logo

Zarafshon vohasi eneoliti

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

48.06640625 KB
            Zarafshon vohasi eneoliti 
               
 
                            Reja:
1.Zarafshon vohasi eneoliti  
2.Zarafshon vohasi dehqonchilik madaniyati 
3.Xulosa  Ma’lumki,   miloddan   avvalgi   IV-III   –   ming   yilliklar   davomida     O’rta
Osiyoda yonma-yon  ikkita madaniy-xo’jalik zonalari mavjud edi. Janubiy-g’arbda
ilk   dehqonchilik   bilan   shug’ullanuvchi   jamoalar   yashasa,   mintaqaning   qolgan
hududlarida   hayvon   va   baliq   ovi   bilan   tirikchilik   o’tkazuvchi   qabilalar   yashar
edilar.     Albatta,   bu   ikki   zona   jamoalari   biqiq   holda,   o’zaro   iqtisodiy   va   madaniy
aloqalarsiz yashay olmaganlar. Har ikki tomon jamoalarining oziq-ovqat va kiyim-
boshga bo’lgan kundalik ixtiyojiy talablarining oshib borishi, so’zsiz, ular o’rtasida
iqtisodiy aloqalarni o’rnatishga olib kelgan.
Bu   iqtisodiy   hayotiy   talablardan   kelib   chiqqan   aloqalar,   qachonkim,   ibtidoiy
ajdodlar   tomonidan   ilk   bor   metall   kashf   etilib,   undan   mehnat   va   jangavor   harbiy
qurollar   ishlab   chiqarishga   o’tilgach,   yanada   jadalroq   rivojlana   boshladi.   Mehnat
qurollarini   metalldan   ishlab   chiqarish   xo’jalik   ixtirolarini   qabilalararo   keskin
rivojlanishiga turtki bo’ldi.
Miloddan   avvalgi   III-ming  yillikning  oxiri   va   II-ming   yillikning   boshlarida   O’rta
Osiyoda davom etayotgan mintaqaviy rivojlanishning xarakteri va ular o’rtasidagi
hududiy   Chegaralar   doirasi   o’zgardi.   Masalan,   qadimgi   dehqonchilik   hududlari
kengayib   bordi.   O’rta   Osiyoning   janubiy-g’arbida   neolit   davrida   tashkil   topgan
dehqon   jamoalarining   yangidan-yangi   manzilgohlari   eneolit   davriga   kelganda
nafaqat  Kapetdag yonbag’irlariga   keng yoyildi, balki  uning sharpalari  Zarafshon
vodiysiga   ham   kirib   bordi.   Masalan,   yuqori   Zarafshon   vodiysida   qad   ko’targan
so’nggi   eneolit   va   bronza   davri   yodgorligi   –   Sarazm   ana   shu   o’zgarishlardan
nishona edi.
Sarazm   yodgorligi   Zarafshon   vodiysi   qadimgi   dehqonchilik   madaniyati
qabilalarining   nafaqat   noyob   manzilgohi,   balki   O’rta   Osiyo   mintaqasida   yirik
metallurgiya markazi sifatida mashxurdir. Sarazm metallurglari so’nggi eneolit va
ilk bronza davrida (Sarazm II va III ) Mehnat qurollari ishlab chiqarish hamda ruda
qazish va eritish, metall xomashyosi bilan savdo qilishda yuksakliklarga erishadi. 
Sarazm IV davriga kelib, Sarazm metallurgiya ustaxonalari metall xomashyosi va
metall   buyumlar   ishlab   chiqarishni   yanada   kengaytiradi.   Sarazm   nafaqat   tevarak- atrof   rayonlarni,   balki   butun   O’rta   Sharq     mintaqalarini   metall   predmetlari   va
metall xomashyo bilan ta’minlovchi markazga aylanadi.  
Sarazm   IV   davri   ushbu   makonda   qadimgi   sarazmliklarning   so’nggi   hayoti   bilan
bog’liq.   Bu   davrda   yirik   hovlilar   maydonlarida   kulolchilik   xumdonlari,   tosh   va
shag’ol yotqizilgan yo’lakchalar paydo bo’ladi. Tosh va metalldan turli xil mehnat
qurollari,   uy-anjom   asboblari   ishlab   chiqarish   avvalgidek   jadal   suratlar   bilan
rivojlanishda   davom   etadi   va   ularning   turlari   ko’payadi.   Kalta   va   uzun   tig’li
pichoq   va   hanjarlar   ishlab   chiqarish   keng   yoyiladi.   Ularning   sopi   qarmoqsimon
bo’lib,  ular   hanjar  va  pichoq dastalarining  suyak  qoplamalarini   mustaxkamlashga
moslashtirilgan Bu davr metallurgiya sanoatida jangavor harbiy qurollar: bolta va
paykonlar, dastali bronza ko’zgulari, urug’ jamoasi sardorining hukmdorlik hassasi
(aso), turli xil shaklar ko’rinishida yasalgan muhr va tosh g’urzilar ishlab chiqarish
keng   yo’lga   qo’yiladi.   Metall   muhrlar   kolleksiyasida   terrakotadan   yasalgan   muhr
ham   bor.   Bularning   barchasi   qadimgi     sarazmliklar   jamoasida   ijtimoiy-iqtisodiy
hayot mulkiy tabaqalanish sari jadal ketayotganligidan guvohlik beradi.
Bularning   barchasi   bir   tomondan   mahalliy   mis   va   qo’rg’oshin   xomashyosiga
asoslangan metall ishlab chiqarish   hunarmandchiligini jadal rivojlanayotganligini
ko’rsatsa,   ikkinchi   tomondan,   Sarazm   metallurglarining   Qadimgi   Sharq
sivilizasiya o’choqlari va O’rta Osiyoning shimoliy va shimoliy-sharqiy mintaqasi
dasht   qabilalari   (tozabog’yob   va   andronova   madaniyati   sohiblari)   bilan   iqtisodiy
savdo munosabatlarini tabora kengayib borayotganligidan dalolat beradi. Ehtimol,
eksportga   tayyorlab   qo’yilgan   10   kg.   qo’rg’oshin   yombisini   Sarazmdan   topilishi
bunga misol bo’la oladi1.
Bu   masalada   Sarazmdan   taxminan   40-45   km     sharqda,   Zarafshon   tog’   bag’ridan
Kanchach,   Yori   va   Jilau   kabi   mis   va   qo’rg’oshin   konlarini   topilishi   muhim
ahamiyat   kasb   etadi.   Yuqori   Zarafshon   tog’   tizmalaridan   topilgan   oltin,   kumush,
mis, qo’rg’oshin, simob, qalayi va feruza  konlari bundan dalolat Beradi. 
Zarafshon   suv   yo’llari   esa   Sarazm   metallurglarini     ushbu   tog’   konlari   bilan   oson
bog’lanishlariga  keng imkoniyatlar bergan. Bu mahalliy ma’dan konlarining  mavjudligi   Sarazmda   metallurgiya   sanoatining   professional   darajada
ixtisoslashuviga   olib   keladi,   ya’ni   yangidan-yangi   ma’dan   konlari   qidirish,
xomashyolarni transportirovka qilish, metall eritish, yombilar quyish va metalldan
turli   xil   mehnat   qurollari,   uy-ro’zg’or   anjomlari   yasash   professional   darajaga
ko’tariladi. 
Metall   predmetlarining   kimyoviy   analiziga   ko’ra,   ular   tarkibining   asosini   mis
tashkil   etadi   (89,3-96,6   %).   Ularda   mishyak   3,3   prosentgacha,   qalayi   1,6
prosentgacha   uchraydi.   Sarazmda   og’irligi   yaqin   10   kg   keladigan   qo’rg’oshin
yombisini   topilishi   sarazmliklarni   metall   eksporti   bilan   ham   shug’ulganligiga
ishora   qiladi16.   Hozirning   o’zida   Sarazmda   topilgan   metall   predmetlarning     soni
150   tadan   oshib   ketdi.     Topilmalar   orasida   bronza   pichoqlar,   hanjar   va   boltalar,
paykon va muhrlar, oltin va kumushdan ishlangan taqinchoq-bezaklardan tashqari,
bevosita ishlab chiqarish bilan bog’liq  bo’lgan metall eritish qozonlariyu (tigellar),
asbobu-anjom   quyish   qoliplari,   metall   eritish   qo’ralariyu,   ma’dandan   ajratib
olingan   yombi-xomashyolar ko’plab topildi. Bularning barchasi Sarazmda eneolit
va   bronza   davrida     yaxshigina   metallurgiya   markazi   tarkib   topganligidan   dalolat
beradi. Bu konlar hatto ma’lum vaqtlardan so’ng uzoq Sibir va Tog’li Oltoy dasht
qabilalarining ham e’tiborini o’ziga tortadi.
Qadimgi   Sarazm   aholisining  iqtisodiy  asosini  sug’orma  va  lalmikor  dehqonchilik
hamda   xonaki   chorvachilik   tashkil   etgan.   Hunarmandchilikning   qator   sohalari,
jumladan   metallurgiya   va   metall   ishlab   chiqarishdan   tashqari,   kulolchilik
rivojlanadi.   Bu   davr   uchun   xarakterli   texnologik   uslub-kulolchilik   charxida   idish
yasash   paydo   bo’ladi.   Sarazm   IV   qatlamidan   kulolchilik   dastgohini   aylantiruvchi
o’qining ikki dona tosh asosini topilishi bundan guvohlik beradi.
Darhaqiqat,   qadimgi   Sarazm   madaniyati   hunarmandchiligida   keramika   ishlab
chiqarish   alohida   ahamiyat   kasb   etadi.   Sopol     ishlab   chiqarish   asosan   qo’l
mehnatiga asoslangan, faqat uning so’nggi bosqichidagina sopol ishlab chiqarishda
kulolchilik   charxidan   foydalanishga   o’tildi.   Sarazm   keramikasi   uch   turkumga
bo’linadi:   ovqat   tayyorlashga   moslashgan   idishlar   (kuxonnaya   posuda),   ovqat
suzishga moslashgan idishlar (stolovaya posuda) va oziq-ovqat zahiralarini  saqlashga moslashgan xumlar (tarnaya posuda). Ular orasida aksariyat ko’pchilikni
ovqat   suzishga,   dasturxonga   ovqat   tortishga   moslashgan   idishlar   (stolovaya
posuda) tashkil etadi.  Ularning sirtiga ishlov berilgan, ya’ni sir bilan pardozlangan.
Ularning   sirtki   pardozi     uchta   asosiy   guruhga   bo’linadi:   yorqin   tiniq,   kulrang   va
qora   tiniq.   Birinchi   guruh   keramika   orasida   qizil   sir   ustiga   rangli   naqsh   solingan
idishlar alohida ajralib turadi. Bu tipdagi idishlar o’zlarining kelib chiqish ildizlari
jihatidan   Qadimgi   Sharq   sivilizasiyasining   ikki   mintaqasi   bilan   ya’ni   janubiy   –
sharqiy   Turkmaniston,   aniqrog’i   Geoksyur   vohasining   so’nggi   Eneolit
kompLekslari   va   Hinduqushdan   janubda   joylashgan   Seyiston-Belujiston
mintaqalari   bilan   bog’langan.     Kulrang   qora   sopollar   esa   kelib   chiqishi   jihatidan
shimoliy Eron yodgorliklari bilan bog’langan.              
Sarazmning   asosiy   keramikasi   sirtiga   berilgan   pardozlar,   ular   ustidan   yuritilgan
rang-barang     gullar   sarazmliklarni     bir   tomondan   qadimgi   dehqonchilik
mintaqalari-janubiy Turkmaniston   va Belujiston-Seyistonning   bobo – dehqonlari
bilan   uzviy   bog’liqligini   ko’rsatsa,   ikkinchi   tomondan,   Sarazm   sopollar
kompLeksida   kaltaminor   madaniyatiga   tegishli   sopol   parchalarini   uchrashi   ularni
quyi   Zarafshon   havzasi   neolit   davri   kaltaminor   jamoalari   bilan   ham   iqtisodiy   va
etnomadaniy jihatdan aloqada bo’lganliklaridan guvohlik beradi.
Sarazm   sopollarining   terma   texnikasi   sifat   jihatidan   yuqori   darajada.   Ular
tadqiqotchi   muallif   A.   Isakovning     ta’kidlashicha,   bir   kaerali   va   ikki   kaMerali
xumdonlarda pishirilgan. Ikki kamerali xumdonlar hajm jihatidan kichikroq bo’lib,
ularning   o’chog’i   yonginasiga     joylashgan   sferasimon     shifli   alangaxonasiga
nisbatan chuqurroq. Xuddi shunday xumdonlar  Sopollitepada ham topilgan. 
Sarazmda toshdan mehnat  qurollari ishlab chiqarish ham  professional  xarakTerga
ega   edi.   Sarazmning   arxeologik   kompLeksida     40   ga   yaqin     toshdan   ishlangan
predmetlar   topilgan.   Ular   parma,   uskuna,   bolg’a,.   Teri   oshlash   toshlari,   o’lchov
standarti bilan bog’liq maxsus og’irlik o’lchov toshlari, to’qimachilik dastgohining
toshlari     edi.   Qimmatbaho   toshlardan     turli   xil   taqinchoqlar,   tumor   va   muhrlar
yasash   ham   professional   yuksaklikka   ko’tarilgan.   Sarazmning   yuqori   qatlamidan
noyob muhr topilgan. U doira shaklida bo’lib, uning yuzasini aylanasi  bo’ylab ishlangan sig’ir yoki navvos surati nafaqat o’zining noyobligi bilan, balki
bronza davri naqqoshining yuksak mahorati bilan ham kishini lol qoldiradi.   Turli
xil   (tosh,   bronza,   Terrakota)   materiallardan   ishlangan   shunday   noyob   muhrlar
qadimgi   Baqtriya   va   Marg’iyonada     miloddan   avvalgi   II-ming   yillikda   keng
tarqalgan.
Qadimgi Sarazmda teriga ishlov berish, to’qimachilik yuqori darajada rivojlangan.
Buning ashyoviy isboti sifatida qadimgi Sarazmning barcha bosqichlarida ko’plab
uchraydigan teri oshlash toshlarini va urchuqtoshlarni ko’rsatish mumkin. Sarazm
madaniyati   hunarmandchilik   tarmoqlarining   ahvoli   masalasida   shu   narsani
ta’kidlash   joizki,   Sarazm   aholisi   kulolchilikda     metallurgiya   va   toshga   ishlov
Berishdek   yuksaklikka   erisha   olmaganlar.   Sekin   aylanish   asosida   qurilgan
kulolchilik charhi yordamida sopol ishlab chiqarish atigi Sarazm IV davrida  kashf
etildi.     Darhaqiqat,   Sarazm   madaniyatining   kelib   chiqish   ildizlari   garchi
Nomozgoh   etnomadaniy   dunyosi   bilan   bog’liq   bo’lsada,   ammo   Zarafshon
vodiysining   tabiiy   yer   osti   boyliqlari   sarazmliklarning   dehqonchilik   va
kulolchilikka   nisbatan   ko’proq   metallurgiya   sohasini   rivojlantirishga   katta   e’tibor
berganliklaridan dalolat beradi.
Har   qalay,   Sarazm   arxitekturasi,   moddiy   madaniyat,   xo’jalik   asosi     va   diniy
obyektlar   kompleksi   Sarazm   madaniyatining   etnik   jihatdan   janubiy   mintaqalar
bilan uzviy bog’liq ekanini tasdiqlaydi.  Shu bilan birga, Yuqori Zarafshon havzasi
bir  vaqtni  o’zida o’zining tabiiy yer  osti  boyliklari  bilan so’nggi  eneolit  davridan
boshlab   turli   mintaqa   qabilalarining   iqtisodiy   xo’jalik   manfaatlari   va   savdo
aloqalarini   uchrashtiradigan   markazga   aylanadi.     Yuqori   Zarafshonga   xos     bu
noyob imkoniyat  butun bronza davrida ham o’z ahamiyatini yo’qotmadi. Masalan,
Panjikent yaqinidan  Zarcha Xalifa degan joydan arxar bilan birga ko’milgan erkak
kishining   mozori   ochilgan.   Mozordan   topilgan   barcha   bronza   predMetlari   va
kulolchilik   charhida   ishlangan   Sopolli   madaniyatining   Jarqo’ton   bosqichiga
Tegishli ekanligi yaqqol ko’zga tashlanadi.  Yoki bo’lmasa, Zarafshon vodiysining
o’rta   qismidan,   Jom   qishlog’idan   topilgan   bronza   davri   “savdogar   sayyohning»
mozori Sarazm metallurgiya markazi bilan bir tomondan dasht mintaqalari,  ikkinchi   tomondan,   qadimgi   dehqonchilik   madaniyati   qabilalari   muntazam   savdo
aloqada bo’lganligidan guvohlik beradi.
Shunday   qilib,   qadimgi   Sarazm   aholisining   moddiy   va   ma’naviy   hayoti   va
arxeologik   kompLekslarining   ilmiy   tahlili   uning   kelib   chiqish   ildizlarini   birinchi
navbatda   janubiy   mintaqalarning   qadimgi   dehqonchilik   jamoalari   bilan   uzviy
bog’liq   ekanligini   ko’rsatadi.   Aniqrog’i,   Zarafshon   vodiysi   qadimgi   dehqonchilik
o’chog’ining   ildizlari   Sarazm   1   keramika   materiallariga   ko’ra,   Janubiy
Turkmanistonning ko’ksur (geoksyur) oazisi jamoalariga borib taqaladi. 
Yodgorlikning arxeologik tadqiqot ishlari bilan muntazam shug’ullangan arxeolog
A.Isakov,   ularning   ko’chib   kelish   sabablarini   Tejen   daryosining   suv   resurslarini
kamayishi   tufayli   yuz   Bergan   ekologik   sharoit   bilan   bog’laydi.   Bizningcha,
Geoksyurli   jamoalarning   bir   qismini   Zarafshon   vodiysiga   migrasiyasi   ko’proq
Yuqori   Zarafshondagi   ma’dan   konlari   bo’lgan.   Shuningdek,   qadimgi   Sarazm
madaniyatini   kelib   chiqish   negizida   Geoksyur   ildizlari   asosiy   etnik   komponent
bo’lib qolgani holda, uning shakllanishini  ilk bosqichlari davrida yana bir boshqa
etnik   guruhlar   ishtirokini   borligiga   ishora   qiluvchi   faktlar   borki,     ular
Hindikushdan janubda istikomat qiluvchi qadimgi dehqonchilik jamoalariga borib
taqaladi.   Bu   faktlar   Sarazm   1   bosqichiga   tegishli   oilaviy   xilxonadan   topilgan   va
dengiz   chig’onogidan   ishlangan   bilaguzuklar   bo’lib,   ular   aynan   Hind   dengizi
mintaqalaridan   keltirilgan.   Shu   davr   keramikasi   sirtiga   ishlangan   rangli
naqshlarning   uslubiy   bezagi   esa   Belujistonning   Shahri   –Soxta   madaniyati
sopollarini   eslatadi23.   Bunday   aloqalarning   zaminida,   so’zsiz,   Zarafshon
metalining   savdosi   yotadi.   Zarafshon   metalini   eksport   qilish   an’anasi   Sarazm
madaniyatining   barcha   bosqichlarida   rivojlanishda   davom   etdi.
Movarounnahrning markaziy qismi-yuragi hisoblangan Zarafshon vodiysi o’zining
tabiiy-geografik   sharoitiga   ko’ra,   qadimgi   dehqonchilik   madaniyatining   rivoji
uchun qulay imkoniyatlarga ega. Uning O’zbekiston va Tojikiston Respublikkalari
chegara   rayoni   -   aholi   punkti   Sarazmda   eNeolit   davridan   boshlab   qadimgi
dehqonchilik madaniyatining yangi o’chog’i tarkib topadi. Bu joy  Zarafshon   daryosining   Turkiston   va   Zarafshon   tog’   tizmalari   oralig’idan   chiqib,
keng   vodiyga   yuz   tutgan   joyda   qad   ko’targan   eng   qadimgi   o’troq   aholi   qishlog’i
bo’lib, u o’zining jug’rofik joylashishiga ko’ra, Sarazm nomini olgan.     “Sarazm”
so’zi   atoqli   sug’dshunos   olim   V.A.Livshisning   fikriga   ko’ra,   “sari-zamin»,   ya’ni
Zarafshon   vohasining   boshlanishi   demakdir.   Aynan   shu   joyda   Zarafshon   vodiysi
tekisliklar va tog’li mintaqalarga bo’linadi.
Qadimgi   Sarazm   Zarafshon   tog’   tizmalaridan   oqib   chiqqan   Otchoparsoy,
Chumalisoy va Sho’rnovasoy etaklarida, “Oyim ko’l” yaqinida joylashgan. Uning
tevarak   atrofida   dehqonchilik   uchun   qulay,   talay   unumdor   yerlar   bo’lib,
dehqonchilik madaniyatining ilk bosqichlarida aynan ana shunday   joylarda bobo
dehqonlar qishloqlari qad ko’targan.
Savol   tug’iladi,   qayerdan   va   qanday   tarixiy   sabablarga   ko’ra,   bu   joyda   qadimgi
dehqonchilik   qishlog’i   qad   ko’tardi.   Ehtimol,   uning   mahalliy   ildizlarini   Sazag’on
neolit   madaniyatidan   qidirish   lozimdir.   Chunki   Zarafshon   vodiysi   doirasida
qoratepa   yodgorliklarida   neolit   dehqonchilik   izlari   kuzatilingan.   Hozirgi   yirik
tadqiqotlar   bo’yicha   Sarazm   madaniyatining   kelib   chiqish   ildizlari,   yuqorida
ta’kidlaganimizdek, bevosita ko’ksur (geoksyur) vohasining qadimgi dehqonchilik
madaniyati qabilalariga borib taqalmoqda. 
Sarazmda   arxeologik   tadqiqot   ishlari   bilan   bevosita   shug’ullangan   A.Isakovning
xabar berishiga qaraganda, bu joyda hayot uzliqsiz 1,5 ming yil (eNeolit va bronza
davrlarida) davom etgan. Yodgorlikning umumiy maydoni 100 gektarga yaqin.   U
katta - kichik     va   har   xil   balandlikdagi     10   ta   tepaliklardan   iborat .   Yodgorlikning
ancha   qismi   o ’ tgan   asrlarda     aholining   hovli - joy   qurilishi     va   uning   ustidan
o ’ tkazilgan   sug ’ orish   inshootlari   tufayli   buzilib   ketgan .   Uning   atigi   uchdan   bir
qismigina     saqlanib   qolgan . 7  yil   davom   etgan   arxeologik   qazishmalar   davomida  4
ta   obyektda     keng   ko ’ lamli   qazishma   ishlari   olib   borildi   va   10   ta   punktda   qadimgi
qishloq   hayotining   davomiyligini   o ’ rganish   uchun   shurflar   qazildi .   Natijada
qadimgi   qishloq   hayotining   4   tarixiy   bosqichi   aniqlandi ,   har   bir   bosqichda   yuz
bergan   tub   o ’ zgarishlar   kuzatildi .          Sarazm-1 davrida  bu joyda yangi etnik guruh qishlog’i paydo bo’ladi va bu joyda
qurilgan   uy-joy   kompLekslarini   (II   qazishma)   shimol,   shimoliy   –   g’arb   va   g’arb
tomondan yarim aylana mudofaa devori bilan o’rab olinadi. Qadimgi  Sarazmning
markaziy   qismida   (IV   qazishma)   Sarazm   1   davriga   tegishli   urug’   jamoasining
xilxonasi   paydo   bo’ladi.   Qadimgi     Sarazmda   o’rganilgan   bu   hilxona   janubiy
Sibirning   Afanasyeva   madaniyati   hilxonalari   singari     doira   shaklidagi     tosh   g’ov
(diaMetri 15 m.) bilan o’rab olingan, uning ichiga 5 ta qabr joylashtirilgan. 
Tosh   g’ovning   markaziy   qismidagi   qabrga   uch   kishi   (erkak,   ayol   va   o’spirin)
ko’milgan.     Ayolga   tegishli   qabr   ashyoviy   dalillarga   qaraganda,   u   o’z   jamoasida
katta ijtimoiy nufuzga ega bo’lgan. U o’sha davr urf-odatlariga ko’ra, bayramona
kiyim-boshlari bilan ko’milgan.  
Uning   kiyimlariga     feruza,   lyapis-lazur,   serdolik,   yashma   kabi   qimmatbaho
toshlardan   yasalgan   munchoqlar   qadalgan.     Bosh   kiyimi   ham   boy   taqinchoqlar
bilan   bezatilgan.     Maydalab   o’rilgan   soch   tolalariga   49   ta   oltin   munchoqlardan
iborat   munchoq   shodalari   osib   qo’yilgan.   Qo’llariga   dengiz   chig’anog’idan
ishlangan   bilak   uzuklar   taqilgan.   Ayol   jasadi   yonidan   dastali   jez   oyna,   suyakdan
ishlangan bigiz, 5 ta urchuqtosh va 2 ta ayol ma’budasining terrakotasi topilgan. 
Hilxonaning boshqa qabrlarida marhum va marhumalarga atalgan ashyoviy dalillar
uchratilmagan.
Sarazm 1 davri uy-joy komplekslari va xilxonani qazish vaqtida sirtiga monoxrom
rangli   naqsh   solingan   sopol   parchalari   hamda   naqshsiz,   sirtiga   tiniq   qora   sir
berilgan kulrang sopol parchalari topilgan. Stratigrafik shurfning Sarazm 1 davriga
tegishli qatlamidan mis hanjar, Qazishma-1 da ochilgan xonalardan   Nomozgoh II
davriga   tegishli   polixrom   rangli   murakkab   naqsh   (kovrov ы y   ornament)   solingan
keramika   parchalari   ham   uchratilgan.   Sarazm   1   materiallar   kompleksi   tadqiqot
obyekti muallifining fikriga ko’ra, Janubiy Turkmanistonning Nomozgoh II davri
qadimgi dehqonchilik madaniyatini eslatadi.   
Sarazm   II   –  Sarazm   madaniyatining  shakllanish   davri.   Bu   davrda  qishloq   hududi
anchagina   kengayadi,   alohida   qurilgan   ko’p   xonali   hovlilar,   ular   tarkibida   doira
shaklidagi   altarli   xonaki   ibodatxonalar   paydo   bo’ladi.   Keng   va   tor   ko’chalari   va hovlilari   bilan   yirik   uy-joy   massivlarining   shakllanishi   yuz   beradi   (2   va   4
qazishmalar), markazida dumaloq mehroblari bilan alohida qad ko’targan qizil  19
rangli monuMental ibodatxonalar   paydo bo’ladi. Turar-joy xonalari tegishli ichki
uy   jihozi   bilan   kattalashadi,   ya’ni   to’qimachilik   dastgohlarini   joylashtirishga
moslashtiriladi. 
Me’moriy   kompLekslar   burchaklarini   Nomozgoh   IV   (ilk   bronza)   davri   uchun
xarakTerli to’rt qirrali ustunlar (pilyastrlar) bilan bezash boshlanadi. Sopol idishlar
sirtini turli-tuman rangli naqshlar bilan bezash keskin qisqaradi, sopol sirtini bir xil
rangda   (monoxrom)   bezash   va   tiniq   sirli   kulrang   idishlar   yasash   keramika   ishlab
chiqarish hunarmandchiligida yetakchi o’ringa ko’tariladi.  Bu davr sopol idishlari
orasida   ba’zida   kaltaminor   madaniyatiga   tegishli   keramika   parchalari   uchraydi.
Demak,   bu   esa   Sarazm   madaniyatini   shakllanishida   mahalliy   aholining   ishtiroqi
borligidan dalolat beradi. 
Sarazmliklarning   tashqi   aloqalari   doirasi   kengayadi   (Belujiston-KVetta,   Seiston-
Shahri   Soxta).   Metallurgiya   sanoati   izga   tushadi:   ma’dan   konlarini   qidirish,
kondan   ruda   qazib   olish,   ularni   Sarazmga   keltirish,   ruda   eritish,   undan   turli   xil
mehnat va harbiy qurollar yasash keskin oshadi. Har xil tog’ jinslaridan mehnat va
jangavor   harbiy   qurollar   yasash   (qadoqtosh-sport   giralari,   langarcha,   kelitosh,
eshik o’qi osti toshi, tosh kosa, tosh stakanchik, qabila sardori chuqmorining toshi
(bulava),   urchuqtosh   va   boshqalar)     yuksak   darajada   rivojlanadi       Sarazm   III
davrida   ijtimoiy-iqtisodiy   va   madaniy   hayot   o’zining   yuksak   cho’qqisiga
ko’tariladi. Manzilgohning barcha territoriyasi uy-joy qurilishi va hunarmandchilik
kvartallari   bilan   qoplanadi.     Turar-joy   massivlari   va   hunarmandchilik   kvartallari
orasida   ijtimoiy va diniy xarakterdagi monumental binolar paydo bo’ladi (3 va 4
qazishmalar).   Ko’pxonali   turar-joylarning   hovlilari   tobora   kattalashib   boradi   va
ular   hududiy  doirasida   kulolchilik  xumdonlari   va   metallni   ishlash   ustaxonalari   (2
va   4   qazishmalar)   paydo   bo’ladi.     Hunarmandchilik   sohasida     ixtisoslashuv   yuz
beradi. Kulolchilik sohasida ichi va sirtiga qoramtir qizg’ish sir bilan pardozlangan
qora va kulrang sopollar keskin kamayadi, ularning o’rnini tiniq, qizg’ish va qizil
sir berilgan sopollar egallaydi. Bu xildagi sopollar ilk Nomozgoh VI davri sopoliga xarakTerli   bo’lib,   bu   xilda   sopollarni   pardozlash   Sarazm   madaniyati   badiiy
kulolchilik maktabining uslubiy an’anasiga aylanadi. 
Bunday   uslubda   sopol   ishlab   chiqarish   Sopollitepa   sopoli   uchun   ham   xarakterli
edi.
Endi   Sarazmda   o’rganilgan   hovli-joylar   tahliliga   kelsak,   III-qazishma   maydonida
uch qurilish bosqichlaridan iborat uy-joy kompLekslari ochilgan. 
Birinchi   uy-joy   majmuasi     materik   ustida   qad   ko’targan,   undan   faqat   ayrim
xonalarning  ba’zi   bir   devorlari   saqlangan.   Ikkinchi   qurilish   bosqichi   hovli-joylari
225 kv. m. maydonni egallagan 70 sm balandlikdagi platforma ustiga qurilgan. 
Uchinchi   qurilish   bosqichi   uy-joylari   qalin   madaniy   qatlamlar   ustida   paydo
bo’lgan.   Ular   ikkinchi   qurilish   bosqichi   uylaridan   g’arbga   tomon   joylashgan
bo’lib, bular bir yarusli ikki kamerali xumdon va bir necha xonalardan iborat.
O’rganilayotgan obyekt ichida ikkinchi qurilish bosqichi uy-joy qoldiqlari alohida
ahamiyat   kasb   etadi.   Ana   shunday   uy-joy   komplekslaridan   biri   mahobatli
platforma ustiga aniq reja asosida qurilgan 12 ta xonalarni o’z ichiga olgan yaxlit
kvadrat   shaklidagi   monumental   bino   bo’lib,   ulardan   to’rttasi   kvadratning   uzunasi
bo’yicha   koridor   shaklida   qad   qo’targan,   binoning   markaziy   qismini   qolgan   8   ta
xonalar   egallagan.   Ular   bir-birlariga   parallel   qilib   qurilgan   to’rttadan   xonalarni
tashkil  etadi. Qurilish rejasida  geometrik simmetriyaga qatiy amal  qilingan, ya’ni
ularning   to’rttasi   kvadrat   (3x3   m.),   a   qolgan   to’rttasi   esa   to’g’ri   to’rtburchak
(3x3,75   m.)   shaklida.   Ulardan   ba’zilarida   (3,4   xonalar)   devor   ichiga   o’choqlar
joylashtirilgan,   bittasining   markazida   aylana   shaklda   altar   (Mehrob)   topilgan.   Bu
bino otashparastlarning ibodatxonasi bo’lganligiga shubha yo’q. Sarazm yodgorligi
bronza   davri   madaniy   turmushning   turli,   jumladan,   hunarmandchilik,   binokorlik,
dehqonchilik   kabi   sohalar   taraqqiyotini   ifodalovchi   boy   arxeologik   kompleks
manbalar   berdi.   a)   Zarcha   Halifa   mozori.   Bronza   davriga   kelib   Sarazm
metallurgiya markazi  xom  ashyolarining dovrug’i janubiy va shimoliy mintaqalar
jamoalariga   borib   yetadi.   Natijada   Sarazm   metali   dastlab   janubiy   mintaqalarga,
qadimgi   dehqonchilik   madaniyati   jamoalari   dunyosigacha   kirib   boradi.   Bu   haqda
Sarazm yodgorligidan 13 km sharqda, Panjikent shahri yaqinidan topilgan Sopolli madaniyatining Jarqo’ton bosqichiga tegishli   mozor alohida ahamiyat kasb etadi.
Darhaqiqat, bu yolg’iz qabr 1986 yilda Zarcha Xalifa deb atalgan joydan chiqindi
suv quvurini 
o’rnatish   vaqtida   topilgan.   Chiqindi   suv   quvurini   yotqizishda   gigant   ekskavator
cho’michi,   tadqiqotchi   S.Bobomullayevning   yozishiga   qaraganda,   qabrda   yotgan
skeletga tegib, uning ustki qismini buzib ketgan.
Skelet yer sathidan 3,5 m. chuqurlikda, shag’al qatlami ustida yotgan oddiy yorma
go’r bo’lgandeydi S.Bobomullayev. Biroq skelet va unga tegishli ashyoviy dalillar
yotgan   qabr   maydoni   (yaqin   6   kvadrat   Metr)   va   uning   chuqurligiga   (3,5   m.)
qaraganda, mozor Sopolli madaniyatiga qarashli qabrlar tuzilishidan farq qilmaydi,
ya’ni u ayvonli lahad shaklida bo’lgan.
Lahad   g’arbdan   sharqqa   tomon   oval   shaklida   qazilgan,   uning   uzunligi   3,10   m.
skeletning oyoq – qo’llari buklangan, o’ng yoni bilan lahadga qo’yilgan. 
Skeletning   boshi     shimoliy-g’arbga     qaratilgan.   Uning   yaqinida   burama   shoxli
arxar skeleti chap yoni bilan ko’milgan. 
Mozorga   qo’yilgan   predmetlarning   joylashishi   e’tiborga   loyiq.   Odam   bosh
chanog’ining   quloq   bo’shlig’ida   ikkita   oltin   isirg’a   topilgan.   Qolgan   predmetlar
asosan   qabrning   janubiy-sharqiy   qismida   to’p-to’p   holda   uchratilgan.   Umuman,
qabrdan hammasi  bo’lib 30ta predmet  topilgan (muallif ularning sonini 24 ta deb
ko’rsatadi.   Ammo   u   qabrdan   topilgan   6   ta   suyak   predmetlarni   negadir   hisobga
olmagan).   Shundan   16   tasi   bronza,   3   tasi   oltin,   6   tasi   suyak,     2   tasi   toshdan
yasalgan.   Ular   ichida   3   ta   sopol   idishlar   ham   bor.   Arxeologik   materiallar
kompleksi   o’z   tarkibiga   ko’ra,   to’liq   sopolli   madaniyatiga,   uning   jarqo’ton
bosqichiga tegishlidir. 
Topilmalar   bronzadan   ishlangan   tarnov   jumrakli   kosa,   burtma   korpusli   silindir
idish, yupka bronza listdan ishlangan tugma va ilgaklar, bronzadan ishlangan 2 ta
suvluq, yoldor ot boshli to’g’nag’ich, pichoq va xanjar, oltindan ishlangan sirg’a,
oltin  biser-munchoqlar,  oltin  zanjir,   suyakdan   ishlangan   naycha,   4   ta  suyak   to’qa
(psaliya),   qumtoshdan   ishlangan   hovancha   sopi,   feruza   toshidan   ishlangan   biSer-
munchoqlardan iborat. Zarcha Xalifa qabridan topilgan 3 ta sopol idishlar bo’g’zi tor   sharsimon   ko’zalar   bo’lib,   ular   Sopolli   madaniyatining   jarqo’ton   bosqichi
uchun  xarakterlidir.
Zarcha   Xalifa   kolleksiyasida   bo’g’zi   tor   sharsimon   shaklidagi   oltindan   ishlangan
mitti  xurmacha bor. U qabrdan 10 metrlar  chamasi  sharqda, ekskavator  kovlagan
tuproq   uyumidan   topilgan.   Tadqiqotchi   S.Bobomulloyevning   yozishicha,   Zarcha
Xalifada yolg’iz bitta mozor bo’lmagan. Chunki chiqindi suv quvurlarini yotqizish
munosabati   bilan   transheyalar   qazish   vaqtida     boshqa   bir   mozor   ham   buzib
tashlangan bo’lishi mumkin. Oltin xurmacha esa o’sha mozorga tegishli. 
Biroq   biz   bunday   deb   o’ylamaymiz.   Chunki   yaqin   atrofda   u   davrga   oid   qadimgi
bobo  dehqonlarning  moddiy  madaniyat   izlari  uchramaydi.  Bizningcha,   mitti   oltin
xurmacha   aynan   Zarcha   Xalifa   mozoriga   tegishli.   Agar   transheya   qazish   vaktida
ekskavator   cho’michining   skelet   yuzasini   qo’zg’ab   ketganligini   hisobga   olinsa,   u
holda oltin xurmacha ushbu mozorga tegishli ekanligiga shubha qolmaydi. Chunki
gigant-ekskavator   o’z   cho’michidagi   to’proqni   bemalol   10   Metr   masofaga
tashlashi mumkin.
Xulosa qilib aytganda voha eneolit davrida ancha rivoj topgan.
Birgina   Sarazm     yodgorligi   Zarafshon   vodiysi   qadimgi   dexqonchilik   ma’daniyati
qabilalaring   nafaqat   noyob   manzilgohi   balki   O’rta   Osiyo   mintaqasida   yirik
metallurgiya   markazi   sifatida   mashxurligi   vohani   o’sha   paytda   qanday   ekanligini
yorqin namoyon etadi.
Sarazm metallurglari so’nggi eneolit va ilk bronza davrida Sarazm 2 va 3 mehnat
qurollari   ishlab   chiqarish   hamda   ruda   qazish,   metal   xom   ashyosi   bilan   savdo
qilishda yuksaklikka erishgan.
Movorounnahrning   markaziy   qismi   yuragi   hisiblangan   zarafshon   vohasi   o’zining
tabiiy   geografik   sharoitiga   ko’ra   qadimgi   dehqonchilik   rivoji   uchun   qulay
imkoniyatlarga   ega   edi.Uning   O’zbekiston   va   Tojikiston   respublikalari   chegara
rayoni   aholi   punkti   Sarazmda   eneolit   davrdan     boshlab   qadimgi   dehqonchilik ma’daniyati  yangi o’chog’i tarkib topgan bu joy Zarafshon daryosining Turkiston
va   Zarfshon   tog’   tizmalari   oralig’idan   chiqib   kng   vodiyga   yuz   tutgan     joyda   qad
ko’targan   eng   qadimgi   o’troq   aholi   qishlog’I   bo’lib   u   o’zining   jug’rofik
joylashuviga ko’ra Sarazm nomini olgan
Sarazmda arxeologik tatqiqod ishlari bilan bevosita shug’ullangan A.Isakov xabar
berishiga   qaraganda   bu   joyda   xayot   uzluksiz   1.5   ming   yil   davom   etgan.
Yodgorlikning   umumiy   maydoni   100   gegtarga   yaqin   u   ktta   kichik   va   xar   xil
balandiklardagi   10   ta   tepaliklardan   iborat   .Sarazmda   o’rganilgn   hovli   joylar
tahliliga   kelsak   3-qazishma   maydonida   3   qurulish   bosqichidan   iborat   uy   joylar
komplekslari   ochilgan   bo’lib   1-uy   joy   namunasi   materik   ustida   qad   ko’targan
undan faqat ayrim xonalar devorlari saqlangan 2-qurulish bosqichi hovlijoylari 225
kv   metrni   egallagan   70   sm   balandlikdagi   platforma   ustiga   qurilgan   3-qurulish
bosqichi uy joylaari qalin madaniy qatlamlar ustida paydo bo’lgan ular 2-bosqich
qurulish   uylaridan   g’arbga   tomon   joylashgan   bo’lib   bular   1   yarusli   va   ikki
kamerali xumdon va bir neecha xonalardan iborat 
O’rganilayotgan   obekt   ichida   2-qurulish   bosqichi   uy   joy   qoldiqlari   alohida
ahamiyat   kasb   etdi   ana   shunday   uy   joy   komplekslari   biri   mahobatli   platforma
ustiga   aniq   reja   asosida   qurulgan   12   ta   xonalarni   o’z   ichiga   olgan   yaxlit   kvadrat
shakldagi   monumental   bino   bo’lib   ulardan   4   tasi   kvadratning   uzunasi   bo’yicha
corridor   shaklda   qad   ko’targan   binoning   markaiy   qismini   qolgan   8   ta   xonalar
egallaydi .

Zarafshon vohasi eneoliti Reja: 1.Zarafshon vohasi eneoliti 2.Zarafshon vohasi dehqonchilik madaniyati 3.Xulosa

Ma’lumki, miloddan avvalgi IV-III – ming yilliklar davomida O’rta Osiyoda yonma-yon ikkita madaniy-xo’jalik zonalari mavjud edi. Janubiy-g’arbda ilk dehqonchilik bilan shug’ullanuvchi jamoalar yashasa, mintaqaning qolgan hududlarida hayvon va baliq ovi bilan tirikchilik o’tkazuvchi qabilalar yashar edilar. Albatta, bu ikki zona jamoalari biqiq holda, o’zaro iqtisodiy va madaniy aloqalarsiz yashay olmaganlar. Har ikki tomon jamoalarining oziq-ovqat va kiyim- boshga bo’lgan kundalik ixtiyojiy talablarining oshib borishi, so’zsiz, ular o’rtasida iqtisodiy aloqalarni o’rnatishga olib kelgan. Bu iqtisodiy hayotiy talablardan kelib chiqqan aloqalar, qachonkim, ibtidoiy ajdodlar tomonidan ilk bor metall kashf etilib, undan mehnat va jangavor harbiy qurollar ishlab chiqarishga o’tilgach, yanada jadalroq rivojlana boshladi. Mehnat qurollarini metalldan ishlab chiqarish xo’jalik ixtirolarini qabilalararo keskin rivojlanishiga turtki bo’ldi. Miloddan avvalgi III-ming yillikning oxiri va II-ming yillikning boshlarida O’rta Osiyoda davom etayotgan mintaqaviy rivojlanishning xarakteri va ular o’rtasidagi hududiy Chegaralar doirasi o’zgardi. Masalan, qadimgi dehqonchilik hududlari kengayib bordi. O’rta Osiyoning janubiy-g’arbida neolit davrida tashkil topgan dehqon jamoalarining yangidan-yangi manzilgohlari eneolit davriga kelganda nafaqat Kapetdag yonbag’irlariga keng yoyildi, balki uning sharpalari Zarafshon vodiysiga ham kirib bordi. Masalan, yuqori Zarafshon vodiysida qad ko’targan so’nggi eneolit va bronza davri yodgorligi – Sarazm ana shu o’zgarishlardan nishona edi. Sarazm yodgorligi Zarafshon vodiysi qadimgi dehqonchilik madaniyati qabilalarining nafaqat noyob manzilgohi, balki O’rta Osiyo mintaqasida yirik metallurgiya markazi sifatida mashxurdir. Sarazm metallurglari so’nggi eneolit va ilk bronza davrida (Sarazm II va III ) Mehnat qurollari ishlab chiqarish hamda ruda qazish va eritish, metall xomashyosi bilan savdo qilishda yuksakliklarga erishadi. Sarazm IV davriga kelib, Sarazm metallurgiya ustaxonalari metall xomashyosi va metall buyumlar ishlab chiqarishni yanada kengaytiradi. Sarazm nafaqat tevarak-

atrof rayonlarni, balki butun O’rta Sharq mintaqalarini metall predmetlari va metall xomashyo bilan ta’minlovchi markazga aylanadi. Sarazm IV davri ushbu makonda qadimgi sarazmliklarning so’nggi hayoti bilan bog’liq. Bu davrda yirik hovlilar maydonlarida kulolchilik xumdonlari, tosh va shag’ol yotqizilgan yo’lakchalar paydo bo’ladi. Tosh va metalldan turli xil mehnat qurollari, uy-anjom asboblari ishlab chiqarish avvalgidek jadal suratlar bilan rivojlanishda davom etadi va ularning turlari ko’payadi. Kalta va uzun tig’li pichoq va hanjarlar ishlab chiqarish keng yoyiladi. Ularning sopi qarmoqsimon bo’lib, ular hanjar va pichoq dastalarining suyak qoplamalarini mustaxkamlashga moslashtirilgan Bu davr metallurgiya sanoatida jangavor harbiy qurollar: bolta va paykonlar, dastali bronza ko’zgulari, urug’ jamoasi sardorining hukmdorlik hassasi (aso), turli xil shaklar ko’rinishida yasalgan muhr va tosh g’urzilar ishlab chiqarish keng yo’lga qo’yiladi. Metall muhrlar kolleksiyasida terrakotadan yasalgan muhr ham bor. Bularning barchasi qadimgi sarazmliklar jamoasida ijtimoiy-iqtisodiy hayot mulkiy tabaqalanish sari jadal ketayotganligidan guvohlik beradi. Bularning barchasi bir tomondan mahalliy mis va qo’rg’oshin xomashyosiga asoslangan metall ishlab chiqarish hunarmandchiligini jadal rivojlanayotganligini ko’rsatsa, ikkinchi tomondan, Sarazm metallurglarining Qadimgi Sharq sivilizasiya o’choqlari va O’rta Osiyoning shimoliy va shimoliy-sharqiy mintaqasi dasht qabilalari (tozabog’yob va andronova madaniyati sohiblari) bilan iqtisodiy savdo munosabatlarini tabora kengayib borayotganligidan dalolat beradi. Ehtimol, eksportga tayyorlab qo’yilgan 10 kg. qo’rg’oshin yombisini Sarazmdan topilishi bunga misol bo’la oladi1. Bu masalada Sarazmdan taxminan 40-45 km sharqda, Zarafshon tog’ bag’ridan Kanchach, Yori va Jilau kabi mis va qo’rg’oshin konlarini topilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Yuqori Zarafshon tog’ tizmalaridan topilgan oltin, kumush, mis, qo’rg’oshin, simob, qalayi va feruza konlari bundan dalolat Beradi. Zarafshon suv yo’llari esa Sarazm metallurglarini ushbu tog’ konlari bilan oson bog’lanishlariga keng imkoniyatlar bergan. Bu mahalliy ma’dan konlarining

mavjudligi Sarazmda metallurgiya sanoatining professional darajada ixtisoslashuviga olib keladi, ya’ni yangidan-yangi ma’dan konlari qidirish, xomashyolarni transportirovka qilish, metall eritish, yombilar quyish va metalldan turli xil mehnat qurollari, uy-ro’zg’or anjomlari yasash professional darajaga ko’tariladi. Metall predmetlarining kimyoviy analiziga ko’ra, ular tarkibining asosini mis tashkil etadi (89,3-96,6 %). Ularda mishyak 3,3 prosentgacha, qalayi 1,6 prosentgacha uchraydi. Sarazmda og’irligi yaqin 10 kg keladigan qo’rg’oshin yombisini topilishi sarazmliklarni metall eksporti bilan ham shug’ulganligiga ishora qiladi16. Hozirning o’zida Sarazmda topilgan metall predmetlarning soni 150 tadan oshib ketdi. Topilmalar orasida bronza pichoqlar, hanjar va boltalar, paykon va muhrlar, oltin va kumushdan ishlangan taqinchoq-bezaklardan tashqari, bevosita ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan metall eritish qozonlariyu (tigellar), asbobu-anjom quyish qoliplari, metall eritish qo’ralariyu, ma’dandan ajratib olingan yombi-xomashyolar ko’plab topildi. Bularning barchasi Sarazmda eneolit va bronza davrida yaxshigina metallurgiya markazi tarkib topganligidan dalolat beradi. Bu konlar hatto ma’lum vaqtlardan so’ng uzoq Sibir va Tog’li Oltoy dasht qabilalarining ham e’tiborini o’ziga tortadi. Qadimgi Sarazm aholisining iqtisodiy asosini sug’orma va lalmikor dehqonchilik hamda xonaki chorvachilik tashkil etgan. Hunarmandchilikning qator sohalari, jumladan metallurgiya va metall ishlab chiqarishdan tashqari, kulolchilik rivojlanadi. Bu davr uchun xarakterli texnologik uslub-kulolchilik charxida idish yasash paydo bo’ladi. Sarazm IV qatlamidan kulolchilik dastgohini aylantiruvchi o’qining ikki dona tosh asosini topilishi bundan guvohlik beradi. Darhaqiqat, qadimgi Sarazm madaniyati hunarmandchiligida keramika ishlab chiqarish alohida ahamiyat kasb etadi. Sopol ishlab chiqarish asosan qo’l mehnatiga asoslangan, faqat uning so’nggi bosqichidagina sopol ishlab chiqarishda kulolchilik charxidan foydalanishga o’tildi. Sarazm keramikasi uch turkumga bo’linadi: ovqat tayyorlashga moslashgan idishlar (kuxonnaya posuda), ovqat suzishga moslashgan idishlar (stolovaya posuda) va oziq-ovqat zahiralarini

saqlashga moslashgan xumlar (tarnaya posuda). Ular orasida aksariyat ko’pchilikni ovqat suzishga, dasturxonga ovqat tortishga moslashgan idishlar (stolovaya posuda) tashkil etadi. Ularning sirtiga ishlov berilgan, ya’ni sir bilan pardozlangan. Ularning sirtki pardozi uchta asosiy guruhga bo’linadi: yorqin tiniq, kulrang va qora tiniq. Birinchi guruh keramika orasida qizil sir ustiga rangli naqsh solingan idishlar alohida ajralib turadi. Bu tipdagi idishlar o’zlarining kelib chiqish ildizlari jihatidan Qadimgi Sharq sivilizasiyasining ikki mintaqasi bilan ya’ni janubiy – sharqiy Turkmaniston, aniqrog’i Geoksyur vohasining so’nggi Eneolit kompLekslari va Hinduqushdan janubda joylashgan Seyiston-Belujiston mintaqalari bilan bog’langan. Kulrang qora sopollar esa kelib chiqishi jihatidan shimoliy Eron yodgorliklari bilan bog’langan. Sarazmning asosiy keramikasi sirtiga berilgan pardozlar, ular ustidan yuritilgan rang-barang gullar sarazmliklarni bir tomondan qadimgi dehqonchilik mintaqalari-janubiy Turkmaniston va Belujiston-Seyistonning bobo – dehqonlari bilan uzviy bog’liqligini ko’rsatsa, ikkinchi tomondan, Sarazm sopollar kompLeksida kaltaminor madaniyatiga tegishli sopol parchalarini uchrashi ularni quyi Zarafshon havzasi neolit davri kaltaminor jamoalari bilan ham iqtisodiy va etnomadaniy jihatdan aloqada bo’lganliklaridan guvohlik beradi. Sarazm sopollarining terma texnikasi sifat jihatidan yuqori darajada. Ular tadqiqotchi muallif A. Isakovning ta’kidlashicha, bir kaerali va ikki kaMerali xumdonlarda pishirilgan. Ikki kamerali xumdonlar hajm jihatidan kichikroq bo’lib, ularning o’chog’i yonginasiga joylashgan sferasimon shifli alangaxonasiga nisbatan chuqurroq. Xuddi shunday xumdonlar Sopollitepada ham topilgan. Sarazmda toshdan mehnat qurollari ishlab chiqarish ham professional xarakTerga ega edi. Sarazmning arxeologik kompLeksida 40 ga yaqin toshdan ishlangan predmetlar topilgan. Ular parma, uskuna, bolg’a,. Teri oshlash toshlari, o’lchov standarti bilan bog’liq maxsus og’irlik o’lchov toshlari, to’qimachilik dastgohining toshlari edi. Qimmatbaho toshlardan turli xil taqinchoqlar, tumor va muhrlar yasash ham professional yuksaklikka ko’tarilgan. Sarazmning yuqori qatlamidan noyob muhr topilgan. U doira shaklida bo’lib, uning yuzasini aylanasi