Antik Davrda Xorazm
Antik Davrda Xorazm Reja 1. Qadimgi Xorazm davlati to’g’risida tarixiy yozma manbalar. 2. Xorazm qalalari o’rganilishi
Miloddan avvalgi 6 asrda O‘rta Osiyoning janubida tashkil topgan Ahamoniylar imperiyasi (Forslar dav lati) o‘zining shimoli-g‘arbiy davlat chegaralari tashvishida yashar edi. Shunki bu chegaralarda joylashgan qadim gi Xorazm va uni o‘rab olgan cho‘llarda, Amudaryo etaklari va Orolbo‘yi xudularida qadim zamonlardan massaget qabilalari ittifoqi yashab kelar edi. Massagetlar jangovar, erksevar, ona-yurt ozodligi yo‘lida o‘limga ham tik boruvchi xalq edi. Massaget qabilalari tug‘ilgan farzandini, o‘g‘il yoki qiz bo‘lishidan qat’iy nazar, yosh ligidan vatan mudofaasiga tayyorlardi. Xalqimizning uzoq o‘tmish tarixidan bizgacha etib kelgan Tumaris va Shiroq afsonalari ham ana shu sak va massaget qabila lari farzandlarining tashqi dushman -qadimgi Eron podsholari Kir va Dorolarga qarshi qahramona qurash laridan bir shingil hikoyalardir. Massagetlar ittifoqiga o‘sha zamonlarda xorazmiylar, ular bilan yaxshi qo‘shnichilikda yashab kelayotgan amyurgil saklari, der biklar, osiylar, toxarlar (daxlar) va boshqa qator qa bilalar kirar edi. Bu ittifoqda Xorazmning o‘rni kat ta edi. Doro I yozuvlarida Xorazm va So‘g‘diyona Kir davlati tarkibida bo‘lganligi yozib qoldirilgan. Eroniylar imperiyasi Aleksandr Makedonskiy tomonidan tugatilgan 1 . Qadimgi Xorazm tarixining bilimdoni S. P. Tolstov o‘zining asarlarida massaget qabilalari ittifoqini, ular ning Saksafar, Omarg va To‘maris kabi vakillari to‘g‘risida fikr yuritib o‘tadi. S.P.Tolstov To‘marisni derbiklar malikasi, Omargni esa saklarning podshosi edi, deydi. Saksafarga kelganda u siyovushiylar sullosi ga tegishli qadimgi Xorazm podshosi Shaushafor bo‘lishi kerak, degan g‘oyani olg‘a suradi. S. P. Tolstovning bu mantiqiy o‘xshatishida tarixiy haqiqat bo‘lsa, u hol da miloddan avvalgi 6 asrda qadimgi Xorazm o‘z hukmdoriga ega bo‘lgan. Saksafar Xorazm davlatining ilk podsholaridan biri bo‘lgan. Massaget qabilalari ittifoqi ustiga Eron podsholari miloddan avvalgi 6 asrda uch marta yurish qiladi. uch yurishda ham ahamoniylar katta g‘alaba bilan urushni yakunlay olmasalar-da, Kserks podsholigi, davrida Xorazm ahamoniylar 1 Fransic Henry Skrine and Edward Denison Ross A history of Russian Turkestan and the Central Asian Khanates from the earliest times Roudledge Curzon, USA, 2005 , р.4.
tobeligida bo‘lgan. Shu ningdek, Xorazm har yili imperiya xazinasiga soliq to‘lab turgan. Xatto xorazmiylar Kserksni mil. avvalgi 480 yilda Yunoniston ustiga uyushtirgan harbiy yurishlarida qatnashadi. Xorazmlik Artasekt Dardanel bug‘ozidagi shaharlardan birida hokim bo‘lib ishlagan. Bo‘shqa bir xorazmlik Dargman Elefantina (Misr)dagi Forslar qo‘shinida askar bo‘lib xizmat qilgan. Bu faktlar Xorazmning mil. avv.VI-V asrlarda Eron ahamoniylariga tobe ekanligidan guvohlik beradi. Ammo Manbalarda Xorazmning mil avv. IV asrda Eron qo‘l ostida bo‘lganligi haqida hech bir xabar yo‘q. Aksincha Iskandar qo‘shinlari Doro III usti ga bostirib borgan chog‘larda Xorazm mustaqil davlat sifatida siyoat yuritgan. Mil. avv. 329 yilning qishida Xorazm poshosi Farasman 1500 askari bilan Iskandarning huzuriga kelib, Qora dengiz bo‘yi qabilalari ustiga yurish qilmoqchi bo‘lsa, bu yurishda unga yordam qilajagini bildirgan. Iskandar esa Farasmanga rahmat aytib, uning maqsadi Xindiston tomon yurish ekanligini bildirgan. Zarur bulsa, vaqti kelib uning yordamidan foydalanajagini takidlagan. Kiyinroq sak va massagetlar ittifoqi (Xorazm shu ittifoqda edi). Iskandar qo‘shinlarining silsilasini quritgan Spitamen tomonida turib, makedoniyaliklarga qarshi kurashdi. Hatto Spitamen tengsiz kurashda mag‘ubiyatga ushraganda massaget qabilalari ittifoqi azolari unga boshpana berdilar. Spitamen mag‘lubiyatidan keyin erksevar O‘rta Osiyo xalqlarining aholisi dushmanga qarshi kurash to‘xtamay di. Iskandar va uning merosxo‘rlari- Salavkiylar va Yunon-Baqtriya davlatlariga qarshi O‘rta Osiyoning shimolida sak va massagetlar cho‘lining markazida, Xorazm davlati atrofida qo‘shinlar to‘planib bordi. Bu ko‘shmanchilar ittifoqi bir yarim asr o‘tgach, O‘rta Osiyoni chet el bosqinchilaridan ozod etishda hal qiluvchi rolni o‘ynagan. Miloddan avvalgi VI- V asrlarda taraqqiy etgan qadimgi Xorazm davlati haqida arxeologik izlanishlar juda boy materiallar beradi. O‘nlab o‘sha davr qala’lari, qadimgi shahar qoldiqlari o‘rganilgan. Qadimgi Xorazm tarixi va madaniyati haqida boy materiallarni bizgacha saqlab kelgan yodgorliklardan biri Qo‘yqirilgan qal’adir.
Qo‘yqirilgan qa’lada 1951-1957 yillarrda arxeologlar ish olib bordilar. Aniqlanishicha, bu shahar qadimgII Xorazm davlatinig miloddan avvalgi IV va Milodiy I asriga tegishli obod shaharlaridan biri bo‘lgan. Shahar doira shaklida qurilgan bahaybat qal’a bo‘lgan. Qal’aning tashqi devorida 9 ta burj bo‘lgan ekan. Tashqi devor ishkarisi behisob qalin xonalar bilan qoplangan. Qo‘yqirilgan qal’a to‘rt asr davomida bir nesha bora tamirlanib, uning ishki tuzilishiga aniqliklar kiritib borilgan. Qal’a ishida, uning markaziy maydonida doira shaklida qurilgan ikki qavatli monumental bino qad ko‘targan. Bu markaziy binoning birinshi qavati to‘liq aaqlangan. Binoning markaziy shizig‘i bo‘ylab gumbazli xona qad ko‘targan. Uning ikki yonida yuqori qavatga olib shiquvshi pillapoyalar joylashtirilgan. Binoning hamma joyi bir vaqtda o‘zlashtirilmagan. Miloddan avvalgi III va II asrlarda uning ishki tuzilishida katta o‘zgarishlar yuz bergan. Bino aylanasi bo‘ylab ush qator mudofaa devori bor va ular oraligIIda ikki qator o‘qshilar yo‘lagi shakllangan. Tashqi devorlarning yuqori qismida kamonshilar ushun qator tuynuklar qoldirilgan. Devorlarning pastki qismida esa deraza tuynuklari joylashtirilgan. Qal’aga kirish darvozasi uning sharqiy tomonida bo‘lib, u kvadrat shaklida qurilgan. Darvozaning ikki yonida aylana shaklida qurilgan burjlar joylashtirilgan. Olimlar orasida qal’aning markaziy binosi o‘z davrida rasadxona rolini bajargan degan mulohazalar mavjud. Qo‘yqirilgan qal’a Xorazmning antik davri madaniy duinosi ushun juda boy materiallar beradi. Bu davrda kuloshilik yuksak rivojlshgan. Kulolshilik mahsulot bo‘lgan keramikadan yasalgan idishlarning tashqi sirtiga qizil rangda geometrik shakllarda naqsh berilgash. Ko‘zalarning dastasi arslon boshli qiyofada ishlangan. Idishlar orasida sirtiga burttirib ishlangan afsonaviy qushlar, shopar ot ustidagi sipohiy surati solingan ko‘zalar ushraydi. Ko‘za sirtiga solingan naqshlar orasida sersoqol muysafid bir bosh uzumni qo‘lida ushlab turibdi, boshqa bir idishda esa taxtta o‘tirgan ayolning o‘z shaqalog‘ini bag‘riga bosib turgani tasvirlangan. Naqshdor idishlar qadimgi Xorazmning Qal’ali Qir davri (mil.avv.VI-IVasrlar) yodgorliklarida va Tuproqqal’a (milodiy II-IV asrlar) davri
yodgorliklarida ham keng ushraydi. Idishlarda nayza ushli qalpoq kiygan harbiy, ot ustidagi sipohiy, arslon, jayron, tuya suratlari tushirilgan. Qadimgi Xorazmda amaliy, tasviriy va me’morshilik san’ati keng rivojlangan. Qo‘yqirilgan qal’ada uzumdan ishimlik tayyorlash yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Shunki bu haqda qal’a xonalaridan birida topilgan qator xumlarda saqlangan uzum danaklari guvohlik beradi. Bundan tashqari, Qo‘yqirilgan qal’a haykalshalari orasida bir qo‘lida uzum, ikkinshi qo‘lida bog‘bom pishog‘i tutgan yalang‘osh erkakning tasviri ham bor. Hosildorlik xudosi Nahid haykalshalari bayram libosida tasvirlangan. Bir haykalshada Nahid birinshi qo‘lida bakal, ikkinshi qo‘lida amfora(qo‘sh dastali grafin) tutib turibdi. Qo‘yqirilgan qal’a haykalshalari orasida tulpor ot tasviri ko‘p ushraydi. Qadimgi Xorazmning shu davrga oid boshqa yodgorliklarida esa tuya, qo‘y, qush suratlari solingan tasviriy va haykaltaroshlik san’atini ko‘ramiz. Bu hol, bir tomondan, qadimgi Xorazm xalqining yusak darajada rivojlangan madaniy dunyosini ko‘rsatsa, ikkinshi tomondan ularni saklar va massagetlar bilan doimo iqtisodiy, siyosiy, harbiy va madaniy sohalarda hamda etnik jihatdan ular bilan bir tanadan o‘sib shiqqan shohshalar ekanligidan guvohlik beradi. Qo‘yqirilgan qal’aning quyi qatlamidan mil. avv. III asrga oid yozuv namunalari topildi. Yozuv oromiy alvafiti asosida sharqiy eron tillari lahjasida yozilgan. Bir xumda Aspabarak yoki Aspabadak so‘zi yozilgan. So‘zning asosida aspa so‘zi yotadi. Aspa-ot, barak yoki badak fe’li qo‘shilib, otda ketuvshi yoki ot ustidagi sipohiy ma’nosini anglatgan. Bunga o‘xshash yozuv namunalari Qo‘yqirilgan qal’ada ko‘plab topilgan. S. P. Tolstov ularni qadimgi Xorazm yozuvi deb ataydi. Qo‘yqirilgan qal’ada o‘nlab ostadonlar, ya’ni odam qiyofasida ishlangan spool tobudlar topilgan. Bu noyob topilmalar qadimgi xorazmliklarning zardushtiylik diniga bo‘lgan e’tiqodi va yuksak darajadgi tasviriy san’ati haqida guvohlik beradi. Qo‘yqirilgan qal’ada hayot IV asrda to‘xtaydi. Bu voqeani S. P. Tolstov Qang‘ davlatining tarix maydoniga shiqishi bilan bog‘laydi.