logo

Zarafshon vohasi qadimgi bronza davri makonlari

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

53.9033203125 KB
Mavzu: Zarafshon vohasi qadimgi bronza davri makonlari.
                    
                    Reja:
1.Zarafshon vohasi bronza davri o‘rganilishi tarixi
2.Zarafshon   vohasi   bronza   davri   asosiy   yodgorliklari   va   ular
tadqiqoti natijalari
3.Zarafshon   vohasi   bronza   davri   jamoalari   moddiy
madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlari Zarafshon   vohasi   bronza   davrida.   Zamonbobo   madaniyati.   Zomonbobo
manzilgohi   yarim   er   uylarning   konstruksiyasi.   Zamonbobo   qabristoni.   Dafn
marosimlari.   Zamonbobo   madaniyati   jamoasi   xo‘jaligi   va   moddiy   madaniyati.
Kulolchilik.   Bronza   buyumlari.   Tosh   qurollari.   Xo‘jalik   xususiyatlari.   Sarazm
madaniyati   bronza   davrida.   Uy-joy   imoratlari   va   ibodatxona   inshootlari.
Hunarmandchilik taraqqiyoti. Sopol buyumlar bezaklarining murkablashib borishi.
Bronza   va   toshdan   ishlangan   buyumlar.   To‘qay   yodgorligi   bronza   davri
metallurglari   manzilgohi.   Zarcha   Xalifa   mozorlari   So‘g‘d   hududlaridagi   madaniy
aloqalarning   namunasi   sifatida.   O‘rta   Osiyoning   dasht   va   tog‘   oldi   hududlarida
chorvador va yarim dexqon xo‘³jaligining shakllanishi. Dashti Qozi, Mo‘minobod,
CHakka va boshqa mozorlar. Kuzatuv buyumlari.
Qadimda   Sug‘diyona   deb   nomlangan   tarixiy-madaniy   o‘lka   hozirgi   Samarqand,
Navoiy,   Buxoro   va   Qashqadaryo   viloyatlarini   tashkil   etadi.   Bu   ona   zaminning
tarkib  topishi,  rivojlanishi   va  gullashida   Zarafshon  va Qashqadaryo   daryolarining
o‘rni   beqiyos   va   benazirdir.   Ana   shu   ikki   daryo   suvlari   asosida   juda   qadim
zamonlarda   Sug‘d   bobo   dehqonlarining   qishloqlari   va   shaharlari   qad   ko‘targan.
Zarafshonning   yuqori   va   o‘rta   havzalarida   ilk   temir   davriga   kelib,   Avesto   turlari
sekin-asta o‘troq hayotga o‘ta boshlaydilar. Zarafshon va Qashqadaryo havzalarida
o‘troqlashgan   bu   saklar   Sarazm   madaniyati   avlodlari   bilan   qorishib,   Avestoda
“Gova   Sug‘uda”deb   atalgan   tarixiy   viloyatning   o‘troq   sug‘diylar   aholisini   tashkil
etgan. Ular yashagan vohalar esa tarixda “Sug‘diyona” deb ataldi. SHunday qilib,
so‘nggi   bronza   va   ilk   temir   davrida   yana   bir   madaniy-xo‘jalik   markazi,   ya’ni
Sug‘diyona   viloyati   tarkib   topadi,   uning   qadimgi   dehqonchilik   xo‘jaliklari   bilan
shug‘ullangan etnik qatlamining izlari Zarafshon vodiysining Ko‘ktepa, Afrosiyob,
Xo‘ja Bo‘ston, Qozimontepa yodgorliklarining quyi qatlamlari, Qalqan ota mozor
qo‘rg‘onlari,   Qashqadaryo   vohasida   Uzunqir,   Daratepa   va   Sangirtepa   kabi
yodgorliklar misolida o‘rganilgan. 
YAqingacha   Sug‘dning   bosh   shaharlari   Samarqand   va   Buxoroni   ilk   shahar
madaniyatining tarixiy ildizlari qaysi davr va qanday yodgorliklarga borib taqalishi
fanda   noma’lum   edi.   SHuning   uchun   sobiq   Sovet   davri   tarixshunosligida   O‘rta Osiyoga   ilk   shahar   madaniyati   Eron   Axomaniylar   va   Iskandar   boshliq   yunonlar
tomonidan   olib   kelingan.   Bu   zaminning   tub   joyli   aholisi   saklar   esa,   o‘tovlarda
yashab   ko‘chmanchi   chorvachilik   bilan   shug‘ullanar   edilar,   deb   tushintirilar   edi.
Ammo,   o‘tgan   asrning   70   yillaridan   boshlab,   olib   borilgan   arxeologik   izlanishlar
bunday   g‘ayriilmiy   qarashlarni   asossiz   ekanligini   yuqorida   nomlari   zikr   etilgan
qadimgi dehqonchilik madaniyati yodgorliklari misolida isbotladi. Ana shu noyob
yodgorliklarning   keng   o‘rganilgan   ob’ektlaridan   biri   Ko‘ktepa   qadimgi   shahar
xarobasidir.
YOdgorlik   deyarli   kvadrat   shaklida   bo‘lib,   uning   maydoni   23   gektarni   tashkil
etadi. YOdgorlik toporelefiga ko‘ra, uni o‘rab olgan mudofaa devori chiziqlari va
darvoza   o‘rinlari   yaqqol   ko‘zga   tashlanadi.   Uning   maydonida   monumental   bino
qoldiqlari   saqlangan.   YOdgorlikning   markaziy   darvozasiesa   yirik   minoralar   bilan
mustahkamlangan.   YOdgorlik   markaziy   qismini   egallagan   bino   qoldig‘i   baland
platforma   ustida   qad   ko‘targan   bo‘lib,   M.X.   Isamiddinovning   tahliliy   xulosasiga
ko‘ra,   zardushtiylik   ibodatxonasi   bo‘lishi   mumkin.   YOdgorlik   maydonida   ko‘zga
tashlangan   ikkinchi   yirik   tepalik,   u   erda   o‘tkazilgan   qazishma   natijalariga   ko‘ra,
shahar   hokimining   qarorgohi   bo‘lib   chiqqan.SHahar   maydonida   yana   bir   necha
tepachalar mavjudki, ular shahar aholisining turar-joy massivlari, hunarmandchilik
ustaxonalarining qoldiqlari bo‘lib chiqdi.Xullos, Ko‘ktepa Sug‘diyona hududidagi
eng   katta   qadimgi   shaharlardan   biri   bo‘lgan,   degan   to‘g‘ri   xulosaga
kelingan.Ko‘ktepani   davriy   sanasini   o‘rganish   maqsadida   uning   5   joyida
stratigrafik   shurflar   va   6   punktda   keng   ko‘lamli   qazishmalar   o‘tkazildi.   Olingan
materiallar   hliliga   ko‘ra,   Ko‘ktepa   uch   xronologik   davrga   bo‘linadi.n.   Birinchi
davr Ko‘ktepa I (so‘nggi bronza davri), ikkinchi davr Ko‘ktepa II (ilk temir davri
Sug‘diyonasi), uchinchi davr Ko‘ktepa III (antik davri). 
SHunday qilib, yodgorlikning deyarli kvadrat shaklda tarkib topishi, uning ichki va
tashqi  mudofaa devorlari, ichki  devorning monumental  xarakteri, markaziy  kirish
darvozasining   minoralar   bilan   rasmiylashtirilishi,   shimol   tomondan   shaharga   olib
kirilgan   kanal   izlarining   saqlanishi,   shahar   markazida   qad   ko‘targan   bosh
otashgohning   monumental   xarakteri,   uni   qalin   platforma   ustiga   qurilishi,   unga markaziy   darvozadan   pandus   orqali   ko‘tarilishi,   yodgorlik   maydonining   janubi-
sharqida   balandligi   10   m.dan   kam   bo‘lmagan   to‘g‘ri   to‘rtburchakli   monumental
binoning   qad   ko‘tarishi   (Ko‘ktepa   II),   uni   qalin   mudofaa   devori   bilan   o‘rab
olinishi,   bularning   barchasi   Ko‘ktepa   co‘nggi   bronza   va   ilk   temir   davrining   yirik
ilk   shahri   bo‘lganligidan   dalolat   beradi.   Afsuski,   Ko‘ktepa   III   davrida   shahar
vayronaga   uchraydi.   Gullab-yashnab   turgan   bu   shaharning   inqirozga   yuz   tutishi
mil.   avv.   IV   asrning   oxirgi   choragida   Iskandar   Zulqarnaynning   (Aleksandr
Makedonskiy) harbiy yurishlari bilan bog‘liq bo‘lgan.
Markaziy Sug‘dda ilk temir davriga oid ilk shahar madaniyati qadimiy Samarqand-
Afrosiyobda, Samarqandning eski shahri va atrofida tarkib topgan Qo‘rg‘oncha va
Lolazor qishloq makonlarida va boshqa joylarda ham topib o‘rganilgan. Lolazorda
mil. avv. VII asr  oxirlariga tegishli  kanal  izlari ham topilgan. Afrosiyobning turli
joylarida   olib   borilgan   arxeologik   izlanishlar   davomida   qadimgi   shaharni   o‘rab
olgan   monumental   mudofaa   devor   (mil.   avv.VI   asr)   qoldiqlari,   ular   tarkibi   va
devor   asosi   atrofidan   kulolchilik   charxida   ishlangan   qadimgi   sug‘d   davri   sopol
parchalari topilgan. Bularning barchasi  Ko‘ktepa II komplekslari bilan bir davrni,
ya’ni   markaziy   Sug‘dda   qadimgi   sug‘d   madariyati,   ya’ni   ilk   shahar   madaniyatini
xarakterlaydi.   Qashqadaryo   vodiysida   ilk  temir   davri   yodgorliklari   janubiy   Sug‘d
sarhadlarini   tashkil   etadi.   Bu   o‘lkada   qadimgi   dehqonchilik   madaniyat
yodgorliklari   32   joyida   topib   o‘rganilgan.   Ular   yuqorida   tilga   olingan   ayrimlari
o‘tgan   asrning   50   yillarida   S.K   Kabanov   tomonidan   YAkkabog‘   va
Tanxozdaryolarning   quyi   havzalarida   ochilgan.   1970   yillarning   boshlarida
CHimqo‘rg‘on   suv   ombori   sohillaridan   Jartepa   2   va   CHiroqchitepa   qishloq
makonlari   topib   o‘rganiladi.   Daratepa,   Uzunqir   va   Sangirtepa   kabilardan   iborat
bo‘lib,ularda keng ko‘lamli qazishmalar olib borilgan. 
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Janubiy Sug‘dda huddi SHimoliy Baqtriya kabi o‘troq
aholining   qishloqlari   Qashqadaryoning   o‘rta   va   quyi   havzalarida,   tog‘   oldi
hududlarda,   soy   etaklarida   tashkil   topgan.   Ular   Qayrag‘och,   Guldaryo,
SHo‘robsoy,   Tanxozdaryo,   Qizildaryo,   Erqo‘rg‘on,   Nishon   kabi   qadimgi
dehqonchilik   vohalarini   tashkil   etadi.   Bu   yodgorliklarni   (Sangirtepa,   Daratepa   va Uzunqir)   o‘rganish   natijasida   qadimgi   Sug‘d   madaniyatining   me’moriy   qurilish
rejasi,   o‘ziga   xos   qurilish   usullari   va   tuzilish   xususiyatlari   aniqlandi   va
Qashqadaryo vodiysida yashagan ilk temir davri ajdodlarimizning o‘troq hayoti va
yuksak darajada rivojlangan madaniyati o‘rganildi.
Sangirtepa,   Uzunqir   va   Daratepa   sopollarining   qiyosiy   o‘rganish   natijasida,   shu
narsa   ma’lum   bo‘ldiki,   Daratepa   aynan   Uzunqir   II   va   Sangir   II   davrida
o‘zlashtirilib, bu erda ilk shahar hayoti mil. avv. V-IV asrlarda ham davom etadi.
g).   Qadimgi   Xorazm.Qadimgi   Xorazm   Amudaryoning   quyi   havzalari,   ya’ni
O‘zbekistan   Respublikasi,   uning   tarkibidagi   Qoraqolpog‘iston   va   Turkmaniston
Respublikasining   Toshovuz   viloyatini   o‘z   ichiga   oladi.   Bu   zaminga   urbanistik
jarayonlar Baqtriya va Sug‘diyonaga nisbatan ancha keyin kirib boradi. 
Amudaryo   quyi   havzalari   juda   qadim-qadim   zamonlardan   Amudaryodan   oqib
kelgan   chirindi,   sernam,   unumdor   qoq   erlar   maydoni   bo‘lib   kelgan.   Mil.   avv.   VI
asrgacha   chorvador   sak-massaget   ajdodlarimizning   makoni   edi.   Qadimgi
Xorazmda ilk davlatchilikning kurtaklari Amirobod madaniyati (miloddan avvalgi
X-VIII   asrlar)   davridan   nish   ura   boshlagan   bo‘lsada,   ammo,   dehqonchilik   hali
qo‘ltik ziroatchiligi xarakterida edi. Amirobod madaniyati esa butun o‘lka bo‘ylab
keng   tarqalmagan.   Demak,   mavjud   tasavvurlarga   zid   o‘laroq,   Amirobod
madaniyati  davrida Amudaryo quyi  havzalarida  tub ma’nodagi  takroriy sug‘orma
dehqonchilikka   asoslangan   Qadimgi   Xorazm   sivilizatsiyasi   hali   tashkil   topmagan
edi.Bu   mintaqaning   unumdor   qoq   er   massivlari   Quyisoy   madaniyati   chorvador
qabilalarining chorva yaylovlari bo‘lib xizmat etishda davom etar edi. SHu boisdan
bo‘lsa   kerak,   Qadimgi   Xorazm   tarixining   chuqur   bilimdoni   S.P.   Tolstov   bu
mintaqani oriylar vatani “Aryanam Vaychah” deb bejiz aytmagan.
Aryanam  Vaychah o‘z tabiiy iqlim sharoitiga ko‘ra, avestoshunos lingivistlarning
ta’kidlashicha,   ko‘chmanchi   chorvador   jamoalarning   muqaddas   vatani   bo‘lgan.
Arxeologik   materiallar   tahliliga   ko‘ra,   mil.   avv.   II   ming   yillikning   ikkinchi
yarmidan   boshlangan   oriylar   migratsiyasi   ko‘chmanchi   chorvachilik   xo‘jaligi
rivoji   bilan   bog‘liq   bo‘lib,   bu   migratsiyalar   natijasida,   O‘rta   Osiyo   hududlari   va
uning   tevarak-atroflariga   turkiy   etnik   jamoalarning   kirib   kelishi   faollashadi.   Ular hatto o‘troq  dehqonchilik madaniyati  mintaqalariga ham  kirib  boradilar.  Qadimgi
Xorazm   sivilizatsiyasining   ldizlari   esa,   Axomaniy   podsholarining   soliq   siyosati
tufayli   xorasmiylarning   mil.avv.   VI   asrning   oxirgi   choragida   Amudaryo   quyi
havzalariga   migratsiyasi   yuz   beradi.   Bu   haqda   Doro   I   saroyida   xizmatda   bo‘lgan
qariyalik   Skilak   o‘zining   7   yillik   safari   (mil.   avv.   519-513   yillar)   to‘g‘risida
yozgan   “Sayohatnoma”sida   ma’lumot   qoldirgan.   Uning   “Sayohatnoma”si   bilan
miletlik   Gekatey   (mil.   avv.   VI   asr)   tanishib,   “Er   kurrasining   tavsifi”   asarining
Osiyoga   bag‘ishlangan   qismida   xorasmiylar   haqidagi   Skilak   ma’lumotlaridan
foydalanadi.
Gerodot   esa   “Tarix”   asarida   Gekateyga   asoslanib,   xorasmiylar   haqida   shunday
yozadi: “Osiyoda har tarafidan tog‘ bilan o‘ralgan vodiy bor, tog‘larda beshta dara
bor.   Bir   vaqtlar   bu   erlar   xorasmiylarga   qaragan   va   xorasmiylar   girkan,   parflar,
sarang va fanameylarga chegaradosh bo‘lgan.   Ana shu vodiy atrofidagi tog‘lardan
Akes   deb   ataluvchi   katta   daryo   oqib   tushgan.   SHu   daryo   besh   irmoqqa   bo‘linib,
yuqoridagi   xalqlar   erlarini   sug‘organ....   Ammo,   eroniylarga   qaram   bo‘lgandan
keyin   bu   xalqlar   mana   shunday   ahvolga   tushdilar.   SHoh   tog‘   daralarini   berkitib,
to‘g‘on   darvozalar   qurdirdi.   Vodiyda   ko‘l   hosil   bo‘ldi.   Er   sug‘orish   uchun   bu
suvdan   foydalangan   qabilalar   endi,   og‘ir   ahvolga   tushadilar.   Qishda,   albatta,
boshqa  joylardagidek, ilohiyot  ularga  ham  namgarchilik  yuboradi,  yozda  esa  ular
ekadigan tariq va kunjut doim suvsiz qoladi. Mutlaqo suvsiz qolganda, ular xotin
bola-chaqalari   bilan   shoh   qasriga   boradilar,   shoh   saroyi   qarshisida   turib,   baland
ovoz bilan achinarli holda faryod qiladilar. Ulardagi suv tanqisligini ko‘rgan shoh
arzgo‘ylar   tomonidagi   to‘g‘on   darvozalarini   ochishni   buyuradi.   Ekinzorlar
sug‘orilgach,   yana   to‘g‘onni   berkitishni   buyuradi.   Endi,   suvga   tashna   boshqa
qabila   erlariga   suv   ochadilar,   biroq   men   bildimki,   to‘g‘on   darvozasini   ochish
uchun shoh katta pul (bojlardan tashqari) olar ekan. Ishlar ana shunday”. 
Xorasmiylarning   dastlabki   vatani,   uning   joylashish   o‘rni   haqida   Stepan,   Strabon,
Afiney   ham   yozgan.   Ularning   yozishicha,   xorasmiylar   Baqtriyadan   Janubda,
Parflardan   SHarqda,   Xerirut   va   Xilmend   daryolarining   yuqori   havzasida,   hozirgi
Xirot   vodiysida   bo‘lgan.   YOzma   manbalar   tahliliga   ko‘ra,   suv   oqib   tushadigan daralar   berkitilgach,   xorasmiylar   yurti   suv   ostida   qolib,   aholining   katta   qismi
Amudaryo   quyi   havzalariga   ko‘chib   ketgan.   Oqibat   natijada,   xorasmiylarning
massagetlar   mamlakatida   makon   topishi   Amudaryo   quyi   oqimida   Xorazm
etnotoponimining paydo bo‘lishiga olib kelgan. 
Xorasmiyaning   omilkor   dehqon   jamoalari   sug‘orma   dehqonchilik   bobida   bronza
davri   margushlari   va   bohtariylardan   qolishmas   edilar.   Xorasmiylar   etakchiligida
taniqli   manbashunos   olim   I.Markvart   faraziga   ko‘ra,   Eron   Axomaniylari
imperiyasiga   qadar   shimoliy-sharqiy   Xurosanda   Seyiston   (saranglar   yurti),
Araxosiya   (famaneylar   yurti),   parflar   va   Girkaniya   bilan   birgalikda   “Katta
Xorazm”   davlat   uyushmasi   tashkil   topgan   bo‘lib,   uning   shimoliy   chegarasi
Amudaryoning   o‘rta   havzalari   bilan   cheklangan.   Ularda   ilk   shahar   madaniyati
bronza   davridayoq   shakllangan.   Ular   Qadimgi   Xorazmda   takroriy   sug‘orma
dehqonchilik   madaniyati   tarkib   topmasdan   rosa   ming   yil   burun,   qadimgi   SHarq
sivilizatsiyasining mahalliy o‘choqlaridan biriga aylanib bo‘lgan edi. 
Sug‘orma dehqonchilik xo‘jaligini yuritishda boy tajriba va malakaga ega bo‘lgan
xorasmiylarning   Amudaryo   quyi   havzalarida   paydo   bo‘lishi,   ularning   omilkor
dehqonlari   tomonidan   Amudaryo   kuyi   havzalaridagi   har   bir   daryo   va   soy
tarmoqlari   -   o‘zanlari   bo‘ylab   erlarni   o‘zlashtirishi,   yangidan-yangi   qishloq
jamoalarini   (Avestoda   «vis»larni)   tashkil   topishiga   olib   keldi.   Har   bir   daryo
o‘zanlari   bo‘ylab   dastlab   qad   ko‘targan   aholi   punkti-«vis»   atrofida   sekin-asta
boshqalari paydo bo‘la boshlaydi. 
Mana shu jarayonning jadal kechishi tufayli Qadimgi Xorazmda o‘nlab urbanistik
aholi   punktlari-ilk   shaharlar,   takroriy   sug‘orma   dehqonchilikka   asoslangan
mahalliy   madaniy-xo‘jalik   markazlari   tashkil   topadi.   Agar   Amirobod   madaniyati
davrida   ziroatchi   ajdodlarimiz   erto‘lalarda   yashab   o‘troq   hayotga   o‘ta   boshlagan
bo‘lsalar, quyi Amudaryo havzalarida xorasmiylarning paydo bo‘lishi munosabati
bilan   atrofi   monumental   devorlar   bilan   o‘rab   olingan   qal’alar   paydo   bo‘ladi.
Qadimgi   Xorazmning   Amirobod   madaniyati   aholisining   avlodlari   xorasmiylar
bilan   qorishib,   ular   ta’sirida   paxsa   va   xom   g‘ishtlardan   qurilgan   uy-joylarda,
qishloq   va   shaharlarda   yashay   boshlaydilar.   Bu   jarayon   Amudaryo   quyi havzalarida  mil.  avv. VI   asrdan  boshlandi.  Endi, Amirobod madaniyati  davrining
daryo va soy etaklaridagi erlarga dambalar yordamida suv chiqarish asosida tashkil
topgan   “qo‘ltiq   dehqonchiligi”   emas,   balki   arxaik   davriga   xos   keng   va   sayoz
ariqlar   tizimi   asosida   qurilgan   sug‘orma   dehqonchilik   madaniyati   shakllandi.
Amurdaryoning   sertarmoq   o‘zanlaridan   chiqarilgan   Kaltaminor,   Tozabog‘yob,
Suvyorgan,   Amirobod,   CHirmanyob,  Polvonyob,   Xozarasp,   YOrmish,   Savkan   va
boshqa   katta-kichik   sun’iy   sug‘orish   inshootlari   bo‘ylab   o‘nlab   mikrovohalar
tashkil   topadi.   Bu   kichik   vohalarning   har   birida   birnecha   shaharmonand
qishloqlarni o‘z atrofiga birlashtirgan markaziy shahar paydo bo‘ladi. Demak, mil.
avv.   VI   asrdan   qadimgi   Xorazmda   aniq   hududiy   chegaraga   ega   bo‘lgan   qator
madaniy-xo‘jalik   markazlari   va   ular   asosida   tarkib   topgan   mitti   dehqonchilik
vohalarining   vujudga   kelish   jarayoni   boshlanadi.   Bu   zaminga   ko‘chib   kelgan
xorasmiylarning   o‘ziga   xos   kulolchilik   xunarmandchiligi   tarkib   topdi,   Amudaryo
kuyi   havzalarida   qadimgi   Xorazm   sivilizatsiyasiga   asos   solindi.   Bu   qadimgi
Xorazm   sivilizatsiyasi   izlari   va   hududiy   joylashuvini   kuzatgan   X.X.Matyaqubov,
ularni   xronologik  jihatdan ikki   bosqichga  bo‘ladi:   1). Mil.  avv.  VI   asrda  vujudga
kelgan   dehqonchilik   mikrooazislar:   Ko‘zaliqir,   Xozarasp,   Qanhaqal’a,   Butentov,
Qo‘shqal’a,   Odoytepa,   Xumbustepa;   2).   Mil.   avv.   V   asrda   qadimgi   Xorazmda
vujudga kelgan dehqonchilik mikrovohalar: Qal’aliqir, Tuzqir, Oybuyir,   Xiva,
Dingilja, Bozorqal’a va boshqalar.
Mil.   avv.   V   asr   oxiri-IV   asr   boshlarida   dehqonchilik   mikrovohalari   atrofida
yangidan-yangi   shaharmonand   qishloqlar   qad   ko‘tarib,   ularni   yagona   magistral
sug‘orish   kanallari   orqali   o‘zaro   bog‘lagan   yaxlit   sug‘orish   –   dehqonchilik
massivlari tarkib topdi. Bu jarayon o‘ng sohil Oqchadaryo havzasida ayniqsa, keng
ko‘lam   oldi.   Masalan,   Burgutqal’a,   Tuproqqal’a,   YAkka-Parson,
Katqal’a,Toshxirmon va boshqalar.
Qadimgi   Xorazmning   yaxshi   o‘rganilgan   eng   qadimgi   shahar   xarobalaridan   biri
Ko‘zaliqir   hisoblanadi.   S.P.   Tolstov   Ko‘zaliqir   davriy   sanasini   mil.   avv.   VII-VI
asrlar bilan, V.M. Masson esa mil. avv. V-IV asr boshlari bilan belgilagan edilar.
Ko‘zaliqir S.P. Tolstov taxmin qilinganidek, “Katta Xorazm” davlatining poytaxti bo‘lgan   emas,   balki   mil.   avv.   VI   asrda   CHirmonyob   dehqonchilik   markazining
bosh   shahri   vazifasini   o‘tagan.   Avvallari   Xorazmda   ilk   shaharsozlik   madaniyati
Qo‘zaliqirda   boshlangan,   degan   tasavvur   hukmron   edi.   Keyingi   yillarda   uning
qatoriga   Xozarasp,   Qanhaqal’a,   Butentov,   Qo‘shqal’a,   Odoytepa,   Xumbustepa
kabi yodgorliklar ham qo‘shilib, qadimgi dehqonchilik madaniyati Amudaryoning
quyi havzalarida keng yoyilganligidan guvohlik beradi. Ko‘zaliqirda monumental
mudofaa   inshootlari   kuzatilsada,  ammo,  uning  ichki  qismida   hukmdor  saroyining
qurilishi to‘xtab qoladi. Ehtimol, bu qadimgi Xorazm davlatining mil. avv. V asrda
Axomaniylar   ta’siridan   qutilib,   mustaqil   davlat   sifatida   o‘z   faoliyatini
boshlaganligi   bilan   bog‘liqdir.   O‘ng   sohil   Xorazmda   arxaik   davrining   eng
mukammal   o‘rganilgan   shahri   Bozorqal’a   va   Dingilja   qo‘rg‘onidir.   Bu   zonada
arxaika   davrining   53   joyida   qishloq   va   qo‘rg‘on   xarobalari   mavjudligi   qayd
qilingan.Mil   avv.   V   asrda   Qadimgi   Xorazm   Axomaniylardan   mustaqil   davlat
sifatida ajralib chiqgach, dehqonchilik xo‘jaligi butun vohani qamrab oladi. Bu esa
Amudaryo quyi  havzalarida urbanistik jarayonlarni  avj  olishiga olib keladi. Xiva,
Katta   Oybuyirqal’a,   Bozorqal’a   va   Axchaxonqal’a   kabi   yirik   shaharlar   paydo
bo‘ladi.   Bularning   barchasi   ilk   temir   davrida   (m.   a.   VI   asrdan   boshlab)
Amudaryoning   quyi   havzalarida   qadimgi   dehqonchilik   madaniyati   keng
rivojlanganligidan dalolat beradi
Jukov diniy memorial kompleksi.Samarqand Davlat universiteti arxeologlari 1987
yilda o‘rta Zarafshon bo‘ylab To‘qayli va Jukov qishloqlari oralig‘ida olib borgan
arxeologik   dala   qidiruv   ishlari   davomidaJukov   aholi   punkti   yaqinidan   daryo
o‘pirib   ketgan   qirg‘oqdan   sopol   parchalari   va   chaqmoqtoshdan   yasalgan   qurollar
topadi.   Jar   kesmasi   va   daryo   sohili   bo‘ylab   bir   necha   joyda   solingan
nazoratshurflar   natijalariga   ko‘ra,   sopol   parchalari   va   tosh   qurollar   20x30   m.
maydon doirasida uchraydi. Dastlab daryo yoqasi bo‘ylab 2x18 m.li joyda qidiruv
qazishmasi   o‘tkazildi.Er   sathidan   5,02   m.   chuqurlikdan   naqshli   sopol   parchalari
uchray boshladi. 
Moliyaviy   tankislik   tufayli   ob’ektda   izlanish   ishlari   to‘xtatilib,   rosa   5   yildan
so‘ng(1992)   yodgorlikni   o‘rganishga   yana   qirishildi.   O‘tgan   5   yil   davomida Zarafshon suvi yana ancha joyni o‘pirib ketgan. Natijada, yangi jarlik kesmasida,
4,07   m.   chuqurlikda   tosh   konstruksiyali   inshoot   qoldig‘i   va   tim   qora   ko‘mir
kukunlari   aralash   qatlam   ochiladi.   Tosh   devorli   inshootni   ochish   uchun   16x4   m.
maydonda qazishmalar o‘tkazilib, diametri 5 m.ga yaqin toshg‘ov ochiladi. 
Toshg‘ov   aylanasi   bo‘ylab   valun   va   yirik   daryo   toshlaridan   qurilgan   bo‘lib,   ular
devor   atrofida   sochilib   yotardi.   Toshg‘ov   asosida   oval   shaklida   yirik   valunlardan
qurilgan   fundament   ochildi.   Uning   ustiga   qo‘yilgan   toshlar   esa   hajm   jihatidan
kichik. Tosh devor 2-3 qatorgina saqlanib, uning umumiy balandligi 40 smgacha,
diametri 3,06 m. Inshoot ichidan erga o‘yilgan ikkita gulxan o‘rni topildi (diametri
0,8-0,9   m,   chuqurligi   0,2-0,   25   m.).   Ularning   ichlaridakul   va   kuygan   hayvon
suyaklari uchraydi. 
Gulxanlardanbirida   2ta   poyteshasimon   toshbolta,   chaqmoqtoshdan   ishlangan
kamon   o‘q   uchi   va   ikkinchi   gulxandan   esa   hovancha   sopi   topildi.   Gulxanlar
atrofida   turli   predmetlar,   ya’ni   kelisopsimon   toshlar,   kamon   o‘q   uchlari
(paykonlar),   tosh   qirg‘ich,   tosh   paraqalar,   suyak   va   terrakota   podelkalari,
isiriqdonning   katta   bo‘lagi,   qurbonlik   vaqtida   sindirilgan   sopol   parchalarisochilib
yotganday edi.
Toshg‘ovning   g‘arbiy   qismida   diametri   22   sm   li   chuqurcha   bo‘lib,   uning   ichi
oxraga to‘la, oxra ichida esa sadafday oppoq toshdan yasalgan mayda munchoqlar
va   2ta   qo‘y   oshig‘i   topildi.   CHuqurcha   usti   sopol   siniqlari   bilan   berkitilgan   edi.
Toshg‘ov   maydonining   har   joyidan   oxra   va   ko‘mir   dog‘lari,   ko‘plab   hayvon
suyaklari,   suyak   va   bronza   predmetlari,   chaqmoqtoshdan   yasalgan   turli   mehnat
qurollari, mikro paraqa va uchirmalar topilgan.
 Toshg‘ov ichida hech qanday qabr izlari yoki odam suyaklarining parchalari ham
uchratilmaydi.   Mualliflarning   ta’kidlashicha,   bu   joy   ajdodlarimizningeng
qadimgiva   uzoq   vaqtlar   faoliyat   ko‘rsatgan   ochiq   joydagi   “ibodatxonasi”bo‘lishi
mumkin.   CHunki   bu   joyda   ajdodlar   ruhi   va   quyosh   xudosiga   atab   qurbonliklar
qilingan, muqaddas olov yoqilib, turli  qurollar va sopol  idishlar  sindirilib, olovga
tashlangan,   qabila   xudolariga   alqovlar   aytilib,   olov   atrofida   turli   marosimlar
o‘tkazishgan.Demak,   toshg‘ov   ichidan   topilgan   ashyoviy   dalillar   va   qabr   izlarini uchramasligi,   mualliflarga,   ushbu   ob’ektni   otashparastlik   dini   bilan   bog‘liq
marosimlar   o‘tkazish   memorial   kompleksi   sifatida   talqin   etishga   olib   kelgan.
YOdgorlikka   tarixiy   jihatdan   yondashganda,   uning   ma’naviy   olami   janubiy
mintaqalarning bobo dehqonlariningotashparastlik dunyosi bilan bog‘liq ekanligiga
ishora   qiladi.   Ammo   ushbu   ob’ektdan   topilgan   predmetlar,   ayniqsa   keramika   va
uning   naqshinkorligi   hamda   uning   toshg‘ov   konstruksiyasi   yodgorlikni   kelib
chiqish tarixiy ildizlari ko‘proq unidasht qabilalari madaniy dunyosi bilan bog‘liq
ekanligidan   guvoxlik   beradi.Tadqiqotchi   arxeolog   N.A.Avanesovaning
ta’kidlashicha,   sopollar   JanubiySibirning   eneolit   davriga   tegishli   Afanaseva
madaniyati sopollarini eslatardi. 
3-2. Jom arxeologik kompleksi.
Bronza   davriga   kelganda   Zarafshon   vodiysining   o‘rta   havzasi   ibtidoiy   ajdodlar
tomonidan   keng   o‘zlashtirilgan   rayonlardan   biri   bo‘lib   qoldi.   Bir   tomonda
Zarafshon vodiysini janubiy mintaqalar bilan bog‘lovchi Jom savdo yo‘li yoqasida
Jom   savdo   karvon   saroylari   va   feruza   tosh   konlari,   ular   bilan   bog‘liq   turli   etnik
guruh   vakillariningqabristoni   (Galasherik)   paydo   bo‘ladi,   ikkinchi
tomondaZarafshon yoqalab diniy memorial kompleksi (Jukov), ruda eritish, metall
xomashyosini ishlab chiqarishga moslashgan qishloqlar (To‘qayli) va nihoyat davr
so‘nggida qadimgi shaharlar (Ko‘ktepa, Afrosiyob) qad ko‘taradi.
Samarqand   So‘g‘didanKesh-Naxshob   So‘g‘diga   olib   boruvchi   qadimgi   savdo-
karvon   yo‘li   Jom   dashti   orqali   o‘tgan   bo‘lib,Jom   qishlog‘i   bu   yo‘l   yoqasidagi
tranzit savdo punkti sifatida juda qadimiydir.
Keyingi o‘n-o‘n besh yil  davomidaJom  qishlog‘i territoriyasidan 6 joydan bronza
davriga   oid   ajdodlarimizning   moddiy   madaniyat   izlari   topib   o‘rganildi.   Ularning
deyarli ko‘pchiligiJom qishlog‘ini oralab o‘tgan Jomsoy bilan bog‘liq bo‘lib, uning
o‘zani   Eski   Anxor   kanaliga   ulanib   ketgan.   Eski   Anxor   kanali   esa   qadimiy   o‘zan
ustiga   qurilgan.   Ehtimol,   Eski   Anxor   kanaliga   asos   bo‘lgan   ana   shu   o‘zan
qachonlardir Jomsoyning davomi bo‘lgandir .
Jom   arxeologik   kompleksiga   kirgan   yodgorliklardan   biri   Galasherik   tepaligiga
joylashgan   bronza   davri   qabristoni   bo‘lib,   bu   joydan   turli   yillarda,   uning   3 gektarlik maydonidan, uni turli maqsadlarda o‘zlashtirish vaqtida 4ta qabr topilgan
.
a)Galasherik qabristoni. Qabr  № 1 1994 yilda uyga  fundament  qazish  vaqtida, er
sathidan  2  m.  chuqurlikdan  topilgan.Mualliflarning  yozishiga  qaraganda,   qabrdan
qizil   sirli   sopol   parchalari,   o‘roqsimon   bronza   quroli,   disksimon   bronza   ko‘zgusi
va bargsimon shaklli bronza to‘g‘nag‘ich topilgan. 
№2   qabr   1997   yilda   uy   qurilishi   vaqtida   1,9   m.   chuqurlikdan   topilgan.
Mualliflarning   yozishicha,   kulolchilik   charxida   yasalgan   sharsimon   xurmacha,
dastasi   va   ko‘zgusi   aylanasi   bo‘ylab   naqshlangan   bronza   oyna   va   shoxdor   oxu
haykalli   bronza   to‘g‘nag‘ich   bir   joydan   topilgan.   Ulardan   3   metrcha   sharqda
fundamentga   qazilgan   chuqur   chetining   kesmasida   bo‘g‘zi   ostida   ikkita   teshikli
bikonik  shaklida   yana   bir   sopol   idish   va   kukunga  aylangan   odam   suyak   izlari   va
bir   necha   tishlar   uchratilgan   (200-201   rasmlar).Mualliflar   ularning   barchasini   bir
qabrga tegishli degan fikrni olga suradilar. Ammo bizningcha, bu topilmalar ikkita
qabrga tegishli. CHunki birinchidan, mualliflar mozorni mutaxassis sifatida o‘zlari
qazishmagan. Ular bergan ma’lumotlar uy egasi B.Rasulov so‘zlariga asoslangan.
Ikkinchidan,   odam   suyak   izlari   va   bikonik   shaklidagi   sopol   chuqurcha   chetining
kesmasida   bo‘lib,   B.Rasulov   ikkinchi   mozorni   to‘liq   ochmagan.Bir   joydan
topilgan   uch   predmetga   tegishli   qabr   suyaklari   esa,   kukunga   aylanib,   uni
B.Rasulov yo sezmagan yoki u haqda mualliflarga tegishli ma’lumot bermagan. 
№2   qabrdan   50   metrcha   sharqda,   haydalgan   er   uchastkasining   10   kv.   m.
maydonidan   uchastka   egasi   har   xil   yillarda   (2000-2002   g.)   disksimon   bronza
ko‘zgusi,   chaqmoqtoshdan   ishlangan   paykon,   bir   talay   sopol   parchalari   (uchta
charhda yasalgan sopol idishlar)ni terib oladi vashu joyda odam suyak parchalarini
ham   uchratadi.Mualliflar   bu   asoslanmagan   gaplarga   suyanib,   ushbu   topilmalarni
bir mozorga tegishli, degan xulosaga kelishib, unga qabr № 3nomini beradilar.
№4  qabr  saqlanish   jihatidan yuqoridagi  qabrlardan farq qiladi.  U tepalikning  eng
yuqori cho‘qqisidan, uning markazidan topildi. Tepalikdagi hovli egasi P.Aliqulov
1995   yilda   hayvonlariga   qo‘ra   qurayotgan   paytda   topgan.   Qabrning   razmeri   va
chuqurligi   haqida   ma’lumotlar   yo‘q.   Ammo   uning   gaplariga   ko‘ra,   bir   kvadrat metrdan ortiqroq joyda odam suyaklarining bo‘laklari, bir necha sopol  parchalari,
bronzadan   ishlangan   bilaguzuklar   va   munchoqlar,   karnay   gul   shaklida   ishlangan
2ta   bronza   baldoquchratilgan.Odam   suyaklarining   uchrash   tartibiga   ko‘ra,   skelet
gujanak   holatda,   o‘ng   tomoni   bilan   yotgan.   Uning   bosh   chanog‘i   g‘arbga
qaratilgan.   Qabrdan   topilgan   arxeologik   materiallar   kompleksi   uni   chorvador
andronova madaniyatiga tegishli ekanligidan dalolat beradi .
Galasherikqabristoni arxeologik materiallar kompleksiga ko‘ra, odatdagi bir urug‘
jamoasi   qabristoni   emas.   Bu   joyda   turli   etnik   guruhlar   vakillarining   qabrlarini
uchratamiz.Birinchi qabr materiallar tarkibiga qaraganda (o‘roq tig‘isimon qurol va
qizil sirli sopol parchalari) Ko‘ktepa 1 materiallarini eslatadi. Ikkinchi qabr aynan
Sopolli madaniyatining mo‘lali bosqichi materiallarining (dastali bronza ko‘zg‘usi
naqshlari)   dashtlashtirilgan   variantining   o‘zginasi.   Uchinchi   mozorga   tegishli
ashyoviy dalillar esa (chaqmoqtoshdanpaykon, qo‘l charxida yasalgan g‘isht rangli
sopol parchalari) Zamonbobo yoki To‘qayli manzilgohining qadimgi dehqonchilik
madaniyati   bilan   bog‘liq   etnik   ildizidan   guvohlik   beradi.To‘rtinchi   qabr   dasht
qabilalari madaniyatiga tegishli.
Galasherik   qabristonining   mozorlar   tarkibi   ham   tarixiy   tahlil   nuqtai   nazaridan
yondashganda,   qadimgi   Jomda   savdo   karvon   saroyi   bo‘lganligidan   guvohlik
beradi.
b)Qoratepa feruza tosh koni.Jom arxeologik kompleksining ikkinchi ob’ekti
sifatida   Jom   markazidan   2,5   km   sharqda,   Qoratepa   tog‘   massivining   g‘arbiy
yonbag‘rida   feruza   tosh   koni   topilgan.Feruza   koni
chiqindiuyumidadashtqabilalarimadaniyatigategishlisopolparchalariuchraydi.
Feruza   koni   yaqinidasolinganshurfdan   1,2   m.   Chuqurlikda   kular   alash   qatlamda
mayda feruza parchalari, kremnistiyslanetsdanishlangan2 ta ruda parchalashplitasi,
2 ta qo‘pol tosh bolg‘a va andronova madaniyatiga xos sopol  parchalari topilgan.
Qoratepa feruza koni chiqindisi va uning yaqinida solingan shurfdan topilgan ruda
maydalash   qurollari   va   andronova   madaniyatiga   tegishli   sopol   parchalarini
uchrashi   ushbuob’ekt   bronza   davrida   o‘zlashtirilganligi   va   feruzaqazibolishishi bilan   ob’ektgaengyaqinaholipunkti   Jom   tayanch   savdo   faktoriyasi   jamoalari
shug‘ullangan, degan farazni o‘rtaga tashlashni taqoza etadi.
v) Tasodifan topilgan arxeologik materiallar.Jom qishlog‘i va uning tevarak-
atrofida   ekin   maydonlarini   kengaytirish   va   hovli-joy   qurilishi   munosabati
bilanyana 4 punktdan bronza davriga tegishli ko‘plab mehnat va ov qurollari, sopol
parchalari   topilgan.   Ularning   aksariyati   qadimgi   manzilgoh   qoldiqlari   vabuzilgan
qabrlardanchiqqan bo‘lishi ehtimoldan uzoq emas. Ular quyidagilardan iborat: 
1)   1980   yilda   Jom   qishlog‘ining   markazida   Jom   soyining   o‘ng   qirg‘og‘ida,
Sig‘irtepa deb atalgan adirlikda er qazish vaqtida ikki tig‘li bronza bolta topilgan.
Xuddi shu joydan 1992 yili O.Umirover qazish vaqtida chaqmoqtoshdan ishlangan
chereshkoviy paykon topib oladi;
2)1998   yilda   cho‘pon   B.Jumanov   qishloqning   Beshbuloq   chashmasi
yaqinidan bronzadan ishlangan ikki parrakli zo‘g‘atali paykon topib oladi;
3)   Jom   qishlog‘ining   G‘ishtband   yodgorligi   yaqinidagi   Qorazov   degan
joydan   1994   yilda   tosh   bolg‘a,   1995   yilda   esa   toshdan   ishlangan   hovancha   sopi
topiladi;
4) 1997 va 1999 yillarda Omandarsoyning Jomsoyga quyilish joyidan tosh bolg‘a
bilan hovancha sopi topiladi.
Jom   qishlog‘i   va   uning  tevarak-atrofida   ekin  maydonlarini   kengaytirish   va   hovli-
joy   qurilishi   munosabati   bilantopilgan   bubronza   davrining   mehnat   qurollariva
sopol idishlari Jom qishlog‘ini qadimda savdo karvon yo‘lida qad ko‘targan aholi
punkti   sifatida   tarkib   topganligidan   guvohlik   beradi.   Bu   joydan   ikki   madaniy
xo‘jalik   va   ikki   xil   etnik   guruhlarga   tegishli   moddiy   madaniyat   ashyovlarining
topilishiesa (Zarcha Xalifa va Jom) bir jihatdan ikki etnik guruhlar o‘rtasida davom
etgan iqtisodiy va etnomadaniy aloqalar haqida guvohlik bersa, ikkinchi tomondan,
Sarazm   madaniyatining   Sarazm   IV   bosqichi   Sopolli   madaniyatining   Jarqo‘ton   va
mo‘lali bosqichlari bilan tengdosh ekanligidan dalolat beradi.

Mavzu: Zarafshon vohasi qadimgi bronza davri makonlari. Reja: 1.Zarafshon vohasi bronza davri o‘rganilishi tarixi 2.Zarafshon vohasi bronza davri asosiy yodgorliklari va ular tadqiqoti natijalari 3.Zarafshon vohasi bronza davri jamoalari moddiy madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlari

Zarafshon vohasi bronza davrida. Zamonbobo madaniyati. Zomonbobo manzilgohi yarim er uylarning konstruksiyasi. Zamonbobo qabristoni. Dafn marosimlari. Zamonbobo madaniyati jamoasi xo‘jaligi va moddiy madaniyati. Kulolchilik. Bronza buyumlari. Tosh qurollari. Xo‘jalik xususiyatlari. Sarazm madaniyati bronza davrida. Uy-joy imoratlari va ibodatxona inshootlari. Hunarmandchilik taraqqiyoti. Sopol buyumlar bezaklarining murkablashib borishi. Bronza va toshdan ishlangan buyumlar. To‘qay yodgorligi bronza davri metallurglari manzilgohi. Zarcha Xalifa mozorlari So‘g‘d hududlaridagi madaniy aloqalarning namunasi sifatida. O‘rta Osiyoning dasht va tog‘ oldi hududlarida chorvador va yarim dexqon xo‘³jaligining shakllanishi. Dashti Qozi, Mo‘minobod, CHakka va boshqa mozorlar. Kuzatuv buyumlari. Qadimda Sug‘diyona deb nomlangan tarixiy-madaniy o‘lka hozirgi Samarqand, Navoiy, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarini tashkil etadi. Bu ona zaminning tarkib topishi, rivojlanishi va gullashida Zarafshon va Qashqadaryo daryolarining o‘rni beqiyos va benazirdir. Ana shu ikki daryo suvlari asosida juda qadim zamonlarda Sug‘d bobo dehqonlarining qishloqlari va shaharlari qad ko‘targan. Zarafshonning yuqori va o‘rta havzalarida ilk temir davriga kelib, Avesto turlari sekin-asta o‘troq hayotga o‘ta boshlaydilar. Zarafshon va Qashqadaryo havzalarida o‘troqlashgan bu saklar Sarazm madaniyati avlodlari bilan qorishib, Avestoda “Gova Sug‘uda”deb atalgan tarixiy viloyatning o‘troq sug‘diylar aholisini tashkil etgan. Ular yashagan vohalar esa tarixda “Sug‘diyona” deb ataldi. SHunday qilib, so‘nggi bronza va ilk temir davrida yana bir madaniy-xo‘jalik markazi, ya’ni Sug‘diyona viloyati tarkib topadi, uning qadimgi dehqonchilik xo‘jaliklari bilan shug‘ullangan etnik qatlamining izlari Zarafshon vodiysining Ko‘ktepa, Afrosiyob, Xo‘ja Bo‘ston, Qozimontepa yodgorliklarining quyi qatlamlari, Qalqan ota mozor qo‘rg‘onlari, Qashqadaryo vohasida Uzunqir, Daratepa va Sangirtepa kabi yodgorliklar misolida o‘rganilgan. YAqingacha Sug‘dning bosh shaharlari Samarqand va Buxoroni ilk shahar madaniyatining tarixiy ildizlari qaysi davr va qanday yodgorliklarga borib taqalishi fanda noma’lum edi. SHuning uchun sobiq Sovet davri tarixshunosligida O‘rta

Osiyoga ilk shahar madaniyati Eron Axomaniylar va Iskandar boshliq yunonlar tomonidan olib kelingan. Bu zaminning tub joyli aholisi saklar esa, o‘tovlarda yashab ko‘chmanchi chorvachilik bilan shug‘ullanar edilar, deb tushintirilar edi. Ammo, o‘tgan asrning 70 yillaridan boshlab, olib borilgan arxeologik izlanishlar bunday g‘ayriilmiy qarashlarni asossiz ekanligini yuqorida nomlari zikr etilgan qadimgi dehqonchilik madaniyati yodgorliklari misolida isbotladi. Ana shu noyob yodgorliklarning keng o‘rganilgan ob’ektlaridan biri Ko‘ktepa qadimgi shahar xarobasidir. YOdgorlik deyarli kvadrat shaklida bo‘lib, uning maydoni 23 gektarni tashkil etadi. YOdgorlik toporelefiga ko‘ra, uni o‘rab olgan mudofaa devori chiziqlari va darvoza o‘rinlari yaqqol ko‘zga tashlanadi. Uning maydonida monumental bino qoldiqlari saqlangan. YOdgorlikning markaziy darvozasiesa yirik minoralar bilan mustahkamlangan. YOdgorlik markaziy qismini egallagan bino qoldig‘i baland platforma ustida qad ko‘targan bo‘lib, M.X. Isamiddinovning tahliliy xulosasiga ko‘ra, zardushtiylik ibodatxonasi bo‘lishi mumkin. YOdgorlik maydonida ko‘zga tashlangan ikkinchi yirik tepalik, u erda o‘tkazilgan qazishma natijalariga ko‘ra, shahar hokimining qarorgohi bo‘lib chiqqan.SHahar maydonida yana bir necha tepachalar mavjudki, ular shahar aholisining turar-joy massivlari, hunarmandchilik ustaxonalarining qoldiqlari bo‘lib chiqdi.Xullos, Ko‘ktepa Sug‘diyona hududidagi eng katta qadimgi shaharlardan biri bo‘lgan, degan to‘g‘ri xulosaga kelingan.Ko‘ktepani davriy sanasini o‘rganish maqsadida uning 5 joyida stratigrafik shurflar va 6 punktda keng ko‘lamli qazishmalar o‘tkazildi. Olingan materiallar hliliga ko‘ra, Ko‘ktepa uch xronologik davrga bo‘linadi.n. Birinchi davr Ko‘ktepa I (so‘nggi bronza davri), ikkinchi davr Ko‘ktepa II (ilk temir davri Sug‘diyonasi), uchinchi davr Ko‘ktepa III (antik davri). SHunday qilib, yodgorlikning deyarli kvadrat shaklda tarkib topishi, uning ichki va tashqi mudofaa devorlari, ichki devorning monumental xarakteri, markaziy kirish darvozasining minoralar bilan rasmiylashtirilishi, shimol tomondan shaharga olib kirilgan kanal izlarining saqlanishi, shahar markazida qad ko‘targan bosh otashgohning monumental xarakteri, uni qalin platforma ustiga qurilishi, unga

markaziy darvozadan pandus orqali ko‘tarilishi, yodgorlik maydonining janubi- sharqida balandligi 10 m.dan kam bo‘lmagan to‘g‘ri to‘rtburchakli monumental binoning qad ko‘tarishi (Ko‘ktepa II), uni qalin mudofaa devori bilan o‘rab olinishi, bularning barchasi Ko‘ktepa co‘nggi bronza va ilk temir davrining yirik ilk shahri bo‘lganligidan dalolat beradi. Afsuski, Ko‘ktepa III davrida shahar vayronaga uchraydi. Gullab-yashnab turgan bu shaharning inqirozga yuz tutishi mil. avv. IV asrning oxirgi choragida Iskandar Zulqarnaynning (Aleksandr Makedonskiy) harbiy yurishlari bilan bog‘liq bo‘lgan. Markaziy Sug‘dda ilk temir davriga oid ilk shahar madaniyati qadimiy Samarqand- Afrosiyobda, Samarqandning eski shahri va atrofida tarkib topgan Qo‘rg‘oncha va Lolazor qishloq makonlarida va boshqa joylarda ham topib o‘rganilgan. Lolazorda mil. avv. VII asr oxirlariga tegishli kanal izlari ham topilgan. Afrosiyobning turli joylarida olib borilgan arxeologik izlanishlar davomida qadimgi shaharni o‘rab olgan monumental mudofaa devor (mil. avv.VI asr) qoldiqlari, ular tarkibi va devor asosi atrofidan kulolchilik charxida ishlangan qadimgi sug‘d davri sopol parchalari topilgan. Bularning barchasi Ko‘ktepa II komplekslari bilan bir davrni, ya’ni markaziy Sug‘dda qadimgi sug‘d madariyati, ya’ni ilk shahar madaniyatini xarakterlaydi. Qashqadaryo vodiysida ilk temir davri yodgorliklari janubiy Sug‘d sarhadlarini tashkil etadi. Bu o‘lkada qadimgi dehqonchilik madaniyat yodgorliklari 32 joyida topib o‘rganilgan. Ular yuqorida tilga olingan ayrimlari o‘tgan asrning 50 yillarida S.K Kabanov tomonidan YAkkabog‘ va Tanxozdaryolarning quyi havzalarida ochilgan. 1970 yillarning boshlarida CHimqo‘rg‘on suv ombori sohillaridan Jartepa 2 va CHiroqchitepa qishloq makonlari topib o‘rganiladi. Daratepa, Uzunqir va Sangirtepa kabilardan iborat bo‘lib,ularda keng ko‘lamli qazishmalar olib borilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Janubiy Sug‘dda huddi SHimoliy Baqtriya kabi o‘troq aholining qishloqlari Qashqadaryoning o‘rta va quyi havzalarida, tog‘ oldi hududlarda, soy etaklarida tashkil topgan. Ular Qayrag‘och, Guldaryo, SHo‘robsoy, Tanxozdaryo, Qizildaryo, Erqo‘rg‘on, Nishon kabi qadimgi dehqonchilik vohalarini tashkil etadi. Bu yodgorliklarni (Sangirtepa, Daratepa va

Uzunqir) o‘rganish natijasida qadimgi Sug‘d madaniyatining me’moriy qurilish rejasi, o‘ziga xos qurilish usullari va tuzilish xususiyatlari aniqlandi va Qashqadaryo vodiysida yashagan ilk temir davri ajdodlarimizning o‘troq hayoti va yuksak darajada rivojlangan madaniyati o‘rganildi. Sangirtepa, Uzunqir va Daratepa sopollarining qiyosiy o‘rganish natijasida, shu narsa ma’lum bo‘ldiki, Daratepa aynan Uzunqir II va Sangir II davrida o‘zlashtirilib, bu erda ilk shahar hayoti mil. avv. V-IV asrlarda ham davom etadi. g). Qadimgi Xorazm.Qadimgi Xorazm Amudaryoning quyi havzalari, ya’ni O‘zbekistan Respublikasi, uning tarkibidagi Qoraqolpog‘iston va Turkmaniston Respublikasining Toshovuz viloyatini o‘z ichiga oladi. Bu zaminga urbanistik jarayonlar Baqtriya va Sug‘diyonaga nisbatan ancha keyin kirib boradi. Amudaryo quyi havzalari juda qadim-qadim zamonlardan Amudaryodan oqib kelgan chirindi, sernam, unumdor qoq erlar maydoni bo‘lib kelgan. Mil. avv. VI asrgacha chorvador sak-massaget ajdodlarimizning makoni edi. Qadimgi Xorazmda ilk davlatchilikning kurtaklari Amirobod madaniyati (miloddan avvalgi X-VIII asrlar) davridan nish ura boshlagan bo‘lsada, ammo, dehqonchilik hali qo‘ltik ziroatchiligi xarakterida edi. Amirobod madaniyati esa butun o‘lka bo‘ylab keng tarqalmagan. Demak, mavjud tasavvurlarga zid o‘laroq, Amirobod madaniyati davrida Amudaryo quyi havzalarida tub ma’nodagi takroriy sug‘orma dehqonchilikka asoslangan Qadimgi Xorazm sivilizatsiyasi hali tashkil topmagan edi.Bu mintaqaning unumdor qoq er massivlari Quyisoy madaniyati chorvador qabilalarining chorva yaylovlari bo‘lib xizmat etishda davom etar edi. SHu boisdan bo‘lsa kerak, Qadimgi Xorazm tarixining chuqur bilimdoni S.P. Tolstov bu mintaqani oriylar vatani “Aryanam Vaychah” deb bejiz aytmagan. Aryanam Vaychah o‘z tabiiy iqlim sharoitiga ko‘ra, avestoshunos lingivistlarning ta’kidlashicha, ko‘chmanchi chorvador jamoalarning muqaddas vatani bo‘lgan. Arxeologik materiallar tahliliga ko‘ra, mil. avv. II ming yillikning ikkinchi yarmidan boshlangan oriylar migratsiyasi ko‘chmanchi chorvachilik xo‘jaligi rivoji bilan bog‘liq bo‘lib, bu migratsiyalar natijasida, O‘rta Osiyo hududlari va uning tevarak-atroflariga turkiy etnik jamoalarning kirib kelishi faollashadi. Ular