QADIMGI HINDISTON SIVILIZATSIYASI.
QADIMGI HINDISTON SIVILIZATSIYASI. Reja: Kirish. 1.Qadimgi Hindistonda ijtimoiy-iqtisodiy hayot. 2.Moddiy yodgorliklar, manbalar va ilmiy adabiyotlar. 3.Hindistonda Xarappa va Moxendjo-Daro madaniyati. 4.Boshqaruv tizimi, shaharlari va savdo aloqalari. Xulosa.
1.Qadimgi Hindistonda ijtimoiy-iqtisodiy hayot. Hindiston Osiyoning janubida joylashgan mamlakat. Uning shimol tomoni Himolay tog`lari, qolgan uch tomoni esa Hind okeani, Eriteriya dengizi va Bengal ko`rfazi suvlari bilan o`ralgan. Mamlakatning markaziy qismini Dekan tog`lari egallab yotadi. Hindistondan Hind, Gang, Jamna, Braxmaputra va boshqa daryolar oqib o`tadi. Mamlakat iqlimi shimolda mo`tadil, hatto tez-tez qorlar yog`ib turadi. Uning janubiga tushilgan sari iqlim issiqlashib, chekka janubda hatto qish bo`lmaydi. Yog`ingarchilik mavsumlarida Gang, Hind va Braxmaputra sohillarida jala quyib tez-tez toshqinlar bo`lib turadi. Hindistonning o`simlik va hayvonot dunyosi boy. Hindiston odamzodning ilk vatanlaridan biri hisoblanadi. U yerda 600–500 ming yillardan beri aholi yashab keladi. Qadim zamonda bu mamlakatda dravid, bengal, bihar, gujarat, assam va boshqa qabilalar yashaganlar. Keyinchalik bu yerga oriylar, shaklar, xioniy, eftoliy kabi O`rta Osiyo va Eron qabilalari kelib joylashganlar.Hindiston yarim orolining shimoli-g`arbidan Hind daryosi oqib o`tadi. Bu daryo sanskrit tilida Sindxu, pushtu tilida esa Abbasin – «daryolar otasi», – deyiladi. Bu daryoning besh irmog`i oqib o`tadigan joy Panjob – Beshsuv deyiladi. Hind daryosi, ayniqsa uning yuqori qismi Panjobda ibtidoiy davrdan boshlab odamlar yashab kelishgan. Hindistonda yashagan aholi tirikchiligining asosini dehqonchilik tashkil etgan. Dehqonlar vohadagi unumdor yerlarni o`zlashtiiv ganlar. O`zlashtirilgan tekis yerlarga suv kanal va ariqlar orqali kelgan. Balandroq yerlarga esa charxparraklar orqali suv chiqarilgan. Dehqonlar datalarga bug`doy, arpa, no`xat, sholi, shakarqamish va g`o`za ekkanlar. Hindiston g`o`za – paxtaning ilk vatanidir. Ular banan, anjir, anor, qovun, o`rik, olma ekib polizchilik va bog`dorchilik bilan ham shug`uilanganlar. Dalalarda har turli sabzavotlar ham yetishtirilgan. Dehqonchilikda tosh, mis va jezdan qilingan qurollardan foydalanganlar. Hind vohasida, ayniqsa Panjobda sero`t yaylovlar ko`p bo`lgan. Shu bois aholi qoramol, qo`tos, zubr, qo`y, echki, cho`chqa va eshak boqib, chorvachilik bilan shug`ullangan. Qadimgi hindlar yovvoyi fillarni qo`lga o`rgatib, ulardan xo`jalik va harbiy maqsadlarda foydalanganlar. Dehqonchilik va chorva mahsulotlari aholini oziq-ovqat, jun, teri kabi xomashyo bilan ta`minlagan.
Eng Qadimgi Hindistonda hunarmandchilik ham rivoj topgan edi. Hind ustalari tosh, mis, jez, kumush, oltin va qimmatbaho toshlardan mehnat va jangovar qurollar, muhrlar, uy-ro`zg`or, zargarlik buyumlari va turli jihozlar tayyorlaganlar. U yerda to`qimachilik, kulolchilik, qayiqsozlik, hatto kemasozlik ham ancha rivoj topgan edi.Qadimgi Hindistonning «Manu qonunlari»da (m.a. IV-III asrlar) ijtimoiy mehnat taqsimotining, hukmronlik va bo'ysunish institutlarining mavjudligi aytiladi. Hindistondagi iqtisodiy g'oyalarni aks ettiruvchi qadimgi yodgorlik «Artxashastra» (m.a. IV-III asrlar oralig'ida)dir (tom ma'nosi bo'yicha ifoda, amaliy hayot to'g'risidagi fan, bu asar m.a. III-II asrlarda to'ldirilgan). Bu qadimiy va muhim tarixiy yodgorlikdir (u Chandragupta I podsholigi davrida podsho maslahatchisi Kautile Bishnugupta tomonidan yozilgan degan fikr bor). Unda qulchilikni mustahkamlash asosiy vazifa qilib qo'yilgan. Qulchilik eng past tabaqalarga xos narsa deb sanaladi. Bu asarda «buyumning qiymati» muammosi ko'tarilgan, qiymat miqdori «ish kunlari» bilan be lgilangan, rag'batlantirish esa mehnat natijalariga mos ravishda belgilanishi kerak, deyilgan.Bu asarda davlatni boshqarish bo'yicha takliflar berilgan bo'lib, bir qancha iqtisodiy g'oyalar ham ilgari surilgan. Masalan, unda mahsulotning bozor bahosi bilan uning tabiiy qiymati o'rtasidagi farq aytilgan. Tovarga bo'lgan ehtiyoj ortganda, uning bahosi qiymatdan oshib ketishi mumkin, deyilgan. Savdo bilan shug'ullanuvchilarga alohida urg'u berilgan bo'lib, foyda masalasi ko'tarilgan, foydaning miqdori tovar bahosiga (boshqa harajatlar qatorida) qo'shilib, mahalliy mahsulot uchun 5, chetdan kelgan tovarlar uchun 10 foiz (import o'sha davrda ham afzal) qilib belgilangan. Davlatning iqtisodiy ishlarga aralashuvi qo'llab-quvvatlangan. Qishloq xo'jaligiga alohida e'tibor berilgan, bo'sh erlar xalqqa bo'lib berilishi va soliq to'lash zarurligi, sug'orish inshootlari qurishga e'tibor haqida so'z yuritiladi. Umuman, davlat mamlakatning ishlab chiqaruvchi kuchlarini rivojlantirishi kerak, degan g'oya markaziy o'rinni egallaydi. Moliya sohasida daromad solig'iga katta e'tibor berilgan. Davlat ba'zi ishlarni rivojlantirishi uchun moddiy va ma'naviy yordam berishi kerak, deyilgan. Mahsulotga baho belgilash, davlatning boyishini ta'minlash (foydani oshirib, sarf-harajatni kamaytirish), hisob-kitobni tartibga
solish, har xil o'g'irliklarga qarshi kurashish kerakligi belgilangan. Shu tamoyillarni amalga oshirish tufayli jamiyatdagi norozilik, tengsizlik yo'qoladi, deyilgan.Qadimgi Hindistonda yaratilgan «Veda»larda ham bir qancha muhim iqtisodiy g'oyalar keltirilgan. Respublikamiz olimlarining tadqiqotlariga ko'ra, zardushtiylik (zoroastrizm) dinining (islomgacha) muqaddas kitobi bo'lgan «Avesto» ya'ni «hayot yo'riqnomasi» (asli «Ovasta») da ham muhim iqtisodiy fikrlar bayon etilgan. Jumladan, sun'iy sug'orish asosida dehqonchilik yuritish, ona tabiatni e'zozlash, hayvonlarni asrash, noo'rin so'ymaslik, unga zug'um qilmaslik, tuproq sharoitini yaxshilash masalalari yoritilgan. 2.Moddiy yodgorliklar, manbalar va ilmiy adabiyotlar. Moddiy yodgorliklar, manbalar va ilmiy adabiyotlar. Eng Qadimgi Hindiston madaniyatining vujudga kelishi ibtidoiy jamoa tuzumi davriga borib taqaladi. Qadimgi Hind madaniyati ularning xo`jaligi bilan chambarchas bog`liq bo`lgan. Hind va Panjob viloyati eng qadimgi hind madaniyatining beshigi hisoblanadi. Yozuv eng qadimgi hind madaniyatining ajralmas qismi bo`lgan. Arxeologlar Xarappa, Moxenjo-Doro va boshqa joylardagi yodgorliklardan sopol parchalari, muhrlar sathi va toshlarga bitilgan g`alati yozuvlar topishgan. Bu yozuvlar ba`zi jihatlari bilan misr va shumeriylarning iyerogliflariga o`xshab ketadi. Qadimgi hind alifbosining 700 ga yaqin rasm-belgilardan iborat ekanligi aniqlangan. Tekshiruvchilar bu yozuvni o`qishga urinib ko`rganlar. Lekin bu urinish hozircha yaxshi natija bergani yo`q. Qadimgi Hindistonda haykaltaroshlik ham rivoj topgan. Bu jihatdan Xarappa va Moxenjo-Dorodan topilgan erkak kishi, raqqosa ayol va boshqa haykallar diqqatga loyiqdir. Eng qadimgi Hindistonda rassomchilik ham rivoj topgan ekan. Hind vohasi va Panjobdagi eng qadimgi-yodgorliklardan, hatto uzoq Mesopotamiyadan odam, odam qiyofasidagi xudolar, zubr, karkidon, buqa, fil, qo`tos, shuningdek eng qadimgi rasm-belgili yozuv tushirilgan tosh muhrlar topilgan. Sopol va tosh muhrdagi qabartma rasm tasvirlar o`sha qadimiy, ko`hna davrdagi rassomchilikning qay darajada rivojlanganligini ko`rsatadi.Miloddan avvalgi III–II mingyilliklarda Hind vohasida hisob-sananing o`nlik tizimi mavjud
ekan. Bir, ikki, uch, besh, to`qqiz va boshqa katta-kichik sonlarga yonma-yon qo`yiladigan nol (0)ni, shuningdek birdan to`qqizgacha bo`lgan sonlar va ularning belgisini hindlar kashf etishgan. Bu raqamlar keyinchalik vatandoshimiz ulug` al- Xorazmiy tomonidan biroz isloh qilingach, arablar dunyosiga o`tgan. Bu ikki xalq madaniyati mevasining yorqin namunasidir. Eng Qadimgi Hindistonda me`morchilik ham rivoj topgan edi. Qadimgi hind ustalari zargarlik, naqqoshlik va tasviriy san`atning boshqa sohalarida ham katta yutuqlarga erishganlar. Eng qadimgi Hindistonda alifbo, hisobning o`nlik tizimi mavjud bo `lgan. Demak u yerda matematika, geometriya, astronomiya, tabobat va boshqa ilmiy-amaliy bilimlar rivoj topgan.Eng qadimgi hindlar o`zlariga xos madaniyat yaratib, bu bilan jahon madaniyati xazinasiga o`zlarining barakali hissalarini qo`shganlar. Hindiston haqli ravishda qadimgi Sharqning yuksak madaniyatli mamlakatlaridan biridir. Hindiston yarim oroli qadimdan tabiiy rang-baranglik, boy o'simlik, hayvanot va qimmatbaho yer osti boyliklariga ega bo'lgan. Yarim orolda ser suv Hind va Gang kabi daryolar mavjud. Mil. avv. V ming yillikning oxiri IV ming yillikdan boshlab Hind daryosi vodiysida sun'iy sug'orishga asoslangan dehqonchilik vujudga kelgan.Qadimgi Hindiston ham insoniyat madaniyatining beshiklaridan biridir. Unga xos dastlabki ta'limotlar yozma manba — «Veda»larda o'z aksini topgan. «Veda»lar eramizdan bir yarim ming yil oldin yozilgan bo'lib, mutaassib dindor hindu uchun oliy muqaddas ilm va bashorat kitobidir. Hindular «Veda»ni oliy tangri Braxma tomonidan aytilgan so'zlar deb biladi. «Veda»da hindularning qadimgi tarixi, iqtisodiyoti, dini, falsafasi, axloq va nafosatiga oid fikrlari aks etgan. «Veda»lar bizgacha to'rtta to'plam (samxitlar) shaklida yetib kelgan. Bular — «Rigveda», «Samaveda», «Yajurveda», «Adxarvaveda»dir.Hind falsafasi asoslari «Upanishadalar» nomi bilan mashhur bo'lgan manbalarda ham o'z aksini topgan. «Upanishadalar» sirli bilim degan ma'noni anglatib, «Veda»larning falsafiy qismini tashkil etadi. «Upanishadalar» yaxlit kitob yoki falsafiy risola bo'lmay, balki turli vaqtda turli mavzuda ijod etgan noma'lum mualliflarning matnlaridan iboratdir. Ularning mazmuni va uslubi har xil va turlicha falsafiy qarashlar mahsulidir. «Upanishadalar»dagi falsafiy mavzular, asosan, insonni o'rab turgan