logo

Hindiston

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

5670.703125 KB
Mavzu: Hindiston 
Reja:
1. Geografik o’rni
2. Davlat boshqaruv shakli
3. Tabiiy sharoiti va resurslari
4. Aholisi
5. Mehnat resurslari va ish bilan bandligi
6. Iqtisodiyoti
7. Sanoati
8. Qishloq xo’jaligi
9. Transporti
10. Turizm
11. Tashqi iqtisodiy aloqalari (eksport va import)
12. Ichki tofavutlari (muammolari) 1. Geografik o’rni .
Hindiston Respublikasi Janubiy Osiyodagi eng yirik davlat, jahon mamlakatlari 
orasida maydoni bo‘yicha 7-o’rinda, aholi soni bo‘yicha esa 2-o‘rinda turadi 
(2018-y.). Hududi, asosan, Hindiston yarimorolida joylashgan bo‘lib, shimol-dan 
janubga 3214 km, g‘arbdan sharqqa 2933 km masofaga cho‘zilgan. Shimolda 
Himolay tog lari, g’arbda Arabiston dengizi, sharqda Bengaliya qo ltigi bilan ʻ ʻ
o ralgan. Hindiston tarkibiga Arabiston dengizidagi Lakkadiv va Amindiv orollari,	
ʻ
Bengaliya qo ltig idagi Andaman va Nikobar orollari ham kiradi. Hindiston 	
ʻ ʻ
Yevropa va Osiyo mamlakatlarini bog‘laydigan serqatnov dengiz yo‘llari bo‘yida 
joylashganligi iqtisodiy geografik o‘rnining qulayligini belgilaydi.
2. Davlat boshqaruv shakli
 Hindiston boshqaruv shakli jihatidan parlamentar respublikadir. Siyosiy-hududiy 
tuzilishiga ko‘ra, Hindiston federativ davlat hisoblanadi.
Uning tarkibida 29 ta shtat va 7 ta ittifoqdosh hududlari mavjud. Federatsiya 
birliklari, asosan, etnik tamoyil bo‘yicha ajratilgan. . Davlat boshlig’i - prezident. 
U parlamentning ikki palatasi va shtatlarining qonun chiqaruvchi organlari 
a zolaridan iborat saylovchilar hay ati tomonidan 5 yil muddatga saylanadi. Qonun	
ʼ ʼ
chiqaruvchi hokimiyatni prezident  ikki palata - Shtatlar kengashi (Raja sabxa) 
hamda Xalq palatasi (Log sabxa)dan iborat parlament, ijroiya hokimiyatni 
prezident va bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.
3.  Tabiiy sharoiti va resurslari.
  Hindiston tabiiy sharoiti xilma-xil, tabiiy resurslariga ancha boy. Uning hududida 
sayyoramizdagi eng baland tog‘lar, qalin o‘rmonlar, savannalar bilan qoplangan 
parchalangan yassi tog‘liklar, bepoyon qumli cho‘llarni uchratish mumkin. (67-
rasm).
Uning yerosti qazilma boyliklari ham xilma-xil. Temir, marganes, xrom, titan, 
uran, toriy rudalari, ko‘mir, olmos, turli qimmatbaho toshlar zaxiralari ancha 
kattadir. Hindistonning turli hududlari hamda dengiz sayozliklaridan neft topilgan.  Mamlakatning shimol tomondan baland Himolay tog‘lari bilan o‘ralganligi iqlimiy
sharoitiga katta ta‘sir ko‘rsatadi. Hindiston hududida qish fasli deyarli 
kuzatilmaydi (Himolay tog‘laridan tashqari). Shu sababdan Hindiston dehqonlari 
yiliga 2–3 marta hosil yig‘ishlari mumkin. 
Yog‘ingarchilik mavsumiy xarakterga ega bo‘lib, asosan, iyun–oktabr oylarida 
ko‘p yog‘adi.
Hindiston hududida sersuv daryolar ko‘p. Ulardan eng yiriklari Himolay 
tog‘laridan boshlanib, Bengaliya qo‘ltig‘iga quyiladigan Gang va Braxmaputra 
daryolari. Shu bilan birga Godavari, Maxanadi, Kaveri, Krishna, Narmada va Tapti
ham yirik daryolar hisoblanadi. Hindiston qirg oqlari kam parchalangan, past, ʻ
qumli. Asosan, Hindiston yarim oroli va Hind-gang tekisligida joylashgan. 
Himolay va Qoraqurum tog larining bir qismini o z ichiga oladi. Hindiston 	
ʻ ʻ
hududining 3/4 qismi tekislik va yassitog lik. Hindiston yarim orolining deyarli 	
ʻ
hammasini Dekan yassitog ligi egallagan (sharqga tomon 900 m dan 300 m gacha 	
ʻ
pasayib boradi). Hindiston yarim oroli shimolida allyuvial Hindgang tekisligi 
joylashgan. Yer sharidagi eng baland tog  tizmasi — Himolay  va Qoraqurum 	
ʻ
tog lari Hindistonni shimoldan to sib turadi.	
ʻ ʻ
Hindistonda foydali qazilmalardan toshko mir, temir rudasi, titan, oltin, tabiiy gaz, 	
ʻ
marganes, xromit, boksit, olmos, qimmatbaho toshlar, mis, neft, slyuda,  qo rg oshin konlari bor. Iqlimi, asosan, tropik iqlim, shimolda tropik mussonli ʻ ʻ
iqlim. Iyun-oktabr oylarida issiq va nam, noyabr-fevral oylarida quruq, salqin, 
mart-mayda juda issiq va quruq iqlim. Nam mavsumda yillik yog inning 70-90% 	
ʻ
yog adi. Yillik yog in G arbiy Gat va Himolay tog larining shamolga ro para 	
ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ
yonbag irlarida 5000-6000 mm, Shillong platosida 12000 mm (Yer yuzidagi eng 	
ʻ
seryog in joy), Hindgang tekisligida 100 mm, Hindiston yarim orolining markaziy 
ʻ
qismida 300-500 mm. Yanvarning o rtacha harorati tekisliklarda 15°C (shim. da), 	
ʻ
27°C (jan. da), may oyiniki hamma joyda 28-35°C, ayrim vaqtlarda 48°C. 
Tog larda o rtacha harorat yanvarda 8°C, iyulda 18-23°C. Tuproqlari Hindiston 	
ʻ ʻ
hududining aksari qismida qizil, Dekan yassitog ligida qora, Hindgang tekisligi va 	
ʻ
dengiz bo yi pasttekisliklarida jigarrang tuproq. Himolay tog lari yon bag rida 	
ʻ ʻ ʻ
tog -jigar rang, sariq, tog  qo ng ir-o rmon. podzol, tog -o tloqi tuproqlar pastdan 	
ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ
yuqoriga almashinib boradi. O simliklardan akatsiya, bambuk, kokos va xurmo 	
ʻ
palmasi keng tarqalgan. Mamlakatning 25% o rmon. Himolay tog larinish quyi 	
ʻ ʻ
yon bag irlarida terak, yuqorida tik, sandal, himolay kedri, qoraqarag’ay, 	
ʻ
oqqarag ay o sadi. G arbiy Gat tog lari yonbag ri, Gang va Braxmaputra deltalari, 
ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ
Sharqiy Himolay tog  oldi doim yashil o rmonlardan iborat. Hindistonda 	
ʻ ʻ
o simliklarming 21 ming turi tarqalgan. Unda yer yuzida mavjud bo lgan barcha 	
ʻ ʻ
o simlikning yarmidan ko pini uchratish mumkin.
ʻ ʻ
Hayvonot dunyosi xilma-xil. Sut emizuvchi hayvonlarning 350 turi, qushlarning 
1600 dan ziyod turi bor. Hindiston hududida fil, maymun, karkidon, sher, qoplon, 
yo lbars, va b. hayvonlar yashaydi, ilonlarning deyarli barcha turi mavjud. 
ʻ
Mamlakatda 75 ta milliy bog  va 420 dam ortiq qo riqxona mavjud. Yirik milliy 	
ʻ ʻ
bog lari: kaziranga, Manas, Dachigan, Dadva, “Gullar vodiysi” (UttarPradesh), 	
ʻ
Sariska va b.
4.  Aholisi.  Hindiston aholi soni 1.4 mlrd kishidan ortiq, jahon aholisini 17.2% ni 
tashkil qilib,  jahonda Xitoydan keyingi ikkinchi o‘rinni egallaydi.  Lekin 
Hindiston aholisining tabiiy o‘sish sur’atlari Xitoyga nisbatan ancha yuqoriligi 
hisobiga ikki mamlakat orasida aholi sonidagi farq borgan sari qisqarib bormoqda.  Shuning uchun, mutaxassislarning fikricha, yaqin yillarda Hindiston jahonning 
aholisi eng ko‘p bo‘lgan davlatiga aylanadi.
Hindiston jahondagi eng ko‘p millatli davlatdir. Aholisining etnik tarkibi juda 
murakkab. Unda yashayotgan millat, elat va qabilalar turli til oilalariga mansub. 
Hindlar, bengallar, telugular, panjobliklar, tamillar eng ko‘psonli millatlar 
hisoblanadi. Hindlarning jami aholidagi ulushi 40% dan biroz balandroq. 
Aholisining 72% hind-yevropa tillarining hindoriy tillari guruhida so zlashuvchi ʻ
xalqlar - hindustoniylar, marathlar, bengallar, bixarlar, gujarotlar, oriyalar, 
rajastxonilar, panjobilar tashkil etadi. Kashmirilar dari til guruhiga mansub. 
Hindiston janubida, asosan, dravid tillarida, shimoli va shimoli-sharqida tibetbirma
tillarida so zlashuvchi xalqlar yashaydi. Rasmiy tillar — hind va ingliz tillari.	
ʻ
Aholining diniy tarkibi ham ancha murakkab. Aholining 80% i induizm diniga 
e’tiqod qiladi. Ikkinchi o‘rinda musulmonlar turadi. Ular mamlakat aholisining 13 
% ini tashkil qiladi. Shuningdek, Hindistonda xristianlar, sikxlar, buddistlar va 
boshqa din vakillari ham yashaydi.
Mamlakatning urbanizatsiya darajasi u qadar yuqori emas. Hozir mamlakat 
aholisining 1/3 qismi shaharlarda yashaydi. Shaharlari orasida Mumbay (Bombey),
Kolkata (Kalkutta), Dehli, Bangalor, Chennay (Madras), Haydarobod, Ahmadobod
eng yiriklari hisoblanadi. 
Hindiston aholisi ancha notekis joylashgan. Aholi zichligi Gang vodiysi va 
dengizbo‘yi tekisliklarida juda yuqori darajada bo‘lsa, Himolay tog‘lari 
yonbag‘irlari, mamlakatning shimoli-g‘arbiy va markaziy qurg‘oqchil hududlarida 
esa ancha siyrak joylashgan.
5. mehnat resurslari va ish bilan bandligi
Aholining   katta   qismi,   keng   ko'lamli   dehqonchilik   va   ko'p   tarmoqli   ishlab
chiqarishni yo'lga qo'yishi bilan bir vaqtda, Hindistonning iqtisodiy o'sishiga aniq
ta'sir   ko'rsatmaydi.   1950-70-yillardagi   "demografik   portlash"   ning   oqibatlari   ham
bir-biriga zid. Hindistonning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitida bu mehnat resurslarining
ishlatilmayotgan yoki samarasiz ishlatilgan ulushining sezilarli o'sishiga olib keldi, aholi   sonining   ko'payishi   bilan   milliy   daromad   o'sishining   katta   qismini,   oziq-
ovqat   muammosining   kuchayishiga   olib   keldi,   va   rivojlanishning   iqtisodiy   va
ijtimoiy majburiyatlari orasidagi tanlov holatining murakkabligi.
Hindistonda   "demografik   portlash"   ta'siri   ostida   uning   yosh   tuzilmasini
yoshartirish jarayoni davom etayotgan mehnatga layoqatli aholining ulushi deyarli
barcha aholining yarmidan ko'pini tashkil qiladi. Shu bilan birga, ishsizlar sonining
o'sish   sur'ati   barqarorligicha   qolmoqda:   2019-yil   malumotiga   kura   ishsizlik   11%
yaqin.   Yangi   avlodlar   mehnat   faolligi   chegarasiga   yaqinlashishda   davom
etayotganligi   sababli,   mehnatga   layoqatli   va   iqtisodiy   faol   aholi   sonining   o'sishi
nisbatan   yuqori   tezlikda   har   yili   2,1%   ga   yaqinlashib,   aholi   sonining   o'sishidan
(1,6%) oshib bormoqda.
Mehnat potentsiali xo'jalik faoliyatida band bo'lganlar soni bilan bir qatorda ishchi
kuchining   sifat   xususiyatlari:   uning   ta'lim   va   kasbiy   malaka   darajasi,   mehnat
unumdorligiga   ta'sir   ko'rsatadigan   yashash   sharoitlari   bilan   ham   belgilanadi.
Hindistonda   bu   ko'rsatkichlarning   barchasi   bo'yicha,   mamlakatning   barcha
mintaqalarida   notekis   bo'lsa-da,   taraqqiyot   va   ishchi   kuchining   sifat
xususiyatlarining nafaqat erishilgan iqtisodiy rivojlanish darajasi, balki tarixiy davr
bilan   bog'liqligi   kuzatildi.   shundan   ijtimoiy-iqtisodiy   qayta   qurish   jarayonlari
ma'lum  tezlashuvga  ega bo'la  boshladi. Mamlakatda  o'rta va oliy o'quv yurtlarida
talabalar sonining sezilarli o'sishiga, ishlaydigan o'spirinlar va keksalar ulushining
pasayishiga qaramay, iqtisodiy faol aholi ulushi   o'sib bormoqda. "aholi portlashi"
bilan,   ishchi   kuchiga   qo'shila   boshladi.Aholi   sonining   nisbati     urushdan   keyingi
birinchi   o'n   yilliklarda   tez   o'sgan.   Iqtisodiyotda   faol   aholi,   80-yillardan   boshlab
barqarorlashdi   yoki   pasayishni   boshladi,   0,6   qiymatiga   yetdi.   Hindiston   hali   ham
ta'lim   darajasini   oshirish   va   malakali   kadrlar   tayyorlash   muammolarini   hal   qilish
yo'lida. YuNESKO ma'lumotlariga ko'ra, kattalarning savodxonligi darajasi deyarli
60%   ga   yetdi,   tegishli   yosh   guruhlarida     ulushi:   boshlang'ich   ta'lim   95   %,   o’rta
ta’lim 52%, oliy ta’lim 10% ni tashkil qilmoqda. Mamlakat  iqtisodiyotining buguni  va  kelajagi  oliy ma'lumotli  odamlardir. Barcha
iqtisodiy   faoliyatning   markazida   mehnat   resurslarining   rivojlanishi   turadi.   XXI
asrda.   iqtisodiyotning   eng   yaxlit   omili   axborot   texnologiyalari   xizmatidir.   Butun
dunyoda   hind   IT-mutaxassislari   bor,   ularning   yuqori   darajasi   iqtisodiyotga
kelajakdagi   sarmoyadir   va   Hindistonda   yaratilgan   texnologiyalar   iqtisodiyot   va
jamiyatni to'liq birlashtira oladi.
Hindiston   fuqarolari   yoshi   bo'yicha   eng   yosh   davlatlardan   biri.   Bu   ko'rsatkich
istiqbolli   iqtisodiy   rivojlanish   uchun   kalit   hisoblanadi,   chunki   yosh   millat,   uning
ma'lumoti   ko'paygan   holda,   butun   jamiyatning   dinamik   harakati   uchun   qulay
zamin hisoblanadi.
6.  Iqtisodiyoti. 
Hindiston jahonda yalpi ichki mahsulot hajmi 3.04 trln AQSH dollirini tashkil 
qilib, AQSH, Xitoy, Yaponiya, Germaniya va Buyuk Britaniyadan keyingi 6-
o‘rinda turadi (2019-y.) va tayanch rivojlanayotgan mamlakatlardan biri sanaladi. 
So'nggi yillarda Hindistonda barqaror iqtisodiy o'sish kuzatildi, bu jahon 
bozoridagi xomashyo, birinchi navbatda, neft va tayyor mahsulotlarning hozirgi 
tendentsiyalariga ta'sir ko'rsatdi. Hindistonning iqtisodiy dinamikasi va ijtimoiy 
taraqqiyoti Osiyo mintaqasining jahon iqtisodiyoti va siyosatidagi rolining 
oshishiga yordam beradi. Katta va doimiy o'sib borayotgan bozor, rivojlanayotgan 
infratuzilma, moslashuvchan tartibga solish muhiti, rag'batlantirish, barqaror davlat
va yaxshi iqtisodiy nuqtai nazar Hindistonni jozibador sarmoyaviy yo'nalishga 
aylantiradi. Bu mamlakatda ortib borayotgan ichki talab Hindistonning investitsion
jozibadorligini belgilovchi asosiy omillar sifatida qaraladi.
Rivojlanishning asosiy omillarining kombinatsiyasi (tabiiy va inson resurslari, pul
va  moddiy  shakldagi  kapital,   fan  va  texnika)  mamlakatning  iqtisodiy  salohiyatini
shakllantiradi,   bu   esa   o'z   navbatida   uning   rivojlanishining   asosi   va   ayni   paytda
oldingi   natijalardir.   iqtisodiy   o'sish.   Iqtisodiy   salohiyatni   nafaqat   ishlab   chiqarish
nuqtai   nazaridan   va   uni   amalga   oshirish   uchun   zarur   bo'lgan   resurslarning
mavjudligidan,   balki   ularni   iste'mol   qilish   nuqtai   nazaridan   ham   ko'rib   chiqish mumkin. Iqtisodiy kategoriyalar tizimida iqtisodiy potentsial  tushunchasining  eng
yaqin   analogi   ishlab   chiqaruvchi   kuchlardir.   Shuni   yodda   tutish   kerakki,   ular
amaldagi va ishlatilmayotgan, lekin mamlakatning iqtisodiy aylanmasiga kiritilishi
mumkin bo'lgan mavjud resurslarni o'z ichiga oladi. Iqtisodiy salohiyatning hajmi,
ishlab   chiqarish   jarayonida   ishlatiladigan   asosiy   omillarning   tuzilishi   va
kombinatsiyasi  asosan  iqtisodiy o'sishning  imkoniyatlari, yo'nalishi  va xarakterini
oldindan   belgilab   beradi.   Bugungi   kunda   iqtisodiy   salohiyati   bo'yicha   Hindiston
dunyoda 4 -o'rinda turadi.
Hindistonning   iqtisodiy   o'sishi   asosan   ichki   omillarga   asoslangan   va   asosan   o'z
ehtiyojlari   va   ichki   bozorga   yo'naltirilgan   va   iqtisodiyotning   asosiy   tarmoqlari
nisbatan keng endogen rivojlanish bazasiga ega (masalan, qishloq xo'jaligi, asosan,
aholini ta'minlashi kerak).
Ko'p   jihatdan,   Hindiston   rivojlanishining   hal   qiluvchi   omili   demografik   omil   va
mehnat   bozorining   holati   hisoblanadi.   Demografik   salohiyatning   boshlang'ich
xarakteristikasi   -   bu   mamlakatning   ishchi   kuchi   va   iste'mol   potentsialini,
shuningdek   ularning   yanada   o'sish   imkoniyatlarini   bevosita   belgilaydigan   aholi
soni.
Iqtisodiy o'sishning tabiati asosan mavjud tabiiy resurslarning tuzilishi va hajmiga
bog'liq. Hindiston  qishloq  xo'jaligi   resurslari  ishlab  chiqarish  sanoati   uchun  oziq-
ovqat   va   qishloq   xo'jaligi   xomashyosi   bilan   o'zini   o'zi   ta'minlash   uchun   yetarli
bo'lgan shtatlardan biridir.
Yer   resurslari   mamlakatning   tabiiy   boyligidir,   chunki   tuproqning   katta   qismi
unumdor. Chorvachilik manbalari katta ahamiyatga ega. O'rmonlar Hindistonning
22%   maydonini   egallaydi,   lekin   uy   ehtiyojlari   uchun   yog'och   etarli   emas.
Hindistonning   mineral   resurslari   muhim   va   xilma-xildir.   Asosiy   konlar
mamlakatning shimoli-sharqida joylashgan bo'lib, u erda eng yirik temir rudasi va
ko'mir   havzalari,   marganets   rudasi   konlari   joylashgan   bo'lib,   bu   sanoatning
rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratadi. Janubiy Hindiston minerallari xilma-xil: boksit,   xromit,   qung’ir   ko'mir,   grafit,   slyuda,   olmos,   oltin.   Qit'a   shelfida   Gujarat
shtatida neft bor. Shu bilan birga, shuni ta'kidlash kerakki, mamlakatda zamonaviy
sanoat   ishlab   chiqarish   uchun   zarur   bo'lgan   minerallarning   yetarli   to'plami   yo'q.
Bundan   tashqari,   faqat   mineral   zaxiralar   barqaror   iqtisodiy   o'sish   uchun   shart-
sharoitlarni ta'minlay olmaydi.
Iqtisodiy salohiyat, shuningdek, umuman sanoatning, ishlab chiqarish sanoatining,
shu   jumladan   og'ir   sanoat   ayniqsa,   mashinasozlik   va   uskunalar   ishlab
chiqarishining   rivojlanishini   tavsiflovchi   ko'rsatkichlar   majmuasida   bilvosita
ifodalanadi. Bu ko'rsatkichlarga ko'ra, Hindiston rivojlanayotgan davlatlar orasida
muhim o'rinni egallaydi.
Yangi   tarmoqlar   axborot   texnologiyalaridan   foydalanish   va   ishlab   chiqarishga
qarab ajratiladi. Ilm-fan va texnologiyaga uzoq muddatli sarmoyalar o'z samarasini
bera boshladi va zamonaviy Hindiston iqtisodiyoti uchun kuchli texnologik bazani
yaratdi.   Hindistonning   ko'p   qishloqlari   qashshoqlikda   qolsada,   butun   mamlakat
bo'ylab   yangi,   shahar,   dinamik   axborot   texnologiyalari   markazlari   paydo
bo'lmoqda.   Hindistonning   Bangalor,   Chennai   (Madras),   Mumbay   (Bombay)   va
Haydarobod   kabi   shaharlari   Hindistonning   zamonaviy   iqtisodiyotining   oldingi
chiziqlari   bo'lgan   dasturiy   ta'minot   va   uskunalar   eksportining   markaziga
aylanmoqda.
Shuni ta'kidlash kerakki, mamlakatning kattaligi va uning byudjeti investitsiyalarni
manevr qilishga, o'z kelajagini hisobga olgan holda, zarur mablag'larni o'z vaqtida
fan, texnika va iqtisodiyotning rivojlanishiga yo'naltirishga imkon beradi. Buning
evaziga   Hindiston   geologik   tadqiqotlar,   yadroviy,   elektron,   kosmik   va   boshqalar
kabi ilmiy-intensiv dasturlarni amalga oshirishda muhim qadam tashladi.
Ilmiy-texnik   inqilob   sharoitida   ishlab   chiqaruvchi   kuchlar   tarkibida   fan   alohida
o'rin   egalladi   va   iqtisodiy   salohiyatda   yetakchi   o'rin   uning   ilmiy-texnik
komponentiga o'tdi. Hindiston rivojlanayotgan davlatlar orasida oliy o'quv yurtlari
soni   va   talabalar   soni   bo'yicha   ajralib   turadi.   Mamlakatda   shunday   o'quv   bazasi borki, u boshqa rivojlanayotgan mamlakatlarga kadrlar tayyorlashda katta yordam
beradi. Shu bilan birga, hind oliy ta'lim tizimida texnik kadrlar tayyorlash hali ham
kam.
7. Sanoati
Hindiston yengil va oziq-ovqat sanoatiga ixtisoslashgan mamlakatdan tobora 
zamonaviy og‘ir sanoat tarmoqlari rivojlangan mamlakatga aylanib bormoqda. 
Hindiston iqtisodiyotining asosini metallurgiya, mashinasozlik va kimyo sanoati 
tashkil etadi. Hindiston ko‘mir va temir rudalari, osh tuzini qazishda, po‘lat, 
cho‘yan, mis, alyumimiy, sement, ip-gazlama, poyabzal ishlab chiqarishda jahon 
mamlakatlarining birinchi beshtaligiga kiradi. Bangalor shahri butun dunyoga 
mashhur zamonaviy axborot texnologiyalarning markazi hisoblanadi.
Sanoatida marganes, slyuda (dunyoda oldingi o rinlardan birida), toshko mir, titan,ʻ ʻ
temir rudasi, oltin, tabiiy gaz, xromit, neft, boksit va b. qazib olinadi.. Yetakchi 
sanoat tarmoqlari: to qimachilik (asosan, jut va ip-gazlama), oziq-ovqat (qand-	
ʻ
shakar, tamaki), teri-poyabzal sanoati. Neftni qayta ishlash, sement, qog oz, 	
ʻ
shisha-oyna ishlab chiqarish korxonalari mavjud. Qora va rangli metallurgiya, 
kimyo sanoati, mashinasozlik rivojlangan. Dunyodagi axborot texnologiyalari 
yo nalishidagi korxonalarning yarmidan ko pi Hindistonda joylashgan. Yadroviy 	
ʻ ʻ
texnologiyalar va koinotni zabt etish bo yicha yetakchi o rinda. Hindistonda ishlab	
ʻ ʻ
chiqariladigan sanoat mahsulotlarining 40% ga yaqinini mayda va 
hunarmandchilik korxonalari beradi.
Dunyodagi eng tez o'sayotgan mamlakatlar biri, Hindiston bugungi kunda sa’noat 
va qishloq xo'jaligiga asoslangan davlat hisoblanadi. Yalpi ichki mahsulotning 
shakllantirishda ushbu tarmoqlarning roli muhim ahamiyatga ega. Sa’noatini 
asosiy tarmoqlari - qora metallurgiya, mashinasozlik, energetika, yengil sa’noat va  kimyo sanoati hisoblanadi.  
METALLURGIYA
Rangli metallurgiya milliy iqtisodiyotning asosiy yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. 
mamlakat ruda va ko'mir konlari boy bo'lgani kabi, bu, ajablanarli emas. 
Mamlakatdagi eng yirik po'lat ishlab chiqaruvchi korhonalari asosan, sharqiy 
shtatlarda joylashgan. Umuman, sanoat davlatning ichki ehtiyojlarini ta'minlash 
uchun harakat qilmoqda. Barcha qazilma minerallar orasida Hindiston faqat 
marganes, slyuda, boksit, va temir rudasi eksport qiladi. Alyuminiy rangli metallar 
qayta ishlashda mamlakat  o'z xamashyo zaxiralariga tayanadi. Boshqa rangli 
metallar ehtiyoji uchun import hisobiga qondiradi.
MUHANDISLIK Sanoati so'nggi yillarda muhim yutuqlarga erishdi. Yaxshi rivojlangan, avtomobil, 
kema, avtomobil va samolyotlar qurish kabi sohalarni o'z ichiga oladi. mamlakat 
uskunalar deyarli barcha turlarini ishlab chiqaradi. Ushbu sohada 40 dan ortiq 
korxonalari bor, ular davlatning yirik shaharlarida joylashgan.  
TO'QIMACHILIK SANOATI
Mamlakatda aholi bandligini taminlashni ikkinchi yirik manbai to'qimachilik 
sanoati hisoblanadi. Tahliliy ma'lumotlarga ko'ra, hozir kunda bu tarmoqda 
taxminan 20 million mahalliy aholi ish bilan ta'minlangan. 2005 yilda hukumat 
xorijiy va mahalliy investitsiyalarni muhim oqimini oshirish uchun soliqlar va 
sanoatda to'lovlarni bir qismi bekor qilindi. Shundan so'ng, juda qisqa vaqt ichida, 
iqtisodiyotning ushbu sohasi tez o'sishga erishdi. Uning tez o'sishi 2008 yilda 
to'xtatildi. sababi global inqiroz va to'qimachilik jahon bozorlarida talab kamayib  ketdi.  
Bu sanoat sohasida 800 mingta yangi yaratilgan ish o'rinlarining bir kamayishiga 
olib investorlar uchun jozibador bo'lishi uchun to'xtatdi. Rasmiylar hozirda 
korxonalarni qurish cheklashga qaratilgan chora-tadbirlarni bir qatorini amalga 
oshirildi. Bu sohada faoliyat ko'rsatayotgan kichik korxonalar rivojlantirish uchun, 
birinchi navbatda, amalga oshirildi.
KIMYO SANOATI
Hindistonda Har yili kimyo sanoati qiymati 32 milliard AQSh dollariga teng 
bo'lgan mahsulot ishlab chiqaradi. Bugungi kunda, kimyo sa’noati import 
tovarlariga raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishda va xomashyo 
yetishmovchiligi kabi muammolarni boshdan kechirmoqda.Ushbu sektor 
rentabellik asta-sekin kamayib bormoqda. Endi mamlakat asta-sekin mineral  o'g'itlar, kimyoviy tola, plastmassa va sintetik kauchuk ishlab chiqarish 
yaxshilanmoqda. 
FARMATSEVTIKA SANOATI
Hindistondagi farmatsevtika sanoati global o'yinchi sifatida paydo bo'ldi. 2021 yil 
holatiga ko'ra, 3000 ta farmatsevtika kompaniyalari va 10 500 ta ishlab chiqarish 
birligi bilan Hindiston dunyodagi uchinchi yirik farmatsevtika ishlab 
chiqaruvchisi, umumiy dori vositalarining eng yirik ishlab chiqaruvchisi va global 
vaktsinalarga bo'lgan talabning 50-60% gacha etkazib beradi, bularning barchasi 
eksportga 24,44 milliard AQSh dollarigacha hissa qo'shadi. Hindistonning 
mahalliy farmatsevtika bozori  42 milliard AQSH dollarigacha baholanmoqda
ENERGETIKA
Hindistonda energiya sanoati juda tez rivojlaniyatgon bo'lsada, aholi yonilg’iga 
bo’lgan maishiy ehtiyojlarini yog'och va qishloq xo'jalik chiqindilari hisobiga 
qoplamoqda. Ko'mir qazib olish davlat shimoliy-sharqiy qismida joylashgan, 
tashish uchun transport juda qimmat. Elektr energiyaning 60% i IESlarda ishlab  chiqarilmoqda.  
Hozirgi kunda AESlar zamonaviy elektr tizimi yaratish yo'lida muhim qadam 
bo'ldi. Hindistonda neft zaxirasi kam, lekin bu sanoatda, "Qora oltin" qayta ishlash 
juda yaxshi tashkil etilgan, lekin u import xomashyo hisobiga qoplanmoqda. 
Asosiy korxonalari yirik port shaharlarda joylashgan - Bombay va Madras.
8. Qishloq xo’jaligi
Qishloq xo‘jaligida jami iqtisodiyotda band aholining 40% iga yaqin qismi 
ishlaydi. 
Tabiiy sharoitining qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun ancha qulayligi sababli 
hududining yarmidan ko‘pi ekin maydonlariga aylantirilgan. Ekin
maydonlarining kattaligiga ko‘ra, u jahonda AQSHdan keyingi 2-o‘rinda turadi. 
Sug‘oriladigan maydonlarining hajmiga ko‘ra esa, Hindiston faqat Xitoydan keyin 
turadi. Hindiston sholi, bug‘doy, kartoshka, shakarqa-mish, yeryong‘oq, sabzavot, 
meva, paxta, choy, murch, turli dorivor ekinlar yetishtirish bo‘yicha jahon 
mamlakatlarining yetakchi uchtaligiga kiradi. Hindiston qishloq xo'jaligi tarkibida dehqonchilik hukmron. Asosiy oziq-ovqat 
ekinlari bug'doy va sholi hisoblanadi.Texnik ekinlar, paxta, choy, shakarqamish va 
tamaki eksportda muhim rol o’ynaydi.
Qulay iqlim sharoitiga tufayli quruq qishda arpa va bug'doy, yozgi mavsumda, 
paxta, guruch va shakarqamish yetishtirish uchun ideal sharoit mavjud. Shunday 
qilib, Hindistonda hosil yil bo'yi olinmoqda.
Hindiston qishloq xo’jaligi Jahonda eng yetakchi o’rinlarda turadi. Hozirgi kunda 
Hindiston yiliga 600 mln. tonna oziq ovqat mahsulotlarini yetishtiradi. Hindiston 
sut mahsulotlari, choy va shakar qamish yetishtirishda dunyoda birinchi o’rinda, 
bog’dorchilik, sabzavotchilik, sholichilik, yeryong’oq yetishtirishda ikkinchi, 
bug’doy yetishtirishda uchinchi, undan tashqari kofe, dorivor o’simliklar, paxta, 
donli ekinlar yetishtirishda beshinchi o’rinni egalaydi.
Qishloq   xo’jaligi   sektori   hindiston   iqtisodida   katta   o’rin   egallaydi,   u   yalpi   ichki
mahsulotda ulushi  20 foizini  tashkil  etadi, mamlakat  qishloq xo’jaligida iqtisodiy
faol aholining 40% dan ortig’i ishlamoqda.
Qishloq   xo’jaligining   katta   suratlar   bilan   o’sib   borishida,   donli   urug’larining
alohida   o’ringa   ega,   hududda   uning   katta   zahirasi   mavjud     bo’lib   eksport   ham
qilinmoqda.  Eksport  mahsulotlaridan asosiy  qismini  foydani  choy va  kofe tashkil
etadi.   Hindiston   jahonda   eng   ko’p   choy   yetishtiradigan   davlat   hisoblanadi,   yiliga
470   milion   tonna   choy   yetishtirib,   200-   million   tonnasini   eksport   qildi.   Hozirgi
kunda dunyo bozoridagi choy mahsulotining 30%ini Hindistonda yetishtiriladi.
Uzoq   vaqtlardan   beri   qishloq   xo’jaligi   zararkunandalari,   va   qishloq   xo’jaligi
infratuzilmasidagi nuqson va kamchiliklar tufayli katta miqdorda qishloq xo’jaligi
tovarlari yo’qotmoqda. Masalan:   o’rtach   sabzavotchilik   va   bog’dorchilik   mahsulotlarining   40%idan   ko’p
mahsulotini   yo’qotyatgan   bo’lsa,   agra   sanoat   mahsulotlarining   20%   nobud
bo’lmoqda.
Donli   ekinlar   urug’larining   50   mln   tonna   zahirasi   bor,   uning   14%   eksport
qilinmoqda.   Hindiston   sholi   eksport   qilish   bo’yicha   jahonda   ikkinchi,   bug’doy
eksport qilishda beshinchi o’rinda.
Ob-havosi   qishloq   xo’jaligi   mahsulotlarini   yetishtirish   uchun   juda   qulay
hisoblanadi   u   yerda   ekinlar   boshqa   joylarga   nisbatan   tez   yetishadi   va   yilning
istalgan vaqtida hosil olish mumkin.
Hindiston shakarqamish yetishtirish bo’yich jahonda 1-o’rinda (o’rtacha yiliga 300
mln tonna.).
Paxta   xomashyosini   yetishtirishda   eng   yetakchilardan   hisoblanadi   o’rtacha   yiliga
10,5   mln.tonna.   Eng   sifatlilarilari   Gudjarat   va   Maharashatra   shtatlarida   olinsa,
ikkinchi sortli paxta xomashyosi Pandjob, Xaryanna va Tamilantda olinadi.
Jun mahsulotini olishdagi quvvati yiliga 2 mln. tonnani tashkil etmoqda.
Hindistonning   janubida   ko’plab   kofe   plantatsiyalari   mavjud   bo’lib   1988   yilda
uning   zahirasi   rekord   darajaga   chiqqan   (215   ming   tonna)   hozirgi   kunda   bu
ko’rsatkich 180 ming tonnani tashkil qilmoqda. Jahon bozoridagi kofening 2,8%ni
tashkil etadi.
Sholi   yoz   oylarida   seryomg’ir   hududlarga   va   Ganga   vodiysi,   Brahmaputraga
ekiladi. Bug’doy qish oylariga Pandjob, Xaryana, Utar-Pradeshda 58% ekilsa 31%
Madhya-Pradesh, Radjaston, Bixara va boshqa hududlarda ekiladi.
Hindistonda   bog’dorchilik   qishloq   xo’jaligining   yetakchi   tarmoqlaridan   biri
hisoblanadi,   hududda   tropik   va   subtropik   mevalar   yetishtirilmoqda.   Hindistonda
yetishtirilgan   banan   sifati   bo’yicha   dunyoda   ikkinchi   o’rinda   turadi.   Bu   bilan   bir qatorda Hindistonnig mango va papayelari ham mashxur. Bog’dorchilikda o’rtacha
yiliga 33 mln. tonna mahsulot yetishtirilmoqda va bu bilan Braziliyadan keying 2-
ko’rsatkichni qayt etmoqda.
Chorvachilik qishloq xo’jaligining yalpi mahsulotdagi ulushining 26% tashkil etadi
uning   tarkibida,   250   mln.   bosh   qoramol(jahonda   1-o’rin),   103   mln.   bosh   tuya
(jahonda 1-o’rin), 56 mln. bosh yilqi (3-o’rinda avstraliya va xitoydan so’ng), 212
mln. bosh echki (xitoydan so’ng 2-o’rinda), 343 mln. bosh paranda (7-o’rin).
9. Transporti
Hindistondagi transport quruqlik, suv va havo transportidan iborat. Jamoat 
transporti ko'pchilik Hindiston fuqarolari uchun avtomobil transportining asosiy 
turi bo'lib, Hindistonning jamoat transporti tizimlari dunyoda eng ko'p 
ishlatiladigan transport tizimlaridan biridir.
2017-yilda mamlakatning umumiy yo‘l tarmog‘i 5603 ming km ni tashkil etadi, bu
esa uni dunyodagi uzunligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egallaydi. Hindistonning 
milliy avtomobil yo'llari tarmog'i mamlakatning barcha yirik shaharlari va shtat 
poytaxtlarini bog'laydi. NHAI (Hindiston avtomobil yo'llari milliy boshqarmasi) 
ma'lumotlariga ko'ra, yo'llar mamlakat ichkarisidagi yuk tashishning taxminan 65 
foizini (980 million tonna) va yo'lovchi tashishning 80 foizini (har yili 8,225 
milliard yo lovchi) ta'minlaydi So'nggi bir necha yil ichida avtomobillar sonining ʻ
o'rtacha o'sishi yiliga 10,16% ni tashkil etdi.
2020-yil mart oyida milliy temir yo l tarmog i 67368 km. Bu dunyodagi to rtinchi 	
ʻ ʻ ʻ
yirik milliy temir yo l tarmog i (AQSh, Rossiya va Xitoydan keyin). 	
ʻ ʻ
Marshrutlarning 36,83%i ikki yoki ko p yo nalishli  2021-yil aprel holatiga ko‘ra, 	
ʻ ʻ
45 881 km  yoki keng o‘lchovli yo‘nalishlarning 71 foizi elektrlashtirildi. Bu 
dunyodagi eng gavjum tarmoqlardan biri bo'lib, yiliga 8,086 milliard yo'lovchi va 
1,208 milliard tonna yukni tashiydi. Hindiston temir yo‘llari dunyodagi sakkizinchi
yirik ish beruvchi bo‘lib, 2020-yil mart holatiga ko‘ra 1,254 milliondan ortiq  xodimga ega. 2020-yil mart holatiga ko‘ra, temir yullar harakatlanuvchi tarkibi 293
077 yuk vagonlari, 76 608 yo‘lovchi vagonlari va 12 729 lokomotivlardan iborat.
    Hindiston hukumatining ketma-ket ma'muriyatlari temir yo'llarni yaxshilash 
ustida ishladilar. Loyihalar 2023 yilga qadar butun temir yullar tarmog'ini 
elektrlashtirishni, mavjud temir yo'l infratuzilmasida soatiga 200 km tezlikda 
ishlay oladigan yangi poezdlarni, va 300 km / dan yuqori tezlikda harakatlanadigan
yangi tezyurar temir yo'llarni o'z ichiga oladi.
    Hindiston xorijdagi temir yo'l infratuzilmasini yaxshilashda ham yordamchi rol 
o'ynadi. 2018 yil holatiga ko‘ra, Hindiston Shri-Lankadagi temir yo‘llar va 
poyezdlarni Hindistonda ishlab chiqarilgan texnologiyalardan foydalangan holda 
yangilashga 1 milliard dollardan ortiq sarmoya kiritdi. 2020 yil holatiga ko'ra, 
xorijiy mamlakatlar bilan atigi uchta temir yo'l aloqasi mavjud edi, ikkitasi 
Nepalga va bittasi Bangladeshga, endilikda Butanga 18 km temir yo'l aloqasi ham 
qurilmoqda va Shri-Lankaga tarixiy Boat Mail poezdini tiklash harakatlarini olib 
bormoqda.
Hindistondagi suv transporti mamlakatning umumiy iqtisodiyotida muhim rol 
o'ynaydi va tashqi savdo uchun ajralmas hisoblanadi. Dengiz transporti har qanday 
transport turining eng katta yuk ko'tarish qobiliyatiga ega va katta hajmli yuklarni 
uzoq masofalarga tashish uchun eng mos keladi. Bu Hindistondagi eng arzon 
transport turlaridan biri, chunki u tabiiy yo'ldan foydalanadi (kanallar bundan 
mustasno), qurilish va ta'mirlash uchun katta kapital mablag'larni talab qilmaydi. 
Yoqilg'i tejamkorligi operatsion xarajatlarni kamaytirishga va uglerod tufayli atrof-
muhitga ta'sirni kamaytirishga yordam beradi. . Mamlakat tashqi savdo 
aylanmasining 90% dengiz yo llari orqali amalga oshiriladi. Dengiz savdo ʻ
flotining tonnaji 10366 mln tonna. Hindistonda 14500 km ichki suv yo llari 	
ʻ
mavjud. Shundan atigi 5685 kilometri mexanizatsiyalashgan kemalar tomonidan 
suzish mumkin.
Mustaqillikga erishganidan keyin Hindiston yuk tashish sohasida katta 
muvaffaqiyatlarga erishdi va asta-sekin Osiyodagi ikkinchi va dunyoda oltinchi  yirik yuk tashish mamlakatiga aylandi. Hindiston kemalari dunyoning ko'plab yuk 
tashish yo'nalishlarida qatnaydi. Hindiston 6100 km uzunlikdagi qirg'oq chizig'iga 
ega, 11 ta yirik portga ega. Ular g'arbiy sohilda Mumbay, Kandla, Marmagaon, 
Yangi Mangalor, Kochi va sharqiy qirg'oqda Kolkata, Chennai, Haldiya, Paradeep,
Vishakxapatnam va Tuticorin.
Mumbayning Javoharlal Neru porti yirik portlardan biri sifatida ishlab chiqilgan. 
Bu Hindistonning to'liq mexanizatsiyalashgan yagona portidir. Eng katta port 
Mumbay bo'lib, u eng ko'p sonli kemalar va savdoni boshqaradi. Gujaratdagi 
Kandla porti Karachi portining (Pokiston) yo'qotilishini qoplaydi. Vishakxapatnam
Hindistonning uchinchi yirik portidir. Kolkata - Osiyodagi eng yirik ichki port.
Hindistonning ichki suv yo llari boshqarmasi Hindiston ichki suv yo lining joriy ʻ ʻ
yuk tashish quvvatini 2021-22 yillarga kelib 100 mln tonnaga oshirishni maqsad 
qilgan.
Hindistonning ko p shaharlari jahondagi yirik shaharlar bilan havo yo llari orqali 	
ʻ ʻ
bog langan. Asosiy aeroportlari Bombay, Dehli, Kalkutta, Bangalor, Chennay, 	
ʻ
Bxubaneshvar, maduray shaharlarida joylashgan. Mamlakat ichkarisida xizmat 
qiladigan 355 ta aeroport mavjud.
10. Turizm
Hindistonda turizmi mamlakat iqtisodiyoti uchun muhim va tez sur'atlar bilan 
rivojlanmoqda. Jahon Sayohat va Turizm Kengashining hisob-kitoblariga ko‘ra,  
2018-yilda Hindiston yalpi ichki mahsulotining 9,2 foizini yoki 220 milliard dollar 
ishlab chiqargan va 42,673 million ish o‘rni, ya’ni jami bandlikning 8,1 foizini 
qo‘llab-quvvatlagan. Sektor 2028 yilga kelib, yillik 6,9% dan o’sishi, 430 mlrd 
AQSH dollarigacha yetishi YaIMning 9,9% egallashi prognoz qilinmoqda. 2015-
yil oktabr oyida Hindistonning tibbiy turizm sektori 3 milliard dollarga baholangan
va 2020-yilga borib 7–8 milliard dollargacha o‘sishi prognoz qilinmoqda. 2014- yilda 184 298 nafar chet ellik bemor davolanish uchun Hindistonga tashrif 
buyurgan.
 Agra
     
    Toj Mahal, Agra              Odishadagi Konark    Meenakshi ibodatxonasidagi 
Quyosh ibodatxonasi       Ming ustunlar zali
2019-yilda Hindistonga 10,93 milliondan ortiq xorijiy sayyohlar kelgan, bu 2018-
yildagi 10,56 millionga nisbatan 3,5 foizga o‘sgan. 2012-yilda barcha shtatlar va 
ittifoq hududlariga mahalliy sayyohlik tashriflari 1036,35 million kishini tashkil 
etdi, bu 2011-yilga nisbatan 16,5 foizga o‘sdi. 2014-yilda Tamilnadu, Maxarashtra 
va Uttar-Pradesh sayyohlar uchun eng mashhur shtatlar bo‘lgan. Dehli, Mumbay, 
Chennay, Agra va Jaypur 2015-yilda chet ellik sayyohlar tomonidan Hindistonning
eng ko p tashrif buyuradigan beshta shahri bo ldi. Dunyo bo ylab Dehli chet ellik ʻ ʻ ʻ
sayyohlar soni bo yicha 28-o rinda, Mumbay 30-o rinda, Chennay 43-o’rinda, 	
ʻ ʻ ʻ
Agra 45-o rinda. , Jaypur 52-o’rinda, va Kolkata 90-o’rinda.	
ʻ
Sayohat va turizm raqobatbardoshligi hisoboti 2019 Hindistonni 140 mamlakat 
ichida 34-o'rinni egalladi. Hindiston 2017 yil hisobotiga qaraganda o'z reytingini 6 
pog'onaga yaxshiladi, bu reytingdagi eng yaxshi 25% mamlakatlar orasida eng 
katta o'sish bo'ldi. Hisobotda Hindistonning turizm sektori narxlari 
raqobatbardoshligi bo‘yicha 140 mamlakat ichida 13-o‘rinni egallagan. Unda 
aytilishicha, Hindiston juda yaxshi havo transporti infratuzilmasiga ega (33-o rin), 	
ʻ
ayniqsa, mamlakatning rivojlanish bosqichini va asosli quruqlik va port 
infratuzilmasini (28-o rinda). Mamlakat tabiiy resurslar (14-o‘rin), madaniy 	
ʻ
resurslar va ish safari (8-o‘rin) bo‘yicha ham yuqori ballga ega. Biroq, uning 
turizm infratuzilmasining boshqa ba'zi jihatlari biroz rivojlanmaganligicha  qolmoqda. Xalqaro taqqoslash bo yicha mamlakatda aholi jon boshiga to’g’ri ʻ
keladigan mehmonxonalar soni kam va bankomatlarning kirish darajasi past. Jahon
sayyohlik tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, Hindiston 2012 yilda turizmdan tushgan 
daromadlar bo'yicha dunyoda 16-o'rinni, Osiyo va Tinch okeani mamlakatlari 
orasida 7-o'rinni egallagan.
Turizm vazirligi turizmni rivojlantirish va targ‘ib qilish bo‘yicha milliy siyosatni 
ishlab chiqadi. Bu jarayonda vazirlik sohadagi boshqa manfaatdor tomonlar, 
jumladan, turli markaziy vazirliklar, agentliklar, shtat hukumatlari, ittifoq 
hududlari va xususiy sektor vakillari bilan maslahatlashadi va hamkorlik qiladi. 
Qishloq, kruiz, tibbiy va ekoturizm kabi turistik mahsulotlarni ilgari surish 
bo yicha birgalikdagi say-harakatlar amalga oshirilmoqda. Turizm vazirligi 	
ʻ
Hindistonda turizmni rivojlantirishga qaratilgan "Ajoyib Hindiston" kampaniyasini
davom ettirmoqda.
11. Tashqi iqtisodiy aloqalari
Hindiston 190 ga yaqin davlatga 7 500 ga yaqin mahsulot eksport qiladi va 140 ta 
davlatdan 6 000 ga yaqin tovarlarni import qiladi. 2020-yilda Hindiston importi 
388,92 milliard dollarni tashkil etdi, bu 2019-yilga nisbatan 18 foizga kamaydi, 
o‘shanda mamlakat 474,71 milliard dollarlik mahsulot va xizmatlar import qilgan. 
2020-yilda Hindiston eksporti 290,18 milliard dollarni tashkil etdi, bu 2019-yildagi
313,36 milliard dollardan 7,4 foizga kamaydi.
Hindiston hukumatining 2017–18 yillardagi iqtisodiy tadqiqoti shuni ta'kidladiki, 
besh shtat - Maxarashtra, Gujarat, Karnataka, Tamil Nadu va Telangana 
Hindistonning umumiy eksportining 70 foizini tashkil qilgan. Tadqiqot shtatning 
aholi jon boshiga yalpi ichki mahsuloti va uning umumiy eksportdagi ulushi 
o'rtasida yuqori korrelyatsiyani aniqladi. Aholi jon boshiga YaIM yuqori, lekin 
eksport ulushi past bo lgan Kerala yagona asosiy ko rsatkich edi, chunki shtatning 	
ʻ ʻ
aholi jon boshiga to g ri keladigan YaIMga pul o tkazmalari katta ta sir 	
ʻ ʻ ʻ ʼ
ko rsatgan.	
ʻ Tadqiqot shuni ko rsatdiki, Hindistondagi eng yirik firmalar Braziliya, Germaniya,ʻ
Meksika va Qo shma Shtatlar kabi mamlakatlarga nisbatan eksportning kichikroq 	
ʻ
foiziga hissa qo shgan. Hindistonning 1% kompaniyalari jami eksportning 38% ni 
ʻ
tashkil etdi.
 Savdo vazirligi tomonidan e'lon qilingan mart oyi eksporti bo'yicha vaqtinchalik 
ma'lumotlar dahshatli vaziyatni ochib beradi. Ma'lumotlarga ko'ra, Hindistonning 
2020 yil mart oyida eksporti o'tgan oydagi istiqbolli ko'rsatkichlarga qaramay, 21,4
milliard dollardan bir oz ko'proqni tashkil etdi. 2019-yilning mart oyiga nisbatan 
(32,72 milliard dollar) bu yil taxminan 35 foizga pasayish ko‘p yillik eng past 
darajaga yetdi va bu ko‘rsatkichlar yana ham pasayishi kutilmoqda. Shunisi 
e'tiborga loyiqki, eksport deyarli barcha tovar guruhlari bo'yicha pasaygan. Ayrim 
tovarlar 30-40 foizdan ortiq pasayish kuzatildi, xususan, mashinasozlik 
mahsulotlari, to qimachilik, go sht, don mahsulotlari, plastmassa va kimyo 
ʻ ʻ
mahsulotlari so nggi yillarda eksport o sishining asosiy omili bo ldi. COVID-19 
ʻ ʻ ʻ
pandemiyasining ko'plab mamlakatlarga tarqalishidan so'ng, global talab sezilarli 
darajada kamaydi va ko'plab buyurtmalar bekor qilindi. Bundan tashqari, davom 
etayotgan blokirovka tufayli ta'minot zanjirlarining uzilishi Hindiston eksportining 
yomon ishlashini yomonlashtirdi va vaziyat tiklanish boshlanishidan oldin kelgusi 
oylarda yomonlashishi mumkin. Hindiston past darajadagi elektron komponentlar 
ishlab chiqarishni ko'paytirgan bo'lsada. Xitoyga importga qaramlik uning asosiy 
cheklovidir. Hindiston yalpi ichki mahsulotining 7,5 foizini va ishlab chiqarish 
yalpi ichki mahsulotining 49 foizini tashkil etuvchi avtomobil sektori allaqachon 
sekinlashuvga duch kelmoqda.
Hindiston tomonidan 2020-yilda import qilingan eng yaxshi 10 ta tovarlari:
№ Tovarlar  Mlrd.AQSH
dollar Jamidan
ulishi %da
1 Neft 84.0 21.6
2 Oltin 22.9 5.9
3 Neft mahsulotlari 22.5 5.8 4 Ko'mir, koks va briketlar 18.2 4.7
5 Marvarid, qimmatbaho va yarim 
qimmatbaho toshlar 18.2 4.7
6 Marvarid, qimmatbaho va yarim 
qimmatbaho toshlar 13.2 3.4
7 Telekommunikatsiya vositalari 11.7 3.0
8 Organik kimyoviy moddalar 9.7 2.5
9 Sanoat mashinalari 9.7 2.5
10 Elektr mashina va uskunalari 8.9 2.3
Hindistonning 2020-yilda yuqoridagi tovarlarni import qilgan 10 ta eng 
yaxshi savdo hamkorlari:
№ Davlatlar 
 Mlrd.AQSH dollar Jamidan ulishi 
%da
1 Xitoy  53.3 13.7
2 AQSH 29.1 7.5
3 Birlashgan Arab Amirliklari 24.5 6.3
4 Saudiya Arabistoni 21.8 5.6
5 Iroq  19.4 5.0
6 Gonkong  13.6 3.5
7 Shveytsariya 13.6 3.5
8 Janubiy Koreya 12.8 3.3
9 Indoneziya  12.1 3.1
10 Singapur  12.05 3.1
Hindistonning 2020-yilda qiymati bo‘yicha eng yirik eksport mahsulotlari 
tozalangan neft moylari, olmos, farmatsevtika, zargarlik buyumlari va avtomobillar
bo‘ldi. Umuman olganda, ushbu asosiy eksport Hindistonning umumiy eksport 
savdosining deyarli uchdan bir qismini tashkil qiladi. Tovarlarning o'zi eksport 
qilinadigan tovarlarning nisbatan diversifikatsiyalangan assortimentini taklif qiladi.
Hindiston olmos, zargarlik buyumlari va qayta ishlangan neft eksporti bo'yicha 
dunyoda yetakchi davlatlar qatoriga kiradi. Hindiston tomonidan 2020-yilda eksport qilingan eng yaxshi 10 ta tovarlari:
№ Tovarlar Mlrd.AQSH 
dollar Jamidan ulishi 
%da
1 Mineral yoqilg'ilar 27.6 10.0
2 Qimmatbaho toshlar, 
qimmatbaho metallar 24.5 8.9
3 Farmatsevtika 18.4 6.7
4 Mashinalar, shu jumladan 
kompyuterlar 18.0 6.5
5 Organik kimyoviy moddalar 17.4 6.3
6 Elektr texnikasi, uskunalari 13.5 4.9
7 Avtomobillar 13 4.7
8 Temir, po'lat 10.6 3.9
9 Don 8.7 3.1
10 Plastmassa, plastmassa 
buyumlar 6.6 2.4
Hindistonning 2020-yilda yuqoridagi tovarlarni eksport qilgan 10 ta eng 
yaxshi savdo hamkorlari:
№ Davlatlar Mlrd.AQSH dollar Jamidan ulishi
%da
1 AQSh 51.9 17.9
2 Xitoy 20.0 6.9
3 Birlashgan Arab
Amirliklari 18.9 6.5
4 Gonkong 18.9 6.5
5 Singapur 10.1 3.5
6 Bangladesh 8.7 3.0
7 Buyuk Britaniya 8.4 2.9
8 Germaniya 8.1 2.8 9 Niderlandiya 6.7 2.3
10 Malayziya 6.4 2.2
Hindistonning 2011-2020-yillarda tashqi iqtisodiy aloqalari
Yil  Eksport mlrd dollar Import mlrd dollar Tashqi savdo 
saldosi. mlrd dollar
2011 299.4 461.4 -162.0
2012 298.4 500.4 -202.0
2013 313.2 467.5 -154.3
2014 318.2 462.9 -144.7
2015 310.3 447.9 -137.6
2016 262.3 381.0 -118.7
2017 275.8 384.3 -108.5
2018 303.52 465.58 -162.05
2019 330.07 514.07 -184.0
2020 314.31 467.19 152.88
Xitoy 2020-yilda Hindistonning eng yirik savdo sherigi bo‘lish uchun AQShni 
ag‘darib tashladi. Osiyodagi ikki qo‘shni davlat o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmi 
77,7 milliard dollarni tashkil etdi. Ushbu tovar ayirboshlashning asosiy ulushini 
Xitoydan import tashkil etdi va 58,7 milliard dollarga baholandi. Xitoyga eksport 
19 milliard dollarni tashkil etdi. Xitoydan Hindiston importi AQSh va BAA 
importidan o'tib ketdi. Hindistonning Xitoy tovarlariga qaramligi, asosan, ularning 
arzonligi va mo'l hajmda osongina sotilishi bilan bog'liq.
An'anaga ko'ra, Hindistonning Xitoydan asosiy importi elektr mashinalari va 
uskunalari va telefon uskunalari, ovoz yozish moslamalari, televizor, kameralar , 
video telefonlar, avtomatik ma'lumotlarni qayta ishlash mashinalari, elektron 
sxemalar, tranzistorlar va yarim o'tkazgich qurilmalari kabi mexanik asboblardir.  Bundan tashqari, u antibiotiklar, o'g'itlar, avtomobil qismlari va aksessuarlarining 
asosiy yetkazib beruvchisi hisoblanadi.
12. Ichki tofavutlari (muammolari)
So'nggi o'n yilliklardagi iqtisodiy o'sishga qaramay, Hindiston ijtimoiy-iqtisodiy 
muammolarga duch kelishda davom etmoqda. 2006 yilda Hindiston Jahon 
bankining xalqaro qashshoqlik chegarasidan (kuniga 1.25 AQSh dollari) pastda 
yashagan eng ko'p odamlarni o'z ichiga olgan. Bu ulush 1981 yildagi 60% dan 
2005 yilda 42% gacha kamaydi. Jahon bankining qayta ko'rib chiqilishiga 
qashoqlik chegarasiga ko'ra, 2017 yilda u 19% ni tashkil qildi. Hindistondagi besh 
yoshgacha bo'lgan bolalarning 30,7 foizi kam vaznga ega. Oziq-ovqat va qishloq 
xo'jaligi tashkilotining 2015 yildagi hisobotiga ko'ra, aholining 15 foizi to’yib 
ovqatlanmaydi. Kunduzgi ovqatlanish jarayoni bu stavkalarni pasaytirishga harakat
qiladi.
Walk Free Foundation 2016 yilgi hisobotiga ko'ra, Hindistonda qariyb 18,3 million
kishi yoki aholining 1,4 foizi zamonaviy qullik sharoitida, jismoniy mehnat, 
bolalar mehnati, odam savdosi va samarali tilanchilar va boshqalar.  2011 yilgi 
aholini ro'yxatdan o'tkazish ma'lumotlariga ko'ra, mamlakatda 10,1 million bolalar 
mehnati bor edi, bu 2001 yildagi 12,6 milliondan 2,6 millionga kamaydi.
Mamlakatda dunyo aholisining 16,7 foizi istiqomat qiladi, uning hududi esa jahon 
darajasining atigi 2,4 foizini tashkil etadi, bu tabiiy resurslarga haddan tashqari 
bosim bilan to'la. Yer resurslarining aksariyat qismi degradatsiya belgilariga ega, 
bu esa mamlakat iqtisodiyoti resurs bazasining unumdorligiga va qishloq 
xo jaligida band bo lgan aholining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoliga salbiy ta sir ʻ ʻ ʼ
ko rsatmoqda va shuning uchun yer resurslarining yo q qilinishining salbiy 
ʻ ʻ
ta siriga o ta zaifdir. tabiiy muhit. Hindistondagi boshqa rivojlanayotgan 
ʼ ʻ
mamlakatlar bilan solishtirganda, ekologik vaziyatning yomonlashuvi va aholining qashshoqlashuvi o'rtasidagi munosabatlarning salbiy xarakterga ega bo'lishi ushbu 
jarayonlarga demografik omilning ta'siri bilan bog'liq.
Mamlakat hududining 329 million gektar maydonining 175 million gektarini 
tuproq eroziyasi, botqoqlanish va sho rlanish jarayonlari egallaydi. Bu, asosan, ʻ
mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlagan bo'lsa-da, qishloq xo'jaligi 
ishlab chiqarishini intensivlashtirishning ekologik oqibatlarini hisobga olmasdan 
amalga oshirilgan, tuproq va suv yukining oshishi bilan birga olib borilgan "yashil 
inqilob" natijasidir. Foydalanilgan adabiyotlar:
1. A.Qayumov, I. Safarov, M. Tillaboyeva, V. Fedorka. 
           Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi Toshkent-“O’zbekiston”, 2019   
      2.  Зарифа Ускинова. Жаҳон мамлакатлари  “Adabiyot uchqunlari” 
        Тошкент-2015
Internet saytlari:
1.  https://www.lex.uz
2.  https://qomus.info
3.  https://saviya.uz
4.  https://aniq.uz
5.  https://uz.wikipedia.org
6.  http://Cogoport.com
7.  http://www.worldstopexports.com
8.  https://duf-obozrenie.ru
9.  https://uz.delachieve.com
10.  https://countrymeters.info/en
11.  https://en.wikipedia.org

Mavzu: Hindiston Reja: 1. Geografik o’rni 2. Davlat boshqaruv shakli 3. Tabiiy sharoiti va resurslari 4. Aholisi 5. Mehnat resurslari va ish bilan bandligi 6. Iqtisodiyoti 7. Sanoati 8. Qishloq xo’jaligi 9. Transporti 10. Turizm 11. Tashqi iqtisodiy aloqalari (eksport va import) 12. Ichki tofavutlari (muammolari)

1. Geografik o’rni . Hindiston Respublikasi Janubiy Osiyodagi eng yirik davlat, jahon mamlakatlari orasida maydoni bo‘yicha 7-o’rinda, aholi soni bo‘yicha esa 2-o‘rinda turadi (2018-y.). Hududi, asosan, Hindiston yarimorolida joylashgan bo‘lib, shimol-dan janubga 3214 km, g‘arbdan sharqqa 2933 km masofaga cho‘zilgan. Shimolda Himolay tog lari, g’arbda Arabiston dengizi, sharqda Bengaliya qo ltigi bilan ʻ ʻ o ralgan. Hindiston tarkibiga Arabiston dengizidagi Lakkadiv va Amindiv orollari, ʻ Bengaliya qo ltig idagi Andaman va Nikobar orollari ham kiradi. Hindiston ʻ ʻ Yevropa va Osiyo mamlakatlarini bog‘laydigan serqatnov dengiz yo‘llari bo‘yida joylashganligi iqtisodiy geografik o‘rnining qulayligini belgilaydi. 2. Davlat boshqaruv shakli Hindiston boshqaruv shakli jihatidan parlamentar respublikadir. Siyosiy-hududiy tuzilishiga ko‘ra, Hindiston federativ davlat hisoblanadi. Uning tarkibida 29 ta shtat va 7 ta ittifoqdosh hududlari mavjud. Federatsiya birliklari, asosan, etnik tamoyil bo‘yicha ajratilgan. . Davlat boshlig’i - prezident. U parlamentning ikki palatasi va shtatlarining qonun chiqaruvchi organlari a zolaridan iborat saylovchilar hay ati tomonidan 5 yil muddatga saylanadi. Qonun ʼ ʼ chiqaruvchi hokimiyatni prezident ikki palata - Shtatlar kengashi (Raja sabxa) hamda Xalq palatasi (Log sabxa)dan iborat parlament, ijroiya hokimiyatni prezident va bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. 3. Tabiiy sharoiti va resurslari. Hindiston tabiiy sharoiti xilma-xil, tabiiy resurslariga ancha boy. Uning hududida sayyoramizdagi eng baland tog‘lar, qalin o‘rmonlar, savannalar bilan qoplangan parchalangan yassi tog‘liklar, bepoyon qumli cho‘llarni uchratish mumkin. (67- rasm). Uning yerosti qazilma boyliklari ham xilma-xil. Temir, marganes, xrom, titan, uran, toriy rudalari, ko‘mir, olmos, turli qimmatbaho toshlar zaxiralari ancha kattadir. Hindistonning turli hududlari hamda dengiz sayozliklaridan neft topilgan.

Mamlakatning shimol tomondan baland Himolay tog‘lari bilan o‘ralganligi iqlimiy sharoitiga katta ta‘sir ko‘rsatadi. Hindiston hududida qish fasli deyarli kuzatilmaydi (Himolay tog‘laridan tashqari). Shu sababdan Hindiston dehqonlari yiliga 2–3 marta hosil yig‘ishlari mumkin. Yog‘ingarchilik mavsumiy xarakterga ega bo‘lib, asosan, iyun–oktabr oylarida ko‘p yog‘adi. Hindiston hududida sersuv daryolar ko‘p. Ulardan eng yiriklari Himolay tog‘laridan boshlanib, Bengaliya qo‘ltig‘iga quyiladigan Gang va Braxmaputra daryolari. Shu bilan birga Godavari, Maxanadi, Kaveri, Krishna, Narmada va Tapti ham yirik daryolar hisoblanadi. Hindiston qirg oqlari kam parchalangan, past, ʻ qumli. Asosan, Hindiston yarim oroli va Hind-gang tekisligida joylashgan. Himolay va Qoraqurum tog larining bir qismini o z ichiga oladi. Hindiston ʻ ʻ hududining 3/4 qismi tekislik va yassitog lik. Hindiston yarim orolining deyarli ʻ hammasini Dekan yassitog ligi egallagan (sharqga tomon 900 m dan 300 m gacha ʻ pasayib boradi). Hindiston yarim oroli shimolida allyuvial Hindgang tekisligi joylashgan. Yer sharidagi eng baland tog tizmasi — Himolay va Qoraqurum ʻ tog lari Hindistonni shimoldan to sib turadi. ʻ ʻ Hindistonda foydali qazilmalardan toshko mir, temir rudasi, titan, oltin, tabiiy gaz, ʻ marganes, xromit, boksit, olmos, qimmatbaho toshlar, mis, neft, slyuda,

qo rg oshin konlari bor. Iqlimi, asosan, tropik iqlim, shimolda tropik mussonli ʻ ʻ iqlim. Iyun-oktabr oylarida issiq va nam, noyabr-fevral oylarida quruq, salqin, mart-mayda juda issiq va quruq iqlim. Nam mavsumda yillik yog inning 70-90% ʻ yog adi. Yillik yog in G arbiy Gat va Himolay tog larining shamolga ro para ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ yonbag irlarida 5000-6000 mm, Shillong platosida 12000 mm (Yer yuzidagi eng ʻ seryog in joy), Hindgang tekisligida 100 mm, Hindiston yarim orolining markaziy ʻ qismida 300-500 mm. Yanvarning o rtacha harorati tekisliklarda 15°C (shim. da), ʻ 27°C (jan. da), may oyiniki hamma joyda 28-35°C, ayrim vaqtlarda 48°C. Tog larda o rtacha harorat yanvarda 8°C, iyulda 18-23°C. Tuproqlari Hindiston ʻ ʻ hududining aksari qismida qizil, Dekan yassitog ligida qora, Hindgang tekisligi va ʻ dengiz bo yi pasttekisliklarida jigarrang tuproq. Himolay tog lari yon bag rida ʻ ʻ ʻ tog -jigar rang, sariq, tog qo ng ir-o rmon. podzol, tog -o tloqi tuproqlar pastdan ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ yuqoriga almashinib boradi. O simliklardan akatsiya, bambuk, kokos va xurmo ʻ palmasi keng tarqalgan. Mamlakatning 25% o rmon. Himolay tog larinish quyi ʻ ʻ yon bag irlarida terak, yuqorida tik, sandal, himolay kedri, qoraqarag’ay, ʻ oqqarag ay o sadi. G arbiy Gat tog lari yonbag ri, Gang va Braxmaputra deltalari, ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ Sharqiy Himolay tog oldi doim yashil o rmonlardan iborat. Hindistonda ʻ ʻ o simliklarming 21 ming turi tarqalgan. Unda yer yuzida mavjud bo lgan barcha ʻ ʻ o simlikning yarmidan ko pini uchratish mumkin. ʻ ʻ Hayvonot dunyosi xilma-xil. Sut emizuvchi hayvonlarning 350 turi, qushlarning 1600 dan ziyod turi bor. Hindiston hududida fil, maymun, karkidon, sher, qoplon, yo lbars, va b. hayvonlar yashaydi, ilonlarning deyarli barcha turi mavjud. ʻ Mamlakatda 75 ta milliy bog va 420 dam ortiq qo riqxona mavjud. Yirik milliy ʻ ʻ bog lari: kaziranga, Manas, Dachigan, Dadva, “Gullar vodiysi” (UttarPradesh), ʻ Sariska va b. 4. Aholisi. Hindiston aholi soni 1.4 mlrd kishidan ortiq, jahon aholisini 17.2% ni tashkil qilib, jahonda Xitoydan keyingi ikkinchi o‘rinni egallaydi. Lekin Hindiston aholisining tabiiy o‘sish sur’atlari Xitoyga nisbatan ancha yuqoriligi hisobiga ikki mamlakat orasida aholi sonidagi farq borgan sari qisqarib bormoqda.

Shuning uchun, mutaxassislarning fikricha, yaqin yillarda Hindiston jahonning aholisi eng ko‘p bo‘lgan davlatiga aylanadi. Hindiston jahondagi eng ko‘p millatli davlatdir. Aholisining etnik tarkibi juda murakkab. Unda yashayotgan millat, elat va qabilalar turli til oilalariga mansub. Hindlar, bengallar, telugular, panjobliklar, tamillar eng ko‘psonli millatlar hisoblanadi. Hindlarning jami aholidagi ulushi 40% dan biroz balandroq. Aholisining 72% hind-yevropa tillarining hindoriy tillari guruhida so zlashuvchi ʻ xalqlar - hindustoniylar, marathlar, bengallar, bixarlar, gujarotlar, oriyalar, rajastxonilar, panjobilar tashkil etadi. Kashmirilar dari til guruhiga mansub. Hindiston janubida, asosan, dravid tillarida, shimoli va shimoli-sharqida tibetbirma tillarida so zlashuvchi xalqlar yashaydi. Rasmiy tillar — hind va ingliz tillari. ʻ Aholining diniy tarkibi ham ancha murakkab. Aholining 80% i induizm diniga e’tiqod qiladi. Ikkinchi o‘rinda musulmonlar turadi. Ular mamlakat aholisining 13 % ini tashkil qiladi. Shuningdek, Hindistonda xristianlar, sikxlar, buddistlar va boshqa din vakillari ham yashaydi. Mamlakatning urbanizatsiya darajasi u qadar yuqori emas. Hozir mamlakat aholisining 1/3 qismi shaharlarda yashaydi. Shaharlari orasida Mumbay (Bombey), Kolkata (Kalkutta), Dehli, Bangalor, Chennay (Madras), Haydarobod, Ahmadobod eng yiriklari hisoblanadi. Hindiston aholisi ancha notekis joylashgan. Aholi zichligi Gang vodiysi va dengizbo‘yi tekisliklarida juda yuqori darajada bo‘lsa, Himolay tog‘lari yonbag‘irlari, mamlakatning shimoli-g‘arbiy va markaziy qurg‘oqchil hududlarida esa ancha siyrak joylashgan. 5. mehnat resurslari va ish bilan bandligi Aholining katta qismi, keng ko'lamli dehqonchilik va ko'p tarmoqli ishlab chiqarishni yo'lga qo'yishi bilan bir vaqtda, Hindistonning iqtisodiy o'sishiga aniq ta'sir ko'rsatmaydi. 1950-70-yillardagi "demografik portlash" ning oqibatlari ham bir-biriga zid. Hindistonning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitida bu mehnat resurslarining ishlatilmayotgan yoki samarasiz ishlatilgan ulushining sezilarli o'sishiga olib keldi,