logo

Den Braunning IBTIDO asari haqida

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

24.154296875 KB
Den Braunning     "IBTIDO" asari haqida
Reja:
1. Den Braunning "Ibtido" asari haqida.
2. "Ibtido" asarining sujeti.
3. Asardagi obrazlar tizimi.
4. Voqealarning rivojlanishiga ta'sir qilgan detallar.
5. Yangilikka bo'lgan munosabat.
6. Tabiatning o'zgarmas qonuni.
7. Haqiqat oldida hamma bosh egadi.
  Den   Braun   -   taniqli   amerikalik   yozuvchi,   Time   jurnali   tomonidan
dunyodagi   eng   nufuzli   100   kishidan   biri.     Uning   kitoblari   56   tilga
tarjima   qilingan   va   umumiy   tiraji   200   million   nusxadan   ortiq.     Den
Braun   bir   qator   romanlari   bilan   dunyoga   mashhur   bo'ldi.   NOV
Kriptologiya   professori   Robert   Lengdon   haqida,   kodlar,   shifrlar   va
belgilarni   ochish   bo'yicha   dunyodagi   eng   yaxshi   mutaxassis.     "Da
Vinchi   kodi",   "Farishtalar   va   jinlar",   "Do'zax"   -ushbu   kitoblarning
barchasi   eng   ko'p   sotilgan   kitoblar   bo'ldi,   shuningdek,   xuddi   shu
nomdagi   filmlarning   asosini   tashkil   etdi,   ularda   bosh   rol   beqiyos
o'ynalgan.
Amerikalik   yozuvchi   Dan   Braunning   detektiv   romani   bo'lgan   "Ibtido"
Robert   Lengdon   haqidagi   kitoblar   seriyasining   beshinchi   qismi
hisoblanadi. Kitob  dastlab "Double day" nashriyoti tomonidan 2017-yil
3-oktabrda chop etilgan.O zbek tilida   esa ilk bora 2021-yilda Orifaxonʻ
G'ulomova tomonidan tarjima qilinib, nashr etildi.
"Ibtido"-triller   janriga   mansub   asar   bo‘lib,   Robert   Lengdon   seriyasida
«Inferno»dan keyingi beshinchi kitob hisoblanadi
( Robert Langdon ishtirokidagi asarlar ketma-ketligi:
1) "Farishtalar va shaytonlar"(2000)
2) "Da Vinchi siri"(2003)
3) "Yo'qotilgan belgi"(2009)
4) "Inferno"(2013).
Asar   voqealari   asosan   Ispaniyada,   qisman   Dubay   va   Budapeshtda   yuz
beradi. 2018 yil  Avgust oyida asar «New York Times»ning  eng yaxshi
sotilgan   kitoblar   ro‘yxatidan   birinchi   o‘rinni   egalladi   hamda   23   hafta
mobaynida ro‘yxatdan tushmadi. Den   Braunning   har   bir   asarida   mahobatli   muzeylar,   cherkovlar,
zamonaviy   texnologiyalar,   tarixiy   shaxslar   bilan   bog liq   voqeaʼ
hodisalarga   duch   kelish   mumkin.   А sar   o ta   shiddat   bilan   boshlanib	
ʼ
o quvchini qiziqtirib, ikkilantirib, tezroq yechim topishga undaydi. «Da	
ʼ
Vinchi   siri»dagi   professor   Robert   Lengdonni   taniysizmi?   Buyuk   olim,
sa nat   ixlosmandi,   tilsimlar   izquvari.   «Ibtido»   asarida   Robertning
ʼ
shogirdi   Edmond   Kirsh   esa   ustozidan   ham   o tgan   daho,	
ʼ
texnologiyalarning   ashaddiy   muxlisi,   san atni   hayot   mazmuniga	
ʼ
aylantirgan, ilm-fan yo lida hech narsadan qaytmaydigan o zgacha inson	
ʼ ʼ
sifatida gavdalantirilgan. 
«Biz   qaerdan   paydo   bo lganmiz?»   «Kelajakda   bizni   nimalar	
ʼ
kutmoqda?»   Bu   savollar   olimlar   va   turli   e tiqod   egalarining   bahslariga	
ʼ
sabab   bo lgan.   Professor   Robert   Lengdon   o z   shogirdi,   yosh   futurolog	
ʼ ʼ
Edmond Kirshning taklifi bilan Ispaniyaga boradi va uning taqdimotida
ushbu   savollarga   javob   berilishidan   xabar   topadi.   А mmo   u   javobni
eshitishga ulgurmaydi, hammasi chappasiga aylanib ketadi…
Daho Edmond Kirshning o limidan kim manfaat ko rgan? Bizni oldinda	
ʼ ʼ
rostan ham nima kutmoqda? Kirshning buyuk kashfiyoti nimadan iborat
edi? Qirolning dahshatli siri nima edi? Kodlar, sirlar…
Kitobxon   asarni   nihoyasiga   yetkazgandagina   asl   «Ibtido»   Intihoda
ekanligini anglaydi.
Asarni   mutolaa   qilar   ekansiz,   yozuvchi   sizni     ajablantirishdan
to'xtamaydi.  Asardagi mahorat ila qo'llangan so'zlar, atamalar sizni asar
atmosferasini   his   qilishingizga   to'laqonli   yordam   beradi.   Asarni   o'qish
davomida   voqealarning   keskin   burilishlarga   boyligidan   sahifa   ketidan
sahifalar o'tib borayotganini hatto sezmaysiz ham.  Asar   bosh   qahramoni   Edmond   Kirsh   o'zining   olamshumul   kashfiyot
qilganini va bu kashfiyoti yer yuzidagi barcha dinlarning ildiziga qattiq
zarba berishi mumkinligini his qilgan holda avvalo ularni 3 ta katta din
ulamolariga  taqdim   etishni   maqsad  qiladi:     ,,... Kashfiyotim   dinlaringiz
asosini titratmaydi, balki butunlay chilparchin qiladi."
Kirshning   ushbu   so'zlari   uning   ixtirosi   qanchalar   muhimligiga
ishontirishga harakat qiladi.
Tabiatan juda qiziqqon, lekin uzoqni ko'zlab ish qiluvchi qahramonimiz
Dunyo   dinlari   parlamentiga   kashfiyotni   1   oydan   so'ng   ommaga   e'lon
qilishini aytib, sal o'tgach esa aniqrog'i, 3 kundan so'ng uni Ispaniyaning
Bilbao   shahridagi   Guggenhaym   muzeyida   uni   ommaga   e'lon   qilish
rejasini puxta tayyorlab qo'ygandi.
Axir   din   ulamolari   o'zlarining   dinlarini   himoya   qilish   yo'lida   hech
narsadan qaytmasligini u juda yaxshi bilardi.
"... Tarixan yer yuzidagi odamlarning eng xavflisi - Xudoning odamlari.
Ayniqsa,   ularning   Xudolariga   tahdid   qilinsa   bormi...   Men   hozir
qovog'arining   iniga   yonayotgan   nayzani   uloqtirmoqchiman"   deya
o'ylaydi Edmond Kirsh. 
Ushbu kashfiyotni Bilbao shahridagi Guggenhaym muzeyida e'lon qilish
uchun   butun   dunyodan   ilm-fan   odamlarini   taklif   qiladi.   Ular   orasida
uning   ustozi   Robert   Lengdon   ham   bor.   Edmond   Kirsh   20   yil   oldin
Garvard   universitetini   tugatganiga   qaramay   hali   hanuz   ustozi   bilan
muloqotda.   U   bilan   ko'pincha   san'at   mavzusida   fikr   almashadi.
Guggenhaym   muzeyi   esa   Edmond   Kirshday   kelajakni   aniq   bashorat
qiluvchi,   san'atsevar   va   novator   odam   tashkillashtiradigan   kecha   uchun
ayni munosib joydir. Kechaga tashrif buyurganlar orasida taklif qilinmagan mehmon ham bor.
Bu   admiral   Lui   Avila.   Uning   maqsadi   kechadan   zavq   olib   Kirshning
kashfiyotidan   boxabar   bo'lish   emas,   balki   uning   joniga   qasd   qilish,
mashhur futurolog va ateistning umriga zomin bo'lishdir.
Muzeyga kirib  olganidan  so'ng Lui Avila  Edmondni  izlashga  kirishadi.
Uzoq   intizorlikdan   so'ng   mehmonlar   qarshisida   paydo   bo'lgan   Edmond
Kirsh,   zamon   bolalarining   payg'ambarining   peshonasiga     admiral
topponchasidan otilgan o'q uning umriga zomin bo'ldi.   Bilbao,Ispaniya.
Robert   Langdon   Garvard   universitetining   diniy   simbologiya   professori.
Bilbaodagi   ultra-zamonaviy   Guggenxaym  muzeyiga   muhim   anjumanda
ishtirok   etish   uchun   keladi   —   bu   „ilm-fan   qiyofasini   abadiy
o zgartiradigan“ kashfiyot.ʻ
Edmond Kirsh, qirq yoshli milliarder va futurolog, yuqori texnologiyali
ixtirolari   va   dadil   bashoratlari   uni   dunyoga   mashhur   shaxsga
aylantirgan,   insoniyat   mavjudligining   ikkita   asosiy   savoliga   javob
beradigan   hayratlanarli   yutuqni   ochmoqchi:   „Biz   qayerdan   keldik?“   va
„Bizni oldinda nimalar kutmoqda?“ 
Kirsh   bundan   yigirma   yil   avval   Garvard   universitetida   Langdonning
birinchi talabalaridan biri edi.
Ochiq   osmon   ostida   o tkaziladigan   taqdimotda   Kirsh,   Langdonning	
ʻ
ma ruzasi bilan muqaddima so zidan so ng, din davrini tugatish va ilm-	
ʼ ʻ ʻ
fan davriga kirish niyatida ekanligini e lon qiladi. 	
ʼ
Ochilishdan   oldin   Luis   Avila   Kirshni   otib   o ldiradi.   Avila   —   oilasi	
ʻ
portlashda   vafot   etganidan   keyin   e tiqodini   yo qotgan   sobiq   admiral,	
ʼ ʻ
faqat   Palmariya   katolik   cherkoviga   qo shilish   uchun   —   o zini   cherkov	
ʻ ʻ bilan   bog liq   deb   da vo   qiladigan   Regent   ismli   kishi   tomonidanʻ ʼ
yollangan.
Taqdimotda   Edmondga   otilgan   o'qdan   so'ng   uning   jonsiz   tanasi   yerga
qulashi   bilan   tartibsizlik   boshlandi.   Bu   orada   xuddi   siz   va   men   kabi
uning taqdimotini kuzatayotgan minglab insonlarda savol paydo bo'ladi:
Endi   nima   bo'ladi?   Nahotki   daho   Kirshning   kashfiyoti   dunyo   yuzini
ko'rmasa?!     Sobiq   shogirdining   xotirasi   hurmati   professor   Robert
Lengdon   va   Guggnehaym   muzeyi   direktori,   Ispaniyaning   bo'lg'usi
qirolichasi   Ambra   Vidal   do'sti   Edmondning   kashfiyotini   dunyoga
taqdim   qilish   vazifasini   o'z   zimmalariga   olishadi.     Shundan   so'ng
voqealar   zanjiri   Barselonaga,   Edmondning   uyiga   qarab   o'z   yo'nalishini
o'zgartiradi.   Lengdon   va   Ambra   shuncha   tartibsizlik   va   xavf-xatar
orasidan Uinston ko'magida chiqib ketishadi. Shu o'rinda savol tug'iladi?
Nimaga Barselonaga? Gap shundaki, Edmond o'z kashfiyotini efirga 47
ta   harfli   kod   bilan   taqdim   etmoqchi   edi.   Bu   kodni   esa   uning   o'zidan
boshqa   hech   kim   bilmaydi.   Do'sti   Ambraga   aytganlaridan   shuni
anglashimiz mumkinki, kod uning sevimli she'ridagi misralardan olingan
va   bu   bashorat   ham   bo'lishi   mumkin.   Uning   uyidagi   kitoblar   orasidan
shu satr belgilangan betni topish ilinjida o'sha yerga borgan professor va
Ambra   u   yerdan   atigi   fil   suyagi   rangidagi   otkritka   topishadi.   Bu   esa
ularni Sagrada Familiya cherkoviga boshlab boradi. 
Sagrada   Familiya   -   taniqli   me'mor   Antonio   Gaudi   ijodi   mahsuli   bo'lib,
Edmond   Kirsh   bu   shaxsni   juda   qattiq   e'zozlagan.   Lekin   bitta   narsani
e'tiborga   olish   lozimki,   ko'pchilik   tanqidchilar   guruhi   uni   kofir   deya
keskin   tanqid   qilishadi.   Cherkov   esa   hali   hanuz   bitagi   yo'q,   chunki
qurilish   mablag'lari   xususiy   cherkovlar   va   xayriya   jamg'armalari hisobidan qoplanardi.  Shu sababdan ham qurilishning  bitishi  anchagina
vaqtga   cho'zilgan.   Cherkov   Gaudining   vafot   etganiga   1   asr   to'lganiga
qadar   2026-yilgacha   bitishi   kerak.   Edmond   Kirsh   esa   cherkovga
kattagina   mablag'   ajratish   evaziga   bir   kichik   iltimosu   borligini   cherkov
bosh   ruhoniysi   Benya   otaga   bildiradi.     Mashhuq   ateistning   cherkovga
xayriya   qilishi   Xudoning   ustidan   yana   bir   bora   mag'zava   ag'darishmi
yoki   chindan   ham   butun   umri   davomida   o'zi   mazax   qilgan   Xudoning
oldidagi   gunohlarini   yuvish   ilinjidagi   bir   ishmi,   buning   sababini   aniq
bilolmagan   Benya   ota   pulni   olishga   va   taklisfni   qabul   qilishga   rozi
bo'ladi.   Chunki   Kirsh   ajratga   pullar   orqali   qurilish   ancha   jadallashishi
turgan gap. Cherkovdagi Antonio Gaudi qabri yoniga mashhur shoir va
bashoratchi,   zamonasining   Edmondi   Uilyam   Bleykning   ishlar
to'plamining     aynan   bir   betini   ochib   qo'yishni   so'ragan   Edmondning
maqsadi boshqa edi. U telefoni kodiga ishora qilgan holda Bleykning "
To'rt Zoa" she'rining so'nggi satrlarini nazarda tutgan.
The dark religions are departed & sweet science reigns
(Yovuz dinlar daf bo'lur tamom & jonajon fan bo'lur hukmron)
Ular o'sha kodni topishdi, nihoyat. Lekin 47 ta belgidan ortiq chiqyapti.
Nimadir bu yerda xato db o'ylab qolgan Lengdon muammoning sababini
topdi. Ampersand! Shu o'rinda bu belgining kelib chiqishi haqida ozgina
to'xtalsak. 
"&"   -   logogram,ya'ni   bir   so'zni   aks   ettiruvchi   rasm   hisoblanadi.
Ko'pchilik   bu   begini   inglizcha   "and"   so'zidan   olingan   deb   hisoblaydi.
Aslida esa, ampersand lotincha "et" - "va" so'zidan kelib chiqqan. Uning
noodatiy   shakli     "&"   esa   E   va  T   harflarining   tipografik   birlashmasidan paydo bo'lgan. "Trebushet"  kabi  kompyuter  shriftlarida  ampersand "&"
belgisi lotin ibtidosiga o'xshashini ko'rish mumkin. 
Thedarkreligionsaredepartedetsweetsceincereigns
(Yozuv dinlar daf bo'lur tamom va jonajon fan bo'lur hukmron)
Ular   kodni   toposhga   muvaffaq   bo'lishdi.   Endi   ushbu   47   ta   belgini
kompyuterga   kiritib   butun   dunyoga   Kirshning   kashfiyoti   haqida   jar
solish qoldi, xolos. 
Afsuski,   hammasi   ham   xamirdan   qil   sug'urganday   kechmadi.
Edmondning   kashfiyoti   dunyo   yuzini   ko'rishini   istamagan   muxolif
kuchlar   Robert   va   Ambraning   hayotiga   ham   xavf   solishadi.   Palmaralar
ittifoqining   bosh   a'zosi   hisoblanmish   Regent   admiral   Avilani   ularning
ortidan yuboradi. Cerkovdagi Lengdon va Avilaning olishuvi natijasida
balandlikda   qulab   hayotiga   o'zi   zomin   bo'lgan   Avilaning   jonsiz   tanasi
politsiyachilar   qurshovida,   biroz   jarohatlangan   Lengdon   esa   Ambra
bilan   Edmondning   laboratoriyasga   qarab   yo'l   olishdi.   U   yerda   ularni
Uinston   kutib   turardi.   Edmondning   dinlarga   nafrati   uning   onasi   bilan
bog'liq edi. Uning onasi Paloma Kalvo Ipaniyadagi Kadis shahrida oddiy
ishchi   oilasida   dunyoga   kelgan.   19   yoshida   u   chikagolik   universitet
o'qituvchisi Maykl Kirshga ko'ngil qo'yadi. Maykl bu vaqtda Ispaniyaga
ta'tilga kelgan edi. Ularning munosabati kun sayin rivojlanib, oxir-oqibat
Paloma   homilador   bo'lib   qoladi.   Paloma   qattiqqo'l   katolik   jamiyati
nikohsiz   farzand   tuqqan   ayollarga   salbiy   munosabatda   bo'lisiga   ko'p
bora   guvoh   bo'lgan.Shu   tufayli   u   Mayklning   turmush   qurish   taklifini
qabul qilib, Chikagoga ko'chib ketishdan boshqa chora topolmadi. Vaqt-
soati yetib, Palomaning ko'zi yoridi va Edmond dunyoga keldi. Oradan
hech   qancha   vaqt   o'tmasidan   velosipedda   ishdan   uyga   qaytayotgan Mayklni   mashina   urib   ketdi.   U   voqea   joyida   halok   bo'ldi.   "Xudoning
jazosi"   degan   edi   Palomaning   otasi   kuyovining   o'limini.   Ota-onasi
Palomaga bolasi bilan uyga, Kadisga qatishga ruxsat berishmadi- oilani
sharmanda   qilishga   ruxsat   berishmadi.   Buning   o'rniga   ular   qizini
ogihlantirishdi:Paloma   boshiga   tushgan   ko'rgiliklar   Xudoning   qahrini
keltirganidan   dalolat   beradi.Agar   o'z   tanasi   va   ruhini   umrining
oxirigacha   Iso   Masihga   bag'ishlamas   ekan,unga   jannat   eshiklari   abadiy
yopiladi.         Erining   vafotidan   so'ng   Paloma   kichik   mehmonxonada
oqsoch   bo'lib   ishlay   boshladi   va   o'g'lini   qo'lidan   kelgancha   bekam-u
ko'st o'stirishga  harakat qildi.  Ishdan qaytgach Paloma gugurt qutisidek
keladigan   uyida   tuni   bilan   muqaddas   duolarni   o'qib,   Xudoga   tavba-
tazarru   qilardi.   Lekin   uning   sharoiti   hecham   yaxshilanmas,   xuddi
ayolning tazarrulari Xudoni qoniqtirmagandek edi. 
Shu   zaylda   5   yil   o'tdi.   Isnod   va   qo'rquvdan   o'zini   tiklolmagan   Paloma
ona sifatida farzandiga berishi mumkin bo'lgan eng katta sovg'a - yangi
hayot   ekaniga   amin   bo'ldi.Xudoning   qarg'isidan   uzoqroq   saqlash
maqsadida   u   5   yoshli   Eddini   mehribonlik   uyiga   joyladi,   o'zi   esa
Ispaniyaga   qaytib,rohibaga   aylandi.   Shundan   so'ng   Edmond   uni   qaytib
ko'rmadi.   10   yoshga   to'lganida   esa   onasi   monastirda   vafot   etganidan
xabar topdi. Paloma o'z xohishi bilan qat'iy tartibli ro'za tutgan. Ammo
jismoniy   zo'riqishga   dosh   berolmay,   o'zini   osib   qo'ygan.     Ko'rib
turganimizdek,   uning   dinlarga   nafrati   bevosita   onasining   qismati   bilan
bog'liq. Buni  "Bola tarbiyasi bo'yicha Nyutonning uchinchi qonuni" deb
atash mumkin: har bir ovsarlikka teng va unga zid ovsarlik bor. Suncha
qiyinchiliklarga   qaramay   Edmond   sira   ham   bolaligidagi
mushkulotlardan   nolimagan.   Aksincha,   bu   qiyinchiliklar   unga yoshlikdagi   2   maqsadi   -   kambag'allikdan   qutulish   va   oyisining   umrini
barbod   qilgan   dinning   ikkiyuzlamachiligini   olaga   namoyish   qilishga
undov bo'lib xizmat qilganini ta'kidlardi.  
Robert Lengdon va Ambra Vidal laboratoriyaga yetib kelihganidan so'ng
Edmondning   kompyuter   kashfiyoti   bo'yicha   haqiqiy   kvant   sakrash
qilganini ko'rib og'izlari lang ochiladi. Edmond inson ongining kuchiga
benihoya katta ishonch bildirgan. Inson miyasi, biologiya ta'limotlaridan
ma'lumki, o'ng va chap yarimsharlardan iborat. O'z o'rnida ular turli xil
vazifalarni   bajarishga   mas'uldir.   U   o'zining   E-Wave   superkompyuterini
ham   shu   yo'sinda   ixtiro   etgan.     Gap   shundaki,   insonni   shunchalik
yaratuvchan   bo'lib,   rivojlanishiga   sabablaridan   biri   uning   miyasidagi
ikki   yarimshar   mutlaqo   boshqa-boshqa   vzifalarni   bajarar   edi.   Misol
uchun,   miyaning   chap   yarimshari   hisob-kitob   hamda   og'zaki   muloqot
uchun   javobgar   bo'lsa,o'ng   yarimshar   esa   "obrazli   tafakkurga"   mas'ul
hisoblanib,   so'zlardan   ko'ra   rasmlarni   "afzal   ko'radi"   Edmond   inson
miyasiga   o'xshash   o'ng   va   chap   yarimsharlardan   iborat   sun'iy   miya
yaratishga   qaror   qildi.   Oqibati   esa   tom   ma'nodagi   o'ng   va   chap   emas-
u,tepa   va   pastki   qismlardan     tashkil   topgan   supermiya   bunyod   bo'ldi.
Bir-biridan mutlaqo o'zgacha ikki kompyuter birlashtirilib,yagona - ikki
palatali   ong   hosil   bo'lgan.     Bir   tizimda   ishlar   ekan,   ikkala
superkompyuter   berilgan   vazifani   yechish   uchun   turlicha   usullardan
foydalanadi.   Natijada,   ular   o'rtasida   inson   miyasidagi   yarimsharlardan
kabi   o'ziga   xos   ziddiyat   va   murosaralar   yuz   beradi.   Birga   ishlashdan
sun'iy   intellektlar   o'ziga   o'zi   ta'lim   beradi,   ulardagi   yaratuvchanlik
hamda,   qisqa   qilib   aytganda,   insoniylik   darajasi   oshadi.   Bu superkompyuterni   Edmond   Uinston   Cherchill   sharafiga   "UINSTON"
deya atagandi.
Butun dunyoning nigohi va e'tibori Edmondning kashfiyotiga qaratilgan
edi. Uzoq izlanishlar  va qiyinchiliklarda  so'ng kashfiyot  efirga uzatildi.
Taqdimotda butun insoniyatni qiynab kelgan  
1).Biz qayerdan paydo bo'lganmiz?
2).Bizni   oldinda   nimalar   kutmoqda?   kabi   shu   ikki   savolga   javob   olishi
kutilmoqda edi. Taniqli futurolog va ateistning fikricha birinchi savolga
javob quyidagicha: 
Yer   yuzida   hayot   qanday   boshlangan?   U   chindan   ham   turli   noorganik
moddalarga   to'la   asov   dengizda,   tasodifiy   rekasiyalar   natijasida   paydo
bo'lganmi?   Yoki   aksincha,   samodan   uchib   tushgan   meteoritdagi   ko'z
ilg'amas   mikrobchalar   ta'sirida   vijudga   kelganmi?   Yoki...   Yoki   hayotni
Xudo yaratganmi? Baxtga qarshi, bu savollarga javob topish uchun ayni
o'sha   fursatga   qaytish   imkonini   beruvchi   vaqt   mashinasi   mavjud   emas.
Ammo biz keyin nima bo'lganini aniq bilamiz: Yer yuzida hayot paydo
bo'lishi   bilanoq   evolutsiya   boshlandi.   Bu   rad   etib   bo'lmas   fakt   va   biz
bugungi   kun   texnologiyasi   bilan   arxeologik   topilmalar   sharofati   bilan
evolutsiyaning   ketma-ket   bosqichlarini   aniq   ko'rsatib   bera   olamiz.
Edmondning   fikricha,   butun   koinot   "ENERGIYANI   TARQAT"   degan
birgina   buyruq   asosida   harakatlanadi.   U   o'zining   E-Wave   kompyuteri
bilan   birlamchi   qayladagi   ushbu   buyruqni   kengaytirib,   dasturni   yanada
takomillashtiradi. Va hayotning asosi tiriklik kodi bo'lmish DNKni hosil
bo'lishiga erishadi. 
Biz   qayerdan   paydo   bo'lganmiz?   Gap   shundaki,   biz   hech   qayerdan
paydo   bo'lmaganmiz,   hech   qayerdan   kelmaganmiz...   Biz   koinot   uzra hayot yaratgan fizika qonunlari  ta'sirida  o'z-o'zidan vujudga kelganmiz.
Biz   o'ziga   xos   ham   emasmiz.   Bizning   mavjudligimizga   Xudoning
umuman   aloqasi   yo'q.   Biz   kengayuvchi   entropiyaning   mahsulotimiz.
Borliqning   borligidan   maqsad   hayot   bunyod   qilish   emas.   Hayot   -
shunchaki borliqning quvvat tarqatish vositalaridan biri, xolos.  
Bizni oldinda nima kutmoqda?
Edmond   Kirsh   bashorat   qilgan   kelajakda   insoniyat   biologiya   bilan
texnologiyaning aralashuvi natijasida hosil bo'lgan gibrid - omixta turga
aylanmoqdamiz.   Tanamizdan   tashqarida   yashovchi   qurilmalar   -
smartfonlar,   quloqchinlar,   ko'zoynaklar,   ko'plab   tibbiy   vositalar   -   ellik
yildan   so'ng   tanamiz   ichiga   shunday   birikib   ketadiki,   ortiq   o'zimizni
biologiya   tili   bilan   aytganda   Homo   Sapiens   deb   hisoblay   olmaymiz.
Bugun   neandertallar   ibtidoiy   odam   hisoblanadi.   Kelajakda   esa   Homo
Sapiens   hozir   neandertal   odamga   qilgandek   munosabatda   bo'lamiz.
Kibernetika, sun'iy intellekt, krionika, molekular muhandislik kabi yangi
texnologiyalar "Inson bo'lish" tushunchasini abadiy o'zgartirib yuboradi. 
Chindan ham, u ta'rifini keltirayotgan kelajakda texnologiya shunchalik
arzon   va   hammabop   bo'ladiki,   unga   ega   bo'lish   va   ega   bo'lmaslik
o'rtasidagi chegara yuvilib ketadi. Bu kelajakda texnologiya  milliardlab
odamlarni   ichimlik   suvi,   foydali   mahsulotlar,   toza   energiya   bilan
ta'minlab   beradigan,   gen   tibbiyoti   tufayli   saraton   singari   bedavo
xastaliklar  butunlay  yo'q bo'lib  ketadi.  Bu kelajakda  Internetning  butun
qudrati   ta'limga   yo'naltirilib,   dunyoning   eng   chekka   burchaklarigacha
yetib   boradi,   robotlar   armiyasi   ko'magida   zerikarli   yumushlarni
bajarishdan   ozod   bo'lgan   odamlar   hech   kimning   tasavvuriga   kelmagan
ilm-fan   cho'qqilarini   zabt   etish   uchun   yetarli   vaqt   topadi.   Eng   muhimi, bu   kelajakda   inqilobiy   texnologiyalar   insonlarning   barcha   ehtiyojlarini
qondirgani   tufayli   moddiy   resurslar   ustida   kurashishga,   urush   qilishga
hojat qolmaydi. 
Hozir   biz   tarixdagi   eng   g'alati   pallani   boshdan   kechirmoqdamiz.
Ko'pchilikka   dunyoning   oyog'i   osmondan   bo'lib   ketadigandek
tuyulayotgan   bo'lsa   ajab   emas.   Nima   ham   derdik,   shubha   -
o'zgarishlarning   doimgi   yo'ldoshi   bo'lgan.   Hamma   yangi   narsaga
boshlanishida   ikkilanish   va   qo'rquv   hamrohlik   qilgan.   Ishoning,
insondagi yaratuvchanlik va muhabbat birlashganda zulmatni nurafshon
aylaguvchi qudratga aylanadi. 
Asardagi obrazlar tizimi haqida aytishim mumkinki bir-biriga ziddiyatli
bo'lgan obrazlar juda ko'plab ucharydi. 
Robert   Lengdon   :   Garvard   universitetining   tarix   va   san'at   hamda
semiotika   bo'yicha   amerikalik   professori.     Ushbu   qahramon   haqida
batafsilroq to'xtalib o'tsam: Yozuvchi Den Braun bu personajni o'zining
xayoliy   alter-egosi     yoxud   o'zi   bo'lishni   orzu   qilgan   erkak   sifatida
yaratgan. Den Braun 1964-yil 22-iyun Ekseter shahrida, Nyu-Gempshir
shtatida   tug'ilgan,   uning   xayoliy   obrazi   ham   22-iyunda   tug'ilgan   deya
qayd   etib   o'tilgan.   Shuningdek,   Robert   Lengdon   Den   Braun   o'qigan
maktabda   tahsil   olgan.   Den   Braun   o'zining   bu   personajini   Dreksel
universitetining   tipografiya   professori,   ambigrammalar   yaratish   bilan
shuhrat qozongan Jon Lengdon sharafiga Robert Lengdon deya atagan.
Jon   Lengdon   yozuvchiga     uning   "Farishtalar   va   jinlar"   hamda   "Da
Vinchi   kodi"   asarlaridagi   xayoliy   joylarning   logotipini   yasashga
ko'maklashgan.  Edmond   Kirsh:   Lengdonning   do sti   va   sobiq   talabasi,   40   yoshliʻ
milliarder, futurolog, nanotexnolog va dasturchi. 
Ambra   Vidal:   Bilbaodagi   Guggenxaym   muzeyi   direktori,   Ispaniyaning
bo'lg'usi qirolichasi. 
Uinston:   Edmond   Kirshning   "farzandi"Uinston   Cherchill   sharafiga
Uinston nomi bilan atalgan. Shuningdek, Kirshning o'zi uni Art deb ham
atagan. Artifical so'zidan sun'iy degan ma'noni anglatadi.
Xulian: Shahzoda. Ispaniyaning bo'lg'usi qiroli.
Yepiskop   Antonio   Valdespino:   ispan   katolik   cherkovining   bosh
ruhoniysi   va   qirollik   oilasining   do sti,   Kirsh   bilan   roman   boshida	
ʻ
uchrashadi.
Ravvin   Iyehuda   Kyovish:   mashhur   yahudiy   faylasufi.   Noma lum   qotil	
ʼ
tomonidan o ldirilgan.	
ʻ
Alloma   Said   al-Fadl:   mashhur   islom   olimi.   Noma'lum   ispan   kishisi
tomonidan  sahroning qoq o'rtasiga  tashlab  ketiladi.  Umrining so'nggida
azobli o'lim topadi. 
Admiral   Luis   Avila:   Ispaniya   dengiz   flotining   sobiq   admirali,   diniy
hujumda   xotini   va   o g lini   yo qotgan   va   keyinchalik   Palmara   katolik	
ʻ ʻ ʻ
cherkovining   dindor   a zosi   bo lgan.   Avila   uning   oilasini   o ldirgan	
ʼ ʻ ʻ
bombani dinga qarshi bo lgan Kirsh tarafdori o rnatganiga ishonadi.
ʻ ʻ
Diyego Garza: Qirollik gvardiyasi qo mondoni.	
ʻ
Fonseka: Qirollik gvardiyasining agenti.
Rafa Diaz: Qirollik gvardiyasining agenti va Fonsekaning sherigi.
Benya ota: Sagrada Familia sobori ruhoniysi.
Monika   Martin:   Qirol   saroyining   jamoatchilik   bilan   aloqalar   piar
koordinatori. Suresh Bhalla: Elektron xavfsizlik markazi agenti.
Edmond Kirshning   o'limi   voqealarning  shiddat  bilan  tus   olishiga   sabab
bo'ldi.   Uni   yanada   rivojlantirgan   yoxud   olovga   moy   sepgan   voqea
Qirollik   bayonotida   Ambra   Vidalning   o'g'irlandi   deya   xabar
berilishi(   aslida   u   o'z   xohishi   bilan   Robert   Lengdonga   ergashgandi).
Shuningdek,   Palmaralarning   Lui   Avilani   ayni   u   yordamga   muhtoj
bo'lgan   payt   topib,   uni   Edmond   Kirshga   qarshi   qayrashga   muvaffaq
bo'lishlari.  Yana bir muhim vosita Edmond yaratgan kompyuter Uinston
@mont&iglesia.com   nomli   eleltron   pochtadan   doimiy   ravishda
konspirologlarini   yangiliklari,   yoxud   ayrim   ma'lumotlar   bilan   ta'minlab
turishi.
Asarda   asosan   nasroniylik   diniga   murojaat   qilingan.   Aniqrog'i,   uning
Ispan   xalqiga,   tarixiga   va   hatto   siyosatiga   o'tkazgan   ta'sirlari   tilga   olib
o'tilgan. Asarda aytilishi bo'yicha   Ispaniyalik ko'pchilik fuqarolar diniy
an'analarga   o'zgartirish   kiritishni   yoqlasa   ayrim   guruhlari   ularni
o'zgartirish   Xudoga   qarshi   chiqish   deya   ta'kidlashadi.   Boshqa   bir
guruhlari esa agnostik qarashlarga ega, ya'ni bu sinfdagi odamlar Xudoni
bor   deb   ham,   yo'q   deb   ham   bo'lmaydi   deya   fikr   bildirishadi.   Natijada
ular   orasida   dahanaki   jang   boshlanadi.   Ispaniya   tarixidagi   qonli
urushlarga   aynan   din   sababchi   bo'lgan,   Frankochilar   harakatini   yodga
olaylik.   Yoxud   Palmarachilar   cherkovga   uyushtirilgan   har   qanday
hujumni ateistlar qilgan deya, o'zlarining barcha a'zolarini ularga qarshi
qayrashadi.   Asarda   yangilikka   unchalik   ham   hushi   bo'lmagan   obrazlar
Diyego Garza, admiral Lui Avila hamda Antonio Valdespino. Ularning
obrazlarida   zamonning   shiddat   bilan   rivojlanishiga   qarshi   isyon   bordek
go'yo.  Dunyodagi   barcha   dinlar,   ularning   kelib   chiqishi   o'xshashligi,   eng
dastlabki Xudolar - Quyosh, Oy, Dengiz va Shamol... Qachonlardir biz,
odamlar tabiat  bilan bir tan-u bir jon edik. Albatta bu birlik  allaqachon
parchalanib ketgan. Uning qoldiqlaridan o'zini yagona haqiqat deb da'vo
qiluvchi son-sanoqsiz dinlar vujudga kelgan. Atrofda turli e'tiqod, irq va
madaniyat   vakillari   jamlangan.   Ularning   tillari   turfa   xil.   Shunga
qaramay,   barchani   hayrat   hissi   birlashitirb   turibdi.   Ular   zamon
payg'ambarining   kashfiyotidan   hayratda,   sodir   bo'lajak   mo'jizadan
birgalikda zavqlanishmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Den Braun. Ibtido. Asaxiy Books. T. 2021.
2. Los Angeles Time jurnali. 2017. Maqola. Den Braun.
3.www.theguardian.com
Den Braunning "Ibtido" asariga bergan ta'rifi.

Den Braunning "IBTIDO" asari haqida Reja: 1. Den Braunning "Ibtido" asari haqida. 2. "Ibtido" asarining sujeti. 3. Asardagi obrazlar tizimi. 4. Voqealarning rivojlanishiga ta'sir qilgan detallar. 5. Yangilikka bo'lgan munosabat. 6. Tabiatning o'zgarmas qonuni. 7. Haqiqat oldida hamma bosh egadi.

Den Braun - taniqli amerikalik yozuvchi, Time jurnali tomonidan dunyodagi eng nufuzli 100 kishidan biri. Uning kitoblari 56 tilga tarjima qilingan va umumiy tiraji 200 million nusxadan ortiq. Den Braun bir qator romanlari bilan dunyoga mashhur bo'ldi. NOV Kriptologiya professori Robert Lengdon haqida, kodlar, shifrlar va belgilarni ochish bo'yicha dunyodagi eng yaxshi mutaxassis. "Da Vinchi kodi", "Farishtalar va jinlar", "Do'zax" -ushbu kitoblarning barchasi eng ko'p sotilgan kitoblar bo'ldi, shuningdek, xuddi shu nomdagi filmlarning asosini tashkil etdi, ularda bosh rol beqiyos o'ynalgan. Amerikalik yozuvchi Dan Braunning detektiv romani bo'lgan "Ibtido" Robert Lengdon haqidagi kitoblar seriyasining beshinchi qismi hisoblanadi. Kitob dastlab "Double day" nashriyoti tomonidan 2017-yil 3-oktabrda chop etilgan.O zbek tilida esa ilk bora 2021-yilda Orifaxonʻ G'ulomova tomonidan tarjima qilinib, nashr etildi. "Ibtido"-triller janriga mansub asar bo‘lib, Robert Lengdon seriyasida «Inferno»dan keyingi beshinchi kitob hisoblanadi ( Robert Langdon ishtirokidagi asarlar ketma-ketligi: 1) "Farishtalar va shaytonlar"(2000) 2) "Da Vinchi siri"(2003) 3) "Yo'qotilgan belgi"(2009) 4) "Inferno"(2013). Asar voqealari asosan Ispaniyada, qisman Dubay va Budapeshtda yuz beradi. 2018 yil Avgust oyida asar «New York Times»ning eng yaxshi sotilgan kitoblar ro‘yxatidan birinchi o‘rinni egalladi hamda 23 hafta mobaynida ro‘yxatdan tushmadi.

Den Braunning har bir asarida mahobatli muzeylar, cherkovlar, zamonaviy texnologiyalar, tarixiy shaxslar bilan bog liq voqeaʼ hodisalarga duch kelish mumkin. А sar o ta shiddat bilan boshlanib ʼ o quvchini qiziqtirib, ikkilantirib, tezroq yechim topishga undaydi. «Da ʼ Vinchi siri»dagi professor Robert Lengdonni taniysizmi? Buyuk olim, sa nat ixlosmandi, tilsimlar izquvari. «Ibtido» asarida Robertning ʼ shogirdi Edmond Kirsh esa ustozidan ham o tgan daho, ʼ texnologiyalarning ashaddiy muxlisi, san atni hayot mazmuniga ʼ aylantirgan, ilm-fan yo lida hech narsadan qaytmaydigan o zgacha inson ʼ ʼ sifatida gavdalantirilgan. «Biz qaerdan paydo bo lganmiz?» «Kelajakda bizni nimalar ʼ kutmoqda?» Bu savollar olimlar va turli e tiqod egalarining bahslariga ʼ sabab bo lgan. Professor Robert Lengdon o z shogirdi, yosh futurolog ʼ ʼ Edmond Kirshning taklifi bilan Ispaniyaga boradi va uning taqdimotida ushbu savollarga javob berilishidan xabar topadi. А mmo u javobni eshitishga ulgurmaydi, hammasi chappasiga aylanib ketadi… Daho Edmond Kirshning o limidan kim manfaat ko rgan? Bizni oldinda ʼ ʼ rostan ham nima kutmoqda? Kirshning buyuk kashfiyoti nimadan iborat edi? Qirolning dahshatli siri nima edi? Kodlar, sirlar… Kitobxon asarni nihoyasiga yetkazgandagina asl «Ibtido» Intihoda ekanligini anglaydi. Asarni mutolaa qilar ekansiz, yozuvchi sizni ajablantirishdan to'xtamaydi. Asardagi mahorat ila qo'llangan so'zlar, atamalar sizni asar atmosferasini his qilishingizga to'laqonli yordam beradi. Asarni o'qish davomida voqealarning keskin burilishlarga boyligidan sahifa ketidan sahifalar o'tib borayotganini hatto sezmaysiz ham.

Asar bosh qahramoni Edmond Kirsh o'zining olamshumul kashfiyot qilganini va bu kashfiyoti yer yuzidagi barcha dinlarning ildiziga qattiq zarba berishi mumkinligini his qilgan holda avvalo ularni 3 ta katta din ulamolariga taqdim etishni maqsad qiladi: ,,... Kashfiyotim dinlaringiz asosini titratmaydi, balki butunlay chilparchin qiladi." Kirshning ushbu so'zlari uning ixtirosi qanchalar muhimligiga ishontirishga harakat qiladi. Tabiatan juda qiziqqon, lekin uzoqni ko'zlab ish qiluvchi qahramonimiz Dunyo dinlari parlamentiga kashfiyotni 1 oydan so'ng ommaga e'lon qilishini aytib, sal o'tgach esa aniqrog'i, 3 kundan so'ng uni Ispaniyaning Bilbao shahridagi Guggenhaym muzeyida uni ommaga e'lon qilish rejasini puxta tayyorlab qo'ygandi. Axir din ulamolari o'zlarining dinlarini himoya qilish yo'lida hech narsadan qaytmasligini u juda yaxshi bilardi. "... Tarixan yer yuzidagi odamlarning eng xavflisi - Xudoning odamlari. Ayniqsa, ularning Xudolariga tahdid qilinsa bormi... Men hozir qovog'arining iniga yonayotgan nayzani uloqtirmoqchiman" deya o'ylaydi Edmond Kirsh. Ushbu kashfiyotni Bilbao shahridagi Guggenhaym muzeyida e'lon qilish uchun butun dunyodan ilm-fan odamlarini taklif qiladi. Ular orasida uning ustozi Robert Lengdon ham bor. Edmond Kirsh 20 yil oldin Garvard universitetini tugatganiga qaramay hali hanuz ustozi bilan muloqotda. U bilan ko'pincha san'at mavzusida fikr almashadi. Guggenhaym muzeyi esa Edmond Kirshday kelajakni aniq bashorat qiluvchi, san'atsevar va novator odam tashkillashtiradigan kecha uchun ayni munosib joydir.

Kechaga tashrif buyurganlar orasida taklif qilinmagan mehmon ham bor. Bu admiral Lui Avila. Uning maqsadi kechadan zavq olib Kirshning kashfiyotidan boxabar bo'lish emas, balki uning joniga qasd qilish, mashhur futurolog va ateistning umriga zomin bo'lishdir. Muzeyga kirib olganidan so'ng Lui Avila Edmondni izlashga kirishadi. Uzoq intizorlikdan so'ng mehmonlar qarshisida paydo bo'lgan Edmond Kirsh, zamon bolalarining payg'ambarining peshonasiga admiral topponchasidan otilgan o'q uning umriga zomin bo'ldi. Bilbao,Ispaniya. Robert Langdon Garvard universitetining diniy simbologiya professori. Bilbaodagi ultra-zamonaviy Guggenxaym muzeyiga muhim anjumanda ishtirok etish uchun keladi — bu „ilm-fan qiyofasini abadiy o zgartiradigan“ kashfiyot.ʻ Edmond Kirsh, qirq yoshli milliarder va futurolog, yuqori texnologiyali ixtirolari va dadil bashoratlari uni dunyoga mashhur shaxsga aylantirgan, insoniyat mavjudligining ikkita asosiy savoliga javob beradigan hayratlanarli yutuqni ochmoqchi: „Biz qayerdan keldik?“ va „Bizni oldinda nimalar kutmoqda?“ Kirsh bundan yigirma yil avval Garvard universitetida Langdonning birinchi talabalaridan biri edi. Ochiq osmon ostida o tkaziladigan taqdimotda Kirsh, Langdonning ʻ ma ruzasi bilan muqaddima so zidan so ng, din davrini tugatish va ilm- ʼ ʻ ʻ fan davriga kirish niyatida ekanligini e lon qiladi. ʼ Ochilishdan oldin Luis Avila Kirshni otib o ldiradi. Avila — oilasi ʻ portlashda vafot etganidan keyin e tiqodini yo qotgan sobiq admiral, ʼ ʻ faqat Palmariya katolik cherkoviga qo shilish uchun — o zini cherkov ʻ ʻ