logo

QADIMGI O'RTA OSIYO SHAHARLARI TARIXI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

26.265625 KB
QADIMGI  O'RTA  OSIY O SHAHARLARI  TARIX I
Reja
1. O’rta Osiyoda qabilalar tomonidan yangi yerlarni keng o’zlashtirish jarayoni
2. O’rta Osiyoda dastlabki davlat uyushmalari
3. O’rta Osiyo viloyatlarining madaniy o’xshashliklari Miloddan av v algi  IV-I II -II  asrlarda  qadimgi X orazm must ak il dav lat  bo’lib, 
Isk andar, Salav k iy lar  v a Y unon-Bak t riy a  dav lat lari  t ark ibiga k irmagan.  Bu xol  
X orazmda o’ziga xos maxalliy  dav lat chilik  t izimi riv ojiga muxim omil bo’ldi.
O’rta   Osiyoda   Miloddan   avvalgi   3   ming   yillikning   o’rtalarida   bronza   (mis,   qalay   va
qo’rg’oshin   qorishmasi)   davri   boshlanishi   bilan   ota   urug’i   -   patriarxat   topadi.   Bronza
davrida   dehqonchilik   xo’jaligi   yangi   erlarda,   jumladan   O’zbekiston   hududida   ham   keng
yoyilgan.   Mazkur   davrda   ishlab   chiqarish   munosabatlari   tez   rivojlanib,   ijtimoiy-iqtisodiy
jarayonlar yangi asosda taraqqiy etadi.
O’rt a   Osiy oda   qabilalar   t omonidan   y angi   y erlarni   k eng   o’zlasht irish   jaray oni
miloddan   avvalgi   4   ming   yillikning   oxiri   -   3   ming   yillikda   boshlangan.   Zarafshonning
yuqori   qismida,   Panjikent   shahridan   15   km   g’arbda   topilgan   90   gektar   maydonda
joylashgan   Sarazm   qishlog’i   harobasi   moddiy   topilmalarida   Janubiy   Turkmaniston
ziroatchilari   va   Xorazmning   Kaltaminor   madaniyatlariga   mansub   buyumlar   bor.   Xuddi
shu davrda (miloddan avvalgi 4-3 ming yilliklarda) Afg’onistonning shimoli-sharqida Hind-
Pokistonning mashhur Xarappa madaniyati vakillarining makonlari paydo bo’ladi.
Bronza davrida O’rta Osiyoning janubiy viloyatlarida baland bo’yli, boshi cho’zinchoq, yuzi
tor odamlarning vakillari tarqalgan. O’rta Osiyoning shimoliy dasht va cho’l qismida janub
aholisidan   farq   qilgan   boshi   dumaloq,   yuzi   juda   keng   va   cho’ziq   bo’lmagan   qabilalar
yashagan.  Janubiy qiyofali odamlar O’rta er dengizi irqining vakillari deb ataladi. Ular Olb
Osiyo,   Mesopotamiya,   Eron,   Afg’oniston,   O’rta   Osiyoning   janubi,   Hindiston   kabi   katta
grafik   hududga   yoyilganlar.   Shimoliy   qiyofali   odamlar   Janubiy   Sibir   hududidan   to
Qozog’iston   va   O’rta   Osiyoning   shimoli-sharqiy   qismida,   Ural,   Volga   erlarigacha
tarqalganlar.
Miloddan avvalgi 2 ming yillikning ikkinchi yarmida O’rta Osiyo hududida qadimgi janubiy
va   shimoliy   qiyofadagi,   ya’ni   dehqonchilik   va   chorvachilik   bilan   shug’ullangan   odamlar
vakillarining   aralishib   ketishi   jarayoni   boshlanadi.   Shu   davrga   kelib   bronza   davri
qabilalari O’rta Osiyodagi turli elatlarga asos solganlar. O’zbekiston   hududida   joylashgan   shu   elatlarning   vakillari   -   so’g’dlar,   baqtriylar,
xorazmiylar   va   saklar,   o’zbek   xalqining   qadimgi   ajdodlaridan   bo’lib,   ular   haqida   ayrim
ma’lumotlar qadimgi yozma manbalarda saqlangan.
Miloddan   avvalgi   1   ming   yillikdan   boshlab,   yirik   madaniy-tarixiy   viloyatlar   -   Xorazm,
Baqtriya,   So’g’d,   Farg’ona,   Shosh   (Choch)   qadimdan,   to   o’rta   asrlargacha   Sharq
hududlarida juda mashhur bo’lgan.
Antropologik   va   yozma   manbalarning   ma’lumotlari   O’rta   osiyoda   alohida   eng   qadimgi
elatlarning  shakllanishi  va etnik hududlarning ajrala boshlashi  miloddan avvalgi IX - VIII
asrlarga   oid   bo’lgani   haqida   dalolat   beradi.   Bu   masalani   o’rganish   juda   murakkab
muammo bo’lsa ham, shubhasiz aytib o’tish kerakki, miloddan avvalgi VI asrning ikkinchi
yarmida   Erondagi   ahmoniylar   sulolasi   podsholarning   O’rta   Osiyoga   yurishlari
boshlanganda   bu   elatlarning   ajrala   borish   jarayoni   butunlay   tugagan   va   turli   qadimgi
xalqlarning   hududiy   joylashuv   chegaralari,   viloyatlarning   umumiy   chegaralari
ahmoniylardan   ancha   oldingi   davrlarda   shakllangan   edi.   Yozma   manbalarga   ko’ra
ahmoniylar   O’rta   Osiyoning   alohida   yirik   viloyatlariga   qarshi   harbiy   yurishlarni
boshlaganlar.   Demak,   O’rta   Osiyo   viloyatlari   va   aholisi   haqida,   ularning   hududiy
joylashuvi   va   ayrim   viloyatlarning   chegaralari   haqida   Sharqda   turli   ma’lumotlar
to’plangan edi.
Jahon tarixidagi ilk davlatlar dehqonchilik kabi ishlab chiqaruvchi xo’jaliklar paydo bo’lgan
joylarda shakllandilar. Ming yillar davomida faqat termachilik va ovchilik hisobiga yashab
kelgan,   dehqonchilikni   bilmagan   ko’pgina   qabilalar   va   elatlar   davlatchilik   bosqichiga
ko’tarila olmadilar.
Eng   qadimgi   davlatlar   miloddan   avvalgi   4-ming   yillikda   Ikki   daryo   oralig’ida
(Mesopotamiya) va qadimgi Misrda paydo bo’ldi. Bundan 10 ming yillar ilgariyoq bu erda
termachilik   va   ovchilik   asosida   ekinlarni   etishtirishga   va   yovvoyi   hayvonlarni   qo’lga
o’rgatish   -   chorvachilikka   o’tish   boshlanadi.   Asta-sekinlik   bilan   dehqonchilik   bu   erdan
qo’shni hududlarga (Kavkazorti, Eron, O’rta Osiyo, Hindiston, Xitoyga) tarqaladi. Miloddan
avvalgi 3-2-ming  yillikdayoq   Qadimgi Sharq  mamlakatlari   o’rtasida  qalin  tarixiy-madaniy
aloqalar mavjud edi. Arxeologik   topilmalar   shuni   ko’rsatmoqdaki,   miloddan   avvalgi   2-ming   yillik   o’rtalarida
O’zbekiston   (Surxon   vohasi)da   qadimgi   dehqonchilik   madaniyati   rivojlanishi   asosida   ilk
davlatchilikka   o’tish   jarayoni   boshlanadi.   Bu   jarayon   bosqichma-bosqich   rivojlanishining
o’ziga xos xususiyat va qonunlarga ega edi.
Ilgarigi   o’quv   qo’llanmalari   va   darsliklarda   ilk   davlatlarning   shakllanishini
ekspluatatsiyaning   paydo   bo’lishi   yoki   boshqa   kishilar   mehnati   bilan   yaratilgan
mahsulotni   o’ziniki   qilib   olishning   vujudga   kelishi   natijasida   jamiyatning   bir-biriga
dushman   sinflarga   bo’linishi   bilan   bog’lab   tushuntirilar   edi.   Aslida,   turli   manbalar   ilk
davlatchilikka o’tishda boshqacha tarixiy vaziyatni ko’rsatmoqda.
Dastlabki davlatlar alohida makonlar yoki ilk shaharlar hamda ishlov beriladigan erlar va
sug’orish   tizimi   maydoni   bilan   chegaralangan   nisbatan   kichik   hududda,   ya’ni   zich
o’zlashtirilgan,   xo’jalik   va   ishlab   chiqarish   maqsadida   keng   foydalaniladigan   qadimgi
sug’orma   dehqonchilik   vohalarida   paydo   bo’lgan.   Bunday   vohalar   aholisi   uchun   tashqi
harbiy   bosqinlardan   himoyalanish,   makonlar   va   manzilgohlar   hududini   mudofaa   qilish,
sug’orish   va   dehqonchilik   ishlarini   tashkil   etish,   jamoaning   ichki   va   tashqi   aloqalarini
boshqarib turish masalalarni echish muhim va hayotiy zaruriyat edi.
Shu   tariqa,   ijtimoiy-iqtisodiy   munosabatlar   taraqqiyoti   jamiyatda   alohida   hurmat-
e’tiborga bo’lgan kishilarning  ajralib  chiqishga olib keldi. Ular ijtimoiy ishlab  chiqarishda
doimiy   band   bo’lmasdan,   faqatgina   ijtimoiy   va   xo’jalik   hayoti   ustidan   nazorat   va
rahbarlikni  amalga  oshirdilar.  Lekin,  ular   na  boy-badavlat   kishilar,   na  ekspluatatorlar   va
na   quldorlar   edi.   Jamiyatda   bunday   kishilarning   ajralib   chiqishiga   ularning   axloqiy
xislatlari   va   obro’-e’tibori   sabab   bo’lgan   xolos.   Ammo   bu   muhit   keyinchalikkina   alohida
to’q   oilalarning   paydo   bo’lishiga   olib   keldi   va   asta-sekinlik   bilan   jamoadagi   yuksak
hurmatga asoslangan hokimiyat meros tariqasida otadan o’g’ilga o’ta boshladi.
O’rt a Osiy oda dast labk i  dav lat  uy ushmalari
ham dehqonchilik vohalari aholisini chetdan bo’ladigan bosqinchilardan himoya qilish va
jamoadagi munosabatlarni huquqiy boshqarib turish uchun tashkil topdi.
O’rta   Osiyo   xalqlari   ajdodlarining   ilk   davlatchiligi   ancha   qadim   ildizlarda   ega.   Milliy
davlatchiligimiz   shakllangan   bronza   davriga   oid   birorta   yozma   ma’lumotlar   yo’q. O’zbekistonning   bu   davrga   oid   tarixi   faqatgina   arxeologik   tadqiqotlar   natijalari   asosida
yoritilib,   ular   jamiyat   taraqqiyotidagi   barcha   murakkab   jarayonlarni   to’liq   ochib   bera
olmaydi.
O’zbekistonning   miloddan   avvalgi   1   ming   yillikning   birinchi   yarmiga   oid   tarixi   yozma
manbalarda   qisman   yoritilgan.   Zardushtiylarning   muqaddas   kitobi   «Avesto»da,
ahamoniylar   davri   mixsimon   yozuvlarida   va   qadimgi   Yunon-Rim   yozma   manbalarida
o’lkamizdagi   xalqlarning   nomlari,   alohida   joylar,   tog’lar,   daryolar   va   ko’llarning   nomlari,
afsonaviy  qahramonlar   va  podsholarning   nomlari,  aholining  turmushi,   dini,  madaniyati,
ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tuzumi to’g’risidagi ma’lumotlar mavjud.
«Avesto» asarida Xorazm, Baqtriya va So’g’d tuprog’ida paydo bo’lgan. «Avesto»ning eng
qadimgi geografik nomlari O’rta Osiyo va unga chegaradosh viloyatlari bilan bog’lanadi.
«Avesto»   kitoblari   quyidagi   ma’lumotlarni   o’z   ichiga   oladi:   qadimgi   geografik
tushunchalar,   hududiy,   etnik,   qabilalar   va   viloyatlar   nomlari,   qadimgi   va   siyosiy   tuzum,
zardushtiylarning falsafasi, dunyo tarixining rivojlanishi haqida ma’lumotlar.
Yunon-fors urushlari boshlanishi bilan miloddan avvalgi VI - IV asrlar siyosiy voqealarida
ishtirok etgan O’rta Osiyo xalqlarining tarixi qadimgi yunon tarixshunoslarning asarlarida
yoritilgan.
Bu borada O’rta Osiyo xalqlari to’g’risida qisqa bo’lsa-da, juda aniq ma’lumotlar beruvchi
Gerodotning «Tarix» kitobi qismlari ayniqsa qimmatlidir. Qadimgi davrlardan boshlab bu
kitob   dunyoda   eng   mashhur   tarixiy   asarlardan   biri   bo’lib   hisoblangan.   Uning   muallifi
Gerodot «tarixning otasi» deb nom olgan.
«Avesto»   qadimgi   fors   yozuvlari,   Gekatey,   Gerodot,   Ktesiy   va   boshqa   yunon
tarixshunoslarining   asarlarida   O’rta   osiyo   tarixiy   viloyatlari   nomlari   quyidagi   tartibda
ko’rsatib berilgan:
«Avesto» Qadimgi fors yozuvlari   Yunon tarixchilari
Mouru Marg’un Marg’iyona
So’g’da So’g’uda So’g’diyona
Bahdi Baqtrish Baqtriyona
Xvariza
m Xvarazmin Xorasmiya - Partava Parfiyona
Tur, danu Shak, sak Saklar, massagetlar
Mouru   Tarixiy   ma’lumotlarga   ko’ra,   Marg’iyona   erlari   Murg’ob   vohasi,   So’g’diyona   -
Qashqadaryo   va   Zarafshon   vohalari,   Baqtriyona   (Baqtriya)   -   Afg’onistonning   shimoli-
sharqiy qismi, Janubiy Tojikiston va Surxondaryo viloyati, Xorazm - Amudaryoning o’rta va
quyi qismidagi erlarini o’z ichiga olgan.
Saklar   O’rta   Osiyo   va   Qozog’istonning   tog’lari,   dashtlari   va   cho’llarida   yashagan
ko’chmanchi   chorvador   qabilalaridir.   Ahamoniylar   yozuvlarida   saklar   quyidagi
guruhlarga bo’lingan: saka tigraxauda  «tigra» - bu «o’tkir», xauda - «bosh kiyim», «saka-
xaumovarka» - «xaomani ulug’lagan saklar» («xaoma» - «iuqaddam ichimlik»), «saka tiay
darayyo» - «daryo, dengiz narigi yog’idagi saklar».
Saklarning yodgorliklari - qadimgi qabristonlar va mozor - qo’rg’onlar juda keng hududda
topib tekshirilgan (Kaspiy, Orol dengizi atrofidan Balxash ko’ligacha, pomir va Tangritog’
o’lkalarida,   Quyi   Zarafshon,   Amudaryo,   Sirdaryo   erlarida).   Saklar   xo’jaligida   chorvachilik
ayniqsa   katta   ahamiyatga   ega   bo’lgan.   Bu   kabilar   qoramol   mayda   chorva   hamda   otni
ko’plab   urchitganlar.   Saklarning   yodgorliklarida   bronza   va   temirdan   ishlangan   harbiy
qurollar, zeb-ziynat, mehnat qurollari va sopol idishlar uchraydi.
XIX   asrning   oxiridan   boshlab   oldingi   yillar   jahon   tarixshunosligida   O’rta   Osiyoda   ilk
davlatlarning   paydo   bo’lishi   muammolarini   o’rganishda   «Avesto»dagi   ma’lumotlar,
Gekatey va Gerodot asarlari, shuningdek, tarixshunos Ktesiyning ma’lumotlari asos bo’lib
xizmat qildi.
Ilmiy   adabiyotlarda   O’rta   Osiyoda   ahamoniylar   davrigacha   mavjud   bo’lgan   quyidagi
davlat uyushmalari haqida so’z yuritganlar.
1. Arshayyona - O’rta Osiyodagi qadimgi viloyatlarning uyushmasi;
2. Ayyornam Vayjo - bu ham Aryoshayyonadek yoki uning markazi Ariya va Marg’iyonada
bo’lgan «Katta Xorazm» yoki Amudaryoning quyi oqimidagi Xorazm davlati;
3. Qadimgi Baqtriya davlati.
Olimlarning   aytishicha,   Aryoshayyona   «Avesto»da   tilga   olingan   Kavi   Vishtasining
podsholigi   bo’lib,   miloddan   avvalgi   IX   -   VIII   asrlarda   Drangiana,   Satagadiya,   Ariya, Marg’iyona   va   Amudaryo   va   o’rta   oqimidagi   viloyatlarni   birlashtirgan.   G’arb   olimlari
V.B.Xenning,   I.Gershevichlar   Kavi   Vishtasining   davlati   Marv   va   Xirot   atrofida   joylashgan
«Katta Xorazm» deb hisoblaganlar.
Bu   masala   ko’plab   ilmiy   ishlar   yozilgan,   munozaralar   bo’lgan   bo’lsa-da,   «katta   Xorazm»
muammosi   to’la   echimini   topmagan.   Bu   ilmiy   nazariya   Gerodotning   Akes   daryosi
suvlaridan   foydalanish   haqidagi   ma’lumsotlariga   asoslanib,   paydo   bo’lgan.   Gerodot
yozadi: «Osiyoda bir fodiy bor. Uning barcha tomoni tog’ bilan o’ralgan, tog’ni esa beshta
dara   kesib   o’tadi.   Bir   vaqtlar   bu   vodiy   xorazmliklarga   qarashli   bo’lib,   xorazmliklar,
parfiyaliklar,   saranglar   va   tamaneylarning   chegaradosh   erlarida   joylashgan.   Forslarning
hukmronligi boshlang’ich vodiy fors podshosi hukmronligiga o’tgan. Vodiyni o’rab olgan
tog’dan Akes nomli yirik daryo boshlanadi».
Ba’zi   tadqiqotchilarning   ta’kidlashicha,   ahamoniylar   davridan   oldin   xorazmliklar   Parfiya
chegaradaridan sharqiy yo’nalishda Kopetdog’ yonbag’irlarida joylashganlar.
Xorazm davlatining markazi Marv va Xirot atrofida bo’lib, bu davlatni forslar podshosi Kir
II   tomonidan   bo’ysundirilgandan   so’ng   xorazmliklar   Quyi   Amudaryo   -   hozirgi   Xorazm
viloyatiga   ko’chib   borganlar   deb   faraz   qilingan.   Ushbu   nazariyaga   ko’ra,   xorazmliklarni
Quyi   Amudaryo   erlariga   janubdan   miloddan   avvalgi   VI   asrda   qadimgi   forslar   siqib
chiqarganlar.
S.P.Tolstov,   Ya.G’ulomovlar   bu   nazariyaga   qarshi   bo’lib,   xorazmliklar   O’rta   Osiyoning
janubidan   ko’chib   kelmaganlar.   Xorazm   davlati   Quyi   Amudaryoda   qadimgi
zamonlardayoq   vujudga   kelgan   deb   xulosa   qilganlar.   Ammo   bu   davlatning   chegaralari
hozirgi Xorazm viloyati hududidan ancha keng bo’lgan.
Miloddan avvalgi 700-540 yillar  qadimgi Baqtriya  davlatining  rivojlangan davri bo’lib, bu
yirik   davlatning   hududiy   chegaralir   Marg’ob   vohasi.   Hindiqush   tizmasi,   Badaxshon,
Nurota tizmasi va Buxoro vohasiga borib taqalgan bo’lishi mumkin.
O’rta   Osiyoda   rivojlangan   dastlabki   davlatlardan   qadimgi   Baqtriya   eng   yiriklaridan   biri
bo’lgan. Bu davrda Baqtriya viloyatlariga qadimgi Xorazm davlati va sak-massagetlarning
harbiy-siyosiy uyushmasiga tegishli o’lkalar chegaradosh bo’lgan. Marg’iyona va So’g’diyona qadimg Baqtriya davlatining  ayrim qismlari bo’lganligi haqida
turli   manbalar   xabar   qiladi.   Qadimgi   fors   podshosi   Doro   I   ning   Marg’iyonadagi   Frada
boshchiligidagi qo’zg’olonni (mil.avv. 521 y.) tor-mor qilishi haqida Behistup yozuvlaridagi
xulosa:   «mana   nimalarni   men   Baqtriyada   qildim».   Doro   III   davrida   Baqtriya   va
So’g’diyona birlashtirilgan  o’lka bo’lib, unda Bess ismli  satran  hokimlik qilgan vaziyati   va
Marg’iyona, Baqtriya hamda So’g’diyona aholisining  urf-odatlari va madaniyati  bir-biriga
ancha o’xshashligi ham shular jumlasidandir.
Arxeologik   manbalarga   ko’ra,   Baqtriya   va   So’g’diyona   viloyatlariga   nisbatan,   Xorazm
tuprog’ida miloddan  avvalgi IX -  VIII  asrlarga  oid   paxsa  yoki xom  g’ishtdan  qurilgan  uy-
joylar, mudofaa devorlari va turli inshootlar topilmagan. Sopol idishlar qo’lda yasalgan va
kulolchilik   charxi   bu   davr   mahalliy   hunarmandchiligida   noma’lum   bo’lgan.   Ayrim
tadqiqotchilar   shu   vaziyatni   hisobga   olib,   ahamoniylargacha   bo’lgan   davrda   Xorazm
tuprog’ida yirik davlat tashkil topmagan deb xulosa chiqarganlar.
Ammo,   shunga   e’tibor   berish   kerakki,   miloddan   avvalgi   VII   asrning   oxirlariga   kelib,
qadimgi   Xorazm   shahar   markazlaridan   biri   Qo’zaliqir   mudofaa   devorlarining   tuzilishi
bilan   Baqtriyadagi   Qiziltepa   shahar   devorlarini   tuzilishida   ancha   o’xshashliklar   topildi.
Baqtriya va Xorazm shahar markazlari mudofaa devorlarining o’rtasida jangchilar yurishi
uchun   maxsus   yo’lak   bo’lgan.   Shahar   devorlari   ustiga   o’q   otish   uchun   mudofaa   burjlari
qurilgan.   Devorlarda   har   2   metrda   shinaklar   qoldirilgan.   Demak,   shu   davrga   kelib
Xorazm tuprog’ida yirik shahar markazlari paydo bo’ldi.
O’rt a   Osiy o   v iloy at larining   madaniy   o’xshashlik lari ga   sabab   xalqlarning   qo’shni-
qarindoshligi,   umumiy   urf-odatlari,   tili,   savdo-sotiq,   madaniy   aloqalari,   janubda   yuqori
darajada   rivodlangan   madaniyatning   ta’siri,   janubiy   aholi   bir   qismining   Xorazm
chegaralari yonida va aynan viloyat hududiga tarqalishi deb faraz qilinadi. Agar ko’rsatib
o’tilgan   fikrlar,   jumladan,   oxirgisi   to’g’ri   bo’lsa,   qabilalarning   ko’chish   jarayoni   fors
podshosi   Kir   II   ning   yurishlaridan   ancha   oldingi   davrlarda   boshlangan   Janubiy
viloyatlarning   vakillari   va   mahalliy   aholisi   qo’shilish   natijasida   yangi   madaniy   va   etnik
jarayonlar   vujudga   kelishi   mumkin   edi.   Bu   vaziyat,   arxeologik   va   antropologik
ma’lumotlarga   ko’ra,   O’rta   Osiyo   va   xususan   O’zbekiston   hududida   bronza   davrida   va
miloddan avvalgi 1 ming yillikning boshlarida ancha taraqqiy topgan. Misol   uchun,   miloddan   avvalgi   IX   -   VIII   asrlarda   Janubiy   So’g’diyonada   (Qashqadaryo
vohasi)   charxda   ishlangan   idishlarning   paydo   bo’lishi,   qurilishida   g’isht   bilan   naxsaning
ishlatilishi,   uy-qo’rg’onlar   va   ayrim   qal’alarning   bino   qilinishi   Baqtriyaning   So’g’diyonaga
madaniy   ta’sirini   va   baqtriyaliklar   tomonidan   ba’zi   tumanlarning   o’zlashtirilishini
tasdiqlaydi.
Qadimgi Xorazm davlati miloddan avvalgi VII asrda Amudaryo o’rta oqimi qismidan tortib
Orolga yaqin bo’lgan erlarda vujudga kelgan, degan xulosaning to’g’riligi tasdiqlandi. Bu
davlat   Marg’iyonadagi   Marv   atrofida   shakllanmagan,   chunki   manbalarga   ko’ra,
Marg’iyona   qadimgi   Baqtriya   davlatining   yirik   viloyati   bo’lgan.   Baqtriya   va   Xorazm
davlatining   hududiy   chegaralari   O’rta   Amudaryo   oqimidagi   erlar   orqali   o’tgan.   Shu
erlarda   bir-biriga   ro’para   holatda   ikkita   qadimgi   istehkom   -   Odoytepa   va   Qushqal’a
qurilgan.   Xorazmliklar   egalik   qilgan   erlar   So’g’diyona,   Marg’iyona   va   Baqtriyaga   tegishli
o’lkalarga   borib   taqalgan   Balki   shuning   uchun   ham   Gekaney   xorazmliklar   viloyatini
parfiylardan   sharqiy   tomonda   joylashtirgan   Gerodot   esa   parfiyaliklar   va   xorazmliklarini
erlari chegaradosh bo’lgan deb ko’rsatgan.
Kir   II   O’rta   Osiyoning   janubiy   viloyatlarini   istilo   qilib,   shu   erning   bir   qismi   aholisini
yurtimizning   shimoliy   viloyatlariga   siqib   chiqarish   mumkin   edi,   ammo   Qadimgi   Xorazm
davlatining   vujudga   kelishi   turli   murakkab   madaniy,   etnik   va   siyosiy   jarayonlar   bilan
bog’liq bo’lib, ahamoniylar davridan oldingi zamonlarda boshlangan.
Miloddan avvalgi VII - VI asrlarda shakllangan va ancha yirik bo’lgan Qadimgi Xorazm va
Qadimgi   Baqtriya   davlatlarining   aholisi   qon-qarindosh   elatlar   bo’lib,   bir-biriga   o’xshash
tilda   gaplashganlar   va   yaqin   madaniy   an’analarga   ega   edilar.   Bu   davrda   jamiyatning
hududiy   bo’linishi   ko’zga   tashlanib   o’rtoqlashuv   jarayoni   kuchaydi.   Shaharlar   qishloq
xo’jalik   ekinzorlari   bilan   o’ralib,   qal’alar   paydo   bo’ldi,   muhim   savdo   yo’llari   bo’yicha
tayanch istehkomlar qurildi, turli makonlar qurilishida mudofaa inshootlarning ahamiyati
birinchi   o’ringa   chiqdi,   mustahkam   qal’a-panogohlar   qurildi,   makonlarning   harbiy-
ma’muriy, hunarmandchilik yoki qishloq xo’jalik faoliyati yanada ko’proq yuzaga chiqdi.
O’zbekistonning   turli   viloyatlarida   arxeologlar   qadimgi   shahar   xarobalarni   topib
tekshirdilar.   Ko’plab   arxeologik   topilmalarning   dalolat   berishicha,   bu   shaharning ba’zilarning   yoshi   2700   yildan   kam   emas.   Ularga   Afrosiyob   (Samarqand),   Qiziltepa
(Surxon   vohasi),   Uzunqir,   Erqo’rg’on   (Qashqadaryo   vohasi)   va   boshqalar   kiradi.   Bu
qadimiy   shaharlar   tarixi   hozirgi   Samarqand   (Afrosiyob,   Marokanda),   Kitob-Shahrisabz
(Uzunqir)   yoki   Qarshi   (Erqo’rg’on)   hududlarida   davom   etdi.   Ya’ni,   O’zbekistonning
ko’pgina   zamonaviy   shaharlari   ancha   qadimgi   shaharlar   tarixi   bilan   yaqin   aloqadorlik
ko’zga tashlanib turibdi.
Eng   qadimgi   shaharlarga   xos   umumiy   belgi   ularning   mudofaa   devorlari   bilan
o’ralganligidir. Devorlar suv to’ldirilgan chuqur xandaq bilan o’ralgan bo’lib, bu mudofaa
tizimi   ancha   mustahkam   edi.   Shaharlar   ichki   qal’a,   aholini   guzarlari,   hunarmandchilik
ustaxonalari   va   savdo   qatorlari   joylashgan   qismlardan   iborat   bo’lgan.   Shahar   atrofidagi
soy va anhorlar bo’ylarida dehqonlarning uy-qo’rg’onlari joylashib, ular bog’lar, ekinzorlar
bilan o’ralgan edi. Dehqon xo’jaliklarini asosan katta ota urug’i oilalarning vakillari tashkil
etgan.   Ular   alohida   uy-joylar,   xo’jalik   va   tomorqa   binolarga   hamda   hosildor   erlariga
egalik qilganlar. Bundan uy-qo’rg’onlar, Xorazmda (Dingilja), Surxondaryoda (Qizilcha) va
Samarqand atrofida (Qo’rg’oncha) topib tekshirilgan.
«Avesto»   ma’lumotlariga   ko’ra,   urug’-«vis»   (ayrim   qishloq   jamoasi   185   ta   katta   oila
a’zolaridan   iborat   bo’lgan   (75-90   kishi).   Surxondaryodagi   Qiziltepa   shahri   atrofida
to’rtburchak   shaklida   qurilgan   qadimiy   uy-qo’rg’onlar   (Qizilcha)   3-4   qo’shni   uylardan
iborat   bo’lib,   alohida   joylashgan   ayrim   qishloq   jamoasini   tashkil   qilganlar.   Har   bir   katta
oila jamoasi ayrim uy-joyga, chorvaga va erga egalik qilgan. U ma’lum darajada iqtisodiy
mustaqil bo’lgan. Qishloq jamoalarining hududiy, iqtisodiy va ijtimoiy birlashuvi, ibtidoiy
davrlarga   oid   urug’-qabilaviy   birlashuvidan   ancha   farq   qilib,   ilk   davlat   tizimi   vujudga
kelishi haqida dalolat beradi.
Shunday   qilib,   O’rta   Osiyo   xalqlarining   shakllanishida   va   uning   davlatchiligi   paydo
bo’lishida tub o’troq dehqon aholi alohida o’rin tutganligi haqida muhim tarixiy xulosaga
kelish   mumkin.   O’rta   Osiyo   xalqlari   ajdodlarining   ilk   davlatchiligi   taraqqiyoti   qadimgi
shaharlar tarixi bilan uzviy bog’liq bo’lgan.
Ilk   davlatlarning   tashkil   bo’lishida,   jamiyat   rivojining   ichki   qonuniyatlaridan   tashqari
(ijtimoiy-iqtisodiy   munosabatlarning   yuqori   darajasi,   hunarmandchilik,   almashuv   va savdoning   tez   rivojlanishi,   sug’orma   dehqonchilik   va   boshqalar)   tashqi   sabablar   -
kuchayib borayotgan siyosiy qarama-qarshiliklar va harbiy to’qnashuvlar ham ta’sir qildi.
Yuqorida   keltirilganlardan   ko’pi   tasodifiy   bo’lmay,   aniq   shart-sharoitlarga   bog’liq   edi.
Miloddan  avvalgi VII  -  VI  asrlarda  O’rta  Osiyo  va  Qozog’istonning  ko’pgina  tog’ va dasht
joylarida   yilqichilik   va   ko’chmanchi   chorvachilik   keng   tarqaldi.   Ko’chmanchilar   yarog’-
aslahalar   taraqqiyotida   katta   yutuqlarga   erishib,   qudratli   harbiy   kuchga   aylandi.
Uyushgan   ko’chmanchi   qabilalarning   o’troq   dehqonchilik   vohalarga   xavfi   yanada
kuchaydi.   O’troq   aholi   uchun   keng   ko’lamdagi   va   ishonchli   himoyani   tashkil   qilish   zarur
bo’lib qoldi. Shuning uchun ham Xorazm, Baqtriya, Marg’iyona va So’g’diyonadagi o’troq
aholining   harbiy-siyosiy   ittifoqi   (uyushmasi)   shakllanishida,   uyushgan   ko’chmanchi
qabilalardan   tuzilayotgan   harbiy   xavf   hamda   ehtimol,   Midiya   podsholigining   Shimoli-
sharqiy   Eron   va   O’rta   Osiyoning   janubiy   chegaralariga   bo’lgan   hududiy   bosqini   sabab
bo’ldi.
O’zbek   xalqi   ajdodlarining   ilk   davlatchiligi   tarixi   geografik,   hududiy   ma’noda   nafaqat
O’zbekistonning hozirgi hududi bilan, balki qo’shni viloyatlarda ham qadimda yuz bergan
etnik, madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlar bilan bog’liq holda talqin qilinmog’i
lozim.   Tarixning   qadimgi   davrlarida   ilk   davlatlar   orasida   va   ajdodlarimizning   yashash
joylari o’rtasida aniq ma’muriy chegaralar bo’lmagan. Qadimgi Xorazm, Baqtriya va So’g’d
chegaralari   tabiiy   bo’lib,   yaqin   hududlardagi   o’troq   yashash   joylarning   tabiiy   geografik
bo’luvchisi sifatida dashtlar, cho’l va tog’lardan foydalanilgan.
Xulosa   qilib   aytganda,   yozma   manbalar,   arxeologik   ma’lumotlar   va   zamonaviy   tarixiy
tadqiqotlar   asosida   O’zbekiston   hududida   ilk   davlatlarning   shakllanishi   va   rivojlanishi
jarayoni quyidagi davrlar bilan belgilash mumkin:
1.   Bronza   dav ri.   Miloddan   avvalgi   2   ming   yillikning   o’rtalari   va   ikkinchi   yarmida   va
janubiy   O’zbekistonda   unchalik   katta   bo’lmagan   dehqonchilik   vohalari   asosida   (misol
uchun, qadimgi Sherobod vohasi) ilk davlatchilik tizimiga o’tish davri.
2.   Bronza   dav ridan   t emir   asriga   o’t ish   dav ri.   Miloddan   avvalgi   IX   -   VIII   asrlar.   Mayda
davlat tashkilotlarning rivojlanishi va yirik harbiy-siyosiy uyushmalarning vujudga kelishi.
Marg’iyona, Baqtriya, So’g’diyona, Xorazm. 3. Ilk  t emir  dav ri.   Miloddan avvalgi VII - VI asrlar. Qadimgi Xorazm va Qadimgi Baqtriya
misolidagi yirik davlat uyushmalarining paydo bo’lishi.
Buni tasdiqlamoqda.
« A v est o» da   huquqiy   munosabat lar.   «Avesto»   va   zardushtiylarning   ta’limoti   inson
hayoti   va   odamlarning   ijtimoiy-iqtisodiy   munosabatlari   ma’lum   qonun-qoidalarga
asoslangani haqida ma’lumot beradi.
O’rta   Osiyo   xalqi   davlatchilik   tarixi   Dovon   davlat   tarixi   bilan   uzviy   bog’liq.   Bu  davlat   shu
nom   bilan   Xitoy   manbalarida   tilga   olinadi   (boshka   manbalarda   «Parkana»,   deyilgan).
Dovon davlati taxminan miloddan avvalgi III asrda paydo bulgan.
Dovon   davlatini   tadkikotchilar   kadimgi   Fargona   xisoblaydilar.   Yozma   manbalarga   kura,
«Dovon diyorida 70 tacha katta-kichik shaxar bor: axolisining  soni bir necha yuz mingga
etadi».   Olimlar   aytishicha,   kadimgi   Fargonada   300   ming   axoli   yashagan.   Shaxarlarning
ichida davlat poytaxti Ershi shaxri aloxida axamiyat kasb etgan. Miloddan avvalgi 104-101
yillarda Xitoy kushinlari Dovonga yurishlar kilib Ershi shaxrini kamal kiladilar. Shu paytda
Kang   davlati   kushinlari   yordamga   kelib,   xitoyliklarga   karshi   kurashda   faol   katnashdilar.
Xitoy lashkarlari sulxga rozi bo’lib Dovonni tashlab chikadilar.
Dovon   davlatining   axolisi   dexkonchilik   bilan   shugullangan.   Kadimshunoslarning
tadkiklari natijasida Fargonada kup sonli uy-kurgonlar, kishlok va shaxar xarobalari topib
tekshirilgan. Ular ayrim xosildor dexkonchilik tumanlarida joylashgan.
Kadimgi   Fargona   kishlok   xujaligi,   xunarmandchilik   va   binokorlik   yuksak   darajada
rivojlangan   ulka   edi.   Dovon   dexkonlari   arpa,   sholi,   bugdoy   va   beda   etishtirish,
bogdorchilik va uzum etishtirishda katga yutuklarga erishganlar.
Fargona   uzining   «samoviy»   otlar   zoti   bilan   mashxur   bulgan.   Xitoy   imperatorining
Dovonga bostirib kirishi sabablaridan birini yozma manba shunday ochib beradi: «Dovon
davlatining   Ershi   shaxrida   garoyib   otlar   mavjudligi   xakida   saroyga   xabar   keldi.
Imperatorning «samoviy» otlarga ishtiyoki ortdi».
Dovon   davlati   Xitoy,   Xindiston   va   boshka   Shark   mamlakatlari   bilan   bulgan   xalkaro
savdoda muxim urin tutgan. Miloddan   avvalgi   IV-III-II   asrlarda   qadimgi   Xorazm   mustakil   davlat   bo’lib,   Iskandar,
Salavkiylar   va   Yunon-Baktriya   davlatlari   tarkibiga   kirmagan.   Bu   xol   Xorazmda   uziga   xos
maxalliy davlatchilik tizimi rivojiga muxim omil bo’ldi.

QADIMGI O'RTA OSIY O SHAHARLARI TARIX I Reja 1. O’rta Osiyoda qabilalar tomonidan yangi yerlarni keng o’zlashtirish jarayoni 2. O’rta Osiyoda dastlabki davlat uyushmalari 3. O’rta Osiyo viloyatlarining madaniy o’xshashliklari

Miloddan av v algi IV-I II -II asrlarda qadimgi X orazm must ak il dav lat bo’lib, Isk andar, Salav k iy lar v a Y unon-Bak t riy a dav lat lari t ark ibiga k irmagan. Bu xol X orazmda o’ziga xos maxalliy dav lat chilik t izimi riv ojiga muxim omil bo’ldi. O’rta Osiyoda Miloddan avvalgi 3 ming yillikning o’rtalarida bronza (mis, qalay va qo’rg’oshin qorishmasi) davri boshlanishi bilan ota urug’i - patriarxat topadi. Bronza davrida dehqonchilik xo’jaligi yangi erlarda, jumladan O’zbekiston hududida ham keng yoyilgan. Mazkur davrda ishlab chiqarish munosabatlari tez rivojlanib, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar yangi asosda taraqqiy etadi. O’rt a Osiy oda qabilalar t omonidan y angi y erlarni k eng o’zlasht irish jaray oni miloddan avvalgi 4 ming yillikning oxiri - 3 ming yillikda boshlangan. Zarafshonning yuqori qismida, Panjikent shahridan 15 km g’arbda topilgan 90 gektar maydonda joylashgan Sarazm qishlog’i harobasi moddiy topilmalarida Janubiy Turkmaniston ziroatchilari va Xorazmning Kaltaminor madaniyatlariga mansub buyumlar bor. Xuddi shu davrda (miloddan avvalgi 4-3 ming yilliklarda) Afg’onistonning shimoli-sharqida Hind- Pokistonning mashhur Xarappa madaniyati vakillarining makonlari paydo bo’ladi. Bronza davrida O’rta Osiyoning janubiy viloyatlarida baland bo’yli, boshi cho’zinchoq, yuzi tor odamlarning vakillari tarqalgan. O’rta Osiyoning shimoliy dasht va cho’l qismida janub aholisidan farq qilgan boshi dumaloq, yuzi juda keng va cho’ziq bo’lmagan qabilalar yashagan. Janubiy qiyofali odamlar O’rta er dengizi irqining vakillari deb ataladi. Ular Olb Osiyo, Mesopotamiya, Eron, Afg’oniston, O’rta Osiyoning janubi, Hindiston kabi katta grafik hududga yoyilganlar. Shimoliy qiyofali odamlar Janubiy Sibir hududidan to Qozog’iston va O’rta Osiyoning shimoli-sharqiy qismida, Ural, Volga erlarigacha tarqalganlar. Miloddan avvalgi 2 ming yillikning ikkinchi yarmida O’rta Osiyo hududida qadimgi janubiy va shimoliy qiyofadagi, ya’ni dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullangan odamlar vakillarining aralishib ketishi jarayoni boshlanadi. Shu davrga kelib bronza davri qabilalari O’rta Osiyodagi turli elatlarga asos solganlar.

O’zbekiston hududida joylashgan shu elatlarning vakillari - so’g’dlar, baqtriylar, xorazmiylar va saklar, o’zbek xalqining qadimgi ajdodlaridan bo’lib, ular haqida ayrim ma’lumotlar qadimgi yozma manbalarda saqlangan. Miloddan avvalgi 1 ming yillikdan boshlab, yirik madaniy-tarixiy viloyatlar - Xorazm, Baqtriya, So’g’d, Farg’ona, Shosh (Choch) qadimdan, to o’rta asrlargacha Sharq hududlarida juda mashhur bo’lgan. Antropologik va yozma manbalarning ma’lumotlari O’rta osiyoda alohida eng qadimgi elatlarning shakllanishi va etnik hududlarning ajrala boshlashi miloddan avvalgi IX - VIII asrlarga oid bo’lgani haqida dalolat beradi. Bu masalani o’rganish juda murakkab muammo bo’lsa ham, shubhasiz aytib o’tish kerakki, miloddan avvalgi VI asrning ikkinchi yarmida Erondagi ahmoniylar sulolasi podsholarning O’rta Osiyoga yurishlari boshlanganda bu elatlarning ajrala borish jarayoni butunlay tugagan va turli qadimgi xalqlarning hududiy joylashuv chegaralari, viloyatlarning umumiy chegaralari ahmoniylardan ancha oldingi davrlarda shakllangan edi. Yozma manbalarga ko’ra ahmoniylar O’rta Osiyoning alohida yirik viloyatlariga qarshi harbiy yurishlarni boshlaganlar. Demak, O’rta Osiyo viloyatlari va aholisi haqida, ularning hududiy joylashuvi va ayrim viloyatlarning chegaralari haqida Sharqda turli ma’lumotlar to’plangan edi. Jahon tarixidagi ilk davlatlar dehqonchilik kabi ishlab chiqaruvchi xo’jaliklar paydo bo’lgan joylarda shakllandilar. Ming yillar davomida faqat termachilik va ovchilik hisobiga yashab kelgan, dehqonchilikni bilmagan ko’pgina qabilalar va elatlar davlatchilik bosqichiga ko’tarila olmadilar. Eng qadimgi davlatlar miloddan avvalgi 4-ming yillikda Ikki daryo oralig’ida (Mesopotamiya) va qadimgi Misrda paydo bo’ldi. Bundan 10 ming yillar ilgariyoq bu erda termachilik va ovchilik asosida ekinlarni etishtirishga va yovvoyi hayvonlarni qo’lga o’rgatish - chorvachilikka o’tish boshlanadi. Asta-sekinlik bilan dehqonchilik bu erdan qo’shni hududlarga (Kavkazorti, Eron, O’rta Osiyo, Hindiston, Xitoyga) tarqaladi. Miloddan avvalgi 3-2-ming yillikdayoq Qadimgi Sharq mamlakatlari o’rtasida qalin tarixiy-madaniy aloqalar mavjud edi.

Arxeologik topilmalar shuni ko’rsatmoqdaki, miloddan avvalgi 2-ming yillik o’rtalarida O’zbekiston (Surxon vohasi)da qadimgi dehqonchilik madaniyati rivojlanishi asosida ilk davlatchilikka o’tish jarayoni boshlanadi. Bu jarayon bosqichma-bosqich rivojlanishining o’ziga xos xususiyat va qonunlarga ega edi. Ilgarigi o’quv qo’llanmalari va darsliklarda ilk davlatlarning shakllanishini ekspluatatsiyaning paydo bo’lishi yoki boshqa kishilar mehnati bilan yaratilgan mahsulotni o’ziniki qilib olishning vujudga kelishi natijasida jamiyatning bir-biriga dushman sinflarga bo’linishi bilan bog’lab tushuntirilar edi. Aslida, turli manbalar ilk davlatchilikka o’tishda boshqacha tarixiy vaziyatni ko’rsatmoqda. Dastlabki davlatlar alohida makonlar yoki ilk shaharlar hamda ishlov beriladigan erlar va sug’orish tizimi maydoni bilan chegaralangan nisbatan kichik hududda, ya’ni zich o’zlashtirilgan, xo’jalik va ishlab chiqarish maqsadida keng foydalaniladigan qadimgi sug’orma dehqonchilik vohalarida paydo bo’lgan. Bunday vohalar aholisi uchun tashqi harbiy bosqinlardan himoyalanish, makonlar va manzilgohlar hududini mudofaa qilish, sug’orish va dehqonchilik ishlarini tashkil etish, jamoaning ichki va tashqi aloqalarini boshqarib turish masalalarni echish muhim va hayotiy zaruriyat edi. Shu tariqa, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar taraqqiyoti jamiyatda alohida hurmat- e’tiborga bo’lgan kishilarning ajralib chiqishga olib keldi. Ular ijtimoiy ishlab chiqarishda doimiy band bo’lmasdan, faqatgina ijtimoiy va xo’jalik hayoti ustidan nazorat va rahbarlikni amalga oshirdilar. Lekin, ular na boy-badavlat kishilar, na ekspluatatorlar va na quldorlar edi. Jamiyatda bunday kishilarning ajralib chiqishiga ularning axloqiy xislatlari va obro’-e’tibori sabab bo’lgan xolos. Ammo bu muhit keyinchalikkina alohida to’q oilalarning paydo bo’lishiga olib keldi va asta-sekinlik bilan jamoadagi yuksak hurmatga asoslangan hokimiyat meros tariqasida otadan o’g’ilga o’ta boshladi. O’rt a Osiy oda dast labk i dav lat uy ushmalari ham dehqonchilik vohalari aholisini chetdan bo’ladigan bosqinchilardan himoya qilish va jamoadagi munosabatlarni huquqiy boshqarib turish uchun tashkil topdi. O’rta Osiyo xalqlari ajdodlarining ilk davlatchiligi ancha qadim ildizlarda ega. Milliy davlatchiligimiz shakllangan bronza davriga oid birorta yozma ma’lumotlar yo’q.

O’zbekistonning bu davrga oid tarixi faqatgina arxeologik tadqiqotlar natijalari asosida yoritilib, ular jamiyat taraqqiyotidagi barcha murakkab jarayonlarni to’liq ochib bera olmaydi. O’zbekistonning miloddan avvalgi 1 ming yillikning birinchi yarmiga oid tarixi yozma manbalarda qisman yoritilgan. Zardushtiylarning muqaddas kitobi «Avesto»da, ahamoniylar davri mixsimon yozuvlarida va qadimgi Yunon-Rim yozma manbalarida o’lkamizdagi xalqlarning nomlari, alohida joylar, tog’lar, daryolar va ko’llarning nomlari, afsonaviy qahramonlar va podsholarning nomlari, aholining turmushi, dini, madaniyati, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tuzumi to’g’risidagi ma’lumotlar mavjud. «Avesto» asarida Xorazm, Baqtriya va So’g’d tuprog’ida paydo bo’lgan. «Avesto»ning eng qadimgi geografik nomlari O’rta Osiyo va unga chegaradosh viloyatlari bilan bog’lanadi. «Avesto» kitoblari quyidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi: qadimgi geografik tushunchalar, hududiy, etnik, qabilalar va viloyatlar nomlari, qadimgi va siyosiy tuzum, zardushtiylarning falsafasi, dunyo tarixining rivojlanishi haqida ma’lumotlar. Yunon-fors urushlari boshlanishi bilan miloddan avvalgi VI - IV asrlar siyosiy voqealarida ishtirok etgan O’rta Osiyo xalqlarining tarixi qadimgi yunon tarixshunoslarning asarlarida yoritilgan. Bu borada O’rta Osiyo xalqlari to’g’risida qisqa bo’lsa-da, juda aniq ma’lumotlar beruvchi Gerodotning «Tarix» kitobi qismlari ayniqsa qimmatlidir. Qadimgi davrlardan boshlab bu kitob dunyoda eng mashhur tarixiy asarlardan biri bo’lib hisoblangan. Uning muallifi Gerodot «tarixning otasi» deb nom olgan. «Avesto» qadimgi fors yozuvlari, Gekatey, Gerodot, Ktesiy va boshqa yunon tarixshunoslarining asarlarida O’rta osiyo tarixiy viloyatlari nomlari quyidagi tartibda ko’rsatib berilgan: «Avesto» Qadimgi fors yozuvlari Yunon tarixchilari Mouru Marg’un Marg’iyona So’g’da So’g’uda So’g’diyona Bahdi Baqtrish Baqtriyona Xvariza m Xvarazmin Xorasmiya