O’rta asrlar Farg'ona arxeologiyasi


O’rta asrlar Farg'ona arxeologiyasi . Reja: 1.Suv manbalari asosida ajratilgan irrigasiya rayonlari va ularda ilk o’rta asr yodgorliklarining joylashish tizimi. 2. Dehqonchilik voxalaridagi ilk o’rta asr arxeologiya yodgorliklarining klassifikasiyasi. 3 .Farg’ona ilk o’rta asrlar arxeologik yodgorliklari.
1 . Suv manbalari asosida ajratilgan irrigasiya rayonlari va ularda ilk o’rta asr yodgorliklarining joylashish tizimi . Turli fan yunalishlari buyicha Farg’ona vodiysini rayonlashtirish ishlari mavjud. Ayniqsa, tabiiy geografik asosda rayonlashtirish ancha mo’qammal amalga oshirilgan. Ular haqida Yu.A. Zadneprovskiy to’la to’xtalib o’tgan. Shuning uchun biz vodiyning tabiiy geografiyasiga to’xtalmay, bevosita mavzuni yoritishga o’tamiz. Farg’ona vodiysi - atrofi tog’lar bilan o’ralgan o’lkan makondir. Vodiyning birgina g’arbiy tomoni ochiq bo’lib, kenglik bilan Mirzacho’lga tutashgan. Vodiy atrofidagi tog’lar bir tomondan uni issiq va sovuq iqlim oqimidan saqlasa, ikkinchi tomondan, o’z bag’rida O’rta Osiyoning asosiy suv manbai - Sirdaryoning boshlanishiga zamin yaratgan. Baland tog’ tizmalaridan boshlangan jil g’ alardan soylar va ularni birlashuvidan daryolar tashkil topadi. Ular Chotqol va Qurama tog’ tizmalari yonbagirlarida tarkib topgan Fovasoy, Kosonsoy, Poshshootasoy; Farg’ona tog’ tizmasining janubiy-g’arbiy yonbagirlarida Moylisu, Ko’gart, Yassi; Oloy va Turkiston tog’ tizmalarida Kurshob, oqbura, Arovon, Isfayram, Shoximardonsoy (Margilonsoy), So’x, Isfara, Xujabaqirgansoy, oqsuv. Bu suv manbalari o’z xavzalarida tog’, tog’ oldi, tekislik qismlarda unumdor vodiyni hosil qilgan va bu hududlarda qadimdan birinchi navbatda sug’orma dehkonchilikka asoslangan xo’jalik va turmush tarzi vujudga kelgan. Vodiyning daryo va soylari, butun O’rta Osiyoda bo’lgani kabi, suv manbalarining tuyinishiga ko’ra quyidagi xillarga bulinadi: 1. Abadiy mo’zliklardan bosh oladigan daryolar; 2. Kor aralash mo’zliklardan va bul oq suvlaridan tuyinadigan daryolar; 3. Abadiy korlardan suv oladigan daryolar; 4. Aralash kor-yomgirlardan tuyinadigan daryolar. Mutaxassislar vodiydagi daryo-soylarning birinchi xiliga Norin va uning irm oqlari, oqbura, Aravonsoy, Isfayramsoy, Shoximardonsoy, Sux, Isfara soylarini kiritadilar. Ushbu daryo-soylarda suv asosan issik yoz paytlarida ko’payadi (ya’ni mo’zliklarning faol erishi payti), kish va ko’zda esa ularning suvi kamayadi.
Ikkinchi xil daryolar turkumiga Koradaryo va uning irm oqlari: Kurshob, Koragulja, Tar kabilar kiradi. Bular asosan baxor-yoz oylari- may-iyun oylarida sersuv bo’ladilar. Uchinchi xil daryo- soylariga Yassi, Kugart, Korao’ngo’r, Moylisu, Poshshootasoy, Kosonsoy, Fovasoy kabilar kiradi. Ular asosan mavsumiy korlardan suv oladilar, mart-may oylarida suv zaxiralari ko’payadi. To’rtinchi xil daryolar Qurama- Chotkol va Janubiy Farg’onadagi tog’ tizmalaridan boshlanadigan ko’plab muvaqqat soylardan iborat bo’lib mavsumiy qor, baxorgi sel-yomgirlardan tuyinadilar. Xisob-kitoblarga ko’ra, bu daryolar yozni birinchi yarmidayoq suvining 80-100 foizini oqizib tugatadi, so’ngra deyarli qurib qoladi. Vodiyning asosiy suv manbalaridan biri Norin daryosi Mingbuloq qishlog’i yaqinida janubiy-sharq tomondan oqib kelgan Qoradaryo bilan qo’shilib Sirdaryo nomini oladi va shu tariqa O’rta Osiyoning azim daryosi tashkil topadi. Norin daryosining suv xavzasi 59110 km , Qoradaryoniki esa 28630 km . Ana shunday katta hududda eng qadimgi. davrlardan boshlab axoli o’rnashgan va ikki xil xo’jalik (dehkonchilik va chorvachilik) yuritishgan. Arxeologik ma’lumotlarga ko’ra vodiyda eng qadimgi. de h konlar makonlari mil. avv. II ming yillikka taalluqli va ular Chust madaniyati yodgorliklari deb yuritiladi. Aynan shu davrdan boshlab paydo bo’lgan ziroatchilik an’analari sug’orma dehkonchilikning eng oddiy usullari asosida keyingi ming yilliklarda ham davom ettirildi. Tabiiy ravishda mazkur arxeologiya yodgorliklari suv manbalari buyida yoki uning yaqinida joylashgan. Farg’ona vodiysidagi ilk dehkonchilik manzillarining daryo va soylar yaqinidagi voxalarda joylashishi arxeologik jixatdan ham qayd etilgan . Suv manbalariga qarab yashash makonlarining joylashgani keyingi tarixiy davrlarda ham kuzatiladi. Bu haqda Shurabashot va Marhamat madaniyatlari yodgorliklari buyicha B. A. Latinin, A.N. Bernshtam, Yu.A. Zadneprovskiy, N.G. Gorbunova, B. Abdulgaziyeva asarlarida yaxshi ma’lumotlar berilgan. Biz o’rganayotgan ilk o’rta asrlar uchun ham ushbu masala buyicha dastlabki izlanishlar amalga oshirilgan .
Bular hisobga olinib, Farg’ona vodiysidagi barcha ilk o’rta asrlar davri yodgorliklarini to’la ro’yxati ishlab chisildi va haritaga tushirildi. Ta’kidlash joizki, mavzuga tegishli yodgorliklar respublika hududiy chegarasi doirasida emas, balki uch respublikaga qarashli hududlardagi (O’zbekiston, Qirg’iziston, Tojikiston respublikalari) barcha arxeologik yodgorliklar kiritildi. Hamasi bo’lib ilk o’rta asrlar( 5 - 6 asr )ga oid 217 ta axeologik yodgorlik, zardushtiylik udumi bilan ko’milgan ostadonli sabristonlar va 22 manzilda kuxna turkiy yozuv namunalari topilgan joylar haritaga tushirildi. Yodgorliklar davrini belgilashda asosiy manba sifatida kulolchilik maxsulotlari xizmat qildi. Nisbiy va mutlak yoshi aniqlangan yodgorliklar materiallarini taxlil etish va ularni ma’lum suv manbalari bilan bog’lab, Farg’ona vodiysi ilk o’rta asrlar davri yodgorliklarini 14 ta irrigasiya rayonlariga bo’lib o’rganish imkoniyati tug’ildi. Sho’nga ko’ra, har bir gurux arxeologiya yodgorliklari aniq suv manbalari asosida voxa(voxacha)larga va voxalar irrigasiya rayonlariga birlashtirildi. Suv manbalarini aniqlashda, o’tgan XX asrning 20-50 yillarida to’zilgan haritalar, statistik ma’lumotlar ham xisobga olindi va boshka hududlarda olib borilgan arxeologik rayonlashtirish tajribalaridan foydalanildi. Odatda har bir irrigasiya rayonida (III rasmda ular rim rakami bilan kursatilgan) bir necha voxa va kichik voxalar bo’lishi mumkin. Natijada dissertasiyada yodgorliklarni suv manbalari asosida rayonlashtirishda quyidagi iyerarxik tizim vujudga keldi: 1) Voha, voxalar - irrigasiya rayoni: yodgorliklar va suv manbalari; 2) Irrigasiya rayonlari - hudud(yoki viloyat). Har bir irrigasiya rayoni va voxasi uchun muxim bo’lganmarkaziy yodgorlik aniqlandi. Bunday markaziy yodgorliklar irigasiya rayonining (balkim voxaning) hunarmandchilik va savdo- sotik markazi vazifasini bajargan. Qadimgi. Farg’ona hududiy doirasida olib borilgan izlanishlar suv manbalari bo’yicha quyidagi 14 ta irrigasiya rayonlariga ajratildi. Farg’ona vodiysida ilk o’rta asrlar davrida uning axolisi suv manbalari (daryolar, soylar va ular irm oqlari xavzalari) buyida gurux - gurux bo’lib voxa va kichik voxalarni tashkil etib xo’jalik yuritganlar. Ro’yxatga olingan arxeologik