Xorazm Mamun akademiyasi
Xorazm Mamun akademiyasi Reja. 1. Ilm-fan rivoji 2. Aniq va tabiiy fanlar sohasidagi yangiliklar 3. me’morchilik
Sharqning buyuk daho olimi Abu Ali al-Husayn ibn Abdulloh ibn al-Hasan ibn Ali ibn Sino Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog'i yaqinida tug'ilgan.Turk yozuvchisi Ibrohim Ogoh Chubukchining ma'lumotiga qaraganda,asli turk bo'lgan ibn Sinoning otasi nihoyatda o'qimishli kishi edi.Ibn Sino ayniqsa, tibbiyot ilmiga alohida mehr qo'ygan edi.Bu borada u xristian tibbiyotshunos olimi Iso bin Yaxyo asarlaridan ko'p foydalangan.Chunki u tibda tajribalarga ko'p ahamiyat bergan tabib bo'lgan.Qisqa vaqt ichida ibn Sino tabobat sohasida katta shuhrat qozonadi.Ibn Sinoning o'zi bu haqda quyidagilarni yozgan edi:"Tib aslida qiyin ilimlardan emas,shu sababdan men qisqa muddat ichida bu sohada shunday yutuqqa erish oldimki,hatto fozil tabiblar ham menga kelib mendan tib ilmini o'qiydigan bo'ldilar.Bemorlarga ham qatnar edim.Erishgan tajribalarim natijasida menga davolash eshiklari shunday keng ochildiki,uni ta'riflab bo'lmaydi'Mbn Sinoning obru-e'tibori kun sayin oshib borganligini bir necha e'tiborli dalillar isbot qiladi.Buxoro amiri Nux ibn Mansur (976-997) og'ir dardga chalinadi.Uni davolashda ibn Sino faol qatnashadi va buning evaziga u saroy kutubxonasida saqlanayotgan nodir kitoblardan foydalanish imkoniyatiga ega bo'ladi.Turli manbalarda ulug' mutafakkirning falsafa,mantiq,ruhshunoslik,adabiyotshunoslik, she'riyat,musiqashunoslik,geologiya,mineralogiya,fizika,matematika,tibbiyot,falak kiyot va fanning boshqa sohalariga oid 450 dan ortiq ilmiy asarlari qayd etiladi.Biroq bizgacha ibn Sinoning faqat 242 ta asari yetib kelgan,xolos.Shundan 80 tasi falsafa,ilohiyot va tasawufga,43 tasi tabobatga,19 tasi mantiqga,26 tasi ruhshunoslikga,23 tasi tibbiyot ilmiga,7 tasi falakkiyotga, 1 tasi rioziyotga,! tasi musiqaga,2 tasi kimyoga,9 tasi odob ilmiga,4 tasi adabiyotga,8 tasi boshqa olimlar bilan bo'lgan yozishmalarga tegishlidir. Olimning "Kitob ash-shifo" asarini o'z davrining qomusiy asarlaridan desak mubolag'a bo'lmaydi.Unda mantiq,tabiiy fanlar,riyoziyot va ilohiyot bo'yicha falsafiy g'oyalar o'z aksini topgan.Olimning tabobat ilmi bobida qoldirgan buyuk me'rosi ayniqsa katta ahamiyatga egadir.Uning tabobatga oid asarlaridan 30 tasi bizgachaga yetib kelgan.Ulug' hakimning tabobatga oid shox asari albatta "Kitob
al-Qonun fi-t-tib"(tib qonunlari kitobi)dir.Asar 5 kitobdan iborat. 1-chi kitobda tabobatning umumiy nazariyasi bay on etiladi. 2-chi kitob dorishunoslikka bag'ishlangan.Unda o'simlik, madan va hayvonlardan olinadigan 811 sodda dorining nomi alifbo tartibida joylashtirib chiqilgan va ta'rifi keltirilgan. 3-chi kitobda "Juz'iy" kasalliklar ya'ni insonning boshidan tovonigacha har bir a'zosida bo'ladigan kasalliklar,ularni aniqlash va davolash usullari yoritiladi. 4-chi kitob insonning biror bir muayyan a'zosiga xos bo'lmagan,balki butun gavdasida yuz berishi mumkin bo'lgan kasalliklarga bag'ishlangan. 5-chi kitobda murakkab dorilar ya'ni tabiatda tayyor holda uchramaydigan dorilarni tayyorlash to'g'risida fikr yuritiladi. Abu Ali ibn Sino "Tib qonunlari" asarining jahonshumur tarixiy ahamiyatini shu narsadan bilish mumkinki,bu kitob to XVIII-asrning oxirlariga qadar ham g'arbiy Yevropaning tibbiy o'quv yurtlarida asosiy o'quv qo'llanmasi bo'lib xizmat qilgan. "Tib qonunlari" Xll-asrdayoq lotin tiliga tarjima qilingan.Shu kunga qadar bu asar dunyodagi deyarli barcha xalqlarning tillariga o'girilgan.Ayrim qismlarining nashri esa son-sanoqsizdir. Ibn Sino o'zining shu xizmatlari uchun sharqda "Shayxur-Rais",garbda esa "Avetsenna" deb ulug'langan. Qomusiy olimlardan biri Abu Rayhon Beruniy (973-1048) tibbiyot sohasida ham ilmiy izlanishlar olib borgan.Uning hayot va faoliyati juda ham qiziqdir.Hozircha olimning ma'lum bo'lgan 154 nomdagi asarlari geografiya,astronomiya,tarix, geologiya,gidrogeologiya,geodeziya,mineralogiya,fizika,kimyo, botanika,farmakalogiya kabi sohalarga aloqadordir.Ana shu asarlardan bizgacha faqat 30 tasigina yetib kelgan xolos.Ulug' alloma Markaziy Osiyoda birinchilar qatorida dorishunoslik haqida "Kitobus saydalat fit tib" asarini yozdi.Unda olim mingdan ortiq doruvor moddalarni ta'riflagan,ualrning nomini o'ttiz tilda bergan. Anik fanlar rivoji O'rta Osiyoda yuksak darajada bulib bu davrda ko’plab matematik astronom olimlar yetishib chikdi. Ulardan biri Muxammad ibn Muso al- Xorazmiy(783-850) edi. U asli Xiva shaxridan bo'lib g'oyat o'tkir zexin egasi va
noyob qobiliyat soxibi bo'lgan. U yoshlik chog'idan boshlab aniq va tabiiy fanlarni o'rganishga qiziqdi, arab, fors, hind va Yunon tillarini egalladi, bu tillarda yozilgan kitoblarni qunt bilan uqib mutoala qildi. U dastlabki ta'limni xususiy muallimdan oldi va so'ngra o'sha davrning yirik ma'rifat markazlaridan biri bo'lgan Marvda madrasada o'qidi. Xalifa Xorun ar- Rashidning o'g'li Ma'mun xalifalik taxtiga utirgach, uni o'zi bilan birga Bag'dodga olib ketdi va u yerda tashkil etilgan "Baytul xikma" (Donishmatlar uyi)ga boshliq etib tayinladi. Bu yerda Xorazmiy katta ijodiy ilmiy ish bilan shug'ilandi. Xorazmiy matematika , geometriya, astronomiya, geografiya, tarix ilmi va boshqa fanlar sohasida barakali ijod qildi. Uning "Al-Jabr val Mukobala" (Tenglamalar va qarshilantirish), "Xisob al- Xind"(xind xisobi), "Kitob surat al ariz"(Yer surati xakida kitob), "Kitob at- Tarix"(tarix kitobi), "Kitob al amal bil usturlobat"(Usturlob bilan ishlash xakida kitob) kabi asarlari ilm fanda olimga jahonshumil shuxrat keltirdi. U "Tenglamalar va qarshilantirish " kitobida bu haqda shunday degan edi: "Men arfimetikaning soda va murakab masalalarini o'z ichiga oluvchi Al- jabr val Mukobala hisobi hakida qisqacha yozdim. Chunki u odamlarga meros taxsimlash, vasiyatnoma yozish, boylik bo'lish va adliya ishlari, sovda sotiq, kanal qazish, geometrik hisoblashlar shuningdek boshqa turli munosabatlarda juda ham zarur". Xorazmiy "Al- Jabr val muqoba" asari bilan matematika tarixida birinchi bulib "algebra" faniga asos soldi. Algera atamasining o'zi xam ushbu kitobning qisqacha "Al- Jabr "deb ataluvchi qisqartirilgan nomining aynan ifodasi hisoblanadi. Xorazmiyning bu asari butun dunyoga "Algebra" tarzida qabul qilingan. Hisob al - hind Kitobida Xorazmiy hozirgi paytda xayotda ishlatiladigan Idan (gacha bo'lgan raqamlar va nol yordamida istalgan soni yozish , ular yordamida arfimetik 4 amalni bajarish , o'sha raqamlar bilan ifodalangan sonlardan kvadrat ildizlar chiqarish qoidalirini izohlab beradi. Xorazmiyning "Zij"(Astronomik jadval), Quyosh soati haqida risola" asarlari falakkiyotshunoslik fanining rivojlanish taraqqiyotiga katta yissa qo'shdi. Aniq fanlar sohasida katta ilmiy ishlar olib borgan olimlardan biri Axmad Fargoniydir. U tilshunos olim Aziz
Qayumovning ma'lumotiga qaraganda yoshlikdan fanga , ilim olishga chanqoq bo'ib o'sgan asosan aniq fanlar: falakkiyotshunoslik, matematika geometriya, geografiya kabi fanlar sohasida ijod qilgan. Axmad Fargoniyning ijodiy faoliyati Bag'dod bilan, ulug' mutaffakkir olim Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy raxbarligida faoliyat ko'rsatgan "Baytul hikma" bilan bog'liqdir. U Bag'dod va Damashiqdagi rasadxonalar qurililshida shaxsan qatnashdi. Bag'dodning Raqoq nomi bilan ataluvchi mavzesida qurilgan rasadxona koshida tashkil etilgan falakkiyotshunoslik maktabiga raxbarlik qildi. Ahmad Farg'oniyga zamandosh, kasbdosh olimlar va shogirtlari bilan xamkorlikda Ptolamey "Yulduzlar jadvalTdagi ma'lumotlarni tekshirish ishlarini olib bordi. Uning falakkiyotshunoslikka oid ilmiy tatqiqot ishlari ijobiy samaralar berdi. Olimning al-Fargoniy "Jadvallari" (qulyozmasi), "Usturlob bilan amal qilish haqidagi kitob" Hindistonda, "Oy, yerning ostida va ustida bo'lganida vaqtni aniqlash risolasi"ning qulyozmasi Qoxirada, "Etti iqlim hibi" asarining qulyozmasi Olmaniyada, "Usturlob yasash haqidagi kitob" kulyozmasining 4ta nusxasi Berlin va Parijdadir. Axmad al-Fargoniyning bu asarlaridagi ilmiy kashfiyotlari bilan jahon fani va ma'daniyati taraqqiyotiga ulkan xissa qushdi. Xususan, uning 812- yilda Quyosh tutulishining oldindan bashorat qilishi, Yerning dumaloq shar shaklida ekanligini ochganligi olimga shuxrat keltirdi. Keyinroq Misrda yashagan chog'ida Nil daryosi suvini o'lchaydigan asbob yasagan. Bu asbob tutash idishlar qoidasiga asoslangan bo'lib, hozirgacha saqlanadi. Axmad Farg'oniyning falakkiyotga oid yirik ilmiy asarlaridan biri "Samoviy harakatlar va yulduzlar fanining majmuasi haqida kitob"dir. Bu asar "Astronomiya negizlari " deb ham yuritiladi. Bunda buyuk mutaffakkir o'zi yashagan davrdagi falakkiyotga oid bilimlarni tartibga soldi va o'zining Yangi xulosa va natijalari bilan boyitdi. Falakkiyot ilmiga oid asboblar, quyosh soatlarining bayonini berdi. Olimning stereografik proyeksialar nazariyasini undan ming yil keyin buyuk matematik Eyler 18 asrda geografiyaga oid xaritalar tuzish nazariyasiga tatbiq qildi. Va "Katta geografik xarita "ni yuzishda ishlatdi. Undan tashqari Kompleks o'zgaruvchan miqdorlar tekisligi noyevklid geometriyalar,