Qashqadaryo vohasining antik davri arxeologiyasi
Mavzu : Qashqadaryo vohasining antik davri arxeologiyasi Reja: 1. Nautaka – Naxshab to’g’risidagi yozma manbalar tahlili. 2 Nautaka va Naxshabning arxeologik jixatdan o’rganilishi 3 Qashqadaryo vohasining antik davri shaharsozlik hususiyatlari 1
Nautaka – Naxshab to’g’risidagi yozma manbalar tahlili O’zbekistonning eng qadimiy shaharlaridan biri hisoblangan Nautaka – Kesh shahri ko’pchilik tadqiqotchi olimlarning fikrlariga ko’ra O’zbekistonning janubiy viloyati hisoblangan Qashqadaryo vohasida joylashgan. Kesh shahri haqidagi yozma manbalarni ko’zdan kechirar ekanmiz, shaharning ming yillik tarixi turli davr manbalarida turlicha uchraydi. Nautaka – Kesh shahri tarixi yozma manbalari ikki asosiy qismdan iborat bo’lib, Nautaka – Keshning eng qadimgi manbalari va keyingi davrda ochilgan va topilgan arxeologik manbalar hisoblanadi. Birinchi guruhga Ahamoniylar satrapligidagi Baqtr arxiv hujjatlari kiradi. Bu manbalar oromiy tilida (asosi sug’d alifbosida) teriga yozilgan. Bu hujjatlar Afg’onistonning shimoliy qismidan topilgan 1 . Kesh toponimi dastavval Zardo’sht Ka’basidagi Shopur I (242 – 273) bitiklarida uchraydi. Unda Shopur I o’z davlati chegaralarini shu jumladan, O’rta Osiyodagi Kesh, Sug’d va Shosh tog’larigacha yetib kelgan chegaralarini tasvirlaydi. Mil.avv. II asrning 2-yarmi va oxirida Janubiy So’g’d hududida old tomonida Gerakl, orqasida Zevs tasviri aks ettirilgan hamda sug’d afsonasi bitilgan kumush tangalar zarb qilingan 2 . Ikkita xronologik guruh aks ettirilgan ushbu tangalar milodning III asriga, Janubiy Sug’dda Kangyuy Abt(a)t sulolasi hukmronligiga chek qo’yilgan vaqtga to’g’ri keladi. Bu Shopur I Sharqni ishg’ol qilganidan keyin yuz bergan bo’lishi mumkin. Bu “Zardo’sht Ka’basi”dagi PKN yozuvida aks ettirilgan bo’lib, unda Kash (Kesh) ushbu sosoniylar shohi tomonidan tashkil etilgan qayta davlat tarkibiga kirgani qayd etilgan 3 . 1 Франц Грене. Новые свидетельства о Нахшабе и Кеше античного периода. // Қарши шаҳрининг жаҳон цивилизацияси тарихидаги ўрни. Тошкент – Қарши, “Фан”, маъруза, 2006, 34 – б. 2 Ртвеладзе Э.Е. Монеты Кеша // История и культура южных районов Средней Азии в древности и средневековье. Т., 1989, с. 4 0 . 3 Қарши. Кичик альбом, Т., Маънавият, 2006, 19-б. 2
Zardo’sht Ka’basidagi Shopur I bitigida Kesh Makedoniyalik Aleksandr yurishlari davrida bu viloyat Nautaka deb, mil.avv. I – II asrlarda mahalliy nomning xitoycha buzilgan shaklida Su-se deb nomlangan. Milodiy III asr o’rtalaridan XVI asrga qadar qo’llanilgan Kash (Kesh) nomi qayd etilgan. Mil.avv. IV – III asrlarda O’rta Osiyoga yurish qilgan Makedoniyalik Aleksandrning solnomachilari Branxitlar shahri haqida yozib qoldirganlar. Akademik E.V. Rtveladze Yerqo’rg’on shahrini yunon manbalaridagi Branxitlar shahri bilan aynanlashtiradi 4 . O’sha davrda zarb etilgan “bronza davridagi hukmdor tasviri” 5 orqali buni izohlashga harakat qiladi. III – IV asrlardan to VIII asrgacha bo’lgan “Naxshab” hamda “Kesh podshosi” tangalari Yerqo’g’on shahrining o’sha davrda Kesh mulki tasarrufida bo’lganligini ko’rsatadi 6 . Qadimgi yunon muarrixlaridan Arrian, Gerodot, Plutarx, Kvint Kursiy Ruf, Konstantin Bagryanorodniy asarlarining chop etilishi katta ahamiyat kasb etgan edi. Bu asarlar birinchi manba sifatida o’ziga xos ilmiy tasavvur shakllanishiga xizmat qiladi. Ularda miloddan burungi davrda Makedoniyalik Iskandarning Markaziy Osiyoni istilo etishi sabab, mazlum etilgan xalqlar, ularning ushbu zarblari bilan bir qatorda shahar va qishloqlari, odamlari haqida ma’lumot berilgan. Makedoniyalik Aleksandrning asosiy janglari Qashqa vohasida kechgan. Iskandarning o’zi Navtoq (Nautaka) viloyati va uning asosiy shahri bo’lgan Naxshobda uzoq muddat to’xtab turgan. Iskandar tarixini bitgan qadim Yunon muarrixlari shu munosabat bilan bu vohaning bir qancha shahar va qishloqlarini tilga olib o’tganlar. Sharq va G’arb o’tmishi va madaniyati tarixiga bag’ishlangan asarlar 7 ana shu jihatlarga ko’ra, Nautaka – Kesh tarixini yaratishda birlamchi manbalar doirasiga kiritilishga loyiq. Qashqadaryo vohasi haqidagi ilk xabarlar zardushtiylik dinining muqaddas kitobi “Avesto”da uchraydi. “Avesto” matnlarining eng qadimiylari milodga qadar 4 Ртвеладзе Э.В. Этюд по исторической географии Бактрии и Согдианы во время похода Александра Македонского / ВДИ 2000, №4, с. 104 – 112. 5 Кабанов С.К. Нахшебские монеты V – VI вв. // ВДИ. 1961, №1, с.137 -144. 6 Отахўжаев А. Илк ўрта асрларда ( V – VIII ) Сўғд мулкида Насаф шаҳри ва вилояти. // Қарши шаҳрининг жаҳон цивилизацияси тарихидаги ўрни. Тошкент – Қарши, “Фан”, маъруза, 2006, 129 –б. 7 Арриан Поход Александра (с приложением XVII книги Диодора ) , 1963 ; Геродот История, т Х, 1972 ; Квинт Курций Руф История Александра М акедонского (кн. VIII . 14)., 1963. 3
bo’lgan IX – VIII asrlarga oid bo’lib, u to’la ravishda milodning IV asrlarida yozib olingan. Otashparastlik dinining ilohiy matnlari majmuasi milodgacha bo’lgan IX asrlardan to yangi milodning III – IV asrlariga qadar yozilgan, to’ldirilgan va to’plangan. “Avesto”da Boxtar o’lkasi (Surxondaryo va Afg’onistonning shimoliy qismi), Sug’diyona (Zarafshon va Qashqadaryo vohalari), Xorazm kabi joylar ta’rif qilinadi 8 . Qadimgi yunon muarrixlari Makedoniyalik Aleksandrning markaziy Osiyoga qilgan yurishi, harb-zarblari haqida hikoya qilganlarida, Sug’d va uning janglar kechgan viloyatlari haqida ham yo’l-yo’lakay so’zlab o’tadilar. Jumladan, Doro III hokimiyatdan chetlatib, undan podshohlikni va shohona anjomlarni tortib olgan Bess haqida gap ketganda, birinchi bor Navtoq (Nautaka) tilga olinadi. Arrian bu haqda: “Bessga Aleksandr yaqinlab qolganligini aytganlariga, u Oksdan suzib o’tadi, qayiqlarni esa yondirib, Sug’d yeriga, Navtoqqa ketadi” 9 , deydi. Fransiyalik tadqiqotchi Frans Grene boshqa bir qator olimlarning fikriga tayangan holda Nautakaning nomlanishiga quyidagicha ta’rif beradi: –mil.avv. 329 yilning bahorida Bess Aleksandrning yaqinlashishidan qochib “sug’diylar diyori”ga qochadi; –mil.avv. 328 – 327 yillarda bu hudud satrap Sisimitr tomonidan boshqarilgan. Aleksandr qo’shinlari “Sisimitr qoyasi”ni bosib olganidan keyin “Xoriyen qal’asi”ni qo’lga oladi; –Bundan so’ng Aleksandr va uning qo’shinlari qishki qarorgoh Nautakaga joylashadi. Bu ma’lumotdan shuni ko’rish mumkinki, Nautaka viloyat yoki boshqaruv markazi ham bo’lishi mumkin 10 . Mil.avv. IV asrda Qashqadaryo hududida uchta viloyat – Nautaka, Ksenippa va Gabaza bog’lanadi. Bu haqda yunon tarixshunosi Arrian va rimlik Kursiy Ruf ma’lumot berishadi. Yunon mualliflarining asarlari biz ko’rib chiqayotgan 8 Равшанов П. Қарши тарихи. Т., Янги авлод, 2006, 105-б. 9 История Узбекистана в источниках. Под. Редакции Лунин Б.К.., Т., 1984, с. 92. 10 Франц Грене Заметки о топониме Наутака // Шаҳрисабз шаҳрининг жаҳон тарихида тутган ўрни, ҳал. Илмий кон., маърузалар, Т., Фан, 2002, 10 – 11 б. 4
o’lkaning tarixiy geografiyasi dolzarb muammolarini hal qilishda muhim asos bo’ladi 11 . Nautaka (Navtaka) Sug’diyona viloyatidan biri bo’lib, bu so’z “yangi qurilish”, “yangi joy” deb tarjima qilinadi. Arrian asarida Nautaka – “Sug’diylar yeri” ma’nosida yoritilgan. Tadqiqotchi Frans Grene “Nautaka” toponimini “nava-taka” – “to’qqiz daryo diyori” deb izoh beradi. Samarqanddan temir darvozagacha Jom, Podayoqtepa, Kaltaminor va Oqrabot orqali o’tgan. Ular o’z navbatida to’qqizta daryo (shimoldan janubga Qumdaryo, Ayoqchidaryo, Qashqadaryo, Oqsuv, Tanxozdaryo, Qizildaryo, Langar, Katta O’radaryo, Kichik O’radaryo) bilan o’zaro kesishgan 12 . Xitoy manbalaridan biri “Taypin xuanyuyszi”da ko’rsatilishicha, “Suy sulolasi davrida Kesh (Shigo) hukmdorlari Xitoy bilan aloqa o’rnatgan”, - deyilgan. Bu manbadan shuni aytish joizki, Keshda maorif V asrdan oldin paydo bo’lgan. S.Kabanovni qayd etishicha, bu tangalarni asli kelib chiqishi kushonlik bo’lgan Naxshab hukmdorlari zarb etgan. M. Masson esa, aksincha, bu tangalar milodning III – IV asrlarida arshakiylar sulolasining avlodlari tomonidan zarb etilganini ta’kidlaydi. Lekin ularning fikri sug’d afsonasini noto’g’ri o’qigani va tushunganiga asoslangan. Afsonaning birinchi so’zi, V. Livshisning izohlashicha, KЉNK MLK – Kesh podshohi so’zini anglatadi. Bundan tashqari, undagi ikkinchi harf – u, butun afsona esa KYЉNK MR` [V] deb o’qiladi. Tadqiqotchilarimizning fikriga ko’ra, bu tangalarda Kesh toponimi, A – 4 raqamli oromiy hujjatidagi kabi KYЉ – Kesh deb berilgan 13 . 11 Қадимги Кеш – Шаҳрисабз тарихидан лавҳалар. Тошкент, Шарқ,1998,11б. 12 Франц Грене Заметки о топониме Наутака // Шаҳрисабз шаҳрининг жаҳон тарихида тутган ўрни, ҳал. Илмий кон., маърузалар, Т., Фан, 2002, 10 – 11 б. 13 Қарши. Кичик альбом, Т., Маънавият, 2006, 20-21 б. 5