logo

Old Osiyo davlatlari qadimgi davrda

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

22.8701171875 KB
Mavzu:Old Osiyo davlatlari qadimgi davrda
                           Reja:
1.Kirish
2.Asosiy qism:
a)Ossuriya va Urartu
b)Xett va Mitanni
d)Suriya,Finikiya,Falastin
3)Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar.
     Mil.av.2-ming yillikda Old Osiyo hududida yashagan xalqlarni birlashtirgan ilk davlatlar vujudga kela 
boshladi:Ossuriya,Xett,Mitanni,Urartu davlatlari va Finikiya shahar-davlatlari shular jumlasidandir.Bu 
davlatlar doimiy bosqinchilik urushlari olib borganlar.Davlatlar haqida mulohaza yuritib chiqamiz.
      Ossuriyaning oʻzi Tigr daryosining yuqori oqimi boʻylab choʻzilib ketgan kichik territoriyani 
egallagan.Uning territoriyasi janubda Quyi Zab daryosining quyi oqimidan tortib sharqda Zagr 
togʻlarigacha hamda shimoli-gʻarbda Masios togʻlarigacha choʻzilib borgan.Qadimgi Ossuriyaning 
haydalanadigan yer maydoni 12ming km.kv.dan oshmagan.
       Juda qadim zamonlardan,ehtimol,er.av.5-4-mingyilliklardan buyon Ossuriya territoriyasida subarey 
qabilalari yashagan.Subarey qabilalari Old Osiyoning shimoliy qismida azaldan yashab kelganlar.Er.av.IX-
VIII asrlardayoq grek adabiyotida Ossuriya toʻgʻrisida ayrim ishoralargina emas,balki hatto Ossuriya 
tarixidan olingan ayrim voqealarning tasviri ham paydo boʻlgan.Ossuriya tarixi toʻgʻrisida Diodorda ham 
qimmatli maʼlumotlar saqlangan;u Ktesiy Knidskiy va Geradot yozib qoldirgan ma’lumotlarni bir qadar 
tanqidiy nuqtai nazardan oʻzgartirib,asosan,shu maʼlumotlardan foydalangan.
        Ossuriyaning eng yirik shaharlari Ashshur,Kalax,Nineviya va Dur-Sharrukan shaharlari qazish ishlari 
Ossuriya tarixini oʻrganish uchun juda katta material berdi.
        Qadimgi Ossuriya territoriyasida,jumladan Tigr daryosining yuqori qismida va Yevfrat daryosining 
oʻrta qismida 1927-yildan 1938-yilgacha katta qazish ishlari oʻtkazildi.Bu qazishlar natijasida bir qancha 
shaharlar,saroylar va ibodatxonalar qazilib,ulardan moddiy madaniyat va yozuvlarga doir juda koʻp 
yodgorliklar topildi.Qimmatli bir qancha yozuvlar orasida er.av.XXI asrdan to VIII asrgacha davlatni idora 
qilib kelgan ossur podsholarining roʻyhati topilgan.
         Ossuriyaaning janubiy qismidagi shaharlar qadimgi Shumerning ayniqsa kuchli madaniy taʼsiri ostida
boʻlgan.Eng qadimgi davrda ossurlarning xoʻjalik hayotida chorvachilik bilan bir qatorda dehqonchilik 
ham katta ahamiyatga ega boʻlgan.Ossuriya er.av.XV asrda Mitanni podsholari qoʻl ostida 
boʻlgan.Er.av.XIII asrning 1-yarmida podsholik qilgan Salmanasar I juda katta harbiy yutuqlar qoʻlga 
kiritgan.U Urartuning shimolidagi qabilalar bilan surunkasiga kurash boshlab,u yerda 8”mamlakatni” 
ishgʻol etgan,bu yerdagi qabilalar,ehtimol,katta qabila ittifoqi tuzib birlashganlar.Er.av.VIII asr oʻrtalarida 
Ossuriya yana kuchayadi.Tiglatpalasar III Ossuriyaning birinchi va ikkinchi marta yuksalishi davrida oʻtgan podsholarning traditsion istilochilik siyosatini yangidan boshlagan.Ossuriyaning qaytadan kuchayishi 
natijasida ulugʻ Ossuriya davlati tuzilgan.
      Urartu tarixiga oid osur,urartu hujjatlari,podsho yozuvlari mavjud,shuningdek,oz miqdorda xoʻjalik 
hujjatlari maʼlum.Xurritlarga qarindosh boʻlgan Urartu qabilalari er.av.1300-yillar atrofida va qabilalar 
ittifoqiga birlashganlar.Er.av.IX asr oʻrtalarida bu ittifoq Biayneli(“Van”;osurlar Urartu deb atagan)nomli 
davlatni barpo qildilar.Uning markazi Tushna boʻlib,Van koʻlini sharqida joylashgan edi.
       Urartu davlatining oʻz taraqqiyotini gullab yashnaga davri podsho Menua(810-786) va uning vorislari 
hukmronligi vaqtida(er.av.IX asr oxirida)zaiflashgan davri Rusa I podsholigiga toʻgʻri keladi.Davlat 
xoʻjaligini asosi sugʻorma dehqonchilik boʻlib,ekinzorlarda erkin dehqonlar mehnat qilganlar.Urartuni 
davlat boshqaruvi ʼpodshoning yakka hukmronligiga asoslangan.Podshoning eng birinchi vazifasi 
mamlakatni qudratli dushman Ossuriya bosqinidan himoya qilish edi.
        Urartu davlati uzoq vaqt Ossuriya davlatining bosqiniga uchradi.Ossuriyaning koʻp sonli qoʻshinlari 
Urartu qalʼa,shaharlarini talon-taroj qildilar.Er.av.VIII asr oxirida Urartularning diniy markazi Musasin 
Osuriya qoʻshinlari tomonidan bosib olingan.Podsholar Argichti va Sarduri II Ossuriyaga qarshilik 
koʻrsatishga harakat qildilar.Ular Ossuriyaga qarshi turli koalitsiyalarga kirdilar,lekin Ossuriya kichik 
Urartuni oʻziga tobe qildi.Bundan tashqari,koʻchmanchi kimmeriylar Urartu shahar,qishloqlarini 
taladilar.Zaiflashib qolgan Urartu er.av.VI asrda Midiya tomonidan bosib olindi.Urartuni madaniyati va 
iqtisodi toʻgʻrisida arxeologik qazishmalar boy maʼlumot beradi.Teyshebani,Eribuni va Argishtihinil 
shaharlari kuchli fortifikatsiya inshootlari bilan oʻrab olingan.
        1887-yil tadqiqotchilar Tell-Amarna arxividagi diplomatik yozishmalarda Xett podshosining Misr 
firʼavniga tengligi eslatib oʻtiladi.Bi kashfiyot Old Osiyoda qadimda yana bir buyuk davlat mavjud 
boʻlganini koʻrsatdi.1906-yil nemis olimi Y.G.Vinkler Bugozgoyada xettlar poytaxti Xattusi xarobalarida 
arxeologik qazishmalarga kirishdi.
        Kichik Osiyodagi Nesa(Kanish),Burusxan,Kussar va Xattusi kabi shaharlarni oʻz ichiga olgan siyosiy 
birlashmalar vujudga kela boshlaydi.Kichik Osiyoning bu siyosiy birlashmalarining ilk birlashuvi er.av.XVIII
Asrning birinchi yarmida yuz beradi.Viloyatlardan birining hokimi Anitta Nesa shahrini markaz qilib,Qora 
dengizdan Kichik Osiyodagi tuz koʻligacha boʻlgan hududlarni egallab bepoyon davlatni barpo 
qiladi.Qadimgi Xett davlatida urugʻ-jamoa qoldiqlari ham kuchli boʻlgan Xett podsholari oʻz 
hokimiyatlarini xalq kengashlariga tayanib amalga oshirganlar.Qadimgi xett anʼanasiga koʻra podshoning 
vorisi podsho oilasidan tanlangan.Anitta vafotidan keyin er.av.XVII asr oxirida boshqa xett urugʻi 
hokimiyat tepasiga keladi Xett davlatining asoschilarining birlashtiruvchi siyosatini istilochi va islohotchi 
podsho Labarna(yoki Tabarna)(er.av.1675-1650)tugallaydi.U istilochilik yurishlarini davom ettirib 
Tavrtogʻ tizmasining shimoliy qismini egallaydi va shimoliy Qora dengizga chiqadi.Xett davlati 
chegaralarini “Dengizdan-dengizgacha”kengaytiradi.Labarna mavjud xett anʼanalariga zid ravishda oʻgʻli 
Xattusilini oʻz vorisi deb eʼlon qiladi.Xattusili I(er.av.1650-1625)poytaxtni xettlarning sobiq bosh markazi 
Xattusiga koʻchiradi.Uning vorisi Mursili I(er.av.1625-1590)davrida Xett podsholigida markazlashuv 
kuchayadi.Mursili I saroy fitnasi qurboni boʻlgach,xett hukmron tabaqalari ichida oʻzaro 
kelishmovchiliklar boshlanadi.          Oʻzaro kelishmovchiliklarga Telepin I(er.av.1530-1500)chek qoʻyadi.Tadqiqotchilar er.av.XVIII-XVI 
asrlarni qadimgi Xett podsholigi davri deb hisobladilar.Telepin va uning oʻgʻli hukmronligidan soʻng,xett 
davlatining tushkunlik davri boshlanadi.Bu davr oʻrta xett podsholigi davri(er.av.XV asr)deb nom oldi.
          Er.av.XIV asr boshlarida Old Osiyoda Misr,kassitlar,Bobil va Mitanni davlatlari zaiflashib,xalqaro 
munosabatlarda Xett davlatining kuchayishi uchun qulay shart-sharoit tugʻiladi.Er.av.1450-yillar atrofiga 
kelib chiqishi xurrit boʻlgan omadli amaldor taxtni egallab yangi xett sulolasiga asos soladi.
          Soʻnggi xett podsholari Tutxaliya IV va uning ikki oʻgʻli davrida axeylar,Bolqondan kelgan 
frigiyaliklarni Kichik Osiyoni gʻarbida hujumini zprgʻa qaytaradilar.Axeylar tor-mor qilinganidan keyin 
Kichik Osiyo gʻarbidagi Ilion shahri bosib olinadi.Soʻnggi xett podshosi Suppilium I Kipr orolini va qayta 
bosib oladi.Er.av.XII asr oxirida Egey dengizi qirgʻoqlari va orollarining etnik jihatdan ola-kurok “dengiz 
xalqlari”xett davlatini tor-mor qiladilar(er.av.1190-yillar)Shunday qilib,yangi xett davlati tarix sahnasidan 
abadiy tushib ketdi.Markazlari Karxamesh va Melida boʻlgan soʻnggi xett podsholiklari qoldiqlari 
er.av.VIII asr oxirlarida Ossuriya tomonidan tugatiladi.
            Mitanni(akkad tilida Xanigalabat)davlatida(er.av.1560-1260)yuqori Mesopotamiyada Xurrit 
qabilasi mitannilar XVI asrda asos soldilar.Mitanni poytaxti yuqori Xaburdagi Vassokanda joylashgan 
edi.Mitanni podsholari hind-oriy sulola ismlarini saqlab qolib “Mand jangchilari podshosi”va “Xurri 
jangchilari podshosi”unvonlariga ega edilar.
             XVI asr oxirida podsho Suttarni I davrida Mitanni Zagros va Nineviyadan Shimoliy Suriyagacha 
boʻlgan hududni egallab,ulkan davlatga aylandi.Shu vaqtdan boshlab bir yuz ellik yil davomida Old 
Osiyoda Mitannidan kuchli qudratli davlat yoʻq edi.Mitanni bu davrda Misr bilan Mesopotamiya va 
Sharqiy Oʻrtayer dengizi havzasi uchun uzoq kurash olib bordi.XV asrda xalqaro vaziyat oʻzgarib Misr 
bilan Mitanni oʻrtasida ittifoqchilik munosabatlari oʻrnatildi va sulolaviy nikohlar tuzildi.Tutmos IV va 
Amenemxotep III Mitanni malikalariga uylandilar.
             Er.av.XIV asr boshlaridagi Mitannidagi sulolaviy nizo,saroy fitnalari davlatni zaiflashtirdi.Xett 
podshosi Suppilium Mitanniga qarshi urush ochib Suriyani tortib oldi va Mitanniga bostirib 
kirdi.Yordamga chaqirilgan Ossuriya hukmdori Ashshurbalit I mamlakatni sharqiy viloyatlarini anneksiya 
qildi.Shu vaqtdan Mitanni shimoliy Mesopotamiyadagi kichik bir davlatchaga aylanib qoldi.Uni ustidan 
nazorat qilish uchun osur va xettlar oʻzaro kurash olib bordilar.Qachonlardir qudratli davlat qoldigʻi 
sifatida Mitanni er.av.1260-yilda Ossuriya podshosi Salmanasar I tomonidan tugatildi.
               Suriya bilan Finikiyaning geografik oʻrni oʻziga xos xususiyatga egadir.Suriya uch materik 
oʻrtasida joylashgan.Suriyaning kontinent qismi Old Osiyoga tutashgan.Suriya bilan Finikiyaning baʼzi 
qismlaridagi tabiiy sharoitlar dehqonchilik xoʻjaligining yuksak darajada rivojlanishiga yordam 
bergan.Finikiya bilan Suriya territoriyasidan topilgan yozuvlar uncha koʻp emas,buning sababi uzluksiz 
davom etgan urushlar vaqtida qadimgi kutubxona va arxivlarning shafqatsiz vayron qilinganligi boʻlsa 
kerak.
              Er.av.3-mingyillikning oxiri va 2-mingyillikning boshlarida Suriya bulan Finikiyada bir qancha 
mayda davlatlar mavjud boʻlib bularning markazlari yirik savdo shaharlari boʻlgan.Bu shaharlar orasida 
davlatning bosh shahti Ugarit hamda Bibl ajralib turgan,bu shaharlar dengiz sohiliga joylashgan edi.Ichki 
kurash natijasida kuchsizlanib borayotgan Suriya koʻpincha ajnabiy bosqinchilarga yem boʻlib  kelgan.Er.av.II mingyillik oʻrtalarida Suriya bilan Finikiya Misr hukmronligi ostiga tushib qoladi.XVIII 
dinastiyaning urushqoq firʼavnlari Suriyani Frot daryosigacha istilo etadilar. 
            Er.av.II mingyillik oxiri I mingyillik boshlarida Sharqiy Oʻrtayer dengizi qirgʻogʻi shaharlari qayta 
tiklandi.Vayron qilingan Sidon shahri qayta qurildi,bu shahardan koʻchgan bir qism aholi Tir shahrini 
egallab,uni qayta quradi.Shundan soʻng barcha finikiyaliklar oʻzlarini umumlashgan holda nomlana 
boshladilar.Sharqiy Oʻrtayer dengizi qirgʻogʻida finikiyaliklar xalqaro savdoda yetakchi oʻrinni 
egalladilar.Shuningdek,Misrning tashqi savdosida birinchi oʻrinda edilar.
            Finikiya shaharlarida kemasozlik,dengizchilik yuqori darajada rivojlanadi.Finikiyaliklar Oʻrtayer 
dengizi havzasida oʻzlarining oʻnlab koloniyalarini barpo qiladilar.Tir va Sidon shaharlari bu yoʻnalishda 
faol harakat qiladilar. Er.av.1100-yilda Tir Shimoliy Afrikada oʻz koloniyasi Utikani barpo qiladi. Taxminan 
shu vaqtda Tir shahri Ispaniyada Gades koloniyasini tashkil qiladi.Finikiyaliklar Gʻarbiy 
Sitsiliya,Sardiniya,Malta va Balear orollarini ham egallaydilar. Tir va Sidon shaharlari birlashib yagona 
davlat tuzadilar.Tir-Sidon podsholigi podsho Xiram(er.av.969-936)davrida gullab yashnaydi.Finikiya 
shaharlari Tir,Sidon va Bibl tranzit savdo bilan shugʻullanib,Misr va Bobilda ishlab chiqarilgan 
mahsulotlarini Sharqqa sotadilar. Finikiya kemalari yoʻl-yoʻlakay dengiz qaroqchiligi bilan ham 
shugʻullanganlar.Er.av.XII asrda Falastin hududida kelgindi koʻchmanchi isroil qabilalari va mahalliy 
xananlar birlashib 12 qabila ittifoqini shakllantirdilar. Er.av.XI asr boshlarida Falastinda temir qurollar 
ishlab chiqarishda yetakchi boʻlgan filistimlar hukmronligi oʻrnatiladi. Isroil qabilalari filistimlarga 
qarshilik koʻrsata olmaydi. Falastinda isroil qabilalari Misrdan kelib oʻrnashadilar. Er.av.XIII asrda oʻn ikki 
yahudiy qabilalari Falastinga bostirib kirib mahalliy Xanaan shahar-davlatlarini boʻysundirganlar. Yahudiy 
soʻzi etimologik jihatdan “daryo ortidagi aholi”degan maʼnoni bildiradi. Saylab qoʻyiladigan yoʻlboshchi -
Shofetlar(“Qozi”),oliy kohinlar vazifasini bajarib,qabila koʻngilli qoʻshinlarga boshchilik qilganlar va 
tinchlik paytida ajrim ishlari bilan shugʻullanganlar. Er.av.XI asrning oxirida yahudiy jamiyatida ibtidoiy 
jamoa tuzumidan sinfiy jamiyatga oʻtish yuz bergan. Saylab qoʻyiladigan yoʻlboshchilar oʻrniga merosiy 
podsho holimiyati shakllandi. Filimstyanlar bilan boʻlgan janglar davomida podsho qilib Saul saylanadi. U 
birinchi merosiy podsho boʻladi.Saul Filistimlar bilan bir necha gʻolibona urushlar olib boradi,lekin 
navbatdagi urushda magʻlub boʻlgani uchun oʻzini oʻldiradi.Er.av.1000-yillar atrofida Saulning oddiy 
jangchisi boʻlgan Dovud Isroil podshosi boʻladi. Dovud markazlashgan harbiy-byurokratik davlat tuzishga 
harakat qiladi.Dovud(1010-970-yillar)podsholigi davrida markazlashgan davlat tuziladi. Bosib olingan 
Quddus yangi davlatning poytaxti boʻlgan. Mamlakatni boshqarish uchun markaziy davlat organlari 
tuziladi. Dovud faol tashqi siyosat olib boradi. U filistimlar bilan sulh tuzadi. Iordan daryosi ortidagi yerlar
filistimlar va janubiy Suriya oromiylarini boʻysundirib davlat chegarasini Akab qoʻltigʻiga olib boradi.
         Dovudning taxtini uning kichik oʻgʻli Sulaymon(er.av.970-930)egallaydi.Sulaymon davrida qurilish 
ishlari keng yoʻlga qoʻyiladi. Uning davrida Quddusda xudo Yaxva sharafiga ibodatxona quriladi. Davlat 
hududi 12okrugga boʻlinadi. Ularning har biri yilda bir oy podsho saroyiga oziq-ovqat yetkazish 
majburiyatini olganlar. Sulaymon podsholigining soʻnggi yillarida shimolda Damashq podsholigi 
kuchayadi. Sulaymonning shafqatsiz siyosatidan norozi boʻlgan 10shimoliy yahudiya qabilalari ajralib 
chiqib,Isroil podsholigini tashkil qiladilar. Uning poytaxti yangi qurilgan Samariya shahri boʻlgan Dovud 
sulolasi hukmdor boʻlgan Quddus podsholigi uning bosh qabilasi nomi bilan Yahudiya deb atalgan. Ikkala 
podsholik ham bir-biri bilan dushmanchilik munosabatida boʻlib vaqti-vaqti bilan konfederatsiya tashkil 
qiladilar. Yahudiyani parchalanganidan foydalangan Misr firʼavni Shishonk I er.av.926-yilda Falastinga 
yurish qilib,Yahudiya va Isroilni bosib oladi. Er.av.VIII asr oʻrtalaridan -VI asrlarda Sharqiy Oʻrtayer 
dengizi.        Er.av.I mingyillikda Falastinda savdo-hunarmandchilik,dehqonchilik rivoj topadi. Tashqi savdo 
kuchayib,ortiqcha gʻalla va boshqa mahsulotlar Tir shahriga sotiladi. Yerga xususiy mulkchilik paydo 
boʻladi.Er.av.VIII asr oʻrtalarida Ossuriya(er.av.732-722)Damashq va Isroil davlatlarini tor-mor qiladi.
       Xulosa qilib aytadigan boʻlsak,qadimgi davrda Old Osiyo davlatlari oʻzaro bosqinchilik siyosati bilan 
dong taratgan.Shuningdek ularda savdo-sotiq,dehqonchilik,humarmandchilik ham rivojlangan. Oʻzaro 
bosqinchilikdan tashqari,ularga baʼzan tashqi dushmanlar ham bostirib kirgan.Qadimda davlat sifatida 
mavjud boʻlgan davlatlarning baʼzilari hozirda boshqa nom ostida,baʼzilari esa hali ham shu nomda 
mavjud

Mavzu:Old Osiyo davlatlari qadimgi davrda Reja: 1.Kirish 2.Asosiy qism: a)Ossuriya va Urartu b)Xett va Mitanni d)Suriya,Finikiya,Falastin 3)Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar. Mil.av.2-ming yillikda Old Osiyo hududida yashagan xalqlarni birlashtirgan ilk davlatlar vujudga kela boshladi:Ossuriya,Xett,Mitanni,Urartu davlatlari va Finikiya shahar-davlatlari shular jumlasidandir.Bu davlatlar doimiy bosqinchilik urushlari olib borganlar.Davlatlar haqida mulohaza yuritib chiqamiz. Ossuriyaning oʻzi Tigr daryosining yuqori oqimi boʻylab choʻzilib ketgan kichik territoriyani egallagan.Uning territoriyasi janubda Quyi Zab daryosining quyi oqimidan tortib sharqda Zagr togʻlarigacha hamda shimoli-gʻarbda Masios togʻlarigacha choʻzilib borgan.Qadimgi Ossuriyaning haydalanadigan yer maydoni 12ming km.kv.dan oshmagan. Juda qadim zamonlardan,ehtimol,er.av.5-4-mingyilliklardan buyon Ossuriya territoriyasida subarey qabilalari yashagan.Subarey qabilalari Old Osiyoning shimoliy qismida azaldan yashab kelganlar.Er.av.IX- VIII asrlardayoq grek adabiyotida Ossuriya toʻgʻrisida ayrim ishoralargina emas,balki hatto Ossuriya tarixidan olingan ayrim voqealarning tasviri ham paydo boʻlgan.Ossuriya tarixi toʻgʻrisida Diodorda ham qimmatli maʼlumotlar saqlangan;u Ktesiy Knidskiy va Geradot yozib qoldirgan ma’lumotlarni bir qadar tanqidiy nuqtai nazardan oʻzgartirib,asosan,shu maʼlumotlardan foydalangan. Ossuriyaning eng yirik shaharlari Ashshur,Kalax,Nineviya va Dur-Sharrukan shaharlari qazish ishlari Ossuriya tarixini oʻrganish uchun juda katta material berdi. Qadimgi Ossuriya territoriyasida,jumladan Tigr daryosining yuqori qismida va Yevfrat daryosining oʻrta qismida 1927-yildan 1938-yilgacha katta qazish ishlari oʻtkazildi.Bu qazishlar natijasida bir qancha shaharlar,saroylar va ibodatxonalar qazilib,ulardan moddiy madaniyat va yozuvlarga doir juda koʻp yodgorliklar topildi.Qimmatli bir qancha yozuvlar orasida er.av.XXI asrdan to VIII asrgacha davlatni idora qilib kelgan ossur podsholarining roʻyhati topilgan. Ossuriyaaning janubiy qismidagi shaharlar qadimgi Shumerning ayniqsa kuchli madaniy taʼsiri ostida boʻlgan.Eng qadimgi davrda ossurlarning xoʻjalik hayotida chorvachilik bilan bir qatorda dehqonchilik ham katta ahamiyatga ega boʻlgan.Ossuriya er.av.XV asrda Mitanni podsholari qoʻl ostida boʻlgan.Er.av.XIII asrning 1-yarmida podsholik qilgan Salmanasar I juda katta harbiy yutuqlar qoʻlga kiritgan.U Urartuning shimolidagi qabilalar bilan surunkasiga kurash boshlab,u yerda 8”mamlakatni” ishgʻol etgan,bu yerdagi qabilalar,ehtimol,katta qabila ittifoqi tuzib birlashganlar.Er.av.VIII asr oʻrtalarida Ossuriya yana kuchayadi.Tiglatpalasar III Ossuriyaning birinchi va ikkinchi marta yuksalishi davrida oʻtgan

podsholarning traditsion istilochilik siyosatini yangidan boshlagan.Ossuriyaning qaytadan kuchayishi natijasida ulugʻ Ossuriya davlati tuzilgan. Urartu tarixiga oid osur,urartu hujjatlari,podsho yozuvlari mavjud,shuningdek,oz miqdorda xoʻjalik hujjatlari maʼlum.Xurritlarga qarindosh boʻlgan Urartu qabilalari er.av.1300-yillar atrofida va qabilalar ittifoqiga birlashganlar.Er.av.IX asr oʻrtalarida bu ittifoq Biayneli(“Van”;osurlar Urartu deb atagan)nomli davlatni barpo qildilar.Uning markazi Tushna boʻlib,Van koʻlini sharqida joylashgan edi. Urartu davlatining oʻz taraqqiyotini gullab yashnaga davri podsho Menua(810-786) va uning vorislari hukmronligi vaqtida(er.av.IX asr oxirida)zaiflashgan davri Rusa I podsholigiga toʻgʻri keladi.Davlat xoʻjaligini asosi sugʻorma dehqonchilik boʻlib,ekinzorlarda erkin dehqonlar mehnat qilganlar.Urartuni davlat boshqaruvi ʼpodshoning yakka hukmronligiga asoslangan.Podshoning eng birinchi vazifasi mamlakatni qudratli dushman Ossuriya bosqinidan himoya qilish edi. Urartu davlati uzoq vaqt Ossuriya davlatining bosqiniga uchradi.Ossuriyaning koʻp sonli qoʻshinlari Urartu qalʼa,shaharlarini talon-taroj qildilar.Er.av.VIII asr oxirida Urartularning diniy markazi Musasin Osuriya qoʻshinlari tomonidan bosib olingan.Podsholar Argichti va Sarduri II Ossuriyaga qarshilik koʻrsatishga harakat qildilar.Ular Ossuriyaga qarshi turli koalitsiyalarga kirdilar,lekin Ossuriya kichik Urartuni oʻziga tobe qildi.Bundan tashqari,koʻchmanchi kimmeriylar Urartu shahar,qishloqlarini taladilar.Zaiflashib qolgan Urartu er.av.VI asrda Midiya tomonidan bosib olindi.Urartuni madaniyati va iqtisodi toʻgʻrisida arxeologik qazishmalar boy maʼlumot beradi.Teyshebani,Eribuni va Argishtihinil shaharlari kuchli fortifikatsiya inshootlari bilan oʻrab olingan. 1887-yil tadqiqotchilar Tell-Amarna arxividagi diplomatik yozishmalarda Xett podshosining Misr firʼavniga tengligi eslatib oʻtiladi.Bi kashfiyot Old Osiyoda qadimda yana bir buyuk davlat mavjud boʻlganini koʻrsatdi.1906-yil nemis olimi Y.G.Vinkler Bugozgoyada xettlar poytaxti Xattusi xarobalarida arxeologik qazishmalarga kirishdi. Kichik Osiyodagi Nesa(Kanish),Burusxan,Kussar va Xattusi kabi shaharlarni oʻz ichiga olgan siyosiy birlashmalar vujudga kela boshlaydi.Kichik Osiyoning bu siyosiy birlashmalarining ilk birlashuvi er.av.XVIII Asrning birinchi yarmida yuz beradi.Viloyatlardan birining hokimi Anitta Nesa shahrini markaz qilib,Qora dengizdan Kichik Osiyodagi tuz koʻligacha boʻlgan hududlarni egallab bepoyon davlatni barpo qiladi.Qadimgi Xett davlatida urugʻ-jamoa qoldiqlari ham kuchli boʻlgan Xett podsholari oʻz hokimiyatlarini xalq kengashlariga tayanib amalga oshirganlar.Qadimgi xett anʼanasiga koʻra podshoning vorisi podsho oilasidan tanlangan.Anitta vafotidan keyin er.av.XVII asr oxirida boshqa xett urugʻi hokimiyat tepasiga keladi Xett davlatining asoschilarining birlashtiruvchi siyosatini istilochi va islohotchi podsho Labarna(yoki Tabarna)(er.av.1675-1650)tugallaydi.U istilochilik yurishlarini davom ettirib Tavrtogʻ tizmasining shimoliy qismini egallaydi va shimoliy Qora dengizga chiqadi.Xett davlati chegaralarini “Dengizdan-dengizgacha”kengaytiradi.Labarna mavjud xett anʼanalariga zid ravishda oʻgʻli Xattusilini oʻz vorisi deb eʼlon qiladi.Xattusili I(er.av.1650-1625)poytaxtni xettlarning sobiq bosh markazi Xattusiga koʻchiradi.Uning vorisi Mursili I(er.av.1625-1590)davrida Xett podsholigida markazlashuv kuchayadi.Mursili I saroy fitnasi qurboni boʻlgach,xett hukmron tabaqalari ichida oʻzaro kelishmovchiliklar boshlanadi.

Oʻzaro kelishmovchiliklarga Telepin I(er.av.1530-1500)chek qoʻyadi.Tadqiqotchilar er.av.XVIII-XVI asrlarni qadimgi Xett podsholigi davri deb hisobladilar.Telepin va uning oʻgʻli hukmronligidan soʻng,xett davlatining tushkunlik davri boshlanadi.Bu davr oʻrta xett podsholigi davri(er.av.XV asr)deb nom oldi. Er.av.XIV asr boshlarida Old Osiyoda Misr,kassitlar,Bobil va Mitanni davlatlari zaiflashib,xalqaro munosabatlarda Xett davlatining kuchayishi uchun qulay shart-sharoit tugʻiladi.Er.av.1450-yillar atrofiga kelib chiqishi xurrit boʻlgan omadli amaldor taxtni egallab yangi xett sulolasiga asos soladi. Soʻnggi xett podsholari Tutxaliya IV va uning ikki oʻgʻli davrida axeylar,Bolqondan kelgan frigiyaliklarni Kichik Osiyoni gʻarbida hujumini zprgʻa qaytaradilar.Axeylar tor-mor qilinganidan keyin Kichik Osiyo gʻarbidagi Ilion shahri bosib olinadi.Soʻnggi xett podshosi Suppilium I Kipr orolini va qayta bosib oladi.Er.av.XII asr oxirida Egey dengizi qirgʻoqlari va orollarining etnik jihatdan ola-kurok “dengiz xalqlari”xett davlatini tor-mor qiladilar(er.av.1190-yillar)Shunday qilib,yangi xett davlati tarix sahnasidan abadiy tushib ketdi.Markazlari Karxamesh va Melida boʻlgan soʻnggi xett podsholiklari qoldiqlari er.av.VIII asr oxirlarida Ossuriya tomonidan tugatiladi. Mitanni(akkad tilida Xanigalabat)davlatida(er.av.1560-1260)yuqori Mesopotamiyada Xurrit qabilasi mitannilar XVI asrda asos soldilar.Mitanni poytaxti yuqori Xaburdagi Vassokanda joylashgan edi.Mitanni podsholari hind-oriy sulola ismlarini saqlab qolib “Mand jangchilari podshosi”va “Xurri jangchilari podshosi”unvonlariga ega edilar. XVI asr oxirida podsho Suttarni I davrida Mitanni Zagros va Nineviyadan Shimoliy Suriyagacha boʻlgan hududni egallab,ulkan davlatga aylandi.Shu vaqtdan boshlab bir yuz ellik yil davomida Old Osiyoda Mitannidan kuchli qudratli davlat yoʻq edi.Mitanni bu davrda Misr bilan Mesopotamiya va Sharqiy Oʻrtayer dengizi havzasi uchun uzoq kurash olib bordi.XV asrda xalqaro vaziyat oʻzgarib Misr bilan Mitanni oʻrtasida ittifoqchilik munosabatlari oʻrnatildi va sulolaviy nikohlar tuzildi.Tutmos IV va Amenemxotep III Mitanni malikalariga uylandilar. Er.av.XIV asr boshlaridagi Mitannidagi sulolaviy nizo,saroy fitnalari davlatni zaiflashtirdi.Xett podshosi Suppilium Mitanniga qarshi urush ochib Suriyani tortib oldi va Mitanniga bostirib kirdi.Yordamga chaqirilgan Ossuriya hukmdori Ashshurbalit I mamlakatni sharqiy viloyatlarini anneksiya qildi.Shu vaqtdan Mitanni shimoliy Mesopotamiyadagi kichik bir davlatchaga aylanib qoldi.Uni ustidan nazorat qilish uchun osur va xettlar oʻzaro kurash olib bordilar.Qachonlardir qudratli davlat qoldigʻi sifatida Mitanni er.av.1260-yilda Ossuriya podshosi Salmanasar I tomonidan tugatildi. Suriya bilan Finikiyaning geografik oʻrni oʻziga xos xususiyatga egadir.Suriya uch materik oʻrtasida joylashgan.Suriyaning kontinent qismi Old Osiyoga tutashgan.Suriya bilan Finikiyaning baʼzi qismlaridagi tabiiy sharoitlar dehqonchilik xoʻjaligining yuksak darajada rivojlanishiga yordam bergan.Finikiya bilan Suriya territoriyasidan topilgan yozuvlar uncha koʻp emas,buning sababi uzluksiz davom etgan urushlar vaqtida qadimgi kutubxona va arxivlarning shafqatsiz vayron qilinganligi boʻlsa kerak. Er.av.3-mingyillikning oxiri va 2-mingyillikning boshlarida Suriya bulan Finikiyada bir qancha mayda davlatlar mavjud boʻlib bularning markazlari yirik savdo shaharlari boʻlgan.Bu shaharlar orasida davlatning bosh shahti Ugarit hamda Bibl ajralib turgan,bu shaharlar dengiz sohiliga joylashgan edi.Ichki kurash natijasida kuchsizlanib borayotgan Suriya koʻpincha ajnabiy bosqinchilarga yem boʻlib

kelgan.Er.av.II mingyillik oʻrtalarida Suriya bilan Finikiya Misr hukmronligi ostiga tushib qoladi.XVIII dinastiyaning urushqoq firʼavnlari Suriyani Frot daryosigacha istilo etadilar. Er.av.II mingyillik oxiri I mingyillik boshlarida Sharqiy Oʻrtayer dengizi qirgʻogʻi shaharlari qayta tiklandi.Vayron qilingan Sidon shahri qayta qurildi,bu shahardan koʻchgan bir qism aholi Tir shahrini egallab,uni qayta quradi.Shundan soʻng barcha finikiyaliklar oʻzlarini umumlashgan holda nomlana boshladilar.Sharqiy Oʻrtayer dengizi qirgʻogʻida finikiyaliklar xalqaro savdoda yetakchi oʻrinni egalladilar.Shuningdek,Misrning tashqi savdosida birinchi oʻrinda edilar. Finikiya shaharlarida kemasozlik,dengizchilik yuqori darajada rivojlanadi.Finikiyaliklar Oʻrtayer dengizi havzasida oʻzlarining oʻnlab koloniyalarini barpo qiladilar.Tir va Sidon shaharlari bu yoʻnalishda faol harakat qiladilar. Er.av.1100-yilda Tir Shimoliy Afrikada oʻz koloniyasi Utikani barpo qiladi. Taxminan shu vaqtda Tir shahri Ispaniyada Gades koloniyasini tashkil qiladi.Finikiyaliklar Gʻarbiy Sitsiliya,Sardiniya,Malta va Balear orollarini ham egallaydilar. Tir va Sidon shaharlari birlashib yagona davlat tuzadilar.Tir-Sidon podsholigi podsho Xiram(er.av.969-936)davrida gullab yashnaydi.Finikiya shaharlari Tir,Sidon va Bibl tranzit savdo bilan shugʻullanib,Misr va Bobilda ishlab chiqarilgan mahsulotlarini Sharqqa sotadilar. Finikiya kemalari yoʻl-yoʻlakay dengiz qaroqchiligi bilan ham shugʻullanganlar.Er.av.XII asrda Falastin hududida kelgindi koʻchmanchi isroil qabilalari va mahalliy xananlar birlashib 12 qabila ittifoqini shakllantirdilar. Er.av.XI asr boshlarida Falastinda temir qurollar ishlab chiqarishda yetakchi boʻlgan filistimlar hukmronligi oʻrnatiladi. Isroil qabilalari filistimlarga qarshilik koʻrsata olmaydi. Falastinda isroil qabilalari Misrdan kelib oʻrnashadilar. Er.av.XIII asrda oʻn ikki yahudiy qabilalari Falastinga bostirib kirib mahalliy Xanaan shahar-davlatlarini boʻysundirganlar. Yahudiy soʻzi etimologik jihatdan “daryo ortidagi aholi”degan maʼnoni bildiradi. Saylab qoʻyiladigan yoʻlboshchi - Shofetlar(“Qozi”),oliy kohinlar vazifasini bajarib,qabila koʻngilli qoʻshinlarga boshchilik qilganlar va tinchlik paytida ajrim ishlari bilan shugʻullanganlar. Er.av.XI asrning oxirida yahudiy jamiyatida ibtidoiy jamoa tuzumidan sinfiy jamiyatga oʻtish yuz bergan. Saylab qoʻyiladigan yoʻlboshchilar oʻrniga merosiy podsho holimiyati shakllandi. Filimstyanlar bilan boʻlgan janglar davomida podsho qilib Saul saylanadi. U birinchi merosiy podsho boʻladi.Saul Filistimlar bilan bir necha gʻolibona urushlar olib boradi,lekin navbatdagi urushda magʻlub boʻlgani uchun oʻzini oʻldiradi.Er.av.1000-yillar atrofida Saulning oddiy jangchisi boʻlgan Dovud Isroil podshosi boʻladi. Dovud markazlashgan harbiy-byurokratik davlat tuzishga harakat qiladi.Dovud(1010-970-yillar)podsholigi davrida markazlashgan davlat tuziladi. Bosib olingan Quddus yangi davlatning poytaxti boʻlgan. Mamlakatni boshqarish uchun markaziy davlat organlari tuziladi. Dovud faol tashqi siyosat olib boradi. U filistimlar bilan sulh tuzadi. Iordan daryosi ortidagi yerlar filistimlar va janubiy Suriya oromiylarini boʻysundirib davlat chegarasini Akab qoʻltigʻiga olib boradi. Dovudning taxtini uning kichik oʻgʻli Sulaymon(er.av.970-930)egallaydi.Sulaymon davrida qurilish ishlari keng yoʻlga qoʻyiladi. Uning davrida Quddusda xudo Yaxva sharafiga ibodatxona quriladi. Davlat hududi 12okrugga boʻlinadi. Ularning har biri yilda bir oy podsho saroyiga oziq-ovqat yetkazish majburiyatini olganlar. Sulaymon podsholigining soʻnggi yillarida shimolda Damashq podsholigi kuchayadi. Sulaymonning shafqatsiz siyosatidan norozi boʻlgan 10shimoliy yahudiya qabilalari ajralib chiqib,Isroil podsholigini tashkil qiladilar. Uning poytaxti yangi qurilgan Samariya shahri boʻlgan Dovud sulolasi hukmdor boʻlgan Quddus podsholigi uning bosh qabilasi nomi bilan Yahudiya deb atalgan. Ikkala podsholik ham bir-biri bilan dushmanchilik munosabatida boʻlib vaqti-vaqti bilan konfederatsiya tashkil qiladilar. Yahudiyani parchalanganidan foydalangan Misr firʼavni Shishonk I er.av.926-yilda Falastinga yurish qilib,Yahudiya va Isroilni bosib oladi. Er.av.VIII asr oʻrtalaridan -VI asrlarda Sharqiy Oʻrtayer dengizi.

Er.av.I mingyillikda Falastinda savdo-hunarmandchilik,dehqonchilik rivoj topadi. Tashqi savdo kuchayib,ortiqcha gʻalla va boshqa mahsulotlar Tir shahriga sotiladi. Yerga xususiy mulkchilik paydo boʻladi.Er.av.VIII asr oʻrtalarida Ossuriya(er.av.732-722)Damashq va Isroil davlatlarini tor-mor qiladi. Xulosa qilib aytadigan boʻlsak,qadimgi davrda Old Osiyo davlatlari oʻzaro bosqinchilik siyosati bilan dong taratgan.Shuningdek ularda savdo-sotiq,dehqonchilik,humarmandchilik ham rivojlangan. Oʻzaro bosqinchilikdan tashqari,ularga baʼzan tashqi dushmanlar ham bostirib kirgan.Qadimda davlat sifatida mavjud boʻlgan davlatlarning baʼzilari hozirda boshqa nom ostida,baʼzilari esa hali ham shu nomda mavjud