logo

O'zbekistonning eng qadimgi davlatlari Qadimgi Xorazm va Baqtriya davlatlari

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

32.865234375 KB
O'zbekistonning eng qadimgi davlatlari: Qadimgi Xorazm va Baqtriya davlatlari
Reja:
1. Ilk davlatchilikning shakllanish omillari
2.  Qadimgi Baqtriya va So’g’diyonada ibtidoiy jamoalarining izlari.
3. Qadimgi Baqtriya xududida davlatchilikning shakllanishi va uning
o‘rganilishi
4. “Katta Xorazm” va  Qadimgi Xorazm  davlati tarixining o‘rganilishi Davlatning   tashkil   topishi   masalasi     doimo   olimlar   o‘rtasida   munozara
mavzusi bo‘lib kelgan.    Uning vujudga kelishi va taraqqiyoti to‘g‘risida tarixchi,
jamiyatshunos,   siyosatshunos   olimlar     tomonidan   turli   nazariyalar   ilgari   surilgan.
Ular   orasida   eng   ko‘p   tarqalgan   nazariya     davlatning   vujudga   kelishini   sinfiylik
jihatdan   asoslash   bo‘lgan.   Lekin   uning     noto‘g‘ri   ekanligini   bugungi   kun
tadqiqotlari isbotlamoqda. 
Jamiyatning   ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlanish   jarayonining   asosini   birinchi
navbatda     insonning   ehtiyoji,   uning     o‘z     turmush   tarzini   yaxshilashga   bo‘lgan
intilishi   yotadi.     Davlat   ham   insonlarning   unga   bo‘lgan   ehtiyoji   natijasida
shaklllangan.   O‘z   rivojlanish     jarayonida   turli   taraqqiyot   bosqichlarini   boshdan
kechirib, turli shakllarda namoyon bo‘lgan. Bu   har bir xududning tabiiy, iqtisodiy
va ijtimoiy omillariga bog‘liq holda yuz bergan. 
Insoniyat   tarixining   eng   qadimgi   davrlarida   hayot   zaruriyati   tufayli   to‘da
bo‘lib   yashagan   odamlarda       urug‘   jamoalari   shakllandi.   Urug‘   zamirida   qabila
vujudga   keldi.   Qabilalalar   zamiridan   qabilalari   ittifoqi   shakllangan.   Qabilalar
ittifoqining tashkil topishida ham hayotiy zaruriyat yotgan, bu bir tomondan tashqi
dushmandan   himoyalanish   bo‘lsa,   ikkinchi   tomondan   yashayotgan   xududini
kengaytirish bo‘lgan. Chorvadorlar   chorvalari uchun keng yaylovlarni egallashga
intilsalar,  dehqonlar  unumdor, suvga yaqin  yerlarni egallashga intilganlar.  Xuddi
shu   jarayonda     jamiyatda   boshqaruv   elementlari   –     davlatchilik   elementlarining
vujudga kelgan. Tarixdan ma’lumki, ilk shahar-davlatlar  yirik daryolar bo‘ylarida
shakllangan.     Jumladan, Misr Nil,   Mesopotomiyadagi ilk davlatlar Dajla va Frot
daryolari   bo‘ylarida,   O‘rta   Osiyoda   Amudaryo,   Sirdaryo,   Hindistonda   Ganga,
Xitoyda Xuanxe daryolari bo‘ylarida shakllagan. 
Daryo   bo‘ylarda   dehqonchilik     qilish   uchun   qulay   sharoit   bo‘lgan.
Dehqonchilikning rivojlanishi, mo‘l hosil olinishi, iqtisodiyotning rivojlanishi,  uni
himoyalashni   ham   talab   etgan.     Bu   esa,   aholini   birlashishiga,   birgalikda   qarshi
kurashish   va   himoyalanish     zaruriyatini   tug‘dirgan.   O‘z   navbatida   aholi   orasidan
aholini   birlashtirib,   to‘g‘ri   yo‘lga   sola   oladigan   oqsoqol   ajralib   chiqqan.   U
qandaydir   kuchlar   natijasidan   emas,   balki   o‘z   aqliy   qobiyati,   tadbirkorligi, mahorati   bilan   ajralib   chiqib,   aholini   birlashtira   olgan,     hayotiy   muammolarning
yechimini to‘g‘ri topgan va aholini orqasidan yetaklay olgan. Uning bu qobiliyatini
to‘g‘ri   anglagan   qabiladoshlari,     uni   o‘zlarga   yetakchi-boshqaruvchi   etib
tanlaganlar. 
Chorvachilik   bilan   shug‘ullangan     qabilalarda     ilk   davlatchilik   elementlari
qabilalar   ittifoqida,   ya’ni   konfederatsiyada   namoyon   bo‘lgan.   Bu   to‘g‘risida
“Avesto”   va   boshqa     tarixiy   manbalarda   ma’lumotlarda   saqlanib   qolgan.
Konfederatsiyada   chorvadorlar   birgalikda   chorvalarni,   o‘z   yerlarini   himoya
qilganlar va yangi yaylovlarni egallash imkoniyatiga ega bo‘lganlar. Chorvadorlar
o‘zlarining   mohir   jangavor   qobiliyati,   uyushqoqligi   va   birdamligi   bilan   ajralib
turgan. 
Davlat   boshqaruv   tizimining     shakllanishiga   iqtisodiy   va   ijtimoiy   omillar
ta’sir  ko‘rsatgan.  Birinchi  navbatda   xo‘jalikda  sodir  bo‘lgan  mehnat  taqsimotidir.
Dehqonchilikning   chorvachilikdan   ajralishi   dehqonlar   va   chorvadorlar
yashaydigan   xududlarni   belgiladi.     Ikkinchi   mehnat   tahsimoti   davlat
boshqaruvining markazi –  shaharlarning shakllanishiga zamin yaratdi. 
Hunarmandchilik     mahsulotiga   bo‘lgan   talabning   oshishi   va     ularni   ishlab
chiqarishning   ko‘payishi   bozor,   savdo,   pul   munosabalarining   vujudga   kelishiga
olib   keldi.   Bu   esa,   o‘z   navbatida     davlat   boshqaruvining   tartibga   solinishi   va
murakkablashuviga sabab bo‘ldi. Savdo-sotiq munosabatlari jamoalar o‘rtasida va
boshqa qo‘shni xalqlar bilan amalga oshirilgan.
Qo‘shni qabilalarning hujumlari davlatning harbiy jihatdan yuksalishiga olib
kelgan.   Mudofaa   qobiliyatini   mustahkamlash   uchun     murakkab   tuzilishga   ega
bo‘lgan   mudofaa   devorlari   qurilgan.   Bunday   mudofaa   devorlarga   ega   bo‘lgan
shaharlar   dehqonlarda   ham   chorvadorlarda   ham   bo‘lgan.     Qadimgi   Xorazm
xududidan topilgan Ko‘zaliqir yodgorligi (25 g.) – chorvadorlar tomonidan bunyod
etilgan.   Unga     ko‘plab   bosqinchilik   yurishlari   shimol   tomondan   bo‘lganligi
sababli, shimol tomondagi 4 metr qalinlikdagi   3 qator mudoffa devorlarining ichi
tuproq   bilan   to‘ldirilgan.       Janubiy   O‘zbekiston   xududida   qadimgi
dehqonchilikning ilk markazi Sopollitepa mudofaa devori to‘lg‘ama tuzoq uslubida bunyod etilgan. 
 Misr va Mesopotomiyada mil.avv. IV ming yillikda  shahar-davlatlar tarkib
topgan.   O‘rta   Osiyo   xududida   bronza   davrida   mil.avv.   II   ming   yillikda   sun’iy
sug‘orishga   asoslangan   dehqonchilik   markazlarda   voha-davlatlar   shakllangan.
Buni   ko‘pchilik   tadqiqotchilar   xududiy     davlatlar   tushunchasi   bilan   ham
ishlatadilar.     Xorazm,   Toshkent,   Farg‘ona   vodiysida   ilk   davlatlar   ilk   temir,   ya’ni
mil.avv. I ming yillikning birinchi choragida shakllangan.
O‘rta   Osiyo   xududi   asosan   keng   cho‘l,     voha   va   vodiylardan   iborat.
Xududning bunday tabiiy sharoiti   bu yerda chorvachilikning   keng rivojlanishiga
imkon   berdi.   Mil.avv.   VII-III     asrlarda   ko‘chmanchi   qabilalar   ittifoqi   mavjud
bo‘lgan. Ularni greklar skif  deb, forslar  saklar  deb ataganlar. Ularning siyosiy  va
iqtisodiy hayot tarzi O‘rta Osiyoning dehqonchilik bilan shug‘ullanadigan   aholisi
bilan   chambarchas   bog‘liq   bo‘lgan 1
.       Many   Greek   writers   referred   to   all   the
nomads of Eurasia, including those of   Central Asia, as Scythians; and the Persians
designated all the nomadic tribes of the Eurasian   steppes, including the Scythians,
as the Sakas.
2  masala
Keyingi 25-30 yil ichida So’g’diyona va Baqtriya hududlarida ham   keng
ko’lamda olib borilgan ilmiy qidiruv va izlanishlar tufayli xuddi qadimgi Farg’ona
dagidek   kechagi   chorvador   qabilalarning   bir   qismi   daryo   havzalarida,   tog’   oldi
soylarining o’rta   oqmi va etaklarida hosil bo’lgan   pastqam, suvga yaqin joylarda
dehqonchilik qila boshlaganini kuzatamiz. Masalan, Samarqand So’g’dini oladigan
bo’lsak   bu   o’lkada   qachonlardir   qadimgi   Turon   yurtining   afsonaviy   hukmdori
Afrosiyob   yashagan.   Rivoyatlarga   qaraganda,   Samarqand   shahriga   asos   solgan
pahlavon   ham     xuddi   o’sha   Afrosiyob   edi.   Keyingi   yillarda   mahalliy   matbuotda
Afrasiyob Turon hukmdori ekan, Turon bu Turkiston, Afrosiyob ham turk, degan
qarashlar paydo bo’lmoqda. Bu masala echimi Avestoda o’z aksini topgan.
"Avesto"   kitobida   Amudaryodan   shimolda   joylashgan   qabila   va   elatlar
turlar   deb   ataladi.   Tur   atamasining   asl   mazmuniga   kelsak   u   chorvador,
1
  History of Civilizations of Central AsiaThe crossroads of civilizations:A.D. 250 to 
750 Multiple History Series UNESCO Publishing  Volume III .1996, 25. chorvachilik   bilan   shug’ullanuvchi   qabila   va   elatlarga   nisbat   qilib   berilagn   nom.
O’sha   afsonaviy   Afrosiyob   yashagan   zamonlardan   anchagana   avval   (taxminan
miloddan   avvalgi   II   ming   yillikda,   ya’ni   bundan   3,5-4   ming   yil   burun)
Amudaryodan   shimolda   yashagan   aholining   aksariyat   ko’pchiligi   chorvachilik
bilan   shug’ullangan.   Ayniqsa   markaziy   va   shimoliy   O’rta     Osiyoning   barcha
viloyatlarida   chorvador   qabila   jamoalari   keng   tarqalgan   edi.   Xuddi   ana   shu
viloyatlarda   miloddan   avvalgi   I   ming   yillik   davomida   ona   yurtimizning   qadimgi
dehqonchilik vohalari tarkib topdi. Bu jarayon kechagina daydi hayot  kechirib, o’z
chorvalari   orqasidan   ergashib   yurgan   qabilalarning   bir   qismini   dehqonchilik
qilishga   o’tishi   tufayli   sodir   bo’ldi.   CHunki   O’rta     Osiyoda   poda   boqish   uchun
yaylovlar   torlik   qila   boshladi.   hammaning   ham     chorvachilik   xo’jaligi     bilan
shug’ullanishga imkoniyati qolmadi. hayot uchun kurash aholini yashash manbaini
qidirishga   majbur   etdi.   hayotning   o’zi   aholini   dehqonchilik   uchun   qulay   joylarda
qaror topib tirikchilik qilishga etakladi. Bu jarayon arxeologik materiallar asosida
yaqqol   ko’zga   tashlanadi.   Ana   shu   jarayonning   natijasi   sifatida   So’g’diyona    deb
nomlangan   qadimgi   dehqonchilik   madaniyati   markazi   vujudga   keladi.   Bu   ulkan
tarixiy   jarayon   bilan   bog’liq   holda   miloddan   avvalgi   I   ming   yillik   o’rtalarida   -
bundan taxminan 2,5 ming yillar avval Markaziy So’g’dda Samarqand shahri qad
ko’taradi. qadimgi Samarqand - Afrosiyobda olib borilgan arxeologik qazishmalar
jarayonida  uning eng pastki  qatlamidan qadimgi  CHust  madaniyati  materiallariga
aynan   o’xshash   sopol   parchalari   topildi.   Bu   sopol   parchalari   qadimgi
Samarqandning miloddan avvalgi  VI  asrga oid mudofaa devorlari ostidan topildi.
Yana o’sha davr mudofaa devorining qoldiqlari ochildi. Demak Afrosiyobda unga
berilagn   25   asrlik   yoshdan   avval   ham   aholi   yashagan.   Ular   dehqonchilik   va
hunarmandchilik   bilan   shug’ullanganlar.   Aholi   punktining   atrof   mudofaa   devori
bilan o’rab olingan. 
3  masala
O‘zbekiston     xududida   shakllangan     ilk   davlatlar   -   Qadimgi   Baqtriya
podsholigi va “Katta Xorazm” tarixini o‘rganish XIX asrning oxiri-XX asrning
boshlarida     “Avesto”,   yunon  va   rim   yozma  manbalaridagi   ma’lumotlarni   taxlil etish   orqali   boshlangan.     Hozirgi   Janubiy   O‘zbekiston,   Janubiy   Tojikiston   va
Shimoliy Afg‘oniston hududlariga to‘g‘ri keladi.
Baqtriya davlatchilik tarixi bo‘yicha XIX asr so‘nggida Yevropa tarixchilari
o‘rtasida   munozaralar   boshlangan.   V.   Geyger,   E.   Raysh,   T.   Noldeke,   XX   asr
boshida J. Prasheklar Baqtriya tarixi bilan shug‘ullanib, Ahamoniylar imperiyasiga
qadar   ham   qandaydir   siyosiy   birlashmalar   bo‘lganligi   to‘g‘risida   ma’lumotlar
bergan.   Ular   asosan   quyidagi   antik   davr   tarixchilarining   yozma   manbalariga
tayanganlar.   Bu   voqealarni   Ktesiy   Knidskiy,   Diodor   Pompey   Trog,   Arrian   va
Ksenofondlar
Ktesiy   Knidskiy   "Baqtriya   kuchli   va   qudratli   mamlakat,   VIII   asrdayoq
mustaqil   davlat   bo‘lgan"   deb   ta’riflaydi.   Ktesiy   Knidskiyning   asarlari   o‘rta   asr
tarixchisi Fotiyning asarida ilova tariqasida bizgacha yetib kelgan.
Diodor   o‘z   asarida   Ossuriya   shohi   Ninning   Baqtriyaga   qarshi   jang
tafsilotlarini   yozgan.   Asar   boshida   Ninning   Semiramidaga   uylanish   tafsilotlari
tasvirlangan.   Diodorning   yozishiga   qaraganda   Nin   Baqtriyani   mag‘lub   etish
og‘irligini,   aholisining   ko‘p   sonli   ekanligini   va   jangda   mohirligini,   qal’alarining
ko‘pligini bilgan. Shunga qaramay u ko‘p sonli qo‘shin yig‘adi va birinchi jangda
Baqtriya shohi Oksiartdan tog‘ yo‘ldan tekislikka chiqadigan joyda mag‘lubiyatga
uchraydi. Nin Baqtriya bilan bo‘ladigan yangi jangga tayyorlanadi.
Diodor   Baqtriya   poytaxti   Baqtr   shahrini   quyidagicha   ta’riflaydi,   «...   Baqtr
yirik shaharlardan biri, u go‘zal, egallab bo‘lmas  qal’a». Nin Baqtr  shahrini  uzoq
vaqt   qamal   qiladi.   Shahar   Semiramidaning   ayyorligi   natijasida   ishg‘ol   qilinadi.
Baqtrliklar   mag‘lubiyatga   uchraydi.   Baqtriya   shohi   o‘ldiriladi.   Nin   Baqtriyaning
boyliklarini talaydi.
Ammo,   voqealar   tafsilotlarida,   shohlarni   ta’riflashda   ayrim   chalkashliklar   bor.
Ksenofont   o‘z   asarida   Baqtriya   va   Ossuriya   o‘rtasidagi   urush   Ossuriya   shohi
Kiaksar zamonida bo‘lgan deb yozadi.
Tadqiqotchilar   o‘rtasida   Ossuriya   bilan   O‘rta   Osiyo,   xususan   Baqtriya
oralig‘idagi   uzoq   masofani   hisobga   olib,   yuqoridagi   ma’lumotlarni   tarix
sahifasidan  chiqarib tashlash  kerak,  degan munozaralar   ham  uchraydi. Ma’lumki, bu   masalaga   I.M.   Dyakonov   oydinlik   kiritgan.   Uning   izlanishlari   tufayli   topilgan
Ossuriya ayg‘oqchilarining o‘z shohiga yozgan nomasidagi quyidagi ma’lumotdan
so‘ng antik davr tarixchilari ma’lumotlari o‘z kuchini saqlab qoldi: "... lekin, men
lazuritni   olib   ketganimdan   so‘ng,   mamlakatda   bunga   qarshi   qo‘zg‘olonlar
boshlandi, shundan so‘ng katta harbiy kuch yuborishni iltimos qildim". Ma’lumki,
Yaqin   Sharqda   Baqtriya   lazuritlari   yuqori   baholangan.   Shu   tariqa   tarix   faniga
Qadimgi Baqtriya shohligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar kirib kelgan.
Gerodot   asarlaridan   ham   Baqtriyaning   Qadimgi   Sharq   xalqlari   orasida   o‘z
o‘rni   bo‘lganligini   bilish   mumkin.   Jumladan,   Kirning   harbiy   yurishlari   lozim
bo‘lgan   mamlakatlar   Vaviloniya   va   Misr   qatorida   Baqtriya   va   Saklar   ham   sanab
o‘tiladi.   Baqtriyaliklarning   qurol-aslahalari   va   harbiy   qo‘shinidagi   tartib   ham
Gerodot e’tiboridan chetda qolmagan. U baqtriyaliklar yaratgan moddiy madaniyat
O‘rta   Osiyoda   yashaydigan   boshqa   xalqlarga   o‘rnak   bo‘lganligini   aytib,   ariylar,
xorasmiyaliklar,   so‘g‘diylar,   gandariyaliklar   va   dadiklar   qurol   yasashda
baqtriyaliklarga o‘xshatib yasaganligini misol qilib ko‘rsatadi.
S.P.   Tolstov   Diodorning   Baqtriya   shaharlari,   xususan   Baqtr   shahri
to‘g‘risidagi   ma’lumotlari,   ya’ni   shaharning   arki,   qal’a   devorlarining   shaharni
o‘rab   turganligi   haqidagi   ma’lumoti   asosida   Ahamoniylar   imperiyasiga   qadar
Baqtriyada davlatchilik bo‘lganligini tan oladi.   Keyingi davrlardagi  barcha ilmiy
tadqiqotlarda   Ahamoniylar   bosqiniga   qadar   Qadimgi   Baqtriyada   davlatchilik
bo‘lganligi qayd etilgan.
Shundan   so‘ng,   Baqtriya   hududida   bronza   davriga   oid   Sopolli,   Dashtli,
so‘nggi bronza va ilk temir davriga oid Kuchuktepa, Tillatepa, Qiziltepa, Qadimgi
Baqtriya   madaniyatlari   ochildi.   O‘rganilgan   ushbu   madaniyatlar   asosida   Ye.E.
Kuzmina "Baqtriya uydirma emas, tarixiy haqiqatdir" degan g‘oyani ilgari surdi.
  Sopollitepa   va   Jarqo‘ton   yodgorliklari   Baqtriya   hududida   ilk   davlatchilik
tarixini o‘rganishda asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi.
Qadimgi Baqtriya podsholigi ilk temir davrida shakllangan hududiy davlatlar
konfederatsiyasidan tashkil topgan. Kofirnihon va Vaxsh dehqonchilik o‘lkalarida
bitta hududiy davlatning shakllangan. Qadimgi   Baqtriya   madaniyati   davri   yodgorliklari   Shimoliy   Baqtriyaning
yettita va Janubiy Baqtriyaning to‘rtta dehqonchilik vohalarida joylashgan.
Har bir dehqonchilik voha alohida joylashgan mustaqil iqtisodiy rayon bo‘lib
hisoblanadi. Negaki, har bir voha o‘zining tabiiy yoki sun’iy suv bazasiga ega. Har
bir   dehqonchilik   vohasi     Qadimgi   Baqtriya   podshohligi   tarkibidagi   kichik-kichik
siyosiy   hududlar   bo‘lib   hisoblangan.Har   bir   dehqonchilik   voha   o‘zining   siyosiy
markaziga - bosh shahar yodgorligi va uning atrofida uyushgan qishloqlar tipidagi
yodgorliklarning jamlanganligidir
Yaqinda   xalqaro   turizmga   bag‘ishlab   bo‘lib   o‘tgan   simpoziumda
I.A.Karimov   o‘zbek   davlatchiligi   tarixi   bundan   3,5   –   4   ming   yillik   tarixga   ega
ekanligi ta’qidlangan.
Zarafshon   va   Qashqadaryo   vohalarini   birlashtiruvchi   Qadimgi   So‘g‘d
hududida   ilk   davlatlarning   shakllanish   tarixi   masalasi   juda   kam   o‘rganilgan.
Vaholanki,   u   “Avesta”da   Axuramazda   bunyod   etgan   ikkinchi   mamlakat   sifatida
tilga   olingan:   Gava   so‘g‘diylar   istiqomat   qiladigan   yurt.   Asosiy   daryosi   Dardji.
I.V. Pyankov "Dardji" daryosini hozirgi Darg‘om bilan bog‘laydi.
Boshqa   yozma   ma’lumotlar   asosida   ham   So‘g‘d   davlatchiligi   bo‘yicha   jo‘yali
ma’lumotlarni topishimiz qiyin. Gerodot   ma’lumotlariga   ko‘ra   Ahamoniy lar
imperiyasining XVI satrapligiga Parfiya, Xorazm, Ariylar bilan birga So‘g‘d ham
kirgan.
So‘g‘d davlatchiligi tarixida Afrosiyobning alohida o‘rni bor. U juda ko‘plab
yozma   manbalarda   qayd   etilgan.   Ko‘rsatib   o‘tilgan   ilk   temir   davri   So‘g‘d
shaharlari   voha-davlatlar   markazlari   rolini   bajargan   bo‘lsa,   Afrosiyob   yodgorligi
ham   o‘zining   ilk   davrida   voha-davlat,   so‘ng   esa   butun   So‘g‘d   mamlakatining
poytaxti vazifasini bajargan.
Markaziy   So‘g‘d   hududlarida   ilk   shahar   va   davlatchilikning   paydo   bo‘lishida
Ko‘ktepa   yodgorligi   alohida   o‘rin   tutadi 2
.   U   Qadimgi   Sharq   ilk   shaharlariga
monand   ark   va   shahar   qismlardan   iborat.   Uni   boshqarishda   zardushtiy
otashparastlarining   o‘rni   katta   bo‘lgan.   Bu   shahar   o‘z   atroflaridagi   hududlarning
2
 Исамиддинов М.Х. Истоки городской культуры ... С.127. nafaqat madaniy, balki siyosiy markazi ham hisoblangan
Bronza   davrida   So‘g‘d   hududida   yashagan   jamoalar   jamiyat   taraqqiyotining
qishloq   jamoasi   darajasida   bo‘lgan   bo‘lsa,   ilk   temir   davriga   kelib   (Sangirtepa,
Yerqo‘rg‘on,   Ko‘ktepa,   Afrosiyob   yodgorliklari   misolida)   So‘g‘d   hududida   ilk
davlatchilikning voha tipidagi shahar-davlatlar bosqichlari tarkib topgan.
4  masala
  Xorazm   davlatchiligi   tarixi   olimlar   o‘rtasida   qizg‘in   munozaralar   mavjud.
Bu baxslar asosida fanda «Qadimgi Xorazm» va «Katta Xorazm» iboralari paydo
bo‘ldi. 
Ma’lumki,   Gerodot   o‘zining   "Tarix"   kitobining   uchinchi   qismida   Ak(es)
daryosi   va   bu   daryoga   qurilgan   to‘g‘on   to‘g‘risida   ma’lumot   beradi.   Bu
ma’lumotga   ko‘ra   Akes   daryosi   Girkaniya,   Parfiya,   Tamaniya,   Drangiana   va
Xorasmiyaliklar chegarasida joylashgan.
Juda   ko‘plab   tadqiqotchilar   Akes   daryosini   hozirgi   Turkmaniston
hududidagi   Tejen   daryosi   bilan   qiyoslaydilar.   S.P.   Tolstov   esa   Akes   daryosini
hozirgi Xorazm hududida bo‘lgan deb hisoblaydi.
Gerodotning   shu   xabari   asosida   nemis   orientalist   olimi   I.   Markvart   «Katta
Xorazm»   davlati   g‘oyasini   ishlab   chiqqan.   Uning   g‘oyasiga   ko‘ra,   ariylarni,
marg‘iyonaliklarni   hamda   Gerodot   ta’riflagan   Akes   daryosi   bilan   chegaradosh
mamlakatlarni   xorasmiyaliklar   boshqargan.   Bu   siyosiy   birlashma   O‘rta   Osiyo
xalqlari Ahamoniylar imperiyasi tarkibiga kirgandan so‘ng yemirilib ketgan, degan
fikr I. Markvart g‘oyasining asosini tashkil etadi. I. Markvartning «Katta Xorazm»
davlati g‘oyasi Gerodot asarida tilga olingan, O‘rta Osiyoda joylashgan tarixiy va
geografik   terminlarni   lokalizatsiya   qilish   natijasida   tug‘ilgan 3
.   Ikkinchi   jahon
urushidan keyin bu g‘oya Sovet tarixchilari uchun manba bo‘lib xizmat qildi 4
.
M.M.   Dyakonov   esa   "Akes   daryosidan   xorasmiyaliklar,   parfiyaliklar,
girkanlar,   ariylar   va   boshqa   qo‘shni   viloyatlar   birga   foydalanganligi   qandaydir
3
  Markwart J. Wehrot und Arang. - Leiden, 1938, - Р.10-12.
4
 Толстов С.П. Древний Хорезм. - М.: 1948; Дьяконов И.М. Истории Мидии. - М.: Л., 1956; Дьяконов М.М. 
Очерк истории Древнего Ирана. - М.: 1961; Массон В.М. Древнеземледельческая культура Маргианы. МИА,
1959 . - № 73; Хлопин И.Н. Историческая география южных областей Средней Азии. Ашхабад, 1983. qabilalar   ittifoqi   yoki   ilk   davlatlar   birlashmasi   to‘g‘risidagi   fikrni   beradi"   degan
g‘oyani ilgari surgan 5
.
V.V. Struve esa Xorazm davlatchiligi to‘g‘risida shunday yozadi: «...yozma
manbalar bo‘yicha gapiradigan bo‘lsak, mil.av. VI asrda O‘rta Osiyoda eng kamida
ikkita   siyosiy   birlashma,   yana   ham   aniqrog‘i,   davlatlar   bo‘lgan.   Bular
Amudaryoning   quyi   oqimidagi   Xorazm,   yuqori   oqimidagi   Baqtriya   davlatlaridir.
Ularning madaniy va siyosiy ta’sir doirasi ancha keng bo‘lgan. Xorazm Kopetdog‘
etaklari   va   Tejen   o‘lkasini,   mumkinki   So‘g‘diyonani   ham   birlashtirgan   bo‘lsa,
Baqtriya o‘z hududidan tashqari Murg‘ob o‘lkalarini ham o‘z ichiga olgan» 6
.
Arxeologlar I. Markvart g‘oyasiga tanqidiy ko‘z bilan qaraydilar. Jumladan,
V.M.   Massonning   fikricha   "...   arxeologlar   shu   kungacha   Xorazm   hududida
joylashgan   VIII-VII   asrlarga,   hech   bo‘lmasa   VI   asrga   oid   yirik   yodgorlikni
bilishmaydi.   Bu   shunday   xulosani   beradiki,   Ahamoniylar   davrigacha   Xorazmda
yirik   davlat   birlashmasi   bo‘lganligi   arxeologik   jihatdan   isbotlanmaydi.   Olib
borilgan   uzoq   va   keng   arxeologik   dala   tadqiqotlari   Xorazmda   bunday   davlat
bo‘lganligi to‘g‘risidagi g‘oyani kun tartibidan hozircha chiqaradi" 7
. 
I. Markvart  g‘oyalarining arxeologik jihatdan tasdiqlanmayotganini  ko‘rgan
V.B.   Xenning   va   I.   Gershevichlar     fikrini   bir   oz   o‘zgartirgan   holda   qo‘llab-
quvvatlaydilar.   V.B.   Xe n ning     I.   Markvart   kabi   ariylarining   vatani   Aryanem-
Vaydjoni   Xorazm   bilan   bog‘laydi.   Aryanem-Vaydjoni   keng   hududda   ko‘rishni
istaydi  hamda Tejen va Murg‘obni  ham  Xorazm  hududiga kiritadi. «Avesta»ning
vatani Xorazm emas, balki Tejen va Murg‘obdir deb ta’riflaydi.
I.   Gershevich   esa   Ahamoniylargacha   bo‘lgan   «Katta   Xorazm»   siyosiy
uyushmasini Xorazm hududida emas, balki Tejen va Murg‘obdadir deb ataydi 8
. U
Tejen   va   Murg‘obdagi   o‘troq,   rivojlangan   dehqonchilik   madaniyatining
Xorazmdan ancha qadimiyligini o‘z nazariyasining asosi qilib oladi.
5
 Дьяконов М.М. Очерк истории Древнего Ирана. - М.: 1961. - С. 64.
6
 Струве В.В. Древний Иран и Средная Азия    / /  Всемирная история .   Т. 1. - М.: 1955. - С. 590.
7
 Массон В.М. Древнеземледельческая культура Маргианы ... - С. 127.
8
  Gershevitch I. The Avestan Hymn to Mithra. – Cambridge, 1959. - Р.298-299. I.N. Xlopin ham Katta Xorazm davlatining bo‘lganligiga shubha bilan qarab,
tarixiy   va   arxeologik   manbalarni   qayta   ko‘rib   chiqdi 9
.   Manbalarga   Gekatey
ma’lumotlarini   ham   qo‘shdi 10
.   Ma’lumki,   Gekatey   ma’lumotlariga   ko‘ra,
xorazmliklar   parfiyaliklardan   sharqda   istiqomat   qilishgan.   Shundan   kelib   chiqib,
xorazmliklarning   ajdodlari   qachonlardir   Tejen   va   Murg‘obda   yashagan,   keyin
shimolga Qoraqum orqali Amudaryo bo‘ylarini o‘zlashtirgan deb o‘ylash mumkin.
Xorazmliklarning   Tejen   va   Murg‘obda   yashashi   va   ko‘chishi   voqeasi   Gekatey
asarida,   Akes   daryosi   Gerodot   asarlarida   ifodalangan.   Lekin,   bu   arxeologik
jihatdan isbotlanmaydi, ya’ni ularning ajdodlari Tejen va Murg‘obda yashaganligi
va   shimolga   ko‘chganligini   arxeologiya   inkor   qiladi 11
,   degan   xato   fikrga   keladi.
Fikrimizcha   I.N.   Xlopin   yozma   manbalardan   yaxshi   foydalangan   va   ularda
ifodalangan tarixiy voqealarni jonlantirib, geografik nomlarni to‘g‘ri joylashtiradi.
Ammo,   Qadimgi   Xorazmliklarning   shimolga   ko‘chganligini   arxeologiya   inkor
qiladi   deb   xato   xulosa   qiladi,   negaki,   mil.av.   VI   asrda   Amudaryo   deltasida
Ko‘zaliqir, Qal’aliqir kabi yodgorliklarning paydo bo‘lishi buni isbotlaydi.
V.A.   Livshis   "Istoriya   tadjikskogo   naroda"   asariga   yozgan   bobida   «Katta
Xorazm»   davlati   g‘oyasi   to‘g‘risida   o‘z   fikrini   ifodalagan.   U   ham   Gerodotning
Akes   daryosi   to‘g‘risidagi   ma’lumotini   Tejen-Gerirud   deb   qabul   qiladi.
Xorazmliklar   mil.av.   VII-VI   asrlarda   keng   hududni   egallagan   va   hozirgi
Xorazmdan ancha keng joylarni nazorat qilgan degan fikrda asos bor. Gekateyning
Xorazmliklar   Parfiyadan   sharqda   joylashgan   degan   ma’lumotini   Xorazmliklar
o‘sha   yerda   ham   gegemonlik   qilgan   deb   tushunmoq   lozim.   Ahamoniylargacha
bo‘lgan   "Katta   Xorazm"da   qabilalarning   harbiy-demokratik   konfederatsiyasi
bo‘lgan,   davlat   birlashmalari   paydo   bo‘layotgan   davr   deb   baho   beradi.   Marv   va
Xirot   bu   konfederatsiyaning   asosiy   markazlari   bo‘lgan.   Xorasmiyaliklar
boshchiligidagi   konfederatsiyaning   Ahamoniylar   davrigacha   bo‘lgan   O‘rta
Osiyoning siyosiy tarixida o‘rni katta bo‘lgan 12
. 
9
 Хлопин И.Н. Историческая география южных областей Средней Азии. - Ашхабад, 1983.
10
 Пьянков И.В. Сведения Ктесия о владениях Бардии на востоке Ирана // ВДИ. - М.: 1961 №4. - С. 100.
11
 Хлопин И.Н. Историческая география ... – С. 32-44.
12
  Лившиц В.А. Древнейшие государственные образования // ИТН. – Душанбе, 1963. - С. 152-153. O‘rta   Osiyo   xalqlari   tarixi   bo‘yicha   eng   qadimgi   yozma   manba   bo‘lgan
"Avesta"da   Axuramazda  barpo  qilgan  mamlakatlar  qatorida,  ya’ni   Mauru,  Baxdi,
Nisayya mamlakatlaridan so‘ng Xaroyu (Xorazm) ham tilga olinadi 13
.
Demak,   yozma   manbalarning   tahlili   Ahamoniylar   imperiyasiga   qadar
Qadimgi   Xorazm   davlatchiligi   bo‘lganligini   tasdiqlaydi.   Eslatib   o‘tganimizdek,
ko‘plab tarixchilar ham shu fikrga kelishgan.
Mil.av.   VIII-VII   asrlarda   Qadimgi   Xorazm   vohasida   Amirobod     va   Quyisoy
madaniyatlari   tarqalgan.   Bu   madaniyatlar   moddiy   manbalarida   ham   rivojlangan
janubiy  viloyatlarning  ta’siri   sezilarli  darajada  kuzatilgan.   Mil.avv.  VIII     asrlarda
Markaziy   Osiyo   xududlarida     ko‘chmanchi   qabilalar   ittifoqi   mavjud   bo‘lgan.
Bunday   jarayon   Janubiy   Rossiya   cho‘l   xududlarida   ham   davom   etgan.   Ularda
davlatchilik   elementlari   mavjudligini   asoslovchi   dalillar   mavjud.   Bu   asosan
Tegesken   va   Uygarak   mozor-qo‘rg‘onlaridagi   topilmalar   aholi   o‘rtasida
tabaqalanish mavjud bo‘lganligini isbotlaydi 14
.  
Xorazm   vohasi   misolida   qadimgi   davlatlarning   paydo   bo‘lishida
irrigatsiyaning   o‘rni   mavzusidagi   B.V.   Andrianovning   izlanishlari   diqqatga
sazovor 15
.   Uning   asosiy   g‘oyasi   Xorazmdagi   sug‘orish   inshootlarining   eng
gullagan   davri,   bu   yerda   davlatchilikning   siyosiy   markazlashgan   davriga   to‘g‘ri
keladi.   Bu   kanallarni   qazish,   tozalash   ishlarida   ko‘plab   qullar   mehnatidan
foydalanilgan,   mehnat   taqsimotining   paydo   bo‘lishi   bilan   birga   quldorchilikka
asoslangan ishlab chiqarish shakli paydo bo‘lgan degan fikrga kelganligidir 16
. 
Moskva   Etnografiya   institutining   Xorazm   arxeologik   ekspeditsiyasi   Orol,
Sirdaryo   va   Amudaryoning   quyi   qismida,   qadimgi   quruq   o‘zanlar   bo‘ylarida
arxeologik   izlanishlar   olib   borib   Tagisken,   Uygurak,   Chirikrabod,   Quyisoy,
Ko‘zaliqir   yodgorliklarida   ilk   ko‘chmanchi   sak   qabilalarining   hayotiga   oid
13
 «Авеста». Видевдат. V, 8.
14
  History of Civilizations of Central AsiaThe crossroads of civilizations:A.D. 250 to 750 Multiple History Series UNESCO 
Publishing Volume III .1996, 28
15
 Андрианов Б.В. Роль ирригации в становлении древних государств (На примере Средней Азии) // От 
доклассовых обществ к раннеклассовым. - М.: Наука, 1987.
16
 Андрианов Б.В. Роль ирригации в становлении древних государств ... – С. 75-78. manbalarni   o‘rgandilar 17
.   Tagisken     va   Uygurak   yodgorliklari   moddiy
madaniyatida Qozog‘iston hududlari uchun xarakterli bo‘lgan Sak qabilalariga xos
manbalar o‘rganilgan 18
. 
Mil.av.   VII-VI   asrlarda   Xorazm   hududida   tarqalgan   Quyisoy     madaniyati
etnik   jarayonlarning   shakllanishi   borasida   tarix   fani   uchun   yangi   ma’lumotlar
berdi 19
.   B.I.   Vaynbergning   fikriga   qaraganda   quyisoyliklar   Eron   tilli   chorvador
qabilalar   bo‘lib,   mil.av.   VII   asrda   Eronning   shimoliy   chegaralarida   yashagan   va
so‘ngroq  Xorazmga  ko‘chgan 20
.         M.A.  Itina bu  fikrga  qarshi  chiqib,  janubning
ta’sirini   inkor   qilmagan   holda,   Quyisoy     madaniyati   mahalliy   xalq   madaniyatiga
tegishli, degan g‘oyani ilgari suradi 21
.
 akademik A.A. Asqarovning Qadimgi Xorazm tarixiga bag‘ishlangan, fanda
mavjud   bo‘lgan   «Qadimgi   Xorazm»   va   «Katta   Xorazm»   muammolariga
bag‘ishlangan   maqolasi   e’lon   qilindi 22
.   Maqolada   mavjud   yozma   va   arxeologik
manbalar asosida Xorazm tarixining muammoli masalalari bo‘yicha tarixchilar va
arxeologlar o‘rtasidagi davom etib kelayotgan munozaralarga oydinlik kiritildi deb
hisoblaymiz.   Skilak   -   Gekatey   -   Gerodot,   «Avesta»   ma’lumotlari   asosida
xorasmiyaliklar   Baqtriyadan   janubda,   Areyadan   sharqda,   Gerirud   va   Xilmend
daryolarining   yuqori   havzasida,   ya’ni   hozirgi   Xirot   vodiysida   yashaganligini
ishonchli manbalar asosida isbotlab berildi. Ahamoniy shohlarining Xelmend tog‘
daralariga   to‘g‘onlar   qurganligi,   suv   evaziga   katta   bojlar   talab   qilganligi,   bu
tayziqlardan   qiynalgan   xorasmiylarning   Xirot   vodiysidan   hozirgi   Xorazm
hududiga - massagetlar yurtiga ko‘chishi yozma manbalar asosida, u yerda yuqori
rivojlangan   dehqonchilik   madaniyatiga,   Qo‘zaliqir,   Qalaliqir   kabi   ilk   shaharlar,
qal’alarga asos solinganligi arxeologik manbalar asosida yoritildi.
17
  Итина М.А. Хорезмская экспедиция - основные итоги и перспективы исследований // Культура и 
искусство древнего Хорезма. - М.: 1981. - С. 9.
18
 Яблонский Л.Т. Саки Южного Приаралья (археология и антропология могильников). - М.: 1996
19
 Вайнберг Б.И. Памятники Куюсайской культуры // Кочевники на границах Хорезма. ТХАЭЭ. Т.   IX. - М.: 
1979; Воробьева М.Г. Проблема «Большого Хорезма» и археология //   Этнография и археология Средней 
Азии. - М.: 1979. - С. 38-42.
20
 Вайнберг Б.И. Скотоводческие племена в древнем Хорезме  //  Культура и искуство древнего Хорезма. - М.:
1981. - С. 128; Вайнберг Б.И. Памятники скотоводческих племен в левобережном Хорезме // Археология 
СССР. Степи Азиатской части СССР в скифо-сарматское время. - М.: 1992. - С. 117.
21
 Итина М.А. Охранные археологические работы в Хорезме: итоги и перспективы //  СЭ.  -  №1. - С. 53.
22
 Асқаров А.А. Қадимги Хоразм тарихига доир ... – Б. 76-84. Ilk Xorazm davlati mil avv. 7-6 asrlar oralig‘ida shaklalngan. Bu davrga oid
Ko‘zaliqir   va Xumbuztepa  yodgorliklari   topib o‘rganilgan.  Bu  Xorazm  tarixining
arxaik davri yoki ko‘zaliqir bosqichi tushunchasi bilan ishlatiladi. 
Xorazmda ilk davlat katta xududda emas, balki ma’lum sug‘orish sistemalari
mavjud   xududlarda   shakllangan.   Xorazmda   ham   ilk   davlat   masalalari     Ko‘zaliqir
yodgorligi joylashgan xududda shakllangan bo‘lishi mumkin. Balki ular bir necha
bo‘lgandir. Lekin Gekatey Xoraziylarda faqat Xorasmiya shahri bo‘lganligi yozib
qoldirilgan.   Arxeolog   olimlarning   tadqiqotlarda   Xorazmning   davlatining   janubiy
chegarasi   aniqlangan.   Bu   o‘rta   Amudaryo   bo‘yidan,   Chorjuy   yaqinidan   topilgan
Odaytepa   va   Qo‘shqal’a   yodgorliklardir.   Ular   bir-biriga   yaqin   joylashgan   bo‘lsa-
da, ikki xil madaniyat izlari topilgan.   Adabiyotlar ro‘yxati:
1. История горсударственности Узбекстана. Том 1. –Т., 2008  11-18-
стр.
2. Асқаров   А.  Ўзбек   давлатчилигининг   илк   босқичларида   қадимги
Фарғона.”Фарғона, кеча, бугун ва келажакда”.-Фарғона, 2003 40-
48-betlar
3. Хорезм   в   истории   государственности   Узбекистана.Т.,   2013.   1 0-
40-betlar
4. Анорбоев А. Ўзбекистонда илк давлатчилик ва унинг ўрганилиш
тарихидаги баъзи бир муаммолар // O’zbekiston tarixi. 2004. № 4,
24-28 б.   
5.   History   of   Civilizations   of   Central   AsiaThe   crossroads   of
civilizations:A.D.   250   to   750 Multiple   History   Series UNESCO
Publishing Volume III .1996  20-34-pages

O'zbekistonning eng qadimgi davlatlari: Qadimgi Xorazm va Baqtriya davlatlari Reja: 1. Ilk davlatchilikning shakllanish omillari 2. Qadimgi Baqtriya va So’g’diyonada ibtidoiy jamoalarining izlari. 3. Qadimgi Baqtriya xududida davlatchilikning shakllanishi va uning o‘rganilishi 4. “Katta Xorazm” va Qadimgi Xorazm davlati tarixining o‘rganilishi

Davlatning tashkil topishi masalasi doimo olimlar o‘rtasida munozara mavzusi bo‘lib kelgan. Uning vujudga kelishi va taraqqiyoti to‘g‘risida tarixchi, jamiyatshunos, siyosatshunos olimlar tomonidan turli nazariyalar ilgari surilgan. Ular orasida eng ko‘p tarqalgan nazariya davlatning vujudga kelishini sinfiylik jihatdan asoslash bo‘lgan. Lekin uning noto‘g‘ri ekanligini bugungi kun tadqiqotlari isbotlamoqda. Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonining asosini birinchi navbatda insonning ehtiyoji, uning o‘z turmush tarzini yaxshilashga bo‘lgan intilishi yotadi. Davlat ham insonlarning unga bo‘lgan ehtiyoji natijasida shaklllangan. O‘z rivojlanish jarayonida turli taraqqiyot bosqichlarini boshdan kechirib, turli shakllarda namoyon bo‘lgan. Bu har bir xududning tabiiy, iqtisodiy va ijtimoiy omillariga bog‘liq holda yuz bergan. Insoniyat tarixining eng qadimgi davrlarida hayot zaruriyati tufayli to‘da bo‘lib yashagan odamlarda urug‘ jamoalari shakllandi. Urug‘ zamirida qabila vujudga keldi. Qabilalalar zamiridan qabilalari ittifoqi shakllangan. Qabilalar ittifoqining tashkil topishida ham hayotiy zaruriyat yotgan, bu bir tomondan tashqi dushmandan himoyalanish bo‘lsa, ikkinchi tomondan yashayotgan xududini kengaytirish bo‘lgan. Chorvadorlar chorvalari uchun keng yaylovlarni egallashga intilsalar, dehqonlar unumdor, suvga yaqin yerlarni egallashga intilganlar. Xuddi shu jarayonda jamiyatda boshqaruv elementlari – davlatchilik elementlarining vujudga kelgan. Tarixdan ma’lumki, ilk shahar-davlatlar yirik daryolar bo‘ylarida shakllangan. Jumladan, Misr Nil, Mesopotomiyadagi ilk davlatlar Dajla va Frot daryolari bo‘ylarida, O‘rta Osiyoda Amudaryo, Sirdaryo, Hindistonda Ganga, Xitoyda Xuanxe daryolari bo‘ylarida shakllagan. Daryo bo‘ylarda dehqonchilik qilish uchun qulay sharoit bo‘lgan. Dehqonchilikning rivojlanishi, mo‘l hosil olinishi, iqtisodiyotning rivojlanishi, uni himoyalashni ham talab etgan. Bu esa, aholini birlashishiga, birgalikda qarshi kurashish va himoyalanish zaruriyatini tug‘dirgan. O‘z navbatida aholi orasidan aholini birlashtirib, to‘g‘ri yo‘lga sola oladigan oqsoqol ajralib chiqqan. U qandaydir kuchlar natijasidan emas, balki o‘z aqliy qobiyati, tadbirkorligi,

mahorati bilan ajralib chiqib, aholini birlashtira olgan, hayotiy muammolarning yechimini to‘g‘ri topgan va aholini orqasidan yetaklay olgan. Uning bu qobiliyatini to‘g‘ri anglagan qabiladoshlari, uni o‘zlarga yetakchi-boshqaruvchi etib tanlaganlar. Chorvachilik bilan shug‘ullangan qabilalarda ilk davlatchilik elementlari qabilalar ittifoqida, ya’ni konfederatsiyada namoyon bo‘lgan. Bu to‘g‘risida “Avesto” va boshqa tarixiy manbalarda ma’lumotlarda saqlanib qolgan. Konfederatsiyada chorvadorlar birgalikda chorvalarni, o‘z yerlarini himoya qilganlar va yangi yaylovlarni egallash imkoniyatiga ega bo‘lganlar. Chorvadorlar o‘zlarining mohir jangavor qobiliyati, uyushqoqligi va birdamligi bilan ajralib turgan. Davlat boshqaruv tizimining shakllanishiga iqtisodiy va ijtimoiy omillar ta’sir ko‘rsatgan. Birinchi navbatda xo‘jalikda sodir bo‘lgan mehnat taqsimotidir. Dehqonchilikning chorvachilikdan ajralishi dehqonlar va chorvadorlar yashaydigan xududlarni belgiladi. Ikkinchi mehnat tahsimoti davlat boshqaruvining markazi – shaharlarning shakllanishiga zamin yaratdi. Hunarmandchilik mahsulotiga bo‘lgan talabning oshishi va ularni ishlab chiqarishning ko‘payishi bozor, savdo, pul munosabalarining vujudga kelishiga olib keldi. Bu esa, o‘z navbatida davlat boshqaruvining tartibga solinishi va murakkablashuviga sabab bo‘ldi. Savdo-sotiq munosabatlari jamoalar o‘rtasida va boshqa qo‘shni xalqlar bilan amalga oshirilgan. Qo‘shni qabilalarning hujumlari davlatning harbiy jihatdan yuksalishiga olib kelgan. Mudofaa qobiliyatini mustahkamlash uchun murakkab tuzilishga ega bo‘lgan mudofaa devorlari qurilgan. Bunday mudofaa devorlarga ega bo‘lgan shaharlar dehqonlarda ham chorvadorlarda ham bo‘lgan. Qadimgi Xorazm xududidan topilgan Ko‘zaliqir yodgorligi (25 g.) – chorvadorlar tomonidan bunyod etilgan. Unga ko‘plab bosqinchilik yurishlari shimol tomondan bo‘lganligi sababli, shimol tomondagi 4 metr qalinlikdagi 3 qator mudoffa devorlarining ichi tuproq bilan to‘ldirilgan. Janubiy O‘zbekiston xududida qadimgi dehqonchilikning ilk markazi Sopollitepa mudofaa devori to‘lg‘ama tuzoq uslubida

bunyod etilgan. Misr va Mesopotomiyada mil.avv. IV ming yillikda shahar-davlatlar tarkib topgan. O‘rta Osiyo xududida bronza davrida mil.avv. II ming yillikda sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik markazlarda voha-davlatlar shakllangan. Buni ko‘pchilik tadqiqotchilar xududiy davlatlar tushunchasi bilan ham ishlatadilar. Xorazm, Toshkent, Farg‘ona vodiysida ilk davlatlar ilk temir, ya’ni mil.avv. I ming yillikning birinchi choragida shakllangan. O‘rta Osiyo xududi asosan keng cho‘l, voha va vodiylardan iborat. Xududning bunday tabiiy sharoiti bu yerda chorvachilikning keng rivojlanishiga imkon berdi. Mil.avv. VII-III asrlarda ko‘chmanchi qabilalar ittifoqi mavjud bo‘lgan. Ularni greklar skif deb, forslar saklar deb ataganlar. Ularning siyosiy va iqtisodiy hayot tarzi O‘rta Osiyoning dehqonchilik bilan shug‘ullanadigan aholisi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan 1 . Many Greek writers referred to all the nomads of Eurasia, including those of Central Asia, as Scythians; and the Persians designated all the nomadic tribes of the Eurasian steppes, including the Scythians, as the Sakas. 2 masala Keyingi 25-30 yil ichida So’g’diyona va Baqtriya hududlarida ham keng ko’lamda olib borilgan ilmiy qidiruv va izlanishlar tufayli xuddi qadimgi Farg’ona dagidek kechagi chorvador qabilalarning bir qismi daryo havzalarida, tog’ oldi soylarining o’rta oqmi va etaklarida hosil bo’lgan pastqam, suvga yaqin joylarda dehqonchilik qila boshlaganini kuzatamiz. Masalan, Samarqand So’g’dini oladigan bo’lsak bu o’lkada qachonlardir qadimgi Turon yurtining afsonaviy hukmdori Afrosiyob yashagan. Rivoyatlarga qaraganda, Samarqand shahriga asos solgan pahlavon ham xuddi o’sha Afrosiyob edi. Keyingi yillarda mahalliy matbuotda Afrasiyob Turon hukmdori ekan, Turon bu Turkiston, Afrosiyob ham turk, degan qarashlar paydo bo’lmoqda. Bu masala echimi Avestoda o’z aksini topgan. "Avesto" kitobida Amudaryodan shimolda joylashgan qabila va elatlar turlar deb ataladi. Tur atamasining asl mazmuniga kelsak u chorvador, 1 History of Civilizations of Central AsiaThe crossroads of civilizations:A.D. 250 to 750 Multiple History Series UNESCO Publishing Volume III .1996, 25.

chorvachilik bilan shug’ullanuvchi qabila va elatlarga nisbat qilib berilagn nom. O’sha afsonaviy Afrosiyob yashagan zamonlardan anchagana avval (taxminan miloddan avvalgi II ming yillikda, ya’ni bundan 3,5-4 ming yil burun) Amudaryodan shimolda yashagan aholining aksariyat ko’pchiligi chorvachilik bilan shug’ullangan. Ayniqsa markaziy va shimoliy O’rta Osiyoning barcha viloyatlarida chorvador qabila jamoalari keng tarqalgan edi. Xuddi ana shu viloyatlarda miloddan avvalgi I ming yillik davomida ona yurtimizning qadimgi dehqonchilik vohalari tarkib topdi. Bu jarayon kechagina daydi hayot kechirib, o’z chorvalari orqasidan ergashib yurgan qabilalarning bir qismini dehqonchilik qilishga o’tishi tufayli sodir bo’ldi. CHunki O’rta Osiyoda poda boqish uchun yaylovlar torlik qila boshladi. hammaning ham chorvachilik xo’jaligi bilan shug’ullanishga imkoniyati qolmadi. hayot uchun kurash aholini yashash manbaini qidirishga majbur etdi. hayotning o’zi aholini dehqonchilik uchun qulay joylarda qaror topib tirikchilik qilishga etakladi. Bu jarayon arxeologik materiallar asosida yaqqol ko’zga tashlanadi. Ana shu jarayonning natijasi sifatida So’g’diyona deb nomlangan qadimgi dehqonchilik madaniyati markazi vujudga keladi. Bu ulkan tarixiy jarayon bilan bog’liq holda miloddan avvalgi I ming yillik o’rtalarida - bundan taxminan 2,5 ming yillar avval Markaziy So’g’dda Samarqand shahri qad ko’taradi. qadimgi Samarqand - Afrosiyobda olib borilgan arxeologik qazishmalar jarayonida uning eng pastki qatlamidan qadimgi CHust madaniyati materiallariga aynan o’xshash sopol parchalari topildi. Bu sopol parchalari qadimgi Samarqandning miloddan avvalgi VI asrga oid mudofaa devorlari ostidan topildi. Yana o’sha davr mudofaa devorining qoldiqlari ochildi. Demak Afrosiyobda unga berilagn 25 asrlik yoshdan avval ham aholi yashagan. Ular dehqonchilik va hunarmandchilik bilan shug’ullanganlar. Aholi punktining atrof mudofaa devori bilan o’rab olingan. 3 masala O‘zbekiston xududida shakllangan ilk davlatlar - Qadimgi Baqtriya podsholigi va “Katta Xorazm” tarixini o‘rganish XIX asrning oxiri-XX asrning boshlarida “Avesto”, yunon va rim yozma manbalaridagi ma’lumotlarni taxlil