Qadimgi Xorazm davlati
Qadimgi Xorazm davlati 1. Qadimgi Xorazm davlati tarixining o‘rganilishi. 2. Qadimgi Xorazmning ijtimoiy –iqtisodiy hayoti . 3. Qadimgi Xorazm yozuvi 1
Qadimgi Xorazmning mil avv 6-5 asrlardagi tarixi arxeologik va yozma manbalar asosida o‘rganilgan. Qadimgi Xorazm to‘g‘risidagi ma’lumotlar Avestoda, Behustun, Persopol yodgorliklarida, qadimgi yunon avtorlaridan-Geradot, Arrian, Kvinsiy Ruf asarlarida saqlanib qolgan. Qadimgi Xorazm davlati tarixini arxeologik jihatdan o‘rganish XX asrning 30 yillaridan boshlangan. Bunda Xorazm arxeologik-etnografik ekspeditsiyasining o‘rni kattadir. Xorazm tarixini o‘rganishda S.P.Tolstov, M.G.Vorobva, B. Andrianov, O.Vishnevskayalar katta hissa qo‘shganlar. Bugungi kunda esa, Ya.Yagodin, M.Mambetullaev, G‘.Xodjaniyozov,S.Bolelov, S.Baratovlarning xizmatlari katta bo‘lmoqda. Qadimgi Xorazm davlati tarixini yoritishda XX asr oxiri XX I asr boshlari alohida ahamiyat kasb etadi. Xuddi shu davrda Xorazm davlati tarixiga oid bir qator yangiliklar qo‘lga kiritildi. Mil.avv. 4 asrdan 2 asrning oxirgi choragigacha Xorazm davlatida tangalar zarb qilinmagan. Shuning uchun ham fanda Xorazm hukmdorlari nomlari Farasman, Frataferndan boshqa nomlari saklanib qolmagan. Mil.avv. 2 asrning oxirgi choragidan Xorazmda Yevratid tetradraxmalariga taqlid qilib zarb qilina boshlanadi. Unda o‘ziga xos tamg‘a bo‘lgan. Bu esa, Xorazmda dinastiya o‘zgarishi sodir bo‘lganligi anglatadi. Tangalarning zarb etilishi bu davrda Xorazmda yangi iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishlar boshlanganligini ham anglatadi. Nima uchun bunday tangalar zarb etilgani no’malum. Lekin yunon-baktriya tangalariga o‘xshash tangalarni ko‘chmanchi qabilalar zarb etishgan. Ular yunon baqtriya davlatini ular bosib olgach, Baqtriyada Demetriy, Yevratid, Geoliokl tangalariga xos, Sug‘dda ham Yevratid tangalariga o‘xshash tangalar zarb etilgan. Bunday tangalarning topishi Xorazmning buyuk ipak yo‘li orqali savdo orqali kelgan bo‘lishi mumkin. Tangalarning savdolarni rivojlantirishdagi ahamiyatini bilgan holda Xorazmda yangi sulola tangalar 2
zarb qildirgan. Bu tangalarning bir tomonida otliq suvoriy aks ettirilgan. Ikkinchi tomonida esa, podsho bosh qismi tasvirlangan. S.P.Tolstov fikricha, bu Beruniy tomonidan yozib qoldirilgan Xorazmliklar sulolasi asoschisi Siyovush deb talqin qiladi. Mil.avv. 12 asrda bo‘lgan. va Xorazm Kanxa davlatining markazi bo‘lgan degan fikrni bergan. Lekin keiyngi davrlarda olib borgan tadqiqotlar V.I.Vaynberg ularni yuejilar degan xulosa beradi. Xuddi shu davrda Sug‘dni ham yuechjilarning egallagan edilar. Tangalarda yozuv oromiy asosga ega bo‘lgan qadimgi Xorazm yozuvida yozilgan. Ulardan birida Artav shoh nomi o‘qilgan. Bu sulolaga mansub milodiy 2 asr oxiri va 3 asr boshlarida Artarmush nomi ham o‘qilgan. Xorazm axamoniylar hukmronligidan ozod bo‘lgach, qadimgi davr davomida unda 3 ta sulola hukmron bo‘lganligi yozma manba va tangalarni o‘rganish asosida aniqlangan. 1 sulola- Farasman (Fratafern) boshchiligidaga sulola. U mil.avv. 6 asrning ikkinchi yarmida Shimoli-G‘arbiy Baqtriya xududidan quyi Amudaryo bo‘yicha kelib o‘rnashganlar va bu xududga o‘z nomini berganlar. Xorazmda ilk davlatchiliga asos solganlar. 2- sulola kelib chiqishi yuechji bo‘lgan sulola vakillari. Ular Mil.avv. 2 asr oxirlarida Yevratid tetradaraxmasiga o‘xshash o‘ziga xos tamg‘a bilan tangalarni zarb qilganlar. Undagi podsho so‘zi ham grekcha so‘z asosida ifodalangan. `rtw 3-sulola davrida ijtimoi-siyosiy hayot tubdan o‘zgargan. Tangalar sulolaviy tamg‘a S shakliga kelgan. Qadimgi Horazm yozuvi asosida yozilgan. Va tangadagi Podsho so‘zi ham oromiylarga xos so‘zda ifodalangan. MLK` Milodiy 1 asr boshida Parfiya hududida Artaban 1 (10- 30 yy) ham grek yozuvlarini parfiya yozuvi bilan almashtiradi. Kushonlarda 3
ham Kanishka milodiy 2 asrning birinchi yarmida grek yozuvini baqtriya yozuvi bilan almashtiradi. Mil.avv VI asrda Xorazm Ahamoniylar imperiyasi tarkibida bo‘lgan. Lekin xorazmliklar mil.avv. 5 asr oxirida ularning hukmronligidan ozod bo‘lgan. Bu ma’lumotni Qalaliqir I yodgorligini o‘rganish natijasida aniqlangan. Qalaliqir- I qal’asi axamoniylar uslubida qurilayotgan axamoniylarning rezidensiyasi bo‘lgan. Lekin bu qal’ada qurilish yakunlanmagan, qurilish ashyolari sochilgan holda bo‘lgan. Bu esa, arxeologlar fikricha, axamoniylarning qadimgi Xorazm xududidan majburan chiqib ketganligini bildiradi. Mil.avv. IV asrda A.Makedonskiyning O‘rta Osiyoga hujumi jarayoni grek tarixchisi Arrian va rim tarixchisi Kvint Kursiy Ruf asarlarida yoritilgan. Bu manbalarda Xorazm shohi nomi ikki xil tarzda berilgan. Grek tarixchisi Arrian Xorazm shohi Farasman elchi bo‘lib kelganligini yozib qoldirsa, rimlik tarixchi Kivint Kursiy Ruf Xorazmshoh Fratafren o‘z elchilarini yuborgani haqida yozib qoldirgan 1 . Bu manbalarni taxlil etgan olim Yu.A.Rapoport Xorazmshohning asl ismi Fratafern bo‘lgan bo‘lsa kerak, chunki rimlik tarixchi mazkur voqeani haqqoniy yoritgan, grek tarixchisi esa, A.Makedonskiyning buyukligini yanada isbotlash uchun shohni uning xuzuriga kelgan deb yozib qoldirgan deb hisoblaydi 2 . Arrrianning bu ma’lumoti ham qadimgi davrda Xorazmning qudratli davlat bo‘lganligini yana bir bor isbotlaydi. Qadimgi Xorazmning ijtimoiy –iqtisodiy hayoti. Qadimgi Xorazmning ijtimoiy –iqtisodiy hayoti hozirgacha kam o‘rganilgan. Iqtisodiy hayoti arxeologik tadqiqot asosida o‘rganilgan bo‘lsa, ijtimoiy hayoti haqida deyarli manbalar saqlanmagan. U davrga oid ba’zi ma’lumotlarni tangalar va Tuproqqa’adan topilgan arxiv ma’lumot beradi. U 1 Рапопорт Ю.А. Краткий очерк истории древнего Хорезма в древности // Приаралье в древности и средневековье. – М.: Наука , 1998. – С. 32 . 2 Ўша асар. – С. 33 . 4
B.A.Livщich tomonidan o‘qilgan. 1948-1949- yillarda teri va yog‘ochga yozilgan 140 ta hujjat chiqib, ulardan 26 tasi saqlanib qolgan. Qadimgi Xorazm davlatining oromiy yozuvi asosida shakllangan o‘z yozuvi bo‘lgan. Bu yozuv O‘rta Osiyo xududida shakllangan eng qadimiy yozuv turiga kirib u dastlab mil. avv. VI asrga oid Oyburqal’a yodgorligidan topilgan. Xorazm alifbosi 20 undosh harfdan iborat bo‘lgan. Qisqa unlilar ifodalanmagan. Ormiy yozuvidan tubdan farq qilgan. Bu xo‘jalik yozuvlari teriga yozilgan va xumda saqlangan. Vaqtlar o‘tib xum ichi loyga to‘lgan. Xo‘jjatlarda omborga topshirilgan un, yog‘, sharob, qoramol topshirilganligi haqida yozilgan. Bir hujjatda tilxat bor- unda Xorazm erasi bo‘yicha 231 yili Druk Fragart o‘g‘liga Shirartav tomonidan 10 dona arava g‘ildiragi berilganligi yozilgan. Taxtaga yozilgan oila ruyhatlari ham topilgan. Ularda oilaga tegishli qullar ham kiritilgan. Oila qulchiligi bo‘lgan. Xujjatlarda otasining quli, onasining quli, xotining quli, ug‘lining quli deb keltirilgan. Qadimgi Xorazm xududida suvhorma dehqonchilik rivojlangan. Bu haqda Chermanyob bo‘ylab topilgan ko‘plab kanal izlari darak beradi. Xorazm davlatida zardushtiylik dini xumron bo‘lgan. Zardushtiy qohinlarining ham davlatda o‘rni katta bo‘lgan. Xorazm xududdida qadimgi davrga oid to‘rtta diniy markaz bo‘lgan qal’alar topilgan.: Ko‘yqirilgan qal’a, Qal’aliqir-2, Gaur qal’a-3 va Yelxaras. Qo‘yqirilgan qal’a-doira shaklida qurilgan hosildorlik ibodatxonasi- brazman bo‘lgan. Shunigndek, bu yerda munajjimlar ham ish olib borgan. Ya’ni astronomik kuzatishlar olib borilgan. U yerda astronomik va matematikani yaxshi bilgan qohinlar yashaganlar. Qal’aning tashqarisida esa, axoli yashagan uylar, kanallar va sopol ishlab chiqirish ustaxonasi bo‘lgan. Bu esa bu yerda yashagan aholining Quyqirilgan qal’a bilan bog‘liq 5