Hindiston sivilizatsiyasi.
Hindiston sivilizatsiyasi. 1. Mil.avv.III-II ming yilliklarda Hindiston. Veda davri. 2. Mil.avv. I ming yillik o‘rtalari va milodiy I ming yillik o‘rtalarida Hindiston. 3. Hindistonning madaniy rivojlanishi vedalar, induizm, buddizm, Bxagavad-Gita. 4. Ilk va rivojlangan o‘rta asrlarda Hindiston.
Mil.avv. V-IV ming yilliklarda Hind vodiysining g‘arbida yassi tog‘liklarda dastlabki dehqonchilik madaniyatlari vujudga kela boshlaydi. III ming yillikda esa ilk sinfiy jamiyat vujudga kelib, tarixda ilk Hind sivilizatsiyasi yoki Xarappa (eng katta yodgorligi nomi bilan mil.avv. 2300- 1700 yillarni o‘z ichiga oladi) nomi bilan kiradi. Xaroppa, Mohenjo-Daro (o‘liklar vodiysi), Ravalpindi, Taksilla, Chatxu-Daro va boshqa yirik shaharlar maydoni 2,5 kv.kmni egallagan bo‘lib, 30 ming kishi yashashi mumkin bo‘lgan. Ko‘chalar to‘g‘ri to‘rtburchak chorrahalar bilan tutashgan. Yirik shaharlar (Mohenjo-Daro)daa Ark mavjud bo‘lib, unda don saqlanadigan ombor, hukmdor qasri (230x170 m) yopiq bozor, diniy marosimlar uchun basseyn topilgan. Xarappadan topilgan ombor eng yirik bo‘lib (61x46 m) ming tonnagacha don saqlash imkonini bergan. Yutxoldagi 219x37 metrli daryo bilan tutashuvchi basseynni olimlar ehtimol verf (kemalarni suvga tushirish joyi) bo‘lsa kerak, deb hisobladilar. Shahardagi uylar 2-3 etajli bo‘lib, tom va pishiq g‘ishtlardan qurilgan. Maxsus kanalizatsiyalar iflos suvlarni shahardan tashqariga olib chiqib ketgan. Bug‘doy, tariq, arpa, paxta mahsulotlari ekilgan. Buyvol, echki, qo‘y, cho‘chqa, tovuq, eshak kabi uy hayvonlari mavjud bo‘lgan. Xarappa madaniyati bronza davriga oid bo‘lgani uchun asosiy hunarmandchilik buyumlari bronzadan tayyorlangan. Hind sivilizatsiyasi, O‘rta Osiyo, Eron, Belujiston bilan, suv yo‘li orqali esa, uzoq Mesopotamiya bilan savdo aloqalari olib borgan. Xarappa yodgorliklari yozuvi o‘ziga xos bo‘lib, hali uni o‘qib chiqishga hech kim muvofiq bo‘lmagan. Faqatgina 400 dan oshiq belgidan iborat bo‘lib, o‘ngdan chapga qarab o‘qilishi, tili qadimiy dravid tili bo‘lgan deb taxmin qilinadi. Ayol haykalchalarning ko‘pchiligi matriarxat mavjudligini bildirsa, uch ayri nayzali hayvonlar qurshovidagi ilohiy olimlar shivaga (chorva homiysi) qiyoslaydilar. Ilk Hind sivilizatsiyasi mil.avv. II ming yillik ikkinchi yarmida
noma’lum sabablarga ko‘ra inqirozga yuz tutadi. Ayrim tarixchilar oriylarning kirib kelishi bu sivilizatsiyaning barbod bo‘lishiga olib kelgan deb hisoblaydilar. Mil.avv. II ming yillik oxiri (XII asr)da Hindistonning shimoliy g‘arbidan oriy (aslzoda oqsuyak) qabilalarining kirib kelishi natijasida Vedalar davri deb nom olgan (mil.avv.XII-VI asrlar) davr boshlandi. Oriylar ko‘chmanchi qabilalar bo‘lib, ularning kelib chiqishi haqida turli faraz va qarashlar mavjud. Ular asta-sekin o‘troq hayotga o‘tib boradilar. Oriylarning diniy e’tiqodlari Veda (bilim) kitoblarida o‘z ifodasini topgan. Rigveda, Atxarvaveda, Samoveda, Yajurveda deb nomlanuvchi kitoblarda O‘rta Osiyo, Eron xalqlariga ham Avesto davridagi qarashlarga mos keluvchi tasavvurlar mavjudligi sababli, Hind-Eron xalqlari umumiy bir o‘zakdan kelib chiqqan degan xulosani beradi. Vohalarda oriylarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy hayoti aks ettirilgan. Ular Hindistonga kirib kelgach, mahalliy aholini dushman (Dasya) deb atab, aynan ularni qullarga aylantirganlar. Vedalarga xudoga iltijolar qilinib, xudolardan sigirlar so‘ralgan. Veda mifologiyasida odatda xudolar va mifik qahramonlar sigir uchun urushlar olib borganlar. Veda tilida urush (gavishti) sigirlarni qidirmoq ma’nosini beradi. Oriylar madaniyati odatda jigarrang sopollarga naqsh tushirish bilan belgilanadi. Mil.avv. I ming yillikda Gang havzasida hali sinfiy jamiyat vujudga kela boshlaydi. Bu yerda bug‘doy, arpa, no‘xat, paxta bilan bir qatorda ilk bora shakarqamish ekilib, undan shakar olina boshlanadi. Sanskrit tilida sugar (shirin qum) ma’nosini beradi. Hunarmandchilikning temirchi, yuviler, kulol, aravasoz va boshqa sohalarning rivojlanishini kuzatish mumkin. Mil.avv. V asr boshlarida dastlabki tanga pullar paydo bo‘la boshlaydi. Ijtimoiy hayotda vedalar hukmdor tabaqalarni va quyi tabaqalarni ajratganlar. Brahmanlar (ruhoniy), kshatriy (jangchi), yuqori tabaqa bo‘lib, Vayshi
(dehqon, hunarmand, savdogar), shudra (qullar) tabaqasi quyi tabaqalarni tashkil etgan. Jangchilarni oriylar va qabilalarning oqsoqollari tashkil etgan bo‘lsa, ruhoniylar brahmanlar tabaqasini tashkil etadi. Oddiy urug‘ qabila a’zolari vayshiylarni tashkil etgani holda, qullar bo‘ysundirilgan qabilalardar olingan. Veda davrining oxirlarida shimoliy Hindistonda 20 ga yaqin davlatlar vujudga keladi. Ulardan Magadxa, Koshashala qabilarda monarxiya tartiblari ustunlik qilsa, Vriji, Malla qabilarda respublika tartiblari ustunlik qilgan. Vriji, Mallada rojalar hukmron bo‘lsada, xalq yig‘inisiz hukum chiqara olmas edi. Veda e’tiqodiga amal qilgan ruhoniylar ochiq havoda qurbonlik keltirganlar. Mil.avv. I ming yillik oxirlaridagina maxsus ibodatxonalar paydo bo‘ladi. Agni-olov, Vayu-shamol, Parjani- sovuq, som-muqaddas ichimlik xudosi, mitra-quyosh, indr-jang xudosi va boshqa ko‘plab xudolarga e’tiqod qilingan. Mil.avv. I ming yillik o‘rtalarida shimoliy Hindistonda bir necha o‘nlab mastaqil davlatchalar paydo bo‘ladi. Ular o‘rtasida (Koshala va Magadxa davlatlari) Gang havzasida yetakchilik uchun kurash olib borilgan bo‘lsa, Hind daryosi havzasi mil.avv. VI asrda Eronga tobe qilingan edi. Gang daryosi havzasida V asr boshida Magadxa davlati g‘alaba qozonadi. Nandlar sulolasi hukmronlik qilgan davrda Magadxa hukumdorlari Hindistonni birlashtirishga harakat qiladi. Ba’zi manbalarda Nandlarning kshatriylar sulolasidan bo‘lmagani, past tabaqadan chiqqanligi haqida ma’lumot beradi. Mil.avv. IV asr oxirida A.Makedonskiy qo‘shinlari Hindistonga bostirib kiradi (mil.avv.327-325 yy). Ba’zi podsholiklar jangsiz taslim bo‘lsa, ba’zilari (masalan Por) qattiq qarshilik ko‘rsatadilar. A.Makedonskiyning Gang havzasiga yurish qilishi imkoni bo‘lmaydi. Ba’zi manbalarda nandlar unga qarshi 200 ming piyoda, 10 ming otliq, 8 ming jang aravasi, 6 ming fil
qarshi qo‘yish uchun to‘plagani uchun hujum qilmagan deb ma’lumot beradi. Mil.avv.317 yil Chandragupta nandlar sulolasini ag‘darib, o‘rniga mauriylar sulolasiga asos soladi. Taxminan mil.avv. 305 yil Chandragupta Salavka I Nikator (g‘alaba keltiruvchi) o‘rtasida shartnoma tuzilib, 500 jangovar fil evaziga Hind daryosi havzasidan Yunon-Makedon gornizonlarini olib ketadi. Mauriylar sulolasi Chandragupta nevarasi Ashoka davrida kuchayib, qariyb butun Hindistonni birlashtirdi. Ashoka (262-231 yy.) mamlakatda yagona ideologiya buddizmni davlat dini deb e’lon qiladi. Uning buddaviylikka oid ayrim farmonlari qayatoshlarda o‘yib yozilgan va “Ashoka ediktlari” deb nom olgan. Ashokadan so‘ng davlat tushkunlikka yuz tutadi. Mil.avv. 180 yilda harbiy boshliqlardan biri davlat to‘ntarish o‘tkazib, shunglar sulolasiga asos soladi. Shunglar Yunon-Baqtriya davlati bilan uzoq kurash olib borishga to‘g‘ri keladi. Mauriyalar davlati bilar bir qatorda Hindiston yarim orolining janubida Kerara, Chola, Pandya kabi davlatlari ham mavjud bo‘lib, ular hatto Mauriya davlatiga ham qarshilik ko‘rsata olganlar. Mil.avv. I ming yillik o‘rtalarida Hindistonda ko‘plab diniy falsafiy oqimlar vujudga kelgan. Jamiyat hayotiga Veda va Braxmanizm ta’limoti yetarlicha javob olmas edi. Sayyor ustozlar (shraman) turli oqmilarni himoya qiladilar. Ularning ayrimlari fatalist (ajiviki), ikkinchisi materialist (charvaki), uchinchisi asketizm orqali xolos bo‘lish (jaynlar) kabi oqimlari targ‘ib qilganlar. Ayrim diniy yo‘nalishlardagi shramanlar o‘z jamoalarini ham tuzadilar. Bunday oqimlar sirasiga kirgan buddizm keyinchalik davlat dini darajasiga ko‘tariladi, buddizmning paydo bo‘lishiga Siddxartxa Gautama (mil.avv. 566-486 yy.) shak qabilasidan, kshatriy oilasiga mansub tarixiy shaxs nomi bilan bog‘liq u 29 yoshida tarki dunyo qilib 7 yildan so‘ng haqiqatni topadi. 40 yil o‘z ta’limotini yoyadi va budda (nurga cho‘mgan, haqiqatga erishgan) nomini oladi. Budda ta’limotida hayot azob uqubatdan iborat ekanligi, azob uqubatlar sababi xohish istaklar ekanligi, ruhni azob