko’ra, Zardo’sht eramizdan

avvalgi VI asrning birinchi yarmida yashagan. Lekin uning tarixiy yoki afsonaviy shahs ekanli haqida aniq bir to’htamga kelingani yo’q. U o’zini payg’ambar deb e`lon qilgan. Lekin uning payg’ambarligi ilohiy asosga ega emas. Ya`ni bu haqiqat ilohiy kitoblarda o’z tasdig’ini topmagan. Keyingi yillarda olib borilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatmoqdaki, bu ta`limot Vatanimiz hududida, hususan, Horazm zaminida paydo bo’lgan. U o’z davrida halqni ezgulik va adolat G’oyalariga da`vat etish, hayotbahsh an`analarni shakllantirish, dehqonchilik va shahar madaniyatini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo’lgan, uning G’oyalari bilan bog’liq qadriyatlar bugungi kungacha yashab kelmoqda va halqimiz turmush tarzining o’ziga hos hususiyatlarini belgilashda ulkan qimmat kasb etmoqda. Zardo’shtiylikning bosh kitobi «Avesto»dir. Unda qadimgi halqlarning dunyo tug’risidagi tasavvurlari, o’ziga hos qadriyat va urf-odatlari aks etgan. Unda olamning azaliy qarama-qarshi kuchlari- yahshilik va yomonlik, yorug’lik va zulmat, issiqlik va sovuqlik, hayot va o’lim borasidagi qarashlar o’z ifodasini topgan. «Avesto»da, shuningdek, tabiat falsafasi, tarih, etika, tibbiyotga oid ma`lumotlar ham berilgan. Falsafa tarixida makedoniyalik Aleksandr (eski o’zbek tilida Iskandar deyilgan) istilosi va Grek-Baqtriya davri falsafasi ham halqimizning taraqqiyot tarixida muhim o’rin tutgan. Manbalarda Aleksandr qo’shini mahalliy halqlarning qattiq qarshiligiga uchragani, u «Avesto»ning ko’pgina qismini yondirib yuborgani haqida ma`lumotlar bor. Bugungi kungacha ham ayrim tarihchilar Aleksandr «Avesto»ning tilini bilmagani, uni o’qiy olmagani sababli bu kitobning qadr- qimmatini tushunmagan va uni yoqish tug’risida ko’rsatma bergan, degan fikrlarni bayon etadilar. Aslida unday emas. Bu — tarixiy haqiqatni, garchand u kimlar uchundir achchiq va kimlar uchundir ibratli bo’lsa-da, haspo’shlashga urinishdan boshqa narsa emas. Negaki, Aleksandr o’z zamonida fanlarning otasi deb nom

olgan falsafani fan darajasiga ko’targan, buyuk donishmand sifatida yetti iqlimda tan olingan Arastudan 20 yil mobaynida muttasil ta`lim olgan edi. Binobarin, Shoh Filippning o’g’li Aleksandrni savodsiz, kitobning qadrini tushunmaydigan bir kimsa deb ta`riflash tarih haqiqatiga tug’ri kelmaydi. Tug’ri, u «Avesto»ni o’tda kuydirgan bo’lishi mumkin. Lekin buni kitobning qadrini tushunmagani uchunmas, balki erli halqlarni birlashishga da`vat etib turuvchi, ular e`tiqod qo’ygan milliy g’oyalar timsoli bo’lgan va o’z saltanatiga qarshi muttasil kurash olib boruvchi vatanparvarlarni tarbiyalaydigan manba ekanini nazarda tutib, shu ishni amalga oshirgan. Qolaversa, o’zini dunyodagi eng rivojlangan hudud madaniyatini jahonga yoyish uchun mas`ul deb bilgan, tug’rirog’i, o’sha madaniyatdan boshqasini tan olmagan mashhur jahongir uchun zabt etilgan halqning «Avesto»dek buyuk kitobi bo’lishi kutilmagan hol edi. U, yuqorida ta`kidlanganidek, mazkur kitob omon tursa, u ushbu zamin farzandlari uchun o’zlikni anglash, binobarin, kuch-qudrat manbai bo’lib qolaverishini nihoyatda yahshi tushungan. Aleksandrdan keyin yashagan Rim imperatorlari ham Misr va Vizantiyaga qarshi urush qilib, yahudiylarning erini bosib olganida tub aholining madaniy boyliklarini yo’q qilgani, «Zabur» va «Tavrot»ning qadimgi nusxalarini kuydirib yuborgani yuqoridagi misolning tasodifiy emasligidan dalolat beradi. Umuman, har qanday sharoitda ham istilochilarning birinchi ishi halq va millatlarni zo’rlik bilan bosib olish, boyliklarini talash bo’lsa, keyingi asosiy faoliyat bui — millatni o’z tarixi va an`analaridan uzib qo’yish, madaniy merosini talon-taroj qilish, uning ma`naviyatini yo’qotishdan iborat bo’ladi. Tarihning bu achchiq sabog’i mustamlakadan ozod bo’lgan, o’z mustaqilligini saqlab qolish va mustahkamlashga intiladigan har qanday halq taraqqiyoti uchun eng muhim hulosa bo’lib hizmat qiladi.

Iskandarga qarshi kurashda halqimizning milliy qahramoni Spetamen beqiyos mardlik va jasorat ko’rsatadi. U Iskandarga qarshi ayovsiz qarshilik ko’rsatgan vatanparvar lashkarboshilardan biridir. Aslida, uning qahramonligi millatimizning o’sha davrdagi o’z davlatchiligini, o’zi yashaydigan hudud dahlsizligini saqlab qolish uchun olib borilgan kurashning yaqqol timsolidir. Albatta, bu lashkarboshi ortidan halq ergashsa, elning ozodlik va mustaqillikka intilish tuyg’usi kuchli bo’lmasa, Spetamenning nomi bu qadar mashhur bo’lib ketmas edi. Negaki, inson naqadar kuchli, tadbirkor va omadli bo’lmasin, agar halq bilan birga bo’lib, uning dardlariga darmon izlamasa, hurriyat G’oyalarini bayroq qilib ko’tarmasa, haqiqiy milliy qahramon bo’lolmaydi. Spetamen esa o’sha halqimizning ruhi, orzu- umidlari, mustamlakachilarga qarshi matonati ramzi sifatida tariximiz qatiga mangu muhrlanib qolgan. Markaziy Osiyoda buddaviylik ham o’z o’rniga ega. U diniy-falsafiy ta`limot sifatida qadimgi Hindistonda eramizdan avvalgi VI asrning ohiri va V asr boshlarida vujudga kelgan. U jahonda keng tarqalgan dinlardan biridir. Bu ta`limotga asos solgan donishmand Sidharta urug’idan chiqqan Gautama hisoblanadi. Keyinchalik u «Budda», ya`ni nurlangan degan laqabga ega bo’lgan. Buddaviylik islomga qadar O’rta Osiyoda tarqalgan qadimgi dinlar orasida mavqe jihatidan juda katta o’rin tutadi. Bu ta`limot O’rta Osiyoga eramizdan avvalgi II-I asrlarda kirib kelgan. Tarixiy manbalarga ko’ra, uni Toharistonga balhlik savdogarlar olib kelishgan. Kushonlar davrida buddaviylik dini hukmron dinga aylangan edi. «Halqchil bo’lganligi uchun O’rta Osiyoga keng yoyilgan. Buddaviylikning O’rta Osiyoga yoyilishi quyidagi to’rt bosqichdan iborat. Birinchi bosqich. Kushonlardan oldingi davr. Bu eramizdan avvalgi I asrga tug’ri keladi. Bu davrga oid yozma manbalar bizgacha etib kelmagan. Ikkinchi bosqich. Kushonlar davri (eramizning II-IV asrlari) Bu davrda buddaviylik O’rta Osiyoga keng tarqalgan edi. Ayniqsa, uning ahloqqa oid