Qoraxoniylar davlati
Q oraxoniylar davlati Reja: 1. Qoraxoniylar davlatining tashkil topishi. 2. Qoraxoniylar davlatining ijtimoiy- iqtisodiy hayoti.
X asrning birinchi yarmida Yettisuv va Koshg‘arda yashovchi turk qabilalari: qorluq, jikil (chigil) va yag‘molarning ijtimoiy va iqtisodiy hayotida katta o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Bir tarafdan, ularning o‘troq hayotga ko‘chishi kuchayib, dexqonchilik xo‘jaligi kengayadi, shaxarlar kutariladi, savdo va xunarmandchilik usadi. Ikkinchi tarafdan esa ilk feodal munosabatlar rivoj topib, turk jamoalari urtasida sinfiy tabaqalanish keskin tus oladi. Chorvador qabilalarning ichki hayotidagi bunday o‘zgarishlarda, shubhasiz, bir tomondan, Yettisuv va Koshg‘arni kesib utgan qadimiy karvon yo‘li buylab qad kutargan savdo shaharlariyu vohalarda vujudga kelgan dexqonchilik qishloqlari aholisining roli katta buldi. Ikkinchi to mondan esa kushni Movarounnahrning o‘troq axolisi bilan ularning yaqindan olib borgan iqtisodiy va madaniy aloqalarining ta’siri kuchli buldi. Shunday qilib, murakkab ichki jarayonlar, feodal dexqonchilik dunyosi va karvon yo‘lidagi boy savdo-xunarmandchilik shaxarlarining bevosita ta’siri chorvador turk qabilalarining ijtimoiy hayotida ilk feodal munosabatlarining shakllanishida asosiy omil buldi. Buning oqibatida bu hududlarda siyosiy vaziyat nixoyatda keskinlashib ketdi. X asr o‘rtalarida Issiqkulning janubi va Koshg‘arda yashagan yag‘mo qabilalari kuchayib, avval uzlaridan shimoli-sharqroqda yashovchi jikil qabilalari bilan yagona ittifoqda birlashadi. So‘ngra ular Yettisuvga xuruj qilib, qorluqlarni buysundiradi va bu ulkan hududda qoraxoniylar davlatini tashkil qiladilar. Yozma manbalarda yag‘molar turk qavmlari ichida madaniy jihatdan eng qolog‘i deb ta’riflanadi. Ular asosan yilqichilik va quychivonlik bilan shug‘ullanar edi. Muynali hayvonlar xamda ov qushlarini ovlardi. Dexqonchilik bilan kam shug‘ullanardi. Yag‘molar turk qabilalari orasida eng jangovari hisoblangan. Jikillar esa yag‘molarga nisbatan birmuncha madaniyroq va boy qabila bulgan. qoramol, quy va yilki podalariga ega bulishgan. qora uylarda yashasa ham, qorluqlarniki singari shaxar va qishloqlari bulgan. YARMO va jikillarga nisbatan qorluqlar ancha madaniyatli aholi hisoblangan. Turk qabilalariga tegishli yurtlar orasida ular eng obod joylarga ega bulishgan. Ularning mamlakatida qishloqlar bilan bir qatorda shaharlar ham bulgan. qorluqlarning ayrimlari muynali hayvonlar
ovlash, qolganlari chorvachilik xamda dexqonchilik bilan shug‘ullangan. Qoraxoniylar davlatining tashkil topishida jikil va qorluqlar katta rol uynadilar. Davlatning yuqori mansablari va qo‘shinda ular muxim urinlarni egallasalar-da, biroq xonlik taxtiga yarmo biylari o‘tirganlar. Bu yangi turk davlatining podsholari «arslonxon» va «bug‘roxon» unvonlari bilan yuritilgan. Bu ikki oliy daraja buyuk xukmdor ma’nosini anglatgan, Buyuklik yoki ulug‘lik esa qadimda turkiy xalqlarda «qora» so‘zi bilan sifatlangan. Shu boisdan taxtda o‘tirgan arslonxon yoki bug‘roxonlar «qoraxon», ya’ni ulug‘ xon hisoblangan. Ular hukmdorlik qilgan davlat esa tarixda «qoraxonyylar davlati» nomi bilan shuxrat topgan. Aslida «arslon" jikil qabilasining totemi — ajdodi ibtidosi xisoblangan. «bug‘ra» esa yag‘molarning totemi bulgan. U og‘ir yuk ko‘taradigan bichilgan tuya ma’nosini anglatgan. Podsholik darajasiga qabila totemlarining nomlari bilan nisbat berilishiga qaraganda, qoraxoniylar davlatining asosini jikillar bilan yag‘molar tashkil etgan. Davlatni boshqarishda qoraxoniylar qabilaviy udumining og‘alik tartibiga qat’iy rioya qilingan. Bu udumga muvofiq qabila boshliqlari orasida eng yoshi ulug‘ini «arslonxon» yoki «bug‘roxon» darajasiga kutarib, xukmdor, ya’ni qoraxon qilib saylashgan. Odatda u «tamg‘achxon», ya’ni xonlar xoni deb yuritilgan. 992 yilda Xasan Bug‘roxon boshliq qoraxoniylar Movarounnaxrga tomon xujum boshlaydilar. Ularning harbiy yurishlarida Shosh, Farg‘ona va boshqa viloyatlarda yashovchi turkiy qavmlar xam qatnashadilar. Natijada ular qoraxoniylar bilan birikib ketadilar. Bu davrda somoniylar ma’muriyati va harbiy qo‘shinlar boshqaruvini o‘z qo‘liga olgan turk xojiblari, hatto ayrim viloyatlarni egallab olib, deyarli mustaqil hukmronlik qilayotgan turk lashkarboshilari mamlakatni dushmandan mudofaa qilish urniga xoinlik yo‘lini tutib, qoraxoniylarga yon bosadilar. Qoraxoniylarning Buxoroga yurishi oldindan somoniylarning eng e’tiborli turk lashkarboshlaridan Xuroson noibi Abu Ali Simjuriy amir Nux ibn Mansurdan yashirincha Bug‘roxon bilan Somoniylar davlatini bo‘lib olish haqida muzokara olib boradi. Ikkinchi turk lashkarboshisi Ayach boshliq qo‘shin tor-mor qilinadi va
uning o‘zi asirga olinadi. Raboti Malik yaqinidaga Harjan yonida yana bir turk xojibi Foyiq katta qo‘shin bilan Bug‘roxonga qarshi jang qiladi. Ammo Foyiq jang qizg‘in ketayotgan paytda atayin taslim bo‘ladi. Shu sababli Buxoro himoyasiz qoladi. Nux ibn Mansur poytaxtni tashlab chiqib ketishga majbur bo‘ladi. qoraxoniylar Buxoroni qarshiliksiz ishg‘ol qiladilar. Ko‘p vaqt o‘tmay Bug‘roxon sotqin Foyikni Termiz va Balxga noib qilib tayinlaydi. Ammo Bug‘roxon Buxoroda uzoq tura olmaydi. Kasallik uni poytaxtni tark etib, o‘z Vatani Koshg‘arga qaytishga majbur etadi. Yo‘lda u vafot qiladi. Bunday qulay sharoitdan foydalangan Nux ibn Mansur Buxoroga qaytib, o‘z taxtini egallaydi. Ammo ikki mahalliy turk xojibi — Foyiq Balxda, Abu Ali Simjuriy Xurosonda amirga qarshi qo‘zg‘olon ko‘taradi. O‘z kuchiga ishonmagan Nux G‘azna xukmdori Sobuqtakinni yordamga chaqiradi. Yigirma mingli qo‘shin bilan u Movarounnaxrga yetib keladi va Nux bilan birlashib qo‘zg‘olonchilarga qarshi yurish qiladi. Bir necha janglardan sung Foyiq va Abu Ali qo‘shinlari tor-mor qilinadi. Sobuqtakinning bu yordami zvaziga NUX ibn Mansur unga «din va davlat xomiysi», uning o‘g‘li Maxmudga esa «Sayf ud-din» yoki «din shamshira» degan unvonlarni taqdim etadi. Shuningdek, Sobuqtakinni Abu Ali Simjuriy urniga Xurosonning noibi qilib tayinlaydi. Natijada G‘azna va Xurosonda Sobuqtakin va Maxmudning siyosiy xukmronligi mustaxkamlanib, g‘aznaviylar davlati tashkil topadi. Tez orada bu davlat kuchayib, Hindiston chegarasidan Amudaryogacha bulgan yerlarni egallaydi. 2 Reja O ‘rta Osiyo xududida Somoniylar va G‘aznaviy hukmronligi davrida shimoldagi turkiy qabilalar bilan do‘stona munosabat olib borilar edi. Lekin bu davlatlarning zaiflashib borayotganidan xabar topgan turkiylar O‘rta Osiyoga hujum qila boshladilar. Ularning yo‘lboshchisi B ilga Hoqon bo‘lgan 1 . 996 yilda Koraxoniylar Movaronnaxr tomon yana xujum boshlaydilar. Ularga Nasr ibn Ali boshchilik qiladi. Nuxga yordam berish uchun Sobuqtakin Chag‘oniyon, g‘uzg‘on va Xuttalon xokimlarining birlashgan qo‘shinlaridan iborat 1 Fransic Henry Skrine and Edward Denison Ross A history of Russian Turkestan and the Central Asian Khanates from the earliest times Roudledge Curzon, USA, 2005 ,р.76
katta kuch bilan Keshga yetib keladi. Nuxning xam o‘z qo‘shini bilan unga qo‘shilishini talab qiladi. Bu somoniylar amirining xukmdorlik xuquqlarini mensimaslik va ochiqdan-ochiq unga qarshi chiqish edi. Nuh shubhasiz, bundan bosh tortadi va farmoyish yuborib, Sobuqtakinni Buxoroga chaqirtiradi. Bunga javoban Sobuqtakin qo‘shin yuborib Buxoroni egallaydi. So‘ngra u qoraxoniylar bilan muzokaralar olib boradi. Natijada ular urtasida shartnoma tuzilib, unga muvofiq Sirdaryo xavzasi qoraxoniylar quliga utadi. Sobuqtakin esa Amudaryodan janubdagi yerlar, shu jumladan Xurosonga xukmdor bulib oladi. Somoniylarga Movarounnaxrning markaziy qismigina beriladi, xolos. Biroq kup vaqt utmay qoraxoniylar Bu xoroni bosib oladi. Garchi somoniylar to 1005 yilgacha Samarqand va Buxoroni qaytarib olishga uringan bulsalar-da, ammo 999 yilda Buxoroning Nasr Eloqxon tomonidan zabt etilishi bilan somoniylar hukmronligi barxam topgan edi. Shunday qilib, X asr oxirida So moniylar davlati o‘rnida ikkita yangi davlat tashkil topdi: biri — Koshg‘ardan Amudaryogacha chuzilgan Sharqiy Turkistonning bir qismini, Yettisuv, Shosh, Farg‘ona va qadimgi Sug‘dni uz ichiga olgan qoraxoniylar davlati, ikkinchisi esa shimoliy Xindiston chegarasidan tortib Kaspiy dengizining janubiy qirg‘oqlarigacha bulgan viloyatlarni qamrab olgan G‘aznaviylar davlati edi. Garchi Amudaryo bu ikki turk davlatlari o‘rtasidagi chegara deb belgilangan bulsa-da, ammo qoraxoniylar Xurosonni zabt etilgan yurtning ajralmas qismi deb xisoblab, uni o‘z davlatiga qo‘shib olish uchun xarakat qiladilar. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay qoraxoniylar bilan g‘aznaviylar urtasida shiddatli urushlar boshlanadi. 1006 va 1008 yillarda qoraxoniylar Xuroson ustiga ikki marta qo‘shin tortadilar, Balh Tus va Nishopur shaxarlari zabt etiladi. Ularning xarbiy yurishini Sulton Maxmudga qarshi bulgan Xurosonning mulkdor feodallari qullab-quvvatlaydilar. Lekin Maxmud g‘aznaviy qoraxoniylarga zarba berib, Xu rosonni uz davlati tasarrufida saqlab qolishga muvaffaq bo‘ladi. 1017 yilda Maxmud Xorazm ustiga lashkar tortib, uni bosib oladi. Shunday qilib, Xorazm mustaqil davlat sifatida barxam topadi. Bu davrda Sirdaryo etaklarida yashovchi ug‘uzlardan ajralib saljuqiylar nomi bilan Xurosonga borib o‘rnashgan turkman qabilalari kuchayib, uz vaqtida