Buxoro vohasi antik davr arxeologiyasi
Buxoro vohasi antik davr arxeologiyasi Reja: 1 . Antik davrda Buxoro shahri tarixi va moddiy madaniyati. 2. Antik davrda Poykand shahri tarixi va moddiy madaniyati.
Buxoro sharqning mashxur qadimgi shaharlaridan biridir. Arxeologik ma’lumotlarga ko’ra, Buxoroga eramizdan avvalgi I ming yillik o`rtalarida asos solingan uning nomi ilk o’rta asr Xitoy manbalarida turlicha – An, Ansi, Ango, Buxo, Buku, Buxe, Buxaer, Buxala, Buxuala, Fuxo, Puxuala kabi nomlar bilan atalgan. Bu atamalardan avvalgi uchtasi Buxoroning xitoycha nomlari bo’lsa, keyingilari «Buxoro» so`zining xitoy tilidagi talaffuzidair. O’rta asr arab manbalarida esa Buxoro, Numijkat, Navmichkat, Bumichkat, (yangi Qo’rg’on) Al – Madina as – sufriya (mis shahar) Madinat at tujor (Savdogarlar shahri), Fohira (Faxr-li shahar) kabi nomlar bilan tilga olingan. Vuxoro atamasi sanksretcha «buxoro» so`zining turk mug`ulcha shakli «buxor» (ibodatxonadan) kelib chiqgan deb taxmin qilingan. Keyingi tadqiqotlarda bu atama so’g’dcha «bag’» (tangri) xamda «oro» (jamol) suzlaridan iborat bo’lib «tangri jamoli» degan ma’noni anglatadi, degan fikr ilgari surilgan. Buxoroning islomga qadar bo’lgan siyosiy tarixi xususidagi ma’lumotlar mil. av. VII – VIII asrlar bilan chegaralanadi.VI – VIII asrlar boshida Buxorxudotlar xokimligi poytaxti bo’lgan Buxoro 709 yilda arablar tomonidan bosib olinadi. Mil.av. I ming yillik o`rtalarida, mil. av. IV – III asrlarga oid madaniy qatlamlar Buxoro arki va Shahristoni xududdidagi qazishmalar va stratigrafik xududlarda aniqlangan. Shuningdek, yunon tarixchilari Arrian, Flaviy xam Buxoroni tilga olganlar. Spitamen ittifoqchilar izlash maqsadida Bagi yoki Gabi – so’g’d yerlari hamda – massagetlar o`rtasidagi chegaraga qo`shinlari bilan yetib borgan. Bu so’g’d yerlari chekkasida bo’lib, Buxoro joylashgan o`ringa muvofiq keladi. Salavkiylar davrida bu yerda nima bo’lganligi noma’lum. Biroqq, Buxoro voxasi keyinroq, ehtimol, Yeftidem davrida (m. av. 230-200) Yunon – Baqtriya davlati tarkibiga kiradi. Bunga Buxorodan topilgan tangalar guvohlik beradi. Milodning dastlabki asrlarida Buxoro voxasi Katta Ansi (Parfiya) ga vassal tarzida ikki yirik tobe o’lka: Gi va kichik Ansi bo’lganligi numizmatik ma’lumotlar asosida xulosani tasdiqlaydi. Kichik Ansi bevosita, Buxoro mulki xisoblangan.
Milodning IV asri ikkinchi yarmida Buxoro voxasining vaziyati o`zgaradi. Bu birinchi navbatda, sosoniylar ta’sirining kuchayishi bilan bog’liqki, oldingi ellinizm ramzlari yo’qoldi – taxtiravonda o’tirgan Gerakl tavsviri o`rnini sosoniylarni o’tli mexrobi – (otashdon) egallaydi. Mil. IV asr boshlarida Buxoro voxasida o`ng tomonida hukmdorning o’ngga qaragan boshi tasvirlangan, orqa tomonida esa o`tli mehrob va hukmdor nomi, unvoni yaxshi o’qiladigan so’g’d yozuvli kumush tangalari chiqarilgan. V.A. Liv sh i t sning fikricha, hukmdorning ismi eroncha bo’lib, otlik degan ma’noni anglatadi. Mil. VII asridan oldingi davrga mansub bo’lgan Shimoliy xonadonlar tarixi – Beyshi va Suyshu (VII) manbalariga ko`ra, Buxoro voxasida xududida bo’lgan eng yirik o`lka An deb atalgan. Suyshu (Suy sulolari tarixi) ma’lumotiga kura Buxoroda ikkita o`lka mavjudligini aytadi. Mazkur manbaga ko`ra, Andan (Buxoro) yuz li (taxminan 45 km) g’arbda Bi o’lkasi joylashib uning podshoxi bo’lmagan va An davlatiga bo’ysungan. Bu o’lkani Poykand bilan taqqoslash mumkin. Ma’lumot juda qisqa bo’lsada, biroq u har ikkila o`lka o`rtasida qandaydir ziddiyat mavjudligiga va Buxoroning bir o`lkasi ikkinchi o`lka ustidan o`z xukmronligini o`rnatganligi ishora qiilinadi. VII-VIII asr Buxoro xukmdorlari haqida arab – fors va xitoy manbalarida ancha ko`p ma’lumotlar keltirilgan. Xuroson noibi Ubaydulloh binni Ziyod davrida (673 – 674) boshlangan va Said binni Usmon va Salom binni Ziyod davrida (680 - 683) davom ettirilgan arablarning Buxoroga harbiy yurishlari vaqtiga kelib, Boxoro voxasida bir qancha mustaqil tumanlar joylashgan. Buxorxudotlar sulolasi tomonidan boshqariladigan Buxoroning o`zi: fors Shahzodasi Shopur avlodlari – vardanxudotlar hukmronlik qilgan. Vardana, Karmana va savdogarlar shahri Poykand. Mamlakat arablar tomonidan fath etilgandan so’ng, bularning bari Buxoroga qo’shib yuborilgandan so’ng, bu tumanlar o`z mustaqilligini yo’qotdi. Numizmatik dalillar bu davrda Buxoro vohasida o’z tangasini zabt etish xuquqiga ega bo’lgan mustaqil tumanlar bo’lganligidan guvoxlik beradi.
A. Naymarkning taxminiga ko`ra, nisbatan yaqinda topilgan va o`ng tomonida yirtqich hayvon, orqa tomonida nasroniylar xochi tasvirlangan bir qancha jez tangalar Vardona xukmdorlari tomonidan zarb etilgan. Ayni vaqtda yirtqich xayvon – xoch tasvirli tangalardan tashqari, bo’g’u – xoch, qo’y – xoch tangalarini topishga muyassar bo’lgan A. Musakayevaning fikricha, ularning bari Varaxshaga taaluqlidir. Qutayba ayrim ma’lumotlarga ko`ra, 707 yili, boshqa ma’lumotlarga qaraganda, 709 yili buxorxudotlar bilan shartnoma tuzgan. Uning shartlari bo`yicha Buxoro har yili 210 ming dirxam (kumush tanga) to`lab turishi poytaxt shahristonidagi uylarning yarmini istilochilarga bo`shatib berishi va ularni yem – hashak bilan muntazam ta’minlab turishi kerak bo’lgan. Buxoro Arkida Qutayba birinchi Jome masjidini barpo etdi. Ark yaqinida esa hayit namozi o`qiladigan masjid qurdirdi. Shunisi e’tiborga sazovorki, Qutayba ibn Muslim kofirlarning hujum xavfi borligidan musulmonlarga xayit namozlarga qurol bilan kelishni buyurdi (vaxolanki, umuman namoz o`kishga qurol bilan kelish nojoiz) Qutayba islomni qabul qilgan Tug’shodani taxtga o`tqazish bilan Buxoroda qadimiy maxalliy sulolar xokimiyatini saqlab qoldi. Uning fuqorolaridan ayrimlari faqat islomga kirishdi. Xurosonga Ashros ibn Abdullox as – Sulamiy (727 – 729) noiblik qilgan davrida bu yangi dinga kiruvchilar oqimi jadallashdi. U musulmonlardan soliq olmaslikka va’da berdi, natijada so’g’diylarning ko’pchiligi islomga kirishdi va xazinaga mablag’ tushishi deyarli to’xtadi. Shudan keyin Ashros soliq solishning ilgarigi usulini tiklash to`g’risida farmon chiqardi, bu xol 728 yil so’g’diylarning qo’zg’aloniga sabab bo’ldi. Ular ilgarigi e’tiqod qilgan dinlariga qaytishdi turklarni yordamga chaqirib, Buxoro voxasi bilan birgalikda, deyarli butun So’g’dni zabt etishdi. Faqat kelasi yilgina arablar Buxoroni qaytarib olishga muvoffaq bo’lishdi. 747 yilda Abu Muslim boshchiligida Ummaviylarga qarshi keng ko`lamda harakat boshlandi. Bu harakat 749 yili g`olibona yakunlandi, buning natijasida, xalifalikda xokimiyat tepasiga yangi – Abbosiylar sulolasi keldi. Deyarli o`sha vaqtni o`zidayoq (133/750-751) Buxoroda Alilardan (ya’ni xalifa Ali avlodlari)
Sharik ibn Shayx al – Maxri 30 mingdan ziyod murid to`plab Abbosiylarga Karshi qo`zgalon ko`tardi. Buxoroning barcha axolisi uni qqo`llab – quvvatladi. Abu Muslim unga qarshi lashkar yuborib, Buxoro bir oydan ko`p davom etgan qamaldan so`ng, Buxoro ko`lga olinib unga o`t qo`yildi, shahar uch kun yondi, asirlar shahar darvozasiga osildi. Shundan so`ng, Abu muslimning o`zi xam uzoq yashamadi. 755 yilda xalifa saroyida o`ldirtirildi. Biroq Markaziy Osiyoda uning muridlari ko’p bo’lib, ular orasida Muqanna laqabli Xoshim ibn Haqim xam bor edi. U Movarounnahrda ko`plab tarafdorlar to`plab, 776 yilda butun So’g’dni komiga olgan ommaviy harakatga boshchilik qildi. O`sha yili Buxoroning Narshah qishlog’ida va Numichkatda, ya’ni Buxoroning o`zida, Muqanna tarafdorlari qo`zgalon ko`tarishdi. 806-810 yillarda butun Movarounnaxr isyonchi amir Rafe ibn Lays qo`liga o`tdi. Uni Xuroson noibining og`ir zulmidan va poraxo’rligidan g’azablangan so’g’diylar faol qo’llab – quvvatladi. 809 yilda xalifa Xorun ar – Rashid unga qarshi katta ko`shin yubordi va Buxoro qamal qilindi. Mudofaa Rafe ibn Laysning ukasi boshchilik qildi. Nixoyat, shahar zabt etilib, Bashir asirga olinib, xalifaning buyrug`iga ko`ra qatl qilindi. Arablar fatxi, Markaziy Osiyo, jumladan, Buxoro tarixida muxim burilish davri bo’ldi. Har qanday istilo singari, ayniqsa uzoq vaqtga cho`zilgan bu fath, ham tolonchilik, yong’in vayronagarliklar, ko`plab so’g’diylar halokati yoki qullikka aylantirilishi bilan birga kechdi. Arablar So’g’dga ilgari na siyosiy va na diniy birlik nimaligini bilmagan yagona islom dinini olib keldi. Uzoq vaqt qarshilikka va noxush xolatlarga duch kelgan islom bu yerda asta – sekin chuqur ildiz ota bordi. Shu bilan birgalikda islomdan avvalgi ko’pgina an’analarga o’z ahamiyatini yo’qotmadi, ulardan ayrimlari xanuz yashab kelmoqda. Arablar kelishi bilan buxorxudot tangalari namunasida kumush tanga ishlab chiqarish davom etdi. Lekin ikkala davr tangalari o`rtasidagi farq shundaki, endigi tangalar draxma emas, dirxam deb atalgan va ularda paxlaviy va so’g’d yozuvlari barobarida, odatda qisqa arab yozuvlari bitilgan. Buxoro o’zining uzoq tarixi davomida faol qurulish va qayta qurilishni bir necha bosqichini boshidan