logo

Kushonlar davri moddiy madaniyati madaniyati.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

23.662109375 KB
Mavzu:  Kushonlar davri  moddiy madaniyati  madaniyati.
Reja
1. Kushon davlatining tashkil topishi.
2. Kushonlar davri  moddiy madaniyati  madaniyati.
3. Kushon davlati davrida Buyuk Ipak yo’lining ahamiyati.
  Kushon   davlatining   paydo   bo’lishi   haqida   ko’proq   Xitoy   manbalari   va
numizmatika   fani   ma’lumotlari   xabar   beradi.   Umuman   Kushonlar   saltanatining
paydo   bo’lishi   va   rivojlanishi   uzoq   vaqtlar   davomida     tadqiqotchilar   orasida
bahslarga   sabab   bo’lgan   bo’lsada,     so’nggi   2   o’n   yillik   ichida     bu   masalaga   juda
ko’plab aniqliklar kiritish imkonini bergan  tadqiqotlar olib borildi. Ayniqsa, 1961
yilda   Londonda   o’tkazilgan   xalqaro   simpozium,   1968   yilda     Dushanbedagi
YUNESKO   konferensiyasi,   1970   yilda     Qobuldagi   xalqaro   anjuman   Kushon
davlati   masalalariga   bag’ishlangan   bo’lib,   undan   keyin   ham   bu   masala   bo’yicha
ko’plab xalqaro anjumanlar bo’lib o’tdi. 
Kushon podsholigi haqidagi tarixiy ma’lumotlar, o‘sha davrga oid yozuvlar,
kushon   tangalari,  Xitoy   ma’lumotlaridan  iborat.  Kushon   podsholigining   asoschisi
Kudjula   Kadfiz   I   (Amudaryoning   yuqori   oqimida   yashagan   5   tuxor   (yuyechji)
qabilalaridan   biri   bo‘lgan-kushonlar   qabilasining   boshlig‘i   edi.   U   qabilani
birlashtirib,   Baqtriya,   So‘g‘d,   Sharqiy   Afg‘oniston   va   Hind   daryosining   yuqori
hududlarini bo‘ysundirib, mustaqil  davlat tuzgan. Undan so‘ng hokimiyat tepasiga
uning o‘g‘li Vima Kadfiz II, so‘ngra Kanishka I chiqqan. 
Kushon podoligi  quldorlik davlatlaridan biri bo‘lib, hozirgi O‘rta Osiyoning
katta   qismi,Afg‘oniston,   Pokiston   Shimmoliy   Xindiston   va   Sinszyanni   ham   o‘z
ichiga oladi. Kushon podsholigining ravnaq topgan davri-milodiy I asr oxiri va III
asr boshlari edi. 
Qadimgi Xitoy manbalarining guvohlik berishiga ko’ra, mil. avv. II asrning
ikkinchi   choragida   Xitoyning   shimoliy-g’arbida   yashov-chi   ko’chmanchi   xunn,
sak-usun   va   yuyechji   qabilalari   o’rtasida   qonli   to’qnashuv   yuz   berib,   yuyechjilar
Sharqiy   Turkiston   va   Tibetdan   O’rta   Osiyo   yerlariga   surib   chiqariladi.   Xitoy
elchisi   Chjan   Szyanning   ma’-lumotlariga   ko’ra,   xunnlar   siquvi   ostida   Sharqiy
Turkiston orqali O’rta Osiyoga kelgan yuyechjilar Davan va So’g’dni egallagach,
janubga   tomon   harakat   qiladilar   va   Baqtriyani   bosib   olib,   Yunon-Baqtriya
davlatining   faoliyatiga   chek   qo’yadilar.   Yuyechjilar   besh   xonadondan   iborat bo’lgan:   Xyumi,   Shuanmi,   Guyshuan,   Xise   va   Dumi   xonadon-lari.   Xitoy
solnomalarida eslatilgan Da-Yuyechji yoki Katta Yuyechji davlati yuz yildan ortiq
faoliyat  ko’rsatadi. Katta Yuyechji davlati-ning boshlang’ich davri  mil. avv. 139-
125 yillarga to’g’ri keladi. 
Keyinchalik   davlatning   qudrati   ortib,   uning   hududlari   ancha   kengayadi.
Katta   Yuyechji   davlatining   poytaxti   Dalvarzintepa   o’rnida   bo’lgan,   janubiy
chegarasi esa Gibin-Kashmir yoki Qandahor orqali o’tgan.
Oradan chamasi yuz yil o’tib Guyshuan xonadoni kuchayib, uning mavqyei
orta boshlaydi. Xitoy solnomalarida yozilishicha, Guyshuan yabg’usi  Kioszyukyu
(Kujula   Kadfiz)   qolgan   to’rtta   xonadonni   o’z   qo’li   ostida   birlashtirib,   o’zini
Guyshuan (Kushon) hukmdori deb e’lon qiladi va shu tariqa Kushon davlatiga asos
soladi.
Umuman,   Kushon   davlatining   vujudga   kelishini   Katta   Yuyechji
uyushmasining   inqirozi   sifatida   baholash   unchalik   to’g’ri   emas.   Bu   jarayon
mamlakat   taraqqiyotining   bir   bosqichdan   ikkinchi   bosqichga   o’tishi,
markazlashgan   davlatga   asos   solinishi   hamda   hukmron   sulola   almashinuvini
anglatadi.   Kushonlar   davlatining   dastlabki   poytax-ti   Sho’rchi   tumanidagi
Dalvarzintepa   yodgorligi   o’rnida   bo’lgan,   u   Xitoy   manbalarida   Xodzo   deb
nomlanadi.   Kujula   Kadfiz   davrida   Afg’oniston   va   Kashmir   Kushonlar   davlatiga
qo’shib olingan.
Xitoy   manbalarining   xabariga   ko’ra,   yuechji   qabilalari   Toha-ristonda   5   ta
mulkka: Xyumi, Shuanmi, Guyshuan, Xise va Dumiga bo’lindilar. «Yuz yildan sal
o’tib   Guyshuana   (Kushon)   yo’lboshchisi   Kiozyukyu   (Kadfiz)   o’zini   Guyshuana
(Kushon)   davlatining   hukmdori   deb   e’lon   qildi.   U   Ansi   (Parfiya)   bilan   urushga
kirishdi,   Pudu   (Hindiqushdan   janubdagi   yerlar,   Paropamis)   va   Gibin   (Qobul
viloyati)ni tor-mor qildi va ularning yerlarini egalladi».
 
Kushonlar sulolasi hukmronligi davri ko’hna davlatchiligimiz tarixida   katta iz
qoldirgan.   Buni   uning   tarkibiga   kirgan   har   bir   hudud,   yohud   elatlar   mitsolida
yaqqol   ko’rish   mumkin.Uning   deastlabki   poytaxti   Dalvarzintepa   (Surxondaryo), unga   tutash   Xolchayon   (Denov),   Zartepa,   Fayoztepa,   Љ oratepa,   Ayritom(Termiz
atroflari)   va   boshqalar   Kushonlarning   eng   rivoj   topgan   savdo-sotiq,
hunarmandchilik   sohalari   o’sgan   gavjum   shaharlari   hisoblangan.   Kushonlar
davrida mamlakatimiz hududida shaharsozlik madaniyati ham taraqqiy topadi.
  Dalvarzintepa    -Surxondaryo viloyatining Sho’rchi  tumanida joylashgan.U
Kushon davlatining dastlabki poytaxti bo’lgan. Umumiy maydoni 36ga. dan ziyod
shahar uzunligi 2,5km, qalinligi 10 metr bo’lgan himoya devori  va chuqur xandaq
bilan   o’rab   olingan.   Dalvarzintepadan   1972-yilda   arxeologlar   tomonidan   topilgan
umumiy   og’irligi   30   kgdan   ortiq     tilla   buyular   xazinasi   alohida   ahamiyatga   ega
Undan 115 ga yaqin oltin buyumlar xazinasi topilgan. 
Zartepa-   Termiz   shahridan   26   km   shimoli-g’arbda   joylashgan.Ko’hna
shahar   to’rtburchak   shaklida(400x400)   mustahkam   himoya     devorlari   bilan   o’rab
olingan.   Tadqiqotchilarning   fikricha   ushbu   shahar   mil.avvII-I   asrlardan   –milodiy
III-V   asrlarga qadar  mavjud bo’lgan.       
Xolchayon -Ushbu shahar Surxondaryo viloyatining Denov shahri   shimoli-
sharqida   joylashganbo’lib   mil.avvIV-III   asrlardan   –Milodiy   VII   asrgacha   mavjud
bo’lgan.Xolchayondan yirik saroy inshoatlari va  turar joylar ochilgan. 
Eski Termiz - Umumiy maydoni 500 ga iborat bo’lib ko’hna shahar mil.avv
IV-III   asrlarda   paydo   bo’lgan.Antik   davr   manbalarida   «Tarmit»,   «Tarmita»   nomi
bilan   tilga   olingan.   Bu   davrda     o’lkamizda   sun’iy   sug’orishga   asoslangan
dehqonchilik   madaniyati   nihoyatda   taraqqiy   etgan,   ko’plab   sug’orish     inshoatlari
barpo   etilgan.Surxondaryo   vohasida   Eski   Angor,   Zang,   So’g’ddagi   Darg’om
kanallari   shular   jumlasidandir.   Soson   podshosi   Shopur   I   yozdirgan   «Zoroastr
Ka’basi»da   kushonlar   saltanatining   hududi   haqida:   «Kushonlar   mamlakati
Peshavor,   Qashg’ar,So’g’d   va   Chochgacha   cho’zilgan»,-   deyiladi.   Markaziy
Osiyoda kushonlar asos solgan 3 ta shahar bo’lgan:1. Koson- Farg’ona vodiysida;
2.   Kattaqo’rg’on-   Zarafshon   vohasida;   3.   Kesh-   Qashqadaryo
viloyatidadir.Kushonlar   davri   madaniyati   borasida   arxeologik   qazishmalar natijasida mamlakatimiz turli burchaklaridan topilgan buyumlar ma’lumot  beradi.
1933   yilda   Termiz   yaqinidagi   Ayritomdan   topilgan   ibodatxona   tashqi   devori
peshtoqlariga   sarg’ish   –   oq   toshlardan   haykallar   o’rnatilgan.   Haykallarda   yaxshi
kiyingan va marjonlar taqqan ayollarning do’mbira, rubob, chang, nay kabi cholqu
asboblarini chalayotgani tasvirlangan. Peshtoqning bir tomonida qo’lida gul, meva
va boshqa narsalardan iborat dahyalar ko’targan odam haykallari o’rnatilgan. Bino
ichida   g’ishtdan   ishlangan   Budda   haykalining   siniqlari   topilgan.   Bu   yerdagi
haykallarning   ishlanish   uslubi,   kiyim-   kechagi,   musiqa   asboblari   Hindiston,
Markaziy Osiyo, Yunoniston madaniyatlari hamda bu xalqlar o’rtasidagi iqtisodiy
munosabatlarning rivoji madaniy hayotda juda ravshan aks etganini ko’rsatadi. Bu
faqat Ayritomdagi haykallar timsolidagina emas, balki Xorazm, Farg’ona, So’g’d,
Parfiya   yerlarida   topilgan   turli   xil   buyumlar,   madaniy   obidalar,   topilmalar
timsolida ham yaqqol ko’zga tashlanadi. Shahar qurilishiga katta e’tibor berilgan,
me’moriy-   monumental,   tasviriy   va   amaliy   san’at,   haykaltaroshlik   rivojlanish
borasida eng yuqori bosqichga  ko’tarilgan. Bu davrda etnik madaniyati, tili va dini
bir   xil   bo’lgan   xalqlarning   siyosiy   jihatdan   birlashishi   ayniqsa   muhim   ahamiyat
kasb etgan. Turli xalqlar madaniyatining chatishishi natijasida bu yerda o’ziga xos
yangi   madaniyat   shakllanib,   rivoj   topadi   va   keyingi   asrlar   madaniyatining
taraqqiyotiga   ham   zamin   bo’lib   xizmat   qiladi.   Shu   Bilan   birga   kushonlar   davri
Markaziy   Osiyo   xalqlarining   oldingi   davrdagi   taraqqiyotiga   yakun   yasadi.
Shundan   so’ng   Sharq   va   G’arb   madaniyatlarining   o’zaro   ta’sirlari   yangi   tarixiy
bosqichga qadam qo’ydi. Ellin madaniyatining an’analari Kushonlar davrida ijodiy
jihatdan qayta shakllandi va yangicha talqin qilina boshladi.  
 
Kishilik   jamiyati   qaror   topganidan   odamzod   avlod-ajdodlari   kimligini,
qanday   hayot   kechirganligini,   nasl-nasabini,   o’zi   tug’ilib   voyaga   yetgan   zaminni,
Vatanining o’tmish tarixini bilishni istaydi.
Bugungi   kunga   kelib   Vatanimiz   O’zbekiston   nafaqat   Sharq,   balki
umumjahon sivilizasiyasi beshiklaridan biri bo’lganligini butun jahon tan olmoqda.
Tariximiz   ildizlari   necha-necha   ming   yilliklarga   borib   taqaladi.   O’zbek   xalqining boy   va   qadimiy   davlatchilik   tajribasi   bo’lib,   hozirgi   O’zbekiston   hududida   ilk
mustaqil   davlat   tuzilmalari,   miloddan   avvalgi   birinchi   ming   yillik   boshlaridayoq
paydo   bo’lib,   qariyb   3   ming   yil   mobaynida   takomillashib   borgan   va   dunyo
davlatchiligi   ravnaqida   eng   yuksak   darajaga   ko’tarilganligi   butun   dunyoga
ma’lumdir.   Bunday   qadimiy   va   tabarruk   tuproqdan   buyuk   allomalar,   fuzalolar,
olimu-ulamolar,   siyosatchilar,   sarkardalar   yetishib   chiqqan,   diniy   va   dunyoviy
ilmlarning asoslari mana shu zaminda yaratilgan, sayqal topgan.
Eramizgacha   va  undan  keyingi   asrlarda  qurilgan   murakkab  suv   inshootlari,
shu  kungacha   ko’rku-fayzini,  mahobatini  yo’qotmagan  asori-atiqalarimiz   qadim   -
qadimdan yurtimizda dehqonchilik, hunarmandchilik madaniyati, me’morchilik va
shaharsozlik yuksak bo’lganligidan dalolat beradi.
Beshafqat   davr   sinovlaridan   omon   qolgan,   eng   qadimgi   tosh   yozuvlar,
bitiklardan tortib, bugungi kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan 20 mingdan
ortiq   qo’lyozma,   ularda   mujassam   tarix,   adabiyot,   san’at,   ahloq,   falsafa,   tibbiyot,
matematika, fizika, kimyo, astronomiya, me’morchilik, dehqonchilikka oid asarlar
bizning beqiyos ma’naviy boyligimiz iftixorimizdir.  Samarqand,   Buxoro,
Xiva,   Shahrisabz,   Toshkent   kabi   ko’hna   shaharlarimiz   bugungi   kunda   jahon
miqyosidagi ziyoratgohlarga aylangan. Muqaddas zaminimiz orqali o’tgan “Buyuk
Ipak   yo’li”   Sharq   va   G’arbdagi   mamlakatlar   va   xalqlarni   bir-biri   bilan   bog’lab,
ularning madaniy, iqtisodiy hamkorligiga xizmat qilgan. Foydalaniladigan asosiy darsliklar va o’quv
qo’llanmalari ro’yxati
1. Античный и раннесредневековые древности Южного Узбекистана 
Отв.ред. академик АН Уз ССР Г.А. Пугаченков. Т. 1989 . 
2. Архитектурные памятники Туркменистана. М. 1972. Ахраров И. 
Ремпель Л. Резной штук Афрасияба Т. 1971. 
3. Беленицкий А.М., Бентович И.Б., Большаков О.Г. Средневековый 
город Средней Азии. Л., 1973
4. Булатов М. Мавзолей Саманидов – жемчужина архитектуры Средней 
Азии. Т. 1978. 
5. Буряков Ю.Ф. Генезис и этапы развития городской культуры 
Ташкентского оазиса. Т. 1982. 
6. Древний и средневековый город Восточного МавераннахраОтв.ред. 
д.и.н. Ю.Ф.Буряков. Т.1990. 
7. Древняя и средневековая культура Чача. Т. 1979. 
8. Живопись древнего Пянджикента / Отв.редакторы А.Ю. Якубовский и 
М.М. Дьяконов. М. 1954. 
9. Заднепровский Ю.А. Древнеземледельческая культура Ферганы МИА. 
М. 1962. № 118 .
10. Исамиддинов М.Х. Хасанов М.Х. История древнего и средневекового 
керамического производства Нахшеба. Т. 2000.
11. Л унина  С.Б. А рхеология  С редней  А зии .  Учебное пособие. Ташкент. 
1986. pdf.

Mavzu: Kushonlar davri moddiy madaniyati madaniyati. Reja 1. Kushon davlatining tashkil topishi. 2. Kushonlar davri moddiy madaniyati madaniyati. 3. Kushon davlati davrida Buyuk Ipak yo’lining ahamiyati.

Kushon davlatining paydo bo’lishi haqida ko’proq Xitoy manbalari va numizmatika fani ma’lumotlari xabar beradi. Umuman Kushonlar saltanatining paydo bo’lishi va rivojlanishi uzoq vaqtlar davomida tadqiqotchilar orasida bahslarga sabab bo’lgan bo’lsada, so’nggi 2 o’n yillik ichida bu masalaga juda ko’plab aniqliklar kiritish imkonini bergan tadqiqotlar olib borildi. Ayniqsa, 1961 yilda Londonda o’tkazilgan xalqaro simpozium, 1968 yilda Dushanbedagi YUNESKO konferensiyasi, 1970 yilda Qobuldagi xalqaro anjuman Kushon davlati masalalariga bag’ishlangan bo’lib, undan keyin ham bu masala bo’yicha ko’plab xalqaro anjumanlar bo’lib o’tdi. Kushon podsholigi haqidagi tarixiy ma’lumotlar, o‘sha davrga oid yozuvlar, kushon tangalari, Xitoy ma’lumotlaridan iborat. Kushon podsholigining asoschisi Kudjula Kadfiz I (Amudaryoning yuqori oqimida yashagan 5 tuxor (yuyechji) qabilalaridan biri bo‘lgan-kushonlar qabilasining boshlig‘i edi. U qabilani birlashtirib, Baqtriya, So‘g‘d, Sharqiy Afg‘oniston va Hind daryosining yuqori hududlarini bo‘ysundirib, mustaqil davlat tuzgan. Undan so‘ng hokimiyat tepasiga uning o‘g‘li Vima Kadfiz II, so‘ngra Kanishka I chiqqan. Kushon podoligi quldorlik davlatlaridan biri bo‘lib, hozirgi O‘rta Osiyoning katta qismi,Afg‘oniston, Pokiston Shimmoliy Xindiston va Sinszyanni ham o‘z ichiga oladi. Kushon podsholigining ravnaq topgan davri-milodiy I asr oxiri va III asr boshlari edi. Qadimgi Xitoy manbalarining guvohlik berishiga ko’ra, mil. avv. II asrning ikkinchi choragida Xitoyning shimoliy-g’arbida yashov-chi ko’chmanchi xunn, sak-usun va yuyechji qabilalari o’rtasida qonli to’qnashuv yuz berib, yuyechjilar Sharqiy Turkiston va Tibetdan O’rta Osiyo yerlariga surib chiqariladi. Xitoy elchisi Chjan Szyanning ma’-lumotlariga ko’ra, xunnlar siquvi ostida Sharqiy Turkiston orqali O’rta Osiyoga kelgan yuyechjilar Davan va So’g’dni egallagach, janubga tomon harakat qiladilar va Baqtriyani bosib olib, Yunon-Baqtriya davlatining faoliyatiga chek qo’yadilar. Yuyechjilar besh xonadondan iborat

bo’lgan: Xyumi, Shuanmi, Guyshuan, Xise va Dumi xonadon-lari. Xitoy solnomalarida eslatilgan Da-Yuyechji yoki Katta Yuyechji davlati yuz yildan ortiq faoliyat ko’rsatadi. Katta Yuyechji davlati-ning boshlang’ich davri mil. avv. 139- 125 yillarga to’g’ri keladi. Keyinchalik davlatning qudrati ortib, uning hududlari ancha kengayadi. Katta Yuyechji davlatining poytaxti Dalvarzintepa o’rnida bo’lgan, janubiy chegarasi esa Gibin-Kashmir yoki Qandahor orqali o’tgan. Oradan chamasi yuz yil o’tib Guyshuan xonadoni kuchayib, uning mavqyei orta boshlaydi. Xitoy solnomalarida yozilishicha, Guyshuan yabg’usi Kioszyukyu (Kujula Kadfiz) qolgan to’rtta xonadonni o’z qo’li ostida birlashtirib, o’zini Guyshuan (Kushon) hukmdori deb e’lon qiladi va shu tariqa Kushon davlatiga asos soladi. Umuman, Kushon davlatining vujudga kelishini Katta Yuyechji uyushmasining inqirozi sifatida baholash unchalik to’g’ri emas. Bu jarayon mamlakat taraqqiyotining bir bosqichdan ikkinchi bosqichga o’tishi, markazlashgan davlatga asos solinishi hamda hukmron sulola almashinuvini anglatadi. Kushonlar davlatining dastlabki poytax-ti Sho’rchi tumanidagi Dalvarzintepa yodgorligi o’rnida bo’lgan, u Xitoy manbalarida Xodzo deb nomlanadi. Kujula Kadfiz davrida Afg’oniston va Kashmir Kushonlar davlatiga qo’shib olingan. Xitoy manbalarining xabariga ko’ra, yuechji qabilalari Toha-ristonda 5 ta mulkka: Xyumi, Shuanmi, Guyshuan, Xise va Dumiga bo’lindilar. «Yuz yildan sal o’tib Guyshuana (Kushon) yo’lboshchisi Kiozyukyu (Kadfiz) o’zini Guyshuana (Kushon) davlatining hukmdori deb e’lon qildi. U Ansi (Parfiya) bilan urushga kirishdi, Pudu (Hindiqushdan janubdagi yerlar, Paropamis) va Gibin (Qobul viloyati)ni tor-mor qildi va ularning yerlarini egalladi». Kushonlar sulolasi hukmronligi davri ko’hna davlatchiligimiz tarixida katta iz qoldirgan. Buni uning tarkibiga kirgan har bir hudud, yohud elatlar mitsolida yaqqol ko’rish mumkin.Uning deastlabki poytaxti Dalvarzintepa (Surxondaryo),

unga tutash Xolchayon (Denov), Zartepa, Fayoztepa, Љ oratepa, Ayritom(Termiz atroflari) va boshqalar Kushonlarning eng rivoj topgan savdo-sotiq, hunarmandchilik sohalari o’sgan gavjum shaharlari hisoblangan. Kushonlar davrida mamlakatimiz hududida shaharsozlik madaniyati ham taraqqiy topadi. Dalvarzintepa -Surxondaryo viloyatining Sho’rchi tumanida joylashgan.U Kushon davlatining dastlabki poytaxti bo’lgan. Umumiy maydoni 36ga. dan ziyod shahar uzunligi 2,5km, qalinligi 10 metr bo’lgan himoya devori va chuqur xandaq bilan o’rab olingan. Dalvarzintepadan 1972-yilda arxeologlar tomonidan topilgan umumiy og’irligi 30 kgdan ortiq tilla buyular xazinasi alohida ahamiyatga ega Undan 115 ga yaqin oltin buyumlar xazinasi topilgan. Zartepa- Termiz shahridan 26 km shimoli-g’arbda joylashgan.Ko’hna shahar to’rtburchak shaklida(400x400) mustahkam himoya devorlari bilan o’rab olingan. Tadqiqotchilarning fikricha ushbu shahar mil.avvII-I asrlardan –milodiy III-V asrlarga qadar mavjud bo’lgan. Xolchayon -Ushbu shahar Surxondaryo viloyatining Denov shahri shimoli- sharqida joylashganbo’lib mil.avvIV-III asrlardan –Milodiy VII asrgacha mavjud bo’lgan.Xolchayondan yirik saroy inshoatlari va turar joylar ochilgan. Eski Termiz - Umumiy maydoni 500 ga iborat bo’lib ko’hna shahar mil.avv IV-III asrlarda paydo bo’lgan.Antik davr manbalarida «Tarmit», «Tarmita» nomi bilan tilga olingan. Bu davrda o’lkamizda sun’iy sug’orishga asoslangan dehqonchilik madaniyati nihoyatda taraqqiy etgan, ko’plab sug’orish inshoatlari barpo etilgan.Surxondaryo vohasida Eski Angor, Zang, So’g’ddagi Darg’om kanallari shular jumlasidandir. Soson podshosi Shopur I yozdirgan «Zoroastr Ka’basi»da kushonlar saltanatining hududi haqida: «Kushonlar mamlakati Peshavor, Qashg’ar,So’g’d va Chochgacha cho’zilgan»,- deyiladi. Markaziy Osiyoda kushonlar asos solgan 3 ta shahar bo’lgan:1. Koson- Farg’ona vodiysida; 2. Kattaqo’rg’on- Zarafshon vohasida; 3. Kesh- Qashqadaryo viloyatidadir.Kushonlar davri madaniyati borasida arxeologik qazishmalar

natijasida mamlakatimiz turli burchaklaridan topilgan buyumlar ma’lumot beradi. 1933 yilda Termiz yaqinidagi Ayritomdan topilgan ibodatxona tashqi devori peshtoqlariga sarg’ish – oq toshlardan haykallar o’rnatilgan. Haykallarda yaxshi kiyingan va marjonlar taqqan ayollarning do’mbira, rubob, chang, nay kabi cholqu asboblarini chalayotgani tasvirlangan. Peshtoqning bir tomonida qo’lida gul, meva va boshqa narsalardan iborat dahyalar ko’targan odam haykallari o’rnatilgan. Bino ichida g’ishtdan ishlangan Budda haykalining siniqlari topilgan. Bu yerdagi haykallarning ishlanish uslubi, kiyim- kechagi, musiqa asboblari Hindiston, Markaziy Osiyo, Yunoniston madaniyatlari hamda bu xalqlar o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning rivoji madaniy hayotda juda ravshan aks etganini ko’rsatadi. Bu faqat Ayritomdagi haykallar timsolidagina emas, balki Xorazm, Farg’ona, So’g’d, Parfiya yerlarida topilgan turli xil buyumlar, madaniy obidalar, topilmalar timsolida ham yaqqol ko’zga tashlanadi. Shahar qurilishiga katta e’tibor berilgan, me’moriy- monumental, tasviriy va amaliy san’at, haykaltaroshlik rivojlanish borasida eng yuqori bosqichga ko’tarilgan. Bu davrda etnik madaniyati, tili va dini bir xil bo’lgan xalqlarning siyosiy jihatdan birlashishi ayniqsa muhim ahamiyat kasb etgan. Turli xalqlar madaniyatining chatishishi natijasida bu yerda o’ziga xos yangi madaniyat shakllanib, rivoj topadi va keyingi asrlar madaniyatining taraqqiyotiga ham zamin bo’lib xizmat qiladi. Shu Bilan birga kushonlar davri Markaziy Osiyo xalqlarining oldingi davrdagi taraqqiyotiga yakun yasadi. Shundan so’ng Sharq va G’arb madaniyatlarining o’zaro ta’sirlari yangi tarixiy bosqichga qadam qo’ydi. Ellin madaniyatining an’analari Kushonlar davrida ijodiy jihatdan qayta shakllandi va yangicha talqin qilina boshladi. Kishilik jamiyati qaror topganidan odamzod avlod-ajdodlari kimligini, qanday hayot kechirganligini, nasl-nasabini, o’zi tug’ilib voyaga yetgan zaminni, Vatanining o’tmish tarixini bilishni istaydi. Bugungi kunga kelib Vatanimiz O’zbekiston nafaqat Sharq, balki umumjahon sivilizasiyasi beshiklaridan biri bo’lganligini butun jahon tan olmoqda. Tariximiz ildizlari necha-necha ming yilliklarga borib taqaladi. O’zbek xalqining