Ellin davri O'rta Osiyo arxeologiyasi umumiy xususiyatlari.
Ellin davri O'rta Osiyo arxeologiyasi umumiy xususiyatlari . Reja: 1. Baqtriyaning е llin davri umumiy tavsifi. 2. So’g’dning е llin davri arxeologiyasi . 3. Xo’jaligi va moddiy madaniyati
Baqtriyaning antik davri umumiy tavsifi. Dastlab ahamoniylar, keyin selevkiylar tarkibidagi satraplikni tashkil etgan. Mil.avv. III asrning o’rtalari yunon zodogonlaridan bo’lgan Diodot selevkiylardan mustaqil bo’lgan Yunon-Baqtriya davlatiga asos solgan. Bu davrda (Yevtidem, Demetriy, Yevkratid) mamlakat hududi Hindistonning shimoli-g’arbiga qadar kengayadi. Ayrim ilmiy farazlarga ko’ra So’g’d hududlari ham ushbu mamlakat tarkibda bo’lgan. Mamlakat makazlashgan monarxiyaga aylanadi. Mil.avv. II asrning o’rtalarida (Mitridat I davrida) g’arbda Parfiyaning qudrati kuchayib, Marg’iyona bosib olingan. So’g’d ham taxminan mana shu davrlarda ajralgan bo’lishi mumkin. Tinimsiz olib borilgan urush harakatlari mamlakat harbiy qudratiga salbiy ta’sir etib, mil.avv.140/130 yillarda sak-yuyechji qabilalarining hujumi uning batamom tanazuliga sabab bo’lgan. Mil. avv. I asrda besh guruhdan da-yuyeji qabilalari ( da -katta, buyuk) ittifoqidan tashkil topgan davlat o’rnida Kushon podsholigi qaror topadi. Kanishka hukmronligi davridan mamlakat hududi Hindistonning shimoliga qadar kengayib, o’z qudratining yuqori cho’qqisiga chiqadi. Kanishkadan keyingi hukmdorlar davrida mamlakat qudrati susayib ketadi. Bu vaziyatdan foydalangan Eronda sasoniylari, mamlakatni boib olib, III asrning ikkinchi choragidan mamlakat boshqaruvi forslarga hukmronligiga o’tgan. Baqtriyaning antik davri moddiy madaniyati XIX asrning oxirgi choragida (1877 yil) Amudaryo xazinasi o’rganishdan boshlangan. O’tgan asrning birinchi yarmida aniq ilmiy maqsadlarga qaratilgan arxeologiya dala qidiruv ishlari Termiz shahrining atrofidagi antik davriga oid yodgorliklarni o’rgangan. O’tgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab Baqtriyaning antik davri arxeologiya yodgorliklarini o’rganish ishlari yangi pog’onaga ko’tariladi. Baqtriyaning antik davri yodgorliklari shakli va vazifasi jihatdan bir necha turlari ajralib turadi. Ular maydoni jihatdan o’zaro farq qiladigan katta-kichik shahar markazlari, dehqonchilik qishloqlari, alohida joylashgan saroylar, diniy inshoot- ibodatxonalar dan iborat bo’lgan. Ularni tadrijiy jihatda ham ahamoniylar, yunon-baqtriya va kushonlar davrlarida shakllangan antik davriga oid qo’hna shaharlarini tadrijiy jihatan bir necha guruhga bo’lish mukin. Birinchi guruh
shaharlari mil.avv. I ming yillikning o’rtalarida shakllanib, ellinlar davrida ham faoliyat yuritgan (Talashkontepa II, Jondavlattepa, Hayitabodtepa, Qal’ai Mir). Ikkinchi guruh shaharlar Yunon-Baqtriya davrida (Eski Termiz, Dalvarzintepa, Kampirtepa -Kofirqal’a, Keykabodshoh, Saksanoxur), uchinchi guruh shaharlar esa Kushonlar davrida (Zartepa, Budrach, Garovqal’a, Shaxtepa va boshqalar) vujudga kelib, faoliyat yuritgan. Yunon manbalarida Tarmita , xitoy manbalarida Tami nomlari bilan keltirilgan shahar eski Termiz yodgorligi o’rnida faoliyat yuritgan. Kushonlar davrida shahriston qismi ham shakllanib, alohida mudofaa devori barpo etiladi. Manzilgohning barcha hududi o’zlashtirilib, shahar atrofi qismi ham paydo bo’ladi. Shaharda turli tabaqa vakillarining uy-joy imoratlari, ishlab chiqarish inshootlari, budda dini ibodatxonalari paydo bo’ladi. Ayrim uy- joylarning ko’lami xiyla katta bo’lib, ularni barpo qilishda yog’och ustunlardan foydalanilgan. Saroy imoratlari va hashamdor uylar ichki tomondan boy mazmundagi rang-tasvir bezaklari bilan jihozlangan. Manzilgoh ichkarisida oldindan rejalashtirish asosida barpo qilingan davlatmand va oddiy shaharliklar uy-joylari hamda hunarmandlar kulollar mahallasi o’rganilgan. Oddiy shaharliklarning sodda uylaridan tortib, uy devorlari ichki tomondan boy mazmundagi rang-tasvirlar va o’yma ganchli naqshli bezaklar berib ishlangan davlatmand va shaharlik zodagonlarning mahobatli, shinam uylari ajralib turadi. So’g’dning antik davri arxeologiyasi So’g’d. Markaziy Osiyoning yirik madaniy-tarixiy viloyatlaridan biri bo’lgan So’g’d antik davrida Zarafshon (Samarqand va Buxoro viloyatlari) va Qashqadaryo vohalarilari hududlaridan tashkil topgan. Ayrim yunon mualliflari (Strabon) manbalarida keltirgan ma’lumotlarda uning janubiy hududi Amudaryo bilan chegaralanganligi to’g’risidagi ma’lumotlar mavjud. Umumiy etnik jihatdan hisoblangan butun o’lka aholisining madaniy taraqqiyoti darajasi va xususiyatiga ko’ra nisbatan yaqin bo’lsada, ular o’ziga xos
tomonlari bilan ajralib turadigan alohida vohalar yoki mikrovohalardan tashkil topgan. So’g’dning antik davri tarixi oid va ayrim taponimlariga oid qisqa va mavhum yozma manba ma’lumotlari yunon-rim, xitoy va qisman arman manbalarida uchraydi. O’lkada antik dariga oid turli vazifalarni bajargan arxeologik yodgorliklar aniqlanib, ularning asosiy qismida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan. O’z davri tarixi va madaniyatidan xabar beruvchi moddiy manbalar yirik shahar turidagi yodgorliklarda amalga oshirilgan tadqiqotlar natijasida nisbatan ko’proq to’plangan. Yirik shahar markazlarining asosiylari (Afrosiyob, Yerqo’rg’on, Ko’ktepa, Uzunqir-Podayotoq-Sangirtepa majmuai) ilk temir va arxaik davri o’rnida faoliyat yuritgan bo’lsa, boshqa bir guruh ko’hna shaharlar (Qalai Zaxaki Maron, Kitob shahridagi Qalandartepa yodgorligi, Talli Barzu, Buxoro va boshqalar) bevosita antik davrida shakllangan. Afrosiyob o’lkaning asosiy yirik shaharlar makazi sifatidagi ahamiyatini saqlab qoladi. Antik davri manbalarida qayd etilgan Marokandaning o’rni bo’lgan. Shaharning antik davridan darak beruvchi moddiy manbalar Afrosiyob II va III bosqichlariga oid madaniy qatlamlarda o’z aksini topgan. Markaziy Osiyo hududi yunonlar tomonidan bosib olingandan so’ng barcha hududlardagi kabi o’lkada ellin madaniyatining ta’siri kuchayadi. Ayniqsa, bu jarayon shahar qurilishida ko’proq namoyon bo’ladi. Samarqand So’g’dning antik davri san’at namunalari terrakotik haykalchalarda o’z aksini topgan. Qo’llarida ho’l meva, o’simlik, gullar yoki o’simlik ushlab turgan hosildorlik ayol ma’budalarining haykalchalaridan iborat. Ust bosh kiyim kechagi turli holatlarda tasvirlangan. Musiqa asoblari bilan tasvirlangan ayol va erkaklarning haykallari ham uchraydi. Buxoroda antik davri yirik shahar markazlar yaxshi o’rganilmagan. qishloq tipidagi manzilgohlarning ikki turi ajralib turadi. Qizilqir I Setaloq II, Romish manzilgohlari arxeologik jihatdan nisbatan yaxshi o’rganilgan yodgorliklari hisoblanadi.
Qadimgi Buxoro shahrining antik davrining qaysi bosqichida shakllanganligi to’g’risidagi aniq arxeologik ma’lumot yaxshi o’rganilmagan. Qadimda Janubiy So’g’dni tashkil etgan hozirgi Qashqadaryo vohasining moddiy madaniyati xususiyatlariga ko’ra umumiy va xususiy jihatlari bilan qisman farqlanadigan ikkita alohida vohalari ajralib turadi. Vohaning sharqiy qismi kichik daryo o’zanlari va Qashqadaryoning oqimi pasaygan o’rta oqimi hududlaridan tashkil topgan. Paxlaviy, yunon-rim va xitoy yozma manbalarida keltirilgan ayrim toponimlar (Kish, Nikshapiya va Nautaka, Ksenippa) zamonaviy tadqiqodchi olimlar tomonidan Qashqadaryo vohasi hududlari bilan qiyoslangan. O’tgan asrning oxirlariga qadar antik davri yunon-rim mualliflari yozma manba ma’lumotlarida tilga olingan Nautaka va Ksenippa viloyatlari S.K.Kabanov tomonidan Kesh va Naxshab vohalariga qiyoslanib, uning fikrlari vohaning qadimgi davr tarixi bilan shug’ullanuvchi boshqa olimlar tomonidan ma’qullanib kelingan. Naxshabning antik davri yirik shahar markazi bo’lgan Yerqo’rg’on yodgorligi arxeologik jihatdan yaxshi o’rganilgan. Ilgaridan rejalashtirilgan loyiha asosida qurilgan ko’hna shahar qudratli mudofaa tizimi va ikki kator mudofaa devori bilan mustahkamlangan. Ichki mudofaa devori 40 ga, tashqari mudofaa devori 150 ga maydonni o’rab olgan. Ark shaharistonning shimoliy qismida joylashgan bo’lib, 90x60 metr hajmda ark mudofaa devori mudofaa burjlari va shinaklar bilan kuchaytirilgan. Yodgorlikdan mil. avv. III-IV asrlarga oid saroy bino o’rni hamda III-IV asrlarga oid ibdatxona o’rganilgan. Ibodatxonaning markaziy toat-ibodat qilinadigan xonasi yirik xajmda bo’lib, ustunlari ostida yopilgan va uning devorlari haykalchalar va rang tasvirlar bilan bezatilgan. U yerdan tutatqi idishlar, oyna, ilon va qurbaqa tasvirlari topilgan. Ibodatxona ko’rinishidan olov va suvga sig’inuvchilar uchun hizmat qilgan. Shuningdek, Yerqo’rg’ondan kulolchilik m ahallalasining o’rni aniqlangan bo’lib, u ilk temir davri devori tashqarisida joylashgan.