logo

Usturshona hududida o’rta asrlar moddiy madaniyati

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

51.052734375 KB
Usturshona hududida o’ rta asrlar   moddiy  madaniyati  
Режа:
1.Usturshonaning ilk o‘rta asr o‘troq dehqon madaniyati
2. Usturshonaning ilk o‘rta asr shahar madaniyati
1 O‘zbekiston   nafaqat   O‘rta   Osiyoning   balki,   Qadim   Sharqning   sivilizatsiya
o‘choqlaridan   biri   hisoblanadi.   Bu   hududning  qadimgi   madaniy  vohalari   qatoriga
Sug‘d, Xorazm, Baqtriya o‘lkalari bilan bir qatorda Ustrushona mamlakatini ham
kiritish mumkin.
Ustrushona atamasi  dastlab xitoy manbalarida: Suduyshana, Shuaydushana,
Sudushina, Szebutseyuyna, Sharqiy Sao, Sudulishina, Sao; arab, fors manbalarida:
Surushona,   Sutrushona,   Osrushona,   Surushna,   Oshrusena,   Usrushna,   Ustrushane,
Ushrusona,   Istarafshan   tarzida   uchraydi.   Tarix   fanida   mazkur   atamalarning   eng
makbuli sifatida Ustrushona nomi  q abul qilingan. 1
V   asr  oxirida  eftaliylar,   VI   asrning ikkinchi  yarmidan  Turk xokonligi,   VIII
asrning oxiri   IX   asrning birinchi choragidan arab xalifaligi,  IX   asrning oxirlaridan
Somoniylar davlati tarkibida bo‘lgan Ustrushona mamlakati Somoniylardan so‘ng
amalda mustaqil davlat  sifatida faoliyat  ko‘rsatmagan. Mug‘ullar  bosqiniga qadar
Xorazmshoxlar davlati tarkibida bo‘lgan. 2
O‘rta   Osiyoda   V   –   VIII   asrlarda   asosan   migratsiya   natijasida,   aholining
keskin o‘sishi, shaharlar aholisining gavjumlashuvi va hududining kengayishi bilan
bir   qatorda,   yangi   –   yangi   qishloq   makonlarining   bunyod   etilishiga   ham   sabab
bo‘ladi. Bu jarayonlar keyingi davr yozma manbalarida ham o‘z ifodasini topgan.
Xususan, o‘rta asr  tarixchi – geografi al–Istahriyning xabar berishicha, bu davrda
Buxoro vohasini oqar suv bilan ta’minlagan 12 shoh ariqdan uchtasining havzasida
to‘rt ming qishloq makoni bunyod etilgan. An – Narshohiy ma’lumotiga ko‘ra esa,
Buxoro   shaxri   atrofida   savdogarlar   tomonidan   qurilgan   700   ta   qal’a   va   rabotlar
mavjud   bo‘lgan.   Al-Muqaddasiyning   yozishicha,   Xorazmning   uncha   katta
bo‘lmagan shaharlaridan biri Mizdahqon atrofida 12 ming qishloq makoni faoliyat
ko‘rsatgan bo‘lsa, butun Chag‘oniyonda 16 ming qal’a bunyod etilgan. Va nihoyat,
bu borada Yaqubiy Ustrushona mamlakatidagi mavjud 400 ta qal’a – rabot haqida
ma’lumot beradi 3
.
1
  Негматов Н.Н.   “Усрушана в древности и раннем средневековье “, Сталинабад,1957
2
  Убайдуллаев И.Ҳ. “Фағнон рустоқининг  асрлар тарихига оид айрим мулоҳазалар”// конф.матер. Гулистон 
2007. 39 с
3
  Пардаев М. Ҳ., Ғофуров Ж.И. Уструшонанинг илк ўрта аср қишлоқ маконлари. Т-2016. 113 -114 с
2 Ustrushona mamlakatining ajralmas bir bo‘lagi hisoblanuvchi Jizzax vohasi
o‘zida   shahar   madaniyatini   ikki   ming   yillik   tarixni   jamlagan   bo‘lib,   boshqa
madaniy   o‘lkalarda   bo‘lgani   kabi   bu   hududda   ham     dastlab   qishloq   makonlari
keyinchalik esa, shaharlar vujudga kela boshlaydi.(1rasm) 
Jizzax   vohasida   qishloq   makonlari   ko‘plab   topilgan   bo‘lib,   ularning
tadqiqoti va topilmalar tahlilida o‘zgacha va qiziqarli ma’lumotlarga duch kelamiz.
Qishloq makonlarning tarixi va tahliliga to‘xtaladigan bo‘lsak, ular quyidagilar:  
Qing‘irtepa   qishloq   makoni.   G‘arbiy   Ustrushonada   rejali   asosda   qazib
o‘rganilgan qishloq makonlarining dastlabkisi Qing‘irtepa yodgorligidir.
1978   yilda   O‘z   FA   Arxeologiya   institutining   Shimoliy   Ustrushona   otryadi
(rahbari   E.B.   Qodirov)   Jizzax   viloyatining   arxeologiya   yodgorliklari   majmuyini
tuzish   bo‘yicha   qidiruv,  qazuv   ishlarini   boshlaydi.   Otryad   o‘z   faoliyati   davomida
viloyatning asosiy suv manbai hisoblangan Sangzor, Qorasuv, Zominsuv daryolari
hamda   asosan   Turkiston   tog‘   tizmalaridan   bosh   olib   janub-shimol   yo‘nalishi
bo‘yicha   oquvchi   ko‘plab   soy   va   buloqlar   havzasiga   alohida   e’tibor   qaratdi   (3a-
rasm).   Qidiruv   tadqiqotlari   davomida   ayniqsa,   Sangzor   daryosining   o‘rta   oqimi
havzasida o‘nlab arxeologiya yodgorligi jamlangani qayd etiladi va hisobga olinib,
ulardan   biri   o‘zining   hajmi,   geografik   joylashuv   nuqtai-nazardan   muhim
hisoblangan, Qing‘irtepada planigrafik asosda qazuv ishlari o‘tkaziladi.
Qing‘irtepa   –   Jizzax   viloyati,   G‘allaorol   tumanidagi   Obiz   qishlog‘ining
shimoliy   chekkasida,   Sangzorning   o‘ng   qirg‘og‘ida,   tabiiy   tepalik   ustida
joylashgan   bo‘lib,   u   to‘g‘ri   to‘rtburchak   (120x100)   shaklga   ega,   shimol   –   janub
yo‘nalishi   bo‘yicha   cho‘zilib   ketgan.   Uning   shimoliy   –   sharq   qismida   dumaloq
shaklda,   diametri   30m   o‘lchamdagi   markaziy   imoratlar   (ko‘handiz)   o‘rni
joylashgan.   Qing‘irtepaning   mazkur   qismi   balandligi   tabiiy   tepalik   bilan   qo‘shib
hisoblaganda 20m.ni tashkil etadi. Shimol va janub tomondan umumiy maydoni 2
ga.ga   teng,   balandligi   1   m.   gacha   bo‘lgan   mavze   Qing‘irtepaning   markaziy
imoratlari poyiga kelib tutashgan.Muayyan vizual tadqiqotlardan so‘ng Qing‘irtepa
ilk o‘rta asrlar qishloq makoni xususiyatlarini o‘zida yaqqol ifoda etgan yodgorlik
ekanligi   ayon   bo‘lgach,   uning   so‘nggi   qurilish   davriga   oid   madaniy   qatlamlari
3 planigrafiyasini   o‘rganishga   kirishildi.   SHu   sababli,   6x6   m   hajmda   tushirila
boshlagan   stratigrafik   shurf   pirovardida   katta   qazuv   maydoniga   aylantiriladi.
Natijada,   atrofi   2,5-3m   qalinlikda   devor   bilan   o‘ralgan,   17ta   xonadan   iborat
me’moriy   kompleks   ochilib   undagi   xonalar   o‘z   funksiyasiga   ko‘ra,   oshxona,
omborxona,   yotoqxona,   mexmonxona   va   ibodat   uchun   mo‘ljallangan   xonalarga
ajratilgan. 4
Qing‘irtepadagi   so‘nggi   qurilish   davrlariga   oid   devorlarning   saqlanishi
nisbatan   yomon   ahvolda   bo‘lsada,   uning   aniq   loyihasi   qayd   etilib,   kvadrat
shaklidagi,   o‘lchamlari   26x26m   bo‘lgan   me’moriy   inshoot   ekanligi   aniqlangan.
Uncha   keng   bo‘lmagan   o‘q   koridor   inshootni   ikki   qismga   bo‘lgan   holda   shimol-
janub   yo‘nalishida   o‘tgan.   Qurilish   kompleksining   g‘arbiy   qismi   ya’ni   o‘q
koridorning   o‘ng   tomoni   (janubdan   hisoblaganda)   5ta   xonadan   iborat   bo‘lib,
ularning   4tasi   uzun,   to‘g‘ri   to‘rtburchak,   1tasi   kvadrat   shaklida.   Qurilish
majmuasining sharqiy “qanoti” 6ta turli o‘lchamdagi to‘g‘ri to‘rtburchak shakldagi
nisbatan   kichik   xonalardan,   1ta   uzunchoq,   koridorsimon   xonadan   tashkil   topgan.
Ushbu   xonalar   aksariyatining   (6-xonadan   tashqari)   kirish   eshiklari   imoratning
sharqiy mudofaa devoriga paralel holda ketgan koridor tomonga ochilgan. Koridor
esa   o‘z   navbatida   imoratning   janubiy   tomonida   joylashgan   markaziy   kirish
kompleksi bilan tutashgan.
Qing‘irtepa   qishloq   makonining   davriy   sanasi   qayd   etilgan   moddiy-
madaniyat   namunalari,   xususan,   kosagullar,   yog‘log‘i   (krujka)lar,   tor   bo‘g‘inli
ko‘zalar   va   orasida   turk   hukmdorlari   tangalari   bo‘lgan   35   dona   tangalar   xazinasi
asosida VII-VIII asrlar bilan belgilangan 5
.
Shunday qilib, hulosa qilish mumkinki, Qing‘irtepa o‘rnida milodiy VII-VIII
asrlarda   yirik   dehqon,   zamindorning   qo‘rg‘oni   mavjud   bo‘lgan.   Qo‘rg‘on   tabiiy
tepalik   qir   ustida   Sangzor   daryosining   o‘ng   qirg‘og‘ida   joylashgan   bo‘lib,   undan
chor   atrofni   kuzatish,   nazorat   qilish   mumkin   bo‘lgan.   Uning   shimol   tomonidagi
4
  Ўша асар. 72с
5
  Ўша асар. 75с
4 markaziy   qismida   katta   xonadon   uchun   yashash   xonalari,   mehmonxona,   ibodat
qilish uchun xona va xo‘jalik xonalari faoliyat ko‘rsatgan.
Qing‘irtepaning   janubiy   qismidagi   nisbatan,   pastroq   mavzelarda
qo‘rg‘onning ishlab chiqarish bilan bog‘liq ho‘jalik imoratlari mavjud bo‘lgan .
Qal’a   qo‘rg‘onga   kirish   darvozasi   ham   janub   tomonda   bo‘lib,   darvozadan
keng   hovliga   kirilgan   va   ko‘tarma   yo‘lak   (pandus)   orqali   ikkinchi   yarusga,   ya’ni
qo‘rg‘onning markaziy imoratiga chiqilgan. Arxeologik qazuv ishlari natijalari va
ilmiy, qiyosiy tahlillarga ko‘ra, Qing‘irtepa, Ustrushona mamlakatining o‘ziga hos,
ilk   o‘rta   asr   turar-joy   maskani,   mustahkam   mudofaa   devorlariga   ega   qishloq
me’moriy qurilish imoratining tipik namunasidir. 
Almantepa   I   qishloq   makoni.   Almantepa   I   yodgorligi   Jizzax   viloyati
G‘allaorol   tumani,   Qashqabuloq   qishlog‘ining   sharqiy   qismida,   Sangzor
daryosining o‘ng qirg‘og‘ida joylashgan. Yodgorlik 1982 yilda Jizzax arxeologiya
otryadi   tomonidan   qayd   etilib   hisobga   olingan   va   o‘sha   yili   qazuv   tadqiqotlari
o‘tkazilgan.   Almantepa   I   geografik   joylashuv   nuqtai-nazaridan   atrofdagi
arxeologik   yodgorliklarga   nisbatan   bir   qator   qulaylik   va   ustuvor   xususiyatlarga
ega.   Yodgorlik   ikki   yarusli,   tashqi   ko‘rinishi   oval   shaklida,   g‘arb-sharq
yo‘nalishida uzalgan. Uning saqlanib qolgan o‘lchamlari 40x22m, balandligi-12m.
Almantepa   I   ning   hovli   qismi   uning   chor   atrofida   o‘tkazilgan   er   o‘zlashtirish   va
qad   ko‘targan   imoratlar   tufayli   saqlanib   qolmagan.   O‘tkazilgan   qazuv   ishlari
natijasida,   6ta   xona   va   uni   o‘rab   turgan   mudofaa   devori   ochilgan.   Imoratning
qurilish   loyihasi   to‘g‘ri   to‘rtburchak   shaklida   bo‘lib,   sharq-g‘arb   yo‘nalishida
cho‘zilgan,   qayd   etilgan   barcha   koridorsimon   xonalar   esa   shimol-janub
yo‘nalishida qurilgan.
Almantepaning   qurilish-me’moriy   loyihasidan   ko‘rinib   turibdki,   uning
imoratlari   arxitektura   tarixi   bilan   shug‘ullanuvchi   mutaxassislar   ta’biri   bo‘yicha
aytganda   sof   «taroqsimon-koridorlar»   usulida   bunyod   etilgan.   Bu   usul   taroq
tishlari   misoli   bir-biri   bilan   yonma-yon   qurilgan   to‘g‘ri   to‘rtburchak   shaklidagi,
uzun,   tor   xonalar   majmuidan   iborat   bo‘lib,   bunday   uylarning   tomi   aksariyat
holatlarda arksimon ko‘rinishda yopilgan. 
5 Qadimgi Ustrushonaning arxeologik tadqiqotlar orqali o‘rganilgan bir qator
yodgorliklari,   xususan,   Shahriston   atrofidagi   Chilhujra,   Tirmizaktepa,
Toshtemirtepa, Qal’ayi-Qahqaha I, Sharqiy Ustrushonaning Farg‘ona vodiysi bilan
chegara   zonasida   joylashgan   Qorabuloq,   shimoliy   Ustrushonaning   Bekobod
yaqinida   joylashgan   Munchoqtepa   qurilish   komplekslari   bunyodkorlik   ishlarida
taroqsimon-koridorlar   qurilish   usulidan   keng   foydalanilgan.   Tadqiqotlarga
tortilgan   mazkur   yodgorliklarning   xronologik   davri   IV-V,   IV-VI;   X-XII   asrlar
bilan belgilangan 6
.
Aynan   shunday   me’moriy-qurilish   loyihasi   asosida   qurilgan   mudofaa
tizimlariga   ega   qishloq   makonlari   Sug‘d   hududida   ham   arxeologik   tadqiqotlar
natijasida   ochilgan.   Zarafshonning   yuqori   tog‘lik   qismida   joylashgan,   sug‘diy
hujjatlar   arxivi   topilgan   Mug‘   qal’asida   taroqsimon-koridorlar   usulida   qurilgan
beshta   xona   ochilgan   va   ushbu   kompleks   VII-VIII   asrlar   bilan   davrlangan.   Mug‘
qal’asining funksiyasi  haqida, undagi  xonalarning joylashuvidan kelib chiqib I.A.
Vasilev   harbiy   otryad   uchun   emas,   balki   qandaydir   yuqori   lavozimga   ega
amaldorning   yashashi   uchun   maxsus   qurilgan   imorat,   deb   hisoblaydi.
C.G.Xmelnitskiy,   fikricha,   «bu   erda   qudratli   mudofaa   devorlariga   ega,
chaqirilmagan   mehmonlardan   hududni   muhofaza   qilish   maqsadida   qurilgan,
harbiy-qo‘riqchi   post   faoliyat   ko‘rsatgan».   Mazkur   fikrlarga   qarshi   Yu.   Yaqubov
o‘z   e’tirozini   quyidagicha   bildradi:-«   Mug‘   qal’asi   harbiy   qo‘riqchi   post   bo‘lishi
mumkin emas. Chunki u Sug‘ddan Ustrushonaga olib boruvchi katta yo‘ldan ancha
ichkarida,  xilvat   bir   erda   joylashgan.   Mug‘   qal’asi   kuchli   mudofaalangan   qishloq
makoni bo‘lishi ehtimoldan uzoq emas», deb hisoblaydi. 
Taroqsimon-koridorlar usulida qurilgan xonalardan iborat imoratlarning eng
qadimiylari   Xorazm   hududidagi   yodgorliklarda   qayd   etilgan.   Govurqal’a   shahar
yodgorligining   bevosita   shimoliy   mudofaa   devorlari   yaqinidan   oltita   uzun,
koridorsimon xonalardan iborat qurilish kompleksi ochilgan va milodiy II asr bilan
davrlangan.   Bundan   tashqari,   Xorazm   vohasining   eng   mashhur   yodgorliklaridan
biri   Tuproqqal’aning   shimoliy-sharqiy   minorasi   beshta   to‘g‘ri   to‘rtburchak
6
  Ўша асар.  80 с
6 shaklidagi,   uzun,   bir-biriga   juda   o‘xshash   xonalardan   iborat   bo‘lgan   va   ushbu
kompleks milodiy III asr bilan davrlangan.
Varaxsha   kompleksining   ilk   o‘rta   asrlarga   oid   saroy   ansambli   qurilishlari
tarkibida,   Yuqori   Zarafshonning   Botirtepa,   Gardani   Hisor,   Qum   yodgorliklarida
Shimoliy Toharistondagi Jumaloqtepa, Shimoliy Tojikistonning Isfara tumanidagi
Qal’ayi-Bolo qal’alarida, Turkmanistonning Eski Niso, Shimoliy Afg‘onistonning
Begram   shahar   yodgorliklari   taroqsimon-koridorlar   tizimining   aynan,   asl   loyiha-
rejasi yoki uning elementlari uchraydi.
  Keltirilgan misollarga ko‘ra, aniq bo‘ldiki, ushbu qurilish-me’moriy loyihasi
bo‘yicha   O‘rta   Osiyoning   kattagina   qismida   binokorlik   ishlari   olib   borilgan.
Hozircha   ushbu   toifadagi   qurilishlarning   eng   qadimiy   sanasi   mil.   II   asr
(Govurqal’a)   bo‘lsa,   eng   so‘nggi   faoliyat   davri   XIV   asrga   (Eski   Nisa)   to‘g‘ri
keladi. 
Bizning   fikrimizcha,   Sangzor   vodiysida   ochilgan   Almantepa   I   qal’asi   ilk
o‘rta   asrlarning   VII-VIII   asrlarida,   jamiyatda   bir   xil   maqomga,   bir   xil   mavqega
ega,   bir   xil   vazifani   bajargan   “harbiy   drujinachilar”-chokarlar   yashaydigan   qal’a-
qo‘rg‘onlardan biridir.
Ma’lumki,   bu   davrda   katta   mavqega   ega   bo‘lgan   kadxudo-qishloq
oqsoqollari,   aslzoda-dehqonlarning   shaxsiy,   harbiy   otryadlari   ularni   xizmatida
bo‘lgan. Qishloq oqsoqoli, boy-badavlat dexqonlar tashqi dushmanlardan, nafaqat,
chokarlar   orqali   saqlanishgan,   balki   ichki   nizo   va   g‘alayonlarni   bostirib,
tinchitishda,   er,   suv   soliqlari   va   ijaralarni   undirishda,   shaxsiy   mulk   va   o‘zlarini
qo‘riqlashda ham ulardan foydalanishgan. CHokarlarni yashashi uchun Almantepa
I qal’a-qo‘rg‘oniga o‘xshash oddiy, hasham  va bezaklarsiz, ibodatxonalardan xoli
imoratlar qurilgan.   
Pardaqultepa   qishloq   makoni.   Sangzorning   quyi   oqimi   vodiysida
shakllangan   Jizzax   mikrovohasining   qadim   va   ilk   o‘rta   asrlarga   oid   shahar
yodgorligi   Qaliyatepa   atrofida   20   dan   ortiq   qishloq-makonlari,   qal’alar,   qasrlar,
rabotlar, alohida joylashgan yashash binolari bunyod etilgan. Mazkur bunyodkorlik
ishlarining   ayrim   namunalari   vohaning   shimoliy,   sharqiy   qismida   barpo   etilgan
7 bo‘lib, o‘tmishda bu hududlar bo‘ylab o‘troq dehqon va ko‘chmanchi chorvadorlar
o‘rtasidagi   sarhad   chegara   belgilangan.   Rivojlangan   o‘rta   asr   tarixchi   va
geograflarining   ko‘pchiligi,   jumladan,   al-Istahriy   Ustrushonaning   cho‘l-dasht
sarhadlari, ko‘chmanchilar bilan chegara mavzesida qurilgan qal’a-rabotlar haqida
ma’lumot beradi.
Jizzah   vohasi   Movarounnahrning   sharqiy,   shimoliy-sharqiy   o‘lkalarini
markaziy,   g‘arbiy   va   janubiy   o‘lkalar   bilan   bog‘lovchi,   geografik   jihatdan   qulay,
muhim   strategik   manzil,   yagona   o‘tish   yo‘li   tabiat   mo‘‘jizasi,   Ilono‘tti   darasi,
tabiiy   holda   vujudga   kelgan   Temir   darvoza   poyida   joylashgan.   Ushbu   madaniy
o‘lka   mutaxassislar   tomonidan   Buyuk   Ipak   yo‘lining   muhim   “chorrahasi”   hamda
o‘troq  dehqon  va  ko‘chmanchi  chorvador   aholi   o‘rtasidagi  “kontakt   makon”,  deb
e’tirof etilgan.
Pardaqultepa   -   Jizzax   shahrining   janubiy-sharq   qismida,   Qaliya
mahallasining   markazida,   Qaliyatepadan   1,5km   masofa   janubiy-g‘arbda,
Sangzordan   bosh   olgan   Qaliya-mo‘lkanlik   arig‘ining   chap   qirg‘oq   havzasida
joylashgan.   Yodgorlik   ikki   yarusli,   kvadratsimon   shaklda,   o‘lchamlari   75x65m.,
balandligi   8m.   Pardaqultepaning   birinchi   yarusi   balandligi   3,15m,   birinchi   yarus
hududi asosan sharq tomondan yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ikkinchi yarusning asosiy
imoratlari yodgorlikning markazida bunyod etilgan bo‘lib, u Pardaqultepaning eng
yuqori qismidagi 27x22m. o‘lchamlarga ega alohida tepalik ostidan ochildi.
Qazuv   ishlari   davomida   yodgorlikning   markaziy   qurilish   yadrosi   deyarli
butunlay   ochilib   g‘arbdan-sharqqa   uzalgan,   o‘lchami   25x20m.   ga   teng   to‘g‘ri
to‘rtburchak shaklidagi binolar majmuasi aniqlandi.
Pardaqultepaning   markaziy   imoratlar   majmuasi   10ta   honadondan   iborat
bo‘lib,   shundan   8tasi   to‘liq,   2tasi   qisman   ochib   o‘rganilgan.   Ochib   o‘rganilgan
imoratlar orasida 1,2-xonalar alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu honalar markaziy
imoratlarga   olib   kiruvchi   kompleks   bo‘lib,   ular   Pardaqultepa   qal’asining   asosiy
darvozasi va hovlisi g‘arb tomonda joylashganligidan darak beradi 7
. 
7
  Ўша асар.  91 с
8 Shunday qilib, Pardaqultepaning shimoliy mudofaa devorlari ichki tomonida
o‘tkazilgan  kichik hajmli  planigrafik qazuvlarning ko‘rsatishicha,  bu erda aylana,
koridorsimon   xonalar   usulida   me’moriy-qurilish   ishlari   o‘tkazilgan   va   faoliyatda
bo‘lgan.   
    Komilbobotepa qishloq makoni.  Shimoliy-g‘arbiy Ustrushonaning antik va
ilk   o‘rta   asrlardagi   eng   yirik   va   muhim   shahar   yodgorligi,   o‘sha   davr   ma’muriy-
madaniy   markazi   Qaliyatepani   o‘rab   turgan   qal’a-rabodlardan   biri   Pardaqultepa
(IV-VI asr) ochib o‘rganilgandan so‘ng, Jizzax vohasi qishloq makonlari qurilishi
va   moddiy-madaniyatidagi   uzviylikni   aniqlash   uchun   ushbu   mavzudagi
tadqiqotlarni davom ettirish taqozo qilindi.
Shu   sababli,   vohaning   yana   bir   ilk   o‘rta   asr   yodgorligi   -   Komilbobotepa
qal’asida   qazish   ishlari   o‘tkazildi.   Komilbobotepa   qal’asi   Jizzax   shahridagi
«Qaliya-Mo‘lkanlik» mahallasining sharq tomonida, Qaliyatepadan 800 m masofa
g‘arbda, Pardaqultepadan 950 m shimoliy-sharqda, katta yo‘l yoqasida joylashgan.
Mazkur yodgorlik ham Pardaqultepa singari ikki pog‘onali bo‘lib, trapetsiyasimon
ko‘rinishga ega.
Shimol-janub   yo‘nalishi   bo‘yicha   115m.ga   cho‘zilib   ketgan   yodgorlikning
janubiy   pastki   pog‘ona   qismi   -   eni   45   m.ga,   balandligi   2,0-2,5   m.ga,   shimoliy
yuqori  pog‘ona qismi  eni–70 m.ga, balandligi  7,0 m.ga  teng. Komilbobotepaning
markaziy   qurilish   imoratlari   xuddi   mana   shu   balandlik   qismida   ajralib   turgan
kvadratsimon tepalik ostida bo‘lib, uning o‘lchamlari 25-22 m. ni tashkil qiladi 8
.
Komilbobotepaning   shimol   tomonida,   28-30   m   masofa   uzoqlikda   alohida
joylashgan kichik tepalik mavjud. Mahalliy aholi tilida Komilbobotepani «bolasi»
deb   nomlangan   ushbu   kompleks   to‘g‘ri   to‘rtburchaksimon   shaklda,   shimol-janub
yo‘nalishi   bo‘yicha   cho‘zilgan,   o‘lchamlari   32x10   m,   balandligi   2   m.   Mazkur
mo‘‘jaz   yodgorlik   Komilbobotepa-1   qabilida   nomlangan   va   VII-VIII   asrlarda
Komilbobotepa qal’asining alohida joylashgan xo‘jalik qismi (otxona, molxona,...)
deb talqin qilingan..
8
  Пардаев М.Ҳ. Шимолоий-ғарбий уструшона қишлоқ қурилиши.....//ЎММТ 28-нашр., Сам.1997.1 42 -1 48 с
9 Dastlabki   qazuv   ishlari   qal’aning   yuqori   pog‘onasi   markaziy   qismida
o‘tkazildi va bir qancha turar-joy, xo‘jalik xonalari ochildi.
Topilmalar .Komilbobotepa   qal’asida   o‘tkazilgan   qazuv-tadqiqotlari
natijasida   katta   hajmda   kulollik   idishlari   namunalari   qo‘lga   kiritildi.   Mazkur
kulollik komplekslarining ilmiy tahliliga asosan qal’a davriy sanasi VII-VIII asrlar
bilan   davrlanadi.   Mazkur   monografiya   Jizzax   vohasining   VII-VIII   asrlardagi
kulollik idishlari  tarixiga bag‘ishlangan maxsus  bo‘limda Komilbobotepa kulollik
idishlari   tahliliga   keng   o‘rin   berilgani   sababli,   sopol   idishlar   borasidagi
fikrlarimizni   qisqa   mulohaza   bilan   chegaralaymiz.   Ma’lumki,   Komilbobotepa
qal’asining   davriy   sanasi   O‘rta   Osiyoni   Turk   hoqonligi   tarkibiga   qo‘shib   olingan
davriga   to‘g‘ri   keladi.   Jizzax   vohasida   o‘tkazilgan   arxeologiya   izlanishlari
natijalarining ko‘rsatishicha, hoqonlik istilosining birinchi bosqichi bu erdagi xalq
xo‘jaligida,   xususan   kulollikda   turg‘unlik   vaziyatini   yuzaga   keltirgan.   Milodiy
eraning   VII   asridan   boshlab   kulollik   madaniyatida   ommaviy   o‘troq,   yarim   o‘troq
ko‘chmanchi   chorvador   aholining   nufuzi   oshib   borgan.   Bunga   kundalik   hayot
tarzida   chorva   (go‘sht,   sut,   qatiq...)   mahsulotlarini   avvalgiga   nisbatan   ko‘p
ishlatilishi, aholi demografiyasini keskin oshganligi tufayli turli assortimentli, katta
miqdordagi   sopol   idishlarni   tayyorlanishi   sabab   bo‘lgan.   Turkiylarning   metall,
zargarlik buyumlari, qurol-aslaha va bezakli taqinchoqlari yuqori sifatli san’at asari
sifatida qadrlanib, tezda O‘rta Osiyoning o‘troq aholisi hayot tarziga kirib borgan.
SHu   asnoda   turk   torevtikasi   bo‘yicha   metall   idishlarning   sopol   prototiplari,
mashhur sopol krujkalar, kosagullar yasala boshlagan 9
.
Komilbobotepa   qal’asi   kulollik   idishlarini   uy-ro‘zg‘or   xo‘jaligi,   ehtiyoj
talablari no‘qtai-nazaridan quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin.
  1.   Xo‘jalik   idishlari.   Don,   un,   yog‘,   ichimlik   suvi   va   boshqa   suyuqliklar
saqlash   uchun   xum,   xumcha,   qo‘shquloq-mo‘ndi,   katta   hajmli   ko‘zalardan
foydalanilgan.
9
  Пардаев.М.Ҳ. Комилбоботепа қалъаси. ЎММТ. 32 - нашри. Самарқанд, 2001.
10 2.   O‘choq   ro‘zg‘ori   idishlari.   Qovurma,   qaynatma,   dimlama,   issiq   ovqatlar
va   ichimliklarni   tayyorlash   uchun   qozon,   dekcha   (qozoncha),   tova   (manqaldon),
tog‘ora, xurma, yog‘log‘i, choydish, sarpush (qopqoq)lardan foydalanilgan.
3. Oshxona   idishlari.  Ovqat   va ichimlik  iste’mol   qilish  uchun kosa,   piyola,
kosagul, xurmacha, mo‘‘jaz ko‘zalardan foydalanilgan.
4. Sanitariya-gigiena idishlari. YUvinish,orasta bo‘lish uchun sopol obdasta,
dastsho‘y-chilobchin,   jumrakli   ko‘zalar,   tog‘oralardan   foydalanilgan.   Ushbu
guruhga ayollar kosmetikasi buyumlari - mo‘‘jaz o‘smadon va surmadonlarni ham
qo‘shish mumkin.
Ta’kidlash   joizki,   ushbu   kulollik   kompleksida   mahalliy   idishlar   (xum,
qozon)   bilan   birga   o‘rta   Sirdaryo   bo‘yi   va   Sug‘d   kulollarining   ko‘p   sonli
mahsulotlari ta’sirida yasalgan idishlarning namunalarini ham uchratish mumkin.
Tosh buyumlar. Komilbobotepadan topilgan tosh buyumlarni asosan mehnat
(uy-ro‘zg‘or)va mudofaa maqsadida ishlatilgan jangovar qurollar tashkil qiladi.
Yorg‘uchoqlar   katta   hajmli   ohaktoshlardan   yasalgan   bo‘lib,   ular   uzunchoq
qayiqsimon   ko‘rinishga   ega.   Yorg‘uchoqlarning   uzunligi   32-45   sm.ga,   eni   17-
21sm.ga teng. Qazuv ishlari davomida mazkur tosh don maydalagichlarning faqat
pastki qismi topildi.
Qo‘l   tegirmonlar   yirik   donli   qumtoshdan   aylana   shaklida   yasalgan   bo‘lib,
ularning diametri 30-40 sm.ga teng. Qo‘l tegirmonlarning tepa sirti chekka qismida
chuqurligi   3-4   sm.li   aylana   chuqurcha   mavjud.   Bu   chuqurchaga   yog‘ochdan
yasalgan dasta-zo‘g‘ata o‘rnatilgan va ushbu moslamadan foydalanilgan holda qo‘l
tegirmon aylantirilgan.
Jangovar   tosh   yadrolar.   Pardaqultepa,   Komilbobotepa,   Qaliyatepa
yodgorliklarida   olib   borilgan   qazish   ishlari   mobaynida   topilgan   30ga   yaqin   tosh
yadrolar   ko‘hna   o‘tmishdagi   jangovar   qurollarni   yanada   xilma-xil   va   ancha
mukammal bo‘lganligidan darak beradi 10
.
10
  Ўша асар. 108с
11 Komilbobotepa   qishloq   makonini   o‘zining   me’moriy   qurilish   usullari,
imoratning   planigrafiyasi   hamda   yodgorlikni   ochish   davomida   qayd   etilgan
moddiy-madaniyat   namunalari,   xususan   kulollik   idishlari   kompleksi   asosida   VII-
VIII asrlar bilan davrlanadi. 
Yoqubbobotepa qishloq makoni.   Ilk o‘rta asrlarga oid qishloq makonlarni
Jizzax vohasidagi arxeologik jixatdan uzviy o‘rganish maqsadida shu kunga qadar
planigrafik   va   stratigrafik   ilmiy   izlanishlar   olib   borilib,   Rasulboyqultepa,
Pardaqultepa,   Komilbobotepa,   Jumabobotepa   yodgorliklarining   tarixi   va   moddiy
madaniyatining   o‘ziga   xos   mahalliy   xususiyatlariga   oydinlik   kiritildi.   Bugungi
kunda   ushbu   ilmiy   ishlar   masshtabi   kengaytirilib,   Yoqubbobo   yodgorligida   ham
arxeologik qazuv ishlari olib borilmoqda.
Yoqubbobo   qishloq   makoni   Jizzax   shahri   “Qaliya-Mo‘lkanlik”
mahallasining   janubiy   qismida,   Qaliyatepa   shahar   yodgorligidan   2   km   janubiy-
g‘arbda, Pardaqultepa qal’a rabotidan 800 m, janubiy-g‘arbda joylashgan. 
Yoqubbobotepa   kvadratsimon   ko‘rinishga   ega   bo‘lib,   uning   o‘lchamlari
85x80   m.   ga,   balandligi   9-10   m,   teng.   Yodgorlik   ikki   pog‘onali   bo‘lib,uning
markaziy imoratlari yodgorlikning o‘rtasida joylashgan.
Yodgorlikning   sharqiy,   g‘arbiy   va   janubiy   chekka   qismlari,   yo‘l   chiqarish,
turar joylar qurilishi davrida buzib yuborilgan. 
Yoqubbobotepa   ilk   marta   1979   yil   Egam   Qodirov   rahbarligida   O‘zRFA
Arxeologiya   institutining   Jizzax   otryadi   tomonidan   ro‘yxatga   olingan   va   uning
janubiy-sharq   qismida   tashlangan   kichik   hajmli   stratigrafik   shurf   orqali   madaniy
qatlamlari   o‘rganilgan.   Mazkur   shurf   topilmalariga   ko‘ra,   Yoqubobotepa   VI-VIII
asrlar   bilan   davrlangan.   Ma’lumki,   Yoqubbobotepa   vohaning   eng   o‘lkan   va
qadimgi   shahar   yodgorligi   Qaliyatepani   o‘rab   turuvchi   20ga   yaqin   qishloq
makonlarining biri bo‘lib, ilk o‘rta asrlarda zamindor dexqonlardan birining qal’a-
qo‘rg‘oni sifatida faoliyat ko‘rsatgan 11
. 
O‘z   RFA   Arxeologiya   instituti   bilan   Jizzax   Davlat   Pedagogika   instituti
o‘rtasidagi   kadrlar   tayyorlashning   davlat   dasturi   bo‘yicha   tuzilgan   ilmiy
11
  Пардаев М.Ҳ; Ғофуров Ж.И; Пардаев Ш.М; Убайдуллаев И.Ҳ. Ёқуббоботепа ёдгорлигида олиб борилган 
археологик тадқиқотлар тўғрисида. ЎзАТ. 9-сон. Самарқанд, 2012.
12 xamkorlikka   asosan   pedagogika   instituti   “Tarix”   fakulteti   talabalari   arxeologiya
fanidan   o‘quv   dasturida   rejalashtirilgan   amaliyot   mashg‘ulotlarini   Jizzax
arxeologiya   otryadi   tarkibida   o‘tkazadi.   YOqubbobotepani   Jizzax   shahrida
joylashgani,   Pedagogika   institutiga   yaqinligi   tufayli   talabalarning   kelib-ketishi
qulayligini   hisobga   olib   ushbu   yodgorlikda   2011-yildan   boshlab   talabalar
ishtirokida   muntazam   qazuv   ishlari   o‘tkazilmoqda.   Arxeologik   qazuv   izlanishlari
yodgorlikning   eng   yuqori,   markaziy   qismida   joylashgan   ark   hududida   boshlandi.
Ark aylana shaklga monand bo‘lib, diametri janub yo‘nalishi bo‘yicha 25 metrni,
g‘arb yo‘nalishi bo‘yicha 20 metrni tashkil etadi. Qazuv ishlari dastlab ob’ektning
sharqiy   qismidan   boshlanib,   keyinchalik   uning   masshtabi   kengaytirildi.   Olib
borilayotgan   tadqoqotlar   jarayonida   janubiy-sharqdan   shimoliy-g‘arbga   tomon
yo‘nalgan 6ta xonaning o‘rni deyarli butunlay, 2ta xona qisman ochib o‘rganildi.
Ilk   o‘rta   asrda   O‘rta   Osiyoning   barcha   xududlarida   bo‘lgani   kabi   Jizzax
vohasi qishloq qurilishlarida ham asosan xom g‘isht, paxsa va juda kam holatlarda
yog‘och   va   tosh   materiallaridan   foydalanilgan.   Yoqubbobotepada   o‘tqazilayotgan
qazishmalarning   ko‘rsatishicha,   bunday   voqelik   ushbu   qishloq   makonlari   uchun
ham istisno bo‘lmagan.
Ayni   paytga   qadar   YOqubbobotepa   qishloq   makonida   o‘tkazilgan   qazuv
ishlari natijasida quyidagilarni e’tirof etish mumkin:
- Yoqubbobotepa   VI-VIII   asrlarda   Jizzax   vohasining   ma’muriy   markazi
Qaliyatepa   shahri   atrofida   bunyod   etilgan   ko‘p   sonli   qishloq   makonlaridan   biri
bo‘lgan;
- Qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanuvchi zamindor-dehqonga tegishli bo‘lgan
ushbu   qishloq   makonining   asosiy   yashash   imoratlari   uning   o‘rtasidagi   ikkinchi
pog‘onada   joylashgan,   paxsa   devorlar   bilan   o‘rab   olingan   hududda   (...x....m)
faoliyat ko‘rsatgan.
- Yoqubbobotepa   yashash   xonalaridagi   katta   yong‘in   VIII   asrning   ikkinchi
yarmida, Qaliyatepa bilan bir davrda sodir bo‘lgan. Bu Arab xalifaligi istilosining
13 natijasi   bo‘lib,   shundan   so‘ng,   bu   qishloq   makonida   hayot   to‘xtagan   va   qayta
tiklanmagan 12
.   
Shunday   qilib   xulosa   qilish   mumkinki,   Ustrushonada,   xususan   uning
markaziy, shimoliy va shimoliy - g‘arbiy viloyatla-rida qishloq kurilishi asosan ilk
o‘rta asrlarda kuchaygan. Bunga, mudofaa maqsadlari, aholining sun’iy ravishdagi
demog-rafik   o‘sishi,   qishloq   xo‘jaligining   taraqqiyoti   kabi   ijtimoiy   -   iqtisodiy
hodisalar   sabab   bo‘lgan.   Ustrushonada   ham   qo‘shni   madaniy   vohalardagi   singari
ilk   o‘rta   asrlarda   hududning   tog‘   oldi,   tekislik   va   cho‘l-dasht   bilan   chegaradosh
hududlari, oqar suv havzalarining barcha mavzelari o‘zlashtirilgan. Bunyod etilgan
inshootlar  bir  -  biridan o‘z  funksional  xususiyatlariga   ko‘ra, hajm,  shakl,  qurilish
loyihasi va me’moriy xususiyatlar bo‘yicha farq qilgan.
2. Usturshonaning ilk o‘rta asr shahar madaniyati
Qadim   va   o‘rta   asr   shaharlarining   paydo   bo‘lishi,   rivojlanishi   sabablari   va
omillari,sodir   bo‘lgan   urbanizatsiyaning   qonuniyati,   mazkur   jarayonlarning   o‘sha
davr   ijtimoiy-iqtisodiy   hayotidagi   ahamiyati   xususiyatlarini   xolis,   ilmiy   asosda
o‘rganish hozirgi zamon ijtimoiy fanining dolzarb muammolaridan biridir.
Tarixiylik jihatdan shahar qishloq makonidan keyin shakllanishni boshlagan.
yoki "qishloqdan ajralib chiqqan" bo‘lsada, barcha tarixiy davr bosqichlarda shahar
qishloqqa   nisbatan   "inqilobiy",   kuchli   taraqqiyot   yo‘lini   tutib,   muayyan
mamlakatning   iqtisodiy   xo‘jaligi,   siyosiy,   madaniy   hayoti   asosiga   mustahkam
zamin yaratgan makondir.
O‘rta   Osiyoning   markaziy   shaharlari   (Buxoro,   Marv,   Samarqand...   tarixi
bilan   shug‘ullangan   V.D.Jukovskiy,   V.V.Bartold   kabi   taniqli   sharqshunoslar,
asosan   mavjud   yozma   manbalar   asosida   tadqiqotlar   olib   borgan   bo‘lsalarda,   ular
tez   orada   arxeologik   kazuv   tadqiqotlarisiz   ushbu   ishlarning   samaradorligi   etarli
darajada emasligini va u yoki bu shahar tarixini yaratish mukammal bo‘lmasligini
anglab etganlar 13
.
12
 Ўша асар. 111с
13
 Пардаев М.,Ғафуров Ж. “Жиззах шаҳри: шаклланиши ва ривожланиш....”//анжуман мат.Сам.2011.96с
14 Keyingi paytlarda, ayniqsa, so‘nggi, chorak asr  mustaqillik davrida qadimgi
shahar   madaniyati,   shaharsozlik   tizimi,   uning   qonuniyati     an’analari   tarixini
o‘rganishga   O‘zbekistonda   katta   ahamiyat   berildi.   O‘zbekistonnnng   bir   qator
qadimiy   shaharlari   (Samarqand,   Buxoro,   Xiva,   Shahrisabz,   Qarshi,   Termiz,
Toshkent,   Marg‘ilon)   tarixi   bo‘yicha   o‘tkazilgan   izlanishlar   katta   muvaffaqiyat,
ilmiy   yangiliklar   bilan   xulosalanib,   ushbu   shaharlarning   aniqlangan   ilk   tarixiy
sanalari,   taraqqiyot,   turg‘unlik   va   inqiroz   bosqichlari   dunyo   ilmiy   jamoatchiligi
vakillari   ishtirokidagi   xalqaro   konferensiyalarning   rasmiy   bayonnomalari   bilan
tasdiqlangani, mazkur yo‘nalishdagi tadqiqotlar natijalarining gultoji xisoblanadi.
O‘zbekistonning   turli   geofafik   kengliklarida   joylashgan   tarixiy   shaharlar
qadimgi   davrlarda   davriy   sanasini   hisobga   olmaganda,   o‘z   maqomi,   faoliyati   va
ahamiyati   jihatidan   bir-biridan   katta   farq   qilmagan.   Shunga   qaramasdan,   hozirgi
paytda   mamlakatimiz   shaharsozligi   tarixini   o‘rganishda.   taassufki,   aksariyat
hollarda diqqat-e’tibor markaziy shaharlarga qaratilayotgani sir emas. Bu holat esa
yurtimizdagi,   nafaqat   ko‘hna   shaharlar,   balki   mavjud   tarixiy-madaniy   vohalar
qadimiyatini   o‘rganish   ishida   katta   farqlar   vujudga   kelishiga,   o‘zbek   xalqining
yaxlit,   bir   butun   tarixini   xolis   yaratishdek   vazifani   bajarishda   ayrim   muammolar
kelib chiqishga sabab bo‘lishi mumkin. 14
O‘zbekistonning   yirik   tarixiy-madaniy   vohalari   qatoriga   qadim   va   o‘rta
asrlarda faoliyat ko‘rsatgan, Ustrushona mamlakatining shimoliy-g‘arbiy o‘lkasi -
Jizzax vohasini ham kiritish mumkin.
Vohaning   geografik   jihatdan   qulay   joylashuvi,   tabiiy   -   iqlim   sharoiti,
Sangzor   va   Zominsuv   daryolari   vodiysida,   Morguzar,   Turkiston,   Nurota
tizmalaridan   bosh   oluvchi   o‘nlab   soy,   chashma,   buloqlar   havzasida   dehqonchilik
uchun   obikor   va   lalmikor   erlarning   mo‘lligi,   chorvabop   tog‘   oldi   va   dasht
yaylovlarining   bepoyonligi   sababli,   sug‘orma   dehqonchilikka   asoslangan   o‘troq
hayot   ancha   qadimdan   (mil.   avv.VI-V   asr)   boshlangan.   Insoniyat   taraqqiyot
darajasining   yuqori   o‘lchov   me’zoni   hisoblangan   shaharsozlik   madaniyati   va
shahar   hayoti   esa,   o‘tkazilgan   eng   so‘nggi   arxeologik   tadqiqotlar   natijasiga
14
 Ўша асар. 97с
15 qaraganda,   mazkur   hududda   Jizzax   shahri   va   uning   atrofida     mil.   avv.   III-II
asrlarda   shakllangan.   Bu   boradagi   tadqiqotlar   davom   ettirilayotganini   hisobga
olsak,   ushbu   tarixiy   sana   yanada   qadimiylashishi   ehtimoldan   holi   emas.
Arxeologik tadqiqotlardan ma’lum bo‘ldiki, vohadagi eng ulkan, mumtoz, qadimiy
shahar   o‘rni   Jizzax   shahrining   sharqiy   chekka   qismida   joylashgan   Qaliyatepa
yodgorligi o‘rnida shakllangan 15
.  
Qaliyatepa   sug‘orish   shahobchasi   -   Mazkur   sug‘orish   shahobchasi
Sangzor  daryosining  quyi  oqimi  boshlanishida,  hozirgi  Jizzax  shahrining sharqiy,
janubiy-sharqiy   qismida   vujudga   kelgan.   Sug‘orish   shahobchasi   hududida   ayni
paytda   20   ta   arxeologiya   yodgorligi   qayd   etilgan   bo‘lib,   ularning   asosiy   qismi
Qaliyatepa   shahar   xarobalari   atrofida   joylashgan.   Qaliyatepa   va   uning   atrofidagi
yodgorliklar   o‘tmishda   Sangzordan   bosh   oluvchi   Qaliya-Mo‘lkanlik,   Qang‘li,
Xayrobod,   Olmachi   ariqlari   orqali   suv   bilan   ta’minlangan.   Qayd   etilgan
yodgorliklar   antik   (Qaliyatepa,   Rasulboyqultepa...),   ilk   o‘rta   asr   (Pardaqultepa,
Komilbobotepa,   Yoqubbobotepa...),   rivojlangan   o‘rta   asr   (Qizlartepa,
Siypanchiqtepa...) lar bilan davrlanadi.
Qaliyatepa   shahar   xarobalari.   YOdgorlik   Jizzax   shahrining   sharqiy
qismida,   “Jizzax”   avtostansiyasidan   700   m   shimolda,   Jizzax-Paxtakor   magistral
yo‘li   yoqasida   joylashgan.   Jizzax   vohasining   eng   katta   arxeologiya   obidasi
hisoblangan Qaliyatepa bir-biriga uzviy bog‘langan 5ta to‘g‘ri   to‘tburchaksimon,
kvadratsimon   shakldagi   tepaliklardan   iborat.   Shimol-janub   yo‘nalishi   bo‘yicha
yastangan,   bu   komplekslarning   hozirgi   saqlanib   qolgan   qismining   umumiy
maydoni   50  ga.ni   tashkil  qiladi.  Qaliyatepa   ham   qadimgi   sharq  shaharlari   singari
an’anaviy uch qismli shahar bo‘lib:
1. Ark-shahar hokimi saroyi .
2. SHahriston-mudofaa devori, harbiy burjlar bilan o‘ralgan, ark bilan tutashib
ketgan shahar mavzeyi.
3. Rabod-mudofaa   devori   va   xandaqlardan   tashqarida   alohida   joylashgan   5   ta
tepalikdan iborat.
15
 Пардаев М. Уструшона аҳолисининг шаҳарлашув тарихига оид айрим мулоҳазалар//конф.мат. Гул.2007. 5-
6с
16 Ark .   Qaliyatepa   kompleksining   eng   baland   va   mahobatli,   nisbatan   yaxshi
saqlangan   qismi   bo‘lib,   shahristonning   sharqiy   va   janubiy   darvozalari   o‘rtasida
joylashgan.   Tashqi   ko‘rinish   jihatidan   u   sharq-g‘arb   yo‘nalishi   bo‘yicha   ozroq
cho‘zilgan, aylanaga monand shaklga ega. Uning umumiy maydoni 1 ga.dan oshiq,
balandligi 21 m.ga etadi. Arkning mikrorelefiga qarab uning shimoliy, sharqiy va
g‘arbiy tomonlari alohida, janubiy tomoni  shahristonning umumiy devorlari  bilan
o‘rab olinganini ko‘rish mumkin. 1966 yil Ya. G‘ulomov rahbarligida ark madaniy
qatlamlari stratigrafiyasini o‘rganish uchun o‘tkazilgan qazuv tadqiqotlar natijasiga
ko‘ra   uning   yuqori   qurilish   davri   X-XII   asrlar   bilan   belgilangan.   2013-2014
yillarda   arkda   planigrafik   qazuv   tadqiqot   ishlari   o‘tkazildi.   Natijada,   arkning
g‘arbiy qismida bir-biriga parallel ravishda ketgan koridorlar va ularning o‘rtasida
joylashgan kvadratsimon, to‘g‘ri  to‘rtburchaksimon ko‘rinishdagi  xonalar  ochildi.
Koridorlar   va   xonalarning   devori   asosan   paxsadan,   qisman   xom   g‘ishtdan   (42-
40x21-20x11-10sm)   ko‘tarilgan,   devorlarning   ichki   tomoni   gilkori   usulda
suvalgan.   Arkning   yagona   darvozasi   sharq   tomonda   bo‘lib,   u   ko‘tarma   yo‘lak   –
pandus   orqali   shaharning   sharqiy   darvozasi   kompleksi   bilan   tutashgan.   Qazuv
ishlari davomida topilgan moddiy madaniyat namunalari 2 tarixiy davrga taalluqli.
Ya’ni   Qaliyatepaning  so‘nggi   qurilish   davri  shayboniylar   davriga,   undan  avvalgi,
aynan Ark faoliyati bilan bog‘liq so‘nggi davr VII-VIII asrlar bilan davrlanadi.    
Shahriston  mazkur shahar xarobalarining asosiy yadrosi sifatida Qaliyatepa
markazida joylashgan. Uning tashqi ko‘rinishi to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida bo‘lib,
o‘lchamlari   270x200   m.ni   (5,4   ga),   balandligi   11-12   m.ni   tashkil   qiladi.   Er   sathi
relefini   o‘rganish   asosida   shahristonning   uchta   -   janubiy,   sharqiy,   shimoliy
darvozalari   o‘rni   va   ularning   ko‘tarma   yo‘llari,   mudofaa   istehkomlari   tizimi   va
harbiy   burjlar,   so‘nggi   qurilish   davriga   tegishli   ko‘cha   va   mahallalar   joylashuvi
nisbiy   tarzda   aniqlandi.   Shahriston   uch   tomondan   eni   25-50   m,   chuqurligi   1,5-2
m.gacha   saqlanib   qolgan   xandaqlar   bilan   o‘rab   olingan.   To‘rtinchi,   sharqiy
tomonning   er   sathi   turli   qurilishlar   oqibatida   tubdan   o‘zgarganligi   sababli
yodgorlikka   taalluqli   biron   ma’lumot   olish   imkoniyatimiz   umuman   yo‘q.
SHuningdek,   1980-yillarda   Qaliyatepa   shahristonining   asosan   sharqiy   va   qisman
17 janubiy   yon   bag‘irlarida   er   o‘zlashtirilib,   kuchli   suv   ko‘tarib   beruvchi   uskunalar
orqali sug‘orish ishlari o‘tkazilganligi sababli bu erdagi madaniy qatlamlar deyarli
yaroqsiz holga keltirilgan.
Qaliyatepa   shahristonida   turli   yillarda   3   ta   stratigrafik   shurf   tashlangan.
SHurflardan   olingnan   artefaktlar   asosida   shahristonda   5   ta   katta   qurilish   davri
aniqlangan.   Mil.   er.   avv.   II   asdan   milodiy   VIII   asrgacha   shahar   hayotining   yirik
bosqichi   o‘rganilgan.   Shahristonda   qaytadan   hayot   temuriylar   davrida   boshlanib
XVII asr boshlarida batamom to‘xtagan. 
Rabodlar.   Bu   inshootlar   Qaliyatepa   arki   va   shahristonini   shimol,   janub  va
g‘arb  tomondan  o‘rab  turuvchi  5  ta alohida  joylashgan  tepalardan  tashkil  topgan.
Rabodlarning   sharqiy   tomondagi   davomiy   qismi   XIX   asr   oxirida   temir   yo‘l
qurilishi   davrida   olib   tashlangan.   Mazkur   tepalarni   yaxlit   bir   qurilish   inshooti
ekanligi ehtimoli uzoq bo‘lganligi sababli, ilk qurilish davriy sanasi va rivojlanish
bosqichlari   hali   to‘liq   o‘rganilmaganligini   hisobga   olib,   shartli   ravishda   ularni
alohida   rabodlar   sifatida   raqamlangan   holda   tavsiflashni   maqsadgi   muvofiq   deb
hisoblaymiz 16
.   
Jizzax   vohasining   qadimiy   o‘rni   hisoblangan   Qaliyatepa   yodgorligida
o‘tkazilgan   arxeologik   tadqiqotlar   natijalariga   qaraganda,     dastavval
Qaliyatepaning shimoliy, shimoliy-g‘arbiy va g‘arbiy qismida alohida joylashgan,
mudofaa devorlari bilan o‘rab olingan, umumiy maydoni 10 ga atrofida bo‘lgan 3
ta   qal’a-qo‘rg‘on   bunyod   etilgan.   2-3-   qal’a-qo‘rg‘onda   o‘tkazilgan   stratigrafik
shurf  materiallari  tahliliga ko‘ra, mazkur qal’a-qo‘rg‘onlar  mil.avv. III-II asrlarda
bunyod etilgan va undagi hayot milodiy VIII asrning oxirlarida arab istilosi  bilan
bog‘liq holda to‘xtagan.
Arab   istilosi   natijasida,   VIII   asrning   ikkinchi   yarmida   Qaliyatepa   vayron
etiladi, uning barcha hududlari - ark, shahriston, rabodlarda hayot to‘xtaydi. Quyi
Sangzor   vodiysida   Qaliyatepa   o‘rnida   shakllangan   shahar   hayotining   navbatdagi
16
М.Ҳ.   Пардаев   А.Ҳ.Пардаев   Ш.М.Пардаев   Жиззах   воҳасида     шаҳар   маданиятининг   пайдо   бўлиши   ва
ривожланиш босқичлари (ёзма ва археологик манбалар асосида).Ўзбекистон археологияси. Сам.2014.1(8).15
16с
18 bosqichi Qaliyatepadan 6 km shimoli – g‘arbda, hozirgi Jizzax shahrining shimoliy
— g‘arb qismida joylashgan O‘rda o‘rnida davom etgan. 
Qaliyatepa   shahar   xarobalarida   o‘tkazilgan   arxeologiya   qazuv   tadqiqotlari
tarixi qisqa, shu bilan birga u va uzviylikka ham ega emas. 1950-yillarning oxiri -
1960-yillarda   Ya.   G‘ulomov   rahbarligida   Mohandaryo   ekspeditsiyasi,   1960-
yillarning   ikkinchi   yarmi   1970-   yillarning   boshida   Jizzax   suv   ombori   qurilishi
munosabati   bilan   ushbu   hududda   qidiruv   ishlarini   olib   borgan   S.   Rahimov,   Sh.
Toshxo‘jaev     boshchiligidagi   otryadlar,   1979   –   80-   yillarda     E.   Qodirov,   1980-
yillar   boshida   T.   SHirinov   boshchiligidagi   arxeologlar   guruhi   Qaliyatepaning
shahriston,     ark,     shimoliy     rabodlarida   asosan,   kichik   hajmli   stratigrafik     qazuv
ishlarini o‘tkazishgan. 
Ushbu otryadlar  orasida  faqatgina T. Shirinov rahbarligidagi  Jizzax  otryadi
Qaliyatepa     shahristonining   shimoliy   qismida   planigrafik   qazuv   tadqiqotlari
o‘tkazgan   va   yodgorlikning   so‘nggi   qurilish   davriga   oid   kvadrat   shaklidagi   xom
g‘ishtlardan   ko‘tarilgan,   o‘lchamlari   11x11m.ga   teng   mahobatli     imorat
qoldiqlarini   ochib   o‘rgangan   va   ushbu   qurilish   kompleksi   XV-XVI     asrlar   bilan
davrlangan 17
. 
Qaliyatepa shahristoni madaniy  qatlamlarini o‘rganish uchun             1980 –
90- yillarda 3 ta stratigrafik qirqim o‘tkazilgan. Qirqimlarning birinchisi shahriston
sharqiy   darvozasining   shimol   tomonida   tushirilgan.   Ikkinchi   stratigrafik     qirqim
shahristonning   shimoliy-g‘arbiy   kunjagida,   uchinchi   qirqim   esa   janubiy
darvozaning   g‘arb   tomonida   qazilgan.   Barcha   stratigrafik     qirqimlarda   madaniy
qatlamlar   xususiyatlari, davriyligi, moddiy ashyolarning “assortimenti” va shakl-
shamoyili   bir-biriga   juda   o‘xshashligi   qayd   etilgan.   Aniqlanishicha,   Qaliyatepa
shahristoni   va   arkning   barcha   hududlaridagi   madaniy   qatlamlar   yaxlit   bo‘lib,
ularning davriy sanalari bir davrga oid bo‘lgan 18
. 
17
  Пардаев М.Ҳ. Қалиятепа шаҳар ёдгорлиги ва унинг стратиграфиясига доир айрим мулоҳазалар // ЎММТ, 
31-нашри, Самарқанд, 2000 .  121с
18
  Пардаев   М.Ҳ.   Жиззах   отрядининг   1996   йилги   илмий   ҳисоботи     ЎзР   ФА   Археология   институти   архиви.
Самарқанд, 1996
19 Birinchi   va   ikkinchi   stratigrafik   qirqimlarning     natijalari                   ilm - fan
muomalasiga deyarli kiritilmagan.  Shu sababli, birinchi qirqimda 1998-99 yillarda
M. Pardaev tomonidan tozalash, qazish ishlari o‘tkazilgan. Ushbu ishlar natijasida,
umumiy balandligi  10m.ga yaqin, eni 6.5m. hajmdagi madaniy qatlamlardan uzoq
davom   etgan   5   ta  qurilish   davri   aniqlandi.  Madaniy   qatlamlarda   antik  va   so‘nggi
antik   davrga   oid   2   ta,   ilk   o‘rta   asrlarga   oid   2   ta,   so‘nggi   o‘rta   asrlarga   oid   1   ta
qurilish   davri   qayd   etilgan.   Stratigrafik   qirqimda   aniqlanishicha,   Qaliyatepa
shahristonida yangi  eraning I asrlaridan faol hayot boshlangan. Ushbu davrga oid
madaniy qatlamlar shahristonning barcha hududida uchraydi. So‘nggi antik davrda
(III-IV   asrlar)   mahalliy   madaniyat   bilan   Sirdaryo   bo‘yi   ko‘chmanchi   chorvador
aholi madaniyati o‘rtasida o‘zaro ta’sir qo‘shilib uyg‘unlashuv omillari kuzatiladi.
Cho‘l   madaniyatining   ta’siri   V-VI     asrlarda   yuqori   darajaga   ko‘tarilgan.   Milodiy
VI-VIII     asrlarda  Qaliyatepaning   arki,   shahristoni   va  rabotlarida   faol,  mukammal
shahar hayoti hukm surgan. Bu davrda ark ichki aylana devor bilan o‘rab olingan.
Ilk   o‘rta   asrlardan   arablar   istilosigacha   bo‘lgan   davrda   Qaliyatepa   Jizzax
vohasining eng yirik, markaziy shahri, Feknon (Fag‘non) rustoqining bosh shahri
sifatida sahnaga chiqqan. 
Demak,   stratigrafik   qirqimlar   ashyoviy   dalillariga   ko‘ra,   milodiy   eradan
avvalgi   ming   yilliklarning   oxirlari,   yangi   eraning   boshlarida     Qaliyatepaning
umumiy maydoni   50 ga. dan ortadi.   Avval bunyod etilgan qal’a-qo‘rg‘onlarning
janubida 5 ga. dan ortiq maydonda, qudratli mudofaa devorlari bilan o‘rab olingan,
atrofida  muhofaza  maqsadlari  uchun   suv  to‘ldirib  qo‘yiladigan   handaqlar   bunyod
etilgan,   shimol,   sharq,   janub   tomonlarida   darvozalari   mavjud   bo‘lgan   shahriston
bunyod   etiladi.   Milodiy   III-IV   asrdan   boshlab   Qaliyatepa   uch   qismli   mukammal
shahar   (ark,   shahriston,   rabodlar)   sifatida   o‘z   faoliyatini   davom   ettiradi.   Uning
atrofida ilk o‘rta asrlarda 20 dan ortiq qishloq makonlari bunyod etiladi. Sababi, bu
davrda   demografik   jarayonlar   faollashadi,   O‘rta   Sirdaryo   hududidan   kirib   kelgan
ko‘chmanchi   chorvador   aholining   Qaliyatepa   atrofida   ommaviy   o‘troqlashuvi
natijasida,   maxsus   irrigatsiya   mavzeyi   vujudga   keladi.
Qaliyatepa   V-VI   asrlarda   tarix   sahnasidan   o‘rin   olgan   Ustrushona   davlati
20 tasarrufidagi   Fag‘non   (Feknon)   rustoqining   bosh   shahriga   aylanadi.   Bu   davrda
Qaliyatepa   shahristonining   janubiy   –   sharq   qismida   mahobatli   ark,   shimoliy   –
sharq qismida shahriston bilan maxsus yo‘lak orqali bog‘langan, umumiy maydoni
0,4   ga.ga   yaqin,   mudofaa   devorlari   bilan   o‘ralgan   ibodatxona,   uy   –   joy   xonalari
devorlari ganchkori, pol sathi mayin shag‘alli sementsimon maxsus qorishma bilan
suvalgan rabodlar shaharning muhim tarkibiy qismini tashkil qilgan. 19
2007   yilning   I   choragida   Jizzax   viloyat   hokimligi   rahnamoligida   O‘zR   FA
Ya.G‘ulomov   nomli   arxeologiya   instituti   bilan   “Jizzax   vohasi   qadim   tarixi   va
qadriyatlarini   o‘rganish   markazi”   o‘rtasida   xo‘jalik   shartnomasi   tuzildi   va   ushbu
shartnomaning dasturiga muvofiq Qaliyatepa 3-rabodida qazuv tadqiqotlari  2007-
2008 yillarda o‘tkazildi.
Qaliyatepa   shahristoni,   rabodlari   usti   va   yon   atrofidan   yig‘ilgan   tasodifiy
topilmalar,   antik   davrga   oid   sopol   idishlar   bo‘laklarini   uchrashi   shahar
yodgorliginnng   bunyod   etilgan   tarixiy   davrini   yanada   qadimgiroq   ekanligidan
shahodat beradi 20
.
Qaliyatepa   3-rabodi   shahristonning   shimol   tomonida,   25-30   m.li   mudofaa
xandaqlari   ortida   joylashgan   bo‘lib,   hozirgi   kunga   qadar   saqlanib   qolgan   qismi
uchburchaksimon   ko‘rinishga   ega.   Un i ng   janub i y   va   g‘ arbiy   tomo n i   1 15   m.ga ,
balandli gi  6-7  m.ga  ten g . Rabo dning   sh imoliy va sharqiy tomonlari er o‘ z lashtirish
paytida qirqib tashlan gan.   Yo‘qotilgan qismini  ham   hisobga  olganda 3-rabo d nin g
umum iy  maydoni 2,2 ga . dan ort i q bo‘l a di. Mikrorelef tuzilishi bo‘yicha rabo d ning
shar q iy, janubiy darvozalari o‘rn ini  aniqlash mumkin.
Qaliyatepa   rabodlari   stratigrafiyasi,   moddiy-madaniyati   xususiyatlari
hanuzga   qadar   maqsadli   ravishda,   ma’lum   ilmiy   reja   asosida   o‘rganilgan   emas.
SHu   sababli,   qazuv   ishlari   Qaliyatepa   3-rabodining   janubiy-g‘arbiy   qismida,
g‘arbiy   mudofaa   devorining   yaqinida,   mikrorelef   bo‘yicha   ajralib   turgan   alohida
19
  Пардаев   М.,Ғафуров   Ж.   “Жиззах   шаҳри:   шаклланиши   ва   ривожланиш   босқичлари   ҳақида   айрим
мулоҳазалар”//Марказий Осиё деҳқончилик ва дашт...илмий-назарий анжуман мат.Самарқанд,2011.97-98с
20
 Холбоев З.  уструшонанинг қадимги мудофаа деворлари тарихидан. Гулис. 2007.34с
21 uy-joy   kompleksi   ustida   boshlandi.   Qazuv   ishlari   davomida   13   ta   xona   o‘rni
aniqlandi va ularning aksariyati to‘liq ochildi . 21
Topilmalar.   Qazuv ishlari davomida asosan qo‘lda yasalgan sopol idishlari
qayd   etildi   va   Qaliyatepa   3-rabodi   yuqori   qurilish   davri   xronologiyasi   mazkur
topilmalar asosida aniqlandi.
Kulollik idishlarining turlariga asoslanib xonalarning “funksiyasi”ni qisman
bo‘lsada   aniqlash   mumkin.   Xususan,   xumlar,   xumchalar,   qozonlar,   dekchalar,
tovalar,   katta   hajmli   ko‘zalar   topilgan   xonalarni   “o‘choq   boshi”   yoki   oziq-ovqat,
ichimlik   suvi   zaxiralarini   saqlash,   ulardan   egulik   tayyorlashda   foydalanilgan
imoratlar   sifatida   e’tirof   etish   mumkin   bo‘lsa,   kosa,   tovoq,   likobcha,   yog‘log‘i
(krujka), kosagul, manqaldon singari sopol idishlar topilgan xonalarni ovqatlanish
(oshxona)   xonalari,   sopol   idishlar   deyarli   uchramaydigan   xonalarni   yotoqxona
sifatida qayd etish mumkin.
Sopol idishlar majmuasidagi xum va xumchalar, qozon va dekchalar, hajmi
katta   ko‘zalar   o‘rtacha   sifatli   loydan   qo‘lda   tayyorlangan,   angob   bilan
bo‘yalmagan, ko‘rinishi qo‘pol, dag‘al (ba’zilari assimetrik tarzda) bo‘lib (1rasm),
Jizzax vohasidagi Komilbobotepa, Qing‘irtepa, Qaliyatepa shahristonidan topilgan
sopol   idishlarga   muqoyasaviy   jihatdan   juda   yaqindir.   Ba’zi   xumlarga   usta-
kulolning shaxsiy belgisi tamg‘a muhrlangan.
3-rabod   yuqori   qurilish   davri   sanasini   belgilashda   qazuv   ishlari   davomida
topilgan   kosagullar,   yog‘log‘i   (krujka)lar,   likobchalar   muhim   o‘rin   tutadi.
Kosagullarning   pastki   tana   qismi   kosasimon   shaklda,   alohida   yasalgan,   tagdoni
yassi, yalpoq. Tepa qismidagi gardish esa besh, olti yaproqli gulsimon ko‘rinishda
bo‘lib, ushbu ikki qism bir-biri bilan loyi qurib qolmasdan birlashtirilgan. Bunday
idishlar   Ustrushonaning   g‘arbiy   sarhadlari,   xususan,   Markaziy   Sug‘d   bilan
bevosita chegaradosh, yuqori Sangzor vohasi  yodgorliklarida ko‘plab uchraydi va
VII-VIII asrlar bilan davrlanadi 22
.
21
  Пардаев М.Ҳ., Убайдуллаев И.Ҳ., Ғофуров Ж.И., Холбоев З.Т., Эргашева     Б.С., Пардаев Ш.М. Қалиятепа 3-рабодида 2007-2008 
йилларда ўтказилган археологик тадқиқотлар хусусида // Ўзбекистонда археологик тадқиқотлар:     2007-2008 йиллар. Самарқанд, 2009.
22
  Пардаев М.Ҳ. Жиззах воҳасининг VII-VIII асрлардаги кулоллик идишлари // ЎММТ, 30-нашри, 
Самарқанд, 1999. 148 б
22 Yog‘log‘i-krujkalarning   tana   qismi   asosan   silindrsimon,   uzunchoq-
xurmachasimon   ko‘rinishda   bo‘lib,   ularning   bo‘yni   kalta,   gardishi   tik,   gardish
boshi  to‘mtoq, sezilarli darajada tashqariga qayrilgan, tasmasimon  dastasining  bir
uchi   idishning   yuqori   gardish   qismiga,   ikkinchi   uchi   elka   qismiga   o‘rnatilgan.
Ushbu   idishlar   tom   ma’noda   hozirgi   zamonaviy   “krujka”   va   “chashka”larning
prototipidir. Ular ham  VII-VIII  asrlar bilan davrlanadi. 
Likobchalar   shakl   jihatidan   bir   guruhga,   o‘lchamlari   bo‘yicha   2   turga
mansub.   Ular   sarg‘ish   tuproq   loyidan   asosan   qo‘lda   tayyorlangan,   lekin   kulollik
charxida   tayyorlanganlari   ham   mavjud(1(a)-rasm).   Loy   tarkibiga   maydalangan
sopol va tosh parchalari qo‘shilgan, tagdoni tekis-yassi, yon devorlari ikki tomonga
kengaygan   holda   yuqoriga   ko‘tarilgan,   gardishi   to‘g‘ri,   gardish   uchi   to‘mtoq,
aksariyat idishlar sirlanmagan.
Xulosa sifatida quyidagilarni ta’kidlash mumkin:
- 3-rabodning   janubiy-g‘arb   qismidagi   mikrorelef   bo‘yicha
alohida   ajralib   turgan   tepalikdagi   turar-joylar   katta   oila-xonadonga   tegishli
bo‘lgan;
- Turar-joy   mavzesi   g‘arbdan   mudofaa   devori   bilan,
shimoldan  3-rabodning g‘arbiy darvozasi  bilan,  sharqdan  janub-shimol  yo‘nalishi
bo‘yicha o‘tgan ko‘cha bilan chegaralangan. Turar-joyning kirish (darvoza, eshik)
qismi   hozircha   aniqlanmagan   bo‘lsada,   imoratni   ko‘cha   bilan   bog‘lovchi   sharqiy
tomonda bo‘lgan deb taxmin qilish mumkin;
- Turar-joy   mavzesi   o‘ziga   to‘q   xonadonga   tegishli   bo‘lgan,
chunki   devorlari   ganchkori   usulda   pardozlangan   mehmonxona   (3-xona)   va   g‘alla
zaxirasi   saqlanadigan,   pol   sathi   maxsus   qorishma   (shag‘al   va   qir)   bilan   ishlov
berilgan xonalar shundan guvohlik beradi. 23
  Qaliyatepa 3-rabodining yuqori qurilish davri muqoyasaviy tahlillarga ko‘ra,
VII-VIII asrlar bilan davrlanadi.
O‘rda   sug‘orish   shaxobchasi   Qaliyatepa   sug‘orish   shaxobchasidan   keyingi
davrda   vujudga   kelgan.   O‘rda   shahar   yodgorligining   ilk   qatlamlari   IX-X   asrlarga
23
  Пардаев М.Ҳ., Убайдуллаев И.Ҳ., Ғофуров Ж.И., Холбоев З.Т., Эргашева     Б.С., Пардаев Ш.М. Қалиятепа 3-рабодида 2007-2008 
йилларда ўтказилган археологик тадқиқотлар хусусида // Ўзбекистонда археологик тадқиқотлар:     2007-2008 йиллар. Самарқанд, 2009.
23 taalluqli.Qaliyatepadan   6   km   shimoliy-g‘arbda   joylashgan.   O‘rda   sug‘orish
shaxobchasi tasarrufida 13 ta (Shundan 8 tasi ilk o‘rta asrlarga oid)yodgorlik qayd
etilgan.   Mazkur   sug‘orish   shaxobchasi   o‘zining   tom   manodagi   faoliyatini
rivojlangan   o‘rta   va   so‘nggi   o‘rta   asrlarda   ko‘rsatgan.   Quyi   Sangzor   irrigatsiya
rayonida   o‘rta   asrlarda   Qaliyatepa   va   O‘rda   sug‘orish   shaxobchalari   bir-biriga
qo‘shilib   bir   butun   yaxlit   sugorma   dsxkonchilik   vohasini   tashkil   qilgan.   Bu
davrlarda   taxminin   30-32   ming   ga.dehqonchilik   eri   sug‘orilgan   .   Zominsuv
irrigatsiya rayoni. Zominsuv havzasida 32 ta arxeologiya yodgorligi qayd etilgan.
Mazkur   sug‘orma   dehqonchilik   hududidagi   ilk   o‘rta   asr   qishloq   makonlari
Qo‘rg‘ontepa   (O‘rdatepa)   shahar   yodgorligi   atrofida   to‘plangan.   Shuningdek,
Xo‘jamushkentsoyning   o‘rta   oqimida   qayd   etilgan.   Kultepa   shahar   yodgorligi
atrofida   ham   10   ga   yaqin   ilk   o‘rta   asr   qal’a-qo‘rg‘onlari   qurilgani   qayd   etilgan.
Pishag‘orsoy,   Jaloyirsoy,   Qizilolmasoy   kabi   suv   manbalari   havzasida,   tog‘   oldi
hududlaridagi   erlarda   ham   sug‘orma   dehqonchilik   ishlarni   yo‘lgan   qo‘ygan.   Ilk
O‘rta   asrlarda   sodir   bo‘lgan   o‘troqlashuv   jarayonlari   Zominsuv   havzasida   ham
sug‘oriladigan   erlarni   maksimal   tarzda   o‘zlashtirilishiga   sabab   bo‘lgan.   Bu   davr
Zomin   sug‘orma   dehqonchilik   xo‘jaligining   yuksak   taraqqiy   etgan   davri   bo‘lib
hisoblanadi.   Rivojlangan   o‘rta   asrlarda   Ustrushona   rustoqlari   orasida   Zomin
dehqonchiligi   etakchi   nufuzga   ega   bo‘lgan   va   bunga   ilk   o‘rta   asrlarda   zamin
tayyorlangan.   Bu   davrda   Zominsuv   havzasida   14-16   ming   ga.   erga   sug‘orma
dehqonchilik   ekinlari   ekilgan.   Ravotsoy   irrigatsiya   rayoni.   Bu   sug‘orma
dehqonchilik   hududi   Morguzar   tog‘ining   sharqiy   o‘ngirlaridagi   buloqlar
yig‘indisidan   hosil   bo‘lgan   Ravotsoy   havzasida   (Jizzax   tumani,   Uchqiz,   Ravot
qishloqlari) tashkil topgan. Ravotsoyning chap qirg‘og‘ida joylashgan Nomsiztepa
shahar   yodgorligi   atrofida  V-VIII;   X-XII   asrlarga  oid   11  ta   qishloq   makoni   qayd
etilgan.   Ravotsoy   vohasidan   So‘g‘dni   Ustrushona,   Farg‘ona,   Choch   bilan   karvon
savdosi bo‘yicha bog‘lovchi Buyuk Ipak yo‘lining bir tarmogi o‘tgan. Bu yo‘ldan
ko‘chmanchilar   oqimi   ham   So‘g‘d   tomon   siljigan.   Ularning   ayrim   guruhlari
Ravotsoy hududida o‘troq1ashgan. Ilk o‘rta asrlarda Ravotsoyda 3,5-4 ming ga. er
sug‘orma dehqonchilik uchun o‘zlashtirilgan. Majrumsoy  irrigatsiya rayoni.   Jizzax
24 vohasining g‘arbiy tomonidan joylashgan mazkur sug‘orma dehqonchilik mavzeyi
o‘rta   asrda   bunyod   etilgan   Xonbandi   to‘goni   tasarrufidagi   hududlarni   o‘z   ichiga
oladi. 
Ilonchisoy,   Qizilqiyasoy.   Uxumson,   So‘loqlisoy   havzalarida   15   ga   yaqin
yodgorlik   qayd   etilgan.   Milodiy   er.avv.   II-I   asrlarda   bunyod   etilib,   ayrim
to‘xtalishlar   bilan   XIII   asr   boshigacha   faoliyat   ko‘rsatgan   eski   Qo‘rg‘ontepa   va
Xonkelditepa   shahar   yodgorliklari   atrofida   o‘zlashtirilgan   erlar   bu   vohada   ham
sun’iy   sug‘orish   tizimlariga   asoslangan   dehqonchilik   ildizlari   antik   davrdan
boshlanganligidan   dalolat   beradi.   Arxeologiya   ma’lumotlariga   ko‘ra   shimoliy-
g‘arbiy   Ustrushonaning   boshqa   sug‘orma   rayonlaridan   farqli   o‘laroq   Majrumsoy
irrigatsiya   rayoni   dehqonchilik   xo‘jaligining   taraqqiy   etgan   davri   IX-XII   asrlarga
to‘g‘ri keladi. Yil mavsumi davomida, muqim oquvchi suv manbanlarining deyarli
mavjud   emasligi   bu   o‘lkada   qadimdan   suv   tanqisligini   keltirib   chiqargan   va
dehqonchilik rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan. 
O‘rta   asrlarda   Xonbandi   suv   to‘gonini   (X   asr)   qurilishi   koriz   tizimlarini
yo‘lga   qo‘yilishi   orqali   suv   tanqisligi   muammosini   bir   qadar   hal   qilishga
erishilgan.   Arxeologik   kartografiya   hisob-kitoblari   natijasiga   ko‘ra   bu   davrda
Majrumsoy   irrigatsiya   rayonida   4-6   ming   ga.   sug‘orma   dehqonchilik   erlari   oqar
suv bilan ta’minlangan 24
.
Shimoliy-g‘arbiy   Ustrushonaning   ilk   o‘rta   asrlar   sug‘orma   dehqonchiligi
uchun   quyidagilarni   xulosa   qilishimiz   mumkin.   Demak,   bu   davr   sug‘orma
dehqonchilik   xo‘jaligi,.   aynan   ushbu   davr   uchun   xususiyatli   bo‘lgan   siyosiy,
ijtimoiy-iqtisodiy,madaniy munosabatlar bilan uzviy bog‘liq holda taraqqiy etgan.
Yuqorida   ta’kidlanganidek,   bu   davr   o‘rta   Sirdaryo   bo‘yi   chorvador   xalqlarining
ommaviy   tarzda   o‘troqlashuv   jarayonlari   bilan   harakterlanadi.   Sirdaryo   bo‘yi
xalqlari   uchun   eng   yaqin   «kontakt   zona»   hisoblangan   Ustrushona   mazkur
o‘troqlashuv jarayonlariga « birinchilardan bo‘lib tortilgan va bu jarayonlarda faol
ishtirok   etgan.   Arxeologiya   tadqiqotlari   orqali   aniqlanishicha   Sangzor.   Zominsuv
24
  Суюнов   С.   История   орошения   северо-западной   Уструан ы   ( V - XVI   вв.   По   археологическим
материалам). АКД. Самарканд, 1998.  17 с.
25 va boshqa tog‘ soylari havzalarida aynan ushbu davrlarda o‘nlab qishloq manzillari
bunyod   etiladi   va   ular   atrofidagi   unumdor   erlar   o‘zlashtiriladi.   Oqibatda   IV-V
asrlarda   kichik-kichik   dehqonchilik   vohalari   shakllana   boshlaydi.   Bu   jarayonlar
Turk   xoqonligi   hukmronligi   davrlari   VI-VII   asrlarda   shimoliy-g‘arbiy
Ustrushonada bir qator kompakt, mo‘jaz madaniy vohalarni yuzaga kelishi, sun’iy
sug‘orish   tizimlariga   asoslangan   dehqonchilik   hududlari   irrigatsiya   rayonlarini
mukammal holda shakllanishi bilan yakunlanadi.Rivojlangan o‘rta va so‘nggi o‘rta
asrlar. Ushbu davr sug‘orma dehqonchilik xo‘jaligi va irrigatsiya tarmoqlari xalqda
fikr   bildirish   uchun   bizning   ixtyorimizda   nafakat   davriy   sanasi   ishonchli
aniqlangan   arxeologiya   yodgorliklari,   balki,   uzuq-yuluq   ba’zi   hollarda   bir-birini
inkor   etadigan   o‘rta   asr   arabzabon   mualliflarining   yozma   ma’lumotlari   mavjud.
O‘rta   asr   geograf-sayyohlarining   yozishicha   bu   davrda   Ustrushona
Movarounnaxrning   So‘g‘d,   Farg‘ona,   Shosh   viloyatlari   kabi   taraqqiy   etgan,   ko‘p
tarmoqli dehqonchilik viloyatiga aylangan. Istahriy bu viloyatlar haqida yozar ekan
....   «suv   bilan   ta’minlanmagan   shahar,   qishloq,   ekinzor   va   yaylovlarning   o‘zi
yo‘qdir.  Eng  toza,   eng  yumshoq,  eng  xushta’m  suv   ulardadir»....  deb  tasdiqlaydi.
Ibn-Xavqal esa bu o‘lkada mevalarni juda ko‘p etishtirilishini, xatto mevalar bilan
«uy-hayvonlari boqilishi» haqidagi xayratomuz ma’lumotlarni keltiradi.  
Yozma   va   arxeologiya   ma’lumotlariga   ko‘ra,   bu   davrda   ustrushonaliklar
asosan   g‘allakorlikda   -   bo‘g‘doy,   arpa,   suli,   sholi,   kunjut,   no‘xat   loviya,
bog‘dorchilikda - uzum, o‘rik, olma, olcha, shaftoli, yong‘oq, bodom, polizchilikda
-   qovun,   tarvuz,   qovoq   etishtirganlar.   Paxta   etishtirish   dehqonchilik   xo‘jaligida
muhim   o‘rinda   turgan.   Ko‘rinib   turibdiki,   ekinlarning   asosini   ko‘p   suv   talab
qiladigan   o‘simlik   va   mevalar   tashkil   qilgan.   O‘rta   asrlarga   oid   yozma   manbalar
mualliflari,   afsuski,   Ustrushonaning   sug‘orish   tizimlari   haqida   aniq   va   to‘liq
ma’lumotlarni   yozib   qoldirishmagan.   Mualliflar   poytaxt   Bunjikatning   suv
ta’minoti   haqida   nisbatan   ancha   to‘liq   ma’lumot   berishsada,   qolgan   rustoqlar   va
ularning   bosh   shaharlari   suv   xo‘jaligi   haqida   qisqa   va   umumiy   tarzda   «oqar   suv
manbai   mavjud»ligini   eslatib   o‘tishgan   xolos.   Darvoqe,   Istahriy   «Ustrushonada
kemalar suza oladigan daryo va ko‘llar yo‘q» deb xabar bersa, YOqut Zominning
26 «mo‘l   oqar   suvi,   cheksiz   g‘allazorlari,   anvoyi   bog‘lari,   sonsiz   chorva   mollari»
haqida   ma’lumot   beradi.     «Hudud   al-Olam»ning   noma’lum   muallifi   esa   Jizzaxni
-«oqar   suv   yaqinidagi   shahar»-   deb   ta’riflaydi.   Ta’kidlash   joizki,   sayyohlarning
ushbu   qisqa   e’tiroflaridan   ham   o‘rta   asrlarda   Ustrushonada,   xususan,   uning
shimoliy-g‘arbiy   rustoqlarida   irrigatsiyaning   keng   tarmoq   otgan   tizimlari   mavjud
bo‘lganligini,   sug‘orma   dehqonchilikda   mo‘l   hosil   olinganini   bilsa   bo‘ladi.
Ustrushonada   etishtirilgan   dehqonchilik   mahsulotlari   qo‘shni   viloyatlarda,
xususan, Xo‘jand bozorlarida sotilgan 25
.
Xulosa   qilish   mumkinki,     Insoniyat   taraqqiyot   darajasining   yuqori   o‘lchov
me’zoni   hisoblangan   shaharsozlik   madaniyati   va   shahar   hayoti     o‘tkazilgan   eng
so‘nggi arxeologik tadqiqotlar natijasiga qaraganda, mazkur hududda Jizzax shahri
va   uning   atrofida     mil.   avv.   III-II   asrlarda   shakllangan.   Bu   boradagi   tadqiqotlar
davom   ettirilayotganini  hisobga   olsak,  ushbu   tarixiy  sana  yanada   qadimiylashishi
ehtimoldan   holi   emas.   Arxeologik   tadqiqotlardan   ma’lum   bo‘ldiki,   vohadagi   eng
ulkan,   mumtoz,   qadimiy   shahar   o‘rni   Jizzax   shahrining   sharqiy   chekka   qismida
joylashgan Qaliyatepa yodgorligi o‘rnida shakllangan.  
Shunday   qilib,   I   bob.   Jizzax   vohasining   ilk   o‘rta   asr   o‘troq   dehqon
madaniyati   yuzasidan   xulosa   qiladigan   bo‘lsak,   O‘zbekistonning   turli   geofafik
kengliklarida   joylashgan   tarixiy   shaharlar   qadimgi   davrlarda   davriy   sanasini
hisobga olmaganda, o‘z maqomi, faoliyati va ahamiyati jihatidan bir-biridan katta
farq   qilmagan.     yirik   tarixiy-madaniy   vohalari   qatoriga   qadim   va   o‘rta   asrlarda
faoliyat   ko‘rsatgan,   Ustrushona   mamlakatining   shimoliy-g‘arbiy   o‘lkasi   -   Jizzax
vohasini ham kiritish mumkin.
Vohaning   geografik   jihatdan   qulay   joylashuvi,   tabiiy   -   iqlim   sharoiti,
Sangzor   va   Zominsuv   daryolari   vodiysida,   Morguzar,   Turkiston,   Nurota
tizmalaridan   bosh   oluvchi   o‘nlab   soy,   chashma,   buloqlar   havzasida   dehqonchilik
uchun   obikor   va   lalmikor   erlarning   mo‘lligi,   chorvabop   tog‘   oldi   va   dasht
25
Cуюнов   С.   Уструшонанинг   суғорма   деҳқончилигига   оид   айрим   мулоҳазалар//   конфер.   Матер.
Гулистон,2007.  12-13с
27 yaylovlarining   bepoyonligi   sababli,   sug‘orma   dehqonchilikka   asoslangan   o‘troq
hayot ancha qadimdan (mil. avv. VI-V asr) boshlangan.
Sangzor   daryosining   quyi   oqimi   boshlanishida,   hozirgi   Jizzax   shahrining
sharqiy, janubiy-sharqiy qismida vujudga kelgan   Qaliyatepa sug‘orish shahobchasi
hududida   ayni   paytda   20   ta   arxeologiya   yodgorligi   qayd   etilgan   bo‘lib,   ularning
asosiy qismi Qaliyatepa shahar xarobalari atrofida joylashgan. Qaliyatepa va uning
atrofidagi   yodgorliklar   o‘tmishda   Sangzordan   bosh   oluvchi   Qaliya-Mo‘lkanlik,
Qang‘li,   Xayrobod,   Olmachi   ariqlari   orqali   suv   bilan   ta’minlangan.   Qayd   etilgan
yodgorliklar   antik   (Qaliyatepa,   Rasulboyqultepa...),   ilk   o‘rta   asr   (Pardaqultepa,
Komilbobotepa,   Yoqubbobotepa...),   rivojlangan   o‘rta   asr   (Qizlartepa,
Siypanchiqtepa...) lar bilan davrlanadi.
28 Foydalaniladigan asosiy darsliklar va o’quv
qo’llanmalari ro’yxati
1. Античный и раннесредневековые древности Южного Узбекистана 
Отв.ред. академик АН Уз ССР Г.А. Пугаченков. Т. 1989 . 
2. Архитектурные памятники Туркменистана. М. 1972. Ахраров И. 
Ремпель Л. Резной штук Афрасияба Т. 1971. 
3. Беленицкий А.М., Бентович И.Б., Большаков О.Г. Средневековый 
город Средней Азии. Л., 1973
4. Булатов М. Мавзолей Саманидов – жемчужина архитектуры Средней 
Азии. Т. 1978. 
5. Буряков Ю.Ф. Генезис и этапы развития городской культуры 
Ташкентского оазиса. Т. 1982. 
6. Древний и средневековый город Восточного МавераннахраОтв.ред. 
д.и.н. Ю.Ф.Буряков. Т.1990. 
7. Древняя и средневековая культура Чача. Т. 1979. 
8. Живопись древнего Пянджикента / Отв.редакторы А.Ю. Якубовский и 
М.М. Дьяконов. М. 1954. 
9. Заднепровский Ю.А. Древнеземледельческая культура Ферганы МИА. 
М. 1962. № 118 .
10. Исамиддинов М.Х. Хасанов М.Х. История древнего и средневекового 
керамического производства Нахшеба. Т. 2000.
29

Usturshona hududida o’ rta asrlar moddiy madaniyati Режа: 1.Usturshonaning ilk o‘rta asr o‘troq dehqon madaniyati 2. Usturshonaning ilk o‘rta asr shahar madaniyati 1

O‘zbekiston nafaqat O‘rta Osiyoning balki, Qadim Sharqning sivilizatsiya o‘choqlaridan biri hisoblanadi. Bu hududning qadimgi madaniy vohalari qatoriga Sug‘d, Xorazm, Baqtriya o‘lkalari bilan bir qatorda Ustrushona mamlakatini ham kiritish mumkin. Ustrushona atamasi dastlab xitoy manbalarida: Suduyshana, Shuaydushana, Sudushina, Szebutseyuyna, Sharqiy Sao, Sudulishina, Sao; arab, fors manbalarida: Surushona, Sutrushona, Osrushona, Surushna, Oshrusena, Usrushna, Ustrushane, Ushrusona, Istarafshan tarzida uchraydi. Tarix fanida mazkur atamalarning eng makbuli sifatida Ustrushona nomi q abul qilingan. 1 V asr oxirida eftaliylar, VI asrning ikkinchi yarmidan Turk xokonligi, VIII asrning oxiri IX asrning birinchi choragidan arab xalifaligi, IX asrning oxirlaridan Somoniylar davlati tarkibida bo‘lgan Ustrushona mamlakati Somoniylardan so‘ng amalda mustaqil davlat sifatida faoliyat ko‘rsatmagan. Mug‘ullar bosqiniga qadar Xorazmshoxlar davlati tarkibida bo‘lgan. 2 O‘rta Osiyoda V – VIII asrlarda asosan migratsiya natijasida, aholining keskin o‘sishi, shaharlar aholisining gavjumlashuvi va hududining kengayishi bilan bir qatorda, yangi – yangi qishloq makonlarining bunyod etilishiga ham sabab bo‘ladi. Bu jarayonlar keyingi davr yozma manbalarida ham o‘z ifodasini topgan. Xususan, o‘rta asr tarixchi – geografi al–Istahriyning xabar berishicha, bu davrda Buxoro vohasini oqar suv bilan ta’minlagan 12 shoh ariqdan uchtasining havzasida to‘rt ming qishloq makoni bunyod etilgan. An – Narshohiy ma’lumotiga ko‘ra esa, Buxoro shaxri atrofida savdogarlar tomonidan qurilgan 700 ta qal’a va rabotlar mavjud bo‘lgan. Al-Muqaddasiyning yozishicha, Xorazmning uncha katta bo‘lmagan shaharlaridan biri Mizdahqon atrofida 12 ming qishloq makoni faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, butun Chag‘oniyonda 16 ming qal’a bunyod etilgan. Va nihoyat, bu borada Yaqubiy Ustrushona mamlakatidagi mavjud 400 ta qal’a – rabot haqida ma’lumot beradi 3 . 1 Негматов Н.Н. “Усрушана в древности и раннем средневековье “, Сталинабад,1957 2 Убайдуллаев И.Ҳ. “Фағнон рустоқининг асрлар тарихига оид айрим мулоҳазалар”// конф.матер. Гулистон 2007. 39 с 3 Пардаев М. Ҳ., Ғофуров Ж.И. Уструшонанинг илк ўрта аср қишлоқ маконлари. Т-2016. 113 -114 с 2

Ustrushona mamlakatining ajralmas bir bo‘lagi hisoblanuvchi Jizzax vohasi o‘zida shahar madaniyatini ikki ming yillik tarixni jamlagan bo‘lib, boshqa madaniy o‘lkalarda bo‘lgani kabi bu hududda ham dastlab qishloq makonlari keyinchalik esa, shaharlar vujudga kela boshlaydi.(1rasm) Jizzax vohasida qishloq makonlari ko‘plab topilgan bo‘lib, ularning tadqiqoti va topilmalar tahlilida o‘zgacha va qiziqarli ma’lumotlarga duch kelamiz. Qishloq makonlarning tarixi va tahliliga to‘xtaladigan bo‘lsak, ular quyidagilar: Qing‘irtepa qishloq makoni. G‘arbiy Ustrushonada rejali asosda qazib o‘rganilgan qishloq makonlarining dastlabkisi Qing‘irtepa yodgorligidir. 1978 yilda O‘z FA Arxeologiya institutining Shimoliy Ustrushona otryadi (rahbari E.B. Qodirov) Jizzax viloyatining arxeologiya yodgorliklari majmuyini tuzish bo‘yicha qidiruv, qazuv ishlarini boshlaydi. Otryad o‘z faoliyati davomida viloyatning asosiy suv manbai hisoblangan Sangzor, Qorasuv, Zominsuv daryolari hamda asosan Turkiston tog‘ tizmalaridan bosh olib janub-shimol yo‘nalishi bo‘yicha oquvchi ko‘plab soy va buloqlar havzasiga alohida e’tibor qaratdi (3a- rasm). Qidiruv tadqiqotlari davomida ayniqsa, Sangzor daryosining o‘rta oqimi havzasida o‘nlab arxeologiya yodgorligi jamlangani qayd etiladi va hisobga olinib, ulardan biri o‘zining hajmi, geografik joylashuv nuqtai-nazardan muhim hisoblangan, Qing‘irtepada planigrafik asosda qazuv ishlari o‘tkaziladi. Qing‘irtepa – Jizzax viloyati, G‘allaorol tumanidagi Obiz qishlog‘ining shimoliy chekkasida, Sangzorning o‘ng qirg‘og‘ida, tabiiy tepalik ustida joylashgan bo‘lib, u to‘g‘ri to‘rtburchak (120x100) shaklga ega, shimol – janub yo‘nalishi bo‘yicha cho‘zilib ketgan. Uning shimoliy – sharq qismida dumaloq shaklda, diametri 30m o‘lchamdagi markaziy imoratlar (ko‘handiz) o‘rni joylashgan. Qing‘irtepaning mazkur qismi balandligi tabiiy tepalik bilan qo‘shib hisoblaganda 20m.ni tashkil etadi. Shimol va janub tomondan umumiy maydoni 2 ga.ga teng, balandligi 1 m. gacha bo‘lgan mavze Qing‘irtepaning markaziy imoratlari poyiga kelib tutashgan.Muayyan vizual tadqiqotlardan so‘ng Qing‘irtepa ilk o‘rta asrlar qishloq makoni xususiyatlarini o‘zida yaqqol ifoda etgan yodgorlik ekanligi ayon bo‘lgach, uning so‘nggi qurilish davriga oid madaniy qatlamlari 3

planigrafiyasini o‘rganishga kirishildi. SHu sababli, 6x6 m hajmda tushirila boshlagan stratigrafik shurf pirovardida katta qazuv maydoniga aylantiriladi. Natijada, atrofi 2,5-3m qalinlikda devor bilan o‘ralgan, 17ta xonadan iborat me’moriy kompleks ochilib undagi xonalar o‘z funksiyasiga ko‘ra, oshxona, omborxona, yotoqxona, mexmonxona va ibodat uchun mo‘ljallangan xonalarga ajratilgan. 4 Qing‘irtepadagi so‘nggi qurilish davrlariga oid devorlarning saqlanishi nisbatan yomon ahvolda bo‘lsada, uning aniq loyihasi qayd etilib, kvadrat shaklidagi, o‘lchamlari 26x26m bo‘lgan me’moriy inshoot ekanligi aniqlangan. Uncha keng bo‘lmagan o‘q koridor inshootni ikki qismga bo‘lgan holda shimol- janub yo‘nalishida o‘tgan. Qurilish kompleksining g‘arbiy qismi ya’ni o‘q koridorning o‘ng tomoni (janubdan hisoblaganda) 5ta xonadan iborat bo‘lib, ularning 4tasi uzun, to‘g‘ri to‘rtburchak, 1tasi kvadrat shaklida. Qurilish majmuasining sharqiy “qanoti” 6ta turli o‘lchamdagi to‘g‘ri to‘rtburchak shakldagi nisbatan kichik xonalardan, 1ta uzunchoq, koridorsimon xonadan tashkil topgan. Ushbu xonalar aksariyatining (6-xonadan tashqari) kirish eshiklari imoratning sharqiy mudofaa devoriga paralel holda ketgan koridor tomonga ochilgan. Koridor esa o‘z navbatida imoratning janubiy tomonida joylashgan markaziy kirish kompleksi bilan tutashgan. Qing‘irtepa qishloq makonining davriy sanasi qayd etilgan moddiy- madaniyat namunalari, xususan, kosagullar, yog‘log‘i (krujka)lar, tor bo‘g‘inli ko‘zalar va orasida turk hukmdorlari tangalari bo‘lgan 35 dona tangalar xazinasi asosida VII-VIII asrlar bilan belgilangan 5 . Shunday qilib, hulosa qilish mumkinki, Qing‘irtepa o‘rnida milodiy VII-VIII asrlarda yirik dehqon, zamindorning qo‘rg‘oni mavjud bo‘lgan. Qo‘rg‘on tabiiy tepalik qir ustida Sangzor daryosining o‘ng qirg‘og‘ida joylashgan bo‘lib, undan chor atrofni kuzatish, nazorat qilish mumkin bo‘lgan. Uning shimol tomonidagi 4 Ўша асар. 72с 5 Ўша асар. 75с 4

markaziy qismida katta xonadon uchun yashash xonalari, mehmonxona, ibodat qilish uchun xona va xo‘jalik xonalari faoliyat ko‘rsatgan. Qing‘irtepaning janubiy qismidagi nisbatan, pastroq mavzelarda qo‘rg‘onning ishlab chiqarish bilan bog‘liq ho‘jalik imoratlari mavjud bo‘lgan . Qal’a qo‘rg‘onga kirish darvozasi ham janub tomonda bo‘lib, darvozadan keng hovliga kirilgan va ko‘tarma yo‘lak (pandus) orqali ikkinchi yarusga, ya’ni qo‘rg‘onning markaziy imoratiga chiqilgan. Arxeologik qazuv ishlari natijalari va ilmiy, qiyosiy tahlillarga ko‘ra, Qing‘irtepa, Ustrushona mamlakatining o‘ziga hos, ilk o‘rta asr turar-joy maskani, mustahkam mudofaa devorlariga ega qishloq me’moriy qurilish imoratining tipik namunasidir. Almantepa I qishloq makoni. Almantepa I yodgorligi Jizzax viloyati G‘allaorol tumani, Qashqabuloq qishlog‘ining sharqiy qismida, Sangzor daryosining o‘ng qirg‘og‘ida joylashgan. Yodgorlik 1982 yilda Jizzax arxeologiya otryadi tomonidan qayd etilib hisobga olingan va o‘sha yili qazuv tadqiqotlari o‘tkazilgan. Almantepa I geografik joylashuv nuqtai-nazaridan atrofdagi arxeologik yodgorliklarga nisbatan bir qator qulaylik va ustuvor xususiyatlarga ega. Yodgorlik ikki yarusli, tashqi ko‘rinishi oval shaklida, g‘arb-sharq yo‘nalishida uzalgan. Uning saqlanib qolgan o‘lchamlari 40x22m, balandligi-12m. Almantepa I ning hovli qismi uning chor atrofida o‘tkazilgan er o‘zlashtirish va qad ko‘targan imoratlar tufayli saqlanib qolmagan. O‘tkazilgan qazuv ishlari natijasida, 6ta xona va uni o‘rab turgan mudofaa devori ochilgan. Imoratning qurilish loyihasi to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida bo‘lib, sharq-g‘arb yo‘nalishida cho‘zilgan, qayd etilgan barcha koridorsimon xonalar esa shimol-janub yo‘nalishida qurilgan. Almantepaning qurilish-me’moriy loyihasidan ko‘rinib turibdki, uning imoratlari arxitektura tarixi bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar ta’biri bo‘yicha aytganda sof «taroqsimon-koridorlar» usulida bunyod etilgan. Bu usul taroq tishlari misoli bir-biri bilan yonma-yon qurilgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi, uzun, tor xonalar majmuidan iborat bo‘lib, bunday uylarning tomi aksariyat holatlarda arksimon ko‘rinishda yopilgan. 5