XI-XV asrlarda Fransiya madaniyati
XIV – XV ASRLARDA FRANSIYA MADANIYATI Reja: 1. XIV – asr boshlarida Frantsuz davlati. 2. Toifaviy monarxiyaning paydo bo’lishi. 3. Yuz yillik urush. 4. XV asrda shahar va qishloqlar. Frantsiyaning siyosiy birlashishi. Foydalanilgan adabiyot
XIV asr boshlarida ham Frantsiya iqtisodi intensiv rivojlanib boradi. Shaharlarda savdo va hunarmandchilikning rivojlanishi va u bilan bogliq holda qishloqlarda pul rentasining tarqalishi frantsuz jamiyati hayotida yangi uzgarishlar olib keladi. Ayniqsa, shaharlarda muhim uzgariahlar sodir buladi; boy tsexlar (muynachi, movutchi, zargar, qassoblar) aralash kasbdagi tsexlarni bo’ysundiradi. Ustalar xalfa va shogirdlarni ko’paytirib, ish vaqtini uzaytiradilar. Maosh esa kam tulangani uchun xalfalar usto bo’lish va o’z ustaxonasini ochish imkoniyatidan maxrum bo’ladilar. Xalfalar tobora yollanma ishchilarga yaqinlashib boradilar va ustalarga qarshi kurashish uchun o’z ittifoqlarini tuza boshlaydilar (Kompanonaj). Shahar aholisini ko’pchiligini tashkil qilgan kambag’allar ahvoli og’irlashib boradi. Ular shahar boshqaruvi ishlaridan chetlashtirilgan edi. Buning ustiga XIV asrda soliqlar oshishi, boy shaharliklar va kambag’allar o’rtasida keskinlikni kuchayishi shahar qo’zg’olonlari boshlanibketishiga olib keladi.Pul rentasining keng tarqalishi va dehqonlarning ozod bo’lishi ularning tsenzivga merosiy egalik huquqini mustaxkamlaydi va XIV asrda erga egalikning hukmron shakliga aylanishini ta’minlaydi. Tsenzda ko’rsatilgan to’lovni vaqtida to’lab borgan dehqon erini meros qoldirishdan tashqari, uni sotish, garovga berishi mumkin edi. Bunday vaqtda feodalga alohida to’lov to’lagan. Natijada qishloqda ijtimoiy tabaqalanish sodir bo’lib, boy va kambag’al dehqonlarga ajralishiga olib keladi. Kambag’al dehqonlar o’zlarining kichik yerlarida kun ko’ra olmay, qo’shnilariga yoki feodallarga mavsumiy ishlarga yollanadilar. Bu qishloqlarda feodal xarakterga ega bo’lgan yollanma mehnat shaklining paydo bo’lishi edi.Pul renfasi kirib kelishi frantsuz feodalini xo’jalik ishlaridan umuman chetlashtiradi. Chunki tovar-pul munosabatlari rivojlanishi natijasida pulga har qanday narsani sotib olish imkoni yaratilgandi. XIII asr oxirida mamlakat hududining ¾ qismi qirol hokimiyatini tan oladi. Langedok qo’shib olingandan keyin Angliyaga qarshi kurashda Frantsiyaning mavqei mustahkamlanadi. 1308-1309 y Angumua va Marsh grafliklari, 1284 y Shampan grafligi, 1307 y Lion shahri qo’shib olinadi. Filipp IV Chiroyli Frantsiya bilan iqtisodiy bog’langan Flandriyadagi Gent, Ipr, Brugge kabi
rivojlangan movutsozlik va savdo shaharlari asosiy o’rin tutgan. Filipp IV u erda hokimiyatini o’rnatadi, lekin og’ir soliqlar joriy qilinishi 1301 va 1302 yillarda Bruggeda qo’zg’olonga sabab bo’ladi. 1301 yil hunarmandlar qo’zg’oloni в ostiriladi. 1302 yilda aholining keng qatlamlari qatnashgan quzg’oloni frantsuzlarga va patritseylarga qarshi qaratilgan edi. Frantsuzlar flandrigani tashlab chiqishga majbur bo’lishadi. Ko’plab urushlar mablag’ talab qilgani uchun soliqlar oshiriladi. Ayniqsa shaharlardan qirol ko’p mablag’ talab qilgan. Yirik feodallarni qarshiliklarini bostirib, endi qirol shaharlar bilan hisoblashmagan. Filipp Ivdan boshlab qirollar shaharlarning o’z-o’zini boshqarish huquqidan mahrum qilib, siyosiy jixatdan o’zlariga buysundira boradilar. Shunga sababga ko’ra Filipp IV cherkov erlariga ham soliq sola boshlagan. Bu tadbir papa Bonifatsiy VIII bilan kelishmovchilik keltirib chiqaradi. Qirol va Papa o’rtasida 1296 yili ochiq janjal boshlanadi. Maxsus bulla bilan papa dunyoviy feodallar cherkovga soliq solishini va ruxoniylarga soliq to’lashni man qiladi. Soliq solgan feodallarni cherkovdan begona qilishni e’lon qiladi. Bunga javoban Filipp Frantsiyadan oltin va kumush olib chiqishni taqiqlaydi. Bomfatsiy VIII ilohiy hokimiyatning dunyoviy hokimiyatdan yuqoriligini da’vo qilib chiqadi. Grigoeiy VII kabi u ham papalarining qirol va imperatorlar ustidan nazorat qilish davosini ilgari suradi. Biroq Frantsiyada qirollik hokimiyati bu vaqtga kelib papaga qarshi turish imkoni darajasida mustahkamlangan edi. Odamlarning fikriga ta’sir etish uchun qirol qonunshunoslari papaga qarshi ommaviy targ’ibot yurita boshladilar.Aholining keng qatlamlarini o’z tomoniga og’dirish uchun Filipp IV 1302 yil Bosh Shtatlarni chaqiradi. Bosh Shtatlarda uch toifa vakillari – ruhoniylar, dvoryanlar va shaharliklar qatnashadi. Dvoryanlar va shaharliklar hamma masalalarda qirolni qo’llashadi, ruhoniylar papaning da’volari borasida aniq qarorga kelmaydi. Bonifatsiya VIII Frantsiyaga vakilini jo’natib, qirol agar papaning talablariga rozi bo’lmasa uni murtad deb e’lon qilishni topshiradi. Biroq vakil qamoqqa olinadi. Filipp papaga qarshi chiqishlar tashkil qilish va papani Rimdan haydash uchun Italiyaga agentlarini yuboradi. Agentlar pulni ayamasdan papani dushmnlarini
qo’lga oldilar va papa reziden tsiga yorib kirishadi va papani qattiq haqorat qila boshlashadi (Anani shaharchasida). Bu voqeadan so’ng papa og’ir haqoratlarni ko’tara olmay o’lib qoladi. 1305 yil Filipp IV tazyiqi bilan frantsuz prelati Kliment V nomi bilan papa etib saylanadi. 1309 yili u o’z saroyini Avinon shahriga ko’chirib keladi va 1378 yilgacha papalar shu erda qolib ketishadi. (Papalarning Avinon asirligi) Papalar frantsuz qirollariga tobe bo’lib qolishadi. Filipp papalar homiyligidagi tamplierlar ruxoniy-monaxlar ordenini yuqotadi, uning xazinasini musodara qiladi. Qirollik hokimiyati papa hokimiyti ustidan to’la g’alaba qiladi. Evropada uning xalqaro va siyosiy ahamiyatiga putur etadi. Filipp IV vaqtidan boshlab Frantsiyada toifaviy vakillik boshqaruvi shakllanadi.Viloyatlarda o’z toifaviy majlislari – shtatlar mavjud bo’lib, mahalliy soliq va boshqa ishlani hal qilgan. Shtatlarda har uch toifa alohida majlis qilgan. Birinchi toifa ruhoniylar- arxiepiskop, episkop va katta monastirlar а bbatlaridan tashkil topgan edi. Dvoryanlar o’rta va mayda feodallardan qirolning azaliy tayanchlaridan iborat edi. Majlislarda graf va gersog lar qirol atrofida bo’lib, deputatlar bilan aralashmaganlar. Har bir palata bir ovozga ega bo’lgan. Frantsuz toifaviy vakillik boshqaruvining bunday belgilari mamlakatning ijtimoiy strukturasining o’ziga xosligidan kelib chiqqan edi. Bosh shtatlar doimiy faoliyat ko’rsatadigan organga aylanmadi, balki qirol tashabbusi bilan chaqirilib, u taklif qilgan masalalarni muhokama qiladi. Shtatlar subsidiyalar yoki qirolni biror siyosiy masalada qo’llash, ruhoniylar va dvoryanlar erlarida yashovchi dehqonlardan qirollik talyasini undirish kabi ishlarni ko’rgan. Feodallarning o’zi davlatga soliq to’lamagan. Qirolning markazlashtiruvchi siyosatini qo’llab, daromadning asosi qismini beruvchi shaharlarda muhim o’rin tutgan. Shuning uchun XIV asrning I yarmida qirol hokimiyati va shtatlar o’rtasida ixnilof bo’lmagan. Shaharlar kuchayishi bilan ritsarlarni ham soliqqa tortilishini talab qila boshlaganlar. Toifalar o’rtasidagi nifoqdan qirollar o’z manfaatlari yo’lida foydalanishga urinadilar. Ana shu sabablarga ko’ra bosh shtatlar ingliz parlamenti kabi keng huquqlarga ega bo’lolmaydi. Frantsiyada toifaviy vakillik majlisining to’la shakllanishi bilan feodal davlatining yangi shakli-toifaviy monarxiya qapop topish jarayoni
tugallanadi. Bu XII-XIII asrdagi frantsuz davlatidan ancha markazlashgan davlat edi.Yirik va separatistik kayfiyatdagi feodallar markazlashuvga qarshilik ko’rsatganlar. Ular qurol kuchi bilan Ludovik X dan ba’zi imtiyozlarni oladilar. Lekin bu rasmiy xarakterda bo’lib, kuchaygan frantsuz davlatiga salbiy ta’sir eta olmas edi. XIV asrning 30-yillarida boshlangan Angliya bilan Yuz Yillik urush tufayli Frantsiyaning rivojlanishi to’xtab qoladi. Urush aholining qirilib ketishiga, sanoat va savdoning izdan chiqishiga, soliqlarning keskin oshib ketishiga , hududlarning bo’shab qolishiga olib keldi.Angliya qo’l ostida bo’lgan Frantsiyaning janubiy-g’arbiy hududlari uchun kurash urushning asosiy sababi edi. Bu hududlar Angliya qo’l ostida ekan, Frantsuz davlatining milliyhududiy jipslashuvi tugallanishi mumkin emas edi, shuning uchun bu urush Frantsiyaga zarur bo’lgan. Angliya esa Frantsiyadagi qo’ldan ketgan erlarini qaytarib olishni va kengaytirishni ko’zlaydi. Angliya janubi-g’arbiy viloyatlarda Angliya bilan savdosi bog’langan va bundan manfaatdor shaharlar, hamda kuchayib borayotgan frantsuz qiroliga bo’ysunishni istamayotgan feodallar yordamidan foydalanadi. Angliya harbiy muvaffaqiyatsizliklar paytida ham janubiy shaharlarni o’z qo’lida saqlab qolishini shu bilan tushintirish mumkin. Flandriya uchun kurash urushning ikkinchi sababi edi. Bu mamlakat siyosiy va etnik jihatdan Frantsiyaga yaqin bo’lgani uchun qirollar uning boy shaharlariga egalik qilishga uringanlar. Flandriya shaharlari esa Angliyadan xom-ashyo olib, mahsulotlarini Angliyaga sotgani uchun iqtisodiy aloqalarni saqlanib qolishidan manfaatdor edi. Shunga ko’ra inglizlar bu erda ham shaharlar yordamidan foydalanadilar. Angliya qiroli Eduard III ning frantsuz taxtiga davogarligi urushga bahona bo’ladi. 1328yili К arl IV vafotidan keyin, unga ona tomondan qarindosh bo’lgan Eduard III frantsuz qirollik taxtiga davo qiladi, lekin zodagonlar Kapetinglarga qarindosh bo’lgan Filipp IV Valuani qirol etib saylaydi. Shunda ingliz qiroli bu masalani qurol kuchi bilan echishga va shu bilan hududiy muammoni ham hal etmoqchi bo’ladi.dastlabki davri muvaffaqiyali boshlanmadi. Frantsuz feodallari orasida ham inglizlar ko’p ittifoqchilarga ega edi. Angliya armiyasi yagona qumandonlikka bo’ysungan holda va yagona reja asosida harbiy harakatlarni olib boradi. Frantsuz