Qadimgi Baqtriya sivilizatsiyasi
Kurs ishi Mavzu: Qadimgi Baqtriya sivilizatsiyasi 1
REJA: I.KIRISH II.ASOSIY QISM 1.Baqtriyaning bronza va temir davri madaniyatlari. 2.Baqtriyaning Axamoniylar davri yodgorliklari. 3.Yunon-Baqtriya podshohligi davri yodgorliklari. III.XULOSA IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 2
KIRISH O ʻ zbekiston hududidagi eng qadimgi davlatlar haqidagi asosiy manbalar – “Avesto” kitobi, ahamoniylarning mixxat yozuvlari, yunon- rim tarixchilarining ma ʼ lumotlari hisoblanadi. So ʻ nggi yillarda Baqtriya, Xorazm va So ʻ g ʻ d hududlarida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar bu ma ʼ lumotlarni tasdiqlash bilan birga yangi ma ʼ lumotlar bilan boyitmoqda. Sopolli, Kuchuktepa, Qadimgi Baqtriya, Qadimgi So ʻ g ʻ d madaniyatlarining ochilishi O ʻ zbekiston hududida davlatchilikning shakllanishi va rivojlanishi bo ʻ yicha yangi ma ʼ lumotlar bermoqda. Jahon tarixshunosligida ilk davlatlarning shakllanishi borasida ko ʻ plab nazariyalar mavjud: - davlatlar mulkiy tabaqalanish mahsuli bo ʻ lib, uning kurtaklari qadimgi jamoalar davrida paydo bo ʻ lgan (QadimgiSharq); - rivojlangan jamoalarda sinfiy differensiya va davlatchilik bo ʻ lgan yoki harbiylashgan jamoalar bosqinidan o ʻ zlarini himoya qilish yo ʻ lida himoya vositalari va davlat boshqaruv tizimini rivojlantirib borgan, aks holda varvarlar hujumining qurboniga aylangan. Bu holatda rivojlangan jamoa uchun davlatchilik ikkilamchi, urug ʻ jamoa tuzumi darajasida bo ʻ lgan xalqlar uchun davlatchilik birlamchi hisoblanadi (V- VI asrlarda Rim imperiyasining Varvarlar tomonidan bosibolinishi); - sinfiy differensiyasiz jamiyatda davlatlarning paydo bo ʻ lishi (Shan-In, Maya, Inklar, Asteklar – Kolumbgacha bo ʻ lgan Amerikaxalqlari). Bu xalqlarda yerga egalik qilish, jamoa mulki yoki sinfiy stratifikatsiya sezilmaydi. Avval primitiv davlatlarning shakllanishi va keyin esa sinflarning shakllanishi yuzbergan; - to ʻ rtinchi holatda sinfiy differensiya va davlatchilik bir vaqtda shakllanadi. Albatta, bu jamoada davlatchilik qo ʻ shni xalqlarning – davlatlarning ta ʼ sirida (Attika) paydo bo ʻ ladi. O ʻ zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so ʻ ng, o ʻ zbek davlatchiligi tarixini o ʻ rganish Prezident tashabbusi bilan davlat 3
siyosati darajasiga ko ʻ tarildi. Tadqiqotchilar tomonidan qadimgi tarixning asosiy xususiyatlari va davlatchilikning vujudga kelishi masalalari tahlil etilmoqda. Ilk davlatlarning paydo bo ʻ lishi va turlari, hukmdorlar unvonlari kabi masalalar akademik E.V. Rtveladze, ilk davlatlarning shakllari va xronologiyasi, boshqaruv shakllari, etnik migratsiya va bosqinchilik natijasida yangi davlatlarning paydo bo ʻ lishi A.S. Sagdullayev, ilk davlatchilikning boshlanishi T.Sh. Shirinov, o ʻ zbek davlatchiligining uzluksiz tadrijiy rivojlanishi Azamat Ziyo asarlarida tahlil etildi. A.S.Sagdullayev va O ʻ . Mavlonovlarning “O ʻ zbekistonda davlat boshqaruvi tarixi (qadimgi davrlardan XIX asrning o ʻ rtalariga qadar)” nomli o ʻ quv qo ʻ llanmasi nashrdan chiqdi. Qo ʻ llanmada boshqaruvning iqtisodiy, ijtimoiy, harbiy-siyosiy va hududiy funksiyalari, davlatchilikning ilk bosqichlaridan boshlab XIX asrning o ʻ rtalarigacha bo ʻ lgan tarixiy davrda davlatchilikning rivojlanish qonuniyatlari va xususiyatlari, davlat boshqaruvining mazmun va mohiyatlari ochib berildi. O ʻ .I. Abdullayev O ʻ rta Osiyoda qadimgi boshqaruv va ilk davlatchilik tarixshunosligiga bag ʻ ishlangan kitobida davlatchilikning shakllanishi bo ʻ yicha umumlashgan xulosalar chiqargan: - bronza davrida “voha-davlatlar”; - mil.av. I ming yillikning boshlarida “voha-davlatlar” vadastlabki siyosiy uyushmalar; - ilk temir davrida hududiy jihatdan o ʻ rtamiyona davlatlar paydo bo ʻ lgan deyilgan. Bu O ʻ rta Osiyoning barcha mintaqasi uchun bronza davrida voha- davlatlar shakllangan degan xulosani beradi. Vohalanki, Qadimgi Sharq dunyosi bilan doimiy madaniy aloqada bo ʻ lgan O ʻ rta Osiyoning janubiy mintaqalari uchun bronza davrida boshqaruv, davlatchilik terminlarini ishlatish mumkin, xolos. Mil.av. I ming yillikning boshlarida Xorazm, Toshkent yoki Ustrushona kabi mintaqalarda siyosiy uyushmalar yoki ilk temir davrida o ʻ rta miyona davlatlar shakllangan edimi? Ma ʼ lumki, O ʻ rta Osiyoda davlatchilikning paydo bo ʻ lishi 4
birvaqtda kechmagan, shu sababli uning tarixshunosligi tarixiy mintaqalar bo ʻ yicha tadqiq etilganda, harbir mintaqa davlatchiligi uchun to ʻ g ʻ ri tarixiy xulosalar chiqarilgan bo ʻ lar edi. 5