logo

Qadimgi So’g’d sivilizatsiyasi

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1818.6103515625 KB
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat Universiteti
Tarix fakulteti
“JAHON MADANIYATI TIZIMIDA O’ZBEKISTON ARXEOLOGIYA YUTUQLARI”
FANIDAN
                     Kurs ishi
Mavzu: Qadimgi So’g’d sivilizatsiyasi .
70220402-Etnogenez (o’zbek xalqining etnik tarixi)
                                                         
                                              Samarqand-2022 REJA 
I.  KIRISH.
II. ASOSIY QISM.
1 .  Qadimgi yozma manbalarda So'g'd haqidagi 
ma'lumotlarning aks etishi.
2 . Qadimgi So'g'd hududida olib borilgan 
arxeologik izlanishlar. 
3.   So'g'd  madaniyatining o'ziga xos xususiyatlari. 
III. XULOSA.    KIRISH 
Respublikamizda istiqlolning dastlabki kunlaridanoq ijtimoiy fanlar sohasi
olimlari oldida xalqimiz tarixini, shuningdek boshqa xalqlar tarixini haqqoniy va
to'laqonli o'rganish masalasi dolzarb vazifa etib qo’yildi. Bu haqda O'zbekiston
Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning 2011 yilning avgustida nashrdan
chiqqan ―O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida  nomli kitobida,‖
respublikamizning yetakchi tarixchi olimlari bilan o'tkazgan uchrashuvida va
boshqa mazkur soha bilan bog'liq yig'ilishlarda bir necha marta ta'kidlab o'tgan 1  .
Shuningdek, bu vazifalar O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Qarorlarida ham o'z aksini topgan   .
O'zbekiston hududida yuzaga kelgan qadimgi Baqtriya (mil.av. VII asr),
Xorazm (mil. av. VII asr), So’g’d (mil.av. VII asr), Kushon (mil.av. I asr), Turk
xoqonligi (VI asr), Amir Temur saltanati (XIV asr oxiri - XV asr boshlari) kabi
davlatlar tariximizda alohida o'rin tutadi. Ularda o'ziga xos davlat boshqaruv
asoslari yaratilgan bo'lib, o'z davrida davlat, xalq va jamiyatning tinchligi,
taraqqiyoti hamda farovonligini ta’minlashga xizmat qilgan.
O’zbekiston tuprog’ida mil. avv. II ming yillikka oid madaniyat bir xilda
taraqqiy topgan emas. Bu bosqichda Surxondaryo, Zarafshon va Qashqadaryo
vohalari va Xorazmdan iborat uchta o’lkada eng qadimgi madaniyat izlari topilgan.
Har qaysi o’lkaning madaniy taraqqiyotida o’ziga xos xususiyatlar bo’lgan. Bu
madaniyatlar dehqonchilik, uy chorvachiligi va chorvachilik-dehqonchilik bilan
shug’ullangan qabilalarga mansub bo’lishgan. Ular bir-biridan ajralgan holda
taraqqiy etgan emas, qabilalar o’rtasida keng madaniy aloqalar o’rnatilgan edi.
Mavzuning dolzarbligi sifatida jahon tamadduni tizimiga Zarafshon va
Qashqadaryo oralig'idagi hududda yashagan qadimiy aholining o'ziga xos
madaniyatni yaratganligi haqida yozma va arxeologik ma’lumotlarni to’plash,
o'rganish, ularni tizimga solish va tahlil qilish asos qilib olindi.
O’rta Osiyo sivilizatsiyasida umumso’g’d madaniyatining tutgan o’rni va
rolini ochib berish maqsad qilib olindi.
- O'rta Osiyoda ilk shaharsozlik va davlatchilik madaniyatining ildizlarini
yozma va arxeologik manbalar asosida tahlil qilish;
- Qadimgi yozma manbalarda So'g'd haqidagi ma'lumotlarning aks etishini
manbalar asosida tahlil qilish;
- Qadimgi So'g'd hududida olib borilgan arxeologik izlanishlarni tahlil
qilish;
- Markaziy So'g'd (Samarqand) madaniyatining o'ziga xos xususiyatlarini
tahlil qilish;
- Janubiy va G'arbiy So'g'dda madaniyat taraqqiyotini manbalar asosida
tahlil qilish.
- O'rta Osiyoda ilk shaharsozlik va davlatchilik madaniyatining ildizlari
yozma va arxeologik manbalar asosida tahlil qilindi;
1  Karimov I.A. O’zbekiston mustaqillakka erishish ostonasida. – T., ―O’zbekiston , 2011; Karimov I.A. Tarixiy 	
‖
xotirasiz kelajak yo'q // Biz kelajagimizni o'z qo'limiz bilan quramiz. –T., O'zbekiston, 1999. 7 j. –B. 128-132; 
2  O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori ―O'zbekistonning Yangi tarixini tayyorlash va nashr 
etish  // G. Xalq so'zi. 17 dekabr 1996 yil;	
‖ ijtimoiy va siyosiy tuzumini va «Avesto» tushunchalarini o’rganishga 
  bag’ishlangan katta ilmiy adabiyot mavjud. 
«Avesto»ning eng qadimiy qismlari keng xududda joylashgan jamiyatni 
tasvirlab, bu jamiyat haqidagi yozuvsiz zamonlarga oid tasavvurlarni saqlaganlar. 
Bir qator tadqiqotchilarning fikriga ko’ra, «Avesto» tili qadimda fors tilidan 
nisbatan ancha oldingi bosqichda paydo bo’lgan. O’rta Osiyo uchun «Avesto» 
ma’lumotlari arxeologik manbalar bilan solishtirilgan holda keng davriy chegara 
oralig’ida - bronza davridan tortib qadimgi dunyo - antik davrgacha bo’lgan 
ijtimoiy-iqtisodiy tarixni yoritishsa foydalaniladi. 
Bunday yondashuv hamisha ham o’zini oqlayvermasada, yozma va 
arxeologik manbalarni bir-biriga solishtirish zaruratidan kelib chiqqan. 
«Avesto» Zaratushtra (Zardusht) dinidagi xalqlarning shariat qonunlari 
majmuidir va zardushtiylik dinining muqaddas kitobidir. Zaratushtra (yunoncha 
Zoroastr) ismi bilan atalgan zardushtiylik (zaratushtrizm, zoroastrizm) O’rta 
Osiyoda islom dini joriy etilgandan oldin keng tarqalgan. «Avesto» O’rta Osiyo 
viloyatlarining qadimgi tarixi, ijtimoiy tuzumi, iqtisodiy hayoti va ma’naviy 
madaniyatini o’rganishda muhim manbadir. 
O’rta Osiyoda Zaratushtra e’tiqodini birinchi bo’lib podsho Kavi Vishtasp 
qabul qilgan. Miloddan avvalgi VII-VI asrlarda O’rta Osiyo xududidagi xalqlar 
zardushtiylikka e’tikod qilgan. Shu davrdan boshlab yangi din milodiy VIII 
asrgacha O’rta Osiyoda diniy e’tiqod sifatida keng yoyildi. 
«Avesto»ning qadimgi qismlari ahamoniylar davridan oldinroq zamonlarga 
oid bo’lgan. «Avesto» ma’lumotlariga ko’ra, ushbu davr kabilalari birlashmasi 
viloyat - «daxsho» bo’lgan, urug’ jamoasi - «vis», ayrim oilalar - «nmana»dan 
tashkil topgan, qabila esa «zantu» deb atalgan. Aholi kohinlar, jangchilar, 
dehqonlar va chorvadorlar toifasiga bo’lingan. «Avesto» to’g’risida chorvachilik 
va dehqonchilik hayotiga oid ma’lumotlar juda ham ko’p saqlangan. 
«Avesto»ning eng qadimgi hududiy geografik nomlari O’rta Osiyo 
viloyatlari bilan bog’langan (Yasht, 10 bob). Ro’yxatdagi birinchi mamlakat - 
«Arenam Vaychax» yoki «Aryoshayyona», «Arenam Vay-jo». U yurtda ko’pdan-   
ko’p yaylovlarga ega baland tog’lar, keng daryolar va chuqur ko’llar bo’lgan. 
Yasht kitobida tilga olingan boshqa mamlakatlar - Iskata, Porutu, Mouru, Gava 
So’g’da (So’g’d makoni) va Xorazm. 
«Avesto» Videvdat kitobining birinchi bobida sanab o’tilgan viloyatlar 
Yasht mamlakatlari ro’yxatidan ancha farq qiladi: Arenam Vayjo, Gava, Mouru, 
Baxdi, Nisayya, Aryo, Vaekereta, Urva, Xnanta, Xaytumant, Raga, Chaxro va 
Varna. 
«Avesto»ning qadimgi geografik tushunchalari va manbada ko’rsatilgan 
mamlakatlarning ro’yxati asosida zardushtiylikning ilk vatani va Zaratushara 
tug’ilgan yurti haqida hikoya qilish mumkin. Olimlar o’rtasida «Avesto» vatani - 
Xorazm, zardushtiylikning yoyilish markazlari esa O’rta Osiyoning boshqa 
viloyatlari bilan bog’lanadi. Bu nazariyaning tarafdorlari «Avesto»ning yirik 
mamlakatlari Xorazm, Marg’iyona, So’g’d, Baqtriya O’rta Osiyoda 
3  Karimov Sh., Shamsutdinov R. Vatan tarixi. – T., 1997. B. 97-98. joylashganligiga e’tibor beradilar. Shuning bilan birga Arenam Vayjoni ham bu 
keng o’lka deb tushunish mumkin. U yerda baland tog’lar - Pomir, Hisor, 
Tangritog’, chuqur ko’llar - Kaspiy, Orol, Issiqko’l, Kesh daryolar - Amudaryo va 
Sirdaryo joylashgan deb faraz qilinadi. 
«Avesto» da keltirilgan qadimgi ma’lumotlar O’rta Osiyoda harbiy siyosiy 
birlashma tashkil topgan davrlarga (mil.avv. IX-VIII asrlar) mansubdir. Bu 
birlashma - Aryoshayyona yoki Arenam Vayjo, juda katta harbiy ahamiyatga ega 
bo’lgan. Shu davr aholisining bir qismi o’troq dehqonchilik va chorvachilik bilan 
shug’ullangan, boshqa bir guruhi esa ko’chib yuradigan chorvachilik shakliga 
o’tgan. Ular o’rtasidagi siyosiy qarama-qarshiliklar, kurash va tinimsiz bosqinlar 
«xonadonlarga, qishloq, viloyat va mamlakatga qashshoqlik va vayronlik 
keltirdilar». «Avesto»da shu davr hukm surgan podsholar sulolasi - kaviylar 
(«Shoxnoma»la - kayyoniylar) ro’yxati quyidagicha: Xaosh’yonx («Shoxdoma»da 
- Xushang), Yima (Jamshid), S’yovarshon (Siyovush), Kavi Xaosrov (Kay
Xisrov), Kavi Vishtasp, Kavi Kavat (Kay-Qubot), Kavi Pian (Kaykovus), Kavi Pi
shin (Kay-Pishin), Kavi Arshan (Key-Aresh). Kavi Vishtaspdan boshlab so’ngilari 
Zaratushtra ta’limotining tarafdorlari bo’lgan. 
Kavi Xaosrav ariylar mamlakatlarini birlashtiruvchi podsho bo’lib, «tur» - 
chorvador qabilalarning yo’lboshchisi Frangrasyon («Shohnoma»da Afrosiyob) 
bilan jang qilgan. «Avesto»da yoritilgan qadimgi qabilalarning tillari bir-biriga 
yaqin edi, ularning etnik qiyofasida ham ancha o’xshashliklar mavjud bo’lgan. 
O’troq va ko’chmanchi kabilar o’rtasidagi asosiy farqlar e’tiqod. Ma’naviy va 
moddiy madaniyati hamda ho’jaliklarida bo’lib, ularni bir-biridan ajratib turgan. 
«Avesto»ning Mouru, So’g’da, Baxdi, Xorazm aholisi dehqonchilik va 
chorvachilik bilan shug’ullangan, «tur» qabilalarining (va keyin sak-massaget 
kabilalarining) iqtisodiy hayotida chorvachilik ustunlik qilgan. O’rta Osiyoning 
dashtlari va tog’lari chorvachilik rivojlanishiga qulay sharoit yaratib bergan. 
«Avesto»da tilga olingan kabilalarning dastlabki vatani Aryoshayyona 
(Arenam Vayjo) ham yaylovlarga serob yerlar bilan boy bo’lgan. Yasht kitobining 
o’ninchi bobida bunday xabar qilinadi: «U mamlakatning jasur sardorlari ko’pdan
ko’p harbiy yurishlar qiladi, u yerda o’tloqlar va suvga serob baland tog’lar 
chorvachilik hayotiga asos solgan». Shuning uchun ham Arenam Vayjo tangri 
Axuramazda ifodasi bilan yashash uchun eng yaxshi joy deb hisoblangan va 
«Avestoshing ro’yxatlarida bu o’lka birinchi navbatda tilga olinadi. 
«Avesto»ning geografik tushunchalari qadimgi fors tilida yoritilgan 
ahamoniylar yozma manbalarida va qadimgi tarixshunoslar asarlarida takror 
etilgan. Miloddan avvalgi II ming yillikning oxiri va I ming yillikning boshlarida 
O’rta Osiyoda yashab o’tgan kabilalar yanga etnik jarayonlarga asos solib, shu 
xududda so’g’dlar, baqtriyaliklar, xorazmliklar, marg’iyonaliklar va sak
massagetlar paydo bo’lishlariga sababchi bo’lgan. Ushbu elatlarning tarixi o’zaro 
keng madaniy ta’sirlar va aloqalar asosida rivojlanib, bir-biriga yaqin bo’lgan. 
Ahamoniylar mixsimon yozuvlari (miloddan avvalgi VI-IV asrlar) Behustun 
va Naqshi Rustam qoyatoshlari, Suza, Xamadon va Persepol shaharlarida toshib 
5  Rtveladze E.V. O`bekistonning tarixiy o`tmishi. – T., 2009. B. 23.9 paxsadan qurilgan binolar, mehnat qurollari, xunarmandchilik buyumlari va 
boshqa topilmanar O’rta Osiyoda moddiy madaniyat yuksak darajada bo’lganligi 
haqida dalolat beradi. Miloddan avvalgi VII-IV asrlarga mansub Baqtriya, 
Marg’iyona va So’g’diyona yerlarida toshib tekshirilgan arxeologik 
yodgorliklarning o’zi 350 tadir, qadimgi Xorazm yerlarida 200 dan ortiq ilk temir 
davri qishloq va shahar xarobalari topib tekshirilgan. Ular sug’orma dehqonchilik 
bilan shug’ullangan aholi madaniyatidan dalolat beradi. Qadimgi ko’chmanchilar 
tarixini o’rganishda Quyi Sirdaryoda joylashgan Tagisken maqbaralariga e’tibor 
berish lozim (miloddan avvalgi IX-VII asrlar). Ular xom g’ishtdan bino qilingan 
to’rtburchak, xalqasimon maqbaralardir. Saklarning yodgorliklari quyi Zarafshon, 
Amudaryo, Orol dengizi atrofida, Pomir va Tangritog’ hududlaridan topilgan. Ular 
asosan mozor-qo’rg’onlardan iboratdir. Topilmalar orasida bronza va temirdan 
ishlangan harbiy qurollar, zebziynat buyumlari, mehnat qurollari va sopol idishlar 
uchraydi. Pomirdaga Okbeit Tomdi va Alichur, Farg’onadagi Dashti Asht, Quyi 
Sirdaryo Uygarak yodgorliklari qadimgi ko’chmanchilardan qolgan mozor-
qo’rg’onlar yoki katta jamoa qabristonlaridir. 
Moddiy madaniyat yodgorliklari O’rta Osiyoda hunarmanchilik, qurilish va 
me’morchilik qay darajada taraqqiy qilganligini, xo’jalik hayotining turli 
tomonlari, turmush va ijtimoiy munosabatlarini o’rganishga imkon beradi. 
Topilgan arxeologik yodgorliklar muhim tarixiy ahamiyatga ega. Moddiy 
madaniyat manbalari orasida mehnat qurollari (pichoq, o’roq, bolta), kulolchilik 
buyumlari va turli xil idishlar, yarog’ aslahalar (qilich, o’q va nayza uchi, 
dubulg’a, xanjar) va boshqa buyumlarni ko’rsatib o’tish mumkin. Ilk temir davri 
moddiy manbalari ishlab chiqarish va iqtisodiy jarayonlarning rivojlanganligi 
to’g’risida aniq ravishda ma’lumot beradi. 
O’rta Osiyo yodgorliklari (Afrosiyob, qadimgi Marv, Qiziltepa, 
Yerqo’rg’on, Uzunqir, Qo’zaliqir) da o’tkazilgan qazishlar natijasida topilgan   
moddiy manbalar marg’iyonaliklar, baqtriyaliklar, xorazmliklar va so’g’dlar 
tarixini chuqur o’rganishga imkon berib, qo’shni mamlakatlarning xalqlari bilan 
o’zaro munosabatlarini aniqlash imkonini yaratadi. 
Arxeologik qiziqishlar natajasida madaniy, iqtisodiy va harbiy jihatdan katta 
ahamiyatga ega bo’lgan eng qadimgi shaharlarning harobalari topildi. Savdo 
yo’llari yoqasida joylashgan Afrosiyob (Marokanda), Uzunqir, Ko’ktepa, 
Qiziltepa, Yerqal'a va boshqalar qalin mudofaa devorlari bilan o’ralgan bo’lib, 
shahar ichkarisidan turli qurilishlar topilgan. 
Ahamoniylar davriga mansub ―Amudaryo xazinasi  haqida ham alohida ‖
aytib o’tish kerak. Bu xazina 1877 yilda Janubiy Tojikistondagi Kubadiyon bekligi
yerlarida topilgan (hozir Londondaga Britaniya muzeyida saqlanmoqda) va 180 ta 
zargarlik zeb-ziynat buyumlaridan iborat bo’lgan. Ular yuksak darajada ishlangan 
san’at buyumlaridir. Amudaryo xazinasida Eron va qadimgi Yunoniston 
shaharlarida zarb etilgan kumushdan va oltindan ishlangan tanga pullar ham bor. 
Qadimgi yunon va rim mualliflari O’rta Osiyo viloyatlari (Baqtriya, 
So’g’diyona) chegaralari to’g’risida yozib ko’rsatganda, tarixshunoslar mahalliy 
Исамиддинов М.Х. Истоки городской культуры  Самаркандского Согда. – Т., 2002 elatlarning aralash joylashuvi vaziyatini hisobga olmaganlari kabi, turli 
viloyatlarning o’ziga xos geografik xususiyatlari hamda xalqlarning hududiy 
yoyilishi turlarini aniq belgilab berolmaganlar. Gerodot ma’lumotlarida «Baqtriya 
xalqi» tushunchasi ma’lum bir etnik birlikni birlashtirgan bo’lishi mumkin. Ammo 
bu birlik yagona etnos-xalqni birlashtirganmi yoki bir necha elatlarni 
birlashtirganmi, bu narsa noaniq. 
O’rta Osiyoda eng qadimgi xalqlarning alohida shakllanishi va etnik 
xududlarning ajrala boshlash masalasi juda murakkab ilmiy muammo hisoblanadi. 
Buning sababi, yozma manbalarda qadimgi xalqlarning ajrala borish jarayoni aniq 
ko’rsatilmaganidir. 
«Xalq» ma’nosini beruvchi «etnos» so’zi Gerodotning «Tarixi»da juda ko’p 
uchraydi (tadqiqotchilar hisobiga ko’ra, tarixchi bu so’zni 145 marta ishlatgan va 
faqat ikki joydagina bu so’z Baqtriyaga nisbatan ishlatiladi). Baqtriya, 
baqtriyaliklar (yoki So’g’diyona, so’g’diylar) nomlari yozma manbalarda   
bosqinchilarga (Kir II, Iskandar) qarshi turgan xalqlar yoki davlatning bir qismi 
bo’lib nazarda tutilgan. 
O’rta Osiyoda aholi joylashgan viloyatlarning nomlari turli davrlarga oid 
yozma manbalarda saqlanib qolgan. Biz ko’rib chiqayotgan hududlar yunon-rim 
mualliflari asarlarida Marg’iyona, Baqtriyona, Xorasmiya, So’g’diyona bo’lsa, 
shunga mos ravishda qadimgi fors yozuvlarida Marg’ush, Baqtrish, Xvarazmi, 
So’g’da «Avesto» ning eng qadimgi qismlarida tilga olingan Mouru, Baxdi, 
Xvarizam va So’g’dadir. 
Qadimgi fors yozuvlarini o’rganish asosida O’rta Osiyoning siyosiy tarixi 
to’laroq tadqiq qilindi. Qadimgi fors yozuvlarida O’rta Osiyo o’lkalari 
satrapliklarining sanab o’tilishi, ularni ahamoniylar tomonidan bosib olinishi aniq 
ko’rsatib beriladi, lekin ushbu o’lkalarning chegaralari va tarixiy geografiyasi 
to’g’risida yetarli darajada ma’lumotlar yo’q. 
Yozma manbalarda O’rta Osiyo viloyatlarining nomlarini keltirilishi ma’lum 
izchillikka ega bo’lsada, ularning tartib sanalari turlichadir: 
Mamlakatlar 
Yasht 
Videvdat 
Ahamoniylar yozuvlari 
Behustun 
Suza 
Naqshi 
Rustam 
Ahamoniylar yozuvlarida (Gerodotning «Tarix» asarida ham) Marg’iyona 
mustaqil viloyat sifatida ajratilmagan. So’g’d esa shu manbalarda chekka viloyat 
sifatida ko’rsatiladi. «Avesto»ning Videvdat kitobidagi ro’yxatda Baqtriyaning 
So’g’ddan keyin tilga olinishi qadimgi fors yozuvlarida So’g’dning har doim 
Baqtriyadan so’ng sanab o’tilishi, ular orasida hududiy chegara bo’lgan bo’lishi 
mumkinligini ko’rsatadi. Lekin, Gerodot, Ksenofont va Ktesiy bu vaqtga kelib, 
nafaqat O’rta Osiyodagi xalqlarning aniq joylashuvi, balki ularning umumiy  
xududiy chegaralaridan ham bexabar bo’lgan bo’lsalar kerak.  Makedoniyalik Aleksandrning yurishlari tarixiy geografiyaning dolzarb 
muammolarini hal qilishdasa asos bo’ldi. Manbalar shu nuqtai nazardan hozirgi 
tarixiy adabiyotlarda yetarli darajada yoritilgan. 
Yunon davri yozma manbalarida, Marokandaga yurish qilayotgan Aleksandr 
qo’shinlari yo’lida Amudaryo Baqtriya va So’g’d o’rtasidagi chegara sifatida 
ko’rsatilgan. Oks-Amudaryodan shimolroqda so’g’diylar yerlarining joylashganligi
to’g’risida dalillar uchramaydi. Strabon «Oke daryosi Baqtriya yerlarini 
So’g’diyonadan ajratadi» deb hisoblagan. Uning fikriga ko’ra, Baqtriya Areya 
chegarasi bo’ylab, shimol yo’nalishida Marg’iyona va So’g’diyona oralig’ida 
bo’lib, Oks-Amudaryodan janub tomonda joylashgan. 
Bu manbalar ahamoniylar davri ma’lumotlari bilan to’g’ri keladi. Chunki bu 
yozuvlarda Baqtriya, So’g’d bilan Areya yoki So’g’d bilan Parfiya oralig’ida 
joylashgan deb ta’kidlanadi. Ammo qadimda fors manbalarida O’rta Osiyo 
viloyatlarining chegaralari haqida aniq ma’lumotlar yo’q. 
Qadimgi yunon tarixshunosi Arrianning yozishiga ko’ra, Oks daryosidan 
o’tish bilan So’g’diyona yerlari boshlangan. Strabon ma’lumotlarida So’g’diyona 
chegaralari ancha keng bo’lib, muallif So’g’diyonani «Baqtriyadan yuqorida, 
sharqiy yo’nalishda» Oks va Yaksart oralig’iga joylashtiradi. U holda So’g’d 
tarkibiga Almudaryoning o’ng qirg’og’ida joylashgan, manbalarda tilga olinmagan
va nomsiz qolayotgan Vaxsh, Kofirnixon va Surxon vodiylarini kiritish mumkin. 
Ammo ushbu daryolar vohalari tarixiy va geografik jihatdan Baqtriyaning tarkibida
bo’lib, uning shimoliy qismida joylashganlar. 
Qadimgi mualliflarning O’rta Osiyo janubidagi xalqlarning joylashuvi 
hamda tarixiy viloyatlarning hududiy chegaralari to’g’risidagi tasavvurlari bir 
muncha umumiy bo’lgan. Rimlik tarixchi Kursiy Rufning bitta gapi bunga misol 
bo’ladi: «Tanais (Sirdaryo) baqtriyaliklarni skiflardan ajratib turadi», yoki tarixchi 
yana shu narsani ta’kidlaydiki, baqtriyaliklar «urushqoq skif qabilalaridan ancha 
uzoq bo’lmagan joylarda yashaydi». 
«Avesto»ning eng qadimgi qismlari So’g’diyonaga ta’rif berib, mamlakatni 
ikkita nomda ajratib ko’rsatadi – So’g’dda va Gava So’g’dda. Bu dalil So’g’dda 
«mamlakati» yana Gava singari alohida viloyatlarga bo’linishidan dalolat 
bermasmikan yoki Gava, So’g’ddaning eng qadimgi nomini tashkil etganmi? 
«Avesto»ning mamlakatlar ro’yxatida birinchi navbatda tilga olinayotgan 
Aryoshayyona, AryonamVayjoni - bu keng hududda joylashgan o’lka deb 
tushunish mumkin. Videvdat kitobning maxsus bobida Arenam Vayjo Vanxvi 
Daiti daryosi atrofida joylashgan deb e’lon qilingan. «Qish u yerda o’n oy davom 
etadi, yoz ikki oy, qish oylarining suvlari sovuq, yerlari sovuq, o’simliklari sovuq, 
qishning oxirida u yerda katta toshqin suv paydo bo’ladi». 
Vanxvi Daiti daryosi bizga noma’lum bo’lib, u haqida - bu yirik sersuv 
daryo deb faraz qilish mumkin. Aryonam Vayjo iqlimi baland torli viloyatlar 
tabiatiga yaqin bo’lib ko’rinadi. Ammo Arenam Vayjoning geografik chegaralari 
to’g’risida «Avesto»da aniq ma’lumotlar yo’q. 
Xuddi shunday vaziyat O’rta Osiyo ko’chmanchi elatlarining tarixiy 
9  Eshov B. Qadimgi O’rta Osiyo shaharlari tarixi. – T., 2006. B. 36.17  geografiyaini o’rganishda takrorlanadi. Gerodot massagetlarning hududiy 
joylashuvi haqida bunday yozadi: «Bu massagetlar jasur va behisob qabiladir. Ular
sharqda, quyosh chiqishi yo’nalishida, Araks daryosining narigi yog’ida 
joylashganlar... Araks daryosi Marg’iyona tog’laridan boshlab oqadi». Araks - bu 
Amudaryo, Matiyona tog’lari Gerodotning tushunishicha, Pomir yoki Xindiqush 
tizmalaridir, chunki tarixchining aytishicha, Marg’iyona tog’laridan Hind daryosi 
ham boshlanadi. 
Ahamoniylar yozuvlari saklarning yashash joylarini dengiz va daryolar bilan 
bog’laydi. Katta sersuv daryo yonida (Amudaryo) «cho’qqi qalpoq kiyib yurgan» 
ko’chmanchilar, «dengizdan narigi yog’dagi saklar» to’g’risida ham manbalarda 
ma’lumot bor. 
So’nggi yillar ilmiy adabiyotlarida O’rta Osiyo qadimgi viloyatlarining 
hududiy chegaralari to’g’risidagi bahs-munozaralar yana jonlanib ketdi   . 
Ayniqsa, Baqtriya va So’g’diyona chegaralari to’g’risidagi mavzu eng 
dolzarb masala bo’lib, bu muammoni hal qilish uchun olimlar maxsus tadqiqotlar 
olib boriimoqda. 
Yunon-rim tarixchilari xududiy chegaralarni O’rta Osiyodagi yirik daryolar 
bo’yicha ko’rsatib berishlari an’anasiga aniq fikr bidirish mumkin. Bunday an’ana 
mahalliy aholining yashash yerlari va viloyatlarning chegaralari to’g’risida 
qadimgi tarixshunoslar aniq va to’la tasavvurga ega bo’lmaganlari haqida dalolat 
beradi. Shuning uchun ham yunon-rim tarixchilari hududiy chegaralarni daryolar 
bo’yicha ajratganlar. 
Araks, Oks yoki Amudaryoni chegara sifatida ko’rsatganda, «daryo madaniy 
chegara» va «daryo ma’muriy yoki siyosiy chegara» sifatida ta’kidlash mumkin. 
Ba’zi bir olimlar fikricha, Amudaryo ko’p hollarda hududiy-siyosiy chegara 
vazifasini bajargan bo’lsada, viloyatlar o’rtasida hech qachon madaniy chegara 
bo’lmagan. Bu fikr bilan to’la qo’shilib bo’lmaydi, chunki turli davrlarda, 
ahamoniylar davri yoki antik davrda Amudaryo davlatlar o’rtasidagi chegara 
vazifasini bajarmagan. 
Qadimgi zamonlarda Amudaryo bo’yidagi zamonaviy Karki shahri atrofidan 
boshlab hech kim yashamaydigan yoki juda kam aholi yashaydigan «hech kimga 
qarashli» bo’lmagan bepoyon dashtlar va cho’llar boshlangan. Bunday 
«chegaralar» - xududlar yuzlab kilometrlarga cho’zilgan. Shuning uchun ham bu 
yerlar yozma manbalarda bevosita so’g’diylarga qarashli deb ko’rsatilgan. 
So’g’diyona hududi ahamoniylar davrida va bundan qadimroq zamonlarda 
Amudaryodan o’tish bilan boshlanmagan, chunki Qashqadaryo vohasida topib 
tekshirilgan o’troq so’g’diy aholining qishloq xarobalari Amudaryodan ancha olis 
masofada joylashgan. Shuning uchun ham So’g’diyona bilan Baqtriya o’rtasidagi 
xududiy chegaralar Amudaryodan (ayniqsa, hozirgi Termizdan Karkigacha bo’lgan
yerlarda) o’tmagan bo’lishi kerak. 
O’troq aholi yashovchi viloyatlar o’rtasida chegara vazifasini tabiiy 
geografik omil sifatida cho’llar va tog’lar bajargan. Ko’p xollarda cho’l va tog’lar 
etnik chegaralarda aralash joylashuv yerlarga aylanib qolganligi tasodif bo’lmasa 
10  Azamat Ziyo. O’zbek davlatchiligi tarixi. – T., 2001 kerak. Hisor, Boysun va Ko’hi tog’ tizmalari Baqtriya va So’g’d o’rtasidagi tabiiy 
chegara bo’lgan. 
Tarixiy ma’lumotlarga ko’ra, qadimgi Xorazm hududi o’rta Amudaryo 
oqimidan boshlab Orol dengizigacha yerlarni o’z ichiga olgan, Baqtriya yerlari - 
bu Afg’onistonning shimoli-sharqi (Balxob, Qunduz, Panj, Badaxshon vohalari), 
Janubiy Tojikiston (Kofirnihon, Vaxsh, Panj vohalari), Surxondaryo viloyati. 
Baqtriyaning hududiy chegaralari: janubda - Hindiqush tizmasi, shimolda - 
Hisor tog’lari, sharqda - Pomir, g’arbda - Amudaryoning o’rta oqimi hisoblanadi. 
«Baqtriya» nomi Baqtra daryosidan olingan (hozirgi Balxob). 
So’g’diyona 
- hozirgi Qashqadaryo va Zarafshon vohalaridir. 
So’g’diyonaning geografik chegaralari: g’arbda Buxoro vohasidan sharqda Hisor 
tog’lari bo’ylab, janubda Qashqadaryo va Ko’xitog’ oraligida, shimolda esa Nurota
tizmalariga borib taqalgan. 
Marg’iyona - Turkmaniston janubidaga Murg’ob vohasi, Parfiya – 
Turkmanistonning janubi-g’arbi, Eronning shimoli-sharqi. O’rta Osiyo o’troq 
viloyatlarining qo’shni yerlarida ko’chmanchi sak-massagetlar qabilalari yashagan 
(Pomir, Tang’ritog’, Janubiy Qozog’iston, Toshkent, Sirdaryo viloyati, Quyi 
Zarafshon, Quyi Amudaryo va Sirdaryo, Orol dengizi atroflari)   .   
 Qadimgi So'g'd hududida olib borilgan arxeologik izlanishlar 
Qadimgi So’g’d hududida katta-kichik shaharlar, qo'rg'onlar ko'p bo’lgan. 
Ularning har birining o'z husn-tarovati, go'zalligi, jozibasi bo’lgan. Ular orasida 
eng qadimiysi Samarqand shahri bo’lib, bu shaharning nomi tilga olinganda ko'z 
o'ngimizda doimo uning o'tmishi, buguni va kelajagini ifodalaydigan osori
atiqalari namoyon bo'ladi. Tarixchilarning fikricha, Samarqand shahar sifatida 
juda erta mashhur bo'lgan. Bunga sabab, avvalo uning sahovatli tabiati, dunyoning 
to'rt tarafini bog'lab turgan savdo yo'llari kesishgan chorrahada joylashganligi, 
aholisining tadbirkorligi, hunarmandchilik va savdoda tengi yo'qligi va afsonalarga
aylanib ketgan boyligi bo'lgan. 
Boy tarixi, betakror ma'naviyati va ma'rifati, madaniyati bilan dunyo ahli 
diqqatini o'ziga tortgan Samarqand – jahonning eng qadimiy shaharlarining oldingi
qatorlaridadir. Olimlar uni qadimda Rim, Vavilon, Afina va dunyoning boshqa shu
kabi ko'hna shaharlari bilan teng yoshda, deb hisoblaydilar. Yevropa sivili
zatsiyasining shakllanishida Rim qanday rol o'ynagan bo'lsa, Markaziy Osiyo 
tamaddunida, ma'naviyat va ma'rifat tarixida Samarqand shunday yuksak o'rin 
tutadi. Shu bois o'rta asrlardan Sharqda ommalashib ketgan maqollardan birida 
―G'arbda Rim, Sharqda Samarqand  deyiladi. Samarqand va Rim insoniyat ‖
taqdiridagi buyuk xizmatlarini nazarda tutib ―Boqiy shaharlar  nomini olganlar. 	
‖
Xalq iborasi ―Samarqand sayqali ro'yi zaminast  (Samarqand er yuzining sayqali) 	
‖
behuda aytilmagan   . 
―Samarqand  so'zining kelib chiqishi to'g'risida bir qancha taxmin va 	
‖
gipotezalar mavjud. Haqiqatga yaqinrog'i esa Marokanda - Samarqandning 
yunoncha nomi. Aslida Samarqandning qadimiy nomi So'g'd yozma manbalarida 
11 Rtveladze E.V. O`bekistonning tarixiy o`tmishi. – T., 2009.20 ―Smarakansa  (Smarakansa) bo'lib, uni yunon tarixchilari Marokanda deb ‖
yunonchaga ag'darib olganlar. Samarqandning Marokanda nomi XVII asrdan so'ng
Yevropa tarixchilarining asarlari orqali kirib kelgan. Yunon mualliflari Arrian, 
Strabon va Kvint Kursiy Ruflarning ma'lumotlariga ko'ra, miloddan avvalgi 329   
yilda Aleksandr Makedonskiy qo'shinlari Hindikushdan oshib o'tib, Marokandani 
zabt etib, vayron qilgan. 
Kvint Kursiy Ruf jumladan, bunday yozadi: ―Tog'li qabiladan shikast egan 
Iskandar to'rtinchi kuni Marokand (Samarqand) shahriga etdi. Shahar devori 
etmish stadiy uzunlikda bo'lib, Shahriston (ichki qal'a) boshqa devor bilan o'ralgan 
edi. U shahar mudofaasi uchun ming nafar jangchini qoldirib, atrof-tevarakdagi 
qishloqlarga hujum qildi: ularni taladi va yondirdi. So'ng u Tanais daryosi sari 
yurdi va to'rt kun o'tib Marokandga qaytdi… U go'zal shahar bo'lib, atrofdan 
aylanib oqadigan daryo tufayli yaxshi muhofaza etilgan edi...  Diadorning 	
‖
yozishicha, Iskandar 120 ming so'g'diyonalikni qatl etgan. Bu yerda behisob boylik
to'plab, yurtiga jo'natib turgan. Masalan, bir galgi talangan boylikni yuklash uchun 
o'n ming juft qo'tos va uch ming tuya kerak bo'lgan. So'g'diylar ibodatxonasidan 
bir olishda 50 ming talant tillani qo'lga kiritgan… 
Marokanda miloddan avvalgi VIII asrdan to milodning IX asrigacha 
so'g'diycha Smarakansa, so'ng forsiycha Samarqand, IX asrdan turkiycha 
Semizkent nomi bilan manbalarda uchraydi. Keyinroq Samarqand nomi 
shaharning mutloq nomiga aylandi. Uning Afrosiyob nomi esa shaharning qadimiy
Qal'ai Hisor – Ko'hna qal'a qismiga nisbatan XVII asrdan boshlab mahalliy aholi 
tomonidan ishlatila boshlangan. 
Samarqandni arxeologik jihatdan o'rganish ishlari XIX asrning oxirlarida 
boshlangan. 1895 yilda sharqshunos olim V.V.Bartoldning tashabbusi bilan 
tuzilgan ―Turkiston arxeologiya havaskorlari to'garagi  a'zolari Samarqanddagi 	
‖
Afrosiyobni ko'p asrlar xazinasi deb qarab, unda keng ko'lamdagi arxeologik 
qazilma ishlarini olib bordilar. V.L.Vyatkin, N.I.Veselovskiylar o'tkazgan 
arxeologik qazilmalar natijasida turli holdagi qadimiy buyumlar topilib, muzeyga 
berildi. 1908 yilda V.L.Vyatkin Samarqand chekkasida joylashgan Ulug'bek 
rasadxonasining o'rnini aniqladi va qazish ishlarini o'tkazdi. Natijada rasadxona 
xarobasi hamda uning er ostidagi butun qolgan qismi qazib ochildi 13  . 
Ikkinchi jahon urushidan keyin O'zbekiston FA ning Tarix va arxeologiya    
instituti olimlaridan A.I. Teryonojkin tomonidan Afrosiyobda jiddiy dala tadqiqot
lari o'tkazildi. Natijada uning eng pastki qatlamidan miloddan avvalgi VI-V 
asrlarga taalluqli buyumlar, uy-joy xarobalari topildi. V.A.Shishkin va Ya.G'. 
G'ulomovlar rahbarligida olib borilgan keng ko'lamli arxeologik qazishlar 
natijasida qadimiy madaniy qatlam material- lari Afrosiyobning boshqa joylaridan 
ham topildi. 1966 yil 13 iyulda Afrosiyobni arxeologik jihatdan kompleks 
o'rganishni tashkil etish maqsadida Respublika hukumatining maxsus qarori qabul 
qilindi. Unga ko'ra, Afrosiyob ―arxeologik qo'riqxona  deb e'lon qilinib, uni 
‖
o'rganish ishiga Toshkent (hozirgi O’zMU) va Samarqand davlat universitetlari 
12  Самарканд  2750. –  Т ., 2007.21
13  Azamat Ziyo. O’zbek davlatchiligi tarixi. – T., 2001 Kesh arxeologik-topografik ekspedisiyasining A.Sagdullayev boshchiligidagi 
otryad tomonidan o'rganila boshlangan. 
XX asrning 20-yillaridan turli tadqiqotchilar nazariga tusha boshlagan 
Yerqo'rg'on yodgorligida tadqiqot ishlari asosan Ikkinchi jahon urushidan keyingi 
yillarda S.K. Kabanov va M.Y. Massonlar tomonidan olib borilgan bo'lsa, 1973 
yildan O'zR FA Arxeologiya institutining R.H.Sulaymonov rahbarligi ostida 
tuzilgan Qashqadaryo ekspedisiyasi tomonidan deyarli 30 yil davomida o'rganildi.   
Natijada vohada shaharsozlik madaniyati bundan 2700 yil avval paydo bo'lganligi 
aniqlandi   . 
Buxoro – butun Sharqning ma'naviy va diniy markazi sifatida ming yillardan 
buyon dunyoga mashhur qadimiy shaharlardan biridir. O'tmishda savdo-sotiq va 
madaniy markaz sifatida Turon – Turkistonda Balx, Hirot, Marv (Mari), 
Samarqand, Termiz, Nasaf (Qarshi), Choch-Shosh (Toshkent) va Xorazm-Xiva va 
Urganch kabi shaharlar orasida o'z o'rniga ega. 
Ilk o'rta asrlar Xitoy manbalarida turlicha (An, Ansi, Ango, Buxo, Buku, 
Buxe, Buxaer, Buxuaer, Buxala, Buxuala, Fuxo, Puxuala va b.) atalgan. Bu 
atamalarning avvalgi uchtasi Buxoroning xitoycha nomlari bo'lib, qolgani 
―Buxoro  so'zining xitoy tilidagi talaffuzidir. O'rta asr arab manbalarida esa ‖
Buxoro Numijkat, Navmichkat, Bumichkat (Yangi qo'rg'on), al-Madina as-
sufriyya 
(Mis shahar), Madinat at-tujjor (Savdogarlar shahri), Foxira (Faxrli shahar), kabi 
nomlar bilan tilga olingan. Buxoro atamasi sanskritcha ―vixara  so'zining turk	
‖
mo'g'ulcha shakli – ―buxor  (―ibodatxona ) dan kelib chiqqan deb taxmin 	
‖ ‖
qilinadi. 
Keyingi tadqiqotlar natijalariga ko'ra bu atama so'g'diycha ―bug'  yoki ―bag'  	
‖ ‖
(―tangri ) hamda oro (―jamol ) so'zlaridan iborat bo'lib, ―tangri jamoli  degan 	
‖ ‖ ‖
ma'noni bildiradi, degan fikr ilgari surilmoqda. O'rta asrlarda Buxoro 
Movarounnahrdagi yirik savdo, hunarmandchilik va ma'muriy markazlaridan 
bo'lgan. Aynan shu shahardan Yaqin va O'rta Sharqni Hindiston va Xitoy bilan 
bog'lovchi xalqaro karvon yo'li o'tgan 16  . 
Zero, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov e'tirof etganidek: 
―Bizning qadimiy va go'zal diyorimiz nafaqat Sharq, balki jahon sivilizasiyasi 
beshiklaridan biri bo'lganini xalqaro jamoatchilik tan olmoqda va e'tirof etmoqda...
Bu ko'hna tuproqda milodgacha bo'lgan davrda va undan keyin qurilgan 
murakkab suv inshootlari, hali-hanuz o'zining ko'rku tarovatini saqlab kelayotgan 
osori atiqalarimiz qadim-qadimdan o'lkamizda dehqonchilik va hunarmandchilik 
madaniyati, me'morchilik va shaharsozlik san'ati yuksak darajada rivojlanganidan 
dalolat beradi	
‖   . 
Buxoro vohasini arxeologik jihatdan o'rganish XX asrning 30-yillaridan 
boshlagan. Uni turli yillarda yirik arxeolog olimlar o'rganishgan: Ya.G'. G'ulomov,
A.R. Muhammadjonov, V.A. Shishkin, V.A. Nilsen, A.A. Asqarov, O'.Islomov, 
M.R. Qosimov, M.Bulatova, X.Muhammedov, R.H. Suleymanov, I.Axrorov, 
T.Mirsoatov, O.V. Obelchenko, S.K. Kabanov, G.V. Shishkina, J.K. 
Mirzaahmedov, N.B. Nemseva, Sh.Odilov 2  va boshqalar. Buxoro va uning atrofida  15  Muhammadjonov A. Qadimgi Buxoro. – T., 2002.25 
olib borilgan ko'p yillik arxeologik tadqiqotlar natijasida vohaning qadimgi tosh, 
bronza davriga odi yodgorliklar tadqiq etilib, bu erda yashagan aholining 
o'troqlashishi, chorvachilik va dehqonchilik xo'jaligining tarkib topishi, kattaa va 
kichik shaharlarning paydo bo'lishi, shuningdek Zarafshon daryosining quyi 
oqimida shaharsozlik va davlatchilik tarixi bilan bog'liq urbanizasiya jarayonining 
rivojlanishiga doir ko'plab ma'lumotlar to'plandi. 
Buxoro vohasida mil. avv. birinchi ming yillikda sun'iy sug'orish tarmoqlari 
v mustahkamlangan qishloq manzilgohlari vujudga kela boshlagan. Zarafshon 
daryosining qadimgi tarmog'i – Shohrud bo'ylaridagi dastlabki qishloqlarning, 
jumladan hozirgi Buxoro o'rnida bo'lgan qishloqning barpo bo'lishi aynan shu 
davrga to'g'ri keladi. 
XX asrning 70-yillarida Buxoroning eski shahar qismida olib borilgan 
arxeologik qazishmalar natijasida Buxoroni arxeologik jihatdan o'rganish tarixida 
birinchi marta materik qatlamga qadar etib borishga va madaniy qatlamlanish 
chuqurligi 20 m dan ortiq ekanligini aniqlashga muvaffaq bo'lindi. Mir Arab 
madrasasi yaqinida olib borilgan qazuv ishlari jarayonida materik qatlam ustida 
to'q jigarrang torf qatlami (40-70 sm) borligi, uning ichida esa yovvoyi va xonaki 
hayvonlar suyaklari qoldiqlari hamda sopol idish va buyumlar parchalari ko'p   
ekanligi aniq bo'ldi. Torf qatlami madrasa tomon tobora qalinlashib borib, bino 
ostiga kelganda qalinligi 7,5 m ga etgan. Bu esa qadimda Buxoro hududidan 
Zarafshon daryosi tarmoqlaridan biri – ilk o'rta asr manbalarida qayd etilgan 
―Rudi zar  (―Oltin irmoq ) ning o'tganligini tasdiqlaydi. Arxeologik tadqiqotlar ‖ ‖
keyinchalik qurib qolgan mazkur tarmoqning haar ikki qirg'og'i bo'ylab bir qancha 
mustahkamlangan qishloqlarning vujudga kelgani va ular Buxoroning eng qadimgi
shahar o'zagini tashkil qilganini tasdiqlaydi. Shahar o'zagi 3 qism – ―Oltin irmoq  	
‖
ning o'ng qirg'og'ida joylashgan ark, ya'ni qal'a hamda uning o'ng va so'l 
qirg'oqlaridagi qishloqlaridan iborat bo'lgan. Bu erdan topilgan ko'plab ashyoviy 
dalillar, xususan sopol idishlar va buyumlar Buxoro tarixning turli davrlari (mil. 
avv. 1-ming yillikning 3-choragidan XX asr boshlariga qadar) ga oid bo'lib, 
ulardan ikkitasi mil. avv. V asrga taalluqli ekanligi aniqlandi. 
XX asrning 80-90-yillarida shaharning tarixini aniqlash borsida keng ko'lmli 
arxeologik tadqiqot ishlari yirik yodgorliklarda – Poykend, Qo'rhoni Vardonze, 
Romitan, Varaxsha, Xoja Bo'ston, Qo'zimontepa, Oqsochtepa va boshqa shahar 
xarobalarida olib borildi. Natijada 1997 yilning oktyabr oyida Buxoro shahrining 
2500 yilligi keng nishonlandi. 
Mustaqillik yillarida ham Buxoroda arxeologik tadqiqot ishlari davom 
ettirilib, bugungi kunda asosan o'zbek arxeologlari Davlat Ermitaji arxeologlari 
bilan birga qazuv ishlarini olib borishmoqdaki, voha tarixiga oid juda qiziqarli 
ma'lumotlar topilib, keng jamoatchilikka yetkazilmoqda.  16  Muhammadjonov A.R. Qadimgi Buxoro. –  Т ., 1990; Temur va temuriylar saltanati. – T., 1994
 Markaziy So'g'd (Samarqand) madaniyatining 
o'ziga xos xususiyatlari 
Tarixiy-huququy va arxeologik tadqiqotlar sug’orma ziroatchilik, metallurgiya, 
hunarmandchilik, dastlab ayirboshlash, so’ngra pul, quyma shaklidagi savdoda o’z 
aksini topgan yetarlicha rivojlangan iqtisodiyot paydo bo’lganda, tegishli ijtimoiy 
guruhlar va sinflar ajralib chiqqan holda mulkiy tabaqalashuv yuzaga kelganda, 
monarx boshchiligida jamiyatning murakkab iyerarxiyasi, meros qilib qoldirish 
huquqi qaror topgach va davlatni boshqarish uchun har xil huquqiy hujjatlar 
tuzishga ko’maklashuvchi yozuv paydo bo’lgachgina davlatchilikning birlamchi 
shakllari paydo bo’lishi to’g’risida so’z yuritish mumkinligini ko’rsatadi. Quyi 
Mesopotamiya (Shumer va Akkad), Misr va Sharqiy O’rta dengizning miloddan 
avvalgi IV mingyillik oxiri - miloddan avvalgi IV mingyillik boshlarida paydo 
bo’lgan eng ilk davlat tuzilmalarini tavsiflovchi uncha to’liq bo’lmagan asosiy 
belgilar mana shulardan iborat . Eng qadimgi shahar davlat birlashmalarining 
birlamchi namunalari hisoblanadi. Egallab turgan xududiga ko’ra juda oz joyga 
joylashgan shahardavlatlar ho’jalik, siyosiy va diniy markazlar hisoblangan. 
Masalan: Quyi Mesopotamiyada atigi 1000 kv.km maydonda bir nechta shahar-
davlatlar: Uruk, Larsa, Lagash, Ur joylashgan. Uruk bilan Lagash o’rtasidagi 
masofa atigi 24 kilometrni tashkil etgan. Keyinchalik bosqinchilik urushlari 
natijasida ushbu shahar-davlatlarning despotik hokimiyat tizimi o’rnatilgan, bir 
necha yuz kv.kilometrga yoyilgan yagona, nisbatan katta podshohliklarga 
birlashtirilishi yuz bergan. Ushbu ilk podshohliklar so’ngra qo’shni 
podshohliklarning zo’rlik bilan bosib olishi natijasida juda katta hududni egallagan
monarhiyalarga aylangan. Davlat taraqqiyoti mantig’i va muayyan sharoitlar 
ularning ba’zilarini bir  necha qit’alar hududiga yoyilgan ulkan jahon 
imperiyalarga aylantirgan. Buning yorqin misoli Ahamoniylar imperiyasidir. 
Ushbu imperiya tarkibiga Osiyo, Yevropa va Afrika mamlakatlari kirgan. Yaqin va
O’rta Sharqda kelib chiqqan davlat birlashmalari evolyusiyasining asosiy yo’li 
mana shundan iborat. O’rta Osiyodagi ikki dars oralig’idagi davlat birlashmalari 
genezisi va evolyusiyasi jarayoni garchi muayyan tarixiy sabablarga ko’ra 
yuqorida aytib o’tilgan hududlar ayni bir davlatlar tarkibiga kirgan bo’lsa ham 
(Ahamoniylar imperiyasi, Salavkiylar podsholigi) ulardan farq qiladi. O’rta 
Osiyodagi ikki daryo oralig’i - alohida tarixiy-geografik va tarixiymadaniy 
xududdir, uning sivilizatsiyasi ikki buyuk daryo: Amudaryo (qadimgi Oks) va 
Sirdaryo (qadimgi Yaksart) tufayli ko’plab ming yilliklar mobaynida  mavjud 
bo’ldi. Bu joyda yuzaga kelgan davlatlar qadimgi davrlarda ham, o’rta asrlarda 
ham umumiy belgilar bo’lishiga qaramay, o’rta Osiyoning boshqa qismlaridagi 
davlatlardan ko’plab belgilariga ko’ra ajralib turgan O’rta Osiyodagi ikki daryo 
oralig’i hududi doirasining o’zida shimoliy viloyatlar (Xorazm) va janubiy 
viloyatlar (Baqtriya) ayniqsa qadimgi davrlarda etnik va madaniy, til va yozuv, 
davlat qurilishi tizimi jihatidan bir-biridan farq qilgan. Bu har bir viloyatga xos 
bo’lgan madaniy-genetik tiplar, darajasi har bir viloyatda turlicha bo’lgan o’troq va
ko’chmanchi xalqlarning rag’batlashuvi bilan belgilangan. Butun qadimgi davr  mobaynida O’rta Osiyodagi ikki daryo oralig’ida davlat birlashmalarining har xil 
tiplari mavjud bo’lgan. Genetik belgisiga ko’ra ular orasida avtoxton, ya’ni 
maxalliy substrat asosida paydo bo’lgan va izchil rivojlangan davlat birlashmalari 
(Qang’, Xorazm) va yot, ya’ni O’rta Osiyodagi ikki daryo oralig’i to’g’idan-to’g’ri
harbiy bosqin natijasida tarkibiga kiritilgan va keyinchalik bo’ysundirilgan 
davlatlar (Ahamoniylar imperiyasi, Baqtriyaning Yunon davlati) ajralib turadi20 . 
Ushbu o’rinda mustahkam va uzoq vaqt o’rnashib qolgan va muayyan darajada 
substrat aholi bilan aralashib ketgan kelgindi bosqinchilar simbiozi natijasida 
paydo bo’lgan davlat birlashmalarini ajratib ko’rsatish mumkin. O’rta Osiyodan 
chiqqan yuechjilar tomonidan milodiy II asr oxirida - milodiy I asr boshida So’g’d 
va Shimoliy Baqtriyada barpo etilgan davlat birlashmalari mana shunday aralash 
tipdagi davlatlarga tegishlidir. «Shimoliy qasrlar - Beyshilar tarixi (VII asr)»ga 
muvofiq Buxoro va Samarqand So’g’di bilan aynan deb qaraladigan An 
hukmdorlarining Chjaovu xonadoni, ya’ni dastlab O’rta Osiyodagi hozirgi Gansu 
muzofoti hududidagi Silanshan qoyasining shimoliy tomonida istiqomat qilgan 
yuechjilar bilan umumiy kelib chiqishga ega edilar. Biroq So’g’dga kelib chiqishi 
yuechji bo’lgan barcha sulolalarning ko’chib kelishi, bu yerda, shu jumladan 
Samarqand va Buxoroda o’rnashishi bilan ular «Chjaovu laqabini saqlab qoldilar».
Ushbu sulolalar bu yerda VII-VIII asrlargacha hukmronlik qilgan. Jumladan, 
buxorolik hukmdor Alinga 627 yilda tan imperatori Txatszunga yozgan xatida 
bunday degan: ««Uning xonadoni yigirma ikkinchi tirsakda avloddanavlodga 
podsholik» qilgan. Agar har bir podsholikka o’rtacha 20-30 yil ajratiladigan bo’lsa,
Aminganing yuechji xonadoni taxminan 400-600 yil, ya’ni milodiy I asr boshidan 
boshlab podsholik qilgan. Kelib chiqishi Chjaou xonadoni bilan bog’lanadigan 
Xorazm hukmdorlari sulolasi barqaror tusga ega edi. Ushbu sulola, numizmatik 
ma’lumotlarga ko’ra, Xorazmda milodiy I asrdan boshlab milodiy VIII asrning 
o’zini ham ichiga olgan davrgacha hukmronlik qilgan. Davlat ramzlari bundan 
dalolat beradi: qadimgi va o’rta asrlar Xorazm tangalarining barchasida ular zarb 
qilingandan boshlab tugallangunga qadar otliq suvoriy va o’zgartirilgan tamg’a 
tasviri bor. Bu nafaqat O’rta Osiyoda, balki Sharqning boshqa davlatlarida 
hukmronlik qilgan barcha sulolalar uchun o’ziga xos hodisadir. Demak, 
musulmonchilikkacha O’rta Osiyoda hukmronlik qilgan sulolalarning genetik 
tabiatini tipologik aniqlash bilan chegaralandik xoloSamarqand Endi bevosita 
davlat birlashmalari tipologiyasi va shaklini ko’rib chiqamiz.  Davlat tipi - 
podsholik. Boshqaruv shakli - mutlaq monarxiya. 30 O’zbekistonning qadimgi 
tarixida u bunday tipdagi va boshqaruv shaklidagi davlat tarkibiga kirgan bir necha
davrlar bo’lgan. Miloddan avvalgi 539 yildan boshlab miloddan avvalgi 330 
yilgacha Ikki daryo oralig’idagi deyarli butun hudud, Farg’ona va Chochdan 
tashqari, Ahamoniylar sulolasidan bo’lgan Eron shohlari humkronligiga 
bo’ysungan. Xorazm, So’g’d, Baqtriya, shuningdek saklar muayyan ma’muriy 
birliklarsatrapliklarni tashkil etgan. Ularga Ahamoniylar podsholari tomonidan 
tayinlanadigan satraplar boshchilik qilgan va ular davlat raznasiga ma’lum 
miqdorda o’lpon to’lagan . Yunon-Baqtriya podsholigi muayyan mustaqillikdan 
foydalanuvchi tizimli 
  17 Azamat Ziyo. O’zbek davlatchiligi tarixi. – T., 2001 mustaqil podsholik bo’lgan. Uning hukmdorlari eng yuqori unvonga - MK'Y MLK'
(davlat-podsho)ga ega bo’lganlar. Ayni vaqtda ushbu o’lkalar uchun umumiy 
bo’lgan Qang’ning zarb qilingan tangasi mavjud bo’lmagan. Yuechjilar tomonidan
barpo etilgan, birinchi Kushonlar davrigacha mavjud bo’lgan Yuechjilar davlati 
ham xuddi shunday tipda bo’lgan. Ushbu davlat Qang’ singari beshta o’lkadan 
iborat bo’lgan. Ularga turli yuechji urug’larining vakillari boshchilik qilgan. Ushbu
Xyumi, Shuanmi, Go’yshuan, Xisi, Xuanmi o’lkalar Baqtriyaning turli qismlarida 
joylashgan bo’lib, nomigagina yuechjilarning oliy hukmdorlariga bo’ysungan. 
Ushbu davr uchun tanga zarb qilishning besh turini ajratib ko’rsatish mumkin. 
Ular: Sapadbiz, Fseygarxaris, Kushon (Geraya), Geliokl va Yevkratid tangalariga 
taqlid qilishdir. Bu ularni zarb etgan turli yuechji urug’lariyo’lboshchilarining 
amalda mustaqil bo’lganligidan dalolat beradi. Ulardan biri - Kushonning avlodlari
birmuncha vaqtdan keyin buyuk Kushon podsholigini barpo etgan. Mohiyat 
e’tibori bilan bu Katta yoki Buyuk yuzchjilar davlatining o’zi edi. Qadimgi Xitoy 
yozma manbalarida ular mana shunday nomlangan. 3. Davlat tipi - egalik qilish. 
Boshqaruv shakli qabila dohiylari yoki urug’ boshliqlarining meros qilib 
qoldiriladigan hokimiyati. Davlat birlashmasining ushbu tipi kichikroq o’lka 
bo’lgan. Yunon-Baqtriya podsholigi qulagach Baqtriyaga kelgan Chjan-Szyan 
tomonidan miloddan avvalgi 128 yilda yoki miloddan avvalgi 126 yilda qayd 
etilgan. Unga muvofiq Baqtriya ko’plab mayda mustaqil o’lkalardan iborat 
bo’lgan. «Bu yerda deyarli har bir shahar o’z hukmdorini yetishtirgan». Xitoy 
manbalarida O’rta Osiyo ikki daryo oralig’i hududida 55 ta o’lka mavjudligi 
ko’rsatiladi. Ular muayyan mustaqillikdan foydalangan va o’z tashqi siyosatini 
yuritishgan, jumladan Xitoy  bilan diplomatik munosabatlar o’rnatgan. O’rta 
Osiyodagi ikki daryo oralig’ida qadimgi davrda davlatchilik evolyusiyasining 
miloddan avvalgi II ming-yillikning ikkinchi yarmi, miloddan avvalgi III 
asrgachadan - yangi eraning IV asri oralaridagi vaqtni qamrab olgan bir necha 
davrlarni ajratib ko’rsatish mumkin. Davlatchilikning ilk shakli qaror topishi 
O’zbekiston janubida tarqalgan so’nggi bronza davrining o’troq-dehqonchilik 
madaniyatida yuz berdi. Uning yakunlanishi O’rta Osiyo xududida yangi eraning 
III asri birinchi yarmida mavjud bo’lgan Kushon va Parfiya imperiyalari halokati 
bilan deyarli bir vaqtga to’g’ri keladi. Qang’ davlati taxminan o’sha paytda 
inqirozga uchraydi. Birinchi davr - miloddan avvalgi II mingyillikning ikkinchi 
yarmi – O’zbekiston janubida embrional shaklda davlatga o’xshash tuzilmaning 
qaror topishi. Davlatning bunday namunasi Jarqo’tonda o’z aksini topgan deyish 
mumkin. Ikkinchi davr - miloddan oldingi I mingyillikning boshi - miloddan 
avvalgi 539 yil - Baqtriya, So’g’d, Xorazm tarixiy-madaniy viloyatlarining 
shakllanishi. Ularda siyosiy hokimiyat tizimining shaxobchali tizimiga ega bo’lgan
davlatning ilk shakllarini ko’rish mumkin. Jumladan, «Avesto»dan o’rin olgan 
ma’lumotlar ham bundan dalolat  18 
Eshov B. Qadimgi O’rta Osiyo shaharlari tarixi. – T., 2006.31 19 Eshov B. Qadimgi O’rta Osiyo shaharlari tarixi. – T., 2006.33
beradi. «Avesto»da: nyman (uy-oila), vis (urug’, urug’ manzilgohi), zantu (qabila),
daxyu (viloyat, mamlakat), shuningdek har xil oliy hukmron shaxslar, mamlakat, 
viloyat egalari (daxyu-patlar), Hukmdorlar, (sastrlar) va boshqalar 
eslatiladi.Qadimgi Baqtriya va «Katta Xorazm» podsholiklariga o’xshash yirik 
hududiy yoki saklarda bo’lgani singari (Zarina, To’maris) ayol podsho 
boshchiligidagi qabilalar konfederatsiyasi ham xuddi shu paytda kelib chiqqanligi 
ham ehtimoldan yiroq emas Samarqand Uchinchi davr - miloddan avvalgi 539 yil -
miloddan avvalgi 330 yil - Ahamoniylar bosqini va O’rta Osiyoning Ahamoniylar 
davlati tarkibiga kirishi tufayli kelib chiqqan mahalliy davlatchilik rivojlanishidagi 
tanaffus. Ikki yuz yil davomida O’rta Osiyo janubi Ahamoniylar saltanati tarkibiga
kirgan. Uning butun hududi satraplarga bo’lingan. Satraplar Ahamoniylar 
podsholari raznasiga kumush hisobidan talan to’lab turishgan. O’rta Osiyodagi 
satraplikdan uchtasi - Baqtriya, So’g’d, Xorazm to’liq yoki qisman hozirgi 
O’zbekiston hududida joylashgan edi. Saltanatning halokatga uchrashi Aleksandr 
Makedonskiy kelishi bilan yuz berdi. Aleksandr Makedonskiy miloddan avvalgi 
330 yilda Axamoniylarning asosiy kuchlarini tor-mor etib, O’rta Osiyo hududiga 
Ahamoniylar taxtiga oxirgi talabgor - Baqtriya satrapi Bessning izidan quvib kirdi. 
Aleksandr Makedonskiy O’rta Osiyoni bosib olishga uch yil (miloddan avvalgi 
330-327 yillar) sarflagan. O’rta Osiyo xalqlari, ayniqsa Spitamen boshchiligidagi 
so’g’dlar uning qo’shinlariga qattiq qarshilik ko’rsatgan. To’rtinchi davr - 
miloddan avvalgi IV asr oxiri miloddan avvalgi II asrning ikkinchi yarmi boshi -
Aleksandr Makedonskiy bosib olgandan boshlab ellinlar siyosiy hukmronligi 
oxirigacha (Yunon-Baqtriya podsholigining qulashi). Bir vaqtning o’zida mahalliy 
davlatchilikning tiklanishi jarayoni yuz bergan: miloddan avvalgi IV asrning oxirgi
choragada Xorazmda podsholik paydo bo’ladi. Arrian asarlaridan ma’lumki, 
miloddan avvalgi 329 yilda Marokandda Aleksandr Makedonskiy ittifoqchilik 
munosabatlari o’rnatish uchun kelgan Xorazm shohi Farasmanni qabul qiladi.        
Miloddan avvalgi III asr oxirida - miloddan avvalgi II asrda Buxoroda, Dovon 
(Farg’ona)da, So’g’dda alohida mulklar shakllanadi. Ehtimolki, ayni shu davrda 
keyinchalik tarkibiga deyarli butun O’rta Osiyodagi ikki daryo oralig’i kirgan 
Qang’ davlati qaror topishi yuz bergan. Aleksandr vafotidan keyin diadoxlarning 
shiddatli urushlaridan so’ng O’rta Osiyo janubi Salavkiylar saltanati (miloddan 
avvalgi 310-250 yillar) tarkibiga kirgan. Biroq miloddan avvalgi III asrning 
o’rtalaridayoq Salavkiylarning Baqtriyadagi satrapi Diodot metropoliyaga qarshi 
qo’zg’olon ko’taradi va fanda Yunon-Baqtriya deb nom olgan mustaqil davlat 
tashkil etadi . Yunon-Baqtriya podsholigi sak qabilalari (asiylar, pasinlar, 
sakaravllar), so’ngra xunlarning zug’umi bilan Baqtriyaga kelgan yueji-
toxarlarning zarbalari  ostida qulaydi. Yueji-toxarlar dastlab Shimoliy Baqtriyaga 
(O’zbekistonning hozirgi Surxondaryo viloyati va Shimoliy Tojikiston) 
joylashadilar, so’ngra esa Baqtrada (hozirgi Shimoliy Afg’onistondagi Balx)  poytaxtga asos solib butun Baqtriyani bosib oladilar. Ular alohida mustaqil 
mulklardan iborat bo’lgan o’ziga xos konfederativ tipdagi davlat barpo etadilar. 
Miloddan avvalgi II asrda O’rta Osiyodagi ikki daryo oralig’ida xuddi shunga 
o’xshash Qang’ davlati shakllanadi. Ushbu davlat, Xouxanshuning ma’lumotlariga 
kura, beshta mulkdan iborat bo’lgan. Ularning har biri o’z tangasini zarb etgan. Bu 
ularning mustaqilligidan dalolat berardi. Beshinchi davr - miloddan avvalgi II 
asrning ikkinchi yarmi - yangi eraning I asri boshi - mahalliy davlatlar: Qanr, 
Xorazm podsholigi, Buxoro, So’g’d, Dovon mustahkamlanishi va yanada 
rivojlanishi, Yuechji davlatining qaror topishi va uning hokimiyatining Gandxariga
qadar yoyilishi. Ushbu mulklarning deyarli har birida kumush yoki misdan 
yasalgan tanga zarb qilingan (Dovon bundan mustasno). Mahalliy so’g’d, xorazm 
yozuvlarining paydo bo’lishi tanga zarb qilish bilan birgalikda rivojlangan 
davlatchilikning asosiy belgisi hisoblanar edi. Oltinchi davr - yangi miloddan 
avvalgi I asrning boshi - milodning III asri birinchi yarmi - antik davrda mahalliy 
davlatchilikning ravnaq topishi. O’zbekiston janubining konfederativ Yuechji 
davlati asosida paydo bo’lgan qudratli Kushon imperiyasi tarkibiga kirishi. Ikki 
daryo oralig’ida davlat tuzilmalarining mustahkamlanishi va yanada rivojlanishi. 
Balkim Chochda yangi mulkchilik paydo bo’lishi va o’z mis tangasining zarb 
qilishi. Xorazmda Afrigidlar sulolasining hokimiyat tepasiga kelishi, bu yerda 
sulolaviy boshqaruvning an’anaviyligi. Bu, jumladan, davlat ramzi bo’lgan 
tanganing orqa tomonida otliq suvoriy tasviri berilishida ifodalangan. O’rta Osiyo 
davlatlarida zarb qilingan davlat ramzi bo’lgan – tamg’a va sulola belgilarining 
keng yoyilishi harbiy o’lka, Sharqiy O’rta yer mamlakatlari va Parfiya bilan 
diplomatik aloqalarning keng avj olishi bilan birgalikda davlat hokimiyatining 
barqaror va an’analarga ega bo’lgan xususiyatidan dalolat beradi. Miloddan 
avvalgi II asrning ikkinchi yarmida Xan Xitoyi Chjai-Szyanning tashrifi tufayli 
o’zi uchun harbiy o’lkani, ya’ni O’rta Osiyoni kashf etadi, miloddan    avvalgi II asr 
oxiridan boshlab esa O’rta Osiyo bilan Xitoy o’rtasida muntazam diplomatik va 
savdo munosabatlari amalga oshiriladi. Sivilizatsiya tarixida birinchi marta G’arb 
va Sharq mamlakatlarini birlashtirgan qit’alararo Buyuk Ipak yo’lining qaror 
topishi ushbu munosabatlarning buyuk yakuni bo’ldi. Mahalliy antik davrda 
(milodiy I asrda - milodiy II asrning birinchi yarmi) Shimoliy Baqtriya milodiy I 
asrning birinchi yarmida yuechji urug’laridan birining dohiysi Kudzula Kadfiz 
tomonidan asos solingan qudratli Kushon imperiyasi tarkibiga kirdi. Bu davrda 
o’zida mustaqil davlatni ifodalagan So’g’d (O’zbekistonning Qashqadaryo va 
Samarqand viloyatlari) ehtimolki, u ham yuechjilardan kelib chiqqan Girkod 
sulolasi tomonidan boshqarilar edi25 . Xorazmda Afrigidlar hokimiyat tepasiga 
kelgan va 700-800 yil davomida xukmronlik qilgan. Buxoro va Dovon (Farg’ona), 
shuningdek, ehtimolki, Choch mustaqil davlatlar edi. Chochda (U-shu tipdagi xitoy
tanglaridan foydalanuvchi Dovondan tashqari) o’z tangalari zarb qilinganligi ham 
shundan dalolat beradi. Transoksionning ushbu barcha mulklari Kang’ tarkibiga 
kirganligi ham istisno emas.Milodiy III- asrlar O’rta Osiyo tarixida qadimgi buyuk  imperiyalar - Kushon va Parfiya imperiyalarining halokatga uchrashi, ko’plab 
mayda mustaqil davlatlarning paydo bo’lishi, xionit va kidarit ko’chmanchi 
qabilarning bostirib kirishi, qadimgi ijtimoiy formasiyaning yemirilishi, 
iqtisodiyot, moddiy va ma’naviy madaniyatning muayyan darajada tushkunlikka 
yuz tutishi bilan tavsiflanadi. Samarqand bunyod bo'lganidan beri u O'rta 
Osiyoning siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida katta mavqega ega bo'lib keldi. 
Shaharning Buyuk ipak yo'li chorrahasida joy- lashganligi, bu yerda qadimdan 
hunarmandchilikning shoyi to'qish, mashhur Samarqand qog'ozi ishlab chiqarish, 
kulolchilik, temirchilik, novvoylik, qandolatchilik, badiiy kashtachilik va boshqa 
turlari hamda savdo-sotiq ishlarining rivojiga turtki bo'ldi. Samarqandda qadimdan 
ravnaq topgan hunarmandchilik turlari mahalla-guzarlarning nomlarida saqlanib 
qolgan. Masalan ―So'zangaron  (igna tayyorlovchilar), ―Kamongaron  (o'q-yoy ‖ ‖
tayyorlovchilar) va boshqa- lar hozirgi kungacha etib kelgan. Samarqand zaminida 
mashhur donishmandlar, allomalar voyaga etgan, jumladan Mirzo Ulug'bek 
Samarqandda munajjimlar maktabiga asos soldi, madrasa va rasadxonalar qurdi. 
Uning atrofida butun bir ilmiy maskan – Ulug'bek akademiyasi tarkib topdi. Bu 
akademiyada G'iyosiddin Jamshid Koshiy, Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi kabi 
mashhur olimlar etishib chiqdi. Ulug'bek akademiyasida amalga oshirilgan ishlar 
jahon fan olamida tan olindi. Samarqand qadimiy tarixiy va me'moriy yodgorliklari
tufayli butun dunyo tan olgan haqiqiy muzey shahriga aylandi. Shu bois respublika
hukumati qarori bilan 1982 yilda Samarqandning Afrosiyob shahristoni, o'rta 
asrlarda bunyod etilgan me'moriy yodgorliklar va XIX-XX asrlarda qurilgan 
―Yangi shahar dagi binolar, tarix va o'lkashunoslik muzeylari asosida 	
‖
―Samarqand davlat birlashgan tarixiy-me'moriy muzey qo'riqxonasi  tuzildi. 	
‖
O'sha yili shaharning tarixiy qismini muhofazalash chegaralari belgilandi. 
Samarqandda 73 ta yirik tarixiy-me'moriy yodgorliklar mavjud bo'lib, ulardan: 
Registon ansambli, Shohi Zinda ansambli, Amir Temur maqbarasi, Ulug'bek 
rasadxonasi, Bibixonim jome masjidi, Ruhobod maqbarasi, Abdidarun majmuasi, 
Hoja Ahror masjidi, Hazrati Xizr masjidi va boshqalar saqlangan. Sho'rolar davrida
shaharning yevropaliklar yashaydigan qismi obod qilindi, aholisi ham ko'chib 
keluvchilar hisobiga ortib bordi. Eski shahar qismi esa o'z holicha tashlab qo'yildi, 
ko'p me'moriy yodgorliklar qarovsiz qolib, xaroba holiga kelib qoldi. O'zbekiston 
Prezidenti I.A. Karimov tashabbusi bilan Abu Mansur alMoturidiy as-Samarqandiy
dafn etilgan Chokardiza qabriston hududida Moturidiy yodgorlik majmui mozoriga
maqbara qurildi, qabriston obod etildi. Ko'hna va navqiron zaminda joylashgan va 
ikkinchi Ka'ba nomini olgan Xartang qishlog'idagi Xoja Ismoil al-Buxoriy 
manzilgohi etti iqlimdan kelayotgan odamlar uchun ziyoratgoh bo'lib qoldi. 
Shahardagi tarixiy obidalar Xitoy, Hindiston, Yunoniston (Afina), Italiya (Rim) 
yodgorliklari kabi o'zining go'zalligi, betakrorligi bilan e'tiborni o'ziga tortadi. 
Bugun Samarqandga kelgan har qanday mehmon ayniqsa, xorijlik sayyoh, eng 
avvalo Go'ri Amir maqbarasi ni ziyorat qiladi. Bibixonim, Hazrati Xizr tarixiy 
obidalariga tashrif buyuradi. Ulug'bek, Tillaqori, Sherdor madrasalari qarshisida  qanchalik lol qolsa, Shohi Zinda yodgorlik majmuasi ziyoratida shunchalik 
hayratga tushadi. Dunyo donishlari tomonidan ―”Insoniyat tafakkurining shoh 
asari “ deya baholangan Shohi Zinda ansambli o'tgan davrlarda necha bor 
toptalmadi,  necha bor himoyaga olinmadi. Mustaqillik yillarida Shohi Zinda 
gumbazlarida  qayta nur jilolana boshladi. 2004 yilda Vazirlar Mahkamasining 
―Shohi Zinda yodgorlik majmuasida qayta tiklash va obodonlashtirish ishlarini 
tashkil etish to'g'risida gi qarori qabul qilingach esa uning umrboqiyligiga yana ‖
zamin yaratildi. Majmuadagi qadimiy obidalarni tiklash, qayta ta'mirlash, asl 
holatiga qaytarish ishlariga respublikamizning barcha hududlaridagi tajribali 
me'morlar jalb etildi. Tarixiy yozma manbalarda Samarqandning yoshi qadimiyligi
to’g’risida ma’lumotlar bor. Muha.mmad sh-Nasafiy «al-Qand fiy zikri ulamoi 
Samarqand», Haydar as-Samarqandiy (12-a.) «Qandiyai Xurd», Abu Tohirxoja 
Samarqandiy «Samariya», Xitoy tarixchisi Chjan Syan, yunon va rimlik tarixchilar
Arrian, Kursiy Ruf va b. ko’plab mualliflarning  
 Janubiy va G'arbiy So'g'dda madaniyat taraqqiyoti 
Yuzlab mingyilliklarni o’z ichiga olgan insoniyat tarixida dastlabki davlatlar va 
shaharlarning tashkil topishi, hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi, 
yozuvning kelib chiqishi - nisbatan keyinroq sodir bo’lgan xodisalardir. 
Davlatchilik jahon tarixida miloddan avvalgi IV ming yillikning oxirlarida vujudga
kelib, insoniyat rivojining so’nggi 5 ming yili bilan bog’lanadi. Qadimgi davlatlar 
rivojining turli bosqichlariga, turli xususiyatlar va tarixiy qonuniyatlar xos bo’lgan.
Dastavval, ilk davlatlar ho’jalikning ishlab chiqaruvchi shakllari - dehqonchilik va 
chorvachilik qayerda oldin rivoj topgan bo’lsa, o’sha yerda vujudga keldi. Ibtidoiy 
tarixda aholining joylashuvi qarindosh-qarindoshlik aloqalari bilan belgalangan. U 
yoki bu hududda faqat bitta urug’ a’zolari yashagan. Xo’jalikning ishlab 
chiqaruvchi shakllari taraqqiyoti aholi joylashuvi xududlarining kengayishiga, 
tashqi aloqalarning uzluksiz rivojlanishiga olib kelgan. Ishlab chiqarish zarurati va 
boshqa iqtisodiy omillar shuni taqozo etgan. Shu tariqa aholining aralash 
joylashuvi tarixi boshlanadi. Bunda bir hududda turli urug’ namoyondalari 
yashaydigan bo’lgan. Jamiyatning yangi hududiy tashkiloti vujudga kelib, qon-
qarindosh urug’chilik jamoasi o’rniga hududiy qo’shnichilik jamoasi keladi . Bu 
jamoalarning vakillari alohida qishloqlar, ekinzorlar va sug’orish  tarmoqlari bilan 
chegaralangan, ya’ni to’la o’zlashtirilgan va muttasil ho’jalik va ishlab chiqarish 
maqsadlarida foydalanib kelingan voha-tumanlarda hayot kechirib, ichki va tashqi 
munosabatlarining vazifalarini hal qilishda, birlashishga harakat qilganlar. Ishlab 
chiqarish va ijtimoiy mehnat taqsimoti, tashqi harbiy bosqinlardan himoyalanish, 
jamoadagi diniy urf-odatlarni bajarish kabi masalalar ijtimoiy mansablar va 
boshqaruvning paydo bo’lishga asos soldi. O’zbek xalqi, O’rta Osiyo xalqlari va 
ularning ajdodlari tarixida ilk davlatchilikning vujudga kelishi masalasini o’rganish
dolzarb vazifadir. Bu muammoni o’rganishda yozma va arxeologik manbalar ko’p 
jihatdan yordam beradi. Davlat tuzumi vujudga kelishini yoritib beradigan asosiy 
yozma manba «Avesto» va qadimgi dunyo mualliflari qoldirgan ma’lumotlardir. 
O’rta Osiyoda ilk davlatchilik tuzumiga zamin yaratgan bronza davridaga  Самарканд  2750. – Т., 2007.40
sug’orma dehqonchilik rivojlanishi va ixtisoslashgan xunarmandchilikdir O’rta 
Osiyoda davlatchilik tuzumiga o’tish jarayoni faqat ichki sabablarga bog’liq 
bo’lmay, Sharqdagi yuqori darajada rivojlangan an’anaviy tarixiy madaniy 
aloqalarga ham bog’liq edi. Baqtriyadan topilgan yuqori sifatli oltin, kumush va 
bronza buyumlari tashqi savdo va o’zaro aloqalarning rivojlanishidan dalolat 
beradi. Qadimgi Sharq davlat markazlari bilan madaniy munosabatlari muammosi 
dolzarb mavzu bo’lib, arxeologik ma’lumotlar o’zaro aloqalardagi mavjud 
texnologik va iqtisodiy ta’sirni ko’rsatadi. Yaqingacha Old Osiyo davlatlarining 
O’rta Osiyoga siyosiy yurishlarining boshlanishi ahamoniylar bilan bog’lanib 
kelinardi. Ossuriyaning Baqtriyaga harbiy yurishlari haqida ma’lumotlar ayrim 
tarixshunoslar tomonidan umuman rad etilgan. Xorazm, Baqtriya va Midiyaning 
siyosiy aloqalari hali oxirigacha isbotlalmagan bo’lsa-da, bunday aloqalar bo’lishi 
mumkin, deb hisoblanmoqda. Hozirgi paytda ossuriyaliklar bilan qalay konlari 22  
mavjud bo’lgan O’rta Osiyo viloyatlari o’rtasidagi savdo aloqalari tadqiqotchilarni 
shubhalantirmayapti va nihoyat Panj havzasidaga miloddan avvalgi IV-III ming 
yilliklarga oid Xarappa madaniyati savdo makonlarining ochilishi yoki Surxon va 
Balxob vohalaridagi miloddan avvalgi XI ming yillikka mansub o’troq 
manzilgohlarning tarqalishi turli jamoalarning yangi yerlarni o’zlashtirish faoli-
yati bilan bog’langan. Arxeologik va yozma manbalarni o’rganish shuni 
ko’rsatadiki, ilk temir davri Xorazm, Baqtriya, Marg’iyona va So’g’d 
jamoalaridagi asosiy ishlab chiqaruvchi kuchlarni bir necha kichik oilalardan iborat
uy jamoalari (katta oila vakillari) tashkil etgan. Uy-qo’rg’onlar joylashuvining 
tashqi belgilariyoq, uy-jamoalari aftidan ancha yirik xududiy qo’shni jamoalarni 
tashkil qilganidan dalolat beradi. Boshqaruv tartibida katta oilalar (uy jamoasi) 
boshliqlari yoki uy egalari, shuningdek, alohida qishloq qo’rg’onlarini 
boshqaruvchi jamoalar katta ahamiyatga ega bo’lgan. Alohida uylar o’rtasidagi 
qarindoshchilik munosabatlari kabi belgilar aftidan, ikkinchi darajali bo’lib borgan.
Bu shunda ko’rinadiki, har bir katta oila mumkin bo’lgan qarindoshchilik 
aloqalariga qaramasdan, alohida uy-joyga, ishlab chiqarish qurollariga ega 
bo’lishgan, o’zining qishloq ho’jaligi mahsulotlari va chorvalari bo’lgan yoki 
o’zini iqtisod jihatidan ta’minlay oladigan ho’jalikni aks ettirgan. Katta oilali 
jamoalar shakli jamoa ishlab chiqarishi va ho’jalik harakatiga muvofiq edi. 
Ma’lumki, u jamoani iqtisodiy jihatdan mustahkamlanishiga olib keldi. G’arb 
ilmiy adabiyotlarida «yo’lboshchi-boshliqlar jamiyati» degan tushuncha 
qo’llaniladi va davlat tizimiga o’tish bosqichlaridan biri «chifdom» deb ataladi. 
Tadqiqotchilar fikriga ko’ra, «chifdom» tushunchasi davlat darajasiga 
ko’tarilmagan jamiyat tashkilotini aks ettiradi. Bu bosqichda yo’lboshchilar 
jamoani o’z qo’llari ostida birlashtirib, ishlab chiqarishni nazorat qilganlar. 
Ijtimoiy mansablarni egallash, jamoa ishlab chiqarish ishlari va ijtimoiy mehnat 
taqsimoti bilan bog’liq bo’lgan. Boshqaruv faoliyat zarurati ishlab chiqarishni 
tashkillashtirishda, ishlab chiqarish jarayonini nazorat qilish va jamoa mahsulotini 
taqsimlashda, shu ishlar bilan maxsus shug’ullanuvchi ayrim shaxslarni yuzaga 
chiqardi. Shu tarzda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar taraqqiyoti jamiyatda o’z 
obro’- e’tiboriga ega va ijtimoiy ishlab chiqarish bilan doimiy shug’ullanmaydigan ijtimoiy va ho’jalik hayotini nazorat qiladigan va boshqaradigan shaxslarning 
saralanishiga olib kelgan. Ammo bu kishilar na quldor, na ezuvchi ham 43 
bo’lmaganlar. Bunday odamlarning saralanishiga ularning shaxsiy ahloqiy 
hislatlari, bilim va nufuzlari sabab bo’lgan. Shu asosda» ishlab chiqarish 
faoliyatidan tashkiliy - boshqaruv faoliyati ajralib chiqqan. Rahbar-
yo’lboshchining nufuzi yuqori bo’lsada, jamiyatdagi ishlab chiqarish jarayoni 
boshqaruv yutuqlariga asoslangan ijtimoiy hokimiyat hali siyosiy davlat maqomi 
darajasiga yetamagan ijtimoiy tashkilot turini o’zida ifoda etgan. Bunday tashkilot 
boshqaruvchisi lavozimini bajaruvchi shaxslar bu lavozim evaziga moddiy 
rag’batlantirilganlar. Moddiy boyliklarni taqsimlash va jamoa mahsulotidan 
olinadigan ulush bunday kishilarning jamiyatdagi o’rni va amaliga bog’liq bo’lgan.
Shunday qilib, yo’lboshchi rahbarning dastlabki ijtimoiy foydali faoliyati kasbiy 
boshqaruvchilikka aylandi. Shu tariqa ilk davlatchilikka o’tish jarayoni 
boshlangan. Ikkinchi bosqich jamoaning o’zini-o’zi boshqaruv muassasalarini 
yo’lboshchi hokimiyatiga to’la bo’ysundirilishi bilan bog’lanadi va shunda jamoa 
a’zolarining ichki va tashqi, o’zaro aloqalarining huquqiy tartibotining zarurati 
yanada rivoj topib, takomillashadi. Bu holat davlatning turli vazifalarini huquqiy 
tartibga solib, hokimiyatni huquqiy jihatdan rasmiylashtiradi. Aytilganlardan 
shunday xulosaga kelindiki, qadimgi Sharqning ilk davlatlari tarixi dastlab 
jamiyatning qullar va quldorlarga bo’linishidan boshlanmagan. Ushbu jarayonning 
muhim omillaridan biri mulkiy tabaqalanish bo’lmasdan, sinfiy qarama-
qarshilikning aloqasi bo’lmagan jamiyatning ijtimoiy-amaliy vazifalar jihatidan 
bo’linishidir. Bu xol, eng avvalo, iqtisodiy, harbiy va diniy omillarga bog’liq 
bo’lgan. Davlatchilikning asoslari siyosiy institutlar shakllangandan keyingi 
chuqur ijtimoiy tabaqalanish jarayoni boshlangani bilan bog’lanadi. Ilk 
davlatlarning ishlab chiqaruvchilik hayotida ozod jamoa a’zolarining mehnati 
muhim o’rin tutadi. Aholi sonining o’sishi hamda yangi aholi joylasha oladigan 
xududlarga, bo’z yerlar va chorva uchun yaylov, ma’danlarga boy manbalarga ega 
bo’lish ehtiyoji katta yo kichik urushlarga sabab bo’lgan. Doimiy harbiy 
to’qnashuvlar sharoitida ba’zi davlatlar tor-mor keltirilib, boshqalari kuchaygan. 
Sanoqsiz asirlar va xonavayron bo’lgan jamoa a’zolari qullikka tushganlar. Ular 
mehnatidan ishlab chiqarish maqsadlarida keng foydalanilgan. Shu tarzda tarixda 
qadimgi Misr, Ossuriyadek o’rtamiyona xududga ega davlatlar va keyinchalik 
yirik, dunyoviy miqyosdagi Ahamoniylar saltanatidek davlatlar vujudga kelgan. 
Shuning uchun ham ilk davlatlarning tarixi - bu dastlabki bosqinchilik urushlari 
tarixidir, bu quldorlik deb ataluvchi qadimgi davlatlar tarixidir, chunki ularning 
hukmdorlari ko’pdan ko’p viloyatlar va xalqlarni o’ziga bo’ysundirishni maqsad 
qilib, kuchsiz va himoyaga muxtojlarni talab, qulga aylantirar edilar. Tarixiy 
ma’lumotlarga ko’ra, ilk temir davrida O’rta Osiyo janubidagi jamoalarda «uy 
egasi», «qishloq oqsoqoli», «oqsoqollar kengashi», «tuman hokimi» kabi 
mansablar mavjud edi. Ijtimoiy tuzumning bu pog’onasi ilk davlatchilikning eng 
yuqori darajasi bo’lib, u jamoalarning ijtimoiy hayotida obro’-e’tiborini, o’z 
ahamiyatini saqlab qoldi. Uy-qo’rg’on egasi o’z avlodlariga ham ta’sirini 
o’tkazgan. Keyinchalik ular o’z haq-huquqlarini mustahkamlashga harakat 
qilganlar. Jamoa uchun tashkiliy boshqaruv keng ko’lamdagi qurilish, sug’orish va  dehqonchilik ishlarini tashkil etish paytida zarur edi. Yo’lboshchihokimlarning 
boshqalardan ajralib turishiga qadimgi shaharlarning ichki qal’asida ularning 
alohida joylashgan saroy qo’rg’onlari ham guvoh bo’ladi. Bu hokimiyat tashqi 
harbiy bosqinlardan himoyalanish, shahar va qishloqlar xududini muhofaza qilish, 
ijtimoiy hayotni, shuningdek, qurilish, hunarmandchilik va sug’orish ishlarini 
tashkil etib, jamoaning ichki va tashqi munosabatlarini boshqarib turgan. Qadimgi 
tuman va viloyatlar, shahar markazlarining ahamiyati ayniqsa harbiy to’qnashuvlar
paytida oshib, shahar xududidan tuman aholisi uchun boshpana, ijtimoiy mulkning 
asosini tashkil etuvchi chorva podalari uchun pana joy sifatida foydalanilgan. 
Hokimiyatga shahar jamoasi va uning atrofidagi uy-qo’rg’onlar jamoalarining 
vakillari ham bo’ysunishi lozim edi. Uy-qo’rg’on egalari oiladaga va jamoadaga 
ish yurituvchilar sifatida an’anaviy qishloq xo’jalik shakllarini rivojlantirish, oziq-
ovqat mahsulotlarini ko’paytirish maqsadida turli munosabatlarni boshqarib 
turganlar hamda uning haqhuquqlari ancha yuqori bo’lgan. Bu ijtimoiy tuzumda 
ayrim guruhlar dehqonchilik ho’jaligi bilan mashg’ul bo’lganlar. Shuningdek, uy 
chorvachiliga bilan shug’ullanuvchilar, ixtisoslashgan hunarmandchilik, qurilish 
ishlari, umuman, ishlab chiqaruvchilar bor edi. Undan tashqari, ishlab chiqarish 
jarayonida band bo’lmagan yoki ho’jalik ishlari bilan kamdan-kam shug’ullangan 
shaxslar mavjud bo’lgan. Bu toifaga uy-qo’rg’on egalari, jamoa oqsoqollari, diniy 
arboblar, tuman va viloyat hokimi kabilar kiradi. Ularning barchasi jamiyat ishlab 
chiqarish tartibi va hayotidagi tutgan o’rni bilan farqlanganlar. O’rta Osiyo va 
O’zbekistonda ilk davlatlar dehqonchilik iqtisodi, ixtisoslangan hunarmandchilik 
ajralib chiqishi tufayli shakllangan shahar markazlari asosida paydo bo’lgan. 
Arxeologik ma’lumotlar masalaning muhim ijtimoiy-siyosiy muammolarini 
yoritishga imkoniyat yaratadi . O’tgan asr oxiri va asrimiz boshlarida 
«Avesto»dagi ma’lumotlar O’rta Osiyo viloyatlarining Aryoshayyona bo’yicha 
birlashmasi, Gekatey va Gerodot asarlaridan kelib chiqqan «Katta Xorazm» 
masalasi, shuningdek Ktesiyning qadimgi Baqtriya podsholigiga haqidagi 
ma’lumotlari O’rta Osiyo va O’zbekiston xududidaga ilk davlatlar tarixini 
o’rganish uchun asos bo’lib hizmat qildi. O’zbek xalqi va uning ajdodlari 
davlatchilik tarixi turli o’troq dehqonchilik viloyatlari tarixi bilan boshanadi. 
Qadimga Xorazm davlati shular jumlasidadir. Ahamoniylardan oldingi davrda 
Xorazmda kuchli davlat vujudga kelgan. Xorazmda miloddan avvalgi VII-VI asrga
mansub katta-katta sug’orish inshootlarining izlari topib tekshirilgan. 
Amudaryoning o’rta va quyi oqimi yerlarida joylashgan Xorazm davlati hududidan
miloddan avvalgi VII asrning oxiri V asrga oid ko’pdan-ko’p uy-qo’rg’onlar, 
qishloq va shahar harobalari topib tekshirilgan. Qadimgi Xorazm shahar 
markazlaridan biri Ko’zaliqir mudofaa devorlarining tuzilishi bilan Baqtriyadagi 
Qiziltepa shahar devorlarining tuzilishida ancha o’xshashliklar topildi. Topib 
tekishrilgan moddiy manbalar ilktemir davridaga Xorazm, Marshyona, 
So’g’diyona va Baqtriyada bir-biriga yaqin madaniyatlar rivoj topgani haqida 
dalolat beradi. Baqtriya davlatning rivoj topishi sanasini miloddan avvalgi 700-540
yillar bilan bog’lash mumkin. Yanada qadimgiroq ma’lumotlar, ya’ni miloddan 
avvalgi IX-VIII asrlarga oid arxeologik manbalar yirik Baqtriya davlati haqidagi 
ma’lumotlarni tasdiqlamaydi. Bu davrga oid qadimgi Baqtriyaning eng katta  manzilgohlari egallagan maydoni 2 gektardan ziyod emas, ularning mudofaa 
devorlari yoki hunarmandchilik ishlab chiqarish qoldiqlari topilmagan. Shu davrga 
oid Baqtriya hududida mustahkamlangan yirik qal’alar bo’lmagan. Miloddan 
avvalgi IX-VIII asrlarda O’rta Osiyo tuprog’ida dastlabki kichik davlatlar va 
harbiy siyosiy birlashmalar paydo bo’lgan. Ktesiyning «Persika» asarida qadimgi 
Baqtriya davlati haqida, turli-tuman istehkomlar va qal’alar to’g’risida, davlatning 
axolisi ko’p sonli bo’lganligi haqida, Ossuriya podshosi Nin va Baqtriya podshosi 
Oksiart urushlari haqida va boshqa ma’lumotlar keltirilgan. Keyinga yillarda 
Baqtriya tuprog’ida o’tkazilgan arxeologik qazishlar natijasida topib tekshirilgan 
dastlabki shahar va qal’alarning moddiy manbalari uzoq o’tmish tarixiy 
voqealaridan dalolat beradi. Miloddan avvalgi VII-VI asrlarda Baqtriyada 
dehqonchilik ho’jaligi, hunarmandchilik va savdo yuksak darajada rivojlangan. 
Ishlab chiqaruvchi kuchlarning o’sishi xususiy mulkchilik va ayirboshlashni 
keltirib chiqargan, homashyo va hunarmandchilik buyumlari savdo bronzadavriga 
oid qatlamlar ushbu vohada mavjud bo’lgan va ular yanada chuqurroqda 
joylashgan degan ilmiy taxminlar mavjud. Bizga ma’lum bo’lgan Qarshi 
vohasining tarixi ilk temir asrlaridan boshlanadi. Bu davrda mil. avv. II asr oxiri va
I asr boshlarida O’rta Osiyo tarix sahnasida yangi etnomadaniy jarayon boshlanadi.
Cho’l hududlarida qorasuq qabilasining madaniy an’analariga rioya etuvchilar 
tarqaladi, Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Qashqadaryo daryolarining yuqori va 
quyi hududlarida qadimgi va o’rta asrlardan ma’lum bo’lgan o’rta osiyoning asosiy
tarixiy-madaniy jarayonlari shakllandi. Bu davrda Baqtriya, Marv, So’g’d, Xorazm
va Markaziy Osiyoning boshqa qadimgi etnomadaniy toponimlari shakllandi. Yirik
dehqonchilik vohalari rivojlandi va ularning markaziy hududlari himoya devorlari 
bilan o’raldi. Mil. avv. I ming yillikka oid sopol buyumlari janubdan shimolgacha 
keng tarqalgan edi. Qashqadaryo vohasi kulolchilik buyumlari baqtriya uslubi 
bajarilgan. Samarqanddagi Afrosiyob va Ko’ktepa so’nggi yillarda olib borilgan 
arxeologik qazishmalar davomida esa, bu erda burg’uliq uslubidagi sirdaryoning 
o’ng qirg’og’i madaniyatiga yaqin kulolchilik buyumlari kompleksi topildi. Ilk 
temir asrlariga oid Naxshab va Qarshi vohasida topilgan qadimgi buyumlar 
erqo’rg’on shahrining ichki qatlamidan topildi. Bu davrga oid oz miqdorda 
topilgan idishlar orasida qizil fonga qo’l bilan yozilgan va idishlarni suvda yuvsa 
yuvilib ketadigan yorqin fonga qizil bo’yoq bilan yozilgan bezaklar mavjud31 . 
Shunday qilib, so’g’dning ilk temir madaniyati kelib chiqishi, Aleksandr 
Makedonskiy davrida Amudaryodan Sirdaryogacha meridional yo’nalishda 
tarqalgan bo’lib, geterogen rivojlanish xususiyatiga ega. So’g’dning ilk voha va 
shaharlari barpo etilishi davrida aleksandargacha yarim ming yil avval zarafshon 
vohasidagi shahar tipidagi qadimgi madaniyat o’choqlari sirdaryoning o’rta oqimi 
bilan bog’liq edi. Bu esa Qashqadaryo vohasining moddiy madaniyati o’rta va 
yuqori oqimdagi Baqtriya va Marvning ilk shahar madaniyatlari bilan genetik 
bog’langanligidan dalolat beradi.  XULOSA 
Qadimgi So’g’d tarixi haqidagi bilim va ma'lumotlar, tarixiy dalillar uzoq yillar 
mobaynida to'plangan. Ularning aksariyati qadimiy Sharq va G'arb manbalariga, 
XIX-XX asr boshlaridagi sayyohlarining ma'lumotlariga asoslangan. XIX asrning 
80-yillaridan boshlab So’g’d hududida olib borilgan keng miqyosli arxeologik 
tadqiqotlar bu shaharning qadimiy va ilk o'rta asrlar tarixi, madaniyatini butunlay 
yangicha yoritish, uning shakllanish va rivojlanish tadrijini kuzatish imkonini 
berdi. Arxeologik tadqiqotlar jarayonida So’g’d haqidagi yozma manbalarda 
keltirilgan ma'lumotlar bilan arxeologik topilmalar qiyoslanib, quyidagicha 
xulosaga kelindi.           So'g'd tamadduni Zarafshon va Qashqadaryo daryolari 
oralig’ida vujudga kelgan O’rta Osiyodagi madaniyat o'choqlaridan biri bo'lgan 
hamda ko'p asrlik taraqqiyot yo'lini bosib o'tdi.    Zarafshon daryosining yuqori 
oqimidagi dastlabki manzilgohlar tosh davridayoq vujudga kelib, bu yerda 
qadimdan insonlar yashay boshlaganligini mintaqada olib borilgan arxeologik 
tadqiqotlar tasdiqlaydi.    Mil. avv. IX-VIII asrlardan ilk shaharsozlikka xos bo’lgan 
xususiyatlarni o’zida jam qilgan va qadimiy tarixiy manbalarda viloyat yoki shahar
nomlari bilan kirgan, baland mudofaa devori va keng xandaq bilan o'rab olinadi 
(bu xil manzilgohlar mil. avv. I ming yillik boshidan O'rta Osiyoning dehqonchilik 
qilinadigan viloyatlariga xosdir).  Umumso’g’d madaniyati deb atalgan madaniyat 
yaratgan qadimiy so’g’diylar hozirgi uch viloyat hududida – Samarqand (Markaziy
So’g’d), Qashqadaryo (Janubiy So’g’d), Buxoro (G’arbiy So’g’d) da o'zaro 
birlashib va to'xtovsiz taraqqiy etib borib, o’z davrida kattagina tarixiy viloyatga 
aylangan. So’g’dning Buyuk ipak yo'li chorrahasida joylashganligi ilk davrlardan 
boshlab hunarmandchilik tarmoqlari (kulolchilik, temirchilik, misgarlik, zargarlik, 
zardo'zlik, shishasozlik, kandakorlik, badiiy kashtachilik va h.k.) va savdo-sotiq 
ishlarining rivojlanishiga turtki bo'ldi.    Bitiruv malakaviy ishining asosiy qismida 
fikr yuritganimiz  So’g’d hududidagi arxeologik yodgorliklarda olib borilgan 
izlanishlardan kelib chiqib ulardagi shaharsozlik madaniyatining rivojlanish 
bosqichi turlicha va yashash davri turlichadir. Samarqandda shahar hayoti birgina 
Afrosiyob (shuningdek Ko’ktepa) da kechgan bo’lsa, Qashqadaryo hududida ikkita
– Nautaka va Naxshabda, Buxoroda Poykent va Varaxsha hududida 
kechgan.Tadqiqotlar jarayonida topilgan numizmatik topilmalar Yunon-baqtr 
hukmdorlari davridan ularning tangalariga taqlid qilib ishlangan, shuningdek 
Girkod tangalari muomalada bo'lganligini tasdiqladi.    Arablar istilosi natijasida 
asrlar davomida yaratilgan umumso’g’d madaniyati butunlay yo’q qilindi. 
Shunday qilib, ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan umumso’g’d madaniyati nafaqat
O'zbekiston, balki butun O’rta Osiyoning qadimgi madaniyati xazinasi durdonasi 
sifatida tarixda qoldi. Bu madaniy merosini o'rganish va ularni himoyalash 
masalalari bilan bugungi kunda keng ko'lamli tadbirlar olib borilmoqda.  FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 
1.   Mirziyoyev Sh. M. “Eekin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini 
birgalikda barpo etamiz”.  
2.  Karimov I.A. “Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q” . –T., O'zbekiston, 1999. 
3.  Karimov I.A. “Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch”. – T., 2008. 
4.  Azamat Ziyo. “O’zbbek davlatchiligi tarixi”. – T., 2001.
5.  Eshov B. “Qadimgi O’rta Osiyo shaharlari tarixi”. – T., 2006. 
6.  Karimov Sh., “Shamsutdinov R. Vatan tarixi”. – T., 1997.
7.  Muhammadjonov A. “Qadimgi Buxoro”. – T., 2002. 
8.  Rtveladze E.V. “O`bekistonning tarixiy o`tmishi”. – T., 2009.
10. Исамиддинов М.Х. “Истоки городской культуры Самаркандского Согда”.
– Т., 2002.
11.  “Самарканд 2750". – Т., 2007 
Internet saytlari 
1. www.google.uz 
2. www.ziyonet.uz 
3. www.wikipediya.uz 
4. www.ziyo.uz 
5. www.arxeologiya.uz 
6. www.istorya.ru 
7. www.history.ru     AFROSIYOB

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat Universiteti Tarix fakulteti “JAHON MADANIYATI TIZIMIDA O’ZBEKISTON ARXEOLOGIYA YUTUQLARI” FANIDAN Kurs ishi Mavzu: Qadimgi So’g’d sivilizatsiyasi . 70220402-Etnogenez (o’zbek xalqining etnik tarixi) Samarqand-2022

REJA I. KIRISH. II. ASOSIY QISM. 1 . Qadimgi yozma manbalarda So'g'd haqidagi ma'lumotlarning aks etishi. 2 . Qadimgi So'g'd hududida olib borilgan arxeologik izlanishlar. 3. So'g'd madaniyatining o'ziga xos xususiyatlari. III. XULOSA.

KIRISH Respublikamizda istiqlolning dastlabki kunlaridanoq ijtimoiy fanlar sohasi olimlari oldida xalqimiz tarixini, shuningdek boshqa xalqlar tarixini haqqoniy va to'laqonli o'rganish masalasi dolzarb vazifa etib qo’yildi. Bu haqda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning 2011 yilning avgustida nashrdan chiqqan ―O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida nomli kitobida,‖ respublikamizning yetakchi tarixchi olimlari bilan o'tkazgan uchrashuvida va boshqa mazkur soha bilan bog'liq yig'ilishlarda bir necha marta ta'kidlab o'tgan 1 . Shuningdek, bu vazifalar O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlarida ham o'z aksini topgan . O'zbekiston hududida yuzaga kelgan qadimgi Baqtriya (mil.av. VII asr), Xorazm (mil. av. VII asr), So’g’d (mil.av. VII asr), Kushon (mil.av. I asr), Turk xoqonligi (VI asr), Amir Temur saltanati (XIV asr oxiri - XV asr boshlari) kabi davlatlar tariximizda alohida o'rin tutadi. Ularda o'ziga xos davlat boshqaruv asoslari yaratilgan bo'lib, o'z davrida davlat, xalq va jamiyatning tinchligi, taraqqiyoti hamda farovonligini ta’minlashga xizmat qilgan. O’zbekiston tuprog’ida mil. avv. II ming yillikka oid madaniyat bir xilda taraqqiy topgan emas. Bu bosqichda Surxondaryo, Zarafshon va Qashqadaryo vohalari va Xorazmdan iborat uchta o’lkada eng qadimgi madaniyat izlari topilgan. Har qaysi o’lkaning madaniy taraqqiyotida o’ziga xos xususiyatlar bo’lgan. Bu madaniyatlar dehqonchilik, uy chorvachiligi va chorvachilik-dehqonchilik bilan shug’ullangan qabilalarga mansub bo’lishgan. Ular bir-biridan ajralgan holda taraqqiy etgan emas, qabilalar o’rtasida keng madaniy aloqalar o’rnatilgan edi. Mavzuning dolzarbligi sifatida jahon tamadduni tizimiga Zarafshon va Qashqadaryo oralig'idagi hududda yashagan qadimiy aholining o'ziga xos madaniyatni yaratganligi haqida yozma va arxeologik ma’lumotlarni to’plash, o'rganish, ularni tizimga solish va tahlil qilish asos qilib olindi. O’rta Osiyo sivilizatsiyasida umumso’g’d madaniyatining tutgan o’rni va rolini ochib berish maqsad qilib olindi. - O'rta Osiyoda ilk shaharsozlik va davlatchilik madaniyatining ildizlarini yozma va arxeologik manbalar asosida tahlil qilish; - Qadimgi yozma manbalarda So'g'd haqidagi ma'lumotlarning aks etishini manbalar asosida tahlil qilish; - Qadimgi So'g'd hududida olib borilgan arxeologik izlanishlarni tahlil qilish; - Markaziy So'g'd (Samarqand) madaniyatining o'ziga xos xususiyatlarini tahlil qilish; - Janubiy va G'arbiy So'g'dda madaniyat taraqqiyotini manbalar asosida tahlil qilish. - O'rta Osiyoda ilk shaharsozlik va davlatchilik madaniyatining ildizlari yozma va arxeologik manbalar asosida tahlil qilindi; 1 Karimov I.A. O’zbekiston mustaqillakka erishish ostonasida. – T., ―O’zbekiston , 2011; Karimov I.A. Tarixiy ‖ xotirasiz kelajak yo'q // Biz kelajagimizni o'z qo'limiz bilan quramiz. –T., O'zbekiston, 1999. 7 j. –B. 128-132; 2 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori ―O'zbekistonning Yangi tarixini tayyorlash va nashr etish // G. Xalq so'zi. 17 dekabr 1996 yil; ‖

ijtimoiy va siyosiy tuzumini va «Avesto» tushunchalarini o’rganishga bag’ishlangan katta ilmiy adabiyot mavjud. «Avesto»ning eng qadimiy qismlari keng xududda joylashgan jamiyatni tasvirlab, bu jamiyat haqidagi yozuvsiz zamonlarga oid tasavvurlarni saqlaganlar. Bir qator tadqiqotchilarning fikriga ko’ra, «Avesto» tili qadimda fors tilidan nisbatan ancha oldingi bosqichda paydo bo’lgan. O’rta Osiyo uchun «Avesto» ma’lumotlari arxeologik manbalar bilan solishtirilgan holda keng davriy chegara oralig’ida - bronza davridan tortib qadimgi dunyo - antik davrgacha bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy tarixni yoritishsa foydalaniladi. Bunday yondashuv hamisha ham o’zini oqlayvermasada, yozma va arxeologik manbalarni bir-biriga solishtirish zaruratidan kelib chiqqan. «Avesto» Zaratushtra (Zardusht) dinidagi xalqlarning shariat qonunlari majmuidir va zardushtiylik dinining muqaddas kitobidir. Zaratushtra (yunoncha Zoroastr) ismi bilan atalgan zardushtiylik (zaratushtrizm, zoroastrizm) O’rta Osiyoda islom dini joriy etilgandan oldin keng tarqalgan. «Avesto» O’rta Osiyo viloyatlarining qadimgi tarixi, ijtimoiy tuzumi, iqtisodiy hayoti va ma’naviy madaniyatini o’rganishda muhim manbadir. O’rta Osiyoda Zaratushtra e’tiqodini birinchi bo’lib podsho Kavi Vishtasp qabul qilgan. Miloddan avvalgi VII-VI asrlarda O’rta Osiyo xududidagi xalqlar zardushtiylikka e’tikod qilgan. Shu davrdan boshlab yangi din milodiy VIII asrgacha O’rta Osiyoda diniy e’tiqod sifatida keng yoyildi. «Avesto»ning qadimgi qismlari ahamoniylar davridan oldinroq zamonlarga oid bo’lgan. «Avesto» ma’lumotlariga ko’ra, ushbu davr kabilalari birlashmasi viloyat - «daxsho» bo’lgan, urug’ jamoasi - «vis», ayrim oilalar - «nmana»dan tashkil topgan, qabila esa «zantu» deb atalgan. Aholi kohinlar, jangchilar, dehqonlar va chorvadorlar toifasiga bo’lingan. «Avesto» to’g’risida chorvachilik va dehqonchilik hayotiga oid ma’lumotlar juda ham ko’p saqlangan. «Avesto»ning eng qadimgi hududiy geografik nomlari O’rta Osiyo viloyatlari bilan bog’langan (Yasht, 10 bob). Ro’yxatdagi birinchi mamlakat - «Arenam Vaychax» yoki «Aryoshayyona», «Arenam Vay-jo». U yurtda ko’pdan- ko’p yaylovlarga ega baland tog’lar, keng daryolar va chuqur ko’llar bo’lgan. Yasht kitobida tilga olingan boshqa mamlakatlar - Iskata, Porutu, Mouru, Gava So’g’da (So’g’d makoni) va Xorazm. «Avesto» Videvdat kitobining birinchi bobida sanab o’tilgan viloyatlar Yasht mamlakatlari ro’yxatidan ancha farq qiladi: Arenam Vayjo, Gava, Mouru, Baxdi, Nisayya, Aryo, Vaekereta, Urva, Xnanta, Xaytumant, Raga, Chaxro va Varna. «Avesto»ning qadimgi geografik tushunchalari va manbada ko’rsatilgan mamlakatlarning ro’yxati asosida zardushtiylikning ilk vatani va Zaratushara tug’ilgan yurti haqida hikoya qilish mumkin. Olimlar o’rtasida «Avesto» vatani - Xorazm, zardushtiylikning yoyilish markazlari esa O’rta Osiyoning boshqa viloyatlari bilan bog’lanadi. Bu nazariyaning tarafdorlari «Avesto»ning yirik mamlakatlari Xorazm, Marg’iyona, So’g’d, Baqtriya O’rta Osiyoda 3 Karimov Sh., Shamsutdinov R. Vatan tarixi. – T., 1997. B. 97-98.

joylashganligiga e’tibor beradilar. Shuning bilan birga Arenam Vayjoni ham bu keng o’lka deb tushunish mumkin. U yerda baland tog’lar - Pomir, Hisor, Tangritog’, chuqur ko’llar - Kaspiy, Orol, Issiqko’l, Kesh daryolar - Amudaryo va Sirdaryo joylashgan deb faraz qilinadi. «Avesto» da keltirilgan qadimgi ma’lumotlar O’rta Osiyoda harbiy siyosiy birlashma tashkil topgan davrlarga (mil.avv. IX-VIII asrlar) mansubdir. Bu birlashma - Aryoshayyona yoki Arenam Vayjo, juda katta harbiy ahamiyatga ega bo’lgan. Shu davr aholisining bir qismi o’troq dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullangan, boshqa bir guruhi esa ko’chib yuradigan chorvachilik shakliga o’tgan. Ular o’rtasidagi siyosiy qarama-qarshiliklar, kurash va tinimsiz bosqinlar «xonadonlarga, qishloq, viloyat va mamlakatga qashshoqlik va vayronlik keltirdilar». «Avesto»da shu davr hukm surgan podsholar sulolasi - kaviylar («Shoxnoma»la - kayyoniylar) ro’yxati quyidagicha: Xaosh’yonx («Shoxdoma»da - Xushang), Yima (Jamshid), S’yovarshon (Siyovush), Kavi Xaosrov (Kay Xisrov), Kavi Vishtasp, Kavi Kavat (Kay-Qubot), Kavi Pian (Kaykovus), Kavi Pi shin (Kay-Pishin), Kavi Arshan (Key-Aresh). Kavi Vishtaspdan boshlab so’ngilari Zaratushtra ta’limotining tarafdorlari bo’lgan. Kavi Xaosrav ariylar mamlakatlarini birlashtiruvchi podsho bo’lib, «tur» - chorvador qabilalarning yo’lboshchisi Frangrasyon («Shohnoma»da Afrosiyob) bilan jang qilgan. «Avesto»da yoritilgan qadimgi qabilalarning tillari bir-biriga yaqin edi, ularning etnik qiyofasida ham ancha o’xshashliklar mavjud bo’lgan. O’troq va ko’chmanchi kabilar o’rtasidagi asosiy farqlar e’tiqod. Ma’naviy va moddiy madaniyati hamda ho’jaliklarida bo’lib, ularni bir-biridan ajratib turgan. «Avesto»ning Mouru, So’g’da, Baxdi, Xorazm aholisi dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullangan, «tur» qabilalarining (va keyin sak-massaget kabilalarining) iqtisodiy hayotida chorvachilik ustunlik qilgan. O’rta Osiyoning dashtlari va tog’lari chorvachilik rivojlanishiga qulay sharoit yaratib bergan. «Avesto»da tilga olingan kabilalarning dastlabki vatani Aryoshayyona (Arenam Vayjo) ham yaylovlarga serob yerlar bilan boy bo’lgan. Yasht kitobining o’ninchi bobida bunday xabar qilinadi: «U mamlakatning jasur sardorlari ko’pdan ko’p harbiy yurishlar qiladi, u yerda o’tloqlar va suvga serob baland tog’lar chorvachilik hayotiga asos solgan». Shuning uchun ham Arenam Vayjo tangri Axuramazda ifodasi bilan yashash uchun eng yaxshi joy deb hisoblangan va «Avestoshing ro’yxatlarida bu o’lka birinchi navbatda tilga olinadi. «Avesto»ning geografik tushunchalari qadimgi fors tilida yoritilgan ahamoniylar yozma manbalarida va qadimgi tarixshunoslar asarlarida takror etilgan. Miloddan avvalgi II ming yillikning oxiri va I ming yillikning boshlarida O’rta Osiyoda yashab o’tgan kabilalar yanga etnik jarayonlarga asos solib, shu xududda so’g’dlar, baqtriyaliklar, xorazmliklar, marg’iyonaliklar va sak massagetlar paydo bo’lishlariga sababchi bo’lgan. Ushbu elatlarning tarixi o’zaro keng madaniy ta’sirlar va aloqalar asosida rivojlanib, bir-biriga yaqin bo’lgan. Ahamoniylar mixsimon yozuvlari (miloddan avvalgi VI-IV asrlar) Behustun va Naqshi Rustam qoyatoshlari, Suza, Xamadon va Persepol shaharlarida toshib 5 Rtveladze E.V. O`bekistonning tarixiy o`tmishi. – T., 2009. B. 23.9