logo

Markaziy Osiyo mutafakkirlari ta’limotlarida huquqiy-falsafiy qarashlar.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

62.3271484375 KB
  Mavzu:  Markaziy Osiyo mutafakkirlari     ta’limotlarida     huquqiy-falsafiy   
qarashlar.
Reja:
1.  Zardushtiylar dini va huquqni diniy-mifalogik izohlash.
2.  Markaziy Osiyo mutafakkirlari  ta’limotlarida  huquqiy-falsafiy qarashlar.
3 .   Islom dini va fiqhshunoslik allomalarining diniy-huquqiy ta’limotlari. 
4.  Uyg’onish davri va Sharq olimlarining xuquqiy-falsafiy qarashlari.
5. A.Temur va Temuriylar davrida huquq, qonun, davlat kategoriyalarining o’ziga 
xos xususiyatlari.
6.   XX   asr   boshlarida   Rossiya   va   Turkistondagi   huquqiy   qarashlarning   falsafiy
ildizlari.
7.  Sobiq mustabidlik davrida huquqni materialistik-legistik tushunish.
  .
Millatning   o’z-o’zini   anglashi,   uning   o’tmishini,   tarixini   anglashdan
boshlanadi.   Markaziy   Osiyo   xalqlari   tarixiga   nazar   tashlaydigan   bo’lsak,   unda
ijtimoiy-siyosiy, huquqiy va falsafiy fanlarning muhim muammolarini tahlil etgan
va rivojlantirgan ta’limotlarning borlig’iga amin bo’lamiz. 
VII   asr   oxirlarida   va   VIII   asr   boshlarida   Movarounnaxr   xalqlari   Arab
xalifaliklari   tomonidan   bosib   olindi.   Natijada   Arablar   islom   dinini   mahalliy
xalqlarga   zo’rlab   singdirishga   harakat   qildilar.   Ammo   ko’plab   xalq   harakatlari,
qurolli  qo’zg’olonlar  diniy mafkuraviy xarakterga ega bo’lib, ular  xalq ommasini
Arablar   istilosidan   noroziligining   ifodasi   edi.   Bu   davrga   kelib   Ismoiliylar   (VIII
asrning   o’rtalari),   Karmatlar   (IX-X   asrlar)   harakatlari   o’sha   davr   hayotida   tarixiy
voqyealar  hisoblanib,  ular  bir  qator   siyosiy-huquqiy talablar   bilan chiqqan  edilar.
Ijtimoiy adolat, ijtimoiy tengsizlik, iqtisodiy hamkorlik, demokratik tamoyillarning
rivojlanishi   davlatchilikning   asosi   deb   hisoblagan   edilar.   Karmatlarning   falsafiy-
huquqiy   qarashlarini   Sharqning   buyuk   allomalari   Rudakiy,   al-Maariy,   N.Xisrav,
Ibn   Sino   va   boshqalar   qo’llab-quvvatlaganlar.   Ijtimoiy   adolat   va   ijtimoiy   tenglik
g’oyalari bu davr huquq falsafasining asosiy g’oyalaridan biri hisoblangan.
Musulmon   huquq   falsafasining,   ya’ni   fikx   (fiqh   –   bilim,   musulmon
huquqi)   asosida   ilm-amal-adab   tushunchalari   yotadi .   E’tiborga   molik   tomoni
shundaki,   fikx   huquqshunoslik   fanlarining   yig’indisi   bo’lishi   bilan   birga   islom
falsafasida   o’zining   alohida   o’rniga   ega.   Fikx   mazmuniga   ko’ra   Sharq   huquq
falsafasining   mumtoz   ko’rinishlaridan   biridir.   Chunki,   u   faqat   yurisprudensiya
bo’lmay,   balki   huquqshunoslik   fanlarining   inson   hatti-harakatlarini   tartibga
soluvchi   huquqiy   normalarni   falsafiy-axloqiy,   diniy   jihatlarini   o’rganadigan
ta’limotdir. Darhaqiqat,  shariat  ham   islom   axloqiy, diniy,  huquqiy  qadriyatlari   va
musulmon   huquq   falsafasidan   iborat.   Taniqli   rus   islomshunos   olimi
N.P.Ostroumovning ta’kidlashicha «shariat o’z qa’rida ilohiy huquq durdonalarini
(fikxni) yashirib yotgan okeanga o’xshaydiki, ularni yuzaga chiqarmoqchi bo’lgan
odam   katta   xavf-xatarni   bo’yniga   olib,   shariat   donishmandligining   tubsiz   qa’riga
tushmog’i lozim bo’ladi». Islom huquqshunosligini rivojlanishga u lk an  hissa qo’shgan Imom faqiqlar
ko’p bo’lganlar. Hadischilik sohasida Imom al-Buxoriy va Abu Iso Muhammad at-
Termiziylar   kabilar   ulkan   meros   qoldirgan   bo’lsalar,   Axmad   Yassaviy,
Naqshbandiy,   Kubro   kabilar   esa   tasavvuf   (so’fizm)   ta’limotini   rivojlantirdilar.
Burhoniddin  Marg’inoniy  kabilar  esa   fikh  ilmiga  rivoj   berdilar.  Xanafiy  mazhabi
ta’limotlariga   binoan   Movarounnahrlik   fakhlar   islom   huquqi   sohasida   ijod   qilib,
ko’plab kitoblarni yozib qoldirganlar.
Sharq   Uyg’onish   davri   shunday   qomusiy   olimlarni   yuzaga   chiqardiki,
ularning jahon madaniyati va ilmu faniga qo’shgan hissasi hanuzgacha hayrat bilan
e’tirof   etiladi.   2000   yilda   tavalludiga   hijriy   sana   bo’yicha   910   yil   to’lishi   keng
nishonlangan   Burhoniddin   Marg’inoniy   (1123)   ham   ana   shunday   siymolardan
biridir. 
O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   I.Karimov   ta’kidlaganidek   “Islom
dunyosining buyuk allomasi, mashhur “Hidoya” asarining muallifi, XII asr boshida
tavallud topgan ulug’ zot  Burhoniddin Marg’inoniy ham shu zamin farzandidir ”. 
O’zbekistonda huquq falsafasi tarixi haqida, fikr yuritar ekanmiz juda
muhim   va   jahonga   mashhur   bo’lgan   yana   bir   manb’a   Burxoniddin
Marg’inoniyning 1178 yili Samarqandda yozib chop etilgan «Hidoya» asarini
alohida   ta’kidlash   joiz .   Imom   Burhoniddin   Abul-Hasan   Ali   Ibn     Abu   Bakr   Ibn
Abduljalil   al-Farg’oniy   al-Marg’inoniy   1123   yili   Farg’onaning   Rishton   tumanida
tug’ilgan.   Xanafiy   mazhabida   buyuk   fikh   va   mushtahid   darajasiga   ko’tarilgan,
shayhul-islom   laqabiga   sazovor   bo’lgan   olim   edi.   Uning   o’g’illari   ham   olimlik
darajasiga   ko’tarilgan   va   kitoblar   yozgan   huquqshunoslar   edi.   Uning   o’zi   fikh
ilmini   o’z   otasidan   hamda   o’z   zamonining   yetuk   olimlaridan:   Imom   Bohovuddin
Ali   ibn   Muhammad   ibn   Muhammad   Ismoil   al-Asbijobiydan   (vafoti   535   h.y.)
(Asbijob   bu   Sayram   shahridir),   Abdulaziz   Marg’inoniy   Hasan   ibn   Mansur
O’zgandiy,   Muhammad   ibn   Ahmad   an-Nasafiy   va   boshqalar.   Marg’inoniy
Farg’onada   tug’ilgan   bo’lsada   uning   faoliyati   ko’pgina   Sharq   mamlakatlarida
bo’lib, umrining oxirgi yillari Samarqand shahrida o’tadi. U 593 hijriy (1196-1197
yy.   milodiy)   Samarqand   shahrida   vafot   etgan.   400   dan   ortiq   Muhammad   otli faqihlar   dafn   etilgan   Muhammadiylar   qabristoni   («Turbat   ul-Muhammadiyyin»)
yonida dafn etilgan. 
Uning   asarlari:   «Nashrul-mazhab»   (Mazhabning   tarqalishi),   «Kitob   al-
manosakul-haj» (Haj marosimlari haqida kitob), «Kitob fil-faroiz» (Meros huquqi
bo’yicha   kitob),   «Kitob-attajniysu   val-maziyd»   (Ilmni   ziyoda   qiluvchi   kitob),
“Muxtorotun-navozil”   (Nozil   bo’lgan   narsalar   majmuasi),   «Maziydun   fi   furu’il-
Hanafiya»   (Hanafiy   mazxabiga   qo’shimchalar),   Imom   ash-Shayboniyning   asari   -
«Jomi’u-kabiyr»ning sharhi, “Bidoyatul-Mubtadi’” (Boshlovchilar uchun dastlabki
ta’lim),   «Hidoya»   («Kifoyatul   -   muntahiy»   asari   uchun   yozilgan   4-   jildlik   sharh)
kabilardir.
  “Buyuk   ajdodimiz   Burhoniddin   Marg’inoniyning   butun   musulmon
dunyosida   eng   buyuk   meros   sanalmish   «Hidoya»   asarini   o’rganish   bugungi
hayotimizga,   milliy   qonunchilik   rivojiga   ta’siri   va   ahamiyatini   joyiga   qo’yish,
buning   o’zi   yillar   davomida   kashfiyot   etishga   arziydigan   bir   katta   olamdir ”,   -
degan   edilar   Prezidentimiz   I.Karimov   Toshkent   Islom   universitetining   ochilish
marosimida.
Sharqda   «Hidoya»   nomli   an’anaviy   yozish   usuli   bo’lgan.   «Al-Hidoya»
arabcha   so’z   bo’lib,   “to’g’ri   yo’ldan   olib   borish”   –   «ishonchli   qo’llanma”   degan
ma’noni   anglatadi.   «Hidoya»da   huquq   falsafasining   ontologiyasigina   emas,   balki
uning   gnoseologiyasi   va   sosiologiyasi   ham   o’z   ifodasini   topgan.   Umuman
«Hidoya»   asarida   huquq   falsafasi   mavzusi,   bizningcha   alohida   ilmiy   tadqiqot
mavzusi bo’lib, uni jiddiy ilmiy tahlil etish vaqti keldi.
Islom   falsafasining   muhim   tushuncha   va   kategoriyalari,   islom   huquq
falsafasining   asosiy   qonuni   va   qoidalari   talablari,   huquqiy   va   axloqiy   qoidalari,
jumladan   tahorat,   namoz,   zakot,   ro’za,   xaj,   qurbonlik,   oila,   nikoh   masalalari,
shuningdek jinoyat va jazo masalalari ham atroflicha yoritilgan. Risolada mulk va
moliya   muammosiga,   ularni   shakllari   va   taqsimlanishi   hamda   sud   jarayoni   bilan
bog’liq bo’lgan huquqiy-axloqiy masalalarga alohida o’rin berilgan. «Hidoya»ning
mazmunida   davlatlararo   nizolar,   urushlar   va   shu   asosda   erishilgan   boylikni
taqsimlash   va   ayirboshlash,   inson   hayotidagi   ta’qiqlar   va   ijozatlar,   mazkur   ta’qiq va   ijozatlar   nafaqat   alohida   olingan   shaxsga,   balki   bir   butun   davlat   fuqarolariga
ham   tegishli   bo’lgan   huquqiy   va   axloqiy,   siyosiy   qoidalar   va   talablardir.   Shu
o’rinda   bir   narsani   ta’kidlash   o’rinli   bo’lar   edi.   Gap   shundaki,   «Hidoya»da   faqat
yuqorida qayd etilgan muammolar emas, balki, hatto ekologiyaga oid ham muhim
g’oyalar   mavjud   ekan.   Atrof–muhitni   muhofaza   qilishning   huquqiy-falsafiy
jihatlariga   mazkur   risolada   keng   o’rin   berilgan.   Masalan,   hatto,   mo’ridan
chiqadigan tutunning zararli darajasi, muallif nazaridan chetda qolmagan. 
Burhoniddin   Marg’inoniy   yozgan   to’rt   jilddan   iborat   «Hidoya»   asari
sunniylik   yo’nalishida   mukammal   ishlangan   huquqiy   bir   to’plam   sifatida   57   ta
kitob, 165 bob, 152 fasldan iborat bo’lib, meros huquqidan boshqa hamma huquqiy
sohalarni o’zida mujasamlashtirgandir. 
Birinchi   jildi :   tahorat   va   amaliy   ibodatlar   (namoz,   ro’za,   zakot   va   haj)ga
bag’ishlangan.
Ikkinchi   jildi :   nikoh,   emizish,   taloq,   qullarni   ozod   qilish,   topib   olingan
bolalarning   nasl   nasabini   aniqlash,   topib   olingan   narsa,   qochib   ketgan   qullar,
bedarak yo’qolganlar, sherikchilik va vaqf huquqi kabi masalalar kiritilgan.
Uchinchi   jildi :   oldi-sotdi,   pul   muammolari,   kafolat,   pulni   birovga
o’tkazish,  qozilarning  vazifalari,  guvohlik,  berilgan  guvohlikdan  qaytish,  vakolat,
da’vo, iqror bo’lish, sulh, qarz, sovg’a, ijara, majbur qilish, homiylik, bosqinchilik
xususidagi masalalar o’rin olgan.
To’rtinchi   jildi :   merosni   taqsimlash,   dehqonchilik,   qurbonlikka
so’yiladigan jonzod haqida, taqiqlangan ichimliklar, ovchilik, garovga berish, xun
haqi to’lash, vasiyat kabi masalalar yoritilgan.
Nima   uchun   meros   huquqi   kiritilmagan   degan   savolga   kelganda
mutaxassislarning fikriga ko’ra Imomi A’zam  Abu Xanifa meros munosabatlarini
alohida   fan   (Al-Fariz)   deb   atagan   holda   fikhdan   mustaqil   ravishda   o’rganishni
tavsiya etgan.
«Hidoya»da Islom huquqi Hanafiya mazhabi g’oyalari asosida bir tizimga
keltirilgan. «Hidoya» avvalambor islom qonun-qoidalarining majmuasi bo’lsa, shu
bilan   bir   vaqtda   ko’plab   tarixiy   ma’lumotlar   manbai   hamdir.   Masalan,   Sahobalar va   imomlar   ismlari   50   dan   ortiq,   urug’lar   nomlari   12   ta,   jo’g’rofiy   va   tarixiy
nomlar   55   ta.   Shuningdek   u   90   dan   ortiq   buyuk   fakihlar,   imomlar   jumladan
mashhur sahoba va muhaddislar ismlarini va ularga tegishli bo’lgan ma’lumotlarni
zikr   etgan.   «Hidoya»   o’ziga   xos   juda   qisqa,   aniq   va   misollar   yordamida   huquq
sohalari bayon etiladi. 
Burhoniddin Marg’inoniy yozgan to’rt jilddan iborat «Hidoya»ning nazariy
manbalarini quyidagilar tashkil etadi:
1) Qur’oni karim oyatlari;
2) Dastlabki to’rt xalifa, sahobalar va imomlarning rivoyatlari, ular xabar
qilgan muqaddas hadislar;
3) Sunniylik oqimidagi to’rt mazhab asoschilari bo’lmish Abu Xanifa an-
Nu’mon   ibn   Sobit,   Abu   Abdulloh   Muxammad   ibn   Idris   ash-Shofe’iy,   Molik   ibn
Anas, Axmad ibn Xanballarning asarlari;
4) Imomi A’zam Abu Xanifaning shogirdi  va safdoshlaridan imom Abu
Yusuf, imom Muxammad va imom Zufarlar va boshqalar.
U   ingliz,   fors,   rus   kabi   jahon   xalqlari   tillariga   tarjima   qilingan   va   bugun
islom huquqini o’rganish bo’yicha asosiy manbalardan biridir.
«Hidoya»ning yozilish  uslubi  haqida  gapiradigan bo’lsak  uning nihoyatda
qisqa, masalalarning aynan mohiyatini  amaliy misollarda boshqa mazhablar  bilan
qiyoslash orqali tushuntirilishi o’ziga xosligini belgilaydi.
  «Hidoya»ning   jahon   tillariga   tarjima   qilinishi   va   o’qilishi   masalasiga
kelganda  shuni   aytish  lozimki,  Olmoniyalik  olim   doktor  Ekart  Shiyvak  to’plagan
ma’lumotlarga   ko’ra,   «Hidoya»ning   arabcha   asl   matni   1818   y.   (1234   h.y.)
Kalkuttada,   keyinchalik   Bombeyda,   so’ngra   esa   Laknu,   Kavnpur,   Dehlida   nashr
etildi.   XIX   Qohirada   va   Qozon   shaharlarida   ham   chop   etilgan.   Qohirada   uning
tanqidiy   1908   yy.   va   1980   yy.   nashr   etildi.   «Hidoya»ning   ruscha   nashri
N.I.Grodekov   tomonidan   inglizcha   tarjimasidan   1893   yilda   Toshkent   shahrida
nashr   etildi.   1994   y.     Professor   A.Saidov   tomonidan   birinchi   jildi   takroran   nashr
etildi.  «Hidoya»ning   o’zbek   tilida   tarjimasi   Salohiddin   Muhiddinov   rahbarligida
2000 y. Birinchi jildi tarjima qilindi va nashr etildi. 
Xulosa   qilib   shuni   ta’kidlash   joizki,   Movaraunnahr   huquqiy   maktabining
yetakchi   olimi   Burxoniddin   Marg’inoniyning   siyosiy   huquqiy   qarashlari
dunyodagi   ko’pgina   universitetlarda   o’rganib   kelinmoqda.   U   huquqiy   soha
adolatlilik va qonuniylikning  yorqin timsoli sifatida doimo o’rganiladi.
Huquq falsafasi, siyosiy va huquqiy madaniyat bilan uzviy bog’liq bo’ladi.
Ular   o’rtasida   umumiylik   va   xususiylik   munosabatlari,   ya’ni   huquq   falsafasi
umumiy   tushuncha   bo’lib,   huquqiy   madaniyat   esa   huquq   falsafasining   muhim
jihati   bo’lib,   xususiylikni   tashkil   etadi.   Bu   muammoning   naqadar   dolzarb   va
murakkab   siyosiy-huquqiy,   falsafiy   muammo   ekanligini   keyingi   paytlarda   nashr
etilgan   monografiyalardan,   darsliklardan   va   keng   ko’lamda   olib   borilayotgan
ilmiy-tadqiqotlardan   ham   bilishimiz   mumkin.   O’rta   Osiyoda   yashab   ijod   etgan
mutafakkirlarning   huquqiy-falsafiy   ta’limotida   adolat   va   xalq   manfaati,
muammolariga   alohida   e’tibor   etilgan.   A.Navoiyning   barchaga   ma’lum   va
mashhur:
Odamiy ersang demagil odamiy, 
Oni kim yo’q, xalq g’amidin g’ami
- deb bitilgan baytlari huquq falsafasini ng   muammolaridan biri xalq milliy
manfaatlarini ifodalaydi. 
1485 yilda Abduraxmon Jomiy o’zining «Xiradnomi Iskandariy» dostonida
Aristotel   tarbiyalagan   Iskandar   xususida   uning   asosiy   fazilati   o’z   zarariga   bo’lsa
ham, xalq foydasini ko’zlashdir:
Mayli bo’lsa hamki o’ziga zarar,
Xalqqa yaxshilikni o’ylar Iskandar.
Yoki uning:
Ul ziyrak olim aytdi bir so’zki, yaxshi G’oyat
Mamlakatning tayanchi din emasdur   –   adolat!
degan   baytlari   mustaqil   davlatimizning   rivojlanishi   bilan   bog’liq   asosiy
siyosiy-huquqiy, falsafiy-axloqiy g’oyalardandir. Yuqorida   qayd   etilgan   fikrlardan   kelib   chiqqan   holda   umuman   Sharq
falsafasi   kabi,   huquq   falsafasi   tarixini   ham   quyidagi   uch   uslubda   o’rganish
mumkin: 
Birinchidan   konkret   mutafakkirlarning   huquq   falsafasiga   oid   qarashlari
sifatida; 
ikkinchidan  huquq falsafasini ijtimoiy-siyosiy davrlarga bo’lib o’rganish; 
uchinchidan   esa,   Sharqda   huquq   falsafasi   shakllanishining   o’ziga   xos
xususiyatlarini umumiy, nazariy, axloqiy asoslarini o’rganishdan iboratdir.
Ana   shulardan   kelib   chiqqan   holda   Markaziy   Osiyoda   huquq   falsafasini
rivojlanish   tarixini   umuman   falsafiy,   ijtimoy-siyosiy,   huquqiy   bilimlar   tizimlari
bilan   bog’lik   holda   tahlil   etmoq   lozim.   Ular   bir-birlari   bilan   uzviy   bog’liq
bo’lishidan   tashqari,   ular   o’rtasida   tafovutlar   ham   mavjud   bo’lgan   va   huquq
falsafasi esa mustaqil ta’limot sifatida rivojlangan.
Xulosa qilib aytganda, Movarounnaxrda ilmga intilish, ilmli bo’lish, inson
hayotining   mazmunini   tashkil   etgan.   Markaziy   Osiyoda   ekzistensializm
falsafasining   ya’ni,   hayot   falsafasining,   yashash   falsafasining   mohiyati   a na
shulardan   iborat.   O’zbekistonda   huquq   falsafasining   shakllanishi   va   rivojlanishi
haqida   akademik   E.Yusupov   shunday   de gan :   “Markazlashgan   davlat   fuqarolari
davlat   tomonidan  yaratilgan  qonunlarga   rioya  qilishi,  jamiyat  adolatli  deb   topgan
axloqiy   mezonlar   chegarasidan   chiqmasligi   ham   kerak   bo’lgan.   Bunday   huquqiy
va   axloqiy   mezonlar   tizimi   xudoning   barcha   mo’minlari   so’zsiz   bajarishi   shart
bo’lgan irodasi sifatida talqin etilgan”.
O’zbekistonda   yashab   ijod   etgan   juda   ko’plab   mutafakkirlarning
ta’limotlarida huquq falsafasining muhim muammolari atroflicha tahlil etiladi. Ana
shunday   dolzarb   masalalardan   biri–bu   jamiyatda   adolat   va   tenglik,   birodarlikni
qaror   topishi,   inson   aql-zakovati,   madaniyati   va   ma’naviyati   bilan   bog’liq
ekanligidir.   Boshqa   bir   buyuk   alloma   Abdulla   Avloniyning   yozishicha,   aql
idrokning tantana qilishiga ishonmoq lozim, chunki, “Aql insonlarning piri komili,
murshidi yagonasidir”. O’rta   Osiyo   xalqlarining   mashhur   allomalari:   Muhammad   al-Xorazmiy,
Abu   Nasr   Forobiy,   Abu   Rayhon   Beruniy,   Abu   Ali   ibn   Sino,   Yusuf   Xos   Hojib,
Zamaxshariy,  Ahmad  Yugnakiy  va ko’pgina boshqalar  jahon  madaniyatiga  ulkan
hissa   qo’shganlar.   Ushbu   davrda   faylasuf-qomuschilar   ijodida   siyosat,   huquq
masalalari katta rol o’ynaydi. Bu masalalar ularning asarlarida asosan, hurfikrlilik,
insonparvarlik   nuqtai   nazaridan   ko’rib   chiqiladi.   Ular   jamiyatning   paydo   bo’lishi
va   rivojlanishiga,   davlat   va   uning   vazifalariga,   huquqning   paydo   bo’lishi,
mohiyatiga katta  e’tibor   berishgan.  Jamiyatning  paydo  bo’lishi, ularning  fikricha,
hayvonlardan   farqli   ravishda,   ongli   mavjudot   bo’lgan   inson   tabiatidan   kelib
chiqadi.   Inson   uchun   o’ziga   o’hshaganlar   bilan   muloqotda   bo’lish,   birlashishga
intilish   xos   xususiyatdir.   O’z   moddiy   ehtiyojlarini   qondirish   uchun   odamlar
birlashadilar   va   jamiyat   tashkil   etadilar.   Jamiyat   o’z   taraqqiyotida   esa   yana   ham
mukammal   darajaga   ko’tariladi.   Bu   mukammallik   davlatga   xosdir.   Davlatning
paydo bo’lishi va rivojlanishi Sharq Uyg’onish davrida Abu Nasr Forobiy siyosiy-
huquqiy   ta’limotida   yuqori   darajada   ilmiy   o’rganilgan.   Mansabdor   shaxslar,   eng
avvalo, hukmdorning shaxsiy va ishga oid sifatlariga alohida ahamiyat beradilar.
IX   asrning   oxirlaridan   boshlab   Markaziy   Osiyoda   o’ziga   xos   Sharq
uyg’onish   davri   (Rennesans)   boshlanib ,   bu   davrda   falsafiy-huquqiy,   siyosiy-
madaniy qarashlar keskin rivojlanadi. Juda ko’plab ilmiy, falsafiy, badiiy, huquqiy
risolalarning   yuzaga   kelishi,   hamda   fanda   qilingan   inqilobiy   o’zgarishlar   aynan
mana   shu   davrga   to’g’ri   keladi.   O’zbekiston   bu   tarixiy   davrda   jahon
sivilizasiyasining yirik fan va madaniyat o’chog’iga aylanadi.
Huquq   falsafasining   asosiy   masalalaridan  biri   bo’lgan  ijtimoiy  adolat
va   fuqarolarning   tengligi   Markaziy   Osiyo   mutafakkirlarining   diqqat
markazida   turgan   edi .   Forobiy   kishilarning   dunyoga   kelishidan   boshlab   teng
huquqli ekanligini, ammo muayyan ijtimoiy muhit, obyektiv va subyektiv omillar
ta’sirida,   ular   jamiyat   hayotida   turlicha   xaraterga   ega   bo’ladilar,   ijtimoiy   va
huquqiy   normalarga   turlicha   munosabatda   bo’ladilar.   Forobiy   bu   jarayonda
jamiyatni   demokratik   boshqarish   qonun,   ma’naviyatining   ustuvorligini,   hamda
adolatli,   dono,   kamtarin,   siyosiy   yetakchi   boshqarmog’i   lozim   deb   hisoblaydi. Bularning   barchasi,   Forobiy   huquqiy   falsafiy   ta’limotining   uzviy   ajralmas   qismi
bo’lib,   boy   o’zbek   milliy   huquqiy   an’analari,   qarashlari   va   g’oyalar
durdonalaridandir.
Bu  tengsizlikdan,  adolatsizlikdan  qutulishning  ikki  muhim  omilini  u  qayd
etadi.   Ulardan   birinchisi   kishilar   o’rtasida   ijtimoiy   munosabatlar   birlik   va
hamjihatlikka,   mehnatsevarlikka   asoslanmog’i   kerak.   Dehqonchilik,   chorvachilik
to’qimachilik,   baliqchilik   va   boshqalar   kabi   mehnat   faoliyatida   tom   ma’noda
tenglik,   erkinlikka   erishish   mumkin.   Ikkinchisi   esa   ma’rifat   va   bilim,   ya’ni   xalq
baxt-saodati ma’rifatsiz, kishilarning ilmini, aql-idrokini rivojlantirmasdan amalga
oshirib   bo’lmaydi.   Bu   haqda   Amerikalik   mashhur   sharqshunos   olim   Frans
Rouzental   o’zining   «Bilimlar   tantanasi»   nomli   asarida   tarixan   islom   dini,   fan
yutuqlari,   ilm   bilan   uzviy   bog’liq   holda   rivojlangan.   Jumladan,   huquqshunoslik
fanlari ham islom dini va islom falsafasi bilan chambarchas bog’liq holda taraqqiy
etgan.   F.Rouzental,   original   tarixiy   manbalarga   asoslangan   holda   Muhammad
payg’ambarimizning   «Xitoydan   bo’lsa   ham   ilm   izla!»   degan   fikrini   keltirib,
Sharqda   «donishmandning   siyohi   bandalarning   yorug’   qoni   kabi   muqaddasdir!»
degan   konsepsiyaga   amal   qilgan   falsafa   va   huquq   fanlarining   mohiyatini
obskurantizmda   ayblash   noto’g’ri   deb   hisoblaydi.   Yuqorida   qayd   etilganlardan
kelib   chiqqan   holda   aytish   mumkinki,   islom   dini   butun   borlig’i   bilan   ilm-fan
rivojlanishiga rahnamolik qilgan.
Siyosiy–huquqiy,   huquq   falsafasiga   oid   bir   qator   g’oyalarini   olg’a
surgan yana bir buyuk mutafakkir Abu Ali Ibn Sinodir. 
Sharq   ilk   Uyg’onish   davrining   buyuk   tafakkur   egasi,   yirik   faylasuf   olimi
Abu Ali  ibn Sino 980 yil Buxoro viloyatining Afshona qishlog’ida tug’ilgan. Ibn
Sino asarlari 450 dan ortiq bo’lib, bizgacha faqat 160 ga yaqin asari yetib kelgan.
Kitob   ul-insof–Insof   kitobi,   Kitob   un-   najot–Najot   kitobi,   Donishnoma,   Risolai
tadbiri manzil,tibbiyotga oid Tib qonunlari, Kitob ash-shifo kabi asarlari dunyoga
mashhurdir.
U o’z davrida Sharq va Ovrupada Shayx-ur-Rais, olimlar boshlig’i, tabiblar
podshohi   kabi   buyuk   nomlarga   sazovor   bo’lgan.   Ibn   Sinoning   ijtimoiy-siyosiy qarashlari Forobiy asarlari ta’sirida shakllangan va shu bois, o’rta asrlardagi barcha
fanlar Ibn Sino e’tiboridan chetda qolmadi. Ibn Sinoning asosiy falsafiy asarlari «
Kitob-ash   shifo»,   «Donishnoma»,   «Najot»,   «Kitob-ul   insof»,   «Urjuza»,   «Ichak
sanchiqlari»,   «Ahd   risolasi»,   «Ahloq   haqidagi   risola»   asarlari   inson   salomatligi,
inson hulqini, fe’l-atvorini, axloq ilmini o’z ichida mujassamlashtirgan.
Ibn   Sino   «Donishnoma»   kitobida   o’z   davrida   ma’lum   bo’lgan   ilmlarni
ikkiga:   amaliy   va   nazariy   ilmlarga   ajratadi.   Birinchisi   –   bizni   o’z   xatti-
harakatlarimizdan   xabardor   qiladi.   Uning   foydasi   shundaki,   u   shu   dunyodagi
ilmlarimizni   yo’lga   solish   uchun   nimalar   qilishimiz   lozimligini   o’rgatadi.
Ikkinchisi   esa,   bizning   jonimiz   o’z   shaklini   kasb   etishi   va   u   dunyoda   baxtiyor
bo’lishi uchun buyumlarning borliq holati haqida bizni xabardor qilinadi.
Amaliy ilmlarning o’zini Ibn Sino yana uch turga ajratadi: 
birinchisi, mamlakatni idora qilish; 
ikkinchisi, uyni idora qilish;
uchinchisi, o’z-o’zini idora qilish .
Demak,   Ibn   Sino   amaliy   ilmlar   deganda,   insonning   amaliy   harakati   bilan
bog’liq   bo’lgan   ilmlarni   tushunadi.   Jamiyatni,   xalqni,   mamlakatni   idora   qilishni,
uyni   boshqarishni,   oila   munosabatlarini   tartibga   solish,   kishilarning   o’z-o’ziga
qanday  munosabatda  bo’lishlari   haqidagi   amaliy bilimlarini   Ibn  Sino ma’naviyat,
odob-axloq   haqidagi   bilim,   deb   qaraydi.   Ibn   Sinoning   odob-axloq   va
insonparvarlik   haqidagi   ta’limoti   katta   ilmiy-amaliy,   tarbiyaviy   ahamiyatga   ega.
Bu   ta’limot   inson   olam   rivojlanishining   toji   bo’lib,   u   buyuk   sharaf   va   hurmatga
loyiqdir,   degan   fikrga   asoslanadi.   Uning   fikricha,   inson   olamdagi   mavjudotlar
ichida   eng   buyuk   zotdir.   Shuning   uchun   ham   alloma   har   bir   kimsadan   inson
nomiga loyiq bo’lishini talab qiladi.
Ibn   Sino   o’zining   falsafiy   ta’limotida   yaxshilik   va   yomonlik,   adolat   va
adolatsizlik,   rohat   va   azob-uqubat,   iffat,   sharm-hayo   va   benomuslik,   sahiylik   va
bahillik,   donolik   va   johillik,   sevgi   va   nafrat,   poklik   va   nopoklik,   vafodorlik   va
bevafolik, kamtarlik va manmanlik, maqtanchoqlik singari  odob-axloqqa taalluqli
masalalarga   alohida   e’tibor   bilan   qaraydi.   Allomaning   «Axloq   haqida   risola», «Burch   haqida   risola»,   «Nafsni   pokiza   tutish   haqida»,   «Hikmat   buloqlari»
asarlarida  kishilar   amaliy   faoliyatida   namoyon  bo’ladigan   xususiyatlar   to’g’risida
to’liq ma’lumotlar berilgan. Uning fikricha, yaxshi va yomon xulqlarning hammasi
odatdan paydo bo’ladi. Ayni paytda u odamlarning yaxshi yoki yomon bo’lishiga
hukumat ahllarining
ta’siri ham zo’r bo’ladi. 
Ibn   Sino   «Donishnoma»   asarida   yaxshilik   tushunchasi   ikki   ma’noga
egaligini,   ya’ni   birinchisi,   o’z   tabiatiga   ko’ra   yaxshilik,   ikkinchisi,   biror   kimsa
uchun   qilingan   yaxshilikdan   iboratligini   eslatish   lozim.   Yaxshilik   va   yomonlik
mazmunan   va   mohiyatan   o’zaro   tubdan   zid   tushunchalardir.   Yaxshilik,   ezgulik
bo’lmagan joyda yomonlik bo’ladi. Yomonlik esa yaxshilikni yo’qqilishga, uning
rivojlanishi,   keng   yoyilishiga   yo’l   qo’ymaslikka   harakat   qiladi.   Ibn   Sinoning
siyosiy qarashlarida harakterli bo’lgan narsa bu ideal davlat to’g’risidagi g’oyalari.
Uning fikriga ko’ra ideal davlat tepasida ma’rifatparvar shoh turishi lozim. Jamiyat
a’zolarining   barchasi   foydali   mehnat   bilan   shug’ullanishi   kerak.   Ibn   Sinoning
fikriga ko’ra, ideal davlat tarkibi uchga bo’linadi:
1) ma’muriy ishlar bilan shug’ullanuvchilar;
2) ishlab chiqaruvchilar;
3) harbiylar.
Ibn   Sino   o’zining   «Risolai   tadbiri   manzil»   asarida   shunday   yozadi:   agar
barcha   odamlar   shohlar   bilan,   sultonlardan   iborat   bo’lsa   yoki   hammalari   oddiy
mehnatkashlar   bo’lsa,   ularga   rahbarlik   qiluvchi   sultonlar   bo’lmasa,   ular   o’lgan
bo’lardilar».   Ibn   Sino   aholining   barchasini   butunlay   boyib   ketishiga   yoki
qashshoqlashib ketishiga qarshi bo’lgan.
Ibn   Sinoning   ijtimoiy-siyosiy   qarashlari   Forobiy   asarlari   ta’sirida
shakllangan   deb   yuqorida   qayd   etgandik,   chunki   uning   qarashlarida   Forobiy
ta’limotining   ta’siri   kuchli   bo’lgan.   Jamiyatning   paydo   bo’lishi   to’g’risida   Ibn
Sino: «Inson o’z shaxsiy ehtiyojlari mustaqilligi ma’nosida alohida ajralgan emas,
chunki   ularni   inson   zotining   boshqa   vakillari   bilan   birlashmay   turib   qondira
olmaydi», deb aytgan. Ibn Sino fikricha, «A’zolari uchun umumiy qonunlar qaror topgan   mamlakatda   adolatsizlik   bo’lishi   mumkin   emas.   Jamiyat   a’zosining
adolatsizligi   jazolanishi   kerak.   Agar   hukmdorning   o’zi   adolatsiz   bo’lsa,   unga
qarshi g’alayon jamiyat tomonidan ma’qullanishi va qo’llab-kuvvatlanishi kerak».
Ibn  Sino  o’zining  «Ko’rsatmalar  va  o’gitlar»  kitobida  bunday   yozadi:   «Inson   o’z
shaxsiy   ehtiyojlarining   mustaqilligi   ma’nosida   alohida   ajralgan   mavjudod   emas,
chunki u o’z ehtiyojlarini insoniyatning boshqa vakillari bilan muloqotda bo’lmay
turib qoniqtira olmaydi». 
Odamlar   o’rtasida   qaror   topadigan   almashish   va   o’zaro   munosabatlar
jarayonlarida har bir kishi o’zga kishini qandaydir ehtiyojdan halos etadi, agar har
bir   kishi   hamma   narsani   o’zi   boshqaradigan   bo’lsa,   uning   zimmasiga   o’ta
murakkab,   qo’lidan   kelishi   gumon   bo’lgan   vazifa   ishlatilgan   bo’lardi.   Buning
natijasida  kishilar  o’rtasida  bitishuv,   adolat   va  qonunning  qaror  topgan  normalari
zarur bo’ladi, qonunshunos esa bunday qonunga alohida belgilarga ega bo’lganligi
tufayli majburiylikni kasb etishi kerak.
Shuningdek,   hayrli   xatti-harakatlarni   amalga   oshiruvchilar   uchun   ham,
yomon   xatti-harakatlarni   amalga   oshiruvchilar   uchun   ham   bularning   barchasi
kimga ma’lum bo’lsa va bularning barchasidan xabardor hamda har narsaga qodir
bo’lgandan   olinadigan   mukofot   nazarda   tutilgan   bo’lishi   kerak.   Shuning   uchun
hakamning   va   qonunshunosning   ustuvorligini   tan   olish   zarur   va   odamlarning   o’z
xatti-harakatlarida amal qiladigan sabablardan biri uni eslash bo’lishi kerak.
Ibn Sino ta’kidlashicha insonning hatti-harakatlari uning yaxshi va yomon
xulqining barchasi  muhit, tarbiyaga va adolatga bog’liq bo’lib, ular asosida inson
borlig’i namoyon bo’ladi.  Jumladan, Ibn Sino inson yaxshi fazilatining asosini to’rt
turga   bo’ladi.   B u lar   donolik,   jasurlik,   aqllilik,   adolatparvarlikdir .   Inson   o’z
ma’naviy   hayotini,   axloqiy-huquqiy   dunyoqarashini   takomillashtirish   va   boyitish
imkoniyatlariga ega. B u lardan har bir kishi  to’g’ri va odilona foydalanishi  lozim.
Ibn   Sino   o’zining   qit’alaridan   birida   jamiyatda   kishilar   o’rtasida   tenglik,   adolat,
poklikka cha q irib, shunday deydi:
Shundaydur aslida hayot qonuni,
Qo’ldan kelsa boshqa qilardim uni.   Bosh qa   bir   mutafakkirimiz   Beruniy ta’limotiga ko’ra inson o’z aqli va
zakovati   bilan   boshqa   tirik   mavjudotlardan   farq   qiladi   hamda   u   ichki   va
tashqi   poklikka   ega   bo’lishi   lozimligini   ta’kidlagan .   Beruniy   fikricha   ichki
poklik avvalo yaxshi niyatdan kelib chiqadi. Tashqi poklikka esa inson haqiqat va
huquqqa rioya qilish tufayli erishadi. Inson yuksak fazilatlar sohibi bo’lishi uchun
u o’ziga ravo ko’rgan narsa, hodisalarni o’zgalarga ham ravo ko’rishi kerak.
Abu   Rayhon   Muhammad   ibn   Ahmad,   ya’ni   bizga   Abu   Rayhon   Beruniy
tahallusi  bilan tanilgan ilk Uyg’onish davrining buyuk mutafakkirlaridan biri  973
yilning   4   sentyabrida   Kat   shahrida   tavallud   topdi.   Beruniy   fanning   barcha
sohalarida   samarali   ijod   qilgan,   uning   ilmiy   merosi   juda   keng   va   rang-barangdir,
olimning 160 dan ortiq asarlariga nazar tashlab buni bilib olamiz.
Beruniyning   ilmiy   ish   sohasidagi   zo’r   qobiliyati   uning   ko’pchilik
zamondoshlari   va   keyingi   olimlar   tomonidan   e’tirof   etilgan.   Beruniy   zotan   ilmiy
qiziqishlari   nihoyatda   kengligi   va   chuqurligi   va   ilmiy-nazariy   tahlillari-yu,
ta’limotining   benazirligi,   umumdunyo   tan   olgan   haqiqatdir.   Uning   ikkinchi
Ptolemey deyishlarining ham sababi, aynan shu haqiqat samarasidir.
Beruniy   1010   yil   «O’tmish   avloddan   qolgan   yodgorliklar»   asarini   yozdi.
Beruniy  bu   asarda   birinchi   manba   asosida   va   kata   aniqlik  bilan   qadimda  greklar,
rimliklar, forslar, xorazmliklar  kabi  bir qancha xalqlarning dini, urf-odati, qonun-
qoidalari haqida yozadi.
Umuman,   Beruniyning   siyosiy   va   huquqiy   qarashlari   uning   «Hindiston»,
«Mineralogiya»,   «Geodeziya»,   «O’tmish   avlodlardan   qolgan   yodgorliklar»   kabi
asarlarida   qayd   etilgan.   Beruniyning   siyosiy   g’oyalarlaridan   biri   uning   davlat
paydo   bo’lishi   haqidagi   qarashlaridir.   Uning   fikricha,   odamlar   o’z   dushmaniga
qarshi   kurashish   va   o’zlarining   zaruriy   extiyojlarini   qondirish   uchun   uyushgan
holda   yashash   va   ishlashga   majburdirlar.   Beruniy   «Minerallar»   asarida   extiyojlar
turli   xil   bo’lib,   u   faqat   bir   necha   uyushsagina   qoniqtirishi   mumkin,   degan
g’oyalarni   ilgari   suradi.   Shuning   uchun   odamlar   shaharlar   yaratishga
mushtarakdirlar, deydi. Beruniy   odamlarning   jamoa   bo’lib   yashashlarining   asosiy   qoidalari   bu
o’zaro   yordam,   bir-birlari   bilan   tinch   yashash,   umumiy   manfaatlar   uchun   ishlash
kabi prinsiplarga asoslangan bo’lishi kerak. Insonning asosiy vazifasi – bu mehnat
qilishdir.   Chunki   barcha   narsalarga   mehnat   orqali   erishiladi.   Kishilarning   boy   va
kambag’al   bo’lishining,   ezuvchi   va   eziluvchilarga   bo’linishining   asosiy   sababi   –
mulkiy   tengsizlik   ekanini   tushuntiradi   va   fuqarolar   o’rtasida   tuzilgan   mehnat   va
ayirboshlash   shartnomalarini   ikki   turga   bo’ladi:   1-qonuniy   yoki   adolatli
shartnomalar – bunda mehnatga yarasha ish haqi oladi, 2-qonunsiz yoki adolatsiz
shartnomalar   –   bunda   tengsizlik,   zo’rlik,   qalloblik   amal   qilib,   bunda   faqat   bir
tomonning manfaatlari e’tiborga olinadi. Beruniy davlat va huquqni paydo bo’lishi
va   ularning   vazifalari   masalalarini   Forobiy   kabi,   tabiiy   ehtiyojlardan   qidiradi.
Beruniyning fikricha, odamlar ijtimoiy adolatli tartib-qoida o’rnatish uchun, ya’ni
shartnomaga   asoslanib   davlatga   birlashadilar   va   Beruniyning   g’oyalarlarida
dispotiyaga   qarshilik   hissi   sezilib   turadi.   Ma’rifatli   shohlarni   esa   ulug’lar   ekan,
uning   fikriga   ko’ra,   jamiyat   podshohga   xizmat   qilmay,   podshohjamiyatga   xizmat
qilishi   kerak.   «Idora   qilish   va   boshqarishning   mohiyati   balki   boshliq   zolimlardan
aziyat chekkanlarning huquqlarini himoya qilish, birovlarning tinchligi yo’lida o’z
tinchligini   yo’qotishdir.   Bu   ularning   oilasini,   ularning   hayoti   va   mol-mulkini
himoya   qilish   va   qo’riqlash   yo’lida   badan   charchashidan   iborat».   Uning   siyosiy
qarashlarida   davlat   boshlig’i   tabiatan   boshqarish   qobiliyatiga   ega   bo’lishi   lozim.
Buning   uchun   esa   davlat   boshlig’i   davlatning   muhim   masalalarini   hal   etishda
donishmandlarning   qonunlariga   amal   qilishi   lozim.   Bunda   Beruniy   Arastuning
Iskandarga   qilgan   nasihatlarini   hamda   Iskandarning   ularga   amal   qilganini   misol
qiladi.   Beruniyning   fikricha,   «odil   hokimning   vazifasi   oliy   va   past   tabaqalar,
kuchlilar va kuchsizlar orasida tenglik, adolat o’rnatishdan   iboratdir».
Beruniy   davlat   hokimiyatni   nasldan-naslga   o’tib   turishi   qonun-qoidasiga
qarab,   podshohlik   merosga   aylanganini   ko’rib,   insonning   jamiyatda   tutgan   o’rni
naslning   qadimiyligi,   avlod-ajdodlarning   xizmatlari   bilan   belgilanishiga   qarshi
chiqadi.   Bu   haqda:   «Kimki   o’zining   marhum   qarindosh-urug’i   va   buvalari   orqali
mansabga   (podshohlik   yoki   hokimlikka)   erishaman   desa,   uning   o’zi   marhumdir, lekin   marhum   avlodlari   barhayotdir»,   deydi.   Uning   fikricha,   u   yoki   bu   davlat
arbobining   hokimiyatni   boshqarishga   yaroqliligi   uning   avlodlari   qobiliyatidan
bo’lmay, balki uning davlatga rahbarlik qilishdagi o’z qobiliyatiga bog’liq bo’ladi.
Bundan   tashqari,   yana   odamlarning   rangi,   tili   uning   fikricha,   u   yoki   bu   davlat
arbobining   hokimiyatni   boshqarishga   yaroqliligi   uning   avlodlari   qobiliyatidan
bo’lmay, balki uning davlatga rahbarlik qilishdagi o’z qobiliyatiga bog’liq bo’ladi.
Bunday   tashqari,   yana   odamlarning   rangi,   tili,   tashqi   ko’rinishining   turlicha
bo’lishi faqat nasliga bog’lik bo’lmasdan, balki ular yashayotgan muhitga, havoga,
suvga   ham   bog’liq,   deb   yozar   ekan,   uning   fikricha,   turlicha   davlatlarning
mavjudligi,   turli   hukmdorlarning   bo’lishi   ham   yuqoridagilarga   bog’liqligini
ta’kidlaydi.
Beruniy   jamiyatni   boshqarishda   biz   bu   hakda   yuqorida   ham   eslatib
o’tgandik,   ya’ni   jamiyat   podshohga   xizmat   qilmay,   balki   podshoh,   jamiyatga
xizmat   qilishi   kerakligini   qo’llagan:   «Idora   qilish   va   boshqarishning   mohiyati
aziyat chekkanlarning huquqlarini himoya qilish, birovlarning tinchligi yo’lida o’z
tinchligini   yo’qotishdan   iborat»,   deydi.   Beruniyning   siyosiy   qarashlarida   davlatni
boshqarish   uchun   xalq   tomonidan   saylab   qo’yiladigan   hokim   odil   va   xalqparvar
bo’lishi   g’oyalari   ilgari   suriladi.   U   ushbu   g’oyalarni   o’zining   «Mineralogiya»
asarida bir hikoyat misolida yozgan: «U yerda o’lkani idora qilish a’yonlari va yer
egalari   o’rtasida   navbatma-navbat   bir-biriga   o’tib   turarmish,   kimga   navbat   kelsa,
o’sha   uch   oy   hukm   yuritarmish.   Muddat   tugashi   bilan   o’z-o’zidan   o’lkani   idora
qilish   amalidan   tushib   minnatdorchilik   uchun   sadaqa   beradi   va   o’z   ahli   orasiga
qaytadi,   u   bilan   go’yo   kishandan   bo’shaganday   hursand   bo’lar   va   o’z   ishi   bilan
band   bo’lar   emish.   Bu   shuning   uchunki,   davlatni   idora   qilish   rohatdan   mahrum
bo’lish degan so’zdir. Bunda u o’sha joydagi ezuvchilarni eziluvchilarga nisbatan
adolatli   qilaman,   deb   tinkasini   quritish   deganidir.   Bu   esa   o’z   qo’li   ostidagilardan
va  ularning   o’zlarini   himoya   qilish   uchun  urush   tadbirini   tayyorlash   borasida   o’z
jonini qiynashdir...».
Beruniy,   hukmdorlar   o’z   davlatini   idora   qilish   siyosatida   adolatli
qonunlardan   to’g’ri   foydalanmasdan,   uni   buzish   orqali   xalqqa   xiyonatkorlik qilishlarini,   oqibatida   esa,   bunday   siyosat   davlatning   vayron   bo’lishiga   va
tartibsizlikka sabab bo’lishini yozadi.
Beruniyning   huquqiy   qarashlarida   adolatlilik,   oila   nikoh   munosabatlari,
jinoyat va ularga belgilangan jazolar alohida o’rintutadi.Jumladan, uning fikricha,
jamiyatdagi   axloqsizlikning   eng   yomon   ko’rinishi   zo’ravonlik   va   o’g’irlikdir.   Bu
kabi   jinoyatlar   jazolanishi,   ularni   sodir   etgan   shaxslarni   qayta   tarbiyalash   haqida
o’z   fikr-mulohazalarini   bildirgan:   «O’g’irlikka   kelsak   -   o’g’irlangan   narsaning
miqdoriga   qarab   jazo   beriladi.   Ba’zan   zo’r   darajada   va   o’rta   darajada   xalqlarga
ibrat   bo’ladigandek   jazo   berib,   goho   qiynash   va   tavon   to’latishga,   goho   xalq
o’rtasiga chiqarib yoyish va oshkora qilish bilan to’xtatiladi». Uning fikricha, agar
haqiqat   uchun   kimki,   guvohlikka   chaqirilgan   bo’lsa,   guvohni   podshohlar   oldida
rost   gapirishda   ularning   savlatlaridan   qo’rqmaslikka   da’vat   etar   ekan,   ular
gavdangizga hukmronlik qilishlari mumkin, ammo vijdoningizga tega olmaydilar,
deb   ta’lim   beradi.   Chunki   aynan   yolg’onchilar,   razolatdan   tap   tortmay,   uyat,   or-
nomusni   qadrlay   olmaydigan   kishilar   bo’ladi.   Ular   o’z   tubanliklari   tufayli   baxt-
saodatga yolg’on-yashiq yordamida erishishga intiladigan kishilarki, ularga qarshi
kurashish faqat mard kishiga hosligini ta’kidlaydi. Uning oila va nikoh xususidagi
fikriga   ko’ra,   «Xalqlardan   hyech   biri   ham   nikohdan   xoli   emasdir.   har   millatning
nikohga   oid   o’ziga   xos   rasmi   va   odati   borligini   qayd   etadi.   Beruniy   o’zining
«Hindiston» asarida xalqlar o’rtasidagi urushlarni qoralaydi. Uning fikricha, aynan
urushlar taraqqiyiga g’ov bo’ladi. Shuning uchun hamxalqlar o’rtasidagi tinchlikni
saqlash,   davlat   boshliqlarining   asosiy   vazifasi   sifatida   qarab,   hukmdorlar   tashqi
davlatlar   bilan   o’zaro   munosabatida   elchilarga   alohida   talabchanlik   bilan
qarashlarni   ta’kidlaydi.   Elchilarning   insoniylik   jihatlari   davlatlararo
munosabatining tayanchi
bo’lishini yozadi.
Beruniyning siyosiy-huquqiy, axloqiy qarashlarida rostgo’ylik tushunchasi
alohida   o’rin   tutadi.   Rostgo’ylik   inson   axloqiy   fazilati   bo’lib,   unga   zid   bo’lgan
yolg’onchilik   esa   jamiyat   taraqqiyotiga   to’sqinlik   qiluvchi   axloqsizlik   deb
tushuntiriladi.   “Hammaning   tabiatida   adolat   bevosita   sevikli   va   hamisha   uning yaxshiligini   bilgani   kabi   rostgo’ylik   ham   shunday”.   Beruniy   falsafiy-huquqiy
qarashlarida adolatlilikka, halollikka, mavjud huquqiy va axloqiy normalarga rioya
qilish   naqadar   muhim   ekanligiga   alohida   e’tibor   qaratgan.   “Yolg’onchilik   –   deb
ta’kidlaydi  Beruniy  –  kishini   adolatdan  yuz  o’girtiradi,  u  zulm,  yolg’on  guvohlik
omonatga   xiyonat,   boshqalar   mulkini   hiyla   bilan   o’zlashtirish,   o’g’rilik   va
xalqlarning   buzilishiga   sabab   bo’ladigan   boshqa   yomon   xulqlarni   kishiga   yaxshi
qilib ko’rsatadi”.
Beruniy   siyosiy-huquqiy,   falsafiy   qarashlarida   badxulq,   axloqsiz,   niyati
buzuq kimsalarning muayyan bir ishga aralashuvi oqibati, odatda yomon bo’lishini
ta’kidlaydi. Inson o’z faoliyatida mavjud huquqiy-axloqiy normalarga rioya etishi
zarur.   “Ishga   niyati   buzuq   va   badxulq   kishilar   aralashib   qolsa,   uning   buzilishi
turgan gap”.
Demak,   inson   huquqiy   qarashlari,   uning   davlat   tomonidan   o’rnatilgan
qonun va qoidalarga rioya qilishida ijtimoiy muhitning roli, jamoaning tarbiyaviy
kuchi alohida ahamiyatga ega. Chunki, yaxshi xulq yaxshilik alomatidir.
Shunday   qilib,   bu   tarixiy   davrda   Markaziy   Osiyo   mutafakkirlari   huquq
falsafasi   ma’lum   ma’noda   hayot   falsafasining   ajralmas   qismidir.   Yuqorida   zikr
etilgan   fikrlarni   biz   O’zbekistonda   huquq   falsafasi   rivojining   bir   muncha   keyingi
davrlarda   yashab   ijod   etgan   huquqshunos,   faylasuf,   yozuvchi   va   shoirlari
qarashlarida ham kuzatishimiz mumkin.
Jahonga   mashhur   bo’lgan   ijtimoiy-falsafiy,   huquqiy   fikr
taraqqiyotining   yirik   namoyondalaridan   biri   bu   Abu   Nasr   Forobiydir   (873-
950).
Forobiyning   siyosiy-huquqiy   qarashlariga   bag’ishlangan   qator   asarlari:
«Fuqarolik   siyosati»,   «Fozil   shahar   aholisining   qarashlari»,   «Baxt-saodatga
erishuv   haqida»,   «Baxt-saodatga   erishish   yo’llari   haqida»   va   boshqa   qator
risolalarini u yaratgan
universal  ijtimoiy tizimning yakunlovchi  qismi  deyish mumkin.   Umrining
so’nggi   davrlarida   maromiga   yetkazgan   ushbu   ta’limotini   Forobiy   qadim   yunon
ilmidan,   ayniqsa,   Arastu   va   Aflotunning   siyosiy-etik   qarashlaridan,   shuningdek, Qadimgi   Sharq   ijtimoiy   g’oyalarlaridan   keng   foydalangan   holda,   qolaversa,   o’z
davrining   ijtimoiy   turmushi   muammolarini   chuqur   o’ganish   asosida   yaratgan.
Forobiy   jamiyat   paydo   bo’lishi   haqida   o’z   konsepsiyasini   ilgari   suradi.
Odamlarning   o’zaro   birlashishlari   sabablari   sifatida   quyidagi   eng   muhim   shart-
sharoitlarni e’tirof etadi: avvalo, insonlar, bir-birining yordamiga muhtojdirlar, shu
nuqtai   nazardan   ularning   ijtimoiy   vaziyat   va   holatlari   bir   xildir;   ikkinchidan,   bir
jamiyatga   birlashgan   odamlarning   har   bir   inson   ehtiyojlarini   qondirishga
yo’naltirilgan   faoliyati   ham   ijtimoiy,   ham   individual   mukammallikni   qo’lga
kiritishga   xizmat   qiladi.   Shu   bois   ham   kishilik   jamiyatining   paydo   bo’lishi,
Forobiy   fikriga   ko’ra,   ezgu   maqsadlarga   asoslangandir.   Masalaning   shu   tariqa
anglanishi   fozil   shahar   (davlat)lar   paydo   bo’lishi   zaruratining   muhim   ijtimoiy-
falsafiy   asosidir,   zero   bunday   shahar   (davlat)lar   Forobiy   tomonidan   kishilik
birlashmalarining eng oliy shakli deb e’tirof qilinadi.
Forobiy   ijtimoiy   falsafani   izchil   ta’limot   sifatida   ishlab   chiqqan,
shuningdek huquq falsafasining ijtimoiy falsafasining bir qismi sifatida tahlil etgan
mutafakkirdir.   Uning   fikricha,   jamiyat   taraqqiyotining   muhim   muammolarini
quyidagi fanlar o’rganmog’i lozim:
a)   shahar-davlat   haqidagi   fanlar,   ya’ni   siyosiy   fanlar,   siyosatshunoslik
politologiya–al-madaniya;
b) huquqshunoslik - yurisprudensiya ya’ni fikx;
v) musulmon teologiyasi-kalom. 
Shuning   uchun   ham   Forobiy   huquq   falsafasi,   uning   falsafa   huquqi   bilan
hamohangdir.   Qayd   etilgan   fanlarning   birortasi   ham   ijtimoiy   bilishni   to’laligicha
ta’minlay olmaydi. Binobarin, ijtimoiy bilishning, ijtimoiy haqiqatga erishishning
murakkabligini   tushungan   holda   bir   nechta   fanlar   majmuigina   mazkur   haqiqatni
bilish imkonini beradi. Shuning uchun ham Forobiy, huquq falsafasi faqatgina fikx
bilan   cheklanmasdan,   balki   shariat   qonunlari   siyosiy-huquqiy   fanlarning   o’zida
mujassam   etadi.  Forobiy  ta’kidlashicha   siyosiy,   huquqiy  fanlar   kishilarning  hatti-
harakatlarini,   urf-odatlarini,   an’analari   va   udumlarini,   axloqiy   va   huquqiy
normalarini,   ularning   tabiiy   ehtiyojlarini   va   ularning   xarakteri,   maqsadini   amalga oshirish   usullarini   hamda   alohida   olingan   subyekt   faoliyatida   ularni   namoyon
bo’lishini, jamiyat va shaxsni boshqarish metodlarini o’rganadi.
Shuningdek «Fozil shahar aholisining qarashlari» risolasida har bir insonni
yaxshi   yashash   va   oliy   darajaga   erishishi   uchun   o’zaro   yordamlashuvi,   kishilarni
birlashuvi   zarurligi   haqidagi   g’oyani   ilgari   suradi.   Ana   shundagina   har   bir   inson
ozodligi   va  erkinligi  ta’minlanadi,  deb  ta’kidlaydi   Forobiy.  Kishilarni  davlatlarga
birlashuvi   esa   tabiiy  voqyelik   bo’lib,  uning   asosida   inson   erki   yotadi,  deb   xulosa
qiladi Forobiy.
Va ayni chog’da Forobiy, zo’rlik adolatsizlikni qoralaydi. U zo’rlik qullar
va   be’mani   kishilarga   nisbatan   tez   ta’sirini   ko’rsatadi,   ammo   zo’rlik   bilan
ozodlikni   bo’g’ib   bo’lmaydi,   deydi.   Ko’rinib   turibdiki,   Forobiy   qarashlari   inson,
uning erki, ozodligi, mustaqilligi uchun intilishi muhim o’rin egallaydi.
«Odamlarga   nisbatan   –   deb   ta’kidlaydi   Forobiy   –   ularni   birlashtirib
turuvchi ibtido - insoniylikdir».
Forobiy   inson   ozodligi   va   erkinligini   ta’minlashni   har   qanday
sivilizasiyaning   muhim   ko’rinishlaridan   biri   deb   bildi.   Jumladan   u   shunday   deb
yozadi:   «Madaniy   jamiyat   va   madaniy   shahar   yoki   mamlakat   shunday   bo’ladiki,
shu   mamlakatni   aholisidan   bo’lgan   har   bir   odam   kasb-hunarda   ozod,   hamma
barobar   bo’ladi,   kishilar   o’rtasida   farq   bo’lmaydi,   har   kim   o’zi   istagan   yoki
tanlagan   kasb-hunar   bilan   shug’ullanadi.   Odamlar   chin   ma’nosi   bilan   ozod
bo’ladilar».
Forobiy   ijtimoiy-siyosiy,   falsafiy-huquqiy   qarashlarini,   o’zining   «Ijtimoiy
siyosat»,   «Baxt-saodatga   erishuv   to’g’risida»,   «Fozil   shahar   aholisining
qarashlari»dagi   mumtoz   risolalarida   inson   ijtimoiy   hayotining   paydo   bo’lishi   va
davlatni   boshqarishda   huquqiy-falsafiy   ma’lumotni   ahamiyati,   fozil   davlatlarda
ijtimoiy-siyosiy   munosabatlariga   falsafiy,   huquqiy   va   axloqiy   tamoyillari   va
qoidalari haqida ham fikr yuritgan. Xususan «Fozil shahar aholisining qarashlari»
risolasida   fazilati   bo’lgan   jamoa-shahar   aholisini   asosiy   sifat   belgilari   bu   yuksak
ma’naviylik,   mehnatsevarlik,   ilm-fanga   intilish,   o’zaro   hamfikrlik,   izzat-hurmat
kabi axloqiy-huquqiy tamoyillar hukmron bo’lishi lozimligini ta’kidlaydi.  Huquq   falsafasi   Forobiy   falsafiy,   ijtimoiy-siyosiy   qarashlarda   axloq
falsafasi bilan uyg’unlashib ketadi. Axloq insonning amaliy faoliyatini belgilovchi
asosiy mezon hisoblanib, uning hatti-harakatlarida namoyon bo’ladi. 
Forobiy   huquq   falsafasi   siyosat   ilmining   ajralmas   qismi   bo’lib,   jamoani
boshqarishda   muhim   ahamiyatga   egadir.   Modomiki,   huquq   falsafasi   siyosat
ilmining bir qismi ekan, demak, u insonni bilish, uning manfaatlari va hayotining
manaviy   asosini   tashkil   etuvchi   muhim   omil   sifatida   talqin   etiladi.   Forobiy
o’zining «Exso ul-ulum» risolasida ham siyosiy-huquqiy qarashlarini izohladi. 
Ilm   o’rganishni   inson   komilligining   oliy   qadriyati   deb   hisoblaydi.   Komil
insonning   Vatan   oldidagi   burchi   haqidagi   Forobiyning   fikrlarida,   siyosiy
yetakchining rolining ham muhim ekanligi haqidagi g’oya alohida o’rin egallagan.
Forobiy   o’z   davrining   buyuk   insonparvar   mutafakkiri   sifatida   kishilik
jamiyatini   urushlarsiz,   zulmsiz,   jinoyatchilarsiz,   qashshoqlarsiz   tasavvur   qilgan.
Fuqarolarni   baxtli   bo’lishi   va   jamiyatni   barqarorligi   to’g’risida,   adolat   tantanasi
haqida, tenglik, do’stlik, yuksak madaniyatli jamiyat haqida orzu qilib kolmasdan,
uning siyosiy-huquqiy jihatlarini ilmiy–falsafiy asoslab bergan edi. Forobiy huquq
falsafasida   siyosiy-huquqiy   jarayonlarni   boshqarish   muammosiga   alohida
e’tiborini qaratadi.
Uning   quyidagi   ta’rifi   huquq   falsafasining   mohiyati   va   mazmunini   to’la
ochib beradi: «Mavjudot haqidagi bilim qo’lga kiritilsa, shu haqda ta’lim berilsa, -
deb   yozadi   Forobiy,   mavjudotdan   bo’lgan   narsaning   zoti   bilinsa,   narsaning
ma’nosi   tushunilsa,   ishonchli   dalil-hujjatlar   asosida   shu   narsa   haqida   miyada   bir
turli   ishonch   va   tasavvur   paydo   bo’lsa,   mana   shu   ma’lumotga   doir   fanni   falsafa
deymiz».   Falsafaga   berilgan   bunday   ta’rif   ayni   paytda   huquq   falsafasining   ta’rifi
deyishimizga   yetarlicha   asos   bor.   Forobiy   ijtimoiy-siyosiy,   huquqiy   ta’limotida
inson borlig’i falsafasi, uning ichki dunyosi, uning tafakkurining mantiqiy-huquqiy
jihatlariga   keng   o’rin   berilgan.   Falsafa   faqatgina   tabiat   hodisalarini   emas,   balki
ijtimoiy   hodisalarni,   uning   muhim   elementi   bo’lgan   insonning   hatti-harakatlarini,
faoliyatini   o’rganadi.   Shuning   uchun   ham   falsafa   kabi   huquq   falsafasini   ham,
o’zining   aniqligi   va   izchilligi   bilan   boshqa   inson   haqida   fanlardan   ajrlib tasvirlanadi.   «Odamlar   falsafa   yo’li   bilan   isbot   etilgan   mavjud   narsa   haqida   to’la
ishonch   va   qanoatga   ega   bo’ladilar».   «Falsafa   yo’li   bilan   isbot   etilgan»   huquqiy
hodisalar esa huquq falsafasi hisoblanadi.
Huquqiy ta’limotlar jamiyatdan tashqarida mavjud bo’la olmaydi. Demak,
ideal   jamiyatda   huquqiy   tizimlar   ham   odilona   boshqariluvi   lozim.   Binobarin,   bu
jarayonlarni   boshqarish  esa  Forobiy ta’limotida  ikki  turga bo’linadi.   Birinchidan
kishilarni   baxt-saodatga   eltuvchi   boshqarish   san’ati,   ikkinchidan   esa   kishilarni
yolg’on baxtga erishtiruvchi boshqaruv usulidir. Jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotini
boshqaruv   esa   faqat   kishilarni   baxtli,   farovon   va   adolatli   jamiyatda   turmush
kechirishlarini   ta’minlanmog’i   kerak.   Bu   esa,   o’z   navbatida   axloqiy   va   huquqiy
normalarga, qonunlarga qat’iy amal qilish asosidagina amalga oshirilishi mumkin.
Forobiy   ta’limotiga   ko’ra   siyosiy-huquqiy   jarayonlarni   boshqarish,   jamiyatni
boshqarish   kabi   o’zining   qonun   va   qonuniyatlariga   ega.   Forobiy   ideal   shahar-
davlat   konsepsiyasida   quldorlik   jamiyatini   adolatsizlikka,   tengsizlikka   asoslangan
jamiyat deb hisoblaydi. Bu tengsizlikdan, adolatsizlikdan qutulishning ikki muhim
omilini   u   qayd   etadi.   Ulardan   birinchisi   kishilar   o’rtasida   ijtimoiy   munosabatlar
birlik   va   hamjihatlikka,   mehnatsevarlikka   asoslanmog’i   kerak.   Dehqonchilik,
chorvachilik   to’qimachilik,   baliqchilik   va   boshqalar   kabi   mehnat   faoliyatida   tom
ma’noda   tenglik,   erkinlikka   erishish   mumkin.   Ikkinchisi   esa   ma’rifat   va   bilim,
ya’ni   xalq   baxt-saodati   ma’rifatsiz,   kishilarning   ilmini,   aql-idrokini
rivojlantirmasdan amalga oshirib bo’lmaydi.
Forobiy «Aql ma’nolari haqida» risolasida, aql bir tomondan ruhiy jarayon,
ikkinchi   tomondan   tashqi   ta’sir,   ta’lim-tarbiya-ning   natijasi   ekanligini   uqtiradi.
Forobiyning fikricha, aql faqat insongagina xos bo’lgan tug’ma quvvat, ruhiy kuch
bilan   bog’-liqdir.   Uning   aql,   umuman   bilish   haqidagi   ta’limotida   mantiq   (logika)
ilmi   muhim   o’rin   tutadi.   U   «Mantiq   san’ati   kishiga   shunday   qonunlar   haqidagi
ma’lumot   beradiki,   bu   qonunlar   vositasida   aql   chiniqadi,   inson   sog’lom   fikr
yuritishga   o’rganadi,   -   deb   yozgan   edi.   Forobiy   mantiq   ilmi   bilan   grammatika
o’rtasidagi   mushtaraklikni   qayt   etar   ekan,   mantiqning   aqlga   munosabati
grammatikaning   tilga   munosabati   kabidir,   degan   fikrni   bildiradi.   Grammatika odamlar   nutqini   tarbiyalagani   kabi,   mantiq   ilmi   ham   tafakkurni   haqiqiy   yo’ldan
borishi uchun aqlni to’g’rilab turadi.
Forobiy   logikasi   musulmon   Sharqida   mantiqqa   oid   fikrlarning   rivojiga
katta turtki berdi. Uning bilish, mantiq, aql haqidagi fikrlari inson tafakkuri rivoji
uchun xizmat qiladi. Aqllilik bilimlik va mantiqiy fikrlash bilan chegaralanmay, u
ma’lum ahloqiy prinsiplar va ahloqiy madaniyatni o’zlashtirishni ham ham taqozo
etadi.   Har   bir   davrda   jamiyat   axloq,   madaniyat   mezonlari   bilan   baholanar   ekan,
madaniyatli   inson   ahloqsiz,   e’tiqotsiz,   imonsiz   va   aqlsiz   insonlardan   farqlanib
turgan. «Aqlli deb shunday kishilarga aytiladiki, -degan edi Forobiy,- ular fazilatli,
o’tkir mulohazali, foydali ishlarga berilgan, zarur narsalarni kashf va ixtiro etuvchi
iste’dod egasi bo’lib, ular yomon ishlardan o’zlarini chetga olib yuradilar. Yomon
ishlarni   o’ylab   topish   uchun   zehn-idrokka   ega   bo’lganlarni   aqlli   deb   bo’lmaydi,
ularni ayyor, aldoqchi degan nomlar bilan atamoq lozim».
Forobiy   o’rta   asrlar   sharoitida   birinchi   bo’lib   jamiyatning   kelib   chiqishi,
maqsad   va   vazifalari   haqida   izchil   ta’limot   yaratdi.   Bu   ta’limotda   madaniyatli
jamiyatning ko’p masalalari  – davlatni boshqarish, ta’lim tarbiya, ahloq, ma’rifat,
diniy e’tiqod urush va yarash, mehnat va boshqalar qamrab olingan.
AMIR  TEMUR  TUZUKLARIDA DAVLAT VA HUQUQ
FALSAFASI
Tarixda davlatchilik va fan taraqqiyotiga katta hissa qo’shgan buyuk tarixiy
shaxslardan biri Amir Temurdir. Ma’lumki, u “markazlashgan yirik davlatga asos
solgan   buyuk   siymodir.   A.Temur     huquq   falsafasi   bilan   bevosita   shug’ullangan
emas   va   uning   mazkur   muammoga   bag’ishlangan   alohida   risolalari   ham   bizga
ma’lum   emas.   Ammo   uning   faoliyatida,   davlat   boshqaruvi   amaliyotida   davlat   va
huquq   fanlariga   oid,   ularni   ijtimoiy   amaliyotda   qo’llanilishi   bilan   bog’liq   muhim
nazariy g’oyalarni A.Temur    haqidagi  manbalarda ko’plab uchratishimiz mumkin
Ayniqsa, musulmon huquq falsafasi, yurisprudensiyasi hisoblanmish fikx ta’limoti
A.Temur  qarashlarida alohida e’tiborga molikdir. “Musulmonlarga diniy masalalardan ta’lim berib, shariat aqidalari va islom
dini   ilmlari:   tafsir,   hadis,   fikxdan   dars   bersinlar   deb,   har   bir   shaharga   olimlar   va
mudarrislar tayin qildim”, – deb ta’kidlaydi A.Temur .
Tarixdan   ma’lumki,   har   qanday   davlat   tuzumi,   ma’lum   ijtimoiy
katlamlarga,   ijtimoiy   guruhlarga   tayangan   holda   faoliyat   yuritadi   va   ularning
manfaatlarini himoya qiladi. A.Temur   esa davlatni boshqarishda alohida ijtimoiy
guruhlar,   sinflar   manfaatini   himoya   kilmasdan,   davlat   tizimining   barcha
qatlamlariga,   har   bir   fuqaroga   suyanadi.   “Millatning   dardlariga   darmon   bo’lmoq
vazifangizdir.   Zaifalarni   ko’ring,   yo’qsullarni   boylar   zulmiga   tashlamang.   Adolat
va ozodlik – dasturingiz, rahbaringiz o’lsin” - deydi Amir Temur. 
A.Temur     buyuk   siyosatchi   va   davlat   arbobi   sifatida   o’z   davlatining
siyosiy-huquqiy va ijtimoiy-falsafiy tamoyillarini yaratdi va “idora shaklini, uning
ilkularini ko’rsatdi“.
A.Temur     falsafiy-huquqiy   qarashlarining   asosida   adolat   kategoriyasi
alohida   o’rin   egallaydi.   Darhaqiqat,   huquq   falsafasi   markazida   inson   va
jamiyat   munosabatlari   masalasi   turadi .   Inson   tabiatda   mavjud   eng   murakkab
mavjudot   bo’lib,   u   barcha   falsafiy   ta’limotlarning   tadqiqot   obyektiga   aylanadi.
Uning   adolatli   yoki   adolatsiz   hatti-harakatlari   esa   huquq   falsafasining
tadqiqot   mavzularidan   biri   hisoblanadi .   “Har   mamlakatda   adolat   eshigini
ochdim,   zulmu-sitam   yo’lini   to’sdim…   Adolatli   jamiyat   qurish   uchun   mazkur
jamiyatni   avvalo   insonparvar   shoh   boshqarishi   lozim,   -   deydi   A.Temur   .   Uning
barcha   qilgan   ishlari   davlat   va   xalq   tomonidan   qabul   qilingan   qonunlar   va   islom
falsafasiga   tayanmog’i   kerak.   «Saltanatni   martabasini   qonun–qoidalar   asosida
shunday   saqladimki,   -   deb   yozadi.   Amir   Temur,   -   saltanatim   ishlariga   aralashib
ziyon yetkazishga hyech bir kimsaning qurbi yetmasdi».
Adolatli demokratik va huquqiy jamiyat kurish uchun mukammal qonunlar
mavjud   bo’lib,   ularning   ijrosini   ta’minlash   zarur.   Bunday   qonunlar   o’zbek
xalqining boy qadimgi tarixi, urf-odati, an’analari, falsafasi va madaniyatidan kelib
chiqqan holda ularning mazkur huquqiy, axloqiy, diniy qonunlari mazmunida o’z
ifodasini   topmog’i   lozimdir.   Ana   shunday   huquqiy   normalar   va   falsafiy-diniy qarashlar   yig’indisi   bo’lib,   qadimdan   ilmi   al-fikx   bo’lgan.   A.Temur     siyosiy-
huquqiy,   falsafiy   qarashlarning   to’laroq   bilish   uchun   bu   huquqiy-falsafiy-diniy
ta’limot haqida qisqacha to’xtab o’tamiz.
Yuqorida ta’kidlanganidek,  musulmon huquq falsafasi shakllanishi VIII-
IX   asrlarga   to’g’ri   keladi   va   bu   sohada   tadqiqot   olib   boradiganlar   Fakixlar,
ya’ni   qonunshunoslar   deb   atalgan.   Bu   davrda   huquq   falsafasi   (ya’ni   X   asr
o’rtalarida) mustaqil ilm sifatida shakllanadi. Shuning uchun ham huquq falsafasi
Sharqda, xususan Markaziy Osiyoda Yevropaga nisbatan ancha oldin shakllangan.
Huquq   falsafasi   bu   davrda   ikkita   bir-biri   bilan   uzviy   bog’liq   ikki   muhim
vazifani   boshqarishga   qaratilgan.   Birinchidan,   ilmi   al-fikx   islom   diniy   falsafasi
asosida Ollohni tavsiflash va fuqarolarning burchini ado etishni, ikkinchidan: 
a) kishilar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni;
b) shaxs va davlat o’rtasidagi munosabatlarni; 
v)   davlatlararo   munosabatlarni   tartibga   solish   qoidalarini   o’rganishdan
iborat bo’lgan. 
Shuning uchun ham, Sharq huquq falsafasi, xususan A.Temur qarashlarida
yuqorida   qayd   etilgan   har   ikki   vazifani   ham   bajarishga   va   ularni
takomillashtirishga qaratilgan edi. Shuning uchun bo’lsa kerak, A.Temur   «ilm va
dinning   mashhur   kishilari   o’z   maslahatlari   bilan   podshohlarga   yordam   berib
kelganlar»   -   deydi.   U   olimu-ulamolar   oldida   tez-tez   ma’ruzalar   qilgan   va   bu
chiqishlarning asosiy mazmunini adolat, insof, huquq, shariat, iymon va umuman
inson hayoti falsafasi tashkil etgan.
A.Temur     fakixlarga   murojaat   qilib,   «adolatsiz   ishlarni   bartaraf   etuvchi,
hamda shariat va qonunlarga muvofiq chora tadbirlarni aytsangiz yaxshi bo’lurdi»
- deydi.
A.Temur  o’z faoliyatida davlat va huquq falsafasining islom dini qoidalari,
shariat,   fikx   qonunlari   asosida   olib   boradi.   U   masalan,   davlat   va   huquq
tushunchalarini bir-biri bilan uzviy bog’liq holda talqin etadi. Garchi uning davlati
markazlashgan   davlat   bo’lsada,  butun  hokimiyat   davlat   boshlig’i   qo’lida  bo’lgan.
Lekin,   A.Temur     davlat   va   xalq   manfaatlari   bilan   bog’liq   bo’lgan   qarorlar   qabul qilishda   mavjud   ijtimoiy,   siyosiy,   huquqiy   muammolarni   yechishda   turli
darajalardagi   kengashlar   chaqirib,   ulamolar,   donishmandlar   fikrlarini   o’rganish
asosida qaror qabul qilgan.
A.Temur     bu   haqida   shunday   deydi:   “ Davlat   ishlarining   to’qqiz   ulushi
kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushi esa – qilich bilan bajo keltirilur”.
Saltanat ishlarida to’rt narsaga amal qilgin, ya’ni kengash:
1) mashvarat maslahat; 
2) qat’iy qaror;
3) tadbirkorlik, hushyorlik; 
4) ehtiyotkorlik”.
Akad.   B.Axmedovning   ta’kidlashicha   al-fikx,   A.Temur     va   temuriylar
davrida musulmonlarning hatti-harakatini qonunlashtiruvchi islom ta’limoti, islom
asosida   tuzilgan   ijtimoiy   hayotda   yurish-turish   tarzidir. Uning   ta’kidlashicha   al-
fikx to’rt manbaga asoslangan. Birinchi manba bo’lib Qur’oni majid, ikkinchi
manba   Sunna,   uchinchisi   Ijmo’,   to’rtinchi   manba   esa   Qiyos   hisoblanadi .
Bundan ko’rinib turibdiki, al-fikx bilan Markaziy Osiyo mutafakkirlarining huquq
falsafasiga oid ta’limotini ayni bir narsa deb e’tirof etmaslik kerak. Al-fikx Sharq
yurisprudensiyasining   o’ziga   xos   ko’rinishi   sifatida,   asosan   musulmon   huquq
falsafasini   asosini   tashkil   etadi.   Sharq   uyg’onish   davrida,   huquq   falsafasi   islom
falsafasi   va   huquqidan   (shariat   normalari)   tashqari   dunyoviy   ilmlar   va   huquqiy
ta’limotlarni   rang-barang   ko’rinishlarini   o’zida   mujassam   etgan   ta’limotdir.   Bu
ma’noda   A.Temur   qarashlarida   huquqiy-falsafiy   fikrlar   al-fikxning   va   tom
ma’nodagi huquq falsafasining birligidan iboratdir.
Amir Temurning falsafiy-huquqiy qarashlarida insonning ichki ruhiy holati
va   uning   fikrlash   q obiliyati,   tafakkurining   ijodkorligi   masalalariga   keng   o’rin
berilgan.   Insonning   eng   buyuk   xususiyati   uning   fikrlash   qobiliyatiga   ega
ekanligidir.   Zero,   inson,   o’zining   amaliy   faoliyatida,   ijtimoiy   hodisalarni
boshqarishida,   hissiyoti   emas,   aql-zakovatga   tayanadi.   Amir   Temur   rivoyat   va
huquq   falsafasida   demokratik   tamoyillar,   “tafakkurni   erkinlashtirishga   e’tiborini
qaratadi.   Binobarin,   huquqiy   jarayonlarni   bilishda   bir   necha   odamning   fikrini bilish, shu jarayonga oid oqilona qaror qabul qilish imkonini beradi. “Har kimdan
kengash   oldim,   har   kimdan   fikr   o’rgandim:   qaysi   biri   foydaliroq   bo’lsa,   uni   qalb
xazinasida saqlab, ishlata bildim,” - deydi Amir Temur.
Amir   Temur   ijtimoiy   va   kundalik   hayotda   inson   aqlini,   fikrlay   olish
qobiliyatini   ahamiyati   katta   ekanligiga   e’tibor   etadi   va   har   qanday   muammoni,
inson   faqat   aql   bilan,   mushohada   bilan   hal   etgan   rasional   huquq   falsafasining
ifodasidir. Boshqa  joyda “O’ylaganimdek ish tutgandim, tadbirim  taqdirga to’g’ri
keldi,” - deb yozadi Sohibqiron.
Amir Temurning huquqiy va falsafiy qarashlarida fan va din, mamlakatda
adolatlilik,   osoyishtalik,   barqarorlik   kabi   ijtimoiy–siyosiy,   huquqiy   tushunchalar
tahlil   etiladi.   U   shariat   peshvolaridan,   joylardagi   adolatpesha   mas’ul   shaxslar,
hokimlardan   faqat   qonun   va   shariat   talablari   asosida   ish   yuritishni   talab   qiladi.
Ayniqsa   olimlar,   ilm-fan   peshvolari   davlat   boshqaruvchisining   yaxshi
maslahatchilari   bo’lmog’i   kerak.   “Fan   va   dinning   mashhur   kishilari   o’z
maslahatlari bilan podshohlarga yordam berib kelganlar. Sizlar esa menga nisbatan
qilmayapsizlar. Mening maqsadim mamlakatda adolat o’rnatish, tartib va tinchlikni
mustahkamlash,   fuqaroning   turmushini   yaxshilash,   yurtimiz   qurilishini
kuchaytirish, davlatimizni rivojlantirishdir. Sizlar menga o’z maslahatlaringiz bilan
bu   ishlarni   amalga   oshirishda   k o’ maklashishingiz   kerak.   Mamlakatning   ahvoli,
devonning   suiiste’mol   qilinganligi   va   qilinayotganligi,   oddiy   odamlarning
joylardagi   hokimlar   tomonidan   qisib   qo’yilishi   kabi   hollar   sizlarga   ko’prok
ayondir.   Shular   haqida   ma’lumot   bersangizlar,   bu   kabi   adolatsiz   ishlarni   bartaraf
etuvchi   hamda   shariat   va   qonunlarga   muvofiq   chora-tadbirlarni   aytsangiz   yaxshi
bo’lardi”.
Shunday   qilib,   Amir   Temur   dunyoqarashida   davlat   va   huquq   falsafasi,
davlat   boshqaruvi   tizimida   huquqiy   va   diniy   normalarning   naqadar   muhim
ahamiyatga ega ekanligi o’z aksini topgan “Temur tuzuklari”ning huquqiy-falsafiy
ahamiyati   alohida   tadqiqot   mavzusidir.   Zero   ular   orqali   Amir   Temurning   ruhiy
(nafsoniy)   va   shaxsiy   sifatlari   o’z   aksini   topadi,   uning   fikr-mulohazalarini
tasvirlab, u olib borgan siyosiy (ya’ni huquqiy–B.T.) falsafani ifoda etadi”. Darhaqiqat   Amir  Temur  shaxsining  tarixda  tutgan  o’rnini  to’g’ri   tushunib
yetish,   uning   siyosiy-huquqiy   qarashlarini,   hayot   falsafasini   anglamoq,
O’zbekistonda   huquq   va   davlat   falsafasini   rivojlanishi   tarixini   bilishning   muhim
omilidir.
“Kimki   O’zbek   nomini,   o’zbek   millatining   kuch-qudratini,
adolatparvarligini,   cheksiz   imkoniyatlarini,   uning   umumbashariyat   rivojiga
qo’shgan   hissasini,   shu   asosda   kelajakka   ishonchini   anglamoqchi   bo’lsa,   Amir
Temur siymosini eslashi kerak.
Amir   Temur   shaxsini   idrok   etish   –   tarixni   idrok   etish   demakdir.   Amir
Temurni anglash – o’zligimizni anglash demakdir. Amir Temurni ulug’lash – tarix
qa’riga   chuqur   ildiz   otgan   tomirlarimizga,   madaniyatimizga,   qudratimizga
asoslanib, buyuk kelajagimizga ishonchimizni mustahkamlash demakdir”.
Amir   Temurning   davlat   va   huquq   haqidagi   ta’limotida   ularning   uzviy
bog’liqligi g’oyasi yotadi. Davlat muhit va huquqiy normalarsiz rivojlanmaydi va
ayni paytda huquqiy normalar davlatdan tashqarida mavjud bo’la olmaydi. «Temur
tuzuklari»   davlat   va   huquq   falsafasiga   doir   muhim   nazariy   manba   bo’lib,   unda
olg’a   surilgan   g’oyalar   hozirgi   davrda   mustaqil   davlatchiligimizni
mustahkamlashda muhim ahamiyatga egadir.
Prezidentimiz I.Karimov aytganidek, “Amir Temur tuzuklarini o’qisak, xuddi 
bugungi zamonning katta-katta muammolariga javob topgandek bo’lamiz”.
JADIDChILIK HARAKATI NAMOYaNDALARINING IJTIMOIY-
HUQUQIY QARAShLARI VA ULARNING HUQUQIY DAVLATGA
BO’LGAN MUNOSABATLARI
Jadidchilarning   ma’rifatparvarlik   g’oyasi.   Uning   mazmun–mohiyati   va
umumxalq   ma’naviyati   rivojidagi   o’rni.   Bu   harakatning   pirovard   maqsadi   va
mohiyati.
Yangi   usul   maktablari.   Milliy   matbuotni   shakllantirish   va   milliy   san’at
turlarini   rivojlantirishdagi   jadid   namoyondalarining   xizmatlari.   Jadidchilik
harakatining   o’zbek   milliy   ma’naviy   taraqqiyotida   tutgan   o’rni   va   ahamiyati.
Mahmudxo’ja   Behbudiy,   Munavvarqori   Abdurashidxonov,   Abdulla   Avloniy, Is’hoqxon   Ibrat,   Fayzulla   Xo’jayev,   Abdurauf   Fitrat,   Abdulla   Qodiriy,
Abdulhamid   Cho’lpon   va   boshqalarning   ijodi   hamda   faoliyatida   ma’naviyat
g’oyalari hamda ularning milliy ma’naviyatning rivojlanishidagi o’rni.
Jadidchilik,   ma’rifatchilik   millatni   ma’rifatli   qilish,   ma’naviyatini
yuksaltirish maqsadlarida yuzaga kelgan buyuk tarixiy harakatdir. Jadidlar aholini
savodli   qilmoqchi   bo’lgan   oddiy   ma’rifatchilar   emas.   Ular   mustamlakachilik
davrida   Turkistonda   hukmron   bo’lgan   ijtimoiy-siyosiy   va   iqtisodiy   vaziyatni,
xalqning ma’naviy holati darajasini yaxshi bilganlar, bu jarayonlarning sabablarini
chuqur   tahlil   eta   olganlar.   Ular   Turkistonning   mustaqilligini   ta’minlash,   mahalliy
millatlarni   ijtimoiy,   siyosiy,   iqtisodiy,   ma’naviy   taraqqiyot   yo’liga   olib   chiqish
uchun birinchi navbatda xalqning umumiy madaniy-ma’naviy, ma’rifiy saviyasini
davr   talablari   va   imkoniyatlariga   asoslanib   rivojlantirish   lozimligini   anglab
yetganlar. Ularning xalq maorifini rivojlantirish, milliy madaniy-ma’naviy merosni
tiklash,   Yevropa   xalqlarining   madaniyati,   tajribasini   o’rganishga   chaqirish
borasidagi  faoliyati ham pirovard natijada mustaqillikka erishish maqsadlari bilan
bog’langan.   Jadidlar   bilimli,   madaniyatli,  ma’rifatli,   ma’naviyatli   millatgina   katta
tarixiy   vazifalarni   hal   etishga   qodir   bo’la   olishi   mumkinligini   chuqur   anglab
yetganlar.   Jadidchilik   harakatining   asosiy   mohiyati   millatni   qoloqlik,   xurofot
botqog’idan   olib   chiqibgina   mustaqillikka   erishish,   milliy   davlatni   barpo   etish
mumkinligini asoslashdan iborat bo’lgan.
Jadidchilik   harakatining   diqqat   markazida   turgan   masalalardan   biri   maorif
tizimini   isloh   qilishdan   iborat   edi.   Milliy   manfaatlarni   himoya   qila   biladigan,
iqtisodiy   va   siyosiy   qaramlik   va   qoloqlikdan   chiqish   muammolarini   biladigan
zamonaviy bilimga ega savodli kadrlar zarurligini jadidlar yaxshi anglashardi.
Mana   shuning   uchun   xam   dunyoviy   bilimlarni   o’rganish   ishlari,   maorif
tizimini islox qilish masalasi XIX asr oxiri va XX asr boshlari Turkiston ijtimoiy
fikrining   diqqat   markazidagi   siyosiy   masala   bo’lib   qoldi.   Biz   dinimiz   va
mamlakatimizni   himoya   qilishga   qodir   ishonarli   va   mustahkam   vositaga   ega
bo’lmog’imiz shart. Bu vosita maorifdir, deb yozgan edi Behbudiy. Ana   shu   jihatlari   bilan   jadidchilik   harakati   milliy   ma’naviyatimiz   rivojida
o’ziga xos o’ringa egadir. Jadidchilik harakatining yana bir xususiyati shundaki, u
o’z   davrining   eng   ilg’or   g’oyalarini   ilgari   surish   bilan   birga   aholining   umum
ma’rifatini   ko’tarishdagi   eng   yirik   ommaviy   va   millatni   birlashtirishdagi   harakat
darajasiga  ko’tarilganligidir.  Shu ma’noda  ham  bu  harakat  aholining  umummilliy
ma’naviyatini rivojlantirishda katta ahamiyatga molikdir.
Jadidchilarning amaliy harakatlari va tarixiy taqdiri
XIX   asrning   ikkinchi   yarmida   Turkistonda   ma’rifatparvarlik   rivoj   topdi.
Ular   Turkiston   xalqlarini   qaramlik   zulmidan   ozod   qilish,   taraqqiy   etgan   xalqlar
qatoridan   o’rin   olishining   birdan-bir   to’g’ri   yo’li   xalqni   savodxon   qilish,   ularni
zamonaviy ilm-ma’rifat nuridan bahramand qilishda deb bildilar.
Bu   davrda   ma’rifatparvarlik   g’oyalari   rivojida   Ahmad   Donish   (1827-1897)
o’zining ijtimoiy-ma’rifiy faoliyati bilan katta hissa qo’shdi. U o’zining ma’naviy-
ma’rifiy,   ta’lim-tarbiya,   axloqqa   doir   fikr-mulohazalarini   “Navodirul-vaqoye”
asarida   bayon   qilgan.U   kishilarning,   ayniqsa,   yoshlarning   hunar   o’rganish
muammosiga   alohida   e’tibor   beradi.   Yoshlarni   hunarni   faqat   foydali   bo’lgani
uchungina   emas,   balki   hayotiy   zarurat   bo’lgani   uchun   egallashga   da’vat   etadi.
Bunda esa hunar va kasb tanlashda uning odamlarga, jamiyatga foyda keltirishiga
e’tibor   berish   kerakligini   alohida   uqtiradi.   Bu   haqda   yoshlarga  qarata:   “Qaysi   bir
hunar, qaysi bir kasbni qilmoqchi bo’lsanglar, undan kutilgan maqsad xalq uchun
foyda yetkazish bo’lsin”, -deydi.
Ilm   egalarining   foydasi   har   doim   ko’pchilikka   tegib   turadi.   Ular   elda   aziz
bo’lib, hurmatga sazovor bo’ladilar. Shu tufayli ota-bobolarimiz doimo bilimga intilib
yashaganlar.   Ular   ma’rifat   chiroqlarini   mash’ala   singari   yoqqanlar.   Yuksak
ma’naviyat   va   ilm-ma’rifat   tufayli   Turonzamin   yer   yuzida   shuhrat   qozongan.
Jadidchilarning   ilm   orqali   xalqimiz   ongi   va   qalbida   Vatanni   ozod   va   obod   qilish
borasidagi   faoliyatlari   ularning   yuksak   ma’naviyat   sohibi   bo’lganliklaridan   dalolat
berib   turadi.   Ularning   ana   shu   faoliyatlari   va   sa’y-harakatlarini   chuqur   o’rganish
yoshlarimiz   ma’naviyatini   boyitishda   muhim   manbaa   bo’ladi.   Bu   mustaqilligimiz
sharoitida   umummilliy   ma’naviyatimizni   yangi   pog’onaga   ko’tarishga   kuch-quvvat bag’ishlab boraveradi. Umummilliy ma’naviyatimizni tiklash va rivojlantirish orqali
mustaqilligimizni   mustahkamlaymiz.   Jahon   sivilizasiyasidagi   munosib   o’rnimizni
tiklaymiz   va   mamlakatimizni   rivojlangan   mamlakatlar   qatoridan   o’rin   olishini
ta’minlashga erishishimiz mumkin bo’ladi.
XX   asrning   boshlarida   O’zbekistonda   siyosiy   fikrning   rivoji   jadidlar
(M.Behbudiy,   A.Fitrat,   A.Qodiriy,   Cho’lpon,   Munavvar   Qori   va   boshqalar)ning
faoliyati   bilan   bog’liqdir.   Ularning   asarlarida   o’sha   davrdagi   ijtimoiy-siyosiy
hayotning dolzarb muammolari  chuqur o’rganiladi  va umumlashtiriladi. Xususan,
o’lkadagi   idora   usuli,   mustamlakachilik,   adolatsizlik   oqibatlari   keskin   tanqid
qilinadi,   uning   mustaqil   yo’li,   Yevropacha   idora   usuli   va   uni   mamlakatda   tadbiq
qilish haqida jiddiy fikr- mulohazalar bildiriladi.
A.Fitrat, M.Behbudiy   Buxoroning idora, ta’lim-tarbiya usulini qattiq tanqid
ostiga oladi va uni yangilash yo’llarini tinimsiz izlaydi. Jadidchilarning bir guruhi
maorif-ma’rifatni   ko’tarish   orqali   xalq   ahvolini   yaxshilashga   intilishsa,   ikkinchi
guruhi  esa  davlat  tuzilishini  isloh qilish, uni yangi  asosda  qayta qurish orqaligina
xalq   va   yurt   ahvolini   o’nglash   mumkin,   degan   siyosiy   yo’ldan   yurishga   intiladi.
Bunday fikr va mulohazalar o’sha davr siyosiy fikrida muhim yangilik edi.
Umuman   XX   asr   boshida   O’zbekistonda   siyosiy   fikrning   rivojlanishini
jadidlarning  asarlarisiz,  ehtirosli  maqolalarisiz  tasavvur  qilib bo’lmaydi. Ularning
siyosiy fikr taraqqiyotiga qo’shgan hissalari zalvorlidir.
1906   yildan   boshlab   jadidlar   Turkistonda   o’zlarining   gazeta   va   jurnallarini
nashr   qila  boshladilar.  Ularning  savhifalarida mustamlakachilik   siyosatiga,  feodal
tartibotlarning   himoyachilariga   qarshi   qaratilgan   keskin   maqolalar   ham   bosilib
turar edi.
Milliy   davlat   mus taqilligi uchun kurashda ozodlik harakatlarining o’ ziga   xos
xususiyatlari   hamda shart-sharoitlarini siyosiy jihatdan tah lil qilishga alohida e’tibor
qaratish lozim.
Xususan,   jadidlarning   mustaqillik   uchun   kurash   g’oyala rining   vujudga   kelishi
nazarda tutiladi. Millat ozod   bo’lib,  o’zining  mustaqil  davlatini  o’rnatmaguncha, ijtimoiy adolatni tiklab bo’lmasligi Behbudiy kelgan  birinchi xulosalardan edi. Ayni
paytda, bunday g’oya milliy istiqlolchilik harakatining asosini tashkil  etgan.
Jadidlar   asosiy   e’tiborini   jamiyatda   ma’naviyatni   rivojlantirishga   qaratadilar.
Ular   yangi   usuldagi   mak tablarni   tashkil   etish,   gazetalar   chiqarish,   darslik   va   o’quv
qo’llanmalarini   nashr   ettirish,   G’arbning   yangi   madaniyat   va   texnologiya
uslubiyatlarini joriy etish zaruriyatini   hamda uni Turkistonda targ’ib etish orqali milliy-
dunyoviy   ta’limni   yuzaga   keltirish,   ma’naviy   hayotni   yangilab   va   boyitib   milliy
o’zlikni   anglashni   yuksaltarishga   zamin   yaratishga   intilganlar.   Bunday   siyosiy
yondashuv   bevosita   jamiyatda   adolatli   davlat   qurilishining   asoslari
rivojlanishiga   xizmat   qiladigan   nazariy   omillar   ekanligani   e’tirof   etmasdan
bo’lmaydi.   Albatta,   ular   demokratiyaning   tom   ma’nodagi   ko’rinishlaridan   uzoqda
bo’lganlar.
Turkistonda   mustamlakachilik   siyosatiga   qarshi   kurash   va   uning   ijtimoiy-
siyosiy   asoslarini   yorituvchi   manbalar   Munavvarqori   Abdurashidxon   o’g’li,
Behbudiy, Fitrat,  Avloniy, Huvaydo va boshqalarning asarlarida o’z   ifodasini
topgan.
O’z   davrida   jadidlar   milliy-madaniy   muxtoriyat   qurilishi   tamoyillarini
rivojlantirishga, Turkistonda dav latchilik shakli va uni boshqarish qonunlarini joriy
etish,   sud   organlarini   tashkil   qilish,   davlat   tuzilmalarini   yaratish   kabi
masalalarga katta e’tibor berishgan. Ammo  shu davr siyosiy sharoiti hamda yerli
xalqning   tushunchasida   T u r k i s t o n d a   m u s t a q i l   d e m o k r a t i k   j a m i y a t   q u r i s h
to’g’risidagi   qarashlar   birmuncha   cheklanganligani   ko’ramiz.   Behbudiyning
«Turkiston   madaniy   muxtoriyati   loyihasi»    
dasturida   to’la   mustaqil,   demokratik
jamiyat   to’g’risida   emas,   davlatning   avtonomiya   shakli   nazarda   tutiladi.   1917
yildagi   Umumturkiston   musulmonlarining   qurultoyida   ham   davlatchilik   qurilishi
to’g’risidagi  qarashlarda demokratik   yoki   federativ   shakllari   to’g’risida   bahs   olib
boriladi.   Ammo   ularning   demokratiya   va   federasiya   to’g’risidaga   qarashlari
ham aslida konstitusion monarxiya tizimidan tashqariga chiqib keta olmaydi.
Aynan   shu   davr   voqyea-hodisalari   bayoni,   tafsilotlari   hamda
muvaffaqiyatsizlikning   sabablariga   M.Cho’qay   «Istiqlol   jallodlari»   asarida quyidagacha   ta’rif   beradi:   «Bi rinchidan,   obyektiv   omillar:   ...Biz   kurashga   o’zimiz
tanlagan  fursatda emas, Rusiya inqilobi jarayoni keltirib chiqargan vaziyat ijoboti bilan
kirishdik.   Ikkinchidan,   subyektiv,   ya’ni   o’zimizdan  bo’lgan  omillar:  Milliy manfaatlar
yo’lida   kurashish   lozimligini   bilganlari   holda   turkistonliklar   o’zaro   kuchli   birlik   qura
olmadilar va bunga ulgurmadilar».
Turkiston Muxtoriyatining tashkil topishi, uning siyosiy  faoliyati, so’ngra inqirozi
masalalari mamlakatimizning  bir qator olimlari asarlarida o’z ifodasini topgan. 2
Milliy istiqlol uchun kurash yo’llari va shu yo’ldagi   maqsadlar mushtaraklikda
bo’lgan emas. Mustaqillikka  erishish uchun kurash afsuski, turlicha anglangan va unga
turlicha yondashilgan. Ammo milliy ozodlik harakatining  mag’lubiyati yoxud ko’plab
ziyoli namoyandalarning qatag’on  qilinishi, shahid bo’lishi bilan millatning hurriyatga
bo’lgan   intilishi   bir   soniya   ham   to’xtagan   emas.   O’zbek   ziyolilarining   mustaqillik
uchun olib borgan kurashi 30- 40-yillarda   so’ngra   50-60-yillarda   ham   turli   siyosiy
ko’rinishlarda davom etib boradi.
Maxmud-Xo’ja Behbudiyning siyosiy-huquqiy qarashlari
Jadidlar   harakatining   yirik   namoyondasi,   uning   nazariy   asoschilaridan   biri
Maxmud-Xo’ja Behbudiydir  (1879-1919). Behbudiy fikrlarining teranligi, siyosiy
ongining yuksakligi bilan jadidlar orasida ajralib turardi.
Behbudiy Rossiya siyosiy hayotidagi turli partiyalarga bo’lgan munosabatini
ifodalab, qoraguruhlar partiyasi faoliyatini qoralaydi. Bu partiya, deydi Behbudiy,
podshoh   bilan   xalqning   bir-biri   bilan   muloqotda   bo’lishiga   g’ovdir.   Xususan,   biz
musulmonlar   o’z   talablarimizni,   din   va   iqtisod   sohasida   kamsitilishimizni
podshohga   arz   qila   olmaymiz,   chunki   Oliy   Kengash   a’zolari   bizning   barcha
arzlarimizni   rad   qilib   podshohga   yetkazmaydilar.   Behbudiy   sosial-demokratik   va
eserlar   partiyalarining   dasturlari   va   faoliyatini   ham   salbiy   baholaydi .   Biz
musulmonlar   uchun,   deydi   Behbudiy,   bu   partiyalarga   qo’shilish   zararlidir.
Ularning   mulkchilik   xaqidagi   talablari   xato   va   shariatga   mutloq   ziddir.   Shaxs
erkinligi, oila haqidagi fikrlari xam biz uchun mutloq to’g’ri kelmaydi. Siyosiy   partiyalar   ichida,   deydi   Behbudiy,   biz   uchun   to’g’ri   keladigan
kadetlar   partiyasidir,   chunki   bu   partiya   podshohning   xalq   bilan   muloqotda
bo’lishiga imkoniyat yaratuvchi davlat dumasi tarafdoridir.
Behbudiy 1905 yilda tashkil topgan musulmonlar partiyasiga xayrixoxligini
alohida ta’kidlaydi. Bu partiya, deydi Behbudiy, o’zining umumiy siyosiy talablari
va   e’tiqodi   bilan   kadetlar   partiyasiga   yaqin   bo’lsada,   u   musulmonlarni
manfaatlarini himoya qilish uchun tashkil qilingan. Shuning uchun, biz Turkiston
musulmonlari,   siyosatda   kadetlarni   qo’llasakda,   musulmonlar   partiyasiga
qo’shilishimiz   darkor.   Bu   partiyaga   xizmat   qilish,   uni   tarafdori   bo’lish,   dinimiz,
vatanimiz va millatimizga xizmat qilish demakdir.
Musulmonlar   partiyasi   1905   yil   Nijniy   Novgorod   shahrida   tashkil   q ilindi.
Uning   siyosiy   talablaridan   asosiysi   musulmonlarning   din   ishlariga   hukumat
ma’muriyatini   aralashmasligini   ta’minlash   va   mahalliy   o’zini-o’zi   idora     qilish
tizimini   o’rnatishdan   iborat   edi.   Buni   faqat   davlat   dumasi   orqali   amalga   oshirish
mumkindir, deb bildilar. 
Behbudiy   Turkistonda   musulmonlarning   diniy   va   grajdanlik   ishlari   bilan
shug’ullanadigan mahalliy boshqarma tuzish zarurligini ta’kidlaydi.
Turkiston   mahalliy   boshqarmasi   qozilar   sudi,   vaqf   mulkini   taqsimlash,
maktab   va   madrasa   masalalari       va   boshqa   diniy   va   milliy   muammolarni   o’z
qaramog’iga olishi kerak.
Biz   Turkiston   musulmonlari   uchun,   deydi   Behbudiy,   diniy   grajdanlik
boshqarmasi suv va non kabi zarurdir, chunki busiz biz imonimizni yo’qotamiz va
falokatga giriftor bo’lamiz.
Behbudiy   maqolalari   va   isloh   loyihalarida   bayon   qilingan   g’oyalar   jadidlar
harakatining asosiy dastur hujjatlari, harakat ko’llanmasi sifatida xizmat qildi.
1917   yil   fevral   burjua   demokratik   inqilobi   jadidlar   tasavvurida   dasturlarni
amalga  oshirish   uchun  imkoniyat   paydo  bo’lganligiga  ishonch   hosil  qildi,  milliy-
ozodlik   tuyg’ularining   kuchayishiga   olib   keldi.   O’lkadagi   tub   aholining   siyosiy
ongida va kurashida keskin o’zgarishlar sodir bo’lib, «Sho’roi Islomiya», «Sho’roi
Ulamo» singari partiyalar tashkil topdi. «Sho’roi   Islomiya»   partiyasining   rahbarlari   -   Minavvar-Qori,   Mustafo
Choqay,   Behbudiy   va   boshqalar   Turkistonda   Muxtoriyat   ta’sis   etilishini,   moliya,
adliya,   boshqaruv,   maorif   va   boshqa   sohalarda   mustaqillikni,   matbuot   erkinligini
talab qildilar.
Behbudiy   Turkiston   muxtoriyati   qanday   bo’lishini   shunday   tushuntiradi:
«Muxtoriyat,   biz   Turkiston     musulmonlari   istaymizkim,   Rossiya   mamlakatiga
yopishib   turib,   xorijiy   va   ishlarga   aning   ila   bir   bo’lib   turib,   daxil   ishlar   va
tirikchiliklarimizni o’zimiz idora etsak.
Besh viloyatdan iborat Turkistonning har bir shahar va uyezdidan bir necha
nafardan-kishi   saylanib   Toshkentda   katta   markaz   bir   majlisimiz   bo’lurki,   barcha
olur-soliq   va   minbad   joriy   bo’laturgan   qonun   va   nizomnomalarni   alar   tuzib
Turkistonda joriy qiladilar.
R us iya xukumati ila musulmonlar orasinda shul majlis   vosita   bo’lur .
O’ zimizni ng   muxofazatimiz   uchun   milliy   jandarma,   askarimiz   bo’lur.
Mamlakat   xazinasidan   boshqa   milliy   va   madaniy   ishlarimizning   masrafi   uchun
o’zimizning   alohida   xazinamiz   bo’lur.   Maktab   va   madrasalarimiz,   vaqf   va   doril
kazolarimiz o’z qaramog’imizda bo’lur. Xulosa kalom davlat va siyosat ishlaridan
boshqa barcha ishlarimiz o’z ixtiyorimizda bo’lur va buning uchun zamonaviy va
madaniy   nizomnoma   va   qonunnomalarni   tahrir   etmoq   lozimdur.   Turkistonda   rus,
yaxudiy, armani va boshqalar bo’lib, alar ila muomalamiz to’g’risida yana yangi va
zamonaviy qonunlar kerakdur».
Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun Ta’sis majlisi oldida talablarni qat’iy
qo’yish   zarur.   Tasis   majlisi   ham   o’z   ixtiyori   bilan   mustaqillikni   bizga   bermaydi.
Biz, Turkiston  musulmonlari, birlashib  muxtoriyatni  ta’sis majlisidan  olmog’imiz
kerakdur. Biz jonsizlik ko’rsatganda  muxtoriyat agarda yuz sana so’ngra bo’lsun,
bizga berishmaydur. Afsuski, «Xaq olinur, berilmas».
1917   yil   avgust   oyida   «Kengash»   gazetasida   muxtoriyat   loyihasi   e’lon
qilindi,   Bu   loyihani   tuzishda   Maxmud-Xo’ja   Behbudiy,   Munavvar   Qori
Abdurashidxonovlar faol ishtirok qildilar. 1917   yil   sentyabrida   «Markaziy   Sho’roi-Islomiya»ning   tashabbusi   bilan
chiqarilgan,   o’lka   musulmonlari   syezdi   bo’lib   o’tdi.   Syezd   qabul   qilgan   qarorda
yoziladi:   «Syezd   hokimiyat   ishchi,   soldat   va   krestyanlar   Sovetlariga   o’tishiga
qarshi   chiqadi.   Hokimiyat   koalision   bo’lishi   va   mamlakatning   hamma   kuchlariga
tayanishi kerak, bu degani umumxalq hokimiyati bo’lishi kerak». 
Mana   shu   vaziyatda   Behbudiy,   Munavvar   Qori,   «Sho’roi   Islomiya»   bilan
«Sho’roi   ulamo”   partiyalarining   birgalikda   harakat   qilishga   da’vat   qildilar.   Bu
da’vat 17-20 sentyabr 1917 yil chaqirilgan umummusulmon syezdi qarorlarida o’z
ifodasini   topdi.   Unda   «Sho’roi   Islomiya»,   “Turon”,   «Sho’roi   Ulamo»   partiyalar
birgalashib, yagona kuch sifatida ish ko’rish vaqti  kelgani alohida ta’kidlandi.
Syezd   ishida   500   kishi   ishtirok   qildi.   Ular   orasida   Urol   va   Turgay
viloyatlar i ning vakillari ham bor edi. Syezd qabul qilgan hujjatlarda Turkistonning
kelajak   ijtimoiy-siyosiy   tuzumi   qonun   chiqaruvchi   oliy   organ   -   parlamentga   ega
bo’lgan respublika bo’lishi ifodalanadi. Bu parlament «umumiy, to’g’ridan-to’g’ri,
teng   va   yashirin   ovoz   berish   yo’li   bilan   besh   yil   muddatga   Turkistonda   yashab
turgan barcha millatlarning teng vakillari asosida saylanmog’i lozim edi. Turkiston
parlamentining   qonun   chiqaruvchilik   vazifalari   Rossiya   respublikasining   asosiy
qonunlari va shariat talablariga mos bo’lmog’i zarur deb topildi. Bunda Turkiston
federasiyasi   o’z   puli,   o’z   milisiyasiga   ega   bo’lishi,   tinch   vaqtlarda   chet   davlatlar
bilan o’z chegarasini qo’riqlash uchun  saqlash mumkin bo’lardi».
Musulmonlar qurultoylarida Turkistonga muxtor jumhuriyati maqomi berish
to’g’risidagi qabul qilingan qarorlar bolsheviklar tomonidan inkor qilindi.
1917 yil 15 noyabr kuni Toshkentda soldat,   ishchi va krestyanlar deputatlari
Sovetining o’lka syezdi xokimiyat shu Sovet qo’liga o’tganligini bayon qildi. O’lka
Soveti tuzgan hukumat tarkibida mahalliy aholi vakillaridan bir kishi ham yo’q edi.
Syezd qabul  qilgan deklarasiyada  bayon etilishicha  «Hozirgi  vaqtda musulmonlarni
o’lka   inqilobiy   hokimiyatining   oliy   tashkilotiga   kiritish   maqsadga   muvofiq   emas,
chunki   mahalliy   aholining   soldat,   ishchi   va   krestyanlar   Sovetlari   hokimiyatiga
munosabatlari noaniq, shuningdek, mahalliy aholi orasida proletar sinfiy tashkilotlari bo’lmagani tufayli ular o’lkaning oliy hokimiyatida vakolat tashkil etib, fraksiyaning
madadiga tayana olmaydilar».
1917   yil   12-15   noyabrida   «Sho’roi   Ulamo»   rahbarlaridan   Sherali   Lapinning
tashabbusi   bilan   o’tgan   «Turli   musulmon   guruhlarining   birlashgan   majlisi»
«Turkistonda   hokimiyatni   tashkil   etish   to’g’risida»gi   masalani   muhokama   qildi   va
Sovetlar   hokimiyatiga   munosabatini   bayon   qildi.   Qabul   qilingan   qarorda
«Hokimiyatning   mahalliy   aholi   manfaati   uchun   deyarli   zid   bo’lgan   begona   va
o’tkinchi,   tasodifiy   kishilar   guruhi   -   harbiylar,   ishchilar   va   krestyanlar   tashkilotlari
qo’lida   bo’lishi   demokratik   qoidalar   talabiga   javob   bermaydi   va   mahalliy   aholiga
xalqlarning   o’z   taqdirini   o’zi   belgilash   asosida   to’g’ri   hayot   qurishga   kafolat
bermaydi”, Turkiston milliy madaniy muxtoriyat huquqiga ziddir», deb topildi.
1917 yil, 27 noyabr IV o’lka musulmonlari favqulodda syezdi o’tkazildi. Syezd
«Qo’qon muxtoriyati» ni e’lon qildi. Bu Turkiston mustaqilligini tiklashga   qaratilgan
kurashning dastlabki ifodasi edi.
Jadidlar   syezdda   faol   ishtirok   q ildilar .   Turkiston   Muxtoriyatining   tashkil
topishiga   o’z   hissasini   qo’shdilar.   Maqola   va   murojaatnomalarda   ular   muxtoriyatni
himoya qilishga chaqirdilar. Behbudiy Turkiston xalqiga murojaat qilib yozgan edi:
“Turkiston xalqi ittifoq etsa qon to’kilmas. Yeri va amloq ham taqsimlanmay qolur.
Din ham rivoj topur. Butun Turkiston ittifoq 15 millionlik bir quvvat imloga kelurki,
munga   yer   titraydur.   Agar   so’zimni   faximlata   olgan   bo’lsam   o’zumni   baxtlik
hisoblardim».
Shunday   kilib,   jadidlar   Turkistonda   milliy-ozodlik   harakatining   kuchayishiga
va uning mafkurasinni yaratish ishiga o’zlarinnng munosib hissalarini qo’shdilar.
Jadidlar   harakati   milliy   o’zligimizni   his   qilish   jarayonini   o’sishga
ko’maklashdi,   milliy   zulmdan   qutilish   muammolariga   jamoatchilik   diqqatini   jalb
qildi.
Yosh   buxoroliklar:   Fitrat,   Fayzullo   Xo’jayev   va     boshqalarning   siyosiy-
huquqiy qarashlari
Yosh buxoroliklar ham o’z mamlakatlarini qoloqlikdan chiqarish va taraqqiyot
yo’liga kirgizish uchun kurashdilar. Bu yo’lda ular Turkiston jadidlarining g’oyalariga tayandilar. Behbudiylar ular uchun g’oyaviy rahnamo hisoblanar, o’zlarining ijtimoiy-
siyosiy rejalarini Behbudiy maslahatlariga amal qilgan holda tuzardilar. Biroq Buxoro
va Xiva jadidlarining faoliyati feodal xonlik tuzumi xukmronlik qilgan sharoitda o’tdi.
Bu   hol   buxorliklar   va   yosh   xivaliklar   harakatining   siyosiy   dasturlarini   o’ziga   xos
xususiyatlarini belgilar edi.
1917   yil   Fevral   inqilobinipg   ta’siri   ostida   yosh   buxoroliklar   va   yosh
xivaliklarning siyosiy faoliyati ancha jonlashib  bordi.
Yosh   buxorol i klar   amirning   cheklanmagan   hokimiyatini   cheklash   talabl a ri
bilan chiqa   boshladilar. Bu talablar amir va beklar qoshida vakolatli idoralar tashkil
qilish,   amir   ma’muriyati   faoliyatining   xalq   vakillari   tomonidan   nazorat   qilinishini
ta’minlash,   sharoitida   ko’rsatilmagan   barcha   soliqlarni   bekor   qilish,   maorif   va
matbuot   erkinligini   ta’minlash,   xalq   manfaatlariga   zid   harakatda   bo’lgan   johil
mansabdor shaxslarni almashtirish kabilardan iborat edi. Yosh buxoroliklar o’z ijroiya
qo’mitalarining tashkil qila boshladilar. Bu qo’mita a’zolari Fitrat, Fayzulla Xo’jayev
faol   ish   olib   bordilar.   Qo’mitaning   asosiy   maqsadi   yosh   buxoroliklar   talabini   Amir
qo’li bilan, uning islohotlar qildirish yo’li bilan amalga oshirishdan iborat edi. Lekin
bu talablar   amalga oshmagandan   keyin yosh  buxoroliklarning  ijro  qo’mitasi  islohot
dasturlarini inqilob yo’li bilan amalga oshirishga qaror qiladi.
Yosh   buxoroliklarning   bir   qismi   shu   jumladan   Markaziy   qo’mitaning   raisi
Muhiddin Mansur  ham  islohotlarning zo’rlik bilan amalga oshirishga  qarshi  chiqdi.
Shuningdek,   u   Turkiston   Sovetlar   Komissarlarining   yosh   buxorliklarning   ishiga
aralashuviga ham qarshi bo’ldi.
Buxoro   amirligiga   qarshi   kurashda   qurol   ishlatish   kerakligini   himoya
qiluvchilar   yangi   Markaziy   Qo’mita   tuzdilar.   Bu   qo’mitaning   ishida   Abdulvohid
Burxon (rais), Fitrat, Fayzulla Xo’jayev va boshqalar siyosiy ish olib bordilar.
Yosh   buxoroliklar   Buxoroda   qo’zg’olon   ko’tarish   imkoniyatiga   ega
emasliklariga iqror bo’lganlaridan keyin Sovetlar kuchiga tayanishga, ulardan ko’mak
olishga   harakat   qildilar:   Amirlik   rejimini   yiqitishga   qaratilgan   rejalarini   Sovet
hukumati vakillari bilan muhokama qilib ish olib bordilar. 1918   yil   1   martda   Turkiston   Xalq   Komissarligi   raisi   F.Kolesov   va   Yosh
buxorliklar Ijroiya qo’mitasi raisi Fayzulla Xo’jayev imzosi bilan Buxoro amiriga
ultimatum   yuborildi.   Unda   yosh   buxoroliklar   partiyasining   Markaziy   ijroiya
qo’mitasining   talablariga   muvofiq   yangi   hukumat   tuzish,   amir   hukumatining
tugatish,   davlatni   boshqarish   tizimini   adolat   va   shariat   asosida   tashkil   qilish   kabi
talablar qo’yilgan edi.
Amir   bu   shartlarni   qabul   qilmadi.   Shundan   keynn   yosh   buxoroliklar   va
F.Kolesov   otryadlari   Buxoroga   hujum   boshladilar.   Biroq   ular   mag’lubiyatga
uchradilar. Yosh buxoroliklar amir quvg’inidan qochib Turkistonga kelib turishga
majbur  bo’ldilar. Bu yerda hokimiyatni qo’lga olish xaqidagi ularning o’rtasidagi
kelishmovchiliklar   yanada   kuchaydi.   Amir   hokimiyatini   zo’rlik   bilan   ag’darishga
qarshi   guruh   ham,   amir   hokimiyatini   inqilobiy   yo’l   bilan   ag’darish   tarafdori
bo’lgan   inqilobchi   yosh   buxoroliklar   ham   o’z   fikrlaridan   qaytmadilar.   Bu
guruhning   rahbari   Fayzulla   Xo’jayev   1918   yil   oktyabrida   Moskvada   yosh
buxoroliklar   partiyasining   Moskva   qo’mitasini   tashkil   qiladi   va   1919   yil
dekabrigacha o’zbek va tojik tillarida turli inqilobiy risola, varaqalarni nashr qiladi
va Buxoroda tarqatadi.
1920 yil boshida Fayzulla Xo’jayev Toshkentga qaytadi va inqilobchi yosh
buxorliklar   partiyasining   Turkiston   markaziy   byurosini   tashkil   qiladi.   Uning
programmasida  ijtimoiy adolatsizlik,  zulm  va zo’ravonlik va jaholat  qattiq tanqid
qilinadi, inqilobiy g’oyalar, inson huquqi va erkinliklari, xalq ishtiroki va hohishi
bilan o’rnatilgan yangi tuzum o’rnatish zarurligi targ’ib qilinadi.
1920 yil 2 sentyabrda Buxoroda yuz bergan davlat to’ntarilishidan keyin inqilobchi
yosh buxoroliklar partiyasi Markaziy byuro qaroriga muvofiq tarqatildi. Foydalanilgan adabiyotlar:
1.   Алексеев   С.С.   Право   –   азбука,   теория,   философия:   опыт   комплексного
исследования.  М., 1999. 
2.   Гегель   Г.В.Ф.   Философия   права:   Пер.   с   нем.   /   Ред   и   сост.   Д.А.   Керимов,
В.С. Нерсесянц; Авт. вступ. ст. и примеч. – В.С. Нерсесянц. М., 1990. 
3.   Зорькин   В.Д.   Философия   права:   прошлое,   настоящее   и   будущее   //
Философия права в начале  XXI  столетия через призму конституционализма и
конституционной экономики /   Под ред.  В.В.   Миронова,  Ю.Н. Солонина  М.,
2010. 
4. Кальной И.И. Философия права: СПб., 2006.
5.   Керимов   Д.А.   Методология   права:   Предмет,   функци,   проблемы
философи права. 4-е изд. М., 2008. 
6.   Миронов   В.В.   Еще   раз   о   специфике   философи   //   Вестник   Россsской
академи наук. 2011. Т. 81. № 3. 
7. Михайловскs И.В. Очерки философи права. Томск, 1914. Т. 1. 
8. Нерсесянц В.С. Философия права: Учебник. 2-ое изд., перераб. и доп. М.,
2008. 
9. Философия  права:  Курс  лекцs:  Учебное   пособие.  В  2 т.  Т.  1. /   Отв.  ред.
М.Н. Марченко. М., 2011. 
10. Хабриева Т.Я. Конституционные реформы в современном мире // Вестник
Россsской академи наук. 2016. Т. 86. № 7. С. 579–586. 
11.   Чернавин   Ю.А.   Проблема   предмета   философи   права   //   Вестник
московского государственного областного университета. Сер. «Философские
науки». 2013. № 3. С. 70–76. 
12. Чичерин Б.Н. Философия права. М., 1990. 13. Шершеневич Г.Ф. История
философи права.  2-е изд. СПб., 1907

Mavzu: Markaziy Osiyo mutafakkirlari ta’limotlarida huquqiy-falsafiy qarashlar. Reja: 1. Zardushtiylar dini va huquqni diniy-mifalogik izohlash. 2. Markaziy Osiyo mutafakkirlari ta’limotlarida huquqiy-falsafiy qarashlar. 3 . Islom dini va fiqhshunoslik allomalarining diniy-huquqiy ta’limotlari. 4. Uyg’onish davri va Sharq olimlarining xuquqiy-falsafiy qarashlari. 5. A.Temur va Temuriylar davrida huquq, qonun, davlat kategoriyalarining o’ziga xos xususiyatlari. 6. XX asr boshlarida Rossiya va Turkistondagi huquqiy qarashlarning falsafiy ildizlari. 7. Sobiq mustabidlik davrida huquqni materialistik-legistik tushunish.

. Millatning o’z-o’zini anglashi, uning o’tmishini, tarixini anglashdan boshlanadi. Markaziy Osiyo xalqlari tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, unda ijtimoiy-siyosiy, huquqiy va falsafiy fanlarning muhim muammolarini tahlil etgan va rivojlantirgan ta’limotlarning borlig’iga amin bo’lamiz. VII asr oxirlarida va VIII asr boshlarida Movarounnaxr xalqlari Arab xalifaliklari tomonidan bosib olindi. Natijada Arablar islom dinini mahalliy xalqlarga zo’rlab singdirishga harakat qildilar. Ammo ko’plab xalq harakatlari, qurolli qo’zg’olonlar diniy mafkuraviy xarakterga ega bo’lib, ular xalq ommasini Arablar istilosidan noroziligining ifodasi edi. Bu davrga kelib Ismoiliylar (VIII asrning o’rtalari), Karmatlar (IX-X asrlar) harakatlari o’sha davr hayotida tarixiy voqyealar hisoblanib, ular bir qator siyosiy-huquqiy talablar bilan chiqqan edilar. Ijtimoiy adolat, ijtimoiy tengsizlik, iqtisodiy hamkorlik, demokratik tamoyillarning rivojlanishi davlatchilikning asosi deb hisoblagan edilar. Karmatlarning falsafiy- huquqiy qarashlarini Sharqning buyuk allomalari Rudakiy, al-Maariy, N.Xisrav, Ibn Sino va boshqalar qo’llab-quvvatlaganlar. Ijtimoiy adolat va ijtimoiy tenglik g’oyalari bu davr huquq falsafasining asosiy g’oyalaridan biri hisoblangan. Musulmon huquq falsafasining, ya’ni fikx (fiqh – bilim, musulmon huquqi) asosida ilm-amal-adab tushunchalari yotadi . E’tiborga molik tomoni shundaki, fikx huquqshunoslik fanlarining yig’indisi bo’lishi bilan birga islom falsafasida o’zining alohida o’rniga ega. Fikx mazmuniga ko’ra Sharq huquq falsafasining mumtoz ko’rinishlaridan biridir. Chunki, u faqat yurisprudensiya bo’lmay, balki huquqshunoslik fanlarining inson hatti-harakatlarini tartibga soluvchi huquqiy normalarni falsafiy-axloqiy, diniy jihatlarini o’rganadigan ta’limotdir. Darhaqiqat, shariat ham islom axloqiy, diniy, huquqiy qadriyatlari va musulmon huquq falsafasidan iborat. Taniqli rus islomshunos olimi N.P.Ostroumovning ta’kidlashicha «shariat o’z qa’rida ilohiy huquq durdonalarini (fikxni) yashirib yotgan okeanga o’xshaydiki, ularni yuzaga chiqarmoqchi bo’lgan odam katta xavf-xatarni bo’yniga olib, shariat donishmandligining tubsiz qa’riga tushmog’i lozim bo’ladi».

Islom huquqshunosligini rivojlanishga u lk an hissa qo’shgan Imom faqiqlar ko’p bo’lganlar. Hadischilik sohasida Imom al-Buxoriy va Abu Iso Muhammad at- Termiziylar kabilar ulkan meros qoldirgan bo’lsalar, Axmad Yassaviy, Naqshbandiy, Kubro kabilar esa tasavvuf (so’fizm) ta’limotini rivojlantirdilar. Burhoniddin Marg’inoniy kabilar esa fikh ilmiga rivoj berdilar. Xanafiy mazhabi ta’limotlariga binoan Movarounnahrlik fakhlar islom huquqi sohasida ijod qilib, ko’plab kitoblarni yozib qoldirganlar. Sharq Uyg’onish davri shunday qomusiy olimlarni yuzaga chiqardiki, ularning jahon madaniyati va ilmu faniga qo’shgan hissasi hanuzgacha hayrat bilan e’tirof etiladi. 2000 yilda tavalludiga hijriy sana bo’yicha 910 yil to’lishi keng nishonlangan Burhoniddin Marg’inoniy (1123) ham ana shunday siymolardan biridir. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov ta’kidlaganidek “Islom dunyosining buyuk allomasi, mashhur “Hidoya” asarining muallifi, XII asr boshida tavallud topgan ulug’ zot Burhoniddin Marg’inoniy ham shu zamin farzandidir ”. O’zbekistonda huquq falsafasi tarixi haqida, fikr yuritar ekanmiz juda muhim va jahonga mashhur bo’lgan yana bir manb’a Burxoniddin Marg’inoniyning 1178 yili Samarqandda yozib chop etilgan «Hidoya» asarini alohida ta’kidlash joiz . Imom Burhoniddin Abul-Hasan Ali Ibn Abu Bakr Ibn Abduljalil al-Farg’oniy al-Marg’inoniy 1123 yili Farg’onaning Rishton tumanida tug’ilgan. Xanafiy mazhabida buyuk fikh va mushtahid darajasiga ko’tarilgan, shayhul-islom laqabiga sazovor bo’lgan olim edi. Uning o’g’illari ham olimlik darajasiga ko’tarilgan va kitoblar yozgan huquqshunoslar edi. Uning o’zi fikh ilmini o’z otasidan hamda o’z zamonining yetuk olimlaridan: Imom Bohovuddin Ali ibn Muhammad ibn Muhammad Ismoil al-Asbijobiydan (vafoti 535 h.y.) (Asbijob bu Sayram shahridir), Abdulaziz Marg’inoniy Hasan ibn Mansur O’zgandiy, Muhammad ibn Ahmad an-Nasafiy va boshqalar. Marg’inoniy Farg’onada tug’ilgan bo’lsada uning faoliyati ko’pgina Sharq mamlakatlarida bo’lib, umrining oxirgi yillari Samarqand shahrida o’tadi. U 593 hijriy (1196-1197 yy. milodiy) Samarqand shahrida vafot etgan. 400 dan ortiq Muhammad otli

faqihlar dafn etilgan Muhammadiylar qabristoni («Turbat ul-Muhammadiyyin») yonida dafn etilgan. Uning asarlari: «Nashrul-mazhab» (Mazhabning tarqalishi), «Kitob al- manosakul-haj» (Haj marosimlari haqida kitob), «Kitob fil-faroiz» (Meros huquqi bo’yicha kitob), «Kitob-attajniysu val-maziyd» (Ilmni ziyoda qiluvchi kitob), “Muxtorotun-navozil” (Nozil bo’lgan narsalar majmuasi), «Maziydun fi furu’il- Hanafiya» (Hanafiy mazxabiga qo’shimchalar), Imom ash-Shayboniyning asari - «Jomi’u-kabiyr»ning sharhi, “Bidoyatul-Mubtadi’” (Boshlovchilar uchun dastlabki ta’lim), «Hidoya» («Kifoyatul - muntahiy» asari uchun yozilgan 4- jildlik sharh) kabilardir. “Buyuk ajdodimiz Burhoniddin Marg’inoniyning butun musulmon dunyosida eng buyuk meros sanalmish «Hidoya» asarini o’rganish bugungi hayotimizga, milliy qonunchilik rivojiga ta’siri va ahamiyatini joyiga qo’yish, buning o’zi yillar davomida kashfiyot etishga arziydigan bir katta olamdir ”, - degan edilar Prezidentimiz I.Karimov Toshkent Islom universitetining ochilish marosimida. Sharqda «Hidoya» nomli an’anaviy yozish usuli bo’lgan. «Al-Hidoya» arabcha so’z bo’lib, “to’g’ri yo’ldan olib borish” – «ishonchli qo’llanma” degan ma’noni anglatadi. «Hidoya»da huquq falsafasining ontologiyasigina emas, balki uning gnoseologiyasi va sosiologiyasi ham o’z ifodasini topgan. Umuman «Hidoya» asarida huquq falsafasi mavzusi, bizningcha alohida ilmiy tadqiqot mavzusi bo’lib, uni jiddiy ilmiy tahlil etish vaqti keldi. Islom falsafasining muhim tushuncha va kategoriyalari, islom huquq falsafasining asosiy qonuni va qoidalari talablari, huquqiy va axloqiy qoidalari, jumladan tahorat, namoz, zakot, ro’za, xaj, qurbonlik, oila, nikoh masalalari, shuningdek jinoyat va jazo masalalari ham atroflicha yoritilgan. Risolada mulk va moliya muammosiga, ularni shakllari va taqsimlanishi hamda sud jarayoni bilan bog’liq bo’lgan huquqiy-axloqiy masalalarga alohida o’rin berilgan. «Hidoya»ning mazmunida davlatlararo nizolar, urushlar va shu asosda erishilgan boylikni taqsimlash va ayirboshlash, inson hayotidagi ta’qiqlar va ijozatlar, mazkur ta’qiq

va ijozatlar nafaqat alohida olingan shaxsga, balki bir butun davlat fuqarolariga ham tegishli bo’lgan huquqiy va axloqiy, siyosiy qoidalar va talablardir. Shu o’rinda bir narsani ta’kidlash o’rinli bo’lar edi. Gap shundaki, «Hidoya»da faqat yuqorida qayd etilgan muammolar emas, balki, hatto ekologiyaga oid ham muhim g’oyalar mavjud ekan. Atrof–muhitni muhofaza qilishning huquqiy-falsafiy jihatlariga mazkur risolada keng o’rin berilgan. Masalan, hatto, mo’ridan chiqadigan tutunning zararli darajasi, muallif nazaridan chetda qolmagan. Burhoniddin Marg’inoniy yozgan to’rt jilddan iborat «Hidoya» asari sunniylik yo’nalishida mukammal ishlangan huquqiy bir to’plam sifatida 57 ta kitob, 165 bob, 152 fasldan iborat bo’lib, meros huquqidan boshqa hamma huquqiy sohalarni o’zida mujasamlashtirgandir. Birinchi jildi : tahorat va amaliy ibodatlar (namoz, ro’za, zakot va haj)ga bag’ishlangan. Ikkinchi jildi : nikoh, emizish, taloq, qullarni ozod qilish, topib olingan bolalarning nasl nasabini aniqlash, topib olingan narsa, qochib ketgan qullar, bedarak yo’qolganlar, sherikchilik va vaqf huquqi kabi masalalar kiritilgan. Uchinchi jildi : oldi-sotdi, pul muammolari, kafolat, pulni birovga o’tkazish, qozilarning vazifalari, guvohlik, berilgan guvohlikdan qaytish, vakolat, da’vo, iqror bo’lish, sulh, qarz, sovg’a, ijara, majbur qilish, homiylik, bosqinchilik xususidagi masalalar o’rin olgan. To’rtinchi jildi : merosni taqsimlash, dehqonchilik, qurbonlikka so’yiladigan jonzod haqida, taqiqlangan ichimliklar, ovchilik, garovga berish, xun haqi to’lash, vasiyat kabi masalalar yoritilgan. Nima uchun meros huquqi kiritilmagan degan savolga kelganda mutaxassislarning fikriga ko’ra Imomi A’zam Abu Xanifa meros munosabatlarini alohida fan (Al-Fariz) deb atagan holda fikhdan mustaqil ravishda o’rganishni tavsiya etgan. «Hidoya»da Islom huquqi Hanafiya mazhabi g’oyalari asosida bir tizimga keltirilgan. «Hidoya» avvalambor islom qonun-qoidalarining majmuasi bo’lsa, shu bilan bir vaqtda ko’plab tarixiy ma’lumotlar manbai hamdir. Masalan, Sahobalar