O’rta Osiyoda bronza davri madaniyatlari
Mavzu: O’rta Osiyoda bronza davri madaniyatlari. Reja: 1.Bronza davri jamiyatining rivojlanishi va xususiyatlari. 2. O’rta Osiyo bronza davri jamiyatining ijtimoiy-iqtisodiy va etno madaniy jihatidan rivojlanish omillari. 3. Bronza davrida tarixiy jo’g’rofiya sug’orma dexqonchilik vohalarining vujudga kelishi (Oltintepa, Namozgohtepa, Sopolli, Jarqo’ton, Sarazm).
O’rta Osiyoda tabiiy sharoitning hozirgi holatga kelish imkoniyatining huruj hududlari ko’chib, yangi sug’oriladigan dexqonchilik vohalarining vujudga kelishiga sabab bo’ldi. Misdan qadimgi mehnat qurollari tomonidan tayyorlangan oziq-ovqat maxsulotlari yil sayin aholi sonining oshib borishi natijasida aholining iqtisodiy ehtiyojini qondira olmadi. Insoniyat endi misga qaraganda mehnat unumdorligi miqdorini oshiradigan ashyoni izlashgatushdi, uni ixtiro qildi, eritib xilma-xil mehnat qurollari, zeb-ziynat buyumlarining yasashni boshlab yubordilar. Mil.avv. III-II ming yilliklarda O’rta Osiyo jamiyatida tarixiy jarayon, ijtimoiy-iqyisodiy va etnomadaniy sohadagi yuz bergan o’zgarishlarni quyidagicha tasavvur qilish mumkin: 1.Tarixiy taraqqiyot, ishlab chiqarish yanada taraqqiy etib bordi; 2 Insoniyat tomonidan yangi hududlar o’zlashtirilishi davom etdi; 3.Xo’jalikda mis va toshdan qilingan qurollarishlatildi; 4.Sug’orish inshootlari qurildi; 5.Shu asosda dexqonchilik maxsulotlari insonlar ehtiyojini qondira boshladi; 6.Aholi soni oshib bordi; 7.Loy me’morchiligi va qurilish tehnikasi bilimlari o’sib bordi; 8.Me’morchilik,rejalashtirish va qurilish bilimlari jamiyatda mustahkam o’rin olishi; 9.Shu bilimlar asosida ibtidoiy mudofa inshootlari vujudga keldi; 10.Mudofa inshootlar, uy qurilishidato’g’riburchakli xom g’isht ishlatildi; 11.Qabilalar o’rtasidagi to’qnashuvlar vujudga keldi; 12.O’rta Osiyo hududida notekis darajada taraqqiy etygan ikki xo’jalik usuli mavjud edi;
13.Qo’shni qabilalar bilan iqtisodiy va madaniy sohada o’zaro munosabatlar vujudga keldi; 14.Markaziy Osiyo mudofa maktabi shakllandi. Tarixiy taraqqiyotning to’xtovsiz rivojlanishi natijasida ishlab chiqarish kuchlarining markazlashish jarayoni yanada rivoj topdi. Xo’jalik sohasidagi bilimlarning ixtisoslashishi yuz berdi. Insoniyat tomonidan xo’jalik sohasidagi faoliyati davom etdi, sifat jihatidan muhim o’zgarishlar ro’y berdi. Sug’orilish madaniyatining o’sishi, mehnat qurollarining xilma- xilligi, aholi sonining to’xtovsiz o’sib borishi, qaqbilalar o’rtasidagi munosabatlarning keskinlashishi, chorvador qabilalarning vujudga kelishi, tarixiy vaziyatning notinchligi, yanada mukammal bilimlarning paydo bo’lishiga olib keldi.Er.avv. III-II ming yilliklarda O’rta Osiyo hududlarida shaharsozlikmadaniyati shakllandi. Mil.avv. III ming yillikda insoniyat bronzani o’zlashtirib olib, undan mehnat qurollari tayyorlagan va xo’jalikda keng foydalangan. Bu davrda dexqonchilik va chorvachilik xo’jaligi taraqqiy etdi. Bu davrdan boshlab xo’jalikning turli sohasidagi bilimlar vujudga keldi, manzillar hajmui yanada kengaydi, aholi soni oshib bordi (5 – 10 ming kishi). Xullas, metall ishlatishga o’tilishi qadimgi davrning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini tezlashtirdi. Natijada O’rta Osiyo dasht va tog’ oldi hududlariga chorvaga ega bo’lgan o’troq aholining bir qismi ko’chib borib joylashdi. Bu tarixiy jarayon jamiyat taraqqiyotida dastlabki yirik mehnat taqsimoti bo’lib, ilk shaharlar paydo bo’lishi va rivojlanishiga zamin bo’ldi. Bronza davriga kelib O’rta Osiyoning janubiy hududlarida ilk dexqonchilik xo’jaligi tabiiy sug’roma dexqonchilik madaniyati qaror topdi. Bronza davri jamiyatining ijtimoiy-iqtisodiy va etno madaniy rivojlanishining manbasi
mil.avv. IV ming yillikda paydo bo’lgan edi. O’rta Osiyo qadimgi tarixining bronza davri mil.avv. III – II ming yilliklarni qamrab olib, shaharsozlik madaniyati shakllandi. Budavrga oid dastlabki yodgorliklar Janubiy Turkmanistondagi Anovning pastki qatlamlari, Nomozgohtepa yodgorliklarida o’rganildi. Bronza davri yodgorliklari O’rta Osiyoning boshqa hududlarida tadqiq etildi. Bronza davri O’rta Osiyoning keng dasht hududlarida ovchilik – chorvachilik xo’jaligi nisbatan ustun bo’lgan dasht qabilalarining joylashishi, uning janubiy hidudlarida yuqori darajada rivojlangan ko’ptarmoqli hunarmandchilikka ega bo’lgan o’troq dexqonchilik qabilalarining yoyilishi bilan izohlanadi. Tadqiqotchilarning fikricha, ibtidoiy dexqonchilik bronza davrining boshlarida o’zining birinchi bosqichini bosib o’tdi. Motiganing ishlatilishi va ibtidoiy omochning paydo bo’lishi O’rta Osiyoning tabiiy sharoiti qulay bo’lgan tog’ oldi hamda daryo vohalari hududlarida dexqonchilik jadallik bilan rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratdi. O’troq sug’orma dexqonchilik hududlarida bronza davri o’z rivojlanishining ikkita davrini boshdan kechiradi. Birinchi davr – mahalliy o’troq dexqonchilik madaniyatining rivojlanishi va uning ravnaqi, ilk shaharsozlik madaniyatining shakllanish davri. Ammo Qadimgi Sharqning keng hududlarida bo’lgani kabi O’rta Osiyo ilk dexqonchilik jamoalari rivojlanishining birinchi davrida o’z taraqqiyotining yuqori cho’qqisiga chiqa olmadi. Aksincha, to’satdan tushkunlikka o’tib inqirozga yuz tutdi. Inqiroz holatining asta – sekinlik bilan bartaraf etilishi esa ikkinchi davr uchun xos xususiyatdir. O’rta Osiyoning janubi – g’arbidagi bronza davri yodgorliklari tadqiqotchilar o’rtasida munozaralarga olib keldi. To’rtta – Anov I – IV majmualari tadqiqotchilar tomonidan ko’plab munozaralarga
sabab bo’lishiga qaramay o’tgan 1949 -1950 yillarda B.A.Litvinskiyning Nomozgohtepadagi qazishlari tufayli ushbu bronza davriga oid yodgorliklarida qazish ishlari olib borildi. 1952 yilda B.A.Kuftin Kopetdog’ tog’ oldi hududlaridagi yodgorliklar xronologik tabiatini tuzish uchun maxsus tadqiqot ishlari olib bordi. Asosiy stratigrafik ishlar shu hududlardagi yirik, madaniy qatlami 34 metr bo’lgan Nomozgohtepada olib borildi. Ushbu tadqiqotlar natijasida tadqiqotchi ketma – ket keluvchi oltita majmuani – Nomozgoh I – IV ni aniqladi. Uning fikricha, Anov I va Nomozgoh I ilk eneolit, Nomozgoh II o’rta eneolit, Nomozgoh III so’nggi eneolitga, Nomozgoh IV, V, VI esa ilk, rivojlangan va so’nggi bronza davrlariga oiddir. 1956 yilda V.M.Masson ushbu majmualar topilmalarini qo’shni Erondagi topilmalar bilan qiyosiy tahlil asosida quyidagi xronologiyani taklif etdi: Joytun va Anov I – mil. avv. V ming yillik, Nomozgoh I, II – mil. avv. IV ming yillik, Nomozgoh III, IV – mil. avv. III ming yillik, Nomozgoh V – mil. avv. II ming yillikning birinchi yarmi, Nomozgoh VI – mil. avv. II ming yillikning ikkinchi yarmiga oiddir. Shuningdek, V.M.Massonning fikricha, Janubiy Turkmanistondagi ilk eneolit majmui Anov I ning paydo bo’lishi Kopetdog’ tog’ oldi hududlaridan turli qabilalar guruhlarining kirib kelishi bilan bog’lanadi. Tadqiqotlar natijalaridan xulosa chiqarar ekanmiz, Janubiy Turkmaniston jamiyatida bu davrdagi yangilik shundan iborat ediki, aholi turmush tarzida mis va xom g’isht paydo bo’lib manzilgohlar aniq rejaviy tuzilishga ga bo’ladi, sopol idishlarning sifati yaxshilanib naqshlarida yangi usliblar shqkllanadi hamda to’qimachilik paydo bo’ladi.