Xorazmshohlar davlati
Xorazmshohlar davlati. Reja: 1. Xorazmshoxlar davlatining tashkil topishi. 2. Boshqaruv tizimi 3. Madaniy hayoti
Mavzu tarixshunosligi. O‘zbek davlatchilgi taraqqiyotida muxim o‘rin egallagan Xorazmshohlar davlati buyicha sharqshunoslik ilmida ko‘pgina tarixchi olimlar tomonidan tadkikot olib borilgan. Jumladan, Xorazmshohlarning yuksalishi va bu davlatning keyingi takdiri V.V.Bartoldnng «Turiston Mugul istilochilari davrida», S.P.Tolstovning «Kadigi Xorazm madaniyatini izlab» ilmiy tadkikotlarida, atokli adib V.Yanning «Chingizxon» tarixiy romanidan Xorazmshohlar davlatining takdiri haqida ko‘plab ma’lumotlar olish mumkindir. Bu mavzuga aloqador xorijiy mualliflarning tadkikotlaridan misol keltirsak, Ibroxim Kafas o‘g‘lining 1956 yilda Anqarada bosilgan «Xorazmshohlar davlati tarixi»da bu davlatning siyosiy va harbiy tarixi ancha muvassal yoritiladi. 1978 yilda Bog‘dod dorilfununi mudarrisi Nofi’a Tavfik al-Ubudning magistrlik- nomzodlik dissertasiyasida Xorazm davlati tarixi tadkik qilingan. Erdugon Merchilining asarida ham Xorazmshohlar sulolasi haqida bayon qilingan. Yuqorida sanab utilgan barcha mualliflar o‘zlarining asarlarida kadimiy kulyozmalardan foydalanganlar. Xorazmshohlar tarixini yoritishda Ibn al-Asir, Juvayniy, Rashididdin, Ibn al-Fuvotiy, Ibn as-So’iy, Ibn ad-Dubaysiy, Al-Yazdiy, An-Nishopuriy, al-Xusayniy kabi tarixchilarning kulyozmalari va shuningdek o‘sha davr rasmiy hujjatlari asos bo‘lgan deyish mumkin. Xorazmshohlar sulolasidan Alouddin Otsiz haqida Ismoil ibn Xasan «Kibob ul-agroz» asarini, Takash sharafiga «Jom’e ul-ulum» asarini, Alouddin Muhammadga atab Majididdin Nasaviy fors tilida «Shaxonshoxnoma» dostonini yaratganlar. Majididdin Nasaviy Sulton Jaloliddin devonida munshiylik vazifasida xizmat qilgan. Ba’zi vaqtlarda sulton Jaloliddin elchisi sifatida Boshqa mamlakatlarga davlat ishlarini hal etish uchun borgan. Sultoning podsholarga va maliklarga yuborilgan hujjatlarini tuzgan. U «Siyrati sulton Jalol ad-Din» asarini yozib koldirgan. Muhammad ibn Najib Bakron jugrofiy olim bo‘lib, sulton Alouddin Muhammadga jaxon xaritasini tuzgan va unga «Jaxonnoma» deb atalgan sharxlarni qayd qilgan. Yana bir qimmatli ma’lumotlar beruvchi Nasaviyning «Nafsatul masdur» asari bo‘lib, unda Jaloliddin Manguberdiining hayotini o‘rganishda ahamiyati kattadir. O‘rta asr manbalarining aksariyat qismida
Xorazmshohlar davlati tarixining u yoki bu jihatlari haqida ma’lumotlar mavjud va bu ma’luomtlarni sinchiklab o‘rganilsa, bu davlat tarixini mukammal o‘rganishda kumak beradi. Xorazmshohlar davlatining vujudga kelishi. Xorazmshohlar deyilganda, Xorazm voxasida hukmronlik qilgan sulola vakillari tushuniladi. Uzoq yillar davomida bu yerda bir qator sulolalar Xorazmshohlar unvoni ostida faoliyat ko‘rsatganlar. Masalan, IV-X asrlarda afrigiylar xonadoni, 995-1017 yillarda ma’muniylar, 1017-1041 yillarda esa Oltintoshiylar (Oltintosh, Xorun, Xandon) sulolalari hoqimiyatni boshqarganlar. Ammo Xorazm doirasidan tashqariga chiqib, o‘zga yerlarni o‘z tasarrufiga olib mamlakatni kengaytirgan va chinakam boshqaruvni saltanat darajasiga ko‘targan sulola anushteginiylardir. Ma’lumki, Xorazm G‘aznaviylar davrida o‘z mustaqilligini saqlab qalolmagan edi. XI asrda Ma’muniylar davrida Xorazm eng gullagan davlatlardan biriga aylanadi. Albatta, Maxmud bunga befarq qaray olmadi. U iloji boricha Xorazmni egallashga, hech bo‘lmasa o‘ziga qaram yoki vassal mamlakatga aylantirishga harakat qildi. Ammo Maxmud bu ishlarni nihoyatda ustalik va tinch yo‘l bilan amalga oshirdi. U o‘z singillarini Xorazmshoh Ali ibn Ma’munga va uning ukasi Ma’mun ibn Ma’munga turmushga beradi va Xorazm hukmdorlari bilan kuda-anda bo‘lib oladi. Ammo voqealarning bu tarzda rivojlanib borishi Bog‘dod halifasi Kodirni tashvishga solayotgan edi. U Xorazmni ham, Maxmud G‘aznaviyning ham kuchayishini istamas edi. Shu bois ikki o‘rtada nifok chiqarishga harakat qildi va ma’lum darajada maqsadiga erishdi. Kodir Xorazmshoh Ma’mun ibn Ma’munga o‘z elchisi orqali faxriy kiyim va «Ayn Ad Daula va Zayn Al Mila», ya’ni «davat ko‘zi va dindorlar jamoasining ko‘rki» unvoni diplomini topshiradi. Albatta, bu voqea halifa Kodirning rejasiga ko‘ra Maxmud G‘aznaviyning g‘azablanishiga sabab bo‘lishi kerak edi. Xuddi shunday bo‘ldi ham. 1014 yilda Maxmud G‘aznaviy Xorazmdagi o‘z elchisi orqali Maxmud G‘aznaviy nomini juma nomozida xutbaga qo‘shib o‘qitishni Xorazmshohdan talab qiladi. Xorazmshoh
og‘ir axvolga tushadi. Shu bois u ikki yoklama siyosat olib boradi. Dastlab, Niso va Farovada sulton Maxmud nomiga xutba uqiladi. Xorazmda buni amalga oshirishga ko‘rkadi. Bunday ikki yoklama siyosat mamlakatni ham, Xorazmshohning o‘zini ham saqlab qola olmadi. Birinchi navbatda bu siyosatdan Xorazmdagi ayrim siyosiy va harbiy doiralar norozi bo‘ladi. Maxmud G‘aznaviy bu siyosiy o‘yindan foydalanib 1017 yili Xorazm ustiga qo‘shin tortib boradi. Xorazm Maxmudning ixtiyoriga o‘tadi. Xorazmshoh unvoni saqlab qolinib Maxmudning harbiy sarkardasi Oltintosh Xorazmga hoqim qilib tayinlanadi. Ana shu tariqa Xorazm mustaqilligi barham topadi. Tarix saxnasiga saljuqiylar kelgach, vaziyat Xorazmshohlar tomonga o‘zgaradi. Bu davlatning zaiflashuvi natijasida Sharqiy saljuqiylar davlati bir qancha feodal davlatlarga bo‘linib ketadi va XII asr oxirlarida Xuroson Xorazmshohlar quliga o‘tadi. Yuqorida aytilganidek, Xorazmshohlar sulolasining asoschisi Anushtagin bo‘lib, manbalarda yozilishiga ko‘ra , Anushtakin yoshligida Gurjistonda yashagan turk quli edi. Tarixchilardan Rashid ad-Din va Xofizi Abro‘ uning o‘g‘o‘z turklarining Bekdili urug‘idan deb yozishadi. Anushtaginni yoshligida isfaxsolar Izziddin Onar Bilgategin sotib olgan va u saljuq sultoni Malikshox I ning saroy ayyonlaridan biri, sulton hovuzlari va hammomlari ashyolarining xazinachisi –tashtdorlik lavozimida edi. Tashtdorlik lavozimiga sulton juda yaqin va ishonchli odamlarini tayinlar edi va ko‘p o‘tmay Anushtakin sultonning yaqinlaridan biri bo‘lib qoladi. Tashtdorlik uchun zarur harajatlar Xorazm viloyatidan kelib turgani uchun sulton Malikshox yaqin odami Anushtakinni Xorazm mutasarifi mansabiga tayinlab, unga Xorazm shixnasi unvonini bergan edi. U vaqtda Xorazm hoqimi sulton Malikshox, ya’ni bo‘lg‘usi sulton Sanjarning o‘g‘liga tobe mamluk-Ekinchi ibn Quchqor edi. Sulton Barkyoruk zamonida saljuqiylar saltanatining sharqiy viloyatlari Xuroson amir Dodbex Xabashiy ibn Oltintosh qo‘l ostida edi. U saljuqlarning nizolaridan foydalanib, 1097 yilda saljuqiylardan ajralib chiqib, mustaqillikka erishadi. Shu yili Anushtakin vafot etadi. Mansabdan chetlashtirilgan Ekinchi bin
Qo‘chqor o‘rniga Anushtakining o‘g‘li Qutbiddin Muhammadni (1097-1127) Xorazm voliysi qilib tayinlaydi. Anushtakin Xorazmshohlar sulolasining tarixi aslida mana shu Xorazmshoh Qutbiddin Muhammaddan boshlanadi. U 30 yil davomida Sulton Sanjarga sodiqlik bilan xizmat qiladi, uning raxbarligida olib borilgan barcha janglarda faol qatnashadi. Ayni zamonda Qutbiddin Muhammad mamlakatni har jihatdan taraqqiy etishda astoydil kuch sarflaydi. U saljuqiylar dargoxiga qaram edi. Har yili markazga undirilgan soliqni yetkazib turardi. Qutbiddin Muhammad vafot etgach, Sulton Sanjar sodiq vassalining ulkan xizmatlarini inobatga olib hech ikqilanmasdan uning o‘rniga 29 yoshli o‘g‘li Qutbiddin ibn Aloviddin Jaloliddin Otsizni (1127-1156) Xorazm taxtiga o‘tkazadi. Otsiz Xorazm tarixida aloxida o‘ringa ega bo‘lgan shoxdir. U buyuk davlat arbobi, moxir va usta diplomat, dovyurak sarkarda edi. Otasi kabi o‘z davrining o‘qimishli kishisi bo‘lib, Xorazm aholisi o‘rtasida adolatli hukmdor sifatida tanilgan edi. Sulton Sanjarning zaif tomonlarini o‘rganib, mustaqil tashki siyosat olib borib Xorazmni mustaqil qilishga harakat qildi. Sulton Sanjarga bo‘lgan sodiqlik ipi uzog‘i bilan o‘n yillarga cho‘zildi. Voqealarning keyinchalik rivojlanib borishi vassal bilan sulton o‘rtasida keskin burilish yasashga olib keldi. Bu voqea 1136-1138 yillarda sodir bo‘ladi. Kundan- kunga Otsizning mavkei va ta’sir doirasi oshib borayotganligi sulton Sanjarni xavotirga sola boshlaydi. Bog‘dod halifasi Al-Mustajid va uning o‘rniga kelgan Al-Muktofiylar ikkisini urishtirib qo‘yishga fursat poylar edi. Halifa Otsizni Xorazm xududlarining to‘la hukmdori sultoni sifatida tan olib yorlik junatadi. Shundan so‘ng Otsiz 1141 yildan boshlab mustaqil ravishda oltin tangalar zarb qila boshlaydi. Otsiz birinchi vassal shartlarini buzib 1130 yili Sirdaryoning quyi oqimlarida joylashgan Mangishlok va Jandni bosib oladi. Sulton Sanjar esa buni o‘ziga qarshi isyon deb biladi. Boshqalarga o‘rnak bo‘lmasligi uchun uni jazolamokchi bo‘ladi. U Xorazm ustiga qo‘shin tortib boradi. Bu jangda uning o‘g‘li Otli halok bo‘ladi va o‘zi yengiladi. Bu voqeadan so‘ng Sulton Sanjar Otsizning o‘rniga jiyani Sulaymonshoxni