logo

“Dunyoning eng buyuk savdogari ”asari haqida mulohazalar

Yuklangan vaqt:

19.11.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

36.771484375 KB
  “Dunyoning eng buyuk savdogari ”asari haqida mulohazalar
Reja:
1.Og Mandio hayot yo’li.
2.Og Mandioning ,,Dunyoning eng buyuk savdogari’’asari badiiyati.
3.Og   Mandioning   ,,Dunyoning   eng   buyuk   savdogari’’asaridan
chiqargan xulosam.
Asosiy so’z va iboralar: motivatsiya, Og Mandio,Dunyoning eng
savdogari, yashash siri
Og  Mandino   (1923-1996)   –  amerikalik  yozuvchi.   Onasi   vafot   etgach,  u   17
yoshida   qog‘oz   fabrikasiga   ishga   kirdi,   so‘ngra   harbiy   uchuvchilik   o‘quv   yurtida
tahsil   oldi,   Ikkinchi   jahon   urushida   qatnashdi.   Urushdan   keyin   “Bu   ishni   bugun
bajar!”   so‘zlarini   o‘ziga   shior   qilgan   Mandino   dastavval   notiq   sifatida   tanildi.
Aynan   uning   notiqlik   san’ati   tufayli   minglab   tinglovchilar   hayotini   qaytadan
boshlashdi,   ma’naviyatini   boyitish   mo‘‘jizasini   kashf   etishdi.   Keng   omma   bilan
muloqot uning vujudida bolalikdagi yozuvchilikka bo‘lgan qobiliyatini uyg‘otdi va
ijodga   kirishdi.   Yozgan   asarlari   mavzusi   qiziqarli   va   o‘ziga   xos   bo‘lgani   uchun
kitoblari   qo‘lma-qo‘l   o‘qildi,   dunyo   bo‘ylab   tarqaldi.   Uning   “Buyuk   savdogar”,
“Yaxshi   yashash   siri”,   “Akabar   “Umidnoma”si”,   “Dunyo-dagi   buyuk   mo‘‘jiza”
kabi   14   ta   kitobi   jahondagi   25   tilda   50   milliondan   ortiq   nusxada   bosilib
chiqqan. Og   Mandino   savdo   bo yicha   mutaxassis   va   „The   Greatest   Salesman   inʻ
the   World“   („Dunyoning   eng   buyuk   sotuvchisi“)   kitobining   muallifi.   U   bugungi
kunda ham eng hurmatli mualliflar qatorida hisoblanadi. U 1976-yilgacha   Success
Unlimited   jurnalining   prezidenti   bo lgan   va   barcha   davrlarning   jumladan	
ʻ   Milliy
notiqlar uyushmasining   eng yaxshi ma ruzachilaridan biri hisoblangan.	
ʼ
Og   Mandino   dunyodagi   shaxsiy   rivojlanishga   oid   fikrlarining   eng   yaxshi
yetakchisidir. U o nlab kitoblarni yozgan, jumladan, dunyodagi eng ko p sotilgan	
ʻ ʻ
kitoblar   ro yxatida   birinchi   o rinni   egallagan   „Dunyoning   eng   buyuk   sotuvchisi“	
ʻ ʻ
asari buning yorqin isbotidir. Shuningdek, u professional notiq edi.
Mandino W. Clemet Stone bilan yaqin do st edi. U ko p yillar davomida Amw y	
ʻ ʻ ɑ
kompaniyasida motivatsion seminarlar tashkil etdi.
Asarga quyidagi taqriz yoziladi:  “Sen nimagadir urinib ko‘rsang va bundan
hech narsa chiqara olmasang,aslo  uyalib o‘tirma.Sening bu xarakating hech narsa
qilmasdan vaqtini bekorga o‘tkazgan odamga nisbatan ming chandon yaxshiroq”
Og   Mandio-Amerikalik   yozuvchi.Aslida   ko‘p   yozuvchilarning   tarjimayi   holini
o‘qiganimizda   ularda   qandaydir   oldindan   tayyorlangan   buyuklikning
belgilari,o‘zgacha   hislatlar   bo‘ladi.Yozuvchi   qismatidan   farqli   o‘laroq   ushbu iqtidorni o‘zida shakllantirgan Og Mandio jahon adabiyotidagi umumiy“ko‘rinmas
yo‘l”ni barcha uchun oshkor etadi! Uning dunyo yuzini ko‘rgan asarlari o‘zgacha
muvaffaqiyat   bilan   qarshi   olinadi.Mashxur   asarlari:“Buyuk   savdogar”,   m“Yaxshi
yashash   siri”,   “Akabar   “Umidnoma”si”,   “Dunyodagi   buyuk   mo‘‘jiza”   kabi   14   ta
kitobi jahondagi 25 tilda 50 milliondan ortiq nusxada bosilib chiqqan.
Asar haqida
Asar bu har bir kitobxon uchun - qo‘llanma! Unda YAShASh SIRI aytiladi.
Asarda   voqealar   rivoji   asosiy   planda   qo‘yilmaydi.   Markaziy   obraz   orqali
yozuvchining   insoniyatga   yetkazmoqchi   bo‘lgan   tavsiyalari   ,   yo‘l   -yo‘riqlari
izohlab   ,   tushuntirib   beriladi.   Yozuvchi   asar   syujetini   bitta   ipga   teradi.   Ya‘ni
obrazlarning   taqdiri   bir   -biriga   bog‘langan   holda   davom   ettiriladi.   Boy   savdogar
Patrosning   hayot   yo‘li   -   Xafidning   hayot   yo‘li   -   Pavelning   hayot   yo‘li   (   Garchi
Pavelning   hayot   yo‘li   Xafidning   oldiga   kelgunicha   yaratilgani   aytilsa-da   ,   uning
keyingi taqdiri kitobxonga ma‘lum bo‘ladi!) Har bir voqealikda yozuvchi keyingi
voqealik   uchun   bittada   luqma   tashlab   ketadi.   Buni   asarni   ikkinchi   marotaba
o‘qigan   odam   ko‘proq   his   qilib,   tushunadi.   Asardagi   qahramonlarni
birlashtirib ,hayot yo‘lini o‘xshashligiga sabab : “Dunyoning eng buyuk savdogari”
maqomi va “Nomalar”dir!
Ruhiyat .
Asarda   yozuvchi   har   bir   qahramonga   alohida   xarakter   va   ruhiyat
yuklaydi.Insonni   iymonini   yuzaga   chiqaradigan   narsa   bu   -   DINdir.   Mana   shu
iymon   ,ishonch,   e‘tiqod   har   bir   qahramonga   singdirilgan.   Asarda   Iso
payg‘ambarning   hayot   yo‘li   bilan   bog‘liq   voqea   atrofida   mana   shu   3   shaxs
(   Patros,   Xafid,   Pavel)   gavdalantiriladi.   Ya‘ni   Iso   payg‘ambar   tug‘ilgan   kechada
Xafidning   chaqaloqni   o‘ragan   yopinchig‘i   (   bu   voqeadan   keyin,   Xafid   Alloh
tomonidan   xoslar   ichidan   joy   oladi)   ,   Pavelning   o‘sha   yopinchiqni   oradan   ancha
yillardan   keyin   topib,   Iso   payg‘ambar   dinini   targ‘ib   qilishi.(   Yopinchiq   esa
Patrosga   tegishli)   Har   uchchala   shaxsning   “dunyoning   eng   buyuk   savdogari   ”
bo‘lishiga   aynan   shu   voqealar   sabab   bo‘ladi.Inson   nimagaki   erishmoqchi   bo‘lsa,
unga kuchli ruhiyat va iroda kerak bo‘ladi:
Asarning“ mag‘zi ”
Asardagi   “mag‘z”   bu   -   nomalar!   Insonni   to‘g‘ri   yashashga   o‘rgatadigan   ,
iymonini   butun,   irodasini   mustahkam   ,   o‘ziga   bo‘lgan   ishonchni   yanada
orttiradigan   bu   -nomalar!   Har   bir   nomada   ko‘rilgan,   kuzatilgan   hikmatlar,
qarashlar   berib   boriladi.   Garchi   asarda   savdo   soxasida   -dunyoning   eng   buyuk
savdogari   bo‘lish   tavsiyalari   yozilgan   bo‘lsa-da   ,   bu   asarni   turli   kasb   vakillari,
butun insoniyat o‘zining olamini qayta yaratish uchun ham o‘qishi kerak! Asardagi
hikmatlar   va   dalilga   ega   bo‘lgan   fikrlar   insonni   qaytadan   kashf   qiladi:“Mingta
donishmanddan   "omad   nima?"   deb   so‘rasang,   ularning   xar   biri   ayricha   javob qaytaradi. Ammo, ulardan omadsizlik nima, deb so‘rasang, hammasi bir xil javob
beradi:   "Omadsizlik   —   bu   katta   yo   kichik   bo‘lishidan   qat'i   nazar   hayotiy
maqsadlarga   yeta   olish   qobiliyatiga   ega   bo‘lmaslikdir".Asardan   kitobxon   o‘ziga
nima   oladi?   Eng   avvalo   ,   hayotga   bo‘lgan   qarashi   o‘zgaradi.   Muhabbat,
mag‘lubiyat,   qat‘iyat,   ishonch,   g‘alaba,   mehnat,   hissiyot   harakat,   tajriba   kabi
tushunchalarni   qaytadan   kashf   qiladi!Eng   muhimi,   yozuvchi   aytganidek,   “Men
bugun   yangi   hayot   boshlayman”   deya   o‘ziga   baralla   ayta   oladi!«Meni   harorati
bilan   isitgani   uchun   Quyoshni   yana   boshqatdan   sevaman.   Mening   qalbimdagi
g‘amlarni   va   tushkun   xislarimni   yuvib   ketayotgani   uchun   yomg‘irga   xam   o‘z
sevgimni   tortiq   etaman.   Yo‘limni   yoritgani   uchun   —   men   nurni   sevaman.   O‘z
bag‘rida   yulduzlarni   yashirgani   uchun   —   qorong‘ilikni   sevaman.   Men   baxtni
shodon qarshi olaman — chunki u xayotimni yanada go‘zallashtiradi.»
«Men   qayg‘udan   xam   ranjimayman,   chunki   u   o‘z   botinimni   chuqurroq
anglashimga   ko‘maklashadi.   Xar   bir   mukofotni   keragidek   qarshi   olaman,   xar   bir
qarshilikni   ham   taqdirning   davati   sifatida   qabul   qilaman.   Birinchisini   quvonch
bilan   kutib   olaman,   keyingisini   yengib   o‘taman.   Nimaniki   qilmay,   xammasiga
sevinch va muhabbat bilan yondashaman.»
«Men   quyoshni   ham   yana   boshqatdan   sevaman.Mening   qalbimdagi   g‘amlarni   va
tushkun   xislarimni   yuvib   ketayotgani   uchun   yomg‘irga   xam   o‘z   sevgimni   tortiq
etaman. Yo‘limni yoritgani uchun — men nurni sevaman. O‘z bag’rida yulduzlarni
yashirgani uchun — qorong‘ilikni sevaman. Men baxtni shodon qarshi olaman —
chunki   u   hayotimni   yanada   go‘zallashtiradi.   Men   qayg‘udan   ham   ranjimayman,
chunki u o‘z botinimni chuqurroq anglashimga ko‘maklashadi. Har bir mukofotni
keragidek   qarshi   olaman,   xar   bir   qarshilikni   ham   taqdirning   davati   sifatida   qabul
qilaman.   Birinchisini   quvonch   bilan   kutib   olaman,   keyingisini   yengib   o‘taman.
Nimaiki qilmay, hammasiga sevinch va muhabbat bilan yondashaman.»
!Asarni   o'z   hayotini   o'zgartirmoqchi   bo'lgan   ,   nimagadir   erishmoqni   niyat   qilgan
barcha kitobxonlarga o'qishni tavsiya qilaman!
Bugun men o'z hissiyotlarimning qiroli bo'laman .
Suvlar oqib keladi suvlar oqib ketadi.   Qish tugaydi va yoz keladi. Yoz chekina
boshlasa   yana   qish   xukmronlik   qila   boshlaydi.   Quyosh   chiqadi   va   quyosh
botadi.  Qushlar   uchib   keladi   va   uchib   ketadi.  Gullar   ochiladi   va   gullar   so'ladi.
Urug'larni   ekadilar   va   hosilni   yig'ishtirib   oladilar.   Tabiat   bu   hodisalarning
aylanib   turishidir.   Men   ham   tabiatning   bir   qismiman.   Shuning   uchun   mening
kayfiyatim ham goh ko'tariladi- goh tushadi.  
Bugun men o'z hissiyotlarimning qiroli bo'laman .
  Quyidagi   holat   tabiatning   sirlaridan   biridir:   men   har   kuni   kechagidan   ko'ra
boshqacha   kayfiyatda   uyg'onaman.   Kechagi   xushchaqchaqlik   bugungig'amga aylanadi,   bugungi   g'am   esa   ertangi   xursandchilikka   aylanadi.   Mening   ichimda
allaqanday   g'aroyib   aylana   bordek.   U   doimo   g'amdan   -xursandchlikka,
tushkunlikdan   -taajjubga   baxtsizlikdan-   baxtga   qarab   aylanaveradi.   Bugungi
xushvaqtlikning   g'unchalari   ertaga   so'ladi.   Lekin   men   bir   narsani   esimdan
chiqarmayman.   So'lgan   g'unchalar   o'z   ichiga   kelajakda   unishi   mumkin   bo'lgan
gulning   urug'ini   saqlaydigandek,   mening   ham   bugungi   g'amim   ertangi   kun
xursandchiligini saqlaydi.
Bugun men o'z hissiyotlarimning qiroli bo'laman . Har kunim serhosil bo'lishi
uchun men nima qilishim kerak?Agar mening kayfiyatim yomon bo'lsa, kunim
ham unumsiz bo'ladi. Gullar va daraxtlarning o'sib unishi tabiatga bog'liq. Men
esa   ob   -havoni   o'zim   yarataman,   chunki   u   mening   ichimda.   Agar   men
xaridorlarimga   yomg'ir,   zulmat   va   tushkunlik   keltirsam,   ular   ham   menga   shu
bilan   javob   beradilar   va   mendan   hech   narsa   sotib   olmaydilar.   Ammo   men
xaridorlarga xursandchilik, xushvaqtlik keltirsam, ular ham ilhomlanib ketadilar
va mening savdoyim juda omadli bo'ladi.  
Bugun men o'z hissiyotlarimning qiroli bo'laman .
Men o'z  his tuyg'ularimni  qanday jilovlashim  kerak?Men  qadimdan qolgan bir
sirni   bilib   oldim:   qatiyatsiz   odamning   fikrlari,   uning   harakatlari   ustidan
hukmronlik   qiladi,   dovyurak   odam   esa   fikrini   harakatiga   bo'ysundiradi.Har
ertalab   uyqudan   uyg'ongach,   men   mana   shu   qoidaga   bo'ysunaman.   Aks   holda
g'am   va   omadsizlik   meni   o'z   iskanjasiga   oladi.Agar   men   o'zimni   g'amgin
sezsam, men qo'shiq aytaman. Agar men hafa bo'lsam, men kula boshlayman.  
Agar men o'zimni yomon his qilsam. Men ikki baravar ko'p harakat qilaman.  
Agar  men  qo'rquv sezsam,   o'zimni   oldinga  tashlanishga   majbur   qilaman.  Agar
men   tushkunlikka   tushsam,   mening   ovozim   balandroq   chiqadi.   Kambag'allikni
seza   boshlasam,   kelajakdagi   boyligim   haqida   o'ylayman.   Agar   men   o'zimni
nodon sezsam, oldingi yutuqlarimni eslayman.  
Agar men o'zimni keraksiz den his qilsam, o'zimni maqsadlarimni eslayman.  
Bugun   men   o'z   hissiyotlarimning   qiroli   bo'laman. Men   doimo   bir   fikrni
yodda   saqlayman.   Faqat   bo'ysunishni   biladiganlar   muvaffaqiyat   cho'qqisida
turib   qolishlari   mumkin.   Lekin   men   bo'ysunuvchi   emasman.   Meni   yo'q
qilmoqchi   bo'lgan   kuchlar   bilan   kurashishim   kerak   bo'ladigan   kunlar   keladi.
G'am   va   ishonchsizlik   kabi   dushmanlarimni   tez   tanib   olaman.   Lekin   shunaqa
yovuz   kuchlar   ham   borki,   ular   menga   jilmayib   qo'l   uzatib   yaqinlashadi.   Lekin
men doimo sergak turishim kerak va ularni nazorat ostida ushlashim kerak.   Mag'rurlikni  his qilsam - omadsizlikni eslayman.
To'qlikni   his   qilsam   och   yurgan   kunlarimni   eslayman.   Rohatlanish   sezsam-
kurashgan davrim ko'z oldimga keladi.
Kuch - qudratni  his qilsam- xo'rliklar esimga tushadi.
Manmanlikni   his   qilsam-   shamolni   jilovlashga   harakat   qilaman.   Badavlat
bo'lganimda - men qashshoqligimni eslayman
Mansabimga  aqida qilsam- men nochorligimni eslayman. 
Meno'zimni  dunyoda tengsiz deb o'ylasam- osmondagi yulduzlarga boqaman.  
Bugun men o'z hissiyotlarimning qiroli bo'laman.
Bu o'rgangan yangi bilimlarim bilan men kimga murojat qilsam, o'sha odamning
his   tuyg'ularini   tushuna   olaman.   Men   u   odamning   serzardaligi   vaqo'polligidan
xafa bo'lmayman. Chunki u o'zini tuta bilish sirini bilmaydi. Men uning barcha
sovuq   muomalasiga   chidayman,   chunki   u   ertaga   o'zgaradi.   Men   odam   haqida
bitta   suhbatdan   keyin   xulosa   chiqarmayman.   Besamar   uchrashuv,
hamsuhbatimning   nafrati   ertaga   menga   qaytarilmaydi.   Bugun   u   oltin   arava
uchun   sariq   chaqa   ham   bermadi,   ertaga   esa   u   quruq   taxta   uchun   uyini   ham
berishga tayyor bo'ladi. Bu sirni bilish katta boylikka eltuvchi kalit.
Bugun men o'z hissiyotlarimning qiroli bo'laman. Odamlarda va o'zimda ro'y
beradigan   kayfiyat   o'zgarishini   men   endi   tushunaman.   Bundan   buyon   men   har
bur   qadamim   uchun   javobgarlikni   his   qilaman.   Men   taqdirim   xukmdoriga
aylanaman.   Bugun   men   taqdirimning   egasiman.   Mening   kelajagim   buyuk
savdogar bo'lish. 
Men o'z o'zimningsultonim bo'laman. Men buyuk bo'laman.
Zamonaviy   adabiy   tanqidda   "motiv"   atamasi   turli   uslubiy   sharoitlarda   va   turli
maqsadlarda   qo'llaniladi,   bu   asosan   kontseptsiya   talqinidagi   farqlarni   va   uning
eng   muhim   xususiyatlarini   tushuntiradi.   Motivning   umumiy   qabul   qilingan
ko'rsatkichi   uning   takrorlanuvchanligidir.   «...   Asarda   motiv   sifatida,   -   deydi
B.Gasparov,   -   har   qanday   hodisa,   har   qanday   semantik«   nuqta   »-   hodisa,
xarakterning   o'ziga   xos   xususiyati,   manzara   elementi,   har   qanday   predmet,
og'zaki   so'z,   bo'yoq,   tovush   va   boshqalar;   motivni   belgilaydigan   yagona   narsa
bu uning matnda takrorlanishi, shuning uchun an'anaviy hikoyachilikdan farqli
o'laroq,   u   diskret   komponentlar   ("belgilar"   yoki   "voqealar")   deb   hisoblanishi
mumkin bo'lgan oldindan yoki kamroq aniqlanganligi sababli, berilgan "alifbo"
mavjud   emas   "-   bu   to'g'ridan-to'g'ri   strukturani   joylashtirishda   va   struktura orqali   shakllanadi"Dunyodagi   mavjudotlar   orasida   odamzotning   alohida   o‘rni
borligi   bejiz   emas.   Chunki   buyuk   Yaratgan   tomonidan   inson   ruh   va   hissiyot
bilan   ne‘matlangan.   Shu   sababli   biz   qolgan   tirik   jondan   farq   qilamiz.
Xursandchilik,   xafagarchilik,   pessemistik   yoki   optimistik   kayfiyatlar   inson
ruhiyatiga   xos   bo‘lgan   hodisalar   sanaladi.   Ammo   ularga   ta‘sir   qiluvchi   tashqi
omillar sabab bu ruhiyat ijobiy yoki salbiy tomonga o‘zgarib turadi. Albatta, bu
sabablar   qatorida   badiiyat   alohida   o‘rin   egallaydi.   So‘z   kuchi   shu   qadar
buyukki, u hatto ―jar yoqasida turgan  odamni ―hayotga  qaytara oladi. Buni‖ ‖
o‘z   tajribamdan  kelib  chiqqan   holda   ham   bemalol   ayta  olaman!   Tom  ma‘noda
bunday kuchga ega asarlar chiqish adabiyotida ham, botish vakillari ijodida ham
talaygina.   Ammo   ularning   orasida   alohida   uslubi   va   juda   ham   jo‘n   voqealar
asosiga   chuqur   ma‘no   singdirilganligi   bilan   ajralib   turuvchi   asarlardan   biri   bu
Og Mandinioning ―Dunyoning eng buyuk savdogari  asari, mening fikrimcha.	
‖
Avvalo, bu asardagi uslub o‘ziga jalb qiladi kishini. Asarning kirish qismi eng
buyuk   savdogar   va   uning   ezgulikka   yo‘g‘rilgan   hayoti   haqida   boradi.   So‘ngra
uning   o‘tmishi   va   u   oddiy   tuyaboqardan   qanday   qilib   buyuk   savdogarga
aylangani haqidagi voqealar bayon qilinadi. Insonning kelajagini, odatda, uning
hayotidagi   eng   og‘ir   vaziyatda   qabul   qilgan   qarori   belgilab   beradi.   Og
Mandinioning   hayotida   ham   aynan   shunday   voqea   bo‘lganki,   yozuvchi   ushbu
voqeani   asar   muqaddimasida   o‘quvchilarga   havola   etgan.   Borgan   sari
omadsizlik va kambag‘allik botqog‘iga botib ketayotgan Mandinio bir kechada
umriga   nihoya   yasashga   ahd   qiladi   va   ko‘cha   kezib   ―lombard   idorasining
chang   bosgan   derazasidan   narxi   29   dollar   bo‘lgan   kichik   bir   to‘pponchani	
‖
ko‘rib qoladi. Va cho‘ntagidan oxirgi  chaqalarini  olib qarasaki,  30 dollar!  Shu
tobda,   shu   to‘pponchani   sotib   olib,   darhol   joniga   qasd   qilishni   hayolidan
o‘tkazadi.   Tabiiyki,   irodasi   bunga   yo‘l   qo‘ymaydi.   Alamlar   girdobida   yana
atrofni   kezishga   tushadi.   Izg‘iy   –izg‘iy   jamoat   kutubxonasining   yoniga   kelib
qoladi.   Dastavval,   tashqari   sovuqligi   uchungina   kutubxonaga   kirganMandinio
minglab   kitoblar   orasiga   sho‘ng‘ib   ketadi   va   so‘nggi   najotni   kitoblardan   izlay
boshlaydi. U hayotda yo‘lini topmoqchi bo‘lganlar uchun zarur maslahatlar bera
oladigan   bir   qancha   adabiyotlarni   olib   o‘qishga   kirishadi.   Bu   esa   uning
hayotidagi   tub   burilishning   ilk   qadami   bo‘ladi.   Shu   tariqa   u   juda   ko‘p
kutubxonalarda   bo‘ladi   va   o‘zi   uchun   uni   butkul   o‘zgartirgan,   tom   ma‘noda
qutqara   olgan   asarni   kashf   etadi.   Bu   Klement   Stounning   ―Ishonch—
muvaffaqiyat   garovi  nomli  asari  edi.  Stounning omad  falsafasini   o‘zida  tatbiq	
‖
etgan   Mandinio   butkul   yangi   hayot   boshlaydi   va   shu   zaylda   yangi   zafarlar
olamiga   kirib   boradi.   Birgina   asar   orqali   inson   ongiga   kirib,   uning   ruhiyatiga
ta‘sir   qila   olgan   motiv   uning   hayotini   o‘zgartirib   yuborishga   qodir   ekanini
muallifning   hayoti   misolida   ham   ko‘rdik.   O‘zi   kabi   ba‘zida   omadsizlikka uchrab, qaltis vaziyatlarda noto‘g‘ri qaror qabul qiluvchi fe‘l-atvor egalariga oz
bo‘lsada   yo‘l   ko‘rsatish,   ularni   ruhlantirish,eng   asosiysi,   hech   qachon   ortga
chekinmaslikka   undovchi   asar   yozishga   ahd   qilgan   Og   Mandinioning   ushbu
asari millionlab o‘quvchilarning hayotini izga solishga o‘z hissasini qo‘shganiga
sira   ham   shubha   yo‘q!   Tadqiqotlar   natijasida   shaxsning   rivojlanishi   aynan
o‘tmishni yodga olmasdan, yoki eski xatolarni takrorlashdan qo‘rqmay, oldinga
dadil   qadam   tashlagan   payttagina   ro‘y   berishi   aniqlangan.   Insonni   oldinga
harakat qilishi va o‘ziga bo‘lgan ishonchini ortishida mana shu kabi ruhiy ozuqa
va   motivatsiyaga   boy   asarlar   inson   psixologiyasiga   ijobiy   ta‘sir   ko‘rsatadi.
Ammo   hozirgi   kunda   urfga   kirgan,   tazyiq   va   bosimga   asoslangan   ba‘zi
yozmalar   bundan   mustasnodir.   ―Dunyoning   eng   buyuk   savdogari   asarining‖
yana bir o‘ziga xos jihati esa ushbu asar mutolaasi davomida siz o‘zingiz bilan
―tillashasiz, ya‘ni asarning ko‘p qismi ―men tilidan yozilgan va bu uslub o‘z
muvaffaqiyatiga   erisha   olgan.   Asar   bu   har   bir   kitobxon   uchun   –   qo’llanma!
Unda   YASHASH   SIRI   aytiladi.   Asarda   voqealar   rivoji   asosiy   planda
qo’yilmaydi.   Markaziy   obraz   orqali   yozuvchining   insoniyatga   yetkazmoqchi
bo’lgan tavsiyalari , yo’l –yo’riqlari izohlab , tushuntirib beriladi. Yozuvchi asar
syujetini   bitta   ipga   teradi.   Ya‘ni   obrazlarning   taqdiri   bir   -biriga   bog’langan
holda davom ettiriladi. Boy savdogar  Patrosning hayot  yo’li - Xafidning hayot
yo’li   -   Pavelning   hayot   yo’li   (   Garchi   Pavelning   hayot   yo’li   Xafidning   oldiga
kelgunicha   yaratilgani   aytilsa-da   ,   uning   keyingi   taqdiri   kitobxonga   ma‘lum
bo’ladi!)   Har   bir   voqealikda   yozuvchi   keyingi   voqealik   uchun   bittadan   luqma
tashlab   ketadi.   Buni   asarni   ikkinchi   marotaba   o’qigan   odam   ko’proq   his   qilib,
tushunadi.   Asardagi   qahramonlarni   birlashtirib   turuvchi   va   hayot   yo’llarining
o’xshashligini   belgilaydigan   omil   -   Dunyoning   eng   buyuk   savdogari   maqomi
‖
va   ―Nomalardir!   Asarda   yozuvchi   har   bir   qahramonga   alohida   xarakter   va
ruhiyat   yuklaydi.Insonni   iymonini   yuzaga   chiqaradigan   narsa   bu   -   DINdir.
Mana shu iymon ,ishonch, e‘tiqod har bir qahramonga singdirilgan. Asarda Iso
payg’ambarning   hayot   yo’li   bilan   bog’liq   voqea   atrofida   mana   shu   3   shaxs
(Patros, Xafid, Pavel) gavdalantiriladi. Ya‘ni Iso payg’ambar tug’ilgan kechada
Xafidning   chaqaloqni   o’ragan   yopinchig’i   (   bu   voqeadan   keyin,   Xafid   Alloh
tomonidan xoslar ichidan joy oladi) , Pavelning o’sha yopinchiqni oradan ancha
yillardan   keyin   topib,   Iso   payg’ambar   dinini   targ’ib   qilishi.(   Yopinchiq   esa
Patrosga   tegishli)   Har   uchchala   shaxsning   ―dunyoning   eng   buyuk   savdogari
bo’lishiga   aynan   shu   voqealar   sabab   bo’ladi.Inson   nimagaki   erishmoqchi	
‖
bo’lsa,   unga   kuchli   ruhiyat,   iroda   va   jasorat   kerak   bo’lishi   ta‘kidlanadi.
Asarning   ―mag’zi   bu   -   nomalar!   Asarda   insonni   to’g’ri   yashashga
o’rgatadigan,   iymonini   butun,   irodasini   mustahkam   ,   o’ziga   bo’lgan   ishonchni
yanada   orttiradigan   narsa   bu   –nomalar   qilib   belgilangan   !   Har   bir   nomada ko’rilgan,   kuzatilgan   hikmatlar,   qarashlar   berib   boriladi.   Garchi   asarda   savdo
sohasida dunyoning eng buyuk savdogari bo’lish tavsiyalari yozilgan bo’lsa-da ,
bu   asarni   turli   kasb   vakillari,   butun   insoniyat   o’zining   olamini   qayta   yaratish
uchun   ham   o’qishi   kerak!   Asardagi   hikmatlar   va   dalilga   ega   bo’lgan   fikrlar
insonni   qaytadan   kashf   qiladi:   ―Mingta   donish   manddan   "omad   nima?"   deb
so‘rasang,   ularning   har   biri   ayricha   javob   qaytaradi.   Ammo   ulardan
―omadsizlik nima?, deb so‘rasang, hammasi bir xil javob beradi: "Omadsizlik
—   bu   katta   yo   kichik   bo‘lishidan   qat'iy   nazar   hayotiy   maqsadlarga   yeta   olish
qobiliyatiga   ega   bo‘lmaslikdir".   Asardan   kitobxon   o’ziga   nima   oladi?!   Eng
avvalo   ,   hayotga   bo’’lgan   qarashi   o’zgaradi.   Muhabbat,   mag’lubiyat,   qat’iyat,
ishonch, g’alaba, mehnat, hissiyot, harakat, tajriba kabi tushunchalarni qaytadan
kashf   qiladi!Eng   muhimi,   yozuvchi   aytganidek,   ―Men   bugun   yangi   hayot
boshlayman   deya o’ziga baralla ayta oladi!Asarni o'z hayotini o'zgartirmoqchi
bo'lgan   ,   nimagadir   erishmoqni   niyat   qilgan   barcha   kitobxonlarga   o'qishni
tavsiya qilaman!
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.ziyouz.com.
2. Og Mandino.Dunyoning eng buyuk savdogari. – Toshkent. DAVR PRESS
NMU. 2016-yil.
3.Izzat Sulton .Adabiyot Nazariyasi . ―,,O‘qituvchi nashriyot’’. 1986. 
4. www. Ziyonet. uz veb-sahifasi.
 5. www. moscsp.ru veb-sahifas.

“Dunyoning eng buyuk savdogari ”asari haqida mulohazalar Reja: 1.Og Mandio hayot yo’li. 2.Og Mandioning ,,Dunyoning eng buyuk savdogari’’asari badiiyati. 3.Og Mandioning ,,Dunyoning eng buyuk savdogari’’asaridan chiqargan xulosam. Asosiy so’z va iboralar: motivatsiya, Og Mandio,Dunyoning eng savdogari, yashash siri Og Mandino (1923-1996) – amerikalik yozuvchi. Onasi vafot etgach, u 17 yoshida qog‘oz fabrikasiga ishga kirdi, so‘ngra harbiy uchuvchilik o‘quv yurtida tahsil oldi, Ikkinchi jahon urushida qatnashdi. Urushdan keyin “Bu ishni bugun bajar!” so‘zlarini o‘ziga shior qilgan Mandino dastavval notiq sifatida tanildi. Aynan uning notiqlik san’ati tufayli minglab tinglovchilar hayotini qaytadan boshlashdi, ma’naviyatini boyitish mo‘‘jizasini kashf etishdi. Keng omma bilan muloqot uning vujudida bolalikdagi yozuvchilikka bo‘lgan qobiliyatini uyg‘otdi va ijodga kirishdi. Yozgan asarlari mavzusi qiziqarli va o‘ziga xos bo‘lgani uchun kitoblari qo‘lma-qo‘l o‘qildi, dunyo bo‘ylab tarqaldi. Uning “Buyuk savdogar”, “Yaxshi yashash siri”, “Akabar “Umidnoma”si”, “Dunyo-dagi buyuk mo‘‘jiza” kabi 14 ta kitobi jahondagi 25 tilda 50 milliondan ortiq nusxada bosilib chiqqan. Og Mandino savdo bo yicha mutaxassis va „The Greatest Salesman inʻ the World“ („Dunyoning eng buyuk sotuvchisi“) kitobining muallifi. U bugungi kunda ham eng hurmatli mualliflar qatorida hisoblanadi. U 1976-yilgacha Success Unlimited jurnalining prezidenti bo lgan va barcha davrlarning jumladan ʻ Milliy notiqlar uyushmasining eng yaxshi ma ruzachilaridan biri hisoblangan. ʼ Og Mandino dunyodagi shaxsiy rivojlanishga oid fikrlarining eng yaxshi yetakchisidir. U o nlab kitoblarni yozgan, jumladan, dunyodagi eng ko p sotilgan ʻ ʻ kitoblar ro yxatida birinchi o rinni egallagan „Dunyoning eng buyuk sotuvchisi“ ʻ ʻ asari buning yorqin isbotidir. Shuningdek, u professional notiq edi. Mandino W. Clemet Stone bilan yaqin do st edi. U ko p yillar davomida Amw y ʻ ʻ ɑ kompaniyasida motivatsion seminarlar tashkil etdi. Asarga quyidagi taqriz yoziladi: “Sen nimagadir urinib ko‘rsang va bundan hech narsa chiqara olmasang,aslo uyalib o‘tirma.Sening bu xarakating hech narsa qilmasdan vaqtini bekorga o‘tkazgan odamga nisbatan ming chandon yaxshiroq” Og Mandio-Amerikalik yozuvchi.Aslida ko‘p yozuvchilarning tarjimayi holini o‘qiganimizda ularda qandaydir oldindan tayyorlangan buyuklikning belgilari,o‘zgacha hislatlar bo‘ladi.Yozuvchi qismatidan farqli o‘laroq ushbu

iqtidorni o‘zida shakllantirgan Og Mandio jahon adabiyotidagi umumiy“ko‘rinmas yo‘l”ni barcha uchun oshkor etadi! Uning dunyo yuzini ko‘rgan asarlari o‘zgacha muvaffaqiyat bilan qarshi olinadi.Mashxur asarlari:“Buyuk savdogar”, m“Yaxshi yashash siri”, “Akabar “Umidnoma”si”, “Dunyodagi buyuk mo‘‘jiza” kabi 14 ta kitobi jahondagi 25 tilda 50 milliondan ortiq nusxada bosilib chiqqan. Asar haqida Asar bu har bir kitobxon uchun - qo‘llanma! Unda YAShASh SIRI aytiladi. Asarda voqealar rivoji asosiy planda qo‘yilmaydi. Markaziy obraz orqali yozuvchining insoniyatga yetkazmoqchi bo‘lgan tavsiyalari , yo‘l -yo‘riqlari izohlab , tushuntirib beriladi. Yozuvchi asar syujetini bitta ipga teradi. Ya‘ni obrazlarning taqdiri bir -biriga bog‘langan holda davom ettiriladi. Boy savdogar Patrosning hayot yo‘li - Xafidning hayot yo‘li - Pavelning hayot yo‘li ( Garchi Pavelning hayot yo‘li Xafidning oldiga kelgunicha yaratilgani aytilsa-da , uning keyingi taqdiri kitobxonga ma‘lum bo‘ladi!) Har bir voqealikda yozuvchi keyingi voqealik uchun bittada luqma tashlab ketadi. Buni asarni ikkinchi marotaba o‘qigan odam ko‘proq his qilib, tushunadi. Asardagi qahramonlarni birlashtirib ,hayot yo‘lini o‘xshashligiga sabab : “Dunyoning eng buyuk savdogari” maqomi va “Nomalar”dir! Ruhiyat . Asarda yozuvchi har bir qahramonga alohida xarakter va ruhiyat yuklaydi.Insonni iymonini yuzaga chiqaradigan narsa bu - DINdir. Mana shu iymon ,ishonch, e‘tiqod har bir qahramonga singdirilgan. Asarda Iso payg‘ambarning hayot yo‘li bilan bog‘liq voqea atrofida mana shu 3 shaxs ( Patros, Xafid, Pavel) gavdalantiriladi. Ya‘ni Iso payg‘ambar tug‘ilgan kechada Xafidning chaqaloqni o‘ragan yopinchig‘i ( bu voqeadan keyin, Xafid Alloh tomonidan xoslar ichidan joy oladi) , Pavelning o‘sha yopinchiqni oradan ancha yillardan keyin topib, Iso payg‘ambar dinini targ‘ib qilishi.( Yopinchiq esa Patrosga tegishli) Har uchchala shaxsning “dunyoning eng buyuk savdogari ” bo‘lishiga aynan shu voqealar sabab bo‘ladi.Inson nimagaki erishmoqchi bo‘lsa, unga kuchli ruhiyat va iroda kerak bo‘ladi: Asarning“ mag‘zi ” Asardagi “mag‘z” bu - nomalar! Insonni to‘g‘ri yashashga o‘rgatadigan , iymonini butun, irodasini mustahkam , o‘ziga bo‘lgan ishonchni yanada orttiradigan bu -nomalar! Har bir nomada ko‘rilgan, kuzatilgan hikmatlar, qarashlar berib boriladi. Garchi asarda savdo soxasida -dunyoning eng buyuk savdogari bo‘lish tavsiyalari yozilgan bo‘lsa-da , bu asarni turli kasb vakillari, butun insoniyat o‘zining olamini qayta yaratish uchun ham o‘qishi kerak! Asardagi hikmatlar va dalilga ega bo‘lgan fikrlar insonni qaytadan kashf qiladi:“Mingta donishmanddan "omad nima?" deb so‘rasang, ularning xar biri ayricha javob

qaytaradi. Ammo, ulardan omadsizlik nima, deb so‘rasang, hammasi bir xil javob beradi: "Omadsizlik — bu katta yo kichik bo‘lishidan qat'i nazar hayotiy maqsadlarga yeta olish qobiliyatiga ega bo‘lmaslikdir".Asardan kitobxon o‘ziga nima oladi? Eng avvalo , hayotga bo‘lgan qarashi o‘zgaradi. Muhabbat, mag‘lubiyat, qat‘iyat, ishonch, g‘alaba, mehnat, hissiyot harakat, tajriba kabi tushunchalarni qaytadan kashf qiladi!Eng muhimi, yozuvchi aytganidek, “Men bugun yangi hayot boshlayman” deya o‘ziga baralla ayta oladi!«Meni harorati bilan isitgani uchun Quyoshni yana boshqatdan sevaman. Mening qalbimdagi g‘amlarni va tushkun xislarimni yuvib ketayotgani uchun yomg‘irga xam o‘z sevgimni tortiq etaman. Yo‘limni yoritgani uchun — men nurni sevaman. O‘z bag‘rida yulduzlarni yashirgani uchun — qorong‘ilikni sevaman. Men baxtni shodon qarshi olaman — chunki u xayotimni yanada go‘zallashtiradi.» «Men qayg‘udan xam ranjimayman, chunki u o‘z botinimni chuqurroq anglashimga ko‘maklashadi. Xar bir mukofotni keragidek qarshi olaman, xar bir qarshilikni ham taqdirning davati sifatida qabul qilaman. Birinchisini quvonch bilan kutib olaman, keyingisini yengib o‘taman. Nimaniki qilmay, xammasiga sevinch va muhabbat bilan yondashaman.» «Men quyoshni ham yana boshqatdan sevaman.Mening qalbimdagi g‘amlarni va tushkun xislarimni yuvib ketayotgani uchun yomg‘irga xam o‘z sevgimni tortiq etaman. Yo‘limni yoritgani uchun — men nurni sevaman. O‘z bag’rida yulduzlarni yashirgani uchun — qorong‘ilikni sevaman. Men baxtni shodon qarshi olaman — chunki u hayotimni yanada go‘zallashtiradi. Men qayg‘udan ham ranjimayman, chunki u o‘z botinimni chuqurroq anglashimga ko‘maklashadi. Har bir mukofotni keragidek qarshi olaman, xar bir qarshilikni ham taqdirning davati sifatida qabul qilaman. Birinchisini quvonch bilan kutib olaman, keyingisini yengib o‘taman. Nimaiki qilmay, hammasiga sevinch va muhabbat bilan yondashaman.» !Asarni o'z hayotini o'zgartirmoqchi bo'lgan , nimagadir erishmoqni niyat qilgan barcha kitobxonlarga o'qishni tavsiya qilaman! Bugun men o'z hissiyotlarimning qiroli bo'laman . Suvlar oqib keladi suvlar oqib ketadi. Qish tugaydi va yoz keladi. Yoz chekina boshlasa yana qish xukmronlik qila boshlaydi. Quyosh chiqadi va quyosh botadi. Qushlar uchib keladi va uchib ketadi. Gullar ochiladi va gullar so'ladi. Urug'larni ekadilar va hosilni yig'ishtirib oladilar. Tabiat bu hodisalarning aylanib turishidir. Men ham tabiatning bir qismiman. Shuning uchun mening kayfiyatim ham goh ko'tariladi- goh tushadi. Bugun men o'z hissiyotlarimning qiroli bo'laman . Quyidagi holat tabiatning sirlaridan biridir: men har kuni kechagidan ko'ra boshqacha kayfiyatda uyg'onaman. Kechagi xushchaqchaqlik bugungig'amga

aylanadi, bugungi g'am esa ertangi xursandchilikka aylanadi. Mening ichimda allaqanday g'aroyib aylana bordek. U doimo g'amdan -xursandchlikka, tushkunlikdan -taajjubga baxtsizlikdan- baxtga qarab aylanaveradi. Bugungi xushvaqtlikning g'unchalari ertaga so'ladi. Lekin men bir narsani esimdan chiqarmayman. So'lgan g'unchalar o'z ichiga kelajakda unishi mumkin bo'lgan gulning urug'ini saqlaydigandek, mening ham bugungi g'amim ertangi kun xursandchiligini saqlaydi. Bugun men o'z hissiyotlarimning qiroli bo'laman . Har kunim serhosil bo'lishi uchun men nima qilishim kerak?Agar mening kayfiyatim yomon bo'lsa, kunim ham unumsiz bo'ladi. Gullar va daraxtlarning o'sib unishi tabiatga bog'liq. Men esa ob -havoni o'zim yarataman, chunki u mening ichimda. Agar men xaridorlarimga yomg'ir, zulmat va tushkunlik keltirsam, ular ham menga shu bilan javob beradilar va mendan hech narsa sotib olmaydilar. Ammo men xaridorlarga xursandchilik, xushvaqtlik keltirsam, ular ham ilhomlanib ketadilar va mening savdoyim juda omadli bo'ladi. Bugun men o'z hissiyotlarimning qiroli bo'laman . Men o'z his tuyg'ularimni qanday jilovlashim kerak?Men qadimdan qolgan bir sirni bilib oldim: qatiyatsiz odamning fikrlari, uning harakatlari ustidan hukmronlik qiladi, dovyurak odam esa fikrini harakatiga bo'ysundiradi.Har ertalab uyqudan uyg'ongach, men mana shu qoidaga bo'ysunaman. Aks holda g'am va omadsizlik meni o'z iskanjasiga oladi.Agar men o'zimni g'amgin sezsam, men qo'shiq aytaman. Agar men hafa bo'lsam, men kula boshlayman. Agar men o'zimni yomon his qilsam. Men ikki baravar ko'p harakat qilaman. Agar men qo'rquv sezsam, o'zimni oldinga tashlanishga majbur qilaman. Agar men tushkunlikka tushsam, mening ovozim balandroq chiqadi. Kambag'allikni seza boshlasam, kelajakdagi boyligim haqida o'ylayman. Agar men o'zimni nodon sezsam, oldingi yutuqlarimni eslayman. Agar men o'zimni keraksiz den his qilsam, o'zimni maqsadlarimni eslayman. Bugun men o'z hissiyotlarimning qiroli bo'laman. Men doimo bir fikrni yodda saqlayman. Faqat bo'ysunishni biladiganlar muvaffaqiyat cho'qqisida turib qolishlari mumkin. Lekin men bo'ysunuvchi emasman. Meni yo'q qilmoqchi bo'lgan kuchlar bilan kurashishim kerak bo'ladigan kunlar keladi. G'am va ishonchsizlik kabi dushmanlarimni tez tanib olaman. Lekin shunaqa yovuz kuchlar ham borki, ular menga jilmayib qo'l uzatib yaqinlashadi. Lekin men doimo sergak turishim kerak va ularni nazorat ostida ushlashim kerak.

Mag'rurlikni his qilsam - omadsizlikni eslayman. To'qlikni his qilsam och yurgan kunlarimni eslayman. Rohatlanish sezsam- kurashgan davrim ko'z oldimga keladi. Kuch - qudratni his qilsam- xo'rliklar esimga tushadi. Manmanlikni his qilsam- shamolni jilovlashga harakat qilaman. Badavlat bo'lganimda - men qashshoqligimni eslayman Mansabimga aqida qilsam- men nochorligimni eslayman. Meno'zimni dunyoda tengsiz deb o'ylasam- osmondagi yulduzlarga boqaman. Bugun men o'z hissiyotlarimning qiroli bo'laman. Bu o'rgangan yangi bilimlarim bilan men kimga murojat qilsam, o'sha odamning his tuyg'ularini tushuna olaman. Men u odamning serzardaligi vaqo'polligidan xafa bo'lmayman. Chunki u o'zini tuta bilish sirini bilmaydi. Men uning barcha sovuq muomalasiga chidayman, chunki u ertaga o'zgaradi. Men odam haqida bitta suhbatdan keyin xulosa chiqarmayman. Besamar uchrashuv, hamsuhbatimning nafrati ertaga menga qaytarilmaydi. Bugun u oltin arava uchun sariq chaqa ham bermadi, ertaga esa u quruq taxta uchun uyini ham berishga tayyor bo'ladi. Bu sirni bilish katta boylikka eltuvchi kalit. Bugun men o'z hissiyotlarimning qiroli bo'laman. Odamlarda va o'zimda ro'y beradigan kayfiyat o'zgarishini men endi tushunaman. Bundan buyon men har bur qadamim uchun javobgarlikni his qilaman. Men taqdirim xukmdoriga aylanaman. Bugun men taqdirimning egasiman. Mening kelajagim buyuk savdogar bo'lish. Men o'z o'zimningsultonim bo'laman. Men buyuk bo'laman. Zamonaviy adabiy tanqidda "motiv" atamasi turli uslubiy sharoitlarda va turli maqsadlarda qo'llaniladi, bu asosan kontseptsiya talqinidagi farqlarni va uning eng muhim xususiyatlarini tushuntiradi. Motivning umumiy qabul qilingan ko'rsatkichi uning takrorlanuvchanligidir. «... Asarda motiv sifatida, - deydi B.Gasparov, - har qanday hodisa, har qanday semantik« nuqta »- hodisa, xarakterning o'ziga xos xususiyati, manzara elementi, har qanday predmet, og'zaki so'z, bo'yoq, tovush va boshqalar; motivni belgilaydigan yagona narsa bu uning matnda takrorlanishi, shuning uchun an'anaviy hikoyachilikdan farqli o'laroq, u diskret komponentlar ("belgilar" yoki "voqealar") deb hisoblanishi mumkin bo'lgan oldindan yoki kamroq aniqlanganligi sababli, berilgan "alifbo" mavjud emas "- bu to'g'ridan-to'g'ri strukturani joylashtirishda va struktura