logo

Antik davr Xorazm moddiy madaniyati

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

35.98046875 KB
A ntik  davr Xorazm moddiy madaniyati
Reja
1.   Xorazmda   arxaik   va   antik   davr   shaharlarining   manbalarda   aks   etishi   va
o’rganilishi tarixi.
2 Xorazm  arxaik va antik davr shaharlarining shakllanish asoslari  va shart-
sharoitlari.
3.Xorazmda   ilk   davlatchilik   an’analarining   vujudga   kelishi   muammosi   va
arxaik  davr shaharlarining moddiy madaniyati. 
4.Antik   davr   Xorazm   shaharlari   va   ularning   davlatchilik   an’analari
rivojidagi o’rni   hamda ularning moddiy-ma’naviy madaniyati.
1. Xorazm arxaik va antik davr shaharlarining manbalarda aks etishi va 
o’rganilishi tarixi. S.P.   Tolstov     raxbarligidagi     Xorazm     arxeologiya-etnografiya
ekspedisiyasi,     O’zbekiston     Respublikasi   Fanlar   akademiyasi     Qoraqalpog’iston
filiali     xodimlarining     Amudaryoning     o’ng     kirgogidagi,     Xorazm     Mamun
Akademiyasi,  Al-Xorazmiy  nomli  Urganch  Davlat  Universiteti xamkoriligidagi
arxeologiya   guruxi   olimlari     tomonidan     Xorazm     viloyati     xududida     arxaik
davrga   oid   qishloq   va   shaharlarda arxeologik tadqiqot ishlarini   olib   bordilar.
Tadqiqotchi  M.G. Vorobyova  tasdiqlashicha  Amudaryoning  o’ng  soxilida  250,
chap   soxilida   60 dan   ortiq arxaik davri   qishloq   va   shaharlar mavjud. Afsuski,
yuqorida     qayd     etilgan     qishloq     va     shaharlar     arxeologik     qazish     ishlari     olib
borilmagan.     Ayniqsa     bu     holat     Amudaryoning     o’ng     soxilida     joylashgan
yodgorliklarga   tegishli   bo’lib,   ularni   arxeologik     jixatidan     o’rganish     jarayonida
ko’plab materiallar topilgan. Ular   Oybugirqala,   Bozorqala   va   qishloq   manzili
Dingilja bo’lib, ular arxeologik  jihatdan yetarli darajada  o’rganildi  holos,  ammo
u   yodgorliklarning   mudofaa   inshootlari   maxsus   o’rganilmagan.       Biz       quyida
e’tiborni     aynan   ana   shu     yodgorliklarni   mudofaa   inshootlarining   arxeologik
jihatdan o’rganilishga karatishni lozim topdik.  
     1.   Xazorasp.   Xorazm     vohasining     janubiy     qismida,     Baqtriya,     So’g’d
yo’lida,     Urganch     shaxridan     70   km     o’zoqlikda     past     tekislikka     joylashgan.
Yodgorlik kvadrat shaklda (340x320m, yani 10,8 ga).  
     Qalani     qadimgi     davrda     mudofaa     devori   bilan   o’rab     olingan,     uning
saqlanib  qolgan  balandligi  urtacha 4-5m.  Turli  tarixiy  davrlarda  devor  tashqi
tomondan     ta’mir   qilingan.   Yodgorlikning     janubiy-sharqiy   tomonida     arki
joylashgan bo’lib, mahalliy aholi o’rtasida u Dev-solgan nomi bilan ma’lum, uning
maydoni   kvadrat   shaklda:   40x40   m.       Xazorasp   mudofaa   devorida   ma’lum
masofada joylashgan yarim aylanali bo’rjlar mavjud. Bo’rjlarning saqlanib kolishi
turlicha, ya’ni shimoliy devorda 7, g’arbiy tomonda 6, sharqiy devorda 4, janubida
esa 1 bo’rj saklangan. Bo’rjlar o’rtasidagi masofa turlicha, bo’rj yaqinidagi bo’rjlar
o’rtasidagi   masofa   –10   m,   asosiy   devordagi   bo’rjlar   o’rtasidagi   oraliq   esa   55   m.
Qal’aning kirish qismi janubiy devor markazida joylashgan bo’lib, uning kengligi
8   m.   Darvozadan   to’g’ri   ko’cha   o’tgan   bo’lib,   uning   chap   tomonida   masjid joylashgan.   Yodgorlikni   qadimda   to’rt   tamonidan   suv   o’rab   olingan,   bu   xozirgi
vaktda   sharqiy   tamonda   saqlanib   qolgan.   Yodgorlikning   qurilishi   va   undagi
madaniy   katlamlarni   o’rganish   ishlari   dastlab   Ya.G’.G’ulomov   tomonidan   olib
borildi.   U   yodgorlikni   ko’zdan   kechirib,   uning   qurilish   davrini   mil.   avv.   V-IV
asrlarga oid degan xulosaga keldi. 1958-1960   yillarda   arxeologlar
M.G.Vorobyeva,   M.Yu.Lapirov-Skoblo,   Ye.Ye.Neraziklar   Xazoraspni   bir   necha
joyida arxeologik izlanishlar olib bordilar va kulga kiritilgan arxeologik materiallar
matlasiga   asoslanib   uni   mil.   avv.   IV   asrga   oid   degan   xulosaga   keldilar.   Afsuski,
Xazoraspda   avval   olib   borilgan   arxeologik   tadqiqotlar   uning   eng   qadimgi
qatlamlarigacha   olib   borilmagan.   Shu   sababdan   bo’lsa   kerak,   shaharning   paydo
bo’lishi   va   uning   rivojlanishi   tarixi   masalasi   bir   necha   o’n   yilliklar   davomida
o’rganilmasdan, ayni paytda munozarali bo’lib kelmoqda. 
1997-1998   yillarda   Xorazm   Ma’mun   akademiyasi   Urganch   Davlat
Universitetining   arxeologiya   guruxi   olimlari   tomonidan   izlanishlar   olib   borildi,
ammo   uning   quyi   katlamgacha   yana   etib     borilmadi.   Xazoraspning   kadimiy
katlamlarini   o’rganishga   karatilgan   izlanishlar   Xorazm   Ma’mun   Akademiyasi,
Ya.G’.G’ulomov   nomidagi  arxeologiya institutining birlashgan  arxeologik gurixi
tomonidan   2002   yilda   davom   ettirildi.   Kazishmalar   vaktida   Xazoraspning,
shimoliy   devori   markazida   va   shimoliy-g’arbiy   bo’rchagining   ichki   qismida
paxsadan   tiklangan   qadimiy   devor   topildi.   Devor   o’z   navbatida   to’rtbo’rchakli
bo’rji   yoki   pilyastr   bo’lib,   uning   markazida   nayza   o’qi   uchli   shinak   joylashgan,
kengligi 18 sm, balandligi 40 sm. Shinakning ichki qismi devori somon loy bilan
suvalgan.   Xazoraspning   shimoliy   va   shimoli-g’arbiy   qismida   qazish   paytida
olingan sapol buyumlar qurilish tarixini mil. avv. VI-V asr bilan aniqlash imkonini
berdi.
2. Ko’zaliqir. Amudaryoning chap soxilida Sariqamish xavzasi Charmanyop
sug’orilish   tizimi   zonasida   Toshxovo’z   shaxridan   85   km   o’zoklikda   joylashgan.
Qala kir ustuda uchbo’rchak shaklida qurilgan bo’lib, uning umumiy maydoni 40
ga.       Yodgorlik   ikki   qismdan   iborat     bo’lib,   birinchisi   kirning   janubiy-g’arbiy
qismida   kad   ko’targan,   shaxriston   va     arkdan   iborat.   Ikkinchisi   esa   birinchi obyektdan   pastrokda     joylashgan.   Arxeologik   qazishmalar   natijasida   yodgorlikda
ikki qurilish davri mavjudligi aniqlangan. I qurilish davrida yo’lakka ega bo’lgan,
to’rt   qatorli   devor   paxsadan   tiklangan,   yarim   aylanali   bo’rjlarga   ega,   ular
o’rtasidagi   masofa   36m.   Devor   yo’lagida   uy,   xonalari,     o’choqlar,   ibodatxonalar
joylashgan.     
            II   qurilish   davrida   paxsa   devorga   xom   g’ishtli   devor   yopishtirilib   qurilgan.
Bo’rji   devor   xom   g’ishtdan   qurilgan   (52x26x10sm).   ikkinchi   boskichli   yo’lak
maydonida   o’zgarish   yuz   bermaydi.   Devor   va   bo’rjda   nayza   o’qi   uchi     shinaklar
shaxmat  uslubida joylashgan. 
        Shaharning ichki  qismi  arxiologik  jihatdan  to’la o’rganilgan  emas, shuning
uchun   xam  uning  paydo bo’lishi va  rivojlanish  tarixi  to’g’risida  turli   fikrlar
mavjud    bo’lib,  ilmiy  munozarali   holda   qolib   ketmokda.                          
         3. Bozorqala – Qoraqalpog’iston    respublikasi   To’rtko’l    tumani  xududida,
tekislikda  deyarli kvadrat shaklda  (600x560m)  qurilgan uning umumiy   maydoni
33ga. Devor  pastki  qismida    8.5-9m.   Devor  ikki  qatorli  bo’lib, ular  o’rtasida
yo’lak-karidor, hosil  bo’lgan. Tashki    devor    nayza    o’qi      uchli    shinakka      ega.
Devor     uning     bo’rchagida     yarim       aylanali     bo’rj       joylashgan     bo’lib,   ular
o’rtasidagi   masofa   30-50   m,   kengligi   5,5m   devordan   yon   o’sib   chiqishi   6,5   m.
qal’a   darvozasi   shimoliy   devor   o’rtasida   joylashgan,   kengligi-5   m,   ikki   yon
tomonida   yarim   aylanali   bo’rjlar   mavjud.   Ark   yodgorlikning   shimoliy-sharqiy
bo’rchagida   joylashgan,   kvadrat   shaklida.   (120x120   m)   Uning   maydoni   1,4   ga
teng. Ark ikki qatorli devor bilan o’rab olingan bo’lib, yarim aylana bo’rjaga ega.
Arkning kirish qismi bir necha yo’lakli, to’g’ri bo’rchakli “Labirint”ga ega, xajmi
22x17   m.   Labirint   o’z   navbatida   kengligi   2,1   m   yo’lakga   ega.   Uning   shimoliy-
g’arbiy bo’rchagida ikki tomonga yo’nalgan “Qaldirg’och dum”li bo’rjlar mavjud.
Ark devorining saqlanib qolgan kismi 9-10 m. Devor nayza o’qi uchli shinaklarga
ega,   ular   o’rtasidagi   oraliq   1,6-2   m.   Devor   va   bo’rj   qurilishida   42x47x10-12   sm
xom   g’isht   ishlatilgan.   Shaharda   hayot   mil.   avv.   VI-V   asrdan   to   miloddan   I
asrigacha davom etgan.  4.   Qalaliqir   –   Amudaryoning     so’l   soxilida,   Amudaryoning   qadimgi   irmog’i
Daudon   sug’orish   tizimida   joylashgan.   Yodgorlik   to’rtbo’rchak   shaklda
rejalashtirilgan 70 ga maydonga ega. Qadimda ikki qatorli devor bilan o’rab olingan,
yo’lakga   ega.   Shaharning   to’rtga   darvozasi   bor,   labirintga   ega   darvozadan   yon
tomonga   o’sib   chiqishi   18   m.   Qal’a   devorida   ma’lum   masofada   joylashgan   to’g’ri
bo’rchakli   bo’rjlar   joylashgan.   1952-1956   yillarda   Yu.A.Rapoport,   M.S.Lapirov-
Skoblo Qalalikirda arxeologik ishlari olib bordi, natijada shahar devorida 3 ta qurilish
davri mavjudligi aniqlandi.
I   qurilish   davrida   ikki   qatorli   devor   paxsadan   tiklangan,   balandligi   1,1-1,3   m,
ular o’rtasidagi kenglik 2,5 m. Darvoza oldi murakkab inshoat devori xam paxsadan
qurilgan. 
II     qurilish   davri-paxsa   devor   ustiga   xom   g’ishtli   devor   qurilgan,   g’ishtning   xajmi
40x40x10 sm. Bu qurilish davrida yo’lak xajmida o’zgarish sezilmaydi, darvoza oldi
murakkab inshoat devorida xam xom g’isht ishlatilgan.
III qurilish davrida g’isht devor ustiga paxsa devor qurilgan, devorning umumiy
balandligi   7   m,   kalinligi   5   m.   Shaharning   qurilishi   mil.   avv.   VI   asrga   oid   ekanligi
aniqlangan. 
5.Katta   Oybugur   qal’a.   Shumanaydan   41   km   shimoli-g’arbda   joylashgan.
Mahalliy aholi o’rtasida Jampikqal’a nomi bilan ma’lum. Yodgorlik birinchi marta
Xorazm   arxeologiya   –   etnografiya   ekspedisiyasi   xodimlari   tomonidan   1946   yilda
topilib,   uning   umumiy   ko’rinishi   rasmga   tushirilgan,   rejasi   chizilgan,   lekin
arxeologik qazish ishlari olib borilmagan 1
. 1956 yilda yodgorlik yangidan ko’zdan
kechirildi, olingan arxeologik materiallarga qarab uni  yoshi mil. avv.. IV, er-ng I
asri   bilan   belgilandi.   Yodgorlikning   yukori   madaniy   katlami   X-XIII   asrlarga   oid
degan   xulosaga   kelindi 2
.   1964-66   yillarda   O’zbekiston   Respublikasi   Fanlar
Akademiyasi   Qoraqalpog’iston   filialining   Ustyurt   guruxi   yodgorlikda   tekshirish
ishlarini   olib   bordi,   natijada   mil.   avv.   IV     er-ng     IV   asrlariga   oid   ekanligini
aniqladi.   Yodgorlik   to’g’ri   bo’rchakka   yaqin   shaklda   qurilgan   bo’lib,   sharqdan
1
 (Вактурская, Варобьева 1952, 630 бет)  
2
(Толстов 1958, 77-78 бетлар).    g’arbga qarab cho’zilgan. Qal’aning umumiy maydoni 10 ga. Yodgorlik qadimda
mudofaa   devor   bilan   o’rab   olinib,   devor   yodgorlikning   3   tomonida   saqlanib
qolgan.   Sharqiy   devor   o’zunligi   120   m,   shimol   qismidagi   devor   412   m,   g’arbiy
devor esa 260 m. Sharqiy va g’arbiy devorning pastki qismida paxsa devor mavjud
bo’lib   uning   balandligi   6,   1   m.Shimoliy   va   g’arbiy   tomondagi   devorda   aylana
shaklda bo’rj joylashgan bo’lib ,devorda yon tomonga o’sib chikishi 5-6m. Bo’rjlar
o’rtasidagi   masofa   48-53m.   Yodgorlikning   g’arbiy   devor   o’rtasida   darvoza
joylashgan   bo’lib,   darvoza   oldi   murakkab   labirint   bilan   mustaxkamlangan.
Yodgorlikdan mudofaa devori to’zilishini o’rganish 6,5 m maydonda   ishlari   olib
borilgan.   Bizgacha   saklangan   devor   balandligi   1m,   tashki   devordan   3,92   m
o’zoklikda ko’shimcha devor qurilgan. Uning balandligi 1,2m, kengligi 1m. Devor
tosh   plitadan   va   xom   g’ishtdan   tiklangan.   (40x42x9x3sm).   Mudofaa   devor   va
ko’shimcha   devor   o’rtasida   qum   to’proklar   bilan   to’ldirilgan.   Bunday   tadqiqot
ishlari   g’arbiy,   shimol   tomondagi   devorlarda   olib   borildi,   natijada   bir-birini
takrorlaydigan   devor   va   ko’shimcha   devor   o’rganildi.   Yodgorlikning   mudofaa
devorining pastki qismi paxsadan tiklangan. Yodgorlikda olib borilgan arxeologik
qazish ishlari natijasida olingan materiallarga qarab yodgorlikning mudofaa devor
qurilishi III davrdan iborat ekanligi aniqlandi.  
I qurilish davrida mudofaa devori paxsadan qurilgan. 
                 II qurilish davrida paxsa devorga xom g’ishtdan   ko’shiimcha tashki devor
qurilgan, natijada uning kalinligi 7,5m ni tashqil etadi. 
         III  qurilish davrida qal’a mudofaa devori paxsa devor bilan koplanadi, yarim
aylana   bo’rjlar   shakllandi.   Yodgorlikning   vujudga   kelishi   mil.   avv.   V   asr,   uning
oxirgi rivojlanish boskichi esa er-ng XI asrga oid.
Xiva-   Urganch   shaxridan   25   km   o’zoqlikda   Qoraqum   chegarasida,
Polvonyop kanalining oxirgi qismida past tekislikda joylashgan. Xiva (Ichan qal’a)
qadimda to’g’ri  to’rtbo’rchak shaklda qurilgan, uning maydoni  650x450 m, ya’ni
26 ga. Qal’a qadimda ikki qatorni devor bilan o’rab olingan. Devor o’z navbatida
yarim   bo’rjlarga   ega.     G’arbiy   devor   markazida   ark   joylashgan,   uning   maydoni
170x120   m,   ya’ni   2   ga.   bo’lib,   alohida   kirish   darvozasiga   ega.   Ichanqal’a   va   ark devorining   saqlanib   qolgan   balandligi   8-10   m,   kalinligi   10   m.   1985   yildan
M.Mambetullayev   raxbarligidagi   arxeologik   gurux   shaharning   vujudga   kelishi   va
rivojlanish   tarixini   o’rganish   maksadida   arxeologik   qazish   ishlarini   olib   bordi,
natijada yetti qurilish davri mavjudligi aniqlandi. 
I   qurilish   davri   arxaik   davrga   oid   bo’lib,   qal’a   paxsa   devor   bilan   o’rab
olingan.   Bizgacha   saqlangan   balandligi   0,85   m,   devor   o’rtasida   yo’lak   o’tgan,
uning   kengligi   2   m.   Bu   qurilish   davrida   tashki   devorga   yon   tomondan   4-6,5   m
o’zoklikda ko’shimcha devor qurilgan, kalinligi 1,5 m atrofidan xandak o’tgan. Bu
tarixiy davrning eng muhim xarakterli xususiyatlardan biri shaharlarga xos bo’lgan
ishlab   chiqarish   obyektlari   qishloqlarda   xam   paydo   bo’ladi.   Shunday   qishloq
tipidagi manzillardan biri Dingil’jadir.
7.  Dingil’ja . Yodgorlik tarxi to’g’ri to’rt bo’rchak shaklda, maydoni 60,9x48
m   (tax.3   ga).   Qadimda   qalinligi   2-2,4   metrli   bir   qator   devor   bilan   o’rab   olingan.
Qal’aga   kirish   uning   janubiy   devorida   joylashgan.   Yodgorlik   1953   yilda   Xorazm
arxeologiya-etnografiya   ekspedisiyasi   xodimlari   tomonidan   topilib,   1956,   1959-
1960   yillarda   o’rganilgan.   Arxeologik   tadqiqotlar   natijasida,   olingan   kompleks
materiallarga   ko’ra   manzil   mil.   avv.   V   asrga   oid   eanligi   aniqlandi.   Lekin
yodgorlikning   mudofaa   tizimi   ilmiy-asosda   tahlil   qilinmagan.   Dingil’ja   mudofaa
devorining   qurilishi   va   uning   paxsa   va   to’g’ri   bo’rchakli   to’rt   tomoni   xom
g’ishtdan   tiklangan.   U   arxaik   davrga   oid   janubiy   Xorazm   xududida   yaxshi
o’rganilgan qishloq manzilidir. 
8.   Ko’shqal’a.   Amudaryoning   chap   soxiliga   joylashgan.   Kabakli   yodgorligi
antik   davrga   oid.   1974   yilda   V.N.Pilipko   raxbarligidagi   arxeologik   gurux
yodgorlikda   arxeologik   qazish   ishlarini   olib   bordi.   Yodgorlik   to’rtbo’rchak
shaklda, to’rt tomoni mudofaa devor bilan o’rab olingan bo’lib, to’g’ri bo’rchakli
bo’rjga   ega.   Devor   bo’ylab   yo’lak   o’tgan.   Devor   va   bo’rj   to’rt   tomoni   teng   xom
g’ishtdan   tiklanib,   kamon   o’ki   shinaklar   bilan   kuchaytirilgan.     Yodgorlikni
arxeologik ashyolarga asoslanib mil. avv. VI-V asrlar bilan belgilangan. 
9.Odoytepa-   Qo’shqal’a-1   dan   90   km   janubiy-sharqiy   va   30   km   Chorjo’y
shaxridan   shimoliy-g’arbiy   tomonida   joylashib,   ikki   qatorli   mudofaa   devor   bilan o’rab olingan.Devor  o’z navbatida yarim  aylana,bo’rjlar  bilan kuchaytirilib uning
qoldiqlari   saqlanib   qolgan.Yodgorlikning   qurilishi   mil.av.   VI-V   asrlarga   oidligi
aniqlangan. 
10.Qangqaqal’a-1 .   Sariqamish   xavzasi   tizimida   joylashib,   tarxi
to’g’ribo’rchak   shaklda,   qadimda   mudofaa   devor   bilan   o’rab   olingan.Mil.av.V
asrga oidligi to’g’risida xulosa qilingan.
11. Qangqaqal’a-2   Qangqaqal’a-1   yaqinida   joylashgan,tarxi   to’rtbo’rchak
shaklda,qadimda   mudofaa   devor   bilan   o’rab   olingan.   Mil.av.V   asrga   oidligi
belgilangan. Ikqala yodgorlikda arxeologik tadqiqotlar olib borilmagan.
  Shunday qilib, mil. avv..I ming yillik  o’rtalariga oid  yodgorliklarda qisman
bo’lsa xam arxeologik qazishma ishlari olib borilishi, jarayonida ayniqsa ularning
mudofaa   inshootlarining   o’rganilishi   natijasida   boy   faktik   materiallar   to’plangan.
Bu   esa   o’z   navbatida   arxeik   davr   jamiyatining   ijtimoyi-   iqtisodiy,   etno-madaniy
rivojlanishi  xaqida original materiallar beradi. 
Xorazm      vohasida keng miqyosda olib borilgan arxeologik tadqiqotlar  natijasida
to’plangan va O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyingi davrda
arxeologik guruxlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijasida mil. avv. I ming
yillik     o’rtalariga   oid   noyob   materiallar   to’plandiki,   ular   o’sha   davr   jamiyatining
ijtimoyi   –   iqtisodiy   va   madaniy   rivojlanish   jarayonini,   tarixiy-siyosiy   harbiy
vaziyatni, tarixiy jarayonlar okibatida vujudga kelgan mudofaa inshootlari tarixini
o’rganishda muhim manbalar xisoblanadi.
                 XX asrning 30 yillari o’rtalariga qadar Xorazm vohasida antik davrga oid
tarixiy   obidalarda   arxeologik   qazish   ishlari   olib   borilmasdan   asosan
yodgorliklarning   o’rta   asr   madaniy   qatlamlari   o’rganilgan   holos.   (Mizdahqan,
Zamaxshar,   Kuhna   Urganch).   Xorazm   vohasi   hududidagi   arxeologik   obidalarni
ilmiy   jihatdan   ro’yxatga   olish,   ularni   memoriy   –   topografik   to’zilishi   va
rejalashtirilishini tasvirlab Xorazm arxeologiya xaritasiga joylashtirish ishini A. I.
Terenojkin   boshlab   berdi.   1937   yil   A.I.   Terenojkin   Amudaryoning   o’ng   sohilida
Beruniy   va     To’rtko’l   tumanlari   xududida   arxeologik   qidiruv   ishlarini
Yonboshqal’a,   Pilqal’a,   Qizilqal’alarning   antik   davrga   oid   ekanligini   aniqlab Teshikqal’a,   Norinjon   va   Bo’rgutqal’ada   olib   borib,   o’rta   asrga   oid   madaniy
qatlamlarni   o’rgandi.   1937-1940   yilarda   S.P.   Tolstov   raxbarligida   Xorazm
arxeologiya   va   etnografiya   ekspedisiya   xodimlarining   Xorazm   vohasidagi   tariiy
obidalarni   ro’yxatga   olish   va   ularda   arxeologik   tadqiqotlar   olib   borishi   natijasida
400   dan   ziyod   arxeologik   yodgorliklar   ro’yxatga   olinib,   arxeologik   xaritaga
joylashtirildi. 
3.Xorazmda   ilk   davlatchilik   an’analarining   vujudga   kelishi   muammosi   va
arxaik  davr shaharlarining moddiy madaniyati. 
O’rta   Osiyoda   ilk   davlatchilik   muammosining   tarixshunosligi   natijalariga
ko’ra, dastlab ushbu masalaning o’rganilishi mintaqadagi ilk davlatlarning vujudga
kelishining   tarixiy   sanasi–xronologiyasi   va   hududiy   joylashuvi   hamda   hududiy
chegaralarini aniqlash bilan bog’langan bo’lib, bu yo’nalishda quyidagi masalalar
muhim ahamiyat kasb etgan:
1.   Qadimgi   Xorazm   yoki   “Katta   Xorazm”   davlatining   tarixiy   geografiyasi   va
hududiy joylashishini aniqlash.
2.   “Avesto”da   tilga   olingan   viloyatlar   siyosiy   birlashmasi   Aryoshayyonaning
hududiy tarkibini tahlil qilish.
Ilk davlatchilik muammosining o’rganilishi natijalarini umumlashtirish sovet
tarixshunosligida XX asrning 30-yillarida boshlangan. S.P. Tolstovning 1938 yilda
chop   etilgan   “O’rta   Osiyo   qadimgi   tarixining   asosiy   savollari”   degan   maqolasida
ilk   davlatchilik   muammosining   o’rganilishi   natijalari   tahlil   qilingan   edi.   Shu
davrgacha   mazkur   masala   sovet   tarixshunosligida   deyarli   o’rganilmagan.   Bu
borada   tadqiqotchilar   G’arb   adabiyotlarida   mavjud   nazariyalarni   umumlashtirib,
muammo yuzasidan o’z fikrlarini bildirganlar.
XX asrning 50-yillarida G’arb olimlari V.B. Xenning va I. Gershevichlar 30-
yillarda fanga joriy etilgan I. Markvartning Xorazm davlati to’g’risidagi g’oyasini
yangi asoslarda  rivojlantirib, ushbu davlat  Ahamoniylar bosqiniga qadar  Gerirud-
Tajan   daryosi   vohasida   Marv   va   Xirot   atroflaridagi   hududlarni   birlashtirgan,   deb
yozganlar.   Ushbu   xulosaga   ko’ra,   “Katta   Xorazm”   davlati   tarkibiga   Marg’iyona, Ariya   va   Parfiya   viloyatlari   kirgan.   Bunday   yondashuv   ilmiy   adabiyotlarda   bir
qator shubhalarga olib keldi.
Shu   asr   60-yillarining   boshlarida   “Katta   Xorazm”   masalasi   tarixshunosligi
va   muammoga   yondashuv   V.A.   Livshis   tomonidan   tahlil   qilingan.   70-yillarga
kelib, mavzu qizg’in munozaraga aylanib, I.M. Dyakonov, R. Fray, I.V. Pyankov,
M.G. Vorobyeva tadqiqotlarida o’z aksini topgan.
O’rta   Osiyo   qadimgi   davlatchiligi   to’g’risida   yozgan   G’arb
tadqiqotchilarining   o’zlari   hyech   qachon   O’rta   Osiyoda   bo’lmaganlar.   Shuning
uchun   ham,   ular   mintaqaning   tarixiy   geografiyasi   haqida   to’liq   tasavvurga   ega
bo’lmasdan turib fikr bildirganlar, faqat tarqoq yozma ma’lumotlardan foydalanib,
masalani   aniq   yoritish   murakkab   masala   bo’lib,   muammo   ilmiy   bahslarga   olib
kelgan.
XX   asr   o’rtalarida   mavzu   M.M.   Dyakonov   tomonidan   tahlil   qilingan.
Qadimshunos   olimning   yozishicha,   Ahamoniylar   davrigacha   O’rta   Osiyoda   yirik
davlat   uyushmalari   rivojlanmagan   bo’lib,   ilk   davlatlar   kichik   vohalarda   tashkil
topgan.   Tadqiqotchining   fikriga   ko’ra,   “Avesto”   keng   hududda   joylashgan
jamiyatni   tasvirlab,   bu   jamiyat   urug’-qabila   munosabatlari   an’analarini   o’zida
saqlagan.
XX   asrning   o’rtalariga   qadar   G’arb   va   sovet   tarixshunosligida   qadimgi
yunon   mualliflari   (Gekatey,   Gerodot,   Ktesiy)   ma’lumotlarining   tahlili   muhim
ahamiyatga ega bo’lib keldi. Ushbu manbalar O’rta Osiyo elatlarining urf-odatlari,
turmush   tarzi,   diniy   e’tiqodi,   ijtimoiy-iqtisodiy   munosabatlari   va   siyosiy   tarixi
to’g’risida ayrim ma’lumotlardan iborat xolos.
Ammo   ilk   yunon   tarixchilari   O’rta   Osiyodagi   qabila-elatlarning   joylashuvi
va   tarixiy   viloyatlarning   hududiy   chegaralari   haqida   aniq   tasavvurlardan   bexabar
bo’lgan.   Ushbu   manbalarga   tayangan   holda   qadimgi   davlatlarning   (Baqtriya,
Xorazm) hududiy tarkibi va joylashuvini aniqlash murakkab vazifaga aylangan. 
O’rta   Osiyo   qadimgi   viloyatlarining   hududiy   chegaralari   to’g’risidagi   bahs-
munozaralar   keyinchalik   faollashib,   bu   masalani   hal   qilish   maxsus   tadqiqotlarni
amalga   oshirishni   talab   qilgan.   1959   yilda   chop   etilgan   V.M.   Massonning monografiyasidagi   “O’rta   Osiyoda   Ahamoniylarga   qadar   davlat   uyushmalarining
muammosi va yangi arxeologik materiallari” deb nomlangan bobida shu davrgacha
tarixshunoslikda mavjud ma’lumotlar tahlil qilinib, umumlashtirilgan.
Tadqiqotchi A.V. Arsixovskiy va A. Maru щ yenkolarning xulosalariga, ya’ni
Janubiy   Turkmanistonda   mil.   avv.   II   ming   yillikda   “sinfiy   ilk   quldorlik
jamiyatning”   rivojlanganligi   qayd   etilganligiga   o’z   e’tiborini   qaratgan.   A.A.
Roslyakov   ham   Janubiy   Turkmanistonda   quldorlik   va   sodda,   primitiv   davlat
tashkilotlari tarkib topganligi to’g’risidagi fikrni bildirgan.
V.M.   Masson   ushbu   fikrlarga   e’tiroz   bildirib,   bronza   davrida   Kopedtog’
oldida   yashagan   qabilalar   ziroatchilik   va   sun’iy   sug’orish   uchun   kichik   daryo   va
buloqlar   suvidan   foydalanganlar,   shuning   uchun   ham   ushbu   vohalarda   yirik
sug’orish   inshootlar   barpo   etish   talab   etilmagan,   dehqonchilik   va   sug’orish
ishlarini   tashkillashtirish   va   amalga   oshirish   ayrim   jamoalar   uchun     murakkab
vazifa bo’lmagan, deb yozgan. Ushbu vaziyatda Janubiy Turkmanistonning bronza
davri aholisi ibtidoiy jamiyat tizimi doirasida hayot kechirib, hyech qanday davlat
tashkilotlari yuzaga kelmagan.
XX asrning 30-yillaridan boshlab sovet tarixshunosligida O’rta Osiyoda ilk
davlatlarning   tashkil   topishi   Qadimgi   Sharq   hududlari   singari   yirik   sug’orish
inshootlarining barpo etilishi masalasi bilan bog’langan holda talqin qilingan.
S.P.   Tolstov   mil.   avv.   VIII-VII   asrlarda   Xorazmda   yirik   kanallarning
mavjudligini   qudratli   markaziy   davlat   siyosati   bilan   bog’lab,   Xorazmda   davlat
tashkiloti   bo’lmaganda,   bunday   yirik   va  uzun   kanallarni   qazib   va   saqlab   bo’lmas
edi, degan xulosaga kelgan.
V.M. Masson “Xorazmda yirik sug’orish inshootlari mil. avv. VI-V asrlarda
barpo   etilgan   deb,   mil.   avv.   IX-VIII   asrlarda   Xorazmda   sodda   dehqonchilik-
chorvachilik   madaniyati   (Amirobod   madaniyati)   rivoj   topgan   va   mahalliy   bronza
davri madaniyati xususiyatlarini saqlab, Xorazm tuprog’ida o’sha davrga oid paxsa
yoki xom g’ishtdan qurilgan uy-joylar, mudofaa devorlari topilmagan, turar joylar
yarim   yerto’lalardan   iborat   bo’lib,   sopol   idishlar   qo’lda   yasalgan”,   -   deb ta’kidlagan.   Bunday   xulosalar   Xorazm   hududlarida   davlatning   juda   erta   vujudga
kelganligini inkor etgan.
Ushbu   nazariyaga   ko’ra,   shu   davr   tarixshunosligida   xorazmliklar   dastlab
O’rta Osiyoning janubida istiqomat qilganlar, qadimgi forslarning harbiy yurishlari
natijasida, xorazmliklar janubdan Quyi Amudaryo yerlariga siqib chiqarilgan deb,
faraz qilingan.
Keyingi   yillarda   M.G.   Vorobyeva   mazkur   nazariyani   tahlil   qilib,   Xorazm
davlati Quyi Amudaryo hududlarida qadimgi zamonlardayoq vujudga kelgan, deb
xulosa   chiqardi.   A.S.   Sagdullayev   ushbu   masalaga   o’z   e’tiborini   qaratib,
boshqacharoq xulosaga kelgan. Unga ko’ra, mil.   avv. I ming yillikning boshlarida
Marg’iyona   va   Baqtriya   aholisining   vakillari   O’rta   Amudaryo   va   Qashqadaryo
vohasiga   ko’chib   borgan.   Mazkur   janubiy   elatlarning   guruhlari   Xorazmda   ham
joylashgan.   Ular   bu   yerlarda   mahalliy   aholiga   qo’shilib,   ushbu   jarayon   etnik
jihatdan   yozma   manbalarda   tilga   olingan   “xorasmiylar”   elatiga   asos   solgan.
Demak, tadqiqotchining fikriga ko’ra, Ahamoniylar davriga qadar O’rta Osiyoning
janubida   xorazmliklar   istiqomat   qilmaganlar,   ular   Marg’iyona   –   Baqtriya   va
mahalliy aholining etnomadaniy sintezi asosida aynan Xorazmda paydo bo’lganlar.
XX   asrning   50-yillaridan   boshlab   “O’rta   Osiyoda   quldorlik   davlatlarning
shakllanishi”,  “O’rta Osiyodagi   quldorlik davlatlar”  degan  mavzular  darsliklar  va
umumlashtirilgan   monografiyalarda   keng   o’rin   olgan.   Tarixiy   adabiyotlarda   mil.
avv. I  ming yillikning birinchi  yarmida O’rta  Osiyoning ziroatchilik viloyatlarida
yirik sug’orish inshootlarining barpo etilishi, qal’a va shaharlarning paydo bo’lishi
davlatchilikning asosiy omillari sifatida yoritilgan.
A.V.   Arsixovskiyning   1955   yilda   chop   etilgan   va   1970   yilda   o’zbek   tiliga
tarjima   qilingan   “Arxeologiya   asoslari”   darsligida   quyidagi   ma’lumotlar   mavjud:
“Amudaryodan   olingan   katta   sug’orish   kanallari   qazilganligi   sinfiy   tuzum   va
quldorlik   davlati   paydo   bo’lganligidan   aniq   dalolat   beradi.   Odamlar   yashaydigan
devorlardan   iborat   shahar   xarobalari   tarqalganligi   shu   kanallarga   bog’liqdir.
Chorvachilik bilan birga dehqonchilik xo’jalikning negizini tashkil etgan, kanallar shunchalik   ko’p   qazilganki,   bu   ishni   ibtidoiy   jamoa   tuzumi   davrida   amalga
oshirish mumkin emas edi”.
Demak,   asosiy   xulosalar   shundan   iboratki,   bunday   ishlar   davlatchilik
sharoitida   amalga   oshirilgan,   kanallarni   faqat   qullar   qazishi   mumkin   bo’lgan,
“hyech   qanaqa   davlat   erkin   jamoatchilarni   bunday   g’oyat   katta   yer   ishlarini
bajarishga   majbur   etolmas   edi”.   Mintaqa   ijtimoiy-iqtisodiy   tarixida   irrigasiya
muhim ahamiyatga ega bo’lgan, irrigasiya ishlarini amalga oshirishga jamoatchilar
keng jalb qilingan, deb xulosa chiqarilgan.
        Turli   uy-joylar   va   qabrlarda   topib   tekshirilgan   buyumlar   hamda   xazinalar
jamiyatdagi  mulkiy  tengsizlik  va ijtimoiy tabaqalanish   (harbiy zodagonlar,  jamoa
zodagonlari,   oddiy   jamoatchilar,   qaram   kishilar,   asirlar-qullar)   jarayonlarining
ko’rsatkichi   bo’lib,   V.M.   Massonning   fikriga   ko’ra,   jamiyatda   qarama-qarshi
sinflarning   paydo   bo’lganligi,   ya’ni   ilk   sinfiy   jamiyatning   shakllanganligini
tasdiqlaydi.
XX   asr   80-yillarining   o’rtalarida   O’rta   Osiyodagi   ilk   davlatlar   masalasini
M.A. Dandamayev, V.I. Sarianidi va G.A. Koshelenkolar tahlil qilganlar.
Ular Aryonam Vayjo (qadimgi Xorazm) to’g’risidagi I. Markvart, qadimshunoslar
S.P.   Tolstov   va   M.M.   Dyakonovlarning   xulosalari   hamda   “Katta   Xorazm”
haqidagi   V.B.   Xenning   va   I.   Gershevichlarning   nazariyalariga   o’z   e’tiborini
qaratgan.
          M.A.   Dandamayev   mil.   avv.   VIII-VI   asrlarda   Xorazmda   yirik   quldorlik
davlatining   rivojlanganligi   haqidagi   fikrlarga   ham   qarshi   chiqib,   quyidagi
xulosalarni   chiqargan:   “Ahamoniylar   davrigacha   O’rta   Osiyoda   jadal   rivojlangan
shahar   hayoti   va   mustahkam   davlat   uyushmalari   noma’lum   bo’lib,
hunarmandchilik dehqonchilikdan ajralmagan edi. Ilk shaharlar O’rta Osiyoda mil.
avv. I ming yillikning o’rtalarida shakllana boshlagan. Ular So’g’diyona, Baqtriya
va   Marg’iyona   markazlari   bo’lgan.   Mil.   avv.   VII   asrda   ushbu   viloyatlarning
hududlarida   sun’iy   sug’orishga   asoslangan   nisbatan   yuksak   dehqonchilik
madaniyati shakllangan, ammo yirik davlat uyushmalari vujudga kelmagan edi”.  Yuqorida   keltirilgan   xulosalardan   kelib   chiqib,   aytish   mumkinki,   M.A.
Dandamayev  O’rta  Osiyoda  to’plangan  arxeologik ma’lumotlarni   yetarli  darajada
tahlil   qilmagan.   Mintaqada   bronza   davridan   boshlab   qadimgi   dehqonchilik
madaniyati   keng   yoyiladi.   V.M.   Mascon,   A.A.   Asqarov,       V.I.   Sarianidi,   I.
Masimov   va   boshqa   olimlarning   tadqiqotlariga   ko’ra,   bronza   davrida   maxsus
hunarmandchilik   ishlab   chiqarishi   vujudga   kelgan,   ya’ni   hunarmandchilik
ixtisoslashgan   yoki   kasbiy   bo’lib,   dehqonchilikdan   ajralib   chiqqan.   Umuman
olganda,   bronza   davrida   O’rta   Osiyoning   ziroatchi   aholisi   xo’jalik,
hunarmandchilik,   binokorlik   va   me’morchilik   sohalarida   katta   muvaffaqiyatlarga
erishgan. Ushbu an’analar ilk temir davrida – mil. avv. I ming yillikning birinchi
yarmida yangi asoslarda rivojlantirilgan.
M.A.   Dandamayevning   asari   bilan   birga   1985   yilda   “Kavkaz   va   O’rta
Osiyoning   eng   qadimgi   davlatlari”   degan   umumlashtirilgan   monografiya   nashr
etilgan   edi.   Kitobda   asosan   arxeologiya   masalalari   ko’rib   chiqilgan.   O’rta   Osiyo
arxeologiyasiga   tegishli   xulosa   qismining   mualliflari   V.I.   Sarianidi   va   G.A.
Koshelenko   davlatchilik   tarixiga   oid   ayrim   fikrlarni   bildirganlar.   Ularning
yozishicha, mil. avv. I ming yillikning birinchi yarmida O’rta Osiyoning janubida
ijtimoiy tizimning bosqichma-bosqich murakkablashuvi jarayoni kuzatiladi. O’troq
aholining dehqonchilik vohalarda joylashuvi va ishlab chiqarishni tashkillashtirish
zarurati   boshqaruvning   paydo   bo’lishiga   asos   solgan.   Turli   -   tuman   vohalarda
sodda davlatchilik uyushmalari tarkib topgan. 
              Mintaqa   hududlariga   tegishli   “qadim   Xorazm   sivilizasiyasi”   tushunchasini
dastlab   S.P.   Tolstov   fanga   tatbiq   qilgan.   Mustaqillik   yillarida   sobiq   davrda   O’rta
Osiyo   hududlarida   amalga   oshirilgan   arxeologik   tadqiqotlar   natijalari   inkor
etilmadi   va   ijobiy   baholandi,   misol   uchun,   Xorazmdagi   kashfiyotlar   to’g’risida
quyidagi   xulosalar   mavjud:   “Olimlarning   ellik   yildan   ziyod   olib   borgan
qahramonona   mehnat   mahsulotlari   “Trudi   Xorezmskoy   ekspedisii”ning   16   ta
jildida,   “Materiali   Xorezmskoy   ekspedisii”ning   9   ta   juzida,   “Nizovya   Sirdari   v
drevnosti”ning  5 ta juzida, shuningdek  yuzlab ilmiy maqolalarda, monografiyalar
va to’plamlarda yoritildi”. Ana   shu   olimlarning   izlanishlari   tufayli   O’rta   Osiyoda   ilk   davlatchilik   tarixi   XX
asrning 90-yillarida yangi asoslarda tadqiq qilindi.
I.V. Pyankov “Katta Xorazm” davlati masalasini ko’rib chiqib, bu borada I.
Markvart,   V.   Xenning,   I.   Gershevich,   S.P.   Tolstov,   I.M.   Dyakonov,   M.G.
Vorobyeva,   I.N.   Xlopin   va   boshqa   tadqiqotchilarning   xulosalarini   tahlil   qilgan.
Yunon   tarixchisi   Gekateyning   xabarlariga   asoslanib,   olim   xorazmliklarning
hududiy   joylashishini   Turkman-Xuroson   tog’   oldi   yerlari   bilan   bog’lab,
xorazmliklar   Ahamoniylar   davrida   janubdan   quyi   Amudaryo   hududlariga
ko’chirildi degan xulosaga kelib, V.M. Masson va     M.A. Dandamayevlar singari
qadimgi Xorazm davlatining quyi Amudaryo yerlarida mavjudligini rad etgan.
A.A.   Asqarovning   fikriga   ko’ra,   “xorasmiylarning   dastlabki   vatani
Baqtriyadan janubda, Areyadan sharqda Hyerirud va Hilmend daryolarining yuqori
havzasida, hozirgi Hirot vodiysida bo’lgan”.
Tadqiqotchi S.B. Bolelov, O’rta Amudaryo va Xorazm hududlariga Baqtriya
aholisi   vakillarining   ko’chib   kelganligi   to’g’risidagi   xulosaga   qo’shilib,   ushbu
voqyea miloddan avvalgi  VI  asrning birinchi  yarmida sodir  bo’lgan, deb yozgan.
V.N.   Yagodinning   ta’kidlashicha,   Shimoliy   Baqtriya   aholisining   Xorazmga
migrasiyasi   haqida   Xumbuztepada   topib   tekshirilgan   arxeologik   ma’lumotlar
dalolat beradi.
Bizning   fikrimizcha,   Xorazm   vohasida   xo’jalik   yuritgan   qabilalar   daryo
irmoqlari va undan chiqarilgan sun’iy inshootlar sohili yaqinlarida, shaharlar qurib
mayda   dehqonchilik   vohalarida   istiqomat   qilganlar.   Xorazm   vohasi   aholisi
Ahamoniylar kelgunga qadar, harbiy-siyosiy vaziyat taqozosi bilan Ko’zaliqir kabi
shahar-davlatlarni bunyod etgan bo’lishlari ham mumkin. Ammo bu fikrimiz ancha
bahsli   masala   bo’lib,   chuqur   arxeologik   tadqiqotlarni   talab   etadi,   xolos.   Zero,
xuddi   shu   davrda   tashkil   topgan   siyosiy   birlashma   Charmonyap,   Daudon,
Daryoliq,   Kaltaminor,   Polvonyap,   Amirobod   va   Xazorasp   kabi   sug’orish
inshootlarini   qurdirganki,   ularning   umumiy   uzunligi   70   km.   ni   tashkil   qilgan.
Bunday katta hajmdagi sug’orish inshootlarini qurish, uning sohilidagi hududlarda
katta   va   o’rta   darajali   shaharlarni   qurish   ishlari,   markazlashgan   davlat   faoliyati bilan  bog’liqligini   yaqqol   tasvirlaydi.   So’nggi   yillarda   chop   etilgan  adabiyotlarda
Xorazmda   ilk   davlatchilik   va   qadimgi   boshqaruv   masalalariga   yangicha
yondashuvlar   kuzatilmoqda.   Bunday   yondashuvlar   Yu.A.   Rapoport,   L.T.
Yablonskiy,   S.B.   Bolelov,   S.   Matrasulov,   S.R.   Baratov,   B.I.   Vaynberg   va   V.N.
Yagodin tadqiqotlarida o’z aksini topgan.
Xorazm shahar xarobalarida amalga oshirilgan yangi arxeologik tadqiqotlar
natijasida,   Quyi   Amudaryo   hududlarida   ilk   shaharsozlik   madaniyatidan   dalolat
beruvchi   yangi   ma’lumotlar   topib   tekshirildi.     XX   asr   tarixshunosligida   ushbu
madaniyatning shakllanishi ilmiy faraz sifatida Baqtriya va Marg’iyona aholisining
Xorazm hududlariga kirib kelishi (migrasiyasi) bilan bog’langan. Yangi arxeologik
kashfiyotlar   Xorazmda   Ahamoniylar   davrigacha   davlatchilikning   paydo
bo’lganligini   tasdiqlaydi.   Yu.A.   Rapoportning   fikriga   ko’ra,   qadimgi   Xorazm
davlati   mil.   avv.   VII-VI   asrlar   chegarasida   vujudga   kelgan.   V.N.   Yagodinning
ta’kidlashicha,   Xorazmdagi   ilk   davlatchilik   o’choqlari   Ko’zaliqir   va   Xazorasp
shaharlari atroflarida shakllangan. 
“Avesto”da o’z aksini topgan tarixiy geografiya to’g’risidagi ma’lumotlarni
A.S.   Sagdullayev   ham   tahlil   qilgan.   Tadqiqotchining   ma’lumotiga   ko’ra,
“Avesto”ning   mamlakatlar   ro’yxatida   birinchi   navbatda   tilga   olinayotgan
Aryoshayyona,   Aryonam   Vayjoni   –   bu   keng   hududda   joylashgan   o’lka   deb
tushunish   mumkin.   Videvdat   kitobining   maxsus   bobida   Aryonam   Vayjo   Vanxvi
Daiti daryosi atrofida joylashgan, deb e’lon qilingan.
Vanxvi   Daiti   daryosi   bizga   noma’lum   bo’lib,   uni   yirik   sersuv   daryo,   deb
faraz qilish mumkin. Aryonam Vayjo iqlimi baland tog’li viloyatlar tabiatiga yaqin
bo’lib   ko’rinadi.   Ammo   Aryonam   Vayjoning     geografik   chegaralari   to’g’risida
“Avesto”da aniq ma’lumotlar yo’q”, deb xulosa chiqarilgan.
I.V. Pyankovning yozishicha, Vanxvi Daiti (Vaxvi Dat’ya) – bu Amudaryo
bo’lib,   “Avesto”dagi   Xara,   ya’ni   Pomir   tog’laridan   boshlangan.   Tadqiqotchi
“Avesto”   geografiyasida   Xorazm   chekka   o’lka   sifatida   tasvirlangan,   deb
ta’kidlagan. XX   asr   90-yillarining   ayrim   nashrlarida   oldingi   yillar   tarixshunosligining
kamchiliklari   sifatida   O’rta   Osiyoning   ilk   davlatchiligi   tarixiga   oid   ijtimoiy
munosabatlar   masalasi   ko’rilmagan,   “mavjud   fikrlarda   asosan   quldorlik
munosabatlari bo’lganligi ta’kidlangan”, deb xulosa chiqarilgan. Bunday xulosaga
to’liq qo’shilib bo’lmaydi, chunki bir qator monografiyalar va maqolalarda bronza
va   ilk   temir   davri   ijtimoiy-iqtisodiy   munosabatlari,   jumladan,   masalaga   tegishli
“Avesto” ma’lumotlari o’z tahlilini topgan.
Shu davr tarixshunosligining yana bir xususiyati shundan iborat ediki, O’rta
Osiyoda   ilk   davlatchilik   tarixini   yoritishda   (masalan,   mazkur   dissertasiyada   tilga
olingan   va   iqtiboslar   berilgan   I.V.   Pyankov,   V.I.   Sarianidi,   S.S.   Qudratov   va
boshqa   olimlarning   asarlari),   avvalgi   yillarda   mintaqa   tarixshunosligida   davlatlar
rivojlanishining   davrlashtirilishi   natijalari   maxsus   ko’rib   chiqilmagan.   Ammo,   bu
yo’nalishda turli qarashlar va yondashuvlarning mavjudligi ma’lum. Ilk davlatlarni
davrlashtirish masalasi hozirgacha muammoli bo’lib, o’z yechimini topmagan. 
XX asrning 90-yillarida, tadqiqotchilar ilk davlatlarning shakllari, boshqaruv
tizimi va ijtimoiy munosabatlari kabi mavzularni tahlil qilishga harakat qilganlar.
Ilk   davlatlarning   rivojlanish   bosqichlari   va   turlarini   o’rganish   maqsadida   I.M.
Dyakonov   va   V.A.   Yakobsonlar   nazariyasidan   keng   foydalanildi,   unga   ko’ra,
davlatning   qadimgi   shakllari   quyidagicha   ta’kidlangan:   shahar-davlat   (“nom”),
podsholik (o’rtamiyona hududiy davlat), imperiya (yirik hududiy davlat).
Ikkidaryo   oralig’i   (Mesopotamiya)   misolida   shahar-davlatlar   mudofaa
devorlari     bilan       o’ralgan       bo’lib,     ularning     hududlarida       bosh       ibodatxona,
ma’muriyat   binolari,   hunarmandchilik   ustaxonalari,   oziq-ovqat   omborlari
joylashgan.
V.M.   Masson,   V.I.   Sarianidi,   A.A.   Asqarov,   T.Sh.   Shirinov   va   boshqa
tadqiqotchilar   ushbu   nazariyaning   tarafdorlari   bo’lib,   bronza   davrida   O’rta   Osiyo
janubida   va   Shimoliy   Afg’onistonda   (Oltintepa,   Gonur,   Togolok,   Dashtli   hamda
Jarqo’ton misolida) shahar-davlatlar, “nomlar” vujudga kelganligini ta’kidlaganlar.
V.I.   Sarianidi   Murg’ob   vohasidagi   bronza   davri   yodgorliklari   misolida   “Qadimgi Sharq  podsholigi”  degan  savolni   ro’yobga chiqardi.  Bizningcha,  bu tarixiy atama
noto’g’ri nomlangan, chunki “Sharq” tushunchasi juda keng.
Arxeologik   ma’lumotlarga   ko’ra,   Dashtli,   Gonur   va   Jarqo’tondagi   topib
tekshirilgan   saroy,   ibodatxona,   hunarmandchilik   ustaxonalari   mudofaa   devorlari
bilan o’rab olinmagan. 
Ilk davlatlarning arxeologik belgilari va shakllari muammosi   S.S. Qudratov va
Sh.   Shaydullayev   nashrlarida   ko’rib   chiqilgan.   S.S.   Qudratovning   risolasida   shahar-
davlatlar va podsholiklarning paydo bo’lishi sanasi, “Katta Xorazm”, Qadimgi Baqtriya
davlati,   ilk   davlatlarning   turlari   kabi   masalalar   tahlil   qilingan.   Fikrimizcha,   ushbu
risolaning   bir   kichik   kamchiligi   shundan   iboratki,   XX   asr   tarixshunosligida   mavjud
xulosalar va  nazariyalar yetarli darajada tanqidiy yoritilmagan.
So’nggi   yillarda   E.V.   Rtveladze   tarixiy   sivilizasiyalar,   davlatlar   va   qadimgi
shaharlar   kabi   muammolarni   tahlil   qildi.   Tadqiqotchi   mintaqada   davlatchilik
shakllanishi   va   rivojlanishi   jarayonini   ikki   davr   bilan   bog’lagan:mil.   avv.   II   ming
yillikning   ikkinchi   yarmi,   Jarqo’ton   misolida,   “nom”   shaklidagi   davlatga   o’xshash
tuzilmaning   paydo   bo’lishi;   mil.   avv.   I   ming   yillikning   boshlari   -   mil.   avv.   539   yil
Baqtriya, “Katta Xorazm” va ko’chmanchilarning siyosiy konfederasiyalarining tashkil
topishi. 
E.V.   Rtveladze,   A.X.   Saidov,   Ye.V.   Abdullayevlar   monografiyasida   O’rta
Osiyoda   qadimgi   huquqiy   tizimlarning   paydo   bo’lishi,   zardushtiylik   huquqi   va
“Avesto”da   huquqiy   g’oyalar   kabi   masalalar   yoritilgan.   Tadqiqotchilar   “Avesto”da
tilga olingan jazo (o’lim jazosi, qamoqxonaga mahkum etish, jismoniy jazo, gunohni
yuvish, qondoshlik o’chi) va dinga qarshi, shaxsga qarshi, hayvonlarga qarshi, axloqqa
qarshi, tabiat kuchlariga qarshi jinoyatlarni atroflicha tahlil qilganlar. 
Qadimgi davlatchilik masalasi A.A. Asqarovning yangi tadqiqotlarida ham o’z aksini
topib, ilk davlatlarning paydo bo’lishi sanasi, shart – sharoitlari, omillari va rivojlanish
xususiyatlari tahlil qilingan. Foydalaniladigan asosiy darsliklar va o’quv
qo’llanmalari ro’yxati
1. Античный и раннесредневековые древности Южного Узбекистана 
Отв.ред. академик АН Уз ССР Г.А. Пугаченков. Т. 1989 . 
2. Архитектурные памятники Туркменистана. М. 1972. Ахраров И. 
Ремпель Л. Резной штук Афрасияба Т. 1971. 
3. Беленицкий А.М., Бентович И.Б., Большаков О.Г. Средневековый 
город Средней Азии. Л., 1973
4. Булатов М. Мавзолей Саманидов – жемчужина архитектуры Средней 
Азии. Т. 1978. 
5. Буряков Ю.Ф. Генезис и этапы развития городской культуры 
Ташкентского оазиса. Т. 1982. 
6. Древний и средневековый город Восточного МавераннахраОтв.ред. 
д.и.н. Ю.Ф.Буряков. Т.1990. 
7. Древняя и средневековая культура Чача. Т. 1979. 
8. Живопись древнего Пянджикента / Отв.редакторы А.Ю. Якубовский и 
М.М. Дьяконов. М. 1954. 
9. Заднепровский Ю.А. Древнеземледельческая культура Ферганы МИА. 
М. 1962. № 118 .
10. Исамиддинов М.Х. Хасанов М.Х. История древнего и средневекового 
керамического производства Нахшеба. Т. 2000.

A ntik davr Xorazm moddiy madaniyati Reja 1. Xorazmda arxaik va antik davr shaharlarining manbalarda aks etishi va o’rganilishi tarixi. 2 Xorazm arxaik va antik davr shaharlarining shakllanish asoslari va shart- sharoitlari. 3.Xorazmda ilk davlatchilik an’analarining vujudga kelishi muammosi va arxaik davr shaharlarining moddiy madaniyati. 4.Antik davr Xorazm shaharlari va ularning davlatchilik an’analari rivojidagi o’rni hamda ularning moddiy-ma’naviy madaniyati. 1. Xorazm arxaik va antik davr shaharlarining manbalarda aks etishi va o’rganilishi tarixi.

S.P. Tolstov raxbarligidagi Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspedisiyasi, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog’iston filiali xodimlarining Amudaryoning o’ng kirgogidagi, Xorazm Mamun Akademiyasi, Al-Xorazmiy nomli Urganch Davlat Universiteti xamkoriligidagi arxeologiya guruxi olimlari tomonidan Xorazm viloyati xududida arxaik davrga oid qishloq va shaharlarda arxeologik tadqiqot ishlarini olib bordilar. Tadqiqotchi M.G. Vorobyova tasdiqlashicha Amudaryoning o’ng soxilida 250, chap soxilida 60 dan ortiq arxaik davri qishloq va shaharlar mavjud. Afsuski, yuqorida qayd etilgan qishloq va shaharlar arxeologik qazish ishlari olib borilmagan. Ayniqsa bu holat Amudaryoning o’ng soxilida joylashgan yodgorliklarga tegishli bo’lib, ularni arxeologik jixatidan o’rganish jarayonida ko’plab materiallar topilgan. Ular Oybugirqala, Bozorqala va qishloq manzili Dingilja bo’lib, ular arxeologik jihatdan yetarli darajada o’rganildi holos, ammo u yodgorliklarning mudofaa inshootlari maxsus o’rganilmagan. Biz quyida e’tiborni aynan ana shu yodgorliklarni mudofaa inshootlarining arxeologik jihatdan o’rganilishga karatishni lozim topdik. 1. Xazorasp. Xorazm vohasining janubiy qismida, Baqtriya, So’g’d yo’lida, Urganch shaxridan 70 km o’zoqlikda past tekislikka joylashgan. Yodgorlik kvadrat shaklda (340x320m, yani 10,8 ga). Qalani qadimgi davrda mudofaa devori bilan o’rab olingan, uning saqlanib qolgan balandligi urtacha 4-5m. Turli tarixiy davrlarda devor tashqi tomondan ta’mir qilingan. Yodgorlikning janubiy-sharqiy tomonida arki joylashgan bo’lib, mahalliy aholi o’rtasida u Dev-solgan nomi bilan ma’lum, uning maydoni kvadrat shaklda: 40x40 m. Xazorasp mudofaa devorida ma’lum masofada joylashgan yarim aylanali bo’rjlar mavjud. Bo’rjlarning saqlanib kolishi turlicha, ya’ni shimoliy devorda 7, g’arbiy tomonda 6, sharqiy devorda 4, janubida esa 1 bo’rj saklangan. Bo’rjlar o’rtasidagi masofa turlicha, bo’rj yaqinidagi bo’rjlar o’rtasidagi masofa –10 m, asosiy devordagi bo’rjlar o’rtasidagi oraliq esa 55 m. Qal’aning kirish qismi janubiy devor markazida joylashgan bo’lib, uning kengligi 8 m. Darvozadan to’g’ri ko’cha o’tgan bo’lib, uning chap tomonida masjid

joylashgan. Yodgorlikni qadimda to’rt tamonidan suv o’rab olingan, bu xozirgi vaktda sharqiy tamonda saqlanib qolgan. Yodgorlikning qurilishi va undagi madaniy katlamlarni o’rganish ishlari dastlab Ya.G’.G’ulomov tomonidan olib borildi. U yodgorlikni ko’zdan kechirib, uning qurilish davrini mil. avv. V-IV asrlarga oid degan xulosaga keldi. 1958-1960 yillarda arxeologlar M.G.Vorobyeva, M.Yu.Lapirov-Skoblo, Ye.Ye.Neraziklar Xazoraspni bir necha joyida arxeologik izlanishlar olib bordilar va kulga kiritilgan arxeologik materiallar matlasiga asoslanib uni mil. avv. IV asrga oid degan xulosaga keldilar. Afsuski, Xazoraspda avval olib borilgan arxeologik tadqiqotlar uning eng qadimgi qatlamlarigacha olib borilmagan. Shu sababdan bo’lsa kerak, shaharning paydo bo’lishi va uning rivojlanishi tarixi masalasi bir necha o’n yilliklar davomida o’rganilmasdan, ayni paytda munozarali bo’lib kelmoqda. 1997-1998 yillarda Xorazm Ma’mun akademiyasi Urganch Davlat Universitetining arxeologiya guruxi olimlari tomonidan izlanishlar olib borildi, ammo uning quyi katlamgacha yana etib borilmadi. Xazoraspning kadimiy katlamlarini o’rganishga karatilgan izlanishlar Xorazm Ma’mun Akademiyasi, Ya.G’.G’ulomov nomidagi arxeologiya institutining birlashgan arxeologik gurixi tomonidan 2002 yilda davom ettirildi. Kazishmalar vaktida Xazoraspning, shimoliy devori markazida va shimoliy-g’arbiy bo’rchagining ichki qismida paxsadan tiklangan qadimiy devor topildi. Devor o’z navbatida to’rtbo’rchakli bo’rji yoki pilyastr bo’lib, uning markazida nayza o’qi uchli shinak joylashgan, kengligi 18 sm, balandligi 40 sm. Shinakning ichki qismi devori somon loy bilan suvalgan. Xazoraspning shimoliy va shimoli-g’arbiy qismida qazish paytida olingan sapol buyumlar qurilish tarixini mil. avv. VI-V asr bilan aniqlash imkonini berdi. 2. Ko’zaliqir. Amudaryoning chap soxilida Sariqamish xavzasi Charmanyop sug’orilish tizimi zonasida Toshxovo’z shaxridan 85 km o’zoklikda joylashgan. Qala kir ustuda uchbo’rchak shaklida qurilgan bo’lib, uning umumiy maydoni 40 ga. Yodgorlik ikki qismdan iborat bo’lib, birinchisi kirning janubiy-g’arbiy qismida kad ko’targan, shaxriston va arkdan iborat. Ikkinchisi esa birinchi

obyektdan pastrokda joylashgan. Arxeologik qazishmalar natijasida yodgorlikda ikki qurilish davri mavjudligi aniqlangan. I qurilish davrida yo’lakka ega bo’lgan, to’rt qatorli devor paxsadan tiklangan, yarim aylanali bo’rjlarga ega, ular o’rtasidagi masofa 36m. Devor yo’lagida uy, xonalari, o’choqlar, ibodatxonalar joylashgan. II qurilish davrida paxsa devorga xom g’ishtli devor yopishtirilib qurilgan. Bo’rji devor xom g’ishtdan qurilgan (52x26x10sm). ikkinchi boskichli yo’lak maydonida o’zgarish yuz bermaydi. Devor va bo’rjda nayza o’qi uchi shinaklar shaxmat uslubida joylashgan. Shaharning ichki qismi arxiologik jihatdan to’la o’rganilgan emas, shuning uchun xam uning paydo bo’lishi va rivojlanish tarixi to’g’risida turli fikrlar mavjud bo’lib, ilmiy munozarali holda qolib ketmokda. 3. Bozorqala – Qoraqalpog’iston respublikasi To’rtko’l tumani xududida, tekislikda deyarli kvadrat shaklda (600x560m) qurilgan uning umumiy maydoni 33ga. Devor pastki qismida 8.5-9m. Devor ikki qatorli bo’lib, ular o’rtasida yo’lak-karidor, hosil bo’lgan. Tashki devor nayza o’qi uchli shinakka ega. Devor uning bo’rchagida yarim aylanali bo’rj joylashgan bo’lib, ular o’rtasidagi masofa 30-50 m, kengligi 5,5m devordan yon o’sib chiqishi 6,5 m. qal’a darvozasi shimoliy devor o’rtasida joylashgan, kengligi-5 m, ikki yon tomonida yarim aylanali bo’rjlar mavjud. Ark yodgorlikning shimoliy-sharqiy bo’rchagida joylashgan, kvadrat shaklida. (120x120 m) Uning maydoni 1,4 ga teng. Ark ikki qatorli devor bilan o’rab olingan bo’lib, yarim aylana bo’rjaga ega. Arkning kirish qismi bir necha yo’lakli, to’g’ri bo’rchakli “Labirint”ga ega, xajmi 22x17 m. Labirint o’z navbatida kengligi 2,1 m yo’lakga ega. Uning shimoliy- g’arbiy bo’rchagida ikki tomonga yo’nalgan “Qaldirg’och dum”li bo’rjlar mavjud. Ark devorining saqlanib qolgan kismi 9-10 m. Devor nayza o’qi uchli shinaklarga ega, ular o’rtasidagi oraliq 1,6-2 m. Devor va bo’rj qurilishida 42x47x10-12 sm xom g’isht ishlatilgan. Shaharda hayot mil. avv. VI-V asrdan to miloddan I asrigacha davom etgan.

4. Qalaliqir – Amudaryoning so’l soxilida, Amudaryoning qadimgi irmog’i Daudon sug’orish tizimida joylashgan. Yodgorlik to’rtbo’rchak shaklda rejalashtirilgan 70 ga maydonga ega. Qadimda ikki qatorli devor bilan o’rab olingan, yo’lakga ega. Shaharning to’rtga darvozasi bor, labirintga ega darvozadan yon tomonga o’sib chiqishi 18 m. Qal’a devorida ma’lum masofada joylashgan to’g’ri bo’rchakli bo’rjlar joylashgan. 1952-1956 yillarda Yu.A.Rapoport, M.S.Lapirov- Skoblo Qalalikirda arxeologik ishlari olib bordi, natijada shahar devorida 3 ta qurilish davri mavjudligi aniqlandi. I qurilish davrida ikki qatorli devor paxsadan tiklangan, balandligi 1,1-1,3 m, ular o’rtasidagi kenglik 2,5 m. Darvoza oldi murakkab inshoat devori xam paxsadan qurilgan. II qurilish davri-paxsa devor ustiga xom g’ishtli devor qurilgan, g’ishtning xajmi 40x40x10 sm. Bu qurilish davrida yo’lak xajmida o’zgarish sezilmaydi, darvoza oldi murakkab inshoat devorida xam xom g’isht ishlatilgan. III qurilish davrida g’isht devor ustiga paxsa devor qurilgan, devorning umumiy balandligi 7 m, kalinligi 5 m. Shaharning qurilishi mil. avv. VI asrga oid ekanligi aniqlangan. 5.Katta Oybugur qal’a. Shumanaydan 41 km shimoli-g’arbda joylashgan. Mahalliy aholi o’rtasida Jampikqal’a nomi bilan ma’lum. Yodgorlik birinchi marta Xorazm arxeologiya – etnografiya ekspedisiyasi xodimlari tomonidan 1946 yilda topilib, uning umumiy ko’rinishi rasmga tushirilgan, rejasi chizilgan, lekin arxeologik qazish ishlari olib borilmagan 1 . 1956 yilda yodgorlik yangidan ko’zdan kechirildi, olingan arxeologik materiallarga qarab uni yoshi mil. avv.. IV, er-ng I asri bilan belgilandi. Yodgorlikning yukori madaniy katlami X-XIII asrlarga oid degan xulosaga kelindi 2 . 1964-66 yillarda O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog’iston filialining Ustyurt guruxi yodgorlikda tekshirish ishlarini olib bordi, natijada mil. avv. IV er-ng IV asrlariga oid ekanligini aniqladi. Yodgorlik to’g’ri bo’rchakka yaqin shaklda qurilgan bo’lib, sharqdan 1 (Вактурская, Варобьева 1952, 630 бет) 2 (Толстов 1958, 77-78 бетлар).