Eneolit Bronza va ilk temir davrlarida O’rta Osiyo
Eneolit Bronza va ilk temir davrlarida O’rta Osiyo Reja: 1. Eneolit davrida O’rta Osiyo 2. Bronza davri dehqonchilik manzilgohlari 3. Ilk temir davrida O’rta Osiyo
Ilk va o‘rta paleolit davri insoniyatning ibtidoyi to‘da davri bo‘lib, so‘nggi paleolit davridan (40-12 ming yillik) urug‘chilik jamoasi davri boshlangan. Urug‘chilik jamoasida ayollar yetakchilikni egallaganliklari sababli, bu davrdan matriarxat (ona urug‘i) hukmronligi davri boshlanadi. So‘nggi paleolit davrida hozirgi zamon turidagi odam shakllangan. Bu davrda ilk diniy tasavvurlar- animizm,fetishizm, totemizm vujudga kelgan. Bu esa san’atning paydo bo‘lishiga asos bo‘lgan. So‘nggi paleolit davrida yevropoid, negroid, mongoloid – irqlari shakllangan. Pichoqlar paydo bo‘lgan. Suyakdan garpun, igna, bigiz ishlaganlar. Ibtidoiy odamlar o‘zlari uchun chayla, yarim yerto‘la va yerto‘lalarni qurib yashay boshlaganlar. So‘nggi paleolit davriga oid yodgorliklar kam topilganiga qaramasdan, ulardagi madaniy qatlamlarning yaxshi saqlanishi so‘nggi paleolit davri taraqqiyotining o‘ziga xos tomonlarini ochishga imkon berdi. Hozirgi kunda Markaziy Osiyoda 30 ortiq yodgorlik topib o‘rganilgan bo‘lsa, shulardan 10 tasi O‘zbekistondan topilgan. Ulardan Zarafshon vohasida topilgan Samarqand, Siyobcha, Xo‘jamazgil makonlari yaxshi o‘rganilgan. Markaziy Osiyo xududidan topilgan tosh qurollari G‘arbiy Osiyo xududlaridagilarga o‘xshash bo‘lganligi, ular o‘rtasida madaniy aloqalar borligini ko‘rsatadi. Janubiy O‘zbekistondagi Teshik tosh makonidan topilgan odamning ko‘mish marosimi buning yorqin misolidir. 1 Toshkent viloyatida ulkan mamont qoldiqlari topildi Mahalliy Paleontologlar O‘zbekiston hududida ilk bora janubiy mamont qoldiqlarini topishga muvaffaq bo‘ldi. Topilma Toshkent viloyati Ohangaron vohasidagi Ovjazsoy hududida kashf qilingan. 2013 bahor oyida sodir bo‘lgan kuchli sel oqimi natijasida janubiy mamont tishlari yer yuzasida ko‘rinib qolgan. Tanasining qolgan qismi soy o‘zani yaqinidagi jarlik tagida joylashgan. Hozircha jonivorning faqat tishlari kovlab olingan bo‘lib, tanasini chiqarib olish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilishi ko‘zda tutilgan. Qoldiqlardan paleontologlar ushbu jonivorning 1 History of civilizations of Central Asia. The dawn of civilization: earliest times to 700 B.C. Volume I . UNESCO 1992 , р. 21.
1 million 200 — 1 million 800 yoshdagi ancha yirik turdagi mamontligini aniqlashdi. Uning dandon tishlari 100 kilogramm og‘irlikda bo‘lib, uzunligi 4 metrni tashkil etadi. Mutaxassislar fikricha, janubiy mamont tabiatda ro‘y bergan iqlim o‘zgarishlari natijasida bundan o‘n ikki ming yillar avval qirilib ketgan. Uning qoldiqlarini topish va ilmiy jihatdan o‘rganish sayyoramizdagi jo‘g‘rofiy, geologik, ekologik holatlarni tadqiq qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ovjazsoydan topilgan fil suyagi ham ana shunday noyob va muhim ashyo hisoblanadi. O‘zbekistonda Urug‘chilik jamoasi bundan 40 ming yil avval to milodiy 4 asrlargacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu davr arxeologik jihatdan so‘nggi paleolit, mezolit (o‘rta tosh davri), neolit (yangi tosh davri), eneolit (mis-tosh davri), bronza va ilk temir davrlari deb ataladi, tarixiy nuqtai nazardan esa, matriarxat, patriarxat va harbiy demokratiya bosqichlariga bo‘lib o‘rganiladi. Mil. avv. 40-12 ming yilliklar davomida, ya’ni so‘nggi paleolit davri, matriarxat tuzumining ilk bosqichida, kishilik tarixida qator ixtirolar yuz berdi. Bu kromon’on odamlarning jamiyat hayotiga kirib kelishi bilan bog‘liq. Sun’iy olov ixtiro qilinadi, onalar jamoani sardoriga, urug‘ni davom ettiruvchi iloh sifatida qarash paydo bo‘ladi. Bu davrda birinchi bor onalarning siymolarini chizish, haykallarini yasay boshlash, ya’ni ibtidoiy san’at kashf etildi; birinchi bor o‘ziga kulba qurishni o‘rganadilar, insoniyatning uch irqi shakllanadi. Demak, «ibtidoiy urug‘chilik jamoasi» deb atalgan kishilik jamiyati tarixi boshlanadi. Matriarxatda mulk ijtimoiy xarakterda, urug‘ jamoasiniki edi. Chunki, jamoaning iqtisodiy asosini o‘zlashtiruvchi xo‘jalik tashkil etgan Qachonkim, ibtidoiy ajdodlarimiz dehqonchilik va chorvachilik hamda hunarmandchilikni kashf etishgach, jamoani iqtisodiy asosini ishlab chiqaruvchi xo‘jalik tashkil etadigan bo‘ldi, xususiy mulkchilikning kelib chiqishiga keng imkoniyatlar yaratildi. Endi onalarning jamoada tutgan mavqei sekin-asta pasayib, jamoaga barqaror, mo‘may daromat keltiruvchi otalar bosh bo‘lib qoldi. «Ibtidoiy urug‘chilik jamoasi» zaminida yuz bergan birinchi ijtimoiy mehnat taqsimoti (dehqonchilik va chorvachilik xo‘jaliklarining ixtisoslashuvi) va undan keyin yuz
bergan ikkinchi ijtimoiy mehnat taqsimoti (hunarmandchilikning dehqonchilikdan ajrab chiqishi), ota urug‘ining (patriarxatning) uzil-kesil qaror topishiga olib keldi. Patriarxatda mulk matriarxatning qator ijtimoiy huquqiy normalarini saqlagan h olda , xususiy lasha boshladi. Xususiy mulkning kurtaklari dehqonchilik va chorvachilik xo‘jaliklarining kashf etilishi, jamiyatning iqtisodiy asosi o‘zlashtiruvchi xo‘jalikdan ishlab chiqaruvchi xo‘jalikka o‘tishi bilan bog‘liq edi. O‘rta Osiyoning janubi-g‘arbiy mintaqalarida ibtidoiy dehqonchilik va chorvachilik neolit davridan (Joytun madaniyati) boshlandi. Mintaqaning markaziy va shimoli-g‘arbiy hududlarida neolit davrida hali o‘zlashtiruvchi xo‘jalik hamon davom etar edi (Kaltaminor madaniyati). E neolit davrida ibtidoiy jamoalar ijtimoiy va iqtisodiy hayotida yuz bergan tub o‘zgarishlar tufayli mulkchilikning avvalgi ijtimoiy xarakteri o‘zgarib, birinchi navbatda, yerga va chorvaga bo‘lgan xususiy mulkchilik kelib chiqadi. Yerga xususiy egalik qilishning kelib chiqishi dastlab, bronza davrida, qadimgi dehqonchilik mintaqalarida, chorvaga xususiy mulk egaligining kelib chiqishi esa, dastlab dasht mintaqalarida yuz berdi. 2-masala Urug’chilik jamoasi o’z taraqqiyotida asosan ikki bosqichni bosib o’tdi. Birinchi bosqichda urug’ ijtimoiy ishlab chiqarishga asoslangan. Bu davrda mulk tub ma’noda jamoaniki edi. Jamoa mulkini esa onalar boshqarar edi, ya’ni jamoa matriarxal urug’chilik asosida qurilgan. Bir urug’ jamoa a’zolari o’rtasida oila qurish man etilgan, chunki ona urug’i jamoasi a’zolari ona tarafidan bo’lgan qon- qarindoshlardan tashkil topgan. O’sha zamon urug’ jamoalarining urf-odatlariga ko’ra bir urug’ jamoasining erkaklari boshqa urug’ jamoasining ayollari bilan o’zaro kelishuv asosida "oila" quradilar. Tug’ilgan bola ona urug’iga tegishli tog’a va xolalarni taniydi. Tog’aning mavqei bola oldida yuqori bo’lib, u urug’da bola uchun juda e’tiborli shaxs bo’lgan. CHunki, tog’a ona urug’i jamoasi uchun moddiy boylik yaratadi. Ota esa o’z ona urug’i manfaati uchun xizmat qiladi. Biroq ona urug’i jamoasi tizimidagi bunday tartiblar abadiy emas edi.
Dehqonchilik va chorvachilik kashf etilgach, bir vaqtning o’zida xo’jalikka boshqarish onalar uchun qiyin bo’lib qoldi. Otalar esa ona jamoasiga mehmonday kelib, ish bitgach, o’z urug’iga qaytib ketgan. Bunga onalar ortiq chidab tura olmaganlar. Farzandlarni boqish, xo’jalik bilan shug’ullanishda uchraydigan turmush qiyinchiliklari ayollarni o’z yerlari oldiga talab qo’yishlariga majbur etgan. SHunday qilib, ona urug’i jamoasida asta-sekin iste’molchi guruh paydo bo’ladi. Bu guruh asosini ona-ayol va uning farzandlari tashkil etardi. Ayollar endi boshqa urug’dan qatnovchi eridan yordam talab qila boshlaydi. SHunday qilib, ikki urug’ a’zolaridan er-xotin-juft oila paydo bo’ladi. Bu hodisa jamiyat tarixida sodir bo’lgan muhim voqea edi. Dastlab, bu oila urug’ jamoasidan tashqarida tashkil topdi. Juft oilaning tashkil topishi bilan ibtidoiy urug’chilik jamoasi zaminiga zid ketdi. Endi urug’dan tashqrida tashkil topgan oilaning manfaati, uning iqtisodiy munosabatlari urug’ jamoasi manfaatiga mos kelmay qoldi. SHu tariqa urug’dan tashqarida mustaqil oila jamoalari paydo bo’ldi. Ularni birlashtirgan asosiy omil - ishlab chiqarish edi. Olimlar ularga "oilalar jamoasi yoki ishlab chiqarish jamoalari" deb nom berganlar. Ular aslida tub ma’nodagi urug’ jamoalaridan farq qiluvchi, turli urug’ a’zolaridan tashkil topgan juft oilalarning ishlab chiqarish jamoalari edi. SHunday qilib, urug’ jamoasi o’zining dastlabki mazmunini, tub ma’nodagi ijtimoiy ishlab chiqarish va jamoa mulkchiligiga asoslangan qiyofasini yo’qotdi. Miloddan avvalgi III ming yillikning oxirlari va II ming yillikning boshlariga kelganda, qadimgi dehqonchilik madaniyati metropoliyalarida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishlar tufayli demografik portlash yuz beradi, ya’ni suv resurslari va ekinbop yer maydonlarining tanqislanib borishi tufayli metropoliya aholisining bir qismi unumdor, ekinbop yerlar qidirib, yirikroq daryolar quyi havzalariga borib o‘rnashadilar. Ana shunday yangi dehqonchilik markazlari Murg‘ob vodiysida va Qadimgi Baqtriyada bronza davrida shakllanadi. Chunki, O‘rta Osiyoning janubiy o‘lkalari (Marg‘iyona, Baqtriya) birinchidan, O‘rta Sharq mintaqalariga yaqin va chegaradosh edi; ikkinchidan, ulardagi tabiiy – geografik iqlim sharoiti bu