logo

Qadimgi Baqtriya Kaviyligi haqida ayrim mulohazalar

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

33.1826171875 KB
Qadimgi Baqtriya Kaviyligi haqida ayrim mulohazalar
Reja:
1. Qadimgi Baqtriya  k aviyligi haqida ayrim mulohazalar
2. I lk  yozuvlar  tarixi  va  ularning o‘rganilishi So‘nggi   yillarda   Baqtriya   tarixi   yanada   yorqinroq   o‘rganilmoqda   ilgari
noma’lum   bo‘lgan   qadimgi   madaniyatlar   fanga   joriy   etilmoqda.   Ulardan   eng
mashxuri   bulgan   Sopolli   madaniyati   apiu   bronza   davrida   Qadimgi   Sharq   xalqlari
bilan   yaqindan   madaniy   aloqada   bo‘lib,   Markaziy   Osiyoda   eng   qadimgi
sivilizatsiyaga   asos   solganlar.   Shu   madaniyatning   tadrijiy   rivojlanishi   natijasida
mil.avv.   IX   asr   oxiri   va   VIII   asr   boshlarida   Qadimgi   Baqtriya   madaniyatiga,
qolaversa, Qadimgi Baqtriya davlatiga asos solingan.
Yunonlar   bosqini   davrigacha   hukm   surgan   bu   davlatning   Qadimgi   Sharq
dunyosida   o‘z   o‘rni   bo‘lgan,   Markaziy   Osiyo   xalqlarining   etnik   shakllanishida,
madaniy   taraqqiyotida   beshik   rolini   bajargan.   Bu   fikrni   hech   bir   tarixchi   inkor
etmaydi.
Garchi   mahalliy   va   xorijlik   tadqiqotchilar   tomonidan   qadimgi   Baqtriya
tarixiga   doir   ko‘plab   tadqiqotlar   olib   borilgan   bo‘lsada,   bu   borada   hali   o‘z
yechimini   kutayotgan   muammolar   talaygina.   Shunday   masalalardan   biri   ilk
Qaviylar davlati masalasidir.
O‘rta   Osiyo   va   Sharqiy   Eron   hududlarida   tashkil   topgan   eng   qadimgi
davlatlardan   biri   bo‘lgan   Qaviylar   to‘g‘risidagi   yozma   ma’lumotlar   «Avesto»   va
Firdavsiyning «Shohnoma» asarida saqlangan. 
«Avesto»ning   Chixrdod   naskida   ilk   Qaviylar   Ushudau   tog‘idan   oqib
keladigan   Xaytumand   daryosi   va   Kansavya   ko‘li   bo‘yida   joylashgan.
Avestoshunos  G.   Noli  ushbu   ma’lumotlarda  keltirilgan  Kansavya   ko‘lini  Xamun,
Xaytumand daryosini  Xilmend. Ushudau tog‘ini Ko‘xi Xvadja bilan bog‘laydi va
xozirgi O‘zbekiston hududiga to‘g‘ri keladi deb hisoblaydi.
«Qaviy» so‘zining ma’nosi kelib chiqish tarixi nihoyatda munozarali bo‘lib,
I.V.   Pyankov   bu   so‘zning   paydo   bo‘lishish   taraqqiyot   bosqichlarini   quyidagicha
talkin   qiladi:   temirchi   (sehrgar)   —   ilohiy   shoir   (olim,   ustoz)   —   hukmdor .
Fikrimizcha   olimning   so‘nggi,   ya’ni   xukmdor   bosqichi   tarixiy   manbalar   asosida
keltirilgan,   ammo   temirchi   sehrgar   olim   kabi   bosqichlari   isbotlanmagan   va
olimning   fikrlash   doirasidan   kelib   chiqqan.   Ammo   shuni   ta’kidlash   joizki,   I.V.
Pyankov   juda   ham   ishonarli   taklif   kiritgan.   U   taklif   etgan   Qaviy   so‘zining evolyusion   taraqqiyot   yo‘lini   bemalol   qabul   qilsa   bo‘ladi,   negaki,   Qaviylar
kuylanayotgan   zamon   O‘rta   Osiyoda   temirning   paydo   bolish   davri   hisoblanadi .
O‘sha   zamonda   temirdan   foydalanish   sir   tutilib,   undan   buyumlar   yasash   faqat
«sehrgar»larning   qo‘lidan   kelishi   mumkin   bo‘lgan.   Ikkinchi   taklifi,   ya’ni   ilohiy
shoir,   olim   odam   yoki   ustozlargina   xalqni   o‘z   ta’limoti   asosida   boshqarishi   va
hukmdor darajasiga yetishishi mumkii bo‘lgan deb hisoblaymiz.
Qaviylar   haqidagi   ma’lumotlar   qadimgi   zamonlardan   ikkiga   bo‘lingan.
Birinchisida,   Sam   urug‘idan   bo‘lgan   Qaviylarning   mardligi   va   qahramonliklari
kuylangan   bo‘lsa,   ikkinchisida   Q aviy   Vishtaspaning   diniy   qahramonliklari
kuylangan.   Manbalarda   Sam   urug‘ining   keyingi   hayoti   to‘g‘risidagi   ma’lumotlar
uchramasada, urug‘ boshlig‘i Krsasp keyingi davr manbalarida Gershasp shaklida
keng tarqalgan.
Qaviy   hukmdorlar   o‘rtasida   o‘zaro   nizolar   paydo   bo‘lganligi,   buning
natijasida Qaviylarning bo‘linib ketish voqealari ham manbalarda saqlangan. Sam
urug‘i hukmdorlaridan biri bo‘lgan Syavarshanning (Siyavush) o‘g‘li Xausravning
(Xishrav)   Turon   yurti   -   Qang‘ga   ketib   qolganligi,   u   yerda   o‘z   sulolasini,   urug‘
jamoasini tashkil etganligi haqidagi ma’lumotlar ham saqlangan.
Turon yurtiga Xishravning kelishi tarixiy haqiqatga juda yaqin, birinchidan,
Toshkent   vohasida   miloddan   avvalgi   IX—VIII   asrdan   boshlab   yangi,   arxeologik
madaniyat   -   Burgulyuk   (Burg‘uluq,   Burkanlik)   madaniyati   tarqaladi.   Ushbu
madaniyatning   paydo   bo‘lishi   muammosi   arxeologik   jihatdan   hal   etilgan   masala
emas. O‘rta Osiyoda shu tipdagi madaniyatlarning paydo bo‘lishini (Yoz, Kuchuk,
Tilla,   Qizil)   tadqiqotchilar   asosan   ko‘chmanchilarning   o‘troqlashishi,   shimoliy
yoki   janubiy   mintaqalardan   xalqlarning   ko‘chib   kelishi   bilan   bog‘laydilar.   V.   I.
Sarianidining   fikri   bo‘yicha   shu   tipdagi   madaniyatlar   Eron,   ya’ni,   Seyistondan
Afg‘oniston orqali Surhon, Zarafshon, Toshkent va Farg‘ona vodiysiga tarqalgan.
V.I.  Sarianidining  bu fikrini   tahlil  qiladigan  bo‘lsak,  birinchidan,  bu hududlardan
olingan   arxeologik   ma’lumotlar,   yozma   manbalar   ma’lumotlarini   tasdiqlaydi.
Ikkinchidan,   Qanqa   ko‘hna   shahrining   Toshkent   vohasida   mavjudligi   va   bu
shaharning   voha   markazi   darajasigacha   yetganligidir.   Uchinchidan,   Toshkent vohasida   «Xishrav»   tari xiy   toponimining   mavjudligi   va   bu   etnotoponimning
bugungi kungacha e’zozlanib, xalqning yodidan ko‘tarilmay kelayotganligi tarixiy
haqiqatdir.
I.V.   Pyankovning   ta’kidlashicha,   ilk   Qaviylarning   asoschisi   Qaviy   Kavata
bo‘lib,   uning   merosxo‘ri   Qaviy   Apivaxu   hisoblanadi.   Uning   turtta   ugli   b^lib,
Kaviylarning   xududi   shu   turtta   ugillar   Urtasida   taqsimlangan.   Qaviy   Usan
(Usadan) to‘rtta o‘g‘il orasida ajralib turgan. Usanning nabiraem Xausrav davrida
Qaviylar   yanada   rivojlanishda   bo‘lgan.   Ilk   Qaviylar   Kansavya   (Xamun),
Xaytumant   (Xelmand)   daryosi   bo‘ylarida,   ya’ni   tarixiy   jihatdan   Seyistonda   -
Drangianada yashashgan.
Ma’lumotlarga   ko‘ra,   Xausrav   zamonida   ham   mamlakat   kichik
Qaviyliklarga   bo‘lib   boshqarilgan,   boshliqlari   ham   Qaviy   unvonida   bo‘lishgan.
Shunday hukmdorlardan biri Qaviy Viptaspa bo‘lib, u Baqtriya hukmdori bo‘lgan.
Uning saroyidan Zaratushtraning panoh topganligi voqeasi hammaga ma’lum.
I.V.   Pyankovning   fikricha   shu   davrdan   boshlab   Qaviylar   avlodi
hukmronligining   ikkinchi   davri   boshlanadi.   Shu   davrdan   boshlab   diniy   qarashlar,
ta’limotlar   janggi   boshlangan   desak   mubolag‘a   bo‘lmaydi.   Qaviy   Vishtaspaning
qo‘llab-quvvatlashi,   homiyligi   natijasida   Zaratushtra   ta’limoti   butun   Baqtriya
bo‘ylab   tarqala   boshlaydi.   Shu   davrdan   boshlab   Qadimgi   Baqtriyaning   Qadimgi
Sharq dunyosida o‘z o‘rniga ega bo‘la boshlaganligi kuzatiladi.
Qaviy   Vishtaspaning   hukmronligi   va   payg‘ambar   Zaratushtraning   yashash
davri miloddan avvalgi VII asrning ikkinchi yarmi deb qaralsa xronologik jihatdan
to‘g‘ri   bo‘ladi   va   hozirgi   zamon   sharqshunos   va   qadimshunos   olimlari   ham   shu
davrni e’tirof etishadi.
Ma’lumki,   «Avesto»   asosida   Qaviylar   tarixi   bilan   birinchilardan   bo‘lib
shug‘ullangan,   sharqshunos   olim   A.Kristensen   o‘tgan   asrning   o‘ttizinchi   yillarida
ilk Qaviylarning yashagan davrini miloddn avvalgi 900-775 yillar bilan belgilagan.
Ilk   Qaviylarning   hukmronligi,   mamlakatning   joylashgan   o‘rni   Seyiston
hududiga mos kelishini ham tarixiy va arxeologik manbalar asosida kuzatilgan. G.
Nolining   Kansavya   ko‘lini   Xamun,   Xaytumand   daryosini   Xilmend,   Ushudau tog‘ini   Kuxi   Xvadja   bilan   bog‘laganligiga   adabiyotlarda   hech   kim   qarshi   fikr
bildirgani   yo‘q.   Bil’aks   shu   fikrga   qo‘shimcha   ilmiy   ma’lumotlar   to‘plangan.
Jumladan,   R.   Girshman   Nadiali   qishlog‘i   yonidan   topgan,   mil.av.   VIII   asrga   oid
Surxdag   yodgorligini   I.M.   Dyako nov   Qaviylar   mamlakatining   poytaxti   bo‘lgan
deb hisoblaydi.
Qadimgi   Baqtriya   ham   ilk   Qaviylarning   merosxo‘rlari   hisoblanadi.
Baqtriyada mahalliy Nautar urug‘idan bo‘lgan qabila hukmronlik qilgan. Shu urug‘
namoyandalaridan biri bo‘lgan Vishtasp (Goptasp, Gistasp) Qaviy unvonini qabul
qilgan va Vishtasp  Baqtriyada Qaviylar  sulolasi  va shajarasiga  asos  solgan. Yana
shu   narsa   ayonki,   Vishtaspning   qo‘llab-quvvatlashi   natijasida   Zaratushtraning
zardushtiylik   ta’limoti   keng   yoyilib,   bu   ta’limot   butun   Sharqiy   Eron   va   O‘rta
Osiyoda hukmron mafkura darajasiga ko‘tarilishiga xizmat qilgan bo‘lsa, zardush -
tiylik   esa   eslab   o‘tilgan   hududlardan   ham   kengayib,   Kavkaz   hududlarigacha
yoyilib jahon dinlari qatoriga kirdi.
Demak,   keltirilgan   ma’lumotlar   asosida   shunday   xulosa   qilish   mumkinki,
Qaviylarning   ilk   Vatani   Xamun   ko‘li,   Xil mend   daryosi   bo‘ylari,   Kuxi   Xvadja
tog‘lari   etaklarini,   Qadimgi   Baqtriya   hududlarini   o‘z   ichiga   olgan   va   miloddan
avvalgi IX—VIII asrda hukm surgan.
«Avesto»da qaviy so‘zi kohin-shohlarga, hukmdorlarga nisbatan ishlatilgan.
Xukmdorlarning ko‘pchiligi avval Zardusht ta’limotiga qarshi bo‘lishgan. Shu bois
«Avesto»da   devparast,   kazzob   kabi   so‘zlar   bilan   ta’riflangan.   Avestoshunos
olimlarning aksariyati, jumladan M. Is’hoqovning fikricha, «Qaviy lar» so‘zi orqali
berilgan   bu   tushuncha   Zardushtga   qadar   hukmdor   ha mda   kohin   vazifasini   o‘zida
birlashtirgan   ijtimoiy   qatlamni   ifodalagan.   Kaviy   —   kohinlar   avval   Zardusht
ta’limotiga   dush man   bo‘lishgan.   Keyinroq,   Vishtasp   Zardusht   ta’limotini   qabul
qilgach,   munosabat   o‘zgarishi   kerak   edi.   Lekin   «Avesto»   ga   kirib   qolgan   eski
an’ana   -   Qaviylar   dushman   degan   qarash   saqlanib   qolavergan.   Bu   hol   «Avesto»
kitobining   turli   katlamlari   Zardushtdan   avvalgi   davrlar   maxsuli   bulgan,   degan
fikrni yana bir bor tasdiqlaydi. Ma’lumki,   Qaviylar   ichida   birinchi   bo‘lib   baqtriyalik   Vishtaspa
zardushtiylikni   qabul   qilgan.   Shuning   uchun   «Avesto»   da   Vishtasp   to‘g‘risida
faqat   ijobiy   iboralar   ishlatilgan.   Jumladan:   «Qudratli   Vishtasp».   «Ko‘p   bilimdon
Vishtasp»,   «Pahlavon   Vishtasp»   kabi.   Uni   ta’riflaganda   payg‘ambar   Zardusht
bisotidagi barcha yaxshi so‘zlarni ishlatgan.
Ushbu ta’rifdan ko‘rinadiki Vishtasp Zardushtiylikni qabul qilmasidan oldin
ham Qaviy unvonida bo‘lgan. «Avesto»da saltanat, baxt kushi xvarno deb atalgan.
Kimgaki,   xvarno   (far)   kun   may   turib   shohlikni,   xukmdorlikni   da’vo   qilsa,
noqonuniy   hisoblangan,   Qaviylikni   Axura   Mazda   ato   qiladi   degan   tushuncha
hukmron bo‘lgan. Manbada Qaviylar kuchli qudratga egaligi, ularga xvarno nasib
etganligi,   nafaqat   ularga   balki   ularning   avlod-ajdodlariga,   vorislariga   ham   bu
qudrat meros ekanligi kuylangan.
Demak,   Qaviylik   unvoni   nasldan-naslga,   avloddan-avlodga   o‘tishi,   Axura
Mazda   tomonidan   tasdiqlab   qo‘yilgan   va   Ahamoniylar   imperiyasiga   qadar
Baqtriyada va Drangianada mavjud bo‘lgan.
Qaviy   unvonidan   tashqari   «Avesto»ning   eng   qadimgi   Gag   va   Yasht
qismlarida   boshqaruv   tizimini   ifodalagan   bir   qator   unvonlar   saqlanib   qolganki,
ularni   arxeologik   ma’lumotlar   bilan   taqqoslab,   ijtimoiy   munosabatlar   tarixini
tiklash   imkoniyati   tug‘ilmoqda.   Shunday   terminlardan   biri   «sastar»   bo‘lib,
Avestoshunos olim V.A. Livshisning fikriga qaraganda bu unvon egasi uja (oazis)
va   uning   markazi   hukmdori   maisabida   bo‘lgan.   Xuddi   shu   fikrni   akademik   E.V.
Rtveladze   ham   qo‘llagan,   va   «Avesto»dagi   sastar   tushunchasini   arxeologik
manbalar  bilan,  ya’ni   Bandixon  o‘lkasini  sastar   sifatida e’tirof   etadi  va  o‘lkaning
markazi   sifatida   Bandixon   I   yodgorligini   ko‘rsatib   o‘tadi.   Olimning   fikricha,
o‘lkani boshqargan hukmdor Xarbin boshliq vazifasini ham bajargan.
Qadimgi   Baqtriyada   shunday   o‘lkalarning   nechtasi   aniqlangan,   umuman
oazis-o‘lkaning   qanday   tarixiy   ma’nosi,   ahamiyati   bor?   Fikrimizcha,   o‘zbekcha
ifodalaganda «dehkonchilik o‘lkasi» deb atalsagina maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
Masalan, Bandi xon dehqonchilik o‘lkasi deb atalsa, shu o‘lkani suv manbasi bi lan
ta’minlaydigan   daryo   yoki   kanal,   dehqonchilik   qilinadigan,   sug‘oriladigan   yer maydoni,   yodgorliklar   majmuasi,   keng   chorva   yaylovlari   maydonlari   tushuniladi.
Shu   dehqonchilik   o‘lkani   boshqargan   hukmdorni   «Avesto»da   sastar   deb   atalgan
bo‘lishi mumkin.
«Daxyupati»   termini   esa   «viloyat   hukmdori»   ma’nosini   anglatadi.   E.V.
Rtveladze   bu   viloyatlarni   Yunon   manbalarida   eslanadigan   Gabaza,   Paretaka   va
Bubakena mamlakatlariga taqqoslaydi. Arxeologik jihatdan bir necha dehqonchilik
o‘lkalari   birikib   viloyatni   tashkil   etgan.   Dax’yular   dax’yupatisi   esa   viloyatlar
birikmasini - Baqtriyani tashkil etgan.
Baktriya   Vatanimiz   tarixiga   «podshohlik»   sifatida   kirib   kelgan.   Ammo   uni
podshohlar emas, yuqorida tahlil qilganimizdek Qaviylar, Ahamoniylar imperiyasi
davrida   esa   satraplar   boshqargan.   O‘rta   Osiyo   xalqlari   tarixida   Baqtriyaning
podshohlik   sifatida   qo‘llanishining   asosiy   sababi   rus   adabiyotlaridan   tarjima
natijasida   kirib   kelganligidadir,     ya’ni   «Drevnebaktriyskoe   sarstvo»   iborasi
«Kadimgi   Baktriya   podshohligi»   deb   tarjima   qilingan 1
.   Yevropa   xalqlari   tarixiga
xos   bo‘lgan   «sar»   so‘zini   «podsho»   deb   tarjima   kilganmiz   va   ishlatganmiz
(sarstvo-podshohlik). Bu  ibora  nafaqat   Baqtriya, balki   Xorazmga  ham   tegishlidir,
yani   »Drevnexorezmskoe   sarstvo»   «Qadimgi   Xorazm   podshohligi»   sifatida
qo‘llanib   kelinmoqda.   Tariximiz   rus   tilida   yozilgan   tahdirda   ham   «sar»   so‘zini
ishlatish   to‘g‘ri   emas,   negaki   o‘zbek   davlatchiligi   tarixida   «sar»   boshqaruvi
bo‘lmagan.
Shunga   asoslanib   «Baqtriya   podshohligi»   iborasi   Printa   «Baktriya
Kaviyligi» iborasini qullash maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
Qaviy   tituli   qanday   unutilganligi   to‘g‘risida   gapiradigan   bo‘lsak,   Shohlar
shohi   Doro   I   Ahamoniylar   davlatchiligida   yangi   islohotlarni   amalga   oshirgan.   U
boshqaruv va moliya ishlarini yangi pog‘onaga ko‘targan, butun imperiya xududini
satrapliklarga   bo‘lib   boshqarish   usulini   joriy   etdi.   Satraplik   hududlari   sobiq
mahalliy   davlatlar   va   aholining   etnik   guruhlar   yashaydigan   chegaralari   asosida
bo‘lib   chiqilgan.   Kir   II   yoki   Kambiz   davrida   bosib   olingan   yerlar   mahalliy
hukmdorlar   tomonidan   boshqarilgan   bo‘lsa,   yangi   islohotga   binoan,   satraplik
boshliqlari forsiylardan tayinlanadigan bo‘lgan. Satraplar   va   undagi   harbiy   boshliqlar   shohlar   shohi   va   markaziy   davlat
boshqaruvining   doimiy   nazoratida   bo‘lgan.   Sa traplik   boshqaruvi   va   tekshiruvlar
Xazarpat   tomonidan   amal ga   oshirilgan.   U   bir   vaqtning   o‘zida   shohlar   shohining
shaxsiy gvardiyasini ham boshqargan.
Joylardagi   satrapliklarni   boshkarish   usuli   va   devonxona   tarkibi   Suzadagi
bosh   devonxona   tuzilishini   aynan   takrorlagan,   ya’ni   devonxona   boshlig‘i,
xazinabon,   tashabbusni   bo‘g‘uvchilar,   hisobchilar,   sud’yalar,   hattotlar   va
boshqalar.
Ahamoniylar O‘rta Osiyoning boshqa ko‘pgina hududlari singari Baqtriyani
ham   bosib   olgandan   keyin,   Qaviylar   mustaqillikni   qo‘ldan   berganligi   tabiiy   hol,
albatta. Kir II bosqini davrida Baqtriya hukmdori Tanioksark (Oksiart) bo‘lgan. Bu
haqda ishonchli yozma ma’lumotlar saqlanib qolgan.
Endi   Qadimgi   Baqtriyaning   Axamoniylar   davridagi   satraplari   to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni   keltirib   o‘tmokchimiz.   Bu   borada   Ye.A.   Monchadskayaning
tadqiqotlari diqqatga molikdir.
Keltirilgan   jadvaldan   ma’lum   bo‘ladiki,   Ahamoniylar   davrida   Baqtriyada
Qaviy   unvoni   qo‘llanilmagan,   imperiyaning   barcha   hududida   bo‘lgani   singari   bu
yerda   ham   satraplik   joriy   etilgan   va   ikki   yuz   yil   davom   etgan   Ahamoniylar
imperiyasi   davrida   Qaviylik   boshqaruvi   bilan   birga   Qaviylik   iborasi   ham
unutilgan.   Ahamoniylar   hukmronligidan   keyingi   davrlarda,   xususan,
A.Makedonskiy,   Salavkiylar,   Yunon   Baqtriya,   Kushonlar   saltanati   davrida   zarb
qilingan tangalarda ham Qaviy tituli qo‘llanilmagan.
Keltirilgan   ma’lumotlar   asosida   Qaviylar   to‘g‘risida   shunday   xulosa
qilishimiz   mumkinki,   ular   miloddan   avvalgi   IX   asrlar   oxirida   Sharqiy   Eron   va
Baqtriya   hududlarida   paydo   bo‘lgan   va   Eron   Ahamoniylari   bosqini   davrigacha
hukm surgan.
Ularning   faoliyati   ikki,  ya’ni   ilk   va   so‘nggi   Qaviylar   davriga   bo‘linadi.   Bu
birlashma gohida tarqalib, gohida kuchli siyosiy kuchga aylanib turgan. Uning ilk
davrida   Zardushtiylik   din   sifatida   shakllanmagan.   Ikkinchi   davri   Zaratushtra
faoliyati bilan bog‘liq. Shu davrdan boshlab payg‘ambar Zardusht ta’limoti Qaviy Vishtaspa tomonidan qo‘llab-kuvvatlangan, «Avesto» bunyod etilgan. Shuningdek,
shu   davrdan   boshlab   diniy   qarashlar,   ta’limotlar   janggi   boshlangan.   Qaviy
Vishtaspaning   qo‘llab-   quvvatlashi,   homiyligi   natijasida   Zaratushtra   ta’limoti
butun   Baqtriya   bo‘ylab   tarqala   boshlaydi.   Shu   davrdan   boshlab   Baqtriyaning
Qadimgi Sharq dunyosida o‘z o‘rniga ega bo‘la boshlanganligi kuzatiladi.
Qadimgi   Baqtriyani   yuqorida   tahlil   qilganimizdek   Qaviy lar,   Ahamoniylar
imperiyasi   davrida   esa   satraplar   boshqargan.   Qaviylik   tituli   nasldan-naslga,
avloddan-avlodga   o‘tishi   Axura   Mazda   tomonidan   tasdiqlab   qo‘yilgan   va
Ahamoniylar   imperiyasiga   qadar   Baqtriyada   va   Drangianada   hukmronlik   qilgan.
O‘rta   Osiyo   xalqlari   tarixida   Baqtriyaning   podshohlik   sifatida   qo‘llanishining
asosiy   sababi   rus   va   ingliz   tillardagi   adabiyotlardan   tarjima   natijasida   kirib
kelganligidir.
Axamoniylar   davrida   Baqtriyada   Qaviy   unvoni   qo‘llanilmagan,
imperiyaning barcha hududida bo‘lgani singari bu yerda ham satraplik joriy etilgan
va ikki yuz yil davom etgan Axamoniylar imperiyasi davrida Qaviylik boshqaruvi
bilan birga Qaviy lik iborasi ham unutilgan. Axamoniylar hukmronligidan keyingi
davrlarda,   xususan,   Buyuk   Aleksandr,   Salavkiylar,   Yunon   Baqtriya,   Kushonlar
saltanati davrida zarb qilingan tangalarda ham Qaviy tituli qo‘llanilmagan.
Keltirilgan   ma’lumotlar   va   mulohazalarga   tayanib   taklif   qilmoqchimizki,
yozilayotgan   tarixlarimizda   Qadimgi   Baqtriya   podshohligi   o‘rniga   Qadimgi
Baqtriya qaviyligi atamasini qo‘llasak tariximiz to‘g‘ri yoritilgan bo‘ladi.
Kishilik   jamiyati   taraqqiyoti   o‘z   o‘tmish   ildizi   —   tarixidan   oziq   oladi.
O‘tmish kelajak uchun zamin hozirlaydi. Shu sabab ham har bir davrda o‘tmishga,
tarixga   e’tibor   kuchayadi.   Uni   haqqoniy,   ob’ektiv   yoritish   kunning   dolzarb
masalasiga   aylanadi.   U   avlodlarning   ma’naviy   ruhiyatini   mustahkamlashda   eng
muhim   omil   sanaladi.   Prezident   Islom   Karimov   ta’kidlaganidek,   «tarix   xotirasi,
xalqning, jonajon o‘lkaning, davlatimiz hududining xolis va haqiqiy tarixini tiklash
milliy   o‘zlikni   anglashni,   ta’bir   joiz   bo‘lsa,   milliy   iftixorni   tiklash   va   o‘stirish
jarayonida g‘oyat muhim o‘rin tutadi».   Tarixni   ob’ektiv   yoritishda   moddiy   va   yozma   manbalardan   keng
foydalaniladi.   Ayniqsa,   yozma   manbalar   tarix   uchun   eng   muhim   ob’ektdir.   U
insoniyatning   avlodlari   uchun   qoldirgan   nomasi   bo‘lib,   yozuv   uzoq   va   tadrijiy
rivojlanish   jarayonini   boshdan   kechirgan.   Yozuvlar   tarixini   o‘rganish   orqali   ham
insoniyatning   qanchalik   murakkab   hayot   jarayonlarini   o‘taganligining   guvohi
bo‘lamiz.
Yozuv   insoniyat   tafakkuri   taraqqiyotining   eng   oliy   mahsulidir.   Kelajak
avlod bilan muloqot vositasi, shuningdek, o‘zaro aloqalarini, qo‘shni mamlakatlar
bilan   munosabatni   rivojlantirishning   asosiy   omilidir.   Yozuvlar   tarixi   olimlar
tomonidan   keng   o‘rganilib   kelingan.   Tadqiqotchilar   yozuvlar   ta rixini   o‘rganishda
uning rivojlanish jarayonini bir nechta turlarga ajratishgan.
Insoniyat   tarixida   vujudga   kelgan   ilk   yozuv   -   bu   piktografik   yozuv
hisoblanadi.  U lotincha pikche — tasviriy, grafo- yozaman degan so‘zlardan iborat.
Bu yozuv turi barcha xalqlarda mavjud bo‘lib, uni har bir xalqning o‘zi yaratgan.
Shu   sabab   ham   uning   turlari   nihoyatda   xilma-xildir.   Ilk   pigtografik   belgilar
miloddan   avvalgi   IV   ming   yillikda   shumerliklar   tomonidan   yaratilgan.
Misrliklarning   piktografik   yozuvlari   miloddan   avvalgi   III   ming   yilliklarga,
O‘zbekiston   hududidan   miloddan   avvalgi   II—I   ming   yilliklarga   oid   pigtografik
belgilar   topilgan 3
.   Bunday   yozuv   turlari   Xitoy   va   Hindistondan   ham   topilgan.
Amerikadagi   hindu   kabilalarining   ba’zilari   pigtografik   yozuvlardan   milodiy   XIX
asrgacha foydalangan.
Pigtografik belgilar orqali umumiy ma’lumotlar berilgan. Har bir belgi so‘z
yoki   harakatni,   ba’zida   bir   gap   ifodalangan.   Ularni   tushunish   oson,   yozish   esa
murakkab   bo‘lgan.   Jumladan,   «odam»   tasviri   odam   so‘zini,   «qush»   rasmi   qush
so‘zini anglatgan, «ko‘z» rasmi ko‘z so‘zini yoki ko‘z va suv tasviri «yig‘lamoq»
so‘zi ma’nosini bergan.
 Jamiyat rivojlanishi bilan inson tafakkuri ham taraqqiy etgan. Muomaladagi
g‘oyalarning barchasini pigtografiya asosida ifodalash imkoni bo‘lmay qolgan. Bu
esa   yozuvlarni   yanada   takomillashtirish   zarurligini   taqozo   etgan.   Bu   davrda
ideografiya yozuv turi vujudga kelgan. Ideografiya bu grekcha so‘z bo‘lib, ideya- g‘oya,   grafo   -   yozaman   degan   ma’noni   anglatadi.   Bu   yozuv   turida   tasvir   orqali
ifoda eta olmagan g‘oyalar ifodalangan. Masalan, pigtografik yozuvda ko‘z tasviri
bilan   faqat   «ko‘z»   so‘zini   anglatsa,   ideografiyada   esa,   bu   o‘tkir   ko‘z   ma’nosida
qo‘llanilgan. Bu davrda pigtografik belgilar ikki ma’noda ishlatilgan, bittasi to‘g‘ri
ma’noni anglatsa, ikkinchisi ramziy ma’noda ishlatilgan.
Jamiyat   rivojlanishi   bilan   pigtografik   belgilar,   ya’ni   tasvirlar   ramziy
ravishda   yozila   boshlangan.   Bu   yozuv   tarixda   mixxat   deb   nomlangan.   Mixxat
yozuvi   rasmlarning   sekin-asta   soddalashib   borishi   bilan   ifodalanadi.   Keyinchalik
ularning   umumiy   xususiyatigina   saqlanib,   ramziy   belgilarga   aylangan.   Bu   rasm
chizganga nisbatan  ancha oson va qulay bo‘lgan, chunki  u ver tikal, gorizontal  va
egri  chiziq  ko‘rinishida bo‘lgan. Bunday yozuv  turlari  Mesopotomiyaning  Lapca,
Ur, Eredu, Akkad davlatlarida keng tarqalgan. Shumerliklar yozuvni loy taxtalarga
yozganlar.   Unda   yozilgan   chiziqlarning   uchi   mixga   o‘xshab   qolgan,   yozuvning
nomi   ham   shundan   kelib   chiqqan.   Mixxat   yozuvi   miloddan   avvadgi   III—I   ming
yilliklarda   keng   qo‘llanilgan.   Bu   yozuv   turi   Ossuriya,   Bobil   va   qadimgi   Eron
davlatlarida   keng   tarqalgan.   Mashhur   Behistun   yozuvi,   Persepol   va   Suzadagi
yozuvlar ham mixxat yozuvida yozilgan.
  Mixxat yozuvi dastlab o‘ngdan chapga, ustun tarzida, keyinchalik chapdan
o‘ngga   yozila   boshlangan.   Uning   300   dan   900   gacha   belgisi   bo‘lgan.   Mixxat
yozuvida topilgan eng qadimiy yodgorlik Shumer davlatining hujjati hisoblanadi.
Yozuv   shakllanishidagi   keyingi   jarayon   ieroglif   yozuvining   paydo   bo‘lishi
bilan   bog‘liq.   «Ieroglif»   grekcha   so‘z   bo‘lib,   «muqaddas   kesma   xat»   degan
ma’noni   anglatadi.   Bu   yozuvdagi   belgilar   ayrim   tovushlarni,   bo‘g‘imlarni,
so‘zlarni   va   tushunchalarni   ifodalagan.   Turli   tillarda   gaplashuvchi   xalqlar   ham
undan bemalol foydalana olganlar.
Misr  ierogliflari  mil.avv. III  ming yillikda vujudga kelgan.  U 600 belgidan
iborat   bo‘lgan.   Ularda   buyum,   odam   va   hayvonlar   to‘liq   ifodalangan.   Biror-bir
tushuncha   ramziy   belgilar   orqali   ifodalangan.   Masalan,   «sovuq-suv»   to‘kayotgan
vaza belgisi, «qarilik» qayg‘uga botgan inson tasviri bilan berilgan. Bugungi   kungacha   Xitoy,   Yaponiya,   Koreyada   ieroglif   yozuvidan
foydalanilayapti.  Xitoy ieroglifi Yaponiya yozuviga asos bo‘lgan. Xitoy ieroglifida
60 ming belgi bor. Uning bir necha minggini o‘rgangan xitoyliklar bemalol gazeta
va jurnallarni o‘qiy oladilar.
Alfavitli   yozuvning   vujudga   kelishi   bilan   ieroglif   va   mix xat   yozuvlaridan
foydalanilmay   qo‘yildi.   Bu   esa   ko‘p   yozuvlarning   muomaladan   chiqib   ketishiga
olib   keldi.   Ilk   alfavitli   yozuv   mil.avv.   1100   yilda   Falastinda   g‘arbiy   semit
qabilalaridan   biri   oramiylarda   paydo   bo‘lgan.   Oramiy   yozuvi   qabila   nomi   bi lan
atalgan  va  ularning  tili   qadimgi  yahudiy   va  finikiya  tiliga  yaqin  bo‘lgan.  Oramiy
yozuvida   finikiya   harflari   qo‘llanilgan.   U   22   ta   undosh   va   yarim   undosh
belgilardan   iborat   bo‘lgan.   Finikiya   alfaviti   Kirill,   lotin   va   grek   alfavitiga   asos
solgan.   Fini kiya   alfavitida   misr   ierogliflarida   bo‘lmagan   tovush   belgilari   ham
bo‘lgan.  Har  bir  finikiya harfining  nomi  bo‘lgan:  alef,  bet, gimel,  dalet, zayin  va
boshq.   Alfavitda   harflar   ketma-ketligi   qat’iy   tartibda   bo‘lgan.   Hozirgi   alfavitlar
unga nihoyatda kam  o‘zgartirishlar  kiritgan. Greklar  bu alfavitga unli  tovushlarni
kiritdilar   va   uni   yanada   takomillashtirdilar.   Lotin,   Ki rill   va   runiy   alfavitlari   shu
alfavitlarning g‘oyalari ostida yaratilgan.
Harfli alfavitni dastlab greklar ixtiro qilganlar. Gre klar alfaviti oson va aniq
bo‘lgani   uchun   uni   darrov   boshqa   xalqlar   lidiyaliklar,   frakiyalar,   etruslar   qabul
qildilar. Lotin alfaviti ham grek yozuvi asosida shakllangan.
O‘zbekiston   hududida   ham   yozuvlarning   rivojlanish   jarayonlarini
kuzatishimiz   mumkin.   Bu   yerdan   pigtografik   yozuvlar,   oramiy   yozuvlari,   uning
asosida   xorazm,   boxtariy,   sug‘d   yozuvlari   shakllangan.   Pigtografik   yozuvlar
O‘zbekistonnning   janubiy   hududlaridan   topilgan   Sopollitepa   va   Jarqo‘ton
yodgorliklari mavjud ekanligi aniqlangan.
Sopollitepa   va   Jarqo‘ton   yodgorliklari   XX   asrning   60-70   yillarida
A.Asqarov   tomonidan   o‘rganilgan.   Sopollitepada   olib   borilgan   tadqiqot   ishlari
jarayonida sopol idishlarga yozilgan 29 ta belgi topilgan. Ular shakllariga qarab 8
ta guruhga ajratilgan: yarim oy shakliga o‘xshash, tortilgan kamon shaklida bo‘lib,
o‘rtasidan   to‘g‘ri   chiziq   o‘tkazilgan,   ikkita   to‘g‘ri   chiziq   xoch   shaklida,   ikkita aylanani   birlashtiruvchi   to‘g‘ri   chiziq   «A»   harfini   eslatuvchi   va   ilon   shaklidagi
belgilar   bo‘lgan.   Bu   belgilar   dastlab   topilganda   Sopollitepalik   kulollarning
tamg‘alari   bo‘lsa   kerak   degan   fikr   hukmron   edi.   Lekin   xuddi   shunga   o‘xshash
belgilar   Janubiy   Turkmaniston,   Shimoliy   Afg‘oniston,   Eron   va   Hindiston
hududlaridan topilishi ularning ilk yozuv ekanligini ko‘rsatmoqda. Bu belgilarning
rivojlanishining   keyingi   bosqichini   tadqiqotchilar   Jarqo‘tondan   topdilar.
Jarqo‘tonda   ham   bu   belgilar   faqat   sopol   idishlarda,   xumlar,   ko‘zalar   va
qasqonlarda   uchraydi.   Bu   yerdan   46   ta   belgi   topilgan.   Ularning   ko‘pchiligi   bir
martagina   sopol   idishlarda   yozilgan.   Takroran   ishlatilmagan.   Shu   sabab   ular
guruhlarga   ajratilmagan.   Sopollitepa   yozuvida   belgilar   alohida   ishlatilsa,
Jarqo‘tonda   bir   necha   belgi   birga   yozilgan.   Tadqiqotchilar   fikricha   bu   yozuvning
taraqqiyoti bilan bog‘liq. Jarqo‘tondan topilgan belgilar orasida eng ko‘p uchragani
xoch belgi sanaladi. Bu belgi tumorlarda va muhrlarda ham uchraydi. Ba’zida xoch
bilan   birga   yarim   oy,   aylana   shaklidagi   belgilar   birga   chizilgan.   Bu   dalillar   xoch
belgisining keng tarqalgan belgi ekanligini ko‘rsatadi.
Tadqiqotchilar Jarqo‘tondan topilgan ba’zi belgilarni ularning turmush tarzi
bilan bog‘laydilar.  Omoch shaklida gi va arava g‘ildiragi belgisi shundan dalolatdir.
Jarqo‘ton qabrlaridan narvonga o‘xshash belgi topilgan. Tadqiqotchilar buni narigi
dunyoga   o‘tish   tushunchasi   bilan   ifodalaydilar.   Shunday   belgilar   Erondagi
Shahdod yodgorligidan ham topilgan.
Pigtografik   belgilar   Surxondaryo   viloyati   Sherobod   tumanidagi   G‘oz
qishlog‘idan   ham   topilgan.   Bu   yodgorlik   ilk   temir   davriga   oid   bo‘lib,   bu   yerdagi
topilma   pigtografik   yozuvning   rivojlanganligini   ko‘rsatadi.   Bu   yozuv   yumshoq
tarkibli monolit toshdan yasalgan keli (ugir) da o‘yib ishlangan.   Unda 13 ta bel gi
aniqlangan.   Ular   orasida   murakkab   belgilar   borligi   bilan   ajralib   turadi.
Tadqiqotchilar   fikricha   bu   keli   zardushtiylarning   otashkadasida   muhim   buyum
sanalgan.   Olimlar   kelining   sirtiga   ham   zardushtiylarning   muqaddas   so‘zlari
yozilgan bo‘lsa kerak degan fikrlarni beradilar.
  O‘zbekiston   hududida   qadimgi   davrlarda   oramiy   yozuviga   asoslangan
yozuvlar topilgan.   Ularning eng qadimiysi Qoraqalpog‘iston hududida joylashgan Oybuyirqala yodgorligidan topilgan. Bu yodgorlik miloddan avvalgi V-IV asrlarga
oid   bo‘lib,   u   yerdan   xum   sirtiga   yozilgan   yozuv   topilgan.   Bu   yozuvni   M.   M.
Mambetullaev   va   V.   A.   Liv щ islar   o‘rganganlar.   Xumdagi   yozuvni   V.A.Liv щ is
tahlil   qilgan.   Olim   uni   oramiy   yozuviga   asoslangan   xorazm   yozuvi   deb   aytgan.
Yozuv lotin yozuvida quyidagi kshrinishga ega bo‘lgan: mrys (mry) XI h III III III,
ya’ni   11   mari9-x.   Bu   xumning   sig‘imini   bildirgan.   Hajm   o‘lchovi   mari   Eron,
Parfiya,   Misr   va   Old   Osiyoda   keng   qo‘llanilgan.   Lekin   ular   turlicha   belgilangan.
Xorazmda   1   mari   16,5   yoki   17   litr   bo‘lgan.   Xumga   200   litrga   yaqin   suyuqlik
sig‘gan. Bu topilma Xo razmda qo‘llanilgan hajm o‘lchovi haqida ma’lumot berdi.
Qadimgi   O‘zbekiston   hududida   oramiy   yozuvi   asosida   Xorazm,   Baqtriya,
So‘g‘d   yozuvlari   vujudga   kelgan.   Ularning   tadqiqotchilar   tomonidan   o‘qilishi
tariximizning ko‘pgina jihatlarini yoritishga imkon berdi. Ajdodlarimiz tomonidan
yaratilgan   yuksak   madaniyat   izlari   bugungi   kunda   dunyo   olimlari   tomonidan   tan
olinmoqda.   Aynan   shuning   uchun   ham   yangi   avlod   adabiyotlarini   yaratishda
yozuvlar tarixiga alohida e’tibor berish maqsadga muvofiqdir. A dabiyotlar:
1. Ўзбекистон тарихи фанида инновa ц иялар.Т. -2012.
2. Ўзбекистон  халқлари  тарихи..1-қисм.  Ўқув қўлланма /   Масъул  муҳаррир
А. Асқаров-Т.1992.
3. Ўзбекистоннинг янги тарихи. 1, 2,3-китоблар. - Т.: Шарқ, 2000.
4. Ўзбекистон   тарихи   (1917-1991-йиллар)   Биринчи   ва   иккинчи   китоблар/
масъул муҳаррир Қ.Ражабов.Т.;-“Ўзбекистон”-2019
5. O‘zbekiston   tarixi.   Oliy   o‘quv   yurtlarining   tarix   fakulteti   talabalari   uchun
darslik / Mas’ul muharrir A.S.Sagdullayev. – T., 2019.
6. Ўзбекистон   тарихи.   Ўқув   қўлланма   /   Масъул   муҳаррир   А.С.Сагдуллаев-
Т.1997.
7. Ўзбекистон   давлатчилиги   тарихи   очерклари   /   Масъул   муҳаррир
Д.Алимова-Т.,2001
8. Азамат Зиё. Ўзбек давлатчилиги тарихи  . Т.,2000 
9. Эшов   Б.Ж.   Ўзбекистон   давлатчилиги   тарихи.   Ўқув   қўлланма.   –   Т.:
Маърифат, 2009.
10. Эшов Б. Ўзбекистон давлатчилиги ва бошқаруви тарихи- Т.:2012
11. Эшов   Б.,   Одилов   А.   Ўзбекистон   тарихи.   1-жилд.   Энг   қадимги   даврдан
XIX аср ўрталаригача. Дарслик. – Т., 2014.
12. Shamsutdinov   R ,   Karimov   Sh ,   Xoshimov   S. .   Vatan   tarixi   1 ,2,3 -kitob.   O’quv
qo’llanma-T.”Sharq”-2016

Qadimgi Baqtriya Kaviyligi haqida ayrim mulohazalar Reja: 1. Qadimgi Baqtriya k aviyligi haqida ayrim mulohazalar 2. I lk yozuvlar tarixi va ularning o‘rganilishi

So‘nggi yillarda Baqtriya tarixi yanada yorqinroq o‘rganilmoqda ilgari noma’lum bo‘lgan qadimgi madaniyatlar fanga joriy etilmoqda. Ulardan eng mashxuri bulgan Sopolli madaniyati apiu bronza davrida Qadimgi Sharq xalqlari bilan yaqindan madaniy aloqada bo‘lib, Markaziy Osiyoda eng qadimgi sivilizatsiyaga asos solganlar. Shu madaniyatning tadrijiy rivojlanishi natijasida mil.avv. IX asr oxiri va VIII asr boshlarida Qadimgi Baqtriya madaniyatiga, qolaversa, Qadimgi Baqtriya davlatiga asos solingan. Yunonlar bosqini davrigacha hukm surgan bu davlatning Qadimgi Sharq dunyosida o‘z o‘rni bo‘lgan, Markaziy Osiyo xalqlarining etnik shakllanishida, madaniy taraqqiyotida beshik rolini bajargan. Bu fikrni hech bir tarixchi inkor etmaydi. Garchi mahalliy va xorijlik tadqiqotchilar tomonidan qadimgi Baqtriya tarixiga doir ko‘plab tadqiqotlar olib borilgan bo‘lsada, bu borada hali o‘z yechimini kutayotgan muammolar talaygina. Shunday masalalardan biri ilk Qaviylar davlati masalasidir. O‘rta Osiyo va Sharqiy Eron hududlarida tashkil topgan eng qadimgi davlatlardan biri bo‘lgan Qaviylar to‘g‘risidagi yozma ma’lumotlar «Avesto» va Firdavsiyning «Shohnoma» asarida saqlangan. «Avesto»ning Chixrdod naskida ilk Qaviylar Ushudau tog‘idan oqib keladigan Xaytumand daryosi va Kansavya ko‘li bo‘yida joylashgan. Avestoshunos G. Noli ushbu ma’lumotlarda keltirilgan Kansavya ko‘lini Xamun, Xaytumand daryosini Xilmend. Ushudau tog‘ini Ko‘xi Xvadja bilan bog‘laydi va xozirgi O‘zbekiston hududiga to‘g‘ri keladi deb hisoblaydi. «Qaviy» so‘zining ma’nosi kelib chiqish tarixi nihoyatda munozarali bo‘lib, I.V. Pyankov bu so‘zning paydo bo‘lishish taraqqiyot bosqichlarini quyidagicha talkin qiladi: temirchi (sehrgar) — ilohiy shoir (olim, ustoz) — hukmdor . Fikrimizcha olimning so‘nggi, ya’ni xukmdor bosqichi tarixiy manbalar asosida keltirilgan, ammo temirchi sehrgar olim kabi bosqichlari isbotlanmagan va olimning fikrlash doirasidan kelib chiqqan. Ammo shuni ta’kidlash joizki, I.V. Pyankov juda ham ishonarli taklif kiritgan. U taklif etgan Qaviy so‘zining

evolyusion taraqqiyot yo‘lini bemalol qabul qilsa bo‘ladi, negaki, Qaviylar kuylanayotgan zamon O‘rta Osiyoda temirning paydo bolish davri hisoblanadi . O‘sha zamonda temirdan foydalanish sir tutilib, undan buyumlar yasash faqat «sehrgar»larning qo‘lidan kelishi mumkin bo‘lgan. Ikkinchi taklifi, ya’ni ilohiy shoir, olim odam yoki ustozlargina xalqni o‘z ta’limoti asosida boshqarishi va hukmdor darajasiga yetishishi mumkii bo‘lgan deb hisoblaymiz. Qaviylar haqidagi ma’lumotlar qadimgi zamonlardan ikkiga bo‘lingan. Birinchisida, Sam urug‘idan bo‘lgan Qaviylarning mardligi va qahramonliklari kuylangan bo‘lsa, ikkinchisida Q aviy Vishtaspaning diniy qahramonliklari kuylangan. Manbalarda Sam urug‘ining keyingi hayoti to‘g‘risidagi ma’lumotlar uchramasada, urug‘ boshlig‘i Krsasp keyingi davr manbalarida Gershasp shaklida keng tarqalgan. Qaviy hukmdorlar o‘rtasida o‘zaro nizolar paydo bo‘lganligi, buning natijasida Qaviylarning bo‘linib ketish voqealari ham manbalarda saqlangan. Sam urug‘i hukmdorlaridan biri bo‘lgan Syavarshanning (Siyavush) o‘g‘li Xausravning (Xishrav) Turon yurti - Qang‘ga ketib qolganligi, u yerda o‘z sulolasini, urug‘ jamoasini tashkil etganligi haqidagi ma’lumotlar ham saqlangan. Turon yurtiga Xishravning kelishi tarixiy haqiqatga juda yaqin, birinchidan, Toshkent vohasida miloddan avvalgi IX—VIII asrdan boshlab yangi, arxeologik madaniyat - Burgulyuk (Burg‘uluq, Burkanlik) madaniyati tarqaladi. Ushbu madaniyatning paydo bo‘lishi muammosi arxeologik jihatdan hal etilgan masala emas. O‘rta Osiyoda shu tipdagi madaniyatlarning paydo bo‘lishini (Yoz, Kuchuk, Tilla, Qizil) tadqiqotchilar asosan ko‘chmanchilarning o‘troqlashishi, shimoliy yoki janubiy mintaqalardan xalqlarning ko‘chib kelishi bilan bog‘laydilar. V. I. Sarianidining fikri bo‘yicha shu tipdagi madaniyatlar Eron, ya’ni, Seyistondan Afg‘oniston orqali Surhon, Zarafshon, Toshkent va Farg‘ona vodiysiga tarqalgan. V.I. Sarianidining bu fikrini tahlil qiladigan bo‘lsak, birinchidan, bu hududlardan olingan arxeologik ma’lumotlar, yozma manbalar ma’lumotlarini tasdiqlaydi. Ikkinchidan, Qanqa ko‘hna shahrining Toshkent vohasida mavjudligi va bu shaharning voha markazi darajasigacha yetganligidir. Uchinchidan, Toshkent

vohasida «Xishrav» tari xiy toponimining mavjudligi va bu etnotoponimning bugungi kungacha e’zozlanib, xalqning yodidan ko‘tarilmay kelayotganligi tarixiy haqiqatdir. I.V. Pyankovning ta’kidlashicha, ilk Qaviylarning asoschisi Qaviy Kavata bo‘lib, uning merosxo‘ri Qaviy Apivaxu hisoblanadi. Uning turtta ugli b^lib, Kaviylarning xududi shu turtta ugillar Urtasida taqsimlangan. Qaviy Usan (Usadan) to‘rtta o‘g‘il orasida ajralib turgan. Usanning nabiraem Xausrav davrida Qaviylar yanada rivojlanishda bo‘lgan. Ilk Qaviylar Kansavya (Xamun), Xaytumant (Xelmand) daryosi bo‘ylarida, ya’ni tarixiy jihatdan Seyistonda - Drangianada yashashgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Xausrav zamonida ham mamlakat kichik Qaviyliklarga bo‘lib boshqarilgan, boshliqlari ham Qaviy unvonida bo‘lishgan. Shunday hukmdorlardan biri Qaviy Viptaspa bo‘lib, u Baqtriya hukmdori bo‘lgan. Uning saroyidan Zaratushtraning panoh topganligi voqeasi hammaga ma’lum. I.V. Pyankovning fikricha shu davrdan boshlab Qaviylar avlodi hukmronligining ikkinchi davri boshlanadi. Shu davrdan boshlab diniy qarashlar, ta’limotlar janggi boshlangan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Qaviy Vishtaspaning qo‘llab-quvvatlashi, homiyligi natijasida Zaratushtra ta’limoti butun Baqtriya bo‘ylab tarqala boshlaydi. Shu davrdan boshlab Qadimgi Baqtriyaning Qadimgi Sharq dunyosida o‘z o‘rniga ega bo‘la boshlaganligi kuzatiladi. Qaviy Vishtaspaning hukmronligi va payg‘ambar Zaratushtraning yashash davri miloddan avvalgi VII asrning ikkinchi yarmi deb qaralsa xronologik jihatdan to‘g‘ri bo‘ladi va hozirgi zamon sharqshunos va qadimshunos olimlari ham shu davrni e’tirof etishadi. Ma’lumki, «Avesto» asosida Qaviylar tarixi bilan birinchilardan bo‘lib shug‘ullangan, sharqshunos olim A.Kristensen o‘tgan asrning o‘ttizinchi yillarida ilk Qaviylarning yashagan davrini miloddn avvalgi 900-775 yillar bilan belgilagan. Ilk Qaviylarning hukmronligi, mamlakatning joylashgan o‘rni Seyiston hududiga mos kelishini ham tarixiy va arxeologik manbalar asosida kuzatilgan. G. Nolining Kansavya ko‘lini Xamun, Xaytumand daryosini Xilmend, Ushudau

tog‘ini Kuxi Xvadja bilan bog‘laganligiga adabiyotlarda hech kim qarshi fikr bildirgani yo‘q. Bil’aks shu fikrga qo‘shimcha ilmiy ma’lumotlar to‘plangan. Jumladan, R. Girshman Nadiali qishlog‘i yonidan topgan, mil.av. VIII asrga oid Surxdag yodgorligini I.M. Dyako nov Qaviylar mamlakatining poytaxti bo‘lgan deb hisoblaydi. Qadimgi Baqtriya ham ilk Qaviylarning merosxo‘rlari hisoblanadi. Baqtriyada mahalliy Nautar urug‘idan bo‘lgan qabila hukmronlik qilgan. Shu urug‘ namoyandalaridan biri bo‘lgan Vishtasp (Goptasp, Gistasp) Qaviy unvonini qabul qilgan va Vishtasp Baqtriyada Qaviylar sulolasi va shajarasiga asos solgan. Yana shu narsa ayonki, Vishtaspning qo‘llab-quvvatlashi natijasida Zaratushtraning zardushtiylik ta’limoti keng yoyilib, bu ta’limot butun Sharqiy Eron va O‘rta Osiyoda hukmron mafkura darajasiga ko‘tarilishiga xizmat qilgan bo‘lsa, zardush - tiylik esa eslab o‘tilgan hududlardan ham kengayib, Kavkaz hududlarigacha yoyilib jahon dinlari qatoriga kirdi. Demak, keltirilgan ma’lumotlar asosida shunday xulosa qilish mumkinki, Qaviylarning ilk Vatani Xamun ko‘li, Xil mend daryosi bo‘ylari, Kuxi Xvadja tog‘lari etaklarini, Qadimgi Baqtriya hududlarini o‘z ichiga olgan va miloddan avvalgi IX—VIII asrda hukm surgan. «Avesto»da qaviy so‘zi kohin-shohlarga, hukmdorlarga nisbatan ishlatilgan. Xukmdorlarning ko‘pchiligi avval Zardusht ta’limotiga qarshi bo‘lishgan. Shu bois «Avesto»da devparast, kazzob kabi so‘zlar bilan ta’riflangan. Avestoshunos olimlarning aksariyati, jumladan M. Is’hoqovning fikricha, «Qaviy lar» so‘zi orqali berilgan bu tushuncha Zardushtga qadar hukmdor ha mda kohin vazifasini o‘zida birlashtirgan ijtimoiy qatlamni ifodalagan. Kaviy — kohinlar avval Zardusht ta’limotiga dush man bo‘lishgan. Keyinroq, Vishtasp Zardusht ta’limotini qabul qilgach, munosabat o‘zgarishi kerak edi. Lekin «Avesto» ga kirib qolgan eski an’ana - Qaviylar dushman degan qarash saqlanib qolavergan. Bu hol «Avesto» kitobining turli katlamlari Zardushtdan avvalgi davrlar maxsuli bulgan, degan fikrni yana bir bor tasdiqlaydi.