XI-XV asrlarda Yevropa madaniyati
MAVZU: XI -XV asrlarda Yevropa madaniyati Reja: 1. Yevropada universitetlarning tashkil topishi 2. Yevropada uyg`onish davring boshlanishi 3. Memorchilik va san`at XII -XIII asrlarda G’arbiy yevropa iqtisodiy va madaniy taraqqiyotga qadam tashladi. Shaharlarning tara qqiyoti, yevropaliklar tafakkur denyosining kengayishi, Sharq madaniyati, birinchi navbatda arab va vizantiya madaniyati bilan tanishish o’rta asrlar ta’lim tizimini takomillashtirishga turtki bergan. Yevropaning yirik shahar markazlaridagi kafedral maktab lar avval umumiy maktablarga, keyinroq universitetlarga aylandi. Universitet so’zi lotinchadan “umumiy”, “majmui” kabi ma’nolarni anglatgan. Yevropada ilk universitet Bolonya universiteti bo’lib, uning tashkil topgan sanasi sifatida 1088 -yil qabul qilinga n. Undan keyinro Parij universiteti tashkil etildi. XIII asrda quyidagi unviyersitetlar ham paydo bo’ldi: Monpelye (1220), Paduya (1222), Neapol (1224) va boshqalar. XV - XVI asrlarda universitetlar tizimi yanada kengayada. XV asrda Yevropada 80 ga yaqin u niversitetlar faoliyat olib borgan bo’lsa, keyingi yuz yillikda ularning soni 180 ga yaqin bo’lgan. O’rta asr universitetlariga studentlar tomonidan saylanadigan rektorlar boshchilik qilgan. Universitetlarda har bir yurtdoshlik o’zining boshqaruvini muvofi qlashtirish uchun rektor saylashgan. Studentlar orasidan rektor saylash italyan universitetlari uchun xos hususiyat hisoblangan. O’rta asr universitetlarida rektorlik boshqaruvining ikkinchi ko’rinishi ham bo’lgan. Bu Parij universitetida mavjud bo’lgan. U nga ko’ra rektorni universitetning professorlar korporasiyasi saylagan. Shuning uchun ham rektor bunda «professorlar oqsoqoli» mazmunini kasb etgan (huddi sexlardagi sex oqsoqoli singari), va universitet korporasiyasi nomidan oliy davlat hokimiyati oldida ish ko’rgan .
O’rta asr universitetlari yuridik, ma’muriy va moliyaviy muxtoriyatdan huquqiga ega bo’lib, bu ularga hukmdor yoki papa tomonidan maxsus bulla bilan rasmiylashtirib berilgan. Universitetlar fakultetlarga bo’lingan. Birinchi bosqich fakulteti a rtistlki fakulteti bo’lib, bu fakultetni barcha studentlar o’qishi kerak edi. Bu o’ziga xos tayyorlov bosqichi bo’lib, studentlar bu bosqichda “yetti erkin san’atni” o’qishgan (shuning uchun ham bu faultet artistlik, ya’ni san’at fakulteti deyilgan). Keyin g huquqshunoslik, tibbiyot va ilohiyot (ilohiyot hamma universitetlarda ham bo’lmagan) fakultetlarida o’qish davom ettirilgan. O’rta asrlar Yevropada falsafa, matematika, tibbiyot va astroniya sohalari bo’yicha eng chuqur bilim beradigan universitetlari Qu rdoba, Sevilya, Salamanka, Malaga va Valensiya hisoblangan, Bolonya va Paduiya huquq ta’limi bo’yicha eng yaxshi universitetlar edi. O’rta asrlar universitetlarida ta’lim uzoq vaqtlar lotin tilida olib borilganligi uchun boshqa millat vakillarining boshqa advlat hududlarida ta’lim olishlari odatiy hol bo’lgan. XIV -XV asrlarga kelgnda Yevropada universitetlar soni o’sib, hududlari kengayib bordi. Kollegiyalar (shundan kollej so’zi kelib chiqqan) rivojlana boshladi. Dastlab studentlar yotoqxonasi kollegiya le b atalgan, keyinchalik bu yerlar mashg’ulotlar, ma’ruzalar va disputlar markaziga aylandi. 1257 -yilda Fransiya qiroli ruhoniysi bo’lgan Rober de Sarbon tomonidan asos solingan kollegiya (Sarbonna nomini olgan) asta -sekinlik bilan o’zining obro’sini shuncha lik mustahkamlab bordiki, uning natijasida butun Parij universiteti shu nom bilan atala boshlandi. Universitetlar G’arbiy Yevropada dunyoviy ziyolilar qatlamining paydo bo’lishi jarayonini tezlashtirib berdi. Ular o’zlarining ilmiy izlanishlari natijasida o’rta asrlar madaniyatining rivojiga katta hissa qo’shishdi. Lekin XV asrning oxirlariga kelganda universitetlar tizimida ariktokratlashish holatlari kuzatila boshlandi. Studentlar, magistrlar (o’qituvchilar) va professorlarning katta qismini jamiyatning i mtiyozli tabaqasidan chiqqanlar tashkil eta boshladi.
O’rta asrlarda ta’limning rivojlanib borishi kitoblarga bo’lgan talabning oshishiga olib keldi. ilk o’rta asrlarda kitoblarga egalik hashamatni anglatgan. Chunki kitoblar juda kam bo’lib, uni yaratish uzoq va mashaqqatli mehnatni talab qilgan. Uzoq vaqtlar davomida hayvonlar terisidan tayyorlangan pergamenlar qog’oz vazifasini bajargan. Ko’p mehnat talab qilinganligi uchun ham u juda qimmat bo’lgan. Bir necha ingichka pergamenlar to’planib, mustahkam ip bilan tiklgan va teri bilan qoplangan yog’ochga pereplyot qilingan. Muqovasi turli xil qimmatbaho toshlar va metallar bilan bezatilgan. Ba’zan matnlar chiroyli hisnixatlar bilan yozilishdan tashqari miniatyuralar bilan ham boyitilgan. XII asrga kelganda k itoblar nisbatan arzonlashdi. Bunga shu davrdan kitob ko’chirish va tikish bo’yicha shug’ullanuvchi maxsus ustaxonalar tashkil etilganligi sabab bo’ldi. Bu ustaxonalarda rohiblar emas, balki hunarmandlar ishlash boshlagan. XIV asrdan boshlab kitob yaratish da qog’ozdan keng ravishda foydalanish boshlandi. XIV asrning 40 -yillarida nemis ustasi Iogann Gutenberg tomonidan kitob bosish uskunasining ixtiro qilinishi, kitoblarni nus’halarini ko’paytirish va ommaviy ravishda Yevropa bo’ylab tarqalish imkoniyatini b erdi. XII asrgacha kutubxonalar faqatgina cherkovlar qoshida bo’lgan. XII -XV asrlarda universitetlar, qirol saroylari, yirik feodalla qasrlari, ruhonyilar va boy shaharliklar xonadonlarida ham kutubxonalar paydo bo’la boshladi. Tabiat haqida bilimlarning k engayishi. XIII asrdan boshlab G’arbiy Yevropada tajribaviy bilimlarga bo’lgan qiziqishlar paydo bo’la boshladi. Ungacha tabiat haqida asosan din tomonidan tushuntirib kelingan va ko’pincha fantastik xarakterdagi ma’lumotlar uchraydi. Lekin kundalik turmus h tarzi, ta’lim tizimidagi rivojlanishlar, insonlarning bilim doiralarining kengayishi va umuman olgnada hayot nazariy bilimlardan ko’ra amaliy bilimlarni talab eta boshladi. XII asrga kelanda mexanika va matematika sohalarida ma’lum bir rivojlanish jarayo ni kuzatildi. Bu holat esa din vakillarining qattiq noroziligini keltirib chiqardi, ular amaliy fanlarni “hiyonatkor” deb atay boshlashdi. Oksford universitetida qadimgi
davr va arab halifaligi davri olimlarining tabiiy -ilmiy asarlari tarjima qilindi va ularga izohlar yozildi. Robert Grossetest tabiatni o’rganishga matematik jihatdan yondoshishga harakat qilib ko’rdi. O’zining dastlabki faoliyatini sxolastikada boshlagan Oksford professori Rodjer Bekon oxir -oqibat tabiatni o’rganishni boshladi. U tabiatni tajribalar va kuzatishlar yo’li bilan o’rganish mumkinligi haqidagi tushunchani ilgari murdi. Shuning uchun bo’lsa kerak u optika, fizika va kimyo sohalarida muhim natijalarga erishdi. U shuningdek sehrgarlik va jodu bilan ham mashuhr bo’lgan. O’sha paytla rda zmondoshlari uning faoliyati haqida ma’lumot berib, u gapiradigan mis bosh yoki metall odam yasaganlini, havoni siqish oraqil ko’prikni siltishi haqidagi g’ochni berganligini aytishgan. U shuningdek o’zi harakatlanuvchi kema va aravalar, havoda uchuvch i yoki daryo hamda dengizning tubida hyech qanday qarshiliksiz harakatlanuvchi apparatlar yaratish mumkinligi haqidagi fikrlarni ham bergan. Uning bu g’oyalari va qora jodu bilan shug’ullanishlari ko’p bora cherkov tomonidan qoralangan, shuning uchun ham u bir necha bor cherkov sudiga chaqirilib, ancha vaqtgacha uy qamog’i ko’rinishidagi hibslarga mahkum qilingan. Uilyam Okkam, nikolay Otrekur, Buridan va Nikolay Orezmskiylar (Orem) Rojer Bekon ishlarini davom ettirdi. Ular fizika, mexanika, astronomiyaning keyingi rivojiga muhim hissa qo’shishdi. Masalan, Orem tananing og’ishi qonunini ochishga yaqinlashdi, Yerning sutkalik aylanishi haqidagi ta’limotni rivojlantirdi, koordinatalarni qo’llash g’oyasini tushuntirib berdi. Nikolay otrekur bo’lsa atomizmga yaq in keldi. Jamiyatning boshqa qatlamlari orasida ham amaliy bilimlarga bo’lgan intilishlar kuchayib bordi. Sisiliya qirolligida turli fan sohalari va san’at taraqqiy qildi, yunon va arab mualliflarining ilmiy va falsafiy asarlarini tarjima qilish faoliyati keng yo’lga qo’yildi. Sisiliya hukmdorlarining homiyligi ostida Salernoda tibbiyot maktabi katta shuhrat qozondi. Bu yerda faylasuf va shifokor Arnaold da Vilanovaning mashhur bo’lgan “Sog’liqning Salerno kodeksi” yaratildi. Bu kitob
to hozirgi kungacha o’ z ahamityani yo’qotgan emas va o’sha vaqtlardagi “sog’lom turmush tarzi”ning asosiy manbasi bo’lib xizmat qilgan. Bunda sog’liqni saqlash bo’yicha turli xil ko’rsatmalar, turli xil shifobaxsh o’simliklarning foydali xususiyatlari, zaharlar va zaharlarga qa rshi vositalar haqida ma’lumotlar berib o’tilgan. O’rta asrlar alximiklari uzoq vaqtlar davomida oddiy metallarni oltinga aylantirish xususiyatiga ega bo’lgan “falsafa toshini” izlab keldi. ana shu yo’lda qilingan ilmiy izlanishlar boshqa bir qator muhim i xtirolarga olib keldi. turli xil moddalarning tuzilishi o’rganildi, ularga ta’sir qilish usullari ochildi, turli xil kimyoviy qo’shilmalar va qotishmalar, ishqorlar, kislotalar, mineral bo’yoqlar olindi. Taajribalar o’tkazish yo’lida juda ko’plab kimyoviy asboblar va priborlar takomillashtirildi. Masalan haydash kubi, kimyoviy pechlar, filtrlash va distillyasiyalash apparatlari shular jumlasidandir. Yevropalkilarning geografik bilimlari ham boyib bordi. XIII asrda Genuyalik aka -uka Vivaldilar G’arbiy Afrika qirg’oqlarini aylanib o’tishga urinib ko’rishdi. Venesiyalik Marko Polo bo’lsa Markaziy Osiyo orqali Xitoyga yetib bordi. Uning sayohatlari natijasida yozilgan “Marko Polo kitobi” Yevropa bo’ylab turli tillarda tarjima qilinib, ommalashdi. XIV -XV asrlarda geografiya sohasida to’plangan bilimlar va ma’lumotlar ma’lum darajada kelgusidagi Buyuk geografik kashfiyotlar uchun omil bo’lib xizmat qildi. O’rta asrlar dunyoqarashida tarixning o’rni. O’rta asrlar ma’naviy hayotida tarixiy tasavvur muhim rol o’ynagan . O’sha davrlarda tarix fan yoki o’qish mashg’uloti sifatida qaralmasdan, u haqiqatda ham dunyoqarashning bir qismi bo’lgan. Tarixning turli xil shakllari, xronikalar, yilnomalar, qirollar tarjimai hollari va ularning faoliyatlari hamda boshqa tarixiy asar lar o’rta asrlar yozma va og’zaki adabiyot tarixining eng sevimli janrlari edi. Bu holat ma’lum ma’noda xristianlikda tarixga katta e’tibor qaratilganligi bilan ham izohlanadi. Xristian dini lik