logo

Samoniylar davlati

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

29.021484375 KB
Samoniylar davlati
Reja:
1. Samoniylar davlatining tashkil topishi
2. Samoniylar davlatining mamuriy boshqaruv tizimi
3. Samoniylar davlatining  ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot Somoniylar   -   910-asrlarda   Movarounnahr   va   Xurosondagi   sulolasr   Somoniyning
oilaviy nisbasi, ya ni nomi ularning ajdodi bo‘lmish Somonxudot ismi bilan bog‘liq.ʼ
Somonxudotning   kelib   chiqishi   hakida   turli   xil   ma lumot   va   fikrlar   mavjud.   Abu	
ʼ
Bakr   Narshaxiy   (10-asr)   va   Hamza   Isfahoniy   (X-asr)   keltirgan   ma lumotlarga	
ʼ
qaraganda,   Somonxudot   Balx   viloyatidagi   Somon   qishlog‘idan,   alMukaddasiy   (X-
asr) ning ma lumotiga ko‘ra esa, u Samarqand viloyatidagi Somon nomli qishloqdan	
ʼ
bo‘lgan.   "Sa diya"   nomli   asar   (XVII-asr)   da   keltirilgan   ma lumotlarga   ko‘ra,   uning
ʼ ʼ
asl   ismi   Arquq   bo‘lib,   u   Farg‘onadan   Termizga   ko‘chib   kelgan   va   u   yerda   Somon
nomli qishlog‘iga asos solgan.O‘rta asrlarda Buxoro, Farg‘ona, Tohariston, Xuttalon
va   boshqa   viloyatlarda   ham   Somon   nomli   qishloqlar   bo‘lganligi   kayd   etilgan.   Bu
ma lumotlar   "Somon"   toponimi   o‘rta   asrlarda   O‘rta   Osiyo   hududlarida   va   undan	
ʼ
tashqari yerlarda ham keng tarkalgan joy nomi bo‘lganligidan dalolat beradi.
Ko‘pchilik   manbalar   (Hudud   alolam,   Ibn   Havqal,   Beruniy,   Gardizi   va   h.k.)   ga
ko‘ra, Somonxudot sosoniylar davridagi mashhur sarkarda Bahrom Cho‘bin (VI-asr)
ning   4   yoki   5pogonadagi   avlodi   bo‘lgan.   Baxrom   Cho‘binning   kelib   chiqishi
eftaliylar   bilan   bog‘lik   U   sosoniylarga   qarshi   ko‘zg‘olon   ko‘tarib   (590   y.)
mag‘lubiyatga   uchragandan   keyin   Farg‘onaga   qochib   kelgan   va   turkiy   malikaga
uylanib, umrining oxirigacha o‘sha yerda kolib ketgan. Uning avlodlari ham o‘zlarini
podshoxdar   oilasiga   mansub   deb   hisoblaganlar   va   Sosoniylar   davlatidagi
shahanshoxlar   oliy   taxtiga   da vo   kilganlar.  	
ʼ Somonxudotning   shajarasida   keltirilgan
ajdodlaridan   ayrimlarining   (Juba,   Jamchan,   Tamg‘as   kabi)   turkiy   ismlari   bo‘lgan.
Shunisi   diqkatga   sazovorki,   turkiylarning   rivoyatlarida   Somonyabg‘u   (ya ni	
ʼ
Somonxudot)   turkiylarning   O‘g‘uzxondan   keyingi   davrlarda   yashagan   ajdodlari
katorida tilga olingan.
O‘rta Osiyoga arablar bostirib kelganda, Somonxudot, ayrim ma lumotlarga ko‘ra,	
ʼ
Balx viloyatidan Marvga Xuroson amiri Asad ibn Abdulloh al   Qushayriy (725/727 va
735/738   yillar)ning   oldiga   kelib,   undan   dushmanlariga   qarshi   kurolli   yordam
berishini   suraydi.   Arablar   yordamida   dushmanlarini   yenggach,   Somonxudot   islom
dinini   kabul   kiladi   va   o‘g‘lining   ismini   amirning   sharafiga   Asad   ko‘yadi.   Asadning Nuh,   Ahmad,   Yahyo   va   Ilyos   ismli   ug‘illari   alMa munning   Marvdagi   saroyidaʼ
xizmatda bulgan va Rofi ibn Lays ko‘zyulonini bostirishda faol qatnashgan. Buning
evaziga alMa mun ularni bir nechta viloyatlarga amir etib tayinlaydi (819—820 y.).	
ʼ
Xususan,  Nuh — Samarqand amiri, Ahmad — Farg‘ona amiri, Yahyo — Shosh va
Ustrushona   amiri,   Ilyos   esa   Hirot   amiri   etib   xayinlanadi.   Ular   dastlab   Xuroson
amirlari bo‘lgan tohiriylarga tobe bo‘lgan va harbiy kuch to‘plab, Arab xalifaligining
sharqiy chegaralarini qo‘riqlab turishgan, shuningdek, shim.dagi turklarga qarshi bir
necha bor yurishlar qilishgan. Nuh ibn Asad Isfijobni bosib olib (840 y.), uni o‘ziga
tobe qiladi. Shunday qilib, akaukaning to‘ng‘ichi  bo‘lgan Nuh ibn Asad Samarqand
va Sug‘dning katta qismini, shuningdek, Farg‘ona va boshqa bir qancha shaharlarni
o‘z hokimiyati ostida birlashtiradi.	
2 
 reja
Bu davrda Movarounnaxrning Samarqand, Farg’ona, SHosh va Ustrushona
viloyatlarida   noiblik   qilayotgan   somoniylar   xonadonining   siyosiy   xayotida   xam
asta-sekin   uzgarishlar   yuz   beradi.   Yurtga   avval   Nux,   sungra   Axmadboshchilik
qiladi.   Ular   xatto   uz   nomlaridan   misdan   chaqalar   zarb   etadilar.   Axmad   vafotidan
(865) keyin uning ug’li Nasr Samarqandni markazga aylantiradi. U Buxoro voxasi,
Naxshob   (qashqadaryo),   CHag’onrud   (Surxondaryo)   vodiylaridan   tashqari
Movarounnaxrning   barcha   viloyatlarini   birlashtirish   va   uni   Xurosondan   ajratib
olish choralarini kuradi. Toxiriylar davlatining barxam topishi bilan vaziyat tubdan
uzgarib,   istiqlol   uchun   qulay   sharoit   paydo   buladi.   CHunki   safforiylar
Movarounnaxrga   xukmronlik   qilishning   uddasidan   chiqa   olmaydilar.   Uz   xoliga
tashlab quyilgan Buxoro axli xatto safforiylarga tobe bulishni xoxlamaydi. SHaxar
zodagonlari   somoniylarga   murojaat   qilib,   Samarqandga   Nasr   ibn   Axmadxuzuriga
elchilar   yuboradilar.   Undan   Buxoroni   uz   qul   ostiga   olishni   va   somoniylar
xonadonidan   bir   kishini   Buxoroga   xokim   qilib   yuborishni   suraydilar.   Nasr   bu
taklifni   mamnuniyat   bilan   qabul   qilib,   ukasi   Ismoilni   (874)   Buxoroga   noib   qilib
yuboradi.   SHunday   qilib,   IX   asrning   oxirgi   choragida   Mo varounnaxrning   deyarli
barcha   viloyatlari   somonIIlar   tasarrufiga   utib,   u   uz   mustaqilligini   tiklab   oladi.
Xuddi   shu   vaqtdan   boshlab   Nasr   ibn   Axmaduzini   butun   Mova rounnaxrning boshlig’i deb xisoblay boshlaydi. Garchi ukalari  SHosh viloyatining noibi  Yoqub
va Farg’ona xokimi Asadlar uz nomlari bilan chaqa. pul zarb etib, uzboshimchalik
qilsalar   xam,   ammo   u   somoniylar   xukmronligi   tarixida   birinchi   bulib   kumush
dirxam   zarb   etadi.   Kumush   tangalar   chiqarish   davlat   mustaqilligining   ramzi
xisoblanib,   to   shu   vaqtgacha   xalifalik   viloyatlarida   faqat   toxiriylargina   bunday
dirxamni  zarb  etish   xukukiga  ega  edilar.  SHunday  bulsa-da,  Buxoro  noibi  Ismoil
akasi   Nasrga   itoat   qilishni   istamaydi.   Uziga   berilgan   viloyatni   mumkin   qadar
iqtisodiy   jixatdan   mustaqil   idora   qilishga   intiladi.   Nasrning   xazinasiga
yuboriladigan   xar   yilgi   soliqlarni   turli   baxonalar   bilan   tuxtatib   quyadi.   Aka-uka
urtasida adovat paydo bulib, u 888 yilda jangga olib keladi. Jangda Nasr qushinlari
tor-mor keltiriladi. SHuyildan           boshlab           Ismoil           butun   Movarounnaxrni
birlashtirib, uning yagona xukmdori bulib oladi.
Ismoil Somoniy urta asrlarning qobiliyatli, serg’ayrat va nixoyatda zukko
yirik davlat arbobi edi. U Movarounnaxrni birlashtirgach, mustaxkam feodal davlat
tuzishga   intiladi.   U   uz   Vatanida   barqaror   tinchlikni   ta’minlab,   uni
mustaxkamlashda xukmronlik qobiliyatining nozik xususiyatlarini ishga soladi.
892 yilda Ismoil Transaksoniya va Xorazm ustidan hukmronligini o‘rnatdi.
Buxoro shahri markaz qilib belgiladi 1
.   Avvalo katta kushin tuplab, kuchmanchilar
dashtiga askar tortadi. 893 yilda Taroz shaxrini fatx etib, dashtliklarga qaqshatqich
zarba beradi. Bu SomonIIlar davrida kuchmanchilarga qarshi qilingan oxirgi katta
yurish edi. Natijada kuchmanchi qabilalarning Movarounnaxr viloyatlariga bulgan
uzluksiz   bosqinlari   barxam   topib,   utroq   axoli   endilikda   voxalar   atrofi   buylab
yuzlab   kilometrga   chuzilgan   mudofaa   devorlariyu,   son-sanoqsiz   qal’alarni   bino
qilish   va   ularni   muttasil   ta’mirlab   turishdek   og’ir   va   mashaqqatli   mexnatdan   va
tashvishdan   forig’   buladi.   Xuddi   shu   davrdan   boshlab,   300   km   dan   oshiqroq
masofada   Buxoro   voxasining   atrofini   urab   turgan   qadimiy   mudofaa   inshooti
Kampirak   devorining   xar   yilgi   odatiy   xashari   xam   tuxtatilib,   u   qarovsiz
qoldirilgan.   Narshaxiyning   yozishicha,   Amir   Is moil   uzining   kuchli   qushinlarini
nazarda   tutib,   «Toki   men   tirik   ekanman,   Buxoro   viloyatining   devori   men
1
  Fransic Henry Skrine and Edward Denison Ross A history of Russian Turkestan and the 
Central Asian Khanates from the earliest times Roudledge Curzon, USA, 2005 ,р.71.  bulaman», deb aytgan emish.
Movarounnaxr   axolisining   mustaqillikka   erishib,   bu   diyorda   Somoniylar
davlatining   tabora   kuchayib   borishi   shubxasiz   sharqiy   viloyatlardan   muttasil
undirilib   olinadigan   katta   boyliklardan   maxrum   bulgan   Arab   xalifaligini,   bir
tomondan, nixoyatda ranjitsa, ikkinchi toomndan, chuchitarxam edi. SHu boisdan
xalifalik  safforiylar bilansomoniylarni tuqnashtirishga va bu yosh xamda boy ikki
davlatning   xar   ikkisini   xam   zaiflashtirib,   ma’lum   darajada   uzta’sirini   qayta
tiklashga   xarakat   qiladi.   Natijada   900   yilda   ular   ur tasida   boshlanib   ketgan   urush
Ismoilning   g’alabasi   bilan   tugaydi.   Butun   Xuroson   somoniylar   qul   ostiga   utadi.
Noilojlikdan   xalifa   Ismoilning   bunday   ulkan   davlatini   tan   olishga   va   unga
xukmdorlik yorlig’ini yuborishga majbur buladi. SHunday qilib, IX asr oxirlarida
Movarounnaxr   Arab   xalifaligi   istibdodidan   abadiy   xalos   buladi.   Is moil   Somoniy
butun   Movarounnaxrni   uz   kuli   ostidakuchli   bir   davlat   qilib   birlashtiradi,
Xurosonda tashkil topgan Safforiylar davlatiga barxam beradi va uni uz davlatiga
qushib   oladi.   Natijada   poytaxti   Buxoro   shaxri   bulgan   zamonasining   eng   yirik
mustaqil feodal davlati tashkil topadi. Bu davlatni somoniylar xonadonidan bul gan
xukmdorlar amirlar X asr oxirlarigacha idora qiladilar.
3 reja
Somoniylar     sulolasining   hokimiyatdagi   vakillari   amir   deb   atalgan   bo‘lib,   ularga
dargoh   (saroy   axli)   va   devonlar   (harbiy   boshqarmalar)   bo‘ysungan.   Vazir
mansabiga,   asosan,   Jayhoniylar,   Bal amiylar   va   Utbiylar   aslzoda   oilalariningʼ
vakillari   tayinlanar   edi.   Jayhoniy   va   Bal amiy   ulardan   eng   mashhur   vazirlardir.	
ʼ
Somoniylar   da   vazir   devonidan   tashqari   10   devon   bo‘lib,   ular   uchun   Buxorodagi
Registon   maydonida   maxsus   katta   bino   qurilgan   edi.   Nasr   II   (914—943)   davrida
Buxoroning   Registon   maydonida   podsho   qasri   qarshisida   devonlar   uchun   saroy
qurilib,   davlat   mahkamasi   inana   shu   maxsus   binoga   joylashgan   edi.   Mahkama
xizmatchilari   faqat   saroy   ahli,   ruhoniy   va   zodagon   dehqonlardan   bo‘libgina
qolmasdan, shu bilan birga muayyan bilimlarga ega bo‘lishi shart edi. Odatda, ular
arab, fors tillarini puxta egallab olgan. Qur’onni  va shariatning asosiy  qoidalarini
yaxshi biladigan turli fanlardan birmuncha xabardor bo‘lgan savodli asilzodalardan tanlab   olingan.   Somoniylar   ning   boshqaruv   tizimi,   asosan,   mahalliy   dehqonlar,
aslzodalar  va din arboblaridan tashkil  topgan bo‘lib, har  bir  amaldor  arab va fors
tillarini   mukammal   bilishi,   shuningdek,   diniy   va   dunyoviy   fanlardan   xabardor
bo‘lishi shart edi. Bunday odamlarni ahl alqalam (qalam axli) deb atashgan. Saroy
harbiy   qo‘mondonlari   hojib,   Xuroson   lashkarboshisi   esa   sipoxsolor   deb   atalgan
bo‘lib,   boshqaruv   ishlariga   katta   ta sir   o‘tkazib   kelishgan.   Somoniylar   ningʼ
soliklardan   kelib   tushadigan   yillik   daromadi   45   mln.   dirhamni   tashkil   qilgan
bo‘lsa,   bu   mablag‘dan   20   mln.ga   yaqini   boshqaruv   tizimida   xizmat   qilayotgan
amaldorlar   va   qo‘shin   ehtiyojlariga   sarflangan.   Xizmat   uchun   ish   xaqi   hammaga
har 90 kunda, ya ni bir yilda 4 marta muntazam ravishda berib turilgan.	
ʼ
Shu  bilan   birga   X  asrlarda   yirik   mansabdorlarning  davlat   oldidagi   xizmati   uchun
yer   va   suvdan   iborat   katta-katta   mulklar   in om   qilina   boshlaydi.   Ayniqsa   u   XI	
ʼ
asrda   keng   yoyiladi.   Bunday   mulkka   „iqto“,   unga   ega   bo‘lgan   mulkdorlar
„muqto‘“ yoki „iqto 'dor“ deb yuritilardi. Iqto tarzida esa ayrim viloyat, voha yoki
shaharlar va tumanlar hadya etilgan. Iqto dastawal asosan oliy tabaqa zodagonlar:
sulola  a zolari—amirzodalar va yirik mansabdorlarga in om etilgan. Iqto mulklari	
ʼ ʼ ʼ
awalda   bir   umrga   emas,   balki   ma lum   muddatga   berilib,   nasldan-naslga	
ʼ
o‘tkazilmagan.   Iqtodorlar   hadyaga   berilgan   mulklarga   hali   to‘la   egalik   qila
olmaganlar.   Ular   iqto   yerlaridan   tushadigan   daromad   yoki   uning   ma lum	
ʼ
qisminigina   yig‘ib   olish   huquqiga   ega   bo‘lganlar,   xolos.   Butun   bir   viloyat   iqto
qilib  berilgan  noib   —  vazirga   ba zan  o‘z   nomi   bilan  chaqa   pul   zarb  etish   huquqi	
ʼ
ham berilar edi. Bu shubhasiz, o‘z navbatida markaziy hokimiyatni kuchsizlantirib,
mahalliy hokimlarning boshboshdoqlik harakatlarining kuchayishiga olib edi.
X-asr   boshida   Somoniylar     hukmronligi   ostidagi   mulklar   quyidagi   viloyatlardan
tashkil topgan: Buxoro, Samarqand, Ustrushona, Farg‘ona, Shosh, Isfijob, Xorazm,
Kesh,   Nasaf,   Chag‘oniyon,   Xuttalon,   Badaxshon,   Balx,   Tohariston,   Guzganon,
G‘archiston,   Marv,   Hirot,   G‘ur,   Nishopur   va   Go‘rgon.   Viloyatlarda   boshqaruv
g‘okimlar   qo‘lida   bo‘lib,   ular   amir   tomonidan   tayinlangan.   Bu   mansabga
ko‘pincha   mahalliy   yer   egalari   va   viloyat   hokimlari   xonadoni   vakillari   tayinlanar
edi.   Shaharlarning   boshqaruvi   raislar   qo‘lida   bo‘lib,   ular   hokimlar   tomonidan tayinlangan.   Mas,   Somoniylar     hukmronligi   davrida   Tohariston   shaharlarida
banichuriylar   sulolasi,   Xurosonda   simjuriylar   sulolasi,   Guzganonda   farig‘uniylar
sulolasi, Xorazm va Isfijobda mahalliy turkiy sulolalar, shuningdek, Chag‘oniyon,
G‘azna, Sijiston, G‘ur va G‘archistonda mahalliy sulolalar hukm surgan.
Somoniylar   ning   saroy   ma muriyati   ichidagi   amaldorlarning   bir   qismini   forelar,ʼ
qolgan   qismini   mahalliy   turkiylar   tashkil   etgan.   Viloyatlarda   ham   xuddi   shunday
ahvol kuzatilgan. Harbiy va mudofaa ishlari to‘la turkiylarning qo‘lida bo‘lgan. 10-
asr   ga   kelib   Isfijob,   Taroz   va   boshqa   shaharlarning   turkiy   aholisi   ko‘plab   islom
dinini   qabul   qilganliklari   tufayli   Somoniylar   ning   boshqaruv   tizimida   ularning
salmog‘i   oshib   ketgan.   Xususan,   Alptegin,   Sabuktegin,   Alp   Arslon,   Alitegin,
Simjuriy, Bektuzun, Qorategin, Ayach, Altuntosh, Banichur, Tosh singari mashqur
tarixiy   shaxslar   va   ularning   avlodlari   shular   jumlasidandir.   Shuningdek,   turli
viloyatlar   va   shaharlarni   Inaj,   Il - Mangu,   Sabukra,   Boyqaro,   Alxunmish,   Boytuz,
Tuztosh,   Kunbosh,   Suboshitegin,   Kamtegin,   Fayozbek,   Xumorbek,   Xumortosh,
Oytug‘dibek, Bilgategin, Fategin, Shukrtegin, Aytug‘mish va boshqa g‘ukmdorlar
boshqargan.
Hokimiyat   Somoniylar     qo‘lidan   ketib,   qoraxoniylar   qo‘liga   o‘tgandan   keyin
ularning   deyarli   barchasi   ikkilanmay   yangi   hukmdorlar   xizmatiga   o‘tishgan.
Shuning   uchun   Bug‘roxon   992   yilda   Isfijobdan   yurish   qilib,   Samarqand   va
Buxoroni   egallaganda,   unga   hech   kim   qarshilik   ko‘ r satmagan.   Chunki   mahalliy
aholi,   shu   jumladan,   amaldorlar   ham,   ularga   Movarounnahrning   arablargacha
bo‘lgan   asl   egalari   sifatida   va   endi   islom   dinini   qabul   qilib,   o‘z   yerlariga   qaytib
kelgan   hukmdorlar   deb   qaraganlar.   Shunday   qilib,   Somoniylar     boshqaruv   tizimi
aniq va mukammal  ravishda tuzilgan bo‘lib, o‘zida davlatchilikning o‘sha davrda
eng ilg‘or an analarini mujassamlashtirgan.	
ʼ
IX–X   asrlarda   Movarounnaxr,   Xuroson   va   Xorazmning   shaxar   va
qishloqlarida xunarmandchilikning kupgina soxalari birmuncha rivojlangan bulsa-
da,   ammo   bu   hududlar   qishloq   xujaligi   mamlakati   edi.   Axolisiningasosiy   qismi
sug’orma   dehqonchilik   va   chorvachilik   bilan   shug’ullanardi.   Asrlar   osha
takomillashib kelgan sershoxa  sug’orish tarmoqlari  va turli-tuman  suv inshootlari (tug’on,   band,   novakoriz,   chigirik ,   charxpalak,   suvayirg’ich)   vositasida   sug’orilib
obod   etilgan   serunum   vohalarda   sug’orma   dehqonchilik   madaniyati   g’allakorlik,
sholikorlik,   paxtachilik,   sabzavotchilik,   polizchilik   va   bog’dorchilik   yuqori
darajada  rivoj   topgan.   Zarafshon,   qashqadaryo   va   Farg’ona   vodiysi,   SHosh,   Eloq
hamda   Xorazm   vohalarida   aholi   ziroatlarning   deyarli   barcha   navlarini:   arpa,
bug’doy,   tariq,   mosh,   adas   (yasmiq),   kunjut,   nuxat,   zig’ir,   jut   va   shu   kabilarni
yetishtirar   edi.   Samarqand   vohasida   asosiy   ekin   bulgan   g’alladan   tashqari   zig’ir,
kanop   va   kanakunjut,   Xorazmda   esa   kunjut   kup   ekilardi.   Zig’ir,   kunjut   va
kanakunjutdan   moy   olingan.   Movarounnahrning   togoldixududlari   ax,olisining
asosiy   mashg’uloti   chorvachilik   bulsa-da,   ular   lalmikorlik   bilan   ham
shug’ullanardi.   Lalmi   yerlarda   asosan   g’alla   yetishtirilgan.   Murg’ob,   Buxoro,
Samarqand va SHosh vohalarida paxtachilik kattagina urinni egallagan. Paxtaning
ingichka   tolali   g’uza   navlari   ekilgan.   g’uzadan   tashqari   za’faron   va   ruyan   kabi
nodir   dorivor   usimliklar   ekilib,   ulardan   turli   xil   dori-darmonlar   va   buyoqlar
tayyorlangan.
Movarounnahr   va   Xorazmda,   ayniqsa   bog’dorchilik   ma daniyati   keng
ravnaq   topgan.   Bog   va   chorbog’larda   uzum,   anor,   anjir,   olma,   nok,   behi,   urik,
shaftoli,   olxuri,   olcha,   tut,   jiyda   va   kupgina   boshqa   mevalar   yetishtirilar   edi.
Xususan,   uzumning   unlab   navlaridan   nixoyatda   kup   hosil   olingan.   Uzumdan
mayiz,   shinni,   sirka   va   musallas   tayyorlangan.   Movarounnahr   va   Xorazmda
sabzavot  va poliz ekinlari  serob bulib, qovunlar  nixoyatda shirali  bulgan. Buxoro
va   Xorazmning   qirqma   qovunlari   va   qovun   qoqilari   SHarqning   uzoq-uzoq
shaharlariga   olib   borilgan.   X   asr   muarrixi   Narshaxiy   Buxoro   Registoni   atrofida
barpo   etilgan   muhtasham   mexmonxonali   va   sarhovuzli   chorbog’lardagi   sulim-
daraxtzorlar   va   shirin-shakar   anvoyi   mevazorlarni   ta’riflab,   ularda   «nashvati,
bodom, yong’oq, gilos, jilonjiyda va anbar buyli... har bir meva g’oyatda yaxshi va
guzal tarzda utkazilgan edi», deb yozadi.
Dexqonchilik   solig’i   xirojdan   xazinaga   tushadigan   daromad-davlat   kirim-
chiqimining   kattagina   qismini   qoplar   edi.   SHuning   uchun   x,am   somoniylar
mamlakatda   dexqonchilik   xujaligini   rivojlantirishga   katta   e’tibor   beradilar. Avvalambor   ular   ayrim   viloyat   va   vohalarda   suv   taqsimotini   tartibga   solib,
ularning   suv   ta’minotini   yaxshilash   hamda   iloji   boricha   ekin   maydonlarini
kengaytirishga   harakat   qiladilar.   IX–X   asrlarda   Movarounnaxrning   viloyat   va
vohalarida   daryo   va   uning   tarmoqlaridan   kuplab   yangi-yangi   sug’orish   kanallari
qazib   chiqarilib,   ularning   dahanalariga   suv   bog’lab   oluvchi   tug’onlar,   miftohlar
(shlyuz) va suv tashlagich novlar urnatiladi. Oqar suvga tanqis togoldihududlari va
daralar ichida bandlar bino qilinib, suv omborlari barpo etiladi. Yer osti suvlaridan
dehqonchilikda   foydalanish   uchun   uta   murakkab   va   nixoyatda   mashaqqatli
sug’orish   inshoati-korizlar   qazilib   ishga   tushiriladi.   Suv   manbalari   sathidan
balandroq joylashgan yer maydonlariga suv chiqarish uchun charxpalak, chig’ir va
duloblardan keng foydalaniladi.
SHunday   qilib,   X   asr   oxiriga   kelib   somoniylar   urtasida   avj   olib   ketgan
uzaro   kurashlar,   Movarounnahrda   ayrim   viloyatlarni,   Xurosonda   esa   kupgina
joylarni egal lab olgan ba’zi bir mahalliy xokimlar va yirik mulkdor feodallarning
markaziy   hokimiyatga   qarshi   chiqishlari   mamlakatning   iqtisodiy   va   siyosiy
qudratiga   katta   putur   yetkazadi.   Natijada   Somoniylar   davlati   nixoyatda   zaiflashib
qoladi.   Bu   davrda   u   Yettisuv   viloyatida   tashkil   topgan   qoraxoniylar   davlatining
Movarounnaxrga   tomon   yurishlariga   qarshi   tura   olmaydi   va   uning   shiddatli
hamlalariga bardosh bera olmay qulaydi.      Adabiyotlar:
1. Все монархи мира. Мусульманский Восток VII-XV вв.   —   М.   : 2004. 25-
67 стр.  
2. Ирмияева   Т.Ю.   История   мусульманского   мира   от   Халифата   до
Блистательной Порты.  - Челябинск, 2000 , 67-88 бб.
3. Fransic   Henry   Skrine   and   Edward   Denison   Ross   A   history   of   Russian
Turkestan and the Central Asian Khanates from the earliest times Roudledge
Curzon, USA, 2005 , 64-66 бб.

Samoniylar davlati Reja: 1. Samoniylar davlatining tashkil topishi 2. Samoniylar davlatining mamuriy boshqaruv tizimi 3. Samoniylar davlatining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot

Somoniylar - 910-asrlarda Movarounnahr va Xurosondagi sulolasr Somoniyning oilaviy nisbasi, ya ni nomi ularning ajdodi bo‘lmish Somonxudot ismi bilan bog‘liq.ʼ Somonxudotning kelib chiqishi hakida turli xil ma lumot va fikrlar mavjud. Abu ʼ Bakr Narshaxiy (10-asr) va Hamza Isfahoniy (X-asr) keltirgan ma lumotlarga ʼ qaraganda, Somonxudot Balx viloyatidagi Somon qishlog‘idan, alMukaddasiy (X- asr) ning ma lumotiga ko‘ra esa, u Samarqand viloyatidagi Somon nomli qishloqdan ʼ bo‘lgan. "Sa diya" nomli asar (XVII-asr) da keltirilgan ma lumotlarga ko‘ra, uning ʼ ʼ asl ismi Arquq bo‘lib, u Farg‘onadan Termizga ko‘chib kelgan va u yerda Somon nomli qishlog‘iga asos solgan.O‘rta asrlarda Buxoro, Farg‘ona, Tohariston, Xuttalon va boshqa viloyatlarda ham Somon nomli qishloqlar bo‘lganligi kayd etilgan. Bu ma lumotlar "Somon" toponimi o‘rta asrlarda O‘rta Osiyo hududlarida va undan ʼ tashqari yerlarda ham keng tarkalgan joy nomi bo‘lganligidan dalolat beradi. Ko‘pchilik manbalar (Hudud alolam, Ibn Havqal, Beruniy, Gardizi va h.k.) ga ko‘ra, Somonxudot sosoniylar davridagi mashhur sarkarda Bahrom Cho‘bin (VI-asr) ning 4 yoki 5pogonadagi avlodi bo‘lgan. Baxrom Cho‘binning kelib chiqishi eftaliylar bilan bog‘lik U sosoniylarga qarshi ko‘zg‘olon ko‘tarib (590 y.) mag‘lubiyatga uchragandan keyin Farg‘onaga qochib kelgan va turkiy malikaga uylanib, umrining oxirigacha o‘sha yerda kolib ketgan. Uning avlodlari ham o‘zlarini podshoxdar oilasiga mansub deb hisoblaganlar va Sosoniylar davlatidagi shahanshoxlar oliy taxtiga da vo kilganlar. ʼ Somonxudotning shajarasida keltirilgan ajdodlaridan ayrimlarining (Juba, Jamchan, Tamg‘as kabi) turkiy ismlari bo‘lgan. Shunisi diqkatga sazovorki, turkiylarning rivoyatlarida Somonyabg‘u (ya ni ʼ Somonxudot) turkiylarning O‘g‘uzxondan keyingi davrlarda yashagan ajdodlari katorida tilga olingan. O‘rta Osiyoga arablar bostirib kelganda, Somonxudot, ayrim ma lumotlarga ko‘ra, ʼ Balx viloyatidan Marvga Xuroson amiri Asad ibn Abdulloh al Qushayriy (725/727 va 735/738 yillar)ning oldiga kelib, undan dushmanlariga qarshi kurolli yordam berishini suraydi. Arablar yordamida dushmanlarini yenggach, Somonxudot islom dinini kabul kiladi va o‘g‘lining ismini amirning sharafiga Asad ko‘yadi. Asadning

Nuh, Ahmad, Yahyo va Ilyos ismli ug‘illari alMa munning Marvdagi saroyidaʼ xizmatda bulgan va Rofi ibn Lays ko‘zyulonini bostirishda faol qatnashgan. Buning evaziga alMa mun ularni bir nechta viloyatlarga amir etib tayinlaydi (819—820 y.). ʼ Xususan, Nuh — Samarqand amiri, Ahmad — Farg‘ona amiri, Yahyo — Shosh va Ustrushona amiri, Ilyos esa Hirot amiri etib xayinlanadi. Ular dastlab Xuroson amirlari bo‘lgan tohiriylarga tobe bo‘lgan va harbiy kuch to‘plab, Arab xalifaligining sharqiy chegaralarini qo‘riqlab turishgan, shuningdek, shim.dagi turklarga qarshi bir necha bor yurishlar qilishgan. Nuh ibn Asad Isfijobni bosib olib (840 y.), uni o‘ziga tobe qiladi. Shunday qilib, akaukaning to‘ng‘ichi bo‘lgan Nuh ibn Asad Samarqand va Sug‘dning katta qismini, shuningdek, Farg‘ona va boshqa bir qancha shaharlarni o‘z hokimiyati ostida birlashtiradi. 2 reja Bu davrda Movarounnaxrning Samarqand, Farg’ona, SHosh va Ustrushona viloyatlarida noiblik qilayotgan somoniylar xonadonining siyosiy xayotida xam asta-sekin uzgarishlar yuz beradi. Yurtga avval Nux, sungra Axmadboshchilik qiladi. Ular xatto uz nomlaridan misdan chaqalar zarb etadilar. Axmad vafotidan (865) keyin uning ug’li Nasr Samarqandni markazga aylantiradi. U Buxoro voxasi, Naxshob (qashqadaryo), CHag’onrud (Surxondaryo) vodiylaridan tashqari Movarounnaxrning barcha viloyatlarini birlashtirish va uni Xurosondan ajratib olish choralarini kuradi. Toxiriylar davlatining barxam topishi bilan vaziyat tubdan uzgarib, istiqlol uchun qulay sharoit paydo buladi. CHunki safforiylar Movarounnaxrga xukmronlik qilishning uddasidan chiqa olmaydilar. Uz xoliga tashlab quyilgan Buxoro axli xatto safforiylarga tobe bulishni xoxlamaydi. SHaxar zodagonlari somoniylarga murojaat qilib, Samarqandga Nasr ibn Axmadxuzuriga elchilar yuboradilar. Undan Buxoroni uz qul ostiga olishni va somoniylar xonadonidan bir kishini Buxoroga xokim qilib yuborishni suraydilar. Nasr bu taklifni mamnuniyat bilan qabul qilib, ukasi Ismoilni (874) Buxoroga noib qilib yuboradi. SHunday qilib, IX asrning oxirgi choragida Mo varounnaxrning deyarli barcha viloyatlari somonIIlar tasarrufiga utib, u uz mustaqilligini tiklab oladi. Xuddi shu vaqtdan boshlab Nasr ibn Axmaduzini butun Mova rounnaxrning

boshlig’i deb xisoblay boshlaydi. Garchi ukalari SHosh viloyatining noibi Yoqub va Farg’ona xokimi Asadlar uz nomlari bilan chaqa. pul zarb etib, uzboshimchalik qilsalar xam, ammo u somoniylar xukmronligi tarixida birinchi bulib kumush dirxam zarb etadi. Kumush tangalar chiqarish davlat mustaqilligining ramzi xisoblanib, to shu vaqtgacha xalifalik viloyatlarida faqat toxiriylargina bunday dirxamni zarb etish xukukiga ega edilar. SHunday bulsa-da, Buxoro noibi Ismoil akasi Nasrga itoat qilishni istamaydi. Uziga berilgan viloyatni mumkin qadar iqtisodiy jixatdan mustaqil idora qilishga intiladi. Nasrning xazinasiga yuboriladigan xar yilgi soliqlarni turli baxonalar bilan tuxtatib quyadi. Aka-uka urtasida adovat paydo bulib, u 888 yilda jangga olib keladi. Jangda Nasr qushinlari tor-mor keltiriladi. SHuyildan boshlab Ismoil butun Movarounnaxrni birlashtirib, uning yagona xukmdori bulib oladi. Ismoil Somoniy urta asrlarning qobiliyatli, serg’ayrat va nixoyatda zukko yirik davlat arbobi edi. U Movarounnaxrni birlashtirgach, mustaxkam feodal davlat tuzishga intiladi. U uz Vatanida barqaror tinchlikni ta’minlab, uni mustaxkamlashda xukmronlik qobiliyatining nozik xususiyatlarini ishga soladi. 892 yilda Ismoil Transaksoniya va Xorazm ustidan hukmronligini o‘rnatdi. Buxoro shahri markaz qilib belgiladi 1 . Avvalo katta kushin tuplab, kuchmanchilar dashtiga askar tortadi. 893 yilda Taroz shaxrini fatx etib, dashtliklarga qaqshatqich zarba beradi. Bu SomonIIlar davrida kuchmanchilarga qarshi qilingan oxirgi katta yurish edi. Natijada kuchmanchi qabilalarning Movarounnaxr viloyatlariga bulgan uzluksiz bosqinlari barxam topib, utroq axoli endilikda voxalar atrofi buylab yuzlab kilometrga chuzilgan mudofaa devorlariyu, son-sanoqsiz qal’alarni bino qilish va ularni muttasil ta’mirlab turishdek og’ir va mashaqqatli mexnatdan va tashvishdan forig’ buladi. Xuddi shu davrdan boshlab, 300 km dan oshiqroq masofada Buxoro voxasining atrofini urab turgan qadimiy mudofaa inshooti Kampirak devorining xar yilgi odatiy xashari xam tuxtatilib, u qarovsiz qoldirilgan. Narshaxiyning yozishicha, Amir Is moil uzining kuchli qushinlarini nazarda tutib, «Toki men tirik ekanman, Buxoro viloyatining devori men 1 Fransic Henry Skrine and Edward Denison Ross A history of Russian Turkestan and the Central Asian Khanates from the earliest times Roudledge Curzon, USA, 2005 ,р.71.

bulaman», deb aytgan emish. Movarounnaxr axolisining mustaqillikka erishib, bu diyorda Somoniylar davlatining tabora kuchayib borishi shubxasiz sharqiy viloyatlardan muttasil undirilib olinadigan katta boyliklardan maxrum bulgan Arab xalifaligini, bir tomondan, nixoyatda ranjitsa, ikkinchi toomndan, chuchitarxam edi. SHu boisdan xalifalik safforiylar bilansomoniylarni tuqnashtirishga va bu yosh xamda boy ikki davlatning xar ikkisini xam zaiflashtirib, ma’lum darajada uzta’sirini qayta tiklashga xarakat qiladi. Natijada 900 yilda ular ur tasida boshlanib ketgan urush Ismoilning g’alabasi bilan tugaydi. Butun Xuroson somoniylar qul ostiga utadi. Noilojlikdan xalifa Ismoilning bunday ulkan davlatini tan olishga va unga xukmdorlik yorlig’ini yuborishga majbur buladi. SHunday qilib, IX asr oxirlarida Movarounnaxr Arab xalifaligi istibdodidan abadiy xalos buladi. Is moil Somoniy butun Movarounnaxrni uz kuli ostidakuchli bir davlat qilib birlashtiradi, Xurosonda tashkil topgan Safforiylar davlatiga barxam beradi va uni uz davlatiga qushib oladi. Natijada poytaxti Buxoro shaxri bulgan zamonasining eng yirik mustaqil feodal davlati tashkil topadi. Bu davlatni somoniylar xonadonidan bul gan xukmdorlar amirlar X asr oxirlarigacha idora qiladilar. 3 reja Somoniylar sulolasining hokimiyatdagi vakillari amir deb atalgan bo‘lib, ularga dargoh (saroy axli) va devonlar (harbiy boshqarmalar) bo‘ysungan. Vazir mansabiga, asosan, Jayhoniylar, Bal amiylar va Utbiylar aslzoda oilalariningʼ vakillari tayinlanar edi. Jayhoniy va Bal amiy ulardan eng mashhur vazirlardir. ʼ Somoniylar da vazir devonidan tashqari 10 devon bo‘lib, ular uchun Buxorodagi Registon maydonida maxsus katta bino qurilgan edi. Nasr II (914—943) davrida Buxoroning Registon maydonida podsho qasri qarshisida devonlar uchun saroy qurilib, davlat mahkamasi inana shu maxsus binoga joylashgan edi. Mahkama xizmatchilari faqat saroy ahli, ruhoniy va zodagon dehqonlardan bo‘libgina qolmasdan, shu bilan birga muayyan bilimlarga ega bo‘lishi shart edi. Odatda, ular arab, fors tillarini puxta egallab olgan. Qur’onni va shariatning asosiy qoidalarini yaxshi biladigan turli fanlardan birmuncha xabardor bo‘lgan savodli asilzodalardan