Ilk o'rta asrlarda Xitoy madaniyati
I L K O ' R T A A S R L A R D A X I T O Y M A D A N I Y A T I Reja: 1. V - VI asrlarda Xitoyning siyosiy tarqoqligi. 2. Xitoyning birlashtirilishi. So'ng imperiyasi. 3. Tan imperiyasi. 4. Xuan Chao Qo'zg'aloni. Tan dinastiyasining tugashi. 5. Sun imperiyasi. Xitoy madaniyati va fani.
V - VI asrlarda Xitoyning siyosiy tarqoqligi V - VI asrlardagi Xitoy taraqqiyoti G'arbiy Yevropada bo'lganidek varvarlaming hujumi bilan bog'langan edi. Varvarlar hisoblangan hamda Xitoydan Shimoliy va G'arbiy rayonlarida yashagan ko'chmanchi mo'g'ul va tiirk qabilalari Xitoyga doimiy hujumlar qilib turdi. Varvarlaming bu hujumlari mamlakat iqtisodiy, siyosiy hayotiga katta zarba bo'lib tushdi . Ular ko'pdan - ko'p qishloqlarni taladilar, shahaiiarni yer bilan yakson qildilar. Xitoy juda ko'p mayda- mayda davlatlarga bo'linib siyosiy jihatdan tarqoq bir mamlakatga aylanib qoldi, Bu davlailarning ba'zilarining teppasida drujinalari bilan birga varvarlaming boshliqlari va ba'zilarining tepasida esa (Janubda) mahaliy Xitoy zadagonlari turdi. Bunday davlatchalar orasida eng kattasi Shimoliy VEY davlati bo'lib, lining poytaxti Loyan shahri edi. Bu davlat 386 yildan 584 yilgacha yashadi. 420 - 589 yilar o'rtasidagi davr Xitoy tarixiga "Shimoliy va Janubiy dinastiyalar davri" bo'lib kirdi. Bu davr Xitoy tarixida qulchilk tizimining sekinlik bilan yoqolishi, varvarlar orasida ham, Xitoylar orasida ham feudal munosabatlarning o'ziga xos formasi rivojlanayotgan edi. Jumladan Vey davlatida chek yer sistemasi tartib topa boshladi, bu sistemaga ko'ra davlat boshlig'i eng oliy darajadagi; haqiqatda esa yer cheklariga bo'linib, dehqonlarga ularning oila a'zolariga mehnatga layoqatli ishlar soniga qarab taqsimlanar, chek yer olish uchun dehqon ko'proq natura bilan (don, chorva molari, hunarmandchilik buyumlari va hokazolar bilan) soliq to'lash kerak edi. Xuddi shu vaqtda Xitoyda xususiy pomisevlarni (chjuanyuan) ham ahyon - ahyonda uchrab turar edi. Pomesivlar ayni feodal krepostnoylik xarakteriga ega edi. Xitoyda urug'chilik munosabatlarining qoldiqlari uzoq vaqtgacha saqlanib keldi. Mali Xva XI Asrlarda ham krepostnoy dehqonlar to'g'risida fikr yuritiladi. Xitoyda feodal egaligining ilk turi budda monastr yer egaligi bo'lib, yerga egalik qiiishning bu turi bu yerda V - VI asrlardayoq ancha keng tarqalgan edi .
Xitoyni siyosiy jihatdan birlashtirish yo'lidagi birinchi urinishlar. Suy impcriyasi Ilk o'rta asrlarda Xitoyni siyosiy jihatdan birlashtirishga birinchi bo'lib Suy clinastiyasi urundi. Bu dinastiyaning asoschisi Yatszyan (yoki Vendi) harbiy drujina boshlig'i bo'lib. Shimoliy dinastiyalardan birida xizmat qilar edi. 589 yilda Yanizyan butun Shimoliy va janubiy Xitoyni o'ziga bo'ysundirdi. Bu davrda mamlakat obodonchiligiga alohida e'tibor berildi . Sug'orish sistemasi tiklandi va kengaytirildi. Jumladan VII asrning boshlarida shu dinastiyaning ikkinchi imperatori Yanguan yoki (Yan-di) davrida Xuanxe daryosini Yanzi daryosi bilan bog'laydigan umumiy uzunligi 1000 km keladigan Buyuk kanal qazildi. Kauai qazilishida bir millionga yaqin kishi ishtrok etgan. Ammo Suy dinastiyasi ko'p uzoq yashamadi. Shimol bilan janub birlashuvi zaif edi. Hokimiyat viloyatlar faoliyati ustidan nazorat qila olmadi, G'arbdan turkey qabilalarning doimiy hujumi, ichki qarama - qarshiliklar, ziddiyatlar imperiyani holdan toydirdi. 618 yilda Shimoli - G'arbiy Xitoyning inglizlaridan biri Li Yuan yoki Gaonzu (u kelib chiqisbi jihatidan chala turk edi) Imperiyada hokimiyatni bosib olib yangi dinastiya Tan dinastiyasiga asos soldi. Tan dinastiyasi Tan imperiyasi Xitoy da 300 yil ya'ni 618 yildan 907 yilgacha yashadi. Uning poytaxti Chanan (hozirgi Sian) shahri edi. VIII asrda Chanan aholisi 1 mlndan ko'p edi. Imperiyaning ikkinchi katta shahri Loyan shahri bo'lib u savdo markazi edi. Tan dinastiyasining eng kuchli vakili . Li Yuanning vorisi Li- Shi - min yoki Tayizun (626 - 649) edi. Li - Shi - Min paytida imperiya chegarasi ancha kengaydi. O'sha paytda Xitoy (chegarasi) territoriyasi Shimolda amir va Xinganchaga, Janubda Hindiston va Siyomgacha Sharqda Korelgacha (Tayizun Korilni ham bosib olishga uringan edi) G'arbda O'rta Osiyoning Sharqiy chegarasigacha borar edi.
Li - Shi - Min davrida amaldorlar uchun unvonlar joriyqilindi. Ular to'qqiz darajaga bo'lindi, har birlariga pomisitellar belgilandi. Markaziy idora 6 ta mahkama palatasidan yoki ministrlikdan amaldorlar, ministrlik, soliq ministrligi Jiarbiy ministrlik jinoiy ishlarni ko'radigan sud ministrligi jaraoat ishlari ministrligi marosim ishlari ministrligidan iborat bo'lib uzul-kesil rasimiylashdi. Oblastlarni gubernatorlar boshqaradigan bo'ldi. Tan dinastiyasi davrida feodal chek yer sistemasi uzil-kesil qaror topdi. Bu davrda davlatga qarashli yerlar ko'paytirildi, bu yerlarda davlat dehqonlari mehnat qilib. soliq to'Iar va turli xil majburiyatiarni bajarar cdi. VIII asrning 20-30 yillarida Tan imperiyasi qonunlarining yagona majmuasi uzildi u ijtimoiy hayot va davlat hayotining xilma- xil tamonlarining o'z ichiga olgan 6 ta alohida kodeksdan iborat edi. VIII va IX asrlarda Tan imperiyasining Krizisga uchrashi. VII asrning II yarmida asrda Tayizun vorislari zamonida Osiyodagi eng katta davlat bo'lib qolaverdi. Bu vorislar ichida eng ko'zga ko'ringani buddizm homiysi imperatorligiga U Sze Tyanyoki Uxoun (656- 705) b o ' l d i . VII - VIII xitoy - arab xalifaligi yoki Hindiston Siyom va Vetnam bilan qizg'in tashqi savdo aloqalarini olib bordi bir qancha katta - katta karvon yo'llari bular orasida Chanandan O'rta Osiyoga olib boradigan - "Ipak yo'li" ayniqsa katta ahamiyatga ega bo'ldi) Xitoyni Shimoliy-G'arbiy va Janubiy Osiyoning turli mamlakatrlari bilan bog'lar edi. Bundan tashqari Xitoy sohilaridan Janubiy sharqiy Osiyo va Hindistonga boradigan dengiz yo'li ham muhim rol o'ynar edi. Ammo VIII asrdan boshlab Tan imperiyasi chuqur krizislarini o'z boshlaridan keehira boshladi. Turli xil soliqlar, olchamlar, har x i l majburuyatlar dehqonlar ommasining qashsshoqlashuviga olib keldi. Ochlik natijasida tez- tez bo'lib turadigan epidemyalaridan yuz minglab dehqonlar q i r i l i b ketdi. Dehqonlarning click yerlari kamayib bordi, ularni yerlarini "kuchli xonadonlar" yuta boshladi. Davlat dehqonlarining soni kamayishi oqibatida davlat xazinasi bo'shashib qolgan edi. Shu ahvolni hisobga olib hukumat 780 yilda soliq sistemasini islohot q i l d i .
Yangi (muallifi Yan-van) qonuniga binoan endi soliqlar chek yeri bo'lgan dehqonlardagina olinib qolmasdan shu bilan birga xususiy yer egalaridan va davlat yerini ijoraga olgan shaxslardan ham yig'ib olinadigan bo'ldi. Feodallashuv jarayoni mahaliy yerdorlarni kuchaytirdi va imperatorlarning gubcrnalorlari bilan harbiy boshliqlarning o'zida ham tobe bo'lmaslikda intilish kayliyatini tug'dirdi. Bosh qo'mondon An Li Shan qo'zgaloni Tan dinastiyasi tarixida burilish nuqtasi bo'ldi. U 785 yilda 120 ming kishilik qo'shinni o'ziga ergashtirib, imperatorga qarshi bosh ko'tardi. U 786 ikkala poytaxtni - Chanan va Loyanni ham bosib olishga muvaffaq bo'ldi. Fmperator qochdi, bu qo'zg'olon kelgusi yildagina yollangan varvarlar, asosan, uyg'urlar yordami bilan bostirildi. An Lu Shan qo'zg'olonidan keyin Janubiy Xitoydagi gubernatorlar qo’zg'oloni bo'ldi, bu qo'zg'olonlarni ham imperator juda katta kuch sarfiab qiyinchilik bilan bostirdi. Xuan Chao qo'zg'oloni XI asrning II yarmida dehqonlarning iqtisodiy ahvoli haddan tashqari o'g'irlashdi. Xuan Chao boshchiligidagi qo'zg'alon 875 yildan 884 yilgacha davom etdi. Qo'zg'alonga ilgari chakana tuzfurish va keyin imperator gvardiyasida soldat b o ' l i b xizmat qilgan. Xuan Chao degan kishi boshchilik qildi. Bu qo'zg'alon uzoq vaqt davom etganligi, ko'p kishi qatnashganligi bilan boshqa qo'zg'alonlardan ajralib turadi. Qo'zg'olon boshida stixiyali ravishda boshlangan bo'lsada, keyinchalik uyushgan holda movaffaqiyatlarni qo'lga kirta boshladi. Qo'zg'alon Shandun va Xebiy degan Shimoliy viloyatlardan boshlandi. Kevin u Markaziy Xitoydagi Xenan viloyatiga tarqaldi. Qo'zg'alonning birinchi yilidayoq Xuan Chao qo'l ostiga 100 mingga yaqin qurolangan dehqon bor edi . 879 yilda Xuan Chao Janubiy Xitoyga yurish qildi va u yerlami talab savdogarlarni ko'p tavarlarini bosib oldi. Epidemya oqibatida Xuan Chao Shimolga, yaqin daryosi ortiga chekinishga majbur bo'ldi. 880 yilda Xuan Chao qo'shinlarining soni 250 - 300 ming kishiga yetdi.