logo

Qadimgi Misr sivilizatsiyasi.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

21.8291015625 KB
Qadimgi Misr sivilizatsiyasi.
1. Qadimgi Misrda davlatning tashkil topishi, ijtimoiy-iqtisodiy
institutlar.
2. Qadimgi Misr madaniyati.
3. Qadimgi Misrda din. Misr Afrikaning shimoliy-sharqiy qismida joylashgan. Uning o‘rtasidan
Nil   daryosi   700   km   uzunlikda   oqib   o‘tib,   20   km   gacha   vodiyda   sug‘orish
ishlarini   amalga   oshishiga   sabab   bo‘ldi.   Qadimgi   misrliklar   Nil   daryosini
ilohiylashtirganlar.   Misr   so‘zi   qadimgi   misrliklar   tilida   “Qora   tuproq”
ma’nosini   beradi.   Mil.avv.   VI-IV   ming   yilliklarda   Nil   vodiysida   dastlabki
ziroatchilar   manzilgohlari   paydo   bo‘la   boshladi.   Dehqonlar   bug‘doy,   arpa,
kanop,   uzum,   qovun,   anor,   xurmo,   piyoz,   bodring,   loviya   kabi   mahsulotlar
yetishtirar edilar.  Yerga  oddiy  so‘qa bilan  ishlov  berilgach,  urug‘lik sepilib,
uni yerga singdirish uchun hayvonlar (cho‘chqa, qoramol, qo‘y) podalar olib
o‘tilar edi. Mil.avv.VI-IV ming yilliklarda Misr dehqonlari hosilni yig‘ishda
mis   o‘roqlardan   foydalanganlar.   Oddiy   odamlarning   uylari   loy   suvalgan
papirus   poyalaridan,   aslzodalarning   uylari   esa,   somon   qo‘shib   suvalgan
loydan   tayyorlangan   xom   g‘ishtlardan   qurilgan.   Nil   daryosini   jilovlash
Misrda davlat tashkilotining vujudga keliishiga turtki bo‘ldi. IV ming yillikda
dastlabki   kichik   davlatchalar   “Nom”lar   paydo   bo‘la   boshladi.   Asta-sekinlik
bilan bu nomlar Misrda yagona davlatlar uchun kurasha borib, Misrda ikkita
yuqori va quyi Misr davlatlari tashkil topdi. Ular o‘rtasidagi kurashda podsho
Menes g‘alaba qozonib, yagona Misr davlati fir’avniga aylandi. Ilk podsholik
mil.avv.   3100-2800   yillarda   mavjud   bo‘lgan.   Mamlakat   mil.avv.   2800-2500
yillarda   qayta   birlashtirilib,   qadimgi   podsholik   tashkil   topadi.   To‘rtinchi
sulola vakillari Nubiya, Falastin, Sinay yarim oroliga bosqinchilik yurishlari
qiladilar.   Bu   davrda   Misrda   ulkan   toshlardan   piramidalar   qurish   boshlandi.
Beshinchi   sulola   davrida   ichki   kurash   kuchaygan   bo‘lsa,   oltinchi   sulola
vakillari   davrida   nomlarning   ta’siri   kuchaygan.   Oltinchi   sulola   vakillari
mil.avv. XXIII asr o‘rtalarida mamlakatning parchalanib ketishini oldini ola
bilmagan.
Mamlakatni   birlashtirish   uchun   shimolda   Gerakliopol   podsholari
harakat   boshlaydilar.   Ular   to‘qqizinchi   sulolaga   asos   soladi.   Bu   sulola asoschisi   Xeti   I   edi.   Ammo   9-10   sulola   vakillari   podsholikni   o‘z   qo‘llarida
uzoq   saqlab   qola   bilmaganlar.   Janubiy   Misrdagi   Fiva   nomi   hukmdori
Memtuxatep   Misrni   qayta   birlashtirib,   o‘n   birinchi   sulolaga   asos   soldi.
Mil.avv.   2250-1750   yillarda   davom   etgan   o‘rta   podsholik   Misrni   qayta
birlashtiradi. Davlat  kuchaygan davrda  Nubiya, Kush,  Falastinga, hatto  Frot
daryosigacha   bosqinchilik   yurishlari   qilingan.   Ko‘plab   qullar,   boyliklar   olib
kelingan.   Misrda   mil.avv.   XVIII   asrda   o‘zaro   kurash   kuchayib   nomlarning
mustaqillikka   intilishi   Falastin,   Sinay,   Shimoliy   Arabistonda   yashagan
Giksos   qabilalarining   bostirib   kirishiga   sabab   bo‘ladi.   Giksoslar   1710-1520
yillarda   Misrda   hukmronlik   qiladilar.   Giksos   hukmdorlari   15-16   sulola
vakillari bo‘lib hisoblanadi.
Giksoslarga  qarshi  kurashni  17  sulola  vakillari  Fiva  podshosi  Xamesu
(Kamesu)   boshlab   yuboradi.   Xamesuning   ukasi   Yaxmos   I   (18   sulola
asoschisi)   Giksoslarni   quvib,   Falastinni   ham   ishg‘ol   qiladi.   Misrda   1584-
1071   yillarda   Yangi   podsholik   davri   boshlanadi.   Bu   davrda   metalga   ishlov
berish   boshlandi.   Tutmos   III ,   Amenxotep   II   lar   istilochilik   yurishlari   bilan
shuhrat   qozongan.   Amenxotep   III   davrida   diplomatik   yo‘l   bilan
bo‘ysundirilgan   davlatlar   ushlab   turilgan   bo‘lsa,   Amenxotep   IV   davrida
Misrning   tashqi   ahvoligina   emas,   ichki   ahvoli   ham   og‘irlashgan.   Chunki
diniy   islohotlar   mamlakatda   parokandalikni   keltirib   chiqargan.   Mamlakat
Ramses   I   (1338-1337   yy.),   Seti   I   (mil.avv.1337-1317   yy.)   va   Ramses   II
(mil.avv.1301-1235 yy.) davrida kuchayib, istilochilik yurishlari olib boradi.
Ammo   XI   asrda   davlatda   parokandalik   kuchayadi.   Liviya   yollanma
askarlarining ta’siri oshadi. Mil.avv. 950 yilda Sheshonk I o‘zini fir’avn deb
e’lon qiladi va   22 sulolaga asos soladi. So‘nggi podsholik mil.avv. 950-525
yillarda   yashadi.   22   sulola   vakillari   hukmronlik   davri   Liviya-Sais   davri   deb
nomlanadi.   Sheshonk   I   Falastinga,   Nubiyaga   zafarli   yurishlar   qilib,   katta
o‘ljalar bilan qaytadi. Mil.avv. IX asrda Ossuriya kuchayib, Old Osiyoda Misr ta’siriga xavf
soladi. Mil.avv.853 yilda Suriya va Falastindagi Misrga tobe davlatlar, Misr
qo‘shini   Qarqara   shahri   yonidagi   jangda   Ossurlardan   yengiladi.   Misrda
norozilik kuchayib 22 sulola vakillari bilan bir vaqtda 23 sulola vakillari ham
podsholik   qila   boshlaydi.   24   sulola   vakillaridan   Bakxoris   (721-715   yy.)
mamlakatni inqirozdan chiqarish uchun islohot o‘tkazishga urinadi. Mil.avv.
740 yilda Kush podshosi Pianxi Misrga bostirib kiradi. Uning vorisi Shabaka
mil.avv.   715   yilda   butun   Misrni   bosib   oladi.   Mil.avv.   715-664   yillarda
Misrda Kush hukmdorlari 25 sulola vakillari podsholik qiladi. Mil.avv. 671-
655   yillarda   Misrni   Ossuriya   bosib   oladi.   Quyi   Misrda   joylashgan   Sais
hukmdori   Psametix   I   mamlakatni   yangidan   birlashtirish   tarafdori   bo‘ladi.
Uning   o‘g‘li   Nexo   Frot   daryosi   hududlarigacha   bosqinchilik   yurishlari   olib
borgan. Nexo O‘rta yer va Qizil dengizlarni birlashtiruvchi kanal qazib, unga
3   yil   sarflaydi.   Qurilishda   120   ming   kishi   vafot   etgan.   Mil.avv.   525   yilda
Misrni podshosi Kambiz bosib oladi va 27 sulolaga asos soladi.
Qadimgi Misrda davlat kuchaygan vaqtlarda ichki va  tashqi savdo ham
rivoj   topgan.   Misr   janubda   Nubiya,   Kush,   Punt   o‘lkasi   bilan,   shimoliy
sharqda Arabiston yarim oroli, Falastin, Finikiya, Suriya, Iroq hududlari bilan
savdo   aloqalari   olib   borgan.   Misrda   Fir’avn   xudo   darajasiga   ko‘tarilgan.
Undan so‘ng saroy ayon va amaldorlari tabaqasi bo‘lgan, uchinchi tabaqaga
harbiylar   va   zodagonlar   kirgan.   So‘nggi   tabaqaga   dehqon,   hunarmand,
chorvadorlar kirgan. Qullar ijtimoiy tabaqaning eng past pog‘onasida bo‘lib,
ularni Misrda tirik murdalar deb ataganlar.
Qadimgi   Misrda   mil.avv.   IV   ming   yillikdan   xo‘jalik   taraqqiyoti
yozuvga   ehtiyoj   seza   boshlaydi.   Mil.avv.   IV   ming   yillikda   esa   750   belgi
yozuv   vujudga   kelishi   nihoyasiga   yetadi.   O‘qishni,   yozishni   o‘rganish   vaqt
va   mablag‘ni   talab   qilgani   uchun   boy   oila   farzandlari,   amaldorlari, kohinlarigina   uni   o‘rgana   olar   edilar.   Misrda   o‘rta   va   oliy   maktablar   ham
bo‘lib,   oliy   maktablar   saroy   xizmati   uchun   hattotlar   yetishtirgan.   Shuning
uchun   uni   mirzolar   maktabi   deb   ataganlar.   Maktablarda   diniy   bilimlardan
tashqari,   matematika,   astronomiya,   tarix,   adabiyot   ham   o‘qitilgan.   Misrda
yozuv,   ilmiy-amaliy   bilimlarning   vujudga   kelishi   va   rivojlanishi,   qishloq
xo‘jaligi,   chorvachilik,   hunarmanchilik,   savdo-sotiq   bilan   chambarchas
bog‘liq   edi.   Musiqa   va   raqs   san’ati   Misr   madaniyatida   katta   o‘rin   tutgan.
Musiqa asboblaridan puflab chalinadigan nay, urib chalinadigan kayrok, arfa,
ud   kabi   asboblar   bo‘lgan.   Raqs   Misr   san’atining   ajralmas   qismi   bo‘lib
hisoblangan.   Ko‘p   hollarda   raqs   biror   bir   ma’no   mazmunni   bildirgan.
Qo‘shiq va kuylar asosan diniy mazmunga ega bo‘lib, raqsda uning ma’nolari
ochib berilgan. Misrda ilk bora dramalar vujudga kelgan deb taxmin qilinadi.
Ibodatxonalarda diniy dramalar ijro etib turilgan.
Qadimgi   misrliklar   juda   ko‘p   ertak,   mif,   maqol,   topishmoqlar
yaratganlar.   Dastlabki   adabiyot   rivoji   shularga   bog‘liq   bo‘lgan.   O‘rta
podsholik   davrida   adabiyot   gullab   yashnagan.   Bu   davrda   “Ikki   og‘a-ini”,
“To‘g‘ri va egri” ertaklari vujudga kelgan. Qadimgi afsonalar asosida “Osiris
va   Izida”,   “Gor   va   Set   janglari”   kabi   asarlar   yaratilgan.   Savdo-sotiq
rivojlanishi bilan “Halokatga uchragan kema”, “Senuxet hikoyasi”, “Podsho
konlari” kabi savdo-sayohat sarguzasht asarlar yaratilgan.
Misrda   haykaltaroshlik,   rassomchilik   ham   qadimdan   ravnaq   topgan.
Haykaltaroshlik   namunalari   bo‘lgan   amaldor   Raxotep,   Mirzo,   podshoga
tanish   Nafret,   Fir’avnlar   Amenxotep   III,   Tutanxamon,   Ramses   II   va
boshqalar   Misr   haykaltaroshlari   mahorati   namunalari   bo‘lib   hisoblanadi.
Rassomchilik   haykaltaroshlik   bilan   uyg‘un   bo‘lib,   Misr   rassomlari
piramidalar, ibodatxonalar devorlaridagi toshlarga o‘yib turli tuman (podsho yurishlari,   xo‘jalik   ishlari,   afsona   va   mifologik   obrazlar)   rasmlarni
chizganlar.
Misr me’morchiligi qadimgi dunyoda eng taraqqiy etgani bilan ajralib
turadi. Ayniqsa, piramidalar qurish o‘sha davr uchun emas hatto hozirda ham
yuksak   me’morchilik   asari   hisoblanadi.   Piramidalarning   eng   qadimiysi
Sakaradagi Joser piramidasi bo‘lsa, eng yirigi Xeops (Xufu) piramidasi bo‘lib
hisoblanadi.   Xeops   piramidasi   Gizada   joylashgan   bo‘lib,   u   52900   kv   metr
joyni egallaydi. Balandligi 150 metr bo‘lib, uni qurish uchun 3 tonnadan – 15
tonnagacha bo‘lgan toshlar ishlatilgan. Maqbara qurilishi 30 yil davom etgan.
Qadimgi misrliklar matematika, tibbiyot, astronomiya, geometriya kabi
sohalarda   ham   katta   ilmiy   tajriba   to‘plaganlar.   Matematika   sohasi   ayniqsa,
o‘rta   podsholik   davrida   rivojlangan.   Barmoq,   kaft,   tirsak   va   qarich   kabi
o‘lchov birliklarini ijod etganlar. Misr astronomlari osmon jismlarini kuzatib
dunyoda   birinchi   yulduzlar   xaritasini   tuzganlar.   Bunday   xaritalar   ko‘p
hollarda   ibodatxona   shiftiga   tushirilgan.   Senmut,   Edfu   Dender
ibodatxonalarida   shunday   xaritalar   saqlab   qolingan.   Misr   kelandariga   ko‘ra,
bir yil 365 kun bo‘lib, 12 oy (30 kundan)ni tashkil etgan. Besh kun yangi yil
sifatida   bayram   qilingan.   Vaqtni   belgilashda   qum   va   suv   soatlari   ixtiro
qilingan.
Qadimgi misrliklar dini urug‘-qabilachilik dinidan o‘sib chiqqan bo‘lib,
ko‘pxudolikka   asoslangan   edi.   Dastlab   ilk   podsholik   davrida   Misrning   oliy
xudosi Ptax (xudo ruhining qal’asi) bo‘lsa, undan keyin Ra, Amon, Exnaton
islohotlari   davrida   Aton   xudolari   oliy   xudo   deb   e’tirof   etilgan.   Xudolarning
vaqt   o‘tishi   bilan   xususiyatlari   ham   o‘zgarib   borgan.   Bundan   tashqari
Ptaxning   yer   yuzida   ko‘rish   mumkin   bo‘lgan   qiyofasi   qudratli   qora   ho‘kiz
Apis   ham   oliy   xudolar   sirasiga   kiritilgan.   Misrda   hayotning     birinchi   sharti Nil   daryosi   toshqinlariga   bog‘liq   bo‘lib,   Nil   suvlari   homiysi   Xapi   deb
atalgan.
Qadimgi   misrliklarda   tabiat   hodisalari   va   jamiyatning   tuzilishi   ham
afsona,   diniy   rivoyatlarga   singdirilgan.   Osiris   va   Izida   afsonasida   aka-uka
Osiris   va   Set   o‘rtasidagi   raqobat,   ya’ni   Osirisning   dehqonchilik   ishlari
homiysi,   Set   esa   sahro,   garmsel   homiysi   deb   tasvirlanadi.   Ular   o‘z   singlisi
izidagi   uylanish   uchun   bir-biriga   raqib   bo‘ladilar.   Izida   Osirisni   tanlagach,
Set   akasi   Osirisni   hiyla   bilan   o‘ldiradi.   Osirisning   o‘g‘li   Gor   esa,   otasining
qasosini   oladi.   Otasi   Osirisni   tiriltiradi.   Xudo   Gordan   Misr   fir’avnlari
tarqalgan deb ta’kidlanadi. Bu afsona orqali misrliklar tabiat o‘zgarishlari va
fir’avnlarning ilohiy zotlar ekanligiga ishora qiladilar.
  Yozuvning   paydo   bo‘lishi   bilan   yozuv   xudosi   Totga   e’tiqod   ham
shakllanib  borgan.  Ilmiy  bilimlarning  rivojlanishi  bilan  Tot  xudosining  ham
sifatlari   ko‘payib,   donishmandlik,   tabiblik   va   boshqa   sifatlarni   ham   o‘ziga
qo‘shib   borgan.   Misrda   marhumlarni   dafn   etishning   o‘ziga   xos   tartiblari
bo‘lib,   marhumlar,   mo‘miyolar   hukmdori   Anibus   xudosiga   e’tiqod   yuzaga
kelgan. 
Davlatning tashkil topishi va tabaqalar o‘rtasidagi, insonlar o‘rtasidagi
ziddiyatlarni   hal   etishda   adolat   va   adliya   xudosi   Maatga   sig‘inish   paydo
bo‘lgan.   Musiqa,   go‘zallik,   ishq   homiysi   Xatxor   ham   qadimgi   misrliklar
e’tiqodida   katta   ahamiyatga   ega   bo‘lgan.   Umuman   olganda   qadimgi
misrliklar har bir tabiat hodisalariga, xo‘jalik va jamiyatinng har bir sohasiga
o‘ziga xos ilohlar homiylik qiladi, deb tushunganlar va ishonganlar.
Mil.avv.1280   yilda   tuzilgan   Misr-Xett   sulhida   mingta   Misr   va   mingta
Xett   xudolarining   sulhga   garov   qo‘yilishi   xudolarning   ko‘p   bo‘lganligini
tasdiqlaydi.   Misr   fir’avni   bo‘lgan   Exnaton   tarixda   birinchi   bo‘lib, Monoteistik   dinga   sig‘inish   uchun   kurash   olib   bordi.   Exnaton   barcha
xudolarni   bekor   qilib,   yagona   xudo   Aton-quyosh   shu’lasi   xudosiga
sig‘inishni joriy qildi. Bu mamlakatda katta qudratga va yirik mulklarga ega
bo‘lgan   kohinlarning   qarshiligiga   uchraydi.   Exnaton   vafot     etgach,   u
o‘tkazgan  diniy islohotlar ham bekor qilinadi. Misrda  kohinlar katta siyosiy
va   ijtimoiy   kuchga   ega   edilar.   Ularning   siyosiy-iqtisodiy   kuchi
ibodatxonalarga qarashli yer, boyliklar bo‘lsa, ijtimoiy kuchi oddiy xalq edi.
Misrda   savodli   kishilar   asosan   kohinlar   bo‘lib,   ular   ibodatxonalarda
yaratilgan   ilmiy   bilimlar,   astronomik   kuzatishlar   olib   borar,   Nilning   qachon
toshishi,   dehqonchilik   ishlarini   qaysi   davrdan   olib   borishni   oddiy   xalqqa
yetkazar, bu bilan esa o‘zlariga katta ijtimoiy mavqeni yaratar edilar. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Boynazarov   F.A.   Qadimgi   dunyo   tarixi.   O‘quv   qo‘llanma.   T.:“A.Qodiriy
nomidagi xalq merosi nashriyoti”, 2004 y.
2.   Mualliflar   guruhi.     Jahon   tarixi.   Qadimgi   va   o‘rta   asrlar   davri.   Darslik.   T.:
TDPU., 2013.
3.   Rajabov   R.   Qadimgi   dunyo   tarixi.   O‘quv   qo‘llanma.   T.:“Fan   va   texnika
nashriyoti”, 2009 .
4.   Nuriddinov   E.,   Lafasov   M.,   Kichilov   X.   Eng   yangi   tarix   (1918-1945).
Darslik.  T., Nasaf, 2010
5.   Mirziyoyev  SH.M.   Buyuk  kelajagimizni  mard   va   olijanob   xalqimiz  bilan
birga quramiz. - Toshkent, О‘zbekiston, 2017.  - 488 b.
6.   Mirziyoyev   SH.M.   Erkin   va   farovon,   demokratik   О‘zbekiston   davlatini
birgalikda barpo etamiz. - Toshkent, О‘zbekiston, 2016.  - 56 b.
7.   Mirziyoyev   SH.M.   Qonun   ustuvorligi   va   inson   manfaatlarini   ta’minlash-
yurt   taraqqiyoti   va   xalq   faravonligining   garovi.   -Toshkent,   О‘zbekiston,
2017.- 48 b.
8.   Mirziyoyev   SH.M.   Tanqidiy   taxlil,   qat’iy   tartib   intizom   va   shaxsiy
javobgarlik   -   har   bir   rahbar   faoliyatining   kundalik   qoidasi   bо‘lishi   kerak.   -
Toshkent, О‘zbekiston, 2017. - 104 b.
9.   2017-2021   yillarda   О‘zbekiston   Respublikasini   rivojlantirishning   beshta
ustuvor yо‘nalishi bо‘yicha Harakatlar strategiyasi. О‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947 sonli Farmoni.
10.  Gulyamov X.G., Tatiboеv A.S. «O‘rta Osiyo va jahon tarixi» 
      T., 1993. 
11. Jo‘raеv U., Saidjonov Y. Dunyo dinlari tarixi. T., “Sharq”, 1998.
12. Малявин В. «Конфуции» М., 1994.

Qadimgi Misr sivilizatsiyasi. 1. Qadimgi Misrda davlatning tashkil topishi, ijtimoiy-iqtisodiy institutlar. 2. Qadimgi Misr madaniyati. 3. Qadimgi Misrda din.

Misr Afrikaning shimoliy-sharqiy qismida joylashgan. Uning o‘rtasidan Nil daryosi 700 km uzunlikda oqib o‘tib, 20 km gacha vodiyda sug‘orish ishlarini amalga oshishiga sabab bo‘ldi. Qadimgi misrliklar Nil daryosini ilohiylashtirganlar. Misr so‘zi qadimgi misrliklar tilida “Qora tuproq” ma’nosini beradi. Mil.avv. VI-IV ming yilliklarda Nil vodiysida dastlabki ziroatchilar manzilgohlari paydo bo‘la boshladi. Dehqonlar bug‘doy, arpa, kanop, uzum, qovun, anor, xurmo, piyoz, bodring, loviya kabi mahsulotlar yetishtirar edilar. Yerga oddiy so‘qa bilan ishlov berilgach, urug‘lik sepilib, uni yerga singdirish uchun hayvonlar (cho‘chqa, qoramol, qo‘y) podalar olib o‘tilar edi. Mil.avv.VI-IV ming yilliklarda Misr dehqonlari hosilni yig‘ishda mis o‘roqlardan foydalanganlar. Oddiy odamlarning uylari loy suvalgan papirus poyalaridan, aslzodalarning uylari esa, somon qo‘shib suvalgan loydan tayyorlangan xom g‘ishtlardan qurilgan. Nil daryosini jilovlash Misrda davlat tashkilotining vujudga keliishiga turtki bo‘ldi. IV ming yillikda dastlabki kichik davlatchalar “Nom”lar paydo bo‘la boshladi. Asta-sekinlik bilan bu nomlar Misrda yagona davlatlar uchun kurasha borib, Misrda ikkita yuqori va quyi Misr davlatlari tashkil topdi. Ular o‘rtasidagi kurashda podsho Menes g‘alaba qozonib, yagona Misr davlati fir’avniga aylandi. Ilk podsholik mil.avv. 3100-2800 yillarda mavjud bo‘lgan. Mamlakat mil.avv. 2800-2500 yillarda qayta birlashtirilib, qadimgi podsholik tashkil topadi. To‘rtinchi sulola vakillari Nubiya, Falastin, Sinay yarim oroliga bosqinchilik yurishlari qiladilar. Bu davrda Misrda ulkan toshlardan piramidalar qurish boshlandi. Beshinchi sulola davrida ichki kurash kuchaygan bo‘lsa, oltinchi sulola vakillari davrida nomlarning ta’siri kuchaygan. Oltinchi sulola vakillari mil.avv. XXIII asr o‘rtalarida mamlakatning parchalanib ketishini oldini ola bilmagan. Mamlakatni birlashtirish uchun shimolda Gerakliopol podsholari harakat boshlaydilar. Ular to‘qqizinchi sulolaga asos soladi. Bu sulola

asoschisi Xeti I edi. Ammo 9-10 sulola vakillari podsholikni o‘z qo‘llarida uzoq saqlab qola bilmaganlar. Janubiy Misrdagi Fiva nomi hukmdori Memtuxatep Misrni qayta birlashtirib, o‘n birinchi sulolaga asos soldi. Mil.avv. 2250-1750 yillarda davom etgan o‘rta podsholik Misrni qayta birlashtiradi. Davlat kuchaygan davrda Nubiya, Kush, Falastinga, hatto Frot daryosigacha bosqinchilik yurishlari qilingan. Ko‘plab qullar, boyliklar olib kelingan. Misrda mil.avv. XVIII asrda o‘zaro kurash kuchayib nomlarning mustaqillikka intilishi Falastin, Sinay, Shimoliy Arabistonda yashagan Giksos qabilalarining bostirib kirishiga sabab bo‘ladi. Giksoslar 1710-1520 yillarda Misrda hukmronlik qiladilar. Giksos hukmdorlari 15-16 sulola vakillari bo‘lib hisoblanadi. Giksoslarga qarshi kurashni 17 sulola vakillari Fiva podshosi Xamesu (Kamesu) boshlab yuboradi. Xamesuning ukasi Yaxmos I (18 sulola asoschisi) Giksoslarni quvib, Falastinni ham ishg‘ol qiladi. Misrda 1584- 1071 yillarda Yangi podsholik davri boshlanadi. Bu davrda metalga ishlov berish boshlandi. Tutmos III , Amenxotep II lar istilochilik yurishlari bilan shuhrat qozongan. Amenxotep III davrida diplomatik yo‘l bilan bo‘ysundirilgan davlatlar ushlab turilgan bo‘lsa, Amenxotep IV davrida Misrning tashqi ahvoligina emas, ichki ahvoli ham og‘irlashgan. Chunki diniy islohotlar mamlakatda parokandalikni keltirib chiqargan. Mamlakat Ramses I (1338-1337 yy.), Seti I (mil.avv.1337-1317 yy.) va Ramses II (mil.avv.1301-1235 yy.) davrida kuchayib, istilochilik yurishlari olib boradi. Ammo XI asrda davlatda parokandalik kuchayadi. Liviya yollanma askarlarining ta’siri oshadi. Mil.avv. 950 yilda Sheshonk I o‘zini fir’avn deb e’lon qiladi va 22 sulolaga asos soladi. So‘nggi podsholik mil.avv. 950-525 yillarda yashadi. 22 sulola vakillari hukmronlik davri Liviya-Sais davri deb nomlanadi. Sheshonk I Falastinga, Nubiyaga zafarli yurishlar qilib, katta o‘ljalar bilan qaytadi.

Mil.avv. IX asrda Ossuriya kuchayib, Old Osiyoda Misr ta’siriga xavf soladi. Mil.avv.853 yilda Suriya va Falastindagi Misrga tobe davlatlar, Misr qo‘shini Qarqara shahri yonidagi jangda Ossurlardan yengiladi. Misrda norozilik kuchayib 22 sulola vakillari bilan bir vaqtda 23 sulola vakillari ham podsholik qila boshlaydi. 24 sulola vakillaridan Bakxoris (721-715 yy.) mamlakatni inqirozdan chiqarish uchun islohot o‘tkazishga urinadi. Mil.avv. 740 yilda Kush podshosi Pianxi Misrga bostirib kiradi. Uning vorisi Shabaka mil.avv. 715 yilda butun Misrni bosib oladi. Mil.avv. 715-664 yillarda Misrda Kush hukmdorlari 25 sulola vakillari podsholik qiladi. Mil.avv. 671- 655 yillarda Misrni Ossuriya bosib oladi. Quyi Misrda joylashgan Sais hukmdori Psametix I mamlakatni yangidan birlashtirish tarafdori bo‘ladi. Uning o‘g‘li Nexo Frot daryosi hududlarigacha bosqinchilik yurishlari olib borgan. Nexo O‘rta yer va Qizil dengizlarni birlashtiruvchi kanal qazib, unga 3 yil sarflaydi. Qurilishda 120 ming kishi vafot etgan. Mil.avv. 525 yilda Misrni podshosi Kambiz bosib oladi va 27 sulolaga asos soladi. Qadimgi Misrda davlat kuchaygan vaqtlarda ichki va tashqi savdo ham rivoj topgan. Misr janubda Nubiya, Kush, Punt o‘lkasi bilan, shimoliy sharqda Arabiston yarim oroli, Falastin, Finikiya, Suriya, Iroq hududlari bilan savdo aloqalari olib borgan. Misrda Fir’avn xudo darajasiga ko‘tarilgan. Undan so‘ng saroy ayon va amaldorlari tabaqasi bo‘lgan, uchinchi tabaqaga harbiylar va zodagonlar kirgan. So‘nggi tabaqaga dehqon, hunarmand, chorvadorlar kirgan. Qullar ijtimoiy tabaqaning eng past pog‘onasida bo‘lib, ularni Misrda tirik murdalar deb ataganlar. Qadimgi Misrda mil.avv. IV ming yillikdan xo‘jalik taraqqiyoti yozuvga ehtiyoj seza boshlaydi. Mil.avv. IV ming yillikda esa 750 belgi yozuv vujudga kelishi nihoyasiga yetadi. O‘qishni, yozishni o‘rganish vaqt va mablag‘ni talab qilgani uchun boy oila farzandlari, amaldorlari,

kohinlarigina uni o‘rgana olar edilar. Misrda o‘rta va oliy maktablar ham bo‘lib, oliy maktablar saroy xizmati uchun hattotlar yetishtirgan. Shuning uchun uni mirzolar maktabi deb ataganlar. Maktablarda diniy bilimlardan tashqari, matematika, astronomiya, tarix, adabiyot ham o‘qitilgan. Misrda yozuv, ilmiy-amaliy bilimlarning vujudga kelishi va rivojlanishi, qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, hunarmanchilik, savdo-sotiq bilan chambarchas bog‘liq edi. Musiqa va raqs san’ati Misr madaniyatida katta o‘rin tutgan. Musiqa asboblaridan puflab chalinadigan nay, urib chalinadigan kayrok, arfa, ud kabi asboblar bo‘lgan. Raqs Misr san’atining ajralmas qismi bo‘lib hisoblangan. Ko‘p hollarda raqs biror bir ma’no mazmunni bildirgan. Qo‘shiq va kuylar asosan diniy mazmunga ega bo‘lib, raqsda uning ma’nolari ochib berilgan. Misrda ilk bora dramalar vujudga kelgan deb taxmin qilinadi. Ibodatxonalarda diniy dramalar ijro etib turilgan. Qadimgi misrliklar juda ko‘p ertak, mif, maqol, topishmoqlar yaratganlar. Dastlabki adabiyot rivoji shularga bog‘liq bo‘lgan. O‘rta podsholik davrida adabiyot gullab yashnagan. Bu davrda “Ikki og‘a-ini”, “To‘g‘ri va egri” ertaklari vujudga kelgan. Qadimgi afsonalar asosida “Osiris va Izida”, “Gor va Set janglari” kabi asarlar yaratilgan. Savdo-sotiq rivojlanishi bilan “Halokatga uchragan kema”, “Senuxet hikoyasi”, “Podsho konlari” kabi savdo-sayohat sarguzasht asarlar yaratilgan. Misrda haykaltaroshlik, rassomchilik ham qadimdan ravnaq topgan. Haykaltaroshlik namunalari bo‘lgan amaldor Raxotep, Mirzo, podshoga tanish Nafret, Fir’avnlar Amenxotep III, Tutanxamon, Ramses II va boshqalar Misr haykaltaroshlari mahorati namunalari bo‘lib hisoblanadi. Rassomchilik haykaltaroshlik bilan uyg‘un bo‘lib, Misr rassomlari piramidalar, ibodatxonalar devorlaridagi toshlarga o‘yib turli tuman (podsho