logo

kavkaz Bronza davri arxeologiyasi

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

144 KB
Reja:
1. Bronza davriga tavsif.
2.Kavkaz hududlarida bronza davri.
3.Janubiy   O'zbekiston   va   Kavkaz   hududlarida
hududlarida bronza davri o’xshahliklari Bronza   davri   miloddan   avvalgi   III-II   ming   yillik ni   o’z   ichiga   oladi.   Bu
davrda   egey   dunyosi,   Misr,   Ikki   daryo   oralig’i,   Hindiston   va   Xitoyda   quldorlik
jamiyati   ravnaq   topgan.   Yevropa   va   Osiyoning   ko’p   mamlakatlarida   esa   hali
ibtidoiy jamoa tuzumi hukm surgan.
Jez   miloddan   avvalgi   III   ming   yillikda   kashf   etilgan.   Uning   vatani   Ikkidaryo
oralig’i bo’lgan. U mis bilan qalay qorishmasidan iborat bo’lib, nisbat jihatidan turli
xilda. Bronza metal sifatida ko’p afzalliklarga ega:
1. Bronza qurollar mis qurollardan pishiqroq va o’tkirroq.
2. Uni eritib quyish oson, chunki uning erish temperaturasi pastroq.
Mis   va   bronza   tabiatda   yombi   holida   tarqalgan.   Misni   eritish   t°   -   1084   S°,
bronzaning erish t° 700-900 S° o’rtasida. Mis va qalayni  birga qo’shib, qoliplarga
quyishgan. Qoliplar toshdan qumtosh yoki toshtaxtachalardan iborat bo’lgan.
Bronzaning   kashf   etilishi   ibtidoiy   jamoa   ho’jaligida   ro’y   bergan   buyuk
madaniy   xo’jalik   ixtiro   edi.   Yangi   metal   xarbiy   qurollarning   turini   ko’paytirdi,
harbiy   qurollarning   xili   va   jangovarligi   oshdi.   Bronzadan   yasalgan   uy-ro’zg’or
buyumlari   ham   paydo   bo’ldi.   Ammo   bronza   mehnat   qurollari   ishlab   chiqarish
uchun nodir va kamchil metal bo’lib qolaveradi. U mehnat qurollari yasashda tosh
xom   ashyosini   uzil-kesil   siqib   chiqara   olmadi.   Chunki   dastlab   bronzadan
munchoqlar,   uzuklar,   to’g’nag’ichlar   yasalgan.   Ular   asosan   ziynat   buyumlari   edi.
Bu   davrda   tosh   qurollar   ham   ko’plab   ishlatilgan.   Tosh   parrakchalardan   keng
foydalanilgan.   Ammo   bronzaning   toshga   nisbatan   ustunlik   tomonlari,   ya’ni   uning
juda   tez   turli   shaklga   keltirilishi,   turli   ishlarda   foydalanish   mumkinligi,   ko’p
uchraydigan   keskir   va   qattiq   tosh   qurollarni   kamyobligi,   mo’rtligi   va   tez   sinishi
kabi xususiyatga ega bo’lgan (bronza) metal siqib chiqara olmagan.
Bu davrda bronzadan asosan turli bezaklar, uy-ro’zg’or va ho’jalik buyumlari,
xarbiy   qurol-aslahalar   va   mehnat   qurollari   yasaydigan   maxsus   temirchilik,
chilangarlik   va   zargarlik   ustaxonalari   vujudga   keldi.   Hunarmandchilikning
ixtisoslashuvi bilan mintaqalararo ayirboshlash kuchaydi. Kishilik jamiyati tarixida
birinchi   marta   muntazam   mol   ayirboshlash   imkoniyati   bevosita   dehqonchilik   va
chorvachilikning bir-biridan ajralishi   va hunarmandchilikning  paydo bo’lishi   bilan izohlanadi.Bronza   davri   ho’jaliklari   ho’jalik   va  ijtimoiy  taraqqiyot   darajalari   bilan
bir-biridan farq qilmasa-da, sopol buyumlarining xili, qabrlar qurilishi jihatidan bir-
biridan farqlanadi.Yevropadagi ibtidoiy davr qo’rg’onlarining deyarli hammasi-dan
bo’yalgan   va   bo’yalmagan   skletlar   topilgan.   Skletlar   yerda   yonboshlab,   oyoqlari
bukilgan   holatda   yotishadi.   Bu   odat   keng   yoyilgan.   Hatto   Sharq,   Markaziy   Osiyo
hududlarida   ibtidoiy   qabilalar   tug’ilguncha   odam   ona   qornida   qanday   holatda
bo’lsa,   o’lganidan   keyin   yer   bag’rida   shu   taxlitda   yotadi   deb   o’ylaganlar.
Arxeologlar   tomonidan   murdani   bo’yab,   bukchaytirib   ko’mishning   3   davri   ajratib
o’rganilgan:
1. Qadimgi chuqur, mozor-qo’rg’onlari (eneolit davriga mansub).
2. Katakomba mozor-qo’rg’onlari.
3. Yog’ochband mozor qo’rg’onlari.
Katakomba   mozor-qo’rg’onlari   go’rlari   yon   tomoniga   o’yib   qazilgan   alohida
lahad   shaklidagi   qabrlardir.   Bu   mozor   qo’rg’on-lardan   bronza,   mis-pichoqlar,
to’g’nag’ichlar,   bigiz,   buyumlar   topilgan.   Katakomba   mozor-qo’rg’onlarida   tosh
qurollar   silliqlangan   tosh   boltalar   va   chukmorlar,   chaqmoqtosh,   nayza,   o’q   va
pichoqlar, sopol idishlar ko’plab topilgan, bu sopol buyumlarning aksariyatini  tagi
tekis va hatto boshqa shakllari ham uchraydi.   
Katakomba   davri   miloddan   avvalgi   III   ming   yilning   oxirlarida   II   ming
yillikning   I-yarmiga   bo’lgan   davrni   o’z   ichiga   oladi.   Katakomba   mozor-
qo’rg’onlaridan   erkaklar   va   ayollar   murdalari   topilgan.   Ko’plab   kollektiv   qabrlar
ham uchraydi. 
Miloddan   avvalgi   II   ming   yillikning   o’rtalarida   katakomba   davri   o’rniga
yog’ochband   davri   keladi.   Yog’ochband-yog’och   qabr,   MDH   hududlarida,
Shimoliy   Yevropada   ko’plab   tarqalgan.   Go’rlar-ning   ichiga   murdalar   yog’och
tobutda qo’yilgan. Shuning uchun ham bu qabrlar yog’ochband qabrlar deb ataladi. 
Yog’ochband   davri   miloddan   avvalgi   II   ming   yillikning   o’rtalariga   to’g’ri
keladi.   Bu   davrda   dastali,   teshikli   boltalar   keng   tarqalgan.   Dastlab   ular   Sharq
mamlakatlaridagi   yodgorliklardan   topilgan.   Yog’ochband   davrida   metallurgiya   va
chorvachilikning,   rivojlanishi   boyliklar   to’planishiga   va   xarbiy   to’qnashuvlarning kuchayishiga   olib   keladi.   Jamiyatda   moddiy   boyliklarning   ayrim   kishilar   qo’lida
to’planishi jarayoni boshlanadi.Bronza davriga oid bo’lgan qo’rg’onsiz qabrlar ham
ko’p uchraydi. Unda murdalar kuydirilgan. Bunday xolat xarbiy Evropada so’nggi
bronza davri uchun xarakterlidir.Bronza (Jez) davri mozor-qo’rg’onlari o’rganilishi
orqali   bu   davr   haqida   ma’lum   tasavvurlarga   ega   bo’lindi.   Bu   davr   mozorlari-dan
«bo’yalgan   va   bukchaytirilgan»   skletlar   ko’plab   topilgan.   Bu   davrda   kishilar
murdalarga   har   xil   rangdagi   (ko’proq   qizil,   och   qizil)   tabiiy   bo’yoqlar   sepishgan.
Qizil va och qizil rang – jon, tirilish, qon ramzi hisoblangan.
«   Yevropada   bronza   davri   chorvador   qabilalari   o’ziga   xos   katta   birliklarni
tashkil etadi. Sopol buyumlarning shakli va naqshlari o’z birliklarga xos bo’lib, ular
bir-birlaridan farq qilgan.
Yer  yuzining ko’plab hududlaridan bronza (jez)  davri  yodgor-liklari  topilgan.
Arxeologlar ijtimoiy-iqtisodiy va maishiy munosa-batlarni yodgorliklardan topilgan
moddiy   topilmalarni   o’rganish   orqali   tiklab,   bronza   davri   kishilari   hayoti   va
faoliyati haqida ma’lumotlarga ega bo’ldilar. Sharqiy O’rta yer dengizi bo’ylarida,
xususan   Falastinda   bronza   davrida   shahar   tipi   markazlari   paydo   bo’lgan
hunarmandchilik   va   mustahkamlangan   manzillarning   shakllanishi   bilan   ilk   bronza
davrida   kulolchilik charxi   paydo bo’ladi. Ushlagichli cho’zinchoq ko’zalar va turli
shakldagi   idishlar   bronza   davrida   keng   tarqaladi.   Falastin   yodgorliklarida   bronza,
mis,   kumush   metali   keng   ishlatilgan.   Hatto   milddan   avvalgi   III   ming   yillik
oxirlarida   kumush   idishlar   keng   tarqalgan.   Falastinda   bronza   davriga   mansub
kumush   xazina   topilgan.   U   35   xil   predmetdan   iborat   bo’lib,   uning   tarkibida   turli
buyumlar,   idishlar,   bezaklar   bo’lgan.   Bronza   davri   manzillari   ko’pincha   mudofaa
devorlari, bilan o’ralgan, to’g’ri burchakli binolardan iborat bo’lgan. Bu davr shahar
xarobalarining o’rni 2-4ga etadi va buyumlarning joylanishi, qurilishi shakli o’ziga
xos reja asosida bo’lgan.
Falastin yodgorliklari mudofaa devorlari bilan o’ralgan bo’lib, bu devorlarning
eni 4,5 metrdan to 8 metrgacha bo’lgan. Masalan, Fara yodgorligi xarobasi devorlar
bilan   o’ralgan.   Fara   shahri   xarobasi   hisoblanadi.   Shahardan   ijtimoiy   xarakterdagi
binolarning   qoldiqlari   topilgan.   Yuqori   tabaqa   uylari,   mahalliy   hukmdorlarning saroylari   ham   mavjud   bo’lgan.   Shahardan   unga   uzoq   bo’lmagan   joyda   qabriston
joylashgan.   Bu   erda   (Ochiq   Qabr)   kollektiv   qabrlar   bo’lib,   har   bir   qabrda   50-90
murdaning   qoldig’i   bo’lgan.   Hatto,   bir   qabrga   300   kishi   ko’milgan.   Qabrlardan
kulolchilik   buyumlari   (idishlar),   zeb-ziynat   va   ayrimlaridan   metal   buyumlar
topilgan.Miloddan   avvalgi   3-2   ming   yilliklarda   ijtimoiy-iqtisodiy   munosabatlar
o’zgaradi. Bu davrga oid bo’lgan Iordan vohasidagi Xazor xarobasi 50 gani tashkil
etadi. U poytaxt, ya’ni markaz vazifasini o’tagan. Xarobada ibodatxona qoldig’i va
zadagon   kishilarning   uylari   qoldiqlari   topilgan.   Ilk   sinfiy   munosabatlar   mavjud
bo’lganligini   bildiruvchi   topilmalar   –   yuqori   tabaqa,   oziq-ovqat   omborlari
o’rganilgan.Kichik   Osiyoda   Qumtepa   yodgorligi   bronza   davriga   mansub   bo’lib,   u
miloddan   avvalgi   III   ming   yillik   bilan   belgilanadi.   Qumtepa   yodgorligi   tosh
arxitekturasining   ajoyib   namunasi   bo’lib,   unda   uylar   poydevorigina   emas,   balki
xonalar ham toshdan urilgan. Kichik Osiyoda bronza davriga oid bo’lgan Troya I,
Termi manzilgohlaridan bronza qurollar topilgan va o’rganilgan.
Miloddan   avvalgi   III   ming   yillik   oxirlarida   hunarmandchilikni   rivojlanishi
shaharlarning   gullab-yashnashiga   sabab   bo’lgan.   Markaziy   Osiyo   shaharlari   –
Troya   II,   Polisxni   V,   Axlatenbel’   1-2   ga   maydonni   tashkil   etgan.   Beyjesulton
shahar   xarobasining   maydoni   24ga   teng   bo’lib,   yodgorlik   xarobalardan   shahar
xususiyatiga   xos   elementlar,   hukmdor   saroyi,   ijtimoiy   bino   qoldiqlari   topilgan   va
o’rganilgan.
MDH davlatlari hududida ham bronza davri yodgorliklari o’rganilgan. Janubiy
Sibir’ hududida bronza davri yodgorliklaridan eng qadimiysi Afanas’ev madaniyati
bo’lib,   u   miloddan   avvalgi   III   ming   yillikka   oid.   Afanas’ev   madaniyati   Enisey
(Enasoy)   daryosi   bo’yida   joylashgan.   Afanas’ev   yodgorligidan   qadimgi   qabrlar
o’rni   topilgan.   Bu   qabrlar   ustiga   tosh   taxlangan   chuqur   qabrlar   bo’lib,   unga
murdalar   yonlab   qo’yilgan.   Ularning   yonida   oziq-ovqatlar,   mehnat   qurollari
qoldiqlari saqlangan. 2.Kavkaz   hududlarida   bronza   davri. Miloddan   avvalgi   II   ming   yilliklarda
G’arbiy   Sibir’   xududida   Andronov   madaniyati   keng   tarqalgan.   Andronovo
madaniyati   tipi-   Janubiy   Sibir’,   Janubiy   Ural,   Qozog’iston   shimoliy   hududiga
mosdir.   Andronovo   madaniyati   qabrlar   va   makonlardan   iborat   bo’lgan.   Qabrlar   –
to’g’ri   burchakli   bo’lib,   yog’och   va   tosh   plitalar   bilan   yonlari   mustahkamlangan.
Andronovo   madaniyatiga   oid   makonlarda   metallurgiya,   chorvachilik,   motiga
dehqonchiligi rivojlangan. Ko’plab jez qurollar, don qoldiqlari topilgan.
Andronovo madaniyati  bronza davri chorvador qabilalari madaniyati bo’lib, bu
madaniyatga   tegishli   dastlabki   yodgorlik   o’tgan   asrning   20-yillarida   Sibiriyaning
Achinsk   shahri   yaqinidagi   Andronovo   qishlog’idan   topib   o’rganilgani   uchun   shu
nomni   olgan.   Bu   madaniyatga   tegishli   jamoalarning   ayrim   guruhlari   hatto   o’z
podasiga   bo’sh   yaylovlar   qidirib   miloddan   avvalgi   II   ming   yillik   o’rtalarida   O’rta
Osiyo   hududlariga   ham   kirib   keladi.   Xorazmda   va   Farg’ona   hududlarida   o’z
moddiy madaniyat izlarini qoldiradilar.
Kavkazning tabiiy sharoiti bronza davri xo’jaligi dehqonchilik va chorvachilik
uchun qulay bo’lganligi uchun ham bu er ko’plab qabilalar o’zlarining madaniyatini
vujudga keltirgan. Kavkazorti madaniyati Old Osiyo madaniyatiga yaqin. Miloddan
avvalgi   III-II   ming   yilliklarga   oid   makonlardan   qadimgi   sharq   qurollari,   qadimgi
Ossuriya qilichlari kabi moddiy topilmalar topilgan. Kavkazortida Maykop, Trialeti
kabi mozor- qo’rg’onlar o’rganilgan.
Bronza   davrida   ibtidoiy   jamiyat   ho’jalik   va   madaniy   taraqqiyoti   yuqori
darajada   bo’lgan.   Bronza   davri   urug’chilik   jamoasi   xarobalari   o’rnida   dastlabki
sinfiy jamiyat vujudga kelganligini ko’rsatuvchi dalillar arxeologlar tomonidan aniq
langan.   Bronza   davrida   mulkiy   tabaqalanish   jarayoni   natijasida   ibtidoiy   jamoa
tuzumidan quldorlik tuzumiga o’tish ro’y beradi. Bu jarayonlarni o’rganishda turli
hududlarda topilgan bronza davri arxeologik manbalari katta ahamiyatga egadir. 
Farg’ona   vodiysida   mil.   avv.   II   ming   yillik   oxiri   -   I   ming   yillik   boshlarida
o’ziga   xos   Chust   madaniyati   shakllandi.   Bugungi   kungacha   Farg’ona   vodiysida
Chust madaniyatiga mansub 70 dan ortiq yodgorliklar o’rganilgan. Bular jumlasiga
Chust   Dalvarzintepa,   Ashqoltepa,   Bo’ztepa,   Chimboy   va   boshqalar   kiradi.   Chust madaniyati   yodgorliklarining   eng   chekkalari   bir-biridan   100   km   masofada
joylashganligi ushbu madaniyatni keng tarqalganligini ko’rsatadi. 
Shimoliy   Farg’onadagi   Chust   guruhiga   Govasoy   xavzasida   Chust,
Ko’ksaraksoy   sohilida   Qoraqo’rg’on,   Kosonsoy   vodiysida   To’raqo’rg’on,
Tergovchi I, II, Go’rmiron, Yoztepa yodgorliklari kiradi. 
Sharqy Farg’na guruhi  yodgorliklari  Dalvarzintepa guruhi  deb nomlanib, ular
Qoradaryoning   so’l   sohilida   joylashgan.   Mazkur   guruhga   Dalvarzintepa,
Ashqoltepa,   Axshar   va   G’ayrattepa   yodgorliklari   kiradi.   Qoradaryoning   o’ng
qirg’g’ida   joylashgan   O’zgan   guruhiga   Dehqon,   Chimboy,   Qoraqo’chqor   I   va   II,
O’zgan,   Qashqaterak,   Do’nbuloq   yodgorliklari   kiradi.   Janubi-sharqiy   Farg’onadan
Sho’rtepa,   Zarg’aldoqtepa,   Manyak,   Shaltoqtepa   makonlari   topilgan.   Shuningdek,
yuqoridagi   guruhlarga   kirmagan   Chakan,   Aqbarabod   makonlari   ham   o’rganilgan.
Asosiy   yodgorliklar   Farg’ona   vodiysining   sharqiy   tumanlarida   joylashganligi   bu
yerda   dehqonchilikning   yuksak   rivojlanganligini   ko’rsatadi.   Topilgan   moddiy
ashyolar   Chust   davri   madaniyati   mil.   avv.   II-I   ming   yillik   boshlariga   tegishli
ekanligini   ko’rsatadi.   Radiouglerod   tahliliga   ko’ra   Dalvarzintepaning   I   davri
mil.avv.   1090   ±   120   yil,   ikkinchi   davri   esa   mil.avv.   760   ±   120   yildir.   Chustning
so’nggi   davri   mil.   avv.   280   ±   75   yilni   o’z   ichiga   oladi.   Chust   madaniyati
yodgorliklari   egallagan   maydoniga   ko’ra   katta,   kichik   va   o’rtacha   hisoblanadi.
Katta qishloqlarga maydoni 10 gektardan ortiq bo’lgan Dalvarzintepa, Ashqoltepa,
o’rtachalariga   Chust   (4   gektar),   Dehqon   (5   gektarga   yaqin)   kiradi.   Kichiklarining
maydoni   1   gektar   atrofida.   Chust   yodgorligi   tepalikda   joylashgan   bo’lib,   maydoni
210 x 200 metrni tashkil etadi. Madaniy qatlami 40 sm.dan 3,5 metrgacha bo’lib, 7
ta qatlamni tashkil etadi. Ikkita turar-joy paxsadan ko’rilgan, qolganlari esa yerto’la
ko’rinishida.   Markazda   2   x   2,7   metr   o’lchamda   tuxumsimon   turar-joy   mavjud.
Chust makoni mudofaa devorlari bilan o’rab olingan bo’lib, devorlarning qalinligi 7
metr,   balandligi   3,5   metr,   xom   g’ishtdan   qilingan.   Chust   madaniyatining   yirik
yodgorligi Dalvarzintepa bo’lib, maydoni 25 gektarga yaqin, madaniy qatlamining
qalinligi 1,6 metrdan 4 metrgacha boradi. Bu yerda turar-joylardan tashkari ko’plab
xo’jalik   uralari   topilganki,   ular   don   saqlash   vazifasini   bajargan.   Asosiy   qurilish ashyosi   xom   g’isht   bo’lib,   uning   o’lchami   30   x   30   x   10   va   50   x   70   x   10   sm   ni
tashkil  etgan. Dalvarzintepa mudofaa devori  butun qishloq atrofini o’ragan bo’lsa,
Chustda faqat shimoli-g’arb tomonni o’ragan. Kichik makonlar jumlasiga Chimboy
makoni   kirib   u   500   m.   kv.   maydonni   egallaydi.   Uning   madaniy   qatlami   1   metr.
Xom   g’ishtdan   qilingan   devor   va   o’choq   izlari   topilgan.   16   ta   xo’jalik   o’ralari
mavjud bo’lgan. Qoradaryo vohasida Chust madaniyatiga oid 5 ta kichik makonlar
topilgan. Bu yerda topilgan Qoraqo’chqor I 200 m. kv., Qoraquchqor II 700 m. kv.
ga yaqin, 33-makon 1040-1400, 82-makon 2000 m. kv. maydonni egallagan. 
Dalvarzintepa   va   Chustdan   bir   necha   qabrlar   topilib,   dafn   marosimi   o’ziga
xosligi   bilan   ajralib   turadi.   Murdalar   bukchaytirilib,   bir   tomonga   yonboshlatib
ko’milgan. Ayrim murdalarda zo’rlik bilan o’ldirilganlik alomatlari uchraydi. Chust
va Dalvarzintepadan topilgan ayrim odam suyaklari va bosh miya qopqog’i xo’jalik
o’ralarida hayvon suyaklari ichida topilib, ularda gulxanda kuydirilganlik alomatlari
uchraydi.   Yuqoridagi   ikki   makonda   bir   necha   bosh   suyaklari   to’p   holatda
saqlangan. 
Ishlab chiqarishda suyak qurollar muhim o’rin tutadi. Ayniqsa, to’qimachilikda
va o’q uchlari yasashda suyakdan keng foydalanilgan. 
Chust   madaniyatiga   oid   sopol   idishlar   bir   xilligi   bilan   ajralib   turadi.   Sopol
idishlarning   asosiy   qismi   qo’lda   yasalgan.   Lekin   Chust   va   Dalvarzintepadan
kulolchilik   charxida   yasalgan   sopol   buyumlar   ham   topilgan.   Topilgan   sopol
idishlarning   73%   qizil   rangda,   18%   jigarrang,   1,2%   naqshli   idishlardir.   Bitta
piyolada   odam   gavdasi   qora   rangga   bo’yalgan.   Sopol   idishlardan   ko’zalar   ham
mavjud. Ayrim idishlarga tutqichlar ham qilingan. 
Chust   madaniyatning   xo’jaligi   dehqonchilik-chorvachilikni   tashkil   etgan.
Dehqonchilik   Farg’ona   vodiysida   Chust   madaniyatidan   oldingi   davrda   paydo
bo’lgan.   Chust   madaniyati   davrida   vodiy   keng   o’zlashtirilgan   edi.   Yirik
makonlarning   mavjudligi   madaniy   qatlamning   qalinligi,   moddiy   madaniyatning
yuqori   darajasi   dehqonchilik   ancha   rivojlanganligini   ko’rsatadi.   Ayrim   faktlar
sun’iy   sug’orish   ham   bo’lganligini   ko’rsatadi.   Qadimgi   dehqonlar   bug’doy,   arpa, tariq   ekkanlar.   Chustdan   topilgan   tariq   urug’lari   dehqonchilikda   tariq   ko’p
ekkanligini ko’rsatdi. 
chiqarish   imkonini   beradi.   Bu   davrga   mansub   bosh   suyaklari   o’rganilganda
ularning   ko’pchiligi   Yevropa   irqining   O’rta   yer   dengizi   tarmog’iga   mansubligi
aniqlandi.   Oz   qismi   esa   Yevropa   va   Andronovo   irqiga   mansubdir.   Chust   aholisi
irqiy   jihatdan   janubiy   O’rta   Osiyo,   Buxoro   vohasi   va   qisman   Xorazm   aholisiga
o’xshash   bo’lgan.   Chust   qabilalarning   etnik   va   til   xususiyatlari   o’rganilmagan.  
Farg’ona dehqonchilik qabilalarining ijtimoiy tuzumi urug’chilik tuzumining
so’nggi davri bo’lib, ibtidoiy munosabatlar yemirilayotgan vaqtga to’g’ri keladi. 
Xo’jalik   va   moddiy   madaniyatning   rivojlanganligi   bilan   Chust   madaniyati
O’rta   Osiyo   janubidagi   madaniyatga   o’xshash   bo’lgan.   Lekin   Chust   madaniyatida
sun’iy   sug’orish,   hunarmandchilik,   qal’alar   qurilishi   janub   qabilalaridek
rivojlanmagan   edi.   Shunday   bo’lsada   Chust   madaniyati   O’rta   Osiyoning   boshqa
viloyatlari,   Xorazmning   Tozabogyob   madaniyatiga   nisbatan   ancha   yuqori
rivojlangan edi. 
So’nggi   bronza   davrida   qabilalarning   ko’chish   jarayonlari   bo’lib   o’tadi.   Bu
jarayondan Farg’ona aholisi ham chetda qolmagan. Chust sopol idishlari Markaziy
Eron,   Markaziy   Hindiston   sopol   idishlariga   o’xshab   ketadi.   Chust   madaniyatining
rivojlangan   madaniyati   mil.avv.   VIII-VII   asrlarda   tushkunlikka   uchraydi   va   uning
o’rniga ilk temir davri keladi. Adabiyotlar:
1.  Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.,  2008.
2. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. – T., 1998.
3.   Annayev   T.,   Tilovov   B.,   Xudoyberdiyev   Sh.   Boysun   arxeologik
yodgorliklari. – T., 1999. 
4. Annayev Т., Shaydullayev Sh. Surxondaryo tarixidan lavhalar. – Т., 1997.
5. Asqarov A. Eng qadimgi shahar. – Т., 1990.
6.   Jo’raqulov   M.,   Isomiddinov   M.   O’rta   Osiyo   kulolchiligi   tarixidan.   –
Samarqand, 1999. 
7. Isomiddinov M.H. Sopolga bitilgan tarix. – T., 1993.
8. Kabirov J., Sagdullayev A. O'rta Osiyo arxeologiyasi. – Т., 1990.
9. Sagdullayev A. Qadimgi O’rta Osiyo tarixi. – T., 2004.
10. Eshov B.J. Qadimgi O’rta Osiyoning shaharlari tarixi. – T., 2006.
11. Авдусин Д.А. Основы археологии. – М., 1989.
12.   Аскаров   А.   Древнеземледельческая   культура   эпохи   бронзы   юга
Узбекистана. – Т., 1977.
13. Аскаров А. Сапаллитепа. – Т., 1975.
14.  Аскаров А., Абдуллаев Б. Джаркутан. – Т., 1983.
15. Аскаров А., Ширинов Т. Ранняя городская культура эпохи бронзы 
Средней Азии. – Самарканд, 1993.
16. Мандельштам А.М. Памятники эпохи бронзы в Южном Таджикистане. –
Л., 1968.
17. Мартынов А.И. Археология СССР. – М., 1973.
18. Сарианиди В.И. Древности страны Маргуша. – Ашхабад, 1990.

Reja: 1. Bronza davriga tavsif. 2.Kavkaz hududlarida bronza davri. 3.Janubiy O'zbekiston va Kavkaz hududlarida hududlarida bronza davri o’xshahliklari

Bronza davri miloddan avvalgi III-II ming yillik ni o’z ichiga oladi. Bu davrda egey dunyosi, Misr, Ikki daryo oralig’i, Hindiston va Xitoyda quldorlik jamiyati ravnaq topgan. Yevropa va Osiyoning ko’p mamlakatlarida esa hali ibtidoiy jamoa tuzumi hukm surgan. Jez miloddan avvalgi III ming yillikda kashf etilgan. Uning vatani Ikkidaryo oralig’i bo’lgan. U mis bilan qalay qorishmasidan iborat bo’lib, nisbat jihatidan turli xilda. Bronza metal sifatida ko’p afzalliklarga ega: 1. Bronza qurollar mis qurollardan pishiqroq va o’tkirroq. 2. Uni eritib quyish oson, chunki uning erish temperaturasi pastroq. Mis va bronza tabiatda yombi holida tarqalgan. Misni eritish t° - 1084 S°, bronzaning erish t° 700-900 S° o’rtasida. Mis va qalayni birga qo’shib, qoliplarga quyishgan. Qoliplar toshdan qumtosh yoki toshtaxtachalardan iborat bo’lgan. Bronzaning kashf etilishi ibtidoiy jamoa ho’jaligida ro’y bergan buyuk madaniy xo’jalik ixtiro edi. Yangi metal xarbiy qurollarning turini ko’paytirdi, harbiy qurollarning xili va jangovarligi oshdi. Bronzadan yasalgan uy-ro’zg’or buyumlari ham paydo bo’ldi. Ammo bronza mehnat qurollari ishlab chiqarish uchun nodir va kamchil metal bo’lib qolaveradi. U mehnat qurollari yasashda tosh xom ashyosini uzil-kesil siqib chiqara olmadi. Chunki dastlab bronzadan munchoqlar, uzuklar, to’g’nag’ichlar yasalgan. Ular asosan ziynat buyumlari edi. Bu davrda tosh qurollar ham ko’plab ishlatilgan. Tosh parrakchalardan keng foydalanilgan. Ammo bronzaning toshga nisbatan ustunlik tomonlari, ya’ni uning juda tez turli shaklga keltirilishi, turli ishlarda foydalanish mumkinligi, ko’p uchraydigan keskir va qattiq tosh qurollarni kamyobligi, mo’rtligi va tez sinishi kabi xususiyatga ega bo’lgan (bronza) metal siqib chiqara olmagan. Bu davrda bronzadan asosan turli bezaklar, uy-ro’zg’or va ho’jalik buyumlari, xarbiy qurol-aslahalar va mehnat qurollari yasaydigan maxsus temirchilik, chilangarlik va zargarlik ustaxonalari vujudga keldi. Hunarmandchilikning ixtisoslashuvi bilan mintaqalararo ayirboshlash kuchaydi. Kishilik jamiyati tarixida birinchi marta muntazam mol ayirboshlash imkoniyati bevosita dehqonchilik va chorvachilikning bir-biridan ajralishi va hunarmandchilikning paydo bo’lishi bilan

izohlanadi.Bronza davri ho’jaliklari ho’jalik va ijtimoiy taraqqiyot darajalari bilan bir-biridan farq qilmasa-da, sopol buyumlarining xili, qabrlar qurilishi jihatidan bir- biridan farqlanadi.Yevropadagi ibtidoiy davr qo’rg’onlarining deyarli hammasi-dan bo’yalgan va bo’yalmagan skletlar topilgan. Skletlar yerda yonboshlab, oyoqlari bukilgan holatda yotishadi. Bu odat keng yoyilgan. Hatto Sharq, Markaziy Osiyo hududlarida ibtidoiy qabilalar tug’ilguncha odam ona qornida qanday holatda bo’lsa, o’lganidan keyin yer bag’rida shu taxlitda yotadi deb o’ylaganlar. Arxeologlar tomonidan murdani bo’yab, bukchaytirib ko’mishning 3 davri ajratib o’rganilgan: 1. Qadimgi chuqur, mozor-qo’rg’onlari (eneolit davriga mansub). 2. Katakomba mozor-qo’rg’onlari. 3. Yog’ochband mozor qo’rg’onlari. Katakomba mozor-qo’rg’onlari go’rlari yon tomoniga o’yib qazilgan alohida lahad shaklidagi qabrlardir. Bu mozor qo’rg’on-lardan bronza, mis-pichoqlar, to’g’nag’ichlar, bigiz, buyumlar topilgan. Katakomba mozor-qo’rg’onlarida tosh qurollar silliqlangan tosh boltalar va chukmorlar, chaqmoqtosh, nayza, o’q va pichoqlar, sopol idishlar ko’plab topilgan, bu sopol buyumlarning aksariyatini tagi tekis va hatto boshqa shakllari ham uchraydi. Katakomba davri miloddan avvalgi III ming yilning oxirlarida II ming yillikning I-yarmiga bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Katakomba mozor- qo’rg’onlaridan erkaklar va ayollar murdalari topilgan. Ko’plab kollektiv qabrlar ham uchraydi. Miloddan avvalgi II ming yillikning o’rtalarida katakomba davri o’rniga yog’ochband davri keladi. Yog’ochband-yog’och qabr, MDH hududlarida, Shimoliy Yevropada ko’plab tarqalgan. Go’rlar-ning ichiga murdalar yog’och tobutda qo’yilgan. Shuning uchun ham bu qabrlar yog’ochband qabrlar deb ataladi. Yog’ochband davri miloddan avvalgi II ming yillikning o’rtalariga to’g’ri keladi. Bu davrda dastali, teshikli boltalar keng tarqalgan. Dastlab ular Sharq mamlakatlaridagi yodgorliklardan topilgan. Yog’ochband davrida metallurgiya va chorvachilikning, rivojlanishi boyliklar to’planishiga va xarbiy to’qnashuvlarning

kuchayishiga olib keladi. Jamiyatda moddiy boyliklarning ayrim kishilar qo’lida to’planishi jarayoni boshlanadi.Bronza davriga oid bo’lgan qo’rg’onsiz qabrlar ham ko’p uchraydi. Unda murdalar kuydirilgan. Bunday xolat xarbiy Evropada so’nggi bronza davri uchun xarakterlidir.Bronza (Jez) davri mozor-qo’rg’onlari o’rganilishi orqali bu davr haqida ma’lum tasavvurlarga ega bo’lindi. Bu davr mozorlari-dan «bo’yalgan va bukchaytirilgan» skletlar ko’plab topilgan. Bu davrda kishilar murdalarga har xil rangdagi (ko’proq qizil, och qizil) tabiiy bo’yoqlar sepishgan. Qizil va och qizil rang – jon, tirilish, qon ramzi hisoblangan. « Yevropada bronza davri chorvador qabilalari o’ziga xos katta birliklarni tashkil etadi. Sopol buyumlarning shakli va naqshlari o’z birliklarga xos bo’lib, ular bir-birlaridan farq qilgan. Yer yuzining ko’plab hududlaridan bronza (jez) davri yodgor-liklari topilgan. Arxeologlar ijtimoiy-iqtisodiy va maishiy munosa-batlarni yodgorliklardan topilgan moddiy topilmalarni o’rganish orqali tiklab, bronza davri kishilari hayoti va faoliyati haqida ma’lumotlarga ega bo’ldilar. Sharqiy O’rta yer dengizi bo’ylarida, xususan Falastinda bronza davrida shahar tipi markazlari paydo bo’lgan hunarmandchilik va mustahkamlangan manzillarning shakllanishi bilan ilk bronza davrida kulolchilik charxi paydo bo’ladi. Ushlagichli cho’zinchoq ko’zalar va turli shakldagi idishlar bronza davrida keng tarqaladi. Falastin yodgorliklarida bronza, mis, kumush metali keng ishlatilgan. Hatto milddan avvalgi III ming yillik oxirlarida kumush idishlar keng tarqalgan. Falastinda bronza davriga mansub kumush xazina topilgan. U 35 xil predmetdan iborat bo’lib, uning tarkibida turli buyumlar, idishlar, bezaklar bo’lgan. Bronza davri manzillari ko’pincha mudofaa devorlari, bilan o’ralgan, to’g’ri burchakli binolardan iborat bo’lgan. Bu davr shahar xarobalarining o’rni 2-4ga etadi va buyumlarning joylanishi, qurilishi shakli o’ziga xos reja asosida bo’lgan. Falastin yodgorliklari mudofaa devorlari bilan o’ralgan bo’lib, bu devorlarning eni 4,5 metrdan to 8 metrgacha bo’lgan. Masalan, Fara yodgorligi xarobasi devorlar bilan o’ralgan. Fara shahri xarobasi hisoblanadi. Shahardan ijtimoiy xarakterdagi binolarning qoldiqlari topilgan. Yuqori tabaqa uylari, mahalliy hukmdorlarning

saroylari ham mavjud bo’lgan. Shahardan unga uzoq bo’lmagan joyda qabriston joylashgan. Bu erda (Ochiq Qabr) kollektiv qabrlar bo’lib, har bir qabrda 50-90 murdaning qoldig’i bo’lgan. Hatto, bir qabrga 300 kishi ko’milgan. Qabrlardan kulolchilik buyumlari (idishlar), zeb-ziynat va ayrimlaridan metal buyumlar topilgan.Miloddan avvalgi 3-2 ming yilliklarda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar o’zgaradi. Bu davrga oid bo’lgan Iordan vohasidagi Xazor xarobasi 50 gani tashkil etadi. U poytaxt, ya’ni markaz vazifasini o’tagan. Xarobada ibodatxona qoldig’i va zadagon kishilarning uylari qoldiqlari topilgan. Ilk sinfiy munosabatlar mavjud bo’lganligini bildiruvchi topilmalar – yuqori tabaqa, oziq-ovqat omborlari o’rganilgan.Kichik Osiyoda Qumtepa yodgorligi bronza davriga mansub bo’lib, u miloddan avvalgi III ming yillik bilan belgilanadi. Qumtepa yodgorligi tosh arxitekturasining ajoyib namunasi bo’lib, unda uylar poydevorigina emas, balki xonalar ham toshdan urilgan. Kichik Osiyoda bronza davriga oid bo’lgan Troya I, Termi manzilgohlaridan bronza qurollar topilgan va o’rganilgan. Miloddan avvalgi III ming yillik oxirlarida hunarmandchilikni rivojlanishi shaharlarning gullab-yashnashiga sabab bo’lgan. Markaziy Osiyo shaharlari – Troya II, Polisxni V, Axlatenbel’ 1-2 ga maydonni tashkil etgan. Beyjesulton shahar xarobasining maydoni 24ga teng bo’lib, yodgorlik xarobalardan shahar xususiyatiga xos elementlar, hukmdor saroyi, ijtimoiy bino qoldiqlari topilgan va o’rganilgan. MDH davlatlari hududida ham bronza davri yodgorliklari o’rganilgan. Janubiy Sibir’ hududida bronza davri yodgorliklaridan eng qadimiysi Afanas’ev madaniyati bo’lib, u miloddan avvalgi III ming yillikka oid. Afanas’ev madaniyati Enisey (Enasoy) daryosi bo’yida joylashgan. Afanas’ev yodgorligidan qadimgi qabrlar o’rni topilgan. Bu qabrlar ustiga tosh taxlangan chuqur qabrlar bo’lib, unga murdalar yonlab qo’yilgan. Ularning yonida oziq-ovqatlar, mehnat qurollari qoldiqlari saqlangan.