logo

Eneolit va bronza davri moddiy madanyati 42v

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

192 KB
Mavzu: Eneolit  va bronza davri moddiy madanyati .
                                                         
                               
                                            Reja:
I.Kirish.
II.Asosiy qism.
1.   Eneolit va bronza davri haqida umumiy ma’lumot.
2.   Eneolit davri arxeologiyasining o’rganilishi .
3.   Bronza davri arxeologiyasining o’rganilishi .
III.Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati                                        
KIRISH
Bizga   ma’lumki   tariximiz   juda   boy   va   qiziqarli   davrlarni   o’z   ichiga   olgan.
Bu   tarixni   biz   arxeologik   topilmalarsiz   tasavvur   eta   olmaymiz   va   xalqimizning
turmush   tarzi   qadimda   qay   yo’sinda   bo’lganligini   bevosita   biz   arxeologik   manba
va   topilmalar   orqali   o’rganamiz.   O’zbekiston   o’z   mustaqilligini   qo’lga   kiritishi
munosabati   bilan   ijtimoiy-iqtisodiy,   siyosiy   va   madaniy   sohalarda   tubdan
o’zgarishlar yuz berdi. Xalqimizning o’z yurti, tili, madaniyati, qadriyatlari tarixini
bilishga,   o’zligini   anglashga   qiziqishi   ortib   bormoqda.   Odamzod   borki,   avlod-
ajdodi   kimligini,   nasl-nasabini,   o’zi   tug’ilib   voyaga   yetgan   qishloq,   shahar,
xullaski, Vatanining tarixini bilishni istaydi” 1
. Shu tufayli tarix fanining nazariy va
ilmiy-metodologik   asoslari,   maqsad   va   vazifalari   tubdan   yangilandi.   O’zbek
xalqini   birlashtiruvchi,   jamiyatni   axloqiy   va   mafkuraviy   jipslashtiruvchi   kuch   -
milliy   g’oyani   mustaxkamlash   yulida   tarixiy   jarayonlarni   to’g’ri,   obyektiv   va
tarixiylik  nuqtai-nazaridan  xolisona  yoritib  berish   tarix  fani  oldida  turgan  muxim
vazifalardan biri bo’lib qoldi.  
Mustaqillik   tufayli   o’tmish   tarixga,   uning   ob’yektlariga,   ularning   tarixiy
talqinidan   kelib   chiqadigan   natijalarga   qarab   tahlil   etish   usullari   qo’llanila
boshlandi.   Natijada   Zarafshon   vohasining   suv   havzalariga   yaqin   mintaqalarda
tarkib   topgan   yodgorliklar   asosida   o’troq   dehqonchilik   xo’jaligi   yotganligi,   ular
“kechagi”   qishloqlar   bo’lgan   bo’lsa,   “bugun”,   sekin-asta   yirik   ilk   shaharlar
markaziga  aylanganligi  haqida fikr-mulohazalar  qilina boshlandi. Tarixiy ildizlari
1
 Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йук. -Т.: "Шарк", 1998, З-б. Qadimgi Sharq sivilizatsiyasiga borib taqaluvchi ilk urbanistik jarayonlar miloddan
avvalgi   II-ming   yillikning   oxiri   va   I-ming   yillikning   boshlaridan   yana   jonlana
boshlaydi.   Ana   shu   jonlanishning   guvohi   sifatida   Zarafshon   vohasining   o’rta
qismida   Ko’ktepa,   Afrosiyob   kabi   ilk   shaharlar     qad   ko’taradi.   "Mustaqillikka
erishganimizdan keyin xalqimizning o’z tarixi, tili, madaniyati, qadriyatlari tarixini
bilishga,   o’zligini   anglashga   qiziqishi   ortib   bormoqda,   bu   tabiiy   hol.   Odamzot
borki,   avlod-ajdodi   kimligini,   nasl-nasabini,   o’zi   tug’ilib   voyaga   yetgan   qishloq,
shahar,   xullaski,   Vatanining   tarixini   bilishni   istaydi",   -   deb   yozgan   edi   birinchi
prezident   I.A.Karimov.   Shuningdek,   yurtboshimiz   bu   borada   tarixchi   olimlarimiz
oldiga   sharafli   va   dolzarb   vaziflar   qo’yib   "Davlatimiz,   mamlakatimizning
haqqoniy   ilmiy   tarixini   yaratish   keng   jamoatchiligimiz   uchun   g’oyat   muhim   va
dolzarb masalaga aylanish lozim", - deb ta’kidlagan edi 2
.
                Shunday qilib, Zarafshon vohasining bronza davri qabilalarining madaniyati
haqida   juda   katta   arxeologik   materiallar   to’plangan.   Har   bir   davr   arxeologik
komplekslari   baholi   qudrat   sistemalashtirilgan   aniqliklar   kiritildi.   Shu   bilan   birga
ularning   ba’zilarini   o’rganish   metodikasi,   davriy   sanalarini   aniqlash,   tarixiylik
nuqtai   nazaridan   ob’yektiv   tahlil   etish   va   boshqa   qator   masalalar   o’z   ilmiy
yechimini   topa   olmay   ochiq   qolgan   yoki   hozirga   qadar   ilmiy   bahslidir.   Ayniqsa,
tarixiy   taraqqiyotni   tadrijiy   ketma-ketlikda   holisona   tahlil   etish,   iqtisodiy   va
siyosiy   inqirozlarning   kelib   chiqish   sabablari,   ilk   shahar   madaniyatining   yanada
jonlanish   tarixiy   ildizlari   ochilmay   qolgan.   Eng   muhimi,   yuqorida
ta’kidlaganimizdek,   bu   boy   tarixiy   va   madaniy   meros   talqini   va   ilmiy   tahlili
ularning mualliflari tomonidan yaqingacha marksistik metodologiya asosida tadqiq
qilinib   kelingan   edi.   Shu   boisdan   ushbu   tadqiqotning   asosiy   maqsadi   mavzu
bo’yicha   to’plangan   juda   boy   arxeologik   materiallarni   tarixiy   ketma-ketlikda
ob’yektiv   tahlil   etib,   vohada   ibtidoiy   urug’chilik   jamoalari   tarixini   rivojlanish
jarayonlarini kuzatish va ularni umumlashtirishdan iborat.
2
  Каримов И.А. Биз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз. Асарлар, 7-жилд, -Т: «Ўзбекистон», 1999,                   Eneolit - ( lot . “eneus” - mis,   yun . “litos”-tosh) – mis-tosh davri mil. avv.V
ming   yillik   boshlari   -   III   ming   yillikning   boshlari   bilan   sanalanadi.   Ayrim
mamlakatlarda   bu   davr   xalkolit   (xalko-mis)   deb   ataladi.   Eneolit       davrning   katta
yutug‘i   kishilarning   dastlabki   metall-mis   bilan   tanishib,   tosh   qurollari   bilan
birgalikda   mis   qurollaridan   ham   foydalana   boshlanishidir.   Mis   qurollari   tosh
qurollariga nisbatan ancha takomillashgan, ish unumdorligi 8 baravar g a oshgan. 
Markaziy   Osiyoning   o‘ziga   xos   tabiiy-geografik   sharoitlariga   ega   bo‘lgan
keng   Markaziy   Osiyoning   o‘ziga   xos   tabiiy-geografik   sharoitlariga   ega   bo‘lgan
keng   hududlarida   har   xil   xo‘jalik   shakllarini   tashkil   qilgan   qabilalarning
madaniyati tarqagan bo‘lib, ular ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotining turli
bosqichlarida   bo‘lgan.   Mintaqaning   janubiy   hududlarida   neolit   davri   ilk   o‘troq
dehqonchilik   ishlab   chiqarish   xo‘jaligi   negzida   sug‘orma   dehqonchilikning
taraqqiyoti   natijasida   Qadimgi   SHarq   sivilizatsiyasiga   xos   taraqqiyot   yo‘lidan
borgan.   SHimoliy   hududlarda   yashovchi   aholi   hayotida   ixtisoslashgan
o‘zlashtiruvchi xo‘jalik shakli asosida kun kechirish tarzini saqlab qolgan.  50-yillari ikkinchi yarmi va 60-yillar davomida mazkur ekspedsiya tarkibida
V.M.Masson,   I.N.Xlopin,   V.I.Sarianidi,   O.K.Berdiev   va   boshqa   arxeologlar
amalga   oshirilgan   taqiqot   ishlari   davomida   eneolit   davriga   oid   taxminan   30   dan
ortiq   yodgorliklar   aniqlanib,   ularning   yigirmaga   yaqinida   qazish   ishlari   amalga
oshirilgan.  Janubiy   Turkmanistonning   eneolit   davri   arxeologiya
yodgorliklarining  uch guruhi ajralib turadi. 1) kichik manzilgohlar-maydoni 0,1-2
ga., 2) o‘rtacha manzilgohlar-maydoni 4-10 ga., 3) yirik manzilgohlar-maydoni 12
- 20 ga. Birinchi va ikkinchi guruh manzilgohlari eneolit davri dehqon jamoasining
qishloqlarini   tashkil   etgan.   Uchinchi   guruh   yodgorliklari   alohida
mikrovohalarining dehqonchilik markazi bo‘lishi mumkin. 
So‘nggi   eneolit   davrida   Qadimgi   SHarq   mamlakatlarida   sivilizatsiya
shakllangan   davrda   Markaziy   Osiyoning   janubiy   hududlarida   sug‘orma
dehqonchilik   rivojlanib,   ilk   sivilizatsiyalarga   xos   dehqonchilik   markazlari   qaror
topadi.   Uchinchi   va   qisman   ikkinchi   guruh   yodgorliklari   mana   shunday
markazlarining   qadimiy   o‘rni   hisoblangan.   Anovtepa,   Nomozgohtepa,   Oltintepa,
Xapouztepa,   Qoratepa,   YAlang‘ochtepa,   Mollalitepa,   CHaqmoqlitepa,
Monjuqlitepa,  Ovadantepa,   Gavachtepa   Kaushatdagi   tepa,  Dashlijitepa,   Geoksyur
guruhidagi   tepaliklar   eneolit   davrining   yirik   va   o‘rtacha   manzilgohlarini   tashkil
etadi.
    Bu   davr   uchun   uchta   arxeologik   majmua   xos   bo‘lib,   ulardan   dastlabkisi
hisoblangan Anov IA tadqiqotchi  olimlar tomonidan bildirilgan ilmiy qarashlarga
asosan   Joytun   madaniyatining   so‘nggi   bosqichlarida   g‘arbidan   bir   guruh   o‘troq
dehqon jamoasining mahalliy hududga kelib joylashishi  natijasida paydo bo‘lgan.
Joytun   madaniyatining   vorisi   sanalgan   Nomozgoh   I   majmuasi   Anov   IA   ning   3-4
metrdan iborat madaniy qatlamlarni qoplab olgan.
Namozgoh   II   (Anov   II)   bosqichida   manzilgohlar   keng   hududga   tarqala
boshlaydi.   Bu   davrda   Kopetdag   oldi   hududlarida   yashovchi   aholi   sharqqa   tomon
kengayib,   Geoksur   vohasini   to‘liq   o‘zlashtiradilar.   Bu   davrga   kelib   o‘troq
dehqonchilik   jamoalari   yangi   erlarni   o‘zlashtirishi   natijasida   ko‘p   sonli   yangi manzilgohlar  paydo  bo‘ladi.   Mazkur   davr   qatlamlarini  o‘zida aks   ettirgan  30 dan
ortiq yodgorliklar mavjud. 
Rivojlangan eneolit davriga kelib manzilgohlar maydoni kengayib, ularning
ayrimlari   (Nomozgohtepa,   Oltintepa,   Qoratepa)   yirik   ko‘rinish   oladi.   Geoksur
vohasidagi   ba’zi   bir   manzilgohlarning   atrofi   devorlar   bilan   barpo   etiladi.
Rivojlangan   eneolit   davri   uchun   muntazam   va   rejali   qishloqlar   barpo   etish   xos
bo‘lib,   ularning   ayrimlarining   atrofi   devorlar   bilan   o‘ralgan   (Mullalitepa,
YAssitepa).   Bu   davrda   ko‘p   xonali   uylar   soni   ko‘payadi.   Ko‘chalar   bo‘ylab
joylashgan   katta   jamoa   uylarini   qurishda   oldindan   puxta   o‘ylangan   aniq   rejaga
amal   qilina   boshlaydi.   Bu   davrda   manzilgohlarning   uchala   shakli   keng   tarqaladi.
Maydoni   20   ga.   maydonni   egallagan   yirik   (Nomozgohtepa,   Oltintepa,   Qoratepa)
dehqonchilik   markazlaridan   iborat   manzilgohlar   vujudga   keladi.   Bunday
manzilgohlarda 20 tagacha xonalardan tashkil topgan katta oila jamoasiga tegishli
uylar paydo bo‘lgan.
So‘nggi   eneolit   davriga   oid   manzilgohlardagi   (Geoksyur   1)   ko‘p   xonali
uylarining   ayrimlarida   alohida   xonalar   joylashgan.   Bunday   uylarning   ayrimlarida
tutatqi solib qo‘yish uchun mo‘ljallangan buyumlar va odamning kuygan suyaklari
uchraydi.   Bunday   xonalarni   tadqiqotchilar   katta   patriarxal   oilaga   tegishli   kichik
ibodatxona bo‘lishi mumkin deb, taxmin qilganlar.
Manzilgohlarda   xom   g‘ishtdan   alohida   joylashgan   kvadrat   (Qoratepa)   yoki
cho‘ziq   (Geoksyur   I)   shakldagi   jamoaning   nufuzli   a’zolari   sag‘analari   paydo
bo‘ladi.   Ularning   usti   xom   g‘ishtdan   aylana   qilib   yopilgan.   Qabrlardan
choqmoqtosh   qurollari,   sopol   idishlar,   mis   buyumlar   va   toshdan   ishlangan
marjonlar,   haykalchalar   topilgan.   SHuningdek,   jamoaviy   qabrlar   ham   uchraydi.
Ulardagi kuzatuv buyumlari son jihatdan juda kambag‘al bo‘lib, ular asosan sopol
idishlari, savatlar va kam sonli zeb-ziynat buyumlaridan iborat.
Dehqonchilik   xo‘jaligida   yangi   yutuqlarga   erishilgan.   Sug‘orma
dehqonchilik   yanada   takomillashib,   sun’iy   sug‘orish   tizimi   mukammallashadi.
Geoksyur   vohasidan   kichik   suv   omborning   o‘rni   aniqlangan.   Uning   chuqurligi   3
metrdan   iborat     bo‘lib,   taxminiy   hisobga   ko‘ra   1100   metr   kub   suv   saqlanishi mumkin ekan.  Bunday  suv  ombor   suvlari   orqali   yiliga  ikki  marta  ekin ekib  hosil
olish mukin.
O’zbekiston   hududida   eneolit   davriga   oid   yodgorliklar   juda   ham   kam
topilgan . O‘rta Osiyoning shimoliy va markaziy zona  qabilalari  metall bilan faqat
milodiy   eradan   avvalgi     3-minginchi     yillikning   oxirlarida   va   2-minginchi
yillikning boshlaridagina birinchi   bor tanishdilar. Ammo   ularning manzilgohlari
Janubiy   Turkmaniston     dehqonlarining   qishloqlaridagidek     qalin     madaniy
qatlamga   ega   bo‘lmay   balki   qisqa   muddatli   makonlar   tipidagi   «qishloq»lar   edi.
Yana   shunday   manzilgohlardan     bir   guruhi     Zarofshonning     quyi   oqimida,
Kaptarqumi va Katta Tuzkon 35 manzilgohlari misolida o‘rganilgan. 
Bu   yodgorliklar   1960-yillarning   boshlarida   A.   Asqarov     va   U.Islomovlar
tomonidan     o‘rganilgan.   Ularda     madaniy   qatlam   ming   yillar   davomidagi
shamollar   ta’sirida   buzilib   ketgan.   Taqir     va   qum     yuzasiga   chiqib   qolgan     mis
qurollarning   parchalari va sopol   siniqlariga   qaraganda, yuqorida     eslatilgan bu
manzilgohlar   miloddan   oldingi   3-2   minginchi     yillikning   chegarasida     istiqomat
qilgan eneolit davri urug‘ jamoalarining  kulbalari qoldiqlari edi. Eneolit davrining
so‘nggi   etapida,   urug‘doshlik     jamoasida     erkaklarning     roli     sezila   boshlasa-da,
lekin     hali   jamiyatni   boshqarish   ishi   onalar   qo‘lida   edi.   Shuning   uchun   jamiyat
ijtimoiy-iqtisodiy   va   madaniy   hayotida   matriarxat     hukmron   bo‘lgan.   Ibtidoiy
urug‘doshlik   jamoalarining   shu   davrga   oid     ba’zi   bir   qishloqlari   Zarafshon
daryosining     quyi   oqimida,   Amudaryo   deltasida   qisqa   muddatli   makonlar   tipida
uchratiladi.
Aslida   O‘rta   Osiyoning   bronza   davriga   oid   cho‘lli   zona   qabilalarining
yodgorligi dastlab 1938-yili qadimgi Xorazm erlarida topilgan. S.P.Tolstov boshliq
Xorazm arxeologik ekspeditsiyasi Amudaryoning quyi havzasi moddiy madaniyat
merosini   o‘rganar   ekan,   uning   Oqchadaryo   zonasida   bronza   davri   urug‘
jamoalarining   yodgorliklari   keng   yoyilganligiga   e’tibor   berdi.   S.P.Tolstov   uchma
qum   va   taqir   yuzasida   ko‘plab   uchraydigan   geometrik   chizma   naqshli   sopol
parchalariga   qarab,   ularning   qisqa   muddatli   bronza   davri   cho‘lli   zona
qabilalarining   moddiy   madaniyat   yodgorligi   ekanligini   isbotladi.   Shuningdek,   bu materiallar   Qozog‘iston   va   Janubiy   Sibir   territoriyalarida   keng   tarqalgan
Andronova madaniyatiga aynan  o‘ xshab ketishini ta’kidladi.
Qadimgi   Xorazmning   Tozabog‘yob   kanali   zonasida   tarqalgan   bu   qadimgi
madaniyat izlarini S.P.Tolstov Tozabog‘yob madaniyati, deb atadi. Keyingi 30-40
yil   davomida   Tozabog‘yob   madaniyati   materiallariga   o‘xshash   bronza   davri
makonlari va qabristonlari, yuqorida eslatib o‘tganimizdek, quyi Zarafshon va quyi
Qashqadaryo havzalarida, Toshkent vohasining adirli zonasi rayonlarida, Farg‘ona
vodiysida   keng   tarqalganligi   aniqlandi.   Anna   shu   cho‘l   zonasi   qabilalari
madaniyati S.P.Tolstov va M.A.Itina Tozabog‘yob madaniyati deb atasa, Farg‘ona
vodiysi   yodgorliklarini   B.A.Litvinskiy   Qayroqum   madaniyati   deb   ataydi.
A.Asqarov   esa   cho‘l   zonasi   bronza   davri   yodgorliklarini   Andronova
madaniyatining   Tozabog‘yob   varianti,   YU.A.Zadneprovskiy,   N.G.   Gorbunova   va
boshqalar   esa   Andronova   yodgorliklari   deb   ataydilar.   Lekin   u   cho‘l   zonasi
chorvador   qabilalarning   madaniy   merosi   qanday   nom   bilan   atalishidan   qat’iy
nazar,   ularning   materiallarining   bir-biriga   aynan   o‘xshashligi,   xronologik     bir
davrga tegishli  ekanligi masalasida ko‘pchilik mutaxassislar bir xil fikrdalar.
Ma’lumki,   arxeologlar   u   yodgorlik   moddiy   madaniyat   merosini   chuqur   va
keng   o‘rganish   tufayli   O‘rta   Osiyo     Andronova   madaniyatini     qator   lokal
variantlarga   bo‘ldilar.   Masalan,   Tozabog‘yob   madaniyatining   shakllanishida
shimoli-g‘arbiy     qo‘shni   qabilalar   Srub   madaniyati   va   Qozog‘iston   qabilalari
andronova   madaniyatining   madaniy   ta’siri,   hatto   etnik   ta’siri   katta.
Qozog‘istonning   Andronova   yodgorliklarini   o‘zida   ham   qo‘shni   Stub   madaniyati
elementlari   bor.   Yoki   Qirg‘iziston   Andronova   yodgorliklarida   o‘ziga   xos   lokal
farqlar   borki,   ularning   hech   qachon   Tozabog‘yobning   o‘zginasi,   deb   bo‘lmaydi.
Qadimgi   Xorazm   va   quyi   Zarafshonning   Tozabog‘yob   qabilalari   xo‘jalik   va
madaniy   hayotida   ham   farqlar   yaqqol   ko‘zga   tashlanadi.   Masalan,   Qadimgi
Xorazmda   Tozabog‘yob   qabilalari   xo‘jalida   dehqonchilik   ancha   rivojlangan.
Miloddan   avvalgi   II   ming   yillikning   ikkinchi   yarmiga   doir   qadimgi   Xorazmning
irrigatsiya   ariqlari   taniqli   olim     B.V.   Andrianov   tomonidan   yaxshi   o‘rganilgan.
CHo‘l   zonasi   bronza   davri     ibtidoiy   jamoalari   xo‘jaligida     bu   notekslik,   albatta terminologik   qiyinchiliklarni   keltirib   chiqarar   edi.   Lekin   terminologik
qiyinchiliklar   birgina   O‘rta   Osiyo   Andronova   madaniyati   yodgorliklari   bilan
bog‘liq bo‘lmay, balki qadimgi Xorazmning Suvyorgan madaniyatiga ham tegishli
edi.   Suvyorgan   madaniyatiga   tegishli   birinchi   yodgorlik   1945-1946-yillarda
Jobosqa’la   rayonidagi   qarorgohi   misolida   o‘rganildi.   1954-yili   Oqchadaryoning
janubiy   irmoqlari     rayonida   Qamishli–1,   Qamishli-2     qarorgohlari   tekshirilgach,
ularning   arxeologik   kompleksi     ko‘p   jihatdan   Jonbos-6   materiallariga   o‘xshab
ketishi   aniqlandi.   SHundan   so‘ng   S.P.Tolstov   Suvyorgan   madaniyatinig
xronologik etplargp bo‘linishini  aytib, Suvyorgan madaniyati miloddan avvalgi II
ming   yillikning   birinchi   yarmida   o‘ng   qirg‘oq   tomondagi   Xorazm   erlarida,
Kaltaminorlar madaniyati xarobalarida Qamishli etapi nomi bilan shakllanganligini
e’lon   qiladi.   Uning   merosxo‘rlari     (bular   Bozor-2,   Qoqcha-2   makonlari   misolida
o‘rganilgan)   miloddan   avvalgi   II   ming   yillikning   o‘rtalarida   Tozabog‘yobliklar
bilan   aralashib   ketadi   va   so‘nggi   kaundi   etapiga   kelganda,   ya’ni   “toza”   holda
uchraydi.   S.P.Tolstovning   yozishicha,   kaundi   etapi   Bozor-1   va   Kaundi-1
makonlari bazasida o‘rganilgan.
S.P.Tolstov   va   M.A.Itinalarning   yozishicha,   Suvyorgan   madaniyatining
Qamashli etapida mehnat qurollari ishlab chiqarishida chaqmoqtoshning  roli katta
bo‘lib,   bu   etapga   uchburchak   shaklidagi   paykonlar,   qistirma,   tosh,   pichoq,   qizil
rang   berilgan   sharsimon   belli   idishlar     xarakterlidir.   Bu   davrda   yirik   va   mayda
shoxli   hayvonlar   xonakilashtirilgan,   dehqonchilik   o‘z   rivojining   eng   dastlabki
etaplarini   o‘tamoqda   edi.   Aholi   xo‘jaligida   baliq   va   hayvon   ovi   salmoqli   o‘rinni
egallar   edi.   S.P.Tolstov   Suvyorgan   madaniyatini   sopol   idishlaridagi   qizil   rang
bo‘yoqlarga   asoslangan   holda,   uning   kelib   chiqish   tarixini   Janubiy   rayon   dehqon
jamoalarini  bilan bog‘laydi. Ammo Suvyorgan  madaniyatiga xos bu element  ikki
zona qabilalarini o‘rtasida bo‘lib turgan madaniy aloqalarning natijasi  edi. Aslida
Suvyorgan   madaniyatining   Qamishli   etapi   huddi   Zamonbobo   madaniyati   singari
mahalliy   halq     madaniy   merosi   bazasida,   Janubning   ta’sirida   shakllangan   ilk
bronza   davri   madaniyati   edi.   Darhaqiqat,   Suvyorgan   sopollarini   formasi
Tozabog‘yob   madaniyatida   uchramaydi.   Ular   och   qizil   bilan   pardozlangan.   Bu manzara   Janubiy   zona   qabilalarini   Nomozgoh   IV   madaniyatiga   xosdir.   Ammo
Suvyorgan   keramikasi   Janubning   kulolchilik   charxida   yasalgan   xilma-xil
idishlariga   shakli   va   ishlov   texnikasi   jihatidan   hech   o‘xshamaydi.   YAna   ham
murakkab   muammo   Suvyorgan   kaundi   etapi   bilan   bog‘liq..     CHunki   bu   davr
keramikasini   Tozabog‘yob   keramikasidan   mutlaqo   ajratish   mumkin   emas.
Keramikada   qamishli   an’anlari   endi   yo‘q,   sopollar   huddi   andronova-tozabog‘yob
idishlari   singari   qo‘pol,   mo‘rt,   chiziqli   naqsh   bilan   bezalgan.   Bizningcha,
Suvyorgan   madaniyati   kaundi   etapigp   kelganda,   Tozabog‘yob   madaniyati
tomonidan   yutib   yuboriladi.   SHuning   uchun   ham   bu   davr   keramikasida
Tozabog‘yob   an’analari   juda   aniq     va   yorqin   namoyon   etilgan.   Tozabog‘yob
yodgorliklari,   ayniqsa   Amudaryoning   Oqchadaryo   etaklarida   keng   tarqalgan.
M.A.Itina   hisobiga   ko‘ra,   200   ga   yaqin   Tozabog‘yob   madaniyati   makonlari
topilgan. Tozabog‘yobliklar huddi Zarafshonning Zamonbobo, qo‘shni Suvyorgan
qabilalari   singari   Oqchadaryoning   quyi   oqimida   toshqin   suvlaridan   hosil   bo‘lgan
ko‘l   va   ko‘lmaklar   atrofida,   zahob   erlarida   dehqonchilik   qilib,   atrofdagi   keng
yaylovlarda o‘z chorvalarini  boqqanlar. M.A.Itina Tozabog‘yob madaniyatiga oid
ko‘pgina   makonlarda   arxeologik   qazishmalar   olib   borib,   tozabog‘yobliklarning
yarim erto‘la va chaylalarda yashaganligi, ularning deg‘qonchilik xo‘jaligi tez-tez
o‘z   o‘zanini   o‘zgartirib   turadigan   azim   daryolar     suvi   bilan   bog‘liq   ekanligiva
nihoyat   shu   tufayli     ular   muqim   o‘troq   xayot   kechira   olmay,   balki   toshqin
suvlarning   o‘zgaruvchanligiga   qarab,   tez-tez   ko‘chib   yurganliklari   haqida   xabar
beradi.   Tozabog‘yobliklar   madaniy   va   xo‘jalik   hayoti   haqida,   ularning   turmush
tarzi   haqida   Angka-5,   Qavat-3   kabi   makonlar   va   Qoqcha-3     qabristoni   qimmatli
materiallar   berdi.   Tozabog‘yob   makonlarida   yarim   erto‘la   tipidagi   kulbalar
ochilgan. Ular to‘g‘ri to‘tburchak shaklida bo‘lib, ularning o‘rtacha maydoni 120-
180   m²   gacha   boradi.   Ularning   markaziy   maydonida   o‘choq   joylashgan.   Uning
atrofi   toza   saqlangan.   Xo‘jalik   chuqurchalari,   gulhanlar   va   har   xil   arxeologik
materiallar esa kulba devorlari osti  bo‘ylab to‘plangan. Bunday kulbalar bitta juft
oila  uchun   emas,   balki   bir   urug‘   jamoasi   a’zolarini   birlashtirgan   patriarxal   oilaga
mo‘ljallangan. Tozabog‘yob madaniyatiga tegishli nodir yodgorlik, bu Ko‘kcha-3 qabristoni
bo‘lib u1954 yili Xorazmda,   Ko‘kcha tog‘ida 6-7 km.lar chamasi janubi-g‘arbda,
Sulton   Uvays   tizmalarining   sharqiy   chekkasida   topib   o‘rganildi.   Qabriston
maydonida 100 dan ortiq mozorlar borligi  aniqlandi. SHundan 74 tasi  1954-1955
yillarda tekshirilib juda boy arxeologik materiallar olindi.
Ko‘kcha-3  qabristonining  74  mozoridan  har   xil   darajada   saqlangan   43  odam
skeleti uchratilgan. Mozorlari asosan bittadan, ba’zilarida esa bir vaqta yoki har xil
vaqtda   ko‘milgan   ikkitadan   skelet   uchratilgan.   Ayollar   bilan   bolalarni   kumush,
erkak va ayollarni bir qabrga ko‘mish hollari ham uchraydi. Skeletlar odatda oyoq-
qo‘llari buklangan holda o‘ng yoki chap biqini bilan ko‘milgan. Har  bir mozorda
bir   yoki   bir   nechta   sopol   idishlar,   erkaklar   mozorida   bronza   buyumlari,   ayollar
qabrida esa bronza taqinchoqlari uchraydi.
Tozabog‘yob   madaniyati   odamlarining   antropologiyasiga   kelsak   ikki   xil
tipdan   tashkil   topgan.   Bir   qism   skeletlar   cho‘l   zonosasi   Androkova     qabilalariga
oid   protoevropoid   tipini   bersa,   ikkinchi   xil   skeletlarO‘rta   Osiyoning   qadimgi
aholisi sharqiy O‘rta Er dengizi tipini tashkil etadi. Antropologlarning yozishicha,
Tozabog‘yob  odamlari   orasida    SHarqiy Evropaning  Srub  madaniyati   tiplari  ham
uchraydi.   Xullas,   Tozabog‘yob   komplekslari   S.P.Tolstov   va   M.A.Itinalar
aytganidek,   bir   necha   etnik   komponentlardan   tashkil   topgan   madaniyat   bo‘lib,
uning   mahalliy   tub   aholisiga   tegishli   bo‘lgan   kompanenti   Suvyorgan   madaniyati
ijodkorlarining tipi bo‘lsa kerak.
Shunday   qilib,   milddan   avvalgi   II   ming   yillikning   ikkinchi   yarmida
O‘zbekiston   territoriyasida,   shu   jumladan,     qadimgi   Xorazmda   keng   tarqalgan
cho‘lli zona bronza davri qabilalarining madaniyati, qaysi termin bilan atalishidan
qat’iy   nazar,   ular   chorvador   va   ibtidoiy   dehqon   qabilalarning   madaniyati   edi.   Bu
madaniyat   uchun   qo‘ldan   yasalgan   qo‘pol,   murt,   chizma   naqshli,   yassi   tubli
xurmacha   va   banka   simon   idishlar,   yarim   doira   shaklidagi   kosalar   xarakterlidir.
Bronza metalurgiyasi  bu qabilalar hayotida yuksak rivojlanadi.  Bronzadan har xil
taqinchoqlar,   shu   jumladan,   bilakuzuklar,   sirg‘alar,   oyna   va   munchoqlar   yasash,
mehnat   qurollari   –   oybolta,   xanjar,   bir   tig‘li   pichoqlar,   o‘roq   va   bolg‘alar   ishlab chiqarish,   harbiy   qurollardan   –   nayza,   paykon   va   boshqalar   yasash   keng
rivojlangan. Ammo cho‘lli zona qabilalari xo‘jaligida bronzadan mehnat qurollari
ishlab  chiqarish  qanchalik yuqori  bo‘lmasin,  hali  bronza  toshni    mehnat   qurollari
ishlab   chiqarishdan   mutlaqo   siqib   chiqara   olmagan   edi.   O‘zbekistondan   topilan
cho‘l zonasi  qabilalarining so‘nggi bronza davriga oid yana bir guruh   yodgorligi
Amudaryoning quyi  oqimi  havzasida  o‘rganildi. Bu Amirobod madaniyati  bo‘lib,
u   birinchi   marotaba   1940   yili   qadimgi   Xorazm   erida,   Amirobod   kanali   zonasida
Xorazm arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan o‘rganilgan. 1950 yillarda Amirobod
madaniyatiga tegishli yana bir necha yodgorliklar ochildi. Ular ichida materiallarga
boy   va   shu   madaniyat   haqida   to‘liq   tasavvur   bera   oladigan   yodgorlik   YAkka
Porson-2   makoni bo‘lib chiqdi. YAkka Porson-2 ni qazish natijasida 20 ga yaqin
uy-joy komplekslari – erto‘la tipidagi kulbalar o‘rganildi. Ana shu kulba maydoni
va   atrofida   g‘alla   o‘tlari,   xo‘jalik   omborlari,   o‘choq   va   gulhan   qoldiqlari   hamda
son-sanosiz   sopol   parchalari   hisobga   olindi.   Bu   erdan   tosh   yorg‘uchoqlar
bronzadan   ishlangan   bir   tig‘li   pichoqlar,   o‘roq,   bigiz   va   boshqa   predmetlar   va
ko‘plab   xayvon   suyaklari   topilgan.   Har   bir   kulbaning   o‘rtasida   o‘choq   bo‘lib,   bu
uylarning har biri bir juft oilaga tegishli ekanligidan dalolat bererdi.
  Sopol   idishlar  h ali  q o‘lda ,  kulolchilik   charxisiz   yasaladi . Ularning shakli, tipii
va   hili   ham   chegarali   bo‘lib,   xurmacha   va   kosa,   bankasimon   idish,   hamda,   sopol
qozonlardan   iborat   edi.   Idish   sirti   qizg‘ish   qoramtir   rangda   pardozlangan,   uning
yuqori   qismi   geometrik   shaklda   ishlangan   chiziqli   naqshlar   bilan   bezatilgan.
Amirobod madaniyati topilmalari ichida bronzadan ishlangan quloqli ignalar, ikki
parrakli   bronza   paykonlari,   bronza   mehnat   qurollari   yasaydigan   tosh   formalari
ko‘plab uchraydi.
Amirobod madaniyati yodgorliklaridan tosh yorg‘uchoq, bronzadan ishlangan
o‘roqlar   va   ularning   tosh   formalarining   ko‘plab   uchrashi,   hamda,   Amirobod
yodgorliklari keng yoyilgan zonalarda shu davrga oid irrigatsiya izlari va qadimgi
ekinzor   maydonlarining   ko‘plab   uchrashi,   Amirobodliklar   hayotida   chorvachilik
bilan birga dehqonchilik xo‘jaligining yuksak darajada rivojlanganligidan guvohlik
beradi. Amirobodliklar ancha o‘troq yashashgan. S.P.Tolstov   Amirobod   madaniyatining   Suvyorgan   madaniyatining   kaundi
etapi   bilan   genetik   bog‘liqligi   haqida   gapiradi   va   bu   madaniyatni   cho‘lli   zona
qabilalarining   bronza   davriga   oid   eng   so‘nggi   madaniyati   deb   ataydi.   Amirobod
madaniyati   miloddan   avvalgi         X-VIII   asrlarga   tegishli   bo‘lib,   bu   davrda
chorvador   qabilalar   orasida   ijtimoiy-iqtisodiy   tengsizlik,   ibtidoiy   jamoa   ichida
ijtimoiy diferensiyasi ancha chuqurlashgan edi.
Mil.   avv.   II   ming   yillikning   2-yarmida   O‘rta   Osiyo   hududining   ichki   qismini
tashkil   qilgan  Qizilqum,   Qoraqum   hamda   Pomir   va   Alay   tog‘larining  eng   baland
joylaridan   tashqari   barcha   muzofotlari   odamzod   jamoalari   tomonidan
o‘zlashtirilgan   edi.   O‘rta   Osiyoning   markaziy   va   shimoliy   sarhadlarida   asosan
chorvador qabilalar yashab, o‘z davriga xos madaniyat sohiblari bo‘lganlar. O‘rta
Osiyoning janubida, Kopetdog‘ va Pomir tog‘oldi hududlarida o‘troq dehqonchilik
madaniyatli   qabilalar   yashagan   bo‘lib,   ular   xo‘jalik   madaniy   turmushda   ancha
ilgarilab   ketishga   erishgan   edilar.   Bunday   ma’qul   tabiiy   geografik   va   ekologik
sharoiti   kelishgan   dehqonchilik   vohalar   va   tog‘oldi   pastqam   hosildor   joylarda
Anovtepa,   Namozgoh,   Sopolli,   Oltintepa,   Gonur,   To‘g‘oloq,   Jarqo‘ton,   Dashli
singari ilk shaharlar qad ko‘tarib, ular o‘z navbatida shu dehqonchilik vohalarining
markazlari   ham   hisoblangan.   SHuni   aytish   lozimki,   bunday   ilk   shaharlarning
ayrimlari   mavsumiy   suvga   ega   bo‘lgan   arid,   ya’ni   qurg‘oqchilik   bilan   bog‘liq
joylarda   ham   vujudga   kelgan.   Masalan,   O‘rta   va   Yaqin   SHarqda   joylashgan
Afg‘oniston,   Eron,   Falastin,   Suriya   va   boshqalarini   shundaylar   jumlasiga   qo‘yish
mumkin.   Umumiy   miqyosda   qaralganda   janubiy   O‘rta   Osiyoning   o‘troq
dehqonchilik   madaniyati,   asosan,   vohalar   bo‘ylab   rivojlangan.   Vohalar   bo‘ylab
olib borilgan dehqonchilik xo‘jaligida ham mavjud shart-sharoitlarga nisbatan biri
ikkinchisidan   ayrim   holatlarda   farq   qilgan.   Masalan,   sersuv   yoki   doimiy   oqar
suvga   serob   bo‘lgan   vohalarda   dehqonchilik   keng   tus   olgan,   natijada,   bunday
joylarda   o‘z   davrining   yirik   makonlari   –   ilk   shaharlar   ertaroq   tashkil   topgan.
Masalan,   mil.   avv.   II   ming   yillikning   oxirgi   choragiga   tegishli   bo‘lgan   Jarqo‘ton
shahrining   egallagan   maydoni   100   ga,   mil.   avv.   II   ming   yillik   boshlariga   doir
Namozogoh tepaning maydoni 70 ga, mil. avv. III minginchi yillikning 2-yarmiga tegishli   SHaxri-Soxta   shaharchasining   maydoni   150   ga   dan   iborat   edi.   tabiiyki,
bunday   shaharlashish   inshootlari   bilan   bog‘liq   yodgorliklarni   qishloq   qo‘rg‘onlar
deb   bo‘lmaydi.   Ular   haqiqiy   ilk   shaharlar   funksiyasini   bajarardi.   Bunday
shaharlarning atrofidagi shaharmonand shaharlar bilan uzviy rivojlangan bir necha
dehqonchilik   qishloqlari   ham   bo‘lib,   ular   shu   shaharlarga   tobe   bo‘lib,   madaniy
xo‘jalik aloqalarini  yuritishganlar,  qabilalararo kelishmovchiliklar  tufayli  vujudga
kelgan   bosqinchilik   to‘qnashuvlarda   esa   shu   markaz   shaharlar   panohida   omonlik
saqlashganlar. Masalan, Jarqo‘ton yaqinida joylashgan Bo‘ston-4, Namozgohtepa,
SHo‘rtepa,   Qo‘shshatepa,   Taychanoq,   Elkantepa   hamda   SHaxri-Soxta   atrofida
joylashgan qishloqlarning egallagan maydonlari 0,5-2,0 ga dan iborat bo‘lgan.
60-yillarda   keng   ko‘lamda   bajarilgan   arxeologik
tekshirishlar   tufayli,   arxeolog   olimlarimiz   qo‘lida   Qadimgi   Baqtriya   va
Marg‘iyona   tarixiy   viloyatlari   o‘tmish   tarixi   haqida   katta   hajmdagi   manbalar
to‘plandi.   Ayniqsa,   O‘zbekistonning     janubiy   vohalarida   ish   olib   borgan   olimlar
A.A.Asqarov,   A.S.Sagdullaev,   Afg‘onistonning   shimoliy   muzofotlarida   tadqiqot
olib   borgan   V.I.Sarianidi   rahbarligidagi   guruh,   Marg‘iyona   sug‘orma   vohalarida
tekshrish   ishlari   olib   borgan   V.M.Masson   rahbarligidagi   guruh   I.S.Masimov,
M.Mamedov   kabi   arxeologlar   o‘rganilayotgan   tarixiy   viloyatlarning   ibtidoiy   va
antik   davrlariga   mansub   katta   hajmdagi   arxeologik   manbalarni   qo‘lga   kiritishib,
natijada   yangi   xulosalarga   boy   bo‘lgan   qator   asarlar   vujudga   keldi.   SHulardan
A.A.Asqarovning   «Janubiy   O‘zbekistonning   jez   davrida   qadimgi   dehqonchilik
madaniyati»   (1977),   «Sopolli»   (1973),   V.I.Sarianidining   «Afg‘onistonning
qadimgi   dehqonlari»   (1977),   «Qadimgi   Margush»   (1990),   A.A.Asqarov   va
T.SHirinovlarning   «Janubiy   O‘rta   Osiyoning   jez   davri   ilk   shahar   madaniyati»
(1993),   V.M.Massonning   «Oltintepa»   (1981),   «Birinchi   sivilizatsiya»   (1999),
A.S.Sagdullaevning   «Qadimgi   Baqtriyaning   dala   hovlilari»   (1987),
SH.B.SHaydullaevning   «Ilk   temir   asrida   SHimoliy   Baqtriya»   (2000)   kabi
mualliflar   asarlarining   joriy   qilinishi   Janubiy   O‘rta   Osiyoda   jez   va   ilk   temir
davrlarida   sodir   bo‘lgan   tarixiy   jarayonlar   haqidagi   avvalgi   tushunchalarni
o‘zgartirib yubordi va urbonizatsiya madaniyati haqida yangi yondashuv tushuncha va   xulosalarga   ega   bo‘lindi.   Bu   natijalar   esa   olimlarimizning   buyuk   ilmiy
kashfiyotlaridan edi.
Mustaqillik   olimlarimiz   ixtiyoriga   adolatli,   ilmiy
haqqoniy tariximizni yaratish imkoniyatini yaratib berdi.  Shuni   qayd   etib
o‘tish   lozimki,   yuqorida   eslatilgan   va   e’lon   qilingan   asarlarning   aksariyati   jez   va
ilk   temir   asrlari   jamiyatlarining   madaniyati,   turmushtarzi,   xo‘jaligi   va
me’morchiligi   haqidagi   manbalarni   bir   tizimga   solib,   ularning   chegara   davrini
aniqlash   kabi   masalalarni   yoritishni   o‘z   ichiga   olgan   holda,   urbanizatsiya
masalalarinining   faqat   ayrim   xususiyatlari   haqida   ma’lumot   berardi.   Bu   asarlar
orasida   A.A.Asqarov   bilan   T.Sh.Shirinov  hamkorligida  yaratilgan   «Janubiy   O‘rta
Osiyoda   jez   asri   ilk   shaharlar   madaniyati»   (1993)   kitobida   O‘rta   Osiyo
urbanizatsiya tarixi bir muncha mukammalroq ishlab chiqilgan bo‘lib, bu ish ham
asosan   jez   davri   bilan   chegaralangan   holda,   ilk   temir   davri   urbonizatsiyasi
masalalari   haqida   to‘xtamga   ega   emas.   A.A.Asqarov,   T.Sh.Shirinov   va
V.I.Sarianidilarning asarlarida muhim, dolzarb va zarur masala bo‘lgan muammo,
Qadimgi Baqtriya jez asrida shaharlashish taraqqiyot yo‘lida bo‘lganligini ilmiy va
g‘oyaviy   jihatdan   asoslab   berishdan   iborat   edi.   Demak,   bundan   kelib   chiqadiki,
O‘rta   Osiyoning   janubiy   mintaqalarini   o‘z   tarkibiga   olgan   Qadimgi   Baqtriya   va
Marg‘iyona   tarixiy   madaniy   viloyatlarida   jez   va   ilk   temir   asri,   ya’ni   mil.   avv.   II
ming yillik 1-yarmi – I ming yillik boshlaridan V asrlargacha bo‘lgan davrda sodir
bo‘lgan urbonizatsiya madaniyati tarixini o’z ichiga oladi .
Ko‘pchilik   tadqiqotchilar   fikriga   qaraganda,   bronzaning   vatani   Kichik   Osiyo   va
Mesopotamiya bo‘lgan. Qadimgi Misr, Mesopotamiya, Kichik Osiyo va Eronning
janubi-g‘arbida mil avv. III- II ming yillikning boshlarida rivojlangan jamiyat keng
ravnaq   topadi.   O‘rta   Osiyoda   bronza   davri   mil.   avv.   III   ming   yillikdan   I   ming
yillikning   boshlarigacha   bo‘lgan   davrni   o‘z   ichiga   oladi.   Tadqiqotchilarning
fikrlariga qaraganda bronza asri uchta katta xronologik davrga: ilk, rivojlangan va
so‘nggi   bronza   davrlariga   bo‘linadi.   O‘rta   Osiyoning   shimoliy   va   sharqiy hududlarida   mavjud   bo‘lgan   bronza   davri   yodgorliklari   madaniyati   janubiy
hududlardagi o‘troq madaniyatdan ajralib turadi.
O‘zbekiston   hududida   bronza   davrida   asosan   chorvachilik   va   dehqonchilik   bilan
shug‘ullangan   qabilalarning   moddiy-madaniy   yodgorliklari   Xorazmda   50   dan
ziyod   ochilgan   bo‘lib,   Tozabog‘yob   madaniyati   nomi   bilan   mashhurdir.   Bu
madaniyatga mansub  sopol  buyumlar  Qozog‘iston va Sibir  hududlaridan topilgan
sopol   buyumlarga   ancha   o‘xshab   ketsada,   o‘ziga   xos   xususiyatlari   bilan   Sharqiy
Yevropa   chorvadorlari   yaratgan   bronza   davri   Yog‘ochband   madaniyatidan,
Qozog‘iston va Sibirdagi Andronovo madaniyatidan ham farq qiladi.   Bunga asosiy
sabab , tozabog‘yobliklar orasida dehqonchilik keng tarqalgan.
Tozabog‘yob   madaniyatiga   oid   makonlarning   ayrimlaridan   qadimiy   mozorlar
(Ko‘kcha), ko‘pchiligidan esa yarim yerto‘la shaklidagi uy-joy qoldiqlari ochilgan.
Ulardan   zeb-ziynatlar,   hayvon   suyaklari,   sopol   idishlar,   toshdan   va   bronzadan
ishlangan qurollar  topilgan.  Tozabog‘yob sopol  idishlari  asosan  qo‘lda ishlangan.
Xorazmdagi so‘nggi bronza davriga oid yodgorliklar   Amirobod madaniyati   nomi
bilan   mashhur   bo‘lib,   mil.   avv.   IX-VIII   asrlarga   oiddir.   Bu   madaniyat   sohiblari
Tozabog‘yob madaniyati xususiyatlarini saqlab, yarim yerto‘la turar-joy, sug‘orish
inshootlari izlari va qo‘lda yasalgan sopol idishlar bilan izohlanadi.
Quyi   Zarafshonning   bronza   davri   yodgorliklari   Zamonbobo   madaniyati   nomi
bilan ataladi. Bu davrga mansub yodgorliklar orasida Zamonbobo ko‘li yoqasidan
topilgan   qadimgi   qabriston   ayniqsa,   diqqatga   sazovordir.   Qabrlar   yakka   va   juft
qabrlar   bo‘lib,   dafn   etish   jarayonida   ko‘mish   marosimlariga   amal   qilingan.
Qazishmalar   jarayonida   erkaklar   qabrlaridan   o‘q-yoy   poykonlari,   pichoqlar,
pichoqsimon   tosh   qurollar   va   turli   shakldagi   sopol   idishlar,   ayollar   qabrlaridan
sopol idishlar, bronza ko‘zgu, upadon, surmadon kabi pardoz buyumlari va yarim
qimmatbaho toshlardan turli shaklda ishlangan munchoq va marjonlar topilgan.
Zamonboboliklar   chaylasimon   kulbalarda   istiqomat   qilib,  dehqonchilik  va  xonaki
chorvachilik   bilan   shug‘ullanganlar.   Topilgan   ko‘plab   mehnat   qurollari ,   boshoqli o‘simliklar qoldiqlari va hayvonlar suyaklari shundan dalolat beradi. Shuningdek,
zamonboboliklar   jamoasida   hunarmandchilikning   turli   tarmoqlari,   xususan,
kulolchilik,   bronzani   eritib   undan   har   xil   ashyolar   yasash,   ayniqsa   toshni   ishlash
texnikasi ancha rivojlangan.
Zamonbobo   madaniyati   janubdagi   o‘troq   dehqonchilik   jamoalari   ta’sirida
shakllangan.   Bu   madaniyat   xonaki   chorvachilik   va   motiga   (ketmoncha)
dehqonchiligi   bilan   kun   kechirgan   Buxoroning   tub   aholisiga   mansubdir.   Bronza
davrida   Buxoro   vohasining   daryo   adoqlarida   endigina   dehqonchilik   va   xonaki
chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi ilk qishloqlar paydo bo‘lib, ular yarim yerto‘la
va shox-shabba yengil chaylalardan iborat turar joylardan tashkil  topgan. Bularda
uy   hunarmandchiligining   misgarlik,   toshtaroshlik,   to‘qimachilik   kabi   turlari
mavjud   bo‘lsada,   ammo   hali   ular   kasb-hunarning   rivoj   topgan   darajasiga   yetib
bormagan edi.
O‘zbekistonning   janubidagi   bronza   davri   yodgorliklari   qadimgi   sug‘orish
hududlari   -   Ulonbuloqsoy,   Sherobod ,  Bandixon   va   Mirshodida   topib  tekshirilgan.
Ular   Sopolli madaniyati   nomi bilan mashhurdir.
Sopollitepa   markazidan   to‘rtburchakli   istehkom,   istehkom   ichida   turar-joylar   va
xo‘jalik   xonalari,   hunarmandchilik   ustaxonalari   uchta   madaniy   qatlamdan   iborat
ekanligi aniqlangan. Sopollida qurilish, hunarmandchilik va iqtisodiy munosabatlar
ancha rivoj topgan. O‘choqlar turar joy xonalari ichidagi devor ichiga o‘rnatilgan.
Asosiy qurilish ashyosi paxsa va xom g‘ishtdir.
Sopollitepadagi   turar-joylar   tagidan   bronza   davri   qabristoni   ochilgan.   Ko‘pchilik
qabrlar   yakka   qabrlar   bo‘lib,   jamoa   qabrlari   ham   uchraydi.   Ayollar   qabrlarida
asosan   sopol   va   bezaklar   topilgan   bo‘lsa,   erkaklar   qabrlaridan   asosan   sopol,
mehnat   va   jangovar   qurollar   topilgan.   Sopol   topilmalar   deyarli   naqshlanmagan
bo‘lib, kulolchilik charxida tayyorlangan. Mil.   avv.   II   ming   yillikning   boshi   va   o‘rtalariga   oid   Sopollitepa   aholisining
xo‘jaligi   dehqonchilik   va   uy   chorvachiligiga   asoslangan.   Shuningdek,   daryo
toshlaridan   va   qumtoshdan   ishlangan   yorg‘uchoqlar   va   hovonchalar   ham   ko‘plab
uchraydi.   Bu   topilmalarning   barchasi   Sopollitepada   dehqonchilik   ancha
rivojlanganidan   dalolat   beradi.   Tadqiqotchilarning   fikricha,   Sopollitepa   hozircha
O‘zbekistondagi dastlabki eng qadimgi dehqonchilik qishlog‘idir.
Amudaryoning   o‘ng   qirg‘og‘ida   shakllangan   Sopollitepa   –   bronza   davridagi
daryodan   kechuv   yo‘lini   himoya   qiluvchi   mustahkam   oldingi   istehkom   (forpost)
sifatida   paydo   bo‘lgan.   Keyinchalik   o‘troq   dehqonchilik   jamoalari   shimoliy
chegaralarining   kengayishi   munosabati   bilan   Sopollitepa   o‘zining   ilgarigi
ahamiyatini yo‘qota boshlaydi va bo‘shab qoladi. Asosiy markaz vazifasi esa tog‘
darasidan   chiquvchi   yo‘l   ustidagi   mustahkam   qal’a   sifatida   paydo
bo‘lgan   Jarqo‘tonga   o‘tadi.
Mil.avv.   II   ming   yillikning   o‘rtalariga   kelib   Jarqo‘ton   o‘sha   hududlardagi
dehqonchilik   bilan   shug‘ullanuvchi   aholi   qabilalari   uyushmalarining   mustahkam
istehkomiga aylanadi. Aynan mana shu istehkom orqali Hisor tog‘ oldi vohalari va
janubiy   Tojikistonning   g‘arbiy   hududlariga   shimoldagi   aholining   ko‘chishlari
bo‘lib   o‘tadi.   Bu   hududlardan   topilgan   yodgorliklar   topografiyasi   va   ularni
davlatlashtirish   ushbu   jarayon   izchillik   bilan   bo‘lib   o‘tganligini   ko‘rsatadi.   Bu
jarayonning rivojlanishi mil.avv. II ming yillikning ikkinchi yarmi Amudaryoning
o‘ng   qirg‘og‘idagi   o‘troq   dehqonchilik   turmush   tarzi   kechiruvchi   aholi
manzilgohlarida   aholi   sonining   o‘sishi   va   ishlab   chiqaruvchi   kuchlarning
taraqqiyoti uchun ham keng imkoniyatlar yaratdi.O‘zbekiston hududida chorvador
qabilalarga   mansub   bronza   davri   qabristoni   Samarqand   yaqinidagi   Mo‘minobod
qishlog‘idan   topilgan.   Quyi   Qashqadaryodagi   Gujayli   qabristonidan   chorvachilik
va dehqonchilik qabilalariga tegishli bo‘lgan ashyolar, Farg‘ona vodiysi Yangiariq
hududidan   dehqonchilik   buyumlari   va   dehqonchilik   bilan   bog‘liq   qoyatosh
suratlar,   Chustdan   hunarmandchilik   va   dehqonchilikka   oid   buyumlar   ko‘plab
topilgan. Bu davrda hunarmandchilik sohasida ham katta yutuqlar qo‘lga kiritiladi. Xususan,
kulolchilik   charxida   tayyorlangan   sopol   idishlar   keng   tarqaladi.   Bunday   idishlar
qo‘lda   ishlangan   sopollardan   ancha   farq   qilib,   asosan   dehqonchilik   madaniyati
uchun   xosdir.   Kulolchilik   charxining   hunarmandchilikka   keng   kirib   kelishi,
sopolchilik   ishlab   chiqarishi   yangi   texnikasining   yaratilishiga   sabab   bo‘lib,
keyinchalik   ixtisoslashgan   hunarmandchilikka   o‘tishning   asosiy   omillaridan   biri
bo‘lib xizmat qildi.
Mil.   avv.   II   ming   yillikka   kelib   O‘zbekistonning   dasht   hududlariga   chorvador
qabilalar   kelib   o‘rnasha   boshlaydilar.   Ularning   makonlaridan   topilgan   moddiy
manbalar   Janubiy  Qozog‘istonning  cho‘llaridagi   Andronov  madaniyatiga   o‘xshab
ketadi.   Dasht   qabilalari   tarqalganligidan   ayniqsa,   sopol   idishlar,   metall   buyumlar
va   chorvador   qabilalarga   mansub   qadimgi   qabrlar   tuzilishi   dalolat   beradi.   Bu
o‘rinda   tadqiqotchilar   bronza   davridayoq   O‘rta   Osiyo   hududlarida   ma’lum
darajada etnik madaniy jarayonlar bo‘lib o‘tgan degan fikrni ilgari suradilar.
Bronza   davrining   xo‘jalik   sohasida   erishgan   eng   katta   yutuqlaridan   biri   qadimgi
dehqonchilikning   keng   yoyilishi   va   mil.   avv.   II   ming   yillikda   chorvachilikning
dehqonchilikdan   ajralib   chiqishidir.   Metall   qurollar   qadimgi   ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotni   tezlashtirgani   tufayli   O‘rta   Osiyo   dasht   va   tog‘   oldi   hududlarida
yashagan   aholi   boshqa   aholidan   (dehqonlardan)   ajralib   chiqadi   va   asosan
chorvachilik   bilan   mashg‘ul   bo‘ladi.   Bu   tarixiy   jarayon   -   kishilik   jamiyati
taraqqiyotidagi dastlabki yirik mehnat taqsimoti edi.
Bu   davr   manzilgohlarini   o‘rganib,   bu   davrda   ikki   xil   madaniyat   hukm   surgan
deyish mumkin. Birinchisi - qadimgi qabilalar dehqonchilik uchun qulay yerlarga
joylashib yuksak dehqonchilik madaniyatini  yaratgan bo‘lsalar, ikkinchisi - xuddi
birinchi   madaniyat   sohiblari   darajasida   ishlab   chiqaruvchi   kuchlarga   ega   bo‘lgan
holda dasht va tog‘ oldi yaylovlarda chorvachilik madaniyatini yaratganlar.
Bronza   davri   O‘rta   Osiyoning   ijtimoiy   tuzumida   ham   o‘zgarishlar   sodir   bo‘lib
o‘tdi.   Urug‘chilik   tuzumi   bu   davrda   ham   davom   etdi.   Ammo,   bu   davrda   ona urug‘ining   mavqei   yo‘qolib   bordi.   Metall   eritish   va   xo‘jalikning   rivojlanishi
natijasida   jamiyatda   erkaklar   mehnat   va   mavqei   birinchi   darajali   ahamiyatga   ega
bo‘lib   bordi.   Natijada   jamiyat   taraqqiyotida,   dehqonchilik ,   chorvachilik,   ovchilik
va   hunarmandchilikning   rivojlanishida   erkaklar   yetakchilik   qiladilar.   Xotinlar
erkaklar   ishlab   chiqargan   narsalarni   iste’mol   qilishda   ishtirok   etsalar   ham,   unga
egalik   qilishdan   mahrum   bo‘ladilar.   Ishlab   chiqarishda   hukmronlik   qilish   shu
tariqa   erkaklar   qo‘liga   o‘tadi   va   ona   urug‘i   tuzumi   o‘rnini   ota   urug‘i   (patriarxat)
tuzumi egallaydi.
O‘rta Osiyo hududlarida yozuv yaqin kunlarga qadar mil.avv. V-IV asrlarda paydo
bo‘lgan   deb   kelinar   edi.   So‘nggi   yillardagi   tadqiqotlar   boshqacharoq   xulosalar
bermoqda.   Xususan,   2000   yilda   Janubiy   Turkmanistondagi   Gonurtepa   qo‘hna
shahrida   ochilgan   qabrlarning   biridan   mil.avv.   III   ming   yillikka   oid   o‘yma   sopol
muhr topildi. Unda mixxat yozuvlar bor edi. Janubiy Turkmaniston qadimiyatining
bilimdoni   V.   Sarianidi   va   amerikalik   mutaxassis   T.   Sharlachlarning   fikricha,   bu
xildagi muhrlar faqat podsho atrofidagi, podsho saroyiga yaqin shaxslarga tegishli
bo‘lishi   mumkin.  Mesopotamiyadagi   Sargon  muhrlarini   (mil.avv.   2250-2200   yy.)
eslatuvchi   Gonurtepa   muhri   mahalliy   xom   ashyodan   tayyorlangan   bo‘lib,   undagi
mixxat yozuvlar «Lukaks xo‘jalik va qullar hukmdori», deb o‘qildi. Ushbu yozuv
bu yerdagi bronza davridayoq yakka hukmdor boshqaruvi va Mesopotamiya bilan
o‘zaro aloqalardan dalolat beradi.
Shuningdek,   so‘nggi   arxeologik   ma’lumotlarga   ko‘ra,   O‘zbekistonning   janubidan
ham   piktografik   belgi-yozuvlar   topilgan.   Tadqiqotchi   Sh.   Shaydullayevning
fikricha,   Jarqo‘ton   yodgorligidan   sopollarga   bitilgan   47   ta   belgidan   iborat
yozuvning topilishi ajdodlarimizning bronza davrida piktografik yozuvni yaratgani
va   o‘z   fikrini   turli   belgilarda   ifodalaganini   ko‘rsatadi.   Shuningdek,   Sheroboddagi
G‘oz qishlog‘i yonidagi ilk temir asriga oid yodgorlikdan tosh o‘g‘ir (keli) topilgan
bo‘lib, uning sirtida umumiy soni 14 ta bo‘lgan piktorafik belgi-yozuv mavjud. Sh.
Shaydullayev bu belgini Misr iyeroglifikasi bilan solishtirib ulardan biri «haqiqat»,
yana biri esa dunyoning aylanishi, ya’ni, «charxpalak» deb o‘qilishi mumkinligini taxmin qiladi. Xullas, bronza davri va uning oxirlariga kelib o‘lkamiz hududlarida
yozuv   paydo   bo‘lganligi   ilmiy   asoslanmoqda   hamda   keyingi   tadqiqotlar   bu
masalaga yanada oydinlik kiritishi shubhasizdir.
Sopollitepa   —   Surxondaryo   viloyatining   ( Muzrabod   tumani )
Sherobod   cho liniʻ   kesib o tgan O lanbuloqsoy yoqasiga joylashgan	ʻ ʻ   jez davriga   oid
arxeologik   yodgorlik . U 1968-yil arxeolog L. Albaum tomonidan topilgan. 1969—
74   yillarda   A.   Asqarov   tomonidan   o rganilgan   S.ning	
ʻ   maydoni   taxminan   3   ga .
Uning   1   ga.ga   yaqin   markaziy   qismi   mudofaa   devorlari   bilan   o rab	
ʻ
olingan.   Qal a	
ʼ   atrofidagi   maydonning   kata   qismi
buzilib,   paxta   dalalariga   aylantirilgan.   Tepaning   ustki   qismida   sopol   sinikdari
kalashib   yotganligi   uchun   u   mahalliy   aholi   orasida   S.   deb   atalgan.   S.da
o tkazilgan	
ʻ   arxeologik   kazishmalar   natijasiga   ko ra,   uning   markaziy   qismi	ʻ
murabba (82×82 m.) shaklida qurilgan qal adan iborat. Qal aning tomonlari go yo	
ʼ ʼ ʻ
3   qator   mudofaa   devorlari   bilan   o rab   olingan.   Aslida   esa,   qal ani   o rab   olgan	
ʻ ʼ ʻ
devorlar   tizimi   ichki   va   tashqi   yo laksimon
ʻ   qopqonlardan   tashkil   topgan   bo lib	ʻ
qal a   tashqi	
ʼ   mudofaa   chizig ida   tomonlarga   parallel   qilib   8   ta   yo laksimon	ʻ ʻ
qopqonlar joylashtirilgan. Qal aning ichki mudofaa chizig ining markaziga va har
ʼ ʻ
to rt   tomon   burchaklariga   bittadan,   hammasi   bo lib   8   ta   yo laksimon   qopqonlar	
ʻ ʻ ʻ
joylashtirilgan.   Yo laksimon   qopqon   tizimining   joylashish   rejasiga   ko ra,   qal aga	
ʻ ʻ ʼ
kirish   darvozasi   ham go yo 8 ta. Aslida esa haqiqiy darvoza qal a	
ʻ ʼ   jan.   tomonining
markaziga   joylashgan,   qolgan   "darvozalar"   harbiy   xavf   tug ilganda   qopqon	
ʻ
vazifasini   bajargan.   Qal aning   ichki   mudofaa   tizimida,   yo laksimon   qopqonlar	
ʼ ʻ
oralig ida, har tomonda ikkitadan murabba shaklida qurilgan	
ʻ   xonalar   bo lib, ularga	ʻ
qal a  ichki   tomonidan  eshik  ochilgan.  	
ʼ Aynan  ana shu  xonalar   tomon qal a ichiga	ʼ
joylashgan   turar   joy   majmualari   oralab   tor   ko chalar   o tgan.   Qal a   ichidagi   turar	
ʻ ʻ ʼ
joy   majmualari   uning   ichki   devorlari   bo ylab   joylashgan.   Ular   ana   shu   ko chalar	
ʻ ʻ
orqali   8   ta   mahallaga   bo lingan.   Qal a   markazida   esa   ochik,   maydon   bor.   Qal a	
ʻ ʼ ʼ
darvozasidan   boshlangan   keng   yo l   va   tor   ko chalar   ana   shu   maydon   bilan	
ʻ ʻ
bog langan. Bularning barchasi Sopollitepa jamoalarining mudofaa tizimini tashkil	
ʻ etgan. Bunday murakkab me moriy inshoot oldindan o ylangan aniq reja va g oyaʼ ʻ ʻ
asosida   qurilgan.   Sopollitepa   qal a	
ʼ   qo rg onining	ʻ ʻ   me moriy   tarhi   protoshahar	ʼ
tarkibini   eslatadi,   uni   maxsus   o ylab   topilgan   mudofaa	
ʻ   rejasi   esa
amaliy   tajribadan   kelib   chiqib,   qal a   bosh   rejasi	
ʼ   g oyasiga	ʻ   qatiy   bo ysundirilgan.	ʻ
Aynan,   mana   shunday   mudofaa   tizimi   Sopollitepa   xavfsizligini   yukrri   darajada
ta minlay   olgan.   Sopollitepa   mudofaa   tizimini   tashkil   etgan	
ʼ
uzun   yo laklar	
ʻ   dastlab   mudofaa   inshooti   vazifasini   bajargan.   Ularga   mudofaa
inshooti   sifatida   talab   so ngach,   sekinasta   boshqa   maqsadlarda   foydalanilgan.	
ʻ
Masalan,   shi moliy   va   sharqiy   ichki   yo laklar   xilxona   sifatida  foydalanilsa,   g arbiy	
ʻ ʻ
va   janubiy   yo laklar	
ʻ   kulolchilik   ustaxonalari   sifatida   foydalanilgan.   Har   bir
mahallada   urug
ʻ   jamoalarining   xilxonalari   bo lib,   marhumlar   mudofaa   devorlari	ʻ
ostiga,   uylarning   poli   ostiga   ko milgan.   Urug   boshliklarining	
ʻ ʻ   qabrlari   esa,
odatda,   oila   o chog i	
ʻ ʻ   ro parasida uchratiladi.	ʻ
Sopollitepada   o tkazilgan   qazish   jarayonida   150   dan   ortiq   turar   joy   majmualari	
ʻ
ochildi. Ularni mahalla bo yicha taqsimlaganda har bir mahalla maydoniga 15—20	
ʻ
tagacha oilaviy turar joy majmualari to g ri keladi. Lekin, ular bir vaqtda bunyod	
ʻ ʻ
etilmagan. Sopollitepada odamlar kancha vaqt yashaganligini o rganish maqsadida	
ʻ
uning   har   xil   joylarida   shurflar   solindi.   Shurf   kesmalariga   kura,   mudofaa
inshootlari va uyjoy majmualari poydevorsiz qurilgan. Oilaviy uy-joy majmualari
ko p xonali bo lib, har bir oilaga qarashli ko p xonali uyning biri devorining ostida	
ʻ ʻ ʻ
mo rili   o choq,   ikkinchisida   sandal   o rni   yoki   toza   kulli   qurbongoh   chuqurchasi,
ʻ ʻ ʻ
uchinchisidan   esa   omborxona   sifatida   foydalanilgan.   Bular   oila   birligini
anglatuvchi   muhim   belgi   edi.   Bir   necha   shunday   oila   birliklari   katta   patriarxal
urug   jamoasini   tashkil   etgan.   Sopollitepa   ana   shunday   katta   patriarxal   urug
ʻ ʻ
jamoalaridan   8   tasini   birlashtirgan   qishloq   jamoasi   edi.   Sopollitepa   uylari   va
mudofaa   inshootlari   somon   qo shilgan   xom   g ishtlardan   qurilgan.   Uy   devorlari	
ʻ ʻ
andavalar   yordamida   silliq   kilib   suvalgan   (topilmalar   orasida   sopol   andava   ham
bor),   suvoq   ustidan   havorang   ohak   bilan   okdangan.   Har   bir   patriarxal   jamoa
mahallasi   qoshida   ularning   kundalik   ehtiyojidan   kelib   chiqqan   holda   kulolchilik
sexi va metall eritish ustaxonalari mavjud. Xonalarning ba zi birlari to qimachilik	
ʼ ʻ maqsadlariga   moslab   qurilgan.   Ular   keng   va   uzun   bo lib,   to quv   dastgohiniʻ ʻ
o rnatishga   mo ljallab   qurilgan.   Ana   shunday   xonalarda   urchuq   toshlar,   suyak	
ʻ ʻ
taroqlar,   tosh   va   sopol   qadoqtoshlar   ko proq   uchratilgan.   Sopollitepada	
ʻ
to qimachilik ipak, paxta va hayvon yungi xom ashyosi asosida qurilganligi haqida	
ʻ
dalolat beruvchi topilmalar bor.
Sopollitepa sopollari charxda yasalgan, 2 qavatli xumdonda pishirilgan. Ular
nafis,   jarangdor,   naqshsiz.   Kulollar   sopol   ichida   asosiy   e tiborni   mutanosiblik   va	
ʼ
shaklga   qaratgan.   Ular   juda   sifatli   uzun   oyoqli   vazalar,   konussimon   kosalar   va
nimkosalar,   qadaxlar   va   xurmachalar,   ko za   va   ko zachalar,   xum   va   xumchalar,	
ʻ ʻ
choynak va piyolalar, tog ora va laganlardan iborat. Sopollitepada jezdan qirg ich	
ʻ ʻ
va   pichoqlar,   bolta   va   teshalar,   igna   va   bigiz,   iskana   va   randa   tishlari,   ko zgu   va	
ʻ
muhr,   surmadon   va   xilma   xil   idishlar,   bilaguzuk,   soch   turmaklagichlar,   sirg a   va	
ʻ
uzuklar, tillaqosh va qosh tergichlar ishlab chiqarilgan. Sopollitepada 158 ta qabr
ochilgan.   Ularning   deyarli   barcha   ashyoviy   dalillari   butunligicha   bizgacha   yetib
kelgan.   Qabrlar   hozirgi   zamon   qabrlaridan   farq   qilmaydi:   ayvoncha,
ayvonchalarning g arbiy chetida, undan pastroqda lahad — jasadxona, uning og zi	
ʻ ʻ
yarim engashtirilib terilgan g ishtlar bilan berkitilgan. Ayvoncha lahaddan chiqqan	
ʻ
toza   tuproq   bilan   to lg izilib   usti   suvab   qo yilgan.   Birgina   farqi   Sopollitepa	
ʻ ʻ ʻ
lahadlari kengroq, qabr og ziga yaqin bo sh maydonga turli idish tovoqlar, mehnat	
ʻ ʻ
va   boshqa   harbiy   qurollar,   taqinchoq,   bezak   buyumlari   va   boshqa   qo yilgan.	
ʻ
Lahadda erkaklar g ujanak holda o ng tomoni bilan, ayollar esa chap tomoni bilan	
ʻ ʻ
yotibdi.   Har   ikki   jins   ham   kafanda   emas,   balki   hayotlik   vaqtidagi   bayramona
kiyimda   ko milgan.   Erkaklar   qabrida   mehnat   va   harbiy   qurollar,   ayollar   qabrida	
ʻ
turli   xil   taqinchoq   va   bezaklar   uchraydi.   Qabrlardan   topilgan   ashyolar   tarkibiga
qarab,   marhumlarning   kasbini   aniq   aytish   mumkin.   Demak,   sopollitepaliklar
e tiqodiga   ko ra,   ular   narigi   dunyoda   ham   yashashda   davom   etishlarini   tasavvur	
ʼ ʻ
qilganlar.   Mozordagi   ashyolarning   "boy   va   kambag alligi"   ularning   yoshi   va	
ʻ
jamoada   tutgan   mavqei   bilan   boglik   bo lgan.   Qabrlarda   bitgadan,   ba zan   esa	
ʻ ʼ
ikkitadan   skeletlar   uchraydi.   Ba zida   ayolni   emizikli   bolasi   bilan   ko mish   hollari	
ʼ ʻ
ham   uchraydi.   Uzoq   o tmishdagi   ajdodlarimiz   udumiga   ko ra,   ona   o lsa   uning	
ʻ ʻ ʻ emizikli bolasi bilan ko mish tabiiy hol hisoblangan bo lsa kerak. S.da o rganilganʻ ʻ ʻ
juft   qabrlarda   erkak   va   ayol   birga   ko milgan   bo lib,   ularning   birontasining	
ʻ ʻ
suyagida   majburiy   o lim   izlari   uchramaydi.   Demak,   ular   o z   ajali   ila   hayot   bilan	
ʻ ʻ
vidolashganlar.   Keyinroq,   ko chmanchi   mulkdor   chorvadorlar   orasida   ko p	
ʻ ʻ
xotinlik   tabiiy   holga   aylangan   harbiy   demokratiya   davrida   "narigi   dunyoda
hayotning davom etishi" haqidagi ibtidoiy aqidaga ko ra, skif podsholari va qabila	
ʻ
sardorlari bilan ularning xotin va cho rilaridan bir qismini majburiy o ddirib birga	
ʻ ʻ
ko mish   odat   tusini   olgan.   Ana   shu   odatning   dastlabki   ildizlari   Sopollitepada	
ʻ
ko zga   tashlanadi,   qabrlarda   odam   jasadi   o rnida   mayda   hayvon   skeletlari
ʻ ʻ
uchratilgan, bunday qabrlar kenotaf nomi bilan ataladi. Ularga bedarak yo qolgan	
ʻ
marhum o rniga jamoa dafn an anasiga ko ra, uning tirik jon mulkidan bir qo yni	
ʻ ʼ ʻ ʻ
o ldirib ko mish lozim topilgan. Sopollitepa kenotaf qabrlarining deyarli barchasi	
ʻ ʻ
erkaklarga tegishli edi.
Sopollitepa   aholisi   e tiqodida   quyoshga,   olovga   sig inish   o z   aksini   topgan.	
ʼ ʻ ʻ
Uning izlari ayrim  xonalar  maydonida uchratilgan sandal  o txonasi  sifatida qabul	
ʻ
qilingan   toza   kulli   chuqurchalar   edi.   Bularning   barchasi   otashparastlar   e tiqodiga	
ʼ
aloqador   belgilar   edi.   Sopollitepa   jamoasi   mazkur   maskanda   150—200   yillar
chamasi   yashab,   suv   tanqisligidan,   suvga   qulay   yangi   unumdor   yerlar   qidirib,
Sherobod   daryoning   qad.   o zani   Bo stonsoy   soxillariga   ko chib   ketadilar.   Bu	
ʻ ʻ ʻ
voqealar   mil.   av.   2-ming   yillikning   birinchi   yarmida   sodir   bo ldi.   Sopollitepa	
ʻ
dehqonlari yangi joyni o zlashtirib, O zbekiston janubida eng qadimgi ilk shaharni	
ʻ ʻ
barpo   etadilar.   U   shahar   O zbekiston   tarixida   Jarqo ton   nomi   bilan   atalib,   uning	
ʻ ʻ
protoshahri   Sopollitepa   hisoblanadi.   Zarafshon   vohasining   tarixiy   yodgorliklari
xakidagi   dastlabki   xabarlar   ilk   bor   tog‘   injenerlari   K.F.Butenev,   F.Bogoslovskiy,
yosh   sharkshunos   N.V.Xanыkov   asarlarida   uchraydi.   Ushbu   asarlar
Samarqandning   me’moriy   yodgorliklari,   shuningdek,   Samarqandda
temuriylargacha kadimgi shaxar xarobasi –Afrosiyob va «Devori Qiyomat» xakida
ilk bor ma’lumot beradi. Zarafshon general gubernatori topshirigi bilan 1874 yilda
mayor   Borzenkov   Afrosiyobda   ilk   bor   arxeologik   kazishma   ishlarini   boshlab Yubordi.   Birok   u   hech   kanday   ilmiy   tayyorgarlik   va   malakaviy   uslubsiz   kazish
ishlarini olib borgan.
Mashxur   sharqshunos   va   arxeolog   olim   A.Yu.Yakubovskiyning
ta’kidlashicha,  mayor   Borzenkov  xech   bir  arxeologik  tayyorgarliksiz   kazishmalar
olib   borgan,   chunki   uning   asosiy   maqsadi   noyob   topilmalar   topish   bolgan 3
.
SHunga qaramay, uning qazishmalari va ular xakidagi M.Rostislov  publikatsiyasi
Afrosiyobni o‘rganuvchilar oldiga keng istikbolni ochib berdi. 1883 yilda general
gubernator   M.G.C h ernyaevning   topshirig‘i   bilan   Afrosiyobda   qazish   ishlari   bilan
V.V.Krestovskiy   shug‘ullandi.   U   hatto   Afrosiyob   qazishmalariga
N.I.Veselovskiyni   jalb   qilish   masalasida   gubernator   M.G.Chernyaevga   xat   bilan
murojaat   kiladi 4
.   Birok   tarixiy   yodgorliklarni   o‘rganish   bilan   bog‘liq   ishlar
Arxeologiya   komissiyasi   ruxsati   bilan   bilishi   kerakligi   bois   V.V.Krestovskiyning
bu   xatti-harakatlari   Sankt-Peterburg   olimlari   orasida   norozilik   kayfiyatini   kelib
chikishiga   sabab   buladi.   Hatto,   I.P.Minaev   Rossiya   arxeologlar   jamiyatining
yigilishida   yodgorliklarni   o‘rganish   ishi   bilan   faqat   mutaxassis   olimlar
shug‘ullanishi   kerakligini   aloxida   ta’kidlab   o‘tadi.   Ammo   N.I.Veselovskiy
nomzodini   komissiya   ma’kullaydi   va   unga   Turkiston   o‘lkasi   yodgorliklarini
o‘rganish buyicha ruxsat berilishi bilan birga, unga arxeologik kazish ishlari bilan
bog‘lik   ba’zi   bir   uslubiy   maslahatlar   berish   kuzda   tutiladi.   Chunki   u   tajribali
arxeolog   sifatida   tegishli   ma’lumotga   ega   emas   edi.   N.I.Veselovskiy   1885   yilda
Samarqandga etib kelib, Afrosiyobni   o‘ rganishga kirishadi. U o‘zining xisobotida
Iskandar   fatx   etgan   kadimgi   Samarqand   aynan   Afrosiyob   ekanligini,   1220   yilda
CHingizxon vayron etgan Samarqand xam aynan Afrosiyob ekanligini anik aytadi.
Sobik sovetlar davrining dastlabki yillarida (30-40- yillarda) Zarafshon vohasi
tarixi,   madaniyati   va   madaniy   merosini,   birinchi   navbatda,   uning   xar   uch   voxasi
(Samarqand,   Buxoro,   Kashkadaryo)   arxeologik   yodgorliklarini   o‘ rganishga
kiziqish kuchaydi va bu ishlarda A.Yu.YAkubovskiy, V.A.SHishkin, M.E.Masson
va   Ya.Gulomov,   G.V.Grigorev   va   A.I.Terenojkin,   A.M.Belenitskiy   va   D.N.Lev
kabi  arxeologlar  alohida  faollik kursatdilar. Ayniqsa, o‘tgan asrning 50-yillaridan
3
 Якубовский А.Ю. Из истории археологического изучения Самарканда. 1940, стр. 286-287.
4
 Сборнитк «Афрасияб». Том 1, -Ташкент, 1969, стр. 23. boshlab Zarafshon vohasi  buylab Ya.Gulomov va V.A.Shishkin, A.M.Belenitskiy
va   D.N.Lev   hamda   ularning   kup   sonli   shogirdlari   tomonidan   keng   kulamli
arxeologik tadqiqotlar olib borildiki, natijada, bugungi kunga kelib, uni ilk ajdodlar
tomonidan  uzlashtirilishidan   boshlab   to   s o‘ nggi   o‘ rta   asrlarga   kadar   bulgan   tarixi
arxeologik   jixatdan   davrma-davr ,   boskichma-boskich   o‘ rganildi,   juda   katta   va
ilmiy   ma’lumotlarga   boy   faktik   materiallar   t o‘ plandi,   ularni   davrma-davr
umumlashtirish,   xar   bir   davrning   uziga   xos   xususiyatlari,   tarixiy   tarakkiyoti   va
etnomadaniy rivojlanish jarayonlarini ilmiy xolislik, arxeologik ob’ektivlik, tarixiy
ketma-ketlikda  o‘ rganish va ularni umumlashtirish imkoniyati tugildi.
Zarafshon vohasi, uning to g‘ li rayonlari odamzodning ilk ajdodlari tomonidan
kadimgi   tosh   davrining   muste   boskichidan   boshlab   o‘ zlashtirilgan.   Bu   x ol da
dastlabki   ma’lumotlarni   Samar q and   Davlat   universitetining   arxeologi   D.N.Lev
asarlarida   o‘ kish mumkin. D.N.Lev 1947 yilda Samarqand  shaxridan janubro q da,
Taxta q oracha   dovoni   yaqinidan   Omonqo‘ton   g‘ orini   topadi;   5   yil   o‘ tgach,
Samarqand sha h ridan 50 km lar chamasi janubiy-shar q dan Takalisoy   g‘ orini topib
o‘ rgandi.  Xar  ikkala   g‘ orlarda  olib  borilgan   arxeologik  izlanishlar   ularni   q adimgi
tosh   davrining   muste   bos q ichiga   tegishli   ekanligini   k o‘ rsatdi.   Zirabuloq   va
Ziyovuddin   to g‘   etaklaridan 5
  (Zirabulo q   va   Qo‘ tirbulo q )   topib   urganildi.
Ta’kidlash   joizki,   vohaning   muste   davri   yodgorliklari   asosan   to g‘   ba g‘ ridan
kaynab chikkan bulo q  buylarida, suvga ya q in  g‘ orlarda makon topganlar.
Samarqand   vohasining   yukori   paleolit   davriga   oid   mashxur   yodgorlik   –
Samarqand   manzilgoxi   xam   voxa   doirasidagi   adirsimon   tabiiy   tepaliklarini   kesib
utgan Siyobcha xosil kilgan kadimgi kul yokasida joylashgan.
Yu q ori   paleolit   davriga   tegishli   tosh   q urollar   Ch o‘ ponota   tepaligidan .
Samarqand   shaxrining   xar   xil   nu q talaridan,   Oxalisoy   buylaridan 6
,   Urgut
tumanining   G o‘ rdara   g‘ oridan,   Ravotxuja   yakinidan,   Siyobcha   va   Siyob   soyi
kushilishidan   va   nixoyat   Yu q ori   paleolit   davriga   oid   noyob   X o‘ jamazgil
manzilgo h i   Bulun g‘ ur   to g‘ idan   yorib   chi qq an   zilol   chuchuk   suv   xosil   q ilgan   va
q adimgi k o‘ l yokasidan topib  o‘ rganilgan.
5
  Ташкенбаев Н.Х. Новые памятники древнекаменного века в Самаркандской области. 1971, ОНУ №11.
6
  Лев Д.Н. Итоги работы археологического отряда СамГУ в 1966 г. Тр. СамГУ, вып. 218, -Самарканд, 1972. Zarafshon   vohasida   mezolit   va   neolid   davri   yodgorliklari   Q oratepa   massivi
yonbagrida bulo q   yakinida   q ad k o‘ targan Saza g‘ on kishlo g‘ i janubidan (Saza g‘ on
soyining ikkinchi terrasasi) topilgan. 
Metallning   kashf   qilinishi,   undan   ishlab   chiqarish   xo‘jalik   qurollari   yasash
ijtimoiy,   iqtisodiy   va   madaniy   taraqqiyotning   yanada   jadallashuviga   olib   keldi.
Samarqand   hududi   va   uning   atrof   tumanlarida   metall,   ya’ni   bronza   davriga   doir
qator   yodgorliklar   topilib   o‘rganilgan   bo‘lib,   bu   atrofda   shu   davrda   yashagan
jamoalar Sazag‘on madaniyatli qabilalarning merosxo‘rlari edi.
Zarafshon   vohasida   o‘rganilgan   eneolit   va   bronza   davriga   doir   ikkinchi
turkum yodgorliklar chorvador qabilalari madaniyati bilan bog‘liq bo‘lib, ularning
voha hududidagi eng qadimiysi  Zamonbobo madaniyatidir.
Zamonbobo   madaniyatiga   tegishli   birinchi   yodgorlik   1950   yilda
Ya.G‘.G‘ulomov tomonidan Buxoro vohasining Zarafshon daryosi quyi havzasida
shu   nomli   ko‘lning   shimoliy   sohilidan   topilgan.   1950-1953   yillarda
Ya.G‘.G‘ulomov   taqirlik   ostidan   41   ta   qabr   topib   o‘rganadi   va     bu   qadimgi
qabriston   eneolit   va   bronza   davri   xonaki   chorvachilik   va   motiga   dehqonchiligi
bilan shug‘ullanuvchi dasht qabilalarining madaniyatiga tegishli ekanligini aytadi.
1950-yillarning oxirida yodgorlikda arxeologik tadqiqot ishlarini davom ettirish va
zamonbobolilarning   turar-joy   manzilini   o‘rganib,   o‘sha   davr   tarixini   tiklash
muammosini   shogirdi   arxeolog   A.Asqarovga   topshiradi.   A.Asqarov   qabriston
maydonidan   yana   5   ta   mozor   topadi   va   ikki   joydan   shu   madaniyatga   tegishli
manzilgohlarni topib o‘rganadi.
Birinchi   manzilgoh   Zamonbobo   qo‘li   yaqinida,   Gujayli   o‘zani   sohilida,
baland qir ostidan topilgan. Manzilgohning soy tomoni esa marzaga aylangan qalin
devor   bilan   o‘rab   olingan.   Uning   maydoni   ko‘chma   qumlardan   tozalangach,
ochilgan   taqir   maydondan   turli   arxeologik   materiallar   va   qurilma   qoldiqlari
uchratiladi.   Manzilgoh   markazida   170   metr   kvadrat   maydonni   egallagan   yarim
erto‘la,   uning   ichidan   erto‘la   tomini   tutib   turuvchi   tirgak-ustunlardan   qolgan
chuqurchalar, o‘choq qoldiqlari, ularning atrofidagi qalin madaniy qatlamdan sopol
parchalari, hayvon suyaklari, tosh va metalldan ishlangan turli arxeologik ashyolar topilgan.   Manzilgoh   maydonidan   yana   ikkita   kapa   (chayla)   o‘rni,   ikki   kamerali
sopol pishirish xumdoni va bir necha joydan xo‘jalik o‘ralari, qorayib kuYundiga
aylanib ketgan boshoqli don qoldiqlari topilgan. Erto‘la ichida to‘plangan madaniy
qatlam   uch   gorizontdan   iborat   bo‘lib,   uning   eng   pastki   gorizonti   arxeologik
materiallarga boy bo‘lgan. 
Ikkinchi   Zamonbobo   manzilgohi   ko‘ldan   taxminan   6-7   km   g‘arbda,   soy
sohilidan topilgan, lekin manzilgohda madaniy qatlam saqlanmagan, uning ustidan
terib   olingan   sopol   parchalari,   metalldan   ishlangan   turli   mehnat   qurollarining
bo‘laklari   hamda   tosh   qurollar   majmuasi   Zamonbobo   qabristoni   va   manzilgoh   1
materiallaridan farq qilmas edi. 
Zamonbobo materiallari kompleksi ichida sopollar va katta miqdordagi uy va
yovvoyi   hayvon   suyaklari   –   ko‘hna   chiqindilaridan   tashqari   terrakota
urchuqtoshlar,   antromorf   figuralar,   chaqmoqtoshdan   yasalgan   turli   xil   mehnat   va
ov   qurollari,   toshmunchoqlar,   yorg‘uchoq   va   tosh   kelisoplar,   suyak   bigiz,   mis
kurakcha parchalari uchratilgan.
Zarafshon   vohasining   eneolit   va   ilk   jez   davriga   oid   qadimgi   dehqonchilik
madaniyatiga tegishli arxeologik yodgorlik Sarazimdir. Uning asosida keyinchalik
Sarazim   qishlog‘i   tarkib   topgan.   U   Zarafshon   daryosining   tog‘lar   orasidan   keng
vohaga   chiqish   joyida,   Oyimko‘l   yonida   joylashgan.   Sug‘dshunos   olim
V.A.Livshitsning   fikriga   ko‘ra,   «Sarazim»   atamasi   sug‘dcha   «sari-zamin»,   ya’ni
«erning   boshlanishi»,   «vohaning   boshlanishi»   demakdir.   Yodgorlik   yassi
tepachalar ko‘rinishida, 100 gektarga yaqin joyni egallagan. Unda A.Isxoqov 1976
yildan   tadqiqot   ishlari   olib   boriladi.   Arxeologik   tadqiqot   natijalariga   qaraganda,
Sarazm Zarafshon vohasining eng qadimgi Zomonbobo dehqonlari maskani bo‘lib,
bu joyda hayot eneolitning rivojlangan bosqichidan to ilk jez davriga qadar (yaqin
1,5 ming yil) davom etgan.
Zarafshon   vohasida   topib   o‘rganilgan   eneolit   va   bronza   davrining   noyob
yodgorligi   Sarazm   bo‘lib,   uning   davriy   sanasi   masalasida   ob’ekt   tadqiqotchisi
arxeolog   A.Isxoqov   o‘z   fikr-mulohazalarini   batafsil   bayon   etgan.   A.Isxoqov
Sarazmni   Qadimgi   SHarq   dunyosining   sug‘orma   dehqonchilik   madaniyati sohiblariga tegishli  yodgorlik ekanligini   ilmiy  isbotlab,  uning gorizontal  madaniy
qatlamlari   to‘rt   bosqichdan   (Sarazm   I,   II,   III,   IV)   iborat   ekanligini   ta’kidlaydi.
SHuningdek,   ularning   xronologik   sanasini   miloddan   avvalgi   IV-ming   yillikning
o‘rtalaridan   to   II   –   ming   yillikning   boshlari   (mil.   avv.   3500-1900   yillar)   bilan
belgilaydi. A.Isxoqov xulosalariga ko‘ra, Sarazm   I, II eneolit, Sarazm III co‘nggi
eneolit,   Sarazm   IV   bosqichi   esa   ilk   va   rivojlangan   bronza   davri   bilan
xarakterlanadi..
Sarazimda 7 yil davomida arxeologik kazish ishlari olib borildi va 10 nuqtada
qadimgi   qishloq   hayotining   davomiyligini   o‘rganish   uchun   shurflar   kazildi.
Natijada   yodgorlikda   4   ta   tarixiy   bosqich   anikdandi.   Arxeologik   materiallar
taxliliga   ko‘ra,   l-bosqich   (Sarazim   I)   mil.   av.   3400—3200   y.lar,   2-bosqich
(Sarazim   2)   mil.   av.   3200—2900   y.lar,   3-bosqich   (Sarazim   S.   3)   mil.   av.   2900-
2700 y.lar, 4-bos-qich (Sarazim 4) mil. av. 2700—2000 y.lar bilan belgilandi.
Bu   satrlarda   biz   ikki   turkum   qabilalar   madaniyatiga   tegishli   yodgorliklar
tavsifi   haqida   fikr   yuritamiz.   Birinchi   turkum-yodgorliklar   xo‘jalik   Yuritish
asosiga   ko‘ra,   asosan   qadimgi   dehqonchilik   madaniyati   qabilalarining
yodgorliklari bo‘lsa, ikkinchi turkum-yodgorliklar iqtisodiy-xo‘jalik hayoti asosan
chorvachilik   negiziga   qurilgan   dasht   qabilalari   madaniyatiga   tegishlidir.   Ularning
har   ikkisi   iqtisodiy-xo‘jalik   asosiga   ko‘ra,   Zarafshon   vohasining   tabiiy-geografik
sharoiti   taqozo   etgan   tumanlarga   joylashgan.   Birinchi   turkum   yodgorliklarga
Zarafshon   vohasining   Yuqori   havzasida   topib   o‘rganilgan   Sarazm   yodgorliklar
kompleksi kiradi.
Sarazm yodgorliklar kompleksi vohaning eneolit va ilk bronza davri qadimgi
dehqonchilik   qabilalarining   madaniyatidir.   Ushbu   madaniyat   yuzasidan   olib
borilgan   arxeologik   izlanishlar   natijalariga   ko‘ra,   qadimgi   Sarazmda   aholi
hayotining 4 tarixiy bosqichi aniqlangan, har bir bosqichda yuz bergan tub sotsial-
iqtisodiy o‘zgarishlar kuzatilgan. 
Sarazm   1   davrida   (so‘nggi   eneolit)   bu   joyda   yangi   etnik   guruh   qishlog‘i
paydo   bo‘ladi,   uy-joy   komplekslari   yarim   aylana   mudofaa   devori   bilan   o‘rab
olinadi. Bu davrga oid eng muhim topilmalardan biri Sarazmda o‘rganilgan urug‘ jamoasi   sardorining   xilxonasi   bo‘lib,   u   Janubiy   Sibirning   Afanaseva   madaniyati
xilxonalari   singari   doira   shaklidagi   tosh   g‘ov   bilan   o‘rab   olingan.   Xilxonaning
markaziy   mozori   ayol   kishiga   tegishli   bo‘lib,   u   erdan   topilgan   ashyoviy   dalillar
mozor egasi urug‘ jamoasining sardori ekanligidan guvohlik beradi.
Sarazm   II   (ilk   bronza)   –   Sarazm   maadaniyatining   shakllanish   davri.   Bu
davrda   qishloq   kengayadi,   alohida   qurilgan   ko‘p   xonali   hovlilar,   ular   tarkibida
doira   shaklidagi   altarli   oilaviy   ibodatxonalar,   qishloq   markazida   monumental
ibodatxona   qad   ko‘taradi.   Uy-joy   komplekslari   tarkibida   to‘qimachilik
xunarmandchiligiga   moslashtirilgan   xonalar   paydo   bo‘ladi.   Me’moriy   kompleks
burchaklarini   to‘rt   qirrali   ustunlar   bilan   bezash   boshlanadi.   Polixrom   naqshli
sopollar   kamayib,   monoxrom   naqshli   sopollar   ko‘payadi.   Keramika   kompleksi
tarkibida Kaltaminor madaniyatiga tegishli parchalar uchray boshlaydi. Demak, bu
Sarazm   madaniyatining   shakllanishida   mahalliy   aholining   ishtiroqi   borligidan
dalolat   beradi   .   Sarazmliklarning   tashqi     aloqalari   doirasi   kengayadi   (Belujiston-
Kvetta, Seiston-SHahri-Soxta). Zarafshon tog‘  konlaridan ruda qazib olish va uni
eritib metall olish Yuksak darajada rivojlanadi.
Sarazm   III   davrida   ijtimoiy-iqtisodiy     va   madaniy   hayot   o‘zining   Yuksak
cho‘qqisiga   ko‘tariladi.   Sarazmning   100   gektarga   yaqin   maydoni   uy-joy   qurilishi
va   xunarmandchilik   kvartallari   bilan   qoplanadi.   Xunarmandchilik   sohasida
ixtisoslashuv   Yuz   beradi.   Kulolchilik   dastgoxi   paydo   bo‘ladi.   Qoramtir   qizg‘ish
angob   bilan   pardozlangan   qora   va   kulrang   sopollar   keskin   kamayadi,   ularning
o‘rnini tiniq qizg‘ish va qizil angobli sopollar egallaydi. Bu xildagi topilmalar ilk
Nomozgoh   VI   davriga   xarakterli   bo‘lib,   bunday   uslubda   sopol   ishlab   chiqarish
Sopollitepa idishlari uchun ham xarakterlidir.
Sarazmda   baland   platformalar   ustida   diniy   va   dunyoviy   xarakterdagi
monumental binolar paydo bo‘ladi. Masalan, Sarazmning III – qazishma hududida
225   kv.   metr   maydonni   egallagan   70   sm   balandlikdagi   platforma   ustida   12   ta
xonani   o‘z   ichiga   olgan   yaxlit   kvadrat   shaklida   monumental   bino   qad   ko‘taradi.
Uning   markaziy   xonasida   aylana   shaklida   altar   topilgan.   Ushbu   monumental
kompleks   Sarazm   III   davri   qishloq   (Avestoda   vis)   jamoasi   sardorining   qarorgohi bo‘lganligiga   shubha   yo‘q.   Bu   davrga   kelib,   Sarazm   metallurgiya   markazining
dovrug‘i janubiy va shimoliy mintaqalar jamoalariga borib etadi. Natijada, Sarazm
metali   dastlab,   janubiy   mintaqalarga,   qadimgi   dehqonchilik   madaniyati   jamoalari
dunyosigacha   kirib   boradi.   Bu   haqida   Panjikent   yaqinidan   Zarcha   Halifa   deb
atalgan   joydan   Sopolli   madaniyatining   Jarqo‘ton   bosqichiga   tegishli   savdogar
mozorining topilishi tahsinga sazovordir. Aynan shu tipdagi boshqa bir qabrni Jom
savdo  faktoriyasi  qoshidagi   Galasherik  qabristonidan  topilishi  fikrimizni  yana   bir
bor tasdiqlaydi.
Sarazm   IV   davrida   ko‘chmanchi   chorvador   oriylarning   janubga   migratsiyasi
tufayli   Sarazmda   shakllanayotgan   ilk   shahar   hayoti   inqirozga   yuz   tutadi.
Sarazmlilar iqtisodiy hayotida muhim o‘rin tutgan tog‘ kon sanoati, ruda konlariga
egalik qilish oriy qabilalari qo‘liga o‘tib, Sarazmning tub joy aholisi voha bo‘ylab
tarqalib   ketadi.   Sarazm   xarobalari   chorvadorlarning   muqim   hayot   tarziga   y uz
tutgan   tabaqalari   maskaniga   aylanadi.   Sarazmning   eng   y uqori   qatlamiga   tegishli
chuqurchalardan   och   qizil   rangli   naqshli   sopol   parchalarining   topilishi   bundan
dalolat beradi.
Bevosita   Samarqand   vohasida   bronza   davri   yodgorliklari   SamDU   olimlari
tomonidan o‘rganilgan. Xususan, 1960-1998 yillarda olib borilgan tadqiqot ishlari
tufayli   Mo‘minobod,   CHakka,   Soyg‘us,   Jom,   Siob,   To‘qayli   singari   qabr   va
qishloqlar   topilib   o‘rganildi   va   bu   jamoalarning   madaniyati   haqida   guvohlik
beruvchi qiziqarli manbalar qo‘lga kiritildi.
Bu yodgorliklar orasida Mo‘minobod qabristoni qiziqarli manbalar berdi. Bu
yodgorlik Samarqand shahridan 64 km  sharqroqda, Urgut tog‘i  daralaridan birida
joylashgan Mo‘minobod qishlog‘i atrofida topilgan bo‘lib, uni dastlab  keyinchalik
esa A.A.Asqarov va N.A.Avanesovalar qazib o‘rgandi .Bu erdan marhumlar yakka
tarzda   dafn   qilingan   qabrlar   ochib   o‘rganildi.   Qabrlardan   boshi   g‘arb   tomonga
qaratib   o‘ng   yonboshga   yotqizib   bukchaytirib   ko‘milgan   ayollarning   jasadlari   va
ular bilan birga zeb-ziynat buyumlari topildi. Marhumlar bilan birga sopol idishlar,
ayniqsa,   ko‘plab   zeb-ziynat   buyumlari   qo‘yilganligi   ma'lum   bo‘ldi.   Xususan,
jezdan   (bronzadan)   yasalgan   oyna,   son-sanoqsiz   munchoqlar,   isirg‘alar, bilaguzuklar   topildi.  Qabrlardan  birida   suyakdan   yasalgan   sibizg‘a   (nay)   topilgan
bo‘lib, bu hodisa hududimizda musiqa san'ati tarixining naqadar qadimgi davrlarga
borib taqalishidan dalolat beradi. Topilmalar orasida oltindan sir berilgan isirg‘alar,
kumushdan   sir   berilgan   shoda-shoda   munchoqlarning   nihoyatda   ustalik   bilan
yasalganligi   bronza   davri   zargar   ajdodlarimizning   yuksak   texnik-texnologiya
san’atiga   egalik   madaniyatidan   guvohlik   beradi.   Xullas,   bu   manbalarning
o‘rganilishi   tufayli   Samarqand   atrofida   yashagan   qadimgi   chorvador   va   dehqon
qabilalarining turmush tarzi, kiyimlari, san’ati, ma’naviy dunyosi  haqida qiziqarli
ilmiy   tasavvurlarga   ega   bo‘lindi.   YOdgorlik   mil.   avv.   XIV-XIII   asrlarga   oidligi
aniqlandi.   Bu   erdagi   qabrlarda   topilgan   sopol   idishlarining   yasalish   shakl-
shamoyillari   Markaziy   Qozog‘iston   mintaqalarida   bronza   davrida   yashagan
Andronov   qabilalarining   buyumlariga   o‘xshashligiga   qaraganda,   mil.   avv.   II
minginchi   yillikning   oxirlarida   bu   mintaqalarga   andronovalik   jamoalardan   bir
qismi xo‘jalik yuritish maqsadida bu tomonlarga ma'qul ekologik burchaklar izlab
kirib kelganligidan guvohlik beradi.  
Urgut   tumanidagi   Sayg‘us   qishlog‘i   yaqinida   joylashgan   bronza   davri   qabri
N.A.Avanesova   tomonidan   ochib   o‘rganildi.   Qabrdan   o‘ng   biqiniga   yotqizib
ko‘milgan ayol qoldig‘i bilan birga sopol idish, turli-tuman zebi-ziynat buyumlari -
munchoqlar,   bilaguzuklar,   qachov   singari   buyumlar   topildi.   Soyg‘us   qabri   ham
mil. avv.  II  ming yillikka oid jamoalar tarixiga mansubdir. Umuman, yuqorida so‘z
borgan   qabrlardan   topilgan   sopol   buyumlar,   jezdan   Yuksak   did   bilan   ishlab
chiqilgan   bilaguzuklar,   munchoq   -   marjonlar,   juvoldiz   va   boshqa   buYumlar   bu
muzofotda   yashagan   chorvador   -   dehqon   jamoalar   turmush   tarzi   va   madaniyatini
o‘rganishda   muhim   manba   bo‘lib   xizmat   qiladi.   Mo‘minobod   va   boshqa   shu
singari   yodgorliklardan   topilgan   ashyolar   SamDU   arxeologiya   muzeyi
ko‘rgazmalarini bezab turibdi.
1986   yili   SamDU   arxeologiya   otryadi   rahbari   N.A.Avanesova   Samarqand
davlat   xo‘jaligi   hududida   joylashgan   To‘qayli   qishlog‘i   atrofidagi   bronza   davriga
mansub makon qoldig‘ini o‘rgandi. Makon daryo qirg‘og‘ida joylashganligi tufayli
uning   bir   qismi   jarlikka   nuragan.   Saqlangan   madaniy   qatlamning   qalinligi   04-07 metr.   Y o dgorlikning   216   m 2
  maydoni   qazib   tekshirildi.   Natijada   bu   erdan
to‘rtburchak   shaklidagi   yarim   erto‘la  kulba   qoldig‘i   topildi.   Uning  poli   va  devori
loy bilan suvalgan. Bundan tashqari madaniy qatlamdan toshdan yasalgan o‘q-yoy
uchlari,   tosh   bolta   siniqlari,   qadimgi   hayvon   suyaklari,   gurzilarning   sop   uchlari,
bronzadan   ishlangan   ba’zi   bezaklar,   chig‘anoqlar,   hayvon   tishlari,   lojuvard   va
gipsdan yasalgan munchoqlar, sopol idishlarni silliqlab sayqal beradigan asboblar
topildi.   Eng   muhimi,   makon   -   qishloqning   bir   chekkasida   metall   -   rudani
eritadigan, diametri 40 sm, chuqurligi 60 sm doira shaklidagi qo‘ra qoldig‘i topildi.
Bu   pechning   tagida   saqlangan   ko‘mir   kul   qoldig‘ining   qalinligi   30   sm   gacha
boradi.   Qura   atrofida   qariyb   32   m2   maydonda   ko‘plab   mis   toshqoli   (shlak),
oksidlangan   ruda   qoldiqlari,   ko‘mirga   aylangan   yog‘och   bo‘laklari,   sopol
parchalari,   eritib   tozalangan   metallni   quyish   terrakota   qoliplari,   bolg‘acha,   o‘g‘ir
dastasi,   rudani   maydalash   uchun   foydalaniladigan   granit   tosh   sandonlar,   rudani
ezadigan   qurollar   topilindi.   Topilgan   buYumlar   va   boshqa   ashyolar   bu   yodgorlik
mil. avv. II minginchi yillarga doir metallurglarga mansub qishloq ekanligi ma’lum
bo‘ldi.
Nurobod   tumaniga   qarashli   Jom   qishlog‘i   atrofida   bronza   davriga   doir   yana
bir   yodgorlik   topib   o‘rganildi.   Bu   erda   qadimgi   qabriston   mavjud   bo‘lib,   u   turli
davrlarda   erdan   xo‘jalik   maqsadida   foydalanish   tufayli   buzilib   ketgan.   Faqat
saqlangan   4   ta   qabr   ochilib   o‘rganildi.   Ularning   uchtasi   mil.   avv.   X VI   asrlarga,
ya ’ ni Sopolli madaniyatiga, bittasi esa bronza davrining Andronova madaniyatiga
mansubligi aniqlandi. Qabrlarda dafn bilan bog‘liq sopol idishlar, jezdan yasalgan
to‘g‘nog‘ich,   dastali   dumaloq   shakldagi   oyna,   dastasiz   oyna   hamda   munchoq
taqinchoqlar   topildi.   Xullas,   bu   yodgorlik   materiallari   ham   chorvador   -   dehqon
ajdodlarimizning madaniyat tarixini o‘rganishda muhim manba hisolanadi 
Jom   savdo   karvon   saroylari   va   feruza   tosh   konlari,   ular   bilan   bog‘liq   turli
etnik guruh vakillarining qabristoni (Galasherik) paydo bo‘ladi, ikkinchi tomonda
Zarafshon   yoqalab   diniy   memorial   kompleksi   (Jukov),   ruda   eritish,   metall
xomashyosini ishlab chiqarishga  moslashgan qishloqlar (To‘qayli) va nihoyat davr
so‘nggida qadimgi shaharlar (Ko‘ktepa, Afrosiyob) qad ko‘taradi. Samarqand   So‘g‘didan   Kesh-Naxshob   So‘g‘diga   olib   boruvchi   qadimgi
savdo-karvon   yo‘li   Jom   dashti   orqali   o‘tgan   bo‘lib,   Jom   qishlog‘i   bu   yo‘l
yoqasidagi tranzit savdo punkti sifatida juda qadimiydir.
Keyingi o‘n-o‘n besh yil davomida Jom qishlog‘i hududidan 6 joydan bronza
davriga   oid   ajdodlarimizning   moddiy   madaniyat   izlari   topib   o‘rganildi.   Ularning
deyarli   ko‘pchiligi   Jom   qishlog‘ini   oralab   o‘tgan     Jomsoy   bilan   bog‘liq   bo‘lib,
uning   o‘zani   Eski   Anxor   kanaliga   ulanib   ketgan.   Eski   Anxor   kanali   esa   qadimiy
o‘zan   ustiga   qurilgan.   Ehtimol,   Eski   Anxor   kanaliga   asos   bo‘lgan   ana   shu   o‘zan
qachonlardir Jomsoyning davomi bo‘lgandir.
Jom   arxeologik   kompleksiga   kirgan   yodgorliklardan   biri   Galasherik
tepaligiga joylashgan bronza davri qabristoni bo‘lib, bu joydan turli yillarda, uning
3   gektarlik   maydonidan,   uni   turli   maqsadlarda   o‘zlashtirish   vaqtida     4   ta   qabr
topilgan.   Galasherik   qabristoni.     Qabr   №   1,   1994   yilda   uyga     poydevor   qazish
vaqtida,   er   sathidan   2m.   chuqurlikdan     topilgan.   Mualliflarning   yozishiga
qaraganda,   qabrdan   qizil   sirli   sopol   parchalari,   o‘roqsimon   bronza   quroli,
disksimon   bronza   ko‘zgusi   va   bargsimon   shaklli   bronza   to‘g‘nag‘ich   topilgan.
1997   yilda   uy   qurilishi   vaqtida   1,9   m.   chuqurlikdan   topilgan.   Mualliflarning
yozishicha, kulolchilik charxida yasalgan sharsimon xurmacha, dastasi va ko‘zgusi
aylanasi   bo‘ylab   naqshlangan   bronza   oyna   va   shoxdor   oxu   haykalli   bronza
to‘g‘nag‘ich bir joydan topilgan. Ulardan 3 metrcha sharqda  poydevorga qazilgan
chuqur chetining kesmasida bo‘g‘zi ostida ikkita teshikli bikonik shaklida yana bir
sopol idish va kukunga aylangan odam suyak izlari va bir necha tishlar uchratilgan.
Mualliflar   ularning   barchasini   bir   qabrga   tegishli   degan   fikrni   olga   suradilar.
Ammo   bizningcha,   bu   topilmalar   ikkita   qabrga   tegishli.   CHunki   birinchidan,
mualliflar   mozorni   mutaxassis   sifatida   o‘zlari   qazishmagan.   Ular   bergan
ma’lumotlar   uy   egasi   B.Rasulov   so‘zlariga   asoslangan.   Ikkinchidan,   odam   suyak
izlari   va   bikonik   shaklidagi   sopol   chuqurcha   chetining   kesmasida   bo‘lib,
B.Rasulov   ikkinchi   mozorni   to‘liq   ochmagan.   qabrdan   50   metrcha   sharqda,
haydalgan er uchastkasining 10 kv. m. maydonidan er egasi  har xil yillarda (2000-
2002 g.) disksimon bronza ko‘zgusi, chaqmoqtoshdan ishlangan paykon, bir talay sopol parchalari (charxda yasalgan sopol idishlar)ni terib oladi va shu joyda odam
suyak   parchalarini   ham   uchratadi.   Mualliflar   bu   asoslanmagan   gaplarga   suyanib,
ushbu topilmalarni bir  mozorga tegishli, degan xulosaga kelishib, unga qabr № 3
nomini beradilar №4 qabr  saqlanish jihatidan Yuqoridagi qabrlardan farq qiladi. U
tepalikning eng Yuqori cho‘qqisidan, uning markazidan topildi. Tepalikdagi hovli
egasi   P.Aliqulov   1995   yilda   hayvonlariga   qo‘ra   qurayotgan   paytda   topgan.
Qabrning o‘lchami va chuqurligi haqida ma’lumotlar yo‘q. Ammo uning gaplariga
ko‘ra, bir kvadrat metrdan ortiqroq joyda odam suyaklarining bo‘laklari, bir necha
sopol   parchalari,   bronzadan   ishlangan   bilaguzuklar   va   munchoqlar,   karnay   gul
shaklida   ishlangan   2ta   bronza   baldoq   uchratilgan.     Odam   suyaklarining   uchrash
tartibiga   ko‘ra,   skelet   gujanak   holatda,   o‘ng   tomoni   bilan   yotgan.   Uning   bosh
chanog‘i     g‘arbga   qaratilgan.             Qabrdan   topilgan   arxeologik   materiallar
kompleksi   uni   chorvador   andronova   madaniyatiga   tegishli   ekanligidan   dalolat
beradi.
Galasherik qabristoni  arxeologik materiallar  kompleksiga  ko‘ra, odatdagi  bir
urug‘   jamoasi   qabristoni   emas.   Bu   joyda   turli   etnik   guruhlar   vakillarining
qabrlarini   uchratamiz.   Birinchi   qabr   materiallar   tarkibiga   qaraganda   (o‘roq
tig‘isimon   qurol   va   qizil   sirli   sopol   parchalari)   Ko‘ktepa   I   materiallarini   eslatadi.
Ikkinchi   qabr   aynan   Sopolli   madaniyatining   mo‘lali   bosqichi   materiallarining
(dastali   bronza   ko‘zg‘usi   naqshlari)   dashtlashtirilgan   variantining   o‘zginasi.
Uchinchi   mozorga   tegishli   ashyoviy   dalillar   esa   (chaqmoqtoshdan   paykon,   qo‘l
charxida   yasalgan   g‘isht   rangli   sopol   parchalari)   Zamonbobo   yoki   To‘qayli
manzilgohining   qadimgi   dehqonchilik   madaniyati   bilan   bog‘liq   etnik   ildizidan
guvohlik beradi. To‘rtinchi qabr dasht qabilalari madaniyatiga tegishli. 
Galasherik qabristonining mozorlar tarkibi ham tarixiy tahlil nuqtai nazaridan
yondashganda,   qadimgi   Jomda   savdo   karvon   saroyi   bo‘lganligidan   guvohlik
beradi.   Jom   arxeologik   kompleksining   ikkinchi   ob’ekti   sifatida   Jom   markazidan
2,5   km   sharqda,   Qoratepa   tog‘   massivining   g‘arbiy   yonbag‘rida   feruza   tosh   koni
topilgan.   Feruza   koni   chiqindi   uYumida   dasht   qabilalari   madaniyatiga   tegishli
sopol   parchalari   uchraydi.   Feruza   koni   yaqinida   solingan   shurfdan   1,2   m. chuqurlikda   kul   aralash   qatlamda   mayda   feruza   parchalari,   kremnistiy   slanetsdan
ishlangan   2   ta   ruda   parchalash   plitasi,   2   ta   qo‘pol   tosh   bolg‘a   va   andronova
madaniyatiga   xos   sopol   parchalari   topilgan   .   Qoratepa   feruza   koni   chiqindisi   va
uning yaqinida solingan shurfdan topilgan  ruda maydalash qurollari va andronova
madaniyatiga   tegishli   sopol   parchalarini   uchrashi   ushbu   ob’ekt   bronza   davrida
o‘zlashtirilganligi va feruza qazib olish ishi bilan ob’ektga eng yaqin aholi punkti
Jom   tayanch   savdo     faktoriyasi   jamoalari   shug‘ullangan,   degan   farazni   o‘rtaga
tashlashni taqoza etadi.   Tasodifan topilgan arxeologik materiallar.   Jom qishlog‘i
va   uning   tevarak-atrofida   ekin   maydonlarini   kengaytirish   va   hovli-joy   qurilishi
munosabati   bilan   yana   4   punktdan   bronza   davriga   tegishli   ko‘plab   mehnat   va   ov
qurollari,   sopol   parchalari   topilgan.   Ularning   aksariyati   qadimgi   manzilgoh
qoldiqlari   va   buzilgan     qabrlardan   chiqqan   bo‘lishi   ehtimoldan   uzoq   emas.   Ular
quyidagilardan iborat:
1)1980   yilda   Jom   qishlog‘ining   markazida   Jom   soyining   o‘ng   qirg‘og‘ida,
Sig‘irtepa deb atalgan adirlikda er qazish vaqtida ikki tig‘li bronza bolta topilgan.
Xuddi   shu   joydan   1992   yili   O.Umirov   er   qazish   vaqtida   chaqmoqtoshdan
ishlangan chereshkoviy paykon topib oladi; 
2)   1998   yilda   cho‘pon   B.Jumanov   qishloqning   Beshbuloq   chashmasi
yaqinidan bronzadan ishlangan ikki parrakli zo‘g‘atali paykon topib oladi; 
3) Jom qishlog‘ining G‘ishtband yodgorligi yaqinidagi Qorazov degan joydan
1994 yilda tosh bolg‘a, 1995 yilda esa toshdan ishlangan hovancha sopi topiladi;
4)   1997   va   1999   yillarda   Omandarsoyning   Jomsoyga   quyilish   joyidan   tosh
bolg‘a bilan hovancha sopi topiladi.
Jom   qishlog‘i   va   uning   tevarak-atrofida   ekin   maydonlarini   kengaytirish   va
hovli-joy qurilishi munosabati bilan topilgan bu bronza davrining  mehnat qurollari
va   sopol   idishlari   Jom   qishlog‘ini   qadimda   savdo   karvon   yo‘lida   qad   ko‘targan
aholi punkti sifatida tarkib topganligidan guvohlik beradi. Bu joydan ikki madaniy
xo‘jalik   va   ikki   xil   etnik   guruhlarga   tegishli   moddiy   madaniyat   ashyovlarining
topilishi   esa   (Zarcha   Xalifa   va   Jom)   bir   jihatdan   ikki   etnik   guruhlar   o‘rtasida
davom   etgan   iqtisodiy   va   etnomadaniy   aloqalar   haqida   guvohlik   bersa,   ikkinchi tomondan,   Sarazm   madaniyatining   Sarazm   IV   bosqichi   Sopolli   madaniyatining
Jarqo‘ton va mo‘lali bosqichlari bilan tengdosh ekanligidan dalolat beradi.
Miloddan avvalgi II-ming yillikning o‘rtalaridan Zarafshon daryosining quyi
havzalarida   Zamonbobo   madaniyatidan   tubdan   farq   qiluvchi   va     uning   o‘rnini
egallagan   dasht   mintaqalarining   Tozabog‘yob   tipidagi   andronova   madaniyati
qabilalari   egallaydi.   Bu   madaniyat   sohiblarining   kelib   chiqish   tarixiy   ildizlari
Qozog‘iston   cho‘llari,   O‘rolorti   tumanlari,   umuman,   Janubiy   Sibirning   bronza
davri   chorvador   andronova   jamoalari   madaniyatiga   borib   taqaladi.     Bu   tarixiy
haqiqat   o‘z   davrida   birinchi   bor   S.P.Tolstov   tomonidan   aytilib,   u   boshqa
tadqiqotchilarning   ilmiy   monografiya   va   maqolalarida   ham   o‘z   isbotini   topgan.
O‘rta   Osiyoning   shimoliy-sharqidan   kirib   kelgan   ana   shu   andronova   qabilalari
Evraziya dashtlarining bronza davri oriylari bo‘lishi mumkin .
Keyingi 50-60 yil davomida ularning izlari mavsumiy manzilgohlar, qadimgi
mozor   va   qabristonlar   sifatida   O‘rta   Osiyoning   Amudaryogacha   bo‘lgan
hududlarida Yuzlab punktlarda topib o‘rganilgan. Ma’lumki, Avestoning lingvistik
tahliliga   ko‘ra,   mil.   avv.   II-ming   yillikning   o‘rtalarida   Evroaziya   cho‘llaridan
janubga tomon oriy qabilalarining migratsiyasi Yuz beradi. Eron hamda SHimoliy
Hindistonda   oriylar   xukmronligi   o‘rnatilib,   shu   davrda   Avesto   va   Veda   kabi
muqaddas   kitoblar   paydo   bo‘ladi.   Bu   jarayon   O‘rta   Osiyoning   bronza   davri
arxeologik materiallarida ham  tasdiqlanadi. Ammo oriylarning ilk vatani va uning
davri   masalasida   fanda   ilmiy   bahslar   davom   etardi.   Keyingi   yillardagi   Rossiya
arxeologlarining   janubiy-sharqiy   O‘rolorti   tumanlarida   Sintashta   va   Arkaim   kabi
yodgorliklar   komplekslarida   olib   borgan   izlanishlari   muammoga   ancha   aniqlik
kiritdi.   Aynan   shu   tumanlar   chorvador   jamoalari   orasida   mil.   avv.   II   ming
yillikning   birinchi   yarmida   mulkiy   tabaqalanish   keskin   Yuz   berganligi,   har   bir
jamoaning   chorva   mulki   qabila   sardorlari,   sipohiy   harbiylari   qo‘lida   to‘plana
boshlagani   yaqqol   ko‘zga   tashlanadi.   Oqibatda   Avestoda   eslatilgan   jamoaning
erkin,   ozod   va   mulkdor   toifasi,   ularning   tashabbuskor   va   tadbirkor   jangovar
qatlami,   tug‘ilib   kelayotgan   dastlabki   sinfiy   jamiyatning   aslzodalar   tabaqasi   –
oriylar   paydo   bo‘ladi.   Miloddan   avvalgi   II-ming   yillikning   o‘rtalaridan   e’tiboran O‘rta   Osiyoga   kirib   kelgan   chorvador   dasht   qabilalari   oriylarning   bir   qismi   edi.
Ularning   moddiy   madaniyat   izlari   O‘rta   Osiyoda,   ayniqsa,   uning   shimoliy   va
markaziy   viloyatlarida   keng   uchraydi.   Ularning   Zarafshon   vohasida   topib
o‘rganilgan yodgorliklari: Gujayli manzilgohi va qabristoni, To‘qayli va Sazag‘on
manzilgohi,   Dashti   Kazo,   Mo‘minobod,   CHakka,   Saygus,   Siyob,   Qizilqir,
CHorbog‘, Dashti O‘rdakon kabilar mozorlar sifatida bizgacha etib kelgan.
Qiziqarli   yodgorliklardan   biri   CHakka   qabristoni   hisoblanadi.   U   1975   yili
Samarqand   shahridan   9   km   g‘arbda   Zarafshon   daryosining   so‘l   qirg‘og‘idagi
CHakka qishlog‘i atrofida topilgan bo‘lib, uni o‘rganilishini 1975 va 1977 yillarda
YA.K.Krikis boshlab bergan edi. Bu erdan 4 ta yakka holatda dafn qilingan ayollar
qabri   qazib   o‘rganildi.   Jasadlarning   Yuz   tomoni   janubga,   boshi   shimoliy-sharqqa
qaratilinib,   chap   biqiniga   yotqizib,   oyoq   qo‘llari   bukilgan,   g‘ujanak   holatda   dafn
qilingan. Qabrlarda sopol idishlar uchratilgan va ular ancha dag‘al yasalgan bo‘lsa-
da, naqshlangan edi. Sopol idishlarning aksariyati tuxumsimon shaklda bo‘lib, ular
sirtiga qiya, aylana chiziqlar tufayli naqshlar berilgan. Umuman, idishlar mil. avv.
II   ming   yillikda   yashagan   Andronova   chorvador   qabilalariga   xos.   Qabrlarning
ayrimlaridan     bronzadan   yasalgan   bilaguzuklar,   oltin   suvi   berilgan   spiralsimon
jevaklar,   40   tagacha   bronzadan   yasalgan   mayda   munchoqlar   topilgan   bo‘lib,   bu
buYumlar   Yuksak   zargarlik   san’ati   asosida   ishlangan.   Uchinchi   qabrdan
naqshlangan   sopol   idishlar   bilan   bir   qatorda   taqinchoq   -   munchoqlardan   tashqari
oltin   qalami   bilan   bir   yarim   marta   o‘ralgan   6   dona   spiralsimon   shokila   topilgan.
Munchoqlarning   ayrimlari   nafaqat   bronzadan,   shuningdek,   xolsedon,   lojuvard
toshlardan   ham   yasalgan.   Umuman,   CHakka   qabrlaridan   topilgan   ashyolar   mil.
avv.   XIV-XIII   asrlarga   taalluqli   bo‘lib,   bu   manbalar   ajdodlarimizning   Yuksak
zargarlik   san'atidan   dalolat   beradi.   Bu   topilmalar   Samarqand   atrofida   yashagan
qadimgi   ajdodlarimizning   urf-odatlari,   diniy   qarashlari   ularning   o‘ziga   xos
rivojlanish   jarayoni   haqida   ma'lumotlar   beradi.   Xullas,   ma’naviy   va   xo‘jalik
turmushini o‘rganishda qiziqarli manba hisoblanadi 
Siob qabri O‘rta Osiyodagi ilk Andronova davri yodgorliklaridan biri sifatida
qayd   qilinadi.   Qabr   Samarqand   shahrida,   Siob   soyining   so‘l   qirg‘og‘ida   qadimgi Afrosiob   shahri   sharqiy   darvozasidan   bir   necha   metr   uzoqlikda   joylashgan.   Qabr
1977   yili   qurilish   ishlari   paytida   topilgan.   Bu   yodgorlikni   mukammal   o‘rgangan
N.A.Avanesovaning   bergan  ma’lumotiga  qaraganda,   qabr  1,75x1,55  metr   hajmda
bo‘lib,   undan   bosh   qismi   shimoliy   g‘arbga   qaratilgan,   g‘ujanak   holatda   dafn
qilingan   ayol   jasad   qoldig‘i,   uning   bilan   birga   ko‘milgan   bronzadan   yasalgan
shokila-cho‘lpi, har xil bezaklar - taqinchoq munchoqlar, feruza, lojuvard toshidan
ishlangan   marjonlar   hamda   sopol   idishlar   topilgan.   Siob   qabridan   topilgan
ashyolarning   shakl-shamoyillariga   qaraganda,   u   miloddan   avvalgi   XIX-XVIII
asrlarga   doirdir.   Bu   esa   qabr   yagona   bo‘lmagan,   balki   bu   erda   chorvador   -
dehqonlarning   qishlog‘i   bo‘lib,   turli   davrlardagi   qurilish   ishlari   tufayli   makon   va
qabrlar   buzilib   ketgan.   Eng   muhim   xulosa   shuki,   Samarqand   shahri   vujudga
kelishidan ancha avval bu erda qadimgi qishloq bo‘lib, keyinchalik uning negizida
yirik markaziy qishloq tarkib topib, bronza asrining so‘nggi bosqichlariga kelib bu
qishloq   vohadagi   markaz   qishloqqa   aylangan   va   uning   negizida   Samarqand
shahrining   ilk   ildizlari   shakllangan,   degan   xulosalarga   olib   keladi.   YUqoridagi
Samarqand tarixining bronza davriga oid yodgorliklardan tashqari, turli joylardan,
har   xil   kasb   egalari   tomonidan   to‘plangan   manbalar   ham   mavjud   bo‘lib,   ularni
ilmiy-analitik   tahlil   qilish   ishlari   oldindagi   vazifalardandir.   Bu   erda   shakllangan
madaniyat   o‘zga   hududlardan   kirib   kelgan   turli   kelgindi   qabilalar   ta’sirida   emas,
balki   tub   asosda,   mahalliy   negizda   tashkil   topganligi   asoslanmoqda.   Bu
taraqqiyotning   rivojlanish   pillapoyalarini   boy   tarixiy-madaniy   manbalar   asosida
oydinlashtirishga   erishildi.   Jumladan,   Yuqorida   zikr   etilgan   manbalar   tufayli
paleolit   davrida   sayyoh   ovchilarning   kulbalar   qurib,   qo‘nim   yashashga   intilish
jarayoni,   mezo-neolit   davriga   kelib   esa,   dehqonchilik   va   xonaki   chorvachilik
xo‘jaligining   tashkil   topishi,   ishlab   chiqarish   iqtisodining   Yuzaga   kelishi   -   ona
urug‘i jamoalarining sayyohlikdan muayyan tarzda qo‘nim yashash - o‘troqlashish
jarayonining   sodir   bo‘lishiga   olib   kelganligi   alohida   qayd   qilinmoqda.   Peshma-
pesh   taraqqiyot   dinamikasi   negizida   evolYusion   tarzda   urug‘dosh   jamoalar
yashaydigan   yirik   kapalar,   kulbalar,   keyingi   taraqqiyot   bosqichida   esa   bir   necha
kulbalardan tashkil  topgan ovullar, ular negizida protoqishloqlar, qishloqlar, voha bo‘yicha   yirik   markaz   qishloqlar   qad   ko‘tardi.   Metallning   kashf   qilinishi,   undan
ishlab chiqarish mehnat vositalari yaratishda, mil. avv. II minginchi yillarga kelib,
jamiyat   ijtimoiy,   iqtisodiy   tuzumini   larzaga   keltirdi,   sug‘orma   dehqonchilik   va
chorvachilik hamda hunarmandchilikning alohida xo‘jalik kasbi sifatida shakllana
borishi   esa   o‘z   davrining   inqilobiy   o‘zgarishlari   ekanligiga   alohida   urg‘u
berishmoqda.   Samarqand   shahri   va   u   bilan   yondosh   hududlarda   bu   davrga   kelib,
qadimgi   dehqon   va   chorvadorlarning   Siob,   CHakka,   Soyg‘us,   To‘qayli   singari
qator   qishloqlar   qad   ko‘tardi.   Aholi   xo‘jalik   Yuritishga   ma'qul   ekologik
burchaklarni tobora o‘zlashtira bordi. 
Xulosa
Xulosa qilib aytganda biz tariximizni eneolit va bronza davri yodgorliklarisiz
tasavvur   ham   eta   olmaymiz.   Bu   davrdagi   manzilgohlarda   qazishma   ishlari
natijasida   ilk   davlatchilik   namunalari   ko’zga   tashlanib   turadi.   Masalan,   hozirgi
Surhandaryo viloyati Sherobodga yaqin joyda Jarqo’ton manzilgohining topilishida
ilk   shahar   alomatlari   ko’zga   tashlanib   turadi,   ya’ni   shahar   markazidan   ko’cha
o’tgan   bo’lib   bu   ko’cha   shaharni   ikki   qismga   ajratadi   va   ko’chaning   ikkala tomonida aholi turar joylari topilgan. Shaharning markazida esa hokim qasri, bozor
maydoni va ibodatxona joylashganligi manbalarda topib o’rganilgan.  
Umuman   olgaganda   eneolit   va   bronza   davrlarida   vatanimiz   hududida   madanyat,
san’at,   binokorlik   hunarmandchilik,   zargarlik   va   shaharsozlikning   rivoj
topganligiga guvoh bo’lishimiz mumkin.
     Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. Mirziyoyev Sh.M. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning
2018 yil  28 dekabrdagi  Oliy Majlisga  Murojaatnomasidan. “Xalq so’zi” gazetasi.
№272. 29.12.2018
2.   Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. Toshkent. Muloqot. 1998, 5 son. 16
bet.
3.  O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi. Jild 3. –B. 675.
4. A.Asqarov “Sopollitepa” Toshkent: Fan. 1972-1973.  
5. A.Asqarov, B.Abdullayev “Jarqo’ton”    Toshkent. 1983.
6. A.Asqarov “Eng qadimgi shahar” Toshkent. 2001.

Mavzu: Eneolit va bronza davri moddiy madanyati .

Reja: I.Kirish. II.Asosiy qism. 1. Eneolit va bronza davri haqida umumiy ma’lumot. 2. Eneolit davri arxeologiyasining o’rganilishi . 3. Bronza davri arxeologiyasining o’rganilishi . III.Xulosa IV.Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

KIRISH Bizga ma’lumki tariximiz juda boy va qiziqarli davrlarni o’z ichiga olgan. Bu tarixni biz arxeologik topilmalarsiz tasavvur eta olmaymiz va xalqimizning turmush tarzi qadimda qay yo’sinda bo’lganligini bevosita biz arxeologik manba va topilmalar orqali o’rganamiz. O’zbekiston o’z mustaqilligini qo’lga kiritishi munosabati bilan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy sohalarda tubdan o’zgarishlar yuz berdi. Xalqimizning o’z yurti, tili, madaniyati, qadriyatlari tarixini bilishga, o’zligini anglashga qiziqishi ortib bormoqda. Odamzod borki, avlod- ajdodi kimligini, nasl-nasabini, o’zi tug’ilib voyaga yetgan qishloq, shahar, xullaski, Vatanining tarixini bilishni istaydi” 1 . Shu tufayli tarix fanining nazariy va ilmiy-metodologik asoslari, maqsad va vazifalari tubdan yangilandi. O’zbek xalqini birlashtiruvchi, jamiyatni axloqiy va mafkuraviy jipslashtiruvchi kuch - milliy g’oyani mustaxkamlash yulida tarixiy jarayonlarni to’g’ri, obyektiv va tarixiylik nuqtai-nazaridan xolisona yoritib berish tarix fani oldida turgan muxim vazifalardan biri bo’lib qoldi. Mustaqillik tufayli o’tmish tarixga, uning ob’yektlariga, ularning tarixiy talqinidan kelib chiqadigan natijalarga qarab tahlil etish usullari qo’llanila boshlandi. Natijada Zarafshon vohasining suv havzalariga yaqin mintaqalarda tarkib topgan yodgorliklar asosida o’troq dehqonchilik xo’jaligi yotganligi, ular “kechagi” qishloqlar bo’lgan bo’lsa, “bugun”, sekin-asta yirik ilk shaharlar markaziga aylanganligi haqida fikr-mulohazalar qilina boshlandi. Tarixiy ildizlari 1 Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йук. -Т.: "Шарк", 1998, З-б.

Qadimgi Sharq sivilizatsiyasiga borib taqaluvchi ilk urbanistik jarayonlar miloddan avvalgi II-ming yillikning oxiri va I-ming yillikning boshlaridan yana jonlana boshlaydi. Ana shu jonlanishning guvohi sifatida Zarafshon vohasining o’rta qismida Ko’ktepa, Afrosiyob kabi ilk shaharlar qad ko’taradi. "Mustaqillikka erishganimizdan keyin xalqimizning o’z tarixi, tili, madaniyati, qadriyatlari tarixini bilishga, o’zligini anglashga qiziqishi ortib bormoqda, bu tabiiy hol. Odamzot borki, avlod-ajdodi kimligini, nasl-nasabini, o’zi tug’ilib voyaga yetgan qishloq, shahar, xullaski, Vatanining tarixini bilishni istaydi", - deb yozgan edi birinchi prezident I.A.Karimov. Shuningdek, yurtboshimiz bu borada tarixchi olimlarimiz oldiga sharafli va dolzarb vaziflar qo’yib "Davlatimiz, mamlakatimizning haqqoniy ilmiy tarixini yaratish keng jamoatchiligimiz uchun g’oyat muhim va dolzarb masalaga aylanish lozim", - deb ta’kidlagan edi 2 . Shunday qilib, Zarafshon vohasining bronza davri qabilalarining madaniyati haqida juda katta arxeologik materiallar to’plangan. Har bir davr arxeologik komplekslari baholi qudrat sistemalashtirilgan aniqliklar kiritildi. Shu bilan birga ularning ba’zilarini o’rganish metodikasi, davriy sanalarini aniqlash, tarixiylik nuqtai nazaridan ob’yektiv tahlil etish va boshqa qator masalalar o’z ilmiy yechimini topa olmay ochiq qolgan yoki hozirga qadar ilmiy bahslidir. Ayniqsa, tarixiy taraqqiyotni tadrijiy ketma-ketlikda holisona tahlil etish, iqtisodiy va siyosiy inqirozlarning kelib chiqish sabablari, ilk shahar madaniyatining yanada jonlanish tarixiy ildizlari ochilmay qolgan. Eng muhimi, yuqorida ta’kidlaganimizdek, bu boy tarixiy va madaniy meros talqini va ilmiy tahlili ularning mualliflari tomonidan yaqingacha marksistik metodologiya asosida tadqiq qilinib kelingan edi. Shu boisdan ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi mavzu bo’yicha to’plangan juda boy arxeologik materiallarni tarixiy ketma-ketlikda ob’yektiv tahlil etib, vohada ibtidoiy urug’chilik jamoalari tarixini rivojlanish jarayonlarini kuzatish va ularni umumlashtirishdan iborat. 2 Каримов И.А. Биз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз. Асарлар, 7-жилд, -Т: «Ўзбекистон», 1999,

Eneolit - ( lot . “eneus” - mis, yun . “litos”-tosh) – mis-tosh davri mil. avv.V ming yillik boshlari - III ming yillikning boshlari bilan sanalanadi. Ayrim mamlakatlarda bu davr xalkolit (xalko-mis) deb ataladi. Eneolit davrning katta yutug‘i kishilarning dastlabki metall-mis bilan tanishib, tosh qurollari bilan birgalikda mis qurollaridan ham foydalana boshlanishidir. Mis qurollari tosh qurollariga nisbatan ancha takomillashgan, ish unumdorligi 8 baravar g a oshgan. Markaziy Osiyoning o‘ziga xos tabiiy-geografik sharoitlariga ega bo‘lgan keng Markaziy Osiyoning o‘ziga xos tabiiy-geografik sharoitlariga ega bo‘lgan keng hududlarida har xil xo‘jalik shakllarini tashkil qilgan qabilalarning madaniyati tarqagan bo‘lib, ular ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotining turli bosqichlarida bo‘lgan. Mintaqaning janubiy hududlarida neolit davri ilk o‘troq dehqonchilik ishlab chiqarish xo‘jaligi negzida sug‘orma dehqonchilikning taraqqiyoti natijasida Qadimgi SHarq sivilizatsiyasiga xos taraqqiyot yo‘lidan borgan. SHimoliy hududlarda yashovchi aholi hayotida ixtisoslashgan o‘zlashtiruvchi xo‘jalik shakli asosida kun kechirish tarzini saqlab qolgan.